Samarqand arxeologiyasining o`rganilishi tarixi
Samarqand arxeologiya sining o` rganilishi tarixi. Reja: I. Kirish . II. Asosiy qism. 1. Samarqand vohasi tarixi yozma manbalarda. 2. Voha tarixini yoritishda arxeologiya materiallarining o`rni. 3. Mustaqillik yillarida Samarqand vohasida olib borilgan yangi arxeologik tadqiqotlar. III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati.
KIRISh Mustaqil respublikamizning ijtimoiy fanlar sohasi olimlari oldida xalqimiz tarixini, shuningdek boshqa xalqlar tarixini haqqoniy va to`laqonli o`rganish masalasi dolzarb vazifa sifatida turibdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov respublikamizning yetakchi tarixchi olimlari bilan o`tkazgan uchrashuvida va boshqa mazkur soha bilan bog`liq yig`ilishlarda bir necha marta ta`kidlab o`tgan 1 . Shuningdek, bu vazifalar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlarida ham o`z aksini topgan 2 . Yaqindagina O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Senati «Arxeologiya merosi ob`ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`frisida»gi Qonunni ma`qulladi. Bu qonun amaldagi «Madaniy meros ob`ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`frisida»gi qonun bilan hamohangdir, chunki arxeologiya merosi ham madaniy merosimizning bir qismi. Lekin madaniy meros – bu juda keng tushuncha va u O`zbekistonning qadimiy arxeologik va me`moriy obidalari, muzeylarda saqlanyotgan yuzlab turdagi noyob topilmalar, qadimiy kitoblar va boshqa yozma yodgorliklar, barcha-barchasini qamrab oladi. Yangi qonun madaniy merosimizning alohida bir qismi, O`zbekistonning katta va bebaho milliy mulki – uning betakror arxeologik yodgorliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga qaratilgan. O`zbekistonning arxeologiya merosi va undan foydalanish keyingi yillarda davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. O`zbek davlatchiligi tarixini o`rganishda arxeologiya yodgorliklari bosh omil bo`lib xizmat qilganligi barchaga ma`lum. Keyingi yillarda mamlakatimizning Termiz, Buxoro, Xiva shaharlarining 2500 yilligi, Qarshi va Shahrisabz shaharlarining 2700, Marfilon shahrining 2000, Samarqand shahrining 2750 va Toshkent shahrining 2200 yilligi sanalari bu 1 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ // Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. –Т., Ўзбекистон, 1999. 7 ж. –Б. 128-132; Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т., 2008; Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг чора ва тадбирлари. – Т., 2009; Каримов И.А. Мамлакатимизни модернизация қилиш ва кучли фуқаролик жамияти барпо этиш – устувор мақсадимиздир // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисидаги маърузаси. – Т., 2010; Каримов И.А. Асосий вазифамиз – Ватанимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир // 2009 йилнинг асосий якунлари ва 2010 йилда Ўзбекистонни ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси. – Т., 2010. 2 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Қарори “Ўзбекистоннинг Янги тарихини тайёрлаш ва нашр этиш” // Г. Халқ сўзи. 17 декабр 1996 йил; Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Қарори “Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси Тарих институти фаолиятини такомиллаштириш тўғрисида” // Г. Халқ сўзи. 27 июн 1998 йил.
qadimiy shaharlar xarobalari bo`lgan arxeologiya yodgorliklarda olib borilgan uzoq yillik murakkab arxeologik tadqiqotlar natijasida aniqlangan. Samarqand tarixini o`rganish dastlab Akram Asqarov, Mirza Abdulla Buxoriy,Abu Said Maxsum kabi qiziquvchi,usha davrning ziyoli kishilaridan boshlangan.Masalan, Akram Asqarov N.I.Veselovskiyga Afrasiyobni va atrofdagi yodgorliklarni o`rganishda yaqindan yordam bergan.1887 yilda “Rus arxeologiya jamiyati”Akrom Asqarovni “Arxeologiya rivojiga qo`shgan xissasi uchun” kichik kumush medali bilan taqdirlaydi.Samarqandlik hattot o`fli Abu Said Mahsum shaxsan sharqshunos V.V.Bartold bilan hamkorlik qilgan.Uning yordamida Guri- Amir va Shoxi-Zinda maqbaralari yozuvlaridan nusxa ko`chirilgan.XX asrning birinchi o`n yilligi oxirlarida V.L.Vyatkin rahbarligida Ulufbek rasadxonasi qoldiqlari topildi.AbuSaid Mahsum V.L.Vyatkinga rasadxona joylashgan tepalikni aniq ko`rsatib bergan. Abu Said Mahsum V.L.Vyatkin bilan birga Afrasiyobning qazish ishlarida umrining oxirigacha qatnashgan. 1895 yil Toshkentda V.V.Bartold tashabbusi bilan tashkil etilgan Turkiston arxeologiyasi xavaskorlari to`garagi ham o`lkani o`rganishda mo`ayyan hissa qo`shgan ilmiy jamoatchilik tashkiloti sifatida tarixda qolgan. Ma`lumki Turkiston xalqlari qadim tarixini o`rganish bilan dastlab o`z davrining taniqli nsonlari olimlari sharqshunoslari,qadimshunoslari N.P.Ostroumov, V.L.Vyatkin, A.A.SemyonovV.V.Bartold, N.I.Veselovskiy, M.SAndreev, A.A.Divaev, N.S.Likoshin, N.G.Mallistkiy kabi atoqli olimlar shufillanganlar. V.L.Vyatkin Afrasiyob shaxar xarobasini (1925.1929.1930) urgandi.Samarqand shaxrini o`rganishda Urta Osiyo Davlat universiteti Arxeologiya kafedrasi ( 1940 yildan,keyinchalik TashGU,(O`zMU), O`zFA Arxeologiya instituti olimlarining ham hissasi doimiy ravishdagi ishlari juda kattadir.Ushbu dargoh B.A.Litvinskiy,V.M.Masson,V.I.Sarinidi,Yu.F.Buryakov,E.V.Rtveladze,B.D.Koch nev,R.H.Suleymanov,A.A.Sagdullaev,S.B.Lunina,A.A.Asqarov,T.Mirsoatov,A.M uhammadjonov,O`.Islomov,M.Qosimov,M.Juraqulov,A.Abduhamidov,M.Isoqov, M.H.Isamiddinov va boshqa yetuk olimlarni yetishtirib berdi. Bugungi kunda ham Samarqand shahri va uning atrofidagi yodgorliklaridan topilgan noyob me`morchilik inshootlari va san`at asarlari namunalarini o`rganish va tadqiq etish davom etmoqda.
Samarqand vohasi tarixi yozma manbalarda Zarafshonning so`l qirgogida — Samarqanddan uncha o`zoq bo`lmagan Muminobod qishlogida jez asri chorvadorlarining xarobalari topildi. Marxumlarni xuddi u dunyoga ketayotgan chaqaloqlardek o`tkizib, serhasham liboslari va munchok hamda taqinchoqlar bilan bezatilgan bosh kiyimlarini kiydirib dafn etishgan. Ularning yoniga tilla va kumush uzuklar, oltin va jez baldoqlar ko`mishgan. Marhumlarning qo`llarida nov shaklidagi uchi ilon boshliga o`xshash bilaguzuklar, dastakli oyna, tosh sibizga bo`lgan. Bosh tomoniga idishlar, yorguchoklar qo`yilgan. Bu topilmalar shaharsozlik madaniyati shakllangan Sug`d iyona hududida yuqsak dehqonchilik madaniyati ham tarkib topganligidan darak beradi. Shu omillar sabab aynan shu Zarafshon bagridagi vohada O`rta Osiyo ikki daryo oraligi dehqonchiligi va savdo sotiq markazi — Samarqand shahri vujudga keldi. Miloddan avvalgi bir mingyillikda shaharni o`rab turadigan Zarafshon daryosining yirik irmoklari — Dargom va Bulungur vaqt o`tishi bilan katta kanallar qiyofasini olib, ular atrofidagi yerlar gullagan vodiylarga aylandi. Ana shunday sharoitda Avestoning muqaddas maqtovlarida tarannum etilgan va xozirgi O`zbekistonning markaziy qismida joylashgan qadimiy shahar, Sug`d Poytaxti — Samarqand qad ko`tardi. Shaharning nomi bilan bogliq ko`pdan-ko`p afsona va rivoyatlar tarixda saqlanib qolgan. Ana shunday afsonalardan biri o`rta asrlarda yaratilgan mo`jaz asar “Kitab fi-kand at tarixi Samarqand” — “Samarqand tarixining qand kitobi” shaharga bagishlangan bo`lib, qisqartirilgan nusxa — “Kichik qandiya” bizgacha yetib kelgan. Unda Samarqandning afsonaviy hukmdori Shamar ibn Xoris haqida rivoyat beriladi, u bu yerda o`z ismi bilan atalgan degan shahar barpo etadi. Keyin bu nom Samarqand bo`lib o`zgarib ketadi. Kitobdagi rivoyatda hukmdor Samar haqidagi afsona bayon qilingan. U o`zoq izlanishlardan so`ng go`zal bir joyni topgan, unga bu joyning, ayniqsa, suvi va havosi yoqqan. U quduq qazishni buyurgan. Atrofda yaxshi, serhosil yer bo`lgan. Abu Tohirxohaning o`rta asrlarda yaratilgan “Samariya” asarida Samarqandning qal`a- devorlari qurilishi to`grisidagi bir necha taxminlar orasida Feridunning o`gli Samar (Sam) haqidagi afsona ham keltiriladi. U bu yerni meros sifatida olgan va o`zining nomidagi qishloq (kent)ni barpo ztgan. Taniqli arab tarixchisi at-Tabariy “Paygambarlar va podshohlar tarixi”
kitobida shaharga shox Samar asos solganligi, “qand” esa bu joylarda yashagan turk aymogi ekanligini aytgan. Ayrim tarixchilar shahar nomini “Samariya”ning sankskritcha uchrashuv joyi”, yigiladigan joy” tarzida talkin qilinishi bilan boglaydilar yoki “Samarkansa” sifatida tariflaydilar. Aleksandr Maqduniy (Makedonskiy) shaharni istilo qilgandan so`ng yunonlar uni “Maroqanda”deb atay boshlashgan. “Devoni lugatit-turk” lugatini to`zgan Mahmud Qoshgariy boshqa taxminni keltiradi. Uning fikricha, shahar turkiy “Semizkent”. ya`ni, “semiz, joy” shahar ma`nosini anglatadi. Bu ham tasodifiy emas edi. Shaharning nafaqat afsonaviy ta`riflari, shuningdek, hayotiy tavsiflari, shoirlar, geograf, tarixchi va bu yerga tashrif buyurgan shaxslar tomonidan bildirilgan hayrat to`la fikrlarida Samarqand tuprogining unumdorligi, ajoyib tabiati, betakror san`ati va aholisining samimiyligi o`z aksini topgan. Turli davrlarda bildirilgan ta`riflarga quloq tutaylik: “Samarqand yerlari bepoyon, semiz va unumdor bo`lib, juda barakali hosil beradi, gullar va meva-chevalar haddan tashkari serob. Aholi zur otlarni ko`plab yetishtiradi. Odamlari sanat va hunarmandchilikda dong taratgan”, — deb yozadi VII asrda yashagan xitoylik buddaviy missioner Syuan Szyan o`z kundaligida. X asr taniqli arab geografi Istaxriy Sharqning juda ko`p mamlakatlari bilan yaqindan tanishgan. U Samarqandni “Alloh yaratgan eng suyuqli yurtlardan biri”, deb ta`riflab, uni eng shirin, jannatiy mevalar yetishtiriladigan “yer yo`zidagi rohatbaxsh joy”, deb ataydi. Yuqorida ta`kidlangan va uning zamondoshlaridan biri bo`lgan at-Tabariy esa Samarqandni “musulmon amirlarining bogi” sifatida uluglaydi. “Samarqandliklar kalbi go`zallikka oshno. Ular orasida jahonni bezaydigan mo`jizalarni yaratishga qodir ustalar ko`p”, — deb yozgan edi XII asr taryaxchisi Idrisiy. Juda ko`p yurtlarni kezgan va Sharq shaharlarini tasvirlagan XV asr ozarbayjon geografi Abdurashid al-Bakuviy Samarqandni ko`rgach, “Yer yo`zida bu shahardan yaxshirok, yokimlirok o`zga bir maskan yuq” — deb yozgan edi. Jahonning bu rohatbaxsh maskani qachon vujudga kelgan? Qanday ashyoviy dalillar olimlarga shahar bu qadar ulug yoshda ekanligin isbotlashga imkon bermoqda? Uning ko`hna tarixida ilk poydevor qayerga ko`yilgan?