QIDIRUV VA EKSPERT TIZIMI HAQIDA TUSHUNCHA
QIDIRUV VA EKSPERT TIZIMI HA QIDA TUSHUN CHA Reja: 1. Informatsion jamiyat va kompyuter lingvistikasi. 2. Sun’iy intellekt g‘oyasi. 3. Ekspert tizimlar va neyron tarmoqlar.
Insoniyat uchinchi ming yillikning boshida axborot asriga qadam qo‘ydi. Bu bilan bog‘liq holda informatsion jamiyat konsepsiyasi ishlab chiqildi. Bu konsepsiyaning asoschisi amerikalik futurolog olim E.Toffler hisoblana-di. U jamiyatni turli bosqichlarga bo‘lib o‘rganishni taklif etib, siv ilizat si y aning uch t o‘lqinini ajratdi: a) birinchi to‘lqin - industrial jamiyatgachabo‘lgan davr (qishloq xo‘jaligi sivilizatsiyasi). Bunda asosiy boylik yer va tabiatdan olingan zaxiralar hisoblanadi; b) ikkinchi to‘Iqin - industrial sivi-lizatsiya. Bunda asosiy boylik ishlab chiqarish vositalari sanaladi; c) uchin-chi to‘Iqin -postindustrial sivilizatsiya (informatsion jamiyat). Bunda kapi-tal va mehnat o‘z o‘rnini informatsiya va bilimga bo‘shatib beradi. Minglab yillar davorm’da rivojlangan inson tafakkuri uchun bugungi kunda dastlabki manba, ya’ni axborot olish hayotiy zaruratga aylandi. Shu-ning uchun jahon bozorida ma’lumot oltindan ham qimmatroq baholanadi. Mazkur axborotni topish, saqlash, qayta ishlash va boshqalarga yetkazish-ning qulay usullariga bo‘lgan ehtiyoj kun sayin oshib bormoqda. Demak, kimki mazkur qulay usullarni ishlab chiqsa, ularga egalik qilsa, dunyodagi eng boy odam bo‘ladi. Dunyodagi eng badavlat kishi Bill Geyts kompyuter, ya’ni axborotni qabul qilish, saqlash va qayta ishlash sohasi vakili. Bill Geytsning o‘zi shunday deydi: «Kim axborotga ega bo‘Isa, и Ixamma narsa ga ega bo‘ladi», uning yana
bir mushohadasi dunyoga mashhur: «Axborot dunyodagi eng katta, eng qimmat moddiy boyliklardan ham ustun turadi, chunki ushbu boyliklar axborot vositasida qo‘Iga kiritiladi»} 1 2003-yiI dckabrda Jenevada (Shveytsariya) informatsion jamiyat qurish muammosiga bag‘ishlangan Butunjahon Sammiti bo‘Iib o‘tdi. Unda shun day shior o‘rtaga tashlandi: «Informatsion jamiyat qurish - yangi mingyil-liknirtg global chaqirig‘idir». Sammitda ikki muhim hujjat qabul qilindi: informatsion jamiyat qurish prinsiplari to‘g‘risidagi Dcklaratsiya 88 hamda information jamiyat qurish bo‘yicha ish Rejasi. 89 Mazkur huyatlarda belgi-lanishicha, endilikda jamiyatning taraqqiyoti kompyuter texnologiyalari bilan chambarchas bog‘liq bo‘Iib qoladi. Shu o‘rinda alohida ta’kidlash lo-zimki, kompyuter lingvistikasi informatsion texnologiyalarning istiqbolini belgilovchi eng muhim yo‘nalish sanaladi hamda u informatsion jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Olimlar kompyuterlarni intellektual jarayonlar avtomatizatsiyasini yuzaga chiqaruvchi muhim vosita sifatida baholadilar. Qisqa vaqt ichida komp-yuterlardan teoremalarni isbotlashda, rasm chizishda, shaxmat o‘yinida foydalanilishi sun’iy intellekt bo‘yicha izlanishlarning ilk samarasidir. Asta-sekinlik bilan insonning aqliy faoliyatini modellashtiruvchi dasturlarning yaratilishi muayyan sohalardagi murakkab masalalarni yechuvchi ekspert tizimlarning yuzaga kelishiga olib keldi. Lekin shuni
ta’kidlash zarurki, hali-hanuz inson miyasining analogi bo‘la oladigan dastur yoki tizim yara-tilgani yo‘q. Kompyuter lingvistikasi fanining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sun’iy intellekt hisoblanadi. Virtual qomus hisoblangan Wikipedia sahifala-rida sun’iy intellektga (artificial intelligence) shunday ta’rif berilgan: «Sun’iy intellekt - bu kompyuter yoki robotning shunday xususiyatiki, u asosan in sonning aqliy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni, xususan, fikrlash, nutq mazmunini anglash, ma’lumotlarni umumlashtirish kabilarni yechish-ga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu termin mazkur xususiyatlarga ega sistemalar-ni ishlab chiqish bilan bog‘liq kompyuter texnologiyalarining bir bo‘limiga nisbatan ham ishlatilmoqda». Sun’iy intellekt bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan olim Jon Makkarti shunday yozadi: «Sun’iy intellekt - intellektual mashinalar, intellektual kompyuter dastwiar yaratish texnologiyasi va и haqidagi fan. Intellektual sistema struktusi 3 asosiy blokni o‘z ichiga oladi: bilimlar bazasi, masalani yechuvchi tizim va intellektual interfeys». Ekspert tizimlari modelida, intellektual informatsion tizimlarda, ba’zi mashinalarda, hayvonlarda va odamlarda intellektning turlicha darajalari va ko‘rinishlari mavjud. Mazkur turlichalik bilimlar bazasi va qanday ope-ratsiyalarni bajara olishiga bog‘liq. lntellektni bunday talqin qilishdan ko‘rinib turibdiki, sun’iy intellekt insondagi intellekt tushunchasining aynan immitatsiyasi emas, balki inson intellektual faoliyatining ko‘plab qirralari-ni o‘z ichiga
olgan, modellashtirilgan tizimlar texnologiyasi demakdir. Ayni shu ma’noda «artificial intelligence» terminini birinchi marta Jon Makkarti 1956-yilda Darmut universitetidagi konferensiyada qo‘lladi va shundan buyon tanqidlarga qaramay ishlatib kelinmoqda. Rossiya sun’iy intellekt assotsiatsiyasi Peterburg bo‘limi boshlig‘i T.A.Gavrilovning yozishicha, ingliz tilidagi artificial intelligence birikmasi fantastik antropomorf bo‘yog‘iga ega emas, u rus tiliga muvaffaqiyatsiz tarjima qilingan. Intelli gence so‘zi «aql bilan hukm chiqarish, fikr yuritish qobiliyati» ma’nosini anglatadi, u rus tiliga « интеллект » deb noto‘g‘ri tarjima qilingan. XX asrning 70-yillariga qadar sun’iy intellekt bo‘yicha tadqiqotlar kiber-netika hamda informatika doirasida olib borilgan. XX asrning 80 - 90-yil-laridan boshlab sun’iy intellekt juda ko‘plab fanlarning o‘rganish obyektiga aylandi. Jumladan, neyrolingvistika, psixologiya, informatika, neyrofiziologiya, epistemologiya (falsafadagi bilish haqidagi ta’iimot), kogni- tologiya, kognitiv lingvistika, kompyuter lingvistikasi kabi fanlar ham o‘z doirasida sun’iy intellekt muammosi bilan shug‘ullanadilar. Sun’iy intellekt tizimlarni yaratish muammosiga uch xil asosiy yondashuvni ajratib ko‘rsatish mumkin: - quyi (inglizcha T op-Pown 41 ), semiotik yondashuv - ekspert tizimlari, bilimlar bazasi, mantiqiy hukm chiqarish tizimi, yuqori