logo

SOMONIYLAR DAVLATINING O‘RTA OSIYO

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

111.6064453125 KB
MAVZU: SOMONIYLAR DAVLATINING O‘RTA OSIYO
TARIXIDA TUTGAN O‘RNI
BITIRUV MALAKAVIY
ISHI
TOSHKENT - 2013 MUNDARIJA
KIRISh ................................................................................................................... 3-7
I.BOB. Somoniylar davlatining tashkil topishi  va  siyosiy hayoti  ...................... 8-36
I. 1. Somoniylar davlati tarixiga  oid  manbalar tahlili  va  tarixshunosligi
........................................................................................................................ 8-18
I. 2. Mavorounnahr  va  Xurosonda Somoniylar hokimiyatining o‘rnatilishi
va siyosiy hayoti  ........................................................................................... 19-27
I. 3. Somoniylar davlatining inqirozi sabablari ................................................ 28-36
II. BOB. Somoniylar davlatining boshqaruv tizimi va madaniy
hayoti  ............................................................................................................ 37-78
II. 1. Somoniylar davlatining markazlashtirish siyosati  va  boshqaruv tizimi
........................................................................................................................ 37-44
II. 2. Somoniylar davlatining xo‘jalik hayoti  va  ishlab chiqarish
munosabatlari ...................................................................................................... 45-54
II. 3. Somoniylar davlatida madaniy hayot  va  din ............................................ 55-78
Xulosa ................................................................................................................... 79-83
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati .................................................................... 84-87
Ilovalar KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi.   Har   bir   xalqning   davlatchilik   va   madaniyati   tarixini
o‘rganish   nafaqat   ilmiy   yoki   nazariy,   balki   chuqur   ma'naviy-ruhiy   ahamiyatga   ega
bo‘lib,   har   birimizda   o‘zimiz   tug‘ilgan   va   yashayotgan   ona   zamin   bilan   mustahkam
aloqadorlik   hissini   rivojlantiradi.   Mustaqillik   yillarida   xalqimizning   o‘z   o‘tmishiga
qiziqishi   kuchaydi.   O‘zligimizni   anglash,   tariximizni   o‘rganish   davlat   siyosati
darajasiga   ko‘tarildi.   Chunki,   xalqimizning   madaniy-ma'rifiy   an'analari   va   merosini
o‘rganishda,   milliy   g‘oyaning   shakllanishida   tarix   fanining   ahamiyati   beqiyosdir.
Qadimgi   va   boy   tariximizni   o‘rganish,   uni   keng   ommaga   yetkazish   har   bir   tarixchi
oldida turgan dolzarb vazifadir.
O‘zbekiston   tarixini   xolisona   va   haqqoniy   o‘rganish   masalasi   Prezident
I.A.Karimovning asarlarida alohida tahlilini topib, o‘zbek xalqi davlatchiligi tarixidagi
boy   an'analarni   tadqiq   etish   dolzarb   muammo   tarzida   maxsus   ta'kidlandi 1
.   Prezident
belgilab   bergan   muhim   vazifalar   va   tarixchi   olimlar   oldiga   qo‘yilgan   masalalar
shundan   iboratki,   asl   manbalarga   tayangan   holda   Vatan   tarixiga   yangicha   yondoshib,
qadimgi   davrdan   to   bizning   zamonimizgacha   bo‘lgan   tarixiy   jarayonlarni   va
voqyealarni o‘rganishimiz zarur.
Tarixchilarimiz   zimmasiga   o‘lkamiz   tarixini   xolisona   va   haqqoniy   yoritish,
unga adolat nuqtai nazaridan yondoshish va baho berish kabi ulkan vazifalar qo‘yildi.
O‘zbekistonning qadimgi tarixi va madaniyati, qadimgi madaniy aloqalar mavzulariga
katta   e'tibor   berilayotganligi   ahamiyatga   molikdir.   Zero,   O‘zbekiston   tarixidagi
iqtisodiy, siyosiy va madaniy jarayonlarni aks ettiruvchi yozma manbalar va hujjatlami
yangi   asoslarda   tahlil   etib   umumlashtirish   muhimdir.   O’zbekiaston   Respublikas
Prezidenti   ta'kidlaganlaridek   “Mustaqillik   yillari   o‘z   o‘tmishimizni,   o‘z
madaniyatimizni
1
KapHMOB H.A. TapnxHH xoTHpacH3 Ke^a^aK ny^, -T.: fflap^, 1998. -46.; KapaHr: Xa^K; cy3H. -1998. 28nM^b. xolisona bilib olish davridir. Bu jahon hamjamiyati, tarix oldidagi vazifamizni anglab
olish davridir” 2
.
Xalqimiz tarixini o‘rganish va uni targ‘ib etishda, o‘zbek davlatchiligi tarixida,
uning   madaniy   rivojlanishida   hukmdor   sulolalar   boshqaruvi,   ularning   ayrim   vakillari
alohida   o‘rin   tutadi.   O‘zbek   xalqi   davlatchiligi   taraqqiyotida   Somoniylar   sulolasining
hukmronligi   katta   ahamiyat   kasb   etadi.   Odatda   sulolalar   biron-bir   o‘zlariga   mansub
yirik   namoyanda   faoliyati   orqali   mashhurlikka   erishadilar   (masalan,   eftaliylar,
anushteginiylar,   temuriylar).   Somoniylar   ham   shunday,   ular   aslida   Somon   qishlog‘i
oqsoqoli Somonxudotning avlodlaridir.
Arablarga qarshi olib borilgan tinimsiz kurashlar natijasida IX asrning ikkinchi
yarmidan   boshlab   Markaziy   Osiyoda   mustaqil   davlatlar   tashkil   topdi.   Bunday
davlatlarning eng kattasi Somoniylar davlati edi. U Movarounnahr va Xurosondan Ray
va Kavzingacha bo‘lgan yerlarni o‘z ichiga olgan. Chunonchi, Ismoil ibn Ahmad (892-
907)   davrida   mazkur   sulolaning   ko‘zga   ko‘ringan   namoyandalari,   Somoniylar
markaziy   davlat   apparatini   mustahkamlashdan  manfaatdor   bo‘lgan  feodal  zodagonlar,
din   peshvolari,   barcha   badavlat   dehqon   tabaqalarining   qo‘llab-quvvatlashlari   bilan
xorijiylarning yetakchilaridan Amir Husaynni ag‘darib tashlashga, Buxoroning Barnod
va   Romiton   tumanlarida   boshlangan   dehqonlar   harakatini   bostirishga   hamda   qarshi
boyonlarni   davlat   ishlaridan   chetlashtirib   tashlashga   muvaffaq   bo‘ldilar.   893   yili
qadimiy Usrushonaning mahalliy hokimiyatini ag‘darib tashladilar hamda iqtisodiy va
siyosiy   jihatdan   ahamiyatga   molik   bo‘lgan   bu   hududni   o‘z   tasarruflariga   olishga
muvaffaq   bo‘ldilar.   Turk-qorluqlarning   Sirdaryo   bo‘yidagi   yerlarga   qilib   turgan
bosqinini   to‘xtatib,   Tarozni   bosib   oldilar   (893)   hamda   u   yerdagi   aholini   musulmon
diniga kirgizdilar.
Markaziy   Osiyo   xalqlarining   ijtimoiy-iqtisodiy   va   madaniy   rivojlanishida   ham
Somoniylar davlati (IX-X asrlar) katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu davr ilm-
2
KapHMOB H.A. Herndon Ba MatraBHaT. -T.: Y36eKHcroH, 1994, -24-6. fan va  ma'rifatning  rivojlangan davri bo‘ldi hamda Al-Xorazmiy, Forobiy,  Beruniy, Ibn
Sino,   Ismoil   Buxoriy,   Imom   at-Termiziy,   Ahmad   Yassaviy,   Bahovuddin   Naqshband
kabi ulug‘ mutafakkir olimlar va allomalar yetishib chiqishida muhim bosqich bo‘ldi.
Mavzuning o‘rganilganilish darajasi.   (bu   masala   birinchi bobda - mavzuning
tarixshunosligi   qismida   batafsil   yoritilgan)   Somoniylar   davriga   oid   manbalar   ichida
Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far Narshaxiyning (899-959) “Buxoro tarixi” (944), Abu
Rayhon Beruniyning (973 -1048) “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar yoki “Osor
ul-boqiya”   (1000),   Abu   Ali   Hasan   ibn   Ali   Tusiy   -   Nizomulmulkning   (1018-1092)
“Siyosatnoma”   yoki   “Siyar   ul-   muluk”   (1091),   asarlari   o‘sha   davrning   siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy   va   madaniy   tarixini   o‘rganishda   alhida   o‘rin   tutadi 3
.   Shuningdek,
Abul-Fazl   Bayhaqiyning   “Tarixi   Ma'sudiy”   (1030-1041),   Abu   Jafar   Muhammad   at-
Tabariyning   “Tarixi   Tabariy”,   Abu   Nasr   Forobiyning   “Fozil   odamlar   shahri”,
Abulqosim   Firdavsiyning   “Shohnoma”,   Mahmud   Qashg‘ariyning   “Devonu   lug‘at   at-
turk” kabi asarlarida ham o‘sha davrning tarixi bayon qilinadi 4
.
Somoniylar   davlati   tarixiga   oid   batafsil   ma'lumotlar   tarixchi   olimlar
N.N.Negmatov,   G.A.Hidoyatovning   asarlarida   batafsil   yoritilgan 5
.   Shuningdek,
N.Ya.Bichurin   (Otets   Iakinf),   V.V.Bartold,   A.Yu.Yakubovskiy,   S.A.Agadjanov,
B.Axmedov,   K.Shoniyozov   kabi   olimlarning   asarlarida   ham   somoniylar   davriga   oid
ma'lumotlar berilgan 6
.
3
Абу Бакр Мухаммад ибн Жаъфар Наршахий. Бухоро тарихи. -Т.: Камалак, 1995, -126 б.; Абу Райхон 
Беруний. Кддимги халклардан долган ёдгорликлар (Осор ул-бокия). Танланган асарлар. 1-жилд. Т.: Фан, 1968,
-345 б.; Абу Али Х,асан ибн Али Тусий - Низомулмулк. Сиёсатнома (Сияр ул-мулук). Т., Янги аср авлоди, 
2010,- 239 б.
Абу-л-Фазл Байхаки. История Маъсуда (1030-1041). /Пер. с перс. А.К.Андерса. -Т.: 1962; Абу Джафар 
Мухаммад ат-Табарий. История ат-Табарий. Т. Фан 1987; Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шахри. Т.: 1993; 
Абулкосим Фирдавсий. Шохнома. Уч жилдлик. Т.: Fафур Fулом нашриёти, 1984; Махмуд Кдшгарий. Девону 
лугатит турк. Т.3.-Тошкент, 1963;
5
Негматов Н. Н. Государство Саманидов. Душанбе, Дониш, 1977, с. 277; Хидаятов Г.А. Крушение 
Саманидов. Т., 2003, с. 130.
6
Бичурин Н.Я. Собрание сведений о народах, обитавших в Средней Азии в древние времена. 1,2,3 тт. 
Материалы по истории Туркмении и туркмен. Т.1.-Москва, 1939; Бартольд В.В. Арабские завоевания и 
Туркестан при Саманидах. Соч. Т. 2. Ч.1.-М., 1963; Якубовский А.Ю. Махмуд Газнави.-Л., 1934; Manba   va   adabiyotlar   bilan   Ь1 Г   qatorda   mustaqiПik   yiПarida   mavzuga   oid
to‘plamlar nashr qilindi hamda gazeta va jurnaПarda bir qator maqolalar Лор etildi.
Shunday   qilib,   tadqiqot   ob'ekti   sifatida   tanlangan   mavzuga   oid   manba   va
adabiyotlarning   tahlili   shuni   ko‘rsatdiki,   Ьи   тиатто   alohida   ilmiy   mavzu   sifatida   hali
to‘liq   o‘rgamlmagan.   №№и   jihatlar   mavzuning   tadqiqot   sifatida   tanlanishiga   sabab
Ьо‘Мп
Tadqiqotning   т*^8<и.1   уа   уаг1Га1ап.   Taгixiy   manba   va   ilmiy   adabiyotlaгda
aks   ettirilgan   Somoniylar   davlatining   paydo   Ьо‘ШЫ   va   rivojlanishiga   bag‘isЫangan
masalalarni   chuqur   o‘rgaшsh   va   qiyosiy   tahlil   asosida,   Somoniylaг   davlatining
taгaqqiyoti   va   inqiгozi   sabablaгini   yoгitish   maqsadida   quyidagi   vazifalaг   belgilab
olindi:
- Somoniylaг   davlati   taгixiga   oid   manbalami   qiyosiy   tahlil   qilish   va
tarixshunosHgim o‘rgamsh, yangi ma'lumotlarni ilmiy тиота^а kiгitish;
- Somoniylar   davlatining   tashkil   topishi   jarayonida   0‘г!а   Osiyodagi   siyosiy
hayotni o‘rgamsh va АгаЬ ха^а%т^ siyosiy inqiroz sabablarini tahlil qilish;
-   Ma . vorounna . hr   va Xuгosonda Somoniylaг hokimiyatining о‘тай^Ы va siyosiy
hayotini manbalaг asosida tahlil qilish;
- Somoniylaг davlatining maгkazlashtiгish siyosati va boshqaгuv tizimini tadqiq
qilish va xulosalaг beгish;
-   Somoniylar davlatining  хо ^ аНк  hayoti va   ishlab   chiqarish
munosabatlarini o‘rganish;
-   Somoniyla г   davlatida   madaniy   hayotning   г ivojlanish   sababla г ini   o‘rganish,
ilm-fan ta г aqqiyotining sababla г ini ochib be г ish;
Агаджанов   С.А.   Государство   Сельжукидов   и   Средная   Азия.   (Х1-ХП   в.в.)   М.:   1991;   Ахмедов   Б.   Тарихдан
сабоклар. Т. Укитувчи, 1994; Шониёзов К. Узбек халкининг шаклланиш жараёни. Т., Шарк, 2001. -  O‘zbek davlatchiligi taraqqiyotida Somoniylar davlatining o‘rni  va
ahamiyatini ko‘rsatish.
Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi   shundan   iboratki,   unda   Arab   xalifaligi   siyosiy
zaiflashuvining  tarixiy  sabablari,  Movarounnahr   va   Xurosonda  mustaqil  davlatlarning
vujudga   kelishi,   xususan   Somoniylar   davlatining   tashkil   topishi   va   mustaqil   bo‘lishi
jarayonlari   manba   va   ilmiy   adabiyotlar   asosida   nazariy   tadqiq   qilindi.   Shuningdek,
Somoniylar   davlatining   tashkil   topishida   alohida   ahamiyat   kasb   etgan   hukmdorlar
tarixi o‘rganildi. Somoniylar davlatining boshqaruv tizimi, xo‘jalik   va   madaniy hayoti
hamda   Somoniylar   davlatining   inqirozi   sabablari   yangi   ma'lumotlar   asosida   tahlil
qilindi.   Mustaqillik   yillarida   e'lon   qilingan   yangi   ma'lumotlar   ilmiy   muomalaga
kiritildi.
Tadqiqotning   nazariy-metodologik   asoslari.   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidenti   I.A.Karimov   asarlarida   bayon   qilingan   Vatanimiz   tarixini   asl   manbalarga
tayangan holda haqqoniy o‘rganish, xolislik  va  tarixiylik an'analariga asoslangan yangi
uslubiy   yondashuvlar,   g‘oyalar   va   xulosalarga   yo‘g‘rilgan   nutq   va   maqolalari   o‘zbek
davlatchiligi   tarixining   chuqur   ildizlari   va   boy   o‘tmishi   O‘zbekistonning   jahon
sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasini tadqiq etishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Shuningdek, tadqiqot ning nazariy-  uslubiy yo‘nalishlari O‘zbekistonning yangi  tarixi
konseptual-metologik   talablarga   asoslangan   bo‘lib,   mavzuning   tahlili   jarayonida
sivilizatsion yondashuvga rioya qilindi.
Tadqiqotning   amaliy   ahamiyati.   Bitiruv   malakaviy   ishining   natijalari   O‘rta
Osiyoning IX-XI asrlari haqida bo‘lib, Somoniylar davlati haqidagi yangi ma'lumotlar
o‘quvchilarga   kengroq   tushunchalar   berishi,   tadqiqot   ishida   umumlashtirilgan
ma'lumotlardan   ma'naviy-ma'rifiy   tarbiya   ishlarida   hamda   milliy   istiqlol   g‘oyalariga
sodiq komil insonni tarbiyalashda foydalanish mumkin.
Tadqiqotning davriy chegarasi  etib IX-XI asrlar olindi. O‘zbekiston tarixining
muhim sahifalaridan birini tashkil qiluvchi ushbu davr Somoniylar davlatining   tashkil   topishi   va   rivojlanishi,   madaniyat,   ilm-fan   va   dinning   taraqqiyot
jarayonlari   bilan   belgilanadi.   Bitiruv   malakaviy   ishi   Somoniylar   davlatining   tashkil
topishidan inqiroziga qadar bo‘lgan davr voqyealarini qamrab oladi.
Tadqiqotning   tuzilishi   Bitiruv   malakaviy   ishi;   kirish,   ikki   bob,   4ta   paragraf,
xulosa,   foydalanilgan   adabiyotlar   ro‘yxati   hamda   ilovadan   tashkil   topgan.   Bitiruv
malakaviy   ishining   umumiy   hajmi   84   bet,   adabiyotlar   ro‘yxati   bilan   88   betni   tashkil
etadi. I - BOB. Somoniylar davlatining tashkil topishi  va  siyosiy hayoti
I. 1. Somoniylar davlati tarixiga oid manbalar tahlili  va  tarixshunosligi.
Yurtimiz   tarixida   ajralmas   sahifa   sifatida   e'tirof   etiladigan   Somoniylar   davri
shunisi   bilan   ajralib   turadiki,   bu   davrda   o‘lkada   tinchlik   siyosati   hukmron   bo‘lgan   va
ilm-fan, madaniyat gullab yashnagan. Ushbu davrda o‘lkamizdan mashhur mutafakkir
olim   Ibn   Sino,   islom   ilmlarida   katta   shuhrat   qozongan   ilohiyotchi   olim   Abu   Mansur
Moturidiy   kabi   o‘nlab   allomalar   yashab   ijod   qilgan.   Shuningdek,   ushbu   davrda
o‘lkamizda islomiy ilmlar taraqqiy etgan  va  ko‘plab ilm markazlari, jumladan “Dor al-
juzjoniya”,   “Dor   al-iyodiya”,   “Buxoro   fiqh   maktabi”   kabi   maktablar   faoliyat   olib
borgan. Ushbu davr  yana shunisi   bilan   ajralib  turadiki, bu davrda o‘lkada millatlararo
o‘zaro totuvlik, e'tiqodiy xurlik  va  diniy bag‘rikenglik barqaror bo‘lgan. Mazkur bitiruv
malakaviy ishida qariyb bir yarim asr davomida Movarounnahrda mustahkam imperiya
sifatida hukmronlik qilgan somoniylar davridagi shu barqarorlik tarixi haqida ma'lumot
berishni maqsad qildik.
Somoniylar   davlatida   IX   asrning   oxirlarida   ijtimoiy-siyosiy   va   iqtisodiy
sohalarda muhim o‘zgarishlar yuz bergani  va  bir necha yillar davomida tinch siyosat  va
sharoitlar   hukmron   bo‘lib   turgani   Movarounnahrning   asosiy   ilmiy   markazlaridan
hisoblangan   Samarqand   shahrida   ilmiy   jarayonlarning   jonlanishiga   zamin   yaratdi.
Samarqandning   buyuk   ipak   yo‘lida   joylashgani   tijorat,   san'at   va   ilm   markazlaridan
biriga   aylanishiga   sabab   bo‘lgan.   Shuni   alohida   ta'kidlash   mumkinki,   somoniylar
davrida   Samarqandda   nafaqat   islom   dinining,   balki   boshqa   dinlarning   ham   ta'lim
markazlari faoliyat olib borgan.
Movarounnahr mintaqasining Somoniylar davridagi tarixi haqida birinchilardan
bo‘lib   Muhammad   Narshaxiy   batafsil   ma'lumot   beradi.   Muhammad   Narshaxiyning
“Buxoro tarixi” kitobi 7
Somoniylar   davlatining   poytaxti   -   Buxoro   tarixiga   bag‘ishlagan   o‘ziga   xos
qomusiy asardir. XIII asr muallifi Sam'oniyning “Kitob-ul-ansob” asarida
7
A6y BaKp  H 6 H  ®a$ap Hapmaxnn. Byxopo Tapnxn. -T., KaMaraK, 1995.-1306. keltirilgan   qisqagina   ma'lumotga   qaraganda,   uning   to‘liq   ismi   Abu   Bakr   Muhammad
ibn   Ja'far   ibn   Zakiriyo   ibn   Xattob   ibn   Sharik   bo‘lgan.   Naslu   nasabi   Buxoro   ahlidan,
899 yilda shahar yaqinidagi Narshax qishlog‘ida duyoga kelgan. 959 yilda 60 yoshida
vafot  etgan.   “Buxoro   tarixi”  asarini  u   943-944  mobaynida  arab  tilida   yozadi.  Kitobni
Samoniylar davlatning hukmdori Abu Muhammad Nuh ibn Nasr ibn Ahmad ibn Ismoil
as-Somoniy   (943-954   yy.)   ga   bag‘ishlaydi.   Afsuski,   “Buxoro   tarixi”ning   arab   tilidagi
asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Uning faqat ancha-muncha qisqartirilib, fors-tojik
tiliga ag‘darilgan tarjimasigina yetib kelgan 8
.
“Buxoro tirixi” kitobida yozishda Muhammad Narshaxiy o‘z kuzatishlari, mahaliy
aholidan eshitgan va bilganlari bizgacha yetib  kelmagan tarixiy  hujjatlarga asoslanish
bilan   birga   ko‘pchilik   tadqiqotchilar   nazari   tushmagan   arabnavis   mualliflarning
asarlaridan ham keng foydalangan. Kitobda Madoiniy, Balazuriy   va   Tabariy asarlariga
bo‘lgan   havolalar   buning   yorqin   dalilidir.   Bulardan   tashqari,   Muhammad   Narshaxiy
o‘z   asarida   islomiyatga   qadarli   Buxoro   tarixi   va   arablar   bosqini   bilan   bog‘liq   bir
qancha   rivoyatlarni   keltiradi.   “Siyovush   marsiyasi”   va   “Poykand   fojiyasi”   kabi
axborotlar   mana   shunday   xalq   og‘zaki   rivoyatlari   namunalaridandir.   Buxoro   va
Poykandning   islomiyaga   qadarli   bo‘lgan   hokimlari,   Poykand   ravotlari,   arablarning
Buxoroga   tomon   dastlabki   yurishlari,   shuningdek   Muqanna   to‘g‘risidagi
axborotlarning bir qismi Muhammad Narshaxiyga mansub bo‘lib, ular ma'lum darajada
yozma manbalar hamda og‘zaki rivoyatlar asosida bayon etilgan.
Sharg‘   va   Iskijkat   bozorning   ta'rifi;   Ismoil   Somoniy   tomonidan   Sharg‘   qishlog‘i
yerlarining xaridi; yiliga ikki marta Buxoroda bo‘ladigan mohrshz iyd bozori; Ko‘shki
Mug‘on yerlarining X asrdagi bahosi; shahar atrofi ko‘shklarining o‘ymakor sanamlar
bilan   bezatilgan   eshiklari;   “kashkashon”-   savdogarlar   bilan   arablar   o‘rtasida   bo‘lib
o‘tgan mojaralar; nihoyat,
8
MyyaMMag^OHOB A. MyyaMMag Hapmaxnn Ba yHHHr “Byxopo TapnxH” acapu  yarçHgaÆapmaxHH, 
Byxopo TapnxH, -120-6. “oqkiyimliklar”ning rahnamosi - Muqannaning fojiali qismati to‘g‘risida cho‘rilaridan
birining nabirasi og‘zidan eshitgan hikoyasi ayniqsa antiqa axborotlardan hisoblanadi.
Abu   Nasr   Ahmad   Quboviyning   yozishicha,   Muhammad   Narshaxiy   o‘z   kitobini   Nuh
ibn   Nasr   as-Samoniy   davrigacha   bo‘lgan   Samoniylar   sulolasining   hukmronligi
to‘g‘risidagi axborotlar  bilan  tugatadi.
“Buxoro   tarixi”ning   fors   tiliga   tarjimasi   1128   yilda   Abu   Nasr   Ahmad   ibn
Muhammad ibn Nasr al-Quboviy tomonidan amalga oshirilgan.   Asar   matnining tahlili
shuni   ko‘rsatadiki,   Abu   Nasr   Ahmad   Quboviy   asarni   tarjima   qilishda   uni   faqat
qisqartiribgina qolmay, balki IX asr mualliflaridan Abu Ja'far Muhammad ibn Jarir at-
Tabariyning “Tarixi Tabari”, Abulhasan Abdurahmon ibn Muxammad Nishopuriyning
“Xazoinul-ulum”   hamda   Abu   isxoq   Ibrohim   ibn   al-   Abbos   as-Suliyning   “Ahbori
Muqanna”   nomli   asarlaridan   olingan   qimmatli   ma'lumotlar   bilan   to‘ldiradi.   “Buxoro
tarixi”da keltirilgan  xadislardan ma'lum bo‘lishicha, Abu Nasr Ahmad Quboviy  hadis
ilmining   ulomalaridan   biri   mashhur   muxaddis   Muhammad   Shamsudin   Abu   Bakr
Zaranjariying   biz   uchun   noma'lum   bo‘lgan   asaridan   ham   foydalangan.   Masalan,
Buxoro  shahrining  paydo  bo‘lishi,  “Bozoro  moh”,  Arkning   barpo  etilishi,  “Kampirok
devor”,   Buxoro   va   unga   tobi   joylarning   dehqonchilik   xo‘jaligi   tafsilotlari   hamda
shaharning   tarixiy   topografiyasi   (shahristondan   tashqari)   bayoniga   bag‘ishlangan
sahifalar   Abu   Nasr   Ahmad   Quboviyning   Abulhasan   Nishopuriy   nomidan   “Buxoro
tarixiga” kiritgan qo‘shimchalaridan hisoblanadi 9
.
Shu   bilan   birga “Buxoro tarixi”ning tarjimoni   va   muharriri Narshaxiydek mahalliy
mualliflardan   bo‘lgani   uchun   asarni   o‘z   kuzatishlaridan   to‘ plagan   hamda   bilgan   va
eshitgan   axborotlar   bilan   ham   to‘ldirgan.   Mana   shunday   ma'lumot   va   axborotlar
asosida asarga bir butun sahifalar, ayrim hollarda   esa butunlay yangi qism yoki boblar
kiritilgan. Masalan, “Buxoro tarixi”ning
9
Смирново О.И. Некоторые вопросы критики текста («Сборник летописей» Рашид-ад-Дина: «Шах-намэ» 
Фирдоуси и «История Бухары» Наршахи). Письменные памятники Востока. Историко-филологические 
исследования. М., -1970, 165-б. “Shamsobodning bino   etilishi ”   va   “ Iyd   nomozgohi ”   kabi   boblaming   xotima   sahifalari
va  boshqalar   Abu   Nasr   Ahmad   Quboviy   qalamiga   mansubdir .
Quboviy   tarjimasidan   rosa   yarim   asr   o ‘ tgach , 1178-1179   yillar   mobaynida   Buxoro
hukmdori   sadr   Abdulaziz   ibn   Burxonuddin   uchun  “ Buxoro   tarixi ” ning   fors - tojik   matni
ham   yangitan   tahrir   qilinib ,   Mhammad   ibn   Zufar   ibn   Umar   tomonidan   ikkinchi   marta
qisqartirilib . qayta   bayon   etiladi .   O . I .   Smirovning   fikricha,   ayrim   qo ‘ shimchalar   bilan
bir   qatorda   “ Buxoro   tarixi ” ni   nomma-nom   boblarga   ajratish   asarning   mana   shu
ikkinchi muharriri qalamiga mansubdir.
XIII   asrdan   boshlab   “Buxoro   tarixi”   noma'lum   ko‘chiruvchi   muharrirlari
tomonidan muttasil to‘ldirib borilgan. Jumladan, “Buxoro arkining  bino  etilishi haqida”
va   “Buxoro   shahrining   devori”   kabi   boblarda   Xorazmshoh   Muhammad   ibn   Sulton
Takash   (1200-1220   yy.)   farmoni   bilan   Buxoro   arki   devorining   tiklanishi,   1165   yilda
qurilgan   shahar   tashqi   devorining   ta'mir   etilib,   uning   sirtidan   Buxoroning   ikkinchi
qatordan tashqi devor   bilan   o‘rab olinishi, shuningdek 1220 yilda Chingizxon boshliq
mo‘g‘il   lashkarlarining   Buxoroga   bostirib   kirib,   o‘n   ikki   kun   davomida   arkni   qamal
qilib, olib borilgan jang oqibatida qal'a va shahar devorlari  vayron  etilib, Buxoroning
bosqinchilar   tomonidan   olinishga   bag‘ishlagan   sahifalar   XIII   asrning   20-yillaridan
keyin “Buxoro tarixi”ga kiritilgan muhim qo‘shimchalardir. Bu qo‘shimchalar asarning
tarjimoni   Abu   Nasr   Ahmad   Quboviy   yoki   uning   ikkinchi   muharriri   Muhammad   ibn
Zufarlarga tegishli bo‘lmay, balki yana bir noma'lum muharir qalamiga mansubdir 10
.
Yuqorida   qayd   etilgan   juz'iy   qo‘shimchalar   nazarda   tutiladigan   bo‘lsa,   bizgacha
yetib  kelgan “Buxoro  tarixi”ning fors-tojik tilidagi nusxasi bir necha bor qisqartirilib,
tahrir etilgan   va   aslidan tubdan farq qiladigan tarjimasidan ko‘ra uning arabcha matni
asosida ko‘plab qo‘shimchalar kiritilgan yana bir yangi asarga aylangan, deb tushinish
mumkin. U   vaqtda  “ Buxoro   tarixi ” ning
10
Сухарева   О.А.   К   истории   городов   Бухарского   ханства   (историко-этнографические   очерки).   Т.,   1958,   -
10б. tarjimoni   va   asosiy   muhariri   Abu   Nasr   Ahmad   Quboviyni   Narshaxiyning   ham   muallifi
yoki   asarning   ommabop   yangi   variantini   yaratgan   o ‘ z   davrining   o ‘ tkir   muarrixi   deb
hisoblashga   to ‘ g ‘ ri   keladi .
Somoniylar   o‘z   davlatida   juda   yaxshi   yulga   quyilgan   hukmronlik   tizimini
urnatdilar.   Turk   g‘ulomining   xizmat   pog‘onasidan   ko‘tarilish   jarayoni   muarrix   va
davlat   arbobi   Nizomulmulk   (1018—   1092)   ning   mashhur   «Siyosatnoma»   (Siyar   ul-
muluk) asarida bayon etilgan 11
.
Manbalarda o‘zlaridan keyin o‘lmas noyob asarlar qoldirgan ko‘plab yetuk olimu
fozillarning   muborak   ismu   shariflari   saqlanib   qolgan.   Chunonchi,   keyinchalik
Gardiziy, ibn al-Asir hamda Juvayniy kitoblariga manba bo‘lgan  «Kitob  fi-axbor vuloti
Xuroson»   asarining   muallifi   Abu   Ali   Husaya   ibn   Ahmad   as-Salomiy,   shuningdek,
«Tarixi Buxoro»ning muallifi Abu Abdulloy Muxammad ibn Ahmad ibn Sulaymon al-
Buxoriy   (924   yilda   vafot   qilgan)   hamda   yuqorida   nomi   zikr   etilgan   Abu   Bakr
Muxammad ibn Ja'far al-Narshaxiy (959 yilda vafot etgan), Samarkand shazfi tarixiga
oid «Kitob al-ikmal li ma'rifat ar-rijol» kitobining muallifi Abu Said ibn Abdurahmon
ibn Muxammad al-Idrisiy (1014 yilda vafot etgan), sakkiz jildlik biografik asar «Kitob
ahvoli   Nishopur»ning   muallifi   Abu  Abdulloy  Muxammad  ibn  Abdul  loy  al-Bayyi  al-
hakim an-Naysaburiy (1014 yilda vafot etgan), «Kitob al - mufoxarat ahli Kesh va-n-
Nasaf»ning muallifi Abulxaris Asad ibn Xamduyi al-Versiy (927 yilda vafot etgan), va
nihoyat,   «Tavarixi   Xorazm   minxa   al-kofi»   nomli   Xorazmning   qadimiy   tarixi
to‘g‘risidagi   kitob   muallifi   Abu   Ahmad   ibn   Muxammad   ibn   Sa'd   ibn   al-Kofiy   (957
yilda vafot etgan) shular jumlasidan. Shu o‘rinda Tabariyning mashhur asari «Tarix ar-
rasul va-l-muluk va-l-xulafo»ning amir Abdulmalik I (954—961) va Mansur I (961 —
976) ning vaziri  Abu Ali Muxammad Bal'amiy  tomonidan 974 yili amalga oshirilgan
forscha tarjimasini
11
HrooMyrnwym. CnecaraoMa. -T.: ^Hrn acp aBTOgH, 1997. -2406. ko‘rsatish   mumkin.   Mazkur   asar   va   uning   tarjimasi   bir   necha   marta   nashr   etilgan.
Rofiya   bilimdonlaridan   fors   klassik   jug‘rofiya   maktabining   asoschisi,   falakiyot   va
jug‘rofiyaga oid 60 dan ortiq asarlar   muallifi (bu   asarlardan ikkitasining:   «Taqvim al -
buldon»   hamda   «Kitob   al-badi'   va-t-tarix»ning   nomi   saqlanib   qolgan)   Abu   Zayd
Ahmad ibn Saxl al-Balxiy (850—934)  ni  aloxida ta'kidlab utish mumkin.
Somoniylar   davridagi   jug‘rofiyaga   oid   adabiyotlar   ichida   Abu   Zayd   Balxiyning
hozirgacha   topilmagan   asari   muhim   o‘rinni   egallashi   mumkin   edi.   Vazir   Jayhoiiy
Buxoroga  yuli   tushgan  ibn  Fadlanni  qizg‘in  kutib  olgani  ham  ma'lum.   Jayxoniy  asari
o‘sha   davrda   odat   bo‘lgan   an'anaga   ko‘ra   «G‘aroyib   ad- dunyo»,   «Ajoyib   al -buldon»
deb   atalgan   bo‘lishi   mumkin.   Mas'udiyning   tubandagi   so‘zlari   fikrimizni   tasdiqlaydi:
«Al -   Jayhoniy   dunyoni   tavsiflab   hamda   u   haqda   hikoya   qiluvchi,   chunonchi,   quidagi
ajoyibotlar,   shaharlar,   poytaxtlar,   dunyo   va   dengizlar,   xalqlar   va   ularning   yashash
makonlari  va  boshqa g‘aroyib voqyea-hodisalar to‘g‘ risida  asar  yaratdi» 12
.
Tarixchi   manbashunos   olimlar   B.A.Ahmedov,   A.A.Madrimov,   D.Yu.Yusupova,
G.S.Fuzailovalarning   asarlariga   qaraganda 13
  Movarounnahrning   somoniylar   davridagi
tarixi   haqida   xorijiy   tarixchilardan   dastlab   Astaxoriy   (Ibrohim   ibn   Muhammad   al-
Forsiy   al-Karxiy   al-Astaxoriy   Abu   Is’hoq.   U   geograf   olim   bo‘lgan.   Kelib   chiqishi
Eronning   Astaxor   vohasidan.   Ko‘plab   ilmiy   safarlar   qilgan.   Uning   “Suvar   al-aqolim
val  masolik  val  mamolik” asari o‘z davrining mashhur asarlaridan hisoblangan. 958 yili
vafot etgan).
“Suvar al-aqolim  val  masolik  val  mamolik”, Ibn Havqal (Muhammad ibn Ali ibn 
Havqal an-Nasibiy al-Bag‘dodiy al-Mavsiliy. Bu olim ham geograf bo‘lgan
12
Ахмедов   Б .  Тарихдан   сабоклар . - Т .  Укитувчи , 1994, -46 б .
13
  Тарихий   манбашунослик .  Укув   к ÿ лланма . / Тузувчилар :  А . А . Мадримов ,  Г . С . Фузаилова . - Т .:  Фан , 2006,
-.3216. va ko‘plab safarlar qilgan. 978 yil atrofida  vafot  etgan)  “Surat  al-arz”, Maqdisiy 
( Muhammad  ibn Ahmad  ibn Abu Bakr al-Banno al-Maqdisiy al-Bashshor Shamsiddin 
Abu Abdulloh. Tarixchi va geograf olim bo‘lgan. 947 yili Maqdisda tug‘ilgan. Tijorat 
bilan shug‘ullangan va ko‘p shaharlarga safar qilgan. 1000 yili vafot etgan) “Ahsan at-
taqosim” nomli asarlarida batafsil ma'lumot berib o‘tganlar.
Movarounnahr  o‘lkasi  Damashqdan  so‘ng  Ma'mun  davriga  qadar  Bag‘doddagi
xalifalikka   bog‘liq   bo‘lgan.   Ma'mun   xalifa   bo‘lgach,   As'ad   ibn   Somonning
farzandlarini o‘ziga yaqin kishilardan bilib, Movarounnahrga boshliq qilib tayinlagan.
Shu   bilan   Movarounnahr   somoniylar   qo‘liga   o‘tgan.   Lekin   875   yilga   qadar   ular
markaziy   xalifalikka   bo‘ysunar   edilar.   875   yildan   boshlab   ular   mustaqil   imperiya
sifatida somoniylar davlatini barpo qildilar 14
.
Mashhur tarixchi olim Ibn al-Asir: “Somoniylar davlati yer yuzida keng yoyilib,
ko‘p joylarni egallagan hamda siyrat va adolat jihatidan eng yaxshi davlatlardan edi”,
deb e'tirof etgan 15
.
Yana bir ensiklopedik olim Ibn Hallikon somoniylar davlati amirlarini shunday
sifatlagan:   “Somoniylar   podshohlari   Movarounnahr   va   Xuroson   sultonlarining   siyrat
jihatidan eng yaxshilari edi. Ulardan kim podshohlikka o‘tirsa, “sultonlar sultoni”, deb
atalar   va   shu   nom   bilangina   tanilar   edi.   Bu   nom   unga   go‘yo   belgi   bo‘lib   qolar   edi.
Odatda ular adolatli, zakovatli va ilmli kishilar bo‘lganlar” 16
.
Ibn   al-Asir   somoniylar   davlatining   sultonlaridan   Ahmad   ibn   Asadni   shunday
tariflagan: “Ahmad ibn Asad tama qilmaydigan, hamma yaxshi ko‘radigan kishi bo‘lib,
uning odamlari  pora olmas edi”. Ushbu sultonning  o‘g‘li  Ismoil  haqida ham  shunday
fikrlarni   bildirgan:   “Ismoil   oqil,   adolatli,   xalqiga   yaxshi   munosabatda   bo‘ladigan,
yumshoq odam edi” 17
.
14
Сагдуллаев А.С., Мавлонов У. Узбекистонда давлат бош^аруви тарихи. - Т.: Академия, 2006. -142б.
15
Абу Али Х,асан ибн Али Тусий - Низомулмулк. Сиёсатнома (Сияр ул-мулук). -Т.:Янги аср авлоди, 2010, -239
б.
16
Негматов Н. Н. Государство Саманидов. -Душанбе. ; Дониш, 1977, -277 с.
17
Низомулмулк. Сиёсатнома. -Т.: Янги аср авлоди, 1997.  245 - б . Somoniylar   podshohlari   ilmga   va   uning   ahliga   katta   e'tibor   bergan   edilar.   Buning
tasdig‘i o‘laroq o‘lkada ko‘plab umumiy  va  xos kutubxonalar barpo etilgan edi. Ibn al-
Asir somoniylar podshohi Ismoil ibn Ahmad ibn Asad( Amir Abu Ibrohim Ismoil ibn
Ahmad ibn Asad ibn Somon fozil, olim, mohir chavandoz, shijoatli, ulamolarni hurmat
qiladigan podshoh bo‘lgan. Muhammad ibn Nasrdan uning barcha kitoblarini tinglagan.
Undan   Ibn   Xuzayma   va   boshqalar   dars   olgan.   U   908   yili   Buxoroda   vafot   etgan)ni
shunday   tariflagan:   “Ismoil   yaxshi   inson   bo‘lib,   ilm   va   din   ahlini   yaxshi   ko‘rar   va
ularni hurmat qilar edi” 18
.
Manbalarda   Ismoilning   o‘zi   haqida   shunday   rivoyat   qilinadi:   “Samarqandda
yashayotgan   edim.   Bir   kuni   zulm   bilan   olingan   narsalar   xususida   o‘ylanib   o‘tirgan
edim.   Shunda,   Abu   Abdulloh   Muhammad   ibn   Nasr   al-Faqih   ash-Shofiiy   kirib   qoldi.
Men  u  zotning ilmi  va  dinini ulug‘lab  darhol  o‘rnimdan turdim” 19
.
O‘z   davrida   somoniy   sulton   huzurida   ilmiy   munozaralar   tashkil   qilinar   va
sultonning o‘zi turib biron bir masalani so‘rar edi. So‘ng hozir bo‘lgan ulamolar bunga
javob berar edilar. Sultonlikdagi har bir jome masjidda kutubxona mavjud bo‘lib, eng
kattasi   Marv   shahrida   joylashgan   edi.   Mazkur   kutubxona   turli   lug‘atlardagi   nafis
kitoblarni qamrab olgan. Shuningdek, sultonning maxsus kutubxonasi ham bo‘lgan.
Somoniylar davrida Movarounnahr o‘lkasi hadis, fiqh, lug‘at   va   boshqa islomiy ilmlar
bo‘yicha   yetuk   olimlarni   yetishtirib   chiqargan.   Ular   o‘zlarining   jiddu   jahdlari,   ilm
yo‘lidagi   qiyinchiliklarga   sabr   qilishlari   bilan   katta   matonat   ko‘rsatganlar.   Ular   har
qancha   uzoq   bo‘lmasin,   olis   shaharlarga   borib,   mashaqqat   bilan   ilm   olgan   edilar.
Bunday   olimlardan   mashhur   muhaddis   Muhammad   ibn   Hibbon   va   “Al-Ishrof”
kitobining muallifi Abu Bakr ibn
18
Наршахий. Бухоро тарихи, 56-б.
19
 Абу Джафар Мууаммад ат-Табарий. История ат-Табарий. -Т. Фан. 1987. -210 б. Muhammad   ibn   al-Munzir   va   “At-Tahzib”   kitobining   muallifi   al-Azhariy   kabi
ulamolarni misol keltirish mumkin 20
.
Shuningdek,   somoniylar   davrida   Movarounnahr   va   Xuroson   o‘lkalarida   turli
islomiy   aqidaviy   oqimlar   bilan   bir   qatorda   g‘ayriislomiy   oqimlarni   ham   uchratish
mumkin edi.
Maqdisiy   o‘sha   davrlarda   Movarounnahr   va   Xuroson   o‘lkalarida   o‘zi   shohid
bo‘lgan turli oqimlar haqida shunday yozgan: “Ushbu o‘lkada ko‘p sonli yahudiylar va
oz sonli nasroniylar yashaydi. Bu o‘lka turli ilmlar, jumladan, fiqh eng ko‘p tarqalgan
maskandir.   Movarounnahr   va   Xurosonda   asosan   ahli   sunna   val   jamoa   mazhablari
faoliyat   olib   borgan.   Lekin   Sijiston   va   Xirot   kabi   ayrim   shaharlarda   xorijiylar,
Naysaburda mu'taziliylar ham uchrab turardi. Shuningdek, ayrim hududlarda shialar va
karromiylarni  ham  uchratishimiz  mumkin edi. Lekin  bu o‘lkada  Abu  Hanifa mazhabi
asosiy   mazhab   hisoblangan.   Shosh,   Tus,   Naso   shaharlarida   shofiiy   mazhabiga   e'tiqod
qiluvchilar ham ko‘p edi. Ta'kidlash joizki, o‘lkada shialar bilan karromiylar, shofiiylar
bilan   hanafiylar   o‘rtasida   o‘zaro   bahslar   yuzaga   kelsa,   sultonning   o‘zi   aralashib,
ularning   orasini   isloh   qilishiga   to‘g‘ri   kelar   edi” 21
.   Demak,   somoniy   sultonlarning
o‘zlari   o‘lkada   e'tiqodiy   va   diny   bag‘rikenglikni   mustahkam   turgan   holda   o‘z
nazoratlarida saqlaganlar.
Ibn   an-Nadim   somoniylar   davrida   manoniya   firqasi   a'zolaridan   besh   yuzga
yaqini   Samarqandda   yashaganini,   ularning   boshliqlari   bu   yerga   Bobildan   ko‘chib
kelganini   ta'kidlab   o‘tgan.   Shuningdek,   olim   Movaro   unnahrda   sumaniya   firqasi
tarqalganini, yahudiy va nasroniylar ham ko‘pligini zikr qilgan.
Somoniylar   davrida   Samarqand   tarixidagi   geografik   va   ijtimoiy-madaniy
omillar   ta'lim   jarayonlari,   ayniqsa   hanafiylikning   mintaqada   taraqqiy   etishiga   turtki
bo‘ldi. Hanafiya olimi Abul Muin an-Nasafiy “Tabsirat al-adilla” asarida
20
Xp*a HcMaiy^ox A6gy^o^. MapKa3HH Ocuëga  H C ^ OM  MagaHHtfm.-T.: maprç,-2005. -1156.
21
 A6y Hacp  ® OPO 6 HH . ®03 HÆ  ogaM^ap ma^pa -T.: ®aH,1993. -168 6. ta'kidlashicha,   Movarounnahr   va   Xurosonning   Marv   va   Balx   kabi   shaharlarida
mu'taziliya   ta'limotini   qabul   qilganlardan   tashqari   Abu   Hanifa   izdoshlarining   asosiy
qismi   usul   va   furu'   mavzularida   islom   kirib   kelgan   davrning   dastlabki   kunlaridanoq
hanafiya   ta'limotini   qabul   qilgan   edilar.   Nasafiyning   mazkur   asaridagi
“Movarounnahrda mu'taziliya ta'limotini qabul qilmagan hanafiylar” degan iborasidan,
bu   o‘lkada   hanafiya   olimlari   ikki   guruhga   bo‘lingani   ma'lum   bo‘ladi:   1.Hanafiy
mu'taziliylar. 2.Abu  Mansur  al-Moturidiy tomonidan rivojlantirilib tizimga solingan va
mu'taziliya fikrlarini rad qilgan hanafiy moturidiylar.
Ibn   Zakariyo   Yahyo   ibn   Is’hoqning   “Sharh   jumal   usul   ad-din”   asarida   bir
rivoyat   e'tiborga   molikdir:   Somoniylar   davrida   Movarounnahrda   islom   diniga   yangi
kirgan   bir   kishi   musulmonlarning   yetmish   uch   firqaga   ajralib   ketganini   eshitadi.
Shunda   u   qadariy-mu'taziliydan   insonning   fe'llari   haqida   so‘raydi.   Mu'taziliy
quyidagicha   javob   beradi:   “Men   istaganimni   qila   olaman   va   o‘zim   xohlagan   har
narsaga kuchim yetadi” Yangi musulmon uning fikriga  raddiya   berib   deydi:   “Men   bu
e'tiqodni   tanlamayman.   Chunki   bu   e'tiqod   orqali   Allohning   xohish   va   qudrati   chetga
chiqib qolmoqda” Shunda qadariy- mu'taziliy: “Agar mening fikrimni qabul qilmasang,
ahli sunna val jamoa mazhabiga borib qo‘shil”, deb javob beradi. Shundan so‘ng yangi
musulmon   o‘zi   yashayotgan   joydagi   jamiki   firqalar   vakillaridan   inson   fe'li   haqida
so‘rab   chiqadi   va   birontasining   aqidasini   qabul   qilmaydi.   U   murojaat   qilgan
firqalarning barchasi: “Agar bizning aqidamizni qabul qilmasang, ahli sunna val jamoa
mazhabiga borib qo‘shil”, degan fikrni aytishadi.
U   firqalar   vakillaridan   ahli   sunna   val   jamoa   kimlar   ekanini   so‘raganida,   ular
quyidagicha   javob   beradilar:   “Ular   har   yerda   ahli   sunna   val   jamoa   nomi   bilan
tanilganlar.   Samarqandda   “Dor   al-juzjoniya”   va   “Dor   al-iyodiya”   a'zolari,   Buxoroda
“As’hobi   Abu   Hafs”   (Abu   Hafs   al-Kabir   tarafdorlari),   Balxda   Nusayr   ibn   Yahyo
tarafdorlaridir.   Ular   ahli   sunna   val   jamoa   qarashlarini   tarqatayotgan   ilm   ahli
hisoblanadilar”. Xulosa   o‘rnida   aytish   mumkinki,   somoniylar   davrida   faoliyat   olib   borgan
sultonlarning   barchasi   ilm-ma'rifatga   xayrixoh   bo‘lganlar.   Ular   o‘lkada   yashab   ijod
qilgan   barcha   ulamolarning   ilmiy   meroslariga   befarq   bo‘lmaganlar.   Shuningdek,
o‘lkada   islomiy   firqa   va   oqimlar   bilan   bir   qatorda   boshqa   din   vakillarining   ham
faoliyatlari   kuzatilgan.   Ayniqsa,   o‘lkada   nasroniylar   va   yahudiylarning   uchrab   turishi
ham somoniylar davrida diniy bag‘rikenglikka katta e'tibor berilganidan dalolat beradi.
Yuqoridagi ma'lumotlar hozirgi kunda ham yurtimizda boshqa din vakillariga nisbatan
hurmat-ehtirom   bilan   muomalada   bo‘lish,   o‘zaro   tinchlik   ostida   yashashga   undashi
tabiiy holdir.
Ibn   Xolliqon,   Istahriy,   ibn   Havqal   va   Muqaddasiy   keltirgan   ma'lumotlarga
qaraganda,   Movarounnahrning   asosiy   viloyatlarida,   ayniqsa   Zarafshon,   Farg‘ona
vodiylarida,   Ilaqda,   Xorazmda   qishloq   xujaligi   rivojlangan.   O‘rta   Osiyo   shaharlari
qadimdan   Yaqin   va   O‘rta   Sharq,   Volga   buyi   va   Xitoy   bilan   karvoi   yo‘llari   orqali
bog‘lanib   kelganlar.   Bu   haqda   ibn   Xurdodbeh,   ibn   Fadlan,   Gardiziy   asarlarida,
shuningdek Xorazm   va   Volga buyida olib borilgan arxeologik qazilmalardan topilgan
faktik materiallar mavjud.
X—XII   asrlarda   Movarounnahrda   tarix   va   geografiyaga   qiziqish   ortib,   bu
ilmlarga e'tibor kuchayadi. Chunki bu davrda mahalliy aholining ma'naviy hayotida o‘z
ona tili   va   unda yozilgan tarixiy   va   adabiy asarlarga bo‘lgan ehtiyoj ham tobora ortib
bormoqsa   edi.   Ayni   shu   davrda   Gardiziyning   «Zaynulaxbor»   («Xabarlar   ko‘rki»),
Bayxaqiyning   30   jildlik   tarixiy   asari,   Majiduddin   Adnoniyning   «Tarixiy   mulki
Turkiston»,   Muhammad   Narshaxiyning   «Tarixi   Buxoro»   kabi   asarlari   fors   tiliga
tarjima qilinadi. I. 2. Mavorounnahr va Xurosonda Somoniylar hokimiyatining o‘rnatilishi
va siyosiy hayoti.
Movarounnahr   va   Xurosonda   arab   bosqinchüariga   qarshi   tinmay   davom   etgan
xalq   harakatlari   xalifalikning   qudratiga   katta   ta'sir   ko‘rsatdi.   Uning   siyosiy,   ma'naviy
va iqtisodiy poydevorini ma'lum darajada zaiflashtirdi. O‘z navbatida mahalliy feodal
zodagonlarning   xalifalikni   idora   etishda   keng   ishtirok   etishi   uchun   zamin   tug‘ildi.
Ma'lumki,   xalifalar   bu   qo‘zg‘olonlarni   bostirish   davomida   bir   necha   bor   mahalliy
zodagonlardan yordam so‘raganlar. Ko‘rsatilgan yordam evaziga ularni ma'lum viloyat
va   o‘lkalarning   noiblari   qilib   tayinlaganlar.   Tez   orada   mahalliy   zodagonlar   faqatgina
Movarounnahr va Xurosonda emas, balki xalifalik markazida ham yuqori lavozimlarni
egallashga muvaffaq bo‘ldilar.
Davlatni   idora   etishda   yuqori   pog‘onaga   erishgan   mahalliy   zodagonlar
sulolasidan   biri   barmakiylar   bo‘lgan.   Xalifa   Xorun   ar-Rashid   (786—809   yillar)
barmakiylar qudratini oshib borayotganidan qo‘rqib, bu sulolaning hammasini o‘ldirib
yuborgan.   Dorun   ar-Rashid   o‘limidan   keyin   taxt   uchun   bo‘lgan   kurashda   yana   bir
mahalliy   zodagonlar   sulolasi   tarix   sahifasiga   kirib   keldi.   Bu   Tohiriylar   sulolasidir.
Sulola   asoschisi   Tohir   ibn   Husayn   Xurosonning   eng   yirik   yer   egalaridan   bo‘lib   u
Xorun  ar-Rashidning  ug‘li  Ma'munni   taxtga   o‘tirishiga  yordam   bergan.  Ma'mun  (813
—  833  y.)   xalifa  bo‘lib   olgach,  Toxir  ibn  Xusayn  tez  orada  xalifalikning   eng  nufuzli
kishilaridan   biriga   aylandi.   U   bir   necha   vaqt   xalifa   qo‘shinining   bosh   sarkardasi
lavozimida ishladi. 821 yili esa xalifa uni Xuroson noibi qilib tayinladi. Tohir Xuroson
noibligini   poytaxti   qilib   Nishopur   shahrini   tanladi.   Xurosonga   qaytgach   u   o‘ziga
qarashli   noiblikni   mustaqil   davlatga   aylantirish   rejalarini   tuza   boshladi.   Bir   yil
o‘tmasdanoq   Tohir   ibn   Husayn   xalifa   ismini   juma   namozidagi   xutbada   qayd   qilishni
man qildi. Bu xalifaga nisbatan ochiq isyon edi. Lekin uning rejalari amalga oshmadi.
U to‘satdan   vafot   etdi.   Taxmin   qilinishicha,   uning   o‘limida   xalifaning   odamlarini   qo‘li
bo‘lgan 22
.
Xalifa   Ma'mun   Tohir   ibn   Husayn   Xuroson   noibi   qilib   uning   ug‘li   Talxni
tayinlaydi (822—828 yillar). Tohirning  ikkinchi ug‘li Abdullo noiblik  qilgan yillarida
(830—844   yillar)   Xuroson   xalifaga   vassal   Xisoblansa-da,   aslida   mustaqil   davlatga
aylandi.   Xalifa   Mutasim   (833—842   yillar),   bir   necha   bor   Abdulloni   bo‘ysundirishga
harakat qildi. Ammo bunda u muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Tohiriylar kuchli hokimiyat tuz ishga, qishloq xo‘jaligini tashkil etishga astoydil
harakat qildilar. Yangi sug‘orish inshootlarini barpo etdilar. Mahalliy amaldorlarni o‘z
lavozimlarini   suiste'mol   qilmasliklarini   nazorat   kildilar.   Albatta   bunda   ular   dehqonlar
manfaatini   emas,   balki   aholidan   olinadigan   soliqni   xazinaga   izchil   kelib   tushishini
nazarda   tutganlar.   Ular   na   devdondan   olinadigan   soliq   miqdorini,   na   ular   o‘taydigan
majburiyatlarni   kamaytirmaganlar.   Soliqlar   miqdori   juda   katta   bo‘lgan.   Manbalarda
qayd   qilinishicha,   844   yil   aholidan   48   million   dirham   soliq   yig‘ilgan;   Soliqlarning
ko‘pchiligi   dehqonlarni   qo‘zg‘olon   ko‘tarishiga   olib   kelgan. 23
  Tohiriylar   bu
qo‘zg‘olonlarni shavqatsiz bostirib turganlar.
Tohiriylar islom dinini xalq orasida keng yoyish siyosatini davom ettirib, islom
ruhoniylarini   o‘z   rejalarini   amalga   oshirishda   tayanch   deb   bilganlar.   Talx   ibn   Tohir
noibligi   (842—864)   davrida   zardushtiylik   dini   saqlanib   kelgan   Ustrushonada   ham
islom   dini   qabul   qildirilgan.   Davlatni   idora   etishda   tohiriylar   malakali,   bilimli
amaldorlarga   muhtoj   edilar.   Shuning   uchun   ular   bilimdon   odamlarga   homiylik
qilganlar.   Ma'lum   toifadagi   odamlarga   bilim   olish   uchun   keng   sharoitlar   tug‘dirib
berganlar. Manbalarda qayd qilinishicha Tohiriylar juda bilimdon bo‘lganlar. Xususan,
Tohir ibn Husayn va Abdullo ancha tanilgan shoir bo‘lganlar.
22
Негматов Н. Государство Саманидов. -Душанбе, “Дониш”, 1997, -21-б.
23
Сагдуллаев ва бош^алар. Узбекистан тарихи: давлат ва жамият таравдиёти. -  T. : Академия, 2000. -96б. Abdullo   vafotidan   keyin   Toxiriylar   davlati   asta-sekin   inqirozga   yuz   tutdi   va
ko‘p   vaqt   o‘tmay   ularning   hokimiyati   butunlay   tugatildi.   Tohiriylar   sulolasining
so‘nggi vakili Muhammad ibn Tohir (862— 873 yillar) Yoqub ibn Lays   bilan   bo‘lgan
jangda mag‘lub bo‘ldi.
IX   asrning   ikkinchi   yarmida   Markaziy   Osiyo   va   Eron   chegarasida   xalq
harakatlari   kuchayib   ketdi.   Bu   xalq   harakatlaridan   hunarmand   misgar   aka-uka   Yokub
va  Amr ibn Layslar (safforiylar) o‘z niyatlarini amalga oshirishda foydalandilar. Avval
ular   qarokchilik   qildilar   va   so‘ngra   Seyistondagi   roziylar   —   «e'tiqod   uchun
kurashuvchilar»   qo‘shiniga   qo‘shildilar.   Lashkarboshilik   qobiliyatiga   ega   bo‘lgan
Yoqub   tez   orada   bu   qo‘shinning   boshlig‘i   bo‘lib   oldi   va   861   yilda   Seyistonning
poytaxti Zaranj shahrini Tohiriylardan tortib oldi. Yoqub 10 yil davomida Tohiriylarga
qarashli   yerlarning   hammasini   bosib   oldi.   873   yilda   Yoqub   Muhammad   ibn   Tohir
qo‘shinini   tor-mor   qildi   va   Tohiriylar   poytaxti   Nishopurni   egalladi.   Xalifa   Xuroson
noibligini   Yoqubga   topshirishga   majbur   bo‘ldi.   876   yili   Yoqub   katta   qo‘shin   bilan
Bag‘dod  tomon   yo‘l  oldi.  Bag‘doddan  100  km  uzoqlikda  xalifa   va   Yoqub  qo‘shinlari
tuqnashdilar. Bu jangda Yoqub qo‘shini mag‘lubiyatga uchradi  va  u orqaga qaytdi. 879
yili   Yoqub   ibn   Lays   vafot   etdi.   Taxtga   Yoqubning   ukasi   Amr   ibn   Laysni   o‘tkazishdi
(879—900 yillar). Amr ibn Lays xalifaga o‘z vassalligini bildirdi.  Bunga  javoban xalifa
Amr ibn Laysni Xuroson  va  Eronning noibi ekanligini qayd qiluvchi yorliq yubordi 24
.
Safforiylar   xukmdorligi   davrida   xalqning   ahvoli   sezilarli   darajada
yaxshilanmadi.   Vaholanki,   ular   xalq   harakati   natijasida   hokimiyat   tepasiga   kelgandi.
Safforiylar   asosan   mayda   va   o‘rta   hol   yer   egalariga   suyangan   holda   davlatni   idora
qildilar.   Ular   xalqdan   olinadigan   soliq   mikdorini   o‘zgartirmadilar.   Safforiylar   katta
e'tiborni   qo‘shin   tuzishga   qaratdilar.   Qo‘shinda   mustahkam   intizom   o‘rnatdilar.
Navro‘z   kunlarida   qo‘shinlar   maxsus   ko‘rikdan   o‘tkazilgan.   Amirdan   tortib   oddiy
lashkargacha  ko‘rik paytida o‘z otlarini  va  qurol-
24
 Негматов Н. rocygapcrao CaMaHHgoB, -flymaHÖe,: “^QHHm”, 1997,- 226. yaroqlarini   nazoratchiga   ko‘rsatgan.   Lashkarlar   har   uch   oyda   maosh   olganlar.
Qo‘shinning asosini ko‘ngillilar tashkil etgan.   Bu   qo‘shin turi asosan qochoq va yersiz
dehqonlardan   iborat   bo‘lgan.   Ko‘ngillilardan   ta^qari   Safforiylar   qo‘shini   yer
egalarining o‘g‘illilaridan va qullardan iborat bo‘lgan.
IX   asrning   ikkinchi   yarmida   Movarounnahrda   somoniylar   sulolasi   paydo
bo‘lgan.   Somoniylar   sulolasiga   asos   solgan   Somon   yirik   yer   egasi   bo‘lgan.
Manbalarning   birida   u   Balx   yaqinidan,   ikkinchisida   esa   Samarqand   atrofidan   yoki
Termizdan   bo‘lganligi   qayd   etilgan 25
.   Somon   Ma'mun   Xuroson   noibligi   paytida   unga
xizmatga   o‘tgan   va   tez   orada   uning   e'tiborini   qozongan,   Ma'mun   ta'siri   ostida   xalq
zardushtiylik dinidan   voz   kechib, islom diniga kirgan. Xuddi shu vaqtda Somoniyning
o‘g‘li Asad ham xalifa Ma'mun e'tiborriga tushgan. Asadning to‘rtta o‘g‘li  bo‘lgan va
ular Ma'mun saroyida xizmat qilishgan. Ma'munning buyrug‘iga binoan Xuroson noibi
Asadning   o‘g‘illarini   820   yilda   Movarounnahr   o‘lkalariga   noib   qilib   tayinlaydi.
Xususan, Asadning katta o‘g‘li Nuhni Samarqand, Ahmadni Farg‘ona, Yahyoni Shosh
va   Ustrushonani,   Ilyosni   Xirot   noibi   qilib   tayinlaydi.   Tohir   ibn   Husayn   Asadning
o‘g‘illarini yaxshi bilgan va ularga kerakli vaqtda yordam qo‘lini cho‘zgan.
Bu   davrda   Movarounnahrning   Samarqand,   Farg‘ona,   Toshkent   va   Usrushona
viloyatlarida   noiblik   kilayotgan   somoniylar   xonadonining   siyosiy   hayotida   ham   asta-
sekin o‘zgarishlar yuz beradi. Movarounnahrga avval Nuh, so‘ngra Ahmad boshchilik
qiladi.   Hatto   o‘z   nomlaridan   misdan   chaqalar   zarb   etadilar.   Ahmad   vafotidan   (865)
keyin   uning  o‘g‘li  Nasr   Samar-qandni  markazga  aylantiradi.  Buxoro  vohasi,  Naxshab
(Qashqadaryo),   Chag‘onrud   (Surxondaryo)   vodiylaridan   tashqa-ri   Movarounnahrning
barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko‘radi 26
.
Tohiriylar   davlatining   barham   topishi   bilan   vaziyat   tubdan   o‘zgarib,   istiqlol
uchun   qulay   sharoit   paydo   bo‘ladi.   Chunki   safforiylar   Movarounnahrga   hukmronlik
qilishning uddasidan chiqa olmaydilar. O‘z holiga tashlab qo‘yilgan Buxoro ahli hatto
safforiylarga
25
Наршахий. Бухоро тарихи, -132-б.; Бартольд В.В. Сочинения. -Т.: 1, -267 с..
26
Сагдуллаев А.С, Эшов.Б.Ж. Узбекистан тарихи. -Т.: Университет:1997.-135 б. tobe   bo‘lishni   xoxdamaydi.   Shahar   zodagonlari   somoniylarga   murojaat   qilib,
Samarqandga   —  Nasr  ibn   Ahmad   huzuriga   elchilar   yuboradilar.   Undan  Buxoroni   o‘z
qo‘li   ostiga   olishni   va   somoniylar   xonadonidan   bir   kishini   Buxoroga   hokim   kilib
yuborishni   so‘raydilar.   Nasr   bu   taklifni   mamnuniyat   bilan   qabul   qilib,   ukasi   Ismoilni
(874) Buxoroga noib kilib yuboradi.
Shunday   qilib,   IX   asrning   oxirgi   choragida   Movarounnahrning   deyarli   barcha
viloyatlari   somoniylar   tasarrufiga   o‘tib,   u   o‘z   mustaqilligini   tiklab   oladi.   Xuddi   shu
vaqgdan   boshlab   Nasr   ibn   Ahmad   o‘zini   butun   Movarounnahrning   boshlig‘i   deb
hisoblay boshlaydi. Garchi  ukalari  Shosh viloyatining noibi Yoqub  va  Farg‘ona hokimi
Asadlar o‘z nomlari   bilan   chaqa   pul zarb etib, o‘zboshimchalik qilsalar   ham, ammo   u
somo-niylar   hukmronligi   tarixida   birinchi   bo‘lib   kumush   dirham   zarb   etadi.   Kumush
tangalar chiqarish davlat   mustaqilligining   ramzi   hisoblanib, to   shu vaqtgacha   xalifalik
viloyatlarida   faqat   tohiriylargina   bunday   dirhamni   zarb   etish   huquqiga   ega   edilar.
Shunday bo‘lsa - da, Buxoro noibi Ismoil akasi Nasrga itoat qilishni istamaydi. O‘ziga
berilgan   viloyatni   mumkin   qadar   iqtisodiy   jihatdan   mustaqil   idora   qilishga   intiladi.
Samarqandga   Nasrning   xazinasiga   yuboriladigan   har   yilgi   soliqlarni   turli   bahonalar
bilan   to‘xtatib qo‘yadi. Aka-uka o‘rtasida adovat paydo bo‘ladi. U 888 yiddagi jangga
olib keladi. Jangda Nasr qo‘shinlari tor-mor keltiriladi. Shu yildan boshlab Ismoil butun
Movarounnahrni birlashtirib, uning yagona hukmroni bo‘lib oladi 27
.
Ismoil   Somoniy   o‘rta   asrlarning   qobiliyatli,   serg‘ayrat   va   nihoyatda   zukko
davlat   arbobi   edi.   U   Movarounnahrni   birlashtirgach,   markazlashgan   mustahkam
davlatni   tuzishga   intiladi.   U   o‘z   vatanida   barkaror   tinchlikni   ta'minlab,   uni
mustahkamlashda hukmronlik qobiliyatinint hamma nozik xususiyatlarini ishga sоladi.
Avvalo   kattaqo‘shin   to‘plab,   ko‘chmanchilar   dashtiga   askar   tortadi.   893   yilda   Taroz
shahrini   fath   etib,   dashtliqlarga   kaqshatqich   zarba   beradi.   Bu   somoniylar   davrida
ko‘chmanchilarga   qarshi   qilingan   oxirgi   katta   yurish   bo‘ldi.   Natijada   dashtlik
qabilalarning Movarounnahr viloyatlariga bo‘lgan uzluksiz
27
XngaaTOB r.A. KpymeHHe CaMaHHgoB. -T.: 2003, -656. bosqinlari   barham   topib,   o‘troq   aholi   endilikda   vohalar   atrofi   bo‘ylab   yuzlab
kilometrga   cho‘zilgan   mudofaa   devorlari-yu,   son-sanoqsiz   qal'alarni   bino   qilish   va
ularni muttasil ta'mirlab turishdek og‘ir va mashaqqatli mehnatdan, tashvishdan forig‘
bo‘ladi.   Xuddi   shu   davrdan   boshlab,   300   km   dan   oshiqroq   masofada   Buxoro
vohasining girdini o‘rab turgan qadimiy mudofaa inshooti «Kampirak» devorining har
yilgi odatiy hashari ham to‘xtatilib, u qarovsiz qoldirilgan. Narshaxiyning yozishicha,
Amir   Ismoil   o‘zining   kuchli   qo‘shinlarini   nazarda   tutib,   «Toki   men   tirik   ekanman,
Buxoro viloyatining  devori  men bo‘ laman» 28
,  deb aytgan ekan.
Movarounnahr   aholisining   mustaqillikka   erishib,   bu   diyorda   Somoniylar
davlatining  tobora kuchayib borishi  shubhasiz  sharqiy  viloyatlardan muttasil undirilib
olinadigan   katta   boyliklardan   mahrum   bo‘lgan   Arab   xalifaligini,   bir   tomondan,
nihoyatda   ranjitsa,   ikkinchi   tomondan,   cho‘chitar   ham   edi.   Shu   boisdan   xalifalik
safforiylar bilan so-moniylarni to‘qnashtirishga va bu yosh ikki davlatning har ikkisini
zaiflashtirib,   boy   viloyatlarda   ma'lum   darajada   o‘z   ta'sirini   qayta   tiklashga   harakat
qiladi.   900   yilda   ular   .   o‘rtasida   boshlanib   ketgan   urush   Ismoilning   g‘alabasi   bilan
tugaydi.   Butun   Xuroson   somoniylar   qo‘l   ostiga   o‘tadi.   Noilojlikdan   xalifa   Ismoilning
bunday   ulkan   davlatini   tan   olishga,   unga   hukmdorlik   yorlig‘ini   yuborishga   majbur
bo‘ladi.   Shunday   qilib,   IX   asr   oxirlarida   Movarounnahr   Arab   xalifaligi   istibdodidan
abadiy xalos bo‘ladi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni o‘z qo‘li ostida kuchli bir
davlat qilib birlashtiradi, Xurosonda tashkil topgan Safforiylar davlatiga barham beradi
va   uni   o‘z   davlatiga   qo‘shib   oladi.   Natijada   poytaxti   Buxoro   shahri   bo‘lgan
zamonasining   eng   yirik   mustaqil   o‘rta   asrlar   davlati   tashkil   topadi.   Bu   davlatni
somoniylar   xonadonidan   bo‘lgan   hukmdorlar   —   amirlar   X   asr   oxirlarigacha   idora
qiladilar. 29
28
Наршахий. Бухоро тарихи, -32б.
29
Азамат Зиё. Узбек давлатчилиги тарихи. -Т. : Шарк, 2000, -94б. Abbosiylar   xalifaligi   davrida   bir   butun   bo‘lgan   mazkur   shahar   va   viloyatlar   X
asrning biriichi choragida undan ajralib chiqdi. Bu bo‘linish to 935 yillargacha davom
etdi. Natijada Mesopotamiya hamdoniylar (905—1004), Misr  bilan Suriya  ixshidiylar
(935 —969) qul ostiga, G‘arbiy Eron buvayxiylarga, Tabariston bilan Gurgon mahalliy
daylimiylar   sulolasi   bo‘lmish   ziyoriylarga,   Movarounnahr   bilan   Xuroson   somoniylar
qo‘liga   utib   qoldi.   Tarixchilar   o‘xshatib   aytganlaridek,   xalifaga   Bag‘dod   bilan
Vaviloniyaning   bir   qismigina   qoldi,   xulos.   To‘g‘ri,   maxalliy   hukmdorlar   (mulk   at-
tavoif)   hali   ham   xalifa   hokimiyatini   tan   olar,   uning   nomini   xutbaga   qo‘shib   uqitar,
tangalarda   uning   nomini   o‘   z   nomlari   bilan   bir   qatorda   zarb   etar,   vaqt-   vaqti   bilan
xalifaga   hadyalar   yuborib  turar  edilar.   Ammo  ular   Bardodga   shunchaki  qaram  edilar,
xolos.   Xalifa   nomigagina   davlat   boshlig‘i   bo‘lib,   hyech   kanday   real   hokimiyatga   ega
emas   edi.   «Hozirgi   vaqtda,—   afsuslanib   yozgan   edi   al-Mas'udiy,   —   islomning   kuch-
qudrati inqirozga yuz tutmoqda. [Bardoddan]  ziyoratchilariing  oyoqlari o‘z ilib qoldi,
g‘azo urushlari esa sunib bormoqda... Shu paytgacha islomga g‘alaba yor edi, hozir esa
u   bir   qadar   bukib   qo‘yilgan,   asoslari   nuragan;   bu   hodisa   943   yilda   musulmonlar
hammasi,   xudo   ishlarimizni   o‘zi   o‘ntlasin;   xalifa   al-Muttaqqiy   (940—   944)   davrida
sodir bo‘ldi» 30
.
Xalifalik   vayronalarida   vujudga   kelgan   davlatlarning   eng   kattasi   Somoniylar
davlati edi. U Movarounnahr va Xurosondan Ray va Kazvingacha bo‘lgan yerlarii o‘z
ichiga   olgan.   Chunonchi,   Ismoil   ibn   Ahmad   (892—907)   davrida   mazkur   sulolaning
ko‘zga   ko‘ringan   namoyaidalari;   Somoniylar   markaziy   davlat   apparatiki
mustahkamlashdan   manfaatdor   bo‘lgan   feodal   zodagonlar,   din   peshvolari,   barcha
badavlat dehqon tabaqalarining qo‘llab -
30
A^MegoB B. TapuxgaH caôorç^ap. -T.: ŸKmyBHH, 1994, -386. quvvatlashlari   bilan   xorijiylarning   yetakchilaridan   Amir   Husaynni   ardarib   tashlashga,
Buxoroning   Barnod   va   Romiton   tumanlarida   boshlangan   dehqonlar   harakatini
bostirishga   hamda   teskarichi   boyonlarni   davlat   ishlaridan   chetlashtirib   tashlashga
muvaffaq   bo‘ldilar;   893   yili   qadimiy   Usrushonaning   mahalliy   hokimiyatini   ardarib
tashladilar   hamda   iqtisodii   va   siyosiy   jihatdan   ahamiyatga   molik   bulgan   bu   nohiyani
o‘z   tasarruflariga   olishga   muaffaq   bo‘ldilar.   Turk-   korluqlarning   Sirdaryo   bo‘yidagi
yerlarga kelib turgan bosqinini to‘xtatib; Tarozni bosib oldilar (893) hamda u yerdagi
aholini musulmon diniga kirgizdilar. Mas'udiyning ta'kidlashicha, o‘shanda 15 mingga
yakin   kishi   asir   qilib   olingan.   Qorluqlarning   yo‘lboshchisi   ahlu   oilasi   bilan   asir
tushgan.   O‘sha   jangdan   sung   Ismoil   Somoniyning   lashkari   shu   qadar   katta   boylikni
qo‘lga   kiritdiki,   har   bir   suvoriyga   10   ming   dirxamga   barobar   o‘lja   tekkan.   Tarixch   i
Narshaxiyning   shohidlik   berishicha,   Ismoil   o‘shanda   Tarozdagi   butxonani   masjidga
aylantirgan.
Ismoil   Somoniyning   eng   katta   harbiy   muvaffaqiyati   Xurosonda   safforiylar
sulolasini   ardarib,   Balx   ostonasida   Amr   ibn   Lays   (879   —   901)   ustidan   qozongan
g‘alabasi   bo‘ldi.   Bu   voqyea,   ibn   Xolliqonning   ta'kidlashicha,   hijriy   286   yilning   17
shavvalida   (milodiy   899   yilning   26   oktyabrida)   sodir   bo‘lgan.   V.   V.   Birtold,   ibn
Xolliqon bergan ma'lumotlarga asoslanib, Amr ibn Lays bilan amir Ismoilni bir-biriga
qarshi   xalifa   al-Mu'tadil   (892—902)   gij-gijlatib   qo‘ygan   edi,   deb   yozadi 31
.   Uning
bundan ko‘zlagan maqsadi, ularning o‘rtasidaga ziddiatdan foydalanib, o‘zining  «darz»
ketgan mavqyeini mustahkamlab olish   edi.   «Keyingi yillarda (893 yildan keyin),- deb
yozgan edi ibn Xolliqon,- Amr Eronda o‘zining mustahkam hokimiyatini o‘rnatdi.  O‘z
navbatida   xalifa   ham   (Amrning)   barcha   xohish-istaklarini   bajarishi   lozim   edi.
(Xalifa)ning talab  bilan  898 yili
31
EapTO^bg B.B. CoHHHeHHH. T.: 1, -167 c. barcha   Xuroson   ziyoratchilarini   o‘z   saroyiga   to‘plab,   Ismoilning   taxtdan
tushirilganligini,   Amr   esa   Movarounnahr   noibi   etib   tayinlanganligini   e'lon   qildi.
Ketma-ket Nishopurga, Amr huzuriga, turli tuhfalar hamda Movarounnahrga noib etib
tayinlanganligi   tug‘risidagi   guvohnoma   (bilan   elchilar   yuborildi.   Ammo   Amr
musulmonlar   hukmdori   yuborgan   in'omlarni   ensasi   qotibroq   qabul   qildi.   Elchi   Amr
oldiga   o‘zi   olib   kelgan   chopon   va   kiyimlarni   yoyib   qo‘ydi.   Amr   xalifata   hurmat
yuzasidai   choponlarni   birma-bir   kiyib   ko‘rdi.   Nixoyat,   elchi   Amrga   Movarounnahr
noibligi tug‘risidagi guvohnomani o‘z atdi. Amr: «Buni nima qilaman, Is moil  qo‘ lidan
Movarounnahrni   100   ming   yalangoch   shamshirsiz   olib   bulmaydi-   ku»,—   dedi.   Elchi
esa: «Buni  o‘zing bilasan, axir  o‘zing xohish-  irodang shunday   edi- ku»,—  dedi.  Amr
guvohnomani khliga olib o‘pib, boshiga qo‘ydi, sung olib oldiga quydi» 32
...
Shunday   qilyb,   Seiston   (u   yerda   safforiylar   hukmron   edilar),   Go‘zganon
(farig‘uniylar hukmron edilar), G‘azna (dastlab mahalliy hukmdor Alptegin qo‘l ostida
edi), Xorazm, Isfijob, Chagoniyon va Xuttalondan (ularning hukxmdorlari tobe edilar)
tashqari,   ulkan   hudud   (Movarounnahr,   Xuroson)   somoniylar   tomonidan
buysundirilgandi. Ular bu yerda 100 yilcha hukmronlik qildilar.
32
HapmaxHH. Eyxopo Tapnxn, 52-6. 1.3. Somoniylar davlatining inqirozi sabablari
Somoniylar   davrida   Movarounnahr   hamda   Xurosonda   somoniy   amirlar,
ularning   oila   a'zolari,   dehqon   zodagonlari,   musulmon   dini   arboblari,   yuqori
mansabdagi   turk   gvardiyasi   vakillari,   chunonchi,   Alp   tegin,   Sabuq   tegin,   Abu   Ali
Simjuriy,   Foiq   va   boshqalar,   shuningdek,   badavlat   savdogarlar   hukmron   sinf   sirasiga
kirgan.  Ularning  qo‘lida  katta-katta  yer-suvlar, behisob boyliklar  to‘plangan edi.  Ular
mehnatkash   halq   ommasini,   chunonchi,   jamoa   dehqonlari   hamda   shahar
kambag‘allarini   ayovsiz   ezar   edilar.   Mamlakatning   ijtimoiy-siyosiy   hayotida   dehqon
zodagonlari,   shariat   peshvolari,   ayniqsa   turk   gvardiyasi   boshliqlari   katta   rol
o‘ynaganlar.   Chunonchi,   Alp   tegin   Nuh   I   hukmronligi   davrida   (943—954)   Xuroson
hokimi   bo‘lgan.   U,   manbalarda   keltirilgan   ma'lumotlarga   qaraganda,   shu   qadar   katta
boylikka  ega   bo‘lganki,  bu   uning  Somoniylar  davlati  taqdirini   hal  etishiga   yo‘l   ochib
bergan. «Uning Xuroson va Movarounnahrda,— deb yozadi Nizomulmulk, — 500 dan
ortiq   qishloqni   birlashtirgan   mulki   mavjud   edi.   Biron   shahar   yuh   ediki,   unda   bu
odamga tegishli saroylar, bog‘-rog‘lar, karvonsaroylar, hammomlar bulmagan bo‘lsin.
Uning   ko‘plab   galla   omborlari,   ming-minglab   quylari,   yuz   minglab   ot-   tuya   va
xachirlari   bo‘lgan».   Nizomulmulkning   mana   bu   so‘zi   ham   e'tiborga   sazovor:   «Alp
tegin Nishopurda ekanligida Xuroson amiri Nuh ibn Nasr qazo qildi. Amirning yaqin
kishilari   poytaxt   Buxorodan   Alp   teginga   maktub   yo‘llab,   «Xuroson   amiri   qazo   qildi,
uning 30 yoshli  inisi va 16 yoshli o‘g‘li  qoldi.   Shu ikki kishidan birini, senga ma'qul
kelganini, davlat tepasiga quymoqchimiz, chunki sen davlat ustunisan» 33
.
Markaziy   davlat   apparatining   nisbatan   mustahkamlanishi,   mamlakatda
osoyishtalikning   vujudga   kelishi   iatijasida   devdonlar   hamda   shahar   aholisiiing   ahvoli
birmuncha   yaxshilandi.   Xalq   endi   ancha   erkin   nafas   ola   boshladi.   Chunki   u   endi
bosqinchilik urushlaridan, talon-torojlardan, og‘ir xarbiy soliq va jarimalardan
33
HraoMygMygK.  CnecarHOMa.  T.:  Agorar,  1997. -456. ancha   holi   bo‘lgan   edi.   Bundan   tashqari,   mahalliy   aholi   arablar   hukmronligi   davrida
o‘zi   uchun   haqorat   hisoblangan   muhr   bosish   tartibidan   qutilgan   edi.   Ammo   shunga
qaramay,   keng   mehnatkash   ommaning   ahvoli   og‘ir   edi.   Ziroatchilar   asosiy   soliq
hisoblangan xirojdan tashqari yana kuplab turli soliq  va jarimalar to‘lashga, majburiy
ishlarga — saroylar, yo‘llar, ko‘priklar, qal'alar, masjidlar, madrasalar qurilishiga, suv
havzalari   va   ariqlarni   ta'mirlashga   jalb   qilinar   edilar.   Ijarachilar   juda   og‘ir   ahvolda
edilar. Ma'lumki, kupchilik dehqonlar katta mulk egalaridan yerlarni chorakor sifatida
ijaraga   olib   ishlashga   majbur   edilar.   Ijarachi   —   chorakorning   o‘z   ot-   ulovi,   omoch-
buyinturugi,   urugligi   bulmagan   va   hosilning   undan   bir   his-   mi   hisobiga   chorakorlik
hilishgan.   Bunday   holda   ular   o‘z   mustaqilligini   yo‘qotib,   yer-mulk   egasiga   batamom
qaram   bo‘lib   qolganlar.   A.Yu.Yakubovskiyning   ta'kidlashicha,   «dehqonlar
amaldorlardan, ayniqsa moliya-solig‘i idorasi xizmatchilaridan ko‘p aziyat chekkanlar,
chunki soliq-xiroj yigish ishlari bevosita o‘sha idora tasarrufida edi» 34
.
Hukmron   sinfga   qarshi   ko‘tarilgan   bir   qator   qo‘zg‘olonlar   mehnatkash   xalq
ommasining   og   ‘ir   ahvolidan   shohidlik   beradi.   Chunonchi,   Narshaxiyning
ta'kidlashicha, amir Ismoil 260 yil ramazon oyining 12 kuni (874 yilsing 1 iyul kuni)
Buxoroga   kelgan   kuniyoq   Romiton   va   Barxadda   kutarilgan   qudratli   dehqon
g‘alayonlariga duch kelgan. Qo‘zg‘ olopchilar soni 2000 kiyushdan ziyodroq edi. 35
Nasr  II   ibn  Ahmad  (914—943)   davrida,  ya'ni  930  yili   Buxoroda  kuchli  dehqon
g‘alayonlari   bo‘ldi.   Mazkur   qo‘zg‘olonga   novvoy   o‘g‘   li   oshpaz   Abubakr   boshchilik
qildi. Nihoyat, 961 yilda sodir bulgan
34
Якубовский   А . Ю .  Махмуд   Газнави .- Л .,  1934,  -74 с .
35
Каримов Ш, Р.Шамсутдинов. Ватан тарихи. -Т.: Укитувчи, 1997, -185б. qo‘zg‘olonni   eslash   joizdir.   Bunda   qo‘zg‘olonchilar   somoniylar   saroyini   yoqib
yuborganlar.
Nasr II zamonida  ruy bergan  ijtimoiy xodisalardan yana biri shialar harakatidir.
Bu harakat shunday kuchli bo‘ldnki, O‘z saflariga hatto Somoniylar davlatining yuqori
lavozimidagi   amaldorlarini,   lashkarboshilarini,   chunonchi,   Husayn   ibn   Ali   Marvoziy,
bosh hojib Oytosh, amirning kotibi (dabiri xos) Abubakr ibn Abu Ash'os, Abu Mansur
Choroniy, Buxoro muxtasibi, moliya idorasining boshlig‘i   va   boshqalarni ham tortgan
edi.   Ahvol   shu   darajaga   borib   yetdiki,   Amir   Nasr   II   ning   o‘zi   ham   karmatlar   safiga
kirdi.
Yirik   yer   egasi   bo‘lgan   Ismoil   mahalliy   feodal   zodagonlar   va   savdogarlarga
suyanib   davlatni   idora   qilgan.   Lekin   Ismoil   ham,   boshqa   Somoniylar   ham   ichki
ijtimoiy   ziddiyatlarni   yo‘qota   olmagan.   Dehqonlarning   yer   egalari   tomonidan   qattik
ekspluatatsiya   qilinishi   natijasida   feodallarga   qarshi   qo‘zg‘olonlar   bo‘lib   turgan.
Bundan tashqari ayrim chekka o‘lkalarning hokimlari markazlashtirish siyosatiga iloji
boricha qarshilik ko‘rsatganlar. Xususan, Xorazm, Afg‘oniston hududlarida joylashgan
hokimlar   somoniylarga   vassal   bo‘lsa-da,   ular   o‘z   yerlarida   mustaqil   siyosat
yurgizganlar.   Ular   somoniylar   saroyiga   to‘lanadigan   soliqning   ma'lum   qismini   emas,
balki sovg‘a- salomlar yuborish  bilan  kifoyalanganlar 36
.
907 yilda Ismoil vafot etgach taxtni o‘g‘li Ahmad ibn Ismoil egalladi (907—914
yillar).   Ahmad   hukmronligi   davrida   bir   qancha   qo‘zg‘olonlar   bo‘lib   o‘tdi.   Xususan,
amakisi Isxoq ibn Ahmad Samarqandda, Ray   va   Seyiston hokimlari isyon ko‘tardilar.
Bu   isyonlar   shavqatsizlik   bilan   bostirildi.   Axmad   uzoq;   vaqt   hukmronlik   qilmadi.
Davlatni   idora   etishda   arab   tilini   qayta   tiklanishi   ko‘pgina   maxalliy   zodagon   va   Turk
g‘ulomlarining noroziligini uyg‘otdi. 914 yilda u Turk g‘ulomlari tomonidan o‘ldirildi.
Taxtga Axmadning 8 yoshli o‘g‘li
36
XngaaTOB r.A. KpymeHHe CaMaHHgoB. T.: 2003, -1146. Nasr ibn Axmad (914—943  yillar)  o‘tirdi. Saroyning ruxsati bilan davlat ishlarini vazir
Abdullo Jayxoniy boshqardi. 37
914   yilning   oxirida   Samarkandga   yana   qo‘zg‘olon   ko‘tarildi.   Davlatning
janubiy   hududlarida   bo‘lgan   Xusayn   ibn   Ali   Marvoziy   rahbarligidagi   qo‘zg‘   olon
ayniqsa  keskii  tus  oldi.   Qo‘zg‘olon  karmatlar  g‘oyasi   bayrog‘i  ostida  bo‘lib  o‘tdi.   Bu
qo‘zg‘olon   918   yilda   bostirildi.   Marvoziy   asir   olindi.   Ko‘p   o‘tmay   Marvoziy
raxbarligidagi qo‘zg‘olon bostirilgach Axmad ibn Nux xokimiyatga qarshi qo‘zg‘olon
ko‘tardi.   922   yilda   esa   Ilyos   ibn   Isxoq   qo‘zg‘olon   ko‘tardi.   Tinmay   davom   etgan
qo‘zg‘olon va isyonlar Somoniylar davlatining qudratiga katta ta'sir ko‘rsatdi va u asta-
sekin tanazzulga yuz tutdi.
Nasr   xukmronligi   davrida   Somoniylar   davlati   xududlarida   karmatlar   xarakati
ancha   keskin   tus   oldi.   Karmatlar   islomni   yoyilishga,   feodal   munosabatlarning
kuchayishiga   karshi   chiki^dilar   va   oldingi   an'analarni,   kishlok   jamoalarini   kayta
tiklashni   yoklab   chikdilar.   Shuning   uchun   bu   xarakatga   keng   xalk   ommasi   kushildi.
Karmatlar   goyasini   amaldorlarning   bir   kismi   va   xatto   Nasrning   uzi   xam   kabul   kildi.
Nasrning   bu   kadami   reakxion   musulmon   ruxoniylarning   va   turk   gulomlarini
noroziligini   kuzgatdi.   Natijada   Nasr   taxtdan   voz   kechishga   majbur   buldi.   Taxtga
Nasrning   ugli   Nux   utirdi   (943—954yillar).   Nux   karmatlarga   karshi   shavkatsiz   kurash
olib   bordi.   Ularning   mol-mulklari   musodara   kilindi.   Nux   xatto   uz   otasi   Nasrni
zanjirband kilib, kal'aga kamab kuyishga buyruk berdi 38
.
Nux   xukmronligi   davrida   Somoniylar   davlatini   inkirozi   kuzga   yakkol   tashlana
boshladi.   Bushab   qolgan   xazinani   to‘ldirish   maksadida   Nux   soliklyar   mikdorini
kupaytirdi.   Bu   xalk   noroziligini   yanada   oshirdi.   Xalk   noroziligidan   foydalangan
Nuxning   amakisi   Ibroxim   ibn   Axmad   Xuroson   noibi   Abu   Ali   Chagoniy   yordamida
vaktincha Buxoro taxtini egallab olishga muvaffak buldi. Abu Ali Chagoniy Xurosonga
kaytgach Nux yana Buxoro taxtiga kaytdi va
37
Муртазаева Р.Х,. ва б. Узбекистан тарихи (Маърузалар матни). -Т.: 2000.-1786.
38
Негматов Н. Государство Саманидов, -Душанбе,: “Дониш”, 1997.-125-6. isyonkor karindoshlarini kattik jazoladi. Lekin Somoniylaming Abu Ali Chagoniy bilan
kurashi Abdumalik xukmronligi davrida (954—961 yillar) xam davom etdi. Abdumalik
zamonida turk lashkarboshilarini davlat ishlariga aralashishi ancha kuchaydi. Xususan
turk   lashkarboshisi   Alp   Tegin   «buyuk   Xojib»   lavozimiga   kutarilgan.   Abdumalik
vafotidan keyin Somoniylar taxti uchun kurash yanada keskin tus oldi. Alp Teginning
kat'iy   xarakati   bilan   taxtga   utirgan   Abdumalikning   ugli   bor   yugi   6   kun   xukmdorlik
kilgan. Taxtga Mansur ibn Nux (961—976- yillar) utirgan 39
.
Soliqlarning   yil   sayin   kupayib   borishi,   feodallarning   uzaro   janjallari,
noiblarning   markazga   buysunmay   kuyishi   va   saroydagi   bulayotgan   taxt   uchun
kurashlar   somoniylar  davlatini  juda  zaiflashtirib  yubordi.   Bu  kurashlar  anyiksa,  Amir
Mansur  ibn   NuxI(976—997   yillar)   xukmronligi   davrida  keskin   tus  oldi.  Ichki   nizolar
okibatida   Nux   II   yettisuv   va   Kashkarda   vujudga   kelgan   koraxoniylar   davlatining
Movarounnaxrxrga   kilgan   yurishlariga   keskin   karshilik   kilolmadi.   Somoniylar
davlatidagi   siyosiy   bekarorlikdan   foydalangan   koraxoniy   Xorun   Bug‘roxon   990   yili
Gapb   tomon   qo‘shin   tortdi   va   ikki   yil   davomida   somoniylarga   karashli   bir   kancha
viloyatlarni uz davlati tarki^ iga qo‘shib oldi 40
.
Talas,   Ilok   va   Shoshda   aytarli   xech   kanday   karshiliksiz   uz   xukmronligini
urnatgan Xorun Bugroxon 992 yili Somoniylar poytaxti Buxoro tomon kkushin tortdi.
Bu jangda Nux II kkushinlari tor-mor etildi. Somoniylar amiri Nux II Buxoroni tashlab,
Amudaryodan   kechib   utdi   va   Amul   shaxrida   yana   Koraxoniylarga   karshi   kkushin
tuplay   boshladi.   Koraxoniy   Bugroxon   Buxoroni   xech   karshiliksiz   egalladi.   Lekin   bu
yerda   u  mevalarni  kup   iste'mol  kilish   okibatida   kasal  buldi   va  orkaga  kaytishga   jazm
kildi.   Xorun   Bugroxonni   opkagakaytishiga   yana   bir   sabab,   axolini   unga   karshi
bulganligidadir. Shuning uchun u Movarounnaxrxrni bu vaktda o‘z qo‘li ostida ushlab
qolishga ko‘zi yetmagan.
39
Негматов Н. Государство Саманидов, -Душанбе,: “Дониш”, 1997,- 131б.
40
Узбекистан тарихи. 1 кисм. /А.Сагдуллаев, Б.Эшов таурири остида. -Т.: Университет, 1999. 2 нашри.- 136 . Xornn Bugroxon Nuxning ugli Abdulazizni uz koshiga  chakirib, taxtni unga topshirgan. Vaxolanki, agar u
Movarounnaxrxrni uz   k u l i   ostida saklab kolishga uzi istaganda, Buxoroga uz noibini tayinlar edi. Ibn al- Asirning
yozishicha, Xorun Bugroxon Buxoroni tashlab chikib ketganidan  sung  uning kkushini yul yulakay axoliga xujum kilib
katta   ziyon   yetkazgan.   Orkaga   kaytgan   Koraxoniylar   xkushiniga   o‘g‘uz—turkman   kabilalari   xam   xujum   kilib,
ularning   kup   mol-mulklarini   tortib   olganlar   va   uldirganlar.   Xorun   Bugroxon   Buxoroni   tashlab   chikib   ketganidan
xabar topgan  amir  Nux II 992 yilni 12 avgustida poytaxtga kaytgan  va  chekinayotgan Koraxoniylar kkushiniga zarba
berish   yullarini   izlagaya.   Samarkand   axolisi   xam   Koraxoniylar   kkushiniga   xujum   kilib   turganlar.   Sog’   ligi
yomonlashgan Xorun Bugroxon Samarkanddan vataniga yul oldi  va  Kuchkorboshi degan joyda vafot etdi (992 y.) 41
.
997   yili   Nux   II   vafot   etdi.   Taxtga   utirgan   Mansur   ibn   Nux   uz   amaldorlari   bilan   kelishishga   xarakat   kildi.
Ammo   bu   xarakat   yaxshi   natija   bermadi.   Somoniylar   saroyidagi   eng   nufuzli   amaldorlardan   xisoblangan   Abu   Ali
Muxammad   Isfijobiy   amirga   karshi   isyon   kutardi.   Isfijobiyni   iltimosiga   binoan   koraxoniy   xukmdori   Elik   Nasr
somoniylarga  karshi  kkushin  tortdi.  Lekin  Elik  Nasr  Isfijobiyni  uzini  amir  kilib  Uzgandga  junatdi.  Bu  paytga  kelib
somoniylar   saroyida   uzaro   kelishmovchiliklar   yanada   kuchaydi.   999   yshsh   Mansur   taxtdan   tushirildi,   va   kuzi   kur
kilindi. Taxtga Mansurning ukasi Abdumalik ibn Nuxni utkazishdi.
Maxmud Gaznaviy 999 yilning   may oyida Mansur   uchun uch olish shiori ostida Movarounnaxrxrga karshi
kkushin   tortdi.   U   Somoniylar   kkushinini   tor-   mor   kilib   katta   uljalar   bilan   Gaznaga   kaytdi.   Yuzaga   kelgan   bu
vaziyatdan Elik Nasr xam foydalanishga xarakat kildi. Negaki, bu jang okibatida Xuroson Maxmud Gaznaviy kuliga
utgan   edi.   Shu   yilning   dekabr   oyida   Elik   Nasr   somoniylar   sulolasini   tugatish   maksadida   Buxoroga   kkushin   tortdi.
Somoniylar Buxoro axolisi yordamida Koraxoniylarni shaxarga kirgizmaslikka xarakag
41
  Шониёзов   К .  Узбек   халкининг   шаклланиш   жараёни .- Т . Шарк , 2001, -236 б . kildilar.   Lekin   axolining   kup   kismi   Somoniylami   kullab-kuvvatlamadi   va   Elik   Nasr   Buxoroni   .999   yilning   23
oktyabrida aytarli karshiliksiz bosib oldi. Elik Nasr Buxoroga Jafar Teginni tayinlab uzi Urganchga kaytdi.
Koraxoniylar Buxoroni bosib olgach, somoniylar sulolasiga mansub xamma odamlarni Uzgandga junatgan
edilar.   Bular orasida amir Abdumalik va Nux II ning yana bir ugli   Abu   Ibroxim Ismoil xam bor   edi.   U Uzganddan
kochishga   muvaffak   bulib,   ma'lum   vakt   Buxoroda   Koraxoniylardan   bekinib   yurdi.   Sungra   Xorazmga   borib,
somoniylarning   kolgan   kkushinlarini   tuplashga   kirishdi.   Abu   Ibroxim   Arslon   Bamu   raxbarligida   Movarounnaxrga
kkushin  yubordi.   Bu qo‘shin  Buxoroga  xujum qilib  Koraxoniy amaldorlaridan  17  kishini,  Buxoro noibi  Jafar Tegin
bilan  birga asir oldi. Arslon Bamu koraxoniylar qo‘shinini Samarkandgacha ta'kib kildi. Samarkand noibi Tegin xon
o‘z qo‘shini   bilan   qochayotgan koraxoniylar qo‘shiniga yordamga chikdi. Lekin Tegin xon kkushini xam Somoniylar
tomonidan   tor-mor   kilindi.   Bu   galabadan   sung   Abu   Ibroxim   Ismoil   Buxoroga   kaytdi   va   Muntasir   (Zafao   kiluvchi)
lakabi  bilan  tangalar zarb kila boshladi. Muntasir Somoniylarning avvalgi shon-shuxratini tiklashga kirishdi. Bundan
xabar   topgan   Elik   Nasr   katta   krkushin   bilan   Movarounnaxrxrga   yul   oldi.   Muntasir   dali   xarbiy   kuchi   koraxoniylar
bilan tuknashuvga yetishmasligini sezib, uz kkushini bilan Movarounnaxrni tashlab Xurosonga yul oldi 42
.
1001   yilning   mart   oyida   uning   kushini   Xurosonning   zng   yirik   shaxarlaridan   biri   Nishopurni   bosib   oldi.
Ammo  kup  utmay  u  bu  shaxarni  tashlab   chikib  ketishga  majbur  buldi  va  Ray  shaxri  tomon  yul  oldi.  Muntasirning
kudratini oshib borayotganidan xavotir bulgan Maxmud Gaznaviy Koraxoniylar  bilan  bitim tuzishga xarakat kildi. U
Elik   Nasrga   elchilar   yuborib,   birgalikda   Muntasirga   karshi   kurashishga   da'vat   etdi.   Koraxoniylar   va   Gaznaviylar
urtasida tuzilgan uzaro bitimga kura ikki davlat chegarasi kilib Amudaryo kabul kilindi   va   Maxmud Gaznaviy Elik
Nasrning kiziga uylandi.
42
Cargy^aeB  Ba 6om^a^ap. Y36eKHcroH Tapnxn. - T,: 1997, -1406. 1001   yilning   sentyabr   oyida   Saraxs   yakinidagi   jangda   Muntasir   kushini   Gaznaviylar   tomonidan   tor-mor
kilindi.   U   bu   jangda   uzining   kup   lashkarboshilaridan   va   askarlaridan   ajraldi.   1003   yilning   yozida   bir   kancha
maglubiyatlardan   sung   Muntasir   yana   Movarounnaxrga   kaytdi   va   kuchmanchi   Saljukiylar   yordamida
Kopaxoniylarga   zarba   bermokchi   buldi.   Elik   Nasr   bundan   xabar   topib,   uz   kushini   bilan   Samarkandga   yakinlashdi.
Al-Utbining   yozishicha,   Muntasir   va   Saljukiylar   kechkurun   Koraxoniylarga   tusatdan   xujum   kilganlar   va   dushman
kushinini   bir   kismini   kirib   tashlaganlar,   kup   asirlarni   kulga   kiritganlar.   Katta   xarbiy   uljalarni   kulga   kiritgan
Saljukiylar,   keyinchalik   uzlarining   bu   ishlaridan   afsuslanib   Koraxoniylar   bilan   alokalarini   yaxshilashga   xarakat
kilganlar.   Muntasir   Saljukiylarning   bu   ishlaridan   gumonsirab   uziga   sodik   jangchilar   bilan   Amudaryodan   utib
Xurosonga   ketgan   va   Sulton   Maxmud   bilan   uz   alokalarini   yaxshilashga   xarakat   kildi   va   Sulton   Maxmuddan
Koraxoniylarga karshi yordam suradi 43
.
1004 yilda Xorazmshoxdan maglub bulgan Muntasir yana Movarounnaxrga kaytdi. Dabusiya (Kattakurgon)
yakinida   uning   kushinlari   tusatdan   Koraxoniylarga   xujum   kilib,   ularni   tor-mor   kildi   Bu   galaba   Movarounnaxr
axolisining   Koraoniylarga   karshi   xarakati   boshlanishiga   turtki   buldi.   Samarkand   gaznaviylarining   boshligi   Ibn
Alamdor   uzining   uch   ming   kushiii   bilan   Muntasirga   kelib   kushildi.   Samarkand   shayxlari   300   ta   kurollangan
gulomlarni   Muntasir   junatdilar.   Saljukiylar   Muntasirga   yordamga   keldilar.   Muntasirning   xarbiy   kudratini   oshib
borayotganligini kurgan Elik Nasr tezda kushin tuplab unga zarba bermokchi buldi.   Lekin   Ustrushonadagi Burgaza
(Burnamada) kishlogi yadinida uning kushinlari Maglub buldi, va orkaga chekindi. Elik Nasr yana kup sonli kushin
tuplab   Jizzax   va   Xovos   yadinida   Somoniylar   kushini   bilan   tuknashdi.   Xal   kiluvchi   jangda
Muntasirninglashkarboshilaridan   biri  Xasan   ibn   Tarik  5000   kushini  bilan  Koraxoniylar  tomoniga  utib   ketdi.   Xasan
ibn Tarikning bu xiyonati va
43
 CargyggaeB Ba 6omrçagap. Ÿ36eKHcroH Tapnxn. - T,: 1997, -1426. saljukiylarning   jang   maydonini   tashlab   ketishi   okibatida   Somoniylar   kushini   jangda
maglub buldi. 44
Amir   Muntasir   yana   Xurosonga   kochishga   majbur   buldi.   Xuroson   xokimlari
bilan   bulib   utgan   bir   necha   tuknashuvlardan   sung   Muntasir   yana   Movarounnaxrga,
turtinchi   marta   Koraxoniylarga   karshi   kurashish   madsadida   kadam   kuyadi.
Koraxoniylar   kushini   bilan   bulib   utgan   bir   necha   muvaffakiyatsiz   to‘qnashuvlardan
keyin   holdan   toygan   Muntasiming   lashkarlari   qoraxoniylar   tomoniga   o‘tib   ketdilar.
Muntasir esa bir necha yaqin kishilari bilan qochishga muvaffaq bo‘ldi va ko‘chmanchi
arablar qarorgoxiga keldi. Bu yerda uni Sulton Mahmudning noibi Mahruyning buyruri
bilan   o‘ldirishadi.   Al-Utbining   yozishicha,   bu   voqyea   1005   yilning   boshlarida   ro‘y
beradi   va   u   Maymurg‘   qishlog‘iga   ko‘miladi.   Shunday   kilib   somoniylarning   eng
so‘nggi   vakili   bo‘lgan   Muntasir   somoniylarning   avvalgi   shon-shuxratini   tiklay
olmasdan o‘lib ketdi. Somoniylar xukmronligi shu tariqa Movarounnaxr va Xurosonda
tugatilib, ularga qarashli o‘lkalarni Qoraxoniylar va G‘aznaviylar bo‘lib olishdi.
44
  Ртвеладзе   Э . В .,  Саидов   А . Х .,  Абдуллаев   Э . В .  Кддимги   Узбекистан   цивилизацияси :  давлатчилик   ва
уукук ;  тарихидан   лавуалар .  Т .: “ Адолат ”, 2001. 146 б . II.BOB. Somoniylar davlatining boshqaruv tizimi va madaniy hayoti
II. 1. Somoniylar davlatining markazlashtirish siyosati va
boshqaruv tizimi
Somoiiylar   o‘z   davlatida   juda   yaxshi   yulga   quyilgan   hukmronlik   tizimini   urnatdilar.   Davlat   boshida   juda
katta   vakolatlarga   ega   bo‘lgan   amir   turar   edi.   Somoniylar   davlatining   ma'muriy   tuilishi   quyidagicha   bulgan:
dastavval   boshqaruv  organi  dargox  (oliy  xukmdor  saroyi)  va  devon  (davlat  idorasi)ga  bo‘lingan.  Mamlakatning
ichki   siyosatida   amirning   shaxsiy   gvardiyasi   katta   rol   o‘ynagan.   Bu   gvardiya   turk   g‘ulomlaridan   saralanib   olinar,
uning   boshliqlari   katta-katta   davlat   mansablarini   egallar   edilar.   Turk   g‘ulomlari   bunday   sharafga   o‘z   oq   yillar
sadoqat bilan xizmat qilishlari  evaziga  muyassar bo‘  lar  edilar 45
.
Turk   g‘ulomining   xizmat   pog‘onasidan   ko‘tarilish   jarayoii   muarrix   va   davlat   arbobi   Nizomulmulk   (1018—
1092) ning mashhur
«Siyosatnoma»   asarida   bayon   etilgan.   «Somoniylar   davridayoq,   —   deb   yozadi   u,—   shunday   qoida   mavjud   edi.
G‘ulomlar   mansab   darajasi   pog‘onama-pog‘ona,   qilgan   xizmatiga   yarasha   ko‘tarilib   borgan.   Chunonchi,   g‘ulomni
sotib olgach, u bir yil piyoda askar bo‘lib xizmat qilar va zandoniy matosidan tikilgan qabo ( kamzulga o‘xshash ustki
kiyim) kiyib  saroy ahli  qatorida  yurar edi.   Bular   bir yilgacha  xoh oshkora, xoh  yashirincha  otga   mina olmas   edilar.
Sezib-bilib qolsalar  u  jazoga  tortilardi.  Bir yildan  so‘ng  visoqboshi (  3 rulomga  bosh bulgan  kichik  komandir)  hojib
(gvardiyachi   rulomlarning   oliy   mansabi)   bilan   uning   xususida   gaplashar,   hojib   unga   yugani   bilan   turk   otini,
shuningdek   oddiy   kamar   b   erishii   buyurar   edi.   G‘ulom   yana   bir   yil   ot   ustida   xizmat   qilgach,   unga   qorajur   (uzun
shamshir)   berar   edilar.   Xizmatining   beshinchi   yilida   unga   eng   yaxshi   egar,   yuldo‘z-yuldo‘z   qilib   bezatilgan   yugan,
doroy matosidan tikilgan qabo, cho‘qmor berar
45
  Ахмедов Б. Сомонийлар давлатининг тузилиши. -Т.: //Х,аёт ва конун.  1994. №3-92 б . edilar:   chuqmorni   g‘ulom   kamarining   halqasiga   ilib   olar   edi.   Xizmat-   ning   oltinchi
yilida  u  anvoyi  kiyim-boshlar   olar,  yettinchi  yili  16  kishi  siradigan  chodir  hamda  o‘z
otryadiga   3   g‘ulomni   olar   edi   va   uni   visoqboshi   deb   atardilar.   U   kumush   bilan
bezatilgan   qora   kigizdan   tikilgan   qalpoq,   ganja   qabosini   kiyar   edi.   Uning   mansabi,
obro‘si, birkitilgan g‘ulomlari soni yil sayin oshib borar  va  u nixoyat dastlab xaylboshi
(gvardiyachi   rulomlarning   hojibdan   keyingi,   ikkinchi   mansabi),   sungra   hojib
mansabiga sazovor bo‘lar edi. U qanchalik obro‘-e'tibor qozonmasin, qanchalik xizmat
qilmasin, baribir 37 yil muddatdan keyingina uni viloyatlarga amir qilib tayinlar hamda
unga yer-suv in'om etar edilar» 46
.
Saroydagi   eng   ulur   mansabdor   hojibi   bo‘z   urg   (ulur   hojib)   bo‘lib,   unga   saroy
ahliga   ko‘z-quloq   bo‘lib   turish   vazifasi   yuklatilgan   edi.   Alohida   xizmat   kursatgan
hojibi bo‘z urglar ayrim tumanlarga hokim qilib tayinlanar edilar.
Hojibi   bo‘zurgdan   keyin   sohib   haras   (saroy   soqchilari   boshlig‘i)   turgan.   Bu
mansab   ummaviylar   va   abbosiylar   davrida   ham   mavjud   edi.   U   oliy   hukmdorning
farmonlarini   ijro   etuvchi   shaxs   bo‘lgan.   Bu   haqda   Nizomulmulk   bunday   deb   yozadi:
«Amiri   haras   mansabi   hamma   vaqt   muhim   mansablardan   biri   bo‘lgan.   Albatta,   ulur
hojib   mansabi   bundan   mustasno.   Amiri   haras   oliy   hukmdorning   farmonlarini   ijro
etuvchi   bo‘lganligi   sababli,   odamlar   undan   hukmrondan   ko‘ra   ham   kuproq   qo‘rqar
edilar». So‘ngra Nizomulmulk xalifa al-Ma'mun tili   bilan   bunday deydi: «Mening ikki
amir harasim bor. Ularning har ikkisi erta tongdan to qopong‘y tushganga qadar odam
boshini   tanasidan   judo   qilish   bilan   band,   [jinoyatchilarning]   oyoq-qo‘llarini   chopib
tashlaydilar, cho‘qmor  bilan  urib zindonga tashlaydilar» 47
.
Dargohning   xo‘jalik   ishlari   bilan   vakil   shug‘ullangan.   «Hamma   vaqt   bu   ish
tepasida,— deb ta'kidlaydi Nizomulmulk,— mashhur  va  ishonchli odam turgan.
46
HrooMy^Mym.  CnëcaraoMa,  -876.
47
Ÿma  acap, -886. Shoh   oshxonasidan   tortib,   to   may   omborlari   va   podshoh   otxonasidan   doimo   ogoh
bo‘lib, hukmdorniig saroyi, bola-chaqasi, shuningdek saroyga ta'lluqli kishilardan ko‘z-
quloq,   bo‘lib   turuvchi   shaxs;   har   oyda,   balki   deyarli   har   kuni,   oliy   hukmdorning
kengashlarida ishtirok etgan, u  bilan  muloqotda bo‘lgan  va  zarur paytda saroyga zudlik
bilan   yetib   kelib,   oliy   maqomga   zz   fikrlarini   izhor   etgan   hamda   mamlakatda   ro‘y
berayotgan voqyealardan uni xabardor qilgan» 48
.
Keyingi   o‘rinda   xojayi   bo‘zurg   (ulug‘   xoja)   mansabidagi   shaxs   turgan.   Xojayi
bo‘z urg saroy byurokratik apparatining boshida turgan.
Bulardan   tashqari,   dargohda   )har   xil   xizmatkorlar,   masalan,   eshik   oga,
dasturxonchi kabi kichik mansabdorlar ham bulgan.
Byurokratik  apparat  Buxoro registoni atrofida joylashgan o‘nta devon tomonidan
boshqarib   turilgan.   Narshaxiyning   ta'kidlashicha,   ular   quyidagilar:   devoni   vazir   (ulur
vazir   dev   oni),   devoni   mustavfiy   (moliya   ishlari   devoni),   keyingi   vaqtlarda   devoni
rasoil   yoki   devoni   insho   deb   atalgan   devoni   amir   al-mulk   (davlat   tayanchi   devoni),
devoni   sohib   shurat   (amir   gvardiyasi   boshlig‘i   devoni),   devoni   sohib   barid   (aloha
xizmati devoni), devoni mushrif (amir nazoratchisi devoni), devoni ad- diyya (amirning
shaxsiy   mulklarini   idora   qiluvchi   devon),   devoni   muxtasib   (ko‘cha   va   jamoa
joylaridagi tartibotni tekshirib turuvchi devon), devoni vaqf, devoni qo‘z zot (qozil ar
devoni).   Shunga   muvofiq   mustavofiy,   xojayi   omid,   sohib   shurat,   mushrif,   muxtasib,
qozi al-qo‘z zot  va  boshqa mansablar bo‘lgan. 49
Joylarda   hokimiyat   sipoqsolar   (katta   mulklarda)   va   hokimlar   (mayda   ma'muriy
idoralarda) qo‘lida bo‘lgan.
Movarounnahr mustaqilligining barqarorligi, avvalambor, markazlashgan mustahkam
hokimiyatning qaror topishiga bog‘liq edi. Buni yaxshigina
48
HrooMyrnwym.  CuëcaraoMa,  -906.
49
Эmов B.^.  Ÿ36eKHcroHga  gaBmr Ba MayaOTHH 6om^apyB Tapuxu. - T.:  .Rmu  acp aB^ogu, 2012.-197-197 6. anglagan   somoniylar   o‘z   ta   sarrufidagi   ulkan   mamlakatni   boshqarishda   dastavval   ixcham   davlat   ma'muriyatini
tashkil   etadilar.   U   podsho   dargohi   va   devonlar   —   markaziy   hokimiyatdan   iborat   edi.   Dargohda   amir   harami   va
qarorgohi   hamda   saroy   a'yonlariyu   navkar   va   xizmatkorlarining   turarjoylari   bo‘lar   edi.   Narshaxiyning   ma'lumoti
bo‘yicha,   Somoniylar   davlati   asosan   devoni   vazir,   mustavfiy,   amidal-mulk,   sohibi   shurat,   sohibi   muayyid,   mushrif,
mumallikayi xos, muhtasib, avqof va qazo nomlari bilan yuritiladigan 10 ta devonlar boshqaruvida idora etilardi. Ular
orasida   vazir   devoni   bosh   boshqaruv   mahkamasi   hisoblanar   va   davlatning   ma'muriy,   siyosiy   va   xo‘jalik   tartiboti
uning   bevosita   nazorati   ostida   tutib   turilardi.   Barcha   devon   boshliqlari   vazirga   tobe   edi.   Mustavfiy   devoni   xazina
(moliya)  kirim-chiqimlar;  amidal-mulk  —  davlat  hujjatlari  va  elchilik  aloqalari;  sohibi  shurat  —  soqchiboshi,  ya'ni
harbiy,   xususan,   amirning   muntazam   turkiy   saroy   nav-karlari,   uning   ta'minoti;   sohibi   muayyid   —   maktubot   va
axborot, ya'ni pochta; mushrif — saroy ishboshqaruvchisi; mumallikayi xos — davlat mulklari; muhtasib — bozorlar-
dagi toshu tarozular, narx-navo hamda  fuqarolarning mafkurasi; qazo — adliya; avqof - masjid va madrasalarning
vaqf xo‘jaliklari bilan shug‘ullanar edi 50
.
Nasr ibn Ahmad (914-943) davrida Buxoroning Registon maydonida podsho qasri qarshisida devonlar uchun
saroy qurilib, davlat  mahkamasi  mana shu  maxsus binoda  joylashgan  edi.  Mahkama xizmatchilari  faqat saroy  ahli,
ruhoniy va zodagon dehqonlardan bo‘libgina qolmasdan, shu bilan birga ular muayyan bilimlarga ega bo‘lishi shart
edi. Odatda, ular arab, fors tillarini puxta egallab olgan, Qur'onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan,
turli   fanlardan   bir   muncha   xabardor   bo‘lgan   savodli   aslzodalardan   tanlab   olingan.   Shubhasiz,   bu   o‘rta   asrlarning
o‘ziga   xos   amaldorlik   madaniyati   edi.   Qadimiy   an'analarga   asoslangan   bu   madaniyat   somoniylar   davrida   ancha-
muncha boyitilgan edi.
50
 HapmaxHH. Eyxopo Tapnxn, -566. Markaziy   mahkama   viloyatlardagi   mahalliy   boshqarmalar   bilan   doimiy   aloqada   bo‘lgan.   Viloyatlarda,
maktubot   va   axborot   (pochta)   devonidan   tashqari,   barcha   devonlarning   vakillari   bo‘lgan.   Viloyat   devonlari,   bir
tomondan,  mahalliy   hokimga,   ikkinchi   tomondan  esa   markaziy  mahkamaning   tegishli  devonlariga   bo‘ysunar   edilar.
Viloyat   hokimlari   ba'zan   vazir   deb   yuritilardi.   Ular   sulolaviy   xonadonga   tegishli   amirzodalar   yoki   sobiq   mahalliy
hukmdorlar hamda zodagon dehqonlardan tayin etilardi. Bulardan tashqari, har bir shaharda rais — shahar boshlig‘i
hamda   muhtasib   —   nazoratchisi   bo‘lardi.   Ularni   hokimning   bevosita   o‘zi   mahalliy   aslzodalar   yoki   ko‘pincha   oliy
tabaqa   ruhoniylarning   nufuzli   vakillaridan   tayinlar   edi.   Mansabdorlarning   xizmat   haqi   uchun   davlatning   yillik
daromad-buromadi (byudjeti) ning deyarli yarmi sarf etilardi.
Shu bilan birga IX-X asrlarda yirik mansabdorlarning davlat oldidagi  xizmati uchun yer va suvdan iborat
katta-katta   mulklar   in'om   qilina   boshlaydi.   Bunday   mulklar   «ikto»,   unga   ega   bo‘lgan   mulkdorlar   «muqto»   yoki
«iqtodor»   deb   yuritilardi.   Iqto   tarzida   esa   ayrim   viloyat,   voha,   rustoq   (tuman)   yoki   shaharlar   hadya   etilgan.   Iqto
dastavval asosan oliy tabaqa zodagonlar; sulola a'zolari — amir-zodalar va yirik mansabdorlarga in'om etilgan. Iqto
mulklari avvalda bir umrga emas, balki ma'lum muddatga berilib, nasldan-naslga o‘tkazilmagan. Iqtodorlar hadyaga
berilgan   mulklarga   hali   to‘la   egalik   qila   olmaganlar.   Ular   iqto   yerlaridai   tushadigan   daromad   yoki   uning   ma'lum
qisminigina   yig‘ib   olish   huquqiga   ega   bo‘lganlar   xolos.   Butun   bir   viloyat   iqto   qilib   berilgan   noib-vazirga   ba'zan   o‘z
nomi   bilan   chaqa-pul   zarb   etish   huquqi   ham   berilar   edi.   Bu,   shubhasiz,   o‘z   navbatida   markaziy   hokimiyatni
kuchsizlantirib, mahalliy hokimlarning boshboshdoqlik harakatlarining kuchayishiga olib kelar edi 51
.
Movarounnahr   mustaqillikka   erishib,   Somoniylar   davlatining   qaror   topishi   va   uning   ravnaqida   islom   dini
ruhoniylarining hissasi katta bo‘ldi. Shu boisdan
51
 MyyaMMag^OHOB A.P. Ÿ36eKHcroH Tapnxn. -T.: Fa$yp Fy^OM HampnëTH, 2004, -1026. ulaming obro‘si oshib, poytaxt Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi. Shaharlarda
qo‘plab ibodatxonalar, shu jumladan,  jome'  maejidi, xonaqoh (g‘aribxona)  va  namozgoh (iydi ramazon  va  iydi qurbon
ibodatlari   o‘kiladigan   sajdagoh)lar   bino   qilindi.   Xuddi   shu   davrda   musulmon   Sharqidagi   ilk   madrasalardan   biri
Buxoro   shahrida   qad   qo‘gardi.   Buxoroning   qadimiy   madrasasi   shaharning   Darvozai   Mansur   mahallasida   xon
hammomining yonida joylashgan edi.
Mamlakat ma'naviy hayotining asosi hisoblangan islom mafkurasiga bu davrda   «ustod»   deb atalgan din   va
ilm peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik   bu nom   tark etilib, din peshvolari   va   islom ulamolarining rahnamosi
«shayxulislom»   nomi   bilan   yanada   ulug‘lanadi.   Ustoddan   keyin   «xatib»lar   turardi.   Somoniylar   islom   mafkurasining
rivojiga katta ahamiyat beradilar. Masjid, madrasa, xonaqohlar qurish uchun  maxsus  joylar  va  ularning sarf-xarajati
uchun katta-katta mulklar ajratilib beriladi. Natijada diniy muassasalar tasarrufidagi yerlar kengayib, yangi turdagi
diniy-vaqf   xo‘jaligi   tarkib   topadi.   Masalan,   Narshaxiyning   yozishicha,   Afshona   qishlog‘   ining   ekin   yerlari   atrofidagi
yaylovli  biyobonlar  Ismoil  Somoniy  tomonidan  Buxoro  madrasasining   talabalariga  vaqf  qilib  beriladi 52
. Shuningdek,
amir Registon maydoniga tutashgan   va   Dashtak deb shuhrat topgan keng qamishzor yerlarni Hasan ibn Muhammad
Tolut   ismli   mulqdor   arab   lashkarboshidan   10   ming   dirhamga   sotib   olib,   Buxoro   shahrining   jome'   masjidi   vaqfiga
qo‘shib   beradi.   Bunday   misollarni   ko‘plab   keltirish   mumkin.   Lekin   nima   sababdan   va   qanday   yo‘l   bilan   masjid   va
madrasalar   tasarrufida   katta-katta   yer   va   mulklar   to‘planishi   hamda   vaqf   xo‘jaligining   tarkib   topishi   to‘g‘risida
umumiy tushunchaga ega bo‘dish uchun keltirilgan misollarning o‘zi ham kifoya qiladi.
Somoniylar   tashqi   va   ichki   dushman   xurujlaridan   mamlakatni   muhofaza   qilish   masalasiga   katta   z'tibor
beradilar.   Xususan,   Ismoil   Somoniy   yaxshi   qurollangan   harbiy   qo‘shinlar   va   maxsus   muntazam   saroy   yeoqchi
navkarlar
52
 HapmaxHH. Eyxopo Tapnxn, -476. sho‘ratini  tuzadi.  Muntazam  soqchilar  oliy  dargoh   va  shaxsan  amimi  hamda  uning  haramini  qo‘riqlash  uchun   turk
g‘ulomlaridan   tuzilgan   edi.   Turkiston   va   Movarounnahr   harbiy   xizmatchi,   mohir   chavandoz   turk   o‘smirlarini
qadimdan doimiy ravishda voyaga yetkazib kelgan
bo‘lsa ham, ammo faqat
somoniylargina turk yigitlarini birinchilar qatorida saroyning shaxsiy sho‘rati safiga tortgan edilar. Saroy sho‘ratiga
qabul   qilingan   o‘spirin   turk   g‘ulomining   harbiy   xizmati   ma'lum   muddatda   va   qat'iy   belgilangan   tartibda   o‘tar   edi.
Xizmatning   birinchi   yili   bo‘zdan   kiyim   kiygan   piyoda,   ikkinchi   yili   yuganlangan   otliq   askar   xizmatini   bajarar   edi.
Uchinchi   yili   beliga   qora   cho‘rin   kamar   bog‘lanib,   beshinchi   yilga   borganda   u   yaxshi   kiyim-kechak   va   yulduzli
yuganni   olishga  muyassar   bo‘ladi.   Agarda  xizmat   davrida  g‘ulom   nojo‘ya  harakatlar   qilmagan   bo‘lsa,   yettinchi  yili
unga «visoqboshi», ya'ni «chodir boshlig‘i» degan unvon berilar edi va o‘zi bilan qo‘shib hisoblaganda 4 nafar askarga
u boshliq bo‘lardi. „runday unvonga erishgan g‘ulom kumush ip bilan
tikilgan'qora   rangli   bosma   namat   qalpoq   va   qimmatbaho   ganjaviy   etik   kiyib   yurardi.   G‘ulomlar   orasida   eng
qobiliyatli va uzoq yillar xizmat qilgan ayrim navkarlar «haylboshi», ya'ni otliq qo‘shin boshlig‘i, so‘ngra esa «hojib»
degan lavozimga ko‘tarilar edi. Hojiblarning boshlig‘i «hojib ul xujob» yoki «hojib ul buzruk» deb yuritilgan. Bunday
unvon   Somoniylar   davlati   saroyidagi   oliy   unvon   hisoblanar   edi.   Hojiblar,   ayniqsa,   hojib   ul   xujob   saroyda   katta
nufuzga ega edi. U saroyda turar va dargohning ishlarini boshqarar edi. Shu bilan birga u butun turk hojiblarining
boshlig‘i   hisoblanar   edi.   Somoniylar   muntazam   soqchi   qo‘shinidan   tashqari,   ozod   mehnat   ahlidan   tuzilgan   harbiy
qo‘shinlarga ham ega edilar. Harbiy qo‘shinlar va ularning ta'minoti bilan «ariz» boshliq «devoni ariz» deb atalgan
maxsus   mahkama   shug‘ullanar   edi.   Ariz   qo‘shinlarga   maosh   berar,   uning   intizomi,   yarog‘-aslahasi,   oziq-ovqati   va
otlarining yem-xashagi bilan shug‘ullanar edi. Qo‘shinlarga xizmat haqi har 3 oyda, ya'ni yiliga 4 marta to‘lanar edi 53
.
53
 MyyaMMag^OHOB A.P. Ÿ36eKHcroH Tapnxn. T.: Fa$yp Fy^OM HampnëTH, 2004, -1056. Shunday qilib, IX—X asrlarda Movarounnahr  va  Xurosonda Somoniylar davlati tashkil topdi. O‘rta asrlar
zamonining   bu   yirik   davlatini   boshqarishda   hukmdor   xonadon   Sharqning   qadimiy   davlat   boshqaruvi   an'analariga
suyanib, muntazam soqchi armiya  va  kuchli harbiy qo‘shinlarga ega bo‘lgan markazlashgan boshqaruv mahkamasini
tashkil qildi. O‘rta asrning bu yirik davlati o‘zining boshqaruv tizimi jihatidan, shubhasiz, O‘rta Osiyoda o‘rta asrlar
davlatchiligining shakllanishi  va  taraqqiyoti tarixini o‘rganishda alohida ahamiyat kasb etadi. II. 2. Somoniylar davlatining xo‘jalik hayoti va ishlab chiqarish
munosabatlari
IX—X   asrlarda   Movarounnahr,   Xuroson   va   Xorazmning   shahar   va
qishloqlarida hunarmandchilikning ko‘pgina sohalari ancha-muncha rivojlangan bo‘lsa
ham,   ammo   bu   hududlar   qishloq   xo‘jaligi   mamlakati   edi.   Aholisining   asosiy   qismi
sug‘orma   dehqonchilik   va   chorvachilik   bilan   shug‘ullanar   edi.   yerlar   asrlar   osha
takomillashib   kelgan   sershoxa   sug‘orish   tarmoqta   ri   va   turli-   tuman   suv   inshoot
(to‘g‘on, band, nova, koriz, chiqir, charxparrak, suvayirg‘ich)lari vositasida sug‘orilib
obod   etilgan.   Serunum   vohalarda   sug‘orma   dehqonchilik   madaniyati   —   g‘allakorlik,
sholikorlik,   paxtachilik,   sabzavotchilik,   polizchilik   va   bog‘dorchilik   yuqori   darajada
rivoj topgan.
Zarafshon,   Qashqadaryo   va   Farg‘ona   vodiysi,   Shosh,   Eloq   hamda   Xorazm
vohalarida aholi ziro-atlarning deyarli barcha navlari: arpa, bug‘doy, tariq, mosh, adas
(yasmiq),   kunjug,   no‘xat,   zig‘ir,   jut   va   shu   kabilarni   yetishtirar   edi.   Samarqand
vohasida   asosiy   ekin   g‘alladan   tashqari   zig‘ir,   kanop   va   kanakunjut,   Xorazmda   esa
kunjut ko‘p ekilardi. Zig‘ir, kunjut va kanakunjutdan moy olinardi. Movarounnahrning
tog‘   oldi   hududlari   aholisi   aso-siy   mashg‘uloti   bo‘lmish   chorvachilikdan   tashqari
lalmikor-lik   bilan   ham   shug‘ullanar   edi.   Lalmi   yerlarda   asosan   g‘alla   yetishtirilardi.
Murg‘ob,   Buxoro,   Samarqand   va   Shosh   vohalarida   paxtachilik   kattagina   o‘rinni
egallagan   edi.   Paxtaning   ingichka   tolali   g‘o‘za   navlari   ekilardi.   G‘o‘zadan   tashqari
za'faron va ro‘yan kabi nodir texnik o‘simliklar ekilib, ulardan turli xil dori-darmonlar
va bo‘yoqlar tayyorlanardi 54
Movarounnaxr   va   Xorazmda   bog‘dorchilik   madaniyati   ayniqsa   keng
ravnaqtopgan. Bog‘ va chorbog‘larda uzum, anor, anjir, olma, nok, behi, o‘rik, shaftoli,
olxo‘ri,   olcha,   tut,   jiyda   va   ko‘pgina   boshqa   mevalar   yetishtirilar   edi,   xususan,
uzumning   o‘nlab   navlaridan   nihoyatda   ko‘p   hosil   olinardi.   Uzumdan   magiz,   shinni,
sirka, musallas tayyor-lanar edi. Movarounnahr va Xorazmda
54
 MyyaMMag^OHOB A.P. Y36eKHcroH Tapnxn, T.: Fa$yp Fy^OM Hampuera, 2004, -1076. sabzavot va poliz ekinlari serob bo‘lib, qovunlari nihoyatda shirali bo‘lardi. Buxoro va Xorazmning qirqma qovunlari
va   qovun   qoqilar   Sharqning   uzoq-   uzoq   shaharlariga   olib   borilar   edi.   X   asr   muarrixi   Narshaxiy   Registon   atrofida
barpo etilgan muhtasham mehmonxonali va sarhovuzli chorbog‘lardagi so‘lim daraxtzorlar va shirin-shakar mevazor
bog‘larni ta'riflab, ularda «nashvati, bodom, yong‘oq, gilos, jilon jiyda va anbar bo‘yli... har bir meva g‘oyatda yaxshi
va go‘zal tarzda o‘tqazilgan edi» 55
, deb yozadi.
Dehqonchilik   solig‘i   xirojdan   xazinaga   tushadigan   da-romad   davlat   kirim-   chiqimining   kattagina   qismini
qoplar   edi.   Shuning   uchun   ham   somoniylar   mamlakatda   dehqonchilik   xo‘jaligini   rivojlantirishga   katta   e'tibor
beradilar.   Avvalambor   ular   ayrim   viloyat   va   vohalarda   suv   taqsimotini   tartibga   solib,   ularning   suv   ta'minotini
yaxshilash va iloji boricha ekin maydonlarini kengaytirishga harakat qiladilar.
IX—X   asrlarda   Movarounnahrning   viloyat   va   vohalarida   daryo   va   uning   tarmoqlaridan   ko‘plab   yangi-
yangi sug‘orish kanallari qazib chiqarilib, ularning daxanalariga suv bog‘lab oluvchi to‘g‘onlar, miftohlar (shlyuz) va
suv  tashlagich  novalar  o‘rnatiladi.  Oqar  suvga  tanqis  tog‘oldi  hududlari  va  daralar  ichida  bandlar  bino   qilinib,  suv
omborlari   barpo   etiladi.   yer   osti   suvlaridan   dehqonchilikda   foydalanish   uchun   o‘ta   murakkab   va   nihoyatda
mashaqqatli   gidrotexnik  inshoot   —  korizlar   qazilib  ishga   tushiriladi.   Suv   manbalari  sathidan   balandroq   joylashgan
yer maydonlariga suv chiqa-rish uchun charxparrak, chiqir va dulobalardan keng foydalaniladi.
X asr arab geograflarning ta'riflashicha, Samarqand rustoqlaridan 8 tasi Zarafshon daryosidan chiqa-rilgan
bir   qancha   katta-kichik   shoxariqlardan   sug‘orilgan.   Darg‘om   anhoridan   sug‘orilgan   Varqsar,   Maymurg‘,   Sanjar-
fag‘on   va   Darg‘om   rustoqlari   dehqonchilik   maydonlarining   uzunligi   10   farsax   (60-70),   kengligi   4   farsax   (24-28)   km
bo‘lgan.   Uzunligi   2   kunlik   masofaga   teng   bo‘lgan   Fay   kanali   orqali   sug‘orilgan   voha   Sug‘dning   eng   obod   qismi
hisoblangan.
55
HapmaxHH. Eyxopo Tapnxn, 49-6. Ibn   Xavqalning   yozishicha,   Sug‘d   daryosi   Buxoro   chegarasiga   qadar   faqat   obod   qishloqlar,   bog‘   va
bo‘stonlar hamda sug‘orish tarmoqlari bo‘ylab oqqan. Buxoro vohasi Samarqandga nisbatan keng va obod bo‘lgan. U
17 ta sug‘orish shaxoblari orqali sug‘orilgan. Istaxriy Zarafshon vodiysini tasvirlar ekan, uning unumdorligiga qoyil
qoladi. Buxoro vohasini u moviy osmon gumbazi ostida to‘shalgan va qasrlar bilan naqshlangan yam-yashil gilamga
o‘xshatadi. Sirdaryo havzasida, ayniqsa, Eloq (Ohangaron) va Parak (Chirchiq) vodiylari nihoyatda obod bo‘lib, juda
ko‘p shahar va qishloqlar joylashgan edi 56
.
Vohalarni  suv   bilan   ta'minlab  turgan   sershoxa  sug‘orish   tarmoqlarini  muttasil   loyqadan   tozalash,   behisob
turli   xil   suv   inshootlarini   ta'mirlash   uchun   har   yili   bahorda   minglab   hasharchilar   qazuvga   chiqqan.   Kanallarga
bog‘lab   olingan   suvni   shoxariqlarga   taqsimlab,   suv   ayirg‘ich   darg‘otlarni   nazorat   qilish,   dehqon   paykallariga
obirahmatni yetkazib berish uchun mirob, jo‘ybon va poykor kabi qator xalq irrigatorlari yoz bo‘yi oyoqda turgan.
Bu   davrda   birgina   Murg‘ob   vodiysida   10   mingga   yaqin   turli   mansabdagi   miroblar   suv   inshootlarining
nazoratiyu   suv   taqsimoti   bilan   band   bo‘lgan.   IX   asrdan   boshlab   Buxoro   vohasining   suv   taqsimoti   bilan   shaxsan
shahar   qozisining   o‘zi   shug‘ullangan.   Narshaxiyning   yozishicha,   Sayd   ibn   Xalaf   Balxiy   Buxoroga   qozi   bo‘lgach,
«yaxshi   qonun-qoidalar   o‘rnatgan...   toki   kuchli   kishi   zaif   kishiga   zulm   o‘tkazmasin   uchun   (shahar)   to‘g‘onlarini
qurdirib, Buxoro suvini adolat va insof yuzasidan taqsim qilishni» joriy etgan 57
.
Shunday   qilib,   IX—X   asrlarda   dehqonchilikning   taraqqiy   qilishi   bilan   sug‘orish   ishlari   kengayadi.
Injenerlik   bilimi   asosida   qurilgan   turli   xiddagi   gidrotexnika   in-shootlari   bilan   jihozlangan   sershoxa   sug‘orish
tarmoqlari   barpo   etiladi.   Bunday   o‘ziga   xos   sug‘orish   inshootlarini   tiklash   va   ishlatishda   an'anaviy   asriy   tajriba   va
malakaga ega bo‘lgan mahalliy miroblar yetishib, o‘rta
56
Baprojibg B.B.  C OH . T.: 2. H.1.-M., 1963, -2476.
57
HapmaxHH. Byxopo Tapnxn, -916. asrlaming   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyoti   darajasiga   xos   tartib,   qonun-qoidalarga   asoslangan   suv   xo‘jaligi   tashkil
topadi.
IX—X asrlarda Movarounnahr   va   Xurosonda chorvachilik, xususan,   yaylov   chorvadorligi yuksak darajada
bo‘lgan.   Mamlakatning   dasht   va   tog‘oldi   yaylovlarida   otar-otar   qo‘y   va   echkilar,   uyur-uyur   yilqilar   va   tuyalar
boqilgan. Qishloqlarda, ayniqsa, yirik shoxli hayvonlarning boshi   va  tuyog‘i behisob bo‘lgan. Shaharlarda  esa  xonaki
hayvonlarning   deyarli   hamma   turidan   boqilgan.   Chorvachilik   mamlakat   aholisini   chorva   mahsulotlari   bilan
ta’minlabshna   qolmasdan,   balki   xo‘jalikning   hamma   sohalari   uchun   ot-ulovlar   yetkazib   bergan.   Ot,   eshak,   tuya   va
ho‘kizlar   qo‘sh,   arava,   moyjuvoz   va   chiqirlarga   qo‘shilib   ishlatshggan.   Ayniqsa,   davlatning   harbiy   qo‘shinlari,
xususan, suvori qismlarni ot,  ulov bilan  ta’min etishda muhim ahamiyat kasb etgan 58
.
O‘troq   aholini   chorvachilik   mahsulotlari:   go‘sht,   teri,   jir   va   jun   bilan   asosan   dashtli   chorvador   qabilalar
ta’min   etadi.   Chorva   va   chorvachilik   mahsulotlari   dasht   va   voha   aholisi   o‘rtasvda   osoyishtalik   yil-larida   olib
boriladigan gavjum ayirbosh savdoning xaridorgir mollaridan hisoblangan. Birgina xom teridan ko‘nchilar charm  va
ulton   (qalin   tagcharm)   pishirib,   kosiblar   poyabzal   tikkan.   Charmdan   yoki   teridan   egar,   jabduq,   kamon,   sandon
(o‘qdon), meshkob (terixalta), qamchin  va  darralar yasalgan. Hatto iylangan teri nog‘ora,  tabla,  doira  va  torli musiqa
asboblarining   qoplamalariga   tortilib,   naqshlariga   ishlatilgan.   Xullas,   chorvachilik   hunarmandchilikning   ko‘pgina
sohalarini xom ashyo  bilan  ta’minlab kelgan.
IX—X asrlarda aholining xo‘jalik hayotida hunarmandchilik katta o‘rin tutadi. Movarounnahr   va   Xorazm
shaharlarida   to‘qimachilik,   kulolchilik,   degrezlik,   chilangarlik,   zargarlik,   shishagarlik   va   duradgorlik   kabi   kasb-
hunarlar   ancha   rivoj   topadi.   Natijada   shaharlarning   umumiy   qiyofasi   tubdan   o‘zgaradi.   Unda   katta-katta   oliy
imoratlar, ustaxonalar, masjid, madrasa, maqbara, namozgoh, xonaqoh   va   karvonsaroylar qad ko‘taradi. Endilikda
shaharlar ilk
58
  Негматов   Н .  Государство   Саманидов ,  Душанбе .:  Дониш , 1997, -74 б . o‘rta asrlarda ark (o‘rda), shahriston (ichki shahar) va rabot (tashqi shahar) deb yuritilgan uch qismini yagona devor
bilan qamrab olgan, o‘ndan ortiq darvozali kattagina hunarmandchilik markaziga aylandi.
Shaharning   do‘nglik   yerida   joylashgan   arkda   odatdagidek   podshohning   qarorgohi   -   oliy   dargoh,   xazina,
chaqa-tangalar   so‘qiladigan   zarbxona   va   qamoqxona   bo‘lardi.   Uning   markazida   Registon   maydoni,   devonlar
mahkama saroyi, shuningdek, amirzodalar, saroy a'yonlari, ruhoniylar, mulkdor dehqonzodalar va davlatmand
savdogarlarning hashamatli qasrlari,
podshohlikning   qurol-yarorg‘,   asbob,   egar-jabduq   yasaydigan   ustaxonalari,   hunarmandchilik   do‘konlari   va   savdo-
sotiq   rastalari   joylashgan   edi.   Bu   davrda   shaharga   atrof   qishloqlardan   kosiblar,   savdogarlar   va   boshqalar   kelib
o‘rnashib,   uning   girdi   bo‘ylab   kosib   va   hunarmandlarning   yangi-yangi   mahalla   ko‘ylari,   bozor   va   rastalar   paydo
bo‘ladi. Mahalla-ko‘ylarda zargarlar, sarroflar, to‘quvchilar, kulollar, misgarlar, temirchilar, duradgorlar va boshqa
shu singari kosibu hunarmandlarning uy-joylari va do‘konlari bo‘lardi. Ayni davrda Buxoro, Samarqand, Urganch,
Marv, Shosh, Kesh, Aksikat kabi shaharlar o‘rta asr hunarmandchiligining rivoj topgan yirik markaziga aylandi 59
.
Narshaxiyning   yozishicha,   1X   asrda   Buxoroda   ark   bilan   shahriston   oralig‘ida   podshohlikning   “bayt   ut-
tiroz” nomi bilan shuhrat topgan katta to‘qimachilik korxonasi bo‘lgan. Unda oq, qizil, yashil va qo‘g‘ir tusli matolar,
paloslar, darpardalar, yostiq jildlari, joynamozlar, ust kiyimliklar to‘qilardi. Xalifayu podsholar, amirlaru raislardan
tortib deyarli hamma amaldorlargacha shu korxonada to‘qilgan matolardan kiyinar edi 60
.
Bu   davrda   Samarqand   ham   hunarmandchilik   va   savdoning   yirik   markazlaridan   edi.   Unda   ayniqsa
misgarlik, zargarlik va sarrojlik rivojlangan. Bu yerda kumush tusli singin, qizil rangli mamarajil, sinizi deb atalgan
matolar, kimxob, shoyi va ro‘mollar to‘qilar edi. Smarqandda ayniqsa yuqori navli
59
Негматов   Н .  Государство   Саманидов ,  Душанбе .:  Дониш , 1997, -78 б .
60
Наршахий .  Бухоро   тарихи , -44 б . qog‘oz   ishlab   chiqarilar   edi.   Shosh   o‘zining   ko‘nchilik   mahsulotlari   va   charm   mollari   bilan,   Eloq   esa   kumush   va
qo‘rg‘oshin konlari hamda kumush tanga chiqaradigan zarbxonalari bilan mashhur edi. Movarounnahrning xo‘jalik
hayotida   Xorazm   ham   katta   rol   o‘ynaydi.   Bu   yerda   hunarmandchilikning   ko‘pgina   sohalari   bilan   bir   qatorda
Movarounnahr   uchun   juda   nodir   hisoblangan   qayiqsozlik   taraqqiy   qiladi.   Xorazm   va   Termizda   yasalgan   qayiqlar
Amudaryo bo‘ylab to Xorazm dengizigacha muttasiil mol tashib, savdogarlarning yukini yengil, uzog‘ini yaqin qilardi.
Bu   davrda   shaharlar   bilan   bir   qatorda   qishloqlar   ham   mamlakatning   iqtisodiy   hayotida   katta   rol   o‘ynay
boshlaydi.   Movarounnahr   va   Xorazm   vohalarida,   ko‘pgina   yirik   qishloqlarda   to‘qimachilik,   misgarlik,   duradgorlik
kabi hunarmandchilikning bir qancha sohalari yuksaladi. Buxoroning Zandana qishlog‘ida to‘qilgan   malla  rang bo‘z
“zandanachi”, Samarqandning Vador qishlog‘ida tayyorlangan   mato   “vadoriy” nomlari bilan Sharqda mashhur edi.
To‘qimalari   nihoyatda   pishiq,   sarg‘ish   tusdagi   sidirg‘a   vadoriy   nomli   mayin   mato   zodagon   tabaqa   vakillari   uchun
juda   manzur   bo‘lgan.   Vadoriy   matodan   tikilgan   kiyimlarni   Xurosonda   amirlar,   vazirlar   va   qozilar   kiyardilar.
Vadoriy ko‘ylakning bahosi ikki dinordan o‘n dinorgacha borardi.
1X-X   asrlarda   Movarounnahr   va   Xorazmning   qishloq   va   shaharlarida   ayniqsa   kulolchilik   va   shishagarlik
avj   olgan   edi.   Bu   davrda   yasalgan   xilma-xil   sirli   va   naqshinkor   sopol   idishlar,   rangli   shisha   buyumlar   juda   sifatli
bo‘lgan.
Movarounnahrning tog‘li mintaqalarida qadimdan davom qilib kelayotgan  konchilik  1X-X asrlarda nihoyat
darajada   taraqqiy   qiladi.   Shosh   viloyati,   Farg‘ona   vodiysi,   Nurota,   Ustrushona,   Xo‘jand   va   Zarafshon   tog‘laridan
temir, mis, qo‘rg‘oshin, oltin, kumush, feruza va boshqa qimmatbaho toshlar qazib olinardi. Eloq viloyati kumush va
qo‘rg‘oshin olinadigan yirik markazlardan biri edi. Undagi  Qoramozor  tog‘idan  bu  ikki  tur  ma'dandan tashqari oltin,
mis,   temir   va   feruza   qazib   olinardi.   Farg‘ona   vodiysi   tog‘lari,   ayniqsa,   foydali   qazilma   boyliklariga   boy   edi.   Undan
temir, qo‘rg‘oshin, kumush, simob, mis, qalay, feruza, navshadil qazib chiqarilardi.  Hatto  Farg‘onadan o‘sha vaqtlardayoq toshuo‘mir  va  neft topilib ishlatilardi. 1X-
X asrlarda neftdan ko‘proq harbiy yurishlarda foydalanilgan. Qo‘shinda maxsus “naftandoz” ya'ni “neft otuvchi”lar
bo‘lardi. Neft to‘ldirilgan pilikli ko‘zachalarga o‘t yoqib, dushman qal'asiga otlgan.
Bu   davrda   ham   Badaxshon   tog‘lari   o‘zining   la'li   va   lojuvard   konlari   bilan   mashhur   edi.   Konchilik   va
ohangarlik   davlat   tasarrufida,   konchilik   o‘z   zamonida   ko‘p   jihatdan   ancha-muncha   takomillashgan   edi.   Qazilma
boyliklar ochiq maydondagi hamda bir necha yuz metrli chuqurlikdagi yerosti konlaridan qazib olinardi.   Konlarning
nihoyatda   chuqur   quduqlari,   har   tomonga   yo‘nalgan,   baland-past   lag‘mlarini   mustahkamlash,   shamollatish   va   kon
ichida   to‘planadi-   gan   sizotlarni   tashqariga   chiqarib   tashlovchi   moslama   va   in-shootlar   o‘rnatilar   edi.   Qazilgan
rudalar sixg‘altaklar vositasida yuqoriga chiqarilar edi 61
.
Konlarning yaqinida rudalarni eritib, ma'dan oluvchi ohangarlar  va  konchilarning qishloqlari bo‘lardi. Kon
qazish   ishlariga   asosan   qullar,   mahbuslar   va   qishloq   jamoalari   safarbar   etilardi.   Konchilarning   mehnati   nihoyatda
mashaqqatli   va   xavfli, maishati   esa   o‘ta yomon edi. Ular tog‘lar ostidagi chuqur   va   qorong‘u konlarda qorachiroqlar
shu'lasida turli xil ma'danlar rudasini qazir edilar. Konchilarning bu og‘ir sharoitda yer qa'rida halok bo‘lishi uchun
hyech   kim   qayg‘urmas   edi.   Qadimgi   konlarda   o‘tkazilgan   arxeologik   tadqiqotlar   jarayonida   IX—   X   asrning
qorachiroqlari, bolg‘a, bolta, cho‘kich, qozon  va  boshqa buyumlar hamda topilmalar yonginasida odam skelet-larining
uchrashi buning yorqin dalilidir.
IX—X   asrlarda   mamlakatda,   bir   tomondan,   dehqonchilik,   ikkinchi   tomondan,   hunarmandchilikning   rivoj
topishi,   shubhasiz,   o‘z   navbatida   ichki   va   tashqi   savdoning   kengayishiga   olib   keladi.   Bu   davrda   Old   Osiyoni
Mo‘g‘uliston   va   Xitoy   bilan   tutashtirgan   qadimgi   karvon   yo‘li   orqali   olib   borilgan   tashqi   savdo   aloqalari,   ayniqsa*
gavjumlashib ketadi. Bag‘dod shahridan boshlangan
61
  Негматов   Н .  Государство   Саманидов ,  Душанбе .:  Дониш , 1997, -73 б . katta karvon yo‘li Hamadon, Nishopur, Marv, Omul, Buxoro, Samarqand, Shosh, Taroz, Qulon,   Marke,   Bolasog‘un,
Suyob,  Issiqko‘lning  janubiy  sohili  orqali  o‘tib,  Sharqiy  Turkistonga  va  undan  Xitoyga  kirib   borar  edi.  Bu  yo‘lning
Farg‘ona   orqali   o‘tgan   janubiy,   o‘g‘uzlar   yoki   Dashti   Qipchoq   orqali   Janubiy   Sibirga   yo‘nalgan   shimoliy   hamda
Xorazm   orqali   Volga   daryosi   bo‘ylab   Xazar   va   Bulg‘or   davlatlariga   eltadigan   shimoli-g‘arbiy   tarmoqlari,   ayniqsa,
serqatnov bo‘lgan 62
.
Karvonlarni   suv   va   qo‘noqlar   bilan   ta'minlab,   uzoq   va   mashaqqatli   yo‘l   azobini   ma'lum   darajada
yengillashtirish   uchun   dashtlarda   quduqlar   qazilib,   har   bir   bekatda   rabotlar   bino   qilinadi.   Karvonlar   o‘tadigan
shahar   va   qishloqlarda   karvonsaroylar   quriladi.   Ularda   savdogarlaru   sarbonlar   va   ularning   hamroh   xodimlariyu
sayyohlar   uchun   hujralar,   mollari   uchun   omborxonalar,   tuyalar,   otlar,   xachirlar   va   eshak-lar   uchun   og‘ilxonalar
bo‘lardi, ularda zarur yem- xashaklar va oziq-ovqatlar saqlanardi. Karvonlar huzurida ko‘pincha tarjimonlar xizmat
qilardi.   Yo‘ldagi   qaroqchilardan   karvonni   muhofaza   qilish   uchun   ba'zan   xatarli   joylarda   uni   qurollangan   harbiy
askarlar qo‘riqlab borardi.
X   asrda   tashqi   savdo   muomalasida   sarroflik   cheklaridan   keng   foydalanilar   edi.   O‘sha   vaqtda   savdogarlar
o‘zi bilan ko‘p miqsorda pul olib yurmas edi. O‘z pulini u shaharning inobatli sarroflaridan biriga topshirib, undan
tegishdi   hujjat   —   chek   olardi.   Mo‘ljallangan   shaharga   borish   bilan   shu   chekni   sarrofga   berib,   unda   ko‘rsatilgan
miqdordagi  pulni  to‘laligicha   qaytarib  olishi   mumkin   edi.   Hatto   chek  so‘zining   o‘zi  ham   forscha  ibora   bo‘lib,   o‘sha
vaqtda ham bu so‘z ayni shu ma'noda ishlatilar edi 63
.
Ko‘chmanchi chorvador aholini o‘troq dehqonchilik va hunarmandchilik mahsulotlari bilan ta'min etishda
shimoliy   yo‘lning   ahamiyati   katta   edi.   Bu   yo‘l   orqali   o‘g‘uzlar   dashti,   Janubiy   Sibir   va   Mo‘g‘ulistonga
Movarounnahrning shahar va qishloqlaridan bo‘z, kiyim-kechak, egar-jabduq, o‘q-yoy, qilich, idish-
62
Азамат Зиё. Узбек давлатчилиги тарихи. -Т. : Шарк, 2000, -98б.
63
Уша асар. -Т.: Шарк, 2000, -99-б. asbob,   zargarlik   buyumlari,   dori-darmon,   quruq   meva,   kunjut,   zig‘ir   moyi   va   boshqa
shu   kabi   mollar   olib   borilardi.   Sibirdan   turli   xyldagi   qimmatbaho   mo‘ynalar,
ko‘chmanchilar   yurtidan   esa   asosan   chorva   mollari   va   chorvachilik   mahsulotlari
keltirilar edi.
Qubo,   O‘sh   va   O‘zgan   orqali   Koshg‘arga   va   undan   ichki   Xitoy   viloyatlariga
rangdor shisha va shisha buyumlar, sirli naqshinkor sopol idishlar, kiyim-kechak, egar-
jabdug‘, meva va otlar, shuningdek, G‘arb mamlakatlaridan keltirilgan zeb-ziynatlar va
qurol-yarog‘lar olib boriladi. Xitoydan asosan ipak, shoyi gazlamalar, kimxob va chinni
idishlar   olib   chiqilar   edi.   Movarounnahr   bozorlari   orqali   Yaqin   vaO‘rta   Sharq
mamlakatlariga ipak, ip va shoyi matolar, qumush, teri, jun, kigiz, turli   xil   mo‘ynalar,
tuya,  qoramol, qo‘y,  asir  va quruq mevalar olib chiqilar edi.
IX—X asrlarda Somoniylar davlatining Sharqiy yevropa mamlakatlari bilan olib
borgan   karvon   savdosida   Volga   daryosining   o‘rta   oqimlarida   joylashgan   xazarlar   va
bulg‘orlar   bilan   bo‘lgan   mol   ayirboshlash   katta   ahamiyatga   ega   bo‘ladi.   Bu   savdoda,
ayniqsa,   Xorazm   muhim   o‘rin   tutgan.   Itil,   Xazar   va   Bulg‘orga   Movarounnahr   va
Xorazmdan   guruch,   quruq   meva   (yong‘oq,   mayiz,   o‘rik   va   h.k.),   kanakunjut   moyi,
shirinliklar,   tuzlangan   baliq,   bo‘za,   mushk-anbar,   paxta,   ip   va   shoyi   matolar,   movut,
kimxob,   galam   va   choyshablar,   qulf,   kamon,   qayiq   va   kumush   tangalar,   shuningdek,
Xitoy,   Hindiston,   Eron,   Kichik   Osiyo   va   boshqa   mamlakatlardan   keltirilgan   mollar
chiqarilar edi. 64
Bulg‘or   va   Xazardan   qimmatbaho   mollar   —   mo‘ynalar   (savsar,   qunduz,
sassiqquzon, latcha, tulki, quyon va echki terilari), shuningdek, mum, shamlar, o‘qlar,
oqterak va qayin po‘stloqlari, cho‘qqi qalpoqlar, baliq moyi va tishlari, bulg‘ori charm
qalqonlar, slavyan qullari, qarchig‘aylar, asal, qo‘y va sigirlar
64
  Азамат Зиё. Узбек давлатчилиги тарихи. -Т.: Шарк, 2000.-99 б. olib   kelinar   edi.   Tashqi   savdo   muomalasida   tohiriylar   va   somoniylarning   kumush   dirhamlaridankeng   foydalanilar
edi 65
.
Viloyatlararo   ichki   savdo-sotiq   hamda   mamlakatlararo   karvon   savdosining   avj   olganligi,   shubhasiz,   o‘z
navbatida   ko‘p   miqdorda   chaqa   va   tangalarning   muomalada   bo‘lishiga   olib   keladi.   Ichki   bozorlarda   «fals»   deb
ataladigan   mis   chaqa,   xalqaro   savdo-   sotiqsa   esa   kumush   tanga   -   dirhamlar   ishlatilardi.   Mis   chaqalarni   markaziy
hukumat   ham,   shuningdek,   sulola   a'zolaridan   bo‘lgan   ba'zi   mahalliy   viloyat   hokimlari   ham,   hatto   ayrim   yirik
mulqsorlar   ham   chiqarar   edilar.   Kumush   tangalar   faqat   huqumat   boshlig‘i   nomidan   Marv,   Samarqand,   Buxoro   va
Shoshda   davlat   zarbxonalarida   so‘qilar   edi.   Somoniylar   «ismoiliy»,   «musayyabiy»,   «muhammadiy»   va   «g‘itrify»
nomlari bilan  yuritilgan  bir necha kumushdirhamlar chiqargan edilar. Ular orasida «ismoiliy» tangasi yuqori sifatli sof
kumushdan zarb etilib, u asosan xalqaro savdo aloqalarida ishlatilar va kumush tanga holida ko‘proq Sharqiy yevropa
mamlakatlariga   olib   chiqilgan.   Rossiya,   Boltiqbo‘yi   hududlarida   arxeologik   qazishmalar   jarayonida   yuzlab
somoniylarning  qumush dirhamlari, o‘nlab xazinalarning topilishi buning yorqin dalilidir.
65
  Ёрматов И. Илок тарихи. -Т. : 2005, -42б. II.  3.  Somoniylar davlatida madaniy hayot va din
IX—XI   asr   boshlaridan   Movarounnahr   va   Xurosonda   sodir   bo‘lgan   o‘ta   murakkab   siyosiy   vaziyatning
tadrijiy   rivoji   va   u   bilan   chambarchas   bog‘liq   ijtimoiy   va   iqtisodiy   o‘zgarishlar   mamlakat   aholisining   madaniy
hayotiga ham kuchli ta'sir etdi.
Ma'lumki, Movarounnahr istilo etilib, xalifalikka qo‘shib olingach, zabt etilgan o‘zga mamlakatlar qatorida,
bu o‘lkada  ham faqat islomgana emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki  arab tili xalifalikning
davlat   hamda   mafkurasi   bo‘lgan   islom   dini   tili   edi.   Shuningdek,   hududlari   kengayib   jahondagi   eng   yirik   davlatga
aylangan   Arab   xalifaligida   davlat   tili   fan   tili   ham   edi.   Shu   boisdan   kadimiy   madaniy   an'analarga   boy   Ajam   va
Movarounnahrda qo‘p jihatdan arab tilining mohiyati oshib, uni o‘zlashgirishta bo‘lgan intilish kuchli bo‘ldi. Islomni
qabul   qilgan  aholining   qo‘pchilikka   yod  arab   tili  bilan  muloqoti,  garchi   faqat  ibodat   vaqtlarida  Kur'oni  Karimning
qisqa   suralarini   tilovat   qilishdan   iborat   bo‘lsa-da,   ammo   mahalliy   zodagonlar   arab   tilini   xalifalik   ma'murlari   bilan
yaqinlashish   va   mamlakatda   o‘z   siyosiy   faoliyatini   tiklab,   uni   mustahkamlashning   garovi   deb   hisoblaydilar,   uni
o‘zlashtirishga   astoydil   kirishadilar.   Arab   tiliga   bo‘lgan   bunday   ehtiyoj   va   intilish   tufayli   ko‘p   vaqt   o‘tmay
Movarounnahrda ham hatto o‘z ona tilidan ko‘ra arab tili va yozuvini yaxshiroq o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo
bo‘ladi. O‘z navbatida, chegaralari borgan sari kengayib ulkanlashib borayotgan xalifalik uchun ham ilm va ilm ahli
suv va havodek zarur edi. Davlatni boshqarishda abbosiylar ma'muriyati ayniqsa ko‘plab bilimdon siymolarga muhtoj
edi. Chunki arablar orasida bu paytda davlat ishiga yaroqli bo‘lgan bilimdonlar hali oz, bori ham zaif edi 66
.
Shu   boisdan   Movarounnahr,   Xorazm   va   Xurosonda   mahalliy   tillarda   yozilgan   asarlar   yo‘q   etilib,   yerli
bilimdonlar   quvg‘in   ostiga   olib   turilgan   bir   paytda   bu   mamlakatning   ko‘pgina   tolibi   ilmlari   xalifalikning   markaziy
shaharlari — Damashq, Qohira, Bag‘dod, Kufa va Basraga borib bilim olishga
66
  MaiHaBHOT ro^gy3^apu.  -T.: 2001, -286. va arab tilida ijod qilishga majbur bo‘ladilar. Bu davrda ayniqsa Bag‘dod shahri Sharqning yirik ilm va madaniyat
markazi edi. IX asrda bu shaharda Sharqning o‘ziga xos Fanlar Akademiyasi «Bayt ul-hikma» («Donishmandlar uyi»)
tashkil etilgan edi.  «Bayt  ul-hikma»  da  katta kutubxona hamda Bag‘dodda va Damashqsa astronomik kuzatishlar olib
boriladigan   rasadhonalar   mavjud   edi.   Bu   ilm   dargohiga   jalb   etilgan   tolibi   ilmlar   tadqiqotlar   bi-lan   bir   qatorda
qadimgi   yunon,   fors   va   hind   olimlarining   ulkan   merosini   to‘plash,   asrash   va   ularni   arab   tiliga   tarjima   qilish   bilan
shug‘ullanadilar.   Qariyb   ikki   asr   mobaynida   faoliyat   ko‘rsatgan   jahonga   mashhur   bu   ilmiy   dargohning   ko‘p   sonli
olimu fuzalolari orasida Masarjavayh, Muhammad Fazoriy, Fazl Navbaxt, Yoqub Kindiy va ko‘pgina boshqalar kabi
bir nechta chet tillarni mukammal biladigan yetuk tarjimonlar faoliyat ko‘rsatganlar.
Bu   davrda   «Bayt   ul-hikma»da   Muso   Xorazmiy,   Yahyo   ibn   Abu   Mansur,   Xolid   Marvarudiy,   Ahmad
Farg‘oniy,   Abdulloh   at-Turk,   Abu   Xolid   Sog‘uniy,   Qaffol   Shoshiy   kabi   Movarounnahr   va   xurosonlik   olimlar   ijod
qilib,   o‘rta   asrlar   ilmu   fani,   xususan,   matematika,   astronomiya,   geografiya,   tibbiyot,   kimyo   va   huquqshunoslik
fanlarining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadilar 67
.
Muhammad   Ibn   Muso   Xorazmiy   (783—850)   qadimgi   Xorazm   diyorida   tug‘ilib   voyaga   yetadi.   Dastlabki
savod va turli sohadagi bilimlarni u o‘z ona yurti Xorazm va Movarounnahr shaharlarida ko‘pgina ustozlardan oladi.
So‘ngra  u   xalifa  Xorun  ar-Rashidning   Xuroson  va   Movarounnahrdagi   noibi,   keyinchalik  Xalif   Abdulloh   ibn  Xorun
ar-Rashid Ma'mun zamonida (813—833) «Bayt ul-hikma» nomi bilan shuhrat topgan Ma'mun Akademiyasida mudir
sifatida fao-liyat ko‘