logo

OTLARNING VIRUS VA BAKTERIAL KASALLIKLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

112.6083984375 KB
OTLAR NING   VIRUS  VA  BAKTERIAL
KASALLIKLAR I
Reja: 1.  Infeksion  kasalliklarning umumiy tavsifi
2.  Zamburug’li kasalliklar 
3.  Infeksion – toksik patologiyalar 
4.  Manqa kasalligi
5..  Otlar grippi
6. Otlarning infeksion anemiyasi 1. Infeksion kasalliklarning umumiy tavsifi
Infeksion   kasalliklar   hayvon   organizmiga   kasallik   qo’zg’atuvchi
(patogen)   mikroblar   o’rnashishi   va   keyinchalik   ko’payishi   va   tarqalishi
natijasida   hosil   bo’ladi.   Ular   boshqa   hayvonlarga   o’tishi,   bosqichma–
bosqich   rivojlanishi,   organizmning   spesifik   reaksiyasini   (antitelolar   hosil
bo’lishi)   chaqirishi   va   odatda   immunitet   hosil   bo’lishi   bilan
xarakterlanadi.
Infeksion   kasalliklar   ot   organizmiga   turli   yo’llar:     zararlangan
tashqi   qoplamalar   (teri   va   shilliq   pardalar),   hazm   qilish   trakti   yoki
alimentar   yo’l   (ozuqa   va   suv   bilan),   nafas   yo’llari   yoki   aerogen   yo’l   va
boshq.   orqali   tushgan   bakteriya,   kokk,   mikroskopik   zamburug’,   virus,
mikoplazmalar   bilan   chaqiriladi.   Yuqumli   kasalliklar   odam   uchun   ham
xavfli   bo’lishi   mumkin   shu   sababli   profilaktik   tadbirlar   o’tkazilishi   lozim
masalan,   yangi   olib   kelingan   hayvonlarni   karantinga   qo’yish,   ozuqa   va
suv   sifatini   nazorat   qilish,   kasallarni   ajratish,   dezinfeksiya
(zararlantirish),   deratizasiya   (kemiruvchilarga   qarshi   kurashish)   va
dezinseksiya   (hasharotlar   bilan   kurashish)   o’tkazish   va   albatta   sog’lom
hayvonlarni vaksinasiya qilish.
Otlarni   infeksion   kasalliklardan   davolash   uchun   bevosita
infeksiyani   davolovchi   preparatlar   va   simptomatik   vositalar   (masalan,
yurak   vositalar,   balg’am   chiqaruvchi   va   boshq.)   qo’llanadi.   Davolovchi
vositalar   qo’llangandan   so’ng   sutni   iste’mol   qilish   va   hayvonlarni
go’shtga so’yish muddatlari 24 soatdan 1 oygacha davom etishi mumkin. 
2.  Zamburug’li kasalliklar patologiyasi va maxsus profilaktik tadbirlari 
Trixofitiya
Trixofitiya,   yoki   temiratki   –   kontagioz   zamburug’li   kasallik   bo’lib,   terida
oval   keskin   chegaralangan   deyarli   junsiz,   po’stloqchalar   va   tangachalar   bilan
qoplangan o’choqlar hosil bo’ladi. Kasallikni   trixofitonlar   deb   ataladigan   zamburug’lar   chaqiradi,   ular   issiqlik
va   dezinfeksiyalovchi   vositalarga   chidamli   bo’ladi   va   tashqi   muhitda   (to’shama,
yer, yog’och narsalarda uzoq vaqt saqlanadi.
Patogen   zamburug’larni   kalamush,   sichqon   va   boshqa   kemiruvchilar
tarqatadi.   Infeksiya   manbayi   –   kasal   va   sog’aygan   hayvonlar.   Kuz   –   qish
mavsumidagi yomon ob–havo sharoitlar va terining yuzaki shikastlari bu kasallik
hosil bo’lishiga moyillik yaratadi.
Inkubasion   davr   1   haftadan   1   oygacha   davom   etadi.   Kasallik   surunkali
kechadi   va   terida   po’stloqchalar   va   kulrang   tangachalar   bilan   qoplangan   kichik
junsiz yumaloq shaklda dog’lar hosil bo’lishi bilan ajralib turadi. Ko’pincha ko’z,
burun, quloqlar atrofi zararlanib, jarayon bosh, bo’yin va oyoqlarga tarqaladi.
Tashhis   klinik   belgilar,   zararlangan   joylarni   ultrabinafshali   nurlantirish
natijalari, teridan olingan qirmalarni mikroskopik tekshirish asosida qo’yiladi.
Trixofitiyani   davolash   uchun   zararlangan   joylar   fungisid   vositalar   bilan
ishlanadi. Davolash va profilaktik maqsadlarda yuqori samarali, ishonchli va kam
toksik tirik va inaktivasiyalangan vaksinalar 2 baravar ko’p miqdorda qo’llanadi.
3.  Infeksion – toksik patologiyalar 
3.1.  Manqa kasalligi
Manqa   –   ot,   eshak,   xachir,   kam   hollarda   tuya   va   mushuksimonlar   va
odamlarning   infeksion,   asosan   surunkali   kechadigan   kasalligi   bo’lib,   o’pka   va
boshqa   ichki   a’zolarda,   shilliq   pardalar   va   terida   spesifik   manqali   tugunchalar
rivojlanishi va keyinchalik ular yaralarga aylanishi bilan xarakterlanadi. 
Kasallik   qo’zg’atuvchisi   –   manqa   bakteriyasi,   u   suv   va   chiriydigan
substratlarda   14–30   kunlarda,   qurigan   burun   ajralmalarida   –   7–15   kunlarda,
siydikda – 4soatdan so’ng o’ladi. Quyosh nuri uni 24 soatda, 80   °C   da isitish – 5
daqiqada o’ldiradi. Manqa  bakteriyasi  5%  li faol xlorga ega xlorli oxakda, 2   % li
fenol, 1   % li o’yuvchi natr, 3   % li kreolin eritmalarida 1 soat ichida o’ladi. 
Kasallik manbayi – kasal hayvonlar, o’tkazuvchi omillar – infeksiya tushgan
ozuqa,   tezak,   parvarish   predmetlari,   ot   abzallari.   Zararlanish   to’g’ridan   –   to’g’ri
kontaktda,   hazm   trakti   va   kam   hollarda   nafas   tizimi   orqali   amalga   oshiriladi. Yaylov   sharoitida   kasallik   sekin,   tig’iz   va   ventilyasiyasi   yomon   otxonalarda   tez
tarqaladi.   Kasallik   yilning   barcha   mavsumlarida,   ammo   ko’pincha   kuz   –   qish
fasllarida hosil bo’ladi.
Manqaning inkubasion davri 3 kundan 2–3 haftagacha davom etadi. Kasallik
o’tkir,   surunkali   va   latent   kechishi   mumkin.   O’tkir   kechishida   tana   harorati   41–
42   °C   gacha   ko’tariladi,   qaltiroq,   shilliq   pardalar   giperemiyasi,   keskin   jabrlanish
kuzatiladi.   2–3   kunlardan   so’ngburunning   shilliq   pardasida   sarg’ish   mayda
tugunchalar paydo bo’ladi, ular bir necha soatdan so’ng ular birlashadi va nekrozga
uchraydi. Ularning o’rnida chetlari notekis yaralar qoladi. 
Jag’   osti   limfatik   tugunlar   avval   shishgan   va   issiq,   keyin   esa   zich   bo’ladi.
Ayrim   hollarda   sonning   ichki   yuzasi,   prepusiya   sohasi,   yorg’oq,   bosh   va
bo’yindagi   teri   zararlanadi .   Undan   tashqari   zararlangan   oyoqlar   shishishi
kuzatiladi.   O’tkir   shaklda   kechadigan   kasallik   2–4   hafta   davom   etadi   va   ko’p
hollarda o’lim bilan tugaydi.
 
Manqa kasalligida bosh terisining zararlanishi
Surunkali   kechadigan   manqa   kasalligida   tana   harorati   vaqti   –   vaqti   bilan
ko’tarilib   turadi,   hayvon   oriqlaydi,   yo’taladi,   burnidan   ekssudat   oqadi,   jag’   osti
limfa   tugunlari   shishadi.   Burunning   shilliq   pardasida   yulduzsimon   shaklda chandiqlar va yaralar hosil bo’ladi. Bu shakldagi kasallik bir necha oydan bir necha
yillargacha davom etadi.
Latentli manqa hayot mobaynida davom etishi mumkin. Hayvonlarda ko’zga
tashlanadigan o’zgarishlar kuzatilmaydi, ular sog’lom bo’lib ko’rinadi.
Tashhis epizootologik, klinik, allergik, serologik va   gistologik tekshirishlar
asosida qo’yiladi.
Diagnostikaning   asosiy   usuli   –   allergik   bo’lib,   bunda   ko’z   malleinizasiyasi
(kon’yunktival   xaltaga   4–5   mallein   tomchilari   –   isitish   bilan   o’ldirilgan   manqa
basillasi   bulonli   kulturasining   filtrati   yuboriladi)   bajariladi.   Kasallangan   hayvon
kon’yunktivasi qizaradi, shishadi, ko’zning ichki burchagidan tasma shaklda avval
shilimshiq keyin yiringli massa ajraladi (ijobiy reaksiya). Natijadan qat’iy nazar 5–
6   kunlardan   so’ng   barcha   otlar   qayta   malleinizasiya   qilinadi.   Ikki   marta   ijobiy
reaksiya bergan ot kasal deb hisoblanadi. 
Ko’z malleinizasiyasiga ijobiy reaksiya
Manqa kasalligini davolab bo’lmaydi .  Kasal hayvonlar bartaraf etiladi.
Manqaning   oldini   olish   maqsadida   xo’jalikka   yangi   kelgan   hayvonlar
karantinga   qo’yiladi,   otlar   bir   yilga   2   marta   klinik   tekshiriladi   va   malleinizasiya
qilinadi.   Kasallik   aniqlanganda   xo’jalik   karantin   qilinadi,   otlar   klinik   belgilari
bo’yicha 4 guruhlarga bo’linadi. Otxona va parvarishlash predmetlari dezinfeksiya qilinadi,   go’ng   kuydiriladi.   Karantin   oxirgi   kasal   ot   aniqlangandan   keyin   45   kun
o’tib bekor qilinadi. 
3.2.  Otlar grippi
Otlar   grippi   yoki   inflyuensa,   –   o’tkir   kechadigan   yuqori   kontagioz   virusli
kasallik bo’lib, jabrlanish, yuqori harorat, ko’z yoshi oqishi, yo’tal, ko’z, burun va
traxeyalarning   shilliq   pardalar   giperemiyasi   bilan   namoyon   bo’ladi.   Barcha
yoshdagi otlar kasallanadi.
Kasallik   qo’zg’atuvchisi   –   ortomiksoviruslar   oilasi   Inflyuensa   urug’iga
kiruvchi   viruslar.   Tabiatda   viruslar   odam   va   ot   orasida   almashiniladi,   bunda   u
to’siqdan o’tib, odamga ham yuqishi mumkin. Ammo odamda u simptmlarsiz yoki
kuchsiz klinik belgilar bilan kechadi. Ot grippi va qushlar grippining ayrim turlari
orasida bog’liqlik mavjud.
Kasallik   yo’talda,   ozuqa,   suv   bilan,   otboqarlardan   o’tadi.   Emlanmagan
hayvonlar bo’lganda kasallik ayniqsa tez tarqaladi.
Kasallikning inkubasion davri 5–7 kun. Gripp kutilmaganda paydo bo’ladi.
Hayvonlar denniklarda befarq turadi, ko’p hollarda oquqani qabul qilmaydi, junlari
xurpaygan   bo’ladi.   Keyin   tana   harorati   40–41   °C   gacha   ko’tariladi   va   bir   necha
kun ushlanib turadi, uzlukli–uzlukli tez – tez takrorlanadigan yo’tal paydo bo’ladi
(2–10   kunlar   kuzatiladi)   va   quruq,   keskin,   tez–tez   takrorlanadigan   va   og’riqli
shaklga o’tadi. Kasal ot burnining shilliq pardasi to’q qizil rangga kiradi, burun va
ko’zlardan tiniq ekssudat ajraladi.
Sog’aygan   hayvonlar   virusning   shu   tipiga   qarshi   1   yillik   immunitetga   ega
bo’ladi. Qulunlar emlangan onalaridan passiv immunitet qabul qiladi.
Davolash   maqsadida   skipidar,     2   %   li   natriy   bikarbonati,   va   gidrokarbonat
eritmalari   va   boshq.   bilan   ingalyasiya   qilinadi.   Og’irlashishlarda   sulfanilamidlar,
antibiotiklar,   kimyoviy   preparatlar   (amantin)   va   simptomatik   vositalar   qo’llanadi.
Autogemoterapiya   tavsiya   etiladi   (60   ml   o’zining   qoni   har   2–3   kunda   20   ml   ga
ko’paytirilib va keyin kamaytirilib).
Ot grippining oldini olish uchun hayvon inaktivasiya qilingan farmolvaksina
bilan emlanadi (4–6 oylar ta’sir etadi). 3.3. Otlarning infeksion anemiyasi
Otlarning   infeksion   anemiyasi   –   toq   tuyoqli   hayvonlarning   virusli   kasalligi
bo’lib,     tana   harorati   ko’tarilgan   kunlar   me’yordagi   harorat   bilan   kunlarning
almashinilishi,   anemiya   (kam   qonlik)   va   o’zoq   vaqt   virus   tashishlik   bilan
xarakterlanadi.
Kasallik   qo’zg’atuvchisi   –   virus   bo’lib,   efir   bilan   inaktivasiya   qilinadi,
tripsinga   nisbatan   chidamli,   58   °C   ga   qizdirilganda   1–2   soatda   o’ladi.   U   2   %   li
o’yuvchi   natriy   va   formaldegid   eritmalarida   20   daqiqada,   3   %   li   kreolin   eritmasi
yoki karbol kislotasida 30 daqiqada   parchalanadi. 
Kasallik manbayi – kasal hayvonlar. Virus mexanik yo’l bilan qon so’ruvchi
hasharotlar hamda jarrohlik asboblar va ignalar orqali tarqaladiyu kasallik asosan
yoz mavsumida o’rmon yoki botqoqlik joylarda paydo bo’ladi.
Inkubasion davr 2–5 kundan 93 kunlargacha tashkil qiladi, o’rtacha – 10–20
kunlar.   O’ta   o’tkir,   o’tkir,   yarim   o’tkir   va   latent   shakllar   kuzatiladi.   O’ta   o’tkir
kechishda   tana   harorati   ko’tariladi,   hayvon   jabrlanadi,   gemorragik   diatez   (terida
qizil dog’chalar – qon quyilishlar rivojlanadi) paydo bo’ladi. 
O’tkir   kechishda   doimiy   yoki   vaqti   –   vaqti   rivojlanayotgan   lohaslanish,
umumiy   holsizlanish,   shilimshiq   pardalar   giperemiyasi   kuzatiladi,   ularda   qon
quyilishlar, qorin, ko’krak va oyoqlarda shishlar rivojlanadi. Kasallikning bu shakli
7–30 kunlar davom etadi, 80% kasal hayvonlar o’ladi.
Yarim   o’tkir   shakli   ko’proq   davom   etadigan   remissiyalar   (kasallik
belgilarining vaqtincha pasayishi) bilan ajralib turadi.
Surunkali   kechishda   vaqti   –   vaqti   kuzatiladigan   lohaslanish   xurujlari,
oriqlash va anemiya kuzatiladi.
Lohaslanishsiz   kechadigan   davrlar   bir   necha   oylar   davom   etishi   mumkin,
residivlar 1–2 kundan 2–3 haftagacha bo’lishi mumkin.
Tashhis  klinik belgilar  va qonning laborator  tekshirishlar  asosida  qo’yiladi.
Qonda   eritrositlar   soni   (2–3   mln   gacha)   va   gemoglobin   miqdori   kamayadi,
eritrositlarning cho’kish tezligi tezlashadi, limfositlar ko’payadi.
Infeksion anemiyani davolash choralari ishlab chiqilmagan. Kasallikning   oldini   olish   uchun   yangi   keltirilgan   otlar   karantin   qilinadi.
Kasallik aniqlanganda hayvonlarni kiritish va chiqarish taqiqlanadi, kasallanganlar
go’shtga topshiriladi, boshqalari xo’jalik ichida qo’llanadi.
3.4. Otlarning infeksion ensefalomiyeliti  
Otlarning infeksion ensefalomiyeliti  – o’tkir virusli kasallik bo’lib, bosh va
orqa   miyaning   yallig’lanishi,   markaziy   asab   tizimi   faoliyatining   buzilishi,   hazm
trakti   va   qovuqning   parezi,   sarg’ayish     bilan   kechadi.   Odatda   tabiiy   sharoitda,
yaylovdagi 2–12 yoshli otlar kasallanadi.
Kasallik qo’zg’atuvchisi – virus, qaysikim quyosh nurlari ostida 4–8   soatdan
so’ng   inaktivasiya   bo’ladi,   65   °C   haroratda   –   10     daqiqada   qaynatganda   esa   bir
necha   soniyada   o’ladi.   –10   °C   haroratda   u     3     oygacha   tirik   qoladi.   Odatiy
konsentrasiyadagi   dezinfeksiyalovchi   vositalar   virusni   10   daqiqada   zararlantiradi.
Kasallik   manbayi   –   kasal   otlar.   Kasallikni   ayrim   pashalar   va   kanalar   tarqatishi
mumkin. Kasallik mayda boshlanib, cho’qqisi sentyabrda kuzatiladi. 
Kasallikning   inkubasion   davri   15–40   kunni   tashkil   qiladi.   Kechishi   o’tkir.
Kasallik   kuchli   qo’zg’alish   va   belgisiz,   kam   hollarda   latent   shakllarda   kechadi.
Dastlab   qisqa   vaqt   ichida   tana   harorati   ko’tariladi,   jabrlanish,   ishtaxa   pasayishi,
esnash   kuzatiladi.   Keyin   qo’zg’alish   shaklning   belgilari   paydo   bo’ladi,   hayvon
to’satdan   arqonni   uzadi,   to’xtovsiz   oldinga   (kam   hollarda   orqaga)   intiladi,
to’siqlarga   uriladi,   o’zini   shikstlaydi.   Ko’p   hollarda   kasal   otlar   notabiiy   holatni
egallaydi – boshini yerga tiraydi, yonnboshga yiqilib, suzish harakatlarini bajaradi,
boshini orqaga qayiradi. Kasallik 1,5 kundan 15 kungacha davom etishi  mumkin.
40   –   90   %   larda   o’lim   bilan   tugaydi.   80%   gacha   kasal   hayvonlar   birinchi   24–48
soatlarda o’ladi.
Kasallikning tinch shakli o’z vaqtida davolanganda sog’ayish bilan tugaydi.
Sog’aygan hayvonlar bir umrli immunitetga ega bo’ladi. Otlarning   o’tkir   infeksion   anemiyasida   eritrositlar   soni   va   tana
harorati  grafi klari 
Tashhis   kliniko–epizootologik   ma’lumotlar   va   qonning   laborator   tahlillari
asosida qo’yiladi. Qonda leykositlar (13–16   minggacha va ko’proq) va eritrositlar
sonining,   bilirubin   (10   90   TB   gacha)   miqdori   ko’payishi   kuzatiladi.   Kasallikni
qutirish,   Auyeski   kasalligi,   botulizm   va   ozuqali   zaharlanishlardan   va   boshq.
farqlash lozim.
Kasal   hayvonlar   keng,   qalin   to’shamali   qorong’ilashtirilgan   xonaga
qo’yiladi.   Ularning   to’g’ri   ichagi   tozalanadi   va   qovug’ining   kateterizasiyasi
o’tkaziladi.   Burunqizilo’ngach   zondi   yordamida   kuniga   2   marta   natriy   sulfati
(100–150   g)  kiritiladi,  teri  ostiga   har  4–6  soatda  20  ml  kamfora  moyi  yuboriladi,
venaga   400   ml   fiziologik   eritmada   25   g   urotropin,   40   g   glyukoza,   20   g   kalsiy
xloridi yuboriladi. Undan tashqari teri ostiga 10–12 l kislorod, venaga 200 ml 10%
li   natriy   xloridining   gipertonik   eritmasi   yuboriladi.   Kerak   bo’lganda   inyeksiyalar
2–3 soatlardan so’ng takrorlanadi.
Kasal   hayvonlar   ajratiladi   va   davolanadi.   Otxona   va   parvarishlash
predmetlari dezinfeksiya qilinadi. Karantin oxirgi kasal ot sog’aysa yoki o’lgandan
keyin 40 kun o’tib bekor qilinadi.   Foydalanilgan adabiyotlar:  
1. Dorosh   M.   V.   Bolezni   loshadey.   Veche,   2007   g.http://www.e–reading.
club/book.php?book=83010

OTLAR NING VIRUS VA BAKTERIAL KASALLIKLAR I Reja: 1. Infeksion kasalliklarning umumiy tavsifi 2. Zamburug’li kasalliklar 3. Infeksion – toksik patologiyalar 4. Manqa kasalligi 5.. Otlar grippi 6. Otlarning infeksion anemiyasi

1. Infeksion kasalliklarning umumiy tavsifi Infeksion kasalliklar hayvon organizmiga kasallik qo’zg’atuvchi (patogen) mikroblar o’rnashishi va keyinchalik ko’payishi va tarqalishi natijasida hosil bo’ladi. Ular boshqa hayvonlarga o’tishi, bosqichma– bosqich rivojlanishi, organizmning spesifik reaksiyasini (antitelolar hosil bo’lishi) chaqirishi va odatda immunitet hosil bo’lishi bilan xarakterlanadi. Infeksion kasalliklar ot organizmiga turli yo’llar: zararlangan tashqi qoplamalar (teri va shilliq pardalar), hazm qilish trakti yoki alimentar yo’l (ozuqa va suv bilan), nafas yo’llari yoki aerogen yo’l va boshq. orqali tushgan bakteriya, kokk, mikroskopik zamburug’, virus, mikoplazmalar bilan chaqiriladi. Yuqumli kasalliklar odam uchun ham xavfli bo’lishi mumkin shu sababli profilaktik tadbirlar o’tkazilishi lozim masalan, yangi olib kelingan hayvonlarni karantinga qo’yish, ozuqa va suv sifatini nazorat qilish, kasallarni ajratish, dezinfeksiya (zararlantirish), deratizasiya (kemiruvchilarga qarshi kurashish) va dezinseksiya (hasharotlar bilan kurashish) o’tkazish va albatta sog’lom hayvonlarni vaksinasiya qilish. Otlarni infeksion kasalliklardan davolash uchun bevosita infeksiyani davolovchi preparatlar va simptomatik vositalar (masalan, yurak vositalar, balg’am chiqaruvchi va boshq.) qo’llanadi. Davolovchi vositalar qo’llangandan so’ng sutni iste’mol qilish va hayvonlarni go’shtga so’yish muddatlari 24 soatdan 1 oygacha davom etishi mumkin. 2. Zamburug’li kasalliklar patologiyasi va maxsus profilaktik tadbirlari Trixofitiya Trixofitiya, yoki temiratki – kontagioz zamburug’li kasallik bo’lib, terida oval keskin chegaralangan deyarli junsiz, po’stloqchalar va tangachalar bilan qoplangan o’choqlar hosil bo’ladi.

Kasallikni trixofitonlar deb ataladigan zamburug’lar chaqiradi, ular issiqlik va dezinfeksiyalovchi vositalarga chidamli bo’ladi va tashqi muhitda (to’shama, yer, yog’och narsalarda uzoq vaqt saqlanadi. Patogen zamburug’larni kalamush, sichqon va boshqa kemiruvchilar tarqatadi. Infeksiya manbayi – kasal va sog’aygan hayvonlar. Kuz – qish mavsumidagi yomon ob–havo sharoitlar va terining yuzaki shikastlari bu kasallik hosil bo’lishiga moyillik yaratadi. Inkubasion davr 1 haftadan 1 oygacha davom etadi. Kasallik surunkali kechadi va terida po’stloqchalar va kulrang tangachalar bilan qoplangan kichik junsiz yumaloq shaklda dog’lar hosil bo’lishi bilan ajralib turadi. Ko’pincha ko’z, burun, quloqlar atrofi zararlanib, jarayon bosh, bo’yin va oyoqlarga tarqaladi. Tashhis klinik belgilar, zararlangan joylarni ultrabinafshali nurlantirish natijalari, teridan olingan qirmalarni mikroskopik tekshirish asosida qo’yiladi. Trixofitiyani davolash uchun zararlangan joylar fungisid vositalar bilan ishlanadi. Davolash va profilaktik maqsadlarda yuqori samarali, ishonchli va kam toksik tirik va inaktivasiyalangan vaksinalar 2 baravar ko’p miqdorda qo’llanadi. 3. Infeksion – toksik patologiyalar 3.1. Manqa kasalligi Manqa – ot, eshak, xachir, kam hollarda tuya va mushuksimonlar va odamlarning infeksion, asosan surunkali kechadigan kasalligi bo’lib, o’pka va boshqa ichki a’zolarda, shilliq pardalar va terida spesifik manqali tugunchalar rivojlanishi va keyinchalik ular yaralarga aylanishi bilan xarakterlanadi. Kasallik qo’zg’atuvchisi – manqa bakteriyasi, u suv va chiriydigan substratlarda 14–30 kunlarda, qurigan burun ajralmalarida – 7–15 kunlarda, siydikda – 4soatdan so’ng o’ladi. Quyosh nuri uni 24 soatda, 80 °C da isitish – 5 daqiqada o’ldiradi. Manqa bakteriyasi 5% li faol xlorga ega xlorli oxakda, 2 % li fenol, 1 % li o’yuvchi natr, 3 % li kreolin eritmalarida 1 soat ichida o’ladi. Kasallik manbayi – kasal hayvonlar, o’tkazuvchi omillar – infeksiya tushgan ozuqa, tezak, parvarish predmetlari, ot abzallari. Zararlanish to’g’ridan – to’g’ri kontaktda, hazm trakti va kam hollarda nafas tizimi orqali amalga oshiriladi.

Yaylov sharoitida kasallik sekin, tig’iz va ventilyasiyasi yomon otxonalarda tez tarqaladi. Kasallik yilning barcha mavsumlarida, ammo ko’pincha kuz – qish fasllarida hosil bo’ladi. Manqaning inkubasion davri 3 kundan 2–3 haftagacha davom etadi. Kasallik o’tkir, surunkali va latent kechishi mumkin. O’tkir kechishida tana harorati 41– 42 °C gacha ko’tariladi, qaltiroq, shilliq pardalar giperemiyasi, keskin jabrlanish kuzatiladi. 2–3 kunlardan so’ngburunning shilliq pardasida sarg’ish mayda tugunchalar paydo bo’ladi, ular bir necha soatdan so’ng ular birlashadi va nekrozga uchraydi. Ularning o’rnida chetlari notekis yaralar qoladi. Jag’ osti limfatik tugunlar avval shishgan va issiq, keyin esa zich bo’ladi. Ayrim hollarda sonning ichki yuzasi, prepusiya sohasi, yorg’oq, bosh va bo’yindagi teri zararlanadi . Undan tashqari zararlangan oyoqlar shishishi kuzatiladi. O’tkir shaklda kechadigan kasallik 2–4 hafta davom etadi va ko’p hollarda o’lim bilan tugaydi. Manqa kasalligida bosh terisining zararlanishi Surunkali kechadigan manqa kasalligida tana harorati vaqti – vaqti bilan ko’tarilib turadi, hayvon oriqlaydi, yo’taladi, burnidan ekssudat oqadi, jag’ osti limfa tugunlari shishadi. Burunning shilliq pardasida yulduzsimon shaklda

chandiqlar va yaralar hosil bo’ladi. Bu shakldagi kasallik bir necha oydan bir necha yillargacha davom etadi. Latentli manqa hayot mobaynida davom etishi mumkin. Hayvonlarda ko’zga tashlanadigan o’zgarishlar kuzatilmaydi, ular sog’lom bo’lib ko’rinadi. Tashhis epizootologik, klinik, allergik, serologik va gistologik tekshirishlar asosida qo’yiladi. Diagnostikaning asosiy usuli – allergik bo’lib, bunda ko’z malleinizasiyasi (kon’yunktival xaltaga 4–5 mallein tomchilari – isitish bilan o’ldirilgan manqa basillasi bulonli kulturasining filtrati yuboriladi) bajariladi. Kasallangan hayvon kon’yunktivasi qizaradi, shishadi, ko’zning ichki burchagidan tasma shaklda avval shilimshiq keyin yiringli massa ajraladi (ijobiy reaksiya). Natijadan qat’iy nazar 5– 6 kunlardan so’ng barcha otlar qayta malleinizasiya qilinadi. Ikki marta ijobiy reaksiya bergan ot kasal deb hisoblanadi. Ko’z malleinizasiyasiga ijobiy reaksiya Manqa kasalligini davolab bo’lmaydi . Kasal hayvonlar bartaraf etiladi. Manqaning oldini olish maqsadida xo’jalikka yangi kelgan hayvonlar karantinga qo’yiladi, otlar bir yilga 2 marta klinik tekshiriladi va malleinizasiya qilinadi. Kasallik aniqlanganda xo’jalik karantin qilinadi, otlar klinik belgilari bo’yicha 4 guruhlarga bo’linadi. Otxona va parvarishlash predmetlari dezinfeksiya