logo

O‘SIMLIKLARDA O‘TADIGAN FIZIOLOGIK JARAYONLAR

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

37.83203125 KB
O‘SIMLIKLARDA  O‘ TADIGAN FIZIOLOGIK JARAYONLAR .
REJA
1. O‘simlik  h ujayrasining fiziologiyasi.
2. Bioenergetikaning asosiy tushunchalari.
3.  Fotosintez.
4.  O‘simliklarning nafas olishi.
5. O‘simliklarning suv rejimi.
6.  O‘simliklarning ildiz or q ali ozi q lanishi .
7.  O‘simliklarda moddalar transporti .
8. O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi. 
9.   O‘simliklarning noqulay omillar ta’siriga chidamliligi. O‘simliklar   fiziologiyasi   o‘simliklar   tanasida   sodir   bo‘ladigan   hayotiy
jarayonlar,   murakkab   qonuniyatlar   va   hodisalar   zanjirini   o‘rganuvchi   fandir.
Fotosintez, nafas olish, suv rejimi va tiriklik asosini tashkil etuvchi boshqa hayotiy
kechinmalarni   o‘rganish,tahlil   qilish   va   ularni   odam   uchun   foydali   tomonga
o‘zgartirish,   ya’ni   yuqori   va   sifatli   hosil   olishga     qaratish   mazkur   fanning   asosiy
vazifasi hisoblanadi.  Shu ma’noda o‘simliklar fiziologiyasi agronomiya fanlarining
nazariy asosini tashkil etadi. Chunki fiziologiya sohasida erishilgan har bir yutuq,
o‘simlikshunoslikda ham yangi muvaffaqiyatlarga sabab bo‘ladi. Ayniqsa ,  keyingi
yillarda   bu   sohada   erishilgan   ijobiy   natijalar:   tabiiy   suvlardan   tejamkorlik   bilan
foydalanish   maqsadida   sug‘orish   ishlarini   tartibli   yo‘lga   qo‘yish,   mineral   va
organik   o‘g‘itlardan   samarali   foydalanish,   o‘sish   va   rivojlanishni   bosh   qarish,
tashqi   sharoitning   noqulay   omillariga   o‘simliklar   chidamliligini   oshirish   kabi
ishlarning hammasi o‘simliklar fiziologiyasining yutuqlariga asoslangandir.
K.A.   Timiryazev   o‘simliklar   fiziologiyasining   maqsadi   o‘simlik   tanasidagi
hayotiy   hodisalarni   o‘rganish   va   tushunish   hamda   shu   yo‘l   bilan     o‘simlik
organizmi kishi xohishiga qarab o‘zgarishi, undagi hodisalarni ro‘xtata olish yoki
aksincha   ro‘y   berishga   majbur   qilish,   xullas   o‘simlikni   kishi   ixtiyoriga
bo‘ysundirishdan iborat deb yozgan edi.
O‘simliklar fiziologiyasi botanika fanlari   qatoriga kirishi bilan bir qatorda
hayvonlar   fiziologiyasi,biokimyo   ,biofizika,   molekulyar   biologiya,
mikrobiologiya,   kimyo,   fizika   kabi   fanlar   bilan   ham   chambarchas   bog‘li
qdir,ularning yutu qlaridan foydalanadi, o‘z navbatida ularga ta’sir etadi.Keyingi
yillarda   kimyo   va   fizika   fanlarining   zamonaviy   usullari:   xromotografiya
nishonlangan   atomlar,   elektron   mikroskopiya,   elektroforez,   differensial
sentrifugalash,   spektrofotometriya,   rentgenostruktura   analizi   va   boshqalardan
foydalanish   natijasida   fiziologiya   fanida   juda   katta   yutuqlarga   erishildi.   Bu
usullarni   qo‘llash   tufayli   o‘simlik   hujayrasining   murakkab   tuzilishi,   hujayra
organoidlarining   strukturasi   va   fiziologik   funksiyalari,   hujayraning   moddalarni
o‘zlashtirish va ajratib chi qarish jarayonida membranalarning ahamiyati va bosh
qalar   birmuncha   puxta   o‘rganildi.   Ayni   qsa   o‘simliklar   tanasida   energiyani to‘plash   va   sarflash   haqidagi   tushunchalar   kengaydi.   Chunki   yorug‘likning
elektromagnit   energiyasini   organik   moddalar   tarkibidagi   erkin   kimyoviy
energiyaga   aylantirish   va   t   o‘plash   yashil   o‘simliklarning   eng   muhim   spetsifik
xususiyatidir. Bu xususiyati bilan yashil o‘simliklar tabiatdagi barcha boshqa tirik
organizmlardan far q  qiladi va yer yuzida hayotni bar qarorligini ta’minlaydi. S.P.
Kostichev   (1872-1931)   "Agar   yashil   barg   bir   necha   yilga   ishlashni   to‘xtatsa,yer
yuzidagi barcha jonzot, jumladan insoniyat ham nobud bo‘ladi" degan edi.
Hozirgi  vaqtda  biologiyaning  turli  sohalari  orasida o‘simliklar  fiziologiyasi
alohida o‘rin tutadi. O‘simliklarning fiziologiyasi yangi - yangi navlar chiqarishda,
ularning   hosildorligini   oshirishda,   hosil   sifatini   yaxshilash   va   ularni   sa   qlashda
mazkur fanning ahamiyati yildan yilga ortib bormoqda.
O‘ si m liklarda   turli   jarayonlar   o‘ tadi.   Lekin   organizmga   o‘ tishdan   oldin   bu
jarayonlar   xujayrada     uta d i,   shuning   uchun   o‘simlik   xujayrasining   fiziologiyasini
yaxshi bilish kerak.
1.   O‘simlik   xujayrasining   fiziologiyasi. Butun     o‘simliklarning   asosiy
struktura   birligini   hujayralar   tashkil   etadi.   Ularning   tiriklik   xususiyatlari   shu
hujayralarda  belgilanadi.  Chunki  modda  almashuvi  deb  ataluvchi   -  assimilyatsiya
va   dissimilyatsiya   jarayonlari,   ularning   birligi   faqat   hujayradagina   sodir   bo‘ladi.
Ana   shu   ikkala   jarayonning   birligi   tiriklik   deb   ataluvchi   materiyaning   harakat
formasini belgilaydi.
Yashil   o‘simliklar   har   xil   organlar   yig‘indisidan   iborat   bo‘lib,   bu   organlar
o‘z navbatida t o‘ qimalar va hujaralar birlashmasidan tuzilgan. Yuksak tuzilishga
ega   b   o‘lgan   har   bir   o‘simlik   organizmi   murakkab   sistema   sifatida   bir-biri   bilan
uzviy ravishda al o qada bo‘lgan organlar va funksiyalar yig‘indisidan iboratdir. Bu
birlikning asosini hujayralar tashkil etadi.
2.   Bioenergetikaning   asosiy   tushunchalari.   Ye rdagi   barcha   tirik
organizmlar (mikroorganizmlardan boshlab – odamlargacha) jumladan o‘simliklar
ham   energiya   bilan   ta’minlanishga   asoslangan.   Bu   energiyaing   asosiy   va   amaliy
jihatda   yagona   manbai   quyosh   nuri   energiyasidir.   Organizmlarning   energiyadan
foydalanish   xususiyatlari   va   hayot   faoliyati   jarayonida   energiya   o‘zgarishlarini “Bioenergetika”   o‘rganadi.   Ya’ni   u   biologik   tizimlarda   energiyaning   qayta
o‘zgarish jarayonlarini o‘rganishga qaratilgan biologik bo‘lim hisoblanadi. 
Hozirgi zamon nazariy-amaliy bio kimyo  va fiziologiya yutuqlari juda yuqori
darajada   rivojlangan   bo‘lib,   biologik   jarayonlarda   energiyaning   to‘planishi   va
migratsiyasini   juda   chuqur   tahlil   qilishga   yo‘naltirilgan   bo‘lib,   termodinamika
qonunlari   yordamida   asoslangan   tushunchalar   bilan   chegaralanmaydi.   Ayniqsa ,
molekulyar tuzilish va energiyaning o‘zgarishi kabi jarayonlarni o‘rganishda fizika
va   ximiyaning   zamonaviy   usullaridan   foydalanish   katta   ahamiyatga   ega.
Organizmlarning   bioenergetik   muammolarini,   jumladan,   ximiyaviy   energiyaning
ishga   aylanish   mexanizmlarini   o‘rganish   bu   jarayonlarni   submolekulyar   doirada
ko‘rib   chiqishni   talab   etadi,   bunda   kvant   fizikasi   va   ximiya     qonunlari   kuchga
kiradi. Ya’ni bioenergetika biologik vazifalarni hal qilish uchun zamonaviy fizik-
kimyoviy usullardan foydalanib ish ko‘radi. Bioenergetika sohasidagi barcha tadqi
qotlar   hayot   hodisalariga   fizika   va   kimyo   qonunlarini,   organizmda   energiya
o‘zgarishlariga   esa   termodinamikaning   asosiy   qonunlarini   tadbiq     qilsa   bo‘ladi
degan ilmiy nuqtai nazarga asoslanadi.
Bioenergetikaning   keyingi   yillarda   qo‘lga   kiritgan   asosiy   yutuqlaridan   biri
barcha tirik mavjudotlarda - mikroorganizmlardan tortib, to odamgacha–energetik
jarayonlarning   mohiyat   e’tibori   bilan   bir   xilligining   aniqlanganidir.   Energiyaing
harakatchan   shaklda,   biologik   jihatdan   o‘zlashtiriladigan   shaklda   to‘playdigan
moddalar va shu xilda energiya to‘planishiga olib keladigan jarayonlar ham butun
o‘simlik va hayvonot olami uchun umumiy, bir xil ekanligi aniqlandi.
3.   Fotosintez.   Tabiatdagi   barcha   tirik   organizmlarning   hayotiy   jarayonlari
dinamik   ravishda   energiya   bilan   ta’minlanishga   asoslangan.   Bu   energiyaning
yagona manbasi quyosh energiyasi bo‘lib, organizmlar uni to‘g‘ridan-t o‘g‘ri emas,
balki   erkin   kimyoviy   energiya   holidagina   o‘zlashtirish   qobiliyatiga   egalar.   Bu
organik   moddalar   tarkibidagi   kimyoviy   bog‘lar   energiyasidir.   Uni   fa   qat   yashil
o‘simliklar va qisman avtotrof mikroorganizmlargina hosil  qilishi mumkin.
Yashil   o‘simliklar   tanasida     quyosh   nuri   ta’sirida   anorganik   moddalardan
(SO
2  va N
2 O) organik moddalarning hosil bo‘lishiga fotozintez deyiladi. Fotosintez yer   yuzida   quyosh   energiyasini   kimyoviy   energiyaga   aylantiruvchi   yagona
jarayondir.   Hosil   bo‘lgan   organik   moddalar   jamiki   organizmlar   uchun   energiya
manbai, umuman hayot asosini  tashkil etadi. Shu bilan birga fotosintez tabiatdagi
kislorodning   ham   yagona   manbaidir.   Yashil   o‘simliklarning   hayoti   uzluksiz
ravishda  organik moddalar to‘plash va tabiatga molekulyar kislorod ajratish bilan
xarakterlanadi. Shuning uchun ham tabiatdagi bosh qa organizmlarning, jumladan
hayvonlar   va   odamlarning   hayoti   o‘simliklarda   bo‘ladigan   fotosintezga   bog‘liq.
Chunki  bu organizmlar  organik moddalarni  tayyor  holda  faqat    o‘simliklar  orqali
oladilar.
4.   O‘simliklarning   nafas   olishi .   Fotosintez   jarayonida   hosil   bo‘lgan
shakarlar   va   boshqa   organik   moddalar   o‘simlik   hujayralarining   asosiy   oziqa
moddalari   hisoblanadi.   Bu   organik   moddalar   tarkibida   ko‘p   miqdorda   kimyoviy
energiya   t   o‘planib,   nafas   olish   jarayonida   ajralib   chiqadi   va   hujayradagi   barcha
sintetik   reaksiyalarni   energiya   bilan   ta’minlaydi.   O‘simliklar   hujayralarida
boradigan   oksidativ   reaksiyalar   organik   moddalarning   kislorod   ishtirokida
anorganik moddalarga (SO
2     va N
2 O)  parchalanishi  va kimyoviy energiya ajralib
chiqish jarayoniga nafas olish deyiladi. 
Nafas olish muhim fiziologik jarayon bo‘lib, barcha tirik organizmlarga xos
xususiyatdir.   Bunda   uglevodlar   muhim   ahamiyatga   ega.   Biroq   uglevodlarning
tirik   organizmlarda   bajaradigan   vazifasi   faqat   ularga   energiya   yetkazib   berish
bilan   yakunlanmaydi.   Ularning   parchalanishida   bir   q ator   oraliq   birikmalar   hosil
bo‘ladi.   Bu   birikmalar   o‘simliklar   tanasida   uchraydigan   boshqa   organik
moddalarning (yog‘lar, aminokislotalar va boshqalar) asosini tashkil etadi. Demak
o‘simlik tanasidagi organik moddalarning turli xilligida nafas olishning ahamiyati
katta.
Lekin   o‘simliklarning   (hayvon   va   odamlarnikiga   o‘xshash)   maxsus   nafas
olish   a’zolari   bo‘lmaydi.   Ularning   barcha   hujayralari   va   to‘qimalari   mustaqil
nafas   olish   xususiyatiga   ega.   Barcha   tirik   hujayralarning   organoidi   sanaladigan
mitoxondriyalar   nafas   olish   a’zosi   hisoblanadi.   Ana   shu   mitoxondriyalarda
murakkab   organik   birikmalar   (asosan   uglevodlar)   fermentlar   tizimi   ishtirokida kislorod   yordamida   oksidlanib,   suv   va   SO
2   ga   parchalanadi.   Bu   reaksiyalar
tizimiga biologik oksidlanish deyiladi.
5.   O‘simliklarning   suv   rejimi. Suv   tirik   organizmlarning   yashashi   uchun
asosiy   muhitlardan   biridir.   Suvsiz   sharoitda   organizmlar   nobud   bo‘ladi   yoki
anabioz   holatiga   o‘tadi.   O‘simliklar   tanasida   suvning   miqdori   70%   dan   to   90%
gacha   bo‘lishi   mumkin.   Ya’ni   bu   ularning   tur   va   navlariga,   yoshiga,   yashash
muhitiga,   har   xil   organlariga   va   hatto   hujayra   organoidlariga   ham   bog‘liq.
Ayniqsa ,   o‘simlikning   yosh   a’zolarida   va   bargida   bu   ko‘rsatgich   to   90%   gacha
borishi   mumkin.   Suv   miqdori   hujayra   protoplazmasida   -   80%,   shirasida   -   98%,
po‘stida 50%, gacha yetishi mumkin. Ayrim ho‘l mevalarda juda ko‘p: bodringda
to 98%, pomidorda - 94%, tarvuzda - 92%, kartoshkada - 77% gacha bo‘ladi.
O‘simliklar hayotiy jarayonida suv quyidagi vazifalarni bajaradi:
1)   Biokimyoviy   reaksiyalarning   sodir   bo‘lishi   uchun   asosiy   muhit   bo‘lib
hisoblanadi.
2)   kimyoviy   birikma   bo‘lganligi   uchun   muhim   reaksiyalarda:   gidroliz,
sintez,   oksidlanish   va   qaytarilish   reaksiyalarida   (fotosintez,   nafas   olish,   mineral
elementlarni o‘zlashtirish va hokazolar) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi.
3) O‘simliklarni kuchli issiqlik ta’siridan saqlaydi, ular haroratini pasaytiradi
(transpiratsiya).
4)   O‘simliklarning   tuproqdan   qabul   qilgan   mineral   elementlari,   uning
tanasida hosil b o‘lgan organik moddalarning harakati va qayta taqsimlanishi ham
suv hisobiga sodir bo‘ladi.
Tabiatda   yashovchi   har   bir   o‘simlik   o‘zining   ontogenezida   juda   ko‘p
miqdorda   suv   sarflaydi   (asosan,   tanasi   orqali   bug‘latadi).   Masalan:   makkajo‘xori
vegetatsiya davomida 200 l gacha, bug‘doy esa bir tonna quruq modda hosil qilish
uchun   300   t   suv   sarflaydi.   Umuman   o‘simlik   orqali   o‘tgan   suv   miqdorini   1000
qism deb olsak, shundan 1,5 - 2 qismigina organik moddalarning hosil bo‘lishida
ishtirok etib,   qolgan 99 , 8 yoki 998,5 qismi tana orqali bug‘lanib ketadi. O‘simlik
o‘z ontogenezida sarflaydigan suv miqdori ko‘p yoki oz b o‘lishi iqlim sharoitiga
bog‘liq. Masalan, issiq va quruq iqlimda bu ko‘rsatgich sernam iqlimdagidan ko‘ra 2-3   marta   ko‘p   bo‘lishi   mumkin.   Qolaversa,   bunga   tuproqdagi   suv   miqdori   ham
ta’sir qiladi.
6.   O‘simliklarning   ildiz   orkali   oziklanishi   . O‘simliklarning   oziqlanishi
ikki   shakldan   iborat   bo‘lib,   havodan   va   tuproqdan   oziqlanish   jarayonlarini   o‘z
ichiga oladi. Bu ikki jarayon - fotosintez va mineral elementlarni tuproqdan yutish
- birgalikda o‘simliklarning avtotroflik xususiyatlarini belgilaydi. Mana shu uzviy
bog‘liqlik   natijasida   simliklarning   organik   asosga   ega   to‘qimalari,   organlari   va
umumiy   tanasi   hosil   bo‘ladi.   Ularning   o‘sishi   va   rivojlanishini   to‘la   ta’minlash
uchun tuproqdan juda ko‘p mineral elementlar yutiladi. Shuning uchun ham bunga
o‘simliklarning ildiz orqali oziqlanishi deyiladi.
O‘simliklarning   ildiz   orqali   oziqlanishida   tuproq   xususiyatlari   va
unumdorligi,   ayniqsa   tuproqning   suv   o‘tkazuvchanlik,   havo   o‘tkazuvchanlik
xossalari,   tarkibidagi   organik   moddalar   va   o‘simliklar   uchun   muhim   oziq
elementlarni to‘plash qobiliyati katta ahamiyatga ega.
7.   O‘simliklarda   moddalar   transporti.   O‘simliklar   tanasida   sodir
bo‘layotgan   hayotiy   jarayonlarning   eng   muhim   ko‘rsatgichlaridan   biri
moddalarning harakatidir (transporti).Ayrim organlarda hosil bo‘lgan yoki shimib
olingan   birikmalarning   boshqa   organlarga   siljishi   o‘tishi   va   ta   qsimlanishi
natijasida   barcha   fiziologik   jarayonlarning     o‘zaro   birligi   ta’minlanadi.Bunday
transport o‘z navbatida o‘simliklarning o‘sishi,rivojlanishi va hosildorlik darajasini
xarakterlaydi.
O‘simliklarda   moddalar   transporti   asosan   ikki   yo‘nalishda   sodir   bo‘ladi.
Pastdan   yuqoriga   va   yuqoridan   pastga   yo‘naladigan   oqimlar   mavjud.   O‘simliklar
ildizi   orqali   qabul   qilgan   suv   va   unda   erigan   mineral   moddalarning   pastdan
yuqoriga   qarab   harakati   tanadagi   ksilema   naylari   bo‘ylab   sodir   bo‘ladi.Barglarda
fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar floema naylari bo‘ylab pastga
yo‘naladi 
8.   O‘simliklarning   o‘sishi   va   rivojlanishi.   O‘simliklar   ontogenezini
xarakterlovchi   eng   muhim   jarayonlar   o‘sish   va   rivojlanishdir.   Ular   o‘simlik
tanasidagi   barcha   hayotiy   reaksiyalarning   natijasi   hisoblanadi,   bu   jarayonllar   bir- biriga  uzviy bog‘liq bo‘lib, faqat   o‘sish   asosida  rivojlanish  va rivojlanish  asosida
o‘sish   xarakterlanadi.   Natijada   ikkalasi   o‘simlikning   hayotiy   siklini   belgilaydi.
Biroq ayni vaqtda o‘sish va rivojlanish bir-biridan farq ham  qiladi.
O‘sish   -   bu   o‘simliklar   bo‘yi   va   eni   tobora   ortib,   umumiy   massaning
oshishidir. Bunday o‘sish orqasiga qaytmaydi. Chunki yangidan-yangi hujayralar,
to‘qimalar   va   organlar   vujudga   kelib,   protoplazma   va   undagi   organoidlar
(xloroplastlar,mitoxondriyalar va boshqalar) to‘xtovsiz shakllanib turadi.
Rivojlanish-o‘simlikning   hayotiy   siklini   (ontognezini)   xarakterlovchi
yoshlik,voyaga   yetish   ko‘payish,   qarish   va   o‘lish   arafalaridagi   sifatiy   morfologik
va fiziologik o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi.
Bu   jarayonlarning   o‘zaro   nisbati   o‘zgarib   turishi   mumkin.   Masalan,   ayrim
o‘simliklarda   o‘sish   ancha   faol,   rivojlanish   esa   juda   sekin   borishi,   boshqalarida
aksincha bo‘lishi mumkin.
O‘sish  juda faol  kechadigan o‘simliklar  tanasi  odatda yirik, o‘sish sekin  va
rivojlanish   faol   b   o‘lgan   o‘simliklar   aksincha   karlik   (kichik)   bo‘ladi.   Bunday
o‘zgarishlar   o‘simlik   turlariga,   navlarning   xususiyatlariga,   ichki   va   tashqi
omillarning ta’siriga bog‘liq.
O‘sish   va   rivojlanish   umumiy   bir   yaxlitlikni   tashkil   etib,   o‘simlik   tanasida
kechadigan   fiziologik   va   bioximik   jarayonlarga,   o‘simlikning   ildiz   orqali   va
havodan oziqlanishiga, energiya bilan ta’minlanishiga, umuman assimilyatsiya  va
dissimilyatsiyada ishtirok etuvchi barcha jarayonlar yig‘indisiga bog‘liq bo‘ladi.
9.   O‘simliklarning   nokulay   omillar   ta’siriga   chidamli li gi .   Dastlabki
hayotning   paydo   bo‘lishidan   boshlab   organizmlarning   tashqi   muhitning   noqulay
omillari ta’siriga moslashuvi va chidamliligi sodir bo‘la   boshladi. Chunki noqulay
omillar organizmlarning, jumladan o‘simliklar tanasida kechayotgan fiziologik va
biokimyoviy   jarayonlarning   jadalligiga   ta’sir   etadi.   Ayniqsa:   suv   yetishmaslik,
haroratning   minimumdan   past   yoki   maksimumdan   yuqori   bo‘lishi,   har   xil
tuzlarning   to‘planishi   natijasida   tuproq   eritmasi   konsentratsiyasining   kuchli
bo‘lishi, patogen mikroorganizmlarning ko‘payishi, zararli gazlar va radiatsiyaning
me’yordan  ortib  ketishi  kabilar   o‘simliklarning  hayotiy  jarayonlariga  salbiy  ta’sir etmay qolmaydi. Bunday omillarning ro‘yyobga kelishi o‘simliklar uchun no qulay
sharoit   hisoblanadi.   O‘simliklarning   shunday   noqulay   omillar   ta’siriga   nisbatan
javob reaksiyasi, ularning chidamliligini belgilaydi. Chidamlilik darajasi individual
xususiyatga   ega   bo‘lib,   u   o‘simlik   turiga,yashash   sharoitidagi   boshqa   omillar
ta’siriga   bog‘liq   holda   ham   o‘zgaradi.   Hatto   bir   o‘simlikning   har   xil   hujayralari,
to‘qimalari va organlari chidamlilik darajasi bilan bir-biridan farq qilishi mumkin.
Tashqi   muhit   n o qulay   omillarining   ta’siri   qisqa   va   uzoq   muddatli   bo‘lishi
mumkin.   Evolyutsiya   davomida   bunday   noqulay   omillar   ta’siriga   o‘simliklar
moslasha   boradi.   O‘simlik   to‘qimalarida   o‘ziga   xos   fiziologik-biokimyoviy
o‘zgarishlar ro‘y beradi, natijada o‘simlik shu sharoitga moslasha boradi va kelajak
avlodlarning   noqulay   sharoitga   bo‘lgan   chidamliligi   orta   boradi.   Ya’ni   o‘zlarini
himoyalash  qobiliyati paydo bo‘lib, ular rivojlana boradi. O‘simliklarning aniq bir
yashash muhitiga moslashuvi   adaptatsiyalanish  deyiladi. Bunday funksiyalarning
mavjudligi   barcha   fiziologik   jarayonlar   kabi   zaruriy   hisoblanadi.   Noqulay
omillarning   qisqa   yoki   uzoq   muddatli   ta’siriga   moslashmagan   o‘simliklarning
metabolitik jarayonlari kuchli zararlanadi va ular nobud bo‘lishlari mumkin.
Noqulay   omillar   ta’siridan   organizmda   paydo   bo‘ladigan   nospetsifik
o‘zgarishlar yig‘indisi-stress bo‘lib, bu o‘zgarishlarni ro‘yobga keltiradigan kuchli
ta’sir etuvchi omillar stressorlar deyiladi. Foydalaniladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati:
asosiy adabiyotlar
1. Larcher W. Physiological  Plant  Ecology: Ecophysiology  of Functional 
Groups, 2003. Pp . 514  p .
2.   Усманов   И.Ю.,   Рахманкулова   З.Ф.,   Кулагин   Ф.Ю.   Экологическая
физиология растений. – М.Логос, 2001. - 223 с.
3.   Холлиев   А.Э.,   Норбоева   У.Т.,   Ҳ асанова   Н.М.   Ўсимликларнинг   экологик
физиологияси.  Ўқ ув-услубий  қў лланма. Бухоро, 2012. 132 б.
4.   Тожибоев   Ш.   Ўсимликларнинг   экологик   физиологияси.   Ўкув-услубий
қўлланма. Услубий қўлланма.Намангон, 2014, 88 б.
5.  Xo‘jayev J.X. Osimliklar fiziologiyasi. T. Mehnat, 2004, 223 b.
6.Beknazarov B.O. Osimliklarfiziologiyasi. - Toshkent, Aloqachi. 2009. 530 b.
7.   Avutxonov   B.S.   Osimliklarning   noqulay   omillarga   chidamlilik   fiziologiayasi
fanidan laboratoriya mashgulotlari (uslubiy qollanma) Samarkand, 2019. 64 b,
Tavsiya qilinadigan qo shimcha adabiyotlarʻ
1.  Кузнlов Вл. В., Дмитриева Г.А. Физиология  растений/ Вл. В. Кузнlов. - 
М.: Высшая школа, 2005. - 736 с.
2. Маракаев О.А. Экологическая  физиология растений. Фотосинтез и свет. 
Текст лекций. Ярославль, 2005 .  – 95 с.
3. Чиркова Т .В.Физиологические основы устойчивости растений. - СПб: Изд-
во СПб, 2002. – 238 с.
4. Мавришев В.В. Основы экологии. Минск: Высшая школа, 2007. - 447 с
5. Березина Н.А. Экология растений. М.Издательский центр, Академия, 2009.
- 400 с.
6. Косулина Л.Г. Физиология устойчивости растений к неблагопритяным 
факторам среды. Ростов на Дону. Изд-во Ростовского унт-та, 1993. – 240 с.
7. Медведев С.С. Физиология растений/С.С. Медведев.- СПб.: Изд-во С. 
Петерб. ун-та, 2004. - 336 с.
8.Полевой В.В. Физиология растений/В.В. Полевой - М.: Высшая школа, 
1989. - 464 с.

O‘SIMLIKLARDA O‘ TADIGAN FIZIOLOGIK JARAYONLAR . REJA 1. O‘simlik h ujayrasining fiziologiyasi. 2. Bioenergetikaning asosiy tushunchalari. 3. Fotosintez. 4. O‘simliklarning nafas olishi. 5. O‘simliklarning suv rejimi. 6. O‘simliklarning ildiz or q ali ozi q lanishi . 7. O‘simliklarda moddalar transporti . 8. O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi. 9. O‘simliklarning noqulay omillar ta’siriga chidamliligi.

O‘simliklar fiziologiyasi o‘simliklar tanasida sodir bo‘ladigan hayotiy jarayonlar, murakkab qonuniyatlar va hodisalar zanjirini o‘rganuvchi fandir. Fotosintez, nafas olish, suv rejimi va tiriklik asosini tashkil etuvchi boshqa hayotiy kechinmalarni o‘rganish,tahlil qilish va ularni odam uchun foydali tomonga o‘zgartirish, ya’ni yuqori va sifatli hosil olishga qaratish mazkur fanning asosiy vazifasi hisoblanadi. Shu ma’noda o‘simliklar fiziologiyasi agronomiya fanlarining nazariy asosini tashkil etadi. Chunki fiziologiya sohasida erishilgan har bir yutuq, o‘simlikshunoslikda ham yangi muvaffaqiyatlarga sabab bo‘ladi. Ayniqsa , keyingi yillarda bu sohada erishilgan ijobiy natijalar: tabiiy suvlardan tejamkorlik bilan foydalanish maqsadida sug‘orish ishlarini tartibli yo‘lga qo‘yish, mineral va organik o‘g‘itlardan samarali foydalanish, o‘sish va rivojlanishni bosh qarish, tashqi sharoitning noqulay omillariga o‘simliklar chidamliligini oshirish kabi ishlarning hammasi o‘simliklar fiziologiyasining yutuqlariga asoslangandir. K.A. Timiryazev o‘simliklar fiziologiyasining maqsadi o‘simlik tanasidagi hayotiy hodisalarni o‘rganish va tushunish hamda shu yo‘l bilan o‘simlik organizmi kishi xohishiga qarab o‘zgarishi, undagi hodisalarni ro‘xtata olish yoki aksincha ro‘y berishga majbur qilish, xullas o‘simlikni kishi ixtiyoriga bo‘ysundirishdan iborat deb yozgan edi. O‘simliklar fiziologiyasi botanika fanlari qatoriga kirishi bilan bir qatorda hayvonlar fiziologiyasi,biokimyo ,biofizika, molekulyar biologiya, mikrobiologiya, kimyo, fizika kabi fanlar bilan ham chambarchas bog‘li qdir,ularning yutu qlaridan foydalanadi, o‘z navbatida ularga ta’sir etadi.Keyingi yillarda kimyo va fizika fanlarining zamonaviy usullari: xromotografiya nishonlangan atomlar, elektron mikroskopiya, elektroforez, differensial sentrifugalash, spektrofotometriya, rentgenostruktura analizi va boshqalardan foydalanish natijasida fiziologiya fanida juda katta yutuqlarga erishildi. Bu usullarni qo‘llash tufayli o‘simlik hujayrasining murakkab tuzilishi, hujayra organoidlarining strukturasi va fiziologik funksiyalari, hujayraning moddalarni o‘zlashtirish va ajratib chi qarish jarayonida membranalarning ahamiyati va bosh qalar birmuncha puxta o‘rganildi. Ayni qsa o‘simliklar tanasida energiyani

to‘plash va sarflash haqidagi tushunchalar kengaydi. Chunki yorug‘likning elektromagnit energiyasini organik moddalar tarkibidagi erkin kimyoviy energiyaga aylantirish va t o‘plash yashil o‘simliklarning eng muhim spetsifik xususiyatidir. Bu xususiyati bilan yashil o‘simliklar tabiatdagi barcha boshqa tirik organizmlardan far q qiladi va yer yuzida hayotni bar qarorligini ta’minlaydi. S.P. Kostichev (1872-1931) "Agar yashil barg bir necha yilga ishlashni to‘xtatsa,yer yuzidagi barcha jonzot, jumladan insoniyat ham nobud bo‘ladi" degan edi. Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o‘simliklar fiziologiyasi alohida o‘rin tutadi. O‘simliklarning fiziologiyasi yangi - yangi navlar chiqarishda, ularning hosildorligini oshirishda, hosil sifatini yaxshilash va ularni sa qlashda mazkur fanning ahamiyati yildan yilga ortib bormoqda. O‘ si m liklarda turli jarayonlar o‘ tadi. Lekin organizmga o‘ tishdan oldin bu jarayonlar xujayrada uta d i, shuning uchun o‘simlik xujayrasining fiziologiyasini yaxshi bilish kerak. 1. O‘simlik xujayrasining fiziologiyasi. Butun o‘simliklarning asosiy struktura birligini hujayralar tashkil etadi. Ularning tiriklik xususiyatlari shu hujayralarda belgilanadi. Chunki modda almashuvi deb ataluvchi - assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari, ularning birligi faqat hujayradagina sodir bo‘ladi. Ana shu ikkala jarayonning birligi tiriklik deb ataluvchi materiyaning harakat formasini belgilaydi. Yashil o‘simliklar har xil organlar yig‘indisidan iborat bo‘lib, bu organlar o‘z navbatida t o‘ qimalar va hujaralar birlashmasidan tuzilgan. Yuksak tuzilishga ega b o‘lgan har bir o‘simlik organizmi murakkab sistema sifatida bir-biri bilan uzviy ravishda al o qada bo‘lgan organlar va funksiyalar yig‘indisidan iboratdir. Bu birlikning asosini hujayralar tashkil etadi. 2. Bioenergetikaning asosiy tushunchalari. Ye rdagi barcha tirik organizmlar (mikroorganizmlardan boshlab – odamlargacha) jumladan o‘simliklar ham energiya bilan ta’minlanishga asoslangan. Bu energiyaing asosiy va amaliy jihatda yagona manbai quyosh nuri energiyasidir. Organizmlarning energiyadan foydalanish xususiyatlari va hayot faoliyati jarayonida energiya o‘zgarishlarini

“Bioenergetika” o‘rganadi. Ya’ni u biologik tizimlarda energiyaning qayta o‘zgarish jarayonlarini o‘rganishga qaratilgan biologik bo‘lim hisoblanadi. Hozirgi zamon nazariy-amaliy bio kimyo va fiziologiya yutuqlari juda yuqori darajada rivojlangan bo‘lib, biologik jarayonlarda energiyaning to‘planishi va migratsiyasini juda chuqur tahlil qilishga yo‘naltirilgan bo‘lib, termodinamika qonunlari yordamida asoslangan tushunchalar bilan chegaralanmaydi. Ayniqsa , molekulyar tuzilish va energiyaning o‘zgarishi kabi jarayonlarni o‘rganishda fizika va ximiyaning zamonaviy usullaridan foydalanish katta ahamiyatga ega. Organizmlarning bioenergetik muammolarini, jumladan, ximiyaviy energiyaning ishga aylanish mexanizmlarini o‘rganish bu jarayonlarni submolekulyar doirada ko‘rib chiqishni talab etadi, bunda kvant fizikasi va ximiya qonunlari kuchga kiradi. Ya’ni bioenergetika biologik vazifalarni hal qilish uchun zamonaviy fizik- kimyoviy usullardan foydalanib ish ko‘radi. Bioenergetika sohasidagi barcha tadqi qotlar hayot hodisalariga fizika va kimyo qonunlarini, organizmda energiya o‘zgarishlariga esa termodinamikaning asosiy qonunlarini tadbiq qilsa bo‘ladi degan ilmiy nuqtai nazarga asoslanadi. Bioenergetikaning keyingi yillarda qo‘lga kiritgan asosiy yutuqlaridan biri barcha tirik mavjudotlarda - mikroorganizmlardan tortib, to odamgacha–energetik jarayonlarning mohiyat e’tibori bilan bir xilligining aniqlanganidir. Energiyaing harakatchan shaklda, biologik jihatdan o‘zlashtiriladigan shaklda to‘playdigan moddalar va shu xilda energiya to‘planishiga olib keladigan jarayonlar ham butun o‘simlik va hayvonot olami uchun umumiy, bir xil ekanligi aniqlandi. 3. Fotosintez. Tabiatdagi barcha tirik organizmlarning hayotiy jarayonlari dinamik ravishda energiya bilan ta’minlanishga asoslangan. Bu energiyaning yagona manbasi quyosh energiyasi bo‘lib, organizmlar uni to‘g‘ridan-t o‘g‘ri emas, balki erkin kimyoviy energiya holidagina o‘zlashtirish qobiliyatiga egalar. Bu organik moddalar tarkibidagi kimyoviy bog‘lar energiyasidir. Uni fa qat yashil o‘simliklar va qisman avtotrof mikroorganizmlargina hosil qilishi mumkin. Yashil o‘simliklar tanasida quyosh nuri ta’sirida anorganik moddalardan (SO 2 va N 2 O) organik moddalarning hosil bo‘lishiga fotozintez deyiladi. Fotosintez

yer yuzida quyosh energiyasini kimyoviy energiyaga aylantiruvchi yagona jarayondir. Hosil bo‘lgan organik moddalar jamiki organizmlar uchun energiya manbai, umuman hayot asosini tashkil etadi. Shu bilan birga fotosintez tabiatdagi kislorodning ham yagona manbaidir. Yashil o‘simliklarning hayoti uzluksiz ravishda organik moddalar to‘plash va tabiatga molekulyar kislorod ajratish bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham tabiatdagi bosh qa organizmlarning, jumladan hayvonlar va odamlarning hayoti o‘simliklarda bo‘ladigan fotosintezga bog‘liq. Chunki bu organizmlar organik moddalarni tayyor holda faqat o‘simliklar orqali oladilar. 4. O‘simliklarning nafas olishi . Fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan shakarlar va boshqa organik moddalar o‘simlik hujayralarining asosiy oziqa moddalari hisoblanadi. Bu organik moddalar tarkibida ko‘p miqdorda kimyoviy energiya t o‘planib, nafas olish jarayonida ajralib chiqadi va hujayradagi barcha sintetik reaksiyalarni energiya bilan ta’minlaydi. O‘simliklar hujayralarida boradigan oksidativ reaksiyalar organik moddalarning kislorod ishtirokida anorganik moddalarga (SO 2 va N 2 O) parchalanishi va kimyoviy energiya ajralib chiqish jarayoniga nafas olish deyiladi. Nafas olish muhim fiziologik jarayon bo‘lib, barcha tirik organizmlarga xos xususiyatdir. Bunda uglevodlar muhim ahamiyatga ega. Biroq uglevodlarning tirik organizmlarda bajaradigan vazifasi faqat ularga energiya yetkazib berish bilan yakunlanmaydi. Ularning parchalanishida bir q ator oraliq birikmalar hosil bo‘ladi. Bu birikmalar o‘simliklar tanasida uchraydigan boshqa organik moddalarning (yog‘lar, aminokislotalar va boshqalar) asosini tashkil etadi. Demak o‘simlik tanasidagi organik moddalarning turli xilligida nafas olishning ahamiyati katta. Lekin o‘simliklarning (hayvon va odamlarnikiga o‘xshash) maxsus nafas olish a’zolari bo‘lmaydi. Ularning barcha hujayralari va to‘qimalari mustaqil nafas olish xususiyatiga ega. Barcha tirik hujayralarning organoidi sanaladigan mitoxondriyalar nafas olish a’zosi hisoblanadi. Ana shu mitoxondriyalarda murakkab organik birikmalar (asosan uglevodlar) fermentlar tizimi ishtirokida