logo

Sanoatda tannarx, foyda va ishlab chiqarish rentabelligi. 33v

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

160 KB
Mavzu:Sanoatda tannarx, foyda va ishlab chiqarish rentabelligi.
Reja:
Kirish.  
1-BOB.Sanoat   korxonalarda   mahsulot   ishlab   chiqarish   tannarxi
shakllanishining nazariy va xuquqiy asoslari.  
1.1.Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi moxiyati va uning xuquqiy asoslari.  
1.2.Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi va uning tarkibiy tasniflanishi  
1.3.Maxsulot   tannarxini     ifodalovchi   ko’rsatkichlar   va   ularni       tahlil   qilish
usullari      
2-BOB.Sanoat   korxonalarida   mahsulot   ishlab   chiqarish   tannarxi   tahlili
2.1.Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tarkibiy tahlili. 
2.2.Mahsulot   ishlab   chiqarish   tannarxi   shakllanishining   korxona   foydasiga
ta’sirining tahlili.
3-BOB.Iqtisodiyotni   modernizasiyalash     sharoitida   korxonada   mahsulot
ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish yo’llari        
3.1. Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari       
3.2. Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxini pasaytirish yo’llari     
Xulosa  
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
                          
1 Kirish
Mavzuning   dolzarbligi.   Mamlakatimizda   ishlab   chiqarishni   modernizasiya
kilish,   texnik   yangilash   va   diversifikasiya   kilish,   inovasion   texnologiyalarni
keng  joriy etish ishlari keng kulamda amalga oshirilmokda. Shu asnoda, mazkur
subyektlar     moliyaviy   munosabatlarini   bozor   talablariga   javob   beradigan
darajada     takomillashtirish,   mahsulot   ishlab   chiqarish   tannarxini   samarali
kamaytirish   orqali     eksport   saloxiyati   yuksaltirish   korxonalarni   kelgusida
muvofakiyatli rivojlanishini  ta’minlaydi.  Shu sababli, glabal moliyaviy inkiroz
sharoitida   moliya-bank   tizimini   qo’llab-   quvvatlash,   sanoat   korxonalarda
mahsulot   ishlab   chiqarish   tannarxini   kamaytirishda     yuzaga   keladigan
muammolarni   xal   etish   va   ularning   moliyaviy   barqarorligini   yanada     oshirish
eng   dolzarb   masalalardan   biri   bo’lib   xisoblanadi.   Prezidentimiz   I.A.Karimov
ta’kidlaganlaridek,   “   Mamlakatimizda   yaratilgan   ishlab   chiqarish   salohiyatidan
foydalanish   borasida   ham   ishga   solinmagan   ulkan   imkoniyatlar   mavjud.   Biz
ishlab     chiqarishni   yangilash   va   modernizasiya   qilish   uchun   katta   mablag’
sarflaymiz,   ko’p     miqdordagi   xorijiy   investisiyalarni   jalb   etamiz.   Lekin   qator
tarmoqlarda   ishlab     chiqarish   quvvatlaridan,   asosiy   fondlardan   to’liq
foydalanishda,   mehnat     samaradorligini   oshirishda   yo’l   qo’yilayotgan
kamchiliklar   mahsulotlar   tannarxining     asossiz   ravishda   o’sib   ketishiga   olib
kelmoqda.   ”   Shuningdek,   yurtboshimizning     ushbu   Jaxon   moliyaviy-iktisodiy
inkirozi,   O’zbekiston   sharoitida   uni   bartaraf     etishning   yullari   va   choralari
asarida   xamda   inkirozga   karshi   choralar   dasturining     anik   bo’limlari   -
belgilangan   kompleks   chora-tadbirlar   quyidagi   asosiy   vazifalarni   xal     etishga
karatilgan.   Jumladan,   “qat’iy   tejamkorlik   tizimini   joriy   etish,   ishlab   chiqarish
xarajatlari   va   mahsulot   tannarxini   kamaytirishni   rag’batlantirish   xisobidan
korxonalarning   raqobatbardoshligini   oshirish.   Shu   maqsadda   2012   yil   xo’jalik
yurituvchi   subyektlarning   iqtisodiyotimizdagi   yetakchi   tarmoq   va   soxalarda
mahsulot     tannarxini   kamida   20   foizga   tushirishga   karatilgan   chora   tadbirlarni
amalga     oshirish     borasidagi   takliflarni   ma’kullanganini   kayd   etish   lozim.
2 Shuning uchun, keng institusional  isloxotlarni amalga oshirish omillaridan biri,
korxonalarning   moliyaviy   barqarorligini   ta’minlash   xamda   xozirgi   glabal
moliyaviy-   iktisodiy   inkiroz   sharoitida   sanoat   korxonalarda   mahsulot   ishlab
chiqarish   tannarxini     kamaytirishdagi   muammolarni   xal   etish   yullarini
moliyaviy-iktisodiy   asoslarini     takomillashtirish   bo’yicha   taklif   va   tavsiyalar
ishlab   chikish   lozimligi   mazkur   bitiruv     malakaviy   ishining   dolzarbligini
bildiradi.     Bitiruv   malakaviy   ishi   mavzusining   o’rganilganlik   darajasi   Mazkur
muammoning   nazariy   asoslari   dastlab   A.Smit,   A.Tyurgo,   J.B.Sey,   I.Shumpetr,
L.Mizes,   F.Xayek   kabi   klassik   iktisodchilar   tomonidan   tadkik   etilgan.
Shuningdek,     Sanoat   korxonalarda   mahsulot   ishlab   chiqarish   tannarxini
kamaytirish   muammolarini     xal   etish   yullarini   garb   va   MDX,   mamlakatlari
iktisodchi   olimlari   A.I.   Agayev,     A.V.Busigin,   B.A.Rayzberg,   V.Radayev,
G.Gross,   D.G.Gozibekov,   J.Filips,     L.I.Abalkin,   M.G.Lapusta,   R.Xizrich,
S.Piters   kabilar   o’z   asarlarida   yoritgan.     Mamlakatimiz   iktisodchi   olimlaridan
A.V.Vaxobov,   A.Sotvoldiyev,     M.B.X,amidullin,   M.Tulaxodjayeva,
M.Sh.Sharifxujayev,   S.S.Gulomov,     X.N.Jamolov,   E.Gadoyev,   Yu.M.Itkin
kabilar o’z asarlarida mahsulot tannarxi va uni  pasaytirish masalalari yoritilgan.
Bitiruv-malakaviy   ishining   maqsadi   va   vazifalari.       Iqtisodiyotni
modernizasiyalash     sharoitida   sanoat   korxonalarda     mahsulot     ishlab   chiqarish
tannarxini   pasaytirish   yullarini   aniqlash   va   bu   bo’yicha   ilmiy   xulosa     va
tavsiyalar   ishlab   chikishdan   iboratdir.     Ushbu   belgilangan   maqsadga   erishish
uchun   quyidagi   muhim   vazifalar     belgilab   olindi:     -   Sanoat   korxonalarda
mahsulot   ishlab   chiqarish   tannarxi   tarkibini   o’rganish;     -   Sanoat   korxonalarda
mahsulot ishlab chiqarish tannarxini shakllantiruvchi  xarajatlarni tahlil kilish; 
3 Mahsulot tannarxining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash;  - Sanoat
korxonalarda   mahsulot   ishlab   chiqarish   tannarxining   korxona   faoliyatiga
ta’sirini   tahlil     kilish;     -   Sanoat   korxonalarda   mahsulot   ishlab   chiqarish
tannarxining   rentabelligini     aniqlash;     -   Iqtisodiy   modernizasiyalash   sharoitida
Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab  chiqarish tannarxini kamaytirish bo’yicha
ilmiy   asoslangan   takliflar   berish;     -   Mahsulot   ishlab   chiqarish   xarajatlarining
korxona umumiy xarajatlari tarkibidagi  o’rniga baho berish.  Bitiruv-malakaviy
ishining  obyekti  va  predmeti.      Mahsulot  ishlab  chikaruvchi   korxonalar   xamda
ularning moliyaviy xisobotlari   mazkur ishimizning obyekti xisoblanadi. Ushbu
sanoat   korxonasida   mahsulot   ishlab     chiqarish   tannarxi,   uni   bugungi   kundagi
holati     va   uni   yanada   kamaytirish   yullarini     aniqlash   mazkur   ishimizning
predmeti   xisoblanadi.     Bitiruv-malakaviy   ishining   nazariy   va   uslubiy   asoslari.
BMI   ning   nazariy   manbasi   sifatida   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
I.A.Karimovning xalkaro mikiyosda yukori baholanayotgan va ijobiy natijalarini
mamlakatning   taraqqiyoti   tajribasi     tasdiqlanayotgan   tanlangan   asarlari
to’plamiga     kiritilgan   kitoblaridan,   kuplab   makola   va   chikishlarida   bozor
iqtisodiyotiga o’tish   borasidagi vazifalari xakidagi asarlari, asos kilib olingan .
Bitiruv   malakaviy     ishning     predmeti   tahlil     kilinayotgan   paytda   biz   shu
masalalarga   bevosita   alokador   bo’lgan     O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi
tomonidan   kabul   qilingan   konunlar,     O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining
Farmoishlari,   O’zbekiston   Respublikasi     Vazirlar   Maxkamasining   karorlari,
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi,  O’zbekiston Respublikasi Markaziy
banki   va   O’zbekiston   Respublikasi   Davlat   solik     qo’mitasining   me’yoriy
hujjatlaridan,   ommaviy   axborot   vositalari   va   turli   matbuot     organlarida   e’lon
qilingan materiallaridan keng foydalanildi.   Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy
tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi  kirish   qismi, uchta bob, xulosa va takliflar va
foydalanilgan adabiyotlar ruyxatidan iborat 
4 1-Bob.   Sanoat   korxonalarda   mahsulot   ishlab   chiqarish   tannarxi
shakllanishining nazariy va xuquqiy asoslari.  
1.1.Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi moxiyati va uning xuquqiy asoslari.  
Mamlakatimiz   bozor   iqtisodiyotiga   bosqichma-bosqich     o’tayotgan   xamda
bugungi   kundagi   jaxon   moliyaviy-iktisodiy   inkirozi   kechayotgan   bir   sharoitda
mamlakatda   raqobatbardosh   mahsulot   (ish,   xizmatlar)   ishlab   chiqarish   katta
ahamiyatga   ega.   Buning   uchun   mamlakatda   iste’molchilar   extiyojini   kondira
oladigan   arzon xamda sifatli mahsulot ishlab chiqarish lozimdir. Bunda asosiy
kuriladigan     masalardan   biri   mahsulot   tannarxini   urganib   uni   imkon   kadar
pasaytirishdan   iborat.     Mahsulot   tannarxi   -   shu   mahsulotni   ishlab   chiqarish
uchun   ketgan   barcha     bevosita   va   bilvosita   xarajatlarning   qiymat   ifodasidir.
Maxslot   (ish,   xizmat)   tannarxi     -   mahsulot   ishlab   chiqarish   jarayonida
foydalaniladigan   tabiiy   resurslar,   xom   ashyo,     materiallar,   yokilgi,   energiya,
asosiy   vositalar,   Mehnat   resurslari,   va   Boshqa     xarajatlarning   qiymat   bahosi.
Sanoat korxonalarda mahsulot tannarxi xisobi Vazirlar maxkamasining 1999  yil
5   fevraldagi   mahsulot   (ishlar,   xizmatlar)ni   ishlab   chiqarish   va   va   sotish
xarajatlarining   tarkibi   xamda   moliyaviy   natijalarni   shakllantirish   tartibi
to’g’risida       NIZOM   ga     muvofiq     amalga   oshiriladi.     Mahsulot   tannarxi
tarkibiga   quyidagi   xarajatlar   kiritiladi.   Bu   xarajatlar     korxona   mahsulot   ishlab
chiqarishda   bevosita   qatnashib   mahsulot   tannarxini     shakllantiradi:       Moddiy
xarajatlar;     Mehnatga   xak   to’lash   xarajatlari;   Ijtimoiy   sug’urtaga   ajratmalar;
Amartizasiya   xarajatlari;     Boshqa   xarajatlar.     Moddiy   xarajatlar   -   ishlab
chiqarishning   asosiy   xarajatlaridan   biri   bo’lib,     mahsulot   (ish,   xizmat)   larga
qarab  jami   ishlab  chiqarish  xarajatlarining  60-80  %     atrofida  bo’lishi  mumkin.
Moddiy xarajatlar o’z ichiga xom ashyo va materiallarga    qilingan xarajatlarni
o’z   ichiga   oladi.   Xom   ashyo   va   materiallarga   qilingan   xarajatlar     deyilganda,
mahsulot sotib olgandan to korxonaga olib kelgunga kadar barcha  komission va
vositachilik   xarajatlar   tushuniladi.     Moddiy   xarajatlarga   quyidagilarni
kiritishimiz   mumkin:     •   Texnologik   maqsadlar   va   xo’jalik   extiyojlariga
5 sarflanadigan   yokilgi   va   energiya     xarajatlari;     •   Yarim   tayyor   mahsulotlarni
sotib olinishi;   • Mahsulotga tara va upakovka uchun xarajatlar;   • Arzon va tez
eskiruvchan   inventarlarning   eskirishi;     •   Tabiiy   resurslardan   foydalanish   bilan
bog’liq   soliqlar   va   ajratmalar;     •   Ichki   ishlab   chiqarish   bilan   bog’liq   brakdan
yuqotishlar;  • Ishlab chiqarish jarayonida xizmat qiladigan transport xarajatlari;
• Ishlab chiqarishda ishtirok etadigan boshqa   xarajatlar.   Mehnatga xak to’lash
xarajatlari   -   bu   korxonaning   asosiy   ishlab   chiqarish     jarayonida   qatnashuvchi
ishchi   va   xodimlar   mehnat   xaqlari,   jumladan     rag’batlanttiruvchi   va
kompensasion   to’lovlar   uchun   xarajatlardir.     Mehnatga   xaq   to’lash   xarajatlari
o’z ichiga quyidagilarni oladi:  • Lavozimdagi okladi, tarif stavklaraiga muvofiq
anik   bajarilgan   ishlar   uchun     to’lovlar;     •   Ishchilarga   ma’lum   bir   tartibda
berilgan   mahsulot   qiymati;     •   Ishlab   chiqarish   natijalari   uchun   okladga
qo’shimcha     mukofot   va   ustamalar;     •   Ishchilarga   tekin   ko’rsatiladigan
kommunal   xizmatlar,   oziq   ovqat,   uy-   joy   xaqini     to’lash   uchun   xarajatlar;     •
Ishchilarga   to’lanadigan   boshqa   ko’rinishdagi   xarajatlar.     Mahsulot   tannarxi
shakllanishida ta’sir etuvchi xarajatlardan biri ijtimoiy  sug’urta  fondiga ajratma
xisoblanadi.   Bu   ajratma   korxonada   shakllanadigan   ish   xaqi     fondiga   nisbatan
xisoblanadi.   Korxonada   qancha   ish   xaqi   fondi   shakllansa,   shu     summaga
nisbatan   25   foiz   ajratiladi.   Bunda   25   %   dan   24,8   %   i   davlat   pensiya     fondiga
o’tkaziladi, 0, 1% i bandlik fondiga, kolgan 0,1 % i kasaba uyushmalari fondiga
o’tkaziladi.                 Umuman olganda bu 25 %li ajratma davlatning iqtisodiyotni
tartibga   solib   turishda     xamda   davlat   pensiya   fondini   shakllantirishda
foydalaniladi.   Ish   xaqi   fondi     ishchilarga   mehnat   xaqi   to’lash   uchun
shakllansada,   lekin   unga   qo’shimcha     tarzda     korxonaning   o’zi   bu   fondga
nisbatan ijtimoiy sug’urta  fondiga ajratma to’lashga  majburdir. Shuning uchun
amaliyotda   korxonalar   ishchilarga   ish   xaqi   xisoblashda     albatta   bu   ajratmani
xam   xisobga   oladi.     Mahsulot   ishlab   chiqarish   tannarxiga   kiruvchi   boshqa
xarajatlar.   Bu     xarajatlarga   korxona   mulkini   majburiy   sug’urta     kilish,
belgilangan   tartibdagi   safar     xarajatlari,   kadrlar   tayyorlash   bo’yicha   xarajatlar,
aloqa   xizmatlari   uchun   to’lovlar,     brak   tufayli   kelib   chiqadigan   yo’qotishlar,
6 yong’indan saqlash va qo’riqlash   xarajatlari, ijara xarajatlari va boshqa barcha
ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan   xarajatlar.   Milliy iqtisodiyotdagi  ishlab
chiqarish   birliklari   (korxona)   o’z   faoliyati     natijalaridan   ko’prok   daromad
olishga   xarakat   qiladi.   H,ar   qanday   korxona   nafaqat     o’zining   tovarini   ancha
yukori   baholarda   Sotishga,   balki   mahsulot   ishlab   chiqarish   va     uni   Sotishga
kilinadigan   sarf-   xarajatlarni   kamaytirishga   xam   intiladi.     Tovarlarni   Sotish
baholari   asosan   korxona   faoliyatiga  bog’liq  bo’lmagan     tashqi    sharoitlar   bilan
belgilansa,   ishlab   chiqarish   sarf-   xarajatlari   korxonaning     ishlab   chiqarish   va
tayyor   tovarlarni   Sotish   jarayonlarini   tashkil   qilish   samaradorligi     darajasiga
bog’liq. Lekin xar qanday tovarni ishlab chiqarish va Sotish uchun  ma’lum sarf
xarajatlar   talab   etiladi.     Ishlab   chiqarish   sarf-xarajatlari   deganda   tovar   va
xizmatlarni   ishlab   chiqarish     va   iste’molchilarga   yetkazib   berishga   kilinadigan
barcha sarflar tushuniladi.  Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo,
asosiy   va  yordamchi     materillar,  yonilgi   va  energiya  uchun  qilingan  xarajatlar,
asosiy   kapital     amortizasiyasi,   ish   xaqi     va   ijtimoiy   sug’urtaga   ajratmalar,   foiz
to’lovlari   va   boshqa     xarajatlar   kiradi.   Ishlab   chiqarishga   qilingan   barcha   sarf-
xarajatlarning   puldagi     ifodasi   mahsulot   tannarxini   tashkil   qiladi.   Ishlab
chiqarish   xarajatlarini   ikkiga   bo’lib         qadoqlash,   saralash,   transportga   ortish,
tashish   va   saqlash   xarajatlari     qo’shimcha   muomala   xarajatlari   xisoblanadi.
Muomala xarajatlarining bu   turlari  ishlab chiqarish    xarajatlariga   yaqin turib,
tovar   qiymatiga   kiradi     va   uning   qiymatini   oshiradi.   Xarajatlar   tovarlar
sotilgandan keyin  olingan pul tushum summasidan qoplanadi.
   1.1.1-chizma  Korxonada maxsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan bog’liq
xarajatlar
 o’rganish  mumkin: bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari.
Bevosita   ishlab   chiqarish   xarajatlari   deganda   mahsulotni   bevosita   ishlab
chiqarish     uchun   kilinadigan   barcha   sarflar   (ish   xaqi,   xom   ashyo   va   material
sarflari,     amortizasiya   va   x.k)   tushuniladi.   Tovar   birligining   qiymatida   ishlab
chiqarish     xarajatlari   faqat     uning   bir   qismini   tashkil   qiladi.   Ishlab   chiqarish
xarajatlari   tovar     qiymatidan   foyda   mikdoriga   kam.   Muomala   xarajatlari
7 tushunchasi tovarlarni Sotish  jarayoni bilan bog’liq bo’lib, shu tovarlarni ishlab
chiqaruvchidan olib, iste’molchiga   yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi.
Ular ikki guruxga bo’linadi: qo’shimcha     muomala xarajatlari va sof muomala
xarajatlari.   Tovarlarni   o’rash,   chizmada     korxonada   mahsulot   ishlab   chiqarish
xamda muomala xarajatlari   va ularning   tarkibini ko’rishimiz mumkin. Demak
bunda   ishlab   chiqarish   xarajatlariga   yukorida     ta’kidlaganimizdek   xom   ashyo
materiallari, yoqilgi  va moylash  xarajatlari, ish xaqi        xarajatlari, amartizasiya
xarajatlari,   amartizasiya   xamda   boshqa   xarajatlar   kiritilgan.     Muomala
xarajatlari   davr  xarajatlari  ham   deb ataladi.  Sof   muomala  xarajatlari    (sotuvchi
maoshi va boshqalar), marketing (iste’molchilik talabini o’rganish),  reklama  va
shu     kabi     xarajatlardan   iborat   bo’ladi.   Sof     muomala     xarajatlari     tovar
qiymatini   oshirmaydi   va   ishlab   chiqarish   jarayonida   yaratilgan   tovarni
sotgandan     keyin   olingan   foyda   hisobidan   koplanadi.   Hozirgi   zamon   sarf-
xarajatlar   g’oyasi     bo’yicha   korxona   ishlab   chiqarish   jarayonida
foydalaniladigan   resurslar   o’z   resurslari     yoki   jalb   qilingan   resurslar   bo’lishi
mumkin.   Shunga   ko’ra   xarajatlar   ichki   yoki     tashqi     xarajatlarga   bo’linadi.
Tashqi     xarajatlar   korxona   o’zi   uchun   zarur   resurs   va     xizmatlarga   to’lovlarni
amalga oshirishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir.  Bunday xarajatlarga
yollanma   ishchilar   ish   xaqi,   xom   ashyo   va   materiallar   uchun     to’lovlar,   kredit
uchun   foiz   to’lovlari,   ijaraga   olingan   yer   uchun   renta,   transport     xizmati   va
boshqa   xar   xil   xizmatlar   uchun   to’lovlar   kiradi.   Tashqi     xarajatlar   to’lov
xujjatlari   bilan   rasmiylashtiriladi,   shu   sababli   buxgalteriya   xarajatlari   deb   xam
ataladi.  Korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan resurslar foydalanish bilan bog’liq
xarajatlar   ichki   xarajatlar   deyiladi.   Bunday   xarajatlar   pul   to’lovlari   shaklida
chiqmaydi.   Shu   sabali   ichki   xarajatlar   darajasini   baholash   o’z   resurslari
qiymatini     shunga   o’xshash   resurslarning   bozor   baholariga   taqqoslash   orqali
amalga oshiriladi.
1.1.2-chizma     Ishlab   chiqarish   xarajatlarining   ichki   va   tashqi     xarajatlarga
ajratilishi  Mazkur korxona doirasida tadbirkorlik faoliyatini ushlab turish uchun
zarur     bo’lgan   to’lov-normal   (me’yoridagi)   foyda   xam,   renta   va   ish   xaqi   bilan
8 birga   xarajatlarning tarkibiy qismi  xisoblanadi.   Sarf xarajatlar  ichki va tashqi
xarajatlarga   ajratish,   korxona   iktisodiy   faoliyati     samaradorligini   oshirish
yo’llarini qiyosiy tahlil   kilish imkoniyatini beradi.   Ishlab chiqarish xajmining
o’zgarishiga  bog’liqlik darajasiga  karab  doimiy  va    o’zgaruvchi  xarajatlar  ham
farqlanadi.     Ishlab   chiqarish   xajmining   o’zgarishiga   (kiskarish   yoki   ortishi)
bog’liq     bo’lmagan   tovarlarning   xajmiga   ta’sir   etmaydigan   xarajatlar   doimiy
xarajatlar     deyiladi.     Doimiy   xarajatlar   ishlab   chiqarish   xajmiga   bog’liq
bo’lmaydi, uning o’sishiga   xam bevosita ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning
har   qanday,   xatto   nolinchi     xajmida   xam   mavjud   bo’ladi.   Bunga   korxonaning
to’lov majburiyatlari (zayomlar  bo’yicha foiz va boshqa), soliqlar, amortizasiya
ajratmalari,   ijara   xaqi,   qo’riqlash     xizmatiga   to’lov,   uskunalarga   xizmat
ko’rsatish   sarflari,   boshqaruv   xodimlari   maoshi     va   shu   kabilar   kiradi.
O’zgaruvchi   xarajatlar   ishlab   chikariladigan   tovar   mikdorini   oshishiga   yoki
kamayishiga   ta’sir   qiladi   va   ishlab   chiqarish   xajmi   o’zgarishiga   bog’liqlikda
o’zgaradi.   Unga   xom   ashyo,   material,   yonilgi-transport   xizmati,   ishchilar   ish
xaqi   va     shu   kabilarga   kilinadigan   sarflar   kiradi.   Ishlab   chiqarishning   xar   bir
darajasida     doimiy   va   o’zgaruvchan   xarajatlar   yigindisi   umumiy   yoki   yalpi
xarajatlarni tashkil  qiladi.  Mahsulot birligini ishlab chiqarishga kilinadigan sarf
xarajatlarni   xisoblash     uchun   O’rtacha   umumiy,   O’rtacha   doimiy   va   O’rtacha
o’zgaruvchan   xarajatlar     tushunchalaridan   foydalanadi.     O’rtacha   umumiy
xarajatlar   yalpi   (umumiy)   xarajatlarning   ishlab   chikarilgan     tovar   mikdoriga
nisbatiga teng. O’rtacha doimiy xarajatlar doimiy xarajatlarni ishlab  chikarilgan
mahsulot   mikdoriga   bulish   yuli   bilan   aniklanadi.   O’rtacha   o’zgaruvchan
xarajatlar   o’zgarvchi   xarajatlarni   ishlab   chikarilgan   mahsulot   mikdoriga   bulish
yuli   bilan aniklanadi.   Eng yukori darajada foyda olishga erishish uchun tovar
ishlab   chiqarishning     zarur   mikdorini   aniqlash   zarur.   Bunda   iktisodiy   tahlil
vositasi   bo’lib   qo’shimcha   .     xarajat   tushunchasi   xizmat   qiladi.   Avvalo
qo’shimcha     xarajat   deb,   keyingi   kushilgan     mahsulotlarning   xar   bitta   birligini
ishlab   chiqarish   bilan   bog’liq   qo’shimcha   .     xarajatlarga   aytiladi.   Kushimacha
xarajatlarni xar bir navbatdagi chikarilgan   qo’shimcha   mahsulot birligi uchun
9 aniqlash mumkin.  Korxona foydalanadigan kuplab resurslar mikdori, ya’ni jonli
Mehnat,   xom-   ashyo,   yonilgi   va   energiya   sarflari   tovar   xajmining   o’zgarishiga
tez va oson ta’sir   qiladi. Boshqa resurslar sarfi ta’sirida tovar xajmi o’zgarishi
uchun   uzoq   vakt   talab     kilinadi.   Masalan,   og’ir   sanoat   tarmoqlarining   ishlab
chiqarish   quvvatlari   ancha   uzoq     vakt   oralig’ida   mahsulot   mikdorini
o’zgartirishiga   ta’sir   kilishi   mumkin.   Demak,     ishlab   chiqarish   xarajatlarini
xisobga  olishga  vakt  omili,  ya’ni   xarajat  qilingan   pirovard  natijasi   olinguncha
o’tgan   davr   sezilarli   ta’sir   ko’rsatadi.   Shu   sababli   vakt     omilidan   kelib   chikib,
ishlab   chiqarish   xarajatlarini   kiska   va   uzoq   muddatli   davrda     aloxida   tahlil
kilinadi.     Korxona   ishlab   chiqarish   xajmini   o’zgartirish   uchun   kiska   muddatli
davrda   faqat    o’zining o’zgaruvchi xarajatlari  mikdorini  o’zgartirishi  mumkin.
Bu   kiska     muddatli   xarajatlardir.     Ishlab   chiqarish   quvvatlari   esa   (ishlab
chiqarish   inshoatlari   maydoni,   mashina     va   uskunalar   mikdori)   doimiy   bo’lib
koladi, xamda bu davr faqat   ulardan   foydalanish darajasini o’zgartirish uchun
yetarli bo’lishi mumkin.  Uzoq muddatli davr - bu korxonaning ishlab chiqarish
quvvatlarini   xam   o’z     ichiga   olgan,   bugun   band   bo’lgan   resurslari   mikdorini
o’zgartirish uchun yetarli  bo’lgan davrdir. Bu davr davomida Boshqa tarmoqlar
faoliyat   kilib   turgan   korxonalar     mazkur   tarmoqka   kirib   kelishi   mumkin.     Bu
yerda   shuni   ta’kidlash   lozimki,   ishlab   chiqarish   quvvatlarining   o’zgarishi
takozo   qilingan   kiska   va   uzoq   muddatli   davr   davomiyligi   ayrim   tarmoq   va
korxona   xususiyatidan kelib chikib farqlanish mumkin. Masalan, yengil sanoat
tarmogida     kiyim   kechak   ishlab   chikaradigan   kichkina   firma,   bir   necha
qo’shimcha  tikuv  mashina urnatish bilan o’zining ishlab chiqarish quvvatlarini
kiska   vaktda   (bir   necha     kunda)   oshirish   mumkin.   Og’ir   sanoat   tarmoqlarida
yangi   quvvatlarni   ishga   tushirish     uchun   bir   necha   yil   talab   kilinadi.   Okibat
natijasida   barcha   xarajat   turlari   o’zgaradi   va     o’zgaruvchi   mikdorlar   bo’lib
qoladi.    
1.2. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi va uning tarkibiy tasniflanishi.  
Iqtisodiyotni   erkinlashtirish   sharoitida     eng   asosiy   masalalardan   biri
mamlakatda   jaxon   talablariga   javob   beradigan,   sifatli,   raqobatbardosh
10 mahsulotlar     ishlab   chiqarish   xisoblanadi.   Bunda   ko’riladigan   asosiy   maqsad
arzonrok xamda   raqobatbardosh, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishdan iborat.
Buning   uchun   ishlab     chikarilayotgan   mahsulot   tannarxi   o’rganib,   uni   imkon
qadar   pasaytirish   katta     ahamiyatga   ega.     Mamlakatimizda   mahsulot   (ish,
xizmat)lar xisobi 1999 yil 5 fevraldagi 54- sonli karoriga ilova Mahsulot(ishlar,
xizmatlar)ni ishlab chiqarish va Sotish   xarajatlarining tarkibi xamda moliyaviy
natijalarni   shakllantirish   tartibi   to’g’ri   sidagi   Nizomga   muvofiq   amalga
oshiriladi.     Bugungi   kunda   amalda   bo’lgan   ushbu   Nizomga   muvofiq   mahsulot
(ish,  xizmat)ni ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradigan moddalar sirasiga
o’zgartirishlar   kiritilgan.   Mahsulot   tannarxiga   kiritiladigan   xarajatlar   tarkibini
aniqlashdan maqsad:  1. Buxgalteriya xisobi schyotida jami xarajatlar tug’risida
to’liq   va   aniq     ma’lumotlarga   ega   bo’lish,   korxona   faoliyatini   rentabelligi   va
bozor iqtisodiyoti   sharoitida raqobatbardoshliligini aniqlash;   2. Mahsulot (ish,
xizmat)lar   tannarxini   anik   xisob-kitobini   kilish;     3.   Mahsulot   tannarxiga
kiritilmaydigan   xarajatlarni   aloxida   tarkiblash   va   ularni     moliyaviy
natijaviylikka   boglash;     4.   Ishlab   chiqarish   xarajatlarini   yuzaga   chikishi   va
javobgarlik   markazlari   bo’yicha     xisobga   olish   va   nazorat   kilish;     5.   Solik
to’lanadigan   bazani   anik   xisob-kitobini   yurtish   va   bu     orqali   ishlab   chiqarish
xarajatlari   xamda   korxona   sarflarini     Boshqarishni   tashkil   etishdan   iboratdir.
Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   Xo’jalik   yurituvchi   subyektlarning   ishlab
chikarayotgan   mahsulotlari   tannarxini   tahlil     kilishda   quyidagilarga   alohida
e’tibor   qaratiladi:   • Ishlab chiqarish xarajatlarini o’rganish   va ularning holati
ga   baho   berish;     •   Mahsulot   tannarxini   pasaytirish   bo’yicha   belgilangan   rejani
bajarilishi   va     dinamikasini   nazorat   kilish;     •   Ishlab   chiqarish   xarajatlarini
iktisodiy   elementi   va   kalkulyasion   moddalari     bo’yicha   o’rganish     va   ularga
baho berish;  • Mehnat unumdorligi bilan ish xaqi xarajatlari urtasidagi nisbatni
o’rganish ;   • Tannarxning o’zgarish sabablarini aniqlash va unga ta’sir etuvchi
omillarni     mikdor   jixatidan   xisoblash;     •   Ayrim   turdagi   mahsulot   tannarxini
xarajat   moddalari   bo’yicha   tahlil     etish;     •   Tannarxni   pasaytirish   bo’yicha
mavjud imkoniyatlarni aniqlash va xakozo.
11 Mahsulot  (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va cotish xarajatlarining   tarkibi
xamda   moliyaviy   natijalarni   shakllantirish   tartibi   to’g’risidagi   Nizomga
muvofiq   ishlab   chiqarish   xarajatlarini   xisobga   olishning   umumiyligi
ta’minlangan.   Buning yakunida mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va
cotish   xarajatlarini     rejalashtrish,   tahlil     etish   va   nazorat   kilishga   imkoniyat
tugiladi.     Mazkur   Nizom   buxgalteriya   xisobi   maqsadlarida   va   Soliqqa     tortish
maqsadlarida   xarajatlarni   xisoblash   tartiblaridagi   farqlanishlarini   xisobga   olib
ishlab     chikilgan.   Bunda   tahlil     kilishning   asosiy   maqsadi   Xo’jalik   yurituvchi
subyektlarning     bozor   iqtisodiyoti   sharoitlarida   raqobatga   bardoshligini
aniqlashdir.     Nizomda   buxgalteriya   xisobi   bo’yicha   foyda   bilan   Soliqqa
tortiladigan   foyda     urtasidagi   tafovutlarga   izox   berilgan.     Soliqqa     tortiladigan
foyda buxgalteriya xisobidagi foydadan farq kilishining  sababi shundaki, davlat
solik   siyosatiga   muvofiq   amaldagi   solik   konunchiligi     bo’yicha   korxona
xarajatlarining   bir   qismi   Soliqqa     tortiladigan   bazaga   kirmaydi.     Nizomda
moliyaviy   natijalarni   shakllantirishning   asosiy   koidalari   va   xarajatlarni
guruxlash berilgan. Birinchi ilovada korxona xisobot davridagi balans foydasini
xisoblashda   chegiriladigan,   lekin   Xo’jalik   subyektining   Soliqqa     tortiladigan
bazasiga   kushiladigan   xarajat   moddalari   berilgan.   Ikkinchi   ilovada   xarajatlar
amalga  oshirilishi paytida Soliqqa  tortiladigan bazadan chegirilmaydigan, lekin
keyingi     davrlarda   chegiriladigan   xarajatlar   ruyxati   berilgan   (vakt   bo’yicha
farqlanishlar).   Uchinchi ilovada foydasi emas, daromadi Soliqqa   tortilayotgan
korxonalar     uchun   qo’shimcha     chegirilmaydigan   xarajatlar   ruyxati   berilgan.
Bugungi kunda xo’jalik yurituvchi subyektlarning mahsulotlari tannarxini  tahlil
kilishda   asosiy   axborot   manbalari   bo’lib   quyidagilar   xisoblanadi:     •   Xo’jalik
subyektlarining   biznes     reja   ma’lumotlari;     •   5-S   “Korxona   sarf-xarajatlari
to’g’risida”gi  xisoboti  ma’lumotlari;    • 1-T “Mehnat  xisoboti” ma’lumotlari;   •
Buxgalteriya   xisobining   ishlab   chiqarish   xarajatlarini   xisobga   olib   boruvchi
schyot ma’lumotlari va boshqa turdagi qo’shimcha  ma’lumotlar. 
Mahsulot   (ish,   xizmat)   larni   ishlab   chiqarish   tannarxi   ishlab   chiqarish   yoki
kayta   ishlash   jarayonida   ishlatilgan   tabiiy   resurslar,   xom-   ashyo,   materiallar,
12 yokilgi,   energiya, asosiy vositalar (amortizasiya), Mehnat rusurslari va Boshqa
ishlab     chiqarish   bilan   bog’liq   xarajatlarining   qiymat   kurinishini   ifoda   etadi.
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga ishlab chiqarishni tashkil kilish  uslubi
va   texnologiyasi   bilan   belgilangan   mahsulotni   ishlab   chiqarish   (ish,   xizmatlar
bajarish)   bilan   bevosita   bog’liq   xarajatlar   kiritiladi.   Bularga:   bevosita   va
bilvosita     moddiy   xarajatlar,   bevosita   va   bilvosita   Mehnat   xarajatlari,   ishlab
chiqarish   yo’nalishidagi ustama xarajatlar xamda Boshqa bevosita va bilvosita
xarajatlar   kiradi.     Ishlab   chiqarishning   moddiy   xarajatlari   tarkibiga   quyidagilar
kiradi:     -tashqaridan   sotib   olinadigan   ishlab   chikariladigan   mahsulot   tarkibiga
kirib,  uning asosini tashkil etadigan yoki mahsulot tayyorlashda (ish bajarishda,
xizmat     ko’rsatishda)   zarur   komponent   xisoblanadigan   xom-ashyo   va
materiallar;     -mahsulotni   urash   xamda   Boshqa   ishlab   chiqarish   zaruriyatlari
uchun  sotib    olingan  materiallar,  ta’mirlash  uchun   extiyot  qismlar,  moslamalar
va Boshqa Mehnat   buyumlari;   -texnologik maqsadlar, binolarni isitish, barcha
turdagi   energiyani   ishlab     chiqarish   uchun   sarflanadigan   chetdan   sotib   olingan
yokilgining xamma turlari;  -korxonaning texnologik, tarnsport va Boshqa ishlab
chiqarish,   shuningdek,     Xo’jalik   zaruriyatlariga   sarflanadigan   sotib   olinadigan
barcha   turdagi   energiya;     -tabiiy   kamayishining   me’yor   chegarasidagi   moddiy
resurslarning   kamomadi     va   bo’zilishlaridan   yukotishlar;     Ishlab   chiqarishdagi
mex;natga   x;ak   to’lash   xarajatlariga   quyidagi     moddalar   kiradi:     -korxonada
kabul   qilingan   Mehnatga   xak   to’lash   shakl   va   tizimlariga     muvofiq   ishbay
xaklari,   tarif   stavkalari   va   mansab   okladlari   asosida   xakikiy     bajarilgan   ishlar
uchun   ishlab   chiqarishdagi   xisoblangan   ish   xaqi;     -natura   shaklida   xak   to’lash
tartibi   bo’yicha   beriladigan   mahsulot   qiymati;     -amaldagi   tartiblarga   ko’ra
rag’batlantiruvchi   to’lovlar,   jumladan,   ishlab   chiqarish   natijalari   uchun
mukofotlar (natural mukofotlarni kushgan xolda) ta’rif  stavkalari va okladlarga
kasb   maxorati   uchun   qo’shimcha     ustama   to’lovlar,   amaldagi     konunchilikka
muvofiq kup yillik xizmatlari uchun (shu Xo’jalikda bir ixtisoslikdagi   ish staji
uchun)   ishlab   chiqarish   xodimlariga   beriladigan   takdirlanishlar,   mukofotlar,
kasb   maxorati   uchun   ta’rif   stakalar   va   okladlarga   nisbatan)   ustama   to’lovlar,
13 xarakatdagi konunchilikka muvofiq kup yillik xizmatlari uchun ishlab chiqarish
xodimlariga   beriladigan   takdirlashlar;     -   ish   rejimi   va   mehnat   sharoitlari   bilan
bog’liq   tovon   to’lovlari,   jumladan,     tungi   ish   vakti,   ish   vaktidan   so’nggi   ish
uchun   to’lovlar.     Amaldagi     Nizomga     muvofiq     xo’jalik     yurituvchi
subyektlarning   barcha   xarajatlari quyidagi  guruxlarga ajratiladi:   1)  Mahsulot
ishlab   chiqarish   tannarxiga   kushiladigan   xarajatlar;     A)   Ishlab   chiqarish
tannarxiga   kushilmaydigan   xarajatlar,   ammo,   davr   xarajatlariga     kushiladigan
xarajatlar (asosiy faoliyatdan kurilgan foydani aniqlash uchun);  2) Korxonaning
umumxo’jalik     faoliyatidan   kurgan   foyda   yoki   zararini   aniqlashda     xisobga
olinadigan  moliyaviy   faoliyat   xarajatlari.     3)   Favkulodda  zarar   (solik  to’lashga
kadar   aniklanadigan   foydani   xisoblashda     ishtirok   etadigan).         Xo’jalik
yurituvchi   subyektlarning   xarajatlarini   yukoridagi   tarkib   bo’yicha
guruxlanganda,xar bir gurux xarajatlari quyidagicha turkumlanadi:  1. Mahsulot
ishlab chiqarish tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar    quyidagicha turkumlanadi:
a)   Bevosita   va   bilvosita   moddiy   xarajatlar;     b)   Bevosita   va   bilvosita   mehnat
xarajatlari;     v)   Ishlab   chiqarishdagi   ma’muriy   xarajatlar.     2.   Davr   xarajatlari
quyidagicha   turkumlanadi:     a)   Sotish   bo’yicha   xarajatlar;     b)   Boshqaruv
xarajatlari; 
v)   Boshqa   muomala   xarajatlari   va   zararlar.     3.   Moliyaviy   faoliyat   bo’yicha
xarajatlar   quyidagicha   turkumlanadi:     a)   Foizlar   bo’yicha   sarflar;     b)   Chet   el
valyutasi   kursi   o’zgarishidan   kurilgan   zarar;     v)   K,immatli   kog’ozlarga
qo’yilgan mablag’larni kayta baholashdan kurilgan  zarar;  g) Moliyaviy faoliyat
bo’yicha boshqa sarf xarajatlar.  4. Favkulotda zararlar odatda turkumlanmaydi.
Ishlab   chiqarish   va   noishlab   chiqarish   xarajatlari.     Mahsulot   ishlab   chiqarish
bilan   bog’liq   xarajatlarga   ishlab   chiqarish     xarajatlari   deb   ataladi.   Ularga
quyidagilar   kiradi:     -   Moddiy   xarajatlari;     -Mehnat   xaki   xarajatlari;     -Ishlab
chiqarish bilan bog’liq ma’muriy xarajatlar.  Bevosita moddiy xarajatlari mehnat
xaki bilan birgalikda dastlabki  xarajatlarni tashkil etadi.  Mehnat xaki va ishlab
chiqarish   xarakteridagi   ma’muriy   Boshqaruv     xarajatlari   birgalikda   konversiya
xarajatlarini   tashkil   etadi.     Moddiy   xarajatlari   konversiya   xarajatlari   bilan
14 birgalikda   tulik   ishlab     chiqarish   tannarxini   tashkil   etadi.     Noishlab   chiqarish
xarajatlari.  Ishlab chiqarish bilan bog’liq bulmagan barcha xarajatlarga noishlab
chiqarish   xarajatlari   deb   ataladi.   Ular   tarkibiga   Sotish   bilan   bog’liq   xarajatlar,
ilmiy     tekshirish   va   tadkikot   xarajatlari,   umumiy   va   ma’muriy   Boshqaruv
xarajatlari,     Boshqaruv   xarajatlari,   olingan   kredit   uchun   foiz   to’lovlari   va
Boshqa ishlab chiqarish  bilan bog’liq bulmagan, xarajatlar kiritiladi.  Mahsulot
tannarxini   umumlashtiruvchi   ko’rsatkichlar   quyidagilarni   tashkil     etadi.     1.   Bir
so’mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajat; 
2.   Takkoslanadigan   mahsulot   tannarxi;     3.   Mahsulot   birligining   tannarxi.
Xo’jalik   yurituvchi   subyektlarning   faoliyatidagi   xarajatlarni   yukoridagi
kurinishda   turkumlash   bilan   bir   katorda   yana   quyidagi   xususiyatlari   bo’yicha
%am   tasniflab   chikishimz   mumkin.     Yuzaga   chikish   shakliga   ko’ra:     •   asosiy
ishlab chiqarish xarajatlari;  • moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar;  • tasodifiy,
favkuloddagi   xarajatlar.     Mahsulot   tannarxiga   kushilishiga   ko’ra:     •   mahsulot
ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;    • mahsulot  ishlab chiqarish
tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlar.   Yuzaga chiqish o’rni bo’yicha:   • bo’lim
bo’yicha   qilingan   xarajatlar;     •   sex   bo’yicha   qilingan   xarajatlar;     •   uchastka
bo’yicha qilingan xarajatlar va xakozo.   Sotish xajmiga xisobdan chiqarilishiga
ko’ra:  • mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari;  • davr xarajatlari.  Davriga ko’ra:
• joriy davr xarajatlari;   • kelgusi davr xarajatlari.                         Soliqqa   tortiladigan
foyda summasini  aniqlashda  xisobga                                   olinishiga ko’ra:    • Soliqqa
tortiladigan bazaga kayta kushiladigan doimiy tafovutlar;  • Soliqqa  tortiladigan
bazaga   kushiladigan   davri   bo’yicha   tafovutlar;     •   Soliqqa     tortiladigan   bazani
aniqlashda   xisobga   olinmaydigan   xarajatlar.     Mahsulot   xajmining   o’zgarishiga
muvofiq:  • o’zgaruvchan xarajatlar; 
•   o’zgarmas   xarajatlar.     Mahsulot   tannarxiga   kushilishiga   karab:     •   to’g’ri
xarajatlar   (bevosita);     •   egri   xarajatlar   (bilvosita).     Moliyaviy   natijalarga
daxlsizligi   bo’yicha:     •   mahsulot   tannarxiga   kushiladigan   xarajatlar;     •   foyda
xisobidan   koplanadigan   xarajatlar.     Tahlil     etishda   o’rganish     obyekti   va
maqsadidan   kelib   chikkan   xolda   korxona     xarajatlarining   u   yoki   bu   turkumi
15 bo’yicha   o’zgarishlar   va   o’zgarish   sabablariga   baho     beriladi.   Taqqoslash   yoki
kiyosiy   o’rganish   da   joriy   davr   va   utgan   yil   ma’lumotlari,     biznes   reja
ko’rsatkichlari, O’rtacha ko’rsatkichlar va tarmoq bo’yicha Boshqa  ma’lumotlar
olinadi.   Taqqoslashda   ko’rsatkichlar   bo’yicha   mutlok   o’zgarishlar   nisbiy
ko’rsatkichlarni qo’llash orqali to’ldiriladi.   
  1.3. Maxsulot tannarxini   ifodalovchi   ko’rsatkichlar va ularni tahlil qilish
usullari.        Yuqorida keltirilgan xarajatlarning turkumlanishi, ta’kidlanganidek,
korxona   rahbariyati   tomonidan   rejalashtirish,   tahlil,   qilish   soliqlarni     tug’ri
hisoblash va tulanishi uchun ishlatiladi. Shuningdek, xarajatlarni   nazorat qilish
maqsadida ularni samarali sarflanishini, mahsulot ishlab  chiqarish va realizsiya
qilish   hajmi   oshishini,   uning   sifatini   oshirilishini     ta’minlash   uchun   uchun
ishlatiladi.   Shu   bilan   birga   xarajatlar   nazoratini     tug’ri   va   ustalik   bilan   olib
borish   uchun   ularni   ifodalovchi     kursatkichlarni   bilish   va   ishlata   olish   zarur.
Ularga quyidagilar kiradi:   ishlab chiqarish xarajatlari turlari buyicha summasi;
xarajatlar dinamikasi;  xarajatlar darajasi va ularning farqi; 
bazis   davri   va   biznes   reja   ma’lumotlari   bilan   solishtirilishi   natijasida
xarajatlarning   mutloq   va   nisbiy   farqlari;     Ishlab   chiqarish   xarajatlari   summasi
korxona,   bulim   buyicha   alohida     mahsulot   (ish,   xizmat)   turlarining     aniq     bir
davri   uchun   ishlab   chiqarish     xarajatlarining   puldagi   uzgarishini   xarakterlaydi.
Ular asosida, ishlab  chiqarish xarajatlari hajmiga, bir necha yillik dinamikasiga
va ularning   uzgarishi  tug’risidagi  axborotlarga miqdoriy baho berish mumkin.
Bu   kursatkich   menedjerlarga   xarajatlarni   ular   turlari   buyicha   va   butunlay
rejalashtirish,   shuningdek,   zarur   bulgan   tovar-material   zahiralarini,     mehnat   va
moliyaviy   resurslarni   sotib   olish   buyicha   pul   mablag’larini     ajratish   uchun
kerakdir.     Xarajatlar   tarkibi   ularning   umumiy   summasi   tarkibidagi   alohida
xarajat   turlarining   ulushini   aniqlash   bilan   birga   xom   ashyo   va   materiallar
ishlatiladigan,   avtomatlashtirilgan,   mehnat   va   mexanizasiya   darajasi     yuqori
bulgan   korxonalarning   materialtalabligini   va   mehnattalabligini     tahlil   qilish
uchun   zarurdir.   Xarajatlar   tarkibining   uzgarishini   urganish     kelgusi   davr
xarajatlari   tarkibini   yaxshilash   va   ularning   samaradorligini     oshirish   buyicha
16 boshqaruv   qarorlarini   qabul   qilish   uchun   asos   bo’ladi.     Xarajatlar   tarkibini
aniqlash   uchun   ma’lumotlar   moliyaviy   hisobatning     «Daromadlar   va   zararlar
haqida   hisobat»   2-shakl,   «Buxgalteriya     balansiga   ilova»   5-shakllardan,
shuningdek,   «Ishlab   chiqarish   xarajatlari     haqida   xisobat»   statistik   hisobatdan
olinadi.   Xarajatlar darajasi bu tayyor, tovar yoki sotilgan   mahsulot bir sumiga
to’g’ri   keadigan   xarajatlardir.   Bu   xarajatlar   samaradorligini,     dinamikasini   va
ularning nisbiy farqini hisoblash uchun zarur bo’ladi. 
Xarajatlar   darajasi   (Xd)   asosiy   faoliyat   xarajatlarini   (Afx)   sotilgan     mahsulot
hajmi   (M)   ga   nisbati   bilan   aniqlanadi.     Xd   =Afx   :   M.100       Ishlab   chiqarish
xarajatlari   darajasini   hisoblash   uchun   ma’lumotlar   2   –     shakl   «   Moliyaviy
natijalar   to’g’risida»gi   hisobatdan   olinadi.       Xarajatlar   dinamikasi   xarajatlar
summasi   va   darajasini   utgan   va     bazis   davriga   nisbatan   uzgarishini
xarakterlaydi. U mutloq va nisbiy  farqlarda usish sur’atida kupayish tezligi kabi
kursatkichlar   bilan     aniqlanadi.       Masalan,     realizasiya   qilingan   mahsulotlar
iishlab chiqarish tannarxi  2011 yili 6947 ming summani, 2012 yili 11427 ming
sumni   tashkil     qilgan.     Xarajatlarning   mutloq   kupayishi   4480   ming   sumni
(11427- 6947), usish sur’ati – 164,5% (11427:6947x100) ni, kupayish tezligi –
64,5% (1645-100)ni, tashkil qilgan ko’rsatkichning kupayishi 69,5 ming  sumni
tashkil   qilganligi   uning   mutloq   mohiyatini   belgilash   uchun   ham     asos   bo’ladi.
Bizning misolimizda xarajatlarning 1,0 % ga kupayishi  (yoki kamayishi) utgan
yilga   nisbatan   xarajatlarni   69,5   ming   sumga     uzgarishi   mumkin.       Xarajatlar
dinamikasini ifodalovchi kursatkichlar tahlilchilar va  auditorlarga to’g’ri xulosa
chiqarib, tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish   imkonini beradi. Menejerlar uchun
xarajatlarni   kamaytirish   va   tejash     buyicha   boshqaruv   qarorlarini   qabul   qilish
uchun asos bulib xizmat  qiladi.   Xarajatlar dinamikasini urganishda daromadlar
umumiy   summasini,   sof   tushumni   va   xarajatlarning   umumiy   miqdori   uzgarish
su’ratini     solishtirish   zarur.   Daromadlar   usish   sur’atining   xarajatlarga   nisbatan
balandligi foyda va rentabellikni ortishini kursatadi, ya’ni bu korxona   faoliyati
samaradorligining   oshganligidan   dalolat   beroadi.       Xarajatlarning   mutloq   farqi
haqiqatda qilingan xarajatlarni biznes- reja yoki bazis   davri ma’lumotlari bilan
17 solishtirish   orqali   hisoblanadi.     Bu   kursatkich   asosida     qilingan   xarajatlarning
miqdor   jihatdan   uzgarish     haqida   xulosa   qilinadi,   masalan,   necha   summaga
butun xarajatlar yoki   ularning turlari buyicha oshganligi   aynan shu yo’l bilan
aniqlanadi.       Xarajatlar   uzgarishini   aniqroq   ifodalash   uchun   ularning   nisbiy
chetlanishini   hisoblash   zarur,   ya’ni   bazis   davri   yoki   biznes-rejaga     nisbatan
xarajatlar   buyicha   tejalishini   yoki   ortiqcha   sarf   qilinishini     aniqlash   lozim
bo’ladi.       Nisbiy   farq   ishlab   chiqarish   tannarxi   darajasini   aniqlash   bilan
hisoblanadi.       Xarajatlar   buyicha   tejash   yoki   ortiqcha   sarf   qilinganligini,   ya’ni
xarajatlarni  nisbiy   farqlarini  aniqlash  uchun  xarajatlarni   haqiqiy  va  bazis     davr
daraja   kursatkichlari   orasidagi   farqni   haqiqatda   realizasiya   qilingan     mahsulot
summasiga kupaytirish yo’li bilan aniqlash mumkin.   D Xar   as.fao   (Dar   xaq.
xar  -Dar) . Real xaq  baz. xar  Bunda: D Xar  as. fao.   - xarajatlarni nisbiy farqi
(tejam yoki ortiqcha sarf);  Dar  xaq. xar  - xarajatlarning haqiqiy darajasi;  Dar
baz. xar  – xarajatlarning asos davridagi darajasi;  
  Real haq   - hisobat davrida haqiqatda realizasiya qilingan mahsulot   summasi.
Keyinchalik   ichki   va   tashqi   omillarni   korxonaning   xarajatlar   hajmiga     ta’sirini
hisoblash   va   urganish   zarur.   Korxonaning   xarajatlar   darajasiga     va   summasiga
ta’sir   qiluvchi   asosiy   omillarga   quyidagilar   kiradi:   Ishlab   chiqarilgan   va
realizasiya qilingan mahsulot hajmi; Xom ashyo va material xarajatlari;   Ishlab
chiqarish   xodimlari   va   boshqaruv   personalining   miqdoriy   va   sifat     tarkibi;
Ishchilarning mehnat unumdorligi;  Boshqa tashkilotlarning xizmatlari va ta’rifi;
Asosiy   vositalar   va   nomoddiy   aktivlarning   ishlatilishi   samaradorligi;   Joriy
(oborot)   mablag’larining   ishlatilish   samaradorligi;     Xaridorlar   va   mol   yetkazib
beruvchilar   bilan   shartnomaning   uz   vaqtida     va   sifatli   tuzilishi   va   tulov-hisob
intizomining tashkil etilishi.  Bu omillarning har biri u yoki bu xarajatlarga ta’sir
qilib uzining  hisoblash usuliga ega. Korxona rahbarlari, analitiklar va auditorlar
xarajatlarni   urganish   va   tahlilchi   qilishida   bu   omillarning   ta’sirini     hisoblashni
bilishi   kerak,   har   bir   faktorni   alohida   tahlil   qilib,   ular   asosida     mablag’larning
tejamkorlik   bilan   sarflanishi   va   kamayish     imkoniyatlarini   aniqlab,   xarajtlar
samaradorligi   buyicha   boshqaruv     qarorlarini   qabul   qilish   uchun   tegishli   va
18 tavsiyalar   maslahatlar   ishlab     chiqarishlari   lozim.       Hisoblash   uchun
ma’lumotlarni   «Foyda   va   zararlar   tug’risida»gi   2-   shakl,     ya’ni   moliyaviy
hisobotdan     olamiz.   Shuning   bilan   birga   xarajatlarni   uzgaruvchi   va   shartli
doimiy   xarajatlarga   bulinishini   hisobga     olish   kerak.   Uzgaruvchi   xarajatlarga
«sotilgan   tovarlar,   mahsulot,   ish,     xizmat   tannarxi»ni   va   «tijorat   xarajatlari»ni
kiritish   mumkin.   Doimiy     xarajatlarga   (ishlab   chiqarish   hajmiga   va   mahsulot
realizasiyasiga   tobe     bulmagan)   quyidagilar   kiradi:   «Boshqaruv   xarajatlari»,
«Realizasiyaga     taalluqli   bulmagan   xarajatlar»   va   «Favqulodda   xarajat»lar.
Uzgaruvchi  xarajat   moddalari   yuqorida  ta’kidlanganidek  ishlab   chiqarilgan va
realizasiya qilingan mahsulot hajmiga tobe bulib, ularning  uzgarishiga muvofiq
ravishda   uzgaradi.       Uzgaruvchi   moddalar   summasiga   realizasiya   qilingan
mahsulot     hajmi   uzgarishining   ta’sirini   aniqlash   uchun   realizasiya   qilingan
tovarlar     summasining   farqini   sotilgan   tovar,   mahsulot,   ish,   xizmatlarning
tannarxini   bazis   darajasiga   kupaytirish   kerak.   Hisob   quyidagi   formula     orqali
amalga oshiriladi:  ∆ Xar = (Real  haq. sotil  – Real  bazis sotil  ) . 
19 2-Bob. Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tahlili
2.1.Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tarkibiy tahlili  
Mamlakatimiz   ishlab   chikaruvchilari   raqobatbardoshligini   oshirish,
mahsulotlarini ichki va tashqi  bozorda Sotish xajmini kengaytirish, shuningdek
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2008   yil   28   noyabrdagi   PF-4058-sn
farmoni     bilan   tasdiqlangan   Iqtisodiyotning   real   sektori   bazaviy   tarmoqlari
korxonalarini     qo’llab-quvvatlash,   ularning   barqaror   ishlashini   ta’minlash   va
eksport   saloxiyatini     oshirish   chora-tadbirlari   dasturiga   va   Vazirlar
maxkamasining   26-sonli   K,aroriga     muvofiq   yirik   sanoat   korxonalari,   xo’jalik
birlashmalari   tomonidan   O’zbekiston     Respublikasi   Iqtisodiyot   vazirligi   va
Moliya   vazirligi   bilan   birgalikda   tanqidiy   tahlil       asosida   texnologiya
jarayonlarini   xamda   xom   ashyo,   materiallar   va   energiya     resurslari   sarfi
normalarini   maqbullashtirish,   quvvatlardan   foydalanish   darajasini     kupaytirish
va Mehnat unumdorligini oshirish, foydalanish va qo’shimcha  sarf  xarajatlarni
qisqartirish,   xarid   kilinadigan   xom   ashyo   materiallar   va   butlovchi     buyumlar
qiymatini   pasaytirish,   xodimlar   xisobini   maqbullashtirish     xisobiga     sanoat
mahsulotlari   tannarxini   kamaytirishga   yo’naltirilgan   kompleks   chora   tadbirlar
ishlab  chikildi xamda xo’jalik birlashmalari va yirik sanoat korxonalarida ishlab
chiqarish     tannarxini   qisqartirishning   yig’ma   parametrlari   tasdiqlandi.   Mazkur
tasdiqlangan     yig’ma   parametrlarga   muvofiq   ishlab   chiqarish   tannarxini
kamaytirish     darajasi       respublika   bo’yicha   o’rtacha   20,6%   kilib   belgilandi.
Quyida   «URG-ANTEP-YASHAM”   qo’shma   korxonasi     tomonidan   sotilgan
mahsulot   tannarxining   2011-2012   yillar   davomida   o’zgarish   tendensiyasini
20 ko’rib  chiqamiz.  2.1.1.-jadval  «URG-ANTEP-YASHAM” qo’shma korxonasi
tomonidan   2011-2012   yillarda       sotilgan   mahsulot   tannarxining   tarkibiy   tahlili
(ming so’mda)   № Xarajat elementlari 2011 yil 2012 yil   Xarajat % da Xarajat
% da   1 Ishlab chiqarish moddiy   xarajatlari   5419302,57 69 4247754,84 70   2
Ishlab   chiqarish     xususiyatiga   ega   bo’lgan     mehnatga   xak   to’lash     xarajatlari
1256649,87 16 940574,286 15,5   3 Ishlab chiqarishga tegishli   bo’lgan ijtimoiy
sug’urtaga     ajratmalar     282746,221   3,6   212387,742   3,5     4   Ishlab   chiqarish
ahamiyatiga ega bo’lgan  asosiy vositalar va   nomoddiy aktivlar   amartizasiyasi
785406,17   10   546139,908   9     5   Ishlab   chiqarish     ahamiyatiga   ega   bo’lgan
boshqa   xarajatlar     109956,864   1,4   121364,424   2     JAMI   7854061,7   100
6068221,2   100     Manba:   “   URG-ANTEP-YASHAM   ”   qo’shma   korxonasining
2011-2012 yillar uchun tuzilgan  statistik  xisoboti ma’lumotlari    2.1.1-jadvalda
«URG-ANTEP-YASHAM”   qo’shma   korxonasi     tomonidan   sotilgan     mahsulot
tannarxining   2011-2012   yillar   davomida   o’zgarish   tendensiyasini     ko’rishimiz
mumkin.   Qo’shma   korxonada   yillar   davomida   mahsulot   ishlab   chiqarish     va
Sotish xajmi kamayib borgan, ya’ni bu 2011 yilda 7854061,7 ming so’m bo’lsa,
2012   yilga   kelib   bu   mikdor   6068221,2   ming   so’mni   tashkil   etib,   o’tgan   yilga
nisbatan     77,3   %   ga   kamaygan.   Shunga   mos     ravishda     ishlab     chiqarishda
sarflangan   moddiy     xarajatlar   2011   yilda   5419302,57   ming   so’m   bo’lsa,   bu
mikdor   2012   yilga   kelib     4247754,84   ming   so’mga   aylangan.   Ishlab   chiqarish
xususiyatiga   ega   bo’lgan         mehnatga   xak   to’lash   xarajatlari   2011   yilda
1256649,87   ming   so’m   bo’lsa,   bu   mikdor     2012   yilga   kelib   940574,286   ming
so’mga   aylangan.   Ishlab   chiqarishga   tegishli     bo’lgan   ijtimoiy   sug’urta
ajratmalari   2011   yilda   282746,221   ming   so’m   bo’lsa,   bu     mikdor   2012   yilga
kelib   212387,742   ming   so’mga   aylangan.   Ishlab   chiqarish     ahamiyatiga   ega
bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar 2011 yilda 785406,17  ming so’m
bo’lsa, bu mikdor 2012 yilga kelib 546139,908 ming so’mga aylangan.   Ishlab
chiqarish   ahamiyatiga   ega   bo’lgan   boshqa   xarajatlar   2011   yilda
109956,864ming   so’m   bo’lsa,   bu   mikdor   2012   yilga   kelib   121364,424   ming
so’mga     aylangan.   Bundan   ko’rinadiki   qo’shma   korxonada   mahsulot   ishlab
21 chiqarish   xarajatlari  mahsulot  xajmi  kamayishi    xisobiga  kamaygan. Umuman
olganda   bu     ko’rsatkichlarning   xar   biri   shu   yillar   davomida     kamayish
tendensiyasiga     ega.     Faqatgina   amartizasiya   xarajatlari   to’g’ri     chizikli   usulda
xisobga olib borilganligi   uchun uncha katta o’zgarish bo’lmagan. Bunda 2012
yil   asosiy   vositalarni   kayta     baholash   xamda   yangi   ishlab     chiqarish     uchun
asosiy   vositalar   olinganligi   xisobiga     shu   yilda   unga   nisbatan   xisoblangan
amartizasiya summasi xam oshishi kuzatilgan.  Mahsulot ishlab chiqarish xajmi
ma’lumotlardan   ko’rinadiki   2011   yilda   oldingi   yilga     nisbatan   mahsulot   ishlab
chiqarish xamda Sotish xajmi ko’proq   oshgan bo’lsa, 2012   yilda o’tgan yilga
nisbatan   mahsulot   Sotish   xajmi   pasayib   borganligini   ko’rishimiz     mumkin.
Demak,   shuni   aytish   mumkinki   “URG-ANTEP-YASHAM”   qo’shma
korxonasida  2011  yilda  mahsulot   ishlab  chikarish    xamda     Sotish     belgilangan
tartibda olib borilib, mahsulot Sotish xajmini oshirishga   erishilgan. Buni ijobiy
baholashimiz mumkin.
3-BOB.Iqtisodiyotni   modernizasiyalash   sharoitida   sanoat     korxonalarida
mahsulot tannarxini pasaytirish   yo’llari  
3.1. Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari  
Mehnat   unumdorligini   oshirish,   xomashyo   va   material,   yoqilg’i   va
elektroenergetika   xarajatlarini   kamaytirish,   xizmat   ko’rsatish   va   boshqarish
sarflarini     qisqartirish,   ishlab   chiqarishdan   tashqari,   xarajatlarni   tejash   sanoat
mahsuloti     tannarxini   pasaytirishning   eng   muhim   manbalari   hisoblanadi.
Mehnat   unumdorligini   oshirish   uchun   yangi   texnika,   texnologiya   jarayonlarini
va ishlab chiqarishni o’stirish yoki tashkil etishning ilg’or usullarini joriy qilish
orqali     har   bir   mehnatchi   tomonidan   tayyorlanayotgan   mahsulotni   ko’paytirish
kerak   bo’ladi.     Bu   holda   har   bir   mahsulot   birligiga   sarflanadigan   ish   haqi
qisqaradi,   ammo     ishchining   umumiy   ish   haqi   esa   ortib   boradi.   Mehnat
unumdorligi ish haqiga nisbatan   jadal o’sgandagina tannarx pasayadi.   Mehnat
unumdorligining   o’sish   mohiyati   shundan   iboratki,   bunda   mahsulot     ishlab
chiqarishga ketadigan jonli  mehnat ulushi  kamayadi, ilgari                       sarflangan
mehnatning   ulushi   esa   ortadi,   biroq   mahsulot   birligi   uchun   ketadigan   mehnat
22 sarfi     qisqaradi.     Material,   yoqilg’i   va   elektr   energiya   xarajatlarini   kamaytirish
uchun   ularni     tejab   sarflash,   qimmatbaho   materiallarni   arzon,   Lekin   yaxshi
materiallar   bilan     almashtirish,   ularni   sotib   olish   va   korxonaga   keltirish   bilan
bog’liq   bo’lgan   sarflarni     qisqartirish   kerak   bo’ladi.     Xizmat   ko’rsatish   va
boshqarish   uchun   ketadigan   xarajatlarni   qisqartirishga   esa     tarmoq   va
korxonalardagi ma’muriy boshqaruv apparatining sarflarini kamaytirish,  asbob-
uskuna,   bino   va   inshootlarni   saqlash,   yoritish,   isitish   uchun   ketadigan
mablag’larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi.  Unumsiz xarajatlarni (jarima
to’lash, penya va hokazolar) tugatish mahsulot   tannarxini pasaytirishda muhim
ahamiyat   kasb   etadi.     Texnika   taraqqiyoti   ishlab   chiqarishni   tashkil   etishning
ijtimoiy   shakllarini     takomillashtirishning,   ishlab   chiqarishni   rasional
joylashtirish, ishlab chiqarish va 
mehnatni   korxonaning   ichida   uyushtirishni   yaxshilash   mahsulot   tannarxini
pasaytirishning   ta’minlovchi   omillari   bo’lib   hisoblanadi.   Masalan,   texnika
taraqqiyoti     mahsulot   tannarxini   pasaytirishning   barcha   manbalariga   ta’sir
ko’rsatadi.   Ishlab     chiqarishni   elektrlashtirish   va   elektronizasiyalash   hamda
kompleks   avtomatlashtirish,     ximiyalash   mahsulot   tayyorlash   uchun
sarflanadigan solishtirma xarajatlarni  kamaytiradi.  Har bir korxonada mahsulot
tannarxini pasaytirish darajasini hisoblash uchun  eng avvalo undagi rezervlarni,
ya’ni   foydalanilmayotgan   imkoniyatlarni   aniqlash     kerak.   Ular   ko’zga
tashlanadigan,   yuzaki,   juda   murakkab,   ko’z   ilg’amaydigan     bo’lishi   mumkin.
Faqat   chuqur,   har   taraflama   iqtisodiy-texnik   tahlildan   keyin   ularni     aniqlash,
topish mumkin bo’ladi.  Rezervlar har xil belgilarga qarab guruhlarga ajratilishi
mumkin.   Ular   eng     avvalo   to’planish   joyiga   qarab   ichki   ishlab   chiqarish   va
tashqi   rezervlarga   ajraladi.     Tashqi   rezervlarga   tarmoqlar   bo’yicha   rezervlar,
regional   (hududiy)   va   tabiiy-   ekologik   rezervlar   kiradi.     Rezervlar   safarbar
etilishi   muddati   bo’yicha   joriy   va   istiqbolli   rezervlarga     ajraladi.     Rezervlarni
ishlab   chiqarish   jarayonlarining   elementlari   bo’yicha   ham     guruhlarga   bo’lish
mumkin. Bunday rezervlarga mehnat, moddiy va asosiy  fondlardan foydalanish
rezervlari kiradi.  Korxona yoki tarmoq faoliyatini tahlil etish uchun rezervlarni
23 ikkiga   bo’lib     ko’rish   mumkin:     -   tashkiliy-texnikaviy   rezervlar;     -   ijtimoiy-
iqtisodiy   rezervlar.     Mana   shu   yuqorida   keltirilgan   barcha   rezervlar,   ya’ni
foydalanilmayotgan     imkoniyatlarni   safarbar   etish,   ishga   solish   hamda   shu
asosda   tannarxni   keskin     pasaytirish   uchun   bir   qator   omillardan   keng
foydalanish   va   ularni   hisoblab   chiqish     kerak.   U   ishning   metodikasi,   usulini
“Korxonalar   faoliyatini   tashkil   etish,     rejalashtirish   va   boshqarish”   fanidan
o’qiladigan ma’ruzalarda, amaliy 
mashg’ulotlarda   chuqqurroq   va   har   tomonlama   tushuntirib   beriladi.     Mahsulot
tannarxini   rejalashtirish   mehnat,   moddiy   va   moliyaviy   mablag’lardan     oqilona
foydalanish   asosida   ishlab   chiqarishning   yuqori   samaradorligiga   erishishga
qaratilgandir. Tannarx rejasi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:  1. Mahsulot
tannarxini   pasaytirish   rejasi;     2.   Mahsulot   tannarxini   kalkulyasiya   etish;     3.
Ishlab   chiqarish   xarajatlari   smetasi;     4.   Tovar   va   sotiladigan   mahsulot
tannarxining   hisobi.     Tannarx   rejasi,   ikki   bosqichda   ishlab   chiqiladi.   Birinchi
bosqichda,   eng   avvalo,     hisobot   yilida   rejalarning   bajaralishi   tahlil   etiladi,
mahsulot   tannarxini   pasaytirish,     foyda   va   rentabellikni   oshirish   rezervlari
aniqlanadi   va   aniqlangan   rezervlardan     foydalanish   tadbirlari   belgilanadi,   reja
loyihasi   ishlab   chiqiladi.   Ikkinchi   bosqichda     esa   rejaning   uzil-kesil   loyihasi
ishlab   chiqiladi   va   bu   reja   topshiriqlari   korxona     bo’limlariga   yetkaziladi.
Mahsulot   tannarxi   va   uni   pasaytirish   topshiriqlari   davlat   va   korxona   rejasida
yuqoridan belgilanmaydigan, aksincha, korxonalarning o’zida hisob qilinadigan
ko’rsatkich   hisoblanadi.   Shunga   qaramay,   mahsulot   tannarxi   sanoat
ko’rsatkichlaridan   biri   bo’lib   qolaveradi.   Chunki   sanoat   mahsuloti   tannarxini
pasaytirish ishlab chiqarishning rentabellik darajasini oshirish rezervlaridan biri
hisoblanadi.   Mahsulot   tannarxi   qanchalik   past   bo’lsa,   albatta,   boshqa   shart-
sharoitlar     bir   xil   bo’lgan   holda   (masalan,   xuddi   o’sha   mahsulotning   narxi
barqaror  bo’lganda)     uni  Sotishdan  kelgan  foyda  ham   shunchalik  ko’p  bo’ladi.
3.2.   Sanoat   korxonalarida   mahsulot   tannarxini   pasaytirish   yo’llari         Mahsulot
ishlab   chiqarish   xarajatlarining   uzluksiz   pasayishi   bozor     iqtisodiyotida   ishlab
chiqarish usulining konuniyatidir. U Mehnat unumdorligining  tuxtovsiz o’sishi,
24 Mehnatkashlar   madaniy,   texnikaviy   darajasini   yuksalishi,   moddiy     va   Mehnat
resurslaridan   rasional   foydalanish,   Xo’jalik   yuritish   usullarining
takomillashtirishi bilan ta’minlanadi. 
Ishlab   chiqarish   xarajatlarini   pasaytirishning   ahamiyati   yildan   yilga   oshib
bormokda,   chunki   uni   pasaytirishning   xar   bir   foizi   absolyut   xajmni   oshirib
yuboradi.     Ya’ni   korxonada   ishlab   chikarilayotgan   mahsulotning   tannarxini   1
%ga   kamaytirish     evaziga   korxona   ancha   mikdorda   moliyaviy   resurslarini
iktisod kilishga erishadi. Bu  xar qanday korxonaning oldiga turgan eng dolzarb
masalalrdan   biri   xisoblanadi.     Ishlab   chiqarish   xarajatlarining   pasaytirishning
yullarini   keltiramiz.   Ishlab     chiqarish   xarajatlarining   pasaytirishda   ishlab
chiqarishning   texnikaviy   darajasini     oshirish   katta   ta’sir   ko’rsatadi.   Yangi
texnikani   joriy  kilish   va   mahsulot   tayyorlash     texnologiyasini   takomillashtirish
jarayonalaring   kamayishiga   kompleks   ta’sir     ko’rsatadi.   Ular   moddiy
resurslardan   yanada   samaralirok   foydalanish,   buyumlarni     tayyorlashga
ketadigan   Mehnat   sarfini   kamaytirish   imkonini   beradi.     Amaldagi   jixozlarni
zamonaviylashtirish   xamda   kullanilayotgan   texnikadan     foydalanishni   xisobiga
ishlab chiqarish xarajatlarini anchagina kamaytirishga erishish   mumkin. Yangi
texnika   va   progressiv   texnologiya   asosida   utgan   va   jonli   Mehnatni     tejashga
erishiladi. Moddiy resurslarda buyumlashgan utgan Mehnatni tejash xuddi   shu
mikdordagi   xom-   ashyo   va   materiallardan   ko’prok   mahsulot   ishlab   chiqarish
imkonini   beradi;   jonli   mehnat   sarfini   tejash   mahsulot   unumdorligini   oshirish
imkonini beradi, ya’ni xar bir ishchiga xisoblanaganda ko’prok mahsulot ishlab
chiqarishga imkon yaratadi. Bunga fan-texnika tarakkiyoti yordam beradi. Yangi
texnika   va   ilg’or   texnologiya   ishlab   chiqarishni   Boshqarishni   takomillashtirish
asosida   Mehnat   unumdorligi   oshib   boradi   bu   esa   ishlab   chiqarish   xarajatlarini
kamaytirishga   olib   keladi.     Moddiy   va   pul   mablag’larini   sarflashda   kat’iy
iktisodiy   tejashga   rioya   kilish     katta   ahamiyatga   ega.   Asbob   uskunalarni
asrashga   doir   sarflarini   kamaytirish,     material   shuningdek   ishlab   chiqarish
chikindilaridan   maksimal   foydalanish.   Brak     natijasida   ruy   beradigan
nobudgarchiliklarni   kamaytirish   fondlarining   samaradorlik     darajasini   oshirish,
25 ish xaqi fondini rasional sarflash sex va umumzavod xarajatlarini  kamaytirish -
bularning   barchasi   u   yoki   bu   darajsida   mahsulotning   arzonlashuviga     ta’sir
ko’rsatadi. 
Moddiy texnika ta’minotini yaxshilash ishlab chiqarish xarajatlarini  kamaishiga
olib   keladi.   Korxonaning   xom-ashyo   material,   yokilgi   va   energiya     yetkazib
berishning   o’zilib   kolishi   ishlab   chiqarish   ritmini   bo’zishga   bekor   turtib
kolishlariga   oy   oxirida   xaybarakallachilikka   va   okibat   natijada   unumsiz
xarajatlarga     olib   keladi.   Korxona   iqtisodiyotga   xaddan   tashqari   normativdan
ortikcha   zapaslarni     bo’lishi   xam   salbiy   ta’sir   ko’rsatadi.   Zahira   kupayib
ketganda   oborot   mablag’lari     oshib   ketadi,   moliyaviy   axvol   yomonlashadi,
ishlab   chiqarishning   rentabelligi     pasayib   ketadi.     Ishlab   chiqarish   xarajatlarini
kamaytirishga Mehnatni tashkil etishda   takomillashtirish ta’sir ko’rsatadi. X,ar
qanday   texnikadan   xatto   yangisidan   xam     ishlab   chiqarishni   to’g’ri     tashkil
kilmay   turib,   maksimal   ravishda   foydalanish     mumkin   emas.   Shuning   uchun
texnologik   prosesslarni   mexanizasiya   va     avtomatlashtirish   bilan   bir   katorda,
Mehnatni   ilmiy   asosda   tashkil   etishga   katta     e’tibor   berish   kerak.     Mahsulot
tannarxini  pasaytirishda  xisobotning roli kattadir. Xisob olib borish   yokilgi va
energiyadan,   xom   ashyo   va   materiallardan   rasional   foydalanishga   yordam
beradi,   xarajatlarni   kamaytirish   va   korxona   jamgarmasini   oshirish   ikonini
beradi.     Kolektivning   kuchini   yetishtirilladigan   mahsulotning   tannarxini
pasaytirishga     karatish   uchun   ishlab   chiqarishga   kilinadigan  xarajatlarni   to’g’ri
rejalashtirish   va     xisobga   olish   zarur.   Iktisod   kilish   yullarni   aniqlash   ortikcha
xarjatlarning   sababini     ochib   tashlash   uchun   bu   xarjatlarni   doimi   tahlil     kilib
turish   kerak.   Ishlab   chiqarish     xarajatlarini   kamaytirish   rejasining   bajarilishini
tahlil  kilish ishlab chiqarish  rentabelligining oshishi uchun korxonadagi barcha
ishlarning takomillashtirshiuchun  muxim ahamiyatga ega. Lekin tahlil faqatgina
tannarxning   pasaytirsh   rejasini     bajarilishiga   kuyilgan   baho   bilan
chegaralanmaydi,   u   ishlab   chiqarish   xarajatlarini     yanada   kamaytirish   uchun
taxlikiy   va   texnikaviy   xarakatlarni   xam   kurishi   kerak.     Mahsulot   ishlab
chiqarishni   tahlil     kilishning   ishchilarning   aktiv   ishtirok     etishlari   uni
26 pasaytirishning   muxim   yulidir.     Xarajatlar   korxonaga   bog’liq   bulmagan
omillarga   karab   o’zgaradi.   Masalan;   resurs   narxi   xar   xil   xizmat   xakkining
tebranishi korxona xoxishidan kat’iy nazar  xarajatlarni o’zgartiradi. Korxonada
ishlab chiqarish kulami kengaysa, resurslar sarfi   kiskaradi, chunki ular kamrok
isrof   etiladi.   Resurslarni   tejovchi   texnologiya   joriy     etilganda   xarajatlar   keskin
kiskaradi. O’rtacha xarajatlar Mehnat unumliga nisbatan  teskari mutanosiblikda
o’zgaradi.   Mehnatni   unumigning   ortishi   xam   moddiy   xam     Mehnat   sarfini
kiskartiradi   bozordagi   narx   binobarin   tovar   barqaror   sharoit   Mehnat
unumdorligi   xarajatlari   pasaytirish   orqali   foydani   kupaytiradi.     Xarajatlarni
doimiy   ravishda   pasaytirib   borish   korxona   foydasini   oshirishning     asosiy
vositasi   bo’lib   xizmat   qiladi.   Zero   mahsulot   bahosi   tarkibining   asosiy
elementlari bu xarajat va foydadir. Binobarin xarajatlar qanchalik kiskarib borsa,
shunga mos foyda oshib boradi.  Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish asosiy
yo’nalishlaridan     biri   bu   fan   texnika   tarakkiyotining   yutuklaridan   okilona
foydalanishga     erishishdir.   Fan   texnika   tarakkiyoti   yutuklaridan   foydalanish
mavjud   ishlab   chiqarish     quvvatlaridan,   xom-ashyo   materiallaridan   yokilgi
resurslaridan   yanada   tularok     foydalanishga   imkon   beradi.   Shuningdek   yangi
unumdorligi   yukori   bo’lgan     samarador   mashina,   dastgoxda   yangi   texnologik
jarayonlar yaratish, uni ishlab  chiqarish joriy etish pirovard natijada korxonada
ishlab   chiqarish   samaradorligini     oshirishga   sharoit   yaratadi.   Fan   texnika
tarakkiyoti   ning   20-asr   ikkinchi   yarmidagi     o’ziga   xos   jixati   prinsipal   yangi
texnologik usulga utilishi bilan xarakterlanadi. Uning  mavjud texnologik ishlab
chiqarish usullaridan ustunligi faqat   nisbatan yukori   iktisodiy samaradorligida
emas,   balki   sifat   nuktai   nazaridan   moddiy   ne’matlar   va     xizmatlarni   ishlab
chiqarish imkoniyatidir. Xarajatlarni  pasaytirish  asosiy    yo’nalishlardan  biri  bu
ishlab   chiqarish   va   Mehnat   tashkil   etishning     takomillashtirishdir.   Ushbu
yo’nalish   ishlab   chiqarishda   yukotishlarni   kamaytirish     yuli   bilan   xarjatlarni
pasaytirish   bu   esa   o’z   navbatida   jonli   Mehnatni   iktisod   kilishga     ya’ni   ishlab
chiqarish   unumdorligini   oshishiga   olib   keladi.     Samaradorlik   iktisodiy
kategoriya   sifatida   odamlarni   ayrim   extiyojlarini     kondirishga   karatilgan
27 mahsulotlar   kobiliyatlarini   anglatadi.   Samaradorlik   mikdoriy   ulchov   darajsiga
ega   bo’ladi.   Iqtisodiyotda   eng   avvalo   yukori   samaradorlik   kupincha
imkoniyatlari bilan birgalikda istyemol kilishdan xosil bo’lgan samaradorlikning
yuksalishini   izoxlaydi.   Barcha   samaradorliklar   majmuasi   eng   yukori   maksimal
samaradorliklardan   iborat   ekanini   izoxlash   kiyin   emas.   Xar   bir   istyemol
kilinayotgan     yangi   tovar   o’zining   eng   yukori   samaradorlik   darajasiga   teng
samaradorlik   darajasini     kengaytiradi.     Maksimal   samaradorlikni   pasaytiruvchi
konunga   ko’ra   navbatdagi   xar   bir     istyemol   kilinayotgan   ne’matni   yukori
samaradorlik   darajsi   oldingi   bosqichga     nisbatan   past   bo’ladi.     Demak,   bir
ulchovga to’g’ri   keluvchi qo’shimcha . ne’matlar xosil kilish   samarasi oldingi
bosqich   da   olingan   natijalardan   pastrok   bo’ladi.     Iktisodiy   samaradorlik   bir
necha iktisodiy kursatgichlar orqali tavsiflanadi.   Ishlab chiqarish samaradorligi
bir   qancha   jo’ziy   kursatgichlar   orqali   tavsiflanadi.     Samaradorlikning   umumiy
kursatgichi   Mehnat   unumdorligidir.   U   umummahsulot     mikdorining   jonli
Mehnat   sarfiga   nisbatan   ifodalanadi.   Jonli   Mehnat   sarfi   kunlarda     soatlarda
xisoblanadi. Mehnat unumdorligi bilan birga Mehnat sigimi degan  samaradorlik
kursatgichi   xam   kullanadi.   Mehnat   sigimi   jonli   Mehnatni   mahsulot     mikdoriga
nisbatan   orqali   aniklanadi.   Mahsulotning   material   sigimi   degan   iktisodiy
kursatgich   xam   bizning   davrimizda   katta   ahamiyat   kasb   etmokda..     Material
sigimi moddiy ashyolar sarfini mahsulot mikdori ga nisbatan orqali   aniklanadi.
Ishlab chiqarish fondlarini samaradorligi mahsulotning fond sigimi yoki  fondlar
kaytimi   kursatgichlari   orqali   ulchanadi.   Kurinib   turibdiki   jo’ziy   kursatgichlar
samaradorlik   umumiy   ifodasini   aniqlashtirilgan   shaklida   bu   nisbatlarda
mahsulotlar  mikdori kursatgichlari urnida jami mahsulot yalpi milliy mahsulot,
jami   ichki     mahsulot,   sof   mahsulot,   qo’shimcha     mahsulot,   uning   pul
shakllaridan   biri   foyda     milliy   daromad   kabi   kategoriyalar   kullaniladi.     Bozor
iqtisodiyotiga   o’tish   davrida   ayniksa,   respublikamizning   xozirgi     sharoitida
samaradorlikni   oshirish   juda   jiddiy   masaladir.   Gap   shundaki,   xozirgi     davrda
kupgina   resurslar   chegaralangan   ularning   aksariyat   qismi   xorijdan   keltiriladi,
zamonaviy   texnologiya   yetishmaydi,   kadrlar   malakasi   yukori   emas.   Shuning
28 uchun     resurslardan   tejamli   foydalanish,   Mehnat   unumdorligini   oshirish   milliy
va   xorijiy     sarmoyalarni   eng   zarur   soxalarga   joylashtirish   yukori   malakali
kadrlar   tayyorlash     kabi   samaradorlikni   oshirish   vositalariga   yetarlicha   e’tibor
berish   talab   kilinadi.     Lekin   oxirgi   yillarda   mamlakatimizda   mamlakatimizda
inkirozga     karshi   choralar   dasturi   asosida   qilingan   ishlar   natijasida   mahsulot
ishlab     chiqarish   tannarxi   18   foizga   tushirishga   erishildi.   Bu   jaxon   moliyaviy
iktisodiy     inkirozi   kechayotgan   bir   paytda   juda   katta   natijadir.   Bunday   ishlar
albatta   korxonalar     barqarorligini   yanada   oshiradi.   Chunki   ishlab   chiqarish
tannarxi   pasaytirilsa,     mahsulot   Sotish   bahosi   xam   nisbatan   pasaytirilishi
mumkin, bu esa bunday sharoitda  mamlakatimizdagi iste’molchilari uchun ayni
muddao   bo’ladi.     Olmaliq     kon   -   metallurgiya   kombinati   ,   “O’zmetakom”
aksiyadorlik   ishlab     chiqarish   birlashmalari,   «O’zeltexsanoat»   uyushmasi,
“O’zkurilishmateriallari”     kompaniyasi   singari   va   Boshqa   korxona   va
tarmoqlarda     mahsulot     ishlab     chiqarish       tannarxi   20-25     foizga     kamaydi.
Bu korxonalar ishlab chikaradigan tayyor mahsulotlari Boshqa ishlab chiqarish
korxonalari   uchun   xom   ashyo   bo’lib   xizmat   qiladi.   Masalan   Olmlik   kon-
metalurgiya  kombinati ishlab chikarayotgan mis katodi va Boshqa mahsulotlari
O’zkabel     korxonasida   turli   elektr   o’zatuvchi   simlar   ishlab   chiqarishda   xom
ashyo   bo’lib   xizmat     qiladi.   Demak   yukorida   bir   korxonaning   mahsulot   ishlab
chiqarish   tannarxining     pasayishi,   ikkinchi   korxonaning   xam   mahsulot   ishlab
chiqarish   tannarxi   pasayishiga     olib   keladi.     Inkirozga   karshi   choralar   dasturi
doirasida  amalga oshirilgan yo’nalishlardan   biri  - mamlakatimizdagi mahsulot
eksport   qiladigan   korxonalarni   xar   tomonlama     qo’llab-quvvatlash   va
rag’batlantirish,   eksport   saloxiyatini   mustaxkamlash   buldi.   Bu     esa   bunday
korxonalar   yanada   barqaror   ishlashida   muxim   ahamiyat   kasb   etdi.     Buning
uchun   korxonalarning   tashqi     bozorlarda   raqobatdoshligini   oshirish   uchun
ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida kat’iy choralar kurildi.  Energiya manbalari
va   kommunal   xizmatlar   narxlarining   asossiz   oshishiga   yul   kuymaslik,   Sanoat
korxonalarda   texnologik   jarayonlarni   optimallashtirish   xisobidan     mahsulot
tannarxini   pasaytirish,   eksport   narxlarini   shakllantirishga   doir   yangi
29 mexanizmlarni   joriy   etish,   bank   kafolatlari   muddatlarini   o’zaytirish,
qo’shimcha   .     qiymat   soligini   kaytarish   muddatini   qisqartirish   va   Boshqa
rag’batlantirish   choralari     shular   jumlasidandir.     Demak   mamlakatimizda
inkirozga karshi choralar dasturidan kelib chikib,  Sanoat korxonalarda mahsulot
ishlab   chiqarish   xarajatlari   tarkibi   urganilib,   mahsulot     tannarxi   tarkibiga
kiruvchi   xarajatlarni   asossiz   oshirilishiga   yul   kuyilmagan.   Bu   esa
korxonalarning   moliyaviy   holati     yanada   yaxshilanishiga   turtki   bo’lgan.
Mamlakatimizda   iqtisodiyotni   modernizasiyalash   sharoitida   korxonalarni
qo’llab   quvvatlash   maqsadida,   mahsulot   ishlab   chiqarish   tannarxini
pasaytirishda     imtiyozli   kreditlar   berilishi   xam   muxim   ahamiyatga   egadir.
Inkirozga   karshi     dasturdagi   amalga   oshiririladigan   yo’nalishlardan   biri   xam
shundan   iborat   buldi.     Ya’ni   mahsulot   eksport   qiladigan   korxonalarga
mamlakatimiz   banklari   tomonidan     imtiyozli   kreditlar   berildi.   Bu   esa   ularning
yanada barqaror ishlab chiqarishga   yordam berdi. Birgina utgan yilning o’zida
bu korxonalarga aylanma mablag’larini  kupaytirish uchun umumiy mikdori 233
milliard   so’mdan   iborat   imtiyozli   kreditlar     berildi.   Ma’lumki   eksport   kiluvchi
korxonalar   mahsulot   eksport   kilganda,   xar   doim     xam   ishlab   chiqarish   bir   xil
boravermaydi.   Chunki   bunday   sharoitda   sotilgan     mahsulot   puli   o’z   vaktida
kelib tushmasligi yoki ishlab chikarilgan mahsulotga talab  oshishi yoki bulmasa
ko’prok   mahsulot   ishlab   chiqarish   uchun   texnika-   texnologiyalarning
yetishmasligi   natijasida   korxonlarda   vaktinchalik   mahsulot   ishlab     chiqarish
tuxtab   kolishi   yoki   belgilangan   mikdorni   ishlab   chiqarishga   ulgurmasligi
mumkin.   Bunda   banklarning   imtiyozli   kredilar   berilishi   korxonalar   uchun   juda
katta   yordam bo’ladi. Bunda birinchidan ishlab chiqarish tezlashadi, bu degani
birinchidan     Mehnat   unumdorligi   oshadi,   ikkinchidan   asosiy   vositalar
rentabelligi   oshadi.   Bu     ikkita   ko’rsatkichlar   xam   bevosita   korxona   mahsulot
ishlab chiqarish tannarxiga   kiruvchi o’zgarmas xarajatlarga bog’liqdir. Buning
natijasida esa korxonada  mahsulot ishlab chiqarish tannarxi yanada pasayadi. 
30 Xulosa
Mamlakatimizda   ishlab   chiqarishni   modernizasiya   kilish,   texnik   yangilash   va
diversifikasiya   kilish,   inovasion   texnologiyalarni   keng   joriy   etish   ishlari   keng
ko’lamda amalga oshirilib, iqtisodiyotimiz salohiyatini o’sishiga bevosita ijobiy
ta’sir   ko’rsatib   kelmoqda.   Mamlakatimiz     Prezidenti     I.A.Karimov     tomonidan
olib     borilgan   ishlar,   inkirozga   karshi   choralar   dasturining   ishlab   chikilishi
bunday salbiy     natijalarning o’z vaktida  oldini  olishga  erishildi.  Xozirgi   kunda
butun   jaxon     iktisodchi   olimlari,   yetakchi   mutaxasislar   tomonidan
mamlakatimizda   inkirozga     karshi   olib   borilayotgan   ishlarga   ijobiy   baholar
berilib,   O’zbek   modeli   qanchalik     to’g’ri     ekanligini   tan   olmokdalar,   xamda
mamlakatimiz   tajribasini   o’rganish     muxim     ahamiyat   kasb   etishini
ta’kidlamokdalar.   Mamlakatimiz   jaxonda   moliyaviy-iktisodiy     inkirozdan
talofatsiz   chikkan   sanokli   davlatlardan   biri   bulishga   erishdi.     Sanoat
korxonalarda   xar   doim   xam   mahsulot   ishlab   chiqarish   tannarxini     takomillash
uni  pasaytirishga   karatilgan  ishlar  olib  borilgan.  Chunki   bugungi  kunda   bozor
iqtisodiyoti   sharoiti   ekan,   korxonalar   nafaqat     ichki   bozorlardja   balki   tashqi
bozorlarda,   o’z   raqobatbardoshligini   oshirishga   xarakat   qiladi.   Lekin   bu   ishlar,
ya’ni     mahsulot   ishlab   chiqarish   tannarxini   pasaytirishning   ahamiyati   jaxon
moliyaviy-   iktisodiy   inkirozi   sharoitida   tobora   oshdi.   Buning   uchun
mamlakatimizda     korxonalarni,   ayniksa   xorijga   mahsulot   eksport   kiluvchi
korxonalarni   xar   tomonlama     kullab   quvvatlash   maqsadida   imtiyozlar,
rag’batlantirishlar berildi. Inkirozga uchrab  bankrot bo’lgan korxonalarni kayta
ishga   tushirishga   davlat   tomonidan   turli   choralar     kurildi.     Mamlakatimizda
inkirozga     karshi     choralar     dasturida     eng     ahamiyatli     ishlardan   biri,
mamlakatimiz   banklarining   moliyaviy   barqarorligini   oshirish     maqsadida,
davlatimiz   tomonidan   ularning   ustavini   keskin   oshirildi.   Bu   esa     banklarning
korxonalar   bilan   o’zaro   moliyaviy   munosabatlarini   juda   yaxshiladi.
Korxonalarning   banklardagi   pul   mablag’larining   tez   va   o’z   vatida   aylinishi
ta’minladi.   Bu   esa   korxonalarning   ishlab   chiqarishini   o’z   vaktida   bo’lishini
31 ta’minlaydi. Bundan tashqari banklarning zaxirasi oshirilishi, korxonalarga turli
imtiyozli   kreditlar   bera   olish   imkoniyatini   oshirdi.   Natijada   mamlakatimizda
juda   kup     korxonalar,   ayniksa   xorijga   mahsulot   eksport   kiluvchi   korxonalar
banklarda   imtiyozli     kreditlar   olishga   muvaffak   buldi.   Buning   natijasida   esa
korxonalar   ishlab   chiqarish     xajmi   xamda   sifati   oshirildi.   Eksportyor   canoat
korxonalarda mahsulot  sotilishida pul   mablag’lari  o’z vatida kelib tushmasligi
natijasida   vaktinchalik   ishlab   chiqarishning     o’zilishi   oldi   olindi.   Buning
natijasida esa mahsulot unumdorligi oshirildi, korxona  o’z aktivlaridan samarali
foydalanib ularning rentabelligi darajasi yanada oshirildi.   Bu esa o’z navbatida
mahsulot   ishlab   chiqarish   tannarxi   tarkibiga   kiruvchi   doimiy     ya’ni   o’zgarmas
xarajatlar   xajmi   kamaytirilishi   natijasida   umumiy   mahsulot   tannarxi
kamaytirilishiga   erishildi.     Sanoat   korxonalarda   mahsulot   ishlab   chiqarish
tannarxini   pasaytirishda     korxona   moliyaviy   holati   ning   yukoriligi   juda
ahamiyatga   ega.   Korxonalarning     mahsulot   ishlab   chiqarishida   kerakli   bo’lgan
zamonaviy   texnologiyaning   sotib     olinishi   mahsulot   sifatini   xamda   xajmini
oshirib,   juda   kup   ijobiy   natijalarni   keltirib     chikaradi.   Bulardan   eng   asosiysi
Mehnat   unumdorligi.   Chunki   bugungi   kunda     mahsulot   ishlab   chiqarishda   eng
katta   xarajatlardan   biri   Mehnatga   xak   to’lash     xarajatlaridir.   Ayrim   sanoat
korxonalarda,   masalan   kompyuter   dasturlari   ishlab     chikaruvchi   va   uni
tuzatuvchi     sanoat   korxonalarda   eng   katta   xarajat   Mehnatga   xak     to’lash
xarajatlari xisoblanadi. Bunday sharoitda korxonada ishchi xodimlardan  samarli
foydalanib, ular ishlab chiqarishini kupaytirish xamda mahsulot sifatini  oshirish
juda   katta   ahamiyat   kasb   etadi.   Buning   natijasida   korxona   mahsulot   ishlab
chiqarish   tannarxi   yanada   tushadi.     Korxonada   uzoq   muddatli   aktivlariga
amartizasiya   xisoblash   uchuli   xam     ahamiyatlidir.   Bugungi   kunda   bozor
iqtisodiyotining   tez   o’zgaruvchan   bir   sharoitida     amartizasiya   xisoblashning
tezlashtirilgan   usulining   o’ziga   xos   ijobiy   tomonlari     mavjud.   Mahsulot   ishlab
chiqarishda   tezlashtirilgan   amartizasiya   usulini   kullash,   bir     tomondan
vaktinchalik mahsulot ishlab chiqarish tannarxini oshirsada, lekin   amartizasiya
xisobi natijasida korxonaga kup pul mablag’lari kelib tushadi. Bu esa  yukorida
32 aytib   utganimizdek   kup   ijobiy   natijalarga   olib   boradi.   Boshqa   tomondan   esa
boshlang’ich   yillarda   tezlashtirilgan   usulda   ko’p   mikdordan   amartizasiya
xisoblash     natijasida   mahsulot   tannarxi   oshishi,   keyingi   yillarda   kam
amartizasiya  xisoblaydi  va   mahsulot  tannarxi  kamayadi.   Mehnat  unumdorligi
oshirilishi   natijasida   mahsulot   tannarxi   tarkibiga   kiruvchi     ijtimoiy   sug’urta
fondiga ajratmadan xam samarali foydalangan bo’ladi. Bu ajratma  xam korxona
uchun   asosiy   xarajatlardan   biri   bo’lib,   Mehnatga   xak   to’lash     xarajatlariga
to’g’ri     proporsional   xisoblanadi.   Agarda   korxona   Mehnatga   xak   to’lash
xarajatlarining samaradorligiga erishilsa, o’z navbatida mazkur xarajatning xam
samaradorligiga   erishgan   bo’ladi.     Demak   korxonalar   xar   qanday   vaziyatda,
jumladan     iqtisodiyotni     modernizasiyalash   sharoitida   mahsulot   sifati   xamda
xajmini   oshirishi,   turli   davlat     tomonidan   berilayotgan   imtiyozlardan   okilona
foydalanishi,   ishchi   va   xodimlaridan     yanada   samarali   foydalanishi   natijasida
mahsulot   ishlab   chiqarish   tannarxini     kamaytirishi   mumkin   ekan.   Bu   esa
korxonaning   moliyaviy   barqarorligini   yanada     oshiradi.     Yukoridagi   xulosalar
asosida   bitiruv   malakaviy   ishimizning   quyidagi     takliflarini   keltirdik:     1.
Sanoat   korxonalarda   xom   ashyo   va   materiallardan   samarali   foydalanish,   ya’ni
ulardan   ortikcha   isrofgarchilikka   yul   kuyilmasligi   lozim.   Aks   xolatda
korxonaning  xom ashyo va materiallarga bo’lgan xarajatlarini oshirib mahsulot
ishlab   chiqarish     tannarxini   oshiradi.   Agarda   ulardan   okilona   foydalanishni
yo’lga     kuyilsa   mahsulot     ishlab   chiqarish   tannarxini   kamaytirishga   erishgan
bo’ladi.     2.           Korxona   ishchi   xodimlaridan   samarali   foydalanishni   yo’lga
kuyish   orqali     Mehnat   unumdorligini   oshirish   lozim.   Ulardan   mahsulot   ishlab
chiqarishda   sifat   va     mikdorining   yaxshilashi   ustidan   nazoratni   kuchaytirish
lozim.   Mehnat   unumdorligi     qancha   oshsa   mahsulot   tannarxi   xam   shuncha
kamayadi.     3.               Asosiy   vositalardan   samarali   foydalanishni   yo’lga     kuyish
lozim. Ishlab  chiqarishda kam samara berayotgan asosiy vositalarni Sotishi yoki
Boshqa     Xo’jalik   yurituvchi   subyektlarga   ijaraga   berish   lozim.   Natijada
amartizasiya   kam   xisoblanib,   mahsulot   ishlab   chiqarish   tannarxini   yanada
kamaytiradi.   4.             Uzluksiz ravishda korxonada barcha xisob kitoblarni  olib
33 borish   xamda   tahlil       kilish   lozim.   Amartizasiya   xisoblash   usulining   eng
maqbulinitanlash   kerak.   Eng     maqbul   deganda   shu   korxonaning   shu   davrdagi
sharoitidan   kelib   chikadi.     Tezlashtirilgan   amartizasi   usulini   tanlashi   natijasida
korxonaga   ko’prok   pul     mablag’lari   keladi.   Buning   natijasida   korxona   turli
operasiyalarini   moliyalash     imkoniga   ega   bo’ladi   yoki   ishlab   chiqarish   uchun
zarur   bo’lgan   zamonaviy     texnikani   tezrok   olishga   imkoni   bo’ladi.   Bu   esa
keyinchalik   ishlab   chiqarish     tannarxi   pasayishiga   imkon   yaratadi.     5.
Banklar   tomonidan   takdim   etilayotgan   imtiyozli   kreditlardan   samarali
foydalanish   lozim.   Bunda   korxona   ishlab   chiqarishdja   turli   o’zilishlarni   oldini
olib     o’z   vaktida   ishlab   chiqarishni   amalga   oshirib,   realizasiya   kilishi   mumkin
bo’ladi.     imtiyozli   kreditlardan   samarali   foydalanish   natijasida   Mehnat
unumdorligi   xam     oshadi.   Bu   esa   mahsulot   tannarxining   pasayishiga   zamin
yaratadi.  6.       Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida mahsulot realizasiya
kilishda,   eng     maqbul   to’lov   usuli   oldindan   to’lashni   ta’minlash   lozim.   Bu   esa
korxonada   debitorlik karzlarini oshib ketish oldini oladi va ishlab chiqarish bir
maromda  borishini ta’minlaydi.
 
34 FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI
 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. - Toshkent: O’zbekiston, 2010 y.  
2.   “O’zbekiston   Respublikasining   “Byudjet   tizimi   to’g’ri   sida”gi   2000   yil   14
dekabrdagi Konuni. //Soliklar va bojxona xabarlari, 2001 yil №2. 
  3. O’zbekiston Respublikasining  “Xususiy korxona to’g’ri sida”gi  2003 yil 11
dekabrdagi Konuni. // Solik va bojxona xabarlari, 2004 yil 10 fevral, №6.  
4. O’zbekiston Respublikasining 2009 yilgi Davlat byudjetining parametr lari va
asosiy   makroiktisodiy   ko’rsatkichlarning   prognozi   to’g’ri   sida”   O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining PK-1024-sonli Karori, 29 dekabr 2008 yil. 
  5.   O’zbekiston   Respublikasining   2010   yilgi   Davlat   byudjetining   parametr   lari
va   asosiy makroiktisodiy ko’rsatkichlarning prognozi to’g’ri sida” O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining PK-1245-sonli Karori, 22 dekabr 2009 yil. 
 6. “Mamlakatimizni modernizasiya kilish va yangilashni izchil davom ettirish -
davr     talabi”.   Prezident   I.A.Karimovning   2008   yilda   mamlakatimizni   ijtimoiy-
iktisodiy     rivojlantirish   yakunlari   va   2009   yilda   iktisodiy   isloxotlarni
chukurlashtirishning   eng muxim ustuvor yo’nalishlariga bagishlangan Vazirlar
Maxkamasi majlisidagi  ma’ro’zasi // Xalk so’zi, 2009 yil 14 fevral. 
  7.   Prezident   I.A.Karimovning   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi
Konunchilik  Palatasi va Senatining kushma majlisidagi ma’ro’zasi. 2005 yil 28
yanvar.  
8.   Karimov   I.A.   Asosiy   vazifamiz   -   vatanimiz   tarakkiyoti   va   xalkimiz
farovonligini  yanada yuksaltirishdir. T.: “O’zbekiston”, 2010. 38-bet  
9. Karimov I.A.  Jaxon  moliyaviy-iktisodiy  inkirozi,  O’zbekiston  sharoitida uni
bartaraf etishning yullari va choralari. -T.: O’zbekiston, 2009. - 56 b.  
10. Karimov I.A. “Vatanimizning bosqich ma-bosqich  va barqaror tivojlanishini
ta’minlash - bizning oliy maqsadimiz” , - T.: “O’zbekiston”, 2008, 24 bet  
11. Karimov I.A.  “Bizning  bosh  maqsadimiz  -  jamiyatni  demokratlashtirish  va
yangilash,   mamlakatni   madernizasiya   va   islox   etishdir”,   -   T.:   “O’zbekiston”,
2005, 83 bet.  
35 12. Karimov I.A.  Bank  tizimi,  pul  muomalasi,  kredit, investisiya   va  moliyaviy
barqarorlik to’g’ri sida. -T.: O’zbekiston, 2005y. T.1. - 465 b.  -55-  
36

Mavzu:Sanoatda tannarx, foyda va ishlab chiqarish rentabelligi. Reja: Kirish. 1-BOB.Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi shakllanishining nazariy va xuquqiy asoslari. 1.1.Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi moxiyati va uning xuquqiy asoslari. 1.2.Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi va uning tarkibiy tasniflanishi 1.3.Maxsulot tannarxini ifodalovchi ko’rsatkichlar va ularni tahlil qilish usullari 2-BOB.Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tahlili 2.1.Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tarkibiy tahlili. 2.2.Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi shakllanishining korxona foydasiga ta’sirining tahlili. 3-BOB.Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida korxonada mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish yo’llari 3.1. Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari 3.2. Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxini pasaytirish yo’llari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1

Kirish Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizasiya kilish, texnik yangilash va diversifikasiya kilish, inovasion texnologiyalarni keng joriy etish ishlari keng kulamda amalga oshirilmokda. Shu asnoda, mazkur subyektlar moliyaviy munosabatlarini bozor talablariga javob beradigan darajada takomillashtirish, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini samarali kamaytirish orqali eksport saloxiyati yuksaltirish korxonalarni kelgusida muvofakiyatli rivojlanishini ta’minlaydi. Shu sababli, glabal moliyaviy inkiroz sharoitida moliya-bank tizimini qo’llab- quvvatlash, sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishda yuzaga keladigan muammolarni xal etish va ularning moliyaviy barqarorligini yanada oshirish eng dolzarb masalalardan biri bo’lib xisoblanadi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “ Mamlakatimizda yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish borasida ham ishga solinmagan ulkan imkoniyatlar mavjud. Biz ishlab chiqarishni yangilash va modernizasiya qilish uchun katta mablag’ sarflaymiz, ko’p miqdordagi xorijiy investisiyalarni jalb etamiz. Lekin qator tarmoqlarda ishlab chiqarish quvvatlaridan, asosiy fondlardan to’liq foydalanishda, mehnat samaradorligini oshirishda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar mahsulotlar tannarxining asossiz ravishda o’sib ketishiga olib kelmoqda. ” Shuningdek, yurtboshimizning ushbu Jaxon moliyaviy-iktisodiy inkirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yullari va choralari asarida xamda inkirozga karshi choralar dasturining anik bo’limlari - belgilangan kompleks chora-tadbirlar quyidagi asosiy vazifalarni xal etishga karatilgan. Jumladan, “qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag’batlantirish xisobidan korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish. Shu maqsadda 2012 yil xo’jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiyotimizdagi yetakchi tarmoq va soxalarda mahsulot tannarxini kamida 20 foizga tushirishga karatilgan chora tadbirlarni amalga oshirish borasidagi takliflarni ma’kullanganini kayd etish lozim. 2

Shuning uchun, keng institusional isloxotlarni amalga oshirish omillaridan biri, korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash xamda xozirgi glabal moliyaviy- iktisodiy inkiroz sharoitida sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishdagi muammolarni xal etish yullarini moliyaviy-iktisodiy asoslarini takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chikish lozimligi mazkur bitiruv malakaviy ishining dolzarbligini bildiradi. Bitiruv malakaviy ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi Mazkur muammoning nazariy asoslari dastlab A.Smit, A.Tyurgo, J.B.Sey, I.Shumpetr, L.Mizes, F.Xayek kabi klassik iktisodchilar tomonidan tadkik etilgan. Shuningdek, Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish muammolarini xal etish yullarini garb va MDX, mamlakatlari iktisodchi olimlari A.I. Agayev, A.V.Busigin, B.A.Rayzberg, V.Radayev, G.Gross, D.G.Gozibekov, J.Filips, L.I.Abalkin, M.G.Lapusta, R.Xizrich, S.Piters kabilar o’z asarlarida yoritgan. Mamlakatimiz iktisodchi olimlaridan A.V.Vaxobov, A.Sotvoldiyev, M.B.X,amidullin, M.Tulaxodjayeva, M.Sh.Sharifxujayev, S.S.Gulomov, X.N.Jamolov, E.Gadoyev, Yu.M.Itkin kabilar o’z asarlarida mahsulot tannarxi va uni pasaytirish masalalari yoritilgan. Bitiruv-malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish yullarini aniqlash va bu bo’yicha ilmiy xulosa va tavsiyalar ishlab chikishdan iboratdir. Ushbu belgilangan maqsadga erishish uchun quyidagi muhim vazifalar belgilab olindi: - Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tarkibini o’rganish; - Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini shakllantiruvchi xarajatlarni tahlil kilish; 3

Mahsulot tannarxining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash; - Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxining korxona faoliyatiga ta’sirini tahlil kilish; - Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxining rentabelligini aniqlash; - Iqtisodiy modernizasiyalash sharoitida Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish bo’yicha ilmiy asoslangan takliflar berish; - Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining korxona umumiy xarajatlari tarkibidagi o’rniga baho berish. Bitiruv-malakaviy ishining obyekti va predmeti. Mahsulot ishlab chikaruvchi korxonalar xamda ularning moliyaviy xisobotlari mazkur ishimizning obyekti xisoblanadi. Ushbu sanoat korxonasida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, uni bugungi kundagi holati va uni yanada kamaytirish yullarini aniqlash mazkur ishimizning predmeti xisoblanadi. Bitiruv-malakaviy ishining nazariy va uslubiy asoslari. BMI ning nazariy manbasi sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning xalkaro mikiyosda yukori baholanayotgan va ijobiy natijalarini mamlakatning taraqqiyoti tajribasi tasdiqlanayotgan tanlangan asarlari to’plamiga kiritilgan kitoblaridan, kuplab makola va chikishlarida bozor iqtisodiyotiga o’tish borasidagi vazifalari xakidagi asarlari, asos kilib olingan . Bitiruv malakaviy ishning predmeti tahlil kilinayotgan paytda biz shu masalalarga bevosita alokador bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan kabul qilingan konunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining karorlari, O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O’zbekiston Respublikasi Davlat solik qo’mitasining me’yoriy hujjatlaridan, ommaviy axborot vositalari va turli matbuot organlarida e’lon qilingan materiallaridan keng foydalanildi. Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, uchta bob, xulosa va takliflar va foydalanilgan adabiyotlar ruyxatidan iborat 4

1-Bob. Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi shakllanishining nazariy va xuquqiy asoslari. 1.1.Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi moxiyati va uning xuquqiy asoslari. Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tayotgan xamda bugungi kundagi jaxon moliyaviy-iktisodiy inkirozi kechayotgan bir sharoitda mamlakatda raqobatbardosh mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega. Buning uchun mamlakatda iste’molchilar extiyojini kondira oladigan arzon xamda sifatli mahsulot ishlab chiqarish lozimdir. Bunda asosiy kuriladigan masalardan biri mahsulot tannarxini urganib uni imkon kadar pasaytirishdan iborat. Mahsulot tannarxi - shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan barcha bevosita va bilvosita xarajatlarning qiymat ifodasidir. Maxslot (ish, xizmat) tannarxi - mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan tabiiy resurslar, xom ashyo, materiallar, yokilgi, energiya, asosiy vositalar, Mehnat resurslari, va Boshqa xarajatlarning qiymat bahosi. Sanoat korxonalarda mahsulot tannarxi xisobi Vazirlar maxkamasining 1999 yil 5 fevraldagi mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va va sotish xarajatlarining tarkibi xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida NIZOM ga muvofiq amalga oshiriladi. Mahsulot tannarxi tarkibiga quyidagi xarajatlar kiritiladi. Bu xarajatlar korxona mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashib mahsulot tannarxini shakllantiradi: Moddiy xarajatlar; Mehnatga xak to’lash xarajatlari; Ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar; Amartizasiya xarajatlari; Boshqa xarajatlar. Moddiy xarajatlar - ishlab chiqarishning asosiy xarajatlaridan biri bo’lib, mahsulot (ish, xizmat) larga qarab jami ishlab chiqarish xarajatlarining 60-80 % atrofida bo’lishi mumkin. Moddiy xarajatlar o’z ichiga xom ashyo va materiallarga qilingan xarajatlarni o’z ichiga oladi. Xom ashyo va materiallarga qilingan xarajatlar deyilganda, mahsulot sotib olgandan to korxonaga olib kelgunga kadar barcha komission va vositachilik xarajatlar tushuniladi. Moddiy xarajatlarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: • Texnologik maqsadlar va xo’jalik extiyojlariga 5