logo

Sistema bloki kompanentlarini o’rganish.Kompyuterga asosiy va qo’shimcha qurilmalarni ulash va ularning xarakteristikasi bilan tanishish

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

177.4775390625 KB
Mavzu: Sistema bloki kompanentlarini o’rganish.Kompyuterga
asosiy va qo’shimcha qurilmalarni ulash va ularning
xarakteristikasi bilan tanishish
REJA:
1. Sistema bloki kompanentlarini o’rganish.
2. Kompyuterga asosiy va qo’shimcha qurilmalarni ulash.
3. Kompyuterga asosiy va qo’shimcha qurilmalari xarakteris -
tikalari bilan tanishish.
 XULOSA
 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1 Kompyuterning asosiy korpusidagi qurilma va vositalarni etarlicha energiya bilan 
ta`minlovchi moslama komp’yuterninig energiya blokidir.
Uning asosiy vazifasi aytilgan vositalarni energiya bilan ta`minlash, havo almashtirish
va protsessor ichini sovutishdir, chunki ko`pgina komponentlar energiya bloki, 
protsessor va vinchester uzluksiz ish vaqtida qizib ketadi.
Agar ishonchli havo almashtirish ta`minlanmasa, komp'yuter ichki qismlari qizib 
ketishi va to`xtab qolishiga sabab bo`ladi.
Bundan tashqari kuchlanishlar tez-tez o`zgaradigan, katta kuchlanishli toklar 
o`tadigan joylarda energiya blokining ishonchliligi katta axamiyatga ega.
Komp'yuter sotib olishda energiya blokining quvvatini aniqlab oling. U kamida 200-
250 vatt bo`lishi kerak, aks holda u qo`shimcha qattiq disk (vinchester), qo`shimcha 
platalar, yangi kuchliroq protsessor, mul'timedia vositalarini o`rnatishda tok etmay 
qolishiga sababchi bo`ladi.
Personal komp’yuterlarda tok manbai blokiga uchta asosiy funktsiya yuklangan:
- personal kompyuterni elektr energiyasi bilan taminlash ;
- ichki sistemalarni sovutish ;
- ichki komponentlarni himoyalash.
Tok manbai blokini asosiy masalasi personal komp’yuterni elektr energiyasi bilan 
taminlashdir. U 220 V o’zgaruvchi tokni 5 va 12 V o’zgarmas tokga aylantirib beradi.
AQH va boshqa ba’zi mamlakatlarda tarmoqda 120 V bo’lganligi sababli, 120 V ni 5 
V yoki 12 V ga aylantiriladi. 5 va 12 V kuchlanishlar personal komp’yuter 
qurilmalarida foydalinadi. Komp’yuterga o’rnatilgan tok manbai bloki komp’yuter 
sistema blokini sovutishda muhim rol o’ynaydi chunki blokni vintelyatori 
komp’yuterni ichki havosini so’rib tashqariga chiqirishga mo’ljalangan.
Xajjatda olib qaralsa sistema blokida tok manbai korpusni yuqori qismida joylashgan. 
Ma’lumki komp’yuter sistema blokidagi qurilmalardan ajralib chiqayotgan issiqlik 
yuqoriga qarab ko’tariladi. Yuqoridagi tok manbai blokidagi vintilyator shu issiqlikni 
tashqariga uzatadi.
Personal komp’yuter agar normadagi elekt kuchlanishi bo’lmasa ishga tushmaydi. 
Chunki tok manbai bloki energiya bermaydi. Agar unga normadan ortiq kuchlanish 
ulansa, undan hid chiqib, kuyganini bildiradi.
Ona plata, u markaziy protsessor, tezkor xotira, vinchester, floppi-diskovod, ISA, PCI 
yoki AGP interfeysiga ega turli kengayish platalari, ikkita ketma-ket (COM1 va 
COM2) va bitta parallel (LPT1) portlarni bog‘lovchi bo‘g‘in sanaladi. Boshqacha 
qilib aytganda, ona platada barcha muhim komponentlar jamlangan bo‘ladi. (Bekorga 
«ona» plata deyilmaydi-da!)
Barcha amallarni bajaruvchi protsessor.
Kompyuter ishlab chiquvchi ma’lumotlarni monitorda aks etuvchi signalga aylantirib 
beruvchi videokarta.
Kompyuter ishlab chiquvchi tovushlarning eshittirilishini, shuningdek, tovushlarni 
raqamli shaklda kompakt-disklarga sifatli yozishni ta’minlovchi tovush kartasi.
Amaliyot tizimi, dasturlar, ilovalar, ma’lumotlar bazasi, o‘yinlar va boshqalarni 
saqlash joyi bo‘lmish Vinchester (qattiq disklarga yig‘uvchi). Tezkor xotiraga 
saqlovchi qurilma (OZU, «operativka») dan farqli o‘laroq, ozuqa manbaidan 
uzilganda vinchesterga yozilgan ma’lumotlar o‘chib ketmaydi.
2 Lazerli kompakt-disklarni o‘qishga (ijro etishga) mo‘ljallangan CD-ROM-diskovod 
(kompakt disklarni o‘qish diskovodi). Kompakt-disklarda kompyuter dasturlari va 
o‘yinlar, musiqali asarlar, videofilmlar va boshqalar yozilgan bo‘lishi mumkin.
Ona plata, kengayish platalari, vinchester, floppi-diskovod va boshqalarni elektr 
energiyasi bilan ta’minlovchi ozuqa bloki.
Sistema bloki, asosan, korpus, asosiy plata (ona plata yoki sistema platasi), protsessor,
xotira qurilmalari va mikrosxemalar, quvvat blokidan iborat.
Asosiy plata yaxlit asosga yig'ilgan elektron sxemalar bo'lib, unga ba'zi qurilmalar 
axborot almashish sistema magistrali - shinalar (simlarning o'ramlari) yordamida 
bog'lanadi. Shinalar kompyuterning hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi. 
Kompyuter ishida uch xil shina xizmat ko'rsatadi: berilganlar (berilgan ma'lumotlar) 
shinasi, Asosiy plata adreslar shinasi, boshqarish shinasi. Asosiy platada 
mikroprotsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, ovoz, video va tarmoq platalari 
ham joylashadi. Ular asosiy plataning maxsus slot (qirqim)lariga ulanadi.
Diskyurituvchi, printer, flash-xotira kabi qurilmalar portlar deb yuritiluvchi asosiy 
platadagi maxsus joylarga ulanadi. Bu qurilmalarni boshqarish uchun asosiy platada 
kontrollerlar deb ataluvchi elektron sxemalar mavjud. Portlar parallel (LPT), ketma-
ket (COM) va universal ketma-ket (USB) turlarga bo'linadi. Ketma-ket port 
protsessordan ma'lumotlarni baytlarda oladi va qurilmalarga bitlarda uzatadi, parallel 
port esa baytlarda olib baytlarda uzatadi. Odatda, sichqoncha va modem ketma-ket 
portlarga, printer parallel portga ulanadi. Juda ko'p asosiy platalarda sichqoncha va 
klaviatura doiracha shaklidagi PS/2 bo'lmaga ulanadi. Hozirgi kunda universal ketma-
ket portga sichqoncha, klaviatura va boshqa qurilmalarni ulash imkoni bor.
Odatda, asosiy plataning ajralmas qismi sifatida qaraladigan doimiy xotira qurilmasi 
(DXQ, ing. ROM - Read Only Memory - faqat o'qish uchun xotira) mikrosxema 
ko'rinishida tashkil etilgan bo'lib, quvvat manbaiga bog'liq bo'lmagan holda 
ma'lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Doimiy xotira qurilmasida kompyuterning
kiritish- chiqarish asosiy sistemasi (BIOS - Basic Input-Output System) haqidagi 
doimiy axborot saqlanadi.
Protsessorni mikroprotsessor yoki CPU (ya'ni, Central Processing Unit - markaziy 
protsessor) deb ham atashadi. Protsessor arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi, 
xotira bilan bog'lanadi va barcha qurilmalar ishini boshqaradi.
Zamonaviy kompyuterlarda protsessor vazifasini 10 mm kvadratdan ham kichik 
yuzali yagona yarim o'tkazgichli kristalda (kremniy yoki germaniy) joylashgan 
3 millionlab mitti tranzistorlardan tashkil topgan mikro-protsessor, ya'ni o'ta zich 
integral sxema bajarmoqda. Misol sifatida ko'radigan bo'lsak, Intel Pentium Pro 
mikroprotsessori o'z ichida 5,5 milliondan ortiq tranzistorlarni saqlaydi.
Protsessorning ish unumdorligi uning tezligi (taktli chastota) va razryadlar soni bilan 
belgilanadi. Tezlik protsessorning 1 sekundda bajargan amallar miqdori bilan 
belgilanadi va Gs (gers) bilan ifodalanadi. Masalan, i8086 protsessori 10 MGs 
(sekundiga 10 million amal) tezlikka ega bo'lsa, Intel Pentium IV protsessori uchun bu
ko'rsatkich 1700 MGs va undan yuqoridir. Protsessorning razryadlari soni uning bir 
vaqtning o'zida baravariga ishlashi mumkin bo'lgan bitlar miqdori bilan aniqlanadi. 
Hozirgi kunda 16, 32, 64, 128 razryadli protsessorlar keng qo'llanilmoqda. 
Protsessorning tezligini oshirish maqsadida hozirgi vaqtda kesh-xotira, turli 
matematik soprotsessorlar kabi vositalardan foydalanish yo'lga qo'yilgan. Shu 
kunlarda protsessorlarning ko'p yadroli turlari ishlatilmoqda.
Protsessor, asosan, quyidagi qismlardan iborat:
* arifmetik-mantiqiy qurilma;
* ma'lumotlar va adreslar shinasi;
* registrlar;
* buyruq jamlagichi;
* kesh, ya'ni kichik hajmli o'ta tezkor xotira;
* qo'zg'aluvchan vergulli sonlar matematik soprotsessori.
Aniq protsessorga mos i80386, 16/32 yozuvi ushbu protsessor 16 razryadli berilganlar
shinasi va 32 razryadli adreslar shinasiga ega ekanligini, ya'ni bir vaqtning o'zida 16 
bit axborot va 232= 4 Gbayt hajmdagi adreslar (adreslar sohasi) bilan ishlash 
imkoniyati mavjudligini bildiradi.
Protsessorning asosiy ishi tezkor xotira qurilmasida joylashgan dasturdan navbatdagi 
buyruqni o'qish va bajarish, natijani yozib qo'yish hamda keyingi bajariladigan 
buyruqni aniqlashdan iborat takrorlanuvchi jarayondir. Bundan tashqari protsessor 
dastur mazmunidagi boshqarishni amalga oshirish, ma'lumotlarni zarur joydan o'qish, 
lozim joyga yozish, kerak joyga uzatish, boshqa qurilmalarning ishlashini 
muvofiqlashtirish vazifasini ham bajaradi.
Demak, protsessor berilgan dastur va zarur ma'lumotlar asosida inson aralashuvisiz 
kompyuterning avtomatik ishlashini ta'minlovchi qurilma ekan.
Tezkor xotira qurilmasida (TXQ) ishlash jarayonida protsessor foydalanadigan barcha
axborot va dasturlar saqlanadi. Uni tezkor deyilishiga sabab boshqa xotiralarga 
nisbatan axborot almashinuvi minglab yoki millionlab marotaba tezdir. Tezkor xotira 
qurilmasida saqlanayotgan ma'lumotlar kompyuter elektr manbaidan uzilganda yoki 
qayta yuklanganda o'chib ketadi.
4 Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan. Registr - ma'lumotlarni ikkilik 
shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo'ljallangan qurilma. Har bir registr o'z 
navbatida triggerlardan tashkil topadi. Trigger mitti elektron sxema bo'lib, u elektr 
toki bilan zaryadlangan holda "1" ni, zaryadlanmagan holatda "0" ni ifodalaydi. 
Registrdagi triggerlarning miqdori kompyuterning necha razryadli ekanini belgilaydi. 
Registrlar uyachalar (yacheykalar) deb ham yuritiladi. Uyachalarning har bir 
razryadida bir bit axborot joylashadi (ya'ni 0 yoki 1). 8 bit axborot birlashganda 1 bayt
miqdordagi axborotni hosil qiladi. Har bir bayt o'z tartib raqamiga, ya'ni adresiga ega 
bo'ladi. Uyachaning sig'imi mashina so'zi uzunligini belgilab beradi. Mashina 
so'zining uzunligi baytlarda o'lchanadi. Mashina so'zining uzunligi 2, 4, 8 baytga teng 
bo'lishi mumkin. Demak, ketma-ket joylashgan ikki, to'rt yoki sakkiz bayt birlashib, 
bitta mashina so'zini tashkil etishi mumkin ekan. Har bir xotira uyachasi ham o'z 
adresiga ega, u esa shu uyachadagi boshlang'ich bayt adresi bilan ifodalanadi. Tezkor 
xotira qurilmasining boshqacha nomi - RAM (Random Access Memory - tanlov 
bo'yicha ixtiyoriy kirishli xotira), chunki undagi istalgan adresli uyachaga to'g'ridan-
to'g'ri o'tish imkoniyati mavjud. Tovush, video va tarmoq platalari asosiy plataga 
joylashtirilgan yoki alohida bo'lishi mumkin. Bu platalar protsessor ishini tezlashtirish
hamda zaruriy sifat ko'rsatkichiga erishish maqsadida ishlatiladi.
Tovush platasi (ing. Sound adapter, adapter - moslashtiruvchi) - axborot 
saqlagichlarga yozilgan raqamli audio-axborotni tovushlarga aylantirib beruvchi 
qurilma. Qurilmaning chiqish qismiga ovoz kuchaytirgich yoki karnaylarni ulash 
mumkin. Tovush platasi o'z mikro-protsessoriga ega bo'lib, tovushni kiritishda 
analog-raqamli o'zgartirish va chiqarishida o'zgartirishni ta'minlaydi.
Video-plata (ing. Graphics adapter) - murakkab tasvirlar va millionlab ranglarni 
qayta ishlashni ta'minlab beruvchi plata. Bu plata o'z mikroprotsessori va tezkor 
xotirasiga ega bo'ladi. Zamonaviy video-plata hajmli va uch o'lchovli grafika bilan 
ishlash imkoniyatiga ega. Hozirgi kundagi juda ko'p dasturlar va o'yinlar 64 Mb 
yoki 128 Mb sig'imli video-platalar bilangina ishlaydi.
5             Birinchi shaxsiy kompyuter 1973 yilda 
Fransiyada Nruohg Trohg Ti tomonidan 
yaratilgan. Dastlab yaratilgan maskur shaxsiy 
kompyuter elektron o'yinchoq sifatida qabul 
qilindi. Bu kompyuter 1977 yilda amerikalik 
Stiv Jobs boshchiligidagi "Apple Computer" 
firmasi tomonidan mukammallashtirilib, 
dasturlarning katta majmuini tatbiq etib, 
ommaviy ravishda chiqarila boshladi. 
Shundan beri kompyuter hayotimizga 
mustaxkam joylashib, axborotni qayta 
ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi.
                    ^   Kompyuter, deganda turli 
hajmdagi, har xil ko'rinishdagi 
axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni 
ta`minlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin.
                    Hozirda hilma-hil zamonaviy kompyuterlar insonga holis hizmat qilmoqda. 
Ularning tashqi ko'rinishi ham turlicha. Lekin ularni tashkil etuvchi qurilmalar, (ya`ni 
apparatli ta`minoti) bilan yaqindan tanishsak, turli turkumdagi mashinalardagi 
qurilmalarda o'xshashlik borligini ko'ramiz. Har qanday kompyuter apparatli 
ta`minoti, asosiy va qo'shimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy qurilmalar 
kompyuter ishlashini ta`minlasa, qo'shimcha qurilmalar kompyuter bilan ishlash 
imkoniyatini kengaytiradi.
2. Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari
Asosiy qurilmalarga sistema bloki, monitor va klaviatura kiradi. Qo'shimcha 
qurilmalarga "sichqoncha" manipulyatori, printer, plotter, skaner, nurli pero va 
boshqalar misol bo'ladi.
Sistema blokini asosiy xotira, protsessor va elektron sxema tashkil etadi. Asosiy 
xotira o'z navbatida tezkor xotira qurilmasi (TXQ) va doimiy xotira qurilmasidan 
(DXQ) iborat. Tezkor xotira qurilmasida kompyuterga kiritiladigan va uning ish 
jarayoni davomida hosil bo'luvchi barcha axborotlar va ma`lumotlarni ishlash uchun 
zarur bo'ladigan dasturlar vaqtincha saqlanadi. Chunki, 
tezkor xotira qurilmasida saqlanib turgan ma`lumotlar 
kompyuterlar elektr manba`dan uzilganda yoki qayta 
yuklangan vaqtda o'chib ketadi.
                    Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan.
Registr   - ma`lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab 
6 turish uchun mo'ljallangan qurilma. Har bir registr o'z navbatida triggerlardan tashkil 
topadi. Trigger mitti kondensator bo'lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda - "1", 
zaryadlanmagan holatda "0" ni ifodalaydi. Registrdagi triggerlarning miqdori 
kompyuterning necha   razryadli   ekanini belgilaydi. 
Registrlar   uyachalar   (yacheykalar) deb ham yuritiladi. Uyachalarning har bir 
razryadida bir bit axborot joylashadi, ya`ni 0 yoki 1. 8 bit axborot birlashganda 1 bayt
miqdordagi axborotni hosil qiladi. Har bir bayt o'z tartib raqamiga, ya`ni   adresiga   ega
bo'ladi. Uyachaning sig'imi   mashina so'zi   uzunligini belgilab beradi. Mashina 
so'zining uzunligi baytlarda o'lchanadi. Mashina so'zining uzunligi 2, 4, 8 baytga teng
bo'lishi mumkin. Demak, ketma-ket joylashgan ikki, to'rt yoki sakkiz bayt birlashib 
bitta mashina so'zini tashkil etishi mumkin ekan. Har bir xotira uyachasi ham o'z 
adresiga ega, u esa shu uyachadagi boshlang'ich bayt adresi bilan ifodalanadi. Tezkor 
xotira qurilmasining boshqacha nomi - RAM (Random Access Memory - tanlov 
bo'yicha istagan qismiga o'tish mumkin bo'lgan xotira), chunki undagi bor, istagan 
adresli uyachaga to'g'ridan-to'g'ri o'tish imkoniyati mavjud.
                     Tezkor xotira qurilmasining bir qismida kompyuter ekranidagi joriy tasvirga 
mos keluvchi ma`lumotlar saqlanadi, uni shartli ravishda   videoxotira   deb yuritiladi. 
Agar tezkor xotirani IBM PC rusumidagi kompyuterlar uchun olsak, u quyidagicha 
taqsimlanadi: dastlabki 640 Kbayti foydalanuvchi dasturlari va ma`lumotlar uchun, 1 
Mbaytgacha bo'lgan qismi sistemali foydalanish uchun.
                    Doimiy xotira qurilmasida kompyuter ishlagan paytda yozilgan axborot 
o'zgarmasdan doim saqlanadi. Unda odatda, kompyuterning har yoqilishida
uning barcha asosiy qurilmalarining sozligini tekshiruvchi dasturlar, diskyurituvchi, 
monitor, klaviatura qurilmalarining ishini boshqaruvchi dasturlar, operatsion sistema 
diskning qaysi joyida joylashganligi haqidagi axborotlar joylashgan bo'ladi.
                    Protsessor   - kompyuterning asosiy qurilmasi. Protsessor arifmetik va mantiqiy 
amallar bajaradi, xotira bilan bog'lanadi va barcha mahalliy qurilmalarning ishini 
boshqaradi. Protsessorning asosiy ishi tezkor xotira qurilmasida joylashgan dasturdan 
navbatdagi buyruqni o'qish va bajarish, natijani yozib qo'yish hamda keyingi 
bajariladigan buyruqni aniqlashdan iborat takrorlanuvchi jarayon.
  Dastur   - kompyuter bajarishi lozim bo'lgan buyruq va ko'rsatmalarining izchil 
ketma-ketligi. Bundan tashqari protsessor dastur mazmunidagi boshqarishni amalga 
oshirish, ma`lumotlarni zarur joydan o'qish, lozim joyga yozish, kerak joyga uzatish 
boshqa qurilmalarning izlanishini muvofiqlashtirish vazifasini ham bajaradi.
^   Demak, protsessor berilgan dastur va zarur malumotlar asosida odam 
aralashuvisiz kompyuterning avtomatik ishlashini ta`minlovchi qurilma ekan.
                    Zamonaviy kompyuterlarda protsessor vazifasini mikroprotsessor, ya`ni o'ta 
katta integral sxemalar bajarmoqda, u 10 mm kvadratdan ham kichik yuzada 
joylashgan yagona yarim o'tkazgichli kristalda (kremniy yoki germaniy) joylashgan 
millionlab mitti tranzistorlardan tashkil topadi. Misol sifatida ko'radigan bo'lsak, Intel 
Pentium Pro mikroprotsessori o'z ichida 5,5 milliondan ortiq tranzistorlarni saqlaydi.
7                     Protsessorning ish unumdorligi uning tezligi (taktli chastota) va razryadlar soni 
bilan belgilanadi Tezlik protsessorni 1 sekundda bajargan amallar miqdori bilan 
belgilanadi va Gs bilan ifodalanadi. Masalan, i8086 protsessori 10 MGs (sekundiga 
10 million amal) tezlikka ega bo'lsa Pentium protsessori uchun bu ko'rsatkich 850 
MGsga teng. Protsessorning razryadlari soni uning bir vaqtning o'zida baravariga 
ishlash mumkin bo'lgan bitlar miqdori bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda 8, 16, 32, 64, 
128 razryadli prssessorlar keng qo'llanmoqda. Protsessorning tezligini oshirish uchun 
hozirgi vaqtda kesh-xotira, turli matematik hamprotsessorlar kabi vositalardan 
foydalanish yo'lga qo'yilgan.
                    Komppyuter qurilmalari orasidagi axborot almashinuvi sistema magistrali - 
shinalar (elektr simlarining bog'lamlari) ko'magida amalga oshiriladi. Shinadagi 
simlar kompyuterning hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi. Kompyuter ishi 
uchun uch xil shina xizmat ko'rsatadi: berilganlar (berilgan malumotlar) shinasi, 
adreslar shinasi, boshqarish shinasi. Bog'lamdagi simlarning miqdori, shinaning 
razryadlari sonini belgilaydi. Aniq protsessorga mos i80386, 16/32 yozuvi, ushbu 
protsessor 16 razryadli berilganlar shinasi va 32 razryadli adreslar shinasiga ega 
ekanligini, ya`ni bir vaqtning o'zida 16 bit axborot va 2^32= 4 Gbayt hajmdagi 
adreslar (adreslar sohasi) bilan ishlash imkoniyatini mavjudligini bildiradi.
Protsessor va asosiy xotira kompyuterning sistema bloki ichidagi asosiy platada 
joylashadi. Unga diskyurituvchi, printer kabi qo'shimcha qurilmalarni ulash uchun 
kontrollerlardan, ya`ni maxsus platalardan foydalaniladi. Ular ona platadagi maxsus 
qirqimlarga joylanadi,   portlar   deb yuritiluvchi ikkinchi uchlariga qo'shimcha 
qurilmalar bevosita ulanadilar.
                    ^   Ma`lumotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari.   Kompyuterga turli 
shakldagi axborotlarni kiritish yoki chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilmalarni 
ma`lumotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari (MKCHQ) deb yuritiladi. Ularni ba`zida
maxalliy qurilmalar deb xam ataydilar.
Eng asosiy ma`lumotlarni kiritish -
chiqarish qurilmalari,
safiga   monitor   (displey),   klaviatura   va   dis
kyurituvchi   qurilmalari kiradi.
                    Kompyuterga turli shakldagi axborotlar kiritishning yo'llaridan biri 
klaviaturada joylashgan tugmalar ko'magida amalga oshiriladi. Aniq bir tugmani yoki 
tugmalar birikmasini bosilishiga aynan mos ikkilik kodni kiritilishiga olib keladi, 
Buning boisi shifrlovchi deb yuritiladigan - mikrosxema ma`lum bir tugma 
bosilishida hosil bo'ladigan signalni ikkilik kodga aylantirib beradi.
  Monitor   kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarning zarur 
qismini ekranda yoritib berishni ta`minlaydi. Monitor matn 
8 yoki grafik rejimda ishlaydi. Matn rejimida ekran belgi o'rinlari deb yuritiluvchi 
alohida qismlarga bo'linadi. Grafik rejimda ekran piksel deb ataluvchi nuqtalar 
to'plamidan tashkil topadi. Ikkala rejimda ham belgi yoki pikselning ranglari, fonning 
rangi, ravshanligi va boshqa parametrlar xaqidagi ma`lumotlar videoxotirada 
saqlanadi. Monitordagi piksellarning umumiy miqdori monitorning imkon darajasi, 
deb ataladi.
                    Hozirgi davrda keng tarqalgan monitorlarni tavsiflovchi jadvalni keltiramiz. Bu
erda belgi o'rinlarining miqdori ekrandagi satr va ustunlardagi belgi o'rinlarning 
miqdorlari ko'paytmasi hamda piksellar soni gorizontal va vertikal bo'yicha piksellar 
sonining ko'paytmasi shaklida berilgan
  ^   Monitor nomi   Matn rejimi Grafik rejimi
Ranglar miqdori Belgi o'rinlar
miqdori Ranglar miqdori Piksellar miqdori
CGA 16 80x25 2 640x200
    4 620x200
EGA 16 80x25 16 640x350
16 80x43    
VGA 16 80x25 16 640x480
16 80x50    
SVGA 16 80x50 256 640x480
    16 800x600
                    Diskyurituvchi   -  disklarni   aylantirishga   xizmat   qiluvchi   motor   moslamasi  
hamda   ularga   ma ` lumot   yozish   va   o ' qish   magnit   boshchasidan   tashkil   topuvchi  
qurilma .  Disklar asosan uchga bo'linadi: egiluvchan disk, qattiq disk (vinchester) 
hamda kompakt disk (CD ROM - Compakt - Disk - Read Only Memory).
                    Egiluvchan disk va qattiq disklarga axborotlar sektorlarga bo'lingan halqasimon
yo'lchalar bo'ylab yoziladi. Disklar temir moddasini saqlovchi qotishmadan 
tayyorlanib ularning magnitlangan qismi birlarni, qolgan qismlari esa nollarni 
ifodalaydi. Sektor va yo'lchalar o'z tartib raqamlariga ega bo'lib, har bir sektorning 
sig'imi 0.5 Kbayt ni tashkil etadi.
                    Egiluvchan disk asosan ikki xil bo'lib ular diametrlarining uzunliklari bilan 
farqlanadilar (3,5 dyuymli- 98mm, 5,25 dyuymli - 133 mm).
9                     Egiluvchan disk uni himoya qiluvchi maxsus qattiq plastik qutilarda saqlanadi. 
Diskning sig'imi yo'lchalarning zichligi va uning ishchi tomonlari soniga bog'liq. 
Zichliklarning bir karrali (SD - Single Density), ikki karrali (DD- Double Density), 
to'rt karrali (QD-Quadruply Density) va yuqori darajali (HD-High Density) xillari 
mavjud. Diskning faqat bir tomonidan foydalanish mumkin bo'lsa, u - SS - Single 
Sided belgi bilan va diskning, ikki tomonini ishlatish imkoniyati bo'lsa - DS - Double 
Sided belgilari bilan tamg'alanadi.
                    Masalan, DS/HD xildagi 3.5 dyuymli diskning axborot sig'imi 1.44 Mbayt ni, 
5.25 dyuymli disk uchun esa 1.2 Mbayt ni tashkil etadi.
                    Vinchesterlar   kompyuterning ichida joylashgan bo'lib, uning hajmi bir necha 
Gbaytgacha boradi. Vinchester deganda silindrsimon shaklidagi maxsus germetik 
idishga joylashtirilgan bir o'qqa mustahkamlangan ustma-ust joylashgan disklarning 
majmuini tushuniladi. Kompyuter ichida birdaniga bir necha vinchesterlar joylashishi 
ham mumkin.
Kompakt disklarning axborot sig'imi o'rta hisobda 640 Mbayt
ni tashkil etadi. Undagi axborotlarni yozish yo'lchalari
spiralsimon shaklda bo'lib, ma`lumotlarni o'qish va yozish
lazer nuri ko'magida amalga oshiriladi. Kompakt disklar oltin
yoki alyuminiy qotishmalaridan tayyorlanib, doirasimon
plastik ichiga joylangan holatda bo'ladi. Kompakt disklar
bilan ishlashga mo'ljallangan diskdonning vazifasi ham oddiy
diskdonnikiga o'xshash ammo ish prinsipi magnitlanishga
emas, balki lazer nuridan foydalanishga asoslangan. Kompakt diskning zarur qismlari
nur berib
qizitib bo'rttiriladi. Kompakt disklar bilan ishlashga mo'ljallangan diskdon ichida 
kichik quvvatda berilgan nur kompakt diskning bo'rtib chiqqan qismlariga borib urilib
akslanadi. Nurning akslanib qaytgani haqidagi signal birlarni, teskarisi esa nollarni 
ifodalaydi. Hozirgi davrda sig'imi 10 Gbaytgacha boradigan kompakt disklarni ishlab 
chiqish yo'lga qo'yilmoqda. Kompakt disklarda axborot saqlash qulay bo'lsada, uning 
ish tezligi vinchesternikiga qaraganda sekindir. Ushbu disklarning diametrlari ham 
5.25 yoki 3.5 dyuymlik bo'ladi.
                    Magnit disklarning yangi xillariga misol sifatida magnitooptik disklarni 
keltirishimiz mumkin. Bu disklarni yaratishda magnit va optik texnologiyaning 
yutuqlari birlashgan. Magnitooptik disklarning ustunligi ularning sig'imlarining 
kattaligi, olib yurish mumkinligi, ish tezligining kattaligidir. Demak, xuddi shu 
diametrli egiluvchan disklarga qaraganda o'rtacha olganda ularning sig'imlari hajmi 
300, axborotlarni o'qish yoki yozish tezligi esa 10 barobardan ham ortiq kattadir.
3.Shaxsiy kompyuterning qo'shimcha qurilmalari
                      Printer   - ma`lumotlarni qog'ozga chiqarish qurilmasi. Printerlarning uch xili 
mavjud: bosma (matritsa-o'yma qolip), purkovchi, lazerli. Bosma printerda 
10 qog'ozdagi bosilayotgan satr bo'ylab harakatlanadigan maxsus qurilmaga o'rnatilgan 
metall ignachalar qog'oz va qurilma orasiga o'rnatilgan rangli tasmaga tegib qog'ozda 
iz qoldirib ma`lumotlarni hosil qiladi, shu nuqtalarning to'plami esa qog'ozga belgilar 
yoki shakllarni chiqarilishini ta`minlaydi. Ko'rinib turibdiki, bosma printerdan 
chiqarilayotgan axborotlarning rangi o'rnatilgan tasma rangiga mos bo'ladi.
                    ^   Purkovchi printer-   qog'ozga chiqariladigan ma`lumotlarni, maxsus 
idishdagi suyuqlikni juda kichik naycha teshigidan bosimli purkash yo'li bilan hosil 
qiladi.
Lazer printeri - ma`lumotlarni chop etishda rang solingan maxsus barabanga elektr 
maydonini ta`sir ettirishdan foydalanadi. Bunday printerlar tez va soz ishlaydi, 
qog'ozga chiqariladigan axborotli mahsulotning sifati yuqoridir. Bosma yoki 
purkovchi printer bir minutda bir bet ma`lumot chop etsa, lazer printerining shunday 
ko'rsatkichi o'n betdan ortiq. Purkovchi va lazer printerlarda ma`lumotlarni turli rangli
qilib chop etish imkoniyati mavjud.
Yurgichni boshqarish va qo'shimcha boshqarish vazifalarni bajaruvchi qurilmalarning
quyidagi xillari mavjud: "sichqoncha", trekbol, joystik. " Sichqoncha " - biror sirt 
bo'ylab surib yurgizilganda ichida joylashgan sharcha harakatga keladi, hosil bo'lgan 
signallar kompyuterga uzatiladi va ekranda yurgichning mos harakatlari yuzaga 
keladi. "Sichqonchada" o'rnatilgan tugmalar ko'magida boshqaruvchi buyruqlarni 
jo'natish mumkin.
Trekbol   - sichqoncha"ning to'nkarib qo'yilgan holatiga o'xshaydi, undan asosan 
notebook xilidagi ko'chma kompyuterlardan foydalaniladi.
Joystik   - tugmali harakatlanuvchi maxsus dastadan iborat qurilma, u asosan faqat 
o'yin yoki mashq bajaruvchi dasturlarni boshqarishda qo'llanadi.
                   
Skaner   - foto rasm, grafik va matn 
shaklidagi axborotlarni kompyuterga 
kiritish uchun ishlatiladi. Demak, 
rasm, shakl yoki matnni albatta 
bevosita kompyuterda hosil qilish 
shart emas, balki uni oldin tashqarida 
tayyorlab olib kompyuterga kiritish 
sharoitini yaratib, bu rasmdan kompyuterda ko'rsatmali foydalanish imkoniyatini 
beradi. Hozirda stol usti skanerlari va qo'l skanerlari keng tarqalgan. Stol usti 
skanerlari o'z navbatida planshet, rulon, proeksionxillarga bo'linadi. Skanerning har 
bir turi qo'yilgan masalaga mos ravishda bajara oladigan vazifaga qarab o'z joyida 
qo'llanadi.
Strimer   - vinchesterdagi eng zarur axborotlarni buzmasdan asrash uchun, uning 
nusxasini ko'chirib zahirada saqlash uchun xizmat qiladigan qurilma. Strimer 
11 ma`lumotlarni magnit tasmalarga juda tez ko'chirishni tashkil etadi. Magnit lentalar 
sifatida audio yoki video tasmalardan foydalaniladi.
                      Modem   - kompyuter signallarini telefon
signallariga aylantiruvchi va aksincha telefon
signallarini kompyuter signallariga aylantirishni
ta`minlovchi maxsus qurilma. Demak, modem telefon
tarmoqlari orqali kompyuterlarni o'zaro bog'lash
imkoniyatini yaratib berar ekan. Modem kompyuterda
o'zgarmas tok orqali hosil qilingan signallarni turli
chastotali tovush signallarining kombinatsiyasiga aylantiradi va shu jarayonni teskari 
tartibda ham bajaradi. Bu esa yakka kompyuterdan foydalanganga qaraganda, ancha 
katta hajmdagi axborot bilan ishlash imkoniyatlarini ochib beradi.
                    Soundblaster   - axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audioaxborotni 
tovushlarga aylantirib beruvchi qurilma. Soundblaster qurilmasining chiqish qismiga 
ovoz kuchaytirgich yoki ovoz kolonkalarini ulash mumkin, bu bilan kompyuterning 
multimedia imkoniyatlarini to'liq namoyon etishga yo'l ochiladi.
Multimedia   - matn, tovushli ma`lumotlarni, tabiiy va grafik tasvirlarni birlashtiruvchi
axborot texnologiyasi. Multimedia uchun zamonaviy 
CD - ROM texnologiyalar taqdimnomasi ilk marta 
1987 yili Sietldagi konferensiyada (Second Microsoft 
CD - ROM Conference) bo'lib o'tdi va bu sana video 
va audioaxborotli to'laqonli multimedianing paydo 
bo'lishining boshlanishi deb hisoblanadi.
XULOSA:
12     Men bu laboratoriya ishini tayyorlash davomida sistemali blokni ichini yanada 
mukammmalroq o’rgandim.Avvalgi bilimlarimni yanada mutahkamladim.Kompyuterning asosiy
va qo’shimcha qurilmalari haqidagi bilimlarimni yanada kengaytirdim.   Demak, axborot 
texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi shundayki, respublikada jahon axborot
makonining infratuzilmalari va milliy axborot-hisoblash tarmog’i integratsiyasiga mos keluvchi 
milliy tizimini yaratish iqtisodiyot, boshqarish samaradorligining muhim omili bo’lmoqda. Bu 
muammolar ancha murakkab va ayti paytda respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib 
borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o’zgarishlarni amalga oshirish natijalari 
respublikada axborotlashtirish bilan bog’liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal 
etishga ham bog’liqdir. Axborot texnologiyalari to’g’risida gap ketganda, qayta ishlashning 
materiali sifatida ham, mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq bu ob’ekt, jarayon 
yoki hodisa tug’risidagi sifat jihatidan yangi ma’lumot bo’ladi. Texnologiya xodimning axborot 
bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon bo’ladi. Sanoat ishlab 
chiqarishida har qanday texnologiya mahsulotni yaratishning boshidan oxirigacha bo’lgan 
texnologik jarayonni qamrab oluvchi tarkibiy elementlari majmuining bayonini ifodalaydi. 
Tarkibiy elementlarining (texnologik operatsiyalar) tarkibi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi: 
birinchidan, mazkur texnologik jarayon asosiga nisbatan sifatli usullar va printsiplar orqali, 
ikkinchidan, mahsulotni tayyorlashning oxirgi jarayonidagi texnologik operatsiyani bajarish 
uchun jalb etish mumkin bo’lgan asbob-uskuna vositalari orqali.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
13 14

Mavzu: Sistema bloki kompanentlarini o’rganish.Kompyuterga asosiy va qo’shimcha qurilmalarni ulash va ularning xarakteristikasi bilan tanishish REJA: 1. Sistema bloki kompanentlarini o’rganish. 2. Kompyuterga asosiy va qo’shimcha qurilmalarni ulash. 3. Kompyuterga asosiy va qo’shimcha qurilmalari xarakteris - tikalari bilan tanishish.  XULOSA  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1

Kompyuterning asosiy korpusidagi qurilma va vositalarni etarlicha energiya bilan ta`minlovchi moslama komp’yuterninig energiya blokidir. Uning asosiy vazifasi aytilgan vositalarni energiya bilan ta`minlash, havo almashtirish va protsessor ichini sovutishdir, chunki ko`pgina komponentlar energiya bloki, protsessor va vinchester uzluksiz ish vaqtida qizib ketadi. Agar ishonchli havo almashtirish ta`minlanmasa, komp'yuter ichki qismlari qizib ketishi va to`xtab qolishiga sabab bo`ladi. Bundan tashqari kuchlanishlar tez-tez o`zgaradigan, katta kuchlanishli toklar o`tadigan joylarda energiya blokining ishonchliligi katta axamiyatga ega. Komp'yuter sotib olishda energiya blokining quvvatini aniqlab oling. U kamida 200- 250 vatt bo`lishi kerak, aks holda u qo`shimcha qattiq disk (vinchester), qo`shimcha platalar, yangi kuchliroq protsessor, mul'timedia vositalarini o`rnatishda tok etmay qolishiga sababchi bo`ladi. Personal komp’yuterlarda tok manbai blokiga uchta asosiy funktsiya yuklangan: - personal kompyuterni elektr energiyasi bilan taminlash ; - ichki sistemalarni sovutish ; - ichki komponentlarni himoyalash. Tok manbai blokini asosiy masalasi personal komp’yuterni elektr energiyasi bilan taminlashdir. U 220 V o’zgaruvchi tokni 5 va 12 V o’zgarmas tokga aylantirib beradi. AQH va boshqa ba’zi mamlakatlarda tarmoqda 120 V bo’lganligi sababli, 120 V ni 5 V yoki 12 V ga aylantiriladi. 5 va 12 V kuchlanishlar personal komp’yuter qurilmalarida foydalinadi. Komp’yuterga o’rnatilgan tok manbai bloki komp’yuter sistema blokini sovutishda muhim rol o’ynaydi chunki blokni vintelyatori komp’yuterni ichki havosini so’rib tashqariga chiqirishga mo’ljalangan. Xajjatda olib qaralsa sistema blokida tok manbai korpusni yuqori qismida joylashgan. Ma’lumki komp’yuter sistema blokidagi qurilmalardan ajralib chiqayotgan issiqlik yuqoriga qarab ko’tariladi. Yuqoridagi tok manbai blokidagi vintilyator shu issiqlikni tashqariga uzatadi. Personal komp’yuter agar normadagi elekt kuchlanishi bo’lmasa ishga tushmaydi. Chunki tok manbai bloki energiya bermaydi. Agar unga normadan ortiq kuchlanish ulansa, undan hid chiqib, kuyganini bildiradi. Ona plata, u markaziy protsessor, tezkor xotira, vinchester, floppi-diskovod, ISA, PCI yoki AGP interfeysiga ega turli kengayish platalari, ikkita ketma-ket (COM1 va COM2) va bitta parallel (LPT1) portlarni bog‘lovchi bo‘g‘in sanaladi. Boshqacha qilib aytganda, ona platada barcha muhim komponentlar jamlangan bo‘ladi. (Bekorga «ona» plata deyilmaydi-da!) Barcha amallarni bajaruvchi protsessor. Kompyuter ishlab chiquvchi ma’lumotlarni monitorda aks etuvchi signalga aylantirib beruvchi videokarta. Kompyuter ishlab chiquvchi tovushlarning eshittirilishini, shuningdek, tovushlarni raqamli shaklda kompakt-disklarga sifatli yozishni ta’minlovchi tovush kartasi. Amaliyot tizimi, dasturlar, ilovalar, ma’lumotlar bazasi, o‘yinlar va boshqalarni saqlash joyi bo‘lmish Vinchester (qattiq disklarga yig‘uvchi). Tezkor xotiraga saqlovchi qurilma (OZU, «operativka») dan farqli o‘laroq, ozuqa manbaidan uzilganda vinchesterga yozilgan ma’lumotlar o‘chib ketmaydi. 2

Lazerli kompakt-disklarni o‘qishga (ijro etishga) mo‘ljallangan CD-ROM-diskovod (kompakt disklarni o‘qish diskovodi). Kompakt-disklarda kompyuter dasturlari va o‘yinlar, musiqali asarlar, videofilmlar va boshqalar yozilgan bo‘lishi mumkin. Ona plata, kengayish platalari, vinchester, floppi-diskovod va boshqalarni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi ozuqa bloki. Sistema bloki, asosan, korpus, asosiy plata (ona plata yoki sistema platasi), protsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, quvvat blokidan iborat. Asosiy plata yaxlit asosga yig'ilgan elektron sxemalar bo'lib, unga ba'zi qurilmalar axborot almashish sistema magistrali - shinalar (simlarning o'ramlari) yordamida bog'lanadi. Shinalar kompyuterning hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi. Kompyuter ishida uch xil shina xizmat ko'rsatadi: berilganlar (berilgan ma'lumotlar) shinasi, Asosiy plata adreslar shinasi, boshqarish shinasi. Asosiy platada mikroprotsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, ovoz, video va tarmoq platalari ham joylashadi. Ular asosiy plataning maxsus slot (qirqim)lariga ulanadi. Diskyurituvchi, printer, flash-xotira kabi qurilmalar portlar deb yuritiluvchi asosiy platadagi maxsus joylarga ulanadi. Bu qurilmalarni boshqarish uchun asosiy platada kontrollerlar deb ataluvchi elektron sxemalar mavjud. Portlar parallel (LPT), ketma- ket (COM) va universal ketma-ket (USB) turlarga bo'linadi. Ketma-ket port protsessordan ma'lumotlarni baytlarda oladi va qurilmalarga bitlarda uzatadi, parallel port esa baytlarda olib baytlarda uzatadi. Odatda, sichqoncha va modem ketma-ket portlarga, printer parallel portga ulanadi. Juda ko'p asosiy platalarda sichqoncha va klaviatura doiracha shaklidagi PS/2 bo'lmaga ulanadi. Hozirgi kunda universal ketma- ket portga sichqoncha, klaviatura va boshqa qurilmalarni ulash imkoni bor. Odatda, asosiy plataning ajralmas qismi sifatida qaraladigan doimiy xotira qurilmasi (DXQ, ing. ROM - Read Only Memory - faqat o'qish uchun xotira) mikrosxema ko'rinishida tashkil etilgan bo'lib, quvvat manbaiga bog'liq bo'lmagan holda ma'lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Doimiy xotira qurilmasida kompyuterning kiritish- chiqarish asosiy sistemasi (BIOS - Basic Input-Output System) haqidagi doimiy axborot saqlanadi. Protsessorni mikroprotsessor yoki CPU (ya'ni, Central Processing Unit - markaziy protsessor) deb ham atashadi. Protsessor arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi, xotira bilan bog'lanadi va barcha qurilmalar ishini boshqaradi. Zamonaviy kompyuterlarda protsessor vazifasini 10 mm kvadratdan ham kichik yuzali yagona yarim o'tkazgichli kristalda (kremniy yoki germaniy) joylashgan 3

millionlab mitti tranzistorlardan tashkil topgan mikro-protsessor, ya'ni o'ta zich integral sxema bajarmoqda. Misol sifatida ko'radigan bo'lsak, Intel Pentium Pro mikroprotsessori o'z ichida 5,5 milliondan ortiq tranzistorlarni saqlaydi. Protsessorning ish unumdorligi uning tezligi (taktli chastota) va razryadlar soni bilan belgilanadi. Tezlik protsessorning 1 sekundda bajargan amallar miqdori bilan belgilanadi va Gs (gers) bilan ifodalanadi. Masalan, i8086 protsessori 10 MGs (sekundiga 10 million amal) tezlikka ega bo'lsa, Intel Pentium IV protsessori uchun bu ko'rsatkich 1700 MGs va undan yuqoridir. Protsessorning razryadlari soni uning bir vaqtning o'zida baravariga ishlashi mumkin bo'lgan bitlar miqdori bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda 16, 32, 64, 128 razryadli protsessorlar keng qo'llanilmoqda. Protsessorning tezligini oshirish maqsadida hozirgi vaqtda kesh-xotira, turli matematik soprotsessorlar kabi vositalardan foydalanish yo'lga qo'yilgan. Shu kunlarda protsessorlarning ko'p yadroli turlari ishlatilmoqda. Protsessor, asosan, quyidagi qismlardan iborat: * arifmetik-mantiqiy qurilma; * ma'lumotlar va adreslar shinasi; * registrlar; * buyruq jamlagichi; * kesh, ya'ni kichik hajmli o'ta tezkor xotira; * qo'zg'aluvchan vergulli sonlar matematik soprotsessori. Aniq protsessorga mos i80386, 16/32 yozuvi ushbu protsessor 16 razryadli berilganlar shinasi va 32 razryadli adreslar shinasiga ega ekanligini, ya'ni bir vaqtning o'zida 16 bit axborot va 232= 4 Gbayt hajmdagi adreslar (adreslar sohasi) bilan ishlash imkoniyati mavjudligini bildiradi. Protsessorning asosiy ishi tezkor xotira qurilmasida joylashgan dasturdan navbatdagi buyruqni o'qish va bajarish, natijani yozib qo'yish hamda keyingi bajariladigan buyruqni aniqlashdan iborat takrorlanuvchi jarayondir. Bundan tashqari protsessor dastur mazmunidagi boshqarishni amalga oshirish, ma'lumotlarni zarur joydan o'qish, lozim joyga yozish, kerak joyga uzatish, boshqa qurilmalarning ishlashini muvofiqlashtirish vazifasini ham bajaradi. Demak, protsessor berilgan dastur va zarur ma'lumotlar asosida inson aralashuvisiz kompyuterning avtomatik ishlashini ta'minlovchi qurilma ekan. Tezkor xotira qurilmasida (TXQ) ishlash jarayonida protsessor foydalanadigan barcha axborot va dasturlar saqlanadi. Uni tezkor deyilishiga sabab boshqa xotiralarga nisbatan axborot almashinuvi minglab yoki millionlab marotaba tezdir. Tezkor xotira qurilmasida saqlanayotgan ma'lumotlar kompyuter elektr manbaidan uzilganda yoki qayta yuklanganda o'chib ketadi. 4

Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan. Registr - ma'lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo'ljallangan qurilma. Har bir registr o'z navbatida triggerlardan tashkil topadi. Trigger mitti elektron sxema bo'lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda "1" ni, zaryadlanmagan holatda "0" ni ifodalaydi. Registrdagi triggerlarning miqdori kompyuterning necha razryadli ekanini belgilaydi. Registrlar uyachalar (yacheykalar) deb ham yuritiladi. Uyachalarning har bir razryadida bir bit axborot joylashadi (ya'ni 0 yoki 1). 8 bit axborot birlashganda 1 bayt miqdordagi axborotni hosil qiladi. Har bir bayt o'z tartib raqamiga, ya'ni adresiga ega bo'ladi. Uyachaning sig'imi mashina so'zi uzunligini belgilab beradi. Mashina so'zining uzunligi baytlarda o'lchanadi. Mashina so'zining uzunligi 2, 4, 8 baytga teng bo'lishi mumkin. Demak, ketma-ket joylashgan ikki, to'rt yoki sakkiz bayt birlashib, bitta mashina so'zini tashkil etishi mumkin ekan. Har bir xotira uyachasi ham o'z adresiga ega, u esa shu uyachadagi boshlang'ich bayt adresi bilan ifodalanadi. Tezkor xotira qurilmasining boshqacha nomi - RAM (Random Access Memory - tanlov bo'yicha ixtiyoriy kirishli xotira), chunki undagi istalgan adresli uyachaga to'g'ridan- to'g'ri o'tish imkoniyati mavjud. Tovush, video va tarmoq platalari asosiy plataga joylashtirilgan yoki alohida bo'lishi mumkin. Bu platalar protsessor ishini tezlashtirish hamda zaruriy sifat ko'rsatkichiga erishish maqsadida ishlatiladi. Tovush platasi (ing. Sound adapter, adapter - moslashtiruvchi) - axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audio-axborotni tovushlarga aylantirib beruvchi qurilma. Qurilmaning chiqish qismiga ovoz kuchaytirgich yoki karnaylarni ulash mumkin. Tovush platasi o'z mikro-protsessoriga ega bo'lib, tovushni kiritishda analog-raqamli o'zgartirish va chiqarishida o'zgartirishni ta'minlaydi. Video-plata (ing. Graphics adapter) - murakkab tasvirlar va millionlab ranglarni qayta ishlashni ta'minlab beruvchi plata. Bu plata o'z mikroprotsessori va tezkor xotirasiga ega bo'ladi. Zamonaviy video-plata hajmli va uch o'lchovli grafika bilan ishlash imkoniyatiga ega. Hozirgi kundagi juda ko'p dasturlar va o'yinlar 64 Mb yoki 128 Mb sig'imli video-platalar bilangina ishlaydi. 5