Nutqni rivojlantiruvchi harakatli o‘yinlar
![Nutqni rivojlantiruvchi harakatli o‘yinlar
Reja:
1.Hozirgi zamon fan tadqiqotlarida bola nutqini o‘stirish va rivojlantirish masalalari
2.Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning tillarni o‘rganishdagi nutqini rivojlantirishda
o‘yinning axamiyati
3.Maktabgacha yoshdagi bolalarga o‘zga tilni o‘rgatish sotsiolingvistik muammo sifatida
Xulosalar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.](/data/documents/9dc8364f-37cf-4930-9227-4f912ea5b55a/page_1.png)
![1.Hozirgi zamon fan tadqiqotlarida bola nutqini o‘stirish va rivojlantirish masalalari
Ilk bolalik chog‘iga taalluqli bo‘lgan nutq o‘sishi va rivojlanishi bosqichlari turli sohalar
olimlarini, jumladan pedagog-psixologlar, lingvistlarni, eng avvalo, bu nutq rivojlanishidagi
o‘ziga xos davr bo‘lganligi uchun ham qiziqtiradi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, u nutqni
o‘stirish va rivojlantirish uchun senzitiv hisoblanadi: bu davrda nutq muloqot vositasi sifatida
paydo bo‘ladi va takomillashadi; u shunchalik jadal sur’atlarda rivojlanadiki, nutqning keyingi
butun ontogenezi jarayonida ushbu holat boshqa kuzatilmaydi. K.D.Ushinskiyning
ta’kidlashicha, «…bola ikki-uch yilda shuncha narsani oson va tez o‘rganib oladiki, keyin
yigirma yil qunt bilan astoydil o‘qigan taqdirda ham uning yarmini o‘zlashtira olmaydi».
Ilk yoshdagi bolalar nutqini o‘rganishga E.I.Tixeeva, M.M.Kolsova, N.M.Askarina,
G.M.Lyamina, M.I.Lisina va boshqa ko‘plab taniqli olimlar, pedagoglar va metodistlar sezilarli
hissa qo‘shishgan.
Ilk yoshda nutqni o‘stirish va rivojlantirish ikki yo‘nalish bo‘yicha ro‘y beradi:
1 – nutqni tushunishni takomillashtirish;
2 – bola nutqining faolligini shakllantirish.
Bolalar nutqini psixologiya-pedagogika nuqtai nazaridan tadqiq etishni F.A.Soxin va
O.S.Ushakovalar tasnifiga ko‘ra, uchta yo‘nalishga ajratish mumkin:
- tarkibiy – til tizimining turli tarkibiy darajalari – fonetik, leksik, grammatik darajalarini
shakllantirish;
- funksional – kommunikativ funksiyada tilni egallash ko‘nikmalarini shakllantirish;
- kognitiv – til va nutq hodisalarini eng oddiy usulda anglashni shakllantirish.
Ilmiy tadqiqotlar va yo‘nalishlar tahlili maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining turli tomonlarini
rivojlantirish xususiyatlari hamda ularning ilmiy adabiyotda o‘rganilganlik darajasini aniqlash
imkonini beradi.
V.I.Loginova, YU.S.Lyaxovskaya, V.V.Gerbova, E.M.Strunina va boshqalarning tadqiqotlarida
bolalar ona tili leksikasini o‘zlashtirib olishlarining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan.](/data/documents/9dc8364f-37cf-4930-9227-4f912ea5b55a/page_2.png)
![Maktabgacha yoshdagi bolalarning lug‘atni o‘zlashtirishlarida ikki jihat ajratib ko‘rsatilgan:
atrofdagi olam lug‘atini (so‘z boyligini) anglash bilan birgalikda rivojlantirish; lug‘atni til birligi
sifatida o‘zlashtirish. Ular predmetli aloqalar va munosabatlar mantig‘ida ham, til mantig‘i
borasida ham so‘z ustida ishlash zarurligini isbotlab berishgan.
Bolalar nutqining grammatik tuzilishi sohasidagi tadqiqotlar bolalarda nutqning morfologik va
sintaktik tomonlarini shakllantirish (F.A.Soxin, M.I.Popova, A.V.Zaxarova, V.I.YAdeshko,
A.G.Tambovseva va boshq.), ona tilining so‘z hosil qilish tizimi xususiyatlarini aniqlash,
shuningdek, bolalar nutqining grammatik tuzilishini takomillashtirishga oid pedagogik ishda
nafaqat odatdagi grammatik xatoliklarni o‘rganish va tuzatishga, balki birinchi navbatda
grammatik umumlashmalarni shakllantirishga e’tiborni qaratish zarurligini isbotlash imkonini
berdi.
Bolalar tomonidan tilning tovush tizimini o‘zlashtirilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda
(G.M.Lyamina, E.I.Radina, G.A.Tumakova, A.I.Maksakov, M.I.Gening, N.A.German va boshq.)
o‘rganish predmeti sifatida xizmat qildi.
Logopediyaning bolalar nutqidagi kamchiliklarning oldini olish bilan bog‘liq masalalar doirasini
ishlab chiquvchi profilaktik yo‘nalishi keng tarqalgan.
Bolalar nutqini rivojlantirishga oid yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yondashuvlar maktabgacha
yoshdagi bolalarning tilni tizim sifatida, ya’ni tovush tomoni, lug‘at tarkibi va grammatik
tuzilishni birgalikda o‘zlashtirishlarini o‘rganish sohasiga taalluqlidir.
Bolaning til tizimini egallash borasidagi barcha yutuqlarini muloqotni ta’minlovchi mazmunli,
keng yoyilgan fikr sifatida qaraladigan ravon nutq o‘z ichiga oladi. U mazmunliligi, mantiqliligi
va izchilligi bilan ajralib turadi. Ravon nutq bola til boyligini qanchalik o‘zlashtirganligining
ko‘rsatkichi hisoblanadi, u bolaning aqlan, estetik, emotsional jihatdan rivojlanish darajasini aks
ettiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ravon nutqi tadqiqotchilari E.I.Tixeeva, E.A.Flerina,
A.M.Leushina, L.A.Penevskaya va boshqalar bolalar og‘zaki nutq va hikoya qilishni
o‘zlashtirishining o‘ziga xos xususiyatlari, dialogik va monologik nutqning o‘zaro bog‘liqligini
chuqur tushunish asosiga quriladigan ravon nutqni o‘qitish tizimiga asos solishgan. Ular
tomonidan bolalar hikoyalari tasniflab chiqilgan bo‘lib, uning asosini fikr bildirish manbasi:
predmetlarni tavsiflash, adabiy matnlarni hikoya qilib berish, suratga qarab hikoya qilish,
shaxsiy va jamoa tajribasidan misol keltirish, ijodiy hikoya qilishlar tashkil etadi.](/data/documents/9dc8364f-37cf-4930-9227-4f912ea5b55a/page_3.png)
![Monologik nutqni o‘stirish va rivojlantirish nazariyasi va metodikasining yanada rivojlanishi
bolalar ravon nutq turlari va fikr bildirishning turli xillarini o‘zlashtirish xususiyatlarining chuqur
tadqiq etilishi bilan tavsiflanadi. Izohlovchi nutqlar, mulohaza shaklidagi jumlalarning
xususiyatlari o‘rganiladi va uning negizida bolalarga monologlarning turli xillarini o‘rgatish
metodikasi yaratiladi.
F.A.Soxin, O.S.Ushakova va ularning shogirdlari tomonidan ravon nutqni shakllantirishninig
turli jihatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ravon nutqni baholashning shunchaki mantiqlilik,
izchillikdan ko‘ra yanada aniqroq mezonlarini qidirishni galdagi vazifalardan biri qilib qo‘ydi.
Ravonlikning asosiy ko‘rsatkichi sifatida so‘zlar, gaplar va fikrlarning qismlari o‘rtasida zarur
aloqa vositalaridan foydalangan holda, matnni tarkibiy jihatdan to‘g‘ri tuzish qobiliyatini
shakllantirish qabul qilingan.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalalarini tadqiq etish O‘zbekiston
Respublikasida o‘tgan asrning 50-yillarida boshlangan. Maktabgacha ta’lim sohasidagi birinchi
fan nomzodi A.V.Nikolskaya mahalliy millat bolalariga rus tilini o‘qitish zarurligi masalasini
ko‘tarib chiqdi. U tomonidan o‘tkazilgan sinov tadqiqotlari (1958-60 yillar) natijasida
maktabgacha katta yoshli o‘zbek bolalariga ruscha og‘zaki nutqni o‘rgatish metodikasining
asosiy mazmuni belgilangan va uning asosiy masalalari ishlab chiqilgan.
XX asrning 70-yillarida A.V.Nikolskayaning ilmiy rahbarligi ostida E.M.Razbaeva tomonidan
maktabgacha yoshdagi katta bolalarda o‘qilgan asarlar asosida kattalar mehnatiga hurmatni
tarbiyalash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi. S.O.G‘ozieva tomonidan (E.M.Razbaevaning ilmiy
rahbarligi ostida) maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o‘zbek xalq og‘zaki ijodidan (xalq
ertaklari, o‘yinlar) foydalanish asosida atrofdagilarga adolatli munosabatda bo‘lishni
shakllantirish masalalari tadqiq qilindi.
1979 yildan boshlab to bugungi kungacha maktabgacha yoshdagi bolalarga ona tili va o‘zga tilni
(rus, o‘zbek) o‘qitish muammosi O‘zbekiston olimlari, metodistlari, psixologlarining tadqiqot
ob’ekti hisoblanadi (F.R.Qodirova, R.M.Qodirova, G.X.Jumasheva, D.Abdurahimova,
L.R.Mirjalilova, N.SH.Nurmuhammedova va boshq.).
Barcha tadqiqotchilar bola nutqini va uning rivojlanishini alohida ajratilgan holda emas, balki
katta yoshli kishining bolaga pedagogik ta’siri bilan o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqadilar. Ushbu
yondashuv o‘rinlidir, zero fandagi zamonaviy tadqiqotlar nutqni o‘zlashtirish va ijtimoiy o‘zaro
hamkorlik – o‘zaro bog‘liq jarayonlardir, nutqni o‘stirish va rivojlantirish esa – ijodiy jarayon,
biroq u stixiyali jarayon emas, degan fikrga asoslanadi.](/data/documents/9dc8364f-37cf-4930-9227-4f912ea5b55a/page_4.png)
![Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni so‘zli shaklda umumlashtirilgan, uni bayon
etish va o‘zlashtirish esa ushbu jarayonda nutqning ham ishtirok etishini nazarda tutadi. Nutq
bolaga inson madaniyatining barcha yutuqlariga yo‘l ochadi. Umuman shaxsning va barcha
asosiy psixik jarayonlar (qabul qilish, fikrlash va boshq.)ning shakllanishi ham bolada nutqning
rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Bolaning psixik jihatdan shakllanishida nutqning alohida o‘rin
tutishi uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar va omillarni
bilishni juda muhim qilib qo‘yadi. Nutqning rivojlanishi bilan harakatlanuvchi kuchlar haqidagi
masala, ushbu holat shiddat bilan, sakrash tarzida ro‘y berishi tufayli ham, muhim ahamiyat kasb
etadi.
Bolalarda nutq rivojlanishini rag‘batlantiruvchi yoki unga to‘sqinlik qiluvchi kuchlarni aniqlash
ushbu jarayonga aniq maqsadni ko‘zlagan holda pedagogik ta’sir ko‘rsatishni tashkil etish
kalitidir.
Olimlar bolalarni o‘qitishni ularning yuqori darajadagi aqliy va nutqiy rivojlanish darajasini
ta’minlash, til qobiliyatlarini shakllantirish imkonini beradigan darajada optimal tashkil etish
yo‘llarini topish borasida faol ish olib bormoqdalar. Nutqni o‘qitishning nazariy va empirik
muammolarini tadqiq etish quyidagi nazariy qoidalardan kelib chiquvchi umumiy boshlang‘ich
pozitsiyalarga ega:
- ta’lim maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda, ayniqsa zamonaviy noqulay
nutqiy muhit sharoitida hal qiluvchi ahamiyatga ega;
- nutqni o‘rgatish – «…dan to …gacha» kabi qattiq qoliplar to‘g‘ri kelmaydigan hamda nutqni
rivojlantirishning yosh qonuniyatlari va bolaning individual xususiyatlari bilan belgilanadigan
ijodiy jarayondir;
- nutqni rivojlantirishning asosida kommunikativ yondashuv bo‘lishi kerak, xususan: ona tilini
o‘zlashtirish nutqiy muloqot faoliyatiga qo‘shilishi, o‘quv sharoiti tabiiy muloqot sharoitlariga
yaqinlashtirilishi lozim;
- o‘qitish vaziyatida katta yoshli odamning bola bilan o‘zaro hamkorligining xususiyati ushbu
bola uchun etakchi bo‘lgan muloqot shakli bilan belgilanishi lozim;
- til ustida nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida hamda uning barcha komponentlarini: undov-
motivatsiya, yo‘naltirish-tadqiqot, ijro komponentlarini hisobga olgan holda ish olib borish
zarur;](/data/documents/9dc8364f-37cf-4930-9227-4f912ea5b55a/page_5.png)
![-nutqni o‘qitish bolalarning tilni o‘rganish bo‘yicha mustaqil faoliyatiga asoslanishi va bolalar
faolligining boshqa turlari bilan bog‘liq bo‘lishi kerak.
Hozirgi paytda maktabgacha yoshdagi bolalarga nutqni o‘qitish muammosini ishlab chiqish
mazkur metodologik xolatlardan kelib chiqqan holda olib borilmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasidagi psixologik, pedagogik
tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi:
-nutqni o‘stirish va rivojlantirish – bolaning individual psixik rivojlanishida markaziy o‘rin
tutuvchi ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirishining murakkab, ko‘p omilli jarayonidir;
-nutqni o‘stirish va rivojlantirish – bu malakali pedagogik rahbarlikni nazarda tutuvchi ijodiy
jarayon, lekin u stixiyali jarayon emas;
-bola nutqni o‘stirish va rivojlantirish jarayonini boshqaruvchi pedagog bu jarayonning turli yosh
bosqichlaridagi qonuniyatlari, mexanizmlari, o‘ziga xosliklarini bilishi, nutqiy rivojlantirishning
o‘ziga xosliklarini ko‘ra olishi va bolaning individualligini hisobga olgan holda, uning nutqiga
ta’sir ko‘rsatishning eng samarali yo‘llarini tanlashi lozim.
2.Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning tillarni o‘rganishdagi nutqini rivojlantirishda
o‘yinning axamiyati
Tilga o‘rgatish, nuqtni rivojlantirish nafaqat lingvistik sohada (bolaning til ko‘nikmalarini –
fonetika, leksika, grammatikani egallab olishi), balki bolalarning o‘zaro hamda kattalar bilan
muloqotini shakllantirish sohalarida ham ko‘rib chiqilmoqda. SHundan kelib chiqqan holda,
e’tiborga molik vazifa nafaqat nutq madaniyatini, balki muloqot madaniyatini ham
shakllantirishdan iborat bo‘ladi.
Fanning turli yo‘nalishlari vakillarining asarlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan kommunikatsiyaning
nutqni rivojlantirishda qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini isbotlab bermoqda.
Maktabgacha yoshdagi bola nutqini rivojlantirishning asosiy vazifasi bola tomonidan ona tilining
har bir yosh bosqichi uchun belgilangan normalari va qoidalarini o‘zlashtirilishi hamda uning
kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir. Qayd etish lozimki, bir xil yoshdagi
bolalarning nutqiy darajasi bir-biridan mutlaqo farq qilishi mumkin.](/data/documents/9dc8364f-37cf-4930-9227-4f912ea5b55a/page_6.png)
![Maktabgacha yoshda nutqni o‘stirish va rivojlantirish (ona tilini egallash) o‘z tabiatiga ko‘ra
ko‘p qirrali jarayon hisoblanadi. U aqliy rivojlanish bilan uzviy bog‘langan, chunki insonning
rivojlangan tafakkuri – bu nutqiy, til, so‘z-mantiqiy tafakkurdir. Nutqiy rivojlanish, tilni egallash
va aqlni, bilishni rivojlantirish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tafakkurni rivojlantirish uchun tilning
qanchalik muhim ahamiyatga egaligidan dalolat bermoqda.
SHu bilan birga nutqiy (til) va intellektual rivojlanishdagi o‘zaro bog‘liqlikni teskari yo‘nalishda
– intellektdan tilga qarab ham ko‘rib chiqish zarur. Bunday yondashuvni shartli ravishda
intellektning til (lingvistik) funksiyasini tahlil qilish, ya’ni intellekt, fikrlash faoliyatining tilni
egallashdagi ahamiyatini aniqlash sifatida ham belgilash mumkin (F.A.Soxin).
Ayniqsa, ravon nutqni, ya’ni mazmunli, mantiqiy, izchil nutqni shakllantirishda nutqiy va
intellektual rivojlanish o‘rtasidagi uzviy aloqa yanada aniqroq ko‘rinadi. Biron-bir narsa haqida
tushunarli qilib so‘zlab berish uchun hikoya ob’ektini (predmet, voqeani) aniq tasavvur qilish,
tahlil qila olish, asosiy xususiyat va sifatlarni tanlab olish, predmet bilan hodisalar o‘rtasida turli
nisbatlarni (sabab-oqibat, vaqt) o‘rnata olish lozim. Bundan tashqari, ushbu fikrni ifodalash
uchun eng maqbul so‘zlarni tanlay olishni, oddiy va qo‘shma gaplarni tuzishni bilish, alohida
gaplar va fikrlarning bo‘laklarini bog‘lash uchun turli vositalardan foydalanish zarur.
Ona tilini to‘laqonli egallash, til qobiliyatlarini rivojlantirish maktabgacha yoshdagi bola
shaxsini to‘laqonli shakllantirishning o‘zagi hisoblanadi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda erishilgan asosiy natijalar
tengdoshlar bilan muloqot asosiy o‘rin egallaydigan muloqot sohasidagi chuqur o‘zgarishlar
bilan bog‘liq. Bola katta yoshdagi odamdan ko‘ra o‘z tengdoshini afzal ko‘ra boshlaydi. Birga
o‘ynayotgan o‘rtog‘iga qaratilgan nutq kattalar bilan bo‘lgan nutqdagiga nisbatan mazmunliroq
bo‘lib boradi. SHerik bilan dialog muvofiqlashtirilgan predmetli va nutqiy harakatlar tusiga ega
bo‘ladi. Bola endi qo‘shnisining e’tiborini o‘ziga jalb qilishni biladi, uning o‘zi o‘rtoqlarining
ishlari va fikrlari bilan qiziqadi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqining funksiyalari ko‘p qirralidir. Bunda bola nutqdan
atrofdagilar bilan muloqot o‘rnatish, o‘ziga, o‘z ishlari va kechinmalariga e’tiborni jalb qilish,
bir-birini tushunish, sherigining xulqiga, fikr va hissiyotlariga ta’sir qilish, o‘z faoliyatini yo‘lga
qo‘yish, o‘zining va birga o‘ynayotgan o‘rtoqlarining harakatlarini muvofiqlashtirish uchun
foydalanadi. Nutq atrofdagilar haqidagi bilimlarning muhim manbai, tabiat, narsalar va kishilar
olami haqidagi tasavvurlarni qayd etish vositasi, bilish faoliyatining vositasi bo‘lib xizmat qiladi.](/data/documents/9dc8364f-37cf-4930-9227-4f912ea5b55a/page_7.png)
![Maktabgacha katta yoshdagi bola uchun nutq ob’ektiv munosabatlarning alohida sohasi bo‘lib,
bola ularni so‘zlar, tovushlar, qofiyalar, ma’nolar bilan o‘ynash orqali anglab etadi.
Jadval 1.
Ta’lim tili Bolalar
soni Nutqni egallash darajasi
YUqori O‘rta Past
1. Rus tili 38 7 (18,42%) 19 49,91%) 12 (31,67%)
2. O‘zbek tili 38 - 20 (52,6%) 18 (47,43%)
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarga o ‘ zga tilni o ‘ rgatish sotsiolingvistik muammo sifatida
Til – bu ijtimoiy hodisadir . O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan har bir xalqning ona
tili uning milliy o‘ziga xosligi va ma’naviy madaniyatining yorqin ko‘rsatkichidir.
Rus tili bizning mintaqamizda va undan tashqarida yashayotgan barcha xalqlarning iqtisodiy,
xo‘jalik, mafkuraviy va madaniy rivojlanishida birlashtiruvchi omil bo‘ldi. Rus tilidan
foydalanish ko‘p qirrali bo‘lib, u turli millat vakllarining kundalik turmushdagi muloqotlarining
muhim vositasi, o‘sib kelayotgan yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalashning samarali vositasi
hisoblanadi.
Til tafakkur bilan monand bog‘langani holda ongni shakllantiradi. Nutq va tafakkur o‘rtasidagi
bog‘liqlik nafaqat psixologik jarayonlarning chuqur bosqichlarida, balki ijtimoiy hodisalar
darajasida ham namoyon bo‘ladi. So‘zning insonga, uning xulq-atvoriga ko‘rsatadigan ta’siri
barchaga yaxshi ma’lum.
Hozirgi paytda mamlakatimizda tillar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda ikki tamoyil mavjud: bir
tomondan, milliy tillarning yanada rivojlanishi va takomillashuvi, o‘zga tomondan esa – o‘zbek
tilining davlat tili sifatidagi ahamiyatining oshishi ro‘y bermoqda.](/data/documents/9dc8364f-37cf-4930-9227-4f912ea5b55a/page_8.png)
![O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va yuzaga kelgan iqtisodiy ehtiyojlar
mamlakatdagi ko‘p sonli aholining ona tili bo‘lgan o‘zbek tilini davlat tili sifatida o‘rganishni
shart qilib qo‘ydi, bu esa ko‘p millatli jamiyat sharoitida katta ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.
Tildan foydalanish – bu ijtimoiy faoliyatning muayyan turi sohasida kishilarning o‘zaro
muloqotidir. Hozirgi davr nuqtai nazaridan olib qaralganda quyidagilar eng muhim sohalar
hisoblanadi:
Go‘daklik yoshi (0-1 yosh)
Bola hayoti kattalarning hayoti va faoliyatiga qo‘shilib ketgan. Lekin shunga qaramasdan, ayni
paytda bola ularga ta’sir ko‘rsatishning o‘ziga xos insoniy vositalarining birontasiga ham ega
emas. Bu esa rivojlanishning ushbu bosqichidagi asosiy irsiy (genetik) vazifani, ya’ni
kichkintoylarda kattalar bilan muloqot qilishning metod va vositalarini shakllantirish vazifasini
belgilab beradi. Emotsional-vositasiz muloqot – ushbu yoshdagi asosiy faoliyat turi hisoblanadi.
Bolani ajratib qo‘yish, kattalar bilan emotsional aloqalarning kamligi bola hayotning birinchi
oylaridan boshlaboq uning etarli darajada rivojlanmasligiga olib kelishi mumkin.
Go‘daklik yoshida bolaning ayniqsa kattalar bilan muloqoti jadal rivojlanadi, dastlabki mehr
qo‘yish shakllanadi, ijtimoiy kutishlar vujudga keladi (bola kattalardan muayyan hayotiy
vaziyatlarga mos keluvchi harakatlarni kutadi), bola bilan kattalar o‘rtasidagi sherikchilikning ilk
ko‘rinishlari shakllana boshlaydi. Bola o‘zining qo‘lidan hali hech narsa kelmasa-da, biroq
kattalarning harakatlarini boshqarishni o‘rganadi. Bu hol unda nutqning hali mavjud emasligidan
qat’iy nazar, ro‘y beradi. Uning ixtiyorida faqat ovoz munosabatlari va imo-ishoralargina
mavjud.
Dastlabki so‘zlar emotsional ifodaliligi, vaziyatga mosligi va kommunikativ yo‘naltirilganligi
bilan ajralib turadi. Bunday nutq avtonom yoki vaziyatga oid nutq deb ataladi, u faqat bola
atrofidagi muhit bilan yaxshi tanish bo‘lgan yaqinlarigagina tushunarlidir. So‘zni dastlabki
tushunish muayyan vaziyatni qabul qilish bilan uyg‘unlashgandir. Ilk so‘zlar muayyan narsalarga
taalluqli bo‘lib, umumlashtiruvchi xususiyatga ega emas (soat deganda faqat devorda osilib
turadigan soatlar tushuniladi). So‘z bola xulqining umumiy ko‘rinishidan joy oladi va u imo-
ishora, qo‘l harakatlari, qarash-nigohlar, ifodali vositalar bilan birgalikda bir so‘zli fikrni
bildirishga olib keladi («Xayr», «Ber», «Ol»).](/data/documents/9dc8364f-37cf-4930-9227-4f912ea5b55a/page_9.png)
![Ilk so‘zlarning paydo bo‘lishi bolani rivojlantirishning ijtimoiy vaziyati o‘zgarganidan dalolat
beradi. Endi bolaning o‘zi o‘z istak-xohishlarini ma’lum qilishi mumkin, kattalar esa og‘zaki
ko‘rsatmalar yordamida uning xulq-atvorini yo‘naltirish imkoniga ega bo‘ladilar.
Bolaning bu yoshda o‘zini-o‘zi anglab etishini unga nisbatan kattalarning munosabati in’ikosi
deyish mumkin. O‘ziga nisbatan ijobiy munosabat – shahsning normal rivojlanishi uchun asos
hisoblanadi. O‘ziga nisbatan salbiy munosabat esa – bolaning ilk yoshda kattalar bilan
emotsional-ijobiy muloqoti kam bo‘lganligi natijasidir.
Bola bilan muloqot u bilan hamkorlik asosiga qurilishi lozim. Doimo kattalarning biron narsani
majburlashlari bolada faol tadqiq etish va bilishga intilishni emas, balki sustlik, faqat atrof-
muhitga moslashish istagini shakllantiradi.
Ilk yosh (1-3 yosh)
Bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davrda bola rivojlanishiga oid ijtimoiy vaziyat sezilarli
darajada o‘zgaradi. O‘z yaqinlari bo‘lmish kattalar bilan birgalikda bolaning muloqot doirasiga
birinchi navbatda kichkintoyning diqqat-e’tibor va g‘amxo‘rlikka bo‘lgan ehtiyojini qondirishi
lozim bo‘lgan boshqa kattalar (maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari, tarbiyachi
yordamchisi) ham kirib kela boshlaydilar. Bunday sharoitda ilk yoshdagi bolalarda kattalar bilan
narsalar, o‘yinchoqlar va ular bilan bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlar xususida muloqot
qilishga ehtiyoj rivojlanadi.
Bola uchun maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnay boshlagan dastlabki kunlar va oylar juda
murakkabdir – chunki bolaning onasi o‘rniga boshqa notanish kattalarning paydo bo‘lishi, u
o‘rganib qolgan odatiy turmush-tarzini izdan chiqaradi. Bu ko‘pchilik bolalarda salbiy
emotsiyalar, qo‘rquvni vujudga keltirib, ushbu holat butun organizmni qamrab olishi va uning
rivojlanishini anchagacha susaytirib qo‘yishi mumkin. Bunday paytda uyquning, ishtahaning
buzilishi, tozalik ko‘nikmalarini vaqtincha esdan chiqarish, emotsional kechinmalar (yig‘loqilik,
qo‘rquv, hujumkorlik, o‘jarlik va boshq.), sustlik, o‘zi mustaqil ravishda ovqatlanishdan bosh
tortish holatlari kuzatiladi. Agarda pedagog xushmuomalali va sabr-toqatli bo‘lsa, bu holatlar 3-6
haftada o‘tib ketadi, ayrim bolalarda esa, bundan uzoqroqqa ham cho‘zilishi mumkin.
Bu yoshdagi bolada kattalar bilan emotsional va amaliy aloqalar o‘rnatish qobiliyati rivojlanadi,
bu unga yangi hayotiy shart-sharoitlarga moslashishga: so‘zlar, iltimoslarni baholovchi fikrlarni
va boshqa kishilarning emotsional munosabatlarini to‘g‘ri qabul qilishga yordam beradi.](/data/documents/9dc8364f-37cf-4930-9227-4f912ea5b55a/page_10.png)
![Bolaning maktabgacha ta’lim muassasasiga kelishi bilan uning «bola – katta yoshli odam»
munosabatlar tizimidagi emotsional aloqalariga «bola - tengdoshlar» munosabati ham qo‘shiladi.
Bola hayotning uchinchi yilida kichkintoylar bir-birlariga faol taqlid qila boshlaydilar, o‘zlarini
ko‘rsatishga intiladilar va shu bilan birga o‘ziga nisbatan munosabatni his qila boshlaydilar,
dastlabki nutqiy dialoglar paydo bo‘ladi.
Ilk yoshdagi bolalarda bolalar jamiyati endigina shakllana boshlaydi. Ular bo‘sh vaqtlarining
ko‘p qismini bir-birlariga yaqin turgani holda asosan yolg‘iz o‘yinlarda o‘tkazadilar. Bolalar
tashabbusi bilan vujudga keladigan o‘yin jamiyatlari – diadalar (ikkitadan bo‘lib o‘ynash)
barqaror emas.
Bolaning o‘ziga-o‘zi baho berishi emotsional jihatdan yorqin buyoqlarga bo‘yalgan bo‘lib, u
yaxshi bola bo‘lish, kattalarning talablariga javob berish, ularning ma’qullashlariga erishishga
intilish bilan bog‘liqdir.
Bola hayotining o‘zga yili nihoyasida bolalar o‘zlariga nisbatan umumiy baholarni beradi:
«yaxshi», «katta» va boshq.
Uch yoshga kelib «Men» tizimi vujudga keladi. U bolaning o‘z ismi orqali («Men Kamillaman»,
«Men Timurman») o‘zining qaysi jinsga mansubligi haqidagi tasavvurlarini (o‘g‘il bola, qiz
bola), ma’qullash, tan olishlariga («Men yaxshiman») va mustaqillikka ehtiyojini («Men o‘zim»)
o‘z ichiga oladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida moslashish davrining yaxshi o‘tishi uchun tarbiyachi guruhda
bolalar uchun emotsional jihatdan qulay muhitni ta’minlashi zarur. Katta yoshli odam o‘z
hissiyotlarini ochiq va ishonib ifoda qilar ekan, u bu bilan bolani yaxshi ko‘rishini va uning
uchun qayg‘urishini, uning tashvishlariga sherik bo‘lishga tayyor ekanligini tushunishga
undaydi. Bolaning ham ijobiy (quvonch, zavq-shavq va boshq.), ham salbiy (qo‘rquv, tashvish,
arazlash va boshq.) his-tuyg‘ularini erkin ifoda qilishiga ko‘maklashadi.
Ijtimoiy xulq-atvor va muloqotning ahloqiy negizi bolaning emotsional sohasi orqali shakllanadi.
Tabiiy ravishda vujudga keladigan va ataylab yaratiladigan, katta yoshli odam bolaning yordami,
g‘amxo‘rligi va diqqat-e’tiboriga muhtoj bo‘ladigan turli vaziyatlardan foydalanish zarur.
Bunday vaziyatlarda katta yoshli odam o‘z his-tuyg‘ularini samimiy ravishda namoyon qiladi,
bolaga ham ijobiy, ham salbiy emotsiyalarni ifodalash yo‘llarini ko‘rsatib beradi.](/data/documents/9dc8364f-37cf-4930-9227-4f912ea5b55a/page_11.png)
![Uyushtirilgan birgalikdagi harakatlarda pedagog har bir bolaga erishilgan muvaffaqiyatlardan
xursand bo‘lish, zavqlanish imkoni beradi, bolaning har bir mustaqil sa’y-harakatlarni qo‘llab-
quvvatlaydi va rag‘batlantiradi, bola qiynalib qolsa unga sezdirmasdan yordam beradi, ayni
paytda unga salbiy baho berishdan o‘zini tiyadi.
Salbiy baholar bolaning boshqa bolalar bilan o‘zaro munosabatlariga ta’sir qiladi va bu hol
guruhda emotsional jihatdan noqulay muhitni yuzaga keltirishi mumkin.
Tarbiyachi doimo boshqa bolalar oldida bolaning har qanday yaxshi harakatlariga ijobiy baho
berib borishi darkor.
Katta yoshli odam bolada o‘ziga nisbatan qiziqish, birgalikdagi faoliyatda, o‘yinlarda ishtirok
etish istagini hosil qilishi zarur. Ushbu maqsadda u sevimli ertaklar, badiiy adabiyotlar,
she’rlardan olingan holatlarni o‘yin vaziyatlariga qo‘shadi.
Bolalar bilan bunday mazmunli muloqotda ular bilan tarbiyachi o‘rtasida ishonchga asoslangan
munosabatlar shakllana boshlaydi va bolalarda unga taqlid qilish istagi vujudga keladi.
Uch yoshga kelib bola ijtimoiy rivojlanishning quyidagi ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi:
- vaziyatli-amaliy muloqot va kattalar bilan oddiy hamkorlikni egallay boshlaydi;
- kattalar va tengdoshlari bilan muloqotga muhtojlik;
- tengdoshlar bilan nutqiy muloqot emotsional-amaliy muloqot shakliga ega;
- eng oddiy shaklda tashabbuskorlik, mustaqillikkni namoyish qila boshlaydi;
- o‘z imkoniyatlariga ishona boshlaydi.
Uch yoshli bolalardagi markaziy yangilik – «MEN tizimining» paydo bo‘lganligidir, u o‘z
navbatida bolada o‘zi harakat qilishga ehtiyojni, irodali xulq-atvor elementlarinii vujudga
keltiradi. «MEN tizimining» shakllanganligi o‘ziga-o‘zi baho berish va u bilan bog‘liq kattalar
talablariga mos bo‘lishga intilish paydo bo‘ladi.
Kichik yosh (3 - 5 yosh)
Uch-besh yoshli bolalarda kattalarning mehriga, ularning tushunishiga va u bilan muloqot
qilishiga ehtiyoj saqlanib qoladi. Kattalarga nisbatan ishonchga asoslangan muloqot va uning](/data/documents/9dc8364f-37cf-4930-9227-4f912ea5b55a/page_12.png)
![emotsional ahvolini (quvonch, zavq-shavq, qayg‘u, xotirjamlik, jahldorlik va h.k.) his qilishga,
kayfiyat o‘zgarganligi sabablarini tushunishga qodirlik rivojlanadi. Kattalar bilan muloqotning
yangi shakli – qiziqarli mavzularda muloqot qilish vujudga keladi va rivojlanadi. U dastlab
kattalar bilan birgalikdagi bilish faoliyatiga (masalan, o‘yin, predmetlar va o‘yinchoqlar bilan
tajriba o‘tkazish, qog‘ozdan va tabiiy materialdan narsa yasash va boshq.) qo‘shilib ketgan,
so‘ngra, bola hayotining beshinchi yili oxiriga kelib muayyan vaziyat bilan bog‘liq bo‘lmagan
bilish mavzularidagi «nazariy» muloqot ko‘rinishiga ega bo‘ladi.
Bolalarning katta yoshli odam bilan muloqotga bo‘lgan ehtiyojining qondirilmasligi ular
o‘rtasida emotsional jihatdan begonalashuvga olib keladi. U turli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:
ba’zi bolalar indamas, hurkak, arzimagan narsaga ham yig‘lab yuboruvchi bo‘lib qoladilar;
boshqalari esa – negativizm, tajovuzni namoyon qilishadi.
Bola hayotining to‘rtinchi yilida tengdoshi uning uchun eng avvalo, birgalikdagi amaliy faoliyat
(rasm chizish, narsa yasash, tuzish va h.k.) ishtirokchisi, o‘yindagi sherik sifatida qolaveradi.
Bola tengdoshiga eng oddiy talablar, iltimoslar bilan murojaat qiladi va tengdoshining harakatiga
baho beradi. Besh yoshli bolalar tengdoshlarining hadeb u yoki bu narsani so‘rab, jonga tegishini
salbiy baholaydi.
Besh yoshga kelib, tengdoshlari bilan muloqotga va ular bilan bolalar jamiyatini vujudga
keltiradigan birgalikdagi o‘yinlarga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortadi. Bola hayotining beshinchi
yiliga kelib, u o‘z tengdoshlari o‘rtasida o‘z o‘rnini anglay boshlaydi. Kommunikativ qo‘nikma
rivojlanadi: bola salomlashadi va xayrlashadi, do‘stini ismini aytib chaqiradi, to‘rt-besh
yoshlarga kelib – sherigini u o‘ynayotgan rol nomi bilan chaqiradi («Hoy, shofyor, arqon
g‘ildirakning tagiga tushib ketdi»).
Kattalar va tengdoshlar bilan muloqot qilish bolaga o‘zining MENini anglash imkonini beradi.
Aynan muloqotda «MEN obrazining» shakllanishi ro‘y beradi. Qulay tarbiya sharoitlarida, ya’ni
kattalar va tengdoshlari bolaga xayrixohlik bilan munosabatda bo‘layotganida uning
ma’qullanishga, ijobiy bahoga, tan olishga bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi. Salbiy muloqot tajribasi
tajovuzga, o‘ziga nisbatan ishonchsizlikka, odamovi bo‘lib qolishga olib keladi.
Bolaning o‘ziga-o‘zi baho berishi, odatda yuqori bo‘ladi. Kichik bolakay o‘z shaxsini haddan
tashqari yuqori baholashi tabiiy, o‘rinlidir va bu kimdir uning shaxsiy xususiyatlarini salbiy
baholagan («qizg‘onchiq») yoki uning xulq-atvorini, faoliyatini qandaydir bir ideal bilan,
masalan tengdoshi bilan taqqoslagan taqdirda, «shaxsni himoya qilish»ning o‘ziga xos
mexanizmi hisoblanadi.](/data/documents/9dc8364f-37cf-4930-9227-4f912ea5b55a/page_13.png)
![YOsh o‘tishi bilan bolaning o‘z aytgan so‘zlariga va hatti-harakatlariga, shuningdek faoliyatning
har xil turlaridagi o‘z imkoniyatlari va yutuqlariga mos tarzda baho berish rivojlanadi.
Besh yoshga kelib o‘zi sodir etgan hatti-harakatlarni ularning boshqa odamning va uning
o‘zining jismoniy va emotsional ahvoli uchun keltirib chiqaradigan oqibatlari nuqtai-nazaridan
baholashi mumkin. Unga «Agar men birovga yomonlik qilsam, bu unga ham, menga ham
yoqmaydi, ikkimiz ham xafa bo‘lamiz. Agar men yaxshi ish qilsam, ikkovimiz ham xursand
bo‘lamiz» degan fikr-mulohazaning mazmuni tushunarli bo‘ladi. Bolada qiziqishlar va qadriyat
yo‘nalishlari, o‘g‘il bolalar va qizlarga xos bo‘lgan muayyan faoliyat turlarini va o‘zini tutish
usullarini afzal ko‘rish shakllana boshlaydi (masalan, qizaloqlar qo‘g‘irchoq o‘ynashsa, o‘g‘il
bolalar mashinalarni o‘ynaydilar va h.k.).
Bolaning kattalar va tengdoshlari bilan muloqoti to‘laqonli ijtimoiy rivojlanishning muhim
shartidir. SHundan kelib chiqqan holda, bolaning muloqotga intilishi, muloqot bo‘yicha
sheriklarining talabiga javob berishi, ijtimoiy jihatdan o‘zini tutishda moslashuvchanlik va
xushmuomalalilikka ega bo‘lishi uchun uning atrofdagi odamlar bilan ijobiy tajribasini boyitib
borish zarur.
- bolalarning barqaror o‘yin birlashmalariga kirishi mumkin, muloqotda va birgalikdagi
faoliyatda quvonch, zavqlanish, qayg‘u va boshqa holatlarni ifodalash uchun emotsional
ekspressiv nutqiy va nonutqiy vositalaridan foydalanadi.
Maktabgacha davrdagi katta yosh (5-7 yosh)
Katta yoshli odam ta’sirida bolada muloqotning yangi – vaziyatdan tashqari-shaxsli shakli
vujudga keladi, unda bola «odamlar olamiga» qarab ish tutadi. Bola odamni jamiyatning vakili
deb biladi, ijtimoiy olamdagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘zlashtiradi.
Muloqotning ushbu shakli vujudga kelishi va rivojlanishi ko‘p jihatdan bolalar kattalarning
o‘zaro munosabatlari, jamiyatda o‘zining tutish qoidalari bilan qiziqadigan o‘yinlarning
rivojlanishi bilan uzviy darajada bog‘liqdir. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar faqat
kattalarning xayrihoh diqqat-e’tiborlariga va ular bilan hamkorlik qilishga emas, balki
kattalarning ularni hurmat qilishlariga, o‘zaro bir-birini tushunish va hamdard bo‘lishilariga
intiladi.](/data/documents/9dc8364f-37cf-4930-9227-4f912ea5b55a/page_14.png)
![Besh yosh chegarasida bolaning tengdoshlari bilan muloqotga kirishish, o‘zini boshqalar bilan
taqqoslash, taqlid qilishga ehtiyoji keskin ortadi. Faoliyatning o‘ziga va tengdosh sheriklariga
bo‘lgan qiziqishdan kelib chiqqan holda, biron-bir ishda (o‘yinda, mahsuldor faoliyatda) ishtirok
etishga intilish ancha barqaror bo‘lib qoladi.
Tengdoshlar bilan muloqotda, o‘yinda va faoliyatning boshqa turlarida axborot almashish,
funksiyani rejalashtirish, ajratish va muvofiqlashtirish, ya’ni birgalikda faoliyat yurituvchi
bolalarning umumlashuviga ko‘maklashuvchi harakatlarning barchasi amalga oshiriladi. YOsh
ulg‘aygani sayin muloqot mustaqil ahamiyat kasb etib boradi, bu hol bolaning tengdoshlariga
hamdardlik bildirishi, ularni tushunishi, emotsional yaqinligida namoyon bo‘ladi.
Etti yoshga kelib bola tengdoshining shaxsga oid xususiyatlarini ajrata boshlaydi («qiziqarli
o‘yinlar o‘ylab topadi», «YAxshi yuguradi», «Juda yaxshi, kulgili» va h.k.).
Etti yoshli bolalarda, agarda ular maktabgacha ta’lim muassasasida bir guruhda bir necha yil
birga tarbiyalangan bo‘lsalar, ancha uyushgan bolalar jamiyati mavjud bo‘ladi. Maktabgacha
yoshdagi kichik bolalarga nisbatan muloqot doirasi ancha kengayadi. O‘yin guruhlarining
barqarorligi ortadi, ulardagi bolalarning o‘rtacha soni ikki-uch kishiga etadi, ba’zan, ayniqsa,
o‘g‘il bolalarda 8-9 kishidan iborat o‘yin guruhlari vujudga keladi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kommunikativ ko‘nikmalarning yuqori darajasi va
ulardan o‘rinli foydalanish kuzatiladi. Ular tomonidan takliflar, iltimoslarni asoslash uchun
keltiriladigan dalillar, baholar o‘z mazmuniga ko‘ra yanada takomillashib boradi.
Bolalar hayotining ettinchi yilida tengdoshlari bilan do‘stona munosabatlarga bo‘lgan ehtiyoj
keskin ortadi. Bolalar o‘z tengdoshlariga nisbatan beradigan baholar umumlashtirilgan
xususiyatga ega bo‘ladi va bu maktabgacha katta yoshdagi bolalarning MTMsidagi guruh
hayotiga aloqadorligi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi («Hamma bilan do‘st», «Agar
bolalar urishib qolishsa, yarashtiradi», «Agarda bironta bolani xafa qilishsa, uning yonini
oladi»).
Ahloq normalari va qoidalarini o‘zlashtirib olish natijasida bolada shakllanadigan etik o‘lchovlar
uning universal insoniy qadriyatlarga munosabatini aks ettiradi, bola uni faqat o‘z shaxsiga
nisbatan qo‘llash bilan cheklanib qolmaydi.
Bola borgan sayin kattalarga qaram bo‘lmasdan mustaqil bo‘lib boradi. Uning ijtimoiy tajribasi
boyiydi, atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlari murakkablashadi. Bu unga o‘zini, o‘zining](/data/documents/9dc8364f-37cf-4930-9227-4f912ea5b55a/page_15.png)
![afzalliklari va kamchiliklarini to‘liqroq anglab etish imkonini beradi. O‘zi haqidagi bilimlari
cheklanganligi tufayli kattalarning baholarini ishonib qabul qiladigan va o‘zini katta yoshli
odamning fikri orqali qabul qiladigan ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalardan farqli
ravishda, maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o‘zi haqidagi mustaqil tasavvurlar hamda o‘zini,
o‘z harakatlarini va tashqi xususiyatlarini baholash elementlari paydo bo‘ladi.
Bolaga odamlar – kattalar va tengdoshlari olamini yaqinroq bilib olish uchun quyidagilar zarur:
- katta yoshli odamning bola bilan hamda bolalarning bir-birlari bilan badiiy, musiqiy, teatr
faoliyatining har xil turlarida (ertaklarni sahnalashtirish, tomosha ko‘rsatish, barmoqli va boshqa
teatr turlari) emotsional jihatdan boy mazmunli muloqoti;
- o‘z yaqinlari bo‘lgan kattalar va tengdoshlariga nisbatan yoqtirish, emotsional bog‘liqlik
hissiyotlarini, o‘zaro bir-birini tushunish va hamdard bo‘lish tuyg‘ularini tarbiyalash uchun
bolalarning kattalar va boshqa bolalar bilan muloqotga kirishishga undovchi sharoitlar yaratish;
ularning emotsional holatlarini: quvonch, zavq-shavq, qayg‘u, xotirjamlik, g‘azab, jahl,
tashvishlilikni; amaliy va shaxsiy sifatlarini; turli faoliyat shakllarida, jamiyatdagi axloq
qoidalariga rioya qilishdagi imkoniyatlarini anglash uchun; agarda boshqa odam charchagan,
unchalik sog‘lom emas, o‘zini yomon his qilayotgan bo‘lsa, nimagadir xafa bo‘lsa, tashvishga
tushgan bo‘lsa unga hamdardlik bildirish va kattalar xamda bolalarning ifodali nutqiga,
hazillarga emotsional munosabat bildirishni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlarni hosil
qilish;](/data/documents/9dc8364f-37cf-4930-9227-4f912ea5b55a/page_16.png)
![XULOSALAR
Nazariy va amaliy tadqiqotlar ni o’tkazish natijasida quyidagicha xulosalarga kelindi:
1.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy faollikni shakllantirish masalalarini nutqiy
faoliyat nazariyasi asosida tadqiq etish maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi uchun
ham, amaliyoti uchun ham dolzarb va ahamiyatga molik masala hisoblanadi.
2.
O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida bolalarda nutq paydo bo‘lishi va rivojlanishi ularning
atrofdagi kishilar bilan muloqoti jarayonida ro‘y beradi, degan tezisni aks ettiruvchi
qarashlar tizimi shakllandi. Bunda bola kattalar nutqiy namunalarini passiv ravishda
qabul qilmaydi, balki umuminsoniy tajribaning bir qismi sifatida nutqni faol
o‘zlashtiradi. Bola nutqni o‘stirish va rivojlantirish – bu eng avvalo, egallash uchun til
qobiliyatini shakllantirishni talab qiluvchi muloqot shakllarini rivojlantirishdir.
3.
Nutqni egallashda eng muhim bosqich maktabgacha yoshga to‘g‘ri keladi. CHunki,
verbal davrgacha bo‘lgan (tayyorlov) bosqichda nutqning muhim omillari yaratiladi. Bola
o‘z hayotining birinchi yili davomida atrofdagi kattalar bilan muloqot qilishning ikki
shaklini o‘zgartiradi. 1 – vaziyatli-shaxsli muloqot (2-oylarga kelib), 2-vaziyatli-amaliy.
4.
Ilk yoshda nutqning rivojlanishi nutqni tushunish ko‘nikmalarini takomillashtirish
yo‘nalishi bo‘yicha va bola nutqining faolligini shakllantirish yo‘nalishi bo‘yicha ro‘y
beradi.
5.
Ravon nutq bolaning aqlan, estetik, emotsional jihatdan rivojlanish darajasini aks ettiradi.
6.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishdagi asosiy yutuqlar tengdoshlar
bilan muloqot oldingi o‘ringa chiqadigan muloqot sohasidagi chuqur o‘zgarishlar bilan
bog‘liq. Maktabgacha katta yoshdagi bolaning nutqi turli-tumandir. Bola o‘zining amaliy,
bilish va shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun o‘zida mavjud bo‘lgan barcha vositalardan
va g‘ayriixtiyoriy vaziyatlarda fikr bildirishdan, nonutqiy vositalardan va bevosita
nutqning o‘zidan foydalanadi.
7.
Jaranglayotgan nutqqa bo‘lgan qiziqishning jadal rivojlanishi, til borlig‘ini uning barcha](/data/documents/9dc8364f-37cf-4930-9227-4f912ea5b55a/page_17.png)
![–
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI
1.
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O`zbekiston, 1992. – 48 b.
2.
O`zbekiston Respublikasining “Ta'lim to`g`risida”gi Qonuni. Barkamol avlod –
O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq nashriyot-matbaa kontserni, 1997. –
20-29-b.
3.
O`zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”. Barkamol avlod –
O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq nashriyot-matbaa kontserni, 1997. –
31-61-b.
4.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablari. Vazirlar
Mahkamasining 6.12.99 yildagi 07(40-57-sonli hujjatiga asosan ma'qullangan.
5.
O`zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta'lim muassasasi to`g`risida Nizom.
Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 25 oktyabrdagi 225-sonli Qarori.
6.
Qisqa muddatli guruhlar to`g`risida Nizom. Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 25
oktyabrdagi 225-sonli Qarori.
7.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2007 yil 25 oktyabrdagi
“Maktabgacha ta'lim sohasidagi me'yoriy-huquqiy hujjatlarini tasdiqlash to`g`risida”gi
225-sonli qaror bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha
ta'lim muassasasi to`g`risida”gi Nizom.
8.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qabul qilish bo`yicha qabul
komissiyasining faoliyat ko`rsatish tartibi to`g`risidagi Nizom. Xalq ta'limi vazirligining
2007 yil 28 noyabrdagi 297-sonli Buyrug`i.
9.
Maktabgacha ta'lim muassasasining Kengashi to`g`risidagi Nizom. O`zbekiston
Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2008 yil 20 iyundagi 147-sonli Buyrug`i.](/data/documents/9dc8364f-37cf-4930-9227-4f912ea5b55a/page_18.png)
Nutqni rivojlantiruvchi harakatli o‘yinlar Reja: 1.Hozirgi zamon fan tadqiqotlarida bola nutqini o‘stirish va rivojlantirish masalalari 2.Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning tillarni o‘rganishdagi nutqini rivojlantirishda o‘yinning axamiyati 3.Maktabgacha yoshdagi bolalarga o‘zga tilni o‘rgatish sotsiolingvistik muammo sifatida Xulosalar Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1.Hozirgi zamon fan tadqiqotlarida bola nutqini o‘stirish va rivojlantirish masalalari Ilk bolalik chog‘iga taalluqli bo‘lgan nutq o‘sishi va rivojlanishi bosqichlari turli sohalar olimlarini, jumladan pedagog-psixologlar, lingvistlarni, eng avvalo, bu nutq rivojlanishidagi o‘ziga xos davr bo‘lganligi uchun ham qiziqtiradi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, u nutqni o‘stirish va rivojlantirish uchun senzitiv hisoblanadi: bu davrda nutq muloqot vositasi sifatida paydo bo‘ladi va takomillashadi; u shunchalik jadal sur’atlarda rivojlanadiki, nutqning keyingi butun ontogenezi jarayonida ushbu holat boshqa kuzatilmaydi. K.D.Ushinskiyning ta’kidlashicha, «…bola ikki-uch yilda shuncha narsani oson va tez o‘rganib oladiki, keyin yigirma yil qunt bilan astoydil o‘qigan taqdirda ham uning yarmini o‘zlashtira olmaydi». Ilk yoshdagi bolalar nutqini o‘rganishga E.I.Tixeeva, M.M.Kolsova, N.M.Askarina, G.M.Lyamina, M.I.Lisina va boshqa ko‘plab taniqli olimlar, pedagoglar va metodistlar sezilarli hissa qo‘shishgan. Ilk yoshda nutqni o‘stirish va rivojlantirish ikki yo‘nalish bo‘yicha ro‘y beradi: 1 – nutqni tushunishni takomillashtirish; 2 – bola nutqining faolligini shakllantirish. Bolalar nutqini psixologiya-pedagogika nuqtai nazaridan tadqiq etishni F.A.Soxin va O.S.Ushakovalar tasnifiga ko‘ra, uchta yo‘nalishga ajratish mumkin: - tarkibiy – til tizimining turli tarkibiy darajalari – fonetik, leksik, grammatik darajalarini shakllantirish; - funksional – kommunikativ funksiyada tilni egallash ko‘nikmalarini shakllantirish; - kognitiv – til va nutq hodisalarini eng oddiy usulda anglashni shakllantirish. Ilmiy tadqiqotlar va yo‘nalishlar tahlili maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining turli tomonlarini rivojlantirish xususiyatlari hamda ularning ilmiy adabiyotda o‘rganilganlik darajasini aniqlash imkonini beradi. V.I.Loginova, YU.S.Lyaxovskaya, V.V.Gerbova, E.M.Strunina va boshqalarning tadqiqotlarida bolalar ona tili leksikasini o‘zlashtirib olishlarining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning lug‘atni o‘zlashtirishlarida ikki jihat ajratib ko‘rsatilgan: atrofdagi olam lug‘atini (so‘z boyligini) anglash bilan birgalikda rivojlantirish; lug‘atni til birligi sifatida o‘zlashtirish. Ular predmetli aloqalar va munosabatlar mantig‘ida ham, til mantig‘i borasida ham so‘z ustida ishlash zarurligini isbotlab berishgan. Bolalar nutqining grammatik tuzilishi sohasidagi tadqiqotlar bolalarda nutqning morfologik va sintaktik tomonlarini shakllantirish (F.A.Soxin, M.I.Popova, A.V.Zaxarova, V.I.YAdeshko, A.G.Tambovseva va boshq.), ona tilining so‘z hosil qilish tizimi xususiyatlarini aniqlash, shuningdek, bolalar nutqining grammatik tuzilishini takomillashtirishga oid pedagogik ishda nafaqat odatdagi grammatik xatoliklarni o‘rganish va tuzatishga, balki birinchi navbatda grammatik umumlashmalarni shakllantirishga e’tiborni qaratish zarurligini isbotlash imkonini berdi. Bolalar tomonidan tilning tovush tizimini o‘zlashtirilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda (G.M.Lyamina, E.I.Radina, G.A.Tumakova, A.I.Maksakov, M.I.Gening, N.A.German va boshq.) o‘rganish predmeti sifatida xizmat qildi. Logopediyaning bolalar nutqidagi kamchiliklarning oldini olish bilan bog‘liq masalalar doirasini ishlab chiquvchi profilaktik yo‘nalishi keng tarqalgan. Bolalar nutqini rivojlantirishga oid yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yondashuvlar maktabgacha yoshdagi bolalarning tilni tizim sifatida, ya’ni tovush tomoni, lug‘at tarkibi va grammatik tuzilishni birgalikda o‘zlashtirishlarini o‘rganish sohasiga taalluqlidir. Bolaning til tizimini egallash borasidagi barcha yutuqlarini muloqotni ta’minlovchi mazmunli, keng yoyilgan fikr sifatida qaraladigan ravon nutq o‘z ichiga oladi. U mazmunliligi, mantiqliligi va izchilligi bilan ajralib turadi. Ravon nutq bola til boyligini qanchalik o‘zlashtirganligining ko‘rsatkichi hisoblanadi, u bolaning aqlan, estetik, emotsional jihatdan rivojlanish darajasini aks ettiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ravon nutqi tadqiqotchilari E.I.Tixeeva, E.A.Flerina, A.M.Leushina, L.A.Penevskaya va boshqalar bolalar og‘zaki nutq va hikoya qilishni o‘zlashtirishining o‘ziga xos xususiyatlari, dialogik va monologik nutqning o‘zaro bog‘liqligini chuqur tushunish asosiga quriladigan ravon nutqni o‘qitish tizimiga asos solishgan. Ular tomonidan bolalar hikoyalari tasniflab chiqilgan bo‘lib, uning asosini fikr bildirish manbasi: predmetlarni tavsiflash, adabiy matnlarni hikoya qilib berish, suratga qarab hikoya qilish, shaxsiy va jamoa tajribasidan misol keltirish, ijodiy hikoya qilishlar tashkil etadi.
Monologik nutqni o‘stirish va rivojlantirish nazariyasi va metodikasining yanada rivojlanishi bolalar ravon nutq turlari va fikr bildirishning turli xillarini o‘zlashtirish xususiyatlarining chuqur tadqiq etilishi bilan tavsiflanadi. Izohlovchi nutqlar, mulohaza shaklidagi jumlalarning xususiyatlari o‘rganiladi va uning negizida bolalarga monologlarning turli xillarini o‘rgatish metodikasi yaratiladi. F.A.Soxin, O.S.Ushakova va ularning shogirdlari tomonidan ravon nutqni shakllantirishninig turli jihatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ravon nutqni baholashning shunchaki mantiqlilik, izchillikdan ko‘ra yanada aniqroq mezonlarini qidirishni galdagi vazifalardan biri qilib qo‘ydi. Ravonlikning asosiy ko‘rsatkichi sifatida so‘zlar, gaplar va fikrlarning qismlari o‘rtasida zarur aloqa vositalaridan foydalangan holda, matnni tarkibiy jihatdan to‘g‘ri tuzish qobiliyatini shakllantirish qabul qilingan. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalalarini tadqiq etish O‘zbekiston Respublikasida o‘tgan asrning 50-yillarida boshlangan. Maktabgacha ta’lim sohasidagi birinchi fan nomzodi A.V.Nikolskaya mahalliy millat bolalariga rus tilini o‘qitish zarurligi masalasini ko‘tarib chiqdi. U tomonidan o‘tkazilgan sinov tadqiqotlari (1958-60 yillar) natijasida maktabgacha katta yoshli o‘zbek bolalariga ruscha og‘zaki nutqni o‘rgatish metodikasining asosiy mazmuni belgilangan va uning asosiy masalalari ishlab chiqilgan. XX asrning 70-yillarida A.V.Nikolskayaning ilmiy rahbarligi ostida E.M.Razbaeva tomonidan maktabgacha yoshdagi katta bolalarda o‘qilgan asarlar asosida kattalar mehnatiga hurmatni tarbiyalash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi. S.O.G‘ozieva tomonidan (E.M.Razbaevaning ilmiy rahbarligi ostida) maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o‘zbek xalq og‘zaki ijodidan (xalq ertaklari, o‘yinlar) foydalanish asosida atrofdagilarga adolatli munosabatda bo‘lishni shakllantirish masalalari tadqiq qilindi. 1979 yildan boshlab to bugungi kungacha maktabgacha yoshdagi bolalarga ona tili va o‘zga tilni (rus, o‘zbek) o‘qitish muammosi O‘zbekiston olimlari, metodistlari, psixologlarining tadqiqot ob’ekti hisoblanadi (F.R.Qodirova, R.M.Qodirova, G.X.Jumasheva, D.Abdurahimova, L.R.Mirjalilova, N.SH.Nurmuhammedova va boshq.). Barcha tadqiqotchilar bola nutqini va uning rivojlanishini alohida ajratilgan holda emas, balki katta yoshli kishining bolaga pedagogik ta’siri bilan o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqadilar. Ushbu yondashuv o‘rinlidir, zero fandagi zamonaviy tadqiqotlar nutqni o‘zlashtirish va ijtimoiy o‘zaro hamkorlik – o‘zaro bog‘liq jarayonlardir, nutqni o‘stirish va rivojlantirish esa – ijodiy jarayon, biroq u stixiyali jarayon emas, degan fikrga asoslanadi.
Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni so‘zli shaklda umumlashtirilgan, uni bayon etish va o‘zlashtirish esa ushbu jarayonda nutqning ham ishtirok etishini nazarda tutadi. Nutq bolaga inson madaniyatining barcha yutuqlariga yo‘l ochadi. Umuman shaxsning va barcha asosiy psixik jarayonlar (qabul qilish, fikrlash va boshq.)ning shakllanishi ham bolada nutqning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Bolaning psixik jihatdan shakllanishida nutqning alohida o‘rin tutishi uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar va omillarni bilishni juda muhim qilib qo‘yadi. Nutqning rivojlanishi bilan harakatlanuvchi kuchlar haqidagi masala, ushbu holat shiddat bilan, sakrash tarzida ro‘y berishi tufayli ham, muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarda nutq rivojlanishini rag‘batlantiruvchi yoki unga to‘sqinlik qiluvchi kuchlarni aniqlash ushbu jarayonga aniq maqsadni ko‘zlagan holda pedagogik ta’sir ko‘rsatishni tashkil etish kalitidir. Olimlar bolalarni o‘qitishni ularning yuqori darajadagi aqliy va nutqiy rivojlanish darajasini ta’minlash, til qobiliyatlarini shakllantirish imkonini beradigan darajada optimal tashkil etish yo‘llarini topish borasida faol ish olib bormoqdalar. Nutqni o‘qitishning nazariy va empirik muammolarini tadqiq etish quyidagi nazariy qoidalardan kelib chiquvchi umumiy boshlang‘ich pozitsiyalarga ega: - ta’lim maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda, ayniqsa zamonaviy noqulay nutqiy muhit sharoitida hal qiluvchi ahamiyatga ega; - nutqni o‘rgatish – «…dan to …gacha» kabi qattiq qoliplar to‘g‘ri kelmaydigan hamda nutqni rivojlantirishning yosh qonuniyatlari va bolaning individual xususiyatlari bilan belgilanadigan ijodiy jarayondir; - nutqni rivojlantirishning asosida kommunikativ yondashuv bo‘lishi kerak, xususan: ona tilini o‘zlashtirish nutqiy muloqot faoliyatiga qo‘shilishi, o‘quv sharoiti tabiiy muloqot sharoitlariga yaqinlashtirilishi lozim; - o‘qitish vaziyatida katta yoshli odamning bola bilan o‘zaro hamkorligining xususiyati ushbu bola uchun etakchi bo‘lgan muloqot shakli bilan belgilanishi lozim; - til ustida nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida hamda uning barcha komponentlarini: undov- motivatsiya, yo‘naltirish-tadqiqot, ijro komponentlarini hisobga olgan holda ish olib borish zarur;