logo

SHAXSNING O‘Z-O‘ZINI ANGLASHI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

26.1171875 KB
MAVZU:  SHAXSNING O‘Z-O‘ZINI ANGLASHI
Reja:
1. Shaxsning o’z-o’zini anglashi
2. Ijtimoiy ta’sirlarning shaxs tomonidan anglanishi. 
3. «Men» — obrazi va o’zini-o’zi baholash.  1. Shaxsning o’z-o’zini anglashi
XXI asrda yashovchi inson ongli, ongosti va ongsizlik holatlaridan tashqari,
o’z-o’zini   anglash   imkoniyatiga   ega   bo’ladi.   Xuddi   shu   boisdan   o’z-o’zini
anglashning quyidagi tarkibiy qismlarga ajra-tish maqsadga muvofiqdir:
o’tmishdagi «Men» («o’zlik»);
hozirgi «Men» («o’zlik»);
bo’lg’usi «Men» («o’zlik»);
ideal «Men» («o’zlik»);
dinamik «Men» («o’zlik»).
O’z-o’zini   anglash   jarayoni   milliy   o’zligini   anglash   bilan   uzviy   bog’liq
bo’lib, muayyan vaqt, muddat o’tishini, ya’ni ma’lum davrni taqozo etadi, lekin u
ham   evolyusion,   ham   revolyusion   yo’l   ta’siri-da   amalga   oshishi   mumkin.   O’z-
o’zini   anglash   borliq   va   jamiyatni   in’ikos   etishning   yuqori   bosqichi   sanalib,
pirovard   natija   sifa-tida   yuzaga   keladi,   insonning   donishmandligini   namoyish
qiladi.   O’z-o’zini   anglash   besh   tarkibdan   iborat   bo’lib,   u   o’ta   murakkab   jara-yon
hisoblanib,   uning   tarkiblari   birin-ketin   anglashinish   imko-niyatiga   ega   emas.
Chunki   insonda   o’zining   hayoti   va   faoliyati   yutukla-ri,   nuqsonlarini,   xulq-atvor
ko’nikmalarini,   aql-idrok   darajala-rini,   ichki   imkoniyat   zaxiralarini,   qadriyat
hamda   ma’naviyat   ko’rsat-kichlarini   oqilona   baholashga   qurbi   yetishmaydi.
Shaxsda tanqid va o’z-o’zini tanqid, baholash va o’z-o’zini baholash, tekshirish va
o’z-o’zini tekshirish, nazorat qilish va o’z-o’zini nazorat qilish, boshqarish va o’z-
o’zini   boshqarish,   takomillashtirish   va   o’z-o’zini   takomillashti-rish,   rivojlantirish
va o’z-o’zini rivojlantirish mutanosibligi maqsadga javob bera olmaydi. Individual
va   ijtimoiy   ongni   tobo-ra   rivojlanib   borishi   mazkur   mutanosiblikni   amalga
oshirishni ta’minlaydi, bu esa muayyan muddatni talab qiladi.
Inson o’z-o’zini anglash jarayonida ko’pincha reallikdan boshlay-Di, hozirgi
va favquloddagi holatni tahlil qiladi, shaxsiy imko-niyati bilan taqkrslaydi, ma’lum
mezon   yoki   namuna,   ibrat   tanlab,   Unga   tenglashishga   intiladi.   Keyinchalik   esa
kelajak,   istiqbol   re-jalari   uni   qiziqtiradi,   o’zining   nimalarga   qodirligi   yuzasidan
mulohaza yuritadi va bu borada muayyan qaror qabul qilishga erishadi, lekin uning ongliligi yoki oqilliligiga shubhalanadi. Uni bir necha marta tahlil qilish, qiyoslash,
unga o’zgartirishlar kiritish, yangilash orqali bo’lg’usi «Men»iga aniqlik kiritadi va
faollik mexanizmiga aylantiradi.
O’z-o’zini anglashning navbatdagi bosqichida shaxs o’tmishini tah-lil qiladi,
undagi qusurli va ibratli jihatlarni o’zaro qiyoslab ustuvorlikni topishga intiladi, bu
borada   ayrim   siljishlarga   eri-shadi.   Ijtimoiy   hayotdan   u   o’ziga   ideal   bo’luvchi
shaxsni   tanlaydi   va   undagi   ijobiy   xislatlar,   xususiyatlar   va   ko’rinishlarni,
ko’rsatkich-larni   o’zida   mujassamlashtira   boradi.   Shaxs   o’z-o’zini   anglash   davo-
mida   dinamik   harakatsiz   hyech   bir   narsani   ro’yobga   chiqara   olmasligiga   iqror
bo’ladi,   natijada   uzluksiz   harakatlar   asta-sekin,   birdaniga,   tavakkaliga   amalga
oshirish lozimligini tushunib yetadi. Dinamik holatni baholash, tekshirish, nazorat
qilish,   boshqarish   natijasida   dinamik   «Men»   shakllana   boshlaydi.   O’z-o’zini
anglashning besh tar-kibiy qismi bir tekis insonning ma’naviy dunyosiga aylansa,
de-makki,   unda   mukammallik,   barkamollik   darajasi   vujudga   kelganligidan
dalolatdir.
2.Ijtimoiy ta’sirlarning shaxs tomonidan anglanishi .
Ijtimoiy   normalar,   sanksiyalar,   rollar   ijtimoiy   mexanizmlar   sifatida   shaxs
xulq-atvorini malum manoda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi.
Lekin   insonning   komilagi,   uning   ahloq   —   ijtimoiy   normalar   doirasidagi   maqbul
xarakati uning o’ziga ham bog’liqdir. Odamning o’z-o’zini anglashi, bilishi va o’z
ustida ishlashi avvalo uning diqqati, ongi bevosita o’ziga, o’z ichki imkoniyatlari,
qobiliyatlari, hissiy kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi. Ya’ni, ijtimoiy xulq-
shaxs   tomonidan   uni   o’rab   turgan   odamlar,   ularning   xulq-atvorlariga   e’tibor
berishdan tashqari, o’zining shaxsiy xarakatlari va ularning oqibatlarini muntazam
tarzda tahlil qilib borish orqali, rollarni muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi.
Shaxsning   o’zi,   o’z   xulq-atvori   xususiyatlari,   jamiyatdagi   mavqyeini
tasavvur   qilishidan   hosil   bo’lgan   obraz   —   «Men»   —   obrazi   deb   atalib,   uning
qanchalik   adekvatligi   va   reallikka  yaqinligi   shaxs   barkamolligining  mezonlaridan
hisoblanadi. «Men»   —   obrazining   ijtimoiy   psixologik   ahamiyati   shundaki,   u   shaxs
tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtai
nazardan   olib   qaralganda,   tarbiya   shaxsning   o’zi   va   o’z   sifatlari   to’g’risidagi
tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin. Demak, har bir
inson   o’zini,   o’zligini   qanchalik   aniq   va   to’g’ri   bilsa,   tasavvur   qilolsa,   uning
jamiyat normalariga zid harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kam bo’ladi, ya’ni
u tarbiyalangan bo’ladi.
O’z-o’zini   anglash,   o’zidagi   mavjud   sifatlarni   baholash   jarayoni   ko’pincha
konkret  shaxs tomonidan og’ir kechadi, ya’ni, inson tabiati  shundayki, u o’zidagi
o’sha jamiyat normalariga to’g’ri kelmaydigan, no’maqul sifatlarni anglamaslikka,
ularni «yashirishga» harakat qiladi, xattoki, bunday tasavvur va bilimlar ongsizlik
sohasiga   siqib   chiqariladi   (avstriyalik   olim   Z.   Freyd   nazariyasiga   ko’ra).   Bu
ataylab   qilinadigan   ish   bo’lmay,   u   har   bir   shaxsdagi   o’z   shaxsiyatini   o’ziga   xos
himoya   qilish   mexanizmidir.   Bunday   himoya   mexanizmi   shaxsni   ko’pincha   turli
xil   yomon   asoratlardan,   hissiy   kechinmalardan   asraydi.   Lekin   shuni   alohida
ta’kidlash   lozimki,   «Men»   —   obrazining   ijobiy   yoki   salbiyligida   yana   o’sha
shaxsni   o’rab   turgan   tashqi   muhit,   o’zgalar   va   ularning   munosabati   katta   rol
o’ynaydi.   Odam   o’zgalarga   qarab,   go’yoki   oynada   o’zini   ko’rganday   tasavvur
qiladi. Bu jarayon psixologiyada   refleksiya   deb ataladi.   Uning mohiyati —   aynan
o’ziga   o’xshash   odamlar   obrazi   orqali   o’zi   to’g’risidagi   obrazni   shakllantirish,
jonlantirishdir. Refleksiya «Men»  — obrazi  egasining ongiga  taalluqli  jarayondir.
Masalan,   ko’chada   bir   tanishingizni   uchratib   qoldingiz.   Siz   tinmay   unga   o’z
yutuqlaringiz va mashg’ulotlaringiz haqida gapirmoqdasiz. Lekin gap bilan bo’lib,
uning   qayergadir   shoshayotganligiga   e’tibor   bermadingiz.   Shu   narsani   siz   uning
betoqatlik bilan sizni  tinglayotganligidan, hayoli  boshqa yerda turganligidan bilib
qolasiz   va   shu   orqali   ayni   shu   paytda   «mahmadona,   laqmaroq»   bo’lib
qolganingizni   sezasiz.   Keyingi   safar   shu   o’rtog’ingiz   bilan   uchrashganda,   oldingi
xatoga   yo’l   qo’ymaslik   uchun   «O’rtoq,   shoshmayapsanmi?»   deb   so’rab   ham
qo’yasiz.   Ana   shu   ilgarigi   refleksiyaning   natijasidir.   Ya’ni,   suhbatdosh   o’rniga turib,   o’zingizga   tashlangan   nazar   («men   unga   qanday   ko’rinyapman?»)   —
refleksiyadir.
Shaxsning o’zi xaqidagi  obrazi va o’z-o’zini anglashi  yosh va jinsiy o’ziga
xoslikka   ega.   Masalan,   o’ziga   nisbatan   o’ta   qiziquvchanlik,   kim   ekanligini   bilish
va   anglashga   intilish   ayniqsa,   o’smirlik   davrida   rivojlanadi.   Bu   davrda   paydo
bo’ladigan «kattalik» xissi qizlarda ham, o’smir yigitchalarda ham nafaqat o’ziga,
balki o’zgalar bilan bo’ladigan munosabatlarini ham belgilaydi. Qizlardagi «Men»
—   obrazining   yaxshi   va   ijobiy   bo’lishi   ko’proq   bu   obrazning   ayollik   sifatlarini
o’zida mujassam eta olishi, ayollik xislatlarining o’zida ayni paytda mavjudligiga
bog’liq   bo’lsa,   yigitlardagi   obraz   ko’proq   jismonan   barkamollik   mezonlari   bilan
nechog’li uyg’un ekanligiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham o’smirlikda o’g’il
bolalardagi bo’yning pastligi, muskullarning zaifligi va shu asosda qurilgan «Men»
— obrazi qator salbiy taassurotlarni keltirib chiqaradi. Qizlarda esa tashqi tarafdan
go’zallikka,   kelishganlik,   odob   va   ayollarga   xos   qator   boshqa   sifatlarning   bor   —
yo’qligiga   bog’liq   xolda   «Men»   obrazi   mazmunan   idrok   qilinadi.   Qizlarda   ham
ortiqcha   vazn  yoki   terisida   paydo  bo’lgan  ayrim  toshmalar   yoki  shunga  o’xshash
fiziologik   nuqsonlar   kuchli   salbiy   emosiyalarga   sabab   bo’lsa-da,   baribir,   chiroyli
kiyimlar,   taqinchoqlar   yoki   sochlarning   o’ziga   xos   turmagi   bu   nuqsonlarni   bosib
ketadigan omillar sifatida qaraladi.
3. «Men» — obrazi va o’zini-o’zi baholash.
«Men» – obrazi asosida ham bir shaxsda o’z-o’ziga nisbatan baholar tizimi
shakllanadiki,   bu   tizim   ham   obrazga   mos   tarzda   har   xil   bo’lishi   mumkin.   O’z-
o’ziga   nisbatan   baho   turli   sifatlar   va   shaxsning   orttirilgan   tajribasi,   shu   tajriba
asosida   yotgan   yutuqlariga   bog’liq   holda   turlicha   bo’lishi   mumkin.   Ya’ni,   ayni
biror   ish,   yutuq   yuzasidan   ortib   ketsa,   boshqasi   ta’sirida   —   aksincha,   pastlab
ketishi   mumkin.   Bu   baho   aslida   shaxsga   boshqalarning   real   munosabatlariga
bog’liq   bo’lsa-da,   aslida   u   shaxs   ongi   tizimidagi   mezonlarga,   ya’ni,   uning   o’zi
subyektiv   tarzda   shu   munosabatlarni   qanchalik   qadrlashiga   bog’liq   tarzda
shakllanadi.   Masalan,   maktabda   bir   fan   o’qituvchisining   bolaga   nisbatan   ijobiy munosabati,   doimiy   maqtovlari   uning   o’z-o’ziga   bahosini   oshirsa,   boshqa   bir
o’qituvchining salbiy munosabati ham bu bahoni pastlatmasligi mumkin. Ya’ni, bu
baho ko’proq shaxsning o’ziga bog’liq bo’lib, u subyektiv xarakterga egadir.
O’z-o’ziga baho nafaqat  xaqiqatga  yaqin (adekvat), to’g’ri  bo’lishi,  balki  u
o’ta past yoki yuqori ham bo’lishi mumkin.
O’z-o’ziga   bahoning   past   bo’lishi   ko’pincha   atrofdagilarning   shaxsga
nisbatan qo’yayotgan talablarining o’ta ortiqligi, ularni uddalay olmaslik, turli xil
e’tirozlarning doimiy tarzda bildirilishi, ishda, o’qishda va muomala jarayonidagi
muvaffaqiyatsizliklar   oqibatida   xosil   bo’lishi   mumkin.   Bunday   o’smir   yoki   katta
odam   ham,   doimo   tushkunlik   holatiga   tushib   qolishi,   atrofdagilardan   chetroqda
yurishga harakat qilishi, o’zining kuchi va qobiliyatlariga ishonchsizlik kayfiyatida
bo’lishi   bilan   ajralib   turadi   va   bora-bora   shaxsda   qator   salbiy   sifatlar   va   hatti-
xarakatlarning   paydo   bo’lishiga   olib   keladi.   Xattoki,   bunday   xolat   suisidal
harakatlar,   ya’ni   o’z   joniga   qasd   qilish,   real   borligidan   «qochishga»   intilish
psixologiyasini ham keltirib chiqarishi mumkin.
O’zi-o’ziga   baho   o’ ta   yuqori   ham   shaxs   xulq-atvoriga   yaxshi   ta’sir
ko’rsatmaydi.   Chunki,   u   ham   shaxs   yutuqlari   yoki   undagi   sifatlarning   boshqalar
tomonidan   sun’iy   tarzda   bo’rttirilishi,   noo’rin   maqtovlar,   turli   qiyinchiliklarni
chetlab   o’tishga   intilish   tufayli   shakllanadi.   Ana   shunday   sharoitda   paydo
bo’ladigan   psixologik   xolat   «noadekvatlilik   effekti»   deb   atalib,   uning   oqibatida
shaxs   xattoki,   mag’lubiyatga   uchraganda   yoki   o’zida   nochorlik,   uquvsizliklarni
sezganda   ham  buning  sababini   o’zgalarda  deb   biladi  va   shunga  o’zini   ishontiradi
ham   (masalan,   «xalaqit   berdi-da»,   «falonchi   bo’lmaganida»   kabi   bahonalar
ko’payadi). Ya’ni, nimaiki bo’lmasin, aybdor o’zi emas, atrofdagilar, sharoit, taqdir
aybdor.   Bundaylar   xaqida   bora-bora   odamlar   «oyog’i   yerdan   uzilgan»,
«manmansiragan»,   «dimog’dor»   kabi   sifatlar   bilan   gapira   boshlaydilar.   Demak,
o’z-o’ziga baho realistik, adekvat, to’g’ri bo’lishi kerak.
Realistik   baho   shaxsni   o’rab   turganlar   —   ota-ona,   yaqin   qarindoshlar,
pedagog   va   murabbiylar,   qo’ni-qo’shni   va   yaqinlarning   o’rinli   va   asosli   baholari,
real   samimiy   munosabatlari   mahsuli   bo’lib,   shaxs   ushbu   munosabatlarni   ilk yoshligidanoq   xolis   qabul   qilishga,   o’z   vaqtida   kerak   bo’lsa   to’g’rilashga
o’rgatilgan bo’ladi. Bunda shaxs uchun etalon, ibratli hisoblangan insonlar guruhi
—  referent  guruhning roli katta bo’ladi. Chunki biz kundalik hayotda hammaning
fikri   va   bahosiga   quloq   solavermaymiz,   biz   uchun   shunday   insonlar   mavjudki,
ularning   hattoki,   oddiygina   tanbehlari,   maslahatlari,   hattoki,   maqtab   turib   bergan
tanbehlari ham katta ahamiyatga ega. Bunday referent guruh real mavjud bo’lishi
(masalan,   ota-ona,   o’qituvchi,   ustoz,   yaqin   do’stlar),   yoki   noreal,   hayoliy   (kitob
qahramonlari,   sevimli   aktyorlar,   ideal)   bo’lishi   mumkin.   Shuning   uchun   yoshlar
tarbiyasida   yoki   real   jamoadagi   odamlarga   maqsadga   muvofiq   ta’sir   yoki   tazyiq
ko’rsatish kerak bo’lsa, ularning etalon, referent guruhini aniqlash katta tarbiyaviy
ahamiyatga ega bo’ladi.
Shunday qilib, o’z-o’ziga baho sof ijtimoiy xodisa bo’lib, uning mazmuni va
mohiyati shaxsni o’rab turgan jamiyat normalariga, shu jamiyatda qabul qilingan va
e’zozlanadigan   qadriyatlarga   bog’liq   bo’ladi.   Keng   ma’nodagi   yirik   ijtimoiy
jamoalar   etalon   rolini   o’ynashi   oqibatida   shakllanadigan   o’z-o’ziga   baho   —   o’z-
o’zini   baholashning   yuksak   darajasi   hisoblanadi.   Masalan,   mustaqillik   sharoitida
mamlakatimiz   yoshlari   ongiga   milliy   qadriyatlarimiz,   vatanparvarlik,   adolat   va
mustaqillik   mafkurasiga   sadoqat   xislarining   tarbiyalanishi,   tabiiy,   har   bir   yosh
avlodda   o’zligini   anglash,   o’zi   mansub   bo’lgan   xalq   va   millat   ma’naviyatini
qadrlash   xislarini   tarbiyalamoqda.   Bu   esa,   o’sha   yuksak   o’z-o’zini   anglashning
poydevori va muhim shakllantiruvchi mexanizmidir. Demak,   o’z-o’zini
baholash   —   o’z-o’zini   tarbiyalashning   muhim   mezonidir.   O’z-o’zini   tarbiyalash
omillari va mexanizmlariga esa, quyidagilar kiradi:
 o’z-o’zi bilan muloqot (o’zini konkret tarbiya obyekti sifatida idrok etish
va o’zi bilan muloqotni tashkil etish sifatida);
 o’z-o’zini   ishontirish   (o’z   imkoniyatlari,   kuchi   va   irodasiga   ishonish
orqali, ijobiy xulq normalariga bo’ysundirish);
 o’z-o’ziga buyruq berish (tig’iz va ekstremal holatlarda o’zini qo’lga olish
va maqbul yo’lga o’zini chorlay olish sifati);  o’z-o’ziga   ta’sir   yoki   autosuggestiya   (ijtimoiy   normalardan   kelib   chiqqan
holda o’zida ma’qul ustanovkalarni shakllantirish);
 ichki intizom — o’z-o’zini boshqarishning muhim mezoni, har doim har
yerda   o’zining   barcha   harakatlarini   muntazam   ravishda   korreksiya   qilish   va
boshqarish uchun zarur sifat.
Yuqoridagi   o’z-o’zini   boshqarish   mexanizmlari   orasida   psixologik   nuqtai
nazardan o’z-o’zi bilan amalga oshiriladigan  ichki dialog  alohida o’rin tutadi.  O’z-
o’zi bilan dialog—   oddiy til bilan aytganda, o’zi bilan o’zi gaplashishdir. Aslida bu
qobiliyat   bizning   boshqalar   bilan   amalga   oshiradigan   tashqi   dialoglarimiz   asosida
rivojlanadi,   lekin   aynan   ichki   dialog   muhim   regulyativ   rol   o’ynaydi.  Ye.   Klimov
bunday   dialogning   uch   bosqichini   ko’rsatib   o’tadi.   4-jadvalda   shaxs   ichki
dialogining bosqichlari va har bir bosqichga xos bo’lgan belgilar keltirilgan.
Demak,   shaxsning   qanday   sifatlarga   ega   ekanligi,   undagi   baholarning
obyektivligiga   bog’liq   tarzda   o’z-o’zi   bilan   muloqatga   kirishib,   jadvaldagiga
muvofiq   shaxs   o’zini   nazorat   qila   oladi.   Shuning   uchun   ham   hayotda   shunday
kishilar   uchraydiki,   katta   majlisda   ishi   tanqidga   uchrasa   ham,   o’ziga   holis   baho
berib,   kerakli   to’g’ri   xulosalar   chiqara   oladi,   shunday   odamlar   ham   borki,
arzimagan xatolik  uchun o’z  «ich-etini   yeb tashlaydi».  Bu o’sha  ichki  dialogning
har kimda har xil ekanligidan darak beruvchi faktlardir.
Shaxs autodialogining muhim belgilari.
Ichki dialog-
ning
shakllan-
ganlik
darajasi Bosqichlari Ichki dialogning darajaviy belgilari
(autokommunikasiya)
Oliy 6-bosqich Shaxsiy   mazmundagi   dialog   (o’zidagi   shaxsiy
sifatlarni muhokama qilish, shaxsiy mulohaza)
daraja 5-bosqich Xodisa   va   narsalarga   bog’liq   bo’lgan   sifatlar
xususidagi ichki dialog O’rta 4-bosqich Shaxsiy   sifatlar   muhokamasiga   qaratilgan   savollar   —
o’ziga talablar
daraja 3-bosqich Boshqalarning   baholari   ta’siridagi   ichki   mulohazalar,
shaxsiy   ahamiyat   kasb   etgan   o’zgalar   fikrlari   asosida
ichki dialog
Quyi 2-bosqich Shaxsiy sifatlarga aloqador bo’lmagan o’zgalar fikrlari
asosidagi dialog (xodisa va narsalarga aloqador fikrlar)
daraja 1-bosqich Kimdir   nima   haqidadir   gapirishi   mumkin   bo’lgan
xolatlar   yuzasidan   tasavvurlar,   lekin   aniq   fikr   yoki
munosabat yo’q. Autokommunikasiyaga xojat yo’q. A dabiyotlar :
1. Ivanov I., Zufarova M. “ Umumiy psixologiya ” .  O‘z.FMJ., 2008.
2. Xaydarov   F.I.,   Xalilova   N.   “Umumiy   psixologiya”.   T.:   “ Fan   va
texnologiyalar ”  markazining bosmаxonasi  : 2009.
3. Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии. – СПб :  Питер , 2007.
4. Ғозиев Э.Ғ.  “ Онтогенез психологияси ” . – T.: Ношир. 2010.
5. Ғозиев Э.Ғ.  “ Умумий психология ” . – T.: Ўқитувчи. 2012.
6. Дусмухамедова Ш.А.,  Нишонова З.Т., Жалилова  С.Х., Каримова  Ш.
К.,  Алимбаева Ш.Т. “Ёш ва педагогик психология”. – T.: TДПУ, 2013 .
7. Nishonova Z.T., Alimbaеva Sh.T., Sulaymonov M. “Psixologik xizmat”.
– T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti 2014 y.

MAVZU: SHAXSNING O‘Z-O‘ZINI ANGLASHI Reja: 1. Shaxsning o’z-o’zini anglashi 2. Ijtimoiy ta’sirlarning shaxs tomonidan anglanishi. 3. «Men» — obrazi va o’zini-o’zi baholash.

1. Shaxsning o’z-o’zini anglashi XXI asrda yashovchi inson ongli, ongosti va ongsizlik holatlaridan tashqari, o’z-o’zini anglash imkoniyatiga ega bo’ladi. Xuddi shu boisdan o’z-o’zini anglashning quyidagi tarkibiy qismlarga ajra-tish maqsadga muvofiqdir: o’tmishdagi «Men» («o’zlik»); hozirgi «Men» («o’zlik»); bo’lg’usi «Men» («o’zlik»); ideal «Men» («o’zlik»); dinamik «Men» («o’zlik»). O’z-o’zini anglash jarayoni milliy o’zligini anglash bilan uzviy bog’liq bo’lib, muayyan vaqt, muddat o’tishini, ya’ni ma’lum davrni taqozo etadi, lekin u ham evolyusion, ham revolyusion yo’l ta’siri-da amalga oshishi mumkin. O’z- o’zini anglash borliq va jamiyatni in’ikos etishning yuqori bosqichi sanalib, pirovard natija sifa-tida yuzaga keladi, insonning donishmandligini namoyish qiladi. O’z-o’zini anglash besh tarkibdan iborat bo’lib, u o’ta murakkab jara-yon hisoblanib, uning tarkiblari birin-ketin anglashinish imko-niyatiga ega emas. Chunki insonda o’zining hayoti va faoliyati yutukla-ri, nuqsonlarini, xulq-atvor ko’nikmalarini, aql-idrok darajala-rini, ichki imkoniyat zaxiralarini, qadriyat hamda ma’naviyat ko’rsat-kichlarini oqilona baholashga qurbi yetishmaydi. Shaxsda tanqid va o’z-o’zini tanqid, baholash va o’z-o’zini baholash, tekshirish va o’z-o’zini tekshirish, nazorat qilish va o’z-o’zini nazorat qilish, boshqarish va o’z- o’zini boshqarish, takomillashtirish va o’z-o’zini takomillashti-rish, rivojlantirish va o’z-o’zini rivojlantirish mutanosibligi maqsadga javob bera olmaydi. Individual va ijtimoiy ongni tobo-ra rivojlanib borishi mazkur mutanosiblikni amalga oshirishni ta’minlaydi, bu esa muayyan muddatni talab qiladi. Inson o’z-o’zini anglash jarayonida ko’pincha reallikdan boshlay-Di, hozirgi va favquloddagi holatni tahlil qiladi, shaxsiy imko-niyati bilan taqkrslaydi, ma’lum mezon yoki namuna, ibrat tanlab, Unga tenglashishga intiladi. Keyinchalik esa kelajak, istiqbol re-jalari uni qiziqtiradi, o’zining nimalarga qodirligi yuzasidan mulohaza yuritadi va bu borada muayyan qaror qabul qilishga erishadi, lekin uning

ongliligi yoki oqilliligiga shubhalanadi. Uni bir necha marta tahlil qilish, qiyoslash, unga o’zgartirishlar kiritish, yangilash orqali bo’lg’usi «Men»iga aniqlik kiritadi va faollik mexanizmiga aylantiradi. O’z-o’zini anglashning navbatdagi bosqichida shaxs o’tmishini tah-lil qiladi, undagi qusurli va ibratli jihatlarni o’zaro qiyoslab ustuvorlikni topishga intiladi, bu borada ayrim siljishlarga eri-shadi. Ijtimoiy hayotdan u o’ziga ideal bo’luvchi shaxsni tanlaydi va undagi ijobiy xislatlar, xususiyatlar va ko’rinishlarni, ko’rsatkich-larni o’zida mujassamlashtira boradi. Shaxs o’z-o’zini anglash davo- mida dinamik harakatsiz hyech bir narsani ro’yobga chiqara olmasligiga iqror bo’ladi, natijada uzluksiz harakatlar asta-sekin, birdaniga, tavakkaliga amalga oshirish lozimligini tushunib yetadi. Dinamik holatni baholash, tekshirish, nazorat qilish, boshqarish natijasida dinamik «Men» shakllana boshlaydi. O’z-o’zini anglashning besh tar-kibiy qismi bir tekis insonning ma’naviy dunyosiga aylansa, de-makki, unda mukammallik, barkamollik darajasi vujudga kelganligidan dalolatdir. 2.Ijtimoiy ta’sirlarning shaxs tomonidan anglanishi . Ijtimoiy normalar, sanksiyalar, rollar ijtimoiy mexanizmlar sifatida shaxs xulq-atvorini malum manoda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi. Lekin insonning komilagi, uning ahloq — ijtimoiy normalar doirasidagi maqbul xarakati uning o’ziga ham bog’liqdir. Odamning o’z-o’zini anglashi, bilishi va o’z ustida ishlashi avvalo uning diqqati, ongi bevosita o’ziga, o’z ichki imkoniyatlari, qobiliyatlari, hissiy kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi. Ya’ni, ijtimoiy xulq- shaxs tomonidan uni o’rab turgan odamlar, ularning xulq-atvorlariga e’tibor berishdan tashqari, o’zining shaxsiy xarakatlari va ularning oqibatlarini muntazam tarzda tahlil qilib borish orqali, rollarni muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi. Shaxsning o’zi, o’z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqyeini tasavvur qilishidan hosil bo’lgan obraz — «Men» — obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi.

«Men» — obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, tarbiya shaxsning o’zi va o’z sifatlari to’g’risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin. Demak, har bir inson o’zini, o’zligini qanchalik aniq va to’g’ri bilsa, tasavvur qilolsa, uning jamiyat normalariga zid harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kam bo’ladi, ya’ni u tarbiyalangan bo’ladi. O’z-o’zini anglash, o’zidagi mavjud sifatlarni baholash jarayoni ko’pincha konkret shaxs tomonidan og’ir kechadi, ya’ni, inson tabiati shundayki, u o’zidagi o’sha jamiyat normalariga to’g’ri kelmaydigan, no’maqul sifatlarni anglamaslikka, ularni «yashirishga» harakat qiladi, xattoki, bunday tasavvur va bilimlar ongsizlik sohasiga siqib chiqariladi (avstriyalik olim Z. Freyd nazariyasiga ko’ra). Bu ataylab qilinadigan ish bo’lmay, u har bir shaxsdagi o’z shaxsiyatini o’ziga xos himoya qilish mexanizmidir. Bunday himoya mexanizmi shaxsni ko’pincha turli xil yomon asoratlardan, hissiy kechinmalardan asraydi. Lekin shuni alohida ta’kidlash lozimki, «Men» — obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana o’sha shaxsni o’rab turgan tashqi muhit, o’zgalar va ularning munosabati katta rol o’ynaydi. Odam o’zgalarga qarab, go’yoki oynada o’zini ko’rganday tasavvur qiladi. Bu jarayon psixologiyada refleksiya deb ataladi. Uning mohiyati — aynan o’ziga o’xshash odamlar obrazi orqali o’zi to’g’risidagi obrazni shakllantirish, jonlantirishdir. Refleksiya «Men» — obrazi egasining ongiga taalluqli jarayondir. Masalan, ko’chada bir tanishingizni uchratib qoldingiz. Siz tinmay unga o’z yutuqlaringiz va mashg’ulotlaringiz haqida gapirmoqdasiz. Lekin gap bilan bo’lib, uning qayergadir shoshayotganligiga e’tibor bermadingiz. Shu narsani siz uning betoqatlik bilan sizni tinglayotganligidan, hayoli boshqa yerda turganligidan bilib qolasiz va shu orqali ayni shu paytda «mahmadona, laqmaroq» bo’lib qolganingizni sezasiz. Keyingi safar shu o’rtog’ingiz bilan uchrashganda, oldingi xatoga yo’l qo’ymaslik uchun «O’rtoq, shoshmayapsanmi?» deb so’rab ham qo’yasiz. Ana shu ilgarigi refleksiyaning natijasidir. Ya’ni, suhbatdosh o’rniga

turib, o’zingizga tashlangan nazar («men unga qanday ko’rinyapman?») — refleksiyadir. Shaxsning o’zi xaqidagi obrazi va o’z-o’zini anglashi yosh va jinsiy o’ziga xoslikka ega. Masalan, o’ziga nisbatan o’ta qiziquvchanlik, kim ekanligini bilish va anglashga intilish ayniqsa, o’smirlik davrida rivojlanadi. Bu davrda paydo bo’ladigan «kattalik» xissi qizlarda ham, o’smir yigitchalarda ham nafaqat o’ziga, balki o’zgalar bilan bo’ladigan munosabatlarini ham belgilaydi. Qizlardagi «Men» — obrazining yaxshi va ijobiy bo’lishi ko’proq bu obrazning ayollik sifatlarini o’zida mujassam eta olishi, ayollik xislatlarining o’zida ayni paytda mavjudligiga bog’liq bo’lsa, yigitlardagi obraz ko’proq jismonan barkamollik mezonlari bilan nechog’li uyg’un ekanligiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham o’smirlikda o’g’il bolalardagi bo’yning pastligi, muskullarning zaifligi va shu asosda qurilgan «Men» — obrazi qator salbiy taassurotlarni keltirib chiqaradi. Qizlarda esa tashqi tarafdan go’zallikka, kelishganlik, odob va ayollarga xos qator boshqa sifatlarning bor — yo’qligiga bog’liq xolda «Men» obrazi mazmunan idrok qilinadi. Qizlarda ham ortiqcha vazn yoki terisida paydo bo’lgan ayrim toshmalar yoki shunga o’xshash fiziologik nuqsonlar kuchli salbiy emosiyalarga sabab bo’lsa-da, baribir, chiroyli kiyimlar, taqinchoqlar yoki sochlarning o’ziga xos turmagi bu nuqsonlarni bosib ketadigan omillar sifatida qaraladi. 3. «Men» — obrazi va o’zini-o’zi baholash. «Men» – obrazi asosida ham bir shaxsda o’z-o’ziga nisbatan baholar tizimi shakllanadiki, bu tizim ham obrazga mos tarzda har xil bo’lishi mumkin. O’z- o’ziga nisbatan baho turli sifatlar va shaxsning orttirilgan tajribasi, shu tajriba asosida yotgan yutuqlariga bog’liq holda turlicha bo’lishi mumkin. Ya’ni, ayni biror ish, yutuq yuzasidan ortib ketsa, boshqasi ta’sirida — aksincha, pastlab ketishi mumkin. Bu baho aslida shaxsga boshqalarning real munosabatlariga bog’liq bo’lsa-da, aslida u shaxs ongi tizimidagi mezonlarga, ya’ni, uning o’zi subyektiv tarzda shu munosabatlarni qanchalik qadrlashiga bog’liq tarzda shakllanadi. Masalan, maktabda bir fan o’qituvchisining bolaga nisbatan ijobiy