logo

O’rta Osiyo hududida ilk yozuvning paydo bo’lishi va turkiy bitiklar

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

514.654296875 KB
Mavzu:O’rta Osiyo hududida ilk yozuvning paydo bo’lishi va turkiy bitiklar.
Reja:
Kirish.
1.  Kishilik jamiyatining   rivojlanish zamini - tarix .
2.  Logografik yozuv .
3.  “Avesto”    tili.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyot. Kishilik   jamiyatining   rivojlanish   zamini   -   tarix ,   o‘tmish   va   uning
tajribalari hisoblanishi.  Har bir davrda o‘tmishga, tarixga e’tibor kuchayishi. Uni
haqqoniy, ob’ektiv yoritish kunning dolzarb masalasiga aylanganligi. Markaziy
Osiyodagi ilk yozuvlar va ularning o‘rganilishi. Yozma yodgorliklarda tadqiqot
ishlari   olib   borilishi.   Tarixiy   tadqiqotchilik   O‘rta   Osivoda   juda   ham   qadimdan
boshlanganligi. Xorazmlik mashhur  olim Beruniyning fikrlari, arab istilochilari
O‘rta   Osiyodagi   mahalliy   olimlarni   yo‘qotibgina   qolmay,   mahalliy   til   va
mahalliy   yozuvdagi   asarlarni   ham   yo‘q   qilib,   yondirib   yuborganliklari.   Shu
sababli   eng   qadimgi   zamonlarda   yozilgan   asarlar   saqlanmaganligi.
Tayanch  so‘z  va   iboralar:
Qo‘lyozma   manbaning   tashqi   belgi-xususiyatlar,   paloyos,   qo‘lyozma,   nasx,
nasta’liq.kufiy   yozuvi,   epigrafika,   sfragistika,   numizmatika,   xronologiya.  
Insoniyat tarixida yozuv juda qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ibtidoiy jamoa
davrida   odamlar   o‘z   fikrlari.   xohish-istaklarini,   biror   voqea-hodisa   haqidagi
xabarni  turli   xil  narsa-predmetlar  yordamida ifodalaganlar   (etkazganlar). Lekin
bu hali yozuv hisoblanmas edi. Ma’lum muddat vaqt o‘tganidan keyin u yoki bu
fikrni   bildira   oladigan     shartli   belgilar   paydo   bo‘lgan.   Bu   shartli   belgilardan
keyin biz yozuv deb ataydigan va ma’lum tizimga ega bo‘lgan belgilar vujudga
kelgan.
Eramizdan   avvalgi   to‘rtinchi   ming   yillikda   Arabiston   yarim   orolidagi   qadimgi
davlatlar   hududlarida   misr   va   shumer   yozuvlari   paydo   bo‘lgan.   Ikkinchi   ming
yillikning   boshlariga   kelib,   O‘rta   Er   dengizi   qirg‘oqlarida   ossuriylar   va
bobiliylar   yozuvi   shakllangan.   Hozirgi   Hindistonning   SHimoliy   qismi   va   Old
Osiyo   hududlarida   esa   hind   yozuviga   asos   solingan.   Undan   ham   keyinroq,
yozuvning g‘arbiy-somiy tizimi vujudga kelgan.
Umuman, insoniyat tarixi yozuvning to‘rt qadimiy turini biladi:
                  1.   Piktografik   yozuv.   Bu   istiloh   lotincha   «piktus»-rasm,   surat;   «grafo»-
yozaman   qismlaridan   iborat   bo‘lib,   rasm   yozuv   demakdir.   Bu   yozuvning
dastlabki   shakllari   mezeolit   va   neolit   davrida   paydo   bo‘lgan.   Odamlar   o‘z fikrlarini,   his-tuyg‘ularini,   xohish-istaklarini   turli   rasmlar,   suratlar   orqali   bir-
birlariga   etkazganlar.   Odamlarning   o‘zi   chizgan   bu   suratlar   harbiy
yurishlar,   urushlar ,   to‘qnashuvlar,   majburiyatlar,   ultimatumlar,   sevgi-muhabbat
borasidagi   xabarlarni   bir   joydan   ikkinchi   joyga   etkazish   uchun   xizmat   qilgan.
YOzuvning   bu   turi   juda   katta   hududda   va   uzoq   muddat   ishlatilgan.   Lekin
yozuvning   bu   turida   konkret   narsa-hodisa   to‘g‘risidagi   xabar   oson   etkazilgan
bo‘lsa-da,   abstrakt   (mavhum)   tushunchalarni   etkazish   uchun   bu   yozuvdan
foydalanish   qiyin   bo‘lgan.   SHu   sababli   yozuvning   bu   turi   insonning   talabiga
to‘la javob bera olmagan.
Lekin   shunga   qaramay,   piktografik   yozuvning   ayrim   shakllari   hozirgacha
saqlanib   qolgan.   Masalan,   darvoza   tepasiga   qo‘yilgan   itning   surati   hovlida
qopag‘on   it   borligining   belgisidir.   Transformator   budkasi   devoridagi   kalla
suyagi   rasmi   xatarning   mavjudligiga   ishoradir.   Katta   qilib   ishlangan   barmoq
surati harakat yo‘nalishini bildiradi va hokazo.
Vaqt   o‘tishi   bilan   piktografik   yozuv   o‘rnini   undan   mukammalroq   va
murakkabroq bo‘lgan logografik yozuv egallagan.
2.   Logografik   yozuv.   Bu   istiloh   lotincha   «logos»   -   so‘z,   mantiq   va   «grafo»   -
yozaman   so‘zlaridan   shakllangan.   Jamiyat   rivojlanishda   davom   etar   ekan,   har
bir   predmet   yoki   har   bir   tushuncha   shu   predmet   yoki   tushunchaning   surati
yordamida ifodalana boshlagan. Demak, yozuvning bu turida ifodalangan shakl  
bilan   ifodalanishi   kerak   bo‘lgan   predmet   yoki   tushuncha   o‘rtasida   mantiqiy
bog‘liqlik   mavjuddir.   SHuning   uchun   bu   yozuv   logografik   yozuv   deb   nom
olgan. Bu yozuvda masalan, ikkita qo‘lning surati «jangchi», «askar» ma’nosini
ifodalagan.  Agar  bir  qo‘lda qalqon, ikkinchi  qo‘lda nayza  surati  bor  bo‘lsa,  bu
«jang»   yoki   «jang   qilmoq»   so‘zlarini   bildirgan.   «Ko‘rmoq»   fe’lini   bildirish
uchun   ikkita   ko‘z   surati   xizmat   qilgan.   «Baxillik»,   «ochko‘zlik»   ma’nosini
timsohning surati bildirgan. Bitta oyoqning rasmi «qadam tashlamoq» ma’nosini
ifodalasa,   ikkita   oyoqning   surati   «yurmoq»,   «bormoq»   ma’nolariga   to‘g‘ri
kelgan. YOzuvning bu turi ideografiya deb ham ataladi. Logografik yozuvning kamchiligi shundan iboratki, bu tur yozuvni hamma ham
bilavermagan.   Undan   asosan   ruhoniylar,   davlat   tepasidagi   amaldorlar,
mutaxassislar, kotiblar va xattotlar xabardor bo‘lishgan.
3.   Bo‘g‘in   yozuvi.   Eramizdan   avvalgi   ikkinchi   ming   yillikning   o‘rtalarida   va
birinchi   ming   yillikning   boshlarida   ilgarigi   yozuvga   nisbatan   qulayroq   va
soddaroq bo‘lgan yozuv shakli shakllana boshlagan. Bu yozuvda so‘zlar hamda
ayrim   sodda   jumlalar   bo‘g‘inlarni   bildiruvchi   belgilar   yordamida   ifodalangan.
SHuning uchun bu yozuv bo‘g‘in yozuvi deb ataladi. YOzuvning bu turi ilgarigi
yozuvlardan qulayroq bo‘lgan, lekin uning ham o‘ziga yarasha nuqsoni bo‘lgan.
U   ham   bo‘lsa,   bu   yozuv   asosan   so‘zlar   bir   yoki   ikki   bo‘g‘indangina   iborat
bo‘lgan tillar uchun qulay bo‘lgan. Bunday tillarga hind tilining ayrim tarixdagi
variantlari kiradi. SHu kamchiligi bor bo‘lgani uchun     bu yozuv boshqa xalqlar
orasida kam tarqalgan.    
Lekin yozuvning bu turkumiga kiruvchi mixxat deb atalgan yozuv nisbatan keng
tarqalgan.   Uni   eramizdan   avvalgi   to‘rtinchi   mingyillikning   oxirida
Mesopotamiyada   (hozirgi   Iroq   davlati   hududi)da   yashagan   shumerlar   o‘ylab
topganlar.
Mixxat   yozuvidagi   elementlar   asosan   mix   yoki   pona   shaklini   eslatgani   uchun
mixxat   deb   nom   olgan.   Mixxat   eramizdan   avvalgi   birinchi   mingyillikning
oxirlarigacha   bobiliylar,   assuriylar,   xettlar,   finikiylar   tomonidan   qo‘llanib
kelingan. Bu yozuvdan   Urartu davlati aholisi , forslar va boshqa qo‘shni xalqlar
ham foydalanishgan.
Mixxat   yozuvi   piktografik   yozuvdan   kelib   chiqqan.   Bu   dastlab   italiyalik
savdogar Pestro CHella Valle tomonidan o‘rganilgan.
Mixxat   yozuvlari   ichida   eng   ko‘p   tarqalgani   forsiy   mixxatdir.   Bu   yozuv
eramizdan   avvalgi   VI-IV   asrlargacha   Ahamoniylar   davlati   hududida   qo‘llanib
kelingan.   Bu   yozuvdan   qo‘shni   davlat   xalqlari,   shu   jumladan   O‘rta   Osiyo
xalqlari   ham   foydalanishgan.   Ahamoniylar   davlatining   qulashi   bilan   bu yozuvdan   foydalanish   ham   kamaya   boshlagan.
4. Harfiy yozuv. YOzuvning bu turida tildagi har bir tovushga bittadan harf yoki
belgi to‘g‘ri keladi. Bu tizimdagi yozuv hech bir istisnosiz finikiylar, suriyaliklar
va   falastinliklar   ijod   etgan   somiy   yozuvga   borib   taqaladi.   Eramizdan   avvalgi  
YI-IY asrlarda Qadimgi fors davlati  devonxonalarida davlat ahamiyatiga molik
hujjatlar   oromiy   tilida   olib   borilgan   va   bunda   finikiylar   alifbosining   oromiy
variantidan   foydalanganlar.   Keyinchalik   vaqt   o‘tishi   bilan   bu   alifboning   juda
ko‘p variantlari shakllana boshlagan. Bu variantlarning biri hozirgacha eng ko‘p
xalqlar   tomonidan   qo‘llanib   kelayotgan   arab   yozuvidir   va   kvadrat   shaklga   ega
bulgan   yahudiy   yozuvidir.   Keyinchalik   eramizdan   avvalgi   IY-III   asrlarda
oromiy alifbosi eroniy tillarda so‘zlashuvchi ko‘pgina xalqlar tomonidan ishlatib
kelingan.   O‘rta   fors   yozuvi   va   Parfiya   yozuvi   xuddi   shu   tariqa   paydo   bo‘lgan.
Bu   alifbo   asosida   keyinchalik   so‘g‘d   yozuvi,   xorazmiy   yozuv   va   boshqa yozuvlar paydo bo‘lgan. Eramizning YII-YIII asriga kelib bu eroniy yozuvlarni
arab yozuvi siqib chiqargan.
Bundan   tashqari   eroniy   va   O‘rta   Osiyodagi   Muqaddas   kitob   uchun   maxsus
Avesto   yozuvi   yaratilgan.   Bu   yozuv   oromiy-eroniy   yozuvi   asosiga   qurilgan
bo‘lgan.
Evropada esa,  bu erdagi tillar  uchun grek yozuvining turli variantlari, xususan,
lotin   yozuvi   qo‘llanilgan.   IX-X   asrdagi   grek   qo‘lyozma   alifbosining   yana   bir
varianti slavyan tillari uchun moslashtirilgan va shu tariqa qadimgi rus alifbosi-
kirillitsa vujudga kelgan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yozuvning kashf etilishi insoniyat tarixida
juda   katta   hodisa   bo‘lgan.   YOzuv   vositasida   inson   o‘zidan   uzoqda   bo‘lgan
boshqa   inson   bilan   aloqada   bo‘la   olgan,   shuningdek   u   yoki   bu   ma’lumotni
o‘zidan   keyingi   avlodga   qoldirish   imkoniga   ega   bo‘lgan.   Dastlab     bizning  
murakkab    va    turli –tuman    nutqimizni    tashkil    etgan      “bir    andazaga    tushgan”    
til     elementlari   alohida   ajralibchiqqunga     qadar     tovushlar     oqimini     mayda  
bo`lakchalarga,    qismlarga    bo`lish,    ularni o`zaro    taqqoslash,    ularning    farqini  
va     o`xshashligini   aniqlash   kerak     bo`lgan.   Qadimgi     Misr     yozuvida     dastlab
undosh     tovushlar     ajratilgan,     bunga     qadimgi     Misr     tilida     bir     tovushdan  
tuzilgan    logogrammalar bo`lganligi    yordam    bergan.
Birinchi     alifboni   eramizdan     oldingi     II   ming     yillikda     finikiyaliklar     yaratgan.
Bu  alifbo    22    harfdan    iborat     bo`lgan.   Harflar     faqat  
undosh     tovushlarni     yoki     undosh     va     unli       tovushlardan     tuzilgan  
bo`g`inlardan     tuzilgan.1   Chunki   finikiyaliklar     tili     semit   tillari   oilasiga  
mansub     bo`lgan.   Unda     undosh     tovushlar     asosiy     rol     o`ynagan.   so`zlarning  
ildizi     undosh     tovushlardan   tuzilgan.   Unli     tovushlar   esa   asosan     gramatik  
bog`lanishlarni     va     so`zning     shaklini     ifodalagan.   Shu     sababli     finikiyaliklar
alifbosi     yozuvning     bo`g`inli     va     harf-tovushli     tizimi     o`rtasida     oraliq  
mavqeni    egallagan. Finikiya alifbosining    rivojini    taqqoslang!
  Finikiyaliklar   alifbosidagi     belgilarning   shakli     sodda     bo`lib,     yozish     uchun   ha
m     yodlab     qolish     uchun   ham     qulaydir.   Finikiyaliklar     yozuvining     kelib     chiqis
hi     haqida   bir     qancha     fikr     bor.   Olimlar   Misr     yozuvi   ham   ossuriya,     bobil     yozu
vi   ham     kritomiken     yozuvi   ham     finikiyaliklar     yozuviga     asos     bo`lgan     bo`lishi    
mumkin,   deb     hisoblashmoqda.Har   bir     olim   o`z   nazariyasini     tasdiqlashga     urin
moqda.Biroq   biz     ucun     muhimi-Finikiyaliklar     alifbosi     yozuvning     uzoq  
rivojlanish     yo`lidagi     qonuniy   natija     ekanligidir.   Finikiyaliklar     alifbosidagi  
harflar     yunon   va     oromey     yozuvlaridan   o`zlashtirib     olingan.   Harfli-tovushli  
yozuvning    sharqiy    tarmog`i    va    Osiyodagi    tarqalgan    ba`zi    bo`g`inli    tizimlar
oromey     alifbosidan     kelib     chiqqan.   Yunon     alifbosi     g`arbiy     harfli-tovushli
yozuv     tizimilarining     beshigi  bo`lganki,     unli     va     undosh     tovushlarni  ishlatish
bu     tizimlarga     ham   xos   bo`lgan.   Qadimgi     yunonlarning   buyuk     tarixiy  
xizmatlari     shundan     iboratki,     ular     unli     tovushlarni     ajratib,     bu     tovushlar  
uchun     alifboga     maxsus     belgilar   kiritganlar.   Yunon     alifbosining     shu  
kungacha saqlanib    qolgan    asosiy ko`rinishi    shu    tarzda    namoyon bo`lgan. Bu  
jarayon     ming     yillik     yo`lni     bosib     o`tgan.   Bugunda     yozuvning     to`rt     yuzga  
yaqin     turi     ma`lum.   Lekin     hozirda     topilgan     hujjatlarning     ko`pchiligini     hali
sirlari     topilgan     emas.   Jumladan     Shumerlarning     eng     qadimgi     eramizdan  
oldingi     IV   ming     yillikning     oxiri     va     III     ming     yillikning     boshida     yozilgan  
hujjatlari     hali     jumboqligicha     turibdi.1   Bugungacha     shumerlarning     ancha  
keyinroq     yozilgan     xatlarigina     o`qilgan,   xolos.   Shumerlar     jamiyat  
taraqqiyotining     ilk   bosqichida   misrliklar   bilan   birga     turgan   va     yozuvning  
dastlabki   ijodkorlaridan     biri     bo`lgan.   Shumerlarning     ancha   keyin     yozilgan
xatlarigina   o`qilgan,   xolos.Finikiyaliklar   yozuvining   esa   qanday     paydo
bo`lganligi     bizga     shu     kungacha     noma`lum.   Biroq   bu     alifbe     miloddan  
avvalgi     1500   yillar     atrofida   vujudga     kelgan     bo`lib,   mloddan     avvalgi   1000  
yillar     atrofida   finikiya     tiliga     qardosh     til   bo`lgan     oromiy     til     uchun     ishlab  
chiqilgan     qiya   tez   yozish   shakli   (kursiv)   tarzida   butun   Yaqin   va     O`rta   Sharq  
mamlakatlariga     tarqalib,     oromiy,     yahudiylarning to`rt     burchakli, fors, barcha   “milliy”   turon     yozuvlari,     shuningdek   arab     yozuvi   kabi   sharq     yozuv  
tizimlarining    vujudga    kelishida    tamal    toshi    vazifasini    o`tadi.
