logo

SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARI. MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

444.0205078125 KB
SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARI. MUAMMOLI
TA’LIM TEXNOLOGIYALARI 
REJA
1. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim nazariyasi va uning mazmuni. 
2. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning asosiy talablari va turlari. 
3. Ta’lim oluvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish. 
4. Ta’limning uch bosqichli modeli (chaqiriq, anglash, fikrlash). 
5. Tanqidiy fikrlash asoslari. 
6. Muammoli ta’lim, uning asosiy vazifalari. 
7. Muammo va muammoli vaziyat. 
8. Muammoli vaziyat turlari. 
9. Muammoli ta’limda o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar. 
10. Muammoli o‘qitishning darajalari. 
11. Pedagogik muammoni qo‘yish va hal etish bosqichlari. 
12. Muammoli ta’lim texnologiyalari.  Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim
Mamlakatimizning   ta’lim   sohasidagi   asosiy   hujjatlarida   pedagogik   texnologiyalarni
yaratish   va   joriy   etish   kadrlar   tayyorlash   tizimida   fanning   asosiy   vazifasi   etib   belgilangan.
O‘qitish jarayoni o‘quv jarayoni texnologik tayyorgarligining o‘zagi bo‘lib hisoblanadi. Shuning
uchun «texnologiya»ni o‘qitish jarayoniga joriy etish pedagogik texnologiyaning vazifasidan biri
hisoblanadi.   O‘qitishning   zamonaviy
texnologiyalarini   qo‘llash,   o‘qitish   jarayonini
yagona shaklga keltirish va yuqori samaradorlikka
erishishga imkon yaratadi. 
Oliy   ta’limda   ana’anaviy   o‘qitish
texnologiyasi   o‘zining   qator
xususiyatlariga   ko‘ra   zamonaviy   ta’lim
ehtiyojlariga   tobora   zid   bo‘lib   bormoqda.
Chunki   mazkur   o‘qitish   texnologiyasida
pedagogning   talabaga   munosabati
avtoritar   xarakterga   ega,   ya’ni   ta’lim
jarayonida   u   yagona   subyekt   sifatida
namoyon   bo‘ladi,   talabalar   esa   faqatgina
obyekt   vazifasini   bajaradi,   xolos.
Boshqacha   qilib   aytganda,   avtoritar   o‘qitish   texnologiyasida   talabaning   tashabbusi   va
mustaqilligi   deyarli   yo‘qoladi,   o‘qitish   majburiy   yo‘sinda   amalga   oshiriladi.   Bundan   farqli
o‘laroq shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarda talaba ta’limning milliy modeli mohiyatiga ko‘ra
pedagogik   jarayon   markaziga   qo‘yiladi,   uning   rivojlanishiga   va   tabiiy   imkoniyatlarini
ro‘yobgachiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratib beriladi.
O‘quvchining   o‘z-o‘zini   bilishi,   shaxsining   o‘ziga   xosligi,   uning   rivojlanish   darajasi,
kelgusidagi   orzu-maqsadlariga   zrishish   uchun   qilayotgan   xatti-harakatlari   zamirida   puxta   bilim
olish, ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlanish mujassam. Uning qiziqishlari, fantaziyasi aniq
maqsad sari yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘z manfaatlarini fanlardan Davlat ta’lim standartlari talablari
asosida nafaqat minimal darajadagi balki, maksimal darajadagi bilimlarni egallash bilan himoya
qilishga qodir bo‘lishi mumkin. Buning uchun esa, o‘qituvchilar tomonidan ularning intilish va
qiziqishlarini   rag‘batlantirib   borish   katta   ahamiyat   kasb   etadi.   Bunday   yondashuv   orqali   ta’lim
jarayonini amalga  oshirishda o‘quvchining bilim olish jarayonini o‘z ichiga olgan, o‘qituvchi –
o‘quvchi – o‘qituvchi munosabati hamkorligi va erkin tanlash prinsipi uni tanlagan sohasi bilan
shug‘ullanishdan zeriktirmaydi, bilimlarini takomillashtirish sari undaydi.
Pedagog   olimlar   tomonidan   ta’lim   jarayonida   shaxsga   yo‘naltirilgan   yondashuvning
asoslangan   pedagogik   texnologiyalari   ishlab   chiqilgan   bo‘lib,   u   quyidagilardan   iborat:   shaxsga
yo‘naltirilgan ta’lim; hamkorlik pedagogikasi; – adaptiv muloqot pedagogik texnologiyasi; o‘yin
texnologiyasi;  rivojlangan  o‘qitish texnologiyasi;  muammoli  o‘qitish texnologiyasi;  differensial
o‘qitish; individual o‘qitish texnologiyasi.
Ushbu   yo‘nalishlarning   har   birida   ta’lim   o‘kuvchi   shaxsining   qiziqishi,   qobiliyati,
imkoniyati   va   shart-sharoitlari   e’tiborga   olinib   tashkil   etiladi.   Ayniqsa,   shaxsga   yo‘naltirilgan
ta’limda   o‘quvchida   mustaqil   fikrlash   orqali   muammoli   vaziyatlardan   chiqishga   intilish
malakasini shakllantirishga alohida urg‘u beriladi.
O‘qitish   jarayonida,   pedagogik   texnologiyalar   talablari   asosida   ifoda   etilgan,   o‘quv
maqsadlariga   erishiladi.   Ilmiy-texnik   taraqqiyot   jadallashgan   davrda   o‘qitish   samaradorligi,
asosan,   o‘quvchining   o‘qitish   jarayonidagi   o‘rni,   pedagogning   unga   bo‘lgan   munosabatiga
bog‘liq   bo‘ladi.   Bu   yerda   o‘qitish   texnologiyasining   ikki   turini   ajratib   ko‘rsatish   mumkin:
avtoritar va shaxsga yo‘naltirilgan.
Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona subyekt sifatda namoyon bo‘ladi, o‘quvchilar
esa faqatgina «obyekt» vazifasini bajaradi xolos.  Bunda o‘quvchining tashabbusi va mustaqilligi
yo‘qoladi,   o‘qitish   majburiy   tarzda   amalga   oshiriladi.   Odatdagi   an’anaviy   o‘qitish,   avtoritar
texnologiyaga   taalluqlidir.   Bunda,   avvalo   Ya.A.Komenskiy   tomonidan   ifoda   etilgan,   didaktika Шахсга йўналтирилган таълим деганда, биз кўпроқ
ўқувчиларнинг шахсий манфаатлари, эҳтиёжларини
назарда тутамиз. Бунда таълимнинг мазмуни ўқувчи
шахсининг қизиқишларига мос равишда
йўналтирилиши, унинг қизиқишлари ва лаёқатини
қўллаб-қувватлаш бош мақсад қилиб олинади. tamoyillariga   asoslangan   o‘qitishning   «sinf-dars»   tizimida   tashkil   etish   nazarda   tutiladi.
Hanuzgacha dunyoda eng ko‘p tarqalgan o‘qitishning «sinf-dars» tizimi hisoblanadi, u quyidagi
xususiyatlari bilan ajralib turadi:
Yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo‘lgan o‘quvchilar sinfni (guruhni) 
tashkil etadi:
Sinf (guruh, oqim) yagona o‘quv reja, yagona o‘quv dasturlar va yagona mashg‘ulotlar 
jadvali bilan shug‘ullanadi;
Mashg‘ulotlarning asosiy birligi dars bo‘lib, u bitta fanning bitta mavzusiga 
bag‘ishlanadi va o‘qituvchi tomonidan boshqariladi;
O‘quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo‘llaniladi.
An’anaviy   o‘qitish   asosan   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarni   o‘zlashti rishga   qaratilgan
bo‘lib, shaxsning rivojlanishini ko‘zda tutmaydi.
An’anaviy o‘qitish asosini, Ya.A.Komenskiy tomonidan tuzilgan pedagogika tamoyillari 
tashkil etadi:
ilmiylik;
tabiatga monandlik (o‘qitish rivojlanish bilan belgilanadi va shakllanmaydi); 
uzviylik va tizimlilik;
o‘zlashtiruvchanlik (ma’lumdan noma’lumga, soddadan murakkabga);
mustahkamlash (takrorlash, takrorlash …)
onglilik va faollik;
nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi; 
yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish.
An’anaviy   o‘qitish   quyidagi   xususiyatlarga   ega:   zo‘ravonlik   pedagogikasi,   o‘qitishning
tushuntiruv-ko‘rgazmali   usuli,   ommaviy   o‘qitish.   An’anaviy   o‘qitishda   avtoritarlik   quyidagi
shaklda   namoyon   bo‘ladi:   o‘quvchi   bu   hali   to‘la   shakllanmagan   shaxs,   u   faqat   bajarishi   zarur,
pedagog esa - bu sardor hakam, yagona tashabbuskor shaxs.
Mumtoz   an’anaviy   «sinf-dars»   tizimi   -   bu   bayon   etishning   ma’ruzaviy   usuli   va   kitob
bilan mustaqil ishlashni o‘z ichiga oladi (didaxografiya).
Zamonaviy   an’anaviy   o‘qitishesa,   o‘qitishning   texnik   vositalarini   qo‘llab,
didaxografiyadan   foydalanishdan   iborat   bo‘ladi.   Shaxsga   yo‘naltirilgan   texnologiyalarda,
o‘quvchi   shaxsi   pedagogik   jarayon   markaziga   qo‘yiladi,   uning   rivojlanishiga   va   tabiiy
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida O‘zbekiston Respublikasidagi ta’lim tizimining milliy
modeliga   alohida   e’tibor   qaratilgan.   Bu   model   5   tarkibiy   qismdan   iborat:   shaxs,   davlat   va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish. Bu yerda ta’lim milliy modelining asosiy tarkibiy
qismi - «shaxs» birinchi o‘rinda turadi. Boshqacha aytganda, butun ta’lim tizimi, shu jumladan,
o‘qitish shaxsga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
Shuning   uchun   zamonaviy   texnologiyalarda   pedagogik   jarayon,   o‘qitishning   shaxsga
yo‘naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim.
Hayot   dialektikasi   shundan   iboratki,   doimo   yangi   avlod,   oldingi   avloddan   ko‘ra
rivojlanganroq   bo‘ladi.   Ilmiy   texnik   taraqqiyotning   keskin   yuksalish   davrigacha   (XX   asrning
birinchi   yarmigacha),   fan,   texnika   va   texnologiyalar   rivoji   evolyusion,   past   sur’atlarda   amalga
oshar edi.
Shuning   uchun   ketma-ket   keluvchi   avlodlarning   rivojlanish   darajasi   deyarli   farq   qilmas
edi.   Bunday   sharoitlarda   Ya.A.Komenskiyning   o‘qitishning   avtoritar   texnologiyasi,   an’anaviy
«sinf-dars» tizimi dunyoga keldi.
Ilmiy   texnik   taraqqiyotning   keskin   yuksalish   davrida   (XX   asrning   ikkinchi   yarmi),   fan,
texnika,   texnologiyalar   yuqori   sur’atlarda   rivojla nayotgan   davrda,   bir   avlod   hayoti   davomida
fanning   rivoji   insoniyatning   butun   tarixidagidan   ko‘ra  ko‘proq   bo‘lgan   bu  davrda,   o‘qitishning
an’ana viy tizimi (shu jumladan zamonaviy an’anaviy o‘qitish) o‘z umrini oxiri ga yetdi. Hozirgi
zamon   avlodining   rivojlanish   sur’ati   oldingilardan   ko‘ra   ancha   yuqori   bo‘lganligi   sababli,
o‘qitishning   an’anaviy   tizimi,   rivojlanishga   to‘sqinlik   qila   boshladi.   Bunday   sharoitlarda
taraqqiyot,   faqat   har   bir   shaxsning   mavjud   imkoniyatlarini   to‘la   ro‘yobga   chiqarish   asosida
amalga   oshirilishi   mumkin.   Axborotning   hajmi,   xilma-xilligi,   egallashga   moyilligi   va
vositalarining   yetarliligi   samarali   individual   va   mustaqil   o‘qitishni   tashkil   etish   uchun   zaruriy
shart-sharoitlar   yaratadi.   O‘qitishni   jadallashtirish   maqsadida,   pedagogning   o‘quvchiga   bo‘lgan
munosabati «sardor»likdan, uning «sherigi»ga aylanishi zarur.
O‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagi asosiy tamoyillar xos 
bo‘ladi:
insonparvarliq ya’ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat ko‘rsatish, unga 
yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zo‘rlashdan to‘la voz 
kechish; 
hamkorliq ya’ni pedagog va o‘quvchilar munosabatidagi demokratizm, tengliq sheriklik;
erkin tarbiyalash, ya’ni shaxsga uning hayot faoliyatini keng yoki tor doirasida tanlab 
olish erkinligi va mustaqillikni berish, natijalarni tashqi ta’sirdan emas, ichki 
hissiyotlardan keltirib chiqarish. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarning kommunika -
tiv asosi - pedagogik jarayonda o‘quvchiga insoniy-shaxsiy yondashuv hisoblanadi.
Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo‘ladi:
 pedagogik jarayonda shaxs obyekt emas, subyekt hisoblanadi;
 har bir o‘quvchi qobiliyat egasi, ko‘pchiligi esa iste’dod egasi hisoblanadi;
 yuqori   etik   qadriyatlar   (saxiyliq   muhabbat,   mehnatsevarliq   vijdon   va   boshqalar)   shaxsning
ustivor xislatlari hisoblanadi. 
Munosabatlarni demokratlashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
 o‘quvchi va pedagog huquqlarini tenglashtirish,
 o‘quvchining erkin tanlab olish huquqi;
 xatoga yo‘l qo‘yish huquqi;
 o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lish huquqi
 pedagog   va   o‘quvchilar   munosabati   zayli:   taqiqlamaslik;   boshqarish   emas,   birgalikda
boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil etish; chegaralash emas, erkin
tanlab olishga imkon berish.
Yangi   munosabatlarning   asosiy   mazmuni,   hozirgi   zamon   sharoitida   samarali   natija
bermaydigan   va   g‘ayri   insoniy   hisoblanadigan   zo‘ravonlik   pedagogikasidan   voz   kechishdir. Muammo bu tamoyilni mutlaqlashtirishda emas, balki uning oqilona mezonlarini aniqlashdadir.
Umuman   olganda   tarbiya   jarayonida   zo‘ravonlik   mumkin   emas,   ammo   jazolash   insonni
kamsitadi, ezadi, rivojlanishini susaytiradi, unda qulchilik xususiyatlarini shakllantiradi. 
Erkin o‘qitish quyidagilar bilan belgilanadi:
 ishonchga asoslangan erkin talabchanlik;
 o‘quv materialiga qiziqish uyg‘otish, bilishga va faol ijodiy fikrlashga rag‘batlantirish; 
 o‘quvchilarning mustaqilligi va tashabbusiga tayanish;
 jamoa orqali bilvosita usullar bilan talablarni amalga oshirishni ta’minlash.
Yangi   individual   yondashuvning   mohiyati   shundaki,   u   ta’lim   tizimida   o‘quv   fanidan
o‘quvchiga emas, o‘quvchidan o‘quv fani tomonga harakatlanishni taqozo etadi, o‘quvchilarning
mavjud   imkoniyatlarni   inobatga   olib,   ularni   rivojlantirish,   takomillashtirish   va   boyitishga
qaratilgan bo‘ladi.
Individual yondashuvning zamonaviy yangi talqini quyidagilardan iborat:
o‘rtacha o‘quvchiga yo‘naltirishdan voz kechish;
shaxsning yaxshi xislatlarini izlash;
shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish. 
Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar zarur bo‘ladi:
har bir o‘quvchi qiyofasida noyob shaxsni ko‘rish, uni hurmat qilish, tushunish, qabul 
qilish, unga ishonish. Pedagogda barcha o‘quvchilar iste’dodli degan ishonch bo‘lishi 
kerak.
bevosita majburlashga yo‘l qo‘ymasliq qoloqlikka va boshqa kamchiliklarga urg‘u 
bermasliq uning nafsoniyatiga tegmaslik.
pedagogik jarayonda, o‘quvchilarga o‘zqobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat 
yaratish va ko‘maklashish.
Oliy,   o‘r ta   maxsus   va   kasbiy   ta’lim   tizimi   uchun,   o‘qitishning   shaxsga   yo‘naltirilgan
texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:  Shaxsga   yo‘naltirilgan   o‘qitish   texnologiyalari   ilmiy-texnikaviy   taraqqiyoti
jadallashtirilgan  davrida  rivojlangan  davlatlarda  shakllantirilganligini  inobatga  olgan holda ular
chuqur ildizlarga ega ekanligini ta’kidlash to‘g‘ri bo‘lar edi. 
Qadimiy   faylasuf   S uqro t   o‘z   chiqishlarida   savol   va   javob   usulini   ishlatar   edi.   Bu   usul
haqiqatni bilib olish uchun yordam berar edi. 
Qadimiy   Rim   pedagogi   M.F.Kvantilian   har   bir   shogirdga   e’tibor   va   diqqat   bilan
yondashishni tavsiya bergan edi. 
O‘rta   asr   Sharqining   buyuk   olim-mutafakkirlari   tomonidan   yirik   pedagogik   meros
qoldirilg a n.   Asrlar,   mingyillar   davomida   shaxsga   muhabbat   va   hurmat,   unga   yordamlashish
xislatlari asosida sivilizasiya shakllanib keldi. 
Millatimiz   shakllanishi   bilan   birgalikda   xalqimizning   mentaliteti   insonga   muhabbat   va
hurmat   ko‘rsatish,   unga   yordamlashish   xislatlari   asosida   yuzaga   chiqdi.   Eng   avvalo,
yoshlarimizga   nisbatan   muhabbat   yaqqol   namoyon   bo‘ladi.   Xalqimiz   bolalarga   «siz»   deb
munosabat qilur, kattalar ularga birinchi bo‘lib «salom» berur.
Yaponiyaning   zamonaviy   pedagog-olimlari   bolani   kuniga   200   martagacha   erkalatishni
tavsiya   beradilar.   Bu   zamonaviy   g‘oyalarning   debochasi,   buyuk   ajdodimiz   Al-Buxoriyning
«Hadis» kitobida «Bolaga rahmdillik qilmoq, uni o‘pib quchoqlamoq haqida» bobida yoritilgan.
Shaxsga   yo‘naltirilgan   o‘qitish   texnologiyalarning   o‘zagi   shaxslar   o‘rtasidagi   yuqori
qadriyatlarga,   teng   huquqlilikka   asoslangan   munosabat   hisoblanadi.Bu   qadriyatlar   Al-
Buxoriyning   «Hadis»   kitobida   «Shirin   so‘z   odam   haqida»,   «So‘kmoq   va   la’natlamoq
ta’qiqlanganligi   haqida»   boblarida   namoyon   etilgan.   Unda   shaxsni   so‘kish   uni   o‘ldirish   bilan
tenglashtirilgan.
Muammoli   o‘qitish   amerikalik   faylasuf,
psixolog   va   pedagog   Dj.Dyu i ning   nazariy
qoidalariga   asoslanadi   va   XX asrning   20-30-
yillarida   tarqala   boshladi.   Dj.Dyu i   o‘qitish
uchun   quyidagilarni   asos   qilib   belgiladi:
ijtimoiy,   konstruksiyalash,   badiiy   ifodalash,Муаммоли  ўқитиш технологияси  ilmiy-tadqiqiy.   Bu   asoslarni   amalga   oshirish   uchun   quyidagilar   tavsiya   etiladi:   so‘z,   san’at
asarlari, texnik qurilmalar, o‘yinlar va mehnat. 
Bugungi   kunda,   muammoli   o‘qitish   deganda   mashg‘ulotlarda   pedagog   tomonidan
yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni yechishga qaratilgan o‘quvchilarning faol mustaqil
faoliyati   tushuniladi.   Buning   natijasida   o‘quvchilar   kasbiy   bilimlarga,   ko‘nikmalarga,
malakalarga ega bo‘ladilar va fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.
Muammoli   o‘qitish,   o‘qitishning   shaxsga
yo‘naltirilgan   texnologiyalarga   taalluqli,   chunki
bu   yerda   shaxs   subyekt   sifatida   qaraladi,
muammoli   vaziyatlarning   maqsadi   -   pedagogik
jarayonda o‘ziga xos qiziqish uyg‘otishdir.
Muammoli   vaziyatlar   kiritilib,   an’anaviy,
bayon   etish   o‘quv   materialining   eng   optimal
tarkibi   hisoblanadi.Pedagog   muammoli   vaziyat
yaratadi,   o‘quvchini   uni   yechishga   yo‘naltiradi,
yechimni   izlashni   tashkil   etadi.   Muammoli   o‘qitishni   boshqarish,   pedagogik   mahoratni   talab
etadi, chunki muammoli vaziyatning paydo bo‘lishi individual holat bo‘lib, tabaqalashtirilgan va
individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.
Muammoli   o‘qitish,   ijodiy   jarayondan   nostandart   ilmiy-o‘quv   masalalarni   nostandart
usullar   bilan   yechishni   taqozo   etadi.   Talabalarga   mashq   uchun   beriladigan   masalalar,   olingan
bilimlarni mustahkamlash va malakalar hosil qilish uchun xizmat qilsa, muammoli masalalar esa
faqat yangi yechimlar izlashga qaratiladi.
O‘quv   materialini   muammoli   taqdim   etilishining   mohiyati   shundaki,   unda   o‘qituvchi
bilimlarni tayyor holda taqdim etmasdan, o‘quvchilar oldiga muammoli masalalar qo‘yadi, ularni
yechimining   yo‘llari   va   vositalarini   izlashga   undaydi.   Muammo,   yangi   bilimlar   va   harakat
usullar sari, o‘zi yo‘lga boshlaydi. 
Shuni qat’iyatlik bilan ta’kidlash lozimki, bu yerda yangi bilimlar ma’lumot uchun emas,
balki   muammo   yoki   muammolarni   yechimi   uchun   beriladi.   An’anaviy   pedagogik   usuldagi   –
bilimlardan   muammoga   qarab   –   o‘quvchilar   mustaqil   ilmiy   izlanish   ko‘nikma   va   malakalarini
hosil   qila   olmaydi,   chunki   ularga   o‘zlashtirish   uchun   tayyor   natijalar   taqdim   etiladi.
Muammoning   yechimi   ijodiy   fikrlashni   taqozo   etadi.   O‘zlashtirilgan   bilimlar   shablonlarini
takrorlash   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   reproduktiv   psixik   jarayonlar,   muammoli   vaziyatlarda   hyech
qanday samara bermaydi. 
Agar   inson   muntazam   tayyor   bilim   va   ko‘nikmalarni   o‘zlashtirishga   o‘rgatilgan   bo‘lsa,
uning tabiiy ijodiy qobiliyatini so‘ndirish ham mumkin; u mustaqil fikrlashni «esdan chiqaradi»
Fikrlash   jarayoni   muammoli   masalalarni   yechishda   a’lo   darajada   namoyon   bo‘ladi   va
rivojlanadi. 
Muammoli   o‘qitishda   kechadigan   jarayonlarning   psixologik   mexanizmi   quyidagicha
bo‘ladi:   inson   ziddiyatli,   yangi,   noma’lum   muammoga   (muammo   –   murakkab   nazariy   yoki
amaliy   masala   bo‘lib,   yashirin   ziddiyatlarni   qamrab   oladi,   uning   yechimi   turli,   hatto   muqobil
vaziyatlarni   talab   etadi)   duch   keladi,   unda   hayratlanish,   ajablanish   holati   paydo   bo‘ladi,   «gap
nimada?» degan savol tug‘iladi. 
O‘quvchi noma’lum yechimni topish uchun mustaqil yoki o‘qituvchi yordamida izlanadi.
Muammoni jamoaviy hal etishda paydo bo‘luvchi, subyekt-obyekt-subyekt munosabatlari ijodiy
fikrlashni faollashtirishga olib keladi. 
Muammoli o‘qitishning uchta asosiy shakli mavjud:
          O‘quv   materialini
muammoli   bayon   etish   –
ma’ruzaviy   mashg‘ulotlarda
monolog   tarzda,   seminar
mashg‘ulotlarida   esa   dialog Qisman   izlanish   faoliyati   tajribalar
laboratoriya   ishlarini   bajarishda
muammoli   seminarlar,   evristik
suhbatlar   davomida   namoyon   bo‘ladi.
O‘qituvchi   muammoli   savollar Mustaqil   tadqiqot
faoliyatida   talabalar
mustaqil   ravishda
muammoni   ifoda
etadilar   va   uniМуаммоли   ўқитиш,   ўқитишнинг
энг   табиий   самарали   усулидир,
чунки   илмий   билимлар   мантиқи
ўзида   муаммоли   вазиятлар
мантиқини намойиш этади.  tarzda   olib   boriladi.
O‘qituvchi   ma’ruza   paytida
o‘quv   materialini   bayon
etayotganida   muammoli
masalalar   tuzadi   va   ularni
o‘zi   yechadi,   o‘quvchilar   esa
yechimlarni   izlash
jarayoniga   faqat   xayolan
qo‘shiladilar.   Masalan,
«O‘simliklar   hayoti   haqida»
mavzusidagi   ma’ruzaning
boshida   «Nega   ildiz   va   tana
qarama-qarshi   tomonlarga
o‘sadi?»   degan   muammo
qo‘yiladi,   ammo   ma’ruzachi
tayyor   javobni   bermaydi,   u
fanning bu haqiqatga qanday
yetib   kelgani,   bu   hodisa
sabablari haqidagi farazlarni
tekshirish   bo‘yicha
o‘tkazilgan   tajriblar   haqida
hikoya qiladi.  tizimini  tuzadi, bu savollarga javoblar
olingan   bilimlar   bazasiga   tayanadi,
ammo   ular   oldingi   bilimlarda   mavjud
emas,   ya’ni   savollar   talabalarga
intellektual qiyinchiliklar tug‘diradi va
maqsadga   yo‘naltirilgan   ijodiy
izlanishga undaydi. O‘qituvchi imkoni
boricha   «boshqacha   javoblar»
yo‘naltiruvchi   savollarni   tayyorlab
qo‘yishi   lozim,   u   o‘quvchilar
javoblarigi   tayanib,   yakuniy   xulosa
qiladi.   Qisman   izlanish   usuli,   3   va   4-
darajali   mahsuldorlik   faoliyatini
(foydalanish,   ijod)   va   bilimlarni   3   va
4-darajasini   bilim-ko‘nikma,   bilim-
transformasiya   (qayta   shakllanish)
ta’minlaydi. An’anaviy tushuntirish va
reproduktiv   o‘qitishga   esa,   bilim-
tanishi   va   bilim-nusxa   shakllanadi,
xolos.  yechadilar   (kurs   yoki
bitiruv   ishlarida,   ilmiy
tadqiqot   ishlarida)   va
o‘qituvchi   nazorati
bilan   yakunlanadi,   bu
esa   4-darajali
mahsuldorlik faoliyatini
(ijod)   va   4-darajali   eng
samarali,   mustahkam
bilimni   (bilim-qayta
shakllanish)   egallashni
ta’minlaydi. 
Tabaqalashtirilgan   o‘qitish   o‘quv   jarayonining   tashkil   etishni   bu   shakli   umumiy
didaktika   tizimiga   asoslangan   bo‘lib,   maxsus   tashkil   ettirilgan   talabalarning   gomogen
guruhlarida, o‘quv jarayonini maxsuslashtirishni ta’minlaydi. 
O‘qitishni   tabaqalash   (bu   tushuncha   o‘qitish   jarayonini   o‘zi   bilan   bog‘liq)   –   uslubiy,
psixologik-pedagogik   va   tashkiliy-boshqaruv   tadbirlar   majmuasi   asosida   tuzilgan   turli   xildagi
gomogen guruhlarda o‘qitish uchun turli xil shart-sharoitlarni yaratish demakdir.
O‘qitishning eng yuqori oliy pog‘onasi individual o‘qitish hisoblanadi. 
O‘qitishni tabaqalashtirish
A. Boshlang‘ich pog‘ona  V. O‘rta pog‘ona S. Oliy pog‘ona 
Oqimlarda va akademik
guruhlarda o‘qitish  Gomogen guruhlarda o‘qitish
(GGO‘) Individual o‘qitish (IO‘)
O O‘ GGO‘ IO‘
M Q IO‘
M I IO‘
A T IO‘
V I IO‘
I Sh IO‘
Y GGO‘ IO‘
IO‘
IO‘
IO‘Таба қ алаштирилган ў қ итиш технологияси  O‘qitishning tabaqalashtirish pog‘onalari.
Umumta’lim  maktablarida,  akademik  liseylarda  va kasb-hunar kollejlarida  talabalarning
aqliy   rivojlanish   darajasi   bo‘yicha   tabaqalashning   ijobiy   tomonlari   bilan   bir   qatorda   salbiy
tomonlari ham mavjud bo‘ladi. Oliy maktab uchun esa bu o‘qitish tizimiga hyech qanday shak-
shubha   yo‘q.     Hozirgi   paytda   oliy   o‘quv   yurtlariga   kiruvchilarning   bilimlarni   o‘zlashtirish
darajasi 100 % dan 25 % gacha tashkil etadi. Bunday sharoitda davlat ta’lim standartlari talabiga
mos   oliy   malakali   kadrlar   tayyorlash   maqsadida
o‘qitishni tabaqalashtirish davr taqozosidir. 
Talabaning   mavjud   shaxsiy   imkoniyatlarni
ro‘yobga chiqarishini ta’minlash,zamonaviy o‘quv
jarayoniga   qo‘yiladigan   jadallashgan   ilmiy-
texnikaviy   taraqqiyotining   talabidir.   Bunga
individual   va   individuallashtirilgan   o‘qitish   orqali
erishish mumkin.
Individual o‘qitish  – bu o‘quv jarayonining
tashkil   etishning   shakli   bo‘lib,   bunda   pedagog
talabalar   bilan   yakkama-yakka   shug‘ullanadi,
talaba   o‘quv   vositalari   (kitoblar,   kompyuter   va
h.k.) yordamida uzluksiz mustaqil ta’lim oladi. 
Individual   o‘qitishning   afzalliklari:
pedagogik   jarayonning   tala ba   qobiliyatlariga
moslashuvchanligi   imkoniyatidir.   Bunda   talabaning   bilim   olish   darajasi   doimiy   monitoringini
amalga   oshirish   va   zaruriy   tuzatishlar   kiritish   natijasida   optimal   pedagogik   jarayonni   tashkil
etiladi
Individual yondashish  – bupedagogik tamoyilga ko‘ra, pedagogik jarayonda pedagogning
talabalar   bilan   o‘zaro   munosabati,
ularning   shaxsiy   xususiyatlarini   hisobga
olgan   holda   quriladi   va   butun   guruh
hamda   har   bir   alohida   talabaning   rivoji
uchun   psixologik-pedagogik   muhit
yaratiladi. 
Individuallashtirilgan   o‘qitish
bunday   o‘quv   jarayonini   tashkil   etishda Олий, ўрта махсус ва касб-ҳунар таълим тизимида гомоген гуруҳлар, талабаларнинг 
индивидуал-психологик хусусиятлари, аввало ақлий ривожланиш даражаси асосида 
тузилади.
Индивидуаллаштирилган ўқитиш технологияси
Узлуксиз тескари   алоқа ва ўқув 
мақсадларга эришилганлигини 
баҳолашни таъминлаш мажбурий 
ҳисобланади.  individual   yondashish asosida  o‘qitish  yo‘llari,   usullari,  sur’ati  tanlanadi   va turli   o‘quv-uslubiy
psixologik-pedagogik hamda tashkiliy boshqaruv tadbirlari orqali ta’minlanadi.
Individuallashtirilgan   o‘qitish   texnologiyasi –   bunda   o‘quv   jarayonini   tashkil   etishda
individual yondashish va o‘qitishning individual shakli ustivor hisoblanadi. O‘qitishning barcha
shaxsga   yo‘naltirilgan   texnologiyalarida   u   yoki   bu   darajada   individual   yondashish   qo‘llaniladi,
ammo   individuallashtirilgan   o‘qitishda,   individual lashtirish,   o‘quv   maqsadlariga   erishishning
asosiy   vositasi   hisoblanadi.   Individuallashtirilgan   o‘qitishning   asosi,   talabaning   individual-
pedagogik   xususiyatlarini   o‘rnatish   hisoblanadi.   Olingan   natijalar   asosida,   o‘qitish   usuli
tanlanadi. Qabul qilingan texnologiyalar, qoidalar va tamoyillarga ko‘ra o‘qitish jarayoni amalga
oshiriladi. 
Kompyuterlashtirilgan   o‘qitish
texnologiyasi   –   bu   kompyuterdan
foydalanishga   asoslangan   o‘qitishdir.
O‘qitishning   kompyuter   texnologiyasi
yangi   axborot   texnologiyalarning   bir
turidir.   Axborot   texnologiyalarda
bundan   tashqari   boshqa   axborot
vositalari   (televideniye,   video   va
boshqalar)   ishlatilishi   mumkin.
Kompyuter   texnologiyalari
dasturlashtirilgan   o‘qitish   g‘oyalarini
rivojlantiradi,   zamonaviy
kompyuterlar   va
telekommunikasiyalarning   yirik
imkoniyatlari   bilan   bog‘liq   bo‘lgan
o‘qitishning mutlaqo yangi hali tadqiq
qilinmagan   texnologik   variantlarini
ochib   beradi.   Telekommunikasion   tizimlar,   shu   jumladan   kompyuterlar   hozirgi   zamon   ilmiy-
texnik   taraqqiyotning   mahsuli   hisoblanadi.   Ilmiy-texnik   taraqqiyot   ilmiy-texnik   axborotning
ko‘chkisimon   o‘sishi   bilan   belgilanadi.   Talabalarning   individual   tabiiy   qobiliyatlarini   hisobga
olib, imkoni boricha maksimal darajadagi axborotni o‘zlashtirish faqat kompyuterlar yordamida
amalga oshirilishi mumkin. Ya’ni o‘qitishning kompyuter texnologiyasi asosida o‘quv jarayonini
jadallashtirish va samaradorligini maksimal darajada oshirishga erishish mumkin.
Kompyuterli   o‘qitish   texnologiyasi   mazmun   jihatdan   kompyuter   xotirasiga   kiritilgan
pedagogik dasturiy vositalar bilan farqlanadi. Dasturiy vositalar mavzu, bo‘lim yoki butun o‘quv
fani bo‘yicha  tuzilishi  mumkin
va   u   o‘quv   materiali
o‘zlashtirilishi   diagnostikasi
baholashni   va   monitoringini
ham   o‘z   ichiga   oladi.
Kompyuterli   o‘qitish
texnologiyasi ning
samaradorligi   dasturiy
vositalarning   ishlab   chiqilish
darajasi bilan bir qatorda o‘quv
jarayonini   va   ishchi   o‘rinlarini
to‘g‘ri   tashkil   etilganiga
bog‘liq bo‘ladi.  Ўқитишнинг   компьютер
технологияси,   компьютернинг   инсон
индивидуал   қобилиятларига   мослигига
таянади.   Ўқитиш   жараёнини   оптимал
даражада   тезкор   бошқариш   имконияти
мавжудлиги,   бу   ўқитишнинг   турининг
универсал   мулоқоти   кўринишида
эканлиги,   психологик   қулайликлари,
ўқитишнинг   чекланмаганлиги   билан
ажралиб туради .  Kompyuterli   o‘qitish   texnologiyasida   quyidagilar   zarur   hisoblanadi:   individual   o‘qitish;
muntazam   ravishda   kompyuter   yordamida   diagnostik   testlar   o‘tkazish;   o‘quv   maqsadlariga
erishilganligini baholash.
Kompyuterli  o‘qitish   texnologiyasida  o‘qitish  siklining  qayta   takrorlanishi  eng   samarali
ta’minlanadi. 
Bu   o‘qitish   texnologiyasida   pedagogning   funksiyasi   quyidagilardan   iborat   bo‘ladi:
dasturiy vositalarni tayyorlash; o‘quv jarayonining (o‘quv jarayoni grafigi, diagnostika, nazorat)
guruh, fan miqyosidatashkil etish; ishchi o‘rinlarini tashkil etish, yo‘l-yo‘riqlar berish, tarmoqni
boshqarish; talabalar bilan muloqotda bo‘lish, individual o‘qitishni ta’minlash. 
Rivojlantiruvchi ta’limning maqsadi  – O‘quvchilarda mantiqiy, tanqidiy, tahliliy, ijodiy
fikrlashni rivojlantirish orqali barkamol shaxsni shakllantirishdan iboratdir.
Rivojlantiruvchi   ta’limning   vazifasi   –   shaxsning   individual   kamol   topishi   uchun   zarur
bo‘ladigan hayotiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish sanaladi. Rivojlantiruvchi ta’limning
o‘ziga xos xususiyatlari- o‘quvchilarda topshiriqlarni yechishga oid nazariy tushuncha va amaliy
ko‘nikma,   malakalarni   shakllantiradi.   O‘quvchilarning   ijodiy   qobiliyatlarini   ro‘yobga
chiqarishga xizmat qiladi.
Muammoli ta’lim Evristik   ta’lim Tadqiqotchilik   ta’
lim IMEN
(TRIZ)   (ixtirochilik
Masalalarini   yechish
nazariyasi)
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining yetakchi tamoyillari :
- inkorporasiya(tizimli faoliyat ko‘rsatish)-turli fanlarga oid bilimlarni umumlashtirish;
- moslanuvchanlik-ta’lim   shakli,   usuli   va   usullarining   turli   ta’lim   muassasalarida
qo‘llanuvchanligi;
- uyg‘unlik-muayan   o‘quv   predmetiga   oid   o‘quv   materiali   mazmunining   shaxsini   rivojlantirish
shakl, usuli vausullar bilan uyg‘unligi;
- yaratuvchanlik-turli   ta’lim   muassasalari   pedagoglarining   pedagogik   texnologiyalarini   yaratish
imkoniyatlari;
- tabiiylikka asoslanish- genetik va ijtimoiy jihatlarga muvofiq o‘quvchilarning o‘ziga xos shaxsiy
xususiyatlarini hisobga olishdan iboratdir.
Rivojlantiruvchi ta’limning ayrim texnologiya va usullari:
Bumerang “Venn”
diagrammasi Yelpig‘ich 6x6x6 Ikki   yoqlama
kundalik
Aqliy hujum Rolli o‘yin Taqdimot T jadval Mini leksiya
FSMU Baliq skleti Zinama-zina Didaktik o‘yin Nilufar guli
Guruhlarda
ishlash Ishbilarmonlik
o‘yini Galereya “SWOT” tahlil Rezyume
Tanqidiy fikrlash nima? 
 “Tanqidiy fikrlash” tushunchasi:  Ривожлантирувчи таълимнинг асосий йўналишлари:
Фикрлаш   –   ўқиш,   ёзиш,   сўзлаш   ва
эшитишга   ўхшаш   жараён.   У   фаол,
мувофиқлаштирувчи   шундайжараёнки,
унда   ўзида   бирор   ҳақиқат   тўғрисидаги
фикрларни қамраб олади.    Tanqidiy   fikrlash  – axborotlarni  o‘zlashtirishdan  boshlanadigan   va xulosa  chiqarish  bilan
tugallanadigan   murakkab  o‘ylash  jarayoni.  Biroq  tanqidiy   fikrlash  –  bilish  faoliyatining  yuqori
darajasi  sifatida  talabalarda  matn  bilan  ishlash ko‘nikmasini  rivojlantirishga,  og‘zaki  va yozma
nutqni   egallashga,   mazkur   matn   bo‘yicha   kursdoshlari   bilan   birgalikda   harakatda   bo‘lishiga
qaratilgan   pedagogik   texnologiya...   Tanqidiy   fikrlash   –   o‘quv   auditoriyasidagi   ruhiyatni
o‘zgartira   oladigan   strategiyalar   majmuidir,   ya’ni   mashg‘ulot   o‘qituvchi   va   talabalarning
ijodxonasiga aylanadi.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga ta’sir etuvchi aqliy faoliyat ko‘nikmalari:
O Esda     saqlash   –   eng   muhim   fikrlash   jarayoni   bo‘lib,   busiz   o‘quv   jarayonini   amalga   oshirib
bo‘lmaydi,   lekin   u   tanqidiy     fikrlashdan   tubdan   farq   qiladi.   Kompyuterning   xotirasi   har
birimiznikidan  anchagina yaxshiroq,  lekin esda saqlash tanqidiy  fikrlashni  bildirmaydi. 
O O‘quv jarayonini usiz amalga oshirib bo‘lmaydigan «notanqidiy  fikrlash» turlaridan yana biri –
murakkab g‘oyalarni  tushunish  bilan bog‘liq. 
O «Tanqidiy     fikrlash»   tushunchasiga   mos   kelmaydigan   yana   bir     fikrlash   turi   bu   –   ijodiy   yoki
ichki   his   bilan   (intuitiv)   sezib   fikrlashdir.     Sportchi,   rassom,   musiqachilar   miyasida   ham
murakkab fikrlash jarayoni sodir  bo‘ladi, lekin ular  buni hatto sezmaydilar ham.  
Tanqidiy fikrlashning  elementlari :
O tanqidiy  fikrlash – bu mustaqil fikrlashdir;
O axborot – tanqidiy fikrlashning boshlanishidir;
O tanqidiy     fikrlash   savolning   qo‘yilishi   va   hal   qilinishi   zarur   bo‘lganmuammoni   aniqlashdan
boshlanadi;
O tanqidiy  fikrlash ishonchli dalillarga  intiladi;
O tanqidiy fikrlash – ijtimoiy fikrlashdir.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish bosqichlari:
Chaqiriq (Da’vat) Anglash Fikrlash
1. Yangi ma’lumot-
larni ma’lum bo‘lganlar
bilan bog‘lash.
2. Talabalarni fa-
ollashtirish.
3. Taklif etilgan
mavzuni ko‘rib chiqishga
qiziqish tug‘diriladi va
maqsad aniqlanadi  1. Chaqiriq bosqichida
yaratilgan qiziqish va
harakatlanish  inersiyasini,
faollikni qo‘llab-
qo‘vvatlash.
2. Talabalarda o‘z
tushinishini kuza-tishga doir
intilish-larini qo‘llash.
3. Yangi o‘quv
materia-lining
tushunilishiga erishish 1. Talabalar yangi fikr va
axborotlarni o‘z so‘zlari bilan
ifodalashga harakat qilib
ko‘rishlari kerak.
2. Tushunganlarni  o‘z
so‘zlari bilan ifodalab, qayta
tuzganda shaxsiy anglangan
kontekst yuzaga keladi. 
3. Jonli fikrlar
almashinuviga erishiladi.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish strategiyalari:
Da’vat bosqichida
qo‘llaniladigan
strategiyalar Anglash bosqichida
qo‘llaniladigan strategiyalar Fikrlash bosqichida
qo‘llanidigan strategiyalar Erkin yozish.
Klaster.
Aqliy hujum.
B - B -B chizmasi .
Chalkashtirilgan
manti q iy zanjirlar ket ma -
ketligi.
Semantik xususiyatlar
tahlili. Semantik xususiyatlar
tahlili.
B-B-B chizmasi.
O‘qitish bo‘yicha
qo‘llanma.
Bir-biriga o‘rgatish.
Bir - biridan so‘rash.
Ikki qismli kundaliklar. Eng asosiy
tushunchalar, takrorlash.
T - chizma.
Konseptual jadval.
Venn diagrammasi.
Nilufar guli.
Besh minutlik esse.
O‘n minutlik esse.
Tanqidiy   fikrlash   ta’limiy   dastur   yoki   kundalik   hayotning   umumiy   kontekstidan
yiroqlashgan sharoitda o‘rganilishi lozim bo‘lgan hodisa ham emas. Braun (1989) ta’kidlaydiki,
vazifa   va   real   hayot   maqsadlaridan   ajratilgan   o‘quv   ko‘nikmalari   ta’lim   oluvchilarga   obyektiv
testlarni   yaxshi   topshirish   imkoniyatini   berishi   mumkin,   lekin   ular   bu   ko‘nikmalarni   yangi
vaziyatlarda qo‘llay olmaydilar.   Rixer ta’biri  bo‘yicha o‘rganish va fikrlashning ta’rifi kognitiv
psixologiya,   falsafa   va   multmedia   madaniyati   ta’limi   sohasidagi   tadqiqotlar   natijalariga
asoslanadi.
Bu tadqiqotlarning asosiy natijalari:
1.   Samarali   va   muttasil   o‘rganish   asosida   talabalarning   axborotlarni   o‘zlashtirish,
sintezlash va ularni to‘la egallash faolligi yotadi (Anderson va unga hammualliflar, 1985).
2.  O‘rganish  jarayoni   fikrlash  faoliyatini   rivojlantirishning  turli   tuman  strategiyalaridan
foydalangandagina   muvaffaqiyatliroq   bo‘ladi.   Bunday   strategiya   o‘rganish   jarayonini   yanada
onglilashtiradi (Palinskar va Braun, 1989).
3. O‘rganish va tanqidiy fikrlash talabalarning aniq vazifalarga nisbatan yangi bilimlarni
qo‘llash imkoniyatlariga ega bo‘lgan taqdirda rivojlanadi (Resniq1987).
4.   O‘rganish   talabalarning   oldingi   bilimlari,   tajribalariga   tayangandagina
mustahkamlanadi.   Bular   talabalarning   bilgan   bilimlarini   yangi   axborotlar   bilan   bog‘lash
imkoniyatini beradi (Ros,1990).
5.   Tanqidiy   fikrlash   va   o‘rganish   g‘oya   va   tajribalarning   turli-tumanligini   pedagoglar
tushungan va qadrlagan vaqtdagina amalga oshadi. Tanqidiy fikrlash «yakkayu yagona to‘g‘ri
javob»ni qabul qiladigan mentalitet jarayonida yuz bermaydi.
Tanqidiy fikrlashning rivojlanish muhitini yaratish
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu muayyan yosh davrida tugallangan va
esdan   chiqarilgan   vazifa   ham   emas.   Shu   bilan   birga         tanqidiy   fikrlashga   olib   boradigan
tugallangan yo‘l ham yo‘q.
Lekin   tanqidiy   fikrlovchilarning   shakllanishiga   yordam   beruvchi   muayyan   o‘quv
sharoitlari to‘plami mavjud.  Uning uchun:
- talabalarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish;
- turli-tuman g‘oya va fikrlarni qabul qilish;
- talabalarning o‘kuv jarayonidagi faolligini ta’minlash;
- talabalarni kulgiga qolmaslikka ishontirish kerak;
- har   bir   talabaning   tanqidiy   fikr   yuritishga   qodir   ekanligiga   o‘zlarida   ishonch   hissini
uyg‘otish;
- tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash lozim.
Shu munosabat bilan talabalar:
 o‘ziga ishonchni orttirish va o‘z fikri hamda g‘oyalarining qadrini tushunish;
 o‘quv jarayonida faol ishtirok etish;
 turlicha fikrlarni e’tibor bilan tinglash;
 o‘z hukmlarini shakllantirishga hamda undan qaytishga tayyor turishi lozim.
Vaqt.  Tanqidiy fikrlash vaqt talab qiladi. Pirson,   Xansen,   Gordon   (1979)lar   ta’kidlashadiki,   o‘z   fiklarini   ijod   qilish   go‘yo   avvalgi
g‘oya,   tasavvur,   uchrashuvlar   va   tajribalarni   arxeologik   jihatdan   tadqiq   qilishga   olib   keladi.
Shuning uchun ham:
 fikrlarini o‘z so‘zlari bilan ifodalash;
 o‘zaro tanqidiy fikrlar almashish;
 o‘z g‘oyalarini ifodalay olish va konstruktiv takliflarga javob ola bilish;
 fikrlarni   muayyan   g‘oyalar   qiyofasida,   qulay   muhitda   amalga   oshira   olish   va   o‘z
g‘oyalarini to‘la va aniq ifodalay olish. 
Izn.   Tanqidiy   fikrlashda   erkinlik   bo‘lishi   uchun   talabalar   ma’qul   va   noma’qul   narsalarni
aytish, ular haqida fikrlash, ijod qilish uchun ruxsat olishlari lozim. Talabalar yo‘l qo‘yiladigan
holatlarni anglab olishgach, tanqidiy tahlil qilishga faol kirishadilar.
Tanqidiy tahlilga   izn olish onglilik tamoyiliga asoslanadi. Bunda tahlil va haddan oshish
orasidagi farq aniqlab berilishi lozim.  Tanqidiy fikrlashga izn fikrlash uchun chinakam maqsad
bo‘lgan va do‘stona hamda samarali sharoitda beriladi.
Rang-baranglik.  Talabalarning fikrlash jarayonida turli fikrlar va g‘oyalar paydo bo‘ladi.
Rang-barang fikr va g‘oyalar yakkayu-yagona javob mavjudligi haqidagi tasavvur bartaraf
qilingan   chog‘dagina   yuzaga   keladi.   Fikrlarni   ifoda   qilish   chegaralanganda   talabalarning
fikrlashiga   chek   qo‘yiladi.   Faqat   birgina   javob   mavjud   bo‘lgan   taqdirda   xilma-xil   vosita   va
jarayonlardan foydalanish joizki, uning yordamida talabalar ana shu javobni topa olsin.
Faollik.   Tanqidiy   fikrlash   talabalarning   faolligi   bilan   bevosita   bog‘langan.   Odatda,
talabalar sustkash tinglovchilar bo‘lishadi, chunki ularda o‘qituvchi bilimli yoki matnda uning bu
bilimlari   aks   etgan,   shu   tufayli   ularning   bilimlari   o‘qituvchi   mas’ul   degan   ishonch   shakllanib
qolgan.   O‘quv   jarayonidagi   talabalarning   faol   ishtiroki   va   o‘qishlariga   o‘zlarining   mas’ul
ekanligiga   tayyorligi tanqidiy fikrlashda kutilgan natijalarni beradi. Talabalarni fikr yuritishga,
o‘z   g‘oyalari   va   fikrlari   bilan   o‘zaro   o‘rtoqlashishga   da’vat   etish   kabi   pedagogik   yondoshuv
ularning   faolligini   o‘stiradi.   Mixali   Chikjentmixaliy   (1975)   ta’kidlaydiki,   talabalar   o‘sha
murakkab darajadagi o‘quv jarayonida faol ishtirok etishsa, bilish jarayonida qatnashganligidan
katta bahra oladilar va o‘zlarida chuqur qoniqish hissini sezadilar.
Tavakkalchilik     Erkin   fikrlilik   tavakkalchilikka   asoslanadi.   Uning   bilim   faoliyatida
qo‘rqmay   tavakkal   qiluvchi   insonlarni   rag‘batlantirib   turish   joizdir.   Fikrlash   jarayonida
«ahmoqona g‘oyalar» aql bilan tuzilmagan birikma va tushunchalar ilgari surilgan holatlar ham
bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi  uni o‘quv jarayonini  tabiiy  holati  sifatida talabalarga  tushuntirishi
lozim.   Talabalarni   tavakkaldan   holi   bo‘lgan,   ya’ni   g‘oyalar   qadrlangan,   talabalarning   fikrlash
faoliyatida   faol   ishtirokini   yuqori   motivasiyalash   imkoni   bo‘lgan   muhitda   o‘ylash   lozimligini
ularda ishonch hosil qilish zarur.
Qadrlash.   Tanqidiy   fikrlashning   omillaridan   biri   talabalarning   fikrlash   jarayonini
qadrlashdir.   Tashkil   etilgan   fikrlash   jarayonida   talabalar   o‘z   g‘oyalari,   tasavvurlarining
o‘qituvchi  tomonidan qadrlanayotganini  tushungan chog‘dagina chuqur mas’uliyat  va e’tiborga
yarasha   javob   qaytaradilar.   Talabalar   o‘z   fikrlash   jarayonini   qadrlashni   namoyish   qilishga
harakat qiladilar, unga va uning oqibatlariga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘la boshlaydilar.
Qimmatlilik.   Fikrlash   jarayonini   tashkil   etish   davomida   talaba   ularning   fikrlari,   o‘z
tanqidiy   tahlili   natijalari   qimmatli   ekanligini   ularning   ongiga   singdirish   zarur.   O‘qituvchi
talabalardan   muayyan   materialni   shunchaki   qayta   ishlashni   talab   qilganda   tayyor   qoliplardan,
andozalardan  holi  bo‘lishi   lozim.   Bu  esa  talabalarda  o‘zgalar  g‘oyalarini   mexanik  tarzda  qayta
ishlab   chiqish   eng   muhim   va   qimmatli   ekanligiga   ishonch   hosil   qilishga   olib   keladi.   Aslida
talabalarga   o‘z  fikri,   o‘ziga   taalluqli   bo‘lgan   g‘oya  va   tasavvurlar   qimmatli   ekanligini   ko‘rsata
olish zarur. Talabalarning o‘zlari ham o‘z fikrlarining qimmatbaho ekanligiga ishonch hosil qila
olishlari   zarur.   Ular   o‘z   fikrining   tushuncha   va   masalani   muhokama   qilish   jarayonida   o‘ta
muhim, shuningdeq katta hissa bo‘lib hisoblanishini tan olishlari kerak.
O‘zaro   fikr   olishuv.   Fikrlash   jarayoni   talabalarning   o‘zaro   fikr   olishuvini   ko‘zda   tutadi.
Talabalarning o‘zaro fikr olishishi ularning bir-biridan o‘rganishdagi o‘rtoqchiligiga asos soladi. Talabalardan   fikrlovchi   sifatida   o‘zlarida   bo‘lgan   yirik   fikr   va   oddiy   xatoga   bo‘lgan
qobiliyatlarini boshqalarga ochib berish talab etiladi.
O‘zaro   fikr   olishishda   talabalardan   diqqat   bilan   tinglash,   o‘zining   qarashlar   tizimini
so‘zlovchiga   zo‘rlab   o‘tkazish   va   boshqa   so‘zlovchilarni   tuzatib   turishdan   o‘zini   tiyib   turishi
ham   talab   etiladi.   Bunga   javoban   talabalar   boshqalarning   yalpi   fikrlaridan   foydalanish
imkoniyatiga   ega   bo‘ladi.   Keng   doiradagi   munozara   oqibati   o‘laroq   talabalar   o‘zlariga   tegishli
bo‘lgan g‘oyalarni tahlil qilish va uni aniqlashga yanada qobiliyati orta boradi hamda ularni o‘z
bilimlari   va   hayotiy   tajribalarida   yaratgan   g‘oyalari   tizimiga   tirkab   boradi.   Fikrlash   jarayonini
tashkil etishda  uni o‘tkazishning bir necha modellari mavjud.  Ular:
o‘ziga ishonch hosil qilish;

ishda faol ishtirok etish;

o‘rtoqlar va o‘qituvchi bilan fikr olishish;
 o‘zgalar fikrini  tinglay olish .
Muammoli ta’lim texnologiyasining  mohiyati va mazmuni
Muammoli ta’limning ilmiy nazariy asoslari
Axborot   texnologiyalari     yoki     postindustrial   deb   atalayotgan   bugungi   jamiyat   shaxsdan   faol
harakat   qilishni,   mustaqil   qaror     qabul   qilishni,   hayotning   o‘zgarayotgan   sharoitlariga
moslashishni talab qiladi. Buning uchun har bir shaxs ma’lum sifatlarga ega bo‘lishi talab etiladi.
Inson tafakkuri  muammoli vaziyatlarni yaratish, muammoni qo‘yish va uni yechishdek
noyob  qobiliyatga   ega   bo‘lganligi   sababli     insoniyat   tomonidan     ilmiy-   texnikaviy   kashfiyotlar
amalga oshirilgan. 
Pedagogik   tafakkurni     o‘quv   jarayonida   muammolarni   yechishga   yo‘naltirish,   ya’ni
ta’lim   jarayoniga   muammoli   o‘qitishni   joriy   etish   o‘quvchilariga   tayyor   bilimlarni
o‘zlashtirishdan asta-sekin mustaqil  faoliyatga  o‘tish imkoniyatini  beradi.
Muammoli o‘qitish   takomillashgan o‘qitish texnologiyasidir. Hozirgi oliy maktabdagi
samarali o‘qitish texnologiyasi muammoli ta’limdir.
Uning   vazifasi   faol   bilish   jarayoniga   undash   va
tafakkurda   ilmiy-tadqiqot   uslubini   shakllantirishdir.
Muammoli   ta’lim   ijodiy   faol   shaxs   tarbiyasi
maqsadlariga mos keladi.
Bu   turdagi   ta’limning   ilk   g‘oyalari
amerikalik   psixolog   va   pedagog   J.Dyui   (1859-1952
yy.) tomonidan asoslangan. U 1894 yilda Chikagoda
o‘qitish   o‘quv   rejasi   bo‘yicha   emas,   balki   o‘yin   va
mehnat   asosida   olib   boriladigan   tajriba   maktabini
tashkil etgan. 
J.Dyui   muammoli   ta’lim   asosi   sifatida
quyidagi yo‘nalishlarni belgilagan  Муаммоли   таълим   –   талабаларда
ижодий   изланиш,   кичик
тадқиқотларни   амалга   ошириш,
муайян   фаразларни   илгари   суриш,
натижаларни 
асослаш,   маълум   хулосаларга   келиш
каби кўникма ва 
малакаларни   шакллантиришга
йўналтирилган таълим Muallif ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda ta’limni tashkil etish uchun quyidagi vositalardan 
foydalangan: 
1) so‘z; san’at asarlari; texnik qurilmalar; 
2) o‘yinlar; mehnat 
Muammoli   o‘qitishni   chuqur   o‘rganish     XX   asrning   60-yillarida   boshlangan   bo‘lib,
uning   asosida     “Tafakkur-   muammoli     vaziyatdan   boshlanadi”-degan   g‘oya   yotadi   .   O‘tgan
asrning 60-yillarida muammoli ta’lim L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.Ya.Lerner kabi
tadqiqotchilarning   qarashlari   negizida   yanada   rivojlangan.   S.L.Rubinshteynning   “Tafakkur
muammoli vaziyatdan boshlanadi” degan g‘oyasi muammoli ta’limning psixologik asosi sifatida
qabul qilingan. 
Muammoli ta’limining asosiy turlari. Muammo va muammoli vaziyat.
Muammoli   ta’limning   bir   necha   turlari   mavjud.   M:   M.N.Skatkin   o‘z   ishlarida
muammoli ta’limning quyidagi turlari borligiga urg‘u beradi: 
1. Bilimlarni muammoli bayon qilish(muammoli ma’ruza) 
2. Muammoli topshiriqlarni hal qilish (muammoli amaliy mashg‘ulot) 
3.   Kichik   ilmiy   tadqiqotlarni   olib   borish
(muammoli tajriba)
Muammoli   ta’limning   asosini   muammo
(yun.   “to‘siq”,   “qiyinchilik”)   yoki   muammoli
vaziyat   tashkil   etib,   muammoli   TT   ularning
yechimini topishga xizmat qiladi. 
Ko‘p   holatlarda   muammo   va   muammoli
vaziyat   sinonimlardek   qabul   qilinadi.   Aslida   esa
ular bir-biridan farq qiladi. 
Mohiyatiga   ko‘ra   muammo   uni   keltirib
chiqargan   sabablarni   o‘rganish,   uni   hal   etishda
ahamiyatli,   samarali   bo‘lgan   yo‘l,   metod   va
vositalarni   izlash,   ularning   samarali   ekanligini
asoslovchi dalillarni to‘plash, dalillarni yangicha, yangi tahlitda izohlash asosida hal qilinadi. 
Pedagogika   sohasida   ko‘p   holatlarda   “muammo”   tushunchasi   tashkiliy-   pedagogiq
psixologiq   ta’limiy   va   tarbiyaviy   masalalarni   hal   qilishda   qo‘llaniladi.   Soha   nuqtai   nazardan
pedagogik jarayonda quyidagi xarakterdagi muammolarga murojaat qilinadi:
Ma’lum bilimlar,  noma’lum  bilimlar  va mavjud tajriba  muammoning  tarkibiy qismlari
sifatida namoyon bo‘ladi.
Ta’lim jarayonida muammoni qo‘yish bir necha sathda kechadi.  Ular  quyidagilar:
Darajala
r Muammoni qo‘yish mohiyati
1-daraja O‘qituvchi muammoni qo‘yadi va talabalarni uni hal qilishga 
yo‘naltiradi
2-daraja O‘qituvchi muammoli vaziyatni bayon qiladi va talabalarning 
o‘zlari mustaqil ravishda muammoni shakllantiradi
3-daraja O‘qituvchi muammoni qo‘rsatib bermaydi, balki unga 
talabalarni ro‘para qiladi. Talabalar muammoni anglagan Муаммо   (юнон.   “тўсиқ”,
“қийинчилик”,   араб.   “жумбоқли”,
“сирли”,   “тушунилиши   қийин”)   –
ҳал   қилиниши   муҳим   назарий   ва
амалий аҳамиятга эга бўлган масала
- дидактик характердаги муаммо;
- амалий характердаги муаммо;
- илмий-методик характердаги муаммо;
-  соф илмий характердаги муаммо holda uni o‘zlari shakllantirib, muammoni yechish 
usullarini tahlil qiladi 
Ta’lim   jarayonida   masalani   qo‘yishda   mavjud   shart-sharoitlarni   aniqlashda   muammo
fundamental   asos   sifatida   namoyon   bo‘ladi.   O‘quv   materiallari   mazmunini   o‘zlashtirishda
muammoning qo‘yilishi va hal etilishi quyidagi bosqichlarda kechadi
Pedagogik   jarayonda
talaba   “muammo”ga   emas,   balki
muammoli   vaziyatga   ro‘para
qilinadi. 
Darhaqiqat,   muammoli
vaziyat   deganda   talabanining
hozirda   yoki   kelgusida   ta’lim
maqsadiga   erishishi   uchun   xavf
tug‘diraigan vaziyat tushuniladi. 
Muammoli   vaziyatni   hal
qilish bir necha bosqichda kechadi.
Ya’ni
Muammoli ta’limning asosi 
bo‘lgan bosqichlari.Муаммоли вазият  – 
талабаларнинг маълум 
топшириқларни бажариш 
(масалани ечиш, саволга жавоб 
топиш) жараёнида юзага келган 
зиддиятни англаши билан 
боғлиқ руҳий ҳолати бўлиб, у 
ҳал этилаётган масала билан 
боғлиқ янги билимларни 
излашни тақо зо этадиПедагогик   муаммо   –
ҳал   қилиниши   зарур,   бироқ,
ҳали   ечиш   усули   номаълум
бўлган   педагогик   характер-
даги масала   Pedagogikada muammoli vaziyat metodi ham qo‘llaniladi
Muammoli   vaziyat   metodi   –   talabalarni   muammoli   vaziyatga   to‘qnash   kelishini
ta’minlash   asosida  uning  sabab  va  oqibatlarini  tahlil  qilish,   ularning  yechimini  topish  bo‘yicha
ko‘nikmalarini shakllantirish va ularning bilish faoliyatini faollashtirishga asoslanadigan yo‘l.
Metodning  mohiyati   aniq   vaziyatni  tahlil   qilish,   baholash  va  uning   yechimi  yuzasidan
qaror   qabul   qilishdan   iborat.   Ta’lim   jarayonida   muammoli   vaziyat   metodi   qo‘llanilganda
talabalarning faoliyatlari quyidagi tizim asosida tashkil etiladi.
“Muammoli   vaziyat”   metodi   uchun   tanlangan   muammoning   murakkabligi   talabalarning
bilim   darajalariga   mos   kelishi   kerak.   Ular   qo‘yilgan   muammoning   yechimini   topishga   qodir
bo‘lishlari   keraq   aks   holda   yechimni   topa   olmagach,   ta’lim   oluvchilarning   qiziqishlari
so‘nishiga,   o‘zlariga   bo‘lgan   ishonchlarining   yo‘qolishiga   olib   keladi.   “Muammoli   vaziyat”
metodi qo‘llanilganda talabalar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil
qilishni, uning yechimini topishni o‘rganadi. 
“Muammoli vaziyat” metodining tuzilmasi quyidagicha:
- muammoli vaziyat tavsifini keltirish: 
- talabalarga kichik guruhlarga bo‘lish; 
- guruhlar tomonidan muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarining aniqlanishi: 
- guruhlarning muammoli vaziyatning oqibatlari to‘g‘risida fikr yuritishi; 
- guruhlar tomonidan muammoli vaziyat yechimi borasidagi variantlarning asoslanishi; 
- variantlar orasidan to‘g‘ri yechimning tanlanishi; 
- guruh tomonidan yechimning bayon etilishi; 
- jamoada yechim yuzasidan muhokamaning tashkil etilishi
Ta’lim jarayonida muammoli vaziyat metodini qo‘llash quyidagi tartibda kechadi:
1. O‘qituvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni aniqlaydi. 
2. O‘qituvchi tomonidan muammo vaziyat bayon qilinadi. 
3. O‘qituvchi talabalarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan tanishtiradi. 
4. O‘qituvchi talabalarni kichik guruhlarga ajratadi. 
5. Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganib, uning sabablarini aniqlaydi. 
6. Guruhlar muammoni yechish imkoniyatlarini muhokama qiladi. 
7. Muammoli vaziyatni yechish yo‘llari tanlanadi. 
8. Kichik guruhlara muammoli vaziyatning yechimi topiladi. 
9. Guruhlar yechim yuzasidan taqdimot qiladi. 
10. Taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi. 
11. Jamoa o‘qituvchi bilan muammoli vaziyatning samarali yechimini
Muammoli vaziyatni yechishda quyidagi usullar qo‘llaniladi:
- muammoni turli nuqtai nazardan o‘rganish va tahlil qilish; 
- mavjud dalillarni solishtirish va umumlashtirish; 
- qo‘shimcha dalillarni aniqlash va ularni o‘zaro qiyoslash; 
- muammo bilan bog‘liq xulosalarni chiqarish; 
- talabalarning mustaqil ravishda muammoni qo‘yishlari .
Muammoli vaziyat metodi quyidagi afzalliklariga ega:
- talabalarda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi; 
- talabalar muamoning sabab, oqibat va yechimlarini topishni o‘rganadi; 
- talabalarning bilim va qobiliyatlarini 
- baholash uchun yaxshi imkoniyat yaratiladi; 
- talabalar fikrlar va natijalarni tahlil qilishni o‘rganadi
Ta’lim   jarayonida   ushbu   metodni   qo‘llashda   ayrim   kamchiliklar   ham   ko‘zga   tashlanai.
Ular:
- ta’lim oluvchilarda yuqori motivasiya talab etiladi; 
- qo‘yilgan muammo talabalarning bilim darajasiga mos kelishi kerak; 
- ko‘p vaqt talab etiladi Mohiyatiga ko‘ra muammoli ta’lim muayyan texnologiyalarga asoslanadi.
Muammoli   ta’lim   texnologiyalari   –   talabalarda   ijodiy   izlanish,   kichik   tadqiqotlarni
amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga kelish
kabi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan ta’lim texnologiyalari Adabiyotlar
1. Aleks Muur. Ta’lim berish va ta’lim olish: pedagogika, ta’lim dasturi va tarbiya. Ikkinchi
nashr. - Rutledj. 2012. 202-bet. 
2.  Azizxulayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. –T.:   2020y. 183 bet.
3.   Begmatova   D.M.   O‘zbek   oilalarida   yoshlarning   kasbiy   ijtimoiylashuvi.   Моnografiya.   –
Samarqand, 2020. -142 bet.
4.   Daminova   N.K.,   Jamalova   N.U.   Та’limni   tashkil   etish   shakllari   mоdulini   o‘qitishda
interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish. – Samarqand, 2021. – 116 bet.
5 . Mavl o nova R. A.   va boshqalar. Umumiy   pedagogika.- T.: 2010 y. “Fan va texnologiya”
nashriyoti.  
6.  Махmudova  М.М.  Оila  tarbiyasi  asoslari.   O‘quv  qo‘llanma.  –  Samarqand,   2021.  -  183
бет.
7.   Pedagogika.   Toxtaxodjaeva   M.   umumiy   tahriri   ostida.   –T.:   O‘zbekiston   Faylasuflari
milliy jamiyati. 2010 y. 
8. Begmatova D.M., Daminova N.K. Pedagogik ta’limotlar. O‘quv qo‘llanma. - Samarqand,
2022.

SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARI. MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI REJA 1. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim nazariyasi va uning mazmuni. 2. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning asosiy talablari va turlari. 3. Ta’lim oluvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish. 4. Ta’limning uch bosqichli modeli (chaqiriq, anglash, fikrlash). 5. Tanqidiy fikrlash asoslari. 6. Muammoli ta’lim, uning asosiy vazifalari. 7. Muammo va muammoli vaziyat. 8. Muammoli vaziyat turlari. 9. Muammoli ta’limda o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar. 10. Muammoli o‘qitishning darajalari. 11. Pedagogik muammoni qo‘yish va hal etish bosqichlari. 12. Muammoli ta’lim texnologiyalari.

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim Mamlakatimizning ta’lim sohasidagi asosiy hujjatlarida pedagogik texnologiyalarni yaratish va joriy etish kadrlar tayyorlash tizimida fanning asosiy vazifasi etib belgilangan. O‘qitish jarayoni o‘quv jarayoni texnologik tayyorgarligining o‘zagi bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun «texnologiya»ni o‘qitish jarayoniga joriy etish pedagogik texnologiyaning vazifasidan biri hisoblanadi. O‘qitishning zamonaviy texnologiyalarini qo‘llash, o‘qitish jarayonini yagona shaklga keltirish va yuqori samaradorlikka erishishga imkon yaratadi. Oliy ta’limda ana’anaviy o‘qitish texnologiyasi o‘zining qator xususiyatlariga ko‘ra zamonaviy ta’lim ehtiyojlariga tobora zid bo‘lib bormoqda. Chunki mazkur o‘qitish texnologiyasida pedagogning talabaga munosabati avtoritar xarakterga ega, ya’ni ta’lim jarayonida u yagona subyekt sifatida namoyon bo‘ladi, talabalar esa faqatgina obyekt vazifasini bajaradi, xolos. Boshqacha qilib aytganda, avtoritar o‘qitish texnologiyasida talabaning tashabbusi va mustaqilligi deyarli yo‘qoladi, o‘qitish majburiy yo‘sinda amalga oshiriladi. Bundan farqli o‘laroq shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarda talaba ta’limning milliy modeli mohiyatiga ko‘ra pedagogik jarayon markaziga qo‘yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro‘yobgachiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratib beriladi. O‘quvchining o‘z-o‘zini bilishi, shaxsining o‘ziga xosligi, uning rivojlanish darajasi, kelgusidagi orzu-maqsadlariga zrishish uchun qilayotgan xatti-harakatlari zamirida puxta bilim olish, ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlanish mujassam. Uning qiziqishlari, fantaziyasi aniq maqsad sari yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘z manfaatlarini fanlardan Davlat ta’lim standartlari talablari asosida nafaqat minimal darajadagi balki, maksimal darajadagi bilimlarni egallash bilan himoya qilishga qodir bo‘lishi mumkin. Buning uchun esa, o‘qituvchilar tomonidan ularning intilish va qiziqishlarini rag‘batlantirib borish katta ahamiyat kasb etadi. Bunday yondashuv orqali ta’lim jarayonini amalga oshirishda o‘quvchining bilim olish jarayonini o‘z ichiga olgan, o‘qituvchi – o‘quvchi – o‘qituvchi munosabati hamkorligi va erkin tanlash prinsipi uni tanlagan sohasi bilan shug‘ullanishdan zeriktirmaydi, bilimlarini takomillashtirish sari undaydi. Pedagog olimlar tomonidan ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning asoslangan pedagogik texnologiyalari ishlab chiqilgan bo‘lib, u quyidagilardan iborat: shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim; hamkorlik pedagogikasi; – adaptiv muloqot pedagogik texnologiyasi; o‘yin texnologiyasi; rivojlangan o‘qitish texnologiyasi; muammoli o‘qitish texnologiyasi; differensial o‘qitish; individual o‘qitish texnologiyasi. Ushbu yo‘nalishlarning har birida ta’lim o‘kuvchi shaxsining qiziqishi, qobiliyati, imkoniyati va shart-sharoitlari e’tiborga olinib tashkil etiladi. Ayniqsa, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limda o‘quvchida mustaqil fikrlash orqali muammoli vaziyatlardan chiqishga intilish malakasini shakllantirishga alohida urg‘u beriladi. O‘qitish jarayonida, pedagogik texnologiyalar talablari asosida ifoda etilgan, o‘quv maqsadlariga erishiladi. Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashgan davrda o‘qitish samaradorligi, asosan, o‘quvchining o‘qitish jarayonidagi o‘rni, pedagogning unga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu yerda o‘qitish texnologiyasining ikki turini ajratib ko‘rsatish mumkin: avtoritar va shaxsga yo‘naltirilgan. Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona subyekt sifatda namoyon bo‘ladi, o‘quvchilar esa faqatgina «obyekt» vazifasini bajaradi xolos. Bunda o‘quvchining tashabbusi va mustaqilligi yo‘qoladi, o‘qitish majburiy tarzda amalga oshiriladi. Odatdagi an’anaviy o‘qitish, avtoritar texnologiyaga taalluqlidir. Bunda, avvalo Ya.A.Komenskiy tomonidan ifoda etilgan, didaktika Шахсга йўналтирилган таълим деганда, биз кўпроқ ўқувчиларнинг шахсий манфаатлари, эҳтиёжларини назарда тутамиз. Бунда таълимнинг мазмуни ўқувчи шахсининг қизиқишларига мос равишда йўналтирилиши, унинг қизиқишлари ва лаёқатини қўллаб-қувватлаш бош мақсад қилиб олинади.

tamoyillariga asoslangan o‘qitishning «sinf-dars» tizimida tashkil etish nazarda tutiladi. Hanuzgacha dunyoda eng ko‘p tarqalgan o‘qitishning «sinf-dars» tizimi hisoblanadi, u quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: Yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo‘lgan o‘quvchilar sinfni (guruhni) tashkil etadi: Sinf (guruh, oqim) yagona o‘quv reja, yagona o‘quv dasturlar va yagona mashg‘ulotlar jadvali bilan shug‘ullanadi; Mashg‘ulotlarning asosiy birligi dars bo‘lib, u bitta fanning bitta mavzusiga bag‘ishlanadi va o‘qituvchi tomonidan boshqariladi; O‘quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo‘llaniladi. An’anaviy o‘qitish asosan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashti rishga qaratilgan bo‘lib, shaxsning rivojlanishini ko‘zda tutmaydi. An’anaviy o‘qitish asosini, Ya.A.Komenskiy tomonidan tuzilgan pedagogika tamoyillari tashkil etadi: ilmiylik; tabiatga monandlik (o‘qitish rivojlanish bilan belgilanadi va shakllanmaydi); uzviylik va tizimlilik; o‘zlashtiruvchanlik (ma’lumdan noma’lumga, soddadan murakkabga); mustahkamlash (takrorlash, takrorlash …) onglilik va faollik; nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi; yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish. An’anaviy o‘qitish quyidagi xususiyatlarga ega: zo‘ravonlik pedagogikasi, o‘qitishning tushuntiruv-ko‘rgazmali usuli, ommaviy o‘qitish. An’anaviy o‘qitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon bo‘ladi: o‘quvchi bu hali to‘la shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa - bu sardor hakam, yagona tashabbuskor shaxs. Mumtoz an’anaviy «sinf-dars» tizimi - bu bayon etishning ma’ruzaviy usuli va kitob bilan mustaqil ishlashni o‘z ichiga oladi (didaxografiya). Zamonaviy an’anaviy o‘qitishesa, o‘qitishning texnik vositalarini qo‘llab, didaxografiyadan foydalanishdan iborat bo‘ladi. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarda, o‘quvchi shaxsi pedagogik jarayon markaziga qo‘yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida O‘zbekiston Respublikasidagi ta’lim tizimining milliy modeliga alohida e’tibor qaratilgan. Bu model 5 tarkibiy qismdan iborat: shaxs, davlat va

jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish. Bu yerda ta’lim milliy modelining asosiy tarkibiy qismi - «shaxs» birinchi o‘rinda turadi. Boshqacha aytganda, butun ta’lim tizimi, shu jumladan, o‘qitish shaxsga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Shuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon, o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim. Hayot dialektikasi shundan iboratki, doimo yangi avlod, oldingi avloddan ko‘ra rivojlanganroq bo‘ladi. Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrigacha (XX asrning birinchi yarmigacha), fan, texnika va texnologiyalar rivoji evolyusion, past sur’atlarda amalga oshar edi. Shuning uchun ketma-ket keluvchi avlodlarning rivojlanish darajasi deyarli farq qilmas edi. Bunday sharoitlarda Ya.A.Komenskiyning o‘qitishning avtoritar texnologiyasi, an’anaviy «sinf-dars» tizimi dunyoga keldi. Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrida (XX asrning ikkinchi yarmi), fan, texnika, texnologiyalar yuqori sur’atlarda rivojla nayotgan davrda, bir avlod hayoti davomida fanning rivoji insoniyatning butun tarixidagidan ko‘ra ko‘proq bo‘lgan bu davrda, o‘qitishning an’ana viy tizimi (shu jumladan zamonaviy an’anaviy o‘qitish) o‘z umrini oxiri ga yetdi. Hozirgi zamon avlodining rivojlanish sur’ati oldingilardan ko‘ra ancha yuqori bo‘lganligi sababli, o‘qitishning an’anaviy tizimi, rivojlanishga to‘sqinlik qila boshladi. Bunday sharoitlarda taraqqiyot, faqat har bir shaxsning mavjud imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish asosida amalga oshirilishi mumkin. Axborotning hajmi, xilma-xilligi, egallashga moyilligi va vositalarining yetarliligi samarali individual va mustaqil o‘qitishni tashkil etish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratadi. O‘qitishni jadallashtirish maqsadida, pedagogning o‘quvchiga bo‘lgan munosabati «sardor»likdan, uning «sherigi»ga aylanishi zarur. O‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagi asosiy tamoyillar xos bo‘ladi: insonparvarliq ya’ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat ko‘rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zo‘rlashdan to‘la voz kechish; hamkorliq ya’ni pedagog va o‘quvchilar munosabatidagi demokratizm, tengliq sheriklik; erkin tarbiyalash, ya’ni shaxsga uning hayot faoliyatini keng yoki tor doirasida tanlab olish erkinligi va mustaqillikni berish, natijalarni tashqi ta’sirdan emas, ichki hissiyotlardan keltirib chiqarish. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarning kommunika - tiv asosi - pedagogik jarayonda o‘quvchiga insoniy-shaxsiy yondashuv hisoblanadi. Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo‘ladi:  pedagogik jarayonda shaxs obyekt emas, subyekt hisoblanadi;  har bir o‘quvchi qobiliyat egasi, ko‘pchiligi esa iste’dod egasi hisoblanadi;  yuqori etik qadriyatlar (saxiyliq muhabbat, mehnatsevarliq vijdon va boshqalar) shaxsning ustivor xislatlari hisoblanadi. Munosabatlarni demokratlashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:  o‘quvchi va pedagog huquqlarini tenglashtirish,  o‘quvchining erkin tanlab olish huquqi;  xatoga yo‘l qo‘yish huquqi;  o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lish huquqi  pedagog va o‘quvchilar munosabati zayli: taqiqlamaslik; boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil etish; chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish. Yangi munosabatlarning asosiy mazmuni, hozirgi zamon sharoitida samarali natija bermaydigan va g‘ayri insoniy hisoblanadigan zo‘ravonlik pedagogikasidan voz kechishdir.

Muammo bu tamoyilni mutlaqlashtirishda emas, balki uning oqilona mezonlarini aniqlashdadir. Umuman olganda tarbiya jarayonida zo‘ravonlik mumkin emas, ammo jazolash insonni kamsitadi, ezadi, rivojlanishini susaytiradi, unda qulchilik xususiyatlarini shakllantiradi. Erkin o‘qitish quyidagilar bilan belgilanadi:  ishonchga asoslangan erkin talabchanlik;  o‘quv materialiga qiziqish uyg‘otish, bilishga va faol ijodiy fikrlashga rag‘batlantirish;  o‘quvchilarning mustaqilligi va tashabbusiga tayanish;  jamoa orqali bilvosita usullar bilan talablarni amalga oshirishni ta’minlash. Yangi individual yondashuvning mohiyati shundaki, u ta’lim tizimida o‘quv fanidan o‘quvchiga emas, o‘quvchidan o‘quv fani tomonga harakatlanishni taqozo etadi, o‘quvchilarning mavjud imkoniyatlarni inobatga olib, ularni rivojlantirish, takomillashtirish va boyitishga qaratilgan bo‘ladi. Individual yondashuvning zamonaviy yangi talqini quyidagilardan iborat: o‘rtacha o‘quvchiga yo‘naltirishdan voz kechish; shaxsning yaxshi xislatlarini izlash; shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish. Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar zarur bo‘ladi: har bir o‘quvchi qiyofasida noyob shaxsni ko‘rish, uni hurmat qilish, tushunish, qabul qilish, unga ishonish. Pedagogda barcha o‘quvchilar iste’dodli degan ishonch bo‘lishi kerak. bevosita majburlashga yo‘l qo‘ymasliq qoloqlikka va boshqa kamchiliklarga urg‘u bermasliq uning nafsoniyatiga tegmaslik. pedagogik jarayonda, o‘quvchilarga o‘zqobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratish va ko‘maklashish. Oliy, o‘r ta maxsus va kasbiy ta’lim tizimi uchun, o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin: