logo

O’QUVCHILARNI MEHNAT TARBIYASI VA NAFOSAT TARBIYASI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

29.84375 KB
O’QUVCHILARNI  MEHNAT  TARBIYASI  VA  NAFOSAT
TARBIYASI
R E J A :
1. Mehnat tarbiyasining mohiyati, maqsad va vazifalari.
2. Mehnat tarbiyasining mazmuni, shakl va metodlari.
3. Nafosat tarbiyasi haqida tushuncha.
4. Nafosat tarbiyasining vositalari .
5. O’quvchilarda nafosatni shakllantirish . Mehnat   tarbiyasining   mohiyati,   maqsad   va   vazifalari.   Mehnat   tarbiyasi
o’quvchilarga   mehnatning   mohiyatini   chuqur   anglatish,   ularda   mehnatga   ongli
munosabat,   shuningdek,   muayyan   ijtimoiy-foydali   harakat   yoki   kasbiy   ko’nikma
va   malakalarini   shakllantirishga   yo’naltirilgan   pedagogik   faoliyat   jarayoni   bo’lib,
ijtimoiy   tarbiyaning   muhim   tarkibiy   qismlaridan   biri   hisoblanadi.   Mehnat
tarbiyasini   shunday   tashkil   etish   kerakki,   inson   mehnat   jarayoni   va   uning
natijasidan qanoatlanishini tarkib toptirishga ko’maklashsin. Mehnat tarbiyasining
pirovard   maqsadi   shaxs   xarakterining   asosiy   xislati   sifatida   uning   mehnatga
bo’lgan ehtiyojini shakllantirishdir.
O’quvchilarning   ijtimoiy   rivojlanishini   ta’minlashda   mehnat   tarbiyasi
muhim   shartlardan   biri   bo’lib   hisoblanadi.   Uning   amalga   oshirilishi   davlat
tomonidan   olib   borilayotgan   ijtimoiy   va   iqtisodiy   siyosat   mazmuni   bilan
belgilanadi.
Hozirgi   davrda   texnika   va   texnologiyalar   rivojlanishini   yuksak   bosqichga
ko’tarish   uchun   ishlab   chiqarishni   keng   ko’lamda   kompyuterlashtirish,   iste’mol
mahsulotlarini   jahon   standartlari   darajasida   ishlab   chiqishni   yo’lga   qo’yish   talab
etilmoqda.
Bularning   barchasi   yuksak   intellektual   va   jismoniy   kamolotga   ega   bo’lish,
ishlab   chiqarish   jarayonlarining   ilmiy-texnikaviy   va   iqtisodiy   asoslaridan
to’laqonli   xabardor   bo’lish,   mehnatga   ongli,   ijodiy   munosabatda   bo’ladigan
yoshlarni tarbiyalashni  taqozo etadi. Bu esa, o’z navbatida, ta’lim  muassasalarida
mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etishga nisbatan ulkan talablarni qo’yadi.
Mehnat   tarbiyasining   maqsadi   o’quvchilarda   mehnatga   ongli   munosabatni
shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo’lida quyidagi  vazifalar ni ijobiy hal
etish maqsadga muvofiq:
 yosh   avlodda   mehnat   qilish   istagini   qaror   toptirish   va   ularni   zamonaviy
ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash;
 o’quvchilarda umumjamiyat manfaati yo’lida mehnat qilish ehtiyojini hosil
qilish;
 ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish;  o’quvchilarning   mavjud   bilimlarini   uzluksiz   ravishda   takomillashtirib
borishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
 ularda mehnat ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish;
 o’quvchilar   faoliyatida   yuqori   madaniyat,   maqsadga   intilish,
tashkilotchilik,   mehnat   intizomi,   tadbirkorlik,   tejamkorlik,   ishni   sifatli   bajarish,
moddiy   boyliklarga   ehtiyotkorona   munosabatda   bo’lish,   hayotiy   faoliyat
yo’nalishini belgilash malakalarini shakllantirish;
 o’quvchilarda   davlat   iqtisodiy   siyosati   mazmuniga   tayangan   holda   ular
yashab   turgan   hududlar   ishlab   chiqarish   xususiyatlariga   muvofiq   kasblarni
egallashga bo’lgan qiziqishni oshirish;
 o’quvchilarni   kasbga   yo’llash,   ularni   mehnat   faoliyatining   barcha   turlari,
shuningdek,   ular   yashayotgan   hududda   ehtiyoj   mavjud   bo’lgan   mutaxassisliklar
bilan tanishtirish.
Mazkur   vazifalar   tizimida   o’quvchilarni   mehnatga   psixologik   va   amaliy
jihatdan   tayyorlash   ularning   qiziqish   va   qobiliyatlarini   aniqlash   orqali   amalga
oshiriladi.
Mehnat   tarbiyasi   o’quvchilarning   aqliy,   ma’naviy-axloqiy,   jismoniy   va
estetik   tarbiyasi   bilan   o’zaro   bog’liq   holda   yaxlit   tizimda   amalga   oshiriladi.
Chunonchi:
1. Aqliy tarbiya o’quvchilar mehnat tarbiyasi, ularni kasbga tayyorlashning
asosi   sanaladi.   Zero,   mehnat   –   nazariy   va   amaliy   bilimlarni   egallashga   yordam
beradi,   bilim   esa   o’z   navbatida   shaxsni   mehnatga   tayyorlashni   takomillashtiradi.
Mehnat   tarbiyasining   samaradorligi   o’quvchilarni   mehnat   faoliyatiga   tayyorlash
jarayonida   har   tomonlama   rivojlangan   shaxsni   tarbiyalash   vazifasi   bilan
belgilanadi.
2.  Mehnat tarbiyasi axloqiy tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Chunki
mehnat   faoliyati   yordamida   o’quvchida   mehnatsevarlik,   intizomlilik,   irodalilik,
tashabbuskorlik, mustaqil harakat qilish kabi axloqiy xislatlar ham shakllanadi.
3. Mehnat   tarbiyasi   estetik   tarbiya   bilan   mustahkam   aloqada   olib   boriladi.
Mehnat   tarbiyasi   mazmuniga   estetik   elementlarni   singdirish   asosida   uni   amalga oshirish   o’quvchilar   mehnat   tarbiyasida   katta   ahamiyat   kasb   etadi.   Mehnatda
go’zallik va o’z mehnatidan zavqlanish uning yanada samarali kechishiga yordam
beradi.
4. «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida milliy
istiqlol mafkurasining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari haqida fikr yuritilar ekan: «Milliy
istiqlol   mafkurasi   o’z   mohiyatiga   ko’ra,   har   bir   fuqaroning   munosib   turmush
darajasini   ta’minlaydigan  farovon  hayot  kechirishga  chorlaydi. Har   bir   insonni,  u
qaysi shakldagi mulkchilik asosida mehnat faoliyati bilan shug’ullanmasin, shaxsiy
manfaatlarini   xalq   va   vatan   manfaati   bilan   o’zaro   uyg’unlashtirib   yashashga
undaydi.   ...   Har   bir   fuqaroning   farovonligi   –   butun   jamiyatning   farovonligidir,
g’oyasini ilgari suradi» 1
, - deb ta’kidlanishi ham bejiz emas.
Yuqoridagilarga   asoslanib,   o’quvchilar   mehnat   tarbiyasida   quyidagi
mezonlarni asos qilib olish maqsadga muvofiq. Bular:
 o’quvchilar tomonidan mehnatning ijtimoiy ahamiyatini tushunilishi;
 ularning ixtiyoriy ravishda mehnat qilishlari;
 ularda mehnat qilmay hayot kechiruvchilarga nisbatan nafrat uyg’otish;
 o’quvchilarda   mehnat   va   mehnat   ahliga   hurmat   tuyg’ularini   qaror
toptirish;
 ularda mehnatda javobgarlikni his etish tuyg’usini tarbiyalash;
 ularning mehnatga ongli munosabatda bo’lishlariga erishish;
 mehnatda ijodkorlikni qo’llab-quvvatlash;
 o’quvchilarda   jamiyat   va   umumxalq   mulkini   ko’z   qorachig’iday   asrash
tuyg’ularini shakllantirish;
 mehnatda do’stlik, o’rtoqlik va hamkorlikka erishish;
 o’quvchilarning   mehnatni   go’zallik   manbai   sifatida   tushunishlariga
erishish va boshqalar.
Yuqoridagi   mezonlar   asosida   o’quvchilarni   bo’lg’usi   kasbiy   faoliyatga
tayyorlash   jarayonini   barcha   ta’lim-tarbiya   ishlarini   mustahkam   aloqada,   hozirgi
zamon talablariga mos holda olib borish taqozo etiladi.
1 Sharq   mutafakkirlari   mehnat   tarbiyasi   haqida .   Ta’lim-tarbiya   tarixiga
nazar   tashlar   ekanmiz,   dastlabki   xalq   og’zaki   ijodi   namunalaridan   tortib,   buyuk
mutafakkirlar   ijodigacha   yoshlarni   mehnatsevar   bo’lib   yetishishi,   kasb-hunar
o’rganish,   mehnat   ahlini   hurmat   qilish   hamda   mehnat   insonni   ulug’lash
masalalariga alohida e’tibor berilganligiga guvoh bo’lamiz.
Buni   biz   turli   davrlarda   yaratilgan   ta’limiy-axloqiy   asarlar   va   xalq   og’zaki
ijodi   namunalari   topishmoq,   xalq   qo’shiqlari,   masal,   maqol,   ertak   va   dostonlarda
mehnat   va   kasb-hunar   odobi,   axloqi   va   qoidalarini   o’zlashtirish   muhim   hayotiy
zarur ekanligi ta’kidlanadi.
Bundan   tashqari   «Avesto»,   Kaykovusning   «Qobusnoma»,   Abu   Nasr
Forobiyning   «Fozil   odamlar   shahri»,   Abu   Rayhon   Beruniyning   «Geodeziya»,
«Minerologiya»,   Mahmud   Qoshg’ariyning   «Devonu   lug’atit   turk»,   Yusuf   Xos
Hojibning   «Qutadg’u   bilig»,   Alisher   Navoiyning   bir   qator   asarlari   va   shu   kabi
ma’rifiy   meros   namunalarida   mehnatsevarlik,   kasb-hunarning   ahamiyati   haqida
muhim   fikrlar   bayon   etilgan.   Bular   dastlabki   xalq   og’zaki   ijodi   namunalaridagi
xalq eposlari, ertak, maqol va topishmoqlardan boshlangan. 
                    Faqat   ertaklarda   emas,   xalq   maqollarida   ham   mehnatsevarlik,
mehnatda   hamkorlik,   mehnatning   insonni   baxtli-saodatli   qilishi   ifodalangan.
Masalan:
Daryo suvini bahor toshirar, 
Inson qadrini mehnat oshirar.
Oltin o’tda bilinar, 
Odam mehnatda.
Mehnatda do’st ortar, 
G’iybatdan dushman.
kabi maqollar shular jumlasidandir. XV   asarning   yirik   mutafakkiri   Alisher   Navoiyning   mehnatkash   insonni
ulug’lovchi,   mehnat   tarbiyasi   haqidagi   fikrlari   «Hayratul   abror»,   «Farhod   va
Shirin», «Mahbub-ul qulub» asarlari ham mavjud.
Mehnat   tarbiyasining   mazmuni,   shakl   va   metodlari.   Mehnat   tarbiyasini
tashkil   etish   jarayonida   o’quvchilar   dastlab   ishlab   chiqarish   jarayonlarining   ilmiy
asoslari bilan tanishadilar.
Mehnat   tarbiyasi   maqsadga   muvofiq,   tizimli,   izchil   tashkil   etiladi.   Mehnat
ta’limi   sinf   xonalari,   o’quv-tajriba   maydoni,   mashina-traktor   saroyi,   o’quv-
tarbiyaviy   tadbirlar   jarayoni,   ishlab   chiqarish   korxonalari   va   xo’jaliklarning
dalalarda olib boriladi.
Natijada   ma’lum   qiymatga   ega   bo’lgan   ijtimoiy-foydali   mahsulotlar
yaratiladi   hamda   ilg’or   kasb   sohiblariga   xos   bo’lgan   shaxslik   fazilatlari
shakllanadi.
Shu   jihatdan   olib   qaraganda   bugungi   kunda   mehnat   ta’limining   mazmuni,
maqsad va vazifalari o’zgardi, texnologik ta’lim ustuvorlik kasb etdi, o’quvchilarni
kasbga   yo’naltirish   tizimi   yangilandi.   Mehnatni   ilmiy   tashkil   etishning   birinchi
darsini ham o’quvchi ta’lim jarayonida oladi.
Mehnat   tarbiyasi   bilan   mehnat   ta’limi   bir-biri   bilan   o’zaro   bog’langan.
Mehnat   faoliyati   ma’lum   bilimga   ega   bo’lishni   talab   etadi.   Zero,   bilim   va
ko’nikmalar o’quvchini mehnat faoliyatiga tayyorlaydi.
Ta’lim   jarayonida   olgan   bilimlarini   amaliyotda   sinab   ko’radilar,   Umumiy
mehnat jarayonida o’quvchilarning kombinatlar, jamoa hamda fermer xo’jaliklari,
korxona,   zavod   va   fabrikalarda   texnik   va   texnologik   bilimlari   mustahkamlanadi,
shuningdek, ular tashkilotchilik malakalariga ham ega bo’ladilar.
Sinfdan tashqari ishlar jarayonida  mehnat tarbiyasi ayniqsa muhim ahamiyat
kasb etadi.
Sinfdan   tashqari   mashg’ulotlarning   turli   shakllari   o’quvchining   texnik
ijodkorligini   rivojlantiradi,   u   yoki   bu   bilim   sohasida   bilimga   bo’lgan   qiziqishini
shakllantiradi.   To’garak larda   o’quvchining   qiziqish   va   qobiliyatlari   namoyon
bo’ladi. O’quvchilarning to’garaklardagi faoliyati ma’lum pedagogik talablarga rioya
qilganda samarali bo’ladi. Chunonchi:
- to’garak faoliyati ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lishi lozim, ya’ni, o’quvchilar
tayyorlagan buyumlar kishilar uchun amaliy qiymatga ega bo’lishi zarur;
- texnik ijodkorlik o’quv muassasasidagi  o’quv-mehnat jarayoni bilan uzviy
aloqada bo’lishi kerak (maktab, kollej, oliy ta’lim va boshqalar);
- ijtimoiy-foydali,   unumli   mehnat   jarayonida   o’quvchining   texnik
ijodkorligini   tashkil   etishda   faoliyatni   ijtimoiy   buyurtmadan   ijodkorlikka
aylantirish kerak bo’ladi.
To’garak   faoliyati   jarayonida   o’quvchilar   o’z   kollejlari   uchun   o’quv-
ko’rsatmali   qurollar:   jadvallar,   rasmlar,   diagrammalar,   kolleksiyalar,   oddiy
modellar, yuqori sinflarda – stendlar, harakatdagi modellarni yaratish mumkin. 
Tabiatshunoslik, botanika, zoologiyadan amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilar
o’quv-tajriba   uchastkalarida   ishlaydilar,   jonli   burchaklar   tashkil   etadilar,   o’quv
maskanini ko’kalamzorlashtiradilar.
Mehnat   tarbiyasi   oilada   tabaqalashtirilgan   holda   olib   boriladi:   bolalar   o’z-
o’ziga   xizmat   qiladilar,   uy   hayvonlarini   parvarishlaydilar,   ro’zg’or   texnikalarini
ta’mirlash   bilan   shug’ullanadilar.   Oila   byudjeti   va   uni   yuritish   bilan   bog’liq
topshiriqlarni bajaradilar, Oilada bolalar va kattalar mehnatini hamkorlikda tashkil
etishning imkoniyatlari cheksiz.
So’nggi   yillarda   o’quvchilar   mehnat   tarbiyasiga   jamoatchilik   katta   e’tibor
bermoqda.   Yirik   fermer   xo’jaliklari,   qo’shma   korxonalarning   jamoalari
maktablarni otaliqqa olmoqda, ularning moddiy bazasini yaratish, o’quvchilarning
bilim olishlari, ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil etishda yordam bermoqdalar.
Mehnat faoliyatining asosiy turlari quyidagilardir:
O’quv   mehnati   o’quvchilarning  ilmiy  bilimlar   hamda   turli   fanlar   asoslarini
o’zlashtirishga yo’naltirilgan faoliyati turidir.
  Ijtimoiy-foydali   mehnat   shaxsni   har   tomonlama   kamol   toptirish   hamda
uning   muayyan   ijtimoiy   ehtiyojlarini   qondirishga   yo’naltirilgan   hamda   ijtimoiy
mehnat xarakteridagi faoliyati turidir.    Hozirgi   davrda   ta’lim   muassasalarida   o’z-o’ziga   xizmat   keng   yo’lga
qo’yilmoqda.   O’z-o’ziga   xizmat   o’quvchilarning   ijtimoiy   va   o’quv   ehtiyojlarini
qondirish   maqsadida   ularning   o’zlari   tomonidan   amalga   oshiriluvchi   mehnat
faoliyati   turidir.   O’quvchilarning   navbatchiligi   o’z-o’ziga   xizmat   qilishni   tarkib
toptirishning muhim shaklidir.
  Unumli   mehnat   turlari   bilma-xildir.   Masalan,   o’quvchilarning   mehnat
haftaligi, chorvaga yem-xashak tayyorlash va shirkat ho’jaliklarida faoliyat yuritish
va   boshqalar.   Unumli   mehnat   –   o’quvchilar   mehnatining   eng   ommaviy   shakli
sanaladi. 
O’quvchilar hozirgi davrda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatida
ishtirok etadilar,.
  Mehnat   tarbiyasi   o’quvchilarni   mehnatga   psixologik   va   amaliy   jihatdan
tayyorlashni   nazarda   tutadi.   Zero,   mavjud   sharoitda   ro’y   berayotgan   ijtimoiy-
iqtisodiy o’zgarishlar   shaxs  kamolotiga  nisbatan  juda katta  talablarni  qo’ymoqda.
Xususan,   mehnatga   muhim   ijtimoiy   burch   sifatida   qarash,   ma’lum   faoliyatni
bajarishda mas’uliyatni his etish, mehnatga va uning natijasi, shuningdek, mehnat
jamoasiga   hurmat,   mehnat   faoliyatini   tashkil   etishda   tashabbuskorlik,   faollik
ko’rsatish, o’z aqliy va jismoniy qobiliyatini to’liq namoyon etishga bo’lgan ichki
ehtiyoj,   mehnatni   ilmiy   tashkil   etish   yo’lida   amaliy   harakatni   olib   borish   shular
jumlasidandir.
Mehnat   ta’limi   va   tarbiyasining   tashkiliy-metodik   shakllari   o’qituvchi
tomonidan tanlanadi. Bu shunday shakl va metodlar bo’lishi kerakki, u o’quvchiga
mehnati muvaffaqiyatidan quvonch baxsh etsin, o’z mehnatidan o’zi faxrlansin.
Mehnat   tarbiyasining   texnologiyalari   o’quvchining   nazariy   bilimlarini
amaliyotda   qo’llash   imkoniyatini   yaratishi   zarur.   Bu   esa,   o’z   navbatida,   mehnat
ta’limi   mazmunini   ham   takomillashtiradi.   U   kompleks   xarakter   kasb   etib,
o’quvchilarda   o’quv   texnika   va   texnologiyalari   haqida   tasavvur   hosil   qilishi,
amaliy masalalarni hal etish malakasini shakllantirishi, sifat natijalarini ta’minlashi
lozim.   Ayniqsa,   o’quv   topshiriqlarini   hal   etishga   ijodiy   yondashish,   ishlab chiqarishning   texnik-iqtisodiy,   ijtimoiy   ko’rsatkichlarini   yuqoriga   ko’tarishga
intilish hosil qilishi maqsadga muvofiqdir.
           Mehnat tarbiyasida sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar rejasida mehnat
tarbiyasi   yo’nalishidagi   tadbirlarning   o’rin   olishini   ta’minlash   muhim   pedagogik
vazifalardan   biridir.   Mehnat   tarbiyasi   turli   an’anaviy   va   noan’anaviy   shakllarda
tashkil etiladi .
          Demak, o’quvchilarning mehnat faoliyatini tashkil etish jarayonida
quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
1. O’quvchilarning   mehnat   ta’limi   jarayonida   ularning   mehnatga
qiziqishlarini oshirish, kasbiy yoki mehnat faoliyatiga tayyor bo’lishni ta’minlash.
2. O’quvchilar kuchini to’g’ri taqsimlash, faoliyat turlari va uni ijro etishda
o’rin almashtirish vositasida ularda rahbarlik va ijrochilik malakalarini hosil qilish.
3. O’quvchilarning   mehnat   faoliyatiga   rag’batlantirishning   samarali
metod va vositalaridan foydalanishga e’tiborni qaratish.
4. Mehnat   faoliyatining   turidan   qat’iy   nazar   mehnat   madaniyatini
shakllantirish,   kasbiy   faoliyatni   rejalashtirish,   vaqtdan  oqilona   foydalanish,   o’z
joyini   tartibli   saqlash   hamda   mehnat   qurollariga   ehtiyotkorona   munosabatda
bo’lish.
Nafosat   tarbiyasi   haqida   tushuncha.   Nafosat   tarbiyasi   (estetik   tarbiya   -
lotincha   «estezio»   go’zallikni   his   qilaman)   -   o’quvchilarni   voqyelik,   tabiat,
ijtimoiy va mehnat munosabatlari va turmush go’zalliklarini anglash, idrok etish va
to’g’ri   tushunishga   o’rgatish,   ularning   badiiy   didini   o’stirish,   ularda   go’zallikka
muhabbat   uyg’otish,   ular   tomonidan   go’zallikni   yaratish   qobiliyatlarini
tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
Nafosat   tarbiyasi   «badiiy   tarbiya»   sifatida   ham   qo’llaniladi.   Umuman,
nafosat tarbiyasi keng ma’noga ega bo’lib, faqat san’at vositasidagina emas, balki,
hayot, mehnat, ijtimoiy munosabatlar, tabiat va boshqalar vositasida go’zallikni his
qilishga   yo’naltirilgan   pedagogik   faoliyatni   o’z   ichiga   oladi.   Badiiy   tarbiya   esa
san’at   (adabiyot,   musiqa,   qo’shiq,   tasviriy   va   san’atning   boshqa   yo’nalishlari)
vositasida shaxsda estetik his-tuyg’ularni shakllantirishni nazarda tutadi.  Nafosat   tarbiyasi   insonda   go’zallikni   his   qilish   tuyg’usini   shakllanishiga
yordam   beradi,   uni   rivojlantiradi.   Inson   doimo   o’z   hayotini   go’zallik   asosida
qurishga intiladi. Nafosat  tarbiyasi  axloqiy, aqliy, huquqiy, ekologik, jismoniy va
mehnat   tarbiyasi   bilan   chambarchas   bog’liqdir.   Tabiat,   adabiyot,   teatr,   musiqa,
she’riyat,   tasviriy   san’at   va   boshqalarga   bo’lgan   muhabbat   shaxsning   har
tomonlama   rivojlanishiga   xizmat   qiladi.   Nafosat   tarbiyasi   axloqiy   tarbiyani
samarali   tashkil   etishda   katta   ahamiyatga   ega.   Nafosatdan   rohatlanishda   faqat
san’at   asarlarigina   emas,   balki   ezgu   ishlar,   jamoaga   hurmat,   sadoqat,   vijdonan
mehnat qilish muhim o’rin tutadi. Nafosat tarbiyasining mohiyati shundan iboratki,
u   go’zallikka   bo’lgan   munosabatni   qaror   toptiradi.   Go’zallikka   bo’lgan   tuyg’uni
rivojlantirmay turib, yuqori mehnat madaniyatiga erishib bo’lmaydi. Go’zallik bu
hayotning   o’zi,   tabiat   hamda   inson   mehnati   natijalari,   insoniy   munosabatlarning
mukammalligidir.
Nafosat   bilimlari   aniq   tarbiyaviy   ishlar   –   tanlov,   viktorina,   bayram,
ko’rgazma   va   hokazolarni   tashkil   etish   asosida     hosil   qilinadi.   O’quvchilar   o’z
qobiliyatlarini turli xil badiiy-ijodiy faoliyatlarda namoyon etadilar. Kichik yoshda
«barcha  bolalar   istes’nosiz   rasm   soluvchilardir»  (K.D.Ushinskiy),   «har   bir  bola  –
shoir» (V..Suxomlinskiy).
O’smirlarda   go’zallik   ijodkorligiga   bo’lgan   ehtiyoj   ortib   boradi.   Bunday
holat   ilk   yoshlik   davrida   ham   saqlanib   qoladi.   Biroq,   bu   davrda   badiiy   qobiliyat,
aksariyat o’quvchilarda o’zgacha bo’ladi. Ular ko’pincha musiqa va raqsga qiziqa
boshlaydilar. Demak, o’quvchilarning nafosat bilan oshnoligi turli yosh davrlarida
o’g’il va qiz bolalarda o’ziga xos xususiyat kasb etadi.
Nafosat   tarbiyasi   –   shaxsning   estetik   ongi,   munosabatlari   hamda   nafosat
faoliyatining   vujudga   kelishi   va   takomillashuvidan   iborat   uzoq   davom   etadigan
jarayon   bo’lib,   bu   jarayon   yosh   va   ijtimoiy   omillar   bilan   belgilanadigan   turli
bosqich hamda darajalarga ega. Nafosat tarbiyasi shaxsning   nafosat madaniyatini
egallashiga   yo’naltirilgan   bo’lib,   turli   shakl   va   metodlar   yordamida   amalga
oshiriladi. Nafosat   madaniyati .   Jamiyat   va   ayrim   shaxsning   nafosat   madaniyati
tushunchalari   mavjud.   Jamiyatning   nafosat   madaniyati   deganda   insoniyat   butun
rivojlanish tarixi jarayonida to’plangan moddiy va ma’naviy qadriyatlari mazmuni
tushuniladi.   O’quvchi   shaxsining   nafosat   madaniyati   uning   jamiyat   madaniy
merosini   faol,   ijodiy   o’zlashtirishi   natijasida   hosil   bo’ladi.   Shaxsning   go’zallik
bilan   o’zaro   munosabati,   shuningdek,   shaxsning   ayrim   sifatlarini   o’zaro   ta’siri
natijasida nafosat madaniyati doimo o’zgarib turadi. Shaxs nafosat madaniyatining
asosiy tarkibiy qismlari bu nafosat ongi, nafosatni his etishga bo’lgan ehtiyoj, uni
qondirish yo’lida tashkil etilgan munosabatlardir. 
Nafosat   ongi   go’zallik,   go’zallikni   his   etish,   uning   mohiyatini   anglash,
nafosat his-tuyg’usi, nafosat didi kabi tushunchalarning ongda aks etishi.
Nafosat   madaniyati   go’zallikni   his   etish,   undan   zavqlanish,   mavjud
go’zalliklarni   asrash   va   boyitish   yo’lida   o’zlashtirilgan   bilim   hamda   amalga
oshiriladigan   nafosat   faoliyatini   tashkil   etish   darajasining   sifat   ko’rsatkichidir.
Nafosat ongi go’zallikni qadrlash va uni boyitish yo’lidagi amaliy harakatni keng
ko’lamda tashkil etish asosida takomillashib boradi.
Nafosatning   asosiy   xususiyatlari .   Tarbiyaviy   ishlarni   tashkil   etishda
nafosat idrokining psixologik qonuniyatlarini hisobga olish lozim. Bu xususiyatlar
ilk   yoshdagi   bolalarga   xos   hamda   rivojlanish,   nafosat   tajribasi,   tasavvurlarning
shakllanganlik   darajasiga   bog’liq.   Atrof-olam   hodisalari   dastlab   nafosat   sifatida
namoyon   bo’lmaydi.   Bunday   bo’lishdan   oldin   ular   idrok   etiluvchan,   mazmunli,
tushunarli   bo’lishi   lozim.   Demak,   tarbiyachi,   o’qituvchining   birinchi   navbatdagi
vazifalaridan   biri   o’quvchilarning   yosh   xususiyatlarini   inobatga   olgan   holda,   eng
murakkab   hodisalar   hamda   go’zallik   shakllari,   nafosat   muammolarini   anglab
yetishi   lozim.   Nafosatni   idrok   etishning   muhim   unsuri   –   hissiyotlilik.   San’at,
borliqni   yorqin   aks   ettiruvchi   yuqori   badiiy   asar   mazmunini   idrok   etishda
o’quvchilar quvonch yoki g’azab, qo’rqinch yoki ishonchni his etadilar. Bu tuyg’u
go’zallik qonuniyatlari g’oyasi bilan yashashga undaydi. 
Bundan   tashqari   nafosat   vositalari   xilma-   xildir.   Tabiat   mehnat,   insoniy
munosabatlar,   san’at   nafosat   tarbiyasi   vositasidir.   Tabiat   nafosat   tarbiyasining muhim   manbaidir.   K.D.Ushinskiy   tabiatni   yosh   avlod   nafosat   tuyg’ularining
rivojlanishiga chuqur ta’sir ko’rsatadigan ajoyib tarbiyachidir, degan edi. Sayohat,
sayr,   yurish,   tabiatga   bag’ishlangan   san’at   asarlarini   o’rganish   mazkur
yo’nalishdagi   an’anaviy   ishdir.   Biroq   tabiat   ichida   bo’lishning   o’zi   yetarli   emas.
Tabiatdagi   go’zallikni   ko’ra   bilish,   his   etish   lozim.   Bunday   qobiliyat   asta-sekin
rivojlanib   boradi.   Sayr,   ekskursiya   hamda   maktab   uchastkasida   ishlash   paytida
tarbiyachilar   e’tiborini   tabiat   boyliklariga,   uning   shaklidagi   mukammalliklarga
qaratishi,  bolalarga  nafosat,  tabiatni  sevish  ehtiyojigina  bo’lmay,  shuningdek,  uni
ehtiyotlashdan ham iboratligini tushuntirib borishi lozim.
Nafosat   tarbiyasining   vositalari .   Nafosat   tarbiyasining   vositalari
o’quvchilarning   go’zallikni   sevish   ruhida   tarbiyalash   maqsadida   tevarak-atrofdan
tanlab   olingan   turmush,   tabiat,   san’at   go’zalligi   va   bolalarning   badiiy   faoliyatini
tashkil etishga yo’naltirilgan pedagogik jarayonda qo’llaniluvchi omillar sanaladi.
Oila   go’zallikning   birinchi   maktabidir.   Oila   a’zolarining   o’zaro
munosabatlari,   uy-jihozlari,   ularning   yagona   birligi,   uyg’unligi,   tartibli
joylashtirilishi, saranjom-sarishtalik, maktabning bezatilishi, maktabdagi yodgorlik
va   a’lochilar   burchagi   kabilarning   barchasi   bevosita   bolalarda   go’zallikni
tarbiyalashda katta ta’sir ko’rsatadi. 
Turmush   go’zalligining   asosini   tozalik   va   tartiblilik   tashkil   etadi.
Sinfxonalarida   tozalik   saqlanishi,   tabiat   burchagining   tashkil   etilishi,   o’quvchilar
ijodiy   ishlari   ko’rgazmasi,   a’lochilar   taxtasi   tizimining   yangilatib   turish   ham
muhim ahamiyatga ega.
Badiiy   adabiyot   nafosat   tarbiyasida   cheksiz   imkoniyatlarga   ega.   U
o’quvchilarga   hayotni   chuqurroq   anglashni   o’rgatadi.   O’quvchilarga   o’zbek   va
chet   el   adabiyoti   haqida   ko’proq   ma’lumot   beriladi.   O’quvchilar   she’rlar,
hikoyalar,   xalq   og’zaki   ijodi   namunalari   –   maqol,   matal,   ertak,   doston,   qo’shiq,
qissa   va   romanlarni   qanchalik   ko’p   o’qisa   ularda   go’zallikka   bo’lgan   intilish
shunchalik   kuchli   bo’ladi.   Shoir   va   yozuvchilarning   hayoti   va   ijodiy   faoliyati,
asarlari   bilan   tanishish   tahlil   qilish   o’quvchilarning   bilim   doirasini   kengaytiradi,
his-tuyg’ulari va til boyligin takomillashtiradi. Olam va inson go’zalligi, mardlik, jasorat,   yuksak   insoniy   g’oyalarni   o’zida   aks   ettirgan   san’at   asarlari   insonlarni
go’zallikni   his   qilish,   ularga   intilib   yashashga   undab   kelgan.   Aksincha,   g’oyaviy
jihatdan   saviyasi   past   asarlar   o’quvchilar   ongini   sayozlashtiradi,   ularni   chinakam
go’zallikdan   chalg’itadi,   go’zallikni   sevishga   bo’lgan   intilishlarini   susaytiradi,
didini pasaytiradi.
O’quvchilarning   go’zallik   bilan   bevosita   muloqotda   bo’lishlari   ularga
ko’proq   hissiy   ta’sir   ko’rsatadi.   Shuning   uchun   ham   o’qituvchi,   tarbiyachilar
tarbiyaviy   ishlarni   tashkil   etish   jarayonida   o’quvchilarni   badiiy   jihatdan   yuksak
bo’lgan asarlar va tabiat manzaralari bilan tanishtirishga alohida e’tibor qaratishlari
zarur.   Tasviriy   san’at,   haykaltaroshlik   va   me’moriy   asarlar   namunalari   bilan
o’quvchilarni   tanishtirish   ularda   simmetriya,   mutanosiblik,   chiziqlar,   rang   va
kolorit  uyg’unligini  idrok etish tuyg’ulariga ega bo’lishlarini  ta’minlashga xizmat
qiladi.   O’quvchilar   e’tiboriga   ezgu   g’oyalarni   tarannum   etuvchi   musiqiy
asarlarning   havola   etilishi,   ulardan   olinayotgan   taassurotlar   bilan   o’rtoqlashish
ularda   musiqiy   ohang,   ritm,   tovushlarning   ifodaviyligi   va   sur’atini   his   etish
ko’nikma   va   malakalariga   ega   bo’lishlarini   ta’minlaydi.   Adabiy   asarlar   esa
o’quvchilarning   nutq   boyligi   oshirish,   fikrlash   qobiliyatini   o’stirish,   shaxsiy
qarashlarini erkin bayon etishga imkon beradi. 
O’quvchilarda   nafosatni   shakllantirish .   Nafosat   ongi   ijtimoiy   voqyelik,
tabiat,   san’at   bilan   bevosita   muloqot   jarayonida   o’quvchilarni   turli   nazariya,
qarashlar   mohiyati   bilan   tanishtirish,   ular   o’rtasida   nafosat   ta’limi   va   tarbiyasini
tashkil   etish   hisobiga   shakllantiriladi.   Nafosat   ongi   asosini   nafosat   idroki   tashkil
etadi.   Nafosat  idroki   – bu ijtimoiy voqyelik, buyum  va hodisalarning  go’zalligini
ongda   yaxlit   aks   etishi   bo’lib,   u   go’zallik   his   etilganda   yuzaga   keladi   va   aniq
maqsadga yo’naltirilganligi bilan tavsiflanadi.
Nafosat   tarbiyasining   vazifalari   quyidagilardan   iboratdir:   o’quvchilarda
nafosat his-tuyg’usi, fikr-mulohaza, didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari,
go’zallikni   sevishga   bo’lgan   hayotiy   ehtiyojini   o’stirish dan   iborat.   Kishilar
go’zallikni   idrok   qilish   qobiliyatiga   ega   bo’lganliklari   uchun   hayajonlanish,
qayg’urish,   darg’azab   bo’lish,   quvonish,   zavqlanish   kabi   his-tuyg’ularni   boshdan kechiradilar. Bundan tashqari kishi yuksak badiiy mahorat bilan yaratilgan obrazni
yoki tabiat, hayotdagi go’zal hodisani idrok qilganidan zavq-shavqqa to’ladi.
O’quvchilarda   kuzatish   madaniyatini   tarbiyalash   ularning   go’zallikka
bo’lgan   intilishlarini   o’stirish   uchun   juda   muhim.   Ko’p   hollarda   bollar   biror
narsaga   qarab   turadilar-u,   uning   o’zini   ko’rmaydilar,   quloq   soladilar-u,
eshitmaydilar. Shuning uchun ularga tabiatda, o’rmonda tog’lar va cho’llarda turli
tovushlarni   farq   qilishni   o’rgatish   lozim.   Yuqori   sinf   o’quvchilariga   go’zallik,
xunuklik, nafosat idealli singari tushunchalarni yoritib berish juda muhim, zero, bu
tushunchalarsiz   go’zallikka   nisbatan   munosabat,   voqyelik   va   borliqqa   go’zal
munosabat tizimini tarkib toptirib bo’lmaydi. 
Nafosat   haqidagi   tushunchalarni   o’zlashtirib   olish,   ajoyib   san’at   asarini
sayoz,   past   saviyada   yozilgan   asardan   farqlash,   o’z   fikr-mulohazalarini   to’g’ri
ekanligini   qattiq   turib,   himoya   qilishga   yordam   beradi.   Yuqori   sinf   o’quvchilari
hayot   va   san’atda   go’zallik,   xunuklik,   zavq-shavqning   xilma-xil   turlariga   duch
keladilar.   Ular   g’oyaviy   yo’nalishi   va   mazmuni   jihatdan   turlicha   bo’lgan   badiiy
hamda san’at asarlarni o’qiydilar, tomosha qiladilar va tinglaydilar. Ijtimoiy hayot
va   san’atga   oid   hodisalarning   mohiyatini   to’g’ri   tushunishda   o’quvchilarga
go’zallik   va   uni   sevish   mavzusidagi   darslar,   shuningdek,   sinfdan   va   maktabdan
tashqari olib boriladigan xilma- xil mashg’ulotlar yordam beradi.
Nafosat   didi   o’z   tabiatiga   ko’ra   shaxsga   xos   bo’lgan   psixologik   hodisadir.
Ammo   shaxs   ijtimoiy   munosabatlarning   faol   ishtirokchisi   bo’lganligi   uchun   u
go’zallikni   baholash   mezonlarini   puxta   o’zlashtira   oladi.   Nafosat   didi   shaxsning
buyum yoki hodisaga nisbatan munosabat bildirish turi, obyektiv nafosat o’lchovi
bo’lib,   go’zallik,   xunuklik   va   tubanlikka   baho   berishda   subyektiv   yondashuvni
ifodalaydi. Did sanaladi.  Xullas, maktab o’quvchilari o’rtasida  nafosat  tarbiyasini
tashkil   etishda   samarali   shakl,   metod   va   vositalardan   oqilona   foydalanish   ijobiy
natijalar beradi.

O’QUVCHILARNI MEHNAT TARBIYASI VA NAFOSAT TARBIYASI R E J A : 1. Mehnat tarbiyasining mohiyati, maqsad va vazifalari. 2. Mehnat tarbiyasining mazmuni, shakl va metodlari. 3. Nafosat tarbiyasi haqida tushuncha. 4. Nafosat tarbiyasining vositalari . 5. O’quvchilarda nafosatni shakllantirish .

Mehnat tarbiyasining mohiyati, maqsad va vazifalari. Mehnat tarbiyasi o’quvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mehnat tarbiyasini shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat jarayoni va uning natijasidan qanoatlanishini tarkib toptirishga ko’maklashsin. Mehnat tarbiyasining pirovard maqsadi shaxs xarakterining asosiy xislati sifatida uning mehnatga bo’lgan ehtiyojini shakllantirishdir. O’quvchilarning ijtimoiy rivojlanishini ta’minlashda mehnat tarbiyasi muhim shartlardan biri bo’lib hisoblanadi. Uning amalga oshirilishi davlat tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy siyosat mazmuni bilan belgilanadi. Hozirgi davrda texnika va texnologiyalar rivojlanishini yuksak bosqichga ko’tarish uchun ishlab chiqarishni keng ko’lamda kompyuterlashtirish, iste’mol mahsulotlarini jahon standartlari darajasida ishlab chiqishni yo’lga qo’yish talab etilmoqda. Bularning barchasi yuksak intellektual va jismoniy kamolotga ega bo’lish, ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy asoslaridan to’laqonli xabardor bo’lish, mehnatga ongli, ijodiy munosabatda bo’ladigan yoshlarni tarbiyalashni taqozo etadi. Bu esa, o’z navbatida, ta’lim muassasalarida mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etishga nisbatan ulkan talablarni qo’yadi. Mehnat tarbiyasining maqsadi o’quvchilarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo’lida quyidagi vazifalar ni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq:  yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash;  o’quvchilarda umumjamiyat manfaati yo’lida mehnat qilish ehtiyojini hosil qilish;  ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish;

 o’quvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish;  ularda mehnat ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish;  o’quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, tashkilotchilik, mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, moddiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, hayotiy faoliyat yo’nalishini belgilash malakalarini shakllantirish;  o’quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular yashab turgan hududlar ishlab chiqarish xususiyatlariga muvofiq kasblarni egallashga bo’lgan qiziqishni oshirish;  o’quvchilarni kasbga yo’llash, ularni mehnat faoliyatining barcha turlari, shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo’lgan mutaxassisliklar bilan tanishtirish. Mazkur vazifalar tizimida o’quvchilarni mehnatga psixologik va amaliy jihatdan tayyorlash ularning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Mehnat tarbiyasi o’quvchilarning aqliy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy va estetik tarbiyasi bilan o’zaro bog’liq holda yaxlit tizimda amalga oshiriladi. Chunonchi: 1. Aqliy tarbiya o’quvchilar mehnat tarbiyasi, ularni kasbga tayyorlashning asosi sanaladi. Zero, mehnat – nazariy va amaliy bilimlarni egallashga yordam beradi, bilim esa o’z navbatida shaxsni mehnatga tayyorlashni takomillashtiradi. Mehnat tarbiyasining samaradorligi o’quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlash jarayonida har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash vazifasi bilan belgilanadi. 2. Mehnat tarbiyasi axloqiy tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Chunki mehnat faoliyati yordamida o’quvchida mehnatsevarlik, intizomlilik, irodalilik, tashabbuskorlik, mustaqil harakat qilish kabi axloqiy xislatlar ham shakllanadi. 3. Mehnat tarbiyasi estetik tarbiya bilan mustahkam aloqada olib boriladi. Mehnat tarbiyasi mazmuniga estetik elementlarni singdirish asosida uni amalga

oshirish o’quvchilar mehnat tarbiyasida katta ahamiyat kasb etadi. Mehnatda go’zallik va o’z mehnatidan zavqlanish uning yanada samarali kechishiga yordam beradi. 4. «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida milliy istiqlol mafkurasining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari haqida fikr yuritilar ekan: «Milliy istiqlol mafkurasi o’z mohiyatiga ko’ra, har bir fuqaroning munosib turmush darajasini ta’minlaydigan farovon hayot kechirishga chorlaydi. Har bir insonni, u qaysi shakldagi mulkchilik asosida mehnat faoliyati bilan shug’ullanmasin, shaxsiy manfaatlarini xalq va vatan manfaati bilan o’zaro uyg’unlashtirib yashashga undaydi. ... Har bir fuqaroning farovonligi – butun jamiyatning farovonligidir, g’oyasini ilgari suradi» 1 , - deb ta’kidlanishi ham bejiz emas. Yuqoridagilarga asoslanib, o’quvchilar mehnat tarbiyasida quyidagi mezonlarni asos qilib olish maqsadga muvofiq. Bular:  o’quvchilar tomonidan mehnatning ijtimoiy ahamiyatini tushunilishi;  ularning ixtiyoriy ravishda mehnat qilishlari;  ularda mehnat qilmay hayot kechiruvchilarga nisbatan nafrat uyg’otish;  o’quvchilarda mehnat va mehnat ahliga hurmat tuyg’ularini qaror toptirish;  ularda mehnatda javobgarlikni his etish tuyg’usini tarbiyalash;  ularning mehnatga ongli munosabatda bo’lishlariga erishish;  mehnatda ijodkorlikni qo’llab-quvvatlash;  o’quvchilarda jamiyat va umumxalq mulkini ko’z qorachig’iday asrash tuyg’ularini shakllantirish;  mehnatda do’stlik, o’rtoqlik va hamkorlikka erishish;  o’quvchilarning mehnatni go’zallik manbai sifatida tushunishlariga erishish va boshqalar. Yuqoridagi mezonlar asosida o’quvchilarni bo’lg’usi kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini barcha ta’lim-tarbiya ishlarini mustahkam aloqada, hozirgi zamon talablariga mos holda olib borish taqozo etiladi. 1

Sharq mutafakkirlari mehnat tarbiyasi haqida . Ta’lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlabki xalq og’zaki ijodi namunalaridan tortib, buyuk mutafakkirlar ijodigacha yoshlarni mehnatsevar bo’lib yetishishi, kasb-hunar o’rganish, mehnat ahlini hurmat qilish hamda mehnat insonni ulug’lash masalalariga alohida e’tibor berilganligiga guvoh bo’lamiz. Buni biz turli davrlarda yaratilgan ta’limiy-axloqiy asarlar va xalq og’zaki ijodi namunalari topishmoq, xalq qo’shiqlari, masal, maqol, ertak va dostonlarda mehnat va kasb-hunar odobi, axloqi va qoidalarini o’zlashtirish muhim hayotiy zarur ekanligi ta’kidlanadi. Bundan tashqari «Avesto», Kaykovusning «Qobusnoma», Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri», Abu Rayhon Beruniyning «Geodeziya», «Minerologiya», Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit turk», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Alisher Navoiyning bir qator asarlari va shu kabi ma’rifiy meros namunalarida mehnatsevarlik, kasb-hunarning ahamiyati haqida muhim fikrlar bayon etilgan. Bular dastlabki xalq og’zaki ijodi namunalaridagi xalq eposlari, ertak, maqol va topishmoqlardan boshlangan. Faqat ertaklarda emas, xalq maqollarida ham mehnatsevarlik, mehnatda hamkorlik, mehnatning insonni baxtli-saodatli qilishi ifodalangan. Masalan: Daryo suvini bahor toshirar, Inson qadrini mehnat oshirar. Oltin o’tda bilinar, Odam mehnatda. Mehnatda do’st ortar, G’iybatdan dushman. kabi maqollar shular jumlasidandir.