        Tilshunos   D.Dringer   oromiy     yozuvi   tarixida     ikki     muhim     bosqichni  
alohida     ta`kidlab     o`tadi: 1) birinchi     davr -miloddan     avvalgi     IX – VII     asrlar.
2)   oromiy     yozuvining     “oltin     asri”,     ya`ni     bu     davrda     oromiy     tili     xalqaro  
muloqot-jahon     tili   darajasiga   ko`tarildi   va   Yaqin   Sharqning   rasmiy   tili
maqomini   oladi.   Keyinchalik ,   oromiy   yozuvi   tobora   sharqqa   tomon   keng
tarqala     boshladi,   Aho-moniylar   saltanatini   qamrab,   Turonzaminning   shimoliy
chegarasigacha etib    bordi.
2.Bugunda   arxeologlar     vatarixchi     olimlar     hamda     tilshunoslarning     yangi  
avlodi     shakllandi.   Endi   ular     qadimgi   yozuvlarni     birpastda   o`qiy     oladilar.
Moziy   qariga     kirib,   qadimgi     xalqlar   hayotiga     oid     tarixiy     voqealar     haqida
ilmiy   xulosa   bera   oladilar.   Ayni     paytda     asrlar     osha   bizgacha   etib   kelgan  
xatlar     mazmuni, o`z     sirlarini ochmoqda. Buni yana bir muhim jihati shundaki,
ayni     o`sha     zamonlardan     tilning     fonetik     tuzilishiga     ega,     ya`ni     harfli     belgili  
hamda    nutq    tovushlarini    ifodalovchi    alifbolar    shakllana    boshladi.
            Xullas,   xalqimizning   yozuv     madaniyati,     uning     tarixi,   ilk     shakllanish
davrlari,     inson   nutqini   to`liq   ifoda   etuvchi   shartli-belgi   alifbo,   ya`ni   bugungi  
tasavvurimizdagi   yozuv     madaniyati     bir     necha     ming     yillar     mobaynida  
shakllanish va    rivojlanish    davrini    bosib o`tgan.
            Markaziy     Osiyo     xalqlarining     qadimgi     yozuvlari     va     uning     ilk   o`rta            
asrlar   davri     yozuvlariga     ta`siri   masalasida   gapirish   lozim   bo‘lsa   avvalo
yozuvlar   va   ularni   davrlashtirish,   u4larni   tarix   fanlari   oldidagi   vazifasi   va   eng
asosiysi ularni qiyosiy tahlili xususida gapirish o‘rinli deb hisoblaymiz.
  “Ma`lumki,     o`zlikni   anglash,     milliy     ong   va   tafakkurning     ifodasi,     avlodlar  
o`rtasidagi ruhiy ma`naviy     bog`liklik     til orqali namoyon bo`ladi”1-deb ta`kid-
laydilar   muhtaram   Yurtboshimiz   I.A.   Karimov.   Darhaqiqat ,   ona   tili     bu   – millatning     ruhidir.   Til     esa     yozuvda     kamol     topadi.   Shu     sababli   yozuvimiz  
taqdirini,    tarixiy taraqqiyotini    o`rganish dolzarb vazifalar    sirasiga    kiradi.
Miloddan     avvalgi     1 ming     yillikdan     boshlab O`zbekiston     tuprog`ida     hududiy
to`liq     yoki qisman     bir necha yirik madaniy- tarixiy viloyatlar     joylash-gan. Bu
viloyatlar–Baqtriya, Sug`d, Xorazm, Fargona, Shosh(Choch)    hudud-laridir.
Markaziy     Osiyodagi     eng     qadimgi     xalqlarning   yozuvlari     qaysi     davrda  
shakllanganligi    haqida    aniq    ma'lumotlar    yo`q.    Ayrim    kam    sonli    topilmalar      
Qadimgi    Xorazm    sopol    idishi    sirtidagi    yozuvlar    va    saklarning      «noma`lum  
xatlari»     bu     jarayonning     millodan     avvalgi     V-IV     asrlarda     boshlanganligidan  
dalolat   beradi.     Ammo     bu     ma'lumotlar     to`liq     emas.   Markaziy     Osiyoda      
millodan    avvalgi VIII-VI asrlarga oid    hozircha    tanga    pullar,    sopol,    yog`och  
va    boshqa    buyumlarga    oid    bitilgan    yozuvlar    yoki    hujjatlar    topilmagan.
Agar     antropoliyaga   murojat     etsak,   odamlarning     to’liq     saqlangan     tana     va  
bosh     suyaklari     miloddan     avvalgi   VI   –   V   ming     yilliklarga     oid     arxeologiya  
yodgorliklarida     topib     tekshirilgan.   Qadimgi     odamlarning   suyaklari     asosida  
ularning     tashqi     qiyofalarini     qayta     tiklab     o’rganish   mumkin     bo’lsa     ham,
ammo    ularning    tillari    bizga    noma’lumligicha    qolgan.
O’zbekiston     tarixining     juda     katta     davri     (bir     necha yuz     ming     yillar) yozma  
manbalarsiz,   arxeologiya     va     antropologiyaga     oid     manbalarga     tayangan  
holda     o’rganiladi.   Qadimgi     Sharq     yozma   manbalaridan   (Hind,   Ossuriya   va  
Eron     manbalari) ma’lumki, miloddan     avvalgi     II ming     yillikning     o’rtalari va  
oxirlari   (bronza     davri)   –   Markaziy     Osiyo,   Afg’oniston,   Hindiston     va     Eron  
tarixi – hind-eron    qabilalari    yoyilishi    bilan    bog’liq    bo’lgan.
Dastavval, hind-eron    qabilalari    juda    keng    hududda – Volga, Ural    va    Janubiy    
Sibir    oralig’idagi    yerlarda    yashaganlar.
Antropolog T.Q.Xodjayov fikriga    ko’ra, bronza    davrida Markaziy    Osiyo-ning    
janubiy     viloyatlarida     baland     bo’yli,   boshi     cho’zinchoq,   yuzi     tor     irqning  
vakillari     tarqalgan.  Hududimizning     shimoliy     dasht     va     cho’l     qismida     janub   aholisidan    farq    qilgan boshi    dumaloq, yuzi    juda    keng    va cho’ziq    bo’lmagan    
qabilalar   yashagan.   Janubiy     qiyofali     odamlar   O’rta   Yer   dengizi     irqining  
vakillari     deb   ataladi.Ular   Old     Osiyo,   Mesopotamiya,   Eron,   Afg’oniston,
Markaziy     Osiyo-ning     janubi,   Hindiston     kabi     katta   geografik     hududga  
yoyilganlar.   Shimoliy     qiyofali     odamlar     Janubiy     Sibir     hududidan     to  
Qozog’iston, Markaziy     Osiyoning     shimoli-sharqiy     qismida, Ural, Volga bo’yi
yerlarigacha    tarqalganlar.
Bronza     davrida     Markaziy   Osiyo   hududida   qadimgi     janubiy     va     shimoliy  
qiyofadagi    odamlar    vakillarining    qo’shilishi    jarayoni    boshlanadi. Shu    davrga
kelib     o’lkamizda     yashab     o’tgan     bronza     davri     qabilalari     yurtimizning  
qadimgi    xalqlariga    asos solganlar
O’zbekistonda   joylashgan   shu   xalqlarning     vakillari   –   so’g’dlar,   baqtriy-liklar,
xorazmiylar va     saklar haqida ayrim ma’lumotlar qadimgi yozma     manba-larda  
saqlangan.   Dastlabki     manbalar     kam     hamda     ma’lumotlar     aytarli     to’liq  
bo’lmasa     ham          ular          qadimgi          madaniy    ,   iqtisodiy,   ijtimoiy     va   siyosiy  
jarayonlarni    o’rganishda    katta    ahamiyatga    egadir.
Dastlabki     Yunon   va     Rim     tarixchilarining     Eron,   Hindiston     va     Markaziy  
Osiyo viloyatlari    haqidagi    tarixiy asarlarida bergan ma`lumotlariga tayanib, bu    
hududda     yashagan     xalqlarning     madaniyati,   turmushi     haqida   ba`zi     bir  
ma`lumotlarga    ega    bo`ldik.
Ta`kidlash     o`rinliki,   dastlabki     yozuvlar     tashqi     shaklining     takomillashuvi,
alifbo   tuzilishi     qonunlari   va   tillarning   ichki     mazmuni     ko’p     tomondan  
noma’lum   bo’lib,   yaxshi   o’rganilmagan.   Bu   jarayonni   aniqlash     uchun     juda
ko’p     manbalarga   asoslanish     lozim.   Afsuski,   Markaziy     Osiyoda     miloddan  
avvalgi   VII   –   VI   asrlarga     oid   (yoki     bu   sanadan   ham   qadimgi)   tanga     pullar
(tanga   yozuvlari),   sopol,   yog’och   va   boshqa   buyumlarga   bitilgan     yozuvlar  
yoki    hujjatlar    topilmagan. Albatta,   yuqorida     ko’rsatilgan     davrda   yurtimiz     shaharlarida     tanga     pullar  
zarb    etilmagan, chunki    xuddi    shu    paytda    (miloddan    avvalgi VII – VI asrlar)
eng     qadimgi     tangalar     dastlab     Kichik Osiyoda (Lidiyada)     vujudga     keladi.Bu  
haqida    yunon    tarixchisi Gerodot o`z    asarida    yozib    qoldirgan. Bundan    oldingi
asrlarda     esa   savdo-sotiq     munosabatlarida   pul     vazifasini     kumush     va     oltin,
qimmatbaho     buyumlar     va     yaltiroq   toshlar,   don   va   chorva     mahsulotlari  
bajargan. Miloddan     avvalgi   III  –  II  asrlarda     Markaziy     Osiyoga     oid     ko’plab  
tangalar     topilgan     bo’lib,   ular   o’lkamiz     tarixini   o’rganish     uchun     katta
ahamiyatga     ega.   Bundan     tashqari     to   o’rta     asrlarga   qadar     yetib     kelgan
ko’plab     noyob     yozuv     yodgorliklari   tosh,   sopol,   kumush,   yog’och,   charm   va
qog’oz buyumlariga bitilgan turli xil ma’lumotlardan    iboratdir1.
Markaziy     Osiyoda   alohida     xalqlarning     shakllanishi     va   etnik     hududlarning  
ajrala     boshlashi     miloddan   avvalgi     IX   –   VIII   asrlarga     oid     bo’lishi     mumkin.
Bu    masalani    o’rganish    juda    murakkab    muammo bo’lsa ham, shubhasiz, aytib    
o’tish     kerakki,   miloddan   avvalgi     VI   asrning   ikkinchi     yarmida     Erondagi  
Ahamoniylar    sulolasi    podsholarining    yurtimizga    yurishlari    boshlanganda    bu    
xalqlarning     ajrala     borish     jarayoni     butunlay     tugagan   va     turli     xalqlarning  
hududiy     joylashuv     chegaralari,   viloyatlarning   ma’muriy     chegaralari  
ahamoniylardan     ancha     oldingi     davrlarda     paydo     bo’lgan.Yozma   manbalarga
ko’ra,  ahamoniylar   alohida     Baqtriya     xalqiga  yoki  saklar  yurtiga qarshi   harbiy
yurishlarni boshlaganlar.Demak, Markaziy Osiyo viloyatlari va xalqlari haqida,
ularning   hududiy   joylashuvi   va   ayrim   viloyatlarning     chegaralari     haqida  
Eronda turli    ma’lumotlar    to’plangan    edi.
“Avesto”    tili.
Miloddan     avvalgi     I ming     yillikning     birinchi     yarmida     yurtimizda joylashgan  
turli     xalqlar   qadimgi     sharq-eroniy     tillar     shevalarida   gapirganlar.   Ularning  
etnik     qiyofasi     va     so’g’dlar,   baqtriylar,   xorazmiylar     va     saklar     qarindosh  
xalqlar   bo’lib,   bir-birlarini   yaxshi     tushunganlar.   Ayniqsa,   dehqonchilik     bilan mashg’ul   bo’lgan,   o’troq     xo`jaligiga     oid     aholining     moddiy     va     ma’naviy  
madaniyatida    ancha    o’zgarishlar    bo’lgan.
Qadimgi     sharq-eron     tillarni     o’rganishga     oid     katta     ilmiy     adabiyot
mavjud.   Ushbu tillar         guruhini        Avesto    tili, so’g’dlar, xorazmiylar    va    baqtriylar    
tillari    tashkil    qilgan.
Milloddan   avvalgi   1   ming     yillikning     1-yarmida     yurtimizda     joylashgan     turli  
xalqlar     qadimgi     sharq   -   eroniy   tillar     shevalarida     gapirganlar.     Bu   xalqlar   :  
tigra     xauda,     taray     dara     taraya,     xouvamarga     qabilalaridir.     Maskur     xalqlar  
nomlari     Dora 1 ning     qoyatosh     yozuvlarida     tilga     olingan. Ushbu     xalqlar     til  
guruhini     «Avesto»     tili     sug`dlar,     xorazmiylar     va     baqtriylar     tillari     tashkil  
qilgan.     «Avesto»     -     zardushtiylik     dinining     muqaddas     kitobi     bo`lib,     shu  
dindagi     xalqlarning     shariat     qonunlari     majmuidir.     Dastlabki     «Avesto»     tili  
oromiy     tilda     yozilganmi,     bu     noma’lum.     Ma'lumotlarga     qaraganda,     21     ta
kitob     (nasx)     dan     iborat     bu     kitob     zamonamizgacha     yetib     kelgan.     «Avesto»  
qismlari     millodning     III-VII     asrlarda     tahrir     qilingan.     «Avesto»   boblari
«pahlaviy»   -     o`rta     fors     alifbosi     asosida     48     ta     belgili     yozuvdan     iborat.1  
«Avesto»     «Apasta»     yoki     «Asos»     deb     tarjima     qilingan.     «Avesto»     tili  
eroniylarning     eng     qadimgi     shevalardan     biri     bo`lgan,     qadimgi     fors     tiliga  
nisbatdan     ancha     oldingi     bosqichda,     milloddan     avvalgi     II     ming     yillikning  
oxiri   –   I     ming     yillikning     boshlarida     paydo     bo`lgan.   (Muammoli     vaziyat
yuzaga keltiriladi    va   slayd    taqdim etiladi)
Abu   Rayhon     Beruniyning   «Qadimgi     xalqlardan     qolgan     yodgorliklar»
kitobida     «Aleksandr     Makedonskiy     tomonidan     yurtimiz     bosib     olingach     u    
12     ming     nasxdan     iborat     oltin     suvi     bilan     yozilgan     kitoblarni     tog`     qilib  
uyib     yo`ib     yuborgan»     degan     ma'lumotlar     keltirilgan.   Tarixiy     ma'lumotlar  
shunga     aniqlik     kiritdiki,     «Avesto»     Sosoniylar     (     III     asr)     davrida     qayta  
tartibga    keltirilgan    va     22    ta    alifboga    moslashtirilgan.    (Xisrav 1    Anushirvon    
millodiy     531-579     y).     «Avesto»ni     matnlarini     yozib     olish     maqsadida     48  
belgidan     iborat     alifbo     hamda     3     ta     maxsus     qo`shma     belgilar        kiritilgan .Bizgacha   «Avesto»ning   «Yasht»,   «Yasna»,   «Vidavdod»,
«Visparad»,-«Xurdaki     Avesto»     kitoblaridan     parchalar     saqlanib     qolgan.  
Avestoning     «Yasht»   kitobini     M.   Is’hoqov,     «Gohlar»     kitobini     Rustam  
Abdukomilov     o`zbekchaga     o`girib,     tadqiqot     qilib     kelmoqda.         «Yasht»  
kitobida     milloddan     avvalgi     XIII-   X   asrlardagi     (bronza     davri)     yirik  
patriarxal     oila     tasvirlangan.     Eron     olimlaridan     Ibrohim     Pur     Dovudning  
«Avesto»     forscha     nashri     ham     dunyo     yuzini     ko`rgan.   “Avesto”ni     birinchi  
bo`lib     XVIII     asrda     fransuz   olimi     Anketil     Dyuperon     tomonidan     tarjima  
qilingan.    Uni    qo`lidagi    qo`lyozma        XIII    asrga    oid    bo`lgan.    Birinchi    galda  
«Avesto»     zardushtiylar     jamiyatining     o`ziga     xos     axloq   –   odob     majmui  
ekanini     e'tirof     etish     lozim.   Uning     mohiyati     quyidagi     3     tamoyilda  
ifodalangan:  ezgu  fikr,  ezgu     so`z,     ezgu     amal.  Zardushtiylar     tasavvuri     mana  
shu   3     tamoyilga   to`liq     bo`ysingan,     amal     qilgan     inson   –   barkamollikning  
yuksak    pog`onolariga    ko`tarilgan.1
«Avesto»da     eng     qadimgi     viloyatlarning     nomlari     Yasht     kitobining  uchinchi  
va    Videvdatning    birinchi    bobida    sanab    o’tilgan. Yasht    ro’yxatidagi    birinchi    
mamlakat     eroniy     qabilalarning     vatani   –   «Aryonam     Vayjon»   yoki  
«Ariylarning     sayha     yerlaridir».   U     yurtda   ko’p     yaylovlarga   ega     baland  
tog’lar,   keng     daryolar     va     chuqur     ko’llar     bo’lgan.   Keyingi     mamlakatlar   –
Porutu, Iskata, Mouru, Gava, So’g’da, Xvarizam.
Yasht     ariylarning     yerlari     haqida     quyidagicha     e’lon     qiladi:   «U  
mamlakatning    jasur    sardorlari    ko’pdan – ko’p    harbiy yurishlar    qiladi. Uning  
keng     yaylovlarga     ega,   suvga     serob     tog’larida     chorva     tinch     o’tlov     va  
yemish     bilan     ta’minlangan,   bu     yerdagi     sersuv     chuqur     ko’llar     to’lqinlanib  
turadi, kema     qatnaydigan     keng     daryolarning     oqimi     va     Xvarizam     tomoniga  
toshib     intiladi».   Videvdat     kitobiga   ko’ra,   zardushtiylarning     ulug’     va  
donishmand     xudosi     Axuramazda     payg’ambar     Zaratushtraga     bunday     xabar  
qiladi:   «O,     Spitama     Zaratushtra,   yashaydigan     joylarga,   bu   yerlarda     baxtlik  
qancha     kam     bo’lsa-da, tinchlik     tortiq     qildim. Birinchidan, odamlar     yashashi   uchun     eng     yaxshi     mamlakatni,   Vanxvi     Datyo     daryosidagi     Aryonam  
Vayjoga     asos     soldim.   Ikkinchidan,   men,   Axuramazda,   eng     yaxshi  
mamlakatlar     va     o’lkalardan     bo’lgan     Gava     So’g’da   makoniga     asos     soldim.
Uchinchidan,   men     Axuramazda,   eng     yaxshi     mamlakatlar     va     o’lkalardan  
bo’lgan    qudratli    Mouruga    asos    soldim
To’rtinchidan,   men     Axuramazda,   eng     yaxshi     mamlakatlar     va     o’lkalardan  
bo’lgan, Baland    bayroqli    go’zal    Bahdiga    asos    soldim»   1.
Videvdatning     birinchi     bobida     sanab     o’tilgan     mamlakatlar     Yasht     viloyatlari  
ro’yxatidan    ancha    farq    qiladi: Aryonam    Vayjo, Gava, Mouru, Bahdi, Nisayyo,
Ar’yo,   Vaekereta,   Urva,   Xnanta,   Raga,   Chaxro,   Varna,   nomsiz     yetti     Hind  
viloyatlari    va    Ranxa    daryoi    boshlaridagi    mamlakat.
«Avesto»   eng     qadimgi     mamlakatlar   –   Markaziy     Osiyo     va     O’rta     Sharq,
Afg’oniston,   Eronning     shimoli   –   sharqiy     hududi     bilan   bog’lanadi.   Aryonam  
Mayjo     mamlakatini   –   bu     keng     hududda     joylashgan   o’lka   deb     tushunish  
mumkin.   U     yerdagi     baland     tog’lar   –   Pomir,   Hindiqush,   Hisor,   Tangritog’
(Tyonshon), chuqur     ko’llar  – Kaspiy,  Orol, Balxash, Issiqko’l, keng     daryolar  
Amudaryo    va Sirdaryo    deb    faraz    qilinadi.
Videvdatning     maxsus     bobida     Aryonam     Vayjo     Vanxvi     Dat’yo     (Datiya)  
daryosi     havzasida     joylashgan     deb     e’lon     etilgan.   «Qish     u   yerda     o’n     oy       
davom          etadi    ,   yoz   –   ikki     oy.   Qish     oylarining     suvlari     sovuq,   yerlari     sovuq,
qishning    oxirida    u    yerda    katta    toshqin    suv    paydo    bo’ladi».
Aryonam     Vayjonning     geografik     chegaralari     to’g’risida     «Avesto»da     aniq  
ma’lumotlar     yo’q.  Aryonam     Vayjo     iqlimi     baland     tog’li     viloyatlar   tabiatiga  
yaqin     bo’lib     ko’rinadi.   Vanxvi     Dat’yo     (Datiya,   Daiti)   daryosi     bizga  
noma’lum bo’lib, u    haqida – bu yirik    sersuv    daryo    deb    faraz    qilish    mumkin
(ba’zi    olimlar    fikriga    ko’ra    Amudaryo). «Avesto»   da     tilga     olingan     yana     bir     keng     sersuv     daryo   –   Ranxa,   olimlar  
fikriga     ko’ra,   Sirdaryo     bo’lishi     mumkin.   Qadimgi     Yunon     tarixshunoslari  
ma’lumotlariga    qaraganda, Ra    daryosi    skif    tilida – bu    Volga    daryosidar.
«Avesto»ning     boshqa     daryolari     Zarnumat,   Vitanxuxat,   Franzdan     bizga  
noma’lum bo’lib    qolgan. Zarnumat    daryosi «oltinli» deb    tarjima    qilinadi. Bu  
tushuncha    Zarafshon    nomida    ham    saqlangan. Yozma manbada    tilga    olingan  
ko’llarning     (Chaychast,   Vorukash,   Kansava,   Pishin)   hududiy   joylashuvi  
haqida     aniq     xabar     berish     juda     ham     og’irdir.   I.   M.   Steblin   –   Kamenskiy
fikriga     ko’ra,   Chaychast     nomi   –   Choch,   Vorukash   –   Balxash,   Kansava   –
Erondagi     Xamun     ko’li     bo’lishi     mumkin.2   Tog’lar     haqida     «Avesto» bunday  
xabar     qiladi:   «Dunyoda,   o     Spitama     Zaratushtra,   ikki     ming     ikki     yuz     qirq  
to’rt     tog’     bor». Shular jumlasidan     Xaara     (Xarati), Ardaz, Ushida, Ushidarna,
Erzif,   Erezur,   Raaodita,   Mazishva,   Antar   Daxiyo,   Erzish,   Vatigaysa,   Adarana,
Xamonkun,   Vashan,   Vidvan     va     boshqalar     Yashtning     o’n     to’qqizinchi  
bobida    tilga    olingan   3.
Eng     baland     ariylarning     muqaddas     tog’i   –   Xaara     hisoblangan.   Uning  
tizmasida    va    yana    bir    guruh    boshqa    tog’larda    (Adarana, Bayona, Iskata) qor    
kam     erigan.   Ularning     baland     cho’qqilari   qor     va     muzga     aylanib     sovuq  
bo’lgan.   Ularga   o’xshagan   tog’lar   Tang’ritog’,   Pomir     va   Hindikush  
tizmalarida    joylashish    mumkin edi.
«Avesto»dagi     mamlakatlar     nomlari     qadimgi     fors     tilida     yoritilgan  
ahamoniylar   davri    mixxatlarida    va    qadimgi    Yunon    tarixshunoslari    asarlarida    
takror     etilgan.
Qadimgi    Xorazm    tili    va    yozuvi.
Markaziy     Osiyo     xalqlarining     eng     qadimgi     yozuvi     bu     xumning     sirtida  
tasvirlangan     Xorazm     tilidagi     qisqa     yozuvdir.     U     Katta     Ayirbuyir     qal'a  
shahar    xarobasida    topilgan.    Arxeologik    ma'lumotlarga    qaraganda    bu    yozuv   milloddan     avvalgi     V-IV     asrlarga     tegishlidir.     Millodan     avvalgi     IV   –   III  
asrlarga     oid     yana     bir     qadimgi     Xorazm     yozuvi     Quyqirilgan     qal'a  
xarobasida     topilgan     sopol     idishning     sirtida     saqlangan.     Bu     yagona     so`z
bo`lib,     «Asparak»     otliq,     chavandoz     so`zidan     iborat.     Xorazm     yozuvida     20  
belgi     ishlatilgan.Bu   yozuv   belgilarini   rus   olimi   Livshis   va   qoraqalpog`istonlik
qadimshunos   M.Mambetullayev   tadqiq     etgan.   Qadimgi   Xorazm     yozuvi  
oromiy    alifbosiga    asoslangan.  Oromiylar – millodan     avvalgi     I   ming  
yillikning     boshlarida     Mesopotamiya     (ikki     daryo     oralig`i     hududida  
joylashgan     qadimgi xalqdir.     Milloddan     avvalgi     VI-IV          asrlarga          kelib    ,     22     ta  
xarfdan     iborat     bo`lgan     oromiy     alifbosi     O`rta     Sharqning     idora   qilish,     ish  
yurituvchi    va    ma'muriy    tili    vazifasini    bajargan.
            Bundan   tao‘qari,   biz   qiyosiy   tahlil   etishni   ixtiyor   qilgan   yana   bir   qadimiy
manba     Xorazm     tili     va     yozuvi   bo‘lib,   bu   yozuv   xronologik     jihatdan
shakllanishi miloddan    avvalgi      IV    asr    oxiri–III    asrning    boshlarida    Qadimgi  
Xorazm  davlatining     tashkil     topish     davriga     to`g`ri     keladi. Yozuv     tizimining  
mavjud     bo`lishi     va     rivojlanishi   miloddan     avvalgi   IV   asrdan     milodiy     XI  
asrlarni     qamrab     olgan.Yozuvlarning     aksariyati     VI-VIII   asrlardagi     kumush  
qadahlardagi     yozuvlardan,   To`qqal`a     qabristonidan   topilgan   ossuariylardagi
yozuvlardan, Giyour Qal`adagi    (Mizdaxkon)    yozuvlaridan tashkil    topgan.
Akademik     S.P.Tolstov     va     akademik     Yahyo     G`ulomov     Xorazm  
tangalarini   o`rganish     asosida     bu     yozuvni     alifbosini     qayta     tiklashga     urunib  
ko`rganlar.
Qadimgi   turkiy   tillar   —   turli   turkiy   xalqlar   yozma   yodgorliklarida   saqlangan,
lekin   hozirgi   kunda   aloqaaralashuv   vazifasini   yo qotgan   tillarni   bildiruvchiʻ
shartli   atama.   Bu   tillar   amal   qilgan   vaqt   chegarasi   ancha   katta   davrni   qamrab
oladi.
Qadimgi turkiy tillart.ning eng qadimiysi urxunenisey (turkrunik)  yodgorliklari
tili   bo lib,   uning   adabiy   varianti   7—9-asrlarga   to g ri   keladi.   Runik   bitiklar	
ʻ ʻ ʻ Sharqda Lena daryosidan G arbda Dunay daryosigacha bo lgan ulkan hududdanʻ ʻ
topilgan. Eng yirik bitiklar Urxun va Yenisey daryolari havzalarida aniqlangan.
Urxun   bitiklari   dastlab   1893-yilda   V.Tomsen   va   V.V.Radlovshr   tomonidan
o qilgan   (qarang	
ʻ   Urxunenisey   yezuvi ).   Umumiy   runik   tilning   shakllanishiga
o g uz   qabilalarining   tili   asos   bo lgan.   Adabiy   til   sifatida   runik   tildan   turli
ʻ ʻ ʻ
qabilaurug lar   va   ijtimoiy   tabaqalar   foydalangani   tufayli   ma lum   darajada	
ʻ ʼ
vazifaviyuslubiy   va   mintaqaviy   variantdorlikka,   muayyan   ishlanganlik,
me yoriylikka ega bo lgan.	
ʼ ʻ
Uyg urlar   9-asrda   Turfon   (Sharqiy   Turkiston)   hududiga   ko chib   kelganlaridan
ʻ ʻ
keyin o z adabiy tilini yaratganlar. Uning asosini  barcha turkiy qabilalar uchun	
ʻ
umumiy   bo lgan   va   uyg urlar   ham   foydalanib   kelgan   runik   til   tashkil   etadi.	
ʻ ʻ
Unga   hozirgi   uyg ur   tiliga   yaqin   bo lgan   Turfon   shahri   shevasi   elementlari	
ʻ ʻ
qo shilib,   uyg ur   yozma   manbalarida   "turk   uyg ur   tili"   deb   ataladigan	
ʻ ʻ ʻ
strukturaralash   til   paydo   bo lgan.   Uyg urlar   runik   alifbodan   tashqari,   sug d   va	
ʻ ʻ ʻ
shu   asosda   yaratilgan   uyg ur   yozuvidan,   moniy   (manixey)   va   brahmi	
ʻ
yozuvlaridan   foydalanganlar.   V.V.Radlov   qadimiy   uyg ur   adabiy   tili   8—   9-	
ʻ
asrlar  oralig ida to liq shakllangan  va keyinchalik  ibodatxonalarda  o zgarishsiz	
ʻ ʻ ʻ
qo llanib kelgan, deb hisoblaydi.	
ʻ
S.Ye. Malovning topilmalari esa  uyg ur yozuvi  19-asr  boshlarigacha Ganchjou	
ʻ
uyg urlari orasida ishlatib kelinganini tasdiqlaydi.	
ʻ
Qad.   turkiyzabon   elatlarga   yaxshi   ma lum   bo lgan   qadimgi   uyg ur   tili   bir	
ʼ ʻ ʻ
qancha   adabiy   tillarni   shakllantirishda   asos   vazifasini   o tagan.   Mas,   11   —12-	
ʻ
asrlarda   uning   ta siri   ostida   qoraxoniylarning   musulmon   davlatida   (markazi	
ʼ
Qashg ar shahri) shu davlatning "qoraxoniyuyg ur tili" deb ataluvchi o z adabiy	
ʻ ʻ ʻ
tili   shakllangan.   Ushbu   tilning   uyg ur   asosi   yana   shunda   ko rinadiki,   ba zi	
ʻ ʻ ʼ
asarlarni   yaratishda   arab   alifbosi   bilan   bir   qatorda   uyg ur   alifbosidan   ham	
ʻ
foydalanilgan.   "Qoraxoniyuyg ur"   atamasi   unchalik   to g ri   emas;   o rta   asr	
ʻ ʻ ʻ ʻ
mualliflari boshqacha nomlardan foydalanganlar: Yusuf Xos Hojib uni "Bug ro	
ʻ xon tili", Mahmud Koshg ariy "xoqoniy tili", Ahmad Yugnakiy esa "koshg ariyʻ ʻ
til" deb atagan.
13—14-asrlarda Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan hududda (Xorazm bilan
birga)   va   Oltin   O rda   hududida   Sharq   manbalarida   xorazmiyturk   i   y   deb	
ʻ
ataluvchi   adabiy   til   paydo   bo ladi.   Xorazmning   11   —12-asrlardagi   adabiy   va	
ʻ
ilmiy   hayotida   faol   qatnashgan   o g uz   va   qipchoq   qabilalarining   tillari   mazkur	
ʻ ʻ
adabiy   tilning   asosini   tashkil   etadi.   Ushbu   davrdagi   asarlarning   an anaviy	
ʼ
o g uzuyg ur   qismi   qoraxoniylar   davridagi   tilning   barcha  unsurlarini   to liq  aks	
ʻ ʻ ʻ ʻ
ettira   olmaydi.   Unga   qipchoq   tillariga   xos   ko plab   yangi   unsurlar   qo shilgan.	
ʻ ʻ
Garchi   bunda   uyg ur   tilining   hissasi   katta   bo lmasa   ham,   o sha   davr	
ʻ ʻ ʻ
yodgorliklarida uning ta siri grafikada saqlanib qolgan: bir qancha yodgorliklar	
ʼ
uyg ur alifbosida yozilgan edi. O rta asr turkiy adabiy tillari tarixidagi eng katta	
ʻ ʻ
va ahamiyatli  davr eski  o zbek tili  (ba zi  adabiyotlarda, manbalarda "chig atoy	
ʻ ʼ ʻ tili"   deb   noto g ri   ataladi)   davridir.ʻ ʻ
Yuqorida   sanab   o tilganlardan   tashqari   boshqa   geografik   mintaqalar:	
ʻ
Kavkazorti, G arbiy Osiyo, Volgabo yi, Misrda tarqalgan Qadimgi turkiy tillart.	
ʻ ʻ
ham ma lum. 	
ʼ Ushbu tillar o zaro bironbir yagona an ana bilan bog lanmagan va	ʻ ʼ ʻ
ularning ta sir doirasi ham Markaziy va O rta Osiyodagi til guruhlariniki singari	
ʼ ʻ
keng   emas.   Bular   quyidagilardir:   G arbiy   Osiyo   va   Kavkazortida   13—14-	
ʻ
asrlarda arab grafikasida yaratilgan saljuq yodgorliklari tili (jan. o g uz guruhiga	
ʻ ʻ mansub   hozirgi   tillarga   yaqin);   Misr   va   Suriyada   13—14-asrlarda   arab
grafikasida   yaratilgan   qipchoq   yodgorliklari   tili   ("mamlukqipchoq"   deb   ham
ataluvchi   bu   til   shim.   qipchoq   guruhiga   mansub   hozirgi   tillar   bilan   umumiy
belgilarga   ega);   Volgabo yida   13—   14-asrlarda   arab   grafikasida   bitilganʻ
qabrtosh yozuvlari  tili  ("bulg or tili" deb ham  ataluvchi  bu til an anaviy tarzda	
ʻ ʼ
hozirgi chuvash tiliga yaqin deb hisoblanadi).
Turkiy tillardagi qadimiy yodgorliklar ichida adabiy tilni emas, balki so zlashuv,	
ʻ
sheva   tillarini   ifodalovchi   yodgorliklar   ham   bor:   lotin   grafikasida   bitilgan
qipchoq   tili   yodgorligi   "Soyex   Siptashsiz"   (13—14-asrlar)   va   arman   yozuvida
qipchoq tilida bitilgan qozilik hujjatlari (KamenetsPodolsk, 15—17-asrlar).
Shunday   qilib,   Qadimgi   turkiy   tillart.   2   xil:   adabiy   va   og zakiso zlashuv	
ʻ ʻ
(dialektal)   tillarni   o z   ichiga   oladi.   Adabiy   tillar,   o z   navbatida,   2   ga:   keng	
ʻ ʻ
makonda   tarqalgan   va   uzoq   vaqt   amalda   bo lgan   tillar   (Markaziy   va   O rta	
ʻ ʻ
Osiyoda) hamda kichik hududlarda tarqalib, o zaro yagona an ana bilan bog liq
ʻ ʼ ʻ
bo lmagan   tillarga   bo linadi.   Og zakiso zlashuv   va   dialektal   turdagi   tillarda	
ʻ ʻ ʻ ʻ
yaratilgan  yodgorliklarga  qaraganda  adabiy Qadimgi   turkiy  tillart.da  yaratilgan
yozma   yodgorliklar   miqsori   anchagina   ko p.   Bu   nomutanosiblik,   birinchidan,	
ʻ
turkiy   elat   va   xalqlardagi   tarixiy,   ijtimoiy   va   madaniy   jarayonlarning   jadalligi
bilan   bog liq   bo lsa,   ikkinchidan,   turkiy   xalklar   davlat   tuzilmalarining	
ʻ ʻ
rivojlanish darajasi hamda ularning yuksak darajadagi kitobiy savodxonligi bilan
bog liqdir.	
ʻ
Qadimgi   turkiy   tillart.ning   va   umuman   turkiy   tillarning   o rganilishi,   ularning	
ʻ
ayrim   fonetikgrammatik   xususiyatlari   haqida   q.   Turkiy   tillar,   Turkiyshunoslik,
Eski o zbek tili.	
ʻ    Foydalanilgan  adabiyotlar:
Viktor    Drachuk..   Yozuvlar    o`tmish    sirlari    shohidi.T. “O`zbekiston. 1980.
Kobrin   V.B.,   Leonteva   G.A.,   SHorin   P.A.,   Vspomogatelnie   istoricheskie
dissiplino‘, M., Prosveshenie, 1984.
Sagdullaev    A. Qadimgi O`zbekiston ilk    yozma    manbalarda. T. 1996.
  Dyakonov I., Istoriya pisma, perevod s nemetskogo, M., 1979
Iogannes F., Istoriya pisma, M., Nauka, 1980

Mavzu:O’rta Osiyo hududida ilk yozuvning paydo bo’lishi va turkiy bitiklar. Reja: Kirish. 1. Kishilik jamiyatining rivojlanish zamini - tarix . 2. Logografik yozuv . 3. “Avesto” tili. Xulosa. Foydalanilgan adabiyot.

Kishilik jamiyatining rivojlanish zamini - tarix , o‘tmish va uning tajribalari hisoblanishi. Har bir davrda o‘tmishga, tarixga e’tibor kuchayishi. Uni haqqoniy, ob’ektiv yoritish kunning dolzarb masalasiga aylanganligi. Markaziy Osiyodagi ilk yozuvlar va ularning o‘rganilishi. Yozma yodgorliklarda tadqiqot ishlari olib borilishi. Tarixiy tadqiqotchilik O‘rta Osivoda juda ham qadimdan boshlanganligi. Xorazmlik mashhur olim Beruniyning fikrlari, arab istilochilari O‘rta Osiyodagi mahalliy olimlarni yo‘qotibgina qolmay, mahalliy til va mahalliy yozuvdagi asarlarni ham yo‘q qilib, yondirib yuborganliklari. Shu sababli eng qadimgi zamonlarda yozilgan asarlar saqlanmaganligi. Tayanch so‘z va iboralar: Qo‘lyozma manbaning tashqi belgi-xususiyatlar, paloyos, qo‘lyozma, nasx, nasta’liq.kufiy yozuvi, epigrafika, sfragistika, numizmatika, xronologiya. Insoniyat tarixida yozuv juda qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ibtidoiy jamoa davrida odamlar o‘z fikrlari. xohish-istaklarini, biror voqea-hodisa haqidagi xabarni turli xil narsa-predmetlar yordamida ifodalaganlar (etkazganlar). Lekin bu hali yozuv hisoblanmas edi. Ma’lum muddat vaqt o‘tganidan keyin u yoki bu fikrni bildira oladigan shartli belgilar paydo bo‘lgan. Bu shartli belgilardan keyin biz yozuv deb ataydigan va ma’lum tizimga ega bo‘lgan belgilar vujudga kelgan. Eramizdan avvalgi to‘rtinchi ming yillikda Arabiston yarim orolidagi qadimgi davlatlar hududlarida misr va shumer yozuvlari paydo bo‘lgan. Ikkinchi ming yillikning boshlariga kelib, O‘rta Er dengizi qirg‘oqlarida ossuriylar va bobiliylar yozuvi shakllangan. Hozirgi Hindistonning SHimoliy qismi va Old Osiyo hududlarida esa hind yozuviga asos solingan. Undan ham keyinroq, yozuvning g‘arbiy-somiy tizimi vujudga kelgan. Umuman, insoniyat tarixi yozuvning to‘rt qadimiy turini biladi: 1. Piktografik yozuv. Bu istiloh lotincha «piktus»-rasm, surat; «grafo»- yozaman qismlaridan iborat bo‘lib, rasm yozuv demakdir. Bu yozuvning dastlabki shakllari mezeolit va neolit davrida paydo bo‘lgan. Odamlar o‘z

fikrlarini, his-tuyg‘ularini, xohish-istaklarini turli rasmlar, suratlar orqali bir- birlariga etkazganlar. Odamlarning o‘zi chizgan bu suratlar harbiy yurishlar, urushlar , to‘qnashuvlar, majburiyatlar, ultimatumlar, sevgi-muhabbat borasidagi xabarlarni bir joydan ikkinchi joyga etkazish uchun xizmat qilgan. YOzuvning bu turi juda katta hududda va uzoq muddat ishlatilgan. Lekin yozuvning bu turida konkret narsa-hodisa to‘g‘risidagi xabar oson etkazilgan bo‘lsa-da, abstrakt (mavhum) tushunchalarni etkazish uchun bu yozuvdan foydalanish qiyin bo‘lgan. SHu sababli yozuvning bu turi insonning talabiga to‘la javob bera olmagan. Lekin shunga qaramay, piktografik yozuvning ayrim shakllari hozirgacha saqlanib qolgan. Masalan, darvoza tepasiga qo‘yilgan itning surati hovlida qopag‘on it borligining belgisidir. Transformator budkasi devoridagi kalla suyagi rasmi xatarning mavjudligiga ishoradir. Katta qilib ishlangan barmoq surati harakat yo‘nalishini bildiradi va hokazo. Vaqt o‘tishi bilan piktografik yozuv o‘rnini undan mukammalroq va murakkabroq bo‘lgan logografik yozuv egallagan. 2. Logografik yozuv. Bu istiloh lotincha «logos» - so‘z, mantiq va «grafo» - yozaman so‘zlaridan shakllangan. Jamiyat rivojlanishda davom etar ekan, har bir predmet yoki har bir tushuncha shu predmet yoki tushunchaning surati yordamida ifodalana boshlagan. Demak, yozuvning bu turida ifodalangan shakl bilan ifodalanishi kerak bo‘lgan predmet yoki tushuncha o‘rtasida mantiqiy bog‘liqlik mavjuddir. SHuning uchun bu yozuv logografik yozuv deb nom olgan. Bu yozuvda masalan, ikkita qo‘lning surati «jangchi», «askar» ma’nosini ifodalagan. Agar bir qo‘lda qalqon, ikkinchi qo‘lda nayza surati bor bo‘lsa, bu «jang» yoki «jang qilmoq» so‘zlarini bildirgan. «Ko‘rmoq» fe’lini bildirish uchun ikkita ko‘z surati xizmat qilgan. «Baxillik», «ochko‘zlik» ma’nosini timsohning surati bildirgan. Bitta oyoqning rasmi «qadam tashlamoq» ma’nosini ifodalasa, ikkita oyoqning surati «yurmoq», «bormoq» ma’nolariga to‘g‘ri kelgan. YOzuvning bu turi ideografiya deb ham ataladi.

Logografik yozuvning kamchiligi shundan iboratki, bu tur yozuvni hamma ham bilavermagan. Undan asosan ruhoniylar, davlat tepasidagi amaldorlar, mutaxassislar, kotiblar va xattotlar xabardor bo‘lishgan. 3. Bo‘g‘in yozuvi. Eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillikning o‘rtalarida va birinchi ming yillikning boshlarida ilgarigi yozuvga nisbatan qulayroq va soddaroq bo‘lgan yozuv shakli shakllana boshlagan. Bu yozuvda so‘zlar hamda ayrim sodda jumlalar bo‘g‘inlarni bildiruvchi belgilar yordamida ifodalangan. SHuning uchun bu yozuv bo‘g‘in yozuvi deb ataladi. YOzuvning bu turi ilgarigi yozuvlardan qulayroq bo‘lgan, lekin uning ham o‘ziga yarasha nuqsoni bo‘lgan. U ham bo‘lsa, bu yozuv asosan so‘zlar bir yoki ikki bo‘g‘indangina iborat bo‘lgan tillar uchun qulay bo‘lgan. Bunday tillarga hind tilining ayrim tarixdagi variantlari kiradi. SHu kamchiligi bor bo‘lgani uchun bu yozuv boshqa xalqlar orasida kam tarqalgan. Lekin yozuvning bu turkumiga kiruvchi mixxat deb atalgan yozuv nisbatan keng tarqalgan. Uni eramizdan avvalgi to‘rtinchi mingyillikning oxirida Mesopotamiyada (hozirgi Iroq davlati hududi)da yashagan shumerlar o‘ylab topganlar. Mixxat yozuvidagi elementlar asosan mix yoki pona shaklini eslatgani uchun mixxat deb nom olgan. Mixxat eramizdan avvalgi birinchi mingyillikning oxirlarigacha bobiliylar, assuriylar, xettlar, finikiylar tomonidan qo‘llanib kelingan. Bu yozuvdan Urartu davlati aholisi , forslar va boshqa qo‘shni xalqlar ham foydalanishgan. Mixxat yozuvi piktografik yozuvdan kelib chiqqan. Bu dastlab italiyalik savdogar Pestro CHella Valle tomonidan o‘rganilgan. Mixxat yozuvlari ichida eng ko‘p tarqalgani forsiy mixxatdir. Bu yozuv eramizdan avvalgi VI-IV asrlargacha Ahamoniylar davlati hududida qo‘llanib kelingan. Bu yozuvdan qo‘shni davlat xalqlari, shu jumladan O‘rta Osiyo xalqlari ham foydalanishgan. Ahamoniylar davlatining qulashi bilan bu

yozuvdan foydalanish ham kamaya boshlagan. 4. Harfiy yozuv. YOzuvning bu turida tildagi har bir tovushga bittadan harf yoki belgi to‘g‘ri keladi. Bu tizimdagi yozuv hech bir istisnosiz finikiylar, suriyaliklar va falastinliklar ijod etgan somiy yozuvga borib taqaladi. Eramizdan avvalgi YI-IY asrlarda Qadimgi fors davlati devonxonalarida davlat ahamiyatiga molik hujjatlar oromiy tilida olib borilgan va bunda finikiylar alifbosining oromiy variantidan foydalanganlar. Keyinchalik vaqt o‘tishi bilan bu alifboning juda ko‘p variantlari shakllana boshlagan. Bu variantlarning biri hozirgacha eng ko‘p xalqlar tomonidan qo‘llanib kelayotgan arab yozuvidir va kvadrat shaklga ega bulgan yahudiy yozuvidir. Keyinchalik eramizdan avvalgi IY-III asrlarda oromiy alifbosi eroniy tillarda so‘zlashuvchi ko‘pgina xalqlar tomonidan ishlatib kelingan. O‘rta fors yozuvi va Parfiya yozuvi xuddi shu tariqa paydo bo‘lgan. Bu alifbo asosida keyinchalik so‘g‘d yozuvi, xorazmiy yozuv va boshqa