logo

Transpiratsiya va uning fiziologik ahamiyati. O‘simliklarda suv almashinuvi ekologiyasi

Загружено в:

17.12.2024

Скачано:

0

Размер:

45.248046875 KB
Transpiratsiya va uning fiziologik ahamiyati .   O‘simliklarda suv almashinuvi
ekologiyasi
REJA:
1. T ranspiratsiya va uning fiziologik ahamiyati. 
2. Transpiratsiyaning miqdoriy ko‘rsatgichlari  va turlari.   
3. O‘simliklarda suv almashinuvi ekologiyasi. 
4. Turli ekologik guruh o‘simliklarida suv almashinuvining xususiyatlari. 
5. Sug‘orishning fiziologik asoslari.
1. T ranspiratsiya   va   uning   fiziologik   ahamiyati.   O‘simliklar   tanasi   orqali
suvning   bug‘lanishiga   transpirasiya   deyiladi.   Transpirasiya   o‘simliklar   tanasida
sodir  bo‘ladigan  eng muhim  fiziologik jarayonlardan  biridir.  Asosiy  transpirasiya
organi   bargdir.   O‘simliklar   barg   yuzasining   kattaligi   CO
2   ning   ko‘p   yutilishi,
yorug‘lik   energiyasidan   effektiv   foydalanish   va   suv   bug‘latuvchi   yuzaning   keng
bo‘lishini   ta’minlaydi.   Suv   barg   yuzasidan   asosan   og‘izchalar   orqali   bug‘lanadi.
Buning natijasida barg hujayralarida suv miqdori kamayadi va so‘rish kuchi ortadi.
Barglarda   so‘rish   kuchining   ortishi   o‘z   navbatida   barg   tomirlari   va   naylaridan
suvni   tortib   olish   jarayonini   faollashtiradi.   yuqoridan   tortib   oluvchi   kuchning
paydo   bo‘lishi,   o‘simlik   tanasi   boylab   suv   harakatini   yana   tezlashtiradi.   Shunday
qilib,   yuqoridan   harakatga     keltiruvchi   (tortuvchi)   kuch   transpirasiya   natijasida
vujudga   keladi.   Transpirasiya   faoliyatiga   qarab,   bu   kuch   ham   shuncha   yuqori
bo‘ladi.   Transpirasiya   faolligi   haroratga,   o‘simlik   turlariga,   yashash   sharoitlariga
va   boshqalarga   bog‘liq.   Ularni   bir-biri   bilan   solishtirish   va   o‘rganish   uchun
transpirasiya   jadalligi   degan   tushuncha   mavjud.   Transpirasiya   jadalligi   deb   bir
metr kvadrat barg yuzasidan bir soat davomida bug‘latilgan suv miqdoriga aytiladi.
ko‘pchilik o‘simliklar uchun transpirasiya jadalligi o‘rtacha bir soatda kunduzi 15-
250   g/m   2
,   kechasi   1-20   g/   m   2
  ga   teng   bo‘ladi.   Ayrim   hollarda   bu   ko‘rsatkich
yuqori   bo‘lishi   ham   mumkin.   O‘rta   Osiyo   sharoitida   yozning   issiq   kunlarida
g‘o‘zaning transpirasiya jadalligi 450-1200 g/m 2
 gacha ko‘tarilishi mumkin.
Transpirasiya   unumdorligi   deb   1000   g.   sarflangan   suv   hisobiga   hosil
bo‘lgan organik modda miqdoriga aytiladi. Bu ko‘pchilik o‘simliklar uchun 1-8 g
ga   teng,   o‘rtacha   3   g   atrofida   bo‘ladi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   butun   o‘simlik
tanasi   orqali   bug‘langan   suvning   99,8   %   transpirasiyaga,   qolgan   0,2%   organik
modda hosil qilish uchun sarflanadi.
Umuman   transpirasiyaning   so‘rish   kuchi   o‘simlik   turlariga   ham   bog‘liq.
Daraxtchil  o‘simliklarda bu  kuch ildiz  bosimidan  bir   necha  marta  yuqori. O‘tchil
o‘simliklarda   esa   aksincha   ildiz   bosimi   yuqori,   lekin   shunga   qaramay
transpirasiyaning so‘rish kuchi ham muhim ahamiyatga ega. Transpirasiya   o‘simliklarni   yuqori   harorat   ta’siridan   saqlaydi.   Odatda
transpirasiya tufayli o‘simlik tanasi harorati atmosfera haroratidan bir necha gradus
past bo‘ladi. Biroq ayrim o‘simliklarda yuqoriroq bo‘lishi ham mumkin. Masalan,
sahrolardagi   o‘simliklar   barglarining   harorati   quyoshning   kuchli   issiqlik
energiyasini   yutishiga   qaramasdan,   soyadagi   barglarga   nisbatan   6-7   o
  C   ga   ko‘p.
Bu   esa   yozning   issiq   kunlarida   o‘simlikning   butun   hayotiy   jarayoni   uchun   katta
ahamiyatga   egadir.   Ayniqsa   fotosintez   uchun   qulay   sharoit   yaratiladi.   Chunki
og‘izchalarning   ochiqligi   CO
2   ning   o‘zlashtirilishini   faollashtiradi.   Protoplazma
kolloid misellalarning, xloroplastlar strukturasi va funksiyalari faoliyatiga sababchi
bo‘ladi.
Bargning   plastinkasimon   (keng)   tuzilishi   fotosintez   va   transpirasiya
jarayonlari uchun eng qulay sharoit yaratadi. Bargning asosiy qismi –   mezofilldir .
U bir qator joylashgan epidermis hujayralari bilan qoplangan. Qoplovchi to‘qima –
epidermis hujayralarining orasida esa maxsus hujayralar –  og‘izchalar   joylashgan. 
Transpirasiya   asosan   barg   og‘izchalari   orqali   idora   qilinadi.   Ya’ni
transpirasiya   natijasida   bug‘langan   suvning   95-97  %   og‘izchalar   va   qolgan   qismi
kutikula   orqali   atmosferaga   tarqaladi.   Shuning   uchun   ham   transpirasiya   jadalligi
bargdagi   og‘izchalarning   soniga   va   ularning   ochiq   yoki   yopiqligiga   ham   bog‘liq.
Og‘izchalarning   soni   1   mm 2
  barg   yuzasida   50-500   ta   va   undan   ko‘proq   ham
bo‘lishi   mumkin.   Bu   ko‘proq   o‘simlik   turlariga,   navlariga   va   suv   bilan
ta’minlanish sharoitlariga bog‘liq. Og‘izchalar ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin.
Bunga   har   xil   omillar   sabab.   Eng   muhimi   suv   bilan   ta’minlashdir.   Suv   yetarli
sharoitda   og‘izchalari   ochiladi   va   kamligida   aksincha   yopiladi.   Ko‘pchilik
o‘simliklarning   bargidagi   og‘izchalar   yorug‘likda   ochilib,   qorong‘iliqda   yopilishi
ham mumkin. 
Og‘izchalar   yopiq   vaqtda   suv   bug‘larining   tashqariga   chiqishi   to‘xtaydi   va
hujayra   oraliqlari   namlik   havoga   to‘ladi.   Natijada   transpirasiya   jadalligi   ham
sekinlashib,   to‘xtash   holatiga   yaqinlashadi.   Bunday   vaqtlarda   kutikulyar
transpirasiyagina   davom   etadi.   U   og‘izchalar   orqali   bo‘ladigan   transpirasiyadan
10-20   martagacha   sekin.   Kutikulyar   transpirasiyaning   jadalligi   kutikulaning qalinligiga   ham   bog‘liq.   Ya’ni   kutikulasi   juda   yupqa   bo‘lgan   yosh   barglarda
kuchliroq, kutikula qavati qalinlashgan qariroq barglarda sekin bo‘ladi. 
Umuman, transpirasiya o‘simliklar uchun zarur fiziologik jarayondir. Uning
jadalligi juda ko‘p ichki va tashqi omillarga bog‘liq.
Transpiratsiyaning o‘simlik hayotidagi o‘rni, xillari va uning natijasida sodir
bo‘luvchi   fiziologik   jarayonlar,   shuningdek,   ontogenez   davrida   suv
muvozanatining ahamiyati, uni bevosita o‘simliklarning hosildorligiga bog‘liqligi,
transpiratsiyani   kamaytiruvchi   fiziologik   faol   moddalar   va   polimerlar   haqida
ma’lumotlar keltiriladi.
O‘simlikning   er   ustki   organlari   orqali   suvni   bug‘lanishi   transpiratsiya   deb
ataladi.   Transpiratsiya   muhim   fiziologik   jarayon   bo‘lib   barglar   asosiy
transpiratsiyalovchi   organdir.   Suv   bargdan   barg   og‘izchalari   orqali   bug‘lanadi.
Buning   natijasida   esa   barg   hujayralarida   suvning   miqdori   kamayadi   va   uning
so‘rish kuchi oshadi. Bargning plastinkasimon tuzilishi, fotosintez va transpiratsiya
uchun   kulaylik   yaratadi.   Qoplovchi   to‘qima   epidermis   hujayralarining   oralig‘ida
barg og‘izchalari mavjud. 
Og‘izchalar   ko‘pchilik   hollarda   pastki   epidermisda   joylashadi   ammo   faqat
yuqori   tomonida   yoki   bargning   ikkila   tomonida   ham   joylashishi   mumkin.
Epidermis-kutikula   qavati   va   tukchalar   bilan   qoplangan.   Transpiratsiya   jarayoni
ikkita bosqichdan iborat:
1. Suvni barg tomirchalaridan mezofil qavatiga o‘tishi.
2.   Mezofil   hujayralarining   devoridan   bug‘langan   suvning   avvalo   hujayralararo
bo‘shliqlarga,   undan   esa   og‘izchalar   yoki   kutikula   qavati   orqali   atmosferaga
chiqishi.
Transpiratsiya   natijasida   umumiy   bug‘langan   suvning   95-97%   barg
og‘izchalari orqali, qolgan 3-5% kutikulalar orqali atmosferaga tarqaladi. Bargdagi
og‘izchalar   soni   va   ularning   holati   transpiratsiya   jarayonining   jadalligini
belgilaydi.   Barg   og‘izchalarining   miqdori   10   mm2   barg   yuzasida   500-5000   dona
va undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik hollarda suv etarli sharoitda barg
og‘izchalari ochiq holatda bo‘ladi, suv kamligida esa yopiladi. Ayrim   o‘simliklarning   barg   og‘izchalari   yorug‘likda   ochilib   qorong‘ulikda
yopiladi.   Kunning   ertangi   qismida   og‘izchalar   ko‘proq   ochiq   holatda   bo‘ladi.
Peshin   vaqtidagi   og‘izchalarning   holati   uni   suv   bilan   ta’minlanishiga   bog‘liq.
Kechki payt yopiladi. Transpiratsiya jadalligi sekinlashganda, hujayra oralig‘idagi
to‘plangan   namlik   kutikulyar   transpiratsiya   orqali   chiqariladi.   Bu   kutikulaning
qalin-yupqaligiga   bog‘liq.   Kutikula   yupqa   bo‘lsa,   kuchliroq   o‘tadi,   qalin   bo‘lsa
sekin kuzatiladi.
Transpiratsiyaning miqdoriy ko‘rsatgichlari va turlari.  
Transpiratsiya   boshqariluvi.   Barg   og‘izchalari   odatda   barg   umumiy
yuzasining 0,5-2% tashkil qiladi. Ammo ushbu barg og‘izchalari orqali bug‘langan
suvning miqdori, ochiq suv yuzasidan bug‘langan suv miqdoriga tengdir. Bu holat
Stefan qonuni bilan ifodalanishi  mumkin, ya’ni gazlarning kichik teshikchalardan
diffuziyasi   tezligi   shu   teshikchalar   diametri   va   aylanasiga   to‘g‘ri   proporsional
bo‘lib ularning umumiy maydoniga bog‘liq emas.
Barg   og‘izchalari   o‘lchamiga   uni   hosil   qilgan   tutashtiruvchi   hujayralar   va
unga   yaqin   bo‘lgan   hujayralar   holatlarining   ta’siri   kattadir.   Masalan   ushbu
hujayralarning turgor holatiga o‘tishi barg og‘izchalarining ochilishiga olib keladi.
Barglar   og‘izchalarining   harakatiga   ko‘proq   havoning   namligi,   yorug‘lik,
harorat, hujayra oraliqlaridagi CO
2  bosimi, ionlar nisbati, fitogormonlar va nihoyat
o‘simlikning   suv   bilan   ta’minlanishi   katta   ta’sir   qiladi.   Barg   og‘izchalari
o‘lchamlari   va   holatlarini   boshqariluvida   asosan   ikkita,   ya’ni   gidropassiv   va
gidrofaol holatlarni ko‘rish mumkin. 
Barg   og‘izchalarining   gidropassiv   ochilishi   kuchsiz   suv   etishmaganda   ro‘y
beradi. Bunda barg og‘izchalari atrofidagi tutashtiruvchi hujayralarga ular atrofida
joylashgan hujayralarning turgor bosimining pasayishi natijasida ularning siquvchi
kuchining barg og‘izchalarga nisbatan kamayishi natijasida ular ochiladi. 
Barg   og‘izchalarining   gidropassiv   yopilishi   esa   uni   o‘rab   turgan
hujayralarning   to‘la   turgorga   o‘tishi   sababli   ro‘y   beradi,   ya’ni   ularning   qattiq
siqishi natijasida barg og‘izchalari yopilishi mumkin. Barg   og‘izchalari   holatining   boshqariluvida   xloroplastlar   ham   qatnashadi.
Chunki,   barg   og‘izchalari   atrofidagi   hujayralar   o‘zlarida   ko‘p   xloroplastlar
tutganligi   sababli   va   ushbu   xloroplastlarda   uglevodlar   BIOSintezining   jadalligi
tufayli  bu  hujayralarning  surish  kuchi  ortib  ularga   suv  yutilishiga  olib  keladi.  Bu
esa o‘z navbatida barg og‘izchalarining ochilishiga olib keladi.
Barg   og‘izchalarining   ochilishi   va   yopilishiga   hujayra   oraliqlaridagi   CO
2
miqdori ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, agarda barg og‘izchalari ostida CO
2
miqdori   0,03%   dan   kamayib   ketsa,   tutashtiruvchi   hujayralarning   turgori   oshib
ketadi va ular ochiladi. Agar atmosfera havosida CO
2  miqdori ko‘payib ketsa ham
barg   og‘izchalari   yopiladi.   Masalan   tungi   vaqtlarda   fotosintez   jaroayonining
bormasligi   va   nafas   olish   natijasida   barg   to‘qimalari   oraliqlarida   CO2   miqdori
ko‘payib ketadi va barg og‘izchalari yopiladi.
Binobarin,   barg   og‘izchalari   holatining   boshqariluvida   bir   biriga   bog‘liq
ikkita   fiziologik   jarayon,   yani   fotosintez   va   suv   almashinuvi   jarayonlari
qatnashadi.
Barg   og‘izchalarining   gidrofaol   yopilishi   esa   o‘simliklardagi   transpiratsiya
jadalligi,   ildizlarga   yutilayotgan   suv   miqdoridan   oshib   ketganda,   ya’ni   suv
muvozanati (Suv muvozanati =Yutilgan suv - transpiratsiyalangan suv) buzilganda
ro‘y beradi.
Suvning   o‘tkazuvchi   tomirlardagi   harakati.   O‘simlik   tanasi   buylab
ko‘tariluvchi   suv   asosan   ksilema   to‘qimalari   bo‘ylab   harakat   qiladi.   Ksilema
elementlari esa ildiz va poyadagi kambiyga xos hujayralardan hosil bo‘ladi. Yetuk
utkazuvchi   tomirlar   va   traxeidlardagi   hujayra   devorlari   yog‘ochlangan   bo‘lib
asosan   suv   utkazish   vazifasini   bajaradi.   Lekin   yuqoriga   ko‘tariluvchi   suvning   1-
10% tirik hujayra devorlari bo‘ylab ham ko‘tariladi. 
Yuqoriga   ko‘tariluvchi   suv   oqimining   ahamiyati.   O‘simlik   tanasi   bo‘ylab
ko‘tariluvchi suv asosan uchta vazifani bajaradi.
Birinchidan   suv   ildiz   orqali   o‘simlikga   kirgan   moddalar   va   kimyoviy
birikmalarni   yuqoriga   ko‘tarilishiga   va   ularning   er   ustki   qismlarida   to‘planishiga
olib keladi. Ikkinchidan   yuqoriga   ko‘tariluvchi   suv   barcha   hujayralarni   suv   bilan
ta’minlaydi   va   ularning   turgor   holatini   saqlaydi.   Suv   etishmaganda   o‘simlik
hujayralarida   bo‘linish   jarayonlari   tuxtaydi.   Shuningdek   sintezlovchi
fermentlarning   faolligi   pasayib,   gidrolitik(parchalovchi)   fermentlarning   faolligi
ortadi. Bu esa o‘z navbatida hujayrada kichik molekulali qandlar va oqsillarningg
miqdorining   ko‘payishiga   va   ularga   ma’lum   miqdorda   suv   bog‘lanishiga   olib
keladi.   Ushbu   suv   avval   aytib   o‘tganimizdek   hujayralarning   o‘zlarining   avvalgi
holatlarini   tiklashi   va   fiziologik-biokimyoviy   jarayonlarning   muqobil   borishiga
xizmat qiladi.
Uchinchidan,   yuqoriga   ko‘tariluvchi   suv   oqimi   natijasida   ro‘y   beradigan
transpiratsiya   o‘simlikni   isib   ketishdan   saqlaydi.   Ammo   bu   holat   hozircha   to‘la
aniqlanmagan. Chunki, issiqxonalarda havo namligi juda yuqori bo‘lganligi tufayli
transpiratsiya   jadalligi   unchalik   kuchli   emas,   shunga   qaramasdan   o‘simliklar   isib
ketmaydi.
Ilashish nazariyasi.  Bu nazariya XIX-asrning oxirlarida taklif etilgandir. Bu
nazariyaga   asosan   ksilema   kapillyar   tomirlaridan   suvning   transpiratsiyaning
so‘rish   kuchiga   javoban   ko‘tarilishi,   suv   molekulalarining   bir   biri   bilan   ilashish
kuchlari   natijasida   ya’ni   kogeziya   hamda   suvning   o‘tkazuvchi   tomirlar   gidrofil
devorlariga  yopishqoqlik  kuchi  ta’sirida ya’ni   adgeziya  natijasida  bo‘ladi.  Ammo
ksilema   buylab   suvning   ko‘tarilishi   tezligi   juda   kichik.   Masalan,   o‘rmon
daraxtlarida   suvning   o‘simlik   bo‘ylab   ko‘tarilish   tezligi   20   sm 3
s-1G‘sm 2
  bo‘lsa
nina   bargli   daraxtlarda   bu   ko‘rsatkich   5   sm 3
·soat-1G‘sm 2
  atrofida   (solishtirish
uchun   aytish   mumkinki,   qonning   arteriyalar   buylab   harakatlanishi   tezligi   40-50
sm 3
·soniya-1G‘sm2).
Ksilema   tomirlaridagi   suvning   bunday   kam   tezligi   ushbu   tomirlar
devorlarining unga bo‘lgan qarshiligining ham kam bo‘lishiga olib keladi. Suvning
o‘simlik   tanasi   bo‘ylab   ko‘tarilishiga   uning   molekulalarining   bir   biriga   tortishish
potensiallari   kuchi   ham   katta   ta’sir   qiladi.   Masalan   20 0
C   haroratda   suv
molekulalarining bir biridan ajralishga nisbatan qarshilik potensial bosimi 30 MPa.
Mana   shu   bosim   potensialining   o‘zi   ham   ishqalanishga   ketgan   kuchni   hisobga olgan holda ham suvni daraxt tanasi buylab 120-130 metr balandlikka ko‘tarishga
etadi.
Suvning   o‘simlik   tanasiga   kirishi   va   sarflanishi   suv   muvozanati   deyiladi.
Ularning   miqdori   bir-biriga   mos   keladi.   Ammo   yozning   issiq-jazirama   kunlarida
transpiratsiyaning   miqdori   ortadi   va   qabul   qilinayotgan   suv   bug‘lanayotgan
suvning   o‘rnini   bosa   olmaydi   va   nisbiy   tengsizlik   paydo   bo‘ladi.   Buni   suv
taqchilligi   deyiladi.   Yuqoridan   suvni   harakatga   keltiruvchi   kuch   transpiratsiya
natijasida hosil bo‘ladi. 
Transpiratsiya haroratga, o‘simlik turiga va yashash sharoitlariga bog‘liqdir.
Avval   aytib   o‘tganimizdek   transpiratsiya   ikkita   jarayondan,   ya’ni   suvning   barg
tomirchalari   orqali   mezofil   yuqori   qatlami   hujayralarga   harakati   va   suvning
hujayra   devorlaridan   hujayra   oraliqlariga,   sungra   esa   barg   og‘izchalari   orqali
atmosferaga   diffuziyalanishidan   iboratdir.   Bu   holat   labchali   transpiratsiya
deyiladi.   Agar   suv   epidermis   hujayralari   devorlari   orqali   atmosferaga   bug‘lansa
kutikulyar transpiratsiya  deyiladi. Bundan tashqari ko‘proq qish faslida bo‘ladigan
va daraxtlar tanasidagi yasmiqchalar orqali bo‘ladigan transpiratsiya ham mavjud.
Bu transpiratsiya peridermal transpiratsiya deyiladi. 
Labchali transpiratsiya.   Barg og‘izchlari (labchalari) suv bug‘i, CO
2   va O
2
uchun asosiy o‘tkazuvchi yo‘l hisoblanadi. Barg og‘izchalari uning ikki tomonida
yoki   faqat   bir   tomonida   bo‘lishi   mumkin.   Masalan,   karam   barglarining   ustki
epidermisida barg og‘izchalarining soni 14100 donaG‘sm2 bo‘lsa pastki tomonida
22600 donaG‘sm2  atrofida bo‘ladi. Boshqa o‘simliklar uchun ushbu ko‘rsatkichlar
qo‘yidagicha bo‘lishi mumkin:    
O‘simlik nomi Ustki epidermisda Pastki epidermisda
Kartoshka bargida 5100/sm2 16100/sm2
Beda bargida 12700/sm2 24900/sm2
Makkajo‘xori bargida 5200/sm2 6800/sm2
Suli bargida 2500/sm2 6800/sm2
Bug‘doy bargida 3300/sm2 4100/sm2 Ammo   shuning   bilan   birgalikda   labchalar   faqat   bargning   bir   tomonida
joylashgan   o‘simliklar   ham   mavjud.   Masalan,   barbaris   (2200   dona/sm 2
),   olcha
(24000   dona/sm 2
),   dub   (14000   dona/sm 2
),   qora   yong‘oq   (46000   dona/sm 2
),   siren
(33000 dona/sm 2
), tut (48000 dona/sm 2
), olma (40800 dona/sm 2
) kabi o‘simliklarda
barg og‘izchalari faqat bargning pastki qisimida joylashgan. 
Umuman   labchalarning   barg   yuzasidagi   ulushi   0,52-5,28%   atrofidadir.
Masalan   bug‘doy   bargida   labchalar   uning   umumiy   maydonidan   0,52%   ni   tashkil
qilsa,   loviyada   ushbu   ko‘rsatkich   3,13%,t   kungaboqar   va   olma   barglarida   5,28%
atrofidadir.
Agar   labchalar   bargning   ikki   tomonida   ham   joylashgan   bo‘lsa   bunday
barglar   amfistomatik   barglar   deyiladi.   Pastki   epidermisda   joylashgan   bo‘lsa
gipostomatik va ustki tomonda joylashgan bo‘lsa epistomatik barglar deyiladi. 
Barglardagi   transpiratsiya   jarayonining   jadalligi   har   xil   ammo,   labchali
transpiratsiyaning   eng   ko‘p   miqdori   suvda   suzuvchi   va   botqoqlik   o‘simdiklarida
kuzatiladi.   Er   o‘simliklari   orasida   eng   ko‘p   miqdordagi   labchali   transpiratsiya
quyoshli   joylarda   o‘suvchi   o‘t   o‘simliklarda   kuzatiladi.   Soya   parvar   o‘simliklar
ularga   nisbatan   ikki   baravar   kam   suv   bug‘lantiradi.   Butalar   va   daraxtlar   esa
bulardan ham kam suv yo‘qotadi.
O‘simlik   gullarida   labchalar   juda   kam   bo‘lganligi   tufayli   nisbatan   oz
miqdorda suv bug‘lantiradi ular uzib oligan hoda ham suvli muhitda uzoq vaqt o‘z
holatini saqlab qolishi mumkin.
Kutikulyar   transpiratsiya.   Barg   og‘izchalari   ochiq   holatdagiligida
kutikulyar   transpiratsiyaning   miqdori   juda   kam   bo‘ladi.   Ammo   qurg‘oqchilik
sharoitda   bo‘lgani   kabi   labchalar   yopiq   bo‘lganda   kutikulyar   ranspirasiyaning
miqdori   katta   bo‘lib   50%   gacha   etishi   mumkin.   Ammo   kutikulyar
transpiratsiyaning   miqdori   barglarning   yoshiga   ham   bog‘liq.   Masalan   yosh
barglarda  kutikulyar   transpiratsiyaning  darajasi   umumiy  miqdordan  ~50%  bo‘lsa,
yetuk   barglarda   ushbu   ko‘rsatkich   ~10%.   Barglar   qarib   borishi   bilan   kutikulalar
darz   ketib   yemirila   boshlaydi   va   kutikulyar   transpiratsiyaning   miqdori   ham birmuncha ortishi mumkin.
Kutikulyar   transpiratsiyaning   eng   yuqori   miqdori   labchalar   doimo   ochiq
holatda bo‘lgan,  suvda suzib  yuruvchi  o‘simliklarda kuzatiladi. Ulardagi  umumiy
transpiratsiyaning   miqdori   180-400   mgG‘sm 2
  soat   bo‘lsa,   kutikulyar
tranpirasiyaning miqdori ~50%. 
Biz   quyida   ayrim   guruh   o‘simliklar   uchun   umumiy   va   kutikulyar
transpiratsiyaning miqdorlarini keltiramiz.
O‘simliklar   guruhi Umumiy
transpiratsiya
(mg/sm 2
) Kutikulyar
transpiratsiya (%)
Ikki pallali o‘simliklar 170-25 10-20%
Buta o‘simliklar 60-70 5-10%
Doimo   yashil
o‘simliklar 45-55 2-3%
O‘rmon daraxtlarida 9-10 10-20%
Mevali daraxtlarda 8-9 17-24%
Shuni   aytib   o‘tish   lozimki,   tropik   o‘rmon   daraxtlarida   kutikulyar
transpiratsiya bo‘lmaydi.
O‘simliklarda   suvning   bug‘lanishi   qisman   darajada   kurtaklar   va   meva
organlaridan   ham   bug‘lanishi   mumkin.   Masalan,   kungaboqar   savatchasidan,
ko‘knori   ko‘sagidan   va   qalampir   mevasidan   shu   o‘simliklarning   barglarining   bir
birlik yuzasiga nisbatan ancha ko‘p miqdorda suv bug‘lanishi kuzatiladi.
Guttatsiya.  Bu hol namlik darajasi uta yuqori joyda o‘suvchi  o‘simliklarga,
xususan   tropik   sharoitga   xos   xususiyatdir.   Bunda   barglardagi   maxsus   gidatodlar
(barg   tishchalari)   orqali   suv   aralash   shira   ajraladi.   Guttatsiya   holati   transpiratsiya
jarayoniga   yordam   berib   o‘simliklarda   suvning   harakatlanishiga   va   ildizlarga
mineral   tuzlarning   yutilishiga   yordam   beradi.   Bizning   sharoitimizda,
boshoqdoshlar oilasi vakillarida bahor va kuz oylarida yaqqol kuzatilishi mumkin.  Peridermal   transpiratsiya.   Daraxtlarning   pukaklangan   qobig‘idan   ham   oz
miqdorda bo‘lsada suv bug‘lanib to‘radi. Bu suvning miqdori daraxtlarning turiga
xos bo‘lgan peridermalarning tuzilishiga, qobiqdagi  yoriqlar  va yasmiqchalarning
o‘tkazuvchanligiga   bog‘liq.   Masalan,   buk,   yel,   qarag‘ay   daraxtlarining   po‘stlog‘i
silliq   va   pishiq   bo‘lganligi   tufayli,   terak,   dub,   chinor   va   qarag‘ay   daraxtlari
po‘stloqlariga   nisbatan   kam   suv   yo‘qotadi.   Ayrim   hollarda,   ayniqsa   qish   faslida
poya va novdalardan ko‘p suv yo‘qotganligi sababli daraxtlar suvsizlanadi va qurib
qoladi. 
Transpiratsiya   jadalligi.   Bu   1   m2   barg   sathidan   1   soat   davomida
bug‘latilgan   suv   grammlar   hisobidagi   miqdoridir.   Transpiratsiya   jadalligiga
yorug‘likning ta’siri anchagina kattadir. Masalan, ko‘pchilik hollarda yorug‘likda,
ya’ni   kunduzi   bu   kursatgich   15-250   g/m2   bo‘lsa,   kechasi   1-20   g/m2   ga   tengdir.
G‘o‘zada jazirama issiq kunlari transpiratsiya jadalligi 45-120 g/m2 soatni tashkil
qiladi.   Shuningdek   barglardagi   tranpirasiya   jarayonining   jadalligiga   shamolning
ta’siri   ham   katta.   Masalan,   shamolning   tezligi   6-8   mG‘soniya   darajasigacha
transpiratsiya  jadalligi  ortib boradi, lekin shamol  tezligining bundan ortishi  uning
borishiga ta’sir qilmaydi.
Transpiratsiya   jadalligiga   tuproq   qurg‘oqchiligi   ayniqsa   katta   ta’sir   qiladi.
Masalan   tuproq   namligi   79,1%   bo‘lganda   g‘o‘za   barglarning   suvlilik   darajasi
74,9%, so‘rish kuchi  S=0,96 MPa bo‘lganda transpiratsiya jadalligi  113,4 gG‘m2
soat   bo‘lsa,   tuproq   namligi   49,7%   bo‘lgan   tuproqlarda   o‘sgan   g‘o‘za   barglarida
ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 70,5;%, S=2,36 MPa, va 53,9 gG‘m2. 
Transpiratsiya   koeffitsiyenti.   Bu   o‘simlik   tomonidan   1g   quruq   organik
modda   hosil   qilish   uchun   sarflangan   suvning   miqdoridir.   Transpiratsiya
koeffisienti   ko‘rsatkichi   o‘simliklarning   turiga,   ayrim   hollarda   ularning   naviga
ham bog‘liqdir. Shuningdek transpiratsiya koeffitsiyenti fotosintezning xiliga ham
bog‘liqdir.   Masalan   S3   o‘simliklari   bo‘lgan   g‘o‘zada   transpiratsiya   kozffisienti
kursatgichi   570   g   bo‘lsa,   sholida-680,   bug‘doyda-540,   arpada-520,   bedada-840,
loviyada 700, qarag‘ay va yel daraxtlarida 230-300 g.ga bo‘lsa, S4 o‘simliklarida transpiratsiya   koeffisienti   birmuncha   kam   bo‘ladi.   Masalan,   ushbu   ko‘rsatkich
makkajo‘xorida 370 g bo‘lsa portulakda yanada kam 280 g atrofida bo‘ladi. 
Transpiratsiya   unumdorligi.   Bu   1000   gr   suv   sarflaganda   hosil   bo‘ladigan
organik   moddaning   miqdoridir.   Ko‘pchilik   o‘simliklarda   ushbu   kursatgich   2-3   g,
ya’ni   o‘simlik   tanasi   orqali   oqqan   suvning   99,8%   transpiratsiyaga,   qolgan   0,2%
esa organik moddalarnig sinteziga sarf bo‘ladi. 
Transpiratsiya   natijasida  yuzaga   kelgan  so‘rish  kuchining  kattaligi  o‘simlik
turiga   va   xiliga   bog‘liq.   Daraxtlarda   bu   kuch   ildiz   bosimidan   bir   necha   marta
yuqori bo‘lsa o‘t o‘simliklarida aksincha, ildiz bosimi yuqori bo‘ladi.
Transpiratsiya   jarayoni   tufayli,   o‘simlik   tanasining   harorati   atmosfera
haroratidan  pastroq bo‘ladi.  Cho‘l,  sahro  va dasht  o‘simliklarining tanasi  harorati
soyadagi   o‘simlikga   nisbatan   5-6oC   yuqori   bo‘ladi   va   fotosintez   uchun   qulay
sharoit tug‘diradi. Barg og‘izchalari ochiq bo‘ladi.
O‘simliklarda suv almashinuvi ekologiyasi. 
O‘simliklarning   suv   muvozanati .   O‘simliklar   tanasiga   suvning   kirishi   va
sarflanishi  suv muvozanati  deyiladi. Ya’ni bunda o‘simlik tanasiga kirayotgan suv
bilan sarflanayotgan suv miqdori bir-biriga to‘g‘ri kelishi lozim.
Lekin   yozgi   ochiq   kunlarda   quyosh   nurlari     ta’siridan     transpirasiya
kuchayishi   va     o‘simlik     qabul     qilayotgan   suv   uning   o‘rnini   qoplay   olmasligi
natijasida nisbiy tenglik buziladi. Oqibatda   suv defisitligi   (taqchilligi) roy   beradi.
Aksariyat     hollarda   defisit   5-10%ga   teng   bo‘lib,   bu   o‘simliklarga   ko‘p   zarar
qilmaydi. Chunki asosan tush vaqtida  bo‘ladigan  bunday suv kamchilligi odatdagi
hodisa hisoblanadi.  O‘simlik   uning ta’sirida transpirasiya  jadalligini  tartiba solib
turish     qobiliyatiga     ega   bo‘ladi.   Bu   suv   kamchilligining   oshib   ketishiga   yo‘l
qoymaydi. 
Transpirasiya   ham   juda   kuchayib   ketganda,   tuproqda   suvning   miqdori
kamayib qolsa, o‘simliklarga kirayotgan suvning miqdori ham juda kamayib ketadi
va   o‘simliklarning   suv   muvozanati   ancha   qattiq   buziladi.   Bu   ayniqsa,   sutkaning
eng   issiq   soatlarida   sodir   bo‘ladi.   Suv   taqchilligi   roy   berganda   barglar   so‘lib   va
osilib qoladi. Suv taqchilligini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:D=	(
M
M	1)⋅100
Bu   yerda   D   –   suv   taqchilligi;   M   –   barg   kesmalarining   (doiracha)   suvga
solguncha bo‘lgan og‘irligi, g; M
1   – barg kesmalarining 60 min. davomida suvda
saqlangandan keyingi og‘irligi, g.
So‘ligan o‘simlik  o‘z  vaqtida suv bilan ta’minlansa u yana (normal) turgor
holiga   qaytadi.   O‘simliklar   vaqtincha   yoki   uzoq     vaqtgacha   so‘lishi     mumkin.
Vaqtincha     so‘lish     havo     juda   issiq   va   quruq   bo‘lganida   roy   beradi.   Ya’ni   suv
muvozanati   buziladi,   lekin   kechga   tomon   transpirasiya     pasayib     qolishi     bilan
o‘simlikka  o‘tadigan suv  miqdori  bilan undan chiqib ketadigan  suv miqdori  yana
baravarlashadi   va   o‘simliklar       o‘zlarining     avvalgi     holatiga     qaytadi.   Vaqtincha
so‘lish o‘simlikka ko‘p zarar  qilmasa ham  hosilni  kamaytiradi. Chunki  bu paytda
fotosintez va o‘sish to‘xtaydi. Tuproqda suv miqdori kamayganda esa so‘lish uzoq
vaqtgacha     davom     etadi.   Bunday   holatda   hujayralardagi   suv   kamchilligi   tezda
tiklanmaydi   va   hatto   kechasi   ham   normal   fiziologik     jarayon     boshlanmaydi.
Kechasi   tiklanmay   qolgan   suv   miqdori   qoldiq   defisit   deyiladi.   Bunday   holga
uchragan o‘simliklar ko‘proq zararlanadilar.
So‘lish o‘simlikning ayniqsa yosh generativ organlariga ko‘proq ta’sir etadi.
Gul   organlarining   shakllanishi   kechikadi,   generativ   organlarning   to‘kilishi
kuchayadi   va   hosildorlik   keskin   kamayadi.   Donli   o‘simliklarda   boshoqlar   yaxshi
yetilmaydi, donlar soni kam va puch bo‘ladi. G‘o‘zada esa shonalar, gullar va yosh
ko‘saklar ko‘proq to‘kiladi.
Umuman suv taqchilligining zararli ta’siri hamma o‘simliklarda bir xil emas.
Bunga   chidamlilik  o‘simlik  turlariga  bog‘liq.  Masalan,   yorug‘liksevar   o‘simliklar
(kungaboqar, kartoshka) tanasidagi suvning 25 – 30% ni yo‘qotganda ham ularda
so‘lishning   tashqi   belgilari   yaxshi   sezilmaydi.   Soyaga   chidamli   o‘simliklar
suvlarini   13   –15   %   yo‘qotishi   bilan   so‘lib   qoladilar.   Botqoqlikda   yashovchi
o‘simliklar eng chidamsiz bo‘lib, suv taqchilligi 7 % bo‘lganda qurib qoladi. Antitranspirantlar.  Keyingi yillarda  bir qancha moddalar olindiki, ularni 
o‘simliklarga purkaganda transpirasiya jadalligi sezilarli  darajada 
pasayadi.Bunday xususiyatga ega bo‘lgan moddalarga antitranspirantlar deyiladi.
Hamma   antitranspirantlar   ikki   guruhga   bo‘linadi:   1)og‘izchalarning
yopilishini   ta’minlaydigan   moddalar,   2)barg   o‘stida   yupqa   parda   hosil   qiluvchi
moddalar.
Og‘izchalarning   yopilishini   ta’minlaydigan   moddalarga   fenilmerkurasetat
C
8 H
8 H
8 O
2 ,   dodesenilsuksinat-CH
2 -(CH) n– CN-CH
2 -CHCOOH-CH
2 COOH,
abssizin   kislotasi-C
15 H
20 O
4   kiradi.   Bu   moddalar   o‘simlikka   purkalganda
og‘izchalarni   tashkil   qilgan   hujayralarning   turgori   kamayadi   va   ular   yopiladi.
Masalan,   makkajo‘xori,   tamaki,   topinambur,   qarag‘ay   barglarida,
fenilmerkurasetatning 10 -4
M eritmasi  purkalganda, og‘izchalar  2 xafta mobaynida
yopiq bo‘lgan. Transpirasiya jadalligi esa 50%gacha pasaygan.
Ikkinchi gruppa moddalarga, polimerlar – polietilen,   polipropilen, polistrol
kabilar kiradi. Bular barglarning o‘stida plyonka qavati hosil qiladi va natijada suv
bug‘larining   ajralib   chiqishiga   mexanik   to‘siq   hosil   bo‘ladi.   Tekshirishlar
natijasiga   ko‘ra   transpirasiya   jadalligi   50%dan   ko‘proq   kamayadi,   fotosintez   va
mineral   elementlarni   o‘zlshtirish   jadalliklari   o‘zgarmaydi.   Ayrim   o‘tkazilgan
tajribalar o‘simliklarning hosildorligini oshirish mumkinligini ko‘rsatadi.
Turli   ekologik  guruh  o‘simliklarida suv  almashinuvining  xususiyatlari.
Yer   yuzida   yashaydigan   barcha   o‘simliklar   suvga   bo‘lgan   munosabatiga   ko‘ra
asosan   ikki   guruhga   ajratiladi :
1. Suvda yashaydigan o‘simliklar.
2. Quruqlikda yashaydigan o‘simliklar.
1.   Gidrofitlar . Suvda yashovchi o‘simliklar   gidrofitlar   deb ataladi. Ular suv
o‘simliklari hisoblanib, butunlay yoki bir qismi suvga botib yashaydi. Bu guruhga
barcha   suv   o‘tlari   (suv   ayiqtovoni,   nilfiya,   lotos,   elodeya,   ryaska,   valisneriya,
gichchak va boshqalar) kiradi. Suv o‘simliklarining yashash muhiti suv bo‘lganligi
uchun ham xarakterli xususiyatlari oshikcha suvning tanaga kirishdan saqlanishga
moslashgan.   Suv   o‘simliklari   suzib   yuruvchi   sathining   katta   bo‘lishi,   mexanik to‘qimalarining   sust   rivojlanganligi,   vegitativ   organlarining   shilimshiq   bo‘lishi,
qoplagich   to‘qimalarining   sust   rivojlanganligi,   so‘zuvchi   barglarining   ustki
tomonida ko‘plab og‘izchalar joylashishi, barg mezofili ustunsimon va bulutsimon
to‘qimalarga ajralmaganligi, ildiz tizimining juda kuchsiz rivojlanganligi, ko‘proq
vegetativ yo‘l bilan ko‘payishi va boshqalar bilan ajralib turadilar. 
Suv   o‘simliklarining   to‘qimalarida   juda   ko‘p   hujayralararo   bo‘shliqlar
bo‘lib,   ular   gazlar   bilan   to‘liq   va   yaxshi   aerenximani   hosil   qiladi.   Bunday
o‘simliklar   o‘z   gavdasini   suvda   yaxshi   saqlaydi.   Shuning   uchun   ham   mexanik
to‘qimalari  yaxshi  rivojlanmagan.  O‘tkazuvchi  naylari  ham  kam   rivojlangan  yoki
butunlay   bo‘lmaydi.   Tanadagi   epidermis   qavati   juda   yupqa   bo‘lib,   kutikula
bo‘lmaydi,   bo‘lsa   ham   juda   yupqa   bo‘lib,   suv   o‘tkazishga   qarshilik   qilmaydi.
Osmotik   bosim   va   hujayralarning   so‘rish   kuchi   1-2   atm .   ga   teng   bo‘ladi .
Metabolitik   jarayonlar   uchun   zarur   suvni   bo‘tun   gavdasi   orqali   shimib   oladi .   Bu
o‘simliklar   suvdan   chiqarib   olinsa ,   bir   necha   minut   ichida   hamma   suvni   yo‘qotadi
va   nobud   bo‘ladi .
2.  Quruqlikda   yashaydigan   o‘simliklar   namlik   sharoitiga   moslanishiga   ko‘ra
uchta   ekologik   guruhga   ajratiladi :  gigrofitlar ,  mezofitlar   va   kserofitlar .
1.   Gigrofitlar .   Namlikka   to‘la   tuyingan   va   sernam   muhitda   yashaydigan
o‘simliklar   gigrofitlar   guruhiga   kiritiladi .   Odatda   bunday   muhit   daryolar ,   ko‘llar ,
botqokqiklar ,   sernam   o‘rmonlar   va   soya   joylarda   mavjud   bo‘ladi .   Bu   guruhga
kiruvchi   o‘simliklarga :   qamish ,   sholi ,   lux ,   kiyek ,   ingichka   bargli   paporotniklar   va
boshqalarni   ko‘rsatish   mumkin .   Bu   ekologik   guruh   o‘simliklari   ham   ortiqcha
namlik   sharoitiga   moslashish   belgilari   bilan   xarakterlanadi .   Bu   o‘simliklar   to‘la
suv   bilan   ta ’ minlangan   sharoitda   yashaganliklari   tufayli   ularning   tanasida
transpirasiya   jarayoniga   qarshilik   qiluvchi   belgilar   juda   kam   yoki   bo‘lmaydi .
Jumladan   hujayra   epidermisi   juda   yupqa   va   yupqa   kutikula   qavati   bo‘ladi .
Og‘izchalari   bargning   ostida   joylashgan   va   ko‘proq   muddatda   ochiq   bo‘ladi .
Hujayralararo   bo‘shliqlarning   yirik   bo‘lishi ,   suv   bug‘latuvchi   sathning   keng
bo‘lishini   ta ’ minlaydi .   Transpirasiya   jadalligining   yuqori   bo‘lishi ,   tanadagi
eritmalar   harakatini   tezlashtiradi .   Ularda   maxsus   gidatodlarning   bo‘lishi ,   ortiqcha suvning   suyuq - tomchilar   holida   tanadan   chiqib   turishini   ta ’ minlaydi .   Bu
o‘simliklar   tuproq   va   havo   qurg‘oqchiligi   ta ’ siriga   chidamsiz   bo‘ladi .
2.   Mezofitlar .   Bu   guruhga   kiruvchi   o‘simliklar ,   o‘rtacha   namlik   bilan
ta ’ minlangan   sharoitda   yashashga   moslashgan   bo‘lib ,   ularga   ko‘pchilik   madaniy
va   ayrim   yovvoyi   holda   o‘suvchi   o‘simliklar   kiradi .   Madaniy   turlarga   g‘o‘za ,
makkajo‘xori ,   bug‘doy ,   arpa ,   suli ,   qovun ,   tarvuz ,   bodring ,   pomidor   va   boshqalar
kirsa ,   yovvoyi   holda   o‘suvchilarga   marvaridgul ,   sebarga ,   bug‘doyiq   va   boshqa
ko‘pchilik   o‘tchil   o‘simliklar   kiradi .
Mezofitlarning   ildiz   tizimi   yaxshi   rivojlangan ,   barglari   yirik ,   yer   osti   qismi
ham   yaxshi   rivojlangan .   Barglari   ustunsimon   va   bulutsimon   mezofillga   ajralgan .
Og‘izchalari   odatda   bargning   pastki   epidermisida   joylashgan .   Transpirasiya
jarayonida ,   suv   sarfi   asosan   og‘izchalar   orqali   boshqariladi .   Hujayra   shirasining
osmotik   bosimi  10-25  atm .  atrofida   bo‘ladi .
3.   Kserofitlar .   Bu   o‘simliklar   guruhiga   qurg‘oqchil   iqlim   sharoitida
yashashga   moslashganlar   kiradi .   Ular   tuproq   va   atmosfera   qurg‘oqchiligi   ta ’ siriga
chidamli   bo‘lib ,   suv   balansini   tez   o‘zgartirmaydi .   Suv   juda   kam   bo‘lgan   cho‘l   va
dasht   zonalarida   keng   tarqalgan .  Barcha   kserofitlarni   ikki   guruhga   bo‘lib   o‘rganish
mumkin :  sukkulentlar   va   sklerofitlar .
Sukkulentlar .   Ularning   tanasi   qalin   etli ,   sersuv ,   poyasida   yoki   bargida   suv
saqlay   oladigan   ko‘p   yillik   o‘simliklar .  Ularning   ayrimlari   suvni   poyasida   saqlaydi
( kaktuslar ).   Suvni   poyasida   saqlovchilarning   barglari   tikanlarga   yoki   tangachalarga
aylangan ,  bargning   vazifasini   yashil ,  etdor   poyalar   bajaradi . 
Bargida   suv   saqlovchi   sukkulentlarda   esa   aksincha   poyalar   kuchsiz
rivojlangan ,  barglari   etli ,  sersuv   ( agava ,  aloe ,  semizak )   bo‘ladi . 
Umuman ,   sukkulentlarning   suv   saqlovchi   parenxima   to‘qimasi   kuchi
rivojlangan   bo‘ladi .   Faslning   yog‘ingarchiliklar   ko‘p   bo‘ladigan   muddatlarida
suvni   g‘amlab   oladi   va   undan   uzoq   muddatda   foydalanadi . 
Sukkulentlarning   mexanik   to‘qimasi   yaxshi   taraqqiy   etmagan .   Epidermis
hujayralarining   devori   qalinlashgan   va   qalin   kutikula   bilan   qoplangan ,  tuklar   ko‘p , og‘izchalar   soni   kam   va   maxsus   chuqurchalarda   joylashgan   bo‘ladi .   Og‘izchalar
kechasi   ochilib ,  kunduzi   havo   issiq   muddatlarda   yopiq   bo‘ladi .
Sklerofitlar .   Bu   guruhga   kiruvchi   o‘simliklar   qurg‘oqchilikka   chidamli   ko‘p
yillik ,   barglari   kuchli   reduksiyalangan   va   tikanga   aylangan .   Ularga   saksovul ,
yantoq ,   qandim ,   qizilcha ,   shuvok ,   juzg‘un ,   efedra   va   boshqalar   kiradi .   Ularning
tanasi ,  bargi   dag‘al   va   qattiq   bo‘lib   ( grekcha   skleros  -  dag‘al ,  qattiq )   qalin   kutikula
bilan   qoplangan .   Og‘izchalarning   maxsus   chuqurchalarga   joylanishi   ularning
xarakterli   belgilaridandir .   Umuman   kseromorf   belgilari   ko‘p   bo‘lib ,   ular
transpirasiyani   kamaytirishga   qaratilgan   epidermisning   yuzasida   har   xil   mumsimon
moddalar   ajratiladi .   Ayrim   o‘simliklarda   ( palma )   mumsimon   moddalarning
qalinligi   5 mm   gacha   bo‘ladi .   Qalin   kutikula ,   mumsimon   moddalar   va   tuklar   suv
bug‘lanishini   pasaytiradi .   Ayrim   o‘simliklar   ( ko‘ng‘irboshdoshlar ,   chalov )
bargining   ustki   tomonida   og‘izchalar   joylashgan .   Barg   qirralaridagi
chuqurchalarda   motor   hujayralar   deb   ataladigan   yupqa   devorli   yirik   va   hajmini
o‘zgartira   oladigan   tirik   hujayralar   joylashgan .   Suv   tanqisligi   boshlanganda   bu
hujayralarning   ( motor )   hajmi   kamayib ,   barg   yaprog‘i   o‘ralib   nay   hosil   qiladi .
Natijada   og‘izchalar   o‘ralgan   nay   ichida   qoladi   va   transpirasiya   ham   juda   past
bo‘ladi   yoki   to‘xtaydi .
Ko‘pchilik   kserofitlar ,   kechasi   og‘izchalar   ochiq   paytda ,   CO
2   ni   yutib   oladi
va   hujayra   vakuolasida   olma   kislotasi - malatni   to‘playdi .   Kunduzi   havo   issiq   va
og‘izchalar   yopiq   paytda ,   malat   sitoplazmaga   o‘tadi   va   u   yerda
malatyog‘gidrogenaza   fermenti   yordamida   CO
2   ajraladi .   Ajralgan   CO
2
xloroplastlarga   o‘tadi   va   fotosintez   jarayonida   ishtirok   etadi   ( fotosintezning   SAM
yo‘li ).   Fotosintez   jarayonida   ajralib   chiqqan   kislorod   hujayralararo   bo‘shliqlarda
to‘planadi   va   nafas   olish   jarayoniga   sarflanadi .   O‘z   navbatida   nafas   olish
jarayonida   ajralib   chiqqan   CO
2   ham   fotosintez   uchun   sarflanadi .  Fotosintezning   bu
yo‘li   qurg‘oqchilikka   chidamli   o‘simliklar   –   sukkulentlar   va   jazirama   cho‘llarda
yashaydigan   o‘simliklarda   sodir   bo‘ladi . Sukkulent   bo‘lmagan   kserofitlar   o‘zlarida   boradigan   transpiratsiya   jarayoni
tufayli   4   guruhga   bo‘linadi.   Bular:   haqiqiy   kserofitlar,   yarim   kserofitlar,   cho‘l
kserofitlari va poykilokserofitlardir.
Haqiqiy   kserofitlarga   shuvoq,   itgunafsha   kabi   o‘simliklar   kiradi.   Bu
o‘simliklar  hujayralarida osmotik bosim  yuqori  bo‘lib transpiratsiya  miqdori  kam
bo‘ladi.
Yarim   kserofitlarga   g‘ozoyoq,   marmarak   kabi   o‘simliklar   kiradi.   Ular
hujayralarining   sitoplazmasi   yopishqoqligi   kam,   ildizlari   juda   ham   chuqur   ketib
sizot  suvlarigacha etib boradi. Barglarida boradigan transpiratsiya jarayoni kuchli
bo‘ladi.
Cho‘l kserofitlariga  chalov kabi boshoqdoshlar oilasining cho‘lda o‘sadigan
ayrim   turlari   kiradi.   Ular   yoz   yomg‘iri   suvlaridan   yaxshi   foydalanishadi,   ammo
faqatgina qisqa suv etishmasligiga chidashi mumkin.
Poykilokserofit   o‘simliklarga   lishayniklar   kabi   suv   etishmagan   sharoitda
anabioz holatiga o‘tuvchi o‘simliklar kiradi.
Sug‘orishning   fiziologik   asoslari.   Qishloq   xo‘jalik   o‘simliklarini   sun’iy
sug‘orish   yuqori   hosil   olish   garovidir.   Chunki   hosildorlik   lalmikor   yerlarga
nisbatan 3-5 martagacha yuqori bo‘ladi. o‘simliklarni sun’iy sug‘orish ayniqsa arid
zonalari   (suvning   bug‘lanishi   yillik   yog‘inganrchilik   miqdoridan   ancha   ko‘p
bo‘lgan   joylar)   uchun   katta   ahamiyatga   egadir.   Chunki   bunday   zonalarda
o‘simliklarda suv taqchilligi tez-tez sodir bo‘ladi. Olimlarning ko‘rsatishicha, hatto
juda   qisqa   muddatli   suv   taqchilligi   ham   o‘simliklarning   normal   o‘sishiga   ta’sir
qilmay   qolmaydi.   o‘simliklarda   suv   kamchilligi   ayniqsa   suvning   surilishi,   ildiz
bosimi,   og‘izchalar   holati,   transpirasiya,   fotosintez,   nafas   olish   fermentlarining
aktivligi,   o‘sish   va   rivojlanish,   hosildorlik   va   hosil   sifati   kabi   jarayonlarga   ta’sir
etadi.
Qishloq   –   xo‘jalik   o‘simliklarini   vegitatsiya   davomida   ta’minlash   uchun
sarflanadigan  suv   miqdoriga  –   sug‘orish   normasi   deyiladi   va   u   quyidagi   formula
bilan aniqlanadi:
E=aP+W+M Bu   yerda   E   –   umumiy   suv   miqdori,   m 3
/ga,   a   P   –   o‘simliklarning
yog‘ingarchiliklar   hisobiga   foydalanadigan   suv   miqdori   m 3
/ga,   W-   tuproq
qatlamidan foydalaniladigan suv zahirasi, M – bir marta sug‘orish normasi m 3
/ga.
Bu   normani   belgilashda   yuqorida  ko‘rsatilgan   omillardan   foydalaniladi.   Masalan,
go‘za uchun sug‘orish normasi 3500 dan 10000 m 3
/ga bo‘lishi mumkin.
Bir marta sug‘orish normasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
M = aH(B
p  – B
o ) 100
Bu   yerda   M   –   bir   marta   sug‘orish   normasi,   m 3
/ga,   a   –   tuproqning   hajmiy
massasi, T/m 3
; H- tuproqning namlanuvchi qatlami; B
p   – tuproqning namlanuvchi
qatlamidagi dala namlik sig‘imi, % ; B
o  – sug‘oriladigan dala tuprog‘ining namligi,
%.
O‘simliklarni   bir   marta   sug‘orish   normasi   ularning   o‘sish   fazalari   va   bu
fazalarda   suvni   o‘zlashtirish   xususiyatlaridan   kelib   chiqib   belgilanadi.   Masalan,
go‘za o‘z vegitatsiyasi  davomida sarflaydigan sug‘orish normasining 20- 25 % ni
gullash fazasigacha, 55-60 % gullash fazasida, 15-20 % esa ko‘saklash va pishish
fazalarida sarflaydi. Shunga asosan sug‘orish soni va bir marta sug‘orish (400 dan
900 m 3
/ga, ayrim hollarda 1200 m 3
/ga bo‘lishi mumkin) normalari belgilanadi.
Ayniqsa   o‘simliklarning   sug‘orish   muddatlarini   to‘g‘ri   aniqlash   katta
ahamiyatga ega. Bu masalada ham bir qancha fikrlar mavjud: 1) tuproq namligini
hisobga   olish,   2)   o‘simliklarning   tashqi   ko‘rinishiga   qarab   belgilash,   3)
o‘simlikning fiziologik jarayonlari asosida aniqlash va h. 
Ayrim   o‘simliklar   va   ularning   o‘sish   fazalarida,   hujayra   shirasining   so‘rish
kuchi   quyidagicha   bo‘lganda,   sug‘orish   tavsiya   etiladi:   go‘zada   to   gullaguncha   –
12   atm,   gullash   fazasida   –   14   atm,   ko‘saklash   va   pisha   boshlashda   –   16   atm,
urug‘lik   yung‘ichqa   yosh   maysalari   –   3-5   atm,   shonalash   –   8   –   11   atm,   gullash
fazasida 14 – 18 atm va hokazo. 
Keyingi   yillarda   tavsiya   etilgan   tez   aniqlash   usullaridan   yana   bittasi,   barg
hujayrasining   elektrik   qarshiligini   aniqlashdir.   Bu   usul   ayniqsa   mevali
daraxtlarning sug‘orish muddatlarini belgilash uchun tavsiya etilgan. Barg   hujayralarida   elektrik   qarshilik   500-600   kOm   bo‘lganda ,   o‘simliklar
suv   bilan   normal   ta ’ minlangan   hisoblanadi .   Agar   elektrik   qarshilik   oshib ,   1000-
1500   k   Om   ga   yetsa   sug‘orish   tavsiya   etiladi .   Elektrik   qarshilik   2000   k   Om   ga
yetishi   kuchli   suv   defisiti   roy   berganini   bildiradi .
Shunday   qilib ,   o‘simliklardan   yuqori   va   sifatli   hosil   olish   uchun ,   ularni
butun   vegitatsiya   davomida   meyorida   suv   bilan   ta ’ minlash   zarur .  Suv   defisitligiga ,
ayniqsa   uning   uzoq   muddatli   bo‘lishiga   yo‘l   qoymaslik   hosildorlik   garovidir . Adabiyotlar: 
1. Ivanov P I. Zufarova M E. Umumiy psixologiya. – T.: 2018. 
2. Mirashirova.N A. Umumiy psixologiya. – T.: 2016. 
3. Davletshin M.G., T о ‘ychiyeva SM. Umumiy psixologiya. - T.: TDPU, 2002.-
202  б . 
4. Karimova V.M. Psixologiya. - T.: Sharq, 2000. 
5. G’oziyev E. Umumiy psixologiya. -T.: Faylasuflar.  2010. 
6. Салаева М.С., Ахмедова М. Психологик диагностика ва амалиёт. Ўқув 
қўлланма 5140900 – Касб таълими йўналишлари бакалаврлари учун. -Т.: 
Мухаррир, 2010. -118 б. 
7. Салаева М.С., Ахмедова М. Психологик диагностика ва амалиёт. Ўқув 
қўлланма. 5811100 – Корхоналар сервизи (корхоналар турлари бўйича) 
таълими йўналишлари талабалари учун. –Т.: Фан ва технология. 2010, - 248 
8. Салаева М.С., Халилова Ш.Т. Ўспиринларда креатив фикрлашни 
ривожлантиришнинг психологик жиҳатлари / “Психологияни ўқитишда 
замонавий инновацион ёндашув: психологлар фаолиятини ташкил этишда 
илғор технологиялар” номли Республика илмий-амалий анжумани мақолалар
тўплами. Низомий номидаги ТДПУ “Психология” ўқув-илмий маркази. 2019 
йил 24 декабрь. – Б.13-16. 
9. Салаева М.С. О личностном характере проблемы профессионального 
сознания / «Узлуксиз таълим тизимида маънавий-касбий баркамол шахс 
тарбияси» Республика илмий-назарий конференция, ГулДУ.  2007  йил  16-17-
ноябрь . – Б . 208-209. 
10. Salayeva, M. S., & Abduhakimova, M. (2023). Psixodiagnostik tadqiqotlarni 
amalga oshirish jarayonidagi muammolar // Results of National Scientific 
Research International Journal, 2(1), 69–79. Retrieved from 
https://academicsresearch.com/index.php/rnsr/article/view/1470

Transpiratsiya va uning fiziologik ahamiyati . O‘simliklarda suv almashinuvi ekologiyasi REJA: 1. T ranspiratsiya va uning fiziologik ahamiyati. 2. Transpiratsiyaning miqdoriy ko‘rsatgichlari va turlari. 3. O‘simliklarda suv almashinuvi ekologiyasi. 4. Turli ekologik guruh o‘simliklarida suv almashinuvining xususiyatlari. 5. Sug‘orishning fiziologik asoslari. 1.

T ranspiratsiya va uning fiziologik ahamiyati. O‘simliklar tanasi orqali suvning bug‘lanishiga transpirasiya deyiladi. Transpirasiya o‘simliklar tanasida sodir bo‘ladigan eng muhim fiziologik jarayonlardan biridir. Asosiy transpirasiya organi bargdir. O‘simliklar barg yuzasining kattaligi CO 2 ning ko‘p yutilishi, yorug‘lik energiyasidan effektiv foydalanish va suv bug‘latuvchi yuzaning keng bo‘lishini ta’minlaydi. Suv barg yuzasidan asosan og‘izchalar orqali bug‘lanadi. Buning natijasida barg hujayralarida suv miqdori kamayadi va so‘rish kuchi ortadi. Barglarda so‘rish kuchining ortishi o‘z navbatida barg tomirlari va naylaridan suvni tortib olish jarayonini faollashtiradi. yuqoridan tortib oluvchi kuchning paydo bo‘lishi, o‘simlik tanasi boylab suv harakatini yana tezlashtiradi. Shunday qilib, yuqoridan harakatga keltiruvchi (tortuvchi) kuch transpirasiya natijasida vujudga keladi. Transpirasiya faoliyatiga qarab, bu kuch ham shuncha yuqori bo‘ladi. Transpirasiya faolligi haroratga, o‘simlik turlariga, yashash sharoitlariga va boshqalarga bog‘liq. Ularni bir-biri bilan solishtirish va o‘rganish uchun transpirasiya jadalligi degan tushuncha mavjud. Transpirasiya jadalligi deb bir metr kvadrat barg yuzasidan bir soat davomida bug‘latilgan suv miqdoriga aytiladi. ko‘pchilik o‘simliklar uchun transpirasiya jadalligi o‘rtacha bir soatda kunduzi 15- 250 g/m 2 , kechasi 1-20 g/ m 2 ga teng bo‘ladi. Ayrim hollarda bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lishi ham mumkin. O‘rta Osiyo sharoitida yozning issiq kunlarida g‘o‘zaning transpirasiya jadalligi 450-1200 g/m 2 gacha ko‘tarilishi mumkin. Transpirasiya unumdorligi deb 1000 g. sarflangan suv hisobiga hosil bo‘lgan organik modda miqdoriga aytiladi. Bu ko‘pchilik o‘simliklar uchun 1-8 g ga teng, o‘rtacha 3 g atrofida bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, butun o‘simlik tanasi orqali bug‘langan suvning 99,8 % transpirasiyaga, qolgan 0,2% organik modda hosil qilish uchun sarflanadi. Umuman transpirasiyaning so‘rish kuchi o‘simlik turlariga ham bog‘liq. Daraxtchil o‘simliklarda bu kuch ildiz bosimidan bir necha marta yuqori. O‘tchil o‘simliklarda esa aksincha ildiz bosimi yuqori, lekin shunga qaramay transpirasiyaning so‘rish kuchi ham muhim ahamiyatga ega.

Transpirasiya o‘simliklarni yuqori harorat ta’siridan saqlaydi. Odatda transpirasiya tufayli o‘simlik tanasi harorati atmosfera haroratidan bir necha gradus past bo‘ladi. Biroq ayrim o‘simliklarda yuqoriroq bo‘lishi ham mumkin. Masalan, sahrolardagi o‘simliklar barglarining harorati quyoshning kuchli issiqlik energiyasini yutishiga qaramasdan, soyadagi barglarga nisbatan 6-7 o C ga ko‘p. Bu esa yozning issiq kunlarida o‘simlikning butun hayotiy jarayoni uchun katta ahamiyatga egadir. Ayniqsa fotosintez uchun qulay sharoit yaratiladi. Chunki og‘izchalarning ochiqligi CO 2 ning o‘zlashtirilishini faollashtiradi. Protoplazma kolloid misellalarning, xloroplastlar strukturasi va funksiyalari faoliyatiga sababchi bo‘ladi. Bargning plastinkasimon (keng) tuzilishi fotosintez va transpirasiya jarayonlari uchun eng qulay sharoit yaratadi. Bargning asosiy qismi – mezofilldir . U bir qator joylashgan epidermis hujayralari bilan qoplangan. Qoplovchi to‘qima – epidermis hujayralarining orasida esa maxsus hujayralar – og‘izchalar joylashgan. Transpirasiya asosan barg og‘izchalari orqali idora qilinadi. Ya’ni transpirasiya natijasida bug‘langan suvning 95-97 % og‘izchalar va qolgan qismi kutikula orqali atmosferaga tarqaladi. Shuning uchun ham transpirasiya jadalligi bargdagi og‘izchalarning soniga va ularning ochiq yoki yopiqligiga ham bog‘liq. Og‘izchalarning soni 1 mm 2 barg yuzasida 50-500 ta va undan ko‘proq ham bo‘lishi mumkin. Bu ko‘proq o‘simlik turlariga, navlariga va suv bilan ta’minlanish sharoitlariga bog‘liq. Og‘izchalar ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Bunga har xil omillar sabab. Eng muhimi suv bilan ta’minlashdir. Suv yetarli sharoitda og‘izchalari ochiladi va kamligida aksincha yopiladi. Ko‘pchilik o‘simliklarning bargidagi og‘izchalar yorug‘likda ochilib, qorong‘iliqda yopilishi ham mumkin. Og‘izchalar yopiq vaqtda suv bug‘larining tashqariga chiqishi to‘xtaydi va hujayra oraliqlari namlik havoga to‘ladi. Natijada transpirasiya jadalligi ham sekinlashib, to‘xtash holatiga yaqinlashadi. Bunday vaqtlarda kutikulyar transpirasiyagina davom etadi. U og‘izchalar orqali bo‘ladigan transpirasiyadan 10-20 martagacha sekin. Kutikulyar transpirasiyaning jadalligi kutikulaning

qalinligiga ham bog‘liq. Ya’ni kutikulasi juda yupqa bo‘lgan yosh barglarda kuchliroq, kutikula qavati qalinlashgan qariroq barglarda sekin bo‘ladi. Umuman, transpirasiya o‘simliklar uchun zarur fiziologik jarayondir. Uning jadalligi juda ko‘p ichki va tashqi omillarga bog‘liq. Transpiratsiyaning o‘simlik hayotidagi o‘rni, xillari va uning natijasida sodir bo‘luvchi fiziologik jarayonlar, shuningdek, ontogenez davrida suv muvozanatining ahamiyati, uni bevosita o‘simliklarning hosildorligiga bog‘liqligi, transpiratsiyani kamaytiruvchi fiziologik faol moddalar va polimerlar haqida ma’lumotlar keltiriladi. O‘simlikning er ustki organlari orqali suvni bug‘lanishi transpiratsiya deb ataladi. Transpiratsiya muhim fiziologik jarayon bo‘lib barglar asosiy transpiratsiyalovchi organdir. Suv bargdan barg og‘izchalari orqali bug‘lanadi. Buning natijasida esa barg hujayralarida suvning miqdori kamayadi va uning so‘rish kuchi oshadi. Bargning plastinkasimon tuzilishi, fotosintez va transpiratsiya uchun kulaylik yaratadi. Qoplovchi to‘qima epidermis hujayralarining oralig‘ida barg og‘izchalari mavjud. Og‘izchalar ko‘pchilik hollarda pastki epidermisda joylashadi ammo faqat yuqori tomonida yoki bargning ikkila tomonida ham joylashishi mumkin. Epidermis-kutikula qavati va tukchalar bilan qoplangan. Transpiratsiya jarayoni ikkita bosqichdan iborat: 1. Suvni barg tomirchalaridan mezofil qavatiga o‘tishi. 2. Mezofil hujayralarining devoridan bug‘langan suvning avvalo hujayralararo bo‘shliqlarga, undan esa og‘izchalar yoki kutikula qavati orqali atmosferaga chiqishi. Transpiratsiya natijasida umumiy bug‘langan suvning 95-97% barg og‘izchalari orqali, qolgan 3-5% kutikulalar orqali atmosferaga tarqaladi. Bargdagi og‘izchalar soni va ularning holati transpiratsiya jarayonining jadalligini belgilaydi. Barg og‘izchalarining miqdori 10 mm2 barg yuzasida 500-5000 dona va undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik hollarda suv etarli sharoitda barg og‘izchalari ochiq holatda bo‘ladi, suv kamligida esa yopiladi.

Ayrim o‘simliklarning barg og‘izchalari yorug‘likda ochilib qorong‘ulikda yopiladi. Kunning ertangi qismida og‘izchalar ko‘proq ochiq holatda bo‘ladi. Peshin vaqtidagi og‘izchalarning holati uni suv bilan ta’minlanishiga bog‘liq. Kechki payt yopiladi. Transpiratsiya jadalligi sekinlashganda, hujayra oralig‘idagi to‘plangan namlik kutikulyar transpiratsiya orqali chiqariladi. Bu kutikulaning qalin-yupqaligiga bog‘liq. Kutikula yupqa bo‘lsa, kuchliroq o‘tadi, qalin bo‘lsa sekin kuzatiladi. Transpiratsiyaning miqdoriy ko‘rsatgichlari va turlari. Transpiratsiya boshqariluvi. Barg og‘izchalari odatda barg umumiy yuzasining 0,5-2% tashkil qiladi. Ammo ushbu barg og‘izchalari orqali bug‘langan suvning miqdori, ochiq suv yuzasidan bug‘langan suv miqdoriga tengdir. Bu holat Stefan qonuni bilan ifodalanishi mumkin, ya’ni gazlarning kichik teshikchalardan diffuziyasi tezligi shu teshikchalar diametri va aylanasiga to‘g‘ri proporsional bo‘lib ularning umumiy maydoniga bog‘liq emas. Barg og‘izchalari o‘lchamiga uni hosil qilgan tutashtiruvchi hujayralar va unga yaqin bo‘lgan hujayralar holatlarining ta’siri kattadir. Masalan ushbu hujayralarning turgor holatiga o‘tishi barg og‘izchalarining ochilishiga olib keladi. Barglar og‘izchalarining harakatiga ko‘proq havoning namligi, yorug‘lik, harorat, hujayra oraliqlaridagi CO 2 bosimi, ionlar nisbati, fitogormonlar va nihoyat o‘simlikning suv bilan ta’minlanishi katta ta’sir qiladi. Barg og‘izchalari o‘lchamlari va holatlarini boshqariluvida asosan ikkita, ya’ni gidropassiv va gidrofaol holatlarni ko‘rish mumkin. Barg og‘izchalarining gidropassiv ochilishi kuchsiz suv etishmaganda ro‘y beradi. Bunda barg og‘izchalari atrofidagi tutashtiruvchi hujayralarga ular atrofida joylashgan hujayralarning turgor bosimining pasayishi natijasida ularning siquvchi kuchining barg og‘izchalarga nisbatan kamayishi natijasida ular ochiladi. Barg og‘izchalarining gidropassiv yopilishi esa uni o‘rab turgan hujayralarning to‘la turgorga o‘tishi sababli ro‘y beradi, ya’ni ularning qattiq siqishi natijasida barg og‘izchalari yopilishi mumkin.