NUTQ VAZIYATI OMILI
N UTQ VAZIY A TI OMILI Reja : 1. Nutq vaziyati tushunchasi. 2. Nutqiy muloqot komponentlari. 3. Nutqiy muloqotning voqelanish shart-sharoitlari.
Nutqiy vaziyat lingvopragmatikaning tayanch tushunchalaridan hisoblanadi. Muloqotning ichki va tashqi sharoitlari, muloqot ishtirokchilari, ularning munosabatlari nutqiy vaziyatning asosiy komponentlari hisoblanadi. Bu komponentlar kommunikativ jarayonda ishtirok etish funksiyasiga ko‘ra nutq vaziyatining o‘ziga xos tuzilishini shakllantiradi. Nutqiy vaziyatning umumiy sxemasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: Keltirilgan sxemada qayd etilgan omillardan tashqari o‘zaro muloqotning asosiy xususiyatlari va muloqotchilarning nutq etiketini ko‘rsatuvchi tanishligi darajasi, ishtirokchilarning bir-biridan farqlanish darajasi, kuzatuvchilarning mavjudligi kabi omillarni ham ko‘rsatish mumkin. Bu omillar muloqotning samaradorlik darajasini, nutqiy vaziyatni hosil qiluvchi asosiy xususiyatlarni belgilab beradi. Ma’lumki, muloqot tushunchasi inson faoliyatining hamma qirralari bilan aloqador. Insoniy munosabatlarning deyarli hammasi inson nutqiy faoliyati bilan bog‘lanadi. O‘zaro aloqalar qanday shaklda va ko‘rinishda bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zaro fikr almashishlar, mavzu mohiyati, muammolari va kelajagi haqidagi ma’lumotlar til vositasida tinglovchi yoki o‘quvchiga yetkaziladi. Shunday Nutqiy vaziyat modelimuloqot sharoiti adresat muloqot maqsadirasm iy norasm iy m uloqot ta‘sir eshituvchilar soni komunikativ munosabat m avqesi xabar
ekan, nutqiy muloqotdan har ikki taraf ham birday manfaatdor. So‘zlovchi yoki yozuvchi nutqiy muloqot tashkilotchisi sifatida ma’lum bir kommunikativ maqsadni amalga oshirishni, ko‘zlangan pragmatik samaraga erishishni ilgaridan mo‘ljallaydi. Maqsadning so‘zlovchi maqsadiga mos holda amalga oshishi va yakun topishi to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotning voqelanish jarayoniga bog‘liq. Shuning uchun ham inson nutqiy faoliyatidan bahs yurituvchi tadqiqotlarda nutq vaziyati tushunchasi pragmatikaning asosini tashkil qiluvchi komponentlardan biri sifatida talqin qilinadi. Kommunikativ vaziyat deyilganda nutq tashqi sharoitining muloqot xulqi, fikr, diskursda ifodalangan murakkab jamlanmasi tushiniladi. Nutq faoliyati va vaziyat o‘zaro bog‘liq ekan, ko‘zlangan maqsadning amalga oshishi so‘zlovchi imkoniyatlari va nutq qaratilgan shaxsning nutqni o‘zlashtirish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Nutqiy harakat so‘zlovchi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan fikr ifodalashga tayyorgarlik, fikrning tuzilishi, tashqi nutqqa o‘tish kabi bosqichlardan so‘ng voqelanadi. Bunda nutq qaratilgan shaxsning muloqot jarayonidagi o‘rni, nutqni o‘zlashtirishni ifodalovchi akustik/grafik koddan ichki nutqqa o‘tish, sintaktik struktura, grammatik shakllarni topish (rasshifrovka qilish), fikr ifodalashning umumiy rejasini, ma’nolar va motivlarni tushunish, olingan xabarni baholash, lisoniy vositalar tanlash kabi vazifalarning amalga oshishiga qarab belgilanadi. Kommunikativ vaziyat asosini bevosita aloqa tushunchasi tashkil qilar ekan, unda ishtirok etuvchi vositalar quyidagi vazifalarga funksional yo‘naltiriladi: Aloqa bog‘lash – kommunikatsiyaning fatik vositalari. Aloqani saqlab turish – muallif va adresatga xos vositalar. Aloqani yakunlash – suhbatni tugatish vositalari. Kommunikativ vaziyatni yuzaga keltiruvchi tarkibiy qismlar quyidagilardan iborat:
xabar joyi va vaqti; xabarning ma’lum nutqiy va axloqiy majburiyatga ega bo‘lgan adresanti; ma’lum presuppozitiv fikr ifodalash xususiyatiga ega bo‘lgan adresat; xabarning maqsadli yo‘naltirilgan mavzusi. Vaziyatning umumiy xarakteri, lisoniy va nolisoniy omillar ishtirokidan kelib chiqib, nutqiy muloqot quyidagi tartibda voqelanadi. Yuqorida keltirilgan sxema nutqiy vaziyatning hamma ko‘rinishlariga birday taalluqli. Muloqot jarayoni inson faoliyatining qaysi sohasida yuz berayotganiga ko‘ra unda ishtirok etuvchi omillar va vositalar o‘zaro farq qiladi. Masalan, kishilarning hayotning maishiy tomonlari bilan bog‘liq kundalik norasmiy muloqotlarida so‘zlashuv uslubiga xos xususiyatlar yetakchilik qiladi va ularda shunga xos nutqiy vaziyat mavjud bo‘ladi. Shu o‘rinda shuni ham yodda tutish lozimki, nazarda tutilmagan sabablarga ko‘ra nutq vaziyati o‘zgarib ketishi ham mumkin. Buning aksi bo‘lgan rasmiy muloqotlardagi nutqiy vaziyat yuqoridagidan tubdan farq qiladi. Chunki, ularda nutqning qay tartibda va qanday vaziyatda amalga oshishi ilgaridan rejalashtirilgan bo‘ladi. Muloqotning boshlanishidan yakunlanishiga qadar shu tartibga qat’iy amal qilinadi. Shuning uchun rasmiy muloqotlardagi nutq vaziyati bir muncha barqarorligi bilan ajralib turadi. Rasmiylik xizmat yuzasidan bo‘ladigan uchrashuvlarda doimo sezilib turadi. Unda so‘zlovchi o‘zi faoliyat ko‘rsatadigan uyushma, tashkilot, firma nomidan gapiradi. Uning «Men»i bevosita o‘zi ishlayotgan joy bilan bog‘liq bo‘ladi va bunday rasmiy muloqotlar xizmat joylarida – qabulxona, majlislar zali, ofislarda bo‘lib o‘tadi. Rasmiy muloqot quyidagi me’yorlarning bo‘lishini talab etadi:
ikki tomonlama muloqotchilar guruhiga nisbatan «Siz» - hurmatlash munosabatining o‘rnatilishini; muloqotda etiket qoidalariga qat’iy amal qilishni (salomlashish va xayrlashishda); samimiylik ifodalovchi «marhamat qilib», «iltifot qilib» kabi birikmalarni qo‘llashni; muloqotning rasmiy sharoiti nutq jarayonida turli xil jargonlar, oddiy so‘zlashuvga xos birliklarni va dialektizmlarni qo‘llamaslikni taqozo etadi. O‘zaro rasmiy muloqotlarda o‘ta darajada muloyimlik, o‘zini tutish, samimiylik talab etiladi. Rasmiy bo‘lmagan yubileylarda, xizmat yuzasidan bo‘ladigan uchrashuvlarda, ofislarda, uy sharoitida, restoranlarda yoki xizmat jamoasida bo‘ladigan uchrashuvlarda esa bu muloqotning o‘ziga xos nozik qirralari namoyon bo‘ladi. Bunday sharoitda muloqot ishtirokchilari o‘zlarini birmuncha erkin sezadilar, bu erkinlik til birliklarini tanlashda va qo‘llashda ham seziladi. Bunda so‘zlovchining fikr ifodalashida subyektiv munosabat ham ma’lum darajada sezilib turadi. Bunday muloqotda: hamsuhbatning yoshi va ijtimoiy sharoiti, tanishlik darajasidan kelib chiqib «Sen» yoki «Siz» tanlanadi; salomlashish va xayrlashishda qo‘llaniladigan so‘zlardan foydalaniladi; Nutqiy vaziyatdan kelib chiqib, etiketni ifodalovchi birliklar qo‘llanilishi mumkin; Muloqotchilarning o‘zaro bir-birini tanishi norasmiy sharoitlarda belgilovchi omil hisoblanadi. Notanish yoki kam tanish bo‘lgan kishilar bilan suhbat norasmiy muloqotda etiket xarakteri bilan bog‘lanadi. Hatto notanish odam (mijoz, kliyent) ishtiroki ham u bilan bir xonada bo‘lgan kishidan rasmiy muloqot qoidalariga amal qilishni talab qiladi.