Sinf rahbari ishini rejalashtirish. Sinf rahbarining namunaviy yillik ish rejasini tuzish metodikasi
MAVZU: Sinf rahbari ishini rejalashtirish. Sinf rahbarining namunaviy yillik ish rejasini tuzish metodikasi Reja 1. Sinf rahbarining ish rejasi. 2. Sinf rahbari ishini rejalashtirish texnologiyasi. 3. Tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirish va tayyorlash.
Sinf rahbari ish rejasi bu majburiy pedagogik hujjatdir. Ish reja choraklik, yarim va bir yillik tuzilishi mumkin. Hozirgi sharoitda tajribalarning ko’rsatishiga binoan yarim yillik rejasidan foydalanish ancha samara bermoqda. Sinf rahbari ish rejasi maktabning yig’ilishida muhokamadan o’tkazib tasdiqlash maqsadga muvofiqdir Rejani ishlab chiqishga tayyorgarlik. Sinf rahbarining ish rejasi-umumiy strategik yo’nalishlarga bo’lib, tarbiy aviy ishlarining kelajakdagi yo’nalishlarini aniq belgilab beradi. Tajriba lar shuni ko’rsatadiki, sinf rahbari butun o’quv yili uchun istiqbolli ish rejasiga ega bo’lsa va keyinchalik o’quv tadbir lari uchun batafsil rejalar tuzsa yaxshi bo’ladi. Biroq, bu o’qituvchining tajribasi, shuningdek, maktabning an’analari va ta’limni boshqarish organlari tomonidan mumkin bo’lgan ko’rsatmalar bilan belgilanadi. Sinf rahbari o’tgan o’quv yili yakun ida o’quv yuk lamas ining taqsimlanishi va yangi o’quv yili uchun sinf rahbar ligi ma’lum bo’l gandan keyin , reja ustida ishlashni boshlashi kerak. Agar s inf rahbari yangi sinfni qabul qilsa, u o’quvchilarning, ularning oilalarining shaxsiy ishlari bilan tanishishi, sinfda mavjud bo’lgan ta’lim tizimini, urf-odatlarni, jamoaning rasmiy va norasmiy tuzilishini o’rganishi kerak. Bularning barchasi ta rbiyaviy ishlarda uzluksizlikni ta’minlash ga yordam beradi. O’quv yili oxirida maktab psixologining yodamida sinfdagi psixologik muhitni, jamoa hayot i ni b jipsligi ni boshqa muhim parametrlarini aniqlash tavsiya etiladi. O’quvchilarning o’zaro munosabatlarini, shuningdek, o’qish, mehnat , tabiat, san’at va atrofdagi voyeylik ning boshqa hodisalari va jarayonlarini aniqlash foydali bo’ladi. Shunday qilib, sinf rahbari tarbiyaviy ish rejasini tuzish uchun tayyorgarlik bosqichi sinf jamoasi va individual o’quvchilar haqida ma’lumot to’plash bilan bog’liq bo’lib, u asosiy ta’lim vazifalarini belgilaydi. Tarbiya jarayoni va uning natijasi ishning qay darajada tashkil etilganligi va undan keladigan samaraga bog’liq. Sinf rahbari tarbiya ishini sinf miqyosida hal
etishda istiqbolni tasavvur eta olsa, kelajakni ko’ra bilish mahoratiga ega bo’lsagina u muvaffaqiyat bilan ishlay oladi. Hozirgi kunda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish davrning muhim talabi bo’lib qoldi. Shu boisdan ham sinf rahbari ishini ilmiy asosda tashkil etishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: o’z ishida tarbiyaning umumiy maqsadini hisobga olgan xolda shu kun uchun muhim bo’lgan aniq maqsadni belgilash: bolalar jamoasining xususiyatidan kelib chiqadigan vazifalarni tushuntirish; tarbiyaning umumiy qonuniyatlari va prinsiplarini, o’quvchilarga ta’sir etishning shakli, metodi, vositalarini yaxshi bilish; bolalar sinfini idora qilish qoidalari va jamoani rivojlantirish qonunlarini bilish kabilar. Tarbiyada ijod qilmay ishlash mumkin emas. Agar sinf rahbari o’z ishidagi xar bir qadamining pedagogik ma’nosini yaxshi bilsa, u o’quvchilar qalbining muhandisiga aylanadi, aks xolda esa oddiy bir hunarmand bo’lib, qoladi xolos. So’nggi yillarda o’quvchilarning ehtiyoji va o’quvchilar doirasi beqiyos darajada o’sib, o’zgaradi. Fan-texnika yangiliklari, ilmiy ommabop kitoblar, yoshlarning texnik va badiiy jurnallari, kino va o’quvchilarni boy manbalari bilan tanishtirmoqda. Agar sinf rahbarining sinfdagi ishlari o’quvchilarning ana shu axborotlardan kelib chiqayotgan ehtiyojlari darajasiga loyiq bo’lmas ekan, unda ishlashda ko’chirmachilik, shaklbozlik vujudga keladi va sinf rahbari tashkil etayotgan ish o’quvchilardan o’sishdan orqada qolganligi uchun unga qiziqish susayadi. Shuning uchun sinf rahbari o’z ishini rejalashtirishda, o’quvchilarning rivojlanish darajasini, ehtiyojlarini, jamoa taraqqiyoti bosqichlari, kamolot tashkiloti faolligini va imkoniyatlarini hisobga olishi kerak. Buning uchun sinf rahbarining rejasi: Birinchidan, o’z mazmuniga ko’ra g’oyaviy-siyosiy, ijtimoiy foydali yo’nalishga qaratilgan bo’lishi, ya’ni jamiyatning va boshqalarning foydasiga qaratilgan ishlarga alohida e’tibor berish; Ikkinchidan, tarbiyaning yo’nalishini, o’quvchilarga ta’sir etish vositalarini maqsadga muvofiq tanlash, ya’ni reja mo’ljallanayotgan ishlar nimaga va kimga qaratilganligini aniqlash;
Uchinchidan, rejadagi ishlar aniq - umumiy maqsadga bo’ysundirilgan, bajaruvchilari, vaqti, ish shakli ko’rsatilgan bo’lishi; To’rtinchidan, rejadagi ishlar o’quvchilar kuchiga va yoshiga mos kelishi; Beshinchidan, o’quvchilar qiziqishiga asoslanishi va ehtiyojlaridan kelib chiqishi; Oltinchidan, mo’ljaldagi ishlarni bajarishda butun jamoaning va yakka shaxslarning ishtirokini hisobga olish; Yettinchidan, bajarilishi lozim bo’lgan barcha ishlar oldindan hammaga ma’lum qilinishi kabi talablarga javob berishi lozim. Tajribada sinf rahbarining uch xil rejasi o’zini oqladi, bular istiqbolli rejalar (uzoq muddatli mo’ljallab tuziladi va u ayni paytda sinf, undagi xar bir shaxsni tarbiyalashning umumiy dasturi xam bo’lib xizmat qiladi), taqvim reja(odatda bir oy uchun tuzilib, shu oyning xar bir kuni uchun mo’ljallanadigan aniq ishlarni o’zida aks ettiradi), alohida tarbiyaviy tadbir uchun tuziladigan reja - konspekt (ba’zan u tarbiyaviy tadbirning ssenariyasi deb xam yuritiladi). Reja qanday bo’lishdan qat’iy nazar tarbiyaviy faoliyat mazmunini, sinf o’quvchilari jamoasining rivojlanish istiqbolini aks ettirish kerak. Eng yaxshi sinf rahbarlarning ilg’or tajribasi asosida o’zida quyidagi bo’limlarni aks ettiruvchi taxminiy reja chizmasini tavsiya qilamiz: 1. Sinf rahbarining sinf bilan olib boradigan ishlarning asosiy yo’nalishlari bo’limi. Bu bo’lim: «Sinfni tashkil etish», «G’oyaviy axloqiy tarbiya», «Mehnat tarbiyasi va kasb tanlashga yo’llash», «Oila va jamoatchilik bilan hamkorlik» kabi mavzularni o’z ichiga oladi. Endi shu masalalarning xar birining mazmunini ko’rib chiqaylik. Sinfni tashkil etish-bunda o’quvchilarning o’zini-o’zi boshqarish ishiga pedagogik rahbarlikning ta’minlanishi ko’zda tutiladi. Shu maqsadda sinf majlislarining kun tartibi, ularni tayyorlash va o’tkazish ishlari, faollar bilan ishlash ko’zda tutiladi. Shu maqsadda sinf majlislarining kun tartibi, ularni tayyorlash va o’tkazish ishlari, faollar bilan ishlash ko’zda tutiladi.
Mehnat tarbiyasi va kasb tanlashga yo’llashda o’quvchilar uchun o’qish va o’quv ishini oqilona tashkil etish, shuningdek o’ziga-o’zi xizmat, ijtimoiy foydali mehnat, texnik ixtirochilik, kasb tanlash ishlarini tashkil etish bilan bog’liq tadbirlar ko’rsatiladi. Kechalar, ertaliklar, kitobxonlar anjumani, suhbatlar o’tkazish, ko’rilgan kinofilm va spektaklni muhokama qilish, havaskorlar to’garagi qo’shiq va badiiy o’qish tanlovi, rasmlar ko’rigi, muzey va ko’rgazmalarga borish, «O’quvchilar va yoshlar musiqasi» haftaligi, kino, teatrlarga borish-bularning hammasi estetik tarbiya masalasining mazmunini tashkil etadi. 2. Pedagogik jamoa bilan aloqa bo’limida sinfda dars berayotgan o’qituvchilarni sinf tarbiyaviy ishlariga jalb qilish yo’llari o’quvchilar uchun qo’shimcha mashg’ulotlar, fan va ijodiy to’garaklar, munozaralar, ilmiy anjumanlar, qiziqarli uchrashuvlar, fan haftaliklari bilan bog’liq ishlar yoritiladi. Oila va jamoatchilik bilan ishlash bo’limida esa oila va o’quv yurtining o’quvchilarga qo’yadigan axloqiy talablarni ishlab chiqishga qaratilgan tadbirlar ko’rsatiladi, ota-onalar va jamoatchilikning sinf hayotini va faoliyatini tashkil etishda qanday yordamlar berishlari belgilab chiqiladi, ota-onalar majlislari va ota- onalar uchun tashkil etiladigan suhbat, ma’ruza, anjumanlarning mavzulari, kimning oilasiga borishi va boshqa bir qator ishlar aniqlashtiriladi. Ayniqsa, bu o’rinda jamoatchilik bilan hamkorlik, chunonchi, ishlab chiqarish korxonalarida, turar joylarning oila va o’quv yurtiga yordam beruvchi komissiyalari bilan aloqalar, ularni sinf hayotiga jalb qilish yo’llari va shaklini belgilashda alohida e’tibor berish lozim. Rejalashtirishda xar bir bo’limda ko’plab tadbirlarni ko’rsatish shart emas. Chunki xar bir tadbir hamisha bir necha tarbiyaviy vazifani hal qiladi. Ishning muvaffaqiyatini tadbirlarning miqdori emas balki o’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishning darajasi sifati va tizimini belgilashni hayotiy tajribalar xam ko’rsatmoqda. Reja bir oylik, choraklik, yarim yillik qilib tuzilishi mumkin.