Rivojlangan o'rta asrlarda markaziy Osiyo falsafasi
Rivojlangan o'rta asrlarda markaziy Osiyo falsafasi Reja: 1. Markaziy Osiyodagi eng qadimgi falsafiy qarashlar. 3. Tasavvuf falsafasi.So’fizm. 4. IX –XII asr o’ygonish davri falsafasi vf uning jahon madaniyatida tutgan o’rni.
Tarixni bilish, undan tug’ri va holis hulosalar chiqara olish inson ma`naviy kamoloti uchun nihoyatda muhim. Tarix — buyuk muallim, o’tmishdan saboq beradigan tarbiyachidir. Gap eng qadimgi davr falsafasi haqida borar ekan, bu haqiqat yanada katta ahamiyat kasb etadi. Ayrimlar «Bizga ming yillar qa`rida yotgan madaniyat va falsafadan nima foyda, yahshisi, bugunning gapidan gapiring?", «O’tmish qa`ridan tashbeh izlagandan ko’ra, bugungi muammolar ustida bosh qotirgan ma`qul emasmi?» degan hayollarga borishi mumkin. Bir qarashda ularning gapida ham jon borga o’xshaydi. Ammo bir narsa aniq: o’tmishni bilmasdan turib, kelajakni tug’ri tasavvur etish mumkin emas. Zero, o’tmishsiz kelajak yo’q. Shu ma`noda, biz falsafa tarixini azbaroyi o’tmishga qiziqqanimiz uchun o’rganmayapmiz. Biz uni turli zamonlarda ro’y bergan hilma-hil voqea va hodisalarning falsafiy fikr va ongida qanday aks etgani, ularni qanday G’oyalarning tug`ilishiga sabab bo’lgani, qaysi ta`limotlar insoniyat taraqqiyotiga qanday ta`sir ko’rsatgani, qaysi mafkura odamzodni ko’proq rivojlanish yoki tanazzul tomon etaklagani kabi haqiqatlarni bilib olish uchun o’rganamiz. Tarixni o’rganmoq va undan saboq olmoq har bir inson uchun zarurdir. Bu — falsafa bilan shug`ullanayotgan mutahassis uchun ham, uni o’rganayotgan talaba uchun ham birdek muhim ahamiyatga ega. Tarihni falsafasiz tug’ri tushunib bo’lmagani kabi, falsafani ham tarih haqiqatisiz tug’ri anglab bo’lmaydi. Shularni nazarda tutib, quyida biz mamlakatimiz tarixida muayyan iz qoldirgan ayrim falsafiy qarashlar va ta`limotlar haqida qisqacha to’htalib o’tamiz Zardo’shtiylik ta`limoti. Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlarigacha bo’lgan davr mahsuli bo’lgan diniy-falsafiy ta`limotlardan biri zardo’shtiylikdir. Bu ta`limotga kim asos solgan? Bu ta`limotga Zardo’sht asos solgan bo’lib, Sharq va g’arbda Zaratushtra, Zaroastr nomlari bilan mashhurdir. Manbalarga ko’ra, Zardo’sht eramizdan
avvalgi VI asrning birinchi yarmida yashagan. Lekin uning tarixiy yoki afsonaviy shahs ekanli haqida aniq bir to’htamga kelingani yo’q. U o’zini payg’ambar deb e`lon qilgan. Lekin uning payg’ambarligi ilohiy asosga ega emas. Ya`ni bu haqiqat ilohiy kitoblarda o’z tasdig’ini topmagan. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, bu ta`limot Vatanimiz hududida, hususan, Horazm zaminida paydo bo’lgan. U o’z davrida halqni ezgulik va adolat G’oyalariga da`vat etish, hayotbahsh an`analarni shakllantirish, dehqonchilik va shahar madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan, uning G’oyalari bilan bog’liq qadriyatlar bugungi kungacha yashab kelmoqda va halqimiz turmush tarzining o’ziga hos hususiyatlarini belgilashda ulkan qimmat kasb etmoqda. Zardo’shtiylikning bosh kitobi «Avesto»dir. Unda qadimgi halqlarning dunyo tug’risidagi tasavvurlari, o’ziga hos qadriyat va urf-odatlari aks etgan. Unda olamning azaliy qarama-qarshi kuchlari- yahshilik va yomonlik, yorug’lik va zulmat, issiqlik va sovuqlik, hayot va o’lim borasidagi qarashlar o’z ifodasini topgan. «Avesto»da, shuningdek, tabiat falsafasi, tarih, etika, tibbiyotga oid ma`lumotlar ham berilgan. Falsafa tarixida makedoniyalik Aleksandr (eski o’zbek tilida Iskandar deyilgan) istilosi va Grek-Baqtriya davri falsafasi ham halqimizning taraqqiyot tarixida muhim o’rin tutgan. Manbalarda Aleksandr qo’shini mahalliy halqlarning qattiq qarshiligiga uchragani, u «Avesto»ning ko’pgina qismini yondirib yuborgani haqida ma`lumotlar bor. Bugungi kungacha ham ayrim tarihchilar Aleksandr «Avesto»ning tilini bilmagani, uni o’qiy olmagani sababli bu kitobning qadr- qimmatini tushunmagan va uni yoqish tug’risida ko’rsatma bergan, degan fikrlarni bayon etadilar. Aslida unday emas. Bu — tarixiy haqiqatni, garchand u kimlar uchundir achchiq va kimlar uchundir ibratli bo’lsa-da, haspo’shlashga urinishdan boshqa narsa emas. Negaki, Aleksandr o’z zamonida fanlarning otasi deb nom
olgan falsafani fan darajasiga ko’targan, buyuk donishmand sifatida yetti iqlimda tan olingan Arastudan 20 yil mobaynida muttasil ta`lim olgan edi. Binobarin, Shoh Filippning o’g’li Aleksandrni savodsiz, kitobning qadrini tushunmaydigan bir kimsa deb ta`riflash tarih haqiqatiga tug’ri kelmaydi. Tug’ri, u «Avesto»ni o’tda kuydirgan bo’lishi mumkin. Lekin buni kitobning qadrini tushunmagani uchunmas, balki erli halqlarni birlashishga da`vat etib turuvchi, ular e`tiqod qo’ygan milliy g’oyalar timsoli bo’lgan va o’z saltanatiga qarshi muttasil kurash olib boruvchi vatanparvarlarni tarbiyalaydigan manba ekanini nazarda tutib, shu ishni amalga oshirgan. Qolaversa, o’zini dunyodagi eng rivojlangan hudud madaniyatini jahonga yoyish uchun mas`ul deb bilgan, tug’rirog’i, o’sha madaniyatdan boshqasini tan olmagan mashhur jahongir uchun zabt etilgan halqning «Avesto»dek buyuk kitobi bo’lishi kutilmagan hol edi. U, yuqorida ta`kidlanganidek, mazkur kitob omon tursa, u ushbu zamin farzandlari uchun o’zlikni anglash, binobarin, kuch-qudrat manbai bo’lib qolaverishini nihoyatda yahshi tushungan. Aleksandrdan keyin yashagan Rim imperatorlari ham Misr va Vizantiyaga qarshi urush qilib, yahudiylarning erini bosib olganida tub aholining madaniy boyliklarini yo’q qilgani, «Zabur» va «Tavrot»ning qadimgi nusxalarini kuydirib yuborgani yuqoridagi misolning tasodifiy emasligidan dalolat beradi. Umuman, har qanday sharoitda ham istilochilarning birinchi ishi halq va millatlarni zo’rlik bilan bosib olish, boyliklarini talash bo’lsa, keyingi asosiy faoliyat bui — millatni o’z tarixi va an`analaridan uzib qo’yish, madaniy merosini talon-taroj qilish, uning ma`naviyatini yo’qotishdan iborat bo’ladi. Tarihning bu achchiq sabog’i mustamlakadan ozod bo’lgan, o’z mustaqilligini saqlab qolish va mustahkamlashga intiladigan har qanday halq taraqqiyoti uchun eng muhim hulosa bo’lib hizmat qiladi.
Iskandarga qarshi kurashda halqimizning milliy qahramoni Spetamen beqiyos mardlik va jasorat ko’rsatadi. U Iskandarga qarshi ayovsiz qarshilik ko’rsatgan vatanparvar lashkarboshilardan biridir. Aslida, uning qahramonligi millatimizning o’sha davrdagi o’z davlatchiligini, o’zi yashaydigan hudud dahlsizligini saqlab qolish uchun olib borilgan kurashning yaqqol timsolidir. Albatta, bu lashkarboshi ortidan halq ergashsa, elning ozodlik va mustaqillikka intilish tuyg’usi kuchli bo’lmasa, Spetamenning nomi bu qadar mashhur bo’lib ketmas edi. Negaki, inson naqadar kuchli, tadbirkor va omadli bo’lmasin, agar halq bilan birga bo’lib, uning dardlariga darmon izlamasa, hurriyat G’oyalarini bayroq qilib ko’tarmasa, haqiqiy milliy qahramon bo’lolmaydi. Spetamen esa o’sha halqimizning ruhi, orzu- umidlari, mustamlakachilarga qarshi matonati ramzi sifatida tariximiz qatiga mangu muhrlanib qolgan. Markaziy Osiyoda buddaviylik ham o’z o’rniga ega. U diniy-falsafiy ta`limot sifatida qadimgi Hindistonda eramizdan avvalgi VI asrning ohiri va V asr boshlarida vujudga kelgan. U jahonda keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu ta`limotga asos solgan donishmand Sidharta urug’idan chiqqan Gautama hisoblanadi. Keyinchalik u «Budda», ya`ni nurlangan degan laqabga ega bo’lgan. Buddaviylik islomga qadar O’rta Osiyoda tarqalgan qadimgi dinlar orasida mavqe jihatidan juda katta o’rin tutadi. Bu ta`limot O’rta Osiyoga eramizdan avvalgi II-I asrlarda kirib kelgan. Tarixiy manbalarga ko’ra, uni Toharistonga balhlik savdogarlar olib kelishgan. Kushonlar davrida buddaviylik dini hukmron dinga aylangan edi. «Halqchil bo’lganligi uchun O’rta Osiyoga keng yoyilgan. Buddaviylikning O’rta Osiyoga yoyilishi quyidagi to’rt bosqichdan iborat. Birinchi bosqich. Kushonlardan oldingi davr. Bu eramizdan avvalgi I asrga tug’ri keladi. Bu davrga oid yozma manbalar bizgacha etib kelmagan. Ikkinchi bosqich. Kushonlar davri (eramizning II-IV asrlari) Bu davrda buddaviylik O’rta Osiyoga keng tarqalgan edi. Ayniqsa, uning ahloqqa oid