QOBILIYAT
![MAVZU: QOBILIYAT
Reja:
1. Qobiliyat haqida tushuncha
2. Qobiliyatlarning miqdor va sifat tavsifi
3. Qobiliyatlar tasnifi
4. Qobiliyatlar tarkibi
5. Qobiliyatlarning tabiiy asoslari
6. Talantning paydo bo’lishi va rivojlanishi
7. Qobiliyatlar borasidagi psixologik nazariyalar](/data/documents/a0751520-8fd0-4cf7-b881-a5762a1b501f/page_1.png)
![1. Qobiliyat haqida tushuncha
Qobiliyat insonning shunday psixologik xususiyatidirki, bilim, ko’nikma,
malakalarini egallash shu xususiyatlarga bog’liq bo’ladi. Lekin, bu
xususiyatlarning o’zi bu bilim va ko’nikmalarga taalluqli bo’lmaydi. Malaka,
ko’nikma va bilimlarga nisbatan odamning qobiliyatlari qandaydir imkoniyat
tarzida namoyon bo’ladi. Qobiliyatlar imkoniyatlardan iborat bo’lib, biror bir
ishdagi mahorat darajasi haqiqatdir. Bolada namoyon bo’ladigan musiqaga
qobiliyati uning musiqachi bo’lishi uchun imkoniyatlar, maxsus ta'lim berilishi,
qat'iylik, salomatligining yaxshi bo’lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa
ko’pgina sharoitlar bo’lishi kerak. Bularsiz qobiliyatlar taraqqiy etmay turiboq
so’nib ketishi mumkin.
Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham faqat ana
shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi mumkin bo’lmagan faoliyatlardagina
namoyon bo’ladi. o’quvchida ham zaruriy ko’nikma va malaka tizimi hamda
mustahkam bilimlar tarkib topish uslublari yo’qligiga asoslanib, jiddiy tekshirib
ko’rilsa, shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yo’q, deb xulosa chiqarish
pedagogning jiddiy psixologik xatosi bo’ladi.
Masalan, Albert Eynshteyn o’rta maktabda uncha yaxshi o’qimaydigan
o’quvchi hisoblangan va uning kelajakda genial bo’lishidan hech narsa dalolat
bermas edi.
Qobiliyat bilim va malakalarning o’zida ko’rinmaydi, balki ularni egallash
tizimida namoyon bo’ladi ya'ni, boshqacha qilib aytganda mazkur faoliyat uchun
muhim bo’lgan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish jarayonida turli sharoitlarda
qanchalik tez, chuqur, yengil va mustahkam amalga oshirishida namoyon bo’ladi.
Qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar bo’lishi bilan aql sifatlari
xotira xususiyatlariga, hissiy xususiyatlar va shu kabilarni qarama-qarshi qo’yib
bo’lmaydi, hamda qobiliyatlarni shaxsning bu xususiyatlari bilan bir qatorga
qo’yish ham mumkin emas. Agar shu sifatlarning birortasi yoki ularning yig’indisi
faoliyat talablariga javob bersa yoki bu talablar ta'siri bilan tarkib topsa bu](/data/documents/a0751520-8fd0-4cf7-b881-a5762a1b501f/page_2.png)
![shaxsning mazkur individual xususiyatlarini qobiliyatlar deb hisoblashiga asos
bo’ladi.
Qobiliyat kishining psixologik va fiziologik tuzilishi xususiyatidir. qobiliyat
bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit bo’lib, shuning bilan birga u ma'lum
darajada bilim olish mahsuli hamdir. Umumiy va maxsus bilimlarni o’zlashtirish,
shuningdek, kasbiy ko’nikmalarni egallab olish jarayonida qobiliyat
mukamallashib va rivojlanib boradi. qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar
ko’nikma va malakadir. Ular faoliyat mexanizmini tashkil qiladilar. qamda ular
qobiliyat bilan birgalikda mahoratga erishishni ta'minlaydilarki, buning natijasida
mehnatda katta yutuqlar qo’lga kiritiladi. qobiliyatli, ammo noshut inson ko’p
narsaga erisha olmaydi. qobiliyat ko’nikmada ro’yobga chiqadi.
Darhaqiqat, qobiliyatli kishining ko’nikma va malakalari ko’p qirrali va
mukammallashgan bo’ladi. Shuning bilan birga ko’nikma va malalakalar
yetishmagan qobiliyatni bir muncha to’ldirish yoki undagi kamchilikni tugatish
mumkin. Ko’nikmalarni umumlashmasi moxirlik deb ataladi. Moxirlik bu endi
qobiliyatning o’zginasidir. Demak, qobiliyat ko’nikma va malakalarning paydo
bo’lishi jarayonida shakllanadi.
Har qanday qobiliyat ham murakkab bo’lib, u kishiga turli-tuman talablar
qo’yadi. Agar shaxs xususiyatlari tizimi shu talabga javob bera olsa kishi faoliyatni
muvaffaqiyat bilan amalga oshirish uchun o’z qobiliyatliligini ko’rsata oladi,
agarda xususiyatlardan qaysi biri rivojlanmagan bo’lsa, shaxs mehnatning
muayyan turiga nisbatan ham qobiliyatli deb ba?olanadi. Har bir qobiliyatning KENGLIGI VA
YUNALISHIGA
KO'RA
TALANT GENIYLIK MAXSUSUMUMIY
QOBILIYATAT ROF MUHIT BILAN
FAOL O'ZARO TA'SIR
TA'LIM VA TARBIYA DARAJA](/data/documents/a0751520-8fd0-4cf7-b881-a5762a1b501f/page_3.png)
![o’ziga xos tuzilishi mavjud. qobiliyat tarkibida tayanch va yetakchi xususiyatlarni,
muayyan asosiy yoki yordamchi xususiyatlarni farq qilish lozim.
Barcha qobiliyatlar uchun asosiy tayanch xususiyat kuzatuvchanlik, bilish
ko’nikmasidir. Bu individual narsaning o’ziga xos tomoni, ijodiy faoliyat uchun
boshlang’ich materialni ko’ra bilish demakdir. Qobiliyatning yetakchi xususiyati
ijodiy tasavvur qilishlik hisoblanadi.
Quyidagilarni yordamchi xususiyat deb hisoblash mumkin: xotira (u faoliyat
talablariga muvofiq ravishda o’ziga xos tuzilishda bo’ladi), emosionallik, ya'ni his
tuyg’uga beriluvchanlik (bu xususiyat shaxsning faoliyatini oshiradi) va shunga
o’xshashlar. Amaliy faoliyatning ba'zi ko’rinishlarida shaxsning irodasi oldingi
o’ringa chiqadi. qobiliyat tuzilishidagi turli xususiyatlarning tarkibi faoliyatning
turli davrlarida yoki ijodiyotning bosqichlarida turlicha bo’lishi mumkin. Demak,
tuzilish ham barqaror, ham o’zgaruvchandir.
2. Qobiliyatlarning miqdor va sifat tavsifi
Psixologiyada qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar sifatida
tavsiflanadi va buning asosida tafovutlanadigan xislatlar fazilatlar yotadi. Shuning
uchun har bir shaxsda bir xil natija bir xil sifat kutish mumkin emas, chunki
insonlar o’z qobiliyatlari bo’yicha bir-birlaridan muayyan darajada farq qiladilar,
binobarin ular o’rtasidagi farqlar sifat va miqdor jiqatidan bo’lishi mumkin.
Qobiliyatlarning sifat tavsifi shaxsning qaysi individual psixologik
xususiyatlari faoliyat muvaffaqiyatlarining majburiy sharti tariqasida xizmat
qilishini anglatadi. Ularning miqdor tavsifi esa faoliyatga qo’yiladigan talablarni
shaxs tomonidan qay yo’sinda bajarish imkoniyati mavjudligini bildiradi, ya'ni
mazkur inson boshqa odamlarga qaraganda malaka, bilimlardan nechog’lik tez,
yengil, puxta foydalana olishini namoyish qiladi.
O’quvchining qobiliyatlari nimaga namoyon bo’lishini va binobarin
o’quvchi shaxsini qanday individual psixologik xususiyatlari faoliyatni qay
darajada bajarish qobiliyatiga ega ekanligi, ya'ni o’quvchining boshqalarga](/data/documents/a0751520-8fd0-4cf7-b881-a5762a1b501f/page_4.png)
![nisbatan malaka va bilimlarni qanchalik tez, yengil va mustahkam egallab olishini
bilish pedagog uchun muhimdir.
Qobiliyat xususiyatlarining sifat tomonidan qaralishi maqsadga har turli
yo’llar bilan borishga imkon beruvchi "o’zgaruvchan miqdor" to’plami sifatida,
faoliyat muvaffaqiyatini ta'minlovchi inson psixologik xususiyatlarining yig’indisi
sifatida ko’riladi. Bir xususiyatlarni o’rnini ikkinchi bir xususiyatlar bilan
bosishning keng imkoniyatlari mavjud, buni odam o’zida chindan qat'iylik bilan
ishlash orqali rivojlantirishi mumkin. Pedagog va psixolog Skolovinskiy ko’r-kar
Olga Skoroxodovada faqat ilmiy xodimlik qobiliyatini emas, balki adabiy qobiliyat
bilan, boshqarish yordami bilan to’ldirish xususiyati har bir odam oldida kasb
tanlash va uni takomillashtirishning nihoyatda keng imkoniyatlarini ochib beradi.
Qobiliyatlarning sifat jihatdan tavsifi odam mehnat faoliyatining qaysi
sohasida (pedagog, sport, savdo va boshqalar) yengillik bilan "o’zini topa oladi" va
qanday qilib katta yutuq va natijalarga erisha oladi degan savolga javob berish
imkoniyatini beradi. Qobiliyatlarni miqdor tavsifi va ularni o’lchash muammosi
bilan ko’proq chet el psixologlari (Kettell, Termen, Spirmen) va boshqalar
shug’ullanganlar. Ular kattalarda kobiliyatni o’lchash usuli sifatida aqliy iste'dod
testlaridan foydalanganlar. Bolaning aqliy iste'dod koeffisenti
I Q aqliy yoshi
Bolaning haqiqiy yoshi
Bu usul odamning aqliy qobiliyatlar egasi ekanligini emas, balki odamda
qobiliyatlar bilan aralashtirib bo’lmaydigan biror bir xildagi ma'lumotlar, ko’nikma
va malakalar borligini namoyon qiladi.
L.S.Vigotskiy bu usulni tanqid qilib, o’zining kelajak taraqqiyot zonasini
belgilash "metodi" deb ataladigan usulini taklif qildi. Qobiliyatlar odamning
faoliyatidan tashqarida mavjud bo’lmaydi. Qobiliyatlarning tarkib topishi esa
ta'lim-tarbiya jarayonida bolaning yutuqlari tezligida namoyon bo’ladi.
3. Qobiliyatlar tasnifi
Psixologiya fanida qobiliyatlar quyidagicha tavsiflanadi:](/data/documents/a0751520-8fd0-4cf7-b881-a5762a1b501f/page_5.png)
![1.Tabiiy qobiliyatlar odamlar va hayvonlar uchun xos bo’lib, idrok qilish
xotirada saqlash, oddiy muloqotga kirisha olish shular jumlasidandir. Biologik
jihatdan asoslangan bu qobiliyatlar asosini shartli reflekslar hosil bo’lish jarayoni
tashkil etadi. Insondagi va yuksak darajada rivojlangan hayvonlardagi bu
qobiliyatlar bir-biridan farq qiladi.
2.Maxsus insoniy qobiliyatlar ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bo’lib, ijtimoiy
hayot va taraqqiyotni ta'minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar o’z navbatida
umumiy va xususiy qobiliyatlarga bo’linadi.
3.Umumiy qobiliyatlar insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini
ta'minlovchi aqliy qobiliyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi, qo’l harakatlarini
aniqligi va boshqa xususiyatlardan iborat. Xususiy qobiliyatlar alohida olingan bir
faoliyatning muvaffaqiyatini ta'minlaydi. Bu qobiliyatlar alohida muloqotning
bo’linishini taqozo etadi. Masalan, matematika, texnika, badiiy ijodiy, sportga
bo’lgan qobiliyatlar shular jumlasidandir.
Ayrim adabiyotlarda umumiy qobiliyatlar mohiyati turlicha talqin qilinadi.
Jumladan, umumiy qobiliyat deganda muvaffaqiyatli ravishda bilim olishni
ta'minlaydigan shaxsning yuksak intellektual taraqqiyoti tushuniladi. Biroq bunday
tushuncha tor va noto’g’ridir, chunki intellektual taraqqiyot faqat ixtiyoriy faoliyat
uchun umuman talab qilinadi, xolos. Umumiy qobiliyat faoliyatning hamma
turlariga jumladan amaliy faoliyatga ham ta'sir qiladi, deb hisoblovchi psixologlar
topildi. Ammo bu fikrda qarama-qarshilik mavjud, agar umumiy qobiliyat
universal ahamiyatga ega bo’lgan ekan, unda qandaydir maxsus qobiliyatlar haqida
gapirib o’tirishning hojati yo’q.
CHAQQONLIKBADIIY
TALANT TUSHUNCHALAR BILAN FIKRLASH
INDUKTIV MULOHAZA
MUSIQAV IY TALANT
FAZOVIY
QOBILIYAT
XOTIRA PERTSEPTIV QOBILIYAT](/data/documents/a0751520-8fd0-4cf7-b881-a5762a1b501f/page_6.png)
![Nihoyat, shunday psixologlar ham borki, ular faqat maxsus qobiliyatlarni tan
oladilar. Umumiy qobiliyat haqida gapirganda ham maxsus qobiliyatlar yig’indisi
ta'sirini ko’zda tutadilar. Kishining turli-tuman faoliyatlari orasida bittasi asosiy
yoki yetakchi faoliyat sharoitida shaxsning maxsus taraqqiyotini belgilovchi
faoliyat bo’lib ajralib turadi. Bu faoliyat tug’ma spesifik zehn nishonalariga mos
tushishi mumkin.
Hamma maxsus qobiliyatlarni, inson faoliyatining asosiy turlarini uch turga:
fan, san'at, amaliyotga ajratish mumkin. Shunga binoan qobiliyatni milliy, badiiy
va amaliy deb klassifikasiyalash mumkin. Bu turlarning har biri o’z navbatida
mayda turlarga bo’linadi.
Ilmiy qobiliyat abstrakt, evristik fikrlashning yuksak rivojlangan bo’lishini,
og’zaki mantiqiy xotirani, qat'iyat va sabr-toqatni talab qiladi. Bu qobiliyatga
quyidagi mayda qobiliyatlar kiradi: fizik, matematik qobiliyat, ximiya, filosofiya,
tarix, biologiya fanlariga nisbatan bo’lgan qobiliyatlar.
Badiiy qobiliyat sensor obrazli fikrlashning alohida rivojlangan bo’limini,
o’tkir emosional ta'sirchanlik va reaktivlikni talab qiladi. Bu qobiliyatga tasvirlash,
musiqaviy, artistik va adabiy qobiliyatlar kiradi.
Amaliy qobiliyat praktik aqlning yuksak darajada rivojlanganligini, fahm-
farosatning kuchliligi, iroda va yetuk kirishuvchanlikni o’z ichiga oladi. Amaliy
qobiliyatga konstruktiv-texnikaviy qobiliyat, boshqaruvchanlik qobiliyati, shu
jumladan tashkilotchilik va boshqalar kiradi.
Nazariy va amaliy qobiliyatlar ham inson qobiliyatlaridan bo’lib, nazariy
qobiliyatlar mavhum, mantiqiy harakatlarga moyillikda namoyon bo’ladi.
O’quv qobiliyatlari bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish, shaxs -
shakllanishi, pedagogik ta'sirlar samaradorligini ortishida ijobiy rol o’ynaydi.
Ijodiy qobiliyatlar moddiy va ma'naviy madaniyat asarlarini yaratish, yangi
g’oya, kashfiyot va yangiliklar yechishda namoyon bo’ladi.](/data/documents/a0751520-8fd0-4cf7-b881-a5762a1b501f/page_7.png)
![4. Qobiliyatlar tarkibi
Odam egallaydigan faoliyat uning xususiyatlariga yuksak talablar qo’yadi.
Bu talablarni qandaydir bitta sifat taraqqiyotining juda yuksak darajasida bo’lsa
ham qondira olmaydi. Qobiliyatlar murakkab tuzilishga ega bo’lgan psixik sifatlar
yig’indisidan iboratdir. Qobiliyatlar tarkibi aniq faoliyat talabi bilan belgilanadi va
har turdagi faoliyatlar uchun turlicha bo’ladi. Masalan, matematik qobiliyat, adabiy
qobiliyat, pedagogik, musiqaviy, ixtirochilik va shifokorlik qobiliyatlari tuzilishi
maxsus tarkibga ega. Aniq qobiliyatlar tarkibini tashkil qiluvchi shaxsning
xislatlari orasida ayrimlari yetakchi o’rinni egallasa, ayrimlari yordamchilik rolini
egallaydi. Masalan, pedagogik qobiliyatlar tarkibida yetakchi sifat pedagogik takt,
kuzatuvchanlik, bolalarni sevish, ularga nisbatan yuksak talabchanlik, bilimlarni
berishga ehtiyoj, yordamchi tarzda tashkilotchilik qobiliyati hisoblanadi. Har turli
qobiliyatlarda bir emas, balki bir necha turdagi faoliyat turlari talablariga javob
beradigan birmuncha umumiy sifatlarni ajratishimiz mumkin, bundan tashqari,
mazkur faoliyatni bir muncha torroq doirasi uchun javob beruvchi maxsus
sifatlarni ajratishimiz mumkin. Bu narsa ularda har tomonlama qobiliyatlar borligi,
har turli kasblar, mashg’ulotlarning keng sohalariga doir umumiy qobiliyatlar
borligi haqida gapirish imkonini beradi. Bu ikkinchi signallar tizimi haqidagi
ta'limot bilan bog’liqdir.
Shaxs egallashi shart hisoblangan faoliyat, u hoh ta'lim, hoh mehnat, hoh
o’yin, hoh sport bo’lishidan qat'i nazar uning bilish jarayonlariga, aqliy
xislatlariga, hissiy-irodaviy jabhalariga, sensomotor sohasiga, xarakterologik
xususiyatlariga muayyaan talablar qo’yadi va ularning hamkorligidagi sa'i-harakati
tufayli muvaffaqiyatlarga erishiladi. Psixologik ma'lumotlarga qaraganda,
insondagi yuksak ko’rsatkichga erishgan sifat qanchalik ustuvorlikka ega
bo’lmasin, u talablarni qondirish imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Ayrim hollarda
alohida namoyon bo’lgan psixik xususiyat (xislat) faoliyatning yuksak
mahsuldorligi va samaradorligini ta'minlash qurbiga ega, u qobiliyatlarni uddalay](/data/documents/a0751520-8fd0-4cf7-b881-a5762a1b501f/page_8.png)
![oladigan imkoniyat bilan bab-baravar kuch-quvvat tariqasida vujudga keladi,
degan faraz o’zini oqlamaydi. Shuning uchun qobiliyatlar murakkab tuzilishga ega
bo’lgan psixik sifatlar (xislatlar) majmuasidir deyish juda o’rinlidir.
Qobiliyatlar sifatida ro’yobga chiqadigan psixik xislatlar majmuasining
tuzilishi yaqqol va alohida faoliyat talabi bilan belgilanganlik tufayli har qaysi
turdagi faoliyatlar uchun o’ziga xos tarzda qo’yilishi aynan haqiqatdir. Buning
uchun ayrim misollarni tahlil qilib o’tamiz.
1 ) Matematik qobiliyat matematik materiallarni umumlashtirish, mulohaza
yuritish jarayonini qisqartirish, matematik ish amallarini kamaytirish, masalani
idrok qilish bilan natijasi o’rtasida aloqa o’rnatish, to’g’ri va teskari fikr
yuritishdagi yengillik, unumlilik, masala yechishda fikr yuritishni epchilligi
kabilar.
2) Adabiy qobiliyat nafosat hislarining yuksak taraqqiyoti darajasi xotirada
yorqin ko’rgazmali obrazlarning jonligini, "til zehni", behisob xayolan ruhiyatga
qiziquvchanlik, intiluvchanlik va boshqalar. Ajratib ko’rsatilgan qobiliyatlar
tarkibidan ko’rinib turibdiki, matematik va adabiy qobiliyatlar o’zaro bir-biriga
o’xshamagan manbalari bilan tafovutga egadir. Bundan shunday xulosa chiqarish
mumkinki, pedagogik, musiqaviy, texnik, konstruktorlik, tibbiy qobiliyatlar va
shunga o’xshash qobiliyatlar tuzilishi maxsus xususiyatga ega bo’lib kasbiy
ahamiyat kasb etishi mumkin.
Rus olimi I.P.Pavlov o’z ta'limotida "badiiy", "fikrlovchi", "o’rta" tiplarga
ajratilgan shaxslarning ana shu uchta tipdan bittasiga taallu?li ekanligini tavsiflab
beradi. Muallif ushbu tipologiyani yaratishda oliy nerv faoliyatining birinchi va
ikkinchi signal tizimidan iboratligi to’g’risidagi ta'limotga asoslanadi. Birinchi
signallar tizimi obrazlar, emosiyalardan va ikkinchi signallar tizimi esa obrazlar ?
a?ida so’zlar orqali signal berishdan iboratdir. Ikkinchi signal tizimi I.P.Pavlov
tomonidan "signallarning signali" deb nomlangan edi. Ushbu tipologiyani osonroq
qilib quyidagicha tushuntirish mumkin:
1) shaxs faoliyatida birinchi signallar tizimining signallari nisbatan ustunlik
qilsa, bu inson "badiiy" tipga taaluqlidir;](/data/documents/a0751520-8fd0-4cf7-b881-a5762a1b501f/page_9.png)
![2) mabodo "signallarning signali" nisbatan ustuvor bo’lsa, bu shaxs
"fikrlovchi" tipga mansubdir;
3) agarda har ikkala signallar aralashib ketgan bo’lsa (birortasining
ustunligi sezilmasa) bu inson "aralash" tipga mansub odamdir.
Tipologiyaning o’ziga xos tomonlari qisqacha ifodalanganda yoki tavsif
qilinganida quyidagilar namoyon bo’ladi:
1. "Badiiy tip" uchun bevosita u taassurotlar jonli tasavvur, yorqin idrok,
qis-tuyg’ular (emosiyalar) natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinligi
xosdir.
2. "Fikrlovchi tip" uchun mavhumlarning, mantiqiy tizimlarning, nazariy
mulohazalarning, metodologik muammolarning ustunligi muvofiqdir.
Badiiy tipning mavjudligi aqliy faoliyatning zaifligi yoki aqlning
yengilmasligini bildirmaydi, lekin bu o’rinda gap psixika obrazli jabhalarini
fikrlovchi tomonlari ustidan nisbatan ustuvorligi haqida beradi. Biroq shuni
ta'kidlash joizki, shaxsning ikkinchi signallar tizimidan ustunlik qiladi va bu
ustuvorlik mutloqlik xususiyatiga egadir. Ma'lumki, insonlarning hayot va
faoliyatlarida til bilan tafakkurning o’rni hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, shaxs
tomonidan borliqning aks ettirish jarayoni so’zlar, fikrlov vositasida ro’yobga
chiqariladi.
5. Qobiliyatlarning tabiiy asoslari
Odatda qobiliyatlar insonga shaxsning barcha individual psixologik
xususiyatlari kabi tabiat tomonidan tug’ma ravishda tayyor holda berilmaydi. Balki
hayot davomida va faoliyat jarayonida shakllanadi. Ilmiy psixologiya
qobiliyatlarning tug’maligi nazariyasini inkor etib shaxs qobiliyatlarining
noma'lum tabiiy omillar tomonidan azaliy belgilanishi to’g’risidagi tasavvurlarga
qarshi zarba beradi.
Qobiliyatning tug’maligini inkor qilish absolyut tabiatga ega emas.
Psixologiyada qobiliyatning tug’ma ekanligini tan olinmas ekan, bu bilan miyaning
tuzilishi bilan bog’liq bo’lgan differensial xususiyatlarning tug’maligini inkor](/data/documents/a0751520-8fd0-4cf7-b881-a5762a1b501f/page_10.png)
![qilmaydi. Qobiliyat taraqqiyotining dastlabki tabiiy sharti sifatida namoyon
bo’ladigan miya tuzilishining sezgi a'zolariga va funksional xususiyatlariga layoqat
deb ataladi. Layoqat ko’p qirralidir. Shaxs tomonidan qo’yilgan talablarning
tabiatiga bog’liq ravishda aynan bir xil layoqatlar asosida har xil qobiliyatlar
rivojlanishi mumkin.
F.A.Gallning fikricha, odamning hamma qobiliyatlari "aql" va "qobiliyat"
sifatlari miya yarim sharlarida o’zining maxsus qat'iy markazlariga ega, ya'ni bu
sifatlarning taraqqiyot darajasi miya tegishli qismlarining miqdoriga to’g’ridan-
to’g’ri bog’liqdir. Shuning uchun odamning kalla suyagiga bir qarash yoki
boshidagi do’mboqchalarni shunchaki paypaslab ko’rish orqali go’yo odamning
qobiliyatlarini aniqlasa bo’ladi. Layoqatning miya miqdori, massasi va og’irligiga
bog’liqligi haqidagi faraz ham bekor qilingan. Katta yoshdagi odam miyasining
o’rtacha og’irligi 1400 grammga yaqin bo’ladi. U.S. Turgenev miyasining og’irligi
2001 gramm, D.G Bayronniki 1800 grammni, mashhur ximik Yu.Libixniki 1360
grammni, yozuvchi Afransniki 1017 gramni tashkil qilgan. Eng katta miya aqliy
jihatdan nuqsoni bor odamga taalluqli ekanligi aniqlangan.
1675 yilda F.Galtonning "Talantning irsiyatga bog’liqligi qonunlari va
oqibatlari" degan kitobi nashr etildi. Bunda muallif bir necha yuzlab mashhur
kishilarning qarindoshlik aloqalarini o’rganib, talant ota-onadan irsiyat yo’li orqali
o’tadi degan xulosaga kelgan. Biroq Galtonning xulosalari ilmiy jihatdan
asoslanmagan edi. Baxlar oilasida musiqaga bo’lgan talant dastavval 1550 yilda
ma'lum bo’lgan. Bu talant 1800 yillarda yashagan qandaydir Regina Susanadan
so’ng tamom bo’lgan. Umuman Baxlar oilasida 57 dan ko’p musiqachi bo’lgan.
Ularning 20 tasi mashhur bo’lgan.
Bend degan skripkachilar oilasida 9 ta mashhur musiqachi bo’lgan. Goydon
oilasida 2 ta mashhur musiqachi bo’lgan. Ko’pchilik qollarda mashhur
odamlarning nasl-nasablarini o’rganish biologik irsiyatdan emas, balki hayot
sharoitining nasdan naslga o’tishidan, ya'ni hobiliyatlar taraqqiyotiga yordam
berishdan ekanligi ma'lum bo’ladi.](/data/documents/a0751520-8fd0-4cf7-b881-a5762a1b501f/page_11.png)
![XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo’lgan layoqatni miyaning
mikrotuzilishi va sezgi a'zolari bilan bog’lovchi faraz mahsuldor bo’lib
hisoblanadi. Miya hujayralarini tadqiq etish iste'dodli nerv hujayralarining
morfologik va funksional xususiyatlarida farq borligini aniqlash mumkinligi faraz
qilinadi. Layoqatlar bilan nerv jarayonlarining ayrim differensial xususiyatlari
hamda oliy nerv faoliyatining tiplari o’rtasida bog’liqlik mavjudligi to’g’risida
faraz ham haqiqatga yaqindir.
Rus psixologi B.M.Teplov va uning shogirdlari ishlarida oliy nerv faoliyati
tiplarining xislatlari ta'siri tufayli shaxs qobiliyatlarining tuzilishida qandaydir sifat
xususiyatlari paydo bo’lishini ani?lashga urinishgan. Jumladan, nerv tizimining
alohida sezgirligi ma'lum qobiliyat nishonasi sifatida vujudga kelishi mumkin.
Qobiliyatning tabiiy sharti, layoqati nerv tizimining tuzilishi va
funksiyalarining hususiyatlari tarkibida ekanligi haqidagi barcha morfologik va
funksionallik sifatlar singari umumgenetika qonunlariga bo’ysunish farazining
haqqoniyligini dalillaydi. F.Galtonning irsiyat qonunlari to’g’risidagi g’oya
qobiliyatning tabiiy shartlangan xususiyatlari tavsifini ochib bera olmaydi. Chunki
unda dalilga muhtoj juda ko’p o’rinlar mavjuddir. Shuning uchun qobiliyat
tabiatini biologik irsiyatdan emas, balki turmush muhitining nasldan naslga
o’tishidan qidirish maqsadga muvofiqdir, agarda insonning taraqqiyoti ijtimoiy-
tarixiy qonunlar bilan boshqarilishi tan olinar ekan, qobiliyatning taraqqiyoti
biologik irsiyat qonunlarga bo’ysunishi mumkin emas.
Yuqoridagi mulohazalarga asoslangan holda xulosa qilish mumkinki,
qobiliyat va layoqatlar tabiiy zaminga bog’liq bo’lsa-da, lekin ular faqat tabiatning
in'omi emas, balki insoniyat tarixiy taraqqiyotining bebaho maqsulidir. Xuddi shu
bois qobiliyatlarning namoyon bo’lishi shaxslar tomonidan ijtimoiy ehtiyojlarni
qondirish davomida ijtimoiy shartlangan bilimlar va ko’nikmalarni tarkib
toptirishning yaqqol usullariga bevosita bog’liqdir. Shuning uchun qobiliyatlar
taraqqiyotining uzluksiz ta'lim tizimiga bog’liq ekanligini ta'kidlab o’tish muhim
ahamiyatga ega.](/data/documents/a0751520-8fd0-4cf7-b881-a5762a1b501f/page_12.png)
![6. Talantning paydo bo’lishi va rivojlanishi
Talantning ijtimoiy-tarixiy, tabiiy nuqtai nazardan talqini qobiliyatlar
taraqqiyotining yuksak bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Talant yunoncha
qimmatbaho, noyob narsa, irsiy tabiiy xislat degan ma'noni anglatib, muayyan
faoliyatning muvaffaqiyatli va ijodiy ravishda bajarilishini ta'minlaydigan qobiliyat
hamda iste'dodlar majmuasidan iborat individual xususiyatdir. Psixologik
adabiyotlarda unga turlicha ta'rif berilishiga qaramay, ularda asosiy belgilar
ta'kidlab o’tiladi, chunonchi shaxsga qandaydir murakkab mehnat faoliyatining
muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan
qobiliyatlar majmuasiga talant deyiladi.
Talantning asosiy belgilari:
a) muvaffaqiyatni ta'minlash;
b) faoliyatni mustaqil bajarish;
v) originallik unsurining mavjudligi qobiliyat hamda iste'dodlar yiqindisidan
iborat ekanligi;
d) individual psixologik xislatliligi;
e) ijtmoiy turmushni o’zgartiruvchi yaratuvchilik imkoniyati kabilar.
Psixologik ma'lumotlarni umumlashtirgan holda ikki xil xususiyatli fikrni
alohida ta'kidlab o’tish talant tuzilishini yaxshiroq tushunish imkoniyatini yaratadi.
1) talant - bu shaxs psixik xislatlarining shunday birikmasidirki, uni
a)alohida yagona maxsus qobiliyat bilan; b) xotiraning yuksak mahsuldorligi
orqali; v) xatto noyob sifat tariqasida o’lchab bo’lmaydi.
2) shaxsda u yoki bu qobiliyatning mavjud ekanligi hamda yetarli darajada
taraqqiy etganligi talantning murakkab tarkibiga kiruvchi boshqa qobiliyatlarning
jadal takomillashuvi orqali ularning o’rnini bosib yuborishi (konsensasiya qilish)
mumkin.
Moskvaning umumiy va pedagogik psixologiya instituti xodimlari
tomonidan o’quvchilarning talanti, iste'dod tushunchasi o’rganilgan. Aniqlangan
muhim qobiliyatlar yig’indisi aql iste'dod tuzilishini vujudga keltirilgan. Ilmiy](/data/documents/a0751520-8fd0-4cf7-b881-a5762a1b501f/page_13.png)
![tadqiqotchilarning fikricha, yuksak iste'dod quyidagicha bosqichlardan iborat
bo’lishi mumkin:
A) bunday shaxsning birinchi xususiyati ziyraklik, shaylik, jiddiy faoliyatni
bajarishga tayyor turishlikdir.
B) shaxsning ikkinchi xususiyati uning mehnatga tayyorgarligi (mehnatga
moyilligi, mehnatga intilishi, mehnatning ehtiyojga aylanishi)dir.
V) insonning uchinchi xususiyati unda tafakkur xususiyatlari va fikr yuritishning
tezligi, aqlning tartibligi, tahlil va umumlashtirishning yuqori imkoniyatlari,
aqlning mahsuldorligi. Ma'lumotlar tahlilining ko’rsatishicha, maxsus iste'dod
tuzilishi yuqoridagi sifatlardan tashqari aniq faoliyat talablariga muvofiq keluvchi
bir qator qobiliyatlar bilan to’ldiriladi.
Talant o’zining umumiy va maxsus sifatlari yig’indisi bilan ijodiy yutuq
imkoniyatining ayniyatidir. Talant mahoratning dastlabki sharti hisoblansa-da,
lekin ular bir-birlaridan muayyan darajada tafovutlanadi. Talant - katta ijodiy va
zo’r mehnat mahsulidir. Mehnat esa hayotiy tajriba ko’nikmalarning zaruriy
majmuasi manbaidir. Ijodiyotning sharti va hayotiy tajriba zaruriy ko’nikma
malakalar yig’indisining mavjudligidir. Ijodiy faoliyat talantning ajralmas qismi
hisoblanib, bunda ruhlanish deb nomlangan psixologik holat alohida ahamiyat kasb
etadi. Ruhlanish esa faoliyat mahsuldorligi ortishiga qaratilgan ijodiy lahzadan
iboratdir. Talant imkoniyat tariqasida psixologik hodisa hisoblansa, u holda
mahorat haqiqatga aylangan imkoniyat gavdalanishdir. Psixologik nuqtai nazardan
haqiqiy mahorat bu shaxs talantining faoliyatda namoyon bo’lishidir.
Agar jamiyat taraqqiyoti bunday kishilarga muhtoj bo’lsa bunday
kishilarning paydo bo’lish imkoniyati tug’iladi. Iste'dod qobiliyatlar yig’indisidan,
ularning majmuidan iboratdir. Alohida olingan yakka qobiliyatlar garchi u
taraqqiyotning juda yuksak darajasiga erishgan va yorqin ifodalangan bo’lsa ham
iste'dod bilan tenglashtirib bo’lmaydi. Bu haqda g’oyat o’tkir fenomenal xotiraga
ega bo’lgan kishilar haqida o’tkazilgan tadqiqotlar dalolat beradi.](/data/documents/a0751520-8fd0-4cf7-b881-a5762a1b501f/page_14.png)
![Moskvalik psixologlar bir necha yillar davomida kuzatgan shaxslar o’zida
xotiradan boshqa qobiliyatlarni rivojlantirmadi va shuning uchun u o’zining ajoyib
qobiliyatlarga mos keladigan ijobiy muvaffa?iyatga erisha olmadi.
Shunday qilib, iste'dod shaxs psixik sifatlarining shu qadar murakkab
birikmasidirki, u qandaydir birorta yagona qobiliyat bilan bu qobiliyat xotiraning
yuksak mahsuldorligi kabi muhim ahamiyatga ega.
Psixologik tadqiqotlardan ma'lum bo’lishicha birorta ham qobiliyatning
yo’qligi yoki yetarli taraqqiy etmaganligi iste'dod sifatlarining murakkab turiga
kiruvchi boshqa qobiliyatlarning jadal taraqqiyoti yo’li bilan muvaffaqiyatli
ravishda o’rni bosib boriladi.
Qobiliyatlar rivojlanishini quyidagi jadval orqali ko’rish mumkin.
FaoliyatQobiliyat Maxsus
Umumiy
Qobiliyat alomatlari Iqtidor
Iste'dod Geniallik
Ijtimoiy
sharoit
Qobiliyatning
rivojlanish darajasi
Shaxsning mehnatga,
bilishga ijtimoiy faolligi](/data/documents/a0751520-8fd0-4cf7-b881-a5762a1b501f/page_15.png)
![Har qanday layoqat qobiliyat darajasiga ko’tarilishi uchun eng murakkab
yo’lni bosib o’tishi kerak bo’ladi. qobiliyatlar ilk davrlardanoq rivojlana boshlab,
bir necha bosqichda amalga oshadi.
Qobiliyatlarning rivojlanishi va shakllanishi birinchidan, ma'lum bir
faoliyatga moyillik yoki intilish borligiga va faoliyat natijalarining sharoitga qarab
tegishli tabiiy zehn, nishonalarni aniqlash yo’li bilan, ikkinchidan mutaxassis
(muzikant, artist, rassom va hokazo) rahbarligida tizimli faoliyatga jalb etish orqali
shaxsning tabiiy xususiyatlarini chiniqtirish va rivojlantirish yo’li, bilan
uchinchidan, umumlashgan aqliy operasiyalarni shakllantirish yo’li bilan borishi
kerakki, bu operasiyalar umumiy va maxsus axborotni yengil va samarali
o’zlashtirishni, tanlagan faoliyat bo’yicha ko’nikma va malakalarni hosil qilishni
ta'minlasin. To’rtinchidan, o’quvchining maxsus qobiliyatini kamol toptirishni
jadallashtirishni ta'minlovchi shaxsni har tomonlama rivojlantirish yo’li bilan.
Beshinchidan, shaxsning faollik alomatlarini tarbiyalash yo’li bilan borish
kerakki?, bu alomatlari dastavval mehnatsevarlik, mustaqillik, tashabbuskorlik,
puxtalik, qat'iyatlik, sinchkovlik va tanqidiylikdan iborat. Bularsiz individning
potensial imkoniyatlari va qobiliyati faoliyatda maksimal ravishda rivojlana
olmaydi. Oltinchidan, maktab o’quvchilariga nisbatan individual munosabatda
bo’lishni umumiy talablar bilan to’g’ri qo’shib olib borishdir. qobiliyatning](/data/documents/a0751520-8fd0-4cf7-b881-a5762a1b501f/page_16.png)
![muayyan izchillikda namoyon bo’lishi va rivojlanishini hayot tajribasi ko’rsatib
turibdi.
Qobiliyat turli rivojlanish darajasiga ega bo’lishi mumkin. Ilmiy
abstraksiyalash qobiliyatning ikki darajasini farqlash imkonini beradi; reproduktiv
va ijodiy aks ettirish darajalari. o’z qobiliyatini rivojlantirishning birinchi
darajasidagi kishi bilimlarni juda mohirlik bilan o’zlashtiradi. Faoliyatni o’rganib
oladi va uni biror namuna orqali amalga oshiradi. Ikkinchi darajada turgan kishi
esa yangilik yaratishga qodirdir. Bu darajalarni tekshirishga metafizik
munosabatda bo’lish yaramaydi albatta, birinchidan har qanday reproduktiv aks
ettirish, faoliyat ijodiy faoliyat elementlarini ijodiy aks ettirish faoliyati esa
reproduktiv faoliyat elementlarini, o’z ichiga qamrab oladi, busiz ularni tasavvur
qilib bo’lmaydi. Ikkinchidan, yuqorida aytilgan darajalar ham qandaydir o’zgarmas
va qotib qolgan narsalar emas. Kishi bilimlarni o’zlashtirib, ko’nikma hosil qilish
jarayonida faoliyat bir darajadan ikkinchi darajaga o’tib turadi. qobiliyatning tabiiy
manbai ham mavjud bo’lib va u tabiiy zehn deb yuritiladi.
7. Qobiliyatlar borasidagi psixologik nazariyalar
G’arbiy Yevropalik olimlar psixologiyadagi irsiyat nazariyasiga qarshi
chiqadilar. Masalan, shveysariyalik psixolog V. Boven qalbaki doktrina deb
tarbiyaviy tadbirlardan voz kechish jinoyat bo’lur edi, deb ta'kidlaydi.
Ingliz bioximigi S.Gouz kishi qobiliyatining rivojlanishi uchun to’siqlar
biologiyaga qaraganda ijtimoiy sharoitda ko’proqdir, deb uqtiradi.
Ingliz psixologi, D.Kidjin ham aynan shunday xulosaga kelib, tarbiyaning
kishi intellektual rivojlanishiga hal qiluvchi ta'siri haqida fikr yuritiladi.
Ikkinchi konsepsiyaning vakillari qobiliyatni butunlay hayot va tarbiyaning
ijtimoiy sharoiti belgilaydi deb uqtiradilar. Masalan, Gelvesiy o’z vaqtida tarbiya
yordamida geniyni yaratsa bo’ladi, degan edi. Rus olimi A.N. Leont'ev ham
o’zining funksional organlar nazariyasi bilan bu nazariyaga A.Uxtomskiy asos
solgan bo’lib, shunga o’xshash konsepsiyani yoqlaydi.](/data/documents/a0751520-8fd0-4cf7-b881-a5762a1b501f/page_17.png)
![Masalan, tabiiy qobiliyatni muhitga bog’liq deb hisoblaydi. Modomiki,
ishchilarning bolalari ulg’ayadigan og’ir ijtimoiy muhitdagi kishilarning madaniy
va intellektual rivojlanish darajasi past ekan. Mutlaqo tabiiyki, bu bolalar ham o’z
ota-onalarining rivojlanishi darajasidan o’tib keta olmaydilar deydi u.
Ko’zga ko’ringan rus psixologi S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontevning
konsepsiyasiga norozilik bildirdi. Uning fikricha tug’ma iste'dod nishonalari bu
reallikdir, uni rivojlantirish lozim.
Hayotiy kuzatishlar va maxsus tekshirishlar qobiliyatning tabiiy zaminini
inkor qilib bo’lmasligini ko’rsatadi. Bir qator maxsus faoliyatlar borki, ular uchun
tabiiy zamin xususan muhim ahamiyatga ega.
Shuning uchun zehn nishonalari bo’lgan kishi noqulay sharoitda ham zehn
nishonalari bo’lmagan, lekin qulay hayotiy sharoitdagi kishiga nisbatan yuksak
qobiliyat ko’rsata oladi. Va aksincha, masalan, bir oilada va bir maktabda
rivojlanayotgan aka-ukalar yoki opa-singillar yaxshi yoki yomonligidan qat'iy
nazar, bir xil ijtimoiy sharoitda bo’lganlarida ularning qobiliyati va rivojlanishi
paytida ba'zan keskin farqlar kuzatiladi.
Qobiliyatning uchinchi konsepsiyasining tarafdorlari ancha to’g’ri
pozisiyada turadilar. Ya'ni qobiliyat qulay ijtimoiy sharoit mavjud bo’lganda
faoliyat jarayonida shakllanadi. Bu oxirgi konsepsiyada hayot o’zining butun xilma
xilligi bilan aks ettiriladi va maxsus tadqiqotlar bilan tasdiqlanadi.
Shubhasiz, qobiliyat miya tuzilishining qandaydir tug’ma anatomik
xususiyatlari bilan, birinchi navbatda miya mikrostrukturasi xususiyatlari bilan
bog’liqdir. Bu xususiyatlar in'ikos jarayonining xususiyatiga va shaxsning xatti-
harakatiga ta'sir qiladi.
Bolada juda erta seziladigan psixologik xususiyatlar zehn yoki dastlabki
tabiiy xususiyatlardir. Shuni aytib o’tish lozimki, B.M.Teplov haqli ravishda
aytgandek, psixologik xususiyat har taraflama ahamiyatga ega bo’lib, ular
xarakterning ham, qobiliyatning ham tabiiy asosini tashkil qiladi. Umumiy tipdagi
xususiyatlar kuchda va tonusda ifodalanadigan faollik, vazminlik, in'ikos va](/data/documents/a0751520-8fd0-4cf7-b881-a5762a1b501f/page_18.png)
![harakat jarayonlarining sezgirlik darajasi, shubhasiz qobiliyatning tashkil topishiga
ta'sir qiladi.
Badiiy tipning xarakterli belgisi shundaki, ular birinchidan, voqelikni yaxlit,
to’la va jonli tarzda idrok etadilar, qolbuki mutafakkirlar uni bo’lib-bo’lib qabul
qiladilar va shuning bilan go’yo uni jonsizlantiradilar.
Ikkinchidan, badiiy tip vakillarida tasavvur abstrakt fikrlashdan ustun
bo’ladi. Fantaziya - deydi I.P.Pavlov - bu badiiy qobiliyat bo’lib birinchi signal
tizimiga tegishlidir . Fikrlovchi tipda esa aql nazariy bo’lib, u so’z bilan bog’liqdir.
Uchinchidan, badiiy tip yuksak emosionallik bilan ajralib turadi, chunki
birinchi signal tizimi I.P.Pavlov tili bilan aytganda asosiy emosional fondni tashkil
qiluvchi miya qobiqi bilan yaqin bog’liqdir. badiiy tip hayajonli, muqarrar,
emosional tipdir degan edi I.P.Pavlov va aksincha, mutafakkir tipda emosional fon
va birinchi signal tizimi zaif bo’lsada, lekin u sog’lom va soddadil odam bo’ladi.
Ko’pchilik olimlar vunderkindlar jismonan zaif deb biladilar. Lekin bu
xulosa noto’g’ri. Vunderkindlarning hammasi aqlan va jismonan soppa soq. Buni
isbotlash uchun 20-yillarda amerikalik psixologlar tomonidan tadqiqotlar
o’tkazilgan. Bu tadqiqotga A.Termen boshchilik qilgan. Ular tadqiqot uchun 15000
o’quvchilarni o’g’il bola va qizlarni saralab oldilar. Ular umumiy aqlan
rivojlangan, o’ziga xos xususiyatli 6 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalar edi.
Saralash jarayoni test natijalari va o’qituvchilarning tavsifnomasi asosida
o’tkaziladi. So’ng bu o’quvchilar 10 yil mobaynida tadqiq etiladilar. Bu
o’quvchilar boshqalarga nisbatan sog’liqlarining farqi yo’q, ular ham kasal
bo’ladilar, asablari charchaydi. Lekin baribir ular boshqalarga nisbatan sog’lom,
har tomonlama rivojlangan yetti muchali sog’ bolalardir.
Rus psixologi A.G.Kovalev o’z tadqiqotlarida qobiliyatning tabiati va
tashxis qilish yo’llarini tekshirishga muvaffaq bo’lgan. Muallifning ta'riflashicha,
qobiliyat deganda birorta xususiyatning o’zi emas, balki inson shaxsining faoliyat
talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori ko’rsatkichlarga erishishni
ta'minlay oladigan xususiyatlar ansambli yoki sintezini tushunish kerak. Uning
ta'kidlashicha, qobiliyatning tuzilishida tayanch va yetakchi xususiyatlarni va](/data/documents/a0751520-8fd0-4cf7-b881-a5762a1b501f/page_19.png)
![nihoyat, muayyan fonni yoki yordamchi xususiyatlarni farq qilish kerak. Hamma
qobiliyatlar uchun asosiy tayanch xususiyati-kuzatuvchanlik ko’ra bilish
ko’nikmasidir. Uning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishdir. A.G.Kovalyov
yordamchi xususiyatlar qatoriga xotirani kiritadi, u faoliyat talablariga muvofiq
ravishda o’ziga xos ko’nikishga ega, emosional ya'ni his-tuyg’uga beriluvchanlik
xususiyati shaxsning faolligini oshiradi.
Muallifning ta'kidlashicha, ilmiy mavhumlash qobiliyatning quyidagi
darajasini farqlash imkonini beradi, reproduktiv aks ettirish darajasi va ijodiy aks
ettirish. o’z qobiliyati rivojlanishining birinchi darajasida turgan shaxs bilimlarni
juda mohirlik bilan o’zlashtiradi, faoliyatni o’rganib oladi va uni biror namuna
orqali amalga oshiradi. Ikkinchi darajada turgan inson esa yangilik yaratishga qodir
bo’ladi. Psixologiya fanida qobiliyat to’g’risida fikr ketganda uchta konsepsiya
mavjudligi ta'kidlanadi. A.G.Kovalyov asarida bayon qilinishicha, ulardan biri,
qobiliyat shaxsning biologik jihatdan determinlashgan, ya'ni biologik jihatdan
bog’langan xususiyatlaridir qobiliyatning ro’yobga chiqishi va rivojlanishi esa
tamomila irsiy fondga bog’liq deb tushuntiriladi. XIX asrda F.Galton XX asrda
Kotslar talant irsiydir, faqat imtiyozli tabaqalarning vakillarigina boy irsiy merosga
ega bo’ldilar, degan xulosaga keldilar.
Ikkinchi konsepsiyaning vakillari qobiliyatni butunlay hayot va tarbiyaning
ijtimoiy sharoiti belgilaydi, deb u?tiradilar. Masalan, Gelvesiy o’z davrida tarbiya
yordamida geniy yaratsa bo’ladi, degan edi. Amerikalik olim U.Eshbi insonning
qobiliyati yashab turgan davrida stixiyali ravishda o’zidan o’zi va ongli tarzda
ta'lim-tarbiya jarayonida shakllanadi, shularning natijasi o’laroq masalalarni
yechish uchun tegishli dastlabki rejalar va dasturlar vujudga keladi. Fiziolog
olimlar miyaning tuzilishida individual xususiyatlar bo’lsa, bu qol miyaning
funksiyalarida o’z aksini topmasligi mumkin emas, deb qayd qiladilar.
A.G.Kovalyov ta'kidlashicha, qobiliyatning uchinchi konsepsiyasi
tarafdorlari ancha noto’g’ri pozisiyada turadilar. So’nggi nazariyada talqin
qilinishicha, tabiiy kuchlar, zehn nishonalari va qobiliyatning rivojlanishi uchun
qulay ijtimoiy sharoit mavjud bo’lishi kerak. Muallif zehn nishonalari deganda,](/data/documents/a0751520-8fd0-4cf7-b881-a5762a1b501f/page_20.png)
![anatomik-fiziologik xususiyatlardan ko’ra, ko’proq psixologik-fiziologik
xislatlarni tushunish kerakligini uqtiradi. Zehn muayyan bir faoliyatga (maxsus
qobiliyat) yoki hamma narsaga nisbatan ustuvor qiziquvchanlikda (umumiy
qobiliyat), moyillikda va intilishda ko’rinadi.
A.G Kovalyov Edikson fikriga asoslanib ("bunda faqat 1 foizgina geniy
bo’lsa, 99 foiz ter to’kish bo’lgan"), hamma buyuk kishilar bag’oyat
mehnatsevarlikka va katta ishchanlikka ega bo’lganlari holda hatto nerv tizimi
tabiiy kuchsiz bo’lsa-da, sub'ektiv ravishda yutuqlarini qobiliyatdan emas, balki
mehnatdan deb baholaganlar.
A.G.Kovalyovning ta'rificha, adabiy ijodga qobiliyat shaxs iste'dodining
badiiy tipiga tegishli bo’lib, badiiy tipdagi qobiliyatning hamma ko’rinishlaridan
uni ajratib turadigan o’ziga xos sifatlarga ham egadir. Uning ta'kidlashicha,
umuman qobiliyat va xususan adabiy ijodga xos qobiliyat murakkab bo’lib, uning
tuzilishida har xil xususiyatlar yoki tarkiblar mavjud. Bu jabhalarning biri etakchi,
boshqalari tayanch xususiyatlar, uchinchilari esa sermahsul faoliyat uchun zarur
bo’lgan muayyan bir fonni tashkil qiladi. Adabiy qobiliyatda uch tomonni
mujassamlashtirish muhim ahamiyatga ega, ya'ni o’tkir kuzatuvchanlik, kuchli
ijodiy tasavvur, til vositasida ko’rgan va ravshan tasavvur etgan narsalarni
tasvirlay olish.
Muallif mulohazasiga ko’ra adabiy qobiliyatning tayanch xususiyati
yumshoq ko’ngillilik va ta'sirchanlikdir. Ta'sirchanlik deganda idrokning jonliligi
va o’tkirligini emosional iltifotgo’ylikning naqadar kuchliligini tushunish kerak.
Ijod uchun yolg’iz ko’ra bilish qobiliyatining o’zi kamlik qiladi, ko’rganlarni qayta
o’zgartira bilish, kuzatilayotgan narsani boshqa hayotiy taassurotlar bilan fikran
bog’lay olish ham muhimdir. Kuzatilayotgan narsalar ayniqsa yaratilayotgan
obrazlarni aniq va ravshan ko’z oldiga keltirish qobiliyatida namoyon bo’ladi
hamda bu adabiyotda ko’pincha ichdan ko’rish qobiliyati deb ataladi.
Adabiy qobiliyatni tekshirish shuni ko’rsatadiki, o’quvchilarning
qobiliyatlari qobiliyatsizlaridan, V.P.Yagunkovaning ma'lumotlari bo’yicha idrok
qilishning aniqligi va xotirasi bilan, yangi original obraz va syujetlar tuzishdagi](/data/documents/a0751520-8fd0-4cf7-b881-a5762a1b501f/page_21.png)
![tafakkur kuchi va tasavvur bilan, ijodiy vaziyatning yengilgina yuzaga kelishi
bilan, so’z boyligi va til sezgisi bilan farqlanadilar. Ba'zi birlarida voqelikka
mulohazali, mantiqiy munosabatda bo’lish ustun tursa, boshqalarida obrazli
emosional munosabat ustundir, uchinchilarida esa bularning har ikkisi ham
mujassamdir. V.P.Yagunkova sinaluvchilarning adabiy qobiliyatini tashxis
qilishda quyidagi ko’rsatkichlarni mezon tariqasida oladi, chunonchi a) idrok etish
va xotiraning aniqligi; b) emosional ta'sirchanlik; v) tasavvurning kuchi va jonli
tilni his qilish kabilar.
S.P Kudryavseva tadqiqotida ilk o’spirinning adabiy qobiliyati ikki tipga
ajratiladi, ya'ni adabiy-tanqidiy tip va badiiy-ijodiy. Birinchi tipda badiiy asarlarni
tushunchalar asosida tahlil?ilishning o’sganligiga e'tibor qilinadi. Ikkinchi tipda
adabiy asarlarni o’qish vaqtida va adabiy mavzuga bayon yozishda hayajonlanish,
ijodiy yondashishga ahamiyat qaratiladi.
V.A.Kruteskiy matematik qobiliyat tuzilishiga quyidagilarni kiritadi:
1)Qobiliyatda bolalarning matematik materialni qabul qilish borasidagi
qobiliyatiga matematik ob'ektlar, munosabat va amallarni shakl holiga keltirib
idrok qilish matematik materialga o’ziga xos "yig’ma" analitik-sintetik ishlov
berish qobiliyati qayd qilish lozim
2)Qobiliyatli o’quvchilarning fikrlashi quyidagilar bilan: a)miqdoriy va fazoviy
munosabatlar, sonlar va belgilar simvolikasi sohalarida mantiqiy fikrlash
qobiliyati; b) matematik materialni tez va keng umumlashtira olish; v) matematik
mulohazalar jarayonida qisqacha aqliy xulosalar yordamida fikrlashga moyillik; g)
fikrlash jarayonlarining nihoyatda moslashuvchan va harakatchanligi; d) yechishda
ravshanlik, soddalik, rasionallik va ixchamlikka intilish
3) Matematik axborotni xotirada saqlash va hokazo.
Matematik qobiliyatning borligini taxmin qilishga asos bo’ladigan tashqi
alomatlarni belgilash mumkin. Muallif taxminicha bular quyidagilardir:
1)o’quvchining matematikaga oid ochiq-oydin qiziqishini namoyish qilishi, hech
kim majbur qilmasdan, o’zining bo’sh vaqtini sarflab, matematika bilan bajonidil
shug’ullanishga moyillik;](/data/documents/a0751520-8fd0-4cf7-b881-a5762a1b501f/page_22.png)
![2)muayyan matematik ko’nikma va malakalarni odatdagidan kichikroq yoshda
o’zlashtirish qobiliyati;
3)matematikani o’zlashtirish sohasida tez siljib borish;
4)matematik taraqqiyot va yutuqlarning yuqori darajasi.
Mamlakatimiz psixologi M.G.Davletshin texnikaviy qobiliyat ustida
tadqiqot ishlari olib borgan yetakchi mutaxassis hisoblanadi. Muallif texnikaviy
qobiliyat deganda shaxsning individual psixik xususiyatlaridan tuzilgan shunday
o’ziga xos birikmalarni tushunadiki, u shaxsning texnikaviy faoliyatga yaroqlilik
darajasini va u bilan muvaffaqiyatli ravishda shug’ullana olishini aniqlaydi.
M.G.Davletshin ham an'anaviy yo’ldan borib, texnikaviy qobiliyatlarni
ikkita o’sha nomdagi tipga ajratadi hamda yetakchi tayanch xususiyatlarini
o’zgarishsiz qoldiradi. Lekin boshqalardan farqli o’laroq, bunda yetakchi
xususiyatlar rivojlangan texnikaviy fikrlash va fazoviy tasavvurdan iboratdir.
Uning talqinicha, texnikaviy iste'dodli shaxs bo’lish uchun unda a) amaliy jihatdan
fahmli; b) texnik moslamalarni tahlil qila olish qobiliyati; v) narsalarni montaj
qilib qismlardan butun hosil qila olish qobiliyati bo’lishi shart.
M.G.Davletshin texnikaviy iste'dod ko’rsatkichlarini an'anaviy baholashni
tan olgan holda (ko’z bilan chamalash, fazoviy tasavvur, texnikaviy tahlil,
konstruksiyalash qobiliyati) o’zining original yondashuvini ishlab chiqqan.
Texnikaviy qobiliyat darajasini tashxis qilish uchun tekshirishlarda ishlab
chiqilgan eksperimental masalalarning to’qqizta seriyasidan foydalanadi.
Keyingi yillar ichida o’zbekiston psixologiyasida ham qobiliyat va iste'dod
masalalari bo’yicha bir qancha psixologlar ish olib bormoqdalar. Bu sohada
B.R.Qodirov, B.S.Sodiqov, E.G’.G’oziev, V.A.Tokareva, Z.Nishonovalarning
tadqiqot ishlari ma'lum bo’lib, qobiliyat, iste'dod tushunchalariga o’z ta'riflarini
berganlar.
B.R.Qodirovning fikricha: "Ma'lum bir faoliyatga qiziqmay turib qobiliyat
haqida gapirib bo’lmaydi. Va o’z navbatida har qanday qobiliyatli bola hali
iste'dodli degani emas. Ko’p qirrali va rivojlangan qobiliyatlar iste'dodli bola
shaxsining moddiy asosini tashkil etadi, xolos. Aksincha, iste'dodli bola](/data/documents/a0751520-8fd0-4cf7-b881-a5762a1b501f/page_23.png)
![qobiliyatsiz bo’lishi mumkin emas. Bu fikrlardan ko’rinib turibdiki, iste'dodli bola
sof fikrli, har xil qobiliyatga va umuman aqliy rivojlanishga tayyor turgan
hozirjavob, nodir shaxsiy xususiyatlarga to’la boladir.](/data/documents/a0751520-8fd0-4cf7-b881-a5762a1b501f/page_24.png)
![A dabiyotlar :
1. Ivanov I., Zufarova M. “ Umumiy psixologiya ” . O‘z.FMJ., 2008.
2. Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: “ Fan va
texnologiyalar ” markazining bosmаxonasi : 2009.
3. Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии. – СПб : Питер , 2007.
4. Ғозиев Э.Ғ. “ Онтогенез психологияси ” . – T.: Ношир. 2010.
5. Ғозиев Э.Ғ. “ Умумий психология ” . – T.: Ўқитувчи. 2012.
6. Дусмухамедова Ш.А., Нишонова З.Т., Жалилова С.Х., Каримова Ш.
К., Алимбаева Ш.Т. “Ёш ва педагогик психология”. – T.: TДПУ, 2013 .
7. Nishonova Z.T., Alimbaеva Sh.T., Sulaymonov M. “Psixologik xizmat”.
– T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti 2014 y.](/data/documents/a0751520-8fd0-4cf7-b881-a5762a1b501f/page_25.png)
MAVZU: QOBILIYAT Reja: 1. Qobiliyat haqida tushuncha 2. Qobiliyatlarning miqdor va sifat tavsifi 3. Qobiliyatlar tasnifi 4. Qobiliyatlar tarkibi 5. Qobiliyatlarning tabiiy asoslari 6. Talantning paydo bo’lishi va rivojlanishi 7. Qobiliyatlar borasidagi psixologik nazariyalar
1. Qobiliyat haqida tushuncha Qobiliyat insonning shunday psixologik xususiyatidirki, bilim, ko’nikma, malakalarini egallash shu xususiyatlarga bog’liq bo’ladi. Lekin, bu xususiyatlarning o’zi bu bilim va ko’nikmalarga taalluqli bo’lmaydi. Malaka, ko’nikma va bilimlarga nisbatan odamning qobiliyatlari qandaydir imkoniyat tarzida namoyon bo’ladi. Qobiliyatlar imkoniyatlardan iborat bo’lib, biror bir ishdagi mahorat darajasi haqiqatdir. Bolada namoyon bo’ladigan musiqaga qobiliyati uning musiqachi bo’lishi uchun imkoniyatlar, maxsus ta'lim berilishi, qat'iylik, salomatligining yaxshi bo’lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa ko’pgina sharoitlar bo’lishi kerak. Bularsiz qobiliyatlar taraqqiy etmay turiboq so’nib ketishi mumkin. Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham faqat ana shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi mumkin bo’lmagan faoliyatlardagina namoyon bo’ladi. o’quvchida ham zaruriy ko’nikma va malaka tizimi hamda mustahkam bilimlar tarkib topish uslublari yo’qligiga asoslanib, jiddiy tekshirib ko’rilsa, shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yo’q, deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy psixologik xatosi bo’ladi. Masalan, Albert Eynshteyn o’rta maktabda uncha yaxshi o’qimaydigan o’quvchi hisoblangan va uning kelajakda genial bo’lishidan hech narsa dalolat bermas edi. Qobiliyat bilim va malakalarning o’zida ko’rinmaydi, balki ularni egallash tizimida namoyon bo’ladi ya'ni, boshqacha qilib aytganda mazkur faoliyat uchun muhim bo’lgan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish jarayonida turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, yengil va mustahkam amalga oshirishida namoyon bo’ladi. Qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar bo’lishi bilan aql sifatlari xotira xususiyatlariga, hissiy xususiyatlar va shu kabilarni qarama-qarshi qo’yib bo’lmaydi, hamda qobiliyatlarni shaxsning bu xususiyatlari bilan bir qatorga qo’yish ham mumkin emas. Agar shu sifatlarning birortasi yoki ularning yig’indisi faoliyat talablariga javob bersa yoki bu talablar ta'siri bilan tarkib topsa bu
shaxsning mazkur individual xususiyatlarini qobiliyatlar deb hisoblashiga asos bo’ladi. Qobiliyat kishining psixologik va fiziologik tuzilishi xususiyatidir. qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit bo’lib, shuning bilan birga u ma'lum darajada bilim olish mahsuli hamdir. Umumiy va maxsus bilimlarni o’zlashtirish, shuningdek, kasbiy ko’nikmalarni egallab olish jarayonida qobiliyat mukamallashib va rivojlanib boradi. qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko’nikma va malakadir. Ular faoliyat mexanizmini tashkil qiladilar. qamda ular qobiliyat bilan birgalikda mahoratga erishishni ta'minlaydilarki, buning natijasida mehnatda katta yutuqlar qo’lga kiritiladi. qobiliyatli, ammo noshut inson ko’p narsaga erisha olmaydi. qobiliyat ko’nikmada ro’yobga chiqadi. Darhaqiqat, qobiliyatli kishining ko’nikma va malakalari ko’p qirrali va mukammallashgan bo’ladi. Shuning bilan birga ko’nikma va malalakalar yetishmagan qobiliyatni bir muncha to’ldirish yoki undagi kamchilikni tugatish mumkin. Ko’nikmalarni umumlashmasi moxirlik deb ataladi. Moxirlik bu endi qobiliyatning o’zginasidir. Demak, qobiliyat ko’nikma va malakalarning paydo bo’lishi jarayonida shakllanadi. Har qanday qobiliyat ham murakkab bo’lib, u kishiga turli-tuman talablar qo’yadi. Agar shaxs xususiyatlari tizimi shu talabga javob bera olsa kishi faoliyatni muvaffaqiyat bilan amalga oshirish uchun o’z qobiliyatliligini ko’rsata oladi, agarda xususiyatlardan qaysi biri rivojlanmagan bo’lsa, shaxs mehnatning muayyan turiga nisbatan ham qobiliyatli deb ba?olanadi. Har bir qobiliyatning KENGLIGI VA YUNALISHIGA KO'RA TALANT GENIYLIK MAXSUSUMUMIY QOBILIYATAT ROF MUHIT BILAN FAOL O'ZARO TA'SIR TA'LIM VA TARBIYA DARAJA
o’ziga xos tuzilishi mavjud. qobiliyat tarkibida tayanch va yetakchi xususiyatlarni, muayyan asosiy yoki yordamchi xususiyatlarni farq qilish lozim. Barcha qobiliyatlar uchun asosiy tayanch xususiyat kuzatuvchanlik, bilish ko’nikmasidir. Bu individual narsaning o’ziga xos tomoni, ijodiy faoliyat uchun boshlang’ich materialni ko’ra bilish demakdir. Qobiliyatning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishlik hisoblanadi. Quyidagilarni yordamchi xususiyat deb hisoblash mumkin: xotira (u faoliyat talablariga muvofiq ravishda o’ziga xos tuzilishda bo’ladi), emosionallik, ya'ni his tuyg’uga beriluvchanlik (bu xususiyat shaxsning faoliyatini oshiradi) va shunga o’xshashlar. Amaliy faoliyatning ba'zi ko’rinishlarida shaxsning irodasi oldingi o’ringa chiqadi. qobiliyat tuzilishidagi turli xususiyatlarning tarkibi faoliyatning turli davrlarida yoki ijodiyotning bosqichlarida turlicha bo’lishi mumkin. Demak, tuzilish ham barqaror, ham o’zgaruvchandir. 2. Qobiliyatlarning miqdor va sifat tavsifi Psixologiyada qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar sifatida tavsiflanadi va buning asosida tafovutlanadigan xislatlar fazilatlar yotadi. Shuning uchun har bir shaxsda bir xil natija bir xil sifat kutish mumkin emas, chunki insonlar o’z qobiliyatlari bo’yicha bir-birlaridan muayyan darajada farq qiladilar, binobarin ular o’rtasidagi farqlar sifat va miqdor jiqatidan bo’lishi mumkin. Qobiliyatlarning sifat tavsifi shaxsning qaysi individual psixologik xususiyatlari faoliyat muvaffaqiyatlarining majburiy sharti tariqasida xizmat qilishini anglatadi. Ularning miqdor tavsifi esa faoliyatga qo’yiladigan talablarni shaxs tomonidan qay yo’sinda bajarish imkoniyati mavjudligini bildiradi, ya'ni mazkur inson boshqa odamlarga qaraganda malaka, bilimlardan nechog’lik tez, yengil, puxta foydalana olishini namoyish qiladi. O’quvchining qobiliyatlari nimaga namoyon bo’lishini va binobarin o’quvchi shaxsini qanday individual psixologik xususiyatlari faoliyatni qay darajada bajarish qobiliyatiga ega ekanligi, ya'ni o’quvchining boshqalarga
nisbatan malaka va bilimlarni qanchalik tez, yengil va mustahkam egallab olishini bilish pedagog uchun muhimdir. Qobiliyat xususiyatlarining sifat tomonidan qaralishi maqsadga har turli yo’llar bilan borishga imkon beruvchi "o’zgaruvchan miqdor" to’plami sifatida, faoliyat muvaffaqiyatini ta'minlovchi inson psixologik xususiyatlarining yig’indisi sifatida ko’riladi. Bir xususiyatlarni o’rnini ikkinchi bir xususiyatlar bilan bosishning keng imkoniyatlari mavjud, buni odam o’zida chindan qat'iylik bilan ishlash orqali rivojlantirishi mumkin. Pedagog va psixolog Skolovinskiy ko’r-kar Olga Skoroxodovada faqat ilmiy xodimlik qobiliyatini emas, balki adabiy qobiliyat bilan, boshqarish yordami bilan to’ldirish xususiyati har bir odam oldida kasb tanlash va uni takomillashtirishning nihoyatda keng imkoniyatlarini ochib beradi. Qobiliyatlarning sifat jihatdan tavsifi odam mehnat faoliyatining qaysi sohasida (pedagog, sport, savdo va boshqalar) yengillik bilan "o’zini topa oladi" va qanday qilib katta yutuq va natijalarga erisha oladi degan savolga javob berish imkoniyatini beradi. Qobiliyatlarni miqdor tavsifi va ularni o’lchash muammosi bilan ko’proq chet el psixologlari (Kettell, Termen, Spirmen) va boshqalar shug’ullanganlar. Ular kattalarda kobiliyatni o’lchash usuli sifatida aqliy iste'dod testlaridan foydalanganlar. Bolaning aqliy iste'dod koeffisenti I Q aqliy yoshi Bolaning haqiqiy yoshi Bu usul odamning aqliy qobiliyatlar egasi ekanligini emas, balki odamda qobiliyatlar bilan aralashtirib bo’lmaydigan biror bir xildagi ma'lumotlar, ko’nikma va malakalar borligini namoyon qiladi. L.S.Vigotskiy bu usulni tanqid qilib, o’zining kelajak taraqqiyot zonasini belgilash "metodi" deb ataladigan usulini taklif qildi. Qobiliyatlar odamning faoliyatidan tashqarida mavjud bo’lmaydi. Qobiliyatlarning tarkib topishi esa ta'lim-tarbiya jarayonida bolaning yutuqlari tezligida namoyon bo’ladi. 3. Qobiliyatlar tasnifi Psixologiya fanida qobiliyatlar quyidagicha tavsiflanadi: