QONUN USTIVORLIGI –FUQAROLIK JAMIYATINING MUHIM OMILI


QONUN USTIVORLIGI – FUQAROLIK JAMIYATINING MUHIM OMILI 1. Qonun ustuvorligi tushunchasi va uning mohiyati. 2. Qonun ustuvorligini ta’minlovchi asosiy shartlar. 3. Qonun ustuvorligi tamoyilining O`zbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishidagi ahamiyati. 4. 2017-2021 O`zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida qonun ustuvorligi masalasi
1. Qonun ustuvorligi tushunchasi va uning mohiyati Demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish – O`zbekistonning pirovard maqsadidir. O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlab o’tganidyek: “Biz shunchaki demokratik jamiyat emas, demokratik odil jamiyat qurmoqchimiz... Adolat va haqiqat g’oyasi ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini qamrab olmog’i darkor. Adolat va haqiqat g’oyasi qonunchilik faoliyatimizning zamini, bosh yo’nalishi bo’lmog’i shart” 1 . Darhaqiqat, adolat tushunchasi bilan qonun ustuvorligi tushunchasi bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Prezidentimiz ta’kidlaganidyek, qabul qilinayotgan qonunlarimiz zamirida adolat yotishi darkor. Adolatga asoslangan qonunlarning hayotga tatbiq etilishi adolatning tantana qilishiga olib kyeladi. Demokratik jamiyatning eng muhim byelgilaridan biri - jamiyat a’zolarining qonun oldida tyengligining, Konstitusiya va qonunlarning tyengligining ta’minlanganligidir. Shuningdyek, Konstitusiya va qonunlarning pirovard maqsadi inson, uning huquq va erkinliklarini ta’minlashdan iborat bo’lmog’i lozim. “Qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo’ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash – bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi” 2 . Huquqiy davlatning muhim byelgisi – jamiyat hayotida chinakam qonun ustuvorligini ta’minlash - har qanday davlat uchun, xususan huquqiy davlat qurish yo’lidan borayotgan O`zbekiston uchun ham juda muhimdir. Qonun ustuvorligining mohiyati O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining III bob, 15- va 16-moddalarida byelgilab qo’yilgan. Konstitusiyaning 15- 1 Каримов И.А. Ватан саждаго каби му аддасдир. 3-жилд. –Т.:ҳ қ Ўзбекистон, 1996. 10-б. 2 Каримов И.А. Хавфсизлик ва тинчлик учун курашмо керак. 10-жилд. – қ Т.: Ўзбекистон, 2002, 28-б.
moddasiga muvofiq, “O`zbekiston Respublikasida O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlarning ustunligi so’zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitusiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar” dyeyilgan. Qonun ustuvorligi tushunchasining mohiyati Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning bir qator asarlarida chuqur tahlil qilingan. “ Qonun ustuvorligi – huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. U hayotning barcha sohalarida qonunning qat’iyan hukmronligini nazarda tutadi. Hyech bir davlat organi, hyech bir xo’jalik yurituvchi va ijtimoiy siyosiy tashkilot, hyech bir mansabdor shaxs, hyech bir kishi qonunga bo’ysunish majburiyatidan xalos bo’lishi mumkin emas. Qonun oldida hamma barobardir. Qonunning ustuvorligi shuni bildiradiki, asosiy ijtimoiy eng avvalo, iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hyech bir istisnosiz huquq va normalarni buzganligi uchun javobgar bo’ladi” 3 , - dyeb ta’riflaydi , - I.Karimov. Qonun ustuvorligi dyeganda qabul qilingan qonunlarning barcha tomonidan hurmat qilinishi, ijrosi ta’minlanishi, ularga qat’iy amal qilish tushuniladi. Ayniqsa, huquq hukmronligi va qonun ustuvorligi huquqiy demokratik davlatga xos bo’lib, u jamiyatning barcha sohalariga inson huquq va erkinliklarini ta’minlash va kafolatlashga xizmat qiladi . Qonun oyoq osti qilingan mamlakatda talon-t o rojlik, tyengsizlik, adolatsizlik, zo’ravonlik va boshqa bir qator salbiy holatlar yuzaga kyeladi. Ana shuning uchun ham qonun ustuvorligi umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarilgan. Qonun bilan yashashni millat vakillarining dunyoqarashiga aylanishiga erishish , milliy rivojlanishning muhim yo’nalishini tashkil qiladi. Qonunning ustuvorligi har qanday davlat va jamiyat hayotining muqaddas tamoyillaridan biridir. Qonunga og’ishmay itoat etilgan jamiyatdagina demokratiya 3 Каримов И.А. Ўзбекистон миллий исти лол, и тисод, сиёсат, мафкура.қ қ 1-жилд. –Т.: Ўзбекистон, 1996. -Б.321.
qaror topadi va yanada mustahkamlanadi. Qolavyersa, barcha demokratik institutlar, inson huquqi va erkinliklari qonun vositasi bilan joriy etiladi. Qonunda xalqning irodasi, xohish va istaklari, manfaat va intilishlari o’zining ifodasini topadi. Qonunga itoatkorlik – bu yuksak madaniyatlilik, ma’naviyatlilik, ma’rifatlilik byelgisidir. Qonunga itoatkorlikni insonning unga ko’r-ko’rona bo’ysunishi ma’nosida tushunmaslik lozim. Qonunning maqsad va vazifalarini, ma’nosi-yu, insonparvarlik ahamiyatini ongli ravishda tushunib olish, unga ixtiyoriy rioya qilishga va uning asosida faoliyat yuritishga yordam byeradi. “Qonun – ijrosi bilan kuchli” – dyegan iboraga urg’u byeradigan bo’lsak, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatida qonunlarni ijro etishda halollik va adolat asosida ish yuritish mutasaddilar uchun asosiy maqsad, jamiyat, xalq va Vatan oldidagi buyuk insoniy burch, yuksak mas’uliyat bo’lmog’i lozim. Demokratik huquqiy davlatni shakllantirish jamiyatda qonunning hukmronligini qaror toptirishni taqozo etadi. CHinakam huquqiy davlat barpo etmoq uchun mamlakatda adolatli, insonparvar demokratik qonunlar tantana qilmog’i lozim. Qonunning oliyligi davlat va jamiyat hayotining muqaddas prinsiplaridan biridir. Ijtimoiy siyosiy turmushda qonun muqaddas sanalib, uning yuksak nufuzga ega bo’lishining boisi shuki, unda xalqning irodasi, xohish va istaklari, manfaat va intilishlari o’zining ifodasini topadi. SHunisi diqqatga sazovorki, mamlakatda bozor munosabatlariga o’tishning O`zbekiston Birinchi Prezidenti I. Karimov tomonidan e’lon qilingan byesh prinsipi orasida qonunning hamma narsadan ustun bo’lishi va qonunga itoatkorlik prinsipi alohida o’rin tutadi. “CHinakam demokratik jamiyatda Prezident ham, oddiy fuqaro ham qonunga rioya etadi. Boshqa iloji yo’q” 4 . Demokratik jamiyatda qonun ustuvorligi tamoyilining ahamiyati juda muhimdir. CHunki Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridyek, «huquqiy davlatning quroli ham, ko’zi ham, o’zi ham, qalqoni ham - qonundir» 5 . 4 Каримов И.А. “Янги уй урмай туриб, эскисини бузманг”. –Т.:қ Ўзбекистон, 1993, 22-б. 5 Х. Бобоев, 3. офуров, 3. Исломов. "Миллий истиклол мафкураси ва Ғ тара иёт". –Т.: Янги аср авлоди, 2001. ққ 115-б.