Sirpapnish va dumalash tayanchlari podshipniklar
10 -mavzu. SIRPAPNISH VA DUMALASH TAYANCHLARI (PODSHIPNIKLAR) Reja 1. Turlari va ishlatilish sohalari. 2. Sirpanish podshipniklari asosiy qismlari, o’lchamlari, ishqalanish rejimlari. 3. Sirpanish podshipniklari qismlarini tayyorlash uchun materiallar, ularni tanlash va ishlash qobiliyatini ta’minlash bo’yicha shartli hisoblash. 4. Dumalash podshipniklari turlari, ishlatilish sohalari. 5. Dumalash podshipniklari asosiy o’lchamlari va qismlari, shartli belgisi, qismlarini tayyorlash uchun materiallar. 6. Podshipni klarni tanlash va ishlash layoqatini yuk ko’taruvchanlik bo’yicha tekshirish. Tayanch iboralar . Sirpanishpodshipniklari , dumalashpodshipniklari , vkladishlar , radialpodshipniklar , tirakpodshipniklar , radial -tirakpodshipniklar , ajralmaydiganvaajraladiganpodshipniklar . Sirpanish podshipniklari , dumalash podshipniklari , vkladishlar , radial podshipniklar , tirak podshipniklar , radial -tirak podshipniklar , ajralmaydigan va ajraladigan podshipniklar . 1. Turlarivaishlatilishsohalari Pod shipniklar val hamda o’qlarning shiplariga o’rnatilib, tayanch vazifasini o’taydi. O’q yoki val orqali tayanchga tushadigan kuchni bevosita podshipniklar o’ziga qabul qiladi. Mexanizmning foydali ish koeffisiyentini kamayib ketishidan saqlash uchun podshi pniklardagi ishqalanishga sarflanadigan quvvatni iloji boricha kamaytirshga harakat qilish zarur. Mashinaning ishlash qobiliyati va chidamliligi podshipniklarning sifatiga ko’p jixatdan bog’liq. Shuning uchun podshipniklar tanlash va ish jarayonida ularn i kuzatib turish masalalariga alohida e’tibor berish lozim. Aylanayotgan val yoki o’q shiplari podshipniklarda ishqalanadi. Ana shu ishqalanishning turiga qarab podshipniklar sirpanish podshipniklari bilan dumalash podshipniklarga bo’linadi. Sirpanish pod shipniklarida sirpanib ishqalanib, dumalanish podshipniklarida esa dumalab ishqalanish sodir bo’ladi. Bundan tashqari, val o’qiga tik kuchlarni qabul qilish uchun mo’ljallangan podshipniklar radial podshipniklar deyiladi. Val o’qi bo’ylab yo’nalgan kuchlar ni qabul qilish uchun mo’ljallangan podshipniklar tirak podshipniklar deb, val o’qiga tik kuch bilan bir vaqtda uning o’qi bo’ylab yo’nalgan kuchlarning ham qabul qilish uchun mo’ljallangan podshipniklar esa radial -tirak podshipniklar deyiladi. Yuqorida ay tib o’tilgan podshipniklarnning hamma turi ham keng ko’lamda ishlatiladi. 2. Sirpanish podshipniklari asosiy qismlari, o’lchamlari, ishqalanish rejimlari
Sirpanish podshipniklari tuzilishi jihatidan olganda, ajralmaydigan va ajraladigan podshipniklarga bo’linadi. Hozirgi vaqtda ajraladigan podshipniklardan ko’proq foydalaniladi (11.1 -rasm). U quyidagi qismlardan iborat: - tayanchga tushuvchi kuchni qabul qilib oladigan asosiy detal - podshipnik korpusi; podshipnikning yuqori tomonidan be rkitib turuvchi qismi – qopqoq 2; podshipnikning eng muhim qismi – ikki palladan iborat vkladish 1; korpus bilan qopqoqni biriktirish boltlari; korpusni fundamentga biriktirish boltlari; moylagich. 11.1 -rasm. Umuman olganda, so’nggi yilllarda sirpanish podshipniklarining hozirgi zamon mashinasozligida ishlatilishi sezilarli darajada kamaydi; chunki ular o’rniga bir qator afzalliklari bo’lgan dumalanish podshipniklar ishlatila boshladi. Lekin sirpanish podshipniklarida quyidagi afzalliklari bo’lgani uchu n ayrim hollarda ulardan foydalanish ma’qul ko’riladi. 1. Katta ( υ>30 m/s) tezlik bilan ishlash hollarida dumalanish podshipniklariga qaraganda ko’pga chidaydi. 2. Vallarni talab qilingan darajada aniq yunalishda o’rnatish imkonini beradi. 3. Ajraladigan q ilib tayyorlanganligi uni valning istalgan qismiga o’rnatish imkonini beradi, masalan tirsakli vallarda. 4. Zarb bilan ta’sir qiladigan kuchlar mavjud bo’lgan hollarda podshipnikdagi moy qatlami bu kuchlarning salbiy ta’sirini kamaytiradi. 5. Dumalanish po dshipniklaridan foydalanish mumkin bo’lmagan agressiv muhitli sharoitda (masalan suvda) bemalol ishlay oladi. 6. Sekin aylanuvchi arzon mexanizmlar podshipniklari sifatida foydalaniladi. Diametri haddan tashqari (1 metrdan ortiq) bo’lgan vallar uchun hozir cha standartlashtirilgan dumalanish podshipniklari ishlab chiqarilmaydi, sirpanish podshipniklari esa istalgan kattalikda tayyorlanishi mumkin. Sirpanish podshipniklarining ishlash sharoiti va yemirilishi. Val aylana boshlashi bilan uning sirti podshipnikdagi vkladish ustida sirpanib ishqalana boshlaydi. Bunday ishqalanish natijasida ma’lum miqdor issiqlik hosil bo’ladi. Bu issiqlik podshipnik korpusi, val hamda moy vositasida tashqariga olib ketiladi. Podsh ipnikning normal ishlashi uchun, hosil bo’layotgan issiqlik mikdori mavjud imkoniyatlar vositasida olib ketilayotgan issiqliq miqdoridan ortiq bo’lmasligi kerak. Aks holda podshipnikning qizishi ruxsat etilgan darajada ortib, vkladish suyuqlanib ketishi m umkin. Demak, podshipnikning haddan tashqari qizib
ketishi uni ishdan chiqaruvchi asosiy sabalardan biridir. Bundan tashqari, sapfaning vkladish ustida sirpanib ishqalanishi natijasida yeyilish prosessi ham sodir bo’ladi. Podshipnikning chidamliligi, asosan, yeyilish suroati bilan belgilanadi. Ularning sinib ketishi esa kam uchraydi. Yeyilishning sur’ati ko’p jihatdan ishqalanish prosessi sodir bo’layotgan sirtlar orasidagi muhitga bog’liq. Ana shu muhitga qarab, ishqalanish uch turga bo’linadi. 1. Quruq ishqalanish – moylanmagan sirtlar orasidagi ishqalanish. 2. Suyuqlikda ishqalanish. Bunda ishqalanayotgan sirtlar o’zaro qovushqoq moy qatlami bilan batamom ajralgan holda bo’ladi (11.2 -rasm). Harakat vaqtida moyning val bilan vkladish sirtiga tegib turgan sirtqi qismi ular bilan birga harakat qiladi, natijada ishqalanish asosan moy qatlami ichidagi zarrachalar orasida ro’y beradi. Moy qatlamining qalinligi sapfa hamda vkladish sirtlariga ishlov berishdan hosil bo’lgan notekisliklar yig ’indisidan albatta katta bo’lishi kerak: h>Rz1+R z2 Bu shart bajarilganda tashqi nagruzkani moy qatlami qabul qiladi, natijada ish sirtlarining yeyilish prosessi sodir bo’lmaydi. Suyuqlikda ishqalanishning harakatga ko’rsatadigan qarshligi juda kichik (ishq alanish koeffisiyenti 0,005 chamasida) bo’ladi. Demak, bunday sharoitda ishlaydigan sirpanish podshipniklarining foydali ish koeffisiyenti hatto dumalanish podshipniklaridan ham oshadi. Shuning uchun sirpanish podshipniklaridan foydalanganda cuyuqlikda ish qalanish bo’ladigan sharoit yaratishga iloji boricha harakat qilish kerak. 11.2 -rasm. 3. Nim quruq yoki nim suyuqlikda ishqalanish. Bunda ish sirtlari yetarli darajada moylansa ham, ammo ikki sirtni batamom ajratib turadigan moy qatlami bo’lmaydi. Is hqalanish ko’proq quruq ishqalanishga yaqin bo’lsa, nim quruq ishqalanish, suyuqlikda ishqalanishga yaqin bo’lsa, nim suyuqlikda ishqalanish deyiladi. Suyuklikda ishqalanishni ta’minlaydigan shartlardan birortasi bajarilmasa, podshipnik nim suyuqlikda yoki nim quruq ishqalanish bilan ishlaydi. Nim suyuqlikda ishqalanish sodir bo’lganda ishqalanish koeffisiyenti 0,008…..0,1 oralig’ida nim quruq ishqalanish ro’y berganda esa 0,1…0,2 oralig’ida bo’ladi. Ishqalanishning yuqoridagi xillaridan sirpanish podshipn iklari uchun suyuqlikda ishqalanish eng yaxshi sharoitdir. Lekin bunday sharoitni hamma vaqt
ta’minlab bo’lavermaydi. Buning uchun bir necha sharoit bajarilishi kerak (11.3 - rasm). 11.3 -rasm. Suyuqlikda ishqalanishni ta’minlaydigan asosiy shartlar: - o’zaro ishqalanayetgan sirtlar orasidagi zazor ponasimon shaklda bo’lishi; - jismlarning bir -biriga nisbatan harakatlanish tezligi moy qatlamida tashqi nagruzkaga teng keladigan gidrodinamik bosim hosil qila oladigan bo’lishi; - ma’lum qovushoqlikdagi moy yeta rli darajada va uzluksiz ravishda yetkazib berilishi lozim. Odatdagi podshipniklarda valning aylanishlar soni ortgan sari moy qatlamining qalinligi kattalanib, sapfaning markazi vkladish markaziga yaqinlashib boradi. 3. Sirpanish podshipniklari qismlarini tayyorlash uchun materiallar, ularni tanlash va ishlash qobiliyatini ta’minlash bo’yicha shartli hisoblash Podshipniklarning shartli hisobi. Hisoblashning bu usulidan amalda keng qo’lamda foydalaniladi. Ayniqsa, hisoblash uchun za rur parametrlar ma’lum mashina va mexanizmlarni ishlatish yo’li bilan to’plangan ma’lumotlar asosida bo’lsa, hisoblash natijasi qoniqarli chiqadi. Bunday hisoblash usuli suyuqlikda ishqalanish rejimi bilan ishlaydigan podshipniklar uchun taqribiy, nim quru q va nim suyuqlik rejimida ishlaydigan podshipniklar uchun esa asosiy usuldir. Podshipniklarning shartli hisobi ikki yo’l bilan: a) solishtirma bosim bo’yicha; b) solishtirma bosim bilan sirpanish tezligining ko’paytmasi bo’yicha bajarilishi mumkin. Hisobl ash quyidagi formulalar asosida bajariladi: p dl R р = p l Rn dl dn R р = = 19 60
bu yerda R- podshipnikka radial yo’nalishda ta’sir etayotgan kuch, H ; l - podshipnikning uzunligi, m; d – sapfaning diametri, m; n - sapfaning aylanish chastotasi, min -1; [r] –solishtirma bosimning ruxsat etilgan qiymati, MPa; (bu bosim po’lat babbit ustida sirpanganda (8…9) MPa; po’lat bronza ustida sirpanganda (5…8) MPa; po’lat cho’yan ustida sirpanganda esa (2…3) MPa oralig’ida bo’ladi); [pυ ] – solishtirma bosim bilan sirpanish tezligi ko’paytmasining ruxsat etilgan qiymati (odatda, [ pυ ]=(6…30) MPa·m/s oralig’ida bo’ladi). Vkladishlar uchun ishlatiladigan materiallar. Vkladish podshipnikning eng muhim elementidir. Vkladishning tuzilishi, materiali, uning qanchalik aniq tayyorganligi, joylashuvi, moy uchun mo’ljallangan ariqchalarning shakli – bularning hammasi podshipnik ishini belgilaydigan faktorlardir. Uncha muhim bo’lmagan mexanizmlarda, grafitli yupqa qatlam hosil qiluvchi cho’yan vkladishlardan foy dalanish mumkin. Hozirgi vaqtda bimetall vkladishlar ko’proq ishlatiladi. Bunda vkladishning asosiy qismi biror qattiq metalldan (po’lat yoki bronzadan) tayyorlanadida, uning ish sirti yupqa antifriksion material bilan qoplanadi. Antifriksion material sifatida babbitlardan foydalaniladi. O’rtacha rejim bilan ishlaydigan podshipniklarning vkladishlari qo’rg’oshin qalayli bronzalardan tayyorlanadi. Bunday vkladishlar yuqori temperaturali muhitda ishlay oladi ammo ularning zanglash xususiyati zang lashga sabab bo’luvchi muhitda ishlatishini cheklaydi. So’nggi yillarda podshipniklar uchun metallokeramik vkladishlar ishlatila boshladi. Bunday materiallar hajmining 20 -30% i g’ovak bo’lib, moy shimdirilgan, kam moylanadigan hollarda ham yaxshi ishlaydi. Materiali bronza yoki temirga grafit, mis, qalay yoki qo’rg’oshin qo’shib tayyorlanadi. Plastmassalardan tayyorlangan vkladishlarda moylovchi suyuqlik sifatida suvdan foydalanish mumkin. DUMALASH PODSHIPNIKLARI Dumalash podshipniklari turlari, ishlatilish sohalari Ma’lumki, sirpanish podshipniklari asosiy kamchiliklaridan biri ishqalanish koeffisiyentining nisbatan kattaligidir. Dumalash podshipniklarida sirpanib ishqalanish o’rniga dumalab ishqalanishning mavjudligi ishqalanishga sarflanadigan quvvatni ke skin ravishda kamaytirishga imkon beradi, ya’ni bu podshipniklarning foydali ish koeffisiyenti yuqori bo’ladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda vallarning tayanchlari sifatida, asosan, dumalash podshipniklari ishlatiladi. Dumalash podshipniklarining tuzilishi ularni standartlashtirilgan mahsulot sifatida ko’plab ishlab chiqarishga imkon beradi. Bu esa mahsulotning tannarxini kamaytiradi. Bulardan tashqari, dumalash podshipniklarida yana quyidagi afzalliklar bor: 1. ishqalanish kuchi va undan hosil bo’ladigan is siqlik miqdori kichik; vallarni aylana boshlashi uchun zarur bo’lgan qo’zg’atish momenti sirpanish podshipniklariga qaraganda bir necha marta (5 -10 marta) kichik ;