O‘simliklardan alkaloidlarni ajratish usullari Tuzlar, erkin asoslar
O‘simliklardan alkaloidlarni ajratish usullari. Tuzlar, erkin asoslar ko‘rinishidagi ekstraksiya Reja: 1. O‘simliklardan alkaloidlarni ajratish 2. Tuzlar ko‘rinishidagi alkaloidlarni ajratish 3. Erkin asoslar ko‘rinishidagi alkaloidlarni ajratish
O‘simliklardan alkaloidlarni ajratish Alkaloidlar o‘simlik organizmiga ko‘p foizda uchramaganligi uchun ularni xom ashyodan to‘liq ajratib olish muxim vazifa xisoblanadi. Alkaloidlarni olish usullari: 1. Ekstraksiya. Suyuqlik-suyuqlik bilan ekstraksiyalanadi. 2. Ion-almashinish usuli. 3. Elektrokimyoviy usul elektrodializ rejim tanlab olinadi. Ekstraksiya usulida ajratish uslubini ikki guruxga bo‘lish mumkin. Birinchi va ikkinchi modifikatsiya buyicha alkaloidlarni olish. YOki: 1. Tuzlar ko‘rinishidagi ekstraksiya. 2. Erkin asoslar ko‘rinishidagi ekstraksiya. Birinchi xolda o‘simlik xom ashyosi o‘ziga mos, yani tarkibidagi biofaol moddalarni to‘liq eritib ajratuvchi erituvchi bilan ishlanadi. Bunda ko‘p bo‘lmagan miqdorda biron-bir kislota (sirka, xlorid, vino, limon va boshqalar) qo‘shiladi. Odatda ekstraksiya konussimon ekstraksion apparatlarda (perkolyatorlarda) olib boriladi. Unga kukun qilib maydalangan xom ashyo solinadi va erituvchi quyiladi. Bir necha soat damlangan aralashmani perkolyator quyi qismidagi krandan oqiziladi, xom ashyoga esa yangi erituvchi quyilaveradi va bu jarayon alkaloidlar to‘liq ajralguncha davom etadi, ya’ni perkolyatordan oqayotgan suyuqlikdan alkaloidlarga sifat reaksiya bermagan vaqtgacha davom ettiriladi. Uzluksiz perkolyatorlardan foydalanish ishni yanada osonlashtiradi. Bunda perkolyator kranidan qancha suyuqlik sekin oqib chiqishiga qarab, perkolyator yuqori qismiga shuncha yangi erituvchi qo‘shiladi. Agar apparatga to‘ g‘ ri kelsa, ekstraksiyaga bir necha perkolyator, qarama-qarshi oqim prinsipiga ko‘ra, ulash maqsadga muvoffiq bo‘ladi. Bunda birinchi perkolyatordan oqayotgan suyuqlik ikkinchi perkolyatordagi yangi xom ashyoga quyiladi, ikkinchi perkolyator kranidan chiqqan suqlik uchinchi perkolyatorga yangi xom ashyoga quyiladi. Bu usul bilan ko‘p konsentrlangan alkaloidlar eritmasi olinadi va kam miqdorda erituvchi ishlatiladi. Sanoatda
odatda shunday ekstraksion batareyalardan foydalaniladi, bunda 5-10 perkolyator ishlatiladi. Alkaloid tuzlari, odatda, suv va spirtda (metil, etil) eriydi, efir va organik erituvchilarda erimaydi. SHuning uchun alkaloidlarni tuz xolida ajratish uchun erituvchi sifatida odatda suv yoki spirt ishlatiladi. Bu usulda ishlatiladigan ekstraktorlar: 1. Q arama-qarshi oqimli turi 2. Uzlukli va uzluksiz ishlaydigan Bu usulda qo‘yiladigan talablar: 1. Maxsulotning yuqori darajada chiqishi 2. Konsentratsiyasi yuqori bo‘lishi 3. Jarayon yuqori tezlikda borishi kerak. Usulning afzalligi: 1. Suvning arzonligi Kamchiligi: 1. DXE ni qayta ishlashga berilishi 2. Texnika xavfsizlik qoidalariga yuqori talablar qo‘yilishi 3. 2-chi modifikatsiyaga qaraganda unumdorligi kam 45-65%. 4. Bosqichlarning ko‘pligi. Bu usulda efedrin gidroxlorid, anabazin gidroxlorid, paxikarpin, lobelin gidroxlorid olinadi. Bu usulning chiqish unumi - 45-65%. Ikkinchi modifikatsiya bo‘yicha alkaloidlarni ajratish kerak, u ishqor bilan ishlanadi. Ayrim xolda sal kamroq o‘simlik xom ashyo kukuni quruq asos (magniy oksid yoki oxak) bilan yaxshilab aralashtiriladi, keyin ekstraksiyaga yuboriladi. Boshqa xollarda o‘simlik ishqor (ammiak, soda, NaOH) eritmasi bilan yaxshilab aralashtiriladi, keyin perkolyatorga ekstraksiyaga yuboriladi. Erkin alkaloidlar nafaqat suv va spirtda balki organik erituvchilarda xam yaxshi eriydi. Bu usulda erituvchi tanlash ko‘lami keng. Bu maxsulotda ko‘p xollarda benzol, dixloretan, xloroform, olein spirti, kerosin ishlatiladi. SHularda xar bir erituvchi o‘z afzalligi va kamchiliklariga ega. Ekstraksiya
jarayoni perkolyasiya usuli bilan nordon maxsulotdagidek olib boriladi. Mos ishqorni tanlash muxim daqiqa bo‘lib xisoblanadi, chunki bir tomondan alkaloidlar kuchli ta’sirga ta’sirchan va nojo‘ya o‘zgarishlarga uchraydilar; boshqa tarafdan esa shunday xolatlar bo‘lishi mumkin-ki qachon alkaloid kuchli asos bo‘lib, bunda ammiakka o‘xshash kuchsiz asoslar alkaloidini tuzdan ajrata olmaydi. Boshlan g‘ ich ekstraksiya. YUqorida aytib o‘tganimizdek ekstraksiya vaqtida alkaloidlar bilan bir qatorda eritmaga ballast moddalar o‘tadi. Ular toza asos ajralib chiqishini qiyinlashtiradi. Bunday noqulayliklarni chetlab o‘tish uchun ayrim xollarda xom ashyoni oldindan tozalash yo‘li qo‘llaniladi. Buning bilan xom ashyo oldin kuchsiz kislota (yoki tuz) bilan ishlanadi va benzol bilan ekstraksiya qilinadi. Tuzlar ko‘rinishidagi alkaloidlar bu erituvchiga o‘tmaydi, erituvchi nordon yoki neytral ekstraktiv moddalarni o‘ziga tortib oladi. Bunday boshlan g‘ ich ishlashdan keyin o‘simlik xom ashyosini mos ishqor bilan ishlanadi va 2 chi marta birinchidagidek ajratib olinadi. Bunda alkaloidlar eritmasi nisbatan toza, keraksiz moddalarni kam saqlagan va undan toza ishqorlarni ajratish osonlashadi. Ammo bu usul katta va ko‘p vaqt talab etganligi uchun aloxida xollarda ishlatiladi. Erkin asoslar ko‘rinishida alkaloidlar ekstraksiyasi. a) nordon, suvli yoki spirtli ekstraksiyalar. Alkaloidlarni suvli, nordon tuzli eritmalardan ajratish uchun bu eritmalarni ishqorlantiriladi va alkaloid so‘riladi yoki suv bilan aralashmaydigan erituvchi bilan jalb qilinadi (efir, benzol, xloroform, metil spirti), odatda bitta bunday qayta ishlash kamlik qiladi. SHuning uchun uni tozalashda suyultirilgan (1-5%) kislota qo‘llaniladi. Unga alkaloidlar to‘liq o‘tadi, keraksiz moddalarning katta qismi organik erituvchida qoladi. Tozalangan nordon eritma yana nordonlashtiriladi va undan yana suv bilan aralashmaydigan erituvchi yordamida alkaloid ajratib olinadi. Endi erituvchi xaydalgandan keyin «alkaloidlar yi g‘ indisi» ni beradi, u keyingi jarayonga yuboriladi.
Spirtli nordon eritmalarda avval spirtni yuqotish kerak, bu suvli xammomda xaydash yuli bilan amalga oshiriladi, qolgan quyuk massa suv bilan ishlanadi (yoki suyultirilgan kislota bilan), bunda qisman smolali moddalar erimagan xolda qoladi va ular filtratsiya yuli bilan ajratib olinadi. Bu smolalar ko‘pincha alkaloidlarni ma’lum qismini adsorbsiyalaydi, shuning uchun ular bir necha marta issiq suv bilan (yoki suyultirilgan kislota bilan) alkaloidlarni ulardan to‘liq ajrab chiqquncha qayta ishlanadi. Kislota, suvli eritma smolalar filtratsiyasidan keyin olingan, ma’lum miqdorda keraksiz modda saqlaydi, ular alkaloidlarni tozalashni qiyinlashtiradi. Ularni yuqotish uchun bu eritma efir, xloroform va boshqa erituvchilar bilan «yuviladi». Bu yul bilan olingan nordon, suvli eritma yuqorida aytib o‘tganimizdek uzoq vaqt qayta ishlanishi kerak. Oxirgi paytda suvli va kislotali diffuziya aralashmadan alkaloidlarni ajratish uchun qulay usul adsorbsiyadan foydalaniladi. Adsorbent bo‘lib odatda ko‘mir va ion almashuvchi adsorbentlar tabiiy loy (glina) yoki suniy smolalar ishlatiladi. Alkaloidlar adsorbsiyasi eritma va adsorbentni mexanik aralashtirish yoki adsorbent bilan to‘ldirilgan kolonkalar orqali eritmani o‘tkazish yuli bian amalga oshiriladi. Alkaloidlarni desorbsiyasi sorbentni oldin erituvchi ishqorli suvli eritmasi, keyin organik erituvchi bilan qayta ishlashdan iborat. Erituvchi xaydalgandan keyin alkaloidlar yi g‘ indisi xosil bo‘ladi va u keyingi qayta ishlashga yuboriladi. Xozirgi kunda adsorbsiyali usul ko‘pgina alkaloidlar ajratib olishda keng qo‘llanilmokda. b) ishqoriy ekstraksiyalar. O‘simlikni ishqoriy ekstraksiya yordamida olingan erkin alkaloidlarni eritmalari suv va spirtli ekstraktlarga nisbatan tozaroq, ya’ni o‘zida ballast modda saqlaydi. Ularda alkaloid ajratish uchun, bu eritmalar suyultirilgan kislotani (1-5%) bilan chayqatiladi, bunga xamma alkaloidlar o‘tadi. Bu kislotali eritma oddiy tozalashga yuboriladi. 2 chi modifikatsiyali usulning afzalligi: