SARMISHSOY YODGORLIGINING JAHON HAMJAMIYATIDA TUTGAN O’RNI VA AHAMIYATI
«SARMISHSOY YODGORLIGINING JAHON HAMJAMIYATIDA TUTGAN O’RNI VA AHAMIYATI» MAVZUSIDAGI REJA: KIRISH _________________________________________ ASOSIY QISM: _____________________________________ 1. Sarmishsoy qoyatosh rasmlari va uning joylashuvi. 2. Sarmishsoy qoyatosh yodgorligining jahon hamjamiyatida tutgani o’rni va ahamiyati. XULOSA ______________________________________________ ADABIYOTLAR RO’YXATI ______________________________ SLAYDLAR ______________________________ MUSTAQIL ISH
KIRISH Mavzuning dolzarbligi . Respublikamiz mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq xalqimizning o’tmish tarixi boy madaniy merosini o’rganish, uni saqlash va kelajak avlodga yetkazishga hukumatimiz tomonidan alohida e`tibor berildi. Xususan, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning «…tarixiy merosni asrab-avaylash, o’rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo’nalishlaridan biridir» deb ta’kidlaganlarini ham e’tirof o’tmoq lozim. 1 Darhaqiqat, eng qadimgi o’tmishdan to hozirgacha bo’lgan davlatchiligimiz va uning rivojlaninsh bosqichlari tarixi shu hududda yashagan xalqlarning, ijtimoiy-siyosiy, madaniy va iqtisodiy hayotini chuqur hamda keng o’rganish uchun katta imkoniyatlar yaratib berildi. Shu bois yurtimizning qadimiy tarixiga oid har bir tarixiy jarayonni o’rganish biz bo’lg’uvsi tarixchi-arxeologlar oldiga ulkan mas’uliyatlar qo’yadi. Shularni hisobga olib, biz yurtimiz tarixiga oid Sarmishsoy yodgorligi kabi tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan yodgorliklarimizni batafsil o’rganib, unga xolislik nuqtai-nazaridan yondashib, uni to’g’ri o’rganmog’imiz va ahamiyatini ochishda o’z hissamizni qo’shmog’imiz lozim. 1 Мирзиёев Ш.М. «Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз». 1-жилд. Тошкент «Ўзбекистон» 2017й. Б-29.
Tadqiqot obyekti va predmeti . Sarmishsoy yodgorligi tadqiqotning asosiy obyekti bo’lsa, yodgorlikdan arxeologik qazishmalar natijasida qo’lga kiritilgan moddiy madaniyat namunalari asosida e’lon qilingan ilmiy maqolalar, dissertasiyalar predmetini tashkil etadi. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari . Tadqiqotning asosiy maqsadi Sarmishsoy yodgorligida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari-maqolalar, risolalar hamda qo’lga kiritilgan moddiy madaniyat namunalarini ilmiy tahlil qilish va o’rganishdir. Tadqiqot vazifasi esa ushbu tahlil asosida Sarmishsoy yodgorligini o’rganilish tarixini yoritish bilan birga uning umumiy tadrijiy rivojlanish tarixini yaxlit holatga keltirishdan iboratdir. Tadqiqotning asosiy masalalari va kutilayotgan natijalar. Tadqiqot quyidagi asosiy masalalarni hal etishga qaratilgan: Sarmishsoy yodgorligining respublikamiz mustaqillikgacha va undan keyingi davr tarixshunosligini yoritish va shu orqali turli yillarda qo’lga kiritilgan natijalarni yaxlit tizimga solish. Tadqiqotda qo’llanilgan uslublar. Dissertasiyada tadqiq etilayotgan masalalarga tarixiy xaqiqat, xolislik nuqtayi – nazardan yondoshiladi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev asarlarida tarixiy tadqiqotlar oldiga qo’ygan vazifalardan kelib chiqib, mavzuni yoritish bo’yicha ilmiy izlanish olib borish ko’zda tutilgan. Ilmiy muammoni o’rganish va tahlil qilish tarixiy - falsafiy uslublardan, ya’ni analiz va sintez,
tizimlashish, qiyosiy solishtirma, obektiv holatni taxlil qilish kabi metodlardan foydalaniladi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati . Tadqiqot ishi materiallari va ilmiy xulosalardan O’zbekiston tarixining qoyatosh tasvirlariga oid davri tarixini yoritishda hamda qo’llanmalar chiqarishda ahamiyatga ega bo’lishi e’tiborga olingan.
ASOSIY QISM Vatanimiz sarhadlari nafaqat Markaziy Osiyo, balki ko’hna Sharq miqiyosida, qolaversa butun jahon kishilik tarixining qadimgi madaniyat markazlaridan biri hisoblanadi. Xususan, bu mintaqa insoniyat tarixiy taraqqiyotining barcha bosqichlari madaniyati va mazkur hududda sodir bo’lgan sivilizasiyaning ko’hna ildizlarini ifodalovchi tarixiy-madaniy yodgorliklarga nihoyatda serob o’lkadir. Bu madaniy-tarixiy yodgorliklarni tadqiq etish esa ajdodlarimizning jahon sivilizasiyasiga qo’shgan hissasini idrok etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda respublikamiz mustaqillik yillarida vatanimiz tarixini yozma va moddiy manbalar asosida o’rganish bo’yicha keng ko’lamli va maqsadli tadqiqotlar amalga oshirib borilmoqda. Ayniqsa, mustaqillik yillarida mamlakatimizning qadimiy tarixini yoritish, uning insoniyat tarixidagi o’rniga xolisona baho berib, jahon hamjamiyatiga tanishtirish, qolaversa uning tarixiy-madaniy hududlarida urbanizasiya jarayonlarining rivojlanishi, shaharlarning shakllanishini o’rganishga bo’lgan qiziqish ortib, tadqiqotlar uchun davlat rag’bati kuchayib bormoqda. Tarixni o’rganishga bo’lgan e’tiborni mamlakatimiz qadimiy va navqiron shaharlari bo’lmish Marg’ilonning 2000, Toshkentning 2200, Xiva va Termizning 2500, Qarshi va Shahrisabzning 2700, Samarqandning 2750 yillik yubileylari YuNESKO homiyligida keng nishonlanganligi fikrimizni isbotlaydi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «…tarixiy merosni asrab-avaylash, o’rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo’nalishlaridan biridir» 2 . 2 Мирзиёев Ш.М. «Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз». 1-жилд. Тошкент «Ўзбекистон» 2017й. Б-29.