logo

O’QUVCHILARNI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASH

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

26.8896484375 KB
O’QUVCHILARNI  MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASH
R E J A :
1. Ma’naviy-axloqiy tarbiya mohiyati, asosiy tushunchalari . .
2. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning mazmuni.
3. Ma’naviy-axloqiy   tarbiyaning   tarkibiy   qismlari,   shakl   va
metodlari. Ma’naviy-axloqiy   tarbiya   mohiyati,   asosiy   tushunchalari .   Jamiyatda
kechayotgan   ijtimoiy   islohotlarning   samaradorligi   uning   fuqarolari   ega   bo’lgan
ma’naviyatga   bog’liq.   Shu   bois   mustaqillikning   dastlabki   yillarida   O’zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   I.A.Karimov   jamiyat   rivojlanishining   ma’naviy-axloqiy
negizlarini aniq belgilab berdi. Bular:
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
- insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
- vatanparvarlik.
Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotinigina emas, balki
ma’naviy   yuksalishini   ham   taqozo   etadi.Har   qanday   mafkura   kabi   O’zbekiston
Respublikasi  milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri ham jamiyatda
ma’naviy-axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi.
Ijtimoiy   tarbiyaning   boshqa   turlari   kabi   ma’naviy-axloqiy   tarbiya   asosini
ham   ilg’or   milliy,   ma’naviy-axloqiy   qadriyatlar,   xalq   pedagogikasi   g’oyalari
tashkil etadi.
Ma’naviyat   shaxs,   xalq,   davlat   va   jamiyatning   kuch-qudrati,   taraqqiyoti,
imkoniyatlari   va   istiqbollarini   belgilab   beruvchi   ichki   ijobiy,   ruhiy   omildir.
Ma’naviyat   (arabcha «ma’naviyat» -  ma’nolar  majmui) mohiyatiga ko’ra ijtimoiy
taraqqiyotga   ijobiy   ta’sir   o’tkazuvchi   falsafiy,   huquqiy,   ilmiy,   badiiy,   axloqiy,
diniy tasavvur, tushuncha va g’oyalar majmui hisoblanadi.
Jamiyat ma’naviyati uch muhim soha yo’nalishida amaliy faoliyatni tashkil
etish asosida shakllantiriladi :
Madaniyat   («cultura»   so’zidan   olingan   bo’lib,   parvarish   qilish,   ishlov
berish ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati
tufayli   qo’lga   kiritilib,   ularning   ijtimoiy   ehtiyojlarini   qondirishga   xizmat
qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi.
Ma’rifat   shaxs   ongiga   ilmiy   bilim,   axloq   qoidalari   hamda   ijtimoiy
munosabatlarni   tartibga   soluvchi   huquqiy   me’yorlarni   singdirish,   ta’lim-tarbiyani takomillashtirish,   milliy   meros   va   umuminsoniy   qadriyatlarni   o’rganish,   ularni
targ’ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.
Mafkura  (arabcha «mafkura» - nuqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) –
jamiyatdagi   muayyan   siyosiy,   huquqiy,   axloqiy,   diniy,   badiiy,   falsafiy,   ilmiy
qarashlar,   shuningdek,   ma’naviy-axloqiy   yuksalish,   ma’rifiy-tarbiyaviy   ishlarning
rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo’nalishlarini aniqlashda yetakchi o’rin
tutuvchi g’oyalar tizimi.
Har uchala sohaning uzviy birligi asosida jamiyat ma’naviyati yuksaladi .
Ma’naviyat   sohasida   ijobiy   yechimini   ta’minlash   zarur   bo’lgan   asosiy
vazifani   ko’rsatar   ekan,   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I.A.Karimov
quyidagilarni ta’kidlaydi: «Bu sohadagi asosiy vazifamiz – milliy qadriyatlarimizni
tiklash,   o’zligimizni   anglash,   milliy   g’oya  va   mafkurani   shakllantirish,   muqaddas
dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik
yillarida   boshlagan   ezgu   ishlarimizni   izchillik   bilan   davom   ettirish,   ularni   yangi
bosqichga   ko’tarish   va   ta’sirchanligini   kuchaytirishdir.   ...   Bu   sohadagi
ishlarimizning   pirovard   maqsadi   –   iymon-e’tiqodi   butun,   irodasi   baquvvat,   erkin
fuqaro   ma’naviyatini   shakllantirishdir.   Ya’ni,   mustaqil   dunyoqarashga   ega,
ajdodlarimizning   bebaho   merosi   va   zamonaviy   tafakkurga   tayanib   yashaydigan
barkamol shaxs – komil insonni tarbiyalashdan iborat» 1.
1.
Demak,   ma’naviyatli   inson   bilimli,   ma’lum   kasb-hunar   sohibi,   o’z
Vatanining   sodiq   fuqarosidir.   O’z   davlati   qonunlarini   biladigan   va   ularga   amal
qiladigan,   yurti   bilan   g’ururlana   oladigan   inson.   O’z   Vatani   boyliklarini
saqlaydigan, uni yanada boyitadigan, go’zalliklaridan bahramand bo’ladigan shaxs.
U   har   qanday   zararli   illatlarga   qarashi   kurashadigan,   milliy   va   umuminsoniy
qadriyatlarni avaylab asraydigan insondir.
Axloq   esa   shaxsning   xatti-harakatlari,   yurish-turishi,   turmush   tarzi,   hayot
kechirish tamoyillari, qoidalari, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi.
Axloq   ijtimoiy   hodisa   sifatida   jamiyat   ma’naviy-ruhiy   hayotida   o’ziga   xos
o’rin tutadi.
1. «Axloq»   (lotincha   –   xulq-atvor   ma’nosini   bildiradi)   ijtimoiy   ong
shakllaridan   biri   bo’lib,   ijtimoiy   munosabatlar   hamda   shaxs   xatti-harakatini
tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir.
Axloq   -   ma’naviyatning   tarkibiy   qismi   sifatida   shaxs   kamolotining   yuqori
bosqichi  sanaladi.  Zero, axloq, axloqiy me’yorlarsiz shaxsning  ruhiy va jismonan
yetukligining   mezoni   bo’lgan   ma’naviy   kamolotga   erishib   bo’lmaydi.   Shuning
uchun   ham   ma’naviy-axloqiy   tarbiyada   uzviylik,   aloqadorlik   dialektik   xarakterga
ega bo’lib, shaxsning ma’naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi.
Axloq-odobni bir biridan ajratib bo’lmaydigan uch tartibiy qismi bo’lib,ular
bir butunlikni tashkil etadi.
G’oyaviy - axloqiy ong - ijtimoiy hayotning shaxs tasavvurlari, karashlari va
e’tiqodlariga   aks   etishi   va   ifodalanishidir.   U   shaxs   faoliyatida   qo’llaniladigan
hayotiy   tamoyillar   bo’lib,   u   yeki   bu   muammoni   hal   etish,   xatti-harakat   xulq
qoidalarini tanlashda namoyon buladi.
G’oyaviy - axloqiy kadr qimmat - shaxsning u yeki bu xatti-harakat va urf-
odatlariga   munosabati   va   ularni   yaxshi   yomonga   ajratib   baholashda   ifodalanadi.
Bunda   shaxsning   butun   hayoti   davomida   intilishlar,   hayot   mazmunini   belgilab
beradigan ideallari muhim rol o’ynaydi.
Axloqiy   hissiyotlar   esa   shaxsning   o’ziga,   boshqalarga   ijtimoiy   hodisalarga
munosabatida   ifodalanadi.   Shaxsning   axloqiy   hissiyotlari   g’ururi,   or-nomus,
vijdon, uyat, nafrat, xudbinlik, mag’rurlik kabi shakllarda namoyon buladi.
Ma’naviy-axloqiy   tarbiyaning   mazmuni.   Ma’naviy-axloqiy   tarbiya   va
unga   qo’yiladigan   talablar   bu   jamiyatda   ma’lum   ijtimoiy-axloqiy   talablarga   mos
axloqiy   xislatlarni   shakllantirish   maqsadida   o’quvchilar   ongi,   hissiyotlari   hamda
xulqiga muvofiq va tizimli ta’sir etishdir.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya vazifalari quyidagilardan iborat:
1. O’quvchilarda ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirish.
2. Ularda ma’naviy-axloqiy his-tuyg’ularni tarbiyalash va rivojlantirish.
3. O’quvchilarda ma’naviy-axloqiy xulq-atvor ko’nikma va odatlarini tarkib
toptirish. Ma’naviy-axloqiy   tarbiya   mohiyatiga   ko’ra   inson   ongining   jamiyat   bilan
aloqadorligi, jamiyat oldida burchli ekanligi, o’z xulq-atvorini jamiyat taraqqiyoti
darajasiga bog’liqligini tushunishi, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy me’yor,
ideal   hamda   talablarni   bajarishda   mas’uliyatni   his   etishi,   ma’naviy-axloqiy
bilimlarning   e’tiqodga   aylanishi   va   bu   e’tiqodlarning   tizimliligi,   mustahkam
ma’naviy-axloqiy   his-tuyg’u   va   xislatlarni   shakllantirish,   o’quvchilar   tomonidan
ma’naviy-axloqiy xulq-atvor jamiyat a’zolariga bo’lgan hurmat-e’tiborni namoyon
etuvchi   mezonlardan   ekanligining   anglab   yetilishi,   ma’naviy-axloqiy   odatlarning
shakllanishi va boshqalardan iborat.
Ma’naviy-axloqiy   tarbiya   mazmunida   milliy   va   umuminsoniy   qadriyatlarni
tiklash   masalasining   kun   tartibiga   qo’yish   zaruriyatining   yuzaga   kelganligi
munosabati bilan tub o’zgarishlar yuz berdi.
Eng   muhim   qadriyat   inson   omili   hisoblanadi.   Hayot   insonga   bir   marta
beriladi, Shuning uchun ham milliy va umuminsoniy qadriyatlarda uni mazmunli,
o’zgalar   va   o’zining   hayoti   ma’nosini   anglagan   holda   o’tkazish   kerakligi   haqida
ko’plab rivoyat, hikmat va pand-nasihatlar mavjud.
Bundan   tashqari   ta’lim   muassasasida   o’quvchilarga   qadriyat   sifatida
munosabatda   bo’lish   ham   dolzarb   ahamiyatga   ega   bo’lib   bormoqda.   Zero,   ta’lim
tamoyillarida   eng   muhim,   asosiy   tamoyillardan   biri   ta’limni   insonparvarlashtirish
va   demokratlashtirish   bo’lib,   uning   asosiy   mohiyati   o’quvchi   shaxsiga   insoniy
munosabatda bo’lishni, ta’lim jarayonini erkinlashtirishni talab etadi.
Ma’naviy-axloqiy   tarbiyada   yana   bir   eng   qimmatli   qadriyat   erkinlikdir.
Ta’limni   demokratlashtirish   bilan   birga   shaxs   erki   va   huquqini   hurmat   qilish
rivojlanadi.   Bu   esa   o’z   navbatida   o’quvchi   shaxsida   mas’uliyatni   his   etish,   ongli
intizomga   rioya   etish   ko’nikmalarini   tarbiyalaydi.   Shuningdek,   vatanparvarlik,
xalqlar   o’rtasida   do’stlik   va   hamkorlik,   mas’uliyatni   his   etish,   burch,   or-nomus,
vijdonlilik, tartiblilik, adolatlilik va boshqa xislatlar tarbiyasi katta ahamiyatga ega.
Bugungi   kunda   jinsiy   tarbiya,   mehnat   tarbiyasi   yanada   muhim   ahamiyat
kasb   etmoqda.   Sog’lom   turmush   tarzini   tarkib   toptirish,   ayniqsa,   zarurligini
kundalik hayot tarzi yanada yaqqol namoyon etmoqda. Tekinxo’rlik,   narkomaniya,   tamaki   mahsulotlari   va   spirtli   ichimliklarni
iste’mol   qilish,   fahsh,   johillik   kabi   salbiy   illatlar   ham   hayotda   uchrab   turadi.   Bu
illatlar   insonning   axloqiy   qiyofasinigina   emas,   balki   o’zini   ham   yemirib   boradi.
Inson   ham   ma’naviy,   ham   jisman   halok   bo’ladi.   Shu   bois   insonning   ma’naviy-
axloqiy tarbiyasini tashkil etish ijtimoiy tarbiyaning boshqa yo’nalishlaridan ustun
qo’yilishi   zarur.   Binobarin,   ma’naviy-axloqiy   tarbiya   yosh   avlod   tarbiyasi   bilan
bog’liqdir.   Agar   tarbiyaning   boshqa   yo’nalishlarida   muayyan   tarbiya   (masalan,
jismoniy, huquqiy va boshqalar) u yoki bu tarbiyaviy tadbirlar tizimiga asoslansa,
ma’naviy-axloqiy   tarbiyada   esa   har   bir   tarbiyalanuvchining   o’ziga   xos
xususiyatlarini,   shuningdek,   tarbiyaviy   vaziyatni   inobatga   olgan   holda,   yaxlit
tarbiyaviy ishlar rejalashtiriladi va unga mos metod hamda usullar tanlanadi.  
Tarbiyaviy   tadbirlar   rejasini   ishlab   chiqish,   tadbirlarni   tashkil   etishda
ma’naviyat, axloq inson ongining shakli, inson madaniyatining bir qismi  ekanligi
haqidagi   tushunchaga   ega   bo’lish   nazarda   tutiladi.   Ma’naviyat   va   axloqning
mohiyati,   uning   me’yorlari   va   tamoyillari   mazmunini   tushunish   o’quvchilarni
ma’naviy-axloqiy jihatdan fikr yuritishlariga imkon beradi. Natijada ular o’zlari va
boshqalarning xatti-harakatlarini ana shu nuqtai nazardan baholaydilar. Ma’naviy-
axloqiy   tushunchalar,   baholash   va   muhokama   yuritish   asosida   ma’naviy-axloqiy
e’tiqod shakllanadi va nihoyat inson xatti-harakati va xulqi aniqlanadi. Ma’naviy-
axloqiy e’tiqodga ega inson axloqiy me’yorlar, talablarni ongli bajaradi va ularga
hurmat bildiradi. Lekin ma’naviy-axloqiy me’yorlar haqida bilimga ega bo’lish va
uni   tushunish   hali   e’tiqodni   faoliyatga   aylantiradi   degan   gap   emas,   ma’naviy-
axloqiy   bilimlar   qachon   hayotiy   tajribalarda   qo’llanilib,   o’quvchilar   tomonidan
ularning faoliyatida namoyon bo’lgandagina shakllangan deyish mumkin.
         Ma’naviy-axloqiy tarbiya tizimida ma’naviy-axloqiy his-tuyg’ular inson
tomonidan,   uning   voqyea-hodisalar,   kishilar   hamda   o’z   xulqiga   nisbatan   his-
tuyg’ularni   uyg’otishga   rag’bat   paydo   qiluvchi   tarbiyaviy   ishlar   tizimli   tashkil
etilgandagina   samarali   kechadi.   Mazkur   tizimda   xulq-atvorni   shakllantirishga   oid
tarbiyaviy   ishlar   aks   etadi.   Shunga   ko’ra   ma’naviy-axloqiy   xulq-odobga   doir xislatlarni   shakllantirishga   undovchi   rag’bat   bilan   hosil   bo’ladigan   faoliyat   eng
asosiy bo’lib hisoblanadi.
Shuningdek,   o’quvchida   ma’naviy-axloqiy   xislatlarni   shakllantirishga
nisbatan   ehtiyoj   bo’lishi   shart.   Demak,   ma’naviy-axloqiy   tarbiyani   tashkil   etish
jarayonida   uyushtiriluvchi   tadbirlar   xulq-odobga   doir   xatti-harakatlar   zanjiridan
iborat   bo’ladi.   Ma’naviy-axloqiy   xatti-harakatlar   esa   o’quvchi   tomonidan   axloqiy
me’yor va tamoyillar mohiyatini o’rganish, ularni anglab yetishdan iboratdir.
Xatti-harakatlar   tizimi   ma’naviy-axloqiy   odatlarni   tarkib   toptiradi.   Bu
borada quyidagi talablarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
- ma’naviy-axloqiy   tarbiya   axloqsizlikka   qarshi   kurashdagi   «kompaniya»ga
aylanmay, maqsadga muvofiq, uzluksiz, tizimli va izchil amalga oshirilishi zarur;
- o’quvchilarda   ma’naviy-axloqiy   xislatlar   va   fazilatlarni   tarbiyalash   faol
hayotiy   vaziyatlar,   axloqiy   me’yorlar   buzilgan   holatlarda   tarbiyalanuvchilarning
o’z nuqtai nazarlarini ifodalashlari bilan amalga oshirilishi;
- shaxsda   o’z   idealiga   intilishiga   bo’lgan   his-tuyg’ularini   uyg’otishga
yo’naltirilgan xatti-harakatlarni tashkil etish borasidagi ko’nikmalarni tarbiyalash;  
- ma’naviy-axloqiy   tarbiyaga   doir   ishlarni   tarbiyalanuvchilarning   tajribasi,
tarbiya  qoidalarini  qabul  qilishlari  va bunga tayyorliklari, yaxshi  va yomon xatti-
harakatlarning mohiyatini tushunishlarini hisobga olgan holda amalga oshirish;
- tarbiyalanuvchilarda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar – insoniylik, insonga
hurmat,   mehr-saxovat,   xushmuomalalik,   ijtimoiy   munosabatlarni   tashkil   etishda
muomala   madaniyati   va   axloq   qoidalariga   rioya   qilish   kabi   holatlarni   tarkib
toptirish;
- fuqarolik   madaniyati,   ongli   intizom,   jamoani   hurmat   qilish   va   boshqa   juda
ko’p   ma’naviy-axloqiy   sifatlar   –   boshqalarga   g’amxo’rlik   qilish,   odamlarning
g’am-tashvishi,   quvonchini   tushuna   olish,   o’z   manfaatidan   o’zgalar   manfaatlarini
ustun qo’yish, axloqiy me’yorlar hamda mavjud qonunlarga zid xatti-harakatlarni
to’xtata olish, ma’lum xatti-harakatlarni amalga oshirishda jamoa a’zolarining fikri
bilan o’rtoqlashish, mas’uliyatni his etish kabilarga asoslanishi kerak. Ma’naviy-axloqiy     tarbiyani   tashkil   etishda   o’quvchilar   xatti-harakatlarida
ko’zga   tashlanadigan   salbiy   odatlar   –   jamoa   joylarida   qattiq   gapirish,   qo’pol
so’zlarni   ishlatish,   hissiyotga   berilish,   o’ylamay   gapirish,   ishonchli   bo’lmagan
hamda   dalillar   bilan   tasdiqlanmagan   voqyea-hodisalar   haqida   fikr   yuritish,
boshqalarning   suhbatini   bo’lish,   qo’lini   silkitib   gapirish   kabilarning   bartaraf   etib
borilishiga alohida e’tibor qaratish zarur. 
Arzimas bo’lib ko’ringan, lekin shaxsning kelajak hayot va kasbiy faoliyatni
tashkil   etishda   muvaffaqiyatga   ega   bo’lish   yo’lida   zarurli   bo’lgan   bu   kabi
odatlardan   holi   bo’lishda   o’quvchilarga   yordam   ko’rsatish   o’qituvchilarning
muhim vazifalaridan sanaladi.
    Ma’naviy-axloqiy   tarbiyaning   tarkibiy   qismlari,   shakl   va   metodlari.
Buyuk   ma’rifatparvar   Abdulla   Avloniy   «Turkiy   guliston   yohud   axloq»   asarida
axloq «insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdur», -
deydi.   Aynan   axloq,   uning   ijtimoiy   ahamiyati   haqida   ma’lumot   beruvchi   mazkur
manbada alloma yaxshi  va yomon xulqlarga to’xtalib o’tadi 1. 1.
  Allomaning nuqtai
nazaricha,   yaxshi   xulqlar   quyidagilardan   iborat:   fatonat   (aql),   diyonat   (e’tiqod),
nazofat   (poklik   va   tozalik),   g’ayrat,   riyozat   (savob   ishlar),   qanoat,   shifoat,   ilm,
sabr,   hilm   (yumshoq   tabiat)   intizom,   nafs   me’yori,   vijdon,   vatanni   so’ymoq,
haqqoniyat,   nazari   ibrat,   iffat,   hayo,   idrok   va   zako,   hifzi   lison   (til   va   adabiyot),
iqtisod, viqor  (g’urur), muhabbat, avf  (kechirimli bo’lish). Bu xislatlar  ma’naviy-
axloqlilikning asosiy sifatlari sanaladi. Ular asosida Vatanga muhabbat va sadoqat,
mehnatga   axloqiy   munosabat,   o’z   atrofdagilarga   axloqiy   yondashuv,   shuningdek,
har bir o’quvchining o’zi va shaxsiy xulq-atvoriga munosabatni qaror toptiriladi.
Abdulla Avloniy yomon xulqlar sirasiga quyidagilarni kiritadi: g’azab, aysh-
ishrat,   jaholat,   safohat   (umri   va   molini   bekorchi   narsalarga   sarf   etish),   hamoqat
(o’zbilarmonlik,   manmanlik),   adolat   (dangasa,   yalqov),   hasosat   (ta’ma,   hirs),
rahovat   (g’ayratsizlik),   anoniyyat   (xudbin,   mutakabbir,   manman),   adovat   (kek
saqlash),   namimat   (chaqimchilik),   g’iybat,   haqorat,     jibonat   (qo’rqoqlik),   hasad,
kizb (yolg’on), nifoq, ta’ma, zulm va boshqalar.
1. 1
 Avloniy Abdulla. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent, O’qituvchi, 1992.    O’quvchilarda ijobiy sifatlarni tarbiyalash ularning salbiy xislatlardan holi
bo’lishlariga yordam beradi. Bu esa dastlab o’quvchilarga xulq-odob me’yorlari va
qoidalarini anglash va shaxs ongini shakllantirishga doir metodlar asosida amalga
oshiriladi.   Bunga   badiiy   va   ilmiy-ommaviy   adabiyotlarni   o’qish,   kinofilm   va
spektakllarni   tomosha   qilish,   maxsus   tashkil   etilgan   ma’naviy-ma’rifat   kunlarida
turli   mavzularda   suhbatlar   tashkil   etish   natijasida   axloqiy   tushunchalar   va   xulq-
odatlar   paydo   bo’la   boshlaydi.   O’quvchilar   o’zlari   va   boshqalarning   xatti-
harakatlarini   baholay   boshlaydilar.   Buning   uchun   turli   ma’naviy-axloqiy
mavzularda   o’tkaziladigan   suhbat   va   munozaralarda   o’quvchini   fikr   yuritish,
o’ylashga yo’naltirish muhim ahamiyatga ega. Masalan, «Do’stimiz Kamol qanday
qilib   narkomanlar   davrasiga   tushib   qoldi?»,   «Siz   erkinlik   deganda   nimani
tushunasiz?»,   «Zamonaviylik   –   bu   nima?»   kabi   mavzulardagi   suhbat,   bahs   va
munozaralar   o’quvchilarni   o’ylash,   fikr   yuritishga   yo’llaydi,   ularda   salbiy
xislatlardan saqlanish, yaxshi odatlarni o’rganishga bo’lgan intilish va qiziqishlari
tarkib topa boshlaydi. Ularning, ayniqsa, o’z xatti-harakatlarini baholashga bo’lgan
intilishlari va ishonch, e’tiqodlari shakllanadi.
  Debat,   munozara   va   suhbatlar   ma’naviy-axloqiy   tarbiyaning   eng   dolzarb
muammolariga bag’ishlanishi zarur.Bunda o’quvchilarni qiziqtirish va ularni jonli
muloqotga   undash   muhimdir.O’quvchi   faoliyatini   tashkil   etish   va   xulq-odobni
shakllantirish   metodlaridan   mashqlantirish,   o’rgatish,   pedagogik   talab   qo’yish
jamoa fikrini hisobga olish, topshiriqlar berish, tarbiyaviy vaziyatlar hosil qilish va
boshqa   metodlardan   foydalanish   samarali   natijalar   berishi   mumkin.Lekin
o’quvchilarni   faol,   maqsadga   yo’naltirilgan   faoliyatga   jalb   etmasdan   turib,
axloqning   biror   turiga   mos   tarbiyalab   bo’lmaydi.   Bunda   mashqlantirish   muhim
ahamiyat   kasb   etadi.   Mashqlantirish   asosida   shaxsning   u   yoki   bu   axloqiy   xislati
shakllanadi va amaliy faoliyatga aylanadi.
          Rag’batlantirish metodlariga mukofotlash va ma’qullash kiritiladi.
Bugungi kunda shartnomalar tuzish, o’z-o’zini shakllantirishga doir shaxsiy
dasturlarni   loyihalash,   o’quvchilarni   qiziqishlariga   ko’ra   tabaqalashtirish monitoringi,   testlar,   jarimalar   (ball   hisobida)   kabi   tarbiyaning   zamonaviy
texnologiyalaridan foydalanish ham ijobiy ntijalarga olib kelmoqda.
Hozirgi   davrda   yoshlar   o’rtasida   tobora   ommaviylashib   borayotgan
«Zakovat», «Intellektual  ring», «Qizlar davrasi», «O’yla, izla, top!» kabi  o’yinlar
ham   mazmun,   ham   mohiyati,   ham   metodik   jihatdan   o’quvchilarning   ma’naviy-
axloqiy tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O’quvchilarni   ma’naviy-axloqiy   jihatdan   shakllantirishda   samarali   shakl,
metod   va   vositalardan   foydalanish   boy   milliy   madaniy,   tarixiy   va   pedagogik
an’analar, urf-odatlar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi.
Bu   borada   tarbiya   jarayonida   o’quvchining   axloqiy,   ijodiy,     ma’naviy,
jismoniy   jihatdan   shakllantirishga   qaratilgan   innovasion   metodlar   samarali
natijalar   beradi.   Bunday   tarbiya   o’quvchilarda   voqyealar   rivojini   oldindan   ko’ra
bilish, o’zini real voqyelikda anglash, kelgusi hayot yo’lini to’g’ri belgilash, axloq,
e’tiqod,   ishonch,   axloqiy   qadriyatlarni   to’g’ri   anglash,   ijtimoiy   hayotda   turli
vaziyatlarda to’g’ri qaror qabul qilishga yo’llaydi.
  Ayniqsa,   bahslashish,   ishontirish   treninglarida   o’quvchi-yoshlarning
faolligi,   liderlik   sifatlari,   jamoada   ishlash   ko’nikmalari   shakllanadi.   O’zgalar
fikrini   hurmat   qilish,   ishontirish,   o’z   fikrini   asoslash,   munozarada   qatnashish
mahorati paydo bo’ladi. Shuningdek, muloqot madaniyati, his-tuyg’ularini jilovlay
olish, fikr yuritish mahorati shakllanadi. O’z ishiga mas’uliyat hissini shakllantirib,
ijodiy   tasavvurini   rivojlantiradi,   ma’naviy-axloqiy   tadbirlarni   loyihalashtirish,
ko’ngilochar,   tashxisli,   ishchan   va   harakatli   o’yinlar,   ziddiyatlarni   hal   etishning
turli   uslublari   (tanqid   usullari   –   ruhlantiruvchi,   ta’nali,   umidli,   qiyosiy),
rag’batlantiruvchi (tanqid, vaziyatni yumshatuvchi, gina, tanbeh beruvchi tanqid_ -
bularning   barchasini   insonparvarlik   g’oyalari   asosida   olib   borish   ijobiy   natijalar
beradi. Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. –
Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997. 
2. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka
ishonchdir. – Toshkent, O’zbekiston, 2000.
3. Karimov   I.A.   Ozod   va   obod   Vatan,   erkin   va   farovon   hayot   pirovard
maqsadimiz. – Toshkent, O’zbekiston, 2000.
4. Avloniy,  Abdulla.   Turkiy  guliston   yoxud   axloq.  –   Toshkent,   O’qituvchi,
1992.
5. Pedagogika.A.Munavvarovning   umumiy   tahriri   ostida.   –   Toshkent,
O’qituvchi, 1996.
6. Podlasy   I.P.   Pedagogika   .Novy   kurs.   Kn.   2.   Protsess   vospitaniya.   –
Moskva, VLADOS, 1999.

O’QUVCHILARNI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASH R E J A : 1. Ma’naviy-axloqiy tarbiya mohiyati, asosiy tushunchalari . . 2. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning mazmuni. 3. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismlari, shakl va metodlari.

Ma’naviy-axloqiy tarbiya mohiyati, asosiy tushunchalari . Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bo’lgan ma’naviyatga bog’liq. Shu bois mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov jamiyat rivojlanishining ma’naviy-axloqiy negizlarini aniq belgilab berdi. Bular: - umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; - xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; - insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; - vatanparvarlik. Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotinigina emas, balki ma’naviy yuksalishini ham taqozo etadi.Har qanday mafkura kabi O’zbekiston Respublikasi milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri ham jamiyatda ma’naviy-axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi. Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma’naviy-axloqiy tarbiya asosini ham ilg’or milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g’oyalari tashkil etadi. Ma’naviyat shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti, imkoniyatlari va istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir. Ma’naviyat (arabcha «ma’naviyat» - ma’nolar majmui) mohiyatiga ko’ra ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir o’tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g’oyalar majmui hisoblanadi. Jamiyat ma’naviyati uch muhim soha yo’nalishida amaliy faoliyatni tashkil etish asosida shakllantiriladi : Madaniyat («cultura» so’zidan olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi. Ma’rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim-tarbiyani

takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganish, ularni targ’ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi. Mafkura (arabcha «mafkura» - nuqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy yuksalish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo’nalishlarini aniqlashda yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar tizimi. Har uchala sohaning uzviy birligi asosida jamiyat ma’naviyati yuksaladi . Ma’naviyat sohasida ijobiy yechimini ta’minlash zarur bo’lgan asosiy vazifani ko’rsatar ekan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi: «Bu sohadagi asosiy vazifamiz – milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni anglash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko’tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir. ... Bu sohadagi ishlarimizning pirovard maqsadi – iymon-e’tiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirishdir. Ya’ni, mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs – komil insonni tarbiyalashdan iborat» 1. 1. Demak, ma’naviyatli inson bilimli, ma’lum kasb-hunar sohibi, o’z Vatanining sodiq fuqarosidir. O’z davlati qonunlarini biladigan va ularga amal qiladigan, yurti bilan g’ururlana oladigan inson. O’z Vatani boyliklarini saqlaydigan, uni yanada boyitadigan, go’zalliklaridan bahramand bo’ladigan shaxs. U har qanday zararli illatlarga qarashi kurashadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni avaylab asraydigan insondir. Axloq esa shaxsning xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma’naviy-ruhiy hayotida o’ziga xos o’rin tutadi. 1.

«Axloq» (lotincha – xulq-atvor ma’nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir. Axloq - ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me’yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan yetukligining mezoni bo’lgan ma’naviy kamolotga erishib bo’lmaydi. Shuning uchun ham ma’naviy-axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga ega bo’lib, shaxsning ma’naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi. Axloq-odobni bir biridan ajratib bo’lmaydigan uch tartibiy qismi bo’lib,ular bir butunlikni tashkil etadi. G’oyaviy - axloqiy ong - ijtimoiy hayotning shaxs tasavvurlari, karashlari va e’tiqodlariga aks etishi va ifodalanishidir. U shaxs faoliyatida qo’llaniladigan hayotiy tamoyillar bo’lib, u yeki bu muammoni hal etish, xatti-harakat xulq qoidalarini tanlashda namoyon buladi. G’oyaviy - axloqiy kadr qimmat - shaxsning u yeki bu xatti-harakat va urf- odatlariga munosabati va ularni yaxshi yomonga ajratib baholashda ifodalanadi. Bunda shaxsning butun hayoti davomida intilishlar, hayot mazmunini belgilab beradigan ideallari muhim rol o’ynaydi. Axloqiy hissiyotlar esa shaxsning o’ziga, boshqalarga ijtimoiy hodisalarga munosabatida ifodalanadi. Shaxsning axloqiy hissiyotlari g’ururi, or-nomus, vijdon, uyat, nafrat, xudbinlik, mag’rurlik kabi shakllarda namoyon buladi. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning mazmuni. Ma’naviy-axloqiy tarbiya va unga qo’yiladigan talablar bu jamiyatda ma’lum ijtimoiy-axloqiy talablarga mos axloqiy xislatlarni shakllantirish maqsadida o’quvchilar ongi, hissiyotlari hamda xulqiga muvofiq va tizimli ta’sir etishdir. Ma’naviy-axloqiy tarbiya vazifalari quyidagilardan iborat: 1. O’quvchilarda ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirish. 2. Ularda ma’naviy-axloqiy his-tuyg’ularni tarbiyalash va rivojlantirish. 3. O’quvchilarda ma’naviy-axloqiy xulq-atvor ko’nikma va odatlarini tarkib toptirish.

Ma’naviy-axloqiy tarbiya mohiyatiga ko’ra inson ongining jamiyat bilan aloqadorligi, jamiyat oldida burchli ekanligi, o’z xulq-atvorini jamiyat taraqqiyoti darajasiga bog’liqligini tushunishi, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy me’yor, ideal hamda talablarni bajarishda mas’uliyatni his etishi, ma’naviy-axloqiy bilimlarning e’tiqodga aylanishi va bu e’tiqodlarning tizimliligi, mustahkam ma’naviy-axloqiy his-tuyg’u va xislatlarni shakllantirish, o’quvchilar tomonidan ma’naviy-axloqiy xulq-atvor jamiyat a’zolariga bo’lgan hurmat-e’tiborni namoyon etuvchi mezonlardan ekanligining anglab yetilishi, ma’naviy-axloqiy odatlarning shakllanishi va boshqalardan iborat. Ma’naviy-axloqiy tarbiya mazmunida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tiklash masalasining kun tartibiga qo’yish zaruriyatining yuzaga kelganligi munosabati bilan tub o’zgarishlar yuz berdi. Eng muhim qadriyat inson omili hisoblanadi. Hayot insonga bir marta beriladi, Shuning uchun ham milliy va umuminsoniy qadriyatlarda uni mazmunli, o’zgalar va o’zining hayoti ma’nosini anglagan holda o’tkazish kerakligi haqida ko’plab rivoyat, hikmat va pand-nasihatlar mavjud. Bundan tashqari ta’lim muassasasida o’quvchilarga qadriyat sifatida munosabatda bo’lish ham dolzarb ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Zero, ta’lim tamoyillarida eng muhim, asosiy tamoyillardan biri ta’limni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish bo’lib, uning asosiy mohiyati o’quvchi shaxsiga insoniy munosabatda bo’lishni, ta’lim jarayonini erkinlashtirishni talab etadi. Ma’naviy-axloqiy tarbiyada yana bir eng qimmatli qadriyat erkinlikdir. Ta’limni demokratlashtirish bilan birga shaxs erki va huquqini hurmat qilish rivojlanadi. Bu esa o’z navbatida o’quvchi shaxsida mas’uliyatni his etish, ongli intizomga rioya etish ko’nikmalarini tarbiyalaydi. Shuningdek, vatanparvarlik, xalqlar o’rtasida do’stlik va hamkorlik, mas’uliyatni his etish, burch, or-nomus, vijdonlilik, tartiblilik, adolatlilik va boshqa xislatlar tarbiyasi katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda jinsiy tarbiya, mehnat tarbiyasi yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sog’lom turmush tarzini tarkib toptirish, ayniqsa, zarurligini kundalik hayot tarzi yanada yaqqol namoyon etmoqda.