logo

O’zbekistonning Mustaqil davlatlar Hamdo’stligi va Markaziy Osiyo mamlakatlar bilan aloqalari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

37.7861328125 KB
O’zbekistonning Mustaqil davlatlar Hamdo’stligi va Markaziy Osiyo
mamlakatlar bilan aloqalari   
Reja
1. Mustaqil O’zbekistonning tashqi siyosati asoslari va jahon hamjamiyatiga 
qo’shilishi
2. O’zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi davlatlari bilan aloqalari
3. Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida hamkorlik aloqalari
  1-masala: Mustaqil O’zbekistonning tashqi siyosati asoslari va jahon
hamjamiyatiga qo’shilishi
XXI asr bo’sag’asida jahon taraqqiyotining mazmuni o’zgardi. Ilgari dunyo
ikki   qutbli   bo’lib,   bir-biriga   qarama-qarshi   bo’lgan   kuchlar   nisbati   ikki   joyda   –
SSSR va AQSh yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy
kuchlarning   qo’lida   edi.   Dunyoning   tinchligi   va   xavfsizlik   tizimi   shu   ikki
sistemaning,   ikki   blokning   o’zaro   muholiflik   muvozanatiga   asoslangan   edi.
Dunyoda   “sovuq   urush”   siyosati   hukmronlik   qilardi.   Butun   dunyo   yadro   urushi
xavfi   ostida   yashardi.   XX   asrning   90-yillariga   kelib   sosialistik   dunyoning
yetakchisi   bo’lgan   ulkan   imperiya   –   SSSR   parchalanib   ketdi,   Varshava
Shartnomasi  bloki tarqalib ketdi. Birgina SSSRning parchalanishi  natijasida 15 ta
davlat, jumladan, O’zbekiston davlati paydo bo’ldi. “Sovuq urush” siyosati barham
topdi.   Xalqaro   vaziyatning   o’zgarishi   jahon   taraqqiyotining   holatini   tubdan
o’zgartirib   yubordi.   Endi   dunyo   ko’p   qutbli   bo’lib   qoldi.   Biroq   dunyo   hamon
mo’rt,     murakkab   muammoli   bo’lib   turibdi.   Dunyo   tinchligiga   tahdid   soluvchi
xavf-xatarlar,   ziddiyatlar,   ayniqsa,   xalqaro   terrorizm,   diniy   ekstremizm,
fundamentalizm xavfi  saqlanib qoldi.
Bugungi kunda insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari xalqaro
munosabatlarga bog’liq bo’lib turibdi. Xalqaro maydondagi har bir siyosiy tangliq
mojaro   barcha   mamlakatlar   xalqlari   manfaatiga   dahldor   bo’lib   qoldi.   Shu   bois
O’zbekistonning   xalqaro   maydonda   olib   borayotgan   siyosatini,   uning
mamlakatimiz   milliy   manfaatlariga   javob   beradigan   strategik   ustuvor
yo’nalishlarini   aniq   belgilab   olish   nihoyatda   dolzarb   masalalardan   biriga   aylandi.
Shu   maqsadda   2012   yil   sentyabr   oyida   qabul   qilingan   “O’zbekiston
Respublikasining   tashqi   siyosiy   faoliyati   konsepsiyasini   tasdiqlash   to’g’risida”gi
Qonunda   belgilab   berilgan   prinsiplar   muhim   voqyea   bo’ldi.   Bu   prinsiplar
quyidagilar:   O’zbekistonning   turli   harbiy   bloklardan   uzoq   bo’lishi;   o’zining
suvereniteti   va   hududiy   yaxlitligini   himoya   qilish   bo’yicha   qat’iy   pozisiyaga   ega
bo’lishi   va   o’z   hududida   xorijiy   davlatlarning   harbiy   bazalarini   joylashtirilishiga
yo’l qo’ymaslik; ochiq, izchil va faol tashqi siyosat olib borish. O’zbekiston   Respublikasining   davlat   mustaqilligini   qo’lga   kiritishi   yosh
davlatimizni   jahon   hamjamiyatiga   qo’shilish   uchun   imkoniyat   yaratdi.   Shu   bois
mamlakatimiz   rahbariyati   istiqlolning   dastlabki   kunlaridan   e’tiboran
O’zbekistonning   milliy   manfaatlariga   mos   keladigan   puxta   siyosiy   yo’lini
belgilash,   jahon   hamjamiyatiga   qo’shilish,   xorijiy   mamlakatlar   bilan   aloqalar
o’rnatish   kabi   dolzarb   masalalarni   hal   qilishga   kirishdi.   Istibdod   davrida
mamlakatimiz   to’la   mustaqil   ravishda   tashqi   siyosat   va   diplomatik   faoliyat
yuritish, xorijiy davlatlar va xalqaro nufuzli  tashkilotlar  bilan aloqalarni  o’rnatish
kabi huquqlardan mahrum etilgan edi. 
Birinchi   Prezidentimiz   I.A.Karimov   o’zining   “O’zbekistonning   o’z   istiqlol
va   taraqqiyot   yo’li”   va   boshqa   asarlarida   mustaqil   tashqi   siyosat   yuritish
qoidalarini   nazariy   va   amaliy   jihatdan   asoslab   berdi.   O’zbekiston   Respublikasi
Konstitusiyasining 17-moddasida Respublika mustaqil tashqi siyosiy faoliyatining
huquqiy asoslari, prinsiplari, maqsad va vazifalari o’zining qonuniy aksini topdi.
O’zbekiston   Respublikasi   tashqi   siyosatining   asosiy   tamoyillari
quyidagilardan iborat:
 mafkuraviy   qarashlardan   qat’i   nazar   hamkorlik   uchun   ochiqliq
umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va havsizlikni saqlashga sodiqlik;
 davlatlarning suveren tengligi va chegaralar dahsizligini hurmat qilish;
 boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
 nizolarni tinch yo’l bilan hal qilish;
 kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;
 inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;
 ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum
e’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi;
 davlatning,   xalqning   oliy   manfaatlari,   faravonligi   va   havfsizligini
ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo’stliklarga kirish va ulardan chiqish;
 tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;
 davlatlararo   aloqalarda   teng   huquqlilik   va   o’zaro   manfaatdorliq   davlat
milliy manfaatlarining  ustunligi;  tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar
asosida   rivojlantirish,   bir   davlat   bilan   yaqinlashish   hisobiga   boshqasidan
uzoqlashmaslik.
Istiqlolning   dastlabki   yillaridan   boshlab   O’zbekiston   Respublikasi   tashqi
siyosiy   va   tashqi   iqtisodiy   aloqalarini   ta’minlab   beruvchi   davlat   organlari
shakllantirildi.   Tashqi   ishlar   vazirligi   funksiyalari   va   faoliyatining   yo’nalishlari
tubdan   o’zgartirildi.   1991   yil           sentyabrda   O’zbekiston   Respublikasi   Tashqi
iqtisodiy   faoliyat   milliy   banki   tashkil   etildi.   1992   yil   21-fevralda   O’zbekiston
Respublikasi   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimovning   “O’zbekiston   Respublikasi
tashqi   iqtisodiy   aloqalar   vazirligini   tashkil   etish   to’g’risida”gi   Farmoni   qabul
qilindi.   O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 21 oktyabrdagi “Tashqi
iqtisodiy   aloqalar   sohasida   boshqaruv   tizimini   yanada   erkinlashtirish   va
takomillashtirish   to’g’risida”gi   Farmoniga   asosan   bu   vazirlik   O’zbekiston
Respublikasi  tashqi  iqtisodiy aloqalar agentligi etib qayta tashkil  qilindi. 2005 yil
iyul   oyida   O’zbekiston   Respublikasi   tashqi   iqtisodiy   aloqalar   agentligi
O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi
etib   qayta   tashkil   qilindi.   O’zbekistonda   tashqi   savdo   bilan   shug’ullanuvchi
firmalarning   maxsus   tizimi   shakllantirildi.   Respublikada   diplomatik   ishlar   uchun,
xalqaro   huquq   va   tashqi   iqtisodiy   aloqalarda   faoliyat   yuritadigan     mutaxassislar
tayyorlash yo’lga qo’yildi. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda,
uning   jahon   hamjamiyati   bilan   integrasiyalashuvida   xalqaro   moliyaviy,   iqtisodiy
tashkilotlar   –   Xalqaro   valyuta   fondi,   Jahon   banki,   Xalqaro   moliya   korporasiyasi,
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ham ko’maklashmoqda.
O’zbekiston   mustakil   davlat   maqomiga   zga   bulgan   dastlabki   kunla-ridan
xalqaro   xamjamiyat   bilan   teng   huquqli,   suveren   xamkorlik   olib   borish   yulidan
bordi. Kiska tarixiy davr mobaynida mamlakat jaxon xamjamiyatida uz urniga zga
davlatga   aylandi.   O’zbekiston   jahonning   ko’plab   mamlakatlari   va   yirik   xalkaro
tashkilotlari   bilan   turli   sohalarda   xamkorlik   qilib   kelmokda   O’zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.   Mirziyoyev   ta’kidlaganlarideq   «Birlashgan Millatlar   Tashkiloti,   Shanxay   xamkorlik   tashkiloti,   Mustakil   Davlatlar
Xamdustligi,   Islom   hamkorlik   tashkiloti   va   boshka   xalkaro   tuzilmalar   bilan   faol
munosabatlar   o’rnatilgan   va   ular   bilan   hamkorlik   olib   borish   Uzbekistonning
milliy manfaatlariga xizmat qiladi».
2018   yil   holatiga   ko’ra   O’zbekistonni   180   ga   yakin   davlat   tan   olgan.
Ularning   134   tasi   bilan   diplomatik   munosabatlar   o’rnatilgan.   Toshkentda   45   ta
davlatning   elchixonalari,   9   ta   faxriy   konsulxona,   11   ta   xalkaro   tashkilot,   5   ta
xalkaro   moliyaviy,   3   ta   diplomatik   mavkedagi   savdo   vakolatxonalari   faoliyat
yuritmokda.
O’zbekiston Respublikasining BMT bilan munosabatlarining o’rnatilishi va
rivojlanishi   mustakdllik   davri   tarixining   muhim   sahifalaridan   biridir.   Uzbekiston
bu   yiriq   global   tashkilot   va   uning   ixtisoslashgan   muassasalari   bilan   xalkaro   va
mintakaviy xavfsizliq barkaror tarakqiyot, ijtimoiy-iktisodiy, ekologik muammolar
kabi ma-salalar yuzasidan uzaro hamkorlik olib bormokda.
Shuni   alohida   ta’kidlash   kerakki,   zamonaviy   xalkaro   munosabatlar-da
BMT   uziga   xos   uringa   ega   bulib,   global   darajadagi   masalalarda   muhim
ahamiyatgaega.   Mazkur   tashkilot   butu   n   dun   yodagi   siyosiy   vaziyatlardajahon
mamlakatlari   muammolarini   xalqaro   hamjamiyatga   olib   chiqishda   uziga   xos
minbar - «jaxrn uyi» vazifasini ham bajaradi, 2017 yil «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik
markazi   YuNESKO   hamkorligida   «Yoshlar   dunyo   v   a   uzi   haqida»   mavzusida
Toshkent,   Samarkand,   Fargona   viloyatlari   ukuvchi   yoshlari   urtasida   surovnoma
utkazadi.   Ushbu   surovnomada   ularga   «Siz   jamiyat   hayotini   boshkaradigan,
Markaziy   Osiyo   mintaqasi   aholisining   ijtimoiy   muammolarini   xal   kila   oladigan
qanday   institut   yoki   tuzil-malarni   bilasiz?»,   degai   savolga   respondentlarning
19,5% BMT, 13,8% ShXT, 7,1% YuNESKO, 2,9% YuNISEF, 66,2% bilmayman
deb   javob   berishgan.   «Siz   jaxrn   hamjamiyatidagi   turli   muammolarni   hal   etishda
asosiy   urin   tutadigan   qanday   tashkilotlarni   bilasiz?»,   degan   savolga   yoshlarning
67,1%   BMT,   43,8%   YuNESKO,   26,7%   YuNISEF,   10,5%   NATO,   3,3%   ShXT,
2,9%   Inson   xukukdari   umumjaxrn   Deklarasiyasi,   20,5%   bilmayman   deb   javob
berishgan.Kurinib   turi   bdi   ki,   yoshlarning   kupchiligi   mintakaviy   va   global muammolarni   xal   etishda   asosiy   tashkilot   sifatida   BMT   va   uning   tuzilmalarini
kursatishgan.   Bu   esa   BMTning   boshqa   xalqaro   va   mintakaviy   tashkilotlarga
nisbatan kulami, axamiyati nixoyatda katta ekanligining bir dalili sifatida tashkilot
faoliyatini yanada rivojlantirishni ham talab qiladi.
O’zbekiston Respublikasi 1992 yil 2 mart kuni jaxon hamjamiyatining teng
xukukli   a’zosi   sifatida   BMTga   a’zo   bo’ldi.   O’zbekistonni   BMTga   qabul   kilish
to’grisidagi   qaror   BMT   Bosh   Assambleyasining46-sessiyasida   yakdillik   bilan
ma’kullash asosida kabul kilindi.
Shundan   so’ng   1993   yil   24   oktyabrda   Toshkentda   Xolid   Malik   boshchi-
ligida BMTning vakolatxonasi ish boshladi. Mazkur vakolatxona O’zbekistondagi
BMT   tizimining   ixtisoslashgan   muassasalari   va   das-turlari   faoliyatini
muvofikdashtiradi,   uzaro   xamkorlik   masalalari   va   mamlakatdagi   isloxrtlarga
ko’maklashadi.
BMT   Uzbekistonga   jaxonda   tinchlik   va   barkarorliq   iqtisodiy   va   ijtimoiy
rivojlanish, madaniy va ilm-fan taraqqiyotining yorqin misolidagi tobora rivojlanib
borayotgan yosh mamlakat  sifatida karaydi. Shu bois mazkur  nufuzli tashkilot  va
uning   ixtisoslashgan   muassasalari   Uzbekiston   bilan   xamkorlikda   turli   xalkaro
anjumanlar   tashkil   etishdan   manfaatdor.   Bu   esa   O’zbekiston   uchun   tashkilot   va
uning   tuzilmalari   bilan   ko’p   tomonlama   hamkorlikni   yanada   mustahkamlash,
mustaqillik sharoitida erishilgan yutuqlarni, O’zbekiston tarixi, madaniyati, san’ati
va boshqalarni jaxon miqyosida targ’ib etish, global va mintakaviy muammolarga
birgalikda yechim topish imkoniyatini beradi.
Uzbekiston   Respublikasining   BMT   bilan   munosabatlarida   2016   yilning
ikkinchi   yarmidan   boshlab   yangi   tendensiyalar   ko’zga   tashlanib,   uzaro
munosabatlarda   yangi   boskich   boshlandi.   Jumladan,   Uzbekiston   Respublikasi
Prezidentining   2017   yil   7   fevralda   qabul   qilingan   «O’zbekiston   Respublikasini
yanada rivojlantirish buyicha Harakatlar strategiyasi tug’risida»gi Farmoni asosida
mamlakat   tashki   siyosati,   jahonning   rivojlangan   mamlakatlari   va   xalkaro
tashkilotlari   bilan   hamkorligini   yangi   boskichga   ko’tarishning   «yo’l   xaritasi»
belgilab   olindi.   «Harakatlar   strategiyasi»   O’zbekiston   tashki   siyosiy   faoliyatida yangi   omillar,   resurslar   va   uzaro   hamkorlikni   yanada   rivojlantirish,   siyosiy   va
iktisodiy   diplomatik   munosabatlarni   chukurlashtirish   uchun   asos   yaratdi.   Xalqaro
ekspertlarning ta’kidlashicha, Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbirlar
BMTning   Barqaror   rivojlanish   maqsadlari   global   dasturi   bilan   uyg’undir.
Harakatlar   strategiyasi   -   bu   BMT   Barkaror   rivojlanish   maqsadlarini   amalga
oshirish   bo’yicha   O’zbekistonning   yo’l   xaritasidir.   Shunga   asosan,   O’zbekiston
tashki   siyosiy   faoliyatida,   jahonnning   rivojlangan   mamlakatlari   va   xalkaro
tashkilotlari xususan, BMT bilan munosabatlarida yangi sahifa ochildi.
2017   yil   19   sentyabrda   Uzbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.   Mir-
ziyoyev   AKShda   bulib,   BMTning   72-sessiyasida   nutk   suzladi.   Mazkur   nutk
Uzbekistonning   BMT   doirasidagi   xalkaro   tashabbuslarida   yangi   tenden-siyalarni
namoyon   qildi.   Uzbekiston   Prezidenti   uz   nutkida   mamlakat   ijtimoiy-iktisodiy,
siyosiy v a madaniy xayotidagi uzgarishlar xam da anik va asosli manbalarga ega
bir   nechta   tashabbuslarni   ilgari   surdi.   Ya’ni   globallashuv   va   axborot
kommunikasiya   texnologiyalari   jadal   rivojlanib   borayotgan   bugungi   sharoitda
yoshlarga   oid   siyosatni   shakllantirish   va   amalga   oshirishga   karatilgan
umumlashtirilgan   xalkaro   xuku   kiy   xujjat   -   BMTning   Yoshlar   xukuklari
to’g’risidagi  xalkaro konvensiyasini  ishlab chikish, BMT  Bosh Assambleyasining
«Ma’rifat   va   diniy   bag’rikenglik»   deb   nomlangan   maxsus   rezolyusiyasini   kabul
kilish,   BMT   Xavfsizlik   Kengashini   boskichma-boskich   isloh   kilish,   kabi   global
xarakterdagi   takliflari   jaxrn   jamoatchiligida   katta   kizikish   uyg’otdi.   Xususan,
O’zbekiston   Prezidenta   Sh.Mirziyeyovning   mazkur   nutki   mavjud   muammolarga
maxalliy,   mintakaviy   va   global   darajada   axamiyat   qaratilib,   ularning   yechimiga
pragmatik yondashilganligi bilan aloxida ahamiyat kasb etdi.
O’zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi davlatlari bilan aloqalari
Xozirda jahonda  turli   xil  xalqaro va  mintaqaviy  tashkilotlar  mavjud  bo’lib,
ularning   orasida   Mustaqil   Davlatlar   Hamdo’stligi   (MDH)   o’ziga   xos   ko’rinishga
ega.1991   yil   8-dekabrda   Minskda   –   Rossiya,   Ukraina   va   Belorus   rahbarlarining
uchrashuvida   Mustaqil   Davlatlar   Hamdo’stligi   (MDH)   ni   tuzish   to’g’risida shartnoma   imzoladilar.   Shartnomada1922   yil   30-dekabrda   tashkil   topgan   SSSR
tugatilganligi   va   Mustaqil   Davlatlar   Hamdo’stligi   (MDH)   tashkil   etilganligi
rasman e’lon qilindi. 1991 yil 25-dekabrda SSSR xalqaro huquq subyekti sifatida
barham   topdi   va   M.S.Gorbachyov   Bosh   kotib   va   Prezident   lavozimlaridan
iste’foga chiqdi.
1991   yil   21-dekabrda   Almatida   11   davlat   –   Rossiya,   Ukraina,   Belorus,
Qozog’iston,   O’zbekiston,     Qirg’iziston,   Tojikiston,   Turkmaniston,   Ozarbayjon,
Armaniston,   Moldova   davlatlari   boshliqlarining     Kengashida   Belovejskoye
Pushche   shartnomasi   yuzasidan   protokol   imzolanib,   “Teng   huquqli   va
ahdlashayotgan   oliy   tomonlar”   maqomida   MDH     muassisi   bo’ldilar.   Kengashda
Almati Deklarasiyasi qabul qilindi.
1991-2001   yillarda   MDH   davlatlari   boshliqlarining   30   ga   yaqin   kengashi
bo’lib, ularda hammasi bo’lib iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy,  tashkiliy umumiy
sohalarga oid 1300 ga yaqin masalalar muhokama etilgan, tegishli 1400 dan ortiq
masalalar   muhokama   etilib   tegishli   normaviy,   tavsifiy   hujjatlar,   bitimlar,
shartnomalar   imzolangan. MDHda hamjihatlikni mustahkamlash va rivojlantirish
jarayoni   davom   etmoqda,   yilda   bir   necha   bor   sammitlar   o’tkazilib   kelinmoqda.
2000   yilning   o’zida   Moskvada   ikki   marta,   ya’ni   24-25-yanvar   hamda   21-iyun
kunlari   MDH   davlat   boshliqlarining   sammiti   bo’lib   o’tdi.   2001   yil   29-30-noyabr
kunlari Moskvada MDH tashkil etilgan kunning 10 yilligiga bag’ishlangan yubiley
sammiti bo’lib o’tdi. Sammitda MDH tuzilganligining 10 yilligi munosabati bilan
Bayonot imzolandi. Sammit qatnashchilari Afg’oniston voqyealari to’g’risida ham
Bayonot   imzoladilar.   2004   yil   sentyabr   Astanada   bo’lib   o’tgan   MDH   sammitida
hamdo’stlikning strukturasini o’zgartirish masalasi ko’rildi. Sammitda terrorizmga
qarshi kurash borasida MDXning “Xavfsizlik kengashi”ni tuzishga qaror qilindi.
Shu   bilan   bir   qatorda   MDH   a’zolari     hamdo’stlikning   boshqa   yo’llarini
topmoqdalar.   MDH   doirasida   bir   necha   xalqaro   tashkilotlar   vujudga   keldiki,
ularning faoliyati umumiy maqsadlar va muammolarga qaratildi. Bunga Kollektiv
xavfsizlik   to’g’risidagi   shartnoma   tashkiloti   (ODKB)   va   Yevrosiyo   Iqtisodiy
Hamjamiyati (YevrAzES)ni misol qilish mumkin. 1992-yil 20-martda Kiyev shahrida O’zbekiston Respublikasi  bilan Rossiya
Federasiyasi   o’rtasida   diplomatik   munosabatlar   o’rnatish   to’g’risida   Protokol
imzolangan   bo’lsa,1992-yil   5-mayda   Moskvada   O’zbekiston   Respublikasi   bilan
Rossiya   Federasiyasi   o’rtasida   davlatlararo   munosabatlar   asoslari   to’g’risidagi
Shartnoma   imzolandi,1992-yil   22-iyulda   esa   Toshkentda   Rossiya   Federasiyasi
Bosh   vaziri   A.Shoxin   boshchiligidagi   Rossiya   Federasiyasi   va   O’zbekiston
delegasiyalarining   muzokaralari   bo’lib   o’tdi.   Muzokaralar   yakunida   O’zbekiston
Rossiya munosabatlarni rivojlantirishga aloqador qo’shma axborot imzolangan edi.
1993-yil   26-may   kuni   I.A.Karimov   “Trud”   gazetasi   muxbirlarining
savollariga   qaytargan   javoblarida   Rossiyaga   munosabatini   bildirib,   quyidagilarni
ta’kidladi: "Rossiya biz uchun suv va havodek zarur. Men rejalashtirish idoralarida
ko’p   yillar   ishlaganman.   Aloqalarimiz   naqadar   kengligini   bilaman.Ma’naviy
yaqinligimiz ham juda muhim.   Rossiyaning kelajagi buyuk. Azaldan buyuk davlat
bo’lib kelgan,   tarix uning o’rnini ana shunday belgilab qo’ygan".
Ikki   mamlakat   o’rtasida   iqtisodiy,   ijtimoiy,   siyosiy,   parlamentlararo,
samolyotsozlik   va   madaniyat   sohalarida   teng   huquqli   va   o’zaro   manfaatli
hamkorlik yo’lga qo’yila boshlandi.
O’zbekiston   Respublikasi   va   Rossiya   Federasiyasi   o’rtasidagi   iqtisodiy
hamkorlik   alohida   ahamiyatga   ega   bo’lib   mamalakatlarimiz   o’rtasida   bu   sohani
rivojlantirishga oid bir qator amaliy qadamlar tashlandi. 
2004   yilda   ikki   mamlakat   o’rtasida   mahsulot   ayirboshlash   2003   yilga
nmsbatan   42,9   foizga   oshib,   1641,9   mln   AQSh   dollarini   tashkil   etdi.
O’zbekistondan Rossiya Federasiyasiga eksport hajmi 57,8 foizga oshib, 724,8 mln
AQSh dollarini tashkil etdi, Rossiyadan imtort esa 33,7 foizga ko’payib, 917,1 mln
AQSh dollarini tashkit qildi.
2004 yilda savdodagi ijobiy savdo tufayli 2003 yildagi salbiy saldoni qariyb
38   mln   AQSh   dollari   miqdorida   qisqartirilishiga   erishildi.   2004   yilda   eksport
tarkibi   asosan   xizmatlar   (ko’proq   energozaxiralarni,   yo’lovchilarni   tashish,
temiryo’l   orqali   mahsulot   tashish)   25,9   foizni   yoki   187,5   mln   AQSh   dollarini,
energozaxiralar  -   17,7  foiz   yoki   128,6  mln  AQSh  dollari,  paxta  tolasi   -  10,1  foiz yoki 72,3 mln AQSh dollari, qayta ishlangan meva va yong’oq - 2,8 foiz yoki 20,4
mln AQSh dollari, qayta ishlangan sabzavot va boshqa o’simliklar - 2,1 foiz yoki
15,0  mln   AQSh  dollari,  mato   va  jun   mahsulotlar   -   1,8   foiz   yoki   13,1   mln  AQSh
dollari, elektr mashinalar va asbob-uskuna - 1,8 foiz yoki 12,7 mdn AQSh dollari,
gtaxta va noto’qima materiallar - 1,6 yoki 11.2 mln AQSh dollarini tashkil etgan.
Import   tarkibi   esa   kuyidagicha   bo’ldi:   qora   metall   va   ulardan   ish-langan
mahsulot - 24,6 yoki 225,8 mln AQSh dollari, mexanik asbob-uskuna — 13,7 yoki
125,8 mln AQSh dollari, yog’och va yogoch mahsulotlari -9,8 fosh yoki 89,8 mln
AQSh dollari, xyumatlar — 6,2 foiz yoki 56,4 mln AQSh dollari, elekgr mashina
va asbob-uskuna — 6,0 foiz yoki 54,6 shn AQSh dollari, yerda yuradigan transport
vositalari - 4,9 foiz yoki 44,99 mln AQSh dollari, kauchuk va rezina mahsulotlari -
4,0 yoki 37,0 mln AQSh dollari, farmasevtika mahsulotlari - 3,9 foiz yoki 35,7 mln
AQSh dollari, optik pribor va apparatlar - - 3,1 foiz yoki 28,2 mln AQSh dollari,
plastmassa va ulardan ishlab chikrrshgan mahsulot -2,7 foiz yoki 25,0 mln AQSh
dollarini tashkil etgan.
Uzaro   savdodagi   eksport   va   import   tarkibi   asosan   mahalliy   ishlab
chiqaruvchilar   uchun   raqobat   qilmaydigan   mahsulotlardan   tashkil   topgan   (odatda
ichki bozorlarda talab yuqori bo’lgan avtomobillar bundan mustasno).
Yuqoridagilardan   xulosa   qilib,   ikki   tomonlama   savdo   istiqbolda   savdo
to’siklariga   yo’l   qo’ymaydigan   o’zaro   manfaatli   asosda   amalga   oshirilayotganini
qayd   etish   mumkin.Mamlakatimizda   Rossiya   sarmoyasining   ishtirokida   tashkil
etilgan   korxonalar   hamda   Rossiya   kompaniya   va   firmalarining   akkredetasiya
qilingan   vakolatxonalari   soni   ko’payib   bormokda.   Masalan,   2003   yilda   Rossiya
sarmoyasi   ishtirokida   mamlakatimizda   309   ta   korxona   faoliyat   yuritgan   bo’lsa,
2004   yilda   ularni   soni   390   taga   yetgan.   Ulardan   54   foizi   Rossiya   investisiyasi
asosida faoliyat yuri-tadi, 295 tasi esa qo’shma korxonalardir.
Rossiya   sarmoyasi   ishtirokida   tashkil   etilgan   korxonalarning   nizom
jamg’armasi   88,5   mln   AQSh   dollarini   tashkil   etgan.   2004   yil   natijalariga   ko’ra
ushbu   korxonalarning   tashqi   saddo   ayirboshlash   ko’rsatkichi   81,8   mln   AQSh
dollarini, 2005 yilning avgustiga qadar esa bu ko’rsatkich 76,5 mln AQSh dollarini tashkil   qildi   (ya’ni   2004   yilning   shu   davriga   nisbatan   o’sish   1,7   barobar   ortiq
bo’lgan).   O’zbekiston   mintaqalari   nuqtai   nazaridan   olinadigan   bo’lsa,   faoliyat
yuritayotgan   korxonalar   asosan   Toshkent   shahri,   Toshkent,   Samarqand,   Buxoro,
Andijon   hamda   Farg’ona   viloyatlari   ulushiga   to’g’ri   keladi.   Mazkur   korxonapar
faoliyatining   asosiy   yo’nalishlari   quyidagi   sohalarni   qamrab   oladi:   oziq-ovqat,
tekstil,  yog’ochni   qayta  ishlash,  kimyo-farmasevtika,  metallurgiya, mashinasozliq
avtomobilsozliq   yoqilg’i-energetika,   qishloq   xo’jaligi   hamda   O’zbekiston
iqtisodiyotining   boshqa   tarmoqdarida   birgalikda   mahsulot   ishlab   chiqarish,   savdo
vositachilik faoliyati.
Keyingi   vaqtda   qishloq   xo’jalik   mahsulotlarini   qayta   ishlash   so-hasida
kooperasiyani   mustahkamlash   jarayonlari   ko’zga   tashlanmoqsa.   Ayni   payt d a   bu
sohada "Baltimor", "Cherkizovo" va boshqa mashhur Rossiya komianiyalari bilan
tashkil   etilgan   to’qqizta   qo’shma   korxona   faoliyat   yuritmoqda.   "Bim   Bill   Dan"
kompaniyasi   "Toshkentsut"   birlashmasining   77   foiz   aksiyasini   sotib   olish
to’g’risidagi   shart-nomani   imzolab,   sut   mahsulotlari   va   meva   sharbatini   ishlab
chiqa-rishga 20 mln AQSh dollari mikdorida investisiya kiritishni mo’ljallamoqda.
2004   yil   oktyabrda   Moskva   shahrida   Rossiya   Federasiyasi   va   O’zbekiston
Respublikasi  o’rtasida iqtisodiy hamkorlik bo’yicha hukumatlararo komissiyaning
yettinchi   majlisi   bo’lib   o’tdi.   Uni   Rossiya   tomonidan   Sanoat   bo’yicha   federal
agentlik rahbari Boris Alyoshin, O’zbekiston tomonidan O’zbekiston Respublikasi
Bosh vaziri o’rinbosari O’tkir Sultonov boshqardi. 
Bu   uchrashuvi   natijasida   ikki   tomonlama   protokol   imzolandi.   Shuningdeq
O’zbekiston   Milliy   Banki   tomonidan   "Osiyo   invest   bank"ka   sarmoyaviy
loyihalarni   moliyalashtirish   va   O’zbekistondan   Rossiyaga   eksportni
rag’batlantirish uchun 60 million dollar miqdorida kredit linyasi ochish to’g’risida,
"O’zbekneftgaz"   va   "Lukoil   Oversis   Xolding"   kompaniyalari   o’rtasida   o’zbek
konlarini o’zlashtirishda mahsulot taqsimoti to’g’risida bitimlar qabul qilingandi.
2005   yil   11   oktyabrda   esa   O’zbekiston   Respublikasi     Birinchi   Prezidenti
Islom   Karimov   Oqsaroyda   Rossiya   Federasiyasining   Sanoat   bo’yicha   federal
agentlik   rahbari   Boris   Alyoshinni   qabul   qildi .   Uchrashuvda   O’zbekiston   bilan Rossiya o’rtasidagi savdo iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish bilan bog’liq
masalalar   yuzasidan   fikr   almashildi.   2005   yil   2   dekabr   kuni   mamalakatimizga
Rossiya   Federasiyasining   "RUSAL"   kompaniyasi   direktorlar   kengashi   raisi   Oleg
Deripaskani   tashrif   buyurdi.   "RUSAL"   kompaniyasi   2000   yilda   tashkil   topgan
bolib   alyuminiy   ishlab   chiqarish   bo’yicha   jahondagi   kuchli   uchlikka   kiruvchi
yagona   yagona   xususiy   sanoat   majmuidir.   Dunyoda   ishlab   chiqaradigan
alyuminiyning o’n foizi "RUSAL" hissasiga to’g’ri keladi.kompaniya o’z faoliyati
davomida 2004 yilgi malumotlarga ko’ra 12,7 million tonna alyumini oksidi  12,6
million   tonna   xomaki   ishlov   berilgan   alyuminiy   xomashyosini   ishlab   chiqargan.
Tojikistonda   faoliyat   olib   borayotgan   alyuminiy   zavodidan   atmosferaga   zaharli
moddalar chiqariladi va mamalaktimizning janubiy viloyati, viloyati  Surxandaryo
aholisi   ham   shundan   aziyat   chekmoqda.Oleg   Derepaska   tashrif   doirasida
Surxandaryoda   ham   bo’lgandi.   Uchrashuvda   O’zbekiston   korxonalari   bilan
"RUSAL" o’rtasidagi aloqalarga oid masalalar yuzasidan fikr almashilgandi. 
Rossiya   Federasiyasida   "O’zbekiston"   savdo   uyining   ochilishi   ikki
mamlakat   o’rtasida   savdo-iqtisodiy   hamkorlikni   mustahkamlash   yo’lidagi   muqim
qadam bo’ldi. 2005 yilning 19 dekabrida Toshkentda Rus Savdo uyining ochilishi
marosimi   bo’lib   o’tdi.   Uning   asosiy   faoliyati   RF   Sibir   mintaqasining   iqtisodiy
salohiyatini   O’zbe-kistondan   keltirilayotgan   mahsulotlar   bilan   o’zaro   manfaatli
jihatlarini namoyish etishdir
2007   yilda   Rossiyalik   sarmoyadorlar   bilan   hamkorlikda   tashkil   qilingan
qo’shma   korxonalar   soni   to’rt   yuz   yellikdan   oshadi,   Rossiyada   esa   O’zbekiston
sarmoyasi   bilan   tuzilgan   korxonalar   284   tani   tashkil   etgan.   2007   yilda
O’zbekistonda   132   ta   Rossiya   firma   va   kompaniyalari   o’z   vakolatxonalarini
ochganlar.Jumladan,  "Vim   Bil-Dan-Toshkent   (sut  mahsulotlari), "Petromaruzgaz"
(kimyoviy   mahsulotlar),"Baltimor-Chelak"   (konserva),   "Elimpeks"(to’qimachilik)
kabi korxonalar faoliyat olib bormoqda. 2007 yil 14 may kuni Toshkent shahridagi
Xalqaro   hamkorlik   markazida   O’zbekiston   Rossiya   biznes   forumi   bo’lib   o’tdi.
Mazkur forumga ishtirok etgan Rossiya delegasiya safida to’qsonga yaqin federal
va mintaqaviy miqyosdagi firma va kompaniya vakillari ishtirok etishdi. Toshkentda   2008   yil   fevral   oyida   Rossiyaning   blok-konteyner   shaklidagi
mamuriy   inshootlar,yotoqxona   va   oshxonalarni   loyihalash   va   qurish,neft-
gaz,oltinqazish,shuningdektog’-kon   sanoati   uchun   yuqori   texnologiyalar   ishlab
chiqarish   bilan   shug’ullanuvchi   yirik   kompaniyalaridan   biri   "Ribinskkompleks"
moliya   sanoat   kompaniyasi"   yopiq   aksionerlik   jamiyatining   taqdimot   marosimi
bo’lib   o’tdi.2008   yil   5-6   fevral   kunlarida   O’zbekiston   Respublikasi     Birinchi
Prezidenti   Islom   Karimov   rasmiy   tashrif   bilan   Rossiya   Federasiyasida
bo’ldi.Mazkur   tashrif   O’zbekiston   Respublikasi   va   Rossiya   Federasiyasi
Prezidentlarining   qo’shma   bayonoti,   O’zbekiston   Respublikasi   hukumati   bilan
Rossiya Federasiyasihukumati o’rtasida 2008-2012 yillarga mo’ljallangan iqtisodiy
hamkorlik   dasturi   hamda   Aviasozlik   sohasida   hamkorlik   to’g’risidagi   bitim,
O’zbekiston  Respublikasi   tashqi  ishlar  vazirligi   bilan  Rossiya  Federasiyasi  tashqi
ishlar   vazirligi   o’rtasida   2008   yilga   mo’ljallangan   hamkorlik   dasturi   imzolandi
bilan   ahamiyatlidir.   Rossiya   Federasiyasi   Prezidenti   V.Putin   mazkur   tashrif
yuzasidan   quyidagicha   fikr   bildirdi:   "O’zaro   tovar   ayriboshlash   ko’lami   tobora
kengaymoqda   O’zbekistonga   eksportning   uchdan   bir   qismi,   O’zbekistondan
importning   qaryib   yarmini   sanoat   mahsulotlari   tashkil   etayotir.Biz   O’zbekistonni
Markaziy Osiyodagi eng muhim strategik sheriklardan deb dilamiz". 
2003 yil 22 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Birinchi  Prezidenti Islom Karimov
Oqsaroy qarorgohida Rossiyaning «Gazprom» ochiq turdagi aksiyanerlik jamiyati 
boshqaruv raisi Aleksey Millerni  qabul qildi. 2002 yil dekabrda "O’zbekneftgaz" 
milliy holding kompaniyasi bilan "Gazprom" o’rtasida "Gaz sohasida strategik 
hamkorlik to’g’risidagi bitim"imzolangan edi. Shu kelishuv doirasida 2003 yil may
oyidan O’zbekiston tabiiy gazining eksporti boshlangandi.   Mazkur uchrashuvda 
Islom Karimov "Ushbu hujjat "Gazpram" bilan yangicha munosabatlarimizga 
tamal toshini qo’ydi", - deb takidlagan edi. 
2004 yilning 14 aprelida O’zbekneftgaz" milliy holding kompaniyasi bilan 
"Gazprom" ga qarashli "Zarubejneftgaz" yopiq aksionerlik jamiyati o’rtasida 
Shahpaxta konini o’zlashtirishning yakuniga yakuniga yetkazish loyihasi bo’yicha 
Mahsulot taqsimoti to’g’risidagi bitimga imzo chekildi.2004 yilning ikkinchi 
yarmida kondan gaz olish qayta yo’lga qo’yildi,kompressor stansiyalarning 
qurilishi va infratuzilmani yangilash ishlari tugallandi.Buning natijasida 2004 yilda
200 millin kub metr gaz qazib olindi. 
2003 yilning sentyabrdan 2004 yilning iyuligacha bo’lgan mudatda "Gazprom 
o’quv markazida 9000 nafar o’zbekistonlik mutaxassislar malaka oshirilishi 
kelishib olindi ." 2014-yilning 10-dekabrida Rossiya Federasiyasi Prezidenti V.Putinning 
O’zbekistonga rasmiy tashrifi bo’lib o’tdi. Ushbu tashrifga binoan Sh. Mirziyoyev 
2017 yil 4-5 aprel kunlari RF ga tashrif buyurdi. Ushbu tashrifda ikki mamlakat 
Prezidentlari mamlakatlar o’rtasida turizm, neft vd gaz sohasida o’zaro manfaatli 
hamkorliq sog’liqni saqlash, tibbiyot va fan sohasida 16 mld lik 50 dan ortiq 
hujjatlarni imzoladi. 2017 yil O’zbekiston Respublikasi bilan RF o’rtasida 
diplomatik musobatlar o’rnatilganiga 25 yil to’ldi. Hozirgi kunda mamlakatimizda 
Rossiyaning 64 ta firma va kompaniyalarning vakolatxonasi ochilgan. 
O’zbekistonda Rossiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda 961 ta qo’shma 
korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekiston va Rossiya o’rtasida  madaniy- 
gumanitar sohalarida o’zaro hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Adabiyot va san’at 
uyg’unligini biz Moskva shahrida buyuk o’zbek shoiri, mutafakkir Alisher 
Navoiyga, Toshkent shahrida esa Pushkin haykalini o’rnatilganligidan bilishimiz 
mumkin. Ikki mamlakat o’rtasida qishloq xo’jaligi sohasidagi tovar ayrboshlash 
2019   yilda 20 % o’sib 398 mln ga yetdi.  
Ozarbayjon Respublikasi  bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi 
munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko’tarilgan.
1991-yildan buyon O’zbekiston Respublikasi  Prezidenti Ozarbayjonga 3 marotaba
va Ozarbayjon Prezidenti O’zbekistonga 3 marotaba tashrif buyurgan.
Mazkur tashriflar chog’ida ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik munosabatlarini
sifat   jihatdan   yanada   yuqori   pog’onaga   ko’tarishga   xizmat   qiladigan   muhim
kelishuvlarga   erishildi.   Xususan,   atrof-muhitni   muhofaza   qilish,   informasion   va
kommunikasion   texnologiyalar,   temir   yo’l   transporti,   soliq,   maxfiy   ma’lumotlar
daxlsizligini ta’minlash sohalarida hamkorlikka oid, shuningdeq gumanitar, savdo-
iqtisodiy   va   ilmiy-texnikaviy   aloqalarni   rivojlantirishga   doir   qator   hujjatlar
imzolandi.
O’zaro   tovar   aylanmasi   hajmi   2016-yil   yakunlari   bo’yicha   21,2   million
AQSh dollarini tashkil etdi.
Ukraina   ham   O’zbekiston   Respublikasining   yetakchi   tashqi   iqtisodiy
sheriklaridan   sanaladi.   O’zbekiston   bilan   Ukraina   o’rtasidagi   ikki   tomonlama
munosabatlar mustahkam huquqiy asosga ega bo’lib, turli sohalardagi hamkorlikni
tartibga soluvchi 142 shartnoma, bitim va boshqa hujjatlardan iborat.
1991-yildan   buyon   O’zbekiston   Respublikasi     Prezidenti   Ukrainaga   6
marotaba tashrif buyurgan va Ukraina Prezidenti O’zbekistonga 4 marotaba tashrif
buyurgan.
1994 yili Ukraina Prezidenti L.Kuchma davlat tashrifi bilan O’zbekistonga keldi. 
Davlat rahbarlari o’rtasidagi o’zaro muloqotda iqtisodiy hamkorliq transport,  sanoat, qishloq xo’jaligi, fan-texnika taraqqiyotidagi yutuqlarda o’zaro xamkorlik 
olib borish bo’yicha tuzilgan bitimlarni amalga oshirish asosiy o’rin egalladi. O’z 
navbatida O’zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ham Ukrainaga uch 
marotaba safar qildi. Bu  ikki davlat o’rtasidagi aloqalar xozirgi kunda ham 
rivojlanib bormoqda. O’zbekiston Ukrainaga rangli metall, gazlama va boshqa 
turdagi mahsulotlarni yetkazib berayotgan bo’lsa, Ukrainadan O’zbekistonga 
texnika asbob-uskunalari, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda. 
Bugungi kunda O’zbekistonda 20 dan ortiq O’zbekston –Ukraina qo’shma 
korxonalari ishlab turibdi.
O’zaro tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari bo’yicha qariyb 254,1 million 
AQSh dollarini tashkil etdi.
O’zbekiston Respublikasi  Belarus Respublikasi  bilan har tomonlama hamkorlikni
mustahkamlashga alohida e’tibor qaratadi. Mamlakatlarimiz iqtisodiyoti bir-birini 
to’ldiradi. So’nggi ikki yilda Toshkent va Minskda Hukumatlararo komissiyaning 
(HK) ikkita yig’ilishi bo’lib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi bilan Belarus 
Respublikasi o’rtasida 2008-2017-yillarga mo’ljallangan iqtisodiy hamkorlik 
to’g’risidagi shartnoma va uning ijrosi yuzasidan Dastur imzolangan. O’zbekiston 
va Belarus hukumatlari o’rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash, Favqulodda 
vaziyatlar vazirliklari o’rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va 
oqibatlarini bartaraf etishda hamkorlik to’g’risidagi hujjatlar imzolangan.
1994-yil dekabrda Belarus Respublikasi Prezidenti A.Lukashenkoning 
O’zbekistonga rasmiy tashrifi amalga oshirilgan.
2015-yil 11-12-mart kunlari Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi hamda 
Belarus Respublikasi o’rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo’yicha Hukumatlararo
qo’shma komissiya uchinchi majlisi bo’lib o’tdi.
MDH mamlakatlari boshliqlari majlisi doirasida Minsk shahrida 2014-yil 
oktyabrida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov va Belarus 
Respublikasi Prezidenti A.Lukashenko uchrashishdi. Uchrashuvda ikki tomonlama
hamkorlikni rivojalantirishning asosiy masalalari muhokama qilindi.
O’zaro tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari bo’yicha qariyb 113,4 million 
AQSh dollarini tashkil etdi.
Gruziya   O’zbekistonning   eng   muhim   tashqi   iqtisodiy   hamkorlaridan   biri
hisoblanadi.
Ikki   mamlakat   o’rtasidagi   munosabatlarni   tartibga   soluvchi   asosiy   hujjat   –
1995-yilning   4-sentyabrida   O’zbekiston   va   Gruziya   o’rtasida   imzolangan   do’stlik
va hamkorlik to’g’risidagi kelishuv hisoblanadi.
Ikki   tomonlama   savdo-iqtisodiy   munosabatlarni   iqtisodiy   hamkorlik
bo’yicha   o’zbek-gruzin   Qo’shma   komisiyasi   tartibga   soladi.   2014-yilning   20-
oktyabrida Toshkent  shahrida mazkur komisiyaning navbatdagi yetinchi  yig’ilishi
bo’lib o’tdi. 2016-yil   yakunlari   bo’icha   ikki   davlat   o’rtasidagi   umumiy   tovar   aylanmasi
hajmi 90,8 million AQSh dollarini tashkil etdi.
Yuqorida   etirof   etilgan     uchrashuvlar,   siyosiy,     iqtisodiy,   madaniy   sohada
amalga   oshirilgan   hamkorlik   O’zbekistonning   MDH   davlatlari   bilan   har
tomonlama aloqalarini yanada mustahkamladi.
Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida hamkorlik aloqalari
O’zbekiston   tashqi   siyosatining   ustuvor   yo’nalishlaridan   biri   Markaziy
Osiyodagi   yangi   mustaqil   davlatlar   –   Qozog’iston,   Qirg’iziston,   Tojikiston,
Turkmaniston   bilan   hamkorliq   do’stlik   aloqalarini   mustahkamlashga   qaratilgan.
Markaziy   Osiyodagi   beshta   davlat   o’rtasida   o’xshash   jihatlar   ko’p.   Tariximiz,
madaniyatimiz, tilimiz, dilimizning birligi, tomirlarimizning tutashib ketganligi bu
mamlakat xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirish zaminidir.
O’zbekiston Respublikasining tashqi aloqalarida, Markaziy Osiyo davlatlari
bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishida Markaziy Osiyo Hamkorlik (MOH) tashkiloti
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu   tashkilot  1994 yil  iyul  oyi boshida O’zbekiston,
Qozog’iston,   Qirg’iziston   Prezidentlarining     Almati   shahrida   bo’lib   o’tgan
uchrashuvi asosida tashkil topgan Markaziy Osiyo Iqtisodiy Hamjamiyati (MOIH)
zaminida   2002   yil   28-fevralda   tashkil   topgan.       2002   yil   28-fevral   kuni   Almati
shahrida   Markaziy   Osiyo   davlatlari   rahbarlarining   uchrashuvi   bo’lib   o’tadi.
Muzokaralarning   yakunlari   bo’yicha   prezidentlar   Markaziy   Osiyo   Hamkorlik
(MOH)   tashkilotini   ta’sis   etish   to’g’risidagi   shartnomani   imzolaydilar.
Tashkilotning   raisi   etib   I.A.Karimov   saylanadi.   Bu   tashkilot   endi   iqtisodiy
munosabatlarni   rivojlantirish   bilan   birga   siyosiy-ijtimoiy,   madaniy   texnikaviy   va
boshqa aloqa turlarini kengaytirish masalalari bilan shug’ullanadigan bo’ldi. MOH
tashkilotining   tashkil   etilishi,   uning   a’zolari   bo’lgan   O’zbekiston,   Qozog’iston,
Qirg’iziston,   Tojikiston   o’rtasidagi   o’zaro   manfaatli   aloqalarni   yanada
kuchayishida muhim ahamiyat kasb etdi. Mustaqil   O’zbekiston   Respublikasining   Markaziy   Osiyodagi   mustaqil
davlatlar bilan aloqalarida   Qozog’iston Respublikasi  bilan yo’lga qo’yilgan ko’p
tomonlama   o’zaro   manfaatli   aloqalari   katta   ahamiyatga   ega.   O’zbekistonning
Qozog’iston   bilan   ikki   tomonlama   munosabatlari   1992   yil   24-iyunda   imzolangan
O’zbekiston   bilan   Qozog’iston   o’rtasida   do’stlik   va   hamkorlik   to’g’risidagi
shartnoma   asosida   mustahkamlanib   bormoqda.   Qozog’iston   va   O’zbekiston
Prezidentlari     N.Nazarboyev   va   I.A.Karimovlarning   1994   yil   10-12-yanvardagi
Toshkentdagi   rasmiy   uchrashuvida   ikki   respublika   o’rtasida   tovarlar,   xizmatlar,
sarmoyalar va ishchi kuchlarini erkin o’tib turishini nazarda tutuvchi hamda o’zaro
kelishilgan   kredit,   hisob-kitob,   byudjet,   soliq,   narh   boj   va   valyuta     siyosatini
ta’minlash   to’g’risidagi   shartnoma   imzolandi.   1998   yil   31-oktyabrda   O’zbekiston
bilan Qozog’iston o’rtasida abadiy do’stlik shartnomasi imzolandi.
O’zbekiston   va   Qozog’iston   Prezidentlarining   2000   yil   20-21-aprelda
Toshkentda   ikki   davlat   chegaralarini   aniq   belgilashga   bag’ishlangan   uchrashuvi
bo’ldi.   Uchrashuv   yakunida   “O’zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti
I.A.Karimov   va  Qozog’iston   Respublikasi   Prezidenti   N.Nazarboyevning   qo’shma
bayonoti” imzolandi. 2001 yil 17 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A.Karimov   rasmiy   tashrif   bilan   Qozog’istonda   bo’ldi.   Ikki   davlat   Prezidentlari
O’zbekiston-Qozog’iston   davlat   chegarasi   to’g’risida   shartnomani   imzoladilar.
2440 km uzunlikdagi chegaraning 96 foizi belgilab olindi.  Qolgan qismi kelishuv
asosida belgilashga kelishildi. 2002 yil 9-sentyabrda Prezidentlar N.Nazarboyev va
I.A.Karimovlar   Ostona shahridagi uchrashuvida “O’zbekiston-Qozog’iston davlat
chegaralarining   alohida   uchastkalari   to’g’risida   bitim”   imzolandi.   Ikki   davlat
o’rtasidagi chegaraga oid masalaar huquqiy jihatdan o’z yechimini topdi.
O’zbekiston   va   Qozog’iston   o’rtasida   iqtisodiy   aloqalar   rivojlanib   bordi.
2002 yilning birinchi yarmida ikki mamlakat o’rtasidagi  tovar ayirboshlash hajmi
124   million   AQSh   dollarini   tashkil   etdi.   2002   yilda   O’zbekistonda   38   ta   o’zbek-
qozoq qo’shma  korxonasi,  Qozog’istonda  92 ta  o’zbek-qozoq  qo’shma   korxonasi
faoliyat yuritdi. Ijtimoiy sohada ikki davlat o’rtasidagi munosabatlar ham kengayib
bordi. 1994 yilda O’zbekistonda Qozog’iston kunlari o’tkazildi, madaniy aloqalar an’anaviy   tus   oldi.   O’zbekiston   Yozuvchilar   uyushmasi   qoshida   qozoq   adabiyoti
Kengashi, 1992 yildan boshlab   qozoq tilida “Nurli jol” respublika gazetasi  nashr
qilina boshlandi.
2017   yil   23-24   mart   kunlari   O’ zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.
Mirziyoyev Qozog’iston Respublikasi N. Nazarboyev taklifiga binoan Qozog’istpn
Respublikasida   bo’ldi.   Uchrashuvda   Afg’oniston   muammosi,   uni   tinch   yo’l   bilan
hal   etish   zarurligi,   transchegaraviy   daryolar   suvlaridan   oqilona   foydalanisjh,
siyosiy   savdo-sotiq   masalalari   muhokama   qilindi.   O’zbekistonda   hozirgi   kunda
Qozog’iston   kapitali   ishtirokida     230   dan   ortiq,   Qozog’istonda   o’zbekistonlik
ishbilarmonlar bilan hamkorlikda 130 dan ortiq korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda.
Toshkent   Samarqandni   bog’lovchi   Maxtaral   tumanidan   o’tuvchi   avtomobil
yo’lining oichilishi, Toshkent- Olmata tezyurar poyezdi va ikki mamlakat o’rtasida
avtobus   qatnovining   yo’lga   qo’yilishi,   hududlararo     aloqalar   savdo   va   turizm
rivonlanishiga xizmat qiladi. 
O’zbekistonning  Qirg’iziston  bilan ikki tomonlama hamkorligi  O’zbekiston
Respublikasi   bilan   Qirg’iziston   Respublikasi   o’rtasida   Toshkentda   1992   yil   29-
sentyabrda   imzolangan   do’stliq   hamkorlik   va   o’zaro   yordam   haqida   shartnoma
asosida yo’lga qo’yildi va rivojlandi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi  Prezidenti
I.A.Karimovning   1993   yil   avgustda   Qirg’izistonga   qilgan   davlat   tashrifi   paytida
ikki   mamlakat   o’rtasida   1994-2000   yillarga   mo’ljallangan   iqtisodiy   integrasiyani
rivojlantirish   to’g’risida   Bayonot   imzolandi.   Bu   hujjat   ikkala   respublikada   ishlab
chiqilgan   milliy   dasturlarni   muvofiqlashtirishga,     xomashyo   va   ishchi   kuchidan,
ilmiy   salohiyatdan   unumli   foydalanishga   qaratilgan.   Ikki   davlat   o’rtasida   turli
sohalarda   hamkorlikni   mustahkamlash   haqida   bitimlar   imzolangan.   1994   yil   16-
yanvarda   I.A.Karimov   Qirg’izistonda   bo’ldi,   tovarlar,   xizmatlar,   sarmoyalar   va
ishchi   kuchlarini   erkin   o’tib   yurishini   nazarda   tutuvchi   hamda   o’zaro   kelishilgan
savdo-sotiq,  byudjet, soliq, narh boj va valyuta  siyosatini belgilovchi shartnomani
imzoladi.   Bu   hujjatlar   asosida   ikki   respublika   o’rtasida   qardoshlik   aloqalari,   ikki
tomonlama   hamkorlik   rivojlanib   bormoqda.   2000   yilda   O’zbekistonda   22   ta o’zbek-qirg’iz   qo’shma   korxonasi,   Qirg’izistonda   61   ta     qirg’iz-o’zbek     qo’shma
korxonasi faoliyat yuritdi.
Tojikistonda   1992-1996   yillarda   davom   etgan   birodarkushlik   urushi
Tojikistonning iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir etdi, uning qo’shni mamlakatlar,
shu jumladan, O’zbekiston bilan hamkorligiga ham salbiy ta’sir etdi. O’zbekiston
Respublikasi  Birinchi   Prezidenti  I.A.Karimov taklifiga binoan 1998 yil 4-yanvar
kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonov  O’zbekistonga amaliy tashrif bilan
keldi.   Ikki   mamlakat   rahbarlari   tashrif   yakunlari   bo’yicha   qo’shma   axborot
imzoladilar.Uchrashuv   paytida   ikki   davlat   o’rtasida   ijtimoiy-iqtisodiy   sohalarda
hamkorlik   bo’yicha   bitimlar   imzolandi.   O’zbekiston   va   Tojikiston   munosabatlari
o’zining   yangi   mustahkamlanish   va   taraqqiyot   davriga   o’tdi.   O’zbekiston   bilan
Tojikiston   o’rtasidagi   tovar   ayirboshlash   hajmi   1997   yilda   50   million   AQSh
dollaridan oshdi. 2000 yilda O’zbekistonda 15 ta o’zbek-tojik qo’shma korxonasi,
Tojikistonda 3 ta o’zbek-tojik qo’shma korxonasi faoliyat ko’rsatdi.
Mustaqillik   yillarida   O’zbekiston   va   Turkmaniston   Respublikalari   o’rtasida
ham   do’stlik   va   ikki   tomonlama   hamkorlik   aloqalari   yo’lga   qo’yildi   va   hozirgi
davrda bu hamkorlik  rivojlanib bormoqda. 
2017   yil   23-24   aprel   kunlari   Turkmaniston   Prezidenti   Gurbanguli
Berdimuhammedov   davlat   tashrifi   bilan   O’zbekistonda   bo’ldi.   Uchrashuvda   ikki
mamalakat   o’rtasida   savdo   uylari   ochish,   ishbilarmonlar   kengashi   tashkil   etish,
transport, tranzit, qishloq xo’jaligi, fan texnika, sport va boshqa sohalarga doir 17
ta   hujjat   imzolandi.   Oliy   o’quv   yurtlari   o’rtasida,   axboroyt   komunikatsiyta
sohasida   15   ta   hujjat   imzolandi.   Toshkent   shahrida   turkman   shoiri   Maftunquliga
atab   ko’cha   va   unga   me’moriy   yodgorlik   ochildi.   Toshkent   shahrida   10   gektar
maydonni egallagan Ashqabot saylgohi ochilib, unda Turkmaniston ramzi bo’lgan
ahalteki otlarining haykallari o’rnatildi.  ADABIYOTLAR:
1.Mirziyoev   Sh.M.   Biz   milliy   taraqqiyot   yo'limizni   qat'iyat   bilan   davom
ettiramiz va uni yangi bosqichga ko'taramiz. T. 1. - Toshkent: O'zbekiston .. 2017
yil.
2.   Mirziyoev   Sh.M.   Biz   buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz
bilan birgalikda quramiz. - Toshkent: O'zbekiston. 2017 yil.
3. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini himoya qilish
mamlakat taraqqiyoti  va xalq farovonligining garovidir. O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi   qabul   qilinganligining   24   yilligiga   bag'ishlangan   tantanali
marosimdagi nutq. - Toshkent: O'zbekiston. 2017 yil.
4.   Mirziyoev   Sh.M.   Birgalikda   biz   erkin   va   obod,   demokratik   O'zbekiston
davlatini barpo etamiz. - Toshkent: O'zbekiston.  2017 yil.
5.   I.A.Karimov   O'zbekiston:   milliy   mustaqillik,   iqtisodiyot,   siyosat,
mafkura. T. 1. - Toshkent: O'zbekiston, 1996 yil.
6.   Karimov   I.A   Yuksak   ma'naviyat   -   yengilmas   kuch.   -Toshkent:
Ma'naviyat, 2008 yil.
10.   Karimov   I.A   Vatanimiz   baxti   va   buyuk   kelajagiga   xizmat   qilish   eng
katta baxtdir. - Toshkent: O'zbekiston. 2015 yil.
Асосий адабиётлар
1.   2017-2021   yillarda   O'zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning   beshta
ustuvor   yo'nalishi   bo'yicha   Harakatlar   strategiyasi.   -   Toshkent:   Ma'naviyat,   2017
yil.
2.   Mustaqil   O'zbekiston   tarixi.   Mas'ul   muharrir   A.   Sobirov.   -   Toshkent:
Akademiya, 2013 yil.
3. O'zbekistonning eng yangi tarixi: O'quv qo'llanma / Ed. d.i.n., prof. M.A.
Raximov. - T.: «Adabiyot uchqunlari», 2018. - 512.

O’zbekistonning Mustaqil davlatlar Hamdo’stligi va Markaziy Osiyo mamlakatlar bilan aloqalari Reja 1. Mustaqil O’zbekistonning tashqi siyosati asoslari va jahon hamjamiyatiga qo’shilishi 2. O’zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi davlatlari bilan aloqalari 3. Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida hamkorlik aloqalari

1-masala: Mustaqil O’zbekistonning tashqi siyosati asoslari va jahon hamjamiyatiga qo’shilishi XXI asr bo’sag’asida jahon taraqqiyotining mazmuni o’zgardi. Ilgari dunyo ikki qutbli bo’lib, bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan kuchlar nisbati ikki joyda – SSSR va AQSh yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy kuchlarning qo’lida edi. Dunyoning tinchligi va xavfsizlik tizimi shu ikki sistemaning, ikki blokning o’zaro muholiflik muvozanatiga asoslangan edi. Dunyoda “sovuq urush” siyosati hukmronlik qilardi. Butun dunyo yadro urushi xavfi ostida yashardi. XX asrning 90-yillariga kelib sosialistik dunyoning yetakchisi bo’lgan ulkan imperiya – SSSR parchalanib ketdi, Varshava Shartnomasi bloki tarqalib ketdi. Birgina SSSRning parchalanishi natijasida 15 ta davlat, jumladan, O’zbekiston davlati paydo bo’ldi. “Sovuq urush” siyosati barham topdi. Xalqaro vaziyatning o’zgarishi jahon taraqqiyotining holatini tubdan o’zgartirib yubordi. Endi dunyo ko’p qutbli bo’lib qoldi. Biroq dunyo hamon mo’rt, murakkab muammoli bo’lib turibdi. Dunyo tinchligiga tahdid soluvchi xavf-xatarlar, ziddiyatlar, ayniqsa, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, fundamentalizm xavfi saqlanib qoldi. Bugungi kunda insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari xalqaro munosabatlarga bog’liq bo’lib turibdi. Xalqaro maydondagi har bir siyosiy tangliq mojaro barcha mamlakatlar xalqlari manfaatiga dahldor bo’lib qoldi. Shu bois O’zbekistonning xalqaro maydonda olib borayotgan siyosatini, uning mamlakatimiz milliy manfaatlariga javob beradigan strategik ustuvor yo’nalishlarini aniq belgilab olish nihoyatda dolzarb masalalardan biriga aylandi. Shu maqsadda 2012 yil sentyabr oyida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Qonunda belgilab berilgan prinsiplar muhim voqyea bo’ldi. Bu prinsiplar quyidagilar: O’zbekistonning turli harbiy bloklardan uzoq bo’lishi; o’zining suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo’yicha qat’iy pozisiyaga ega bo’lishi va o’z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalarini joylashtirilishiga yo’l qo’ymaslik; ochiq, izchil va faol tashqi siyosat olib borish.

O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi yosh davlatimizni jahon hamjamiyatiga qo’shilish uchun imkoniyat yaratdi. Shu bois mamlakatimiz rahbariyati istiqlolning dastlabki kunlaridan e’tiboran O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta siyosiy yo’lini belgilash, jahon hamjamiyatiga qo’shilish, xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar o’rnatish kabi dolzarb masalalarni hal qilishga kirishdi. Istibdod davrida mamlakatimiz to’la mustaqil ravishda tashqi siyosat va diplomatik faoliyat yuritish, xorijiy davlatlar va xalqaro nufuzli tashkilotlar bilan aloqalarni o’rnatish kabi huquqlardan mahrum etilgan edi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan asoslab berdi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 17-moddasida Respublika mustaqil tashqi siyosiy faoliyatining huquqiy asoslari, prinsiplari, maqsad va vazifalari o’zining qonuniy aksini topdi. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:  mafkuraviy qarashlardan qat’i nazar hamkorlik uchun ochiqliq umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va havsizlikni saqlashga sodiqlik;  davlatlarning suveren tengligi va chegaralar dahsizligini hurmat qilish;  boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;  nizolarni tinch yo’l bilan hal qilish;  kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;  inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;  ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi;  davlatning, xalqning oliy manfaatlari, faravonligi va havfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo’stliklarga kirish va ulardan chiqish;  tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;  davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorliq davlat milliy manfaatlarining ustunligi;

 tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik. Istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini ta’minlab beruvchi davlat organlari shakllantirildi. Tashqi ishlar vazirligi funksiyalari va faoliyatining yo’nalishlari tubdan o’zgartirildi. 1991 yil sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi. 1992 yil 21-fevralda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 21 oktyabrdagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va takomillashtirish to’g’risida”gi Farmoniga asosan bu vazirlik O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi etib qayta tashkil qilindi. 2005 yil iyul oyida O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil qilindi. O’zbekistonda tashqi savdo bilan shug’ullanuvchi firmalarning maxsus tizimi shakllantirildi. Respublikada diplomatik ishlar uchun, xalqaro huquq va tashqi iqtisodiy aloqalarda faoliyat yuritadigan mutaxassislar tayyorlash yo’lga qo’yildi. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda, uning jahon hamjamiyati bilan integrasiyalashuvida xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar – Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporasiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ham ko’maklashmoqda. O’zbekiston mustakil davlat maqomiga zga bulgan dastlabki kunla-ridan xalqaro xamjamiyat bilan teng huquqli, suveren xamkorlik olib borish yulidan bordi. Kiska tarixiy davr mobaynida mamlakat jaxon xamjamiyatida uz urniga zga davlatga aylandi. O’zbekiston jahonning ko’plab mamlakatlari va yirik xalkaro tashkilotlari bilan turli sohalarda xamkorlik qilib kelmokda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganlarideq «Birlashgan

Millatlar Tashkiloti, Shanxay xamkorlik tashkiloti, Mustakil Davlatlar Xamdustligi, Islom hamkorlik tashkiloti va boshka xalkaro tuzilmalar bilan faol munosabatlar o’rnatilgan va ular bilan hamkorlik olib borish Uzbekistonning milliy manfaatlariga xizmat qiladi». 2018 yil holatiga ko’ra O’zbekistonni 180 ga yakin davlat tan olgan. Ularning 134 tasi bilan diplomatik munosabatlar o’rnatilgan. Toshkentda 45 ta davlatning elchixonalari, 9 ta faxriy konsulxona, 11 ta xalkaro tashkilot, 5 ta xalkaro moliyaviy, 3 ta diplomatik mavkedagi savdo vakolatxonalari faoliyat yuritmokda. O’zbekiston Respublikasining BMT bilan munosabatlarining o’rnatilishi va rivojlanishi mustakdllik davri tarixining muhim sahifalaridan biridir. Uzbekiston bu yiriq global tashkilot va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan xalkaro va mintakaviy xavfsizliq barkaror tarakqiyot, ijtimoiy-iktisodiy, ekologik muammolar kabi ma-salalar yuzasidan uzaro hamkorlik olib bormokda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, zamonaviy xalkaro munosabatlar-da BMT uziga xos uringa ega bulib, global darajadagi masalalarda muhim ahamiyatgaega. Mazkur tashkilot butu n dun yodagi siyosiy vaziyatlardajahon mamlakatlari muammolarini xalqaro hamjamiyatga olib chiqishda uziga xos minbar - «jaxrn uyi» vazifasini ham bajaradi, 2017 yil «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi YuNESKO hamkorligida «Yoshlar dunyo v a uzi haqida» mavzusida Toshkent, Samarkand, Fargona viloyatlari ukuvchi yoshlari urtasida surovnoma utkazadi. Ushbu surovnomada ularga «Siz jamiyat hayotini boshkaradigan, Markaziy Osiyo mintaqasi aholisining ijtimoiy muammolarini xal kila oladigan qanday institut yoki tuzil-malarni bilasiz?», degai savolga respondentlarning 19,5% BMT, 13,8% ShXT, 7,1% YuNESKO, 2,9% YuNISEF, 66,2% bilmayman deb javob berishgan. «Siz jaxrn hamjamiyatidagi turli muammolarni hal etishda asosiy urin tutadigan qanday tashkilotlarni bilasiz?», degan savolga yoshlarning 67,1% BMT, 43,8% YuNESKO, 26,7% YuNISEF, 10,5% NATO, 3,3% ShXT, 2,9% Inson xukukdari umumjaxrn Deklarasiyasi, 20,5% bilmayman deb javob berishgan.Kurinib turi bdi ki, yoshlarning kupchiligi mintakaviy va global