logo

Qadimgi Xorazm. Qang‘ va Dovon davlati dars ishlanmasi

Загружено в:

24.12.2024

Скачано:

0

Размер:

177 KB
                                                                          “Tasdiqlayman”
O’IBDO’:_________A.Z.Temirov
                                                                          “_____” ___________2022-yil
SEMINAR O‘QUV MASHG‘ULOTNING O‘QITISH TEXNOLOGIYASI
Guruh
Dars sanasi
Mavzu: Qadimgi Xorazm. Qang‘ va Dovon davlati
O‘quv mashg‘ulotning o‘qitish texnologiyasi modeli
Vaqt: 80 daqiqa   O‘quvchilar soni:  26  tagacha
O‘quv mash g‘ ulotining shakli va turi Nazariy:  yangi   bilimlarni   egallash  bo‘yicha  o‘quv
mashg‘ulot
O‘quv mash g‘ ulot rejasi 1. Qadimgi Xorazm davlati
2. Qang’ davlatining vujudga kelishi va taraqqiyoti
3. Davan davlati
O‘quv   mashg‘uloti   maqsadi :   O’zbek   davlatchiligi   tarixi,   ilk   shahar   va   davlat   birlashmalari
taraqqiyoti,   Xorazm,   Qang’,   Davan   davlatlarining   vujudga   kelishi   va   taraqqiyoti   bo‘yicha
tushunchalarni hosil qilish  / shaklantirish .
Pedagogik vazifalar: 
Dars va mavzu rejasi  tanishtirish;
Davr haqida  ma’lumot berish;
Atamalarga  izoh berish;
Mavzu bo’yicha  tushuncha berish. O‘quv faoliyati natijalari:
Mavzuga doir ma’lumotlar  ko‘rsatadilar;
Davrga xos xususiyatlarni tasniflaydilar;
Mavzu mohiyatini aytib beradilar;
Fakt,   ma’lumotlarni   t artibli   ravishda   gapirib
beradilar.
O‘qitish metodlari Kichik   axborotli   ma’ruza   / hikoya /   tushuntirish /
ko‘rsatma   berish /   namoyish /   ko‘rsatish /vi deo   usul /
kitob   bilan   ishlash /   insert /   mashq /   suhbat /   bahs /
aqliy hujum / ta’limiy o‘yin / pinbord va boshq.
O‘quv faoliyatini tashkil etish shakllari Ommaviy /   jamoaviy /   guruhli /   individual   / o‘ylang
va   juftlikda   fikr   almashing   texnikasi/birgalikda
o‘ rganamiz   texnikasi/arra texnikasi  va boshq.
O‘qitish vositalari Matnlar /yo zuv taxtasi /  slaydlar /  proektor /  
kompyuter /diaproektor/flipcha r t/vediofilm/grafikli  
organizatorlar/m odel /  mulyajlar /ch izma /  sxema /  
grafik /  diagrammlar /n amunalar / e kspert  varag‘i 
/yo‘ riqnoma  va boshq
O‘qitish shart-sharoiti Maxsus   texnik   vositalar   bilan   jihozlangan
auditoriya. 
Qaytar aloqaning usul va vositalari Tezkor-so‘rov / savol-javob / test /topshiriq/mashq   va
boshq. O‘quv mashg‘ulotning texnologik xaritasi
Faoliyat
bosqichlari va
vaqti Faoliyat   mazmuni
o‘qituvchi o‘quvchi
1 -O‘ quv
mash g‘ ulotiga
kirish
(5daq.) Tashkiliy boshlanishi
O‘quvchilar   bilan   s alomlashadi ,   ularni   mashg‘ulotga
tayyorgarligi va davomatini tekshiradi.  Darsga
tayyorgarlik
ko‘radilar.
2-bosqich.
Asosiy
(6 5 daq.) I . O‘quv faniga olib kirish  (15 daq)
1. 1 . Mavzu   bo‘yicha  asosiy   tushunchalar  bilan  ( 1 -ilova)
va   mustaqil   ishlash   uchun   adabiyotlar   ro‘yxati   bilan
tanishtiradi. 
1.2.   O‘quv   mashg‘ulotning   mavzusi,   rejasi,   maqsadi   va
o‘quv faoliyat natijalariga qo‘yiladigan baholash mezoni
bilan tanishtiradi.  (2-ilova).
II .O‘quvchilar bilimini faollashtirish (10 daq)
2.1.O‘quvchilar   bilimini   tezkor-so‘rov /   savol-javob /
aqliy   hujum / pinbord / o‘ylang   va   juftlikda   fikr
almashing / orqali   faollashtiradi     Javoblarni   qabul   qiladi,
ular   asosida     yangi   o‘quv   materialni   uzviy ligi   bo‘yicha
ma’lumotlar berishga o‘tadi.
III .Y a ngi o‘quv materialiga kirish  (40 daq)
2.2.   Qo’’anma va ko’rgazmali qurollar   asosida  ( 3 -ilova)
namoyish   va   sharxlash   orqali   mavzu   bo‘yicha   asosiy
nazariy xolatlarni bayon qiladi. 
2.3. Har bir rejani mustahkamlash uchun savollar beradi 
2.4. Mavzuning har bir qismi bo‘yicha xulosalar qiladi. 
2.5. Ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi.
2.6.   Y a ngi   o‘quv   materialini   o‘zlashtirish   darjasini
tekshirish bo‘yicha tezkor-so‘rov o‘tkazadi ( 4 - ilova). Tinglaydilar,
yozib oladilar.
Y o zib oladilar
Tinglaydilar
Y o zib   oladilar
Savolga javob
beradilar
T inglaydilar
Savollarga javob
beradilar.
Ma’lumotlarni
daftarga qayd
qiladilar.
Savollarga javob
beradilar
3-bosqich.
Y a kuniy
(10 daq.) Mashg‘ulot yakuni va uyga vazifa berish.
3.1.   Mavzuni   yakunlaydi   va   mazkur   fanning   kelgusida
kasbiy   faoliyatlaridagi   ahamiyatini   yoritish   bilan
yakunlaydi.
3.3. O‘quvchilar bilimini  ba h olaydi.
3.2.   Uyga   vazifa   beradi   va   uni   bajarish   yuzasidan
yo‘riqnoma beradi.( 5 - ilova). Diqqat qiladilar.
Vazifani yozib
oladilar 1 ilova 
Asosiy   tushunchalar:   Xitoy   manbalari,   Qang‘xa   (Qang‘),   Qang‘yuy,   Oqqo‘rg‘on,   Qanqa
shahar   qal’asi,   Qang‘diz,   Bityan ,   Shoshtepa,   Chjan   Szyan,   Ershi,   “Samoviy   otlar”,   Sho‘rabashot,
Axsikent, Uchqo‘rg‘on,   Madaniy hayot.   
Adabiyotlar:
1. A.S. Sagdullayev, V.A. Kostetskiy.  "Qadimgi dunyo tarixi 6-sinf  T – 2022.
2. Shamsutdinov R. Vatan tarixi . T.”Sharq” 2003.
3. Azamat Ziyo, O’zbek davlatchiligi tarixi. T. 2006.
2-ilova 
Mavzu rejasi:
1. Qadimgi Xorazm davlati
2. Qang’ davlatining vujudga kelishi va taraqqiyoti
3. Davan davlati
Maqsadi: O’zbek davlatchiligi tarixi, ilk shahar va davlat birlashmalari taraqqiyoti, Xorazm, Qang’, 
Davan davlatlarining vujudga kelishi va taraqqiyoti bo‘yicha tushunchalarni hosil qilish.
Baholash mezoni: Reyting usulida baholash 5 ballik tizimda amalga oshiriladi.
Joriy nazorat asosan og’zaki so’rov tarzida o’tkaziladi. Unda o’quvchi mavzuni:
55% dan – 70% gacha o’zlashtirganini ko’rsata olsa “3 ball”,
71% dan – 85% gacha o’zlashtirganini ko’rsata olsa “4 ball”,
85% dan – 100% gacha o’zlashtirganini isbotlay olsa “5 ball”ga baholanadi.
Agar   joriy   nazorat   test   usulida   o’tkazilsa,   20   ta   testdan   iborat   variantning   har   bir   to’g’ri
javob 5 % ni tashkil etadi. Shu boisdan:
11 tadan 14 tagacha to’g’ri javob uchun “3 ball”,
15 tadan 17 tagacha to’g’ri javob uchun “4 ball”,
18 tadan ortiq to’g’ri javob uchun “5 ball” qo’yiladi.
Agar   test   variant   50   ta   savoldan   iborat   bo’lsa   har   bir   to’g’ri   javob   2%   ni   tashkil   etib
yuqoridagi nisbatda baholanadi. Ya’ni,
28 tadan 35 tagacha to’g’ri javob uchun “3 ball”, 
35 tadan 42 tagacha to’g’ri javob uchun “4 ball”,
43 tadan ortiq to’g’ri javob uchun “5 ball” qo’yiladi.
3-ilova:
Mavzu matni:
X ORA ZM DA VLA TI . 
  Mil.   avv.   IV   asrda   Xorazm   Ahamoniylar   davlatidan   ajralib   chiqib,   mustaqil
davlatga  aylandi.   Makedoniyalik   Aleksandr  hukmronligi  davrida  ham   Xorazm   davlati
mustaqil   edi.   Qadimgi   yunon   tarixchisi   Arrianning   yozishicha,   bu   davrda   Xorazmda
Farasman podsholik qilgan.
Mil.   avv.   IV–III   asrlarda   Xorazm   O‘rta   Osiyoda   shaharsozlik   va   me’morchilik
keng   rivojlangan   muhim   markazga   aylanadi.   Davlat   chegaralarida   hamda   savdo
yo‘llari   bo‘ylab   qal’alar   quriladi.   Xorazmning   Xiva,   Jonbosqal’a,   Bozorqal’a   va   boshqa
shaharlarida   ulug‘vor   va   muhtasham   binokorlik   ishlari   amalga   oshiriladi.   Shaharlar
mustahkam   mudofaa   devorlari   bilan   o‘ralib,   devor   burchaklarida   burjlar   qurilgan.
Markazdan   o‘tgan   ko‘cha   shaharni   ikki   qismga   bo‘lgan,   undan   esa   yon-atrofga ko‘chalar   ketgan,   mahallalar   bir-biridan   ajralib   turgan.   Markaziy   maydonda
muhtasham   saroy  va  ibodatxonalar   joylashgan.   Xorazm   davlatida  harbiy  ish,   xo‘jalik
va hunarmandchilik sohasi rivojiga katta e’tibor berilgan. 
X o ‘ jalik   va   hunarmandchilik   rivoji.   Ushbu   o‘lka   aholisi   xo‘jaligining   asosini   sun’iy
sug‘orma   dehqonchilik   va   chorvachilik   tashkil   etgan.   Shaharlar   va   dehqonchilik   uy-
qo‘rg‘onlarining   atroflrini   dalalar,   bog‘lar   va   tokzorlar   o‘rab   turgan.   Amudaryodan
uzunligi   40–50   kilometrga   yetadigan   keng   sug‘orish   kanallari   chiqarilgan.
Xorazmliklar bug‘doy, arpa va tariq ekishgan. Alohida qal’alarda g‘alla saqlash uchun
mo‘ljallangan katta omborlar joylashgan.
Xorazmda   hunarmandchilik   rivoj   topgan:   kulolchilik,   temir   va   mis   asboblar,
qurol-yarog‘   hamda   zargarlik   buyumlari   tayyorlangan.   Xorazm   aholisi   Sug‘diyona,
Marg‘iyona, Baqtriya va dasht ko‘chmanchilari bilan yaqindan savdo munosabatlarini
o‘rnatgan. Bu o‘lkadan muhim karvon yo‘llari o‘tgan. Mil. avv. I asrda milodiy dastlabki
asrlarda Xorazmda  kumush  va mis tangalar  zarb  qilingan. Bularning  barchasi  savdo
aloqalarining rivojiga ko‘maklashgan.
San ’ at , yozuv va din.   Qadimgi Xorazm saroylari va ibodatxonalari devoriy tasvirlar va
haykaltaroshlikning   yuksak   san’at   namunalari   bilan   bezatilgan.   Amudaryoning   o‘ng
qirg‘og‘idagi   Oqchaxon   qal’asi da   (mil.   av v .   I I–I   asrlar)   saroy   va   ibodatxona
joylashgan.   Ibodatxona   yo‘laklarining   devorlari   odamlar,   otlar   va   otliqlar   tasviri
tushirilgan   rang-barang   rasmlar   bilan   qoplangan.   Ayniqsa,   30   ta   qahramon   portreti
alohida   ajralib   turadi,   ularning   aksariyati   qush   shaklidagi   toj   kiydirilgan   holda
tasvirlangan.   Ushbu   binolarni   qurish   uchun   davlatning   barcha   hududlarida   ishlab
chiqarilgan xom g‘ishtlar katta miqdorda ishlatilgan. Qurilishda me’morlar, rassomlar
va haykaltaroshlar ishtirok etgan.
Milodiy  II –I II  asrlarda   shohona shahar  – Xorazm hukmdorlarining  qarorgohi
Tuproqqal’a   bunyod   etilgan.   Uning   shimoliy   qismida   katta   saroy   va   ibodatxonalar
joylashgan.
Saroy   xonalari   qadimgi   ma’budlar,   shohlar,   jangchilar,   musiqachilar,   hayvonlar
tasvirlari   bilan   bezatilgan.   Zallardan   birida   devor   bo‘ylab   supada   bo‘yalgan   loy
haykallar o‘rnatilgan. Ularning umumiy soni 115 ta bo‘lgan.
O‘rta Osiyodagi eng qadimgi yozuv Xorazm hududidan topilgan.   Oy bo‘y irqal’a
(mil.   av v .   V–I V   asrlar)   yodgorligidan   topilgan,   xum   sirtiga   bitilgan   yozuv   namunasi
shular jumlasidandir.
Keyingi   davrlarda   yozuvlar   qora   siyohda   sopol,   suyak,   yog‘och   taxtachalarga   va
charm yuzasiga bitilgan. Aramey alifbosiga asoslangan qadimgi Xorazm yozuvi 20 ta
harfdan   tashkil   topgan.
                             Qishloq  xo‘jaligi, hunarmandchilik va me’morchilikning  rivojlanishi amaliy
bilimlarga   asoslangan.   Shu   bois   Xorazmda   astronomiya,   geometriya,   matematika
kabi   aniq   fanlar   taraqqiy   etgan.   Ibodatxonalar   qoshidagi   maktablarda   xat-savod   va arifmetika hisobi o‘rgatilgan.  Tuproqqal’a   devoridagi yozuvli teri o‘ramalarini ko‘tarib
turgan   kohin-xattotning   tasviri   e’tiborga   molik.   Mil.   av v .   II I   asrda   Xorazmda
mustahkam   istehkom   –   Qo‘yqirilganqal’a   qurilgan.   Qal’a   ibodatxonasidan   kohinlar
osmon   jismlarining   harakatlarini   kuzatgan.   Misr   kohinlari   Nil   toshqini   vaqtini
bilishgani   singari   xorazmlik   kohin-astronomlar   Amudaryo   suv   sathining   ko‘tarilishi
vaqtini   belgilab   berishgan.   Shuningdek,   ular   ekin   ekish,   ko‘chat   o‘tqazish   va   hosil
yig‘ish   mavsumlari   muddatini   ham   aniq   bilgan.   Xorazm   vohasida   zardusht iy lik
t a’limot i   keng   yoyilgan.   O‘rta   Osiyoda   zardushtiylik   dafn   marosimlari   bilan   bog‘liq
eng   qadimgi   ossuariy lar   –   suy ak donlar   Xorazmdan   topilgan.   Xorazmliklar   yer,   suv
va   olovga   sajda   qilib,   mazkur   muqaddas   unsurlarni   qadrlagan.   Xorazm   ko‘hna
shaharlaridan   suv   va   hosildorlik   ma’budasi   –   Anaxit a   ramzini   o‘zida   aks   ettirgan
ko‘pdan   ko‘p   sopol   haykalchalar   topilgan.
                  Milodiy I asrda Xorazmda ishlab chiqilgan mahalliy taqvimdan xorazmliklar
VIII asrga qadar foydalangan.
QA N G‘  DA VLA TI .  Xitoy manbalarida  Qang‘xa  (Qang‘)   davlati  Qang‘y uy   deb atalgan.
Unga   mil. av v .  I II  asrda   saklar asos solgan. Arxeologlarning aniqlashicha, Toshkent
vohasining   Oqqo‘rg‘on   tumanida   mil.   av v .   I II   asrda   bunyod   etilgan   Qanqa   shahar -
qal’asi   saklarning   sobiq   poytaxti   –   Qang‘diz   bo‘lgan.   Xitoy   manbalarida   bu   shahar
Bit y an   deb   atalgan.
                Qang‘   davlati   hududlari   o‘rta   Sirdaryo   sohillari   bo‘ylab   joylashgan   yerlarni
qamrab   olgan.
Mil.   av v .   II   asr   oxirida   Qang‘   qudratli   davlat   birlashmasiga   aylanadi.   Uning
hukmdorlari o‘z tangalarini zarb  qildirgan. Qang‘ davlatida harbiy istehkomlar, qal’a,
ibodatxonalar,   savdo   va   hunarmandchilik   mavzelari   barpo   etiladi.   Davlatning
madaniy markazlaridan biri Toshkent vohasi edi. Ayni shu hududda o‘troq ziroatchilik
va   chorvachilik   madaniyati   rivoj   topgan.   Odamlar   bug‘doy,   arpa   va   sholi   ekishgan.
Vohani   o‘rab   olgan   tog‘lardan   shaharlarga   temir,   mis,   qalay
va   kumush   yetkazib   berilgan.   Shu   tariqa   kulolchilik,   qurolsozlik,   to‘qimachilik   va
zargarlik   kabi   hunarmandchilik   sohalari   rivojlangan.
                     Qang‘liklar olov va quyoshga sig‘ingan.   Mil. av v .  II  asrda  Shosht epa da doira
shaklidagi   olov   ibodatxonasi   qurilgan.   Dumaloq   shakl   quyosh   ramzi   hisoblangan.
                     Dashtlarda chorvachilik katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ko‘chmanchi qabilalar
qo‘y-echkilar   va   tuyalarni   boqishgan   hamda   yilqichilik   bilan   shug‘ullangan.   Ular
charmdan   poyabzal   tikib,   jun   matolaridan   kiyimlar   va   gilamlar   tayyorlashgan.
Ziroatkorlar   va   chorvadorlar   qishloq   xo‘jalik   hamda   hunarmandchilik   mahsulotlari
bilan o‘zaro ayirboshlashgan. Qang‘ hududidan Buyuk ipak yo‘lining shimoliy tarmog‘i
o‘tganligi mamlakat iqtisodi va savdo-sotiq rivojiga imkon yaratdi.               Milodiy  I II  asrga  kelib Qang‘ davlati mayda mulklarga parchalanib ketadi.
DA VA N   DA VLA TI .   Davan   davlati   (Xitoy   manbalarida   bu   o‘lka   shu   nom   bilan   tilga
olinadi)   taxminan   mil.   av v .   I II   asrda   paydo   bo‘lib,   Farg‘ona   vodiysida   joylashgan.
Davan   haqidagi   ma’lumotlar   xitoy   manbalarida   kengroq   yoritilgan.   Bu   yerga   tashrif
buyurgan   Xitoy   elchisi   Chjan   Szy an   shunday   yozgan:   “Davanda   70   ta   katta-kichik
shahar   bor,   uning   aholisi   bir   necha   yuz
ming   kishidan   iborat”.   Shuningdek,   elchi   davanliklar   juda   mehmondo‘st   va   ko‘ngli
ochiq   odamlar   ekanligi   haqida   ma’lumot   beradi.
             Xitoy hukmdorlari bu davlatni bosib olmoqchi bo‘ldi. Harbiy yurishlarning birida
ular Davan davlatining  poytaxti   Ershi ni qo‘lga kiritdi, biroq aholisining  tovon to‘lashi
evaziga   uni   tashlab   chiqishga   majbur   bo‘ldi.   Davan   davlati   Xitoy   va   G‘arb   o‘lkalari
bilan   bo‘ladigan   xalqaro   savdoda   muhim   o‘rin   tutgan.   Ayniqsa,   Farg‘onaning   zotdor
otlari   Xitoy   hukmdorlarini   o‘ziga   jalb   qilgan.   Otlar   naslining   biriga   hatto   ular
“ samov iy ”   deb nom bergan.  “ Samov iy  ot lar”   baquvvat va chopqir bo‘lgan.
“ Samov iy   ot lar”   t ufay li   bo‘lgan  urushlar.   Qadim   Farg‘onada   “samoviy   otlar”  zotidan
tarqagan nasldor otlar parvarish qilingan. Rivoyatlarga ko‘ra, Davan atrofidagi tog‘larda
yovvoyi   otlar
yashagan.   Ularni   tutish   va   qo‘lga   o‘rgatishning   iloji   bo‘lmagan.   Shuning   uchun   zotdor
biyalarni
tanlab,   o‘sha   tog‘larga   haydab   yuborganlar.   Biyalar   va   yovvoyi   ayg‘irlardan   “samoviy”
otlar   tarqagan.   Tyanshan   xitoy   tilida   “samoviy   tog‘lar”   deb   tarjima   qilinadi.   Bu   nom
otlarga   ham   o‘tgan.   Mil.   avv.   II   asr   oxirida   bu   naslli   otlar   ovozasi   Xitoygacha   borgan.
Ularni   “qanotli   otlar”   ham   deyishgan.   Chopganda   ularning   badanida   ter   o‘rniga   qon
tomchilari   ko‘ringan.
Xitoy   yilnomasida   shunday   deyilgan:   “Davan   davlatining   Ershi   shahrida   g‘aroyib   otlar
mavjudligi
haqida   saroyga   xabar   keldi.   Imperatorning   “samoviy   otlar”ga   ishtiyoqi   ortdi:   u   o‘zining
ilohiy   nasl-nasabi   va   zavol   bilmas   ekanligini   odamlar   ongiga   singdirmoq   niyatida   edi.
Buning uchun samoga chiqishda “samoviy otlar” qo‘shilgan aravaga muhtoj bo‘lib qoldi”.
Ammo   Davan   davlati   bu   otlarni   yashirdi,   Xitoy   elchilariga   bergisi   kelmadi.   Shunda
imperator   o‘zining   Che   Lin   degan   pahlavonini   elchi   qilib,   sovg‘asalomlar   va   oltindan
yasalgan   ot   haykali   bilan   Davanga   jo‘natdi.   Qanday   bo‘lmasin,   Ershi   shahri
arg‘umoqlarini qo‘lga kiritish zarur edi. Davan hukmdori elchi talabiga rad javobini berdi.
Bu   rad   javobi,   Davan   bilan   Xitoy   o‘rtasidagi   urushga   sabab   bo‘ldi.   Xitoy   lashkarining
Davanga   birinchi   yurishi   mag‘lubiyat   bilan   yakun   topdi.   Ikkinchi   yurishda   Xitoy
hukmdorining  qo‘shinlari  60 ming  nafar  edi.  Bu  lashkarning   qator-qator  qurol va  ozuqa
ortgan  ta’minotchi  karvonlari  bor   edi.  Yilnomachi  “butun  saltanat  harakatga  kelgan  edi” deb   yozadi.   Davan   sari   50   nafar   sarkarda   qo‘shinlari   bilan   jo‘nadi.   Davanliklarni
kutilmaganda bosish uchun ular jadal sur’at bilan jilishdi. Ular Ershi shahrini qamal qildi.
Shaharga   keladigan   suv   yo‘lini   to‘sdi   va   qamalning   qirqinchi   kunida   shaharning   tashqi
devorini   buzdi.   Davan   hukmdori   qal’aga   berkinib   oldi   va   sulh   to‘g‘risida   muzokaralar
boshladi.   Xitoyliklarga   arg‘umoqlardan   berishga   rozilik   bildirdi.   Aks   holda,   barcha
arg‘umoqlarni   qirg‘in   qilmoqchi   bo‘ldilar.   Qang‘   davlatidan
madad   yetib   kelishidan   cho‘chib,   xitoyliklar   sulhga   rozi   bo‘ldi.   Xitoy   lashkari   Ershiga
bostirib kirmasdan, zarur miqdordagi otlardan tovon sifatida olib, o‘z vataniga qaytdi. 
“Samoviy   otlar”   uchun   bo‘lib   o‘tgan   to‘rt   yillik   urush   shu   bilan   tugadi.
         Arxeologlar topgan dalillar Xitoy solnomalaridagi ma’lumotlarni tasdiqladi. Ko‘p
sonli   aholiga,   yaxshi   qurollangan   va   mashq   ko‘rgan   qo‘shinlarga   ega   bo‘lgan   Davan
mil.   av v .   I I –I   asrlarda   yuksak   taraqqiy   etgan   davlatga   aylangan.   O‘troq   aholi   yer
haydab,   g‘alla   va   sholi   ekkan,   bog‘dorchilik   va   uzum   yetishtirishda   katta   yutuqlarga
erishilgan. Xitoyliklarni o‘zlariga notanish bo‘lgan Davandagi beda va uzum hayratga
solgan.   Manbalarda   shunday   ma’lumotlar   keltirilgan:   “Xitoy   elchisi   urug‘   keltirdi.
Shunda   Xitoy   hukmdori   saroy   tevaragidagi   unumdor   yerga   beda   va
uzum   ekdi”.   Qadimshunoslar   Xitoyda   anor   va   o‘rikning   paydo   bo‘lishini   Davan   bilan
bog‘laydi. Qadimgi Farg‘onada dehqonchilik madaniyati yuqori darajada rivojlangan.
Farg‘ona   vodiysida   Sho‘rabashot ,   A xsik ent ,   Uchqo‘rg‘on   kabi   shahar   xarobalari
o‘rganilgan.
       Olimlarning aniqlashicha,  milodiy  I II  asrda  Davan davlati barham topgan.
4-ilova
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Xorazm Ahamoniylar davlatidan qachon ajralib chiqadi?
2. Qadimgi Xorazm shaharlari haqida nimalarni bilasiz?
3. Xorazmning san’ati haqida so‘zlab bering.
4. Xorazmliklarning xo‘jaligi va hunarmandchiligi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
5. Qadimgi Xorazm madaniyati va dini haqida hikoya tuzing.
6. Qang‘ davlati qachon va qayerda tashkil topgan?
7. Davan davlati haqida nima bilasiz?
8. Qang‘ va Davan aholisining mashg‘ulotlari haqida so‘zlab bering.
9. Qang‘ davlati qachon parchalanib ketgan?
10. Davan davlati tarixi va madaniyati to‘g‘risida so‘zlab bering.
11. Nima uchun Xitoy imperatorlari Davan otlarini “samoviy otlar” deb atagan?
Test savollari:
1) Mil.av. V-IV asrlarda Xorazmda bunyod etilgan va mahalliy hukmdor qarorgohi bo’lgan qal’ani
aniqlang.
A) Tuproqqal’a B) Qal’aliqir C) Ko’zaliqir D) Jonbosqal’a
2) Mil.av. II asr oxirida …….
A) Xitoy qo’shinlari Dovon davlatini egalladi  B) Xorazmda taqvim yaratildi
C) Xon sulolasi hukmronligi boshlandi
D) Qang’ qabilalarning  eng qudratli davlat birlashmasiga aylandi 3) “Bu diyorda 70 tacha katta-kichik shahar bor; aholisining soni bir necha yuz mingga yetadi. O’q-
yoy  va  nayzalar  bilan  qurollanishgan.  Xalqi  ot  choptirib   o’q  otishga  mohir”  Xitoy  sayyohi   Chjan
Syan yuqorida qaysi davlat to’g’risida so’z yuritgan?
A) Qang’   B) Dovon C) Kushon D) Ansi (Eron)
4)   Sho’raboshat,   Uchqo’rg’on   kabi   dehqonchilik   vohalari   qadimgi   qaysi   davlat   hududida
joylashgan?
A) Dovon B) Qang’  C) Kushon D) Xorazm
5) Mil.av. V-IV asrlarga oid xum sirtiga chekilgan xorazm yozuvi namunalari qayerdan topilgan?
A) Qo’yqirilganqal’adan B) Ayritomdan    C) Oybuyurqal’adan D) Surxko’taldan
6) Qaysi hukmdor davrida Hindistonning bir qismi Yunon-Baqtriya davlatiga qo’shib olingan edi?
A) Yevtidem B) Diodot C) Mitridat I D) Demetriy
7) Xitoy tarixchilari Bityan deb atagan shaharga asos solingan davrda….
A) Shan davlati vujudga keldi B) Dovon davlati tashkil topdi
C) Xorazm Ahamoniylardan mustaqil bo’ldi  
D) Qang’ qabilalarning eng kuchli davlat birlashmasiga aylandi
8) So’g’diyona aholisi yunon-makedonlarga qarshi isyon ko’targanida so’g’diylarga kimlar 
yordamga kelgan edi?
A) Xorazmliklar va parfiyaliklar B) Saklar va massagetlar
C) Qang’liklar va xitoyliklar D) Baqtriyaliklar va saklar
9) Nima uchun Aleksandr Sirdaryo bo’yida, Xo’jand yaqinida Aleksandra Esxata qal’asini qurishga
buyruq bergan edi?
A) Spitamenga qarshi kurashda tayanch qal’a vazifasini o’tashi uchun
B) Saklarga qarshi kurash uchun
C) Kir II asos solgan shahar o’rnida o’z nomi bilan shahar qurish maqsadida
D) Aleksandr bosib olgan o’lkalarida qurilish-me’morchilik, obodonchilik ishlarini muntazam 
ravishda olib borgan
10)  Makedoniyalik  Aleksandr bosqinidan qaysi hududlar mustaqilligicha qolgan edi?
1. Baqtriya    2. Xorazm    3. Bekobod    4. Toshkent    5. Marg’iyona   6. Farg’ona
7. So’g’diyona    8. Xo’jand
A) 1,2,5. B) 2,4,8. C) 2,4,6. D) 1,3,6,7.
11) Mil.av. 312-yilda Bobil (Suriya) hukmdori bo’lgan Salavka Aleksandr davrida....
A) lashkarboshi edi B) Baqtriya satrapi edi
C) davlat maslahatchisi edi D) qo’shin bosh qo’mondoni edi
12) Salavka davlatining tarkibiga qaysi hududlar kirgan?
1. Mesopotamiya    2. Misr    3. Eron     4. Parfiya    5. Kichik Osiyo    6. Baqtriya
7. Xorazm    8. So‘g‘diyona    9. Marg‘iyona
A) 1,2,3,6,8. B) 1,3,4,6,8,9. C) 1,2,4,5,8,9. D) 2,3,4,6,8.
13) Salavkiylar davlatida davlat mudofaasi va qo‘shinlarni tashkil etish bilan kim shug’ullangan?
A) strateg B) satrap     C) diadoh     D) konsul
14) Marg’iyona Antioxiyasi bu - ……..
A) Kurushkat    B) Hirot C) Marv D) Balx
15) Salavkiylar davlatidan bir vaqtda, mil.av. 250-yilda ajralib chiqqan davlatlarni aniqlang.
A) Parfiya, Eron B) Yunon-Baqtriya, Qang’
C) Xorazm, Sug’diyona  D) Yunon-Baqtriya, Parfiya 
Jadvalni to’diring:
Davlat nomi Joylashuvi Poytaxti va shaharlari O’ziga xos jihatlari
Xorazm
Qang’ Davan
5 ilova 
Uyga vazifa: 1. Mavzuni o’qib, urganish
2. Savol va topshiriqlarga javob aniqlash.
3. Mavzu bo’yicha xronologik jadval tuzish, atamalar izohini yozish.

“Tasdiqlayman” O’IBDO’:_________A.Z.Temirov “_____” ___________2022-yil SEMINAR O‘QUV MASHG‘ULOTNING O‘QITISH TEXNOLOGIYASI Guruh Dars sanasi Mavzu: Qadimgi Xorazm. Qang‘ va Dovon davlati O‘quv mashg‘ulotning o‘qitish texnologiyasi modeli Vaqt: 80 daqiqa O‘quvchilar soni: 26 tagacha O‘quv mash g‘ ulotining shakli va turi Nazariy: yangi bilimlarni egallash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulot O‘quv mash g‘ ulot rejasi 1. Qadimgi Xorazm davlati 2. Qang’ davlatining vujudga kelishi va taraqqiyoti 3. Davan davlati O‘quv mashg‘uloti maqsadi : O’zbek davlatchiligi tarixi, ilk shahar va davlat birlashmalari taraqqiyoti, Xorazm, Qang’, Davan davlatlarining vujudga kelishi va taraqqiyoti bo‘yicha tushunchalarni hosil qilish / shaklantirish . Pedagogik vazifalar: Dars va mavzu rejasi tanishtirish; Davr haqida ma’lumot berish; Atamalarga izoh berish; Mavzu bo’yicha tushuncha berish. O‘quv faoliyati natijalari: Mavzuga doir ma’lumotlar ko‘rsatadilar; Davrga xos xususiyatlarni tasniflaydilar; Mavzu mohiyatini aytib beradilar; Fakt, ma’lumotlarni t artibli ravishda gapirib beradilar. O‘qitish metodlari Kichik axborotli ma’ruza / hikoya / tushuntirish / ko‘rsatma berish / namoyish / ko‘rsatish /vi deo usul / kitob bilan ishlash / insert / mashq / suhbat / bahs / aqliy hujum / ta’limiy o‘yin / pinbord va boshq. O‘quv faoliyatini tashkil etish shakllari Ommaviy / jamoaviy / guruhli / individual / o‘ylang va juftlikda fikr almashing texnikasi/birgalikda o‘ rganamiz texnikasi/arra texnikasi va boshq. O‘qitish vositalari Matnlar /yo zuv taxtasi / slaydlar / proektor / kompyuter /diaproektor/flipcha r t/vediofilm/grafikli organizatorlar/m odel / mulyajlar /ch izma / sxema / grafik / diagrammlar /n amunalar / e kspert varag‘i /yo‘ riqnoma va boshq O‘qitish shart-sharoiti Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan auditoriya. Qaytar aloqaning usul va vositalari Tezkor-so‘rov / savol-javob / test /topshiriq/mashq va boshq.

O‘quv mashg‘ulotning texnologik xaritasi Faoliyat bosqichlari va vaqti Faoliyat mazmuni o‘qituvchi o‘quvchi 1 -O‘ quv mash g‘ ulotiga kirish (5daq.) Tashkiliy boshlanishi O‘quvchilar bilan s alomlashadi , ularni mashg‘ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi. Darsga tayyorgarlik ko‘radilar. 2-bosqich. Asosiy (6 5 daq.) I . O‘quv faniga olib kirish (15 daq) 1. 1 . Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalar bilan ( 1 -ilova) va mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishtiradi. 1.2. O‘quv mashg‘ulotning mavzusi, rejasi, maqsadi va o‘quv faoliyat natijalariga qo‘yiladigan baholash mezoni bilan tanishtiradi. (2-ilova). II .O‘quvchilar bilimini faollashtirish (10 daq) 2.1.O‘quvchilar bilimini tezkor-so‘rov / savol-javob / aqliy hujum / pinbord / o‘ylang va juftlikda fikr almashing / orqali faollashtiradi Javoblarni qabul qiladi, ular asosida yangi o‘quv materialni uzviy ligi bo‘yicha ma’lumotlar berishga o‘tadi. III .Y a ngi o‘quv materialiga kirish (40 daq) 2.2. Qo’’anma va ko’rgazmali qurollar asosida ( 3 -ilova) namoyish va sharxlash orqali mavzu bo‘yicha asosiy nazariy xolatlarni bayon qiladi. 2.3. Har bir rejani mustahkamlash uchun savollar beradi 2.4. Mavzuning har bir qismi bo‘yicha xulosalar qiladi. 2.5. Ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. 2.6. Y a ngi o‘quv materialini o‘zlashtirish darjasini tekshirish bo‘yicha tezkor-so‘rov o‘tkazadi ( 4 - ilova). Tinglaydilar, yozib oladilar. Y o zib oladilar Tinglaydilar Y o zib oladilar Savolga javob beradilar T inglaydilar Savollarga javob beradilar. Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar. Savollarga javob beradilar 3-bosqich. Y a kuniy (10 daq.) Mashg‘ulot yakuni va uyga vazifa berish. 3.1. Mavzuni yakunlaydi va mazkur fanning kelgusida kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyatini yoritish bilan yakunlaydi. 3.3. O‘quvchilar bilimini ba h olaydi. 3.2. Uyga vazifa beradi va uni bajarish yuzasidan yo‘riqnoma beradi.( 5 - ilova). Diqqat qiladilar. Vazifani yozib oladilar

1 ilova Asosiy tushunchalar: Xitoy manbalari, Qang‘xa (Qang‘), Qang‘yuy, Oqqo‘rg‘on, Qanqa shahar qal’asi, Qang‘diz, Bityan , Shoshtepa, Chjan Szyan, Ershi, “Samoviy otlar”, Sho‘rabashot, Axsikent, Uchqo‘rg‘on, Madaniy hayot. Adabiyotlar: 1. A.S. Sagdullayev, V.A. Kostetskiy. "Qadimgi dunyo tarixi 6-sinf T – 2022. 2. Shamsutdinov R. Vatan tarixi . T.”Sharq” 2003. 3. Azamat Ziyo, O’zbek davlatchiligi tarixi. T. 2006. 2-ilova Mavzu rejasi: 1. Qadimgi Xorazm davlati 2. Qang’ davlatining vujudga kelishi va taraqqiyoti 3. Davan davlati Maqsadi: O’zbek davlatchiligi tarixi, ilk shahar va davlat birlashmalari taraqqiyoti, Xorazm, Qang’, Davan davlatlarining vujudga kelishi va taraqqiyoti bo‘yicha tushunchalarni hosil qilish. Baholash mezoni: Reyting usulida baholash 5 ballik tizimda amalga oshiriladi. Joriy nazorat asosan og’zaki so’rov tarzida o’tkaziladi. Unda o’quvchi mavzuni: 55% dan – 70% gacha o’zlashtirganini ko’rsata olsa “3 ball”, 71% dan – 85% gacha o’zlashtirganini ko’rsata olsa “4 ball”, 85% dan – 100% gacha o’zlashtirganini isbotlay olsa “5 ball”ga baholanadi. Agar joriy nazorat test usulida o’tkazilsa, 20 ta testdan iborat variantning har bir to’g’ri javob 5 % ni tashkil etadi. Shu boisdan: 11 tadan 14 tagacha to’g’ri javob uchun “3 ball”, 15 tadan 17 tagacha to’g’ri javob uchun “4 ball”, 18 tadan ortiq to’g’ri javob uchun “5 ball” qo’yiladi. Agar test variant 50 ta savoldan iborat bo’lsa har bir to’g’ri javob 2% ni tashkil etib yuqoridagi nisbatda baholanadi. Ya’ni, 28 tadan 35 tagacha to’g’ri javob uchun “3 ball”, 35 tadan 42 tagacha to’g’ri javob uchun “4 ball”, 43 tadan ortiq to’g’ri javob uchun “5 ball” qo’yiladi. 3-ilova: Mavzu matni: X ORA ZM DA VLA TI . Mil. avv. IV asrda Xorazm Ahamoniylar davlatidan ajralib chiqib, mustaqil davlatga aylandi. Makedoniyalik Aleksandr hukmronligi davrida ham Xorazm davlati mustaqil edi. Qadimgi yunon tarixchisi Arrianning yozishicha, bu davrda Xorazmda Farasman podsholik qilgan. Mil. avv. IV–III asrlarda Xorazm O‘rta Osiyoda shaharsozlik va me’morchilik keng rivojlangan muhim markazga aylanadi. Davlat chegaralarida hamda savdo yo‘llari bo‘ylab qal’alar quriladi. Xorazmning Xiva, Jonbosqal’a, Bozorqal’a va boshqa shaharlarida ulug‘vor va muhtasham binokorlik ishlari amalga oshiriladi. Shaharlar mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralib, devor burchaklarida burjlar qurilgan. Markazdan o‘tgan ko‘cha shaharni ikki qismga bo‘lgan, undan esa yon-atrofga

ko‘chalar ketgan, mahallalar bir-biridan ajralib turgan. Markaziy maydonda muhtasham saroy va ibodatxonalar joylashgan. Xorazm davlatida harbiy ish, xo‘jalik va hunarmandchilik sohasi rivojiga katta e’tibor berilgan. X o ‘ jalik va hunarmandchilik rivoji. Ushbu o‘lka aholisi xo‘jaligining asosini sun’iy sug‘orma dehqonchilik va chorvachilik tashkil etgan. Shaharlar va dehqonchilik uy- qo‘rg‘onlarining atroflrini dalalar, bog‘lar va tokzorlar o‘rab turgan. Amudaryodan uzunligi 40–50 kilometrga yetadigan keng sug‘orish kanallari chiqarilgan. Xorazmliklar bug‘doy, arpa va tariq ekishgan. Alohida qal’alarda g‘alla saqlash uchun mo‘ljallangan katta omborlar joylashgan. Xorazmda hunarmandchilik rivoj topgan: kulolchilik, temir va mis asboblar, qurol-yarog‘ hamda zargarlik buyumlari tayyorlangan. Xorazm aholisi Sug‘diyona, Marg‘iyona, Baqtriya va dasht ko‘chmanchilari bilan yaqindan savdo munosabatlarini o‘rnatgan. Bu o‘lkadan muhim karvon yo‘llari o‘tgan. Mil. avv. I asrda milodiy dastlabki asrlarda Xorazmda kumush va mis tangalar zarb qilingan. Bularning barchasi savdo aloqalarining rivojiga ko‘maklashgan. San ’ at , yozuv va din. Qadimgi Xorazm saroylari va ibodatxonalari devoriy tasvirlar va haykaltaroshlikning yuksak san’at namunalari bilan bezatilgan. Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi Oqchaxon qal’asi da (mil. av v . I I–I asrlar) saroy va ibodatxona joylashgan. Ibodatxona yo‘laklarining devorlari odamlar, otlar va otliqlar tasviri tushirilgan rang-barang rasmlar bilan qoplangan. Ayniqsa, 30 ta qahramon portreti alohida ajralib turadi, ularning aksariyati qush shaklidagi toj kiydirilgan holda tasvirlangan. Ushbu binolarni qurish uchun davlatning barcha hududlarida ishlab chiqarilgan xom g‘ishtlar katta miqdorda ishlatilgan. Qurilishda me’morlar, rassomlar va haykaltaroshlar ishtirok etgan. Milodiy II –I II asrlarda shohona shahar – Xorazm hukmdorlarining qarorgohi Tuproqqal’a bunyod etilgan. Uning shimoliy qismida katta saroy va ibodatxonalar joylashgan. Saroy xonalari qadimgi ma’budlar, shohlar, jangchilar, musiqachilar, hayvonlar tasvirlari bilan bezatilgan. Zallardan birida devor bo‘ylab supada bo‘yalgan loy haykallar o‘rnatilgan. Ularning umumiy soni 115 ta bo‘lgan. O‘rta Osiyodagi eng qadimgi yozuv Xorazm hududidan topilgan. Oy bo‘y irqal’a (mil. av v . V–I V asrlar) yodgorligidan topilgan, xum sirtiga bitilgan yozuv namunasi shular jumlasidandir. Keyingi davrlarda yozuvlar qora siyohda sopol, suyak, yog‘och taxtachalarga va charm yuzasiga bitilgan. Aramey alifbosiga asoslangan qadimgi Xorazm yozuvi 20 ta harfdan tashkil topgan. Qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik va me’morchilikning rivojlanishi amaliy bilimlarga asoslangan. Shu bois Xorazmda astronomiya, geometriya, matematika kabi aniq fanlar taraqqiy etgan. Ibodatxonalar qoshidagi maktablarda xat-savod va

arifmetika hisobi o‘rgatilgan. Tuproqqal’a devoridagi yozuvli teri o‘ramalarini ko‘tarib turgan kohin-xattotning tasviri e’tiborga molik. Mil. av v . II I asrda Xorazmda mustahkam istehkom – Qo‘yqirilganqal’a qurilgan. Qal’a ibodatxonasidan kohinlar osmon jismlarining harakatlarini kuzatgan. Misr kohinlari Nil toshqini vaqtini bilishgani singari xorazmlik kohin-astronomlar Amudaryo suv sathining ko‘tarilishi vaqtini belgilab berishgan. Shuningdek, ular ekin ekish, ko‘chat o‘tqazish va hosil yig‘ish mavsumlari muddatini ham aniq bilgan. Xorazm vohasida zardusht iy lik t a’limot i keng yoyilgan. O‘rta Osiyoda zardushtiylik dafn marosimlari bilan bog‘liq eng qadimgi ossuariy lar – suy ak donlar Xorazmdan topilgan. Xorazmliklar yer, suv va olovga sajda qilib, mazkur muqaddas unsurlarni qadrlagan. Xorazm ko‘hna shaharlaridan suv va hosildorlik ma’budasi – Anaxit a ramzini o‘zida aks ettirgan ko‘pdan ko‘p sopol haykalchalar topilgan. Milodiy I asrda Xorazmda ishlab chiqilgan mahalliy taqvimdan xorazmliklar VIII asrga qadar foydalangan. QA N G‘ DA VLA TI . Xitoy manbalarida Qang‘xa (Qang‘) davlati Qang‘y uy deb atalgan. Unga mil. av v . I II asrda saklar asos solgan. Arxeologlarning aniqlashicha, Toshkent vohasining Oqqo‘rg‘on tumanida mil. av v . I II asrda bunyod etilgan Qanqa shahar - qal’asi saklarning sobiq poytaxti – Qang‘diz bo‘lgan. Xitoy manbalarida bu shahar Bit y an deb atalgan. Qang‘ davlati hududlari o‘rta Sirdaryo sohillari bo‘ylab joylashgan yerlarni qamrab olgan. Mil. av v . II asr oxirida Qang‘ qudratli davlat birlashmasiga aylanadi. Uning hukmdorlari o‘z tangalarini zarb qildirgan. Qang‘ davlatida harbiy istehkomlar, qal’a, ibodatxonalar, savdo va hunarmandchilik mavzelari barpo etiladi. Davlatning madaniy markazlaridan biri Toshkent vohasi edi. Ayni shu hududda o‘troq ziroatchilik va chorvachilik madaniyati rivoj topgan. Odamlar bug‘doy, arpa va sholi ekishgan. Vohani o‘rab olgan tog‘lardan shaharlarga temir, mis, qalay va kumush yetkazib berilgan. Shu tariqa kulolchilik, qurolsozlik, to‘qimachilik va zargarlik kabi hunarmandchilik sohalari rivojlangan. Qang‘liklar olov va quyoshga sig‘ingan. Mil. av v . II asrda Shosht epa da doira shaklidagi olov ibodatxonasi qurilgan. Dumaloq shakl quyosh ramzi hisoblangan. Dashtlarda chorvachilik katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ko‘chmanchi qabilalar qo‘y-echkilar va tuyalarni boqishgan hamda yilqichilik bilan shug‘ullangan. Ular charmdan poyabzal tikib, jun matolaridan kiyimlar va gilamlar tayyorlashgan. Ziroatkorlar va chorvadorlar qishloq xo‘jalik hamda hunarmandchilik mahsulotlari bilan o‘zaro ayirboshlashgan. Qang‘ hududidan Buyuk ipak yo‘lining shimoliy tarmog‘i o‘tganligi mamlakat iqtisodi va savdo-sotiq rivojiga imkon yaratdi.