logo

Tarixiy madaniy yodgorliklarni o`rganish va muhofazasini tashkil etish ishlari tarixi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

24.1513671875 KB
Tarixiy  madaniy yodgorliklarni o`rganish va muhofazasini tashkil etish
ishlari tarixi
Reja:
1.Tarixiy   memoriy   yodgorliklarni   muhofaza   qiluvchi   muassasalar   tashkil   etilishi
va takomillashtirilishi.
2.Tarixiy memoriy obidalarni saqlanish holati. SHunday   bo‘lsa-da,   o‘sha   murakkab   siyosiy,   ijtimoiyi-iqtisodiy   sharoitlarda
yodgorilklar   restav ratsiya   va   konservatsiyasining   ilmiy   metodikasining   nazariy
poydevori   yara til di.   Bu   nazariyalar   mutaxassislarning   ko‘p   yillik   kuzatishlari   va
amaliy   taj ri balari   o‘sha   vaqtda   e’lon   qilingan   ishlarda   o‘z   aksini   topdi.   Umuman
ma da niyat yodgorliklarning tadqiq etishning me’moriy-arxeologik metodi bo‘ yi cha
asosiy   konsepsiyalar   1920   yillar   oxiriga   kelib   shakllandi   va   u   1928   yilda   chop
etilgan “Restavratsiya masalalari” to‘plamida e’lon qilindi.
Ta’kidlash   joizki,   o‘sha   vaqtlarda   me’moriy   obidalarni   muhofaza   qilish   va
ta’mirlash ishlarini ommaviy yo‘lga qo‘yishda kommunistik partiyaning “umumiy
tenglik”ga   erishishni   maqsad   qilib   olgan   siyosati   to‘sqinlik   qilar   edi.   Sotsialistik
o‘zgarishlarni nazarda tutgan “revolyusion ruh” – yangi va eski shahar o‘rtasidagi
tafovutni   yo‘q   qilish   hamda   ularni   tenglashtirishga,   shuningdek,   din   va
qadriyatlarga   qarshi   qaratilgan   g‘oyalarning,   ayniqsa   sovet   hokimiyatining
xukmronligi   dastlabki   o‘n   yilliklarida   ko‘plab   qadimiy   shaharsozlik
namunalarining   buzilishiga   olib   keldi.   Ushbu   radikal   xarakterga   ega   bo‘lgan
g‘oyalar   Toshkent,   Samarqand,   Buxoro,   SHahrisabz   va   O‘zbekistonning   boshqa
tarixiy shaharlariga o‘nglab bo‘lmas zarar etkazdi.
Binobarin,   respublika   hukumatining   maxsus   yo‘riqnomasi   asosida   1939   yilning
aprel-may   oylarida   Uzkomstaris   faoliyati   yuzasidan   o‘tkazilgan   tekshiruv   shuni
ko‘rsatdiki,   uning   ixtiyoriga   berilgan   yodgorliklardan   boshqa   maqsadlar   uchun
foydalanilganligi aniqlandi. Jumladan, birgina Buxoro shahri bo‘yicha o‘tkazilgan
tekshiruv   unda   joylashgan   Modari   Abdullaxonn   madrasasi   aholiga   uy-joy
maqsadida   berilgani,   Abdullaxon   nomi   bilan   bog‘liq   yana   bir   yodgorlik   –
“Saxarsbыt”   tashkiloti   uchun   omborxona,   Kalon   masjidi   va   CHor   Minor   –
“Gortorg”   uchun   omborxona,   Devonbegi   madrasi   –   "Buxkomstaris"ning
kanselyariya idorasi  uchun va uy-joy maqsadida foydalanilganligi aniqlandi. SHu
bilan   birga,   shahardagi   ko‘plab   tarixiy   yodgorliklar   shaharning   kengayishi   va
“obodonlashtiri lishi”   oqibatida   yo‘q   qilindi.   Xususan,   Buxoro   shahrining
rekonstruksiya   qilinishi   va   transportning   ko‘payishi   natijasida   Buxoro   shahar
kengashiga   berilgan   vakolatdan   foydalanib   1939   yilda   6   ta   qadimiy   shahar darvozalarini   devorlar   bilan   birga   buzib   tashladi.YUqorida   qayd   etilgan   ayanchli
holatlarga   qaramasdan,   tarixiy   obidalar   borasida   asta-sekin   ilmiy   restavratsiya   va
amaliyot tajribasi ortib bordi va buning natijasida me’moriy yodgorliklarni saqlash
bilan bog‘liq bir qator murakkab muhandislik-konstruktiv va me’moriy vazifalarni
hal   etish   imkoniyati   tug‘ildi.   Bu   davrga   kelib   respublikamizda   soha
mutaxassislarining   iqtidorli   yangi   avlodi   shakllana   boshladi.   Ular   dastlaki   ilmiy
ekspeditsiyalarni   tashkil   etib,   ko‘plab   tarixiy-madaniy,   arxeologik   va   arxitektura
yodgorliklarini aniqladi va ularni davlat hisobga ola boshladi. Xisobga olish – qayd
qilish   hujjatlarini   tuzish   va   tizimlashtirish   ham   aynan   1920-1930   yillardan
boshlandi.   Bundan   tashqari,   O‘zbekistonning   turli   tumanlarida   joylashgan
me’moriy   obidalarni   restavratsiya   va   konservatsiya   qilishning   dastlabki   ilmiy
asoslangan   loyihalarini   ishlab   chiqish   ham   shu   davrga   to‘g‘ri   keldi.   Masalan,
aynan shu murakkab davrda Samarqand shahri yodgorliklari bo‘yicha mas’ul V.L.
Vyatkin,   muhandislar   M.   F.   Mauer   va   B.   N.   Kas talskiy   ishtirokidagi   bir   guruh
tashabbuskorlar   Samarqanddagi   Ulug‘bek   madrasasining   og‘ib   ketgan   minorasini
to‘g‘rilash bo‘yicha ish olib borib, ijobiy yutuqlarga erishdi.
Qadimgi   namunalarga   o‘xshash   qurilish   materiallari   va   qoplama   materiallar
yaratish   uzoq   yillar   davomida   me’moriy   yodgorliklarni   restavratsiya   qilishdagi
muamolardan biri bo‘lib keldi. Mutaxassislar va halq ustalarining sa’yi-harakatlari
tufayli   masala   ijobiy   hal   etilib,   obidalarni   qayta   tiklashda   yangi,   yuqori   pog‘ona
qo‘lga   kiritildi.   Hususan,   qoplamani   alebastr   qorishmasi   bilan   mahkamlashdan
iborat   bo‘lgan   oddiy   konservatsiyadan   mozaika,   moyolika   va   o‘yma   mayolikani
tiklashga o‘tildi. Me’moriy yodgorliklarni muxandislik yordamida zamonaviy usul,
asbob-uskunalarni   qo‘llangan   holda   zamonaviy   qurilish   materiallaridan
foydalanishni   ham   o‘sha   davr   yodgorliklarining   saqlashdagi   muhim   omil   sifatida
qayd etish lozim.
Bu  jarayonda  1937  yildan Samarqand  shahrida o‘z  faoliyatini   boshlagan  qadimgi
qurilish   usullarini   o‘rgatishga   ixtisoslashgan   maktab-ustaxonaning   o‘rni   katta
bo‘ldi.   Buxorolik   me’mor,   mohir   ganchkor   usta   Usta   SHirin   Murodov   o‘z
davrining   etuk   arxitektori   hisoblangan   B.N.   Zasыpkin   bilan   hamkorlikda   ushbu maktab   uchun   qadimgi   qurilish   texnikasi   va   geometrik   ornament   usullari   sir-
sinoatini   o‘rgatuvchi   o‘quv   qo‘llanmasini   tayyorlab   berdilar.   Qo‘lyozmaga   238
sahifadan   iborat   chizmalar   ham   ilova   qilingan   edi.   SHu   bilan   birga,   ta’lim
jarayonida   usta   Usmon   Umarov,   usta   SHamsiddin   G‘afforov,   usto   Abdulla
Boltaev,   Nasim   G‘ofurov,   usto   Muxiddin   Raximov   kabi   mashhur   usta-
restavratorlar   ham   faol   ishtirok   etishdi.   Ko‘p   vaqt   o‘tmasdan,   Ibrohim
SHermuhamedov,   Abdug‘affor   Haqulov,   Anvar   Quliev,   Mirumar   Azizov,
Toshmuqum   Qurbonovlar   kabi   maktab   bitiruvchilari   etuk   usta-restavratorlar
darajasiga etishishdi.
Ikkinchi jahon urushi yillariga kelib O‘zbekistonda faoliyat olib borgan me’moriy
yodgorliklarni   muhofaza   qiluvchi   davlat   orani   uchun   tashkiliy   va   tuzilmaviy
o‘zgarishlarning yangi bosqichi boshlandi. 1943 yilda Uzkomstaris tashkiloti bekor
qilinib,   O‘zSSR   Xalq   Komissarlari   Soveti   qoshida   Me’morchilik   ishlari   bo‘yicha
boshqarma tuzildi, boshqarma qoshida esa Me’morchilik yodgorliklarini muhofaza
qilish   bo‘yicha   bo‘lim   faoliyat   ko‘rsata   boshladi.   Keyingi   amaliyotning   dalolat
berishicha,   ushbu   tarkibiy   o‘zgarish   ko‘plab   tarixiy   yodgorliklarni   yo‘q   bo‘lib
ketishiga   olib   keldi.   Buning   boisi   shundaki,   arxitektura   ishlari   qo‘mitasi   o‘zining
asosiy faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqqan holda mamlakat shahar va qishloqlarida
asosan   uy-joy   va   boshqa   ijtimoiy-iqtisodiy   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   ob’ektlarni
qurish ishlariga e’tiborni qaratadi. 1950-60 yillarda qo‘mitaning markazdagi rahbar
tashkilotlari   tomonidan   ishlab   chiqilgan   bosh   loyihalari,   jumladan   tarixiy
shaharlarda ham yangi binolarni qurishni nazarda tutar edi. Ammo ushbu amaliyot
aholining an’anaviy yashash manzillarida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan edi.
Respublikadagi   Samarqand,   Buxoro,   Xiva   kabi   tarixiy   shaharlarda   aholining   uy-
joylari   yodgorliklarga   yaqin   joylarda   joylashganini   hisobga   oladigan   bo‘lsak,   bu
amaliyot qadimgi binolar uchun zarar etkazishi  tabiiy edi. Xususan, reja bo‘yicha
olib   borilgan   ishlarning   keng   ko‘lamda   amalga   oshirilishi   natijasida
Samarqanddagi   me’moriy   yodgorliklarning   yon   atrofida,   ularning   asl   qiyofasiga
putur   etkazadigan   inshootlar   –   ta’lim   muassasalari,   madaniyat   saroylari,
kinoteatrlar yoki ko‘p qavatli “quti”lar bilan “to‘ldirildi”. Buxoroda esa aynan shu davrda, shaharning tarixiy devorlari deyarli tashib ketilib, g‘isht  uchun homashyo
vazifasini   bajardi,   shahar     markazidagi     XVI   asrda   qurilgan   YOr-Muhammad-
Otaliq honakosi, Er-Nazar-Elchi madrasasi  buzib tashlandi. Ushbu ro‘yxatni yana
shu kabi ayanchli hodisalar bilan davom ettirish mumkin. Umuman olganda, agar
o‘sha   davrda   davlatning   iqtisodiy-moliyaviy   imkoniyatlar   cheklangan
bo‘lmaganida, shaharlarning bosh loyihalarida ko‘zda tutilgan ishlar to‘liq amalga
oshirilar   edi.   Bu   esa   hozirgi   kunga   qadar   etib   kelgan   tarixiy-me’moriy   obidalar
ro‘xatini yanada cheklab qo‘ygan bo‘lar edi. Boz ustiga, yodgorliklarni muhofaza
qiluvchi   tashkilotlarning   ham   moliyaviy   imkoniyatlari,   kadrlar   bilan   ta’minlanish
darajasi ham o‘ta ayanchli holatga tushib qolgan edi.
Mutaxasislar   fikricha,   XX   asrning   20   yillaridan   boshlangan   mahalliy   xalqlar
madaniyatini   nivelirlash   uzviy   rivojlanib   kelgan   ta’lim   jarayoni   yangicha,
Evropacha   tartib   bilan   almashtirildi.   Natijada   Usta   Baqo   (Buxorodagi   Minorai
Kalon   me’mori),   Me’mor   Abdul   Jabbor   (Samarqanddagi   SHerdor   madrasasi
muallifi)   singari   me’morlarni   etishtirgan   ta’lim   tizimi   tag-tugi   bilan   yuqotildi.
Tamoman   yangicha   madaniyat   yuzaga   kela   boshladi.   Binobarin,   O‘rta   Osiyoda
ham   Evropadagi   singari   o‘zidan   oldingi   davrda   va   an’anaviy   uslubda   kurilgan
imoratlarni   ta’mirlash   uchun   maxsus   o‘rganish   ehtiyoji   kelib   chiqdi.   Boshqacha
kilib   aytganda,   XX   asr   o‘rtalarida   O‘zbekistonda   ham   ota-bobolari   bunyod   etgan
imoratlarni tiklash uchun maxsus ta’mirchilarni etishtirish zaruriyati sezildi.
Vujudga kelgan vaziyat respublikada madaniy yodgorliklarni saqlash bilan bog‘liq
tashkilotlar   faoliyatida   qayta   o‘zgarishni   taqazo   etgan.   SHu   bois
Respublikamizning bir qator jonkuyar, ilg‘or ziyolilar qatlami vakillari tashabbusi
bilan 1957 yil 30 avgustda O‘zbekiston Respublikasining № 557 Hukumat Qarori
bilan   “Moddiy   madaniyat   yodgorliklarini   muhofaza   qilish   bo‘yicha   Komitet»
tashkil   etildi.   Ushbu   Komitet   qoshida   kengash   tuzilib,   uning   tarkibiga
YA.G‘ulomov,   M.Masson,   T.Qori-Niyozov,   G.Pugachenkova   kabi   shu   soha
mutaxassislari   kirgan   edi.   Kengashning   qisqa   davr   ichida   faoliyat   olib   borishiga
qaramasdan (1957–1961 yillar), uning yordamida O‘zbekistondagi mavjud tarixiy
va   madaniy   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   yodgorliklar   sezilarli   ko‘pchiligini   ma’lum tarkibiy   qismini   saqlab   qolish,   ayrimlarida   esa   ta’mirlash   ishlarini   rivojlantirish,
ularni   ilmiy   o‘rganish,   respublikada   restavratorlar   maktabi   ishini   yanada
jonlantirish   borasida   keng   ko‘lamli   ishlar   amalga   oshirildi.   Muhimi   shundaki,
ushbu   tashkilotda   faoliyat   olib   borgan   mamlakatning   nufuzli   olimlari   sa’yi-
harakatlari   besamar   bo‘lmadi,   balki   kelgusida   respublikada   madaniy   va   tarixiy
ahamiyatga ega bo‘lgan merosni saqlash borasidagi ishlarga ijobiy ta’sir etdi.
1968 yil respublikada madaniy merosni muhofaza qilish sohasida olib borilayotgan
ishlar   uchun   muhim   voqea   bo‘ldi   –   “Madaniy   yodgorliklarni   himoya   qilish
haqida”gi qonuni qabul qilindi. SHuni alohida qayd etish kerakki, bu Sobiq Ittifoq
miqyosida   qabul   qilingan   shunday   qonundan   8   yil   (1976   yil)   oldinroq   amalga
oshirildi.   Mazkur   qonunga   muvofiq   respublika   hukumati   tomonidan   uning
qo‘llanishiga   doir   yo‘riqnoma,   moddiy   madaniyat   yodgorliklarni   qo‘riqlash
zonalari   va   ular   atrofida   binolar   qurilishini   tartibga   solish   haqidagi   nizom,
O‘zbekiston   hududida   arxeologik   qazilmalar   va   qidiruv   ishlarini   amalga   oshirish
huquqi borasidagi  yo‘riqnoma tasdiqlandi. SHu bilan birga, 1968 yil  30 avgustda
O‘zbekiston   Respublikasi   Ministrlar   Soveti   Qarori   bilan   ilgarigi   Qo‘mita
YOdgorliklar   va   tasviriy   san’atni   muhofaza   qilish   bo‘yicha   Bosh   Boshqarmaga
aylantirildi.
Umuman   olganda,   yodgorliklarni   himoya   qilish   haqidagi   qonun   faqat   obidalarni
yo‘q bo‘lib ketishdan yoki qasddan buzib tashlanishidan himoya qilibgina qolmay,
balki   respublikada   yodgorliklarni   muxofaza   qilish   va   ularni   restavratsiyalash
ishining yanada takomillashuvida ham muhim rol o‘ynadi. Hamma joyda tarixiy va
madaniy   yodgorliklarni   o‘rganib   chiqish   va   ularni   hisobga   olish   me’yoriy
hujjatlarini ishlab chiqish amalga oshirildi.
Tarixiy   va   madaniy   yodgorliklarning   ahamiyatini   hisobga   olib,   Respublika
hukumati   1975   yildan   boshlab   ularning   muhofazasi   uchun   ajratiladigan   mablag‘
hajmini   sezilarli   darajada   ko‘paytirdi.   Bu   yodgorliklarni   qonunchilikda   himoya
qilish organlariga o‘z faoliyatini yanada kuchaytirish imkonini berdi va shu tufayli
Respublikada barcha ko‘chmas yodgorliklarni qayta ro‘yxatga olish ishlari amalga
oshirildi. Davlat muhofazasiga olingan yodgorliklarning yangi ruyxati tuzildi. Davlat   muhofazasiga   olish,   ta’mirlash   va   konservatsiyalash   ishlari   hajmlarining
ortib borishi yagona boshqaruv organini tashkil etishni talab etardi. SHu maqsadda,
1979 yil 24 fevraldan O‘zbekistonda madaniyat yodgorliklarni muhofaza qiluvchi
davlat   tizimi   –   O‘zbekiston   SSR   KP   Markaziy   Komiteti   va   O‘zbekiston   SSR
Ministrlar   Sovetining  №  149  Qarori  bilan  Madaniyat  yodgorliklarini  ilmiy  ishlab
chiqarish   Bosh   Boshqarmasi   tuzildi   (GlavNPU).   Keyinchalik,   uning   tarkibida
loyihash   instituti,   ilmiy-restavratsiya   ishlab   chiqarish   tashkilotlari,   shu   jumladan,
me’moriy   yodgorliklarni   restavratsiya   qilish,   konservatsiyalash,   ularning   dekori
bo‘yicha   noyob   ishlarni   bajarilishiga   ixtisoslashgan   restavratsiya   ustaxonasi   ham
tashkil   qilindi.   Bosh   boshqarmaga   qo‘zg‘almas   va   qo‘zg‘aladigan   madaniyat
yodgorliklarini   saqlash   va   muxofaza   qilish,   tasviriy   va   monumental   san’atni
rivojlantirish, muzey va ko‘rgazma ishlarini tashkil qilish yuklatildi.
Ammo,   yuqorida   qayd   etganimizdek,   davlat   darajasida   madaniy   yodgorliklarni
himoya   qilish   borasida   bir   qator   ishlar   qilinishiga   qaramasdan,   uzoq   yillar
davomida   xukm   surgan   nigilizm   va   uy-joy   qurishda   bir   tomonlama   ommaviy
yondoshish oqibatida ko‘plab arxitektura yodgorliklaridan buzib tashlandi. Odatda,
shaharlar   bosh   rejalarini   tuzishda   tarxiy-arxitektura   qo‘riqxonalari
loyihalashtirilmasdan,   “oq   dog‘”   sifatida   ularni   saqlab   qolish   rejalaridan   chetda
qolib ketildi. Jumladan, Registon ansambli sovet davrining oxirgi 25 yili davomida
ko‘p yo‘qotishlarni boshidan kechirdi. Ushbu ayanchli  holat  nafaqat  O‘zbekiston,
balki sobiq Ittifoqning ko‘plab tarixiy shaharlarida ham kuzatildi.
Xususan,   1989   yilga   kelib   sobiq   Ittifoqda   mavjud   2176   shaxarlardan   800   tasi
tarixiy   shaharlar   ro‘yxatidan   o‘rin   olgan   edi.   Ulardan   127   nafari   umumittifoq
darajasidagi   tarixiy   shaharlar   hisoblanar   edi.   SHu   bilan   birga,   mamlakatning
barcha shaharlarining yarmidan ko‘pining tarixiy fondi jismoniy eskirishi 40-60 %
tashkil   qilgan   edi.Qator   tarixiy   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   shaharlarda   ta’mirlash
ishlari olib borilishiga qaramasdan, bu boradagi ishlar sust va tizimli bormaganligi
qayd   etilgan.   Sobiq   markaz   “mulozimlari”ning   tarixiy   shaharlarga   nisbatan   olib
borgan   siyosatining   havfli   jihati   shundaki,   ularning   g‘oyasiga   ko‘ra   qadimiy me’moriy   obidalarga   boy   shaharlarda   rekonstruksiya   ishlari   kompleks   tarzda
borishi   amalga   oshirilmayotganligi   ularni   tashvishga   solar   edi.   YUqorida
ta’kidlanganidek,   rekonstruksiya   ishlari   Samarqand   shahrida   amalga   oshirilgan
rekonstruksiya   ishlariga   o‘xshash   bo‘lishi   lozim   ekan.SHunday   qilib,
O‘zbekistonda  tarixiy yodgorliklarning muhofaza qilish va ta’mirlashga  oid sovet
davri   amaliyoti   respublikada   bu   sohada   tajriba   to‘plashga,   ta’mir   ishining   O‘rta
Osiyo  maktabini  shakllanishiga  olib  keldi.  Bundan   tashqari,  respublikada   mavjud
bo‘lgan   tarixiy   va   me’moriy   obidalarning   ro‘yxatga   olish   ishi   muntazam   yo‘lga
qo‘yildi.   Jumladan,   1980-yillar   oxiriga   kelib,   respublikada   7   mingdan   ortiq
yodgorliklar,   shu   jumladan   575   tasi   –   tarixiy,   1457   tasi   –   san’at,   545   tasi   –
arxitektura, va 4 mingdan ortiq arxeologik yodgorliklar davlat  himoyasiga olindi.
O‘zbekistonning   me’moriy   obidalarga   boy   bo‘lgan   10   ta   shahri   tarixiy   shaharlar
ro‘yxatiga   kiritildi.Ammo   sobiq   Ittifoq   davrida   qo‘lga   kiritlgan   ijobiy   yutuqlarga
nisbatan,   ijtimoiy   hayotning   barcha   jabhalarida,   shu   jumladan   madaniy   merosga
bo‘lgan   g‘oyaviy-mafkuraviy   yondoshuvning   zararli   ta’siri   ko‘proq   suzildi.
Minglab   tarixiy   obidalar   “revolyusion”   o‘zgarishlar   ta’sirida   buzib   tashlandi,
qolganlarining   aksariyati   esa   tahqirlandi,   madaniy   merosligi   inobatga   olinmadi,
ularni   xo‘jalik   maqsadlarida   foydalanish   ommalashdi.   Asosiy   arxitektura
yodgorliklari ro‘yxatga olinib, davlat muhofazasiga o‘tkazilgan bo‘lsa-da, ularning
restavratsiyasi va konservatsiyasi uchun juda kam mablag‘ ajratilgan edi.Ko‘pgina
masjidu-madrasalar   yopildi,   ayrimlari   molxona   va   omborxonalarga   aylantirildi,
achinarlisi,   nurab   vayrona   holga   keldi.   Masalan,   qariyb   XI   asr   guvohi   bo‘lgan
noyob obida Ismoil Somoniy maqbarasi cho‘kib ketish havfi ostida qolgan, masjidi
Kalon esa to‘rt tomoni nurab, omborxonaga aylangan, ichiga kirib bo‘lmas ahvolda
edi.Birgina   Navoiy   viloyatining   Karmana   tumanida   xalqimizning   necha   asrlik
tarixiga   guvoh   bo‘lgan   nodir   me’moriy   obidalarning   katta   qismi   Sobiq   Ittifoq
davrida   izsiz   yo‘q   bo‘lib   ketdi.   Xususan,   Karmana   arki,   "CHorminor"   madrasa-
masjidi,   Abdullaxon   uyi   va   masjidi,   Hindlar   saroyi,   Egamsaroy,   To‘raqul   bobo
saroyi   kabi   o‘nlab   obidalar   shular   jumlasidandir.   YOki   1920   yilda   Qizil
armiyaning   Buxoroga   qilgan   harbiy   xurujining   oqibatlari   o‘ta   ayanchli   bo‘ldi. SHaharni qamal qilib uni to‘pga tutilishi, bombardimon qilinishi oqibatida ko‘plab
me’moriy obidalar buzib tashlandi, keyinchalik esa o‘z holiga tashlab qo‘yildi yoki
ko‘plab   masjid   va   madarsalar   omborxonalarga   aylantirildi.   Tariqachi   Karim
Ahmatning   bergan   ma’lumotlariga   qaraganda,   Buxoro   amirining   “taxtdan
ag‘darish”   jarayonining   oqibatlari   quyidagicha   bo‘ldi:   shahardagi   47   tanob
maydonni egallagan 27 ta guzar hududida, 9 masjid, 582 ta turar joy, 850 do‘kon
va ustahonalar, 38 ta karvonsaroylar  va 38 nonvoyxonalar buzib tashlangan, sog‘
qolgan   (tik   holatdagi)   binolarning   aksariyati   o‘q   va   oskolkalar   ta’sirida   “bag‘ri
ilma-teshik” bo‘lib ketgan.
1991   yil   31   avgustda   O‘zbekiston   Respublikasi   davlat   mustaqilligining   qo‘lga
kiritilishining dastlabki kunlaridan e’tiboran ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida
bo‘lgani   kabi   madaniyat   yodgorliklariga   ham   munosabat   tubdan   o‘zgardi.
Birinchidan   mamlakatimizda   milliy   o‘zlikni   anglash,   tarixiy   haqiqat   va   adolatni
tiklash   yo‘lida   cheksiz   imkoniyatlar   tug‘ildi.   Ikkinchidan,   ijtimoiy-siyosiy
tafakkurning   sovet   mafkurasi   va   uning   g‘oyaviy   qoliplaridan   xalos   etilishi,
oshkoralik va hurfikrlilik tufayli ilgari soxtalashtirilib kelingan tarixni tiklash, uni
haqqoniy   va   xolisona   yoritish   uchun   katta   imkoniyatlar   yaratildi.   Uchinchidan,
tarixiy haqiqatni tiklash va uni xalqqa etkazish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi
hamda bu borada ulkan ishlarni amalga oshirishga kirishildi.Bular qatorida amalga
oshirilgan   eng   muhim   tadbirlardan   –   o‘zbek   xalqi   tarixida   chuqur   iz   qoldirgan,
ammo   sovet   davrida   xotirasi   badnom   etilgan   buyuk   davlat   arboblari,   sarkardalar,
ulkan ma’naviy meros namoyondalari, yurt va xalq ozodligi yo‘lida shahid ketgan
vatandoshlar   xotirasini   tiklash,   ularning   tarixda   tutgan   o‘rniga   munosib   baho
berildi.   Navro‘z,   Ramazon   va   Qurbon   hayitlarining   umumxalq   bayrami   sifatida
nishonlanishi   va   boshqa   qadriyatlarning   tiklanishi   bu   ishlarning   mantiqiy   davomi
bo‘ldi.   SHuningdek,   qarovsiz   qolgan   diniy   ma’rifiy   obidalar,   tabarruk
ziyoratgohlarning   qayta   tiklab–ta’mirlash   ishi   davlatning   bevosita   rahnamoligida
amalga   oshiriladigan   bo‘ldi.   Mamlakatda   jamiyatning   ma’naviy   yangilanishi
davrida   tarixiy-me’moriy   merosning   va   shaharsozlik   an’analarining   saqlanishi   va
qayta   tiklanishi   katta   tarbiyaviy   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   dolzarb   masalalar qatoridan   o‘rin   oldi.Istiqlolning   ilk   yillaridan   boshlab,   O‘zbekistonda   madaniy
merosning ulkan namunasi hisoblangan tarixiy yodgorliklarni saqlash va ta’mirlash
sohasini   rivojlantirish   ishlarini   yo‘lga   qo‘yishda   ham   tub   burilish   yasaldi.   Bu
boradagi   dastlabki   qadamlardan   biri   sifatida   sohada   tashkiliy-tuzilmaviy
o‘zgarishni   ko‘rsatib   o‘tish   mumkin.   O‘zbekistonda   tarix   va   madaniyat
yodgorliklarini   saqlash   va   ta’mirlash   ishlarini   yaxshilash   maqsadida   O‘zbekiston
Respublikasi   Prezidentining   1992   yil   9   martdagi   Farmoyishi   va   Vazirlar
Mahkamasining   1992   yil   27   apreldagi   207-sonli   "O‘zbekiston   Respublikasi
Madaniyat   vazirligi   faoliyatini   yaxshilash   va   uning   tashkiliy   tizimini   yanada
takomillashtirish   tadbirlari   xaqida”gi   karori   qabul   qilindi.   Unga   asosan   Vazirlik
huzuridagi   Madaniyat   yodgorliklari   Bosh   ilmiy-ishlab   chiqarish   boshqarmasi
faoliyati  yanada takomillashtirildi. O‘zbekiston Respublikasida  tarixiy shaharlarni
rekonstruksiya   qilish   ishlari   tarixiy   shahar   muhitini   tarixiy-madaniy   merosning
asosiy   tarkibiy   qismi,   uning   individualligini   va   me’moriy-badiiy   o‘ziga   xosligini
ta’minlovchi qism  sifatida saqlab qolish va tiklashga qaratilgan konsepsiya  ishlab
chiqildi.
Unga asosan:
-   mazkur   muhitda   joylashgan   ijtimoiy-madaniy   hamda   shaharni   shakllantiruvchi
salohiyatdan samarali  foydalanish,  tarixiy binolar  joylashgan hududlarda ularning
me’moriy-hududiy   kompozitsiyasi,   tarixiy-badiiy   qimmati   va   funksional
ahamiyatining   bir   butunligini   saqlangan   holda   odamlarning   hayot   kechirishi   va
faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay sharoitlar inobatga olindi;
-   shaharning   tarixiy   qismini   rekontruksiya   qilishda   uning   rejalashtiruvchi   va
makoniy   tuzilmalarini   tarixiy-me’moriy   tadqiqotlarga   tayangan   holda   vorisiylik
negizida   rivojlantirish   shaharsozlik   faoliyatidagi   yondashuvning   asosini   tashkil
etdi;
-   batafsil   rejalashtirish   loyihalarning   bosh   rejalarida   tarixiy   va   madaniy   merosni
saqlash,   rejalashtirish   tuzilmasi,   ularning   qabul   qilish   zonalari,   vizual   o‘zaro
aloqalarni,   inson   uchun   ochiq   ko‘chalar,   maydonlarni   hamda   oddiy   binolar   bilan shakllantiriladigan   me’moriy   muhitni   va   boshqalarni   saqlab   qolish   orqali   uning
shaharni shakllantiruvchi rolidan foydalanishning rejalashtirish yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston   Respublikasi   mustaqilligining   dastlabki   kunlardan   boshlab,
hukumatimiz   madaniy   merosni   saqlashga   qaratilgan   davlat   siyosatida   xalqaro
hamkorlikning   o‘rni   va   ahamiyati   masalasiga   katta   e’tibor   qaratdi.   Buni
mustaqilligimiz   arafasida   1990   yilda   Xivadagi   “Ichan-qal’a”,   1993   yilda   Buxoro
shahrining tarixiy markazi, 2000 yilda SHahrisabzning Amir Temur va temuriylar
davri   me’morchilik   obidalari,   2001   yilda   Samarqand   shahrining   tarixiy
yodgorliklari   YUNESKO   tashkiloti   tomonidan   “Butunjahon   madaniy   merosi
ro‘yxati”ga kiritilganligi ham ko‘rsatib turibdi (O‘zbekistonning bu sohada xalqaro
hamkorlik jarayonlari amaliyoti masalasi 3.1. pargrafida yoritilgan).
O‘zbekiston   Respublikasi   mustaqilligi   yillarida   joylarda   tarixiy-me’moriy
yodgorliklarning   texnik   holati,   ulardan   to‘g‘ri   foydalanish,   restavratsiya-
konservatsiya   ishlarining   amalga   oshirilishi   ustidan   nazorat   qiluvchi   davlat
inspeksiyalari   tashkil   etildi   va   ularning   faoliyati   yo‘lga   qo‘yildi.   Restavratsiya
ishlarining   keng   qo‘lami   O‘zbekistonning   deyarli   barcha   mintaqalarini,   shu
jumladan,   Qoraqalpog‘istonning   uzoq   tumanlarini   ham   qamrab   oldi.   (Jumladan
Navoiy viloyati) Ayrim yodgorliklarni restavratsiya qilishdan kompleks me’moriy
ansambllarni,   qadimgi   shaharlarning   tarixan   tarkib   topgan   markaziy   qismlarini
qayta tiklashga o‘tildi.
Ana   shunday   tadbirlar   tufayli   Registon   ansambli,   SHoxizinda   maqbarasi,
Bibixonim   me’moriy   majmuasi,   Go‘r-Amir   maqbarasi   ansambli,   Ruxobod
majmuasi, Samarqanddagi  Imom  Buxoriy memorial  kompleksi,  Kalon masjidi  va
minorasi.   Mir   Arab   madrasasi,   Labi   hovuz   ansambli,   Ulug‘bek   va   Abdulazizxon
madrasalari,   timlar,   Buxoroda   shahar   tashqarisidagi   Sitorai   Mohi   Xosa   ansambli,
Baxouddin majmuasi, Xivada Ichan qal’ada joylashgan barcha me’moriy obidalar,
shu jumladan, Ko‘hna ark, Muhammad Aminxon madrasasi va masjidi, Islomxo‘ja
minorasi, Toshhovli saroyi, Qo‘qonda Jome’ masjidi, Xudoyorxon o‘rdasi, Daxmai
shohon   maqbarasi,   SHaxrisabzda   Dor   us-Siodat,   Dor   ut-tilovat   ansambllari   va Amir   Temurning   mashhur   Oqsaroy   qasri,   Termizdagi   Hakim   At-Termiziy
me’moriy   yodgorligi   kabi   obidalar   ta’mirlanib,   sayyoxlar   ziyorat   qiladigan
ob’ektlarga aylantirildi.
SHuningdek,   tarixiy-me’moriy   yodgorliklar   muxofazasi   borasida   maxsus   tayanch
rejalar ishlab chiqish imkoniyati ham paydo bo‘ldi. Ularga muvofiq faqat qadimiy
shaxarlarning   emas,   balki   ayrim   aholini   punktlarning   Bosh   rejalarini   ishlab
chiqishda ham tarixiy va madaniy yodgorliklar asosiy o‘rinni egallovchi ob’ektlar
bo‘lib   qoldi.   Zamonaviy   urbonik   jarayonining   shiddatli   ravishda   kuchayishi
sababli O‘zbekistonning eng qadimiy shaharlarni batafsil rejalashtirish loyihalarini
ishlab   chiqish   zarurati   paydo   bo‘ldi.   Buxoro,   Samarqand,   Xiva,   SHahrisabz
shaharlari uchun shunday loyihalar ishlab chiqildi. Muxofaza qilinadigan zonalar,
tartibga   solinadigan   qurilishlar   hamda   landshaftni   saqlab   qolish   zonalarining
chegaralari aniq belgilandi. Adabiyotlar
 
1.   Karimov   I.A. O‘zbekistonning o‘z taraQQiyot va yangilash yo‘li.   T.1992   y.
2.   Karimov   I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida.   T. 1997   y.
3.   Karimov   I.A.   IstiQlol va ma’naviyat.   T. 1994   y
4.   Karimov   I.A.   Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘Q. T. 1998   y.
5.   Vremya i preemstvennost v razvitii kulturi.   Saratov. 1991   g.
6.   Globalnie problemi i ob щ echelovecheskie sennosti.   M.1999   g.
7.   Ikonnikova S.   Dialogi o kulture.   L., 1989   g.
8.   Kultura Uzbekistana: Tradisii i sovremennost.   T. 1986   g.
9.   Xayrullaev M.   Madaniy meros va falsafiy fikr tarixi.   T. 1985   y.
10.    M.Abdullaev. Madaniyatshunoslik asoslari.
11. J.Tlanov.   £adriyatlar falsafasi. T

Tarixiy madaniy yodgorliklarni o`rganish va muhofazasini tashkil etish ishlari tarixi Reja: 1.Tarixiy memoriy yodgorliklarni muhofaza qiluvchi muassasalar tashkil etilishi va takomillashtirilishi. 2.Tarixiy memoriy obidalarni saqlanish holati.

SHunday bo‘lsa-da, o‘sha murakkab siyosiy, ijtimoiyi-iqtisodiy sharoitlarda yodgorilklar restav ratsiya va konservatsiyasining ilmiy metodikasining nazariy poydevori yara til di. Bu nazariyalar mutaxassislarning ko‘p yillik kuzatishlari va amaliy taj ri balari o‘sha vaqtda e’lon qilingan ishlarda o‘z aksini topdi. Umuman ma da niyat yodgorliklarning tadqiq etishning me’moriy-arxeologik metodi bo‘ yi cha asosiy konsepsiyalar 1920 yillar oxiriga kelib shakllandi va u 1928 yilda chop etilgan “Restavratsiya masalalari” to‘plamida e’lon qilindi. Ta’kidlash joizki, o‘sha vaqtlarda me’moriy obidalarni muhofaza qilish va ta’mirlash ishlarini ommaviy yo‘lga qo‘yishda kommunistik partiyaning “umumiy tenglik”ga erishishni maqsad qilib olgan siyosati to‘sqinlik qilar edi. Sotsialistik o‘zgarishlarni nazarda tutgan “revolyusion ruh” – yangi va eski shahar o‘rtasidagi tafovutni yo‘q qilish hamda ularni tenglashtirishga, shuningdek, din va qadriyatlarga qarshi qaratilgan g‘oyalarning, ayniqsa sovet hokimiyatining xukmronligi dastlabki o‘n yilliklarida ko‘plab qadimiy shaharsozlik namunalarining buzilishiga olib keldi. Ushbu radikal xarakterga ega bo‘lgan g‘oyalar Toshkent, Samarqand, Buxoro, SHahrisabz va O‘zbekistonning boshqa tarixiy shaharlariga o‘nglab bo‘lmas zarar etkazdi. Binobarin, respublika hukumatining maxsus yo‘riqnomasi asosida 1939 yilning aprel-may oylarida Uzkomstaris faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, uning ixtiyoriga berilgan yodgorliklardan boshqa maqsadlar uchun foydalanilganligi aniqlandi. Jumladan, birgina Buxoro shahri bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruv unda joylashgan Modari Abdullaxonn madrasasi aholiga uy-joy maqsadida berilgani, Abdullaxon nomi bilan bog‘liq yana bir yodgorlik – “Saxarsbыt” tashkiloti uchun omborxona, Kalon masjidi va CHor Minor – “Gortorg” uchun omborxona, Devonbegi madrasi – "Buxkomstaris"ning kanselyariya idorasi uchun va uy-joy maqsadida foydalanilganligi aniqlandi. SHu bilan birga, shahardagi ko‘plab tarixiy yodgorliklar shaharning kengayishi va “obodonlashtiri lishi” oqibatida yo‘q qilindi. Xususan, Buxoro shahrining rekonstruksiya qilinishi va transportning ko‘payishi natijasida Buxoro shahar kengashiga berilgan vakolatdan foydalanib 1939 yilda 6 ta qadimiy shahar

darvozalarini devorlar bilan birga buzib tashladi.YUqorida qayd etilgan ayanchli holatlarga qaramasdan, tarixiy obidalar borasida asta-sekin ilmiy restavratsiya va amaliyot tajribasi ortib bordi va buning natijasida me’moriy yodgorliklarni saqlash bilan bog‘liq bir qator murakkab muhandislik-konstruktiv va me’moriy vazifalarni hal etish imkoniyati tug‘ildi. Bu davrga kelib respublikamizda soha mutaxassislarining iqtidorli yangi avlodi shakllana boshladi. Ular dastlaki ilmiy ekspeditsiyalarni tashkil etib, ko‘plab tarixiy-madaniy, arxeologik va arxitektura yodgorliklarini aniqladi va ularni davlat hisobga ola boshladi. Xisobga olish – qayd qilish hujjatlarini tuzish va tizimlashtirish ham aynan 1920-1930 yillardan boshlandi. Bundan tashqari, O‘zbekistonning turli tumanlarida joylashgan me’moriy obidalarni restavratsiya va konservatsiya qilishning dastlabki ilmiy asoslangan loyihalarini ishlab chiqish ham shu davrga to‘g‘ri keldi. Masalan, aynan shu murakkab davrda Samarqand shahri yodgorliklari bo‘yicha mas’ul V.L. Vyatkin, muhandislar M. F. Mauer va B. N. Kas talskiy ishtirokidagi bir guruh tashabbuskorlar Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasining og‘ib ketgan minorasini to‘g‘rilash bo‘yicha ish olib borib, ijobiy yutuqlarga erishdi. Qadimgi namunalarga o‘xshash qurilish materiallari va qoplama materiallar yaratish uzoq yillar davomida me’moriy yodgorliklarni restavratsiya qilishdagi muamolardan biri bo‘lib keldi. Mutaxassislar va halq ustalarining sa’yi-harakatlari tufayli masala ijobiy hal etilib, obidalarni qayta tiklashda yangi, yuqori pog‘ona qo‘lga kiritildi. Hususan, qoplamani alebastr qorishmasi bilan mahkamlashdan iborat bo‘lgan oddiy konservatsiyadan mozaika, moyolika va o‘yma mayolikani tiklashga o‘tildi. Me’moriy yodgorliklarni muxandislik yordamida zamonaviy usul, asbob-uskunalarni qo‘llangan holda zamonaviy qurilish materiallaridan foydalanishni ham o‘sha davr yodgorliklarining saqlashdagi muhim omil sifatida qayd etish lozim. Bu jarayonda 1937 yildan Samarqand shahrida o‘z faoliyatini boshlagan qadimgi qurilish usullarini o‘rgatishga ixtisoslashgan maktab-ustaxonaning o‘rni katta bo‘ldi. Buxorolik me’mor, mohir ganchkor usta Usta SHirin Murodov o‘z davrining etuk arxitektori hisoblangan B.N. Zasыpkin bilan hamkorlikda ushbu

maktab uchun qadimgi qurilish texnikasi va geometrik ornament usullari sir- sinoatini o‘rgatuvchi o‘quv qo‘llanmasini tayyorlab berdilar. Qo‘lyozmaga 238 sahifadan iborat chizmalar ham ilova qilingan edi. SHu bilan birga, ta’lim jarayonida usta Usmon Umarov, usta SHamsiddin G‘afforov, usto Abdulla Boltaev, Nasim G‘ofurov, usto Muxiddin Raximov kabi mashhur usta- restavratorlar ham faol ishtirok etishdi. Ko‘p vaqt o‘tmasdan, Ibrohim SHermuhamedov, Abdug‘affor Haqulov, Anvar Quliev, Mirumar Azizov, Toshmuqum Qurbonovlar kabi maktab bitiruvchilari etuk usta-restavratorlar darajasiga etishishdi. Ikkinchi jahon urushi yillariga kelib O‘zbekistonda faoliyat olib borgan me’moriy yodgorliklarni muhofaza qiluvchi davlat orani uchun tashkiliy va tuzilmaviy o‘zgarishlarning yangi bosqichi boshlandi. 1943 yilda Uzkomstaris tashkiloti bekor qilinib, O‘zSSR Xalq Komissarlari Soveti qoshida Me’morchilik ishlari bo‘yicha boshqarma tuzildi, boshqarma qoshida esa Me’morchilik yodgorliklarini muhofaza qilish bo‘yicha bo‘lim faoliyat ko‘rsata boshladi. Keyingi amaliyotning dalolat berishicha, ushbu tarkibiy o‘zgarish ko‘plab tarixiy yodgorliklarni yo‘q bo‘lib ketishiga olib keldi. Buning boisi shundaki, arxitektura ishlari qo‘mitasi o‘zining asosiy faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqqan holda mamlakat shahar va qishloqlarida asosan uy-joy va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlarni qurish ishlariga e’tiborni qaratadi. 1950-60 yillarda qo‘mitaning markazdagi rahbar tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan bosh loyihalari, jumladan tarixiy shaharlarda ham yangi binolarni qurishni nazarda tutar edi. Ammo ushbu amaliyot aholining an’anaviy yashash manzillarida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan edi. Respublikadagi Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlarda aholining uy- joylari yodgorliklarga yaqin joylarda joylashganini hisobga oladigan bo‘lsak, bu amaliyot qadimgi binolar uchun zarar etkazishi tabiiy edi. Xususan, reja bo‘yicha olib borilgan ishlarning keng ko‘lamda amalga oshirilishi natijasida Samarqanddagi me’moriy yodgorliklarning yon atrofida, ularning asl qiyofasiga putur etkazadigan inshootlar – ta’lim muassasalari, madaniyat saroylari, kinoteatrlar yoki ko‘p qavatli “quti”lar bilan “to‘ldirildi”. Buxoroda esa aynan shu

davrda, shaharning tarixiy devorlari deyarli tashib ketilib, g‘isht uchun homashyo vazifasini bajardi, shahar markazidagi XVI asrda qurilgan YOr-Muhammad- Otaliq honakosi, Er-Nazar-Elchi madrasasi buzib tashlandi. Ushbu ro‘yxatni yana shu kabi ayanchli hodisalar bilan davom ettirish mumkin. Umuman olganda, agar o‘sha davrda davlatning iqtisodiy-moliyaviy imkoniyatlar cheklangan bo‘lmaganida, shaharlarning bosh loyihalarida ko‘zda tutilgan ishlar to‘liq amalga oshirilar edi. Bu esa hozirgi kunga qadar etib kelgan tarixiy-me’moriy obidalar ro‘xatini yanada cheklab qo‘ygan bo‘lar edi. Boz ustiga, yodgorliklarni muhofaza qiluvchi tashkilotlarning ham moliyaviy imkoniyatlari, kadrlar bilan ta’minlanish darajasi ham o‘ta ayanchli holatga tushib qolgan edi. Mutaxasislar fikricha, XX asrning 20 yillaridan boshlangan mahalliy xalqlar madaniyatini nivelirlash uzviy rivojlanib kelgan ta’lim jarayoni yangicha, Evropacha tartib bilan almashtirildi. Natijada Usta Baqo (Buxorodagi Minorai Kalon me’mori), Me’mor Abdul Jabbor (Samarqanddagi SHerdor madrasasi muallifi) singari me’morlarni etishtirgan ta’lim tizimi tag-tugi bilan yuqotildi. Tamoman yangicha madaniyat yuzaga kela boshladi. Binobarin, O‘rta Osiyoda ham Evropadagi singari o‘zidan oldingi davrda va an’anaviy uslubda kurilgan imoratlarni ta’mirlash uchun maxsus o‘rganish ehtiyoji kelib chiqdi. Boshqacha kilib aytganda, XX asr o‘rtalarida O‘zbekistonda ham ota-bobolari bunyod etgan imoratlarni tiklash uchun maxsus ta’mirchilarni etishtirish zaruriyati sezildi. Vujudga kelgan vaziyat respublikada madaniy yodgorliklarni saqlash bilan bog‘liq tashkilotlar faoliyatida qayta o‘zgarishni taqazo etgan. SHu bois Respublikamizning bir qator jonkuyar, ilg‘or ziyolilar qatlami vakillari tashabbusi bilan 1957 yil 30 avgustda O‘zbekiston Respublikasining № 557 Hukumat Qarori bilan “Moddiy madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish bo‘yicha Komitet» tashkil etildi. Ushbu Komitet qoshida kengash tuzilib, uning tarkibiga YA.G‘ulomov, M.Masson, T.Qori-Niyozov, G.Pugachenkova kabi shu soha mutaxassislari kirgan edi. Kengashning qisqa davr ichida faoliyat olib borishiga qaramasdan (1957–1961 yillar), uning yordamida O‘zbekistondagi mavjud tarixiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan yodgorliklar sezilarli ko‘pchiligini ma’lum