NUTQNI IDROK QILINISHI
![NUTQNI IDROK QILINIS H I
Reja:
1. Nutqni idrok qilish va tushunish
2. Nutqni idrok qilish modellari
3. Matnni psixolingvistik yondashuv asosida o‘rganish](/data/documents/7a617844-5c52-4653-bef3-365f5bb98d41/page_1.png)
![1. Nutqni idrok qilish va tushunish
So‘zlovchi tomonidan yaratilgan matn talaffuz qilingach, havo to‘lqinlari
orqali tinglovchining qulog‘iga yetib keladi. Ana shu ondan boshlab nutq
tovushlari birikmasidan tashkil topgan matn so‘zlovchining jamiyatdoshi
tomonidan idrok qilina boshlaydi. Idrok qilish ham uzundan-uzoq bir murakkab
jarayonni tashkil qiladi. Tinglovchining oldida turgan vazifa bir to‘da tovushlar
birikmasidan uning asosida yotgan mazmunni chiqarib olib, unga yo nutqiy, yo
jismoniy javob qaytarish, yoxud murojaatni e’tiborga olib qo‘yishdir 1
.
Nutqni idrok qilish murakkab va ko‘p qamrovli psixik jarayon bo‘lib, u ham
boshqa idrok turlari kabi umumobyektiv qonuniyatlar asosida yuz beradi. Nutqni
idrok qilish faoliyatini: idrok obrazining birlamchi shakllanishi va shakllangan
obrazni tanish kabi tarkibiy qismlarga ajratish mumkin.
Nutqni idrok qilish til elementlarini eshitish yoki ko‘rish resepsiyasi (qabul
qilish), ularning o‘zaro aloqasini aniqlash va ularning mazmuni haqidagi
tasavvurlarning shakllanishini o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, nutqni idrok qilish
ikki bosqichda – nutqiy ifodani idrok qilish va tushunish orqali amalga oshadi 2
.
Psixologiyada tushunish bevosita idrok qilinadigan nutq (tovushlar) oqimi
ortida turgan umumiy mazmunni ochish sifatida talqin qilinadi. Bu idrok
qilinadigan nutq orqasida turgan ma’noning haqiqiy mazmunga aylanish
jaryonidir. Masalan, “Sovuq!” ifodasining ma’nosi qanday “nutqsiz kontekstda” va
kim tomonidan aytilganiga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Agar bu onaning o‘z
bolasiga murojaati bo‘lsa, u holda, bola uni issiqroq kiyinish haqidagi maslahat
sifatida qabul qilishi mumkin. Agar mazkur ifoda biron kishi tomonidan ochiq
turgan darchaga qo‘l bilan ishora qilib aytilgan bo‘lsa, u holda, uni oynani yopish
haqidagi iltimos sifatida qabul qilish mumkin. Yoki ayni ifoda biron kishiga
subyektiv (salbiy) munosabat bildirish maqsadida ham aytilgan bo‘lishi mumkin.
Tushunish jarayonida retsipiyent mazkur ifodaning ma’noviy mazmun
majmuyini tashkil etuvchi so‘zlar o‘rtasidagi ma’noviy bog‘lanishlarni aniqlaydi.
Anglash natijasi o‘laroq retsipiyent ifodaning ma’noviy mazmunini tushunishi yoki
1 Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. –Тошкент: Ўқитувчи, 1992. –Б. 248.
2 Глухов В.П. Основы психолингвистики. Учеб. пособие для студентов педвузов. –М.: АСТ: Астрель, 2005. – C . 117.](/data/documents/7a617844-5c52-4653-bef3-365f5bb98d41/page_2.png)
![tushunmasligi mumkin. Shuni qayd qilish joizki, tushunish jarayoning o‘zi
psixologik nuqtayi nazardan teranlik va aniqlikning turlichaligi bilan tavsiflanadi.
Nutqni tushunish jarayoni axborotlar oqimidan muhim jihatni, muhim
mazmunni ajratib olishdir. Inson o‘ziga yo‘naltirilgan nutqning har bir tarkibini
alohida idrok etmay, undagi asosiy g‘oyalarni ajratib olib, ularni bir-biriga
bog‘laydi va yaxlit mazmun yaratadi.
Nutqni tushunish nutqning faol qo‘llanishini ham o‘z ichiga oladi. L. S.
Vigotskiyning fikricha, nutqning ma’no jihatida tushunish o‘zining rivojlanishida
butundan qismga, gapdan so‘zga tomon harakatlanadi, nutqning tashqi jihatida esa
so‘zdan gapga tomon harakatlanadi 3
.
A. A. Brudniy va L. S. Svetkovaning (35, 254), nazariy ta’limotiga ko‘ra,
tushunishning dastlabki darajasi faqat ifodaning asosiy predmetini tushunish,
ya’ni nima haqida gap borayotganidan iborat bo‘ladi. Mazkur darajada retsipiyent
faqat unga nima haqida gapirilganini aytishi mumkin, biroq aytilganning
mazmunini qayta aks ettira olmaydi. Eshitilganning ma’noviy mazmuni
retsipiyentning ifoda asosiy predmetini aniqlashida fon bo‘lib xizmat qiladi.
Ikkinchi daraja – ma’noviy mazmunni tushunish bosqichi bo‘lib, u
so‘zlovchi yoki yozuvchi fikrlari bayonidagi butun jarayonni, uning rivojlanishi va
dalillanishini tushunish bilan belgilanadi. Mazkur daraja nafaqat nima haqida
aytilganini tushunish, balki nima aytilganini (ya’ni ifoda remalari) ham tushunish
bilan tavsiflanadi.
Oliy daraja nafaqat nima haqida va nima aytilganini tushunish, balki nima
uchun (ya’ni qaysi maqsadda) aytilgani tushunish bilan belgilanadi. Ta’bir joiz
bo‘lsa, so‘zlovchining qanday lisoniy vositalar yordamida o‘z fikrini ifodalagani
ham aniqlanadi. Nutqning ma’noviy mazmuniga bunday yondashish
tinglovchining so‘zlovchi nutqi motivlarini, ifodaning ichki mantig‘ini to‘liq
tushunishiga imkon beradi. Tushunishning ushbu darajasi so‘zlovchi yoki
yozuvchi tomonidan fikr ifodalashda foydalanilgan lisoniy vositalarni baholashni
ham o‘z ichiga oladi.
3 Выготский Л.С. Мышление и речь. –М., 1996. –С. 117.](/data/documents/7a617844-5c52-4653-bef3-365f5bb98d41/page_3.png)
![Nutqni idrok qilish haqidagi nazariyalar (modellar)ning aksariyatida idrok
qilish jarayonining motor yoki sensor xarakteriga katta e’tibor qaratilgan. Motorli
nazariyaga ko‘ra, inson nutqni eshitish jarayonida xabarni yaratish uchun zarur
bo‘lgan motorli signallar bilan boshqariladigan ma’nolarni aniqlaydi. A. A.
Leontevning fikricha, nutqni idrok qilishning sensorli nazariyasi “toza ko‘rinishda”
mavjud bo‘lmaydi. Sensorli nazariyaga muvofiq, nutq idroki jarayonining motorli
tarkibiga ikkinchi darajali hodisa sifatida qaraladi. Asosiy psixofiziologik
mexanizm sifatida esa nutq signalini sensor etalon bilan akustik belgiga ko‘ra
qiyoslash belgilanadi.
2. Nutqni idrok qilish modellari
Psixolingvistikada nutqni idrok qilishning bir necha modellari mavjud.
Charlz Osgud tomonidan nutqni idrok qilishning quyidagi modeli taklif qilingan:
kod
( til)
1- xa bar 2- xa bar
kodlash dekodlash
----- signal ( matn )-----
aloqa kanali
↑
shovqinlar
peredatchikli
yuboruvchi
( so‘zlovchi )](/data/documents/7a617844-5c52-4653-bef3-365f5bb98d41/page_4.png)
![Ch. Osgud tomonidan taklif qilingan mazkur modelni quyidagicha talqin
qilish mumkin:
So‘zlovchida qandaydir 1-xabar paydo bo‘ldi. So‘zlovchi nutq organlari
(peredatchik) yordamida bu xabarni kodlaydi. Signal (havo tebranishi) aloqa kanali
orqali uzatiladi. U so‘zlovchining eshitish organlari (priyomnik)ga yetib keladi.
Dekodlash amalga oshadi, ya’ni signal 2-xabarga aylanadi. Kommunikatsiya
vujudga kelishi uchun kodlash va dekodlash bir kod (til) asosida olib borilishi
kerak. Shuningdek, aloqa kanalida xabarning buzib talqin qilinishiga sabab
bo‘ladigan shovqinlar ham vujudga kelishi mumkin. Natijada 1-xabar 2-xabarga
mos kelmasligi mumkin.
Kommunikatsiyaga informatsiya nazariyasidan yondashish qiziq va muhim
xulosaga olib keladi. Har qanday aloqa kanali muayyan o‘tkazish qobiliyatiga ega
bo‘lib, u informatsiya miqdoridan ortig‘ini o‘tkaza olmaydi. Shuning uchun aloqa
kanalidan foydalanish samaradorligini oshirish juda muhim. Masalan, bir xil
xabarni aloqa kanali orqali tez yoki sekin uzatish mumkin. Tabiiyki, samaradorlik
qancha ko‘p bo‘lsa, aloqa kanalidan shunchalik yaxshi foydalaniladi, xabarni
uzatishda shuncha kam vaqt va kuch sarflanadi. Shuning uchun kishilar xabarlarni
imkon qadar qisqa va lo‘nda uzatishga harakat qilishadi. Bu lingvistikada
tejamkorlik tamoyili, deb nomlanadi. Biroq kommunikatsiya jarayonida nafaqat
tejamkorlik, balki ishonchlilik ham muhim tamoyil hisoblanadi. Turli shovqinlar
tufayli har doim ham 1-xabar 2-xabarga mos kelavermaydi. Odatda, so‘zlovchi
tinglovchi bilan qandaydir matnni tezda gapirib tugatish uchun emas, balki
so‘zlovchi aytmoqchi bo‘lgan narsani tinglovchi mos holda qabul qilishi uchun
muloqotga kirishadi. Shuning uchun har qanday muloqotning vazifasi 2-xabarning
1-xabarga maksimal darajada mos kelishiga erishishdir. Demak, 2-xabarning 1-
xabarga mos kelish darajasi ishonchlilik deb nomlanadi. Tinglovchi so‘zlovchini
yaxshi tushunishi va xabar ishonchli bo‘lishi uchun so‘zlovchi xabarni dona-dona, priyomnikli
qabul qiluvchi
( tinglovchi )](/data/documents/7a617844-5c52-4653-bef3-365f5bb98d41/page_5.png)
![sekinroq, takrorlab uzatishi kerak. Samaradorlik va ishonchlilik o‘z xususiyatiga
ko‘ra antagonistik o‘lchovlardir. Samaradorlik qancha yuqori bo‘lsa, ishonchlilik
shuncha past bo‘ladi yoki aksincha. Bir o‘lchovning ikkinchisidan oshib ketishi
turli anglashilmovchiliklarga olib kelishi mumkin 4
.
Buni quyidagi xanda misolida yaqqol ko‘rish mumkin:
Ona tili muallimi so‘radi:
- Men uxlayapman, sen uxlayapsan, u uxlayapti. Qaysi zamon?
O‘quvchi:
- Ayni tun!
Shuning uchun kommunikatsiya ishtirokchilari imkon qadar muvozanatni
saqlashlari kerak.
Charlz Osgud va Vilbur Shxrammlarning navbatdagi modelida
kommunikatsiya sirkulyar jarayon sifatida quyidagicha izohlangan:
Nutqni idrok qilish va tushunish jarayonlarining sodda va ixcham modeli L.
S. Svetkova tomonidan taklif qilingan. Mazkur modelda nutq idrokining har ikki
tomoni – nutqni idrok qilish jarayoni va uni tushunish jarayoni (ularning
4 Сахарный Л.В. Введение в психолингвистику. -Л., Изд. ЛГУ, 1989. –С. 19-20.](/data/documents/7a617844-5c52-4653-bef3-365f5bb98d41/page_6.png)
![chambarchas o‘zaro aloqasini hisobga olgan holda) aks ettirilgan. Tadqiqotchi
tomonidan nutqni idrok qilish jaryoni til belgilarini tushunish, tanish, nutqning
tarkibiy qismlarini ajratish jarayoni sifatida talqin qilingan.
L. S. Svyetkova nutqni tushunish jarayonini quyidagicha izohlaydi: “Barcha
tomonidan e’tirof qilingan qarashga ko‘ra, nutqni (ifodani) tushunish so‘zlar va
ularning aloqasi, gaplar va abzaslarning aloqasini tushunishni ta’minlaydi. So‘zni
tushunish uchun, avvalo, uni tarkib toptiruvchi tuvushlarni analiz va sintez qilish
lozim bo‘ladi. Gap tarkibidagi so‘zlarning ma’nosini tushunish ularning shu
gapdagi mantiqiy-grammatik aloqasiga bog‘liq bo‘ladi. Nutqni tushunish
strukturasidagi mazkur uzviy qism mantiqiy-grammatik konstruksiyalarni ma’no
birligida qayta shifrlanishini ta’minlaydi”.
L. S. Svetkova nutqni tushunishdagi ikki tomonning mavjudligiga e’tibor
qaratadi. Nutqni tushunishning butun bir ifodani tarkib toptirgan so‘z va so‘z
birikmalari ma’nolari hamda gaplarning ma’nolari vositasida ifodalanishidan
tashqari, nutqiy faoliyatning ajralmas, boshqa tomoni ham mavjud. Bu insonning
ifoda predmetiga nisbatan shaxsiy munosabatini belgilaydigan motivatsion sohadir.
Qayd qilingan tarkibiy qismlar o‘zaro chambarchas aloqada bo‘lgandagina nutqni
to‘liq tushunishga erishiladi. Ulardan biri taqdim etilgan xabarning predmet
mazmuni haqidagi axborotni dekodlasa, boshqasi xabarning mazmuniga chuqurroq
kirishni ta’minlaydi.
3. Matnni psixolingvistik yondashuv asosida o‘rganish
Hozirgi kunda ko‘pchilik tilshunoslar ayrim til faktlarini to‘liq o‘rganish
uchun lingvistik ramkadan chiqib, inson miyasida tashkil bo‘ladigan til materialini
zarur momentda olish uchun individning psixik jarayonlari sferasiga kirish
kerakligini tan olishadi. Mantni lingvistik nuqtayi nazardan o‘rganishda
tadqiqotchini birinchi navbatda matnning umumiy mohiyati va emotsional
mazmunini ochib beradigan til vositalari qiziqtiradi.
Matnni psixolingvistik nuqtayi nazardan tahlil qilishda esa, matnni
yaratadigan va uni qabul qiladigan individning til va tafakkur faoliyati, ya’ni “til](/data/documents/7a617844-5c52-4653-bef3-365f5bb98d41/page_7.png)
![sistemasi elementlari yordamida haqiqatni ongda aks ettira oladigan til shaxsi”
diqqat e’tiborda bo‘ladi. Agar tilshunoslik matnga “ma’lum til faktlarini kuzatishga
xizmat qiladigan material, real aytilgan (yozilgan) jumlalar yoki jumlalar
yig‘indisi” sifatida qarasa, psixolingvistika matnga “kommunikatsiya aktining
shakli, kommunikatsiya predmetining zaruriy tarkibiy qismi, muallif va resipiyent”
sifatida qaraydi. Bunda barcha matn aniq kommunikativ holat ramkasida
o‘rganiladi, matnlarning shakli va mazmuni kommunikatsiyaning ishtirokchilari –
individlarning psixologik xususiyatlari orqali aniqlanadi.
Psixologik nuqtayi nazardan matn yaratish va uning mazmuniy idroki
individning nutqiy tafakkuri mahsuli, obyektiv borliqni til tizimi vositasida aks
ettirish qobiliyati sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda matnning shakli va mazmuni
muayyan kommunikativ vaziyat qatnashchisi – konkret shaxsning psixologik
xususiyatlari asosida aniqlanadi 5
.
Psixolingvistik tadqiqotlarda matnning matn tuzuvchi – matn –
resipiyentdan iborat uchlik nuqtayi nazaridan tadqiq etilishi unda xususan shaxs
omilining rolini chuqur o‘rganishni taqozo etadi.
Rus tilshunosi va psixologi V.P.Belyanin matnning psixolingvistik
xususiyatlari yoritilgan “Osnovы psixologicheskoy diagnostiki (modeli mira v
literature)” nomli asarida matnga lingvistik va psixologik yondashuv haqidagi
quyidagi konsepsiyasini yaratdi:
1. Nutq ortida nafaqat til tizimi, balki psixologiya ham turadi (nutq yaratilish
jarayoni nazarda tutilgan).
2. Har xil matn ortida har xil psixologiya turadi (matn tuzuvchining matnda
aks etuvchi subyektiv xususiyatlari nazarda tutilgan).
3. Badiiy matn tuzilishi aksentuallashgan ong tuzilishiga muvofiqdir (ong
psixik tuzilishining matn tuzilishiga ta’siri nazarda tutilgan).
4. Emotsional-mazmuniy dominanta badiiy matnning semantik, morfologik,
sintaktik xususiyatlari, shuningdek, uning uslubiyati namoyon bo‘lishida asosiy
rolni bajaradi.
5 Зорькина О.С. О психологическом подходе к изучению текста // Язык и культура. –Новосибирск, 2003. –С. 205-
210.](/data/documents/7a617844-5c52-4653-bef3-365f5bb98d41/page_8.png)
![5. Matn voqelik – ong – olam manzarasi – til – matn tuzuvchi – o‘quvchi –
matn proyeksiyasidan iborat tizim unsuri hisoblanadi (matn yaratilishi va
idrokining barcha lisoniy va nolisoniy omillari qayd qilingan).
6. O‘quvchining badiiy asar haqidagi o‘z talqini bo‘lishi mumkin. Bu talqin
matn bilan birga o‘quvchining psixologiyasiga ham bog‘liq bo‘ladi (matn
idrokining xususiy hodisa ekanligi ta’kidlangan) 6
.
V.P.Belyaninning fikricha, har bir o‘quvchi muayyan matn haqida o‘z
interpretatsiyasiga ega bo‘lishi mumkin. Matn idroki natijasida yuzaga keluvchi
interpretatsiya xarakteri faqat matnning emas, balki o‘quvchining ham psixologik
xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Muallif bilan o‘quvchi psixologik jihatdan qanchalik
yaqin bo‘lsa, ularning matn haqidagi talqini shunchalik muvofiq bo‘ladi 7
.
Barcha psixolingvistik tadqiqotlarda matnni qabul qilish va tushunish
jarayonlarining murakkabligi va ko‘p planliligi ta’kidlanadi. I. A. Zimnaya nutqni
qabul qilishning uch asosiy darajasini ajratadi. Aniqlash darajasida har bir kiruvchi
tovush signali resipiyentning xotirasida allaqachon mavjud bo‘lgan etalon bilan
alohida solishtiriladi. Aniqlik darajasida ikki yonma yon turgan tovushning birikuv
imkoniyati e’tiborga olinadi. Keyingi bosqichda ijobiy yoki salbiy natijaga ega
bo‘lishi mumkin bo‘lgan tartibga solingan tovush birikuvlarini (so‘zlar va butun
sintaktik strukturalar) anglash yuz beradi. Anglash bosqichining ijobiy natijasi
tushunish hisoblanadi. Shuning uchun ham nutqni qabul qilishga mazmuniy qabul
qilish deyiladi. Shunday qilib, matnni qabul qilish va tushunish jarayoni quyi,
sensor (tovushlarni bilish), yuqori, mazmuniy darajalar o‘zaro chambarchas
aloqaga kirishgan pog‘onali tizimni namoyon qiladi. Matnni anglashdagi
pog‘onalilik alohida so‘zlar ma’nosining talqinidan asta-sekin butun ifodalar
ma’nosini tushunishga, undan matnning umumiy g‘oyasini aniqlashga o‘tishda
ko‘rinadi. Biroq bu jarayonlar, ya’ni alohida so‘zlar va ifodalarni tushunish
yordamchi amallar rolini o‘ynaydi. Chunki resipiyent matnga murojaat qilar ekan,
u hech qachon alohida so‘zlar va ifodalarni tushunishni o‘z oldiga maqsad qilib
qo‘ymaydi. Tushunish jarayoni xabarning umumiy mazmunini izlashdan,
6 Белянин В.П. Основы психологической диагностики (модели мира в литературе). –М.: Тривола, 2000. –С.8-9.
7 Белянин В.П. Кўрсатилган асар, 8-бет.](/data/documents/7a617844-5c52-4653-bef3-365f5bb98d41/page_9.png)
![gipotezalarni ilgari surishdan boshlanadi. Keyin sensor (tovushlarni bilish), leksik
(alohida so‘zlarni qabul qilish) va sintaktik (alohida jumlalarni qabul qilish) kabi
quyi darajalarga o‘tiladi. Ya’ni matnni tushunishning real jarayoni xabar kelib
tushgan tartiblar bilan to‘g‘ri kelmaydi.
Resipiyent matn bilan dastlab tanishganda undagi yo‘nalishni aniq belgilab
olish maqsadida turli tayanchlardan foydalanadi. U notanish bo‘lgan chet tilida,
hatto sun’iy tildagi matnni qabul qilayotganda so‘zlar orasidagi probellarga, tinish
belgilariga, takroriy ifodalarga va so‘zlarga qarab, darrov qandaydir ma’noli
qismlarni ko‘rishga harakat qiladi. Bunda struktur tayanchlar muhim rol o‘ynaydi.
Ularning funksional mohiyati resipiyentning nutqiy tajribasi ko‘ra shakllanadi.
Matnni anglash natijasida individda bu matnning proyeksiyasi (tasviri)
shakllangan bo‘lishi kerak. Matnning proyeksiyasi resipiyentda belgilar
mahsulotining o‘zaro ta’siri natijasida shakllangan tasavvurlar tizimini tashkil
qiladi. Shu bilan birga, ayni matn turli resipiyentlar tomonidan turlicha talqin
etilishi ham kuzatiladi. Bu ko‘pincha badiiy matnga aloqador bo‘ladi. Shuning
uchun matnni qabul qiluvchi o‘zi uchun boshqa resipiyentlarning va hatto
muallifning fikridan ham farqli bo‘lgan shaxsiy proyeksiyasini yaratishi mumkin.
Ayni matnning qabul qilinishidagi variantlilikni qator psixologik sabablar
bilan izohlash mumkin. Bunga birinchi galda shaxsning motivatsion, kognitiv va
emotsional sferasini, ya’ni kishining mazkur matnga murojaat qilishga undagan
ehtiyojlari, motiv va maqsadlari, matnni qabul qilish vaqtidagi emotsional holati,
xabarni qabul qilishdagi diqqatining jamlash darajasi va h.k.ni kiritish mumkin.
Shuningdek, matnni anglashda individ, albatta, o‘zining dunyo haqidagi
bilimlariga, tasavvurlariga suyanadi. Shunga ko‘ra, matnni qabul qiluvchi
individning jinsi va yoshi alohida e’tiborga olinishi lozim bo‘ladi.](/data/documents/7a617844-5c52-4653-bef3-365f5bb98d41/page_10.png)
![ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar:
1 . Usmanova Sh. “Psixolingvistika” fanidan ma’ruza kurslari . – Toshkent:
Universitet, 2014.
2. Usmanova Sh. Psixolingvistika. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Universitet,
2015. (Elektron variant).
3 . Belyanin V. P. Psixolingvistika. Uchebnoe posobie. –M.: Flinta, 2008.
4. Gluxov V.P. Osnovы p sixolingvistiki. Uchebnoe posobie. – M.: ACT: Astrelь,
2008.
5 . Karaseva O.F., Safonova O.A. Psixolingvistika: novыe texnologii analiza
poeticheskogo teksta. Uchebnoe posobie. – Krasnodar, 2012.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
6 . Axutina T.V. Porojdenie rechi. Neyrolingvisticheskiy analiz sintaksisa. - M.:
MGU, 1989.
7. Baskakov N.A., Sodiqov A.S., Abduazizov A.A. Umumiy tilshunoslik. –
Toshkent: O‘qituvchi, 1979.
8. Batov V.I. O sudebnoy psixologo-lingvisticheskoy ekspertize //Voprosы
sudebno-psixologicheskoy ekspertizы. –M., 1974.
9 . Belikov V. I., Krыsin L. P. Sotsiolingvistika. –M., 2001.
1 0 . Bыkova G. V., Fraerl V. L. Lakunы russkogo yazыka. Pod nauch. red. I.A.
Sternina. – Blagoveщensk: Izd-vo BGPU, 2008.](/data/documents/7a617844-5c52-4653-bef3-365f5bb98d41/page_11.png)
NUTQNI IDROK QILINIS H I Reja: 1. Nutqni idrok qilish va tushunish 2. Nutqni idrok qilish modellari 3. Matnni psixolingvistik yondashuv asosida o‘rganish
1. Nutqni idrok qilish va tushunish So‘zlovchi tomonidan yaratilgan matn talaffuz qilingach, havo to‘lqinlari orqali tinglovchining qulog‘iga yetib keladi. Ana shu ondan boshlab nutq tovushlari birikmasidan tashkil topgan matn so‘zlovchining jamiyatdoshi tomonidan idrok qilina boshlaydi. Idrok qilish ham uzundan-uzoq bir murakkab jarayonni tashkil qiladi. Tinglovchining oldida turgan vazifa bir to‘da tovushlar birikmasidan uning asosida yotgan mazmunni chiqarib olib, unga yo nutqiy, yo jismoniy javob qaytarish, yoxud murojaatni e’tiborga olib qo‘yishdir 1 . Nutqni idrok qilish murakkab va ko‘p qamrovli psixik jarayon bo‘lib, u ham boshqa idrok turlari kabi umumobyektiv qonuniyatlar asosida yuz beradi. Nutqni idrok qilish faoliyatini: idrok obrazining birlamchi shakllanishi va shakllangan obrazni tanish kabi tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. Nutqni idrok qilish til elementlarini eshitish yoki ko‘rish resepsiyasi (qabul qilish), ularning o‘zaro aloqasini aniqlash va ularning mazmuni haqidagi tasavvurlarning shakllanishini o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, nutqni idrok qilish ikki bosqichda – nutqiy ifodani idrok qilish va tushunish orqali amalga oshadi 2 . Psixologiyada tushunish bevosita idrok qilinadigan nutq (tovushlar) oqimi ortida turgan umumiy mazmunni ochish sifatida talqin qilinadi. Bu idrok qilinadigan nutq orqasida turgan ma’noning haqiqiy mazmunga aylanish jaryonidir. Masalan, “Sovuq!” ifodasining ma’nosi qanday “nutqsiz kontekstda” va kim tomonidan aytilganiga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Agar bu onaning o‘z bolasiga murojaati bo‘lsa, u holda, bola uni issiqroq kiyinish haqidagi maslahat sifatida qabul qilishi mumkin. Agar mazkur ifoda biron kishi tomonidan ochiq turgan darchaga qo‘l bilan ishora qilib aytilgan bo‘lsa, u holda, uni oynani yopish haqidagi iltimos sifatida qabul qilish mumkin. Yoki ayni ifoda biron kishiga subyektiv (salbiy) munosabat bildirish maqsadida ham aytilgan bo‘lishi mumkin. Tushunish jarayonida retsipiyent mazkur ifodaning ma’noviy mazmun majmuyini tashkil etuvchi so‘zlar o‘rtasidagi ma’noviy bog‘lanishlarni aniqlaydi. Anglash natijasi o‘laroq retsipiyent ifodaning ma’noviy mazmunini tushunishi yoki 1 Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. –Тошкент: Ўқитувчи, 1992. –Б. 248. 2 Глухов В.П. Основы психолингвистики. Учеб. пособие для студентов педвузов. –М.: АСТ: Астрель, 2005. – C . 117.
tushunmasligi mumkin. Shuni qayd qilish joizki, tushunish jarayoning o‘zi psixologik nuqtayi nazardan teranlik va aniqlikning turlichaligi bilan tavsiflanadi. Nutqni tushunish jarayoni axborotlar oqimidan muhim jihatni, muhim mazmunni ajratib olishdir. Inson o‘ziga yo‘naltirilgan nutqning har bir tarkibini alohida idrok etmay, undagi asosiy g‘oyalarni ajratib olib, ularni bir-biriga bog‘laydi va yaxlit mazmun yaratadi. Nutqni tushunish nutqning faol qo‘llanishini ham o‘z ichiga oladi. L. S. Vigotskiyning fikricha, nutqning ma’no jihatida tushunish o‘zining rivojlanishida butundan qismga, gapdan so‘zga tomon harakatlanadi, nutqning tashqi jihatida esa so‘zdan gapga tomon harakatlanadi 3 . A. A. Brudniy va L. S. Svetkovaning (35, 254), nazariy ta’limotiga ko‘ra, tushunishning dastlabki darajasi faqat ifodaning asosiy predmetini tushunish, ya’ni nima haqida gap borayotganidan iborat bo‘ladi. Mazkur darajada retsipiyent faqat unga nima haqida gapirilganini aytishi mumkin, biroq aytilganning mazmunini qayta aks ettira olmaydi. Eshitilganning ma’noviy mazmuni retsipiyentning ifoda asosiy predmetini aniqlashida fon bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchi daraja – ma’noviy mazmunni tushunish bosqichi bo‘lib, u so‘zlovchi yoki yozuvchi fikrlari bayonidagi butun jarayonni, uning rivojlanishi va dalillanishini tushunish bilan belgilanadi. Mazkur daraja nafaqat nima haqida aytilganini tushunish, balki nima aytilganini (ya’ni ifoda remalari) ham tushunish bilan tavsiflanadi. Oliy daraja nafaqat nima haqida va nima aytilganini tushunish, balki nima uchun (ya’ni qaysi maqsadda) aytilgani tushunish bilan belgilanadi. Ta’bir joiz bo‘lsa, so‘zlovchining qanday lisoniy vositalar yordamida o‘z fikrini ifodalagani ham aniqlanadi. Nutqning ma’noviy mazmuniga bunday yondashish tinglovchining so‘zlovchi nutqi motivlarini, ifodaning ichki mantig‘ini to‘liq tushunishiga imkon beradi. Tushunishning ushbu darajasi so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan fikr ifodalashda foydalanilgan lisoniy vositalarni baholashni ham o‘z ichiga oladi. 3 Выготский Л.С. Мышление и речь. –М., 1996. –С. 117.
Nutqni idrok qilish haqidagi nazariyalar (modellar)ning aksariyatida idrok qilish jarayonining motor yoki sensor xarakteriga katta e’tibor qaratilgan. Motorli nazariyaga ko‘ra, inson nutqni eshitish jarayonida xabarni yaratish uchun zarur bo‘lgan motorli signallar bilan boshqariladigan ma’nolarni aniqlaydi. A. A. Leontevning fikricha, nutqni idrok qilishning sensorli nazariyasi “toza ko‘rinishda” mavjud bo‘lmaydi. Sensorli nazariyaga muvofiq, nutq idroki jarayonining motorli tarkibiga ikkinchi darajali hodisa sifatida qaraladi. Asosiy psixofiziologik mexanizm sifatida esa nutq signalini sensor etalon bilan akustik belgiga ko‘ra qiyoslash belgilanadi. 2. Nutqni idrok qilish modellari Psixolingvistikada nutqni idrok qilishning bir necha modellari mavjud. Charlz Osgud tomonidan nutqni idrok qilishning quyidagi modeli taklif qilingan: kod ( til) 1- xa bar 2- xa bar kodlash dekodlash ----- signal ( matn )----- aloqa kanali ↑ shovqinlar peredatchikli yuboruvchi ( so‘zlovchi )
Ch. Osgud tomonidan taklif qilingan mazkur modelni quyidagicha talqin qilish mumkin: So‘zlovchida qandaydir 1-xabar paydo bo‘ldi. So‘zlovchi nutq organlari (peredatchik) yordamida bu xabarni kodlaydi. Signal (havo tebranishi) aloqa kanali orqali uzatiladi. U so‘zlovchining eshitish organlari (priyomnik)ga yetib keladi. Dekodlash amalga oshadi, ya’ni signal 2-xabarga aylanadi. Kommunikatsiya vujudga kelishi uchun kodlash va dekodlash bir kod (til) asosida olib borilishi kerak. Shuningdek, aloqa kanalida xabarning buzib talqin qilinishiga sabab bo‘ladigan shovqinlar ham vujudga kelishi mumkin. Natijada 1-xabar 2-xabarga mos kelmasligi mumkin. Kommunikatsiyaga informatsiya nazariyasidan yondashish qiziq va muhim xulosaga olib keladi. Har qanday aloqa kanali muayyan o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lib, u informatsiya miqdoridan ortig‘ini o‘tkaza olmaydi. Shuning uchun aloqa kanalidan foydalanish samaradorligini oshirish juda muhim. Masalan, bir xil xabarni aloqa kanali orqali tez yoki sekin uzatish mumkin. Tabiiyki, samaradorlik qancha ko‘p bo‘lsa, aloqa kanalidan shunchalik yaxshi foydalaniladi, xabarni uzatishda shuncha kam vaqt va kuch sarflanadi. Shuning uchun kishilar xabarlarni imkon qadar qisqa va lo‘nda uzatishga harakat qilishadi. Bu lingvistikada tejamkorlik tamoyili, deb nomlanadi. Biroq kommunikatsiya jarayonida nafaqat tejamkorlik, balki ishonchlilik ham muhim tamoyil hisoblanadi. Turli shovqinlar tufayli har doim ham 1-xabar 2-xabarga mos kelavermaydi. Odatda, so‘zlovchi tinglovchi bilan qandaydir matnni tezda gapirib tugatish uchun emas, balki so‘zlovchi aytmoqchi bo‘lgan narsani tinglovchi mos holda qabul qilishi uchun muloqotga kirishadi. Shuning uchun har qanday muloqotning vazifasi 2-xabarning 1-xabarga maksimal darajada mos kelishiga erishishdir. Demak, 2-xabarning 1- xabarga mos kelish darajasi ishonchlilik deb nomlanadi. Tinglovchi so‘zlovchini yaxshi tushunishi va xabar ishonchli bo‘lishi uchun so‘zlovchi xabarni dona-dona, priyomnikli qabul qiluvchi ( tinglovchi )