O‘zbekistonda 1917-90 yillardagi muzeylarining ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni
O‘zbekistonda 1917-90 yillardagi muzeylarining ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni Reja: 1. O‘zbekistonda muzeylar bo‘yicha sovet davrida olib borilgan siyosat va muzey ishi. 2. O‘zbekistonda 1917-90 yillarda tashkil etilgan muzeylar faoliyati. 1.O‘zbekistonda muzeylar bo‘yicha sovet davrida olib borilgan siyosat va muzey ishi.
XX asr boshlarida hozirgi O‘zbekiston hududi tarkibiga uch davlat birlashmasi: Rossiya O‘rta Osiyoni zabt etganidan keyin tuzilgan va uning tarkibiga mustamlaka sifatida qo‘shib olingan Turkiston general-gubernatorligi, shuningdek, yuzaki ravishda mustaqil bo‘lgan, ammo Rossiyaga qaram hisoblangan Buxoro amirligi va Xiva xonligi kirar edi. O‘sha vaqtda xududning kattaligi va aholisining ko‘pligi jihatidan Turkiston o‘lkasi, ya’ni Turkiston general-gubernatorligi eng yirik sanalardi. Uning tarkibiga Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Kaspiy orti va Yettisuv viloyatlari kirar edi. Mustamlakachilik Turkiston xo‘jaligining an’anaviy tarkibiga putur yetkazish bilan bir qatorda milliy asosda burjua yo‘nalishida o‘z axvolini mustaqil ravishda o‘zgartirish imkoniyatidan uni mahrum etdi, turg‘unlikka, inqirozga, qoloqlikka mahkum qildi. 1917 yillarga kelib, mamlakatda keskin burilish yuz berdi. Shu yilning oktyabr oyida bolsheviklar zo‘rlik bilan amalga oshirgan to‘ntarish sobiq Ittifoq xalqlari, jumladan, O‘zbekiston xalqlari tarixida salkam 75 yil davom etgan yangi mustamlakachilik sahifasini boshlab berdi. Natijada chor mustamlakachilik imperiyasi o‘rnini «qizil imperiya» egalladi. Muzeylarda, jumladan saroy muzeylarida saqlanayotgan san’at asarlari va qadimgi davrga oid osori-atiqalar xalqning qadriyatlari ekanligi, ularni asrash va muhofaza etish bilan hukumat darajasida shug‘ullanish lozimligi anglanadi. O‘zbekistonda davlatning o‘zi muzeylariga homiylik siyosatini olib borish bilan birgalikda, ularning eng asosiy muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazdi. Xususan, ushbu davrdan hunarmandchilik, pedagogika sohalarida muzeylar tashkil etish boshlandi. Yangi hokimiyat ham muzeylarni moliyaviy ta’minlash o‘rniga asosiy e’tiborni muzeyga kiruvchilarga hukmron kommunistik g‘oyani targ‘ib etishga yo‘naltirdi 1 . Shuni ta’kidlamoq lozimki, Rossiya imperiyasida oktyabr davlat to‘ntarishiga qadar muzeylarni boshqarish uchun alohida boshqarma yoki biror bir maxsus muzeylar uchun qonunlar majmuasi yaratilmagan edi. Natijada muzeylarning ko‘payishi, eng ilg‘or muzeylar erishgan 1 Музейное дело России / П од об щей редакцией Каулен М.Е. , Коссов ой И.М., Сундиев ой А.А.. – М осква : Издательство «ВК», 2003. – С. 127.
yutuqlar bilan bir qatorda umumiy tarqoqlik, ishni tashkil etishning past saviyasi, muzeylar faoliyatining ilmiy asoslangan yagona tizimi yo‘qligi ko‘zga tashlanar edi. 1917 yilgi bolsheviklarning davlat to‘ntarishidan so‘ng xonlarning saroy kolleksiyasi va muzeylar milliylashtirildi hamda davlat mulki deb e’lon qilindi. Badiiy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan ashyo-buyumlarni aniqlash, ularni ro‘yxatga olish, muhofaza qilish uchun badiiy-tarixiy komissiyalar tuzilib, mutaxassislarning fikricha, bu tashkilot madaniy merosni saqlab qolishda muhim rol o‘ynadi. Muzey ishi va yodgorliklarni muhofaza qilish davlat boshqaruvi tizimi 1918–1920 yillarda yaratildi 2 . Muzeylarni boshqarish yagona tashkilotining tuzilishi muzeyshunos arboblarning istak va fikrlarining amalga oshishi bo‘ldi. Bu tashkilot RSFSR Maorif xalq komissarligi qoshida tuzilib, uning ishida madaniyat arboblari, muzey xodimlari, san’atshunoslar, rassomlar (I.E.Grabar, P.P.Muratov, N.G.Mashkovsev va boshqalar) faol ishtirok etadi. 1918–1927 yillari muzey ishi, san’at va qadimgi yodgorliklarni muhofaza qilish bo‘limini N.I.Troskaya boshqaradi. Maorif xalq komissarligi rahbarligida mahalliy sovetlar xalq maorifi bo‘limlari qoshida muzey ishini boshqarish tashkilotlari tuziladi. Muzeylarni boshqarishning bu tizimi uning markazlashuvini ta’minladi. Sovet hukumati muzey ishi va yodgorliklarini muhofaza qilish bo‘yicha qonun yaratilib, u osori-atiqalarni milliylashtirish asoslarini, madaniy boyliklarni asrash, davlat uchun ma’lum yodgorlik yoki kolleksiyaning muhim ahamiyat kasb etganligini tasdiqladi. «Vijdon erkinligi, cherkov va diniy jamiyatlar haqida»gi 1918 yil 20 yanvar dekreti esa cherkov mulkini milliy qadriyat deb e’lon qildi. Yangi hukumat shu bilan diniy qadriyatlar orqali ham katta mablag‘ va vositalarga ega bo‘ldi. Tarixiy va badiiy ahamiyatga ega bo‘lgan ashyo-buyumlarni chet elga sotish 1918 yilning sentyabr–dekabr oylarida e’lon qilingan dekretlar bilan taqiqlandi 3 . 2 Музейное дело России / П од об щей редакцией Каулен М.Е. , Коссов ой И.М., Сундиев ой А.А.. – М осква : Издательство «ВК», 2003. – С. 130. 3 Музейное дело России / П од об щей редакцией Каулен М.Е. , Коссов ой И.М., Сундиев ой А.А. . – М осква : Издательство «ВК», 2003. – С. 132.
Turkiston Xalq Komissarlari Sovetining 1918 yili 19 apreldagi dekreti bilan knyaz Nikolay Romanovning Toshkentdagi hovlilarini davlat mulki deb e’lon qilindi. Uyi esa xalq muzeyiga aylandi 4 . Unda tasviriy san’at, grafika, haykallar, badiiy san’at ashyolari, mebel, chinni, tunj va amaliy san’atning boshqa buyumlari qo‘yilgan edi. Muzey fondlarini to‘latish uchun Moskva davlat muzeyi fondidan badiiy muzey qiymatiga ega bo‘lgan 120 ga yaqin eksponat shu muzeyga berildi. Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Sovetining 1920 yil 31 iyuldagi «Turkiston Respublikasidagi ayrim shaxslar va jamiyatlar ixtiyorida bo‘lgan san’at asarlari, qadimgi yodgorliklarni ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish hamda qo‘riqlash haqida»gi maxsus Qarori muzey jamoalari zimmasiga mas’uliyatli vazifa yukladi 5 . Turkkomstarisning maxsus yo‘riqnomasi bilan muzey ashyolarini rasmiylashtirish va ro‘yxatga olish joriy etildi. Qarorda ayrim shaxslar ixtiyoridagi yodgorliklarni ro‘yxatga olishga katta e’tibor berilgan. Bunday shaxslarga har tomonlama yordam ko‘rsatilib, maxsus muhofaza yorliqlari berilar edi 6 . Turkkomstarisga qimmatbaho ashyolar bilan savdo qilishda maxsus ekspert komissiyasi belgilagan baho bo‘yicha sotib olish huquqi berildi. Ushbu maqsadda maxsus mablag‘ fondi tuzilib, knyaginya Iskanderga tegishli qadimiy qurollar kolleksiyasi 200 ming rublga sotib olindi. Unda Sharq xalqlari Rossiya va Angliyada ishlangan nodir va qimmatbaho qurollar bor edi 7 . Bundan tashqari, Turkkomstarisga ko‘rgazma va nashrlar uchun xususiy kolleksiyalardan foydalanish huquqi ham berildi. Muzey uchun qadrli narsalarni aniqlash uchun ilmiy-badiiy ekspert komissiyasi tuzildi. Uning raisi etib Turkkomstaris muzey seksiyasining mudiri A.M.Mironov tayinlandi. Komissiyaning faol harakatlari bilan Turkkomtstaris muzey fondi qisqa davr ichida badiiy tarixiy qiymatga ega ko‘plab ashyolar bilan boyidi. Turkiston Xalq Komissarlari Sovetining 1923 yil 3 noyabr qaroriga binoan Turkiston o‘lkasining turli viloyatlarida joylashgan 20 ta qadimgi yodgorlik Turkkomstaris ixtiyoriga o‘tkazildi. Tarixiy-arxeologik jihatdan ahamiyatga ega 4 Культурное строительство в Туркестанской АССР (1917–1924) .Том 1. – Ташкент, 1979 . – С. 417. 5 ЎзР МДА, Р–394-фонд, 1-рўйхат, 5-иш, 7-варақ. 6 ЎзР МДА, Р–394-фонд, 1-рўйхат, 13-иш, 18-варақ. 7 ЎзР МДА, Р–396-фонд, 1-рўйхат, 5-иш, 7-варақ.
bo‘lgan 52 ta yodgorlik hisobga olindi. Turkiston ASSRning yettita muzeyida (Buxoro va Xivani qo‘shganda) osori-atiqalar soni 114075 taga yetadi 8 . Muzey ishlarini tashkil etish va unga rahbarlik qilish uchun yagona markaziy apparat – Turkkomstarisning tuzilganligi O‘rta Osiyo xalqlari tarixiy o‘tmishini o‘rganishga sharoit yaratdi. XX asrning 20-yillari xalqli ravishda «o‘lkashunoslikning oltin o‘n yilligi» deyiladi. Mahalliy muzeylar taraqqiyoti o‘lkashunoslik harakati bilan bevosita bog‘liq holda borgan. «O‘lkashunoslik muzeylari» atamasi ham o‘tgan asrning 20- yillari o‘rtalaridan keng tarqaladi. Ularning faoliyati, mazmun mohiyati o‘lkashunoslikka oid nashrlarda muhokama etildi 9 . O‘lkashunoslik harakatini taniqli olimlar va madaniyat arboblari akademik V.V.Bartold, professor A.A.Semyonov, A.A.Divaev, V.L.Vyatkin, M.E.Masson, L.V.Oshanin va boshqalar boshqarib, muntazam ravishda o‘lkashunoslik konferensiyalarini o‘tkazib turganlar. Rossiyada 1918–1923 yillari 150 dan ortiq muzey yaratilgan bo‘lsa 10 , Turkistonda 4ta, jumladan Toshkentdagi san’at, Namangandagi shahar o‘lkashunoslik, Xorazm tarixiy-inqilobiy va Buxoro muzeylari tashkil qilindi 11 . O‘lkashunoslik ishlarining bu xilda tashkil etilishi muzeylarning viloyatlar hayotidagi ahamiyatini oshirib, ularni o‘ziga xos madaniy va ilmiy markazlarga aylantirdi, jamiyatda ularga «viloyat fanlar akademiyasi», «o‘lkaning jonli ensiklopediyasi» sifatidagi munosabati shakllandi. Dastlab bolsheviklar hukumati mahalliy ziyolilaridan katta qismining muzeylarda ishlashi jiddiy ilmiy tadqiqotlarni davom ettirishlari imkonini beradi. O‘tgan asrning 20-yillarida muzeyga sovet davrida ta’lim olgan, ammo avvalgi an’ana va tajribalarni o‘zlashtirgan yosh avlod ham kelib qo‘shildi. O‘lkashunoslik muzeylarining ushbu yillardagi faoliyati natijasida fondlar to‘latilib, turli mavzudagi kolleksiyalar viloyatlar tabiati va xom ashyo zaxiralariga oid eksponatlar to‘plandi. Muzeylar faoliyatiga oid masalalar ko‘p sonli anjumanlarda va o‘sha davr matbuoti 8 ЎзР МДА, Р–394-фонд, 1-рўйхат, 103-иш, 85–86-варақлар. 9 Музейное дело России / П од об щей редакцией Каулен М.Е. , Коссов ой И.М., Сундиев ой А.А. . – М осква : Издательство «ВК», 2003. – С. 141. 10 Содиқова Н. Маданий ёдгорликлар хазинаси. – Т ошкент : Фан, 1981. – Б. 76. 11 ЎзР МДА, Р–394-фонд, 1-рўйхат, 49-иш, 3-варақ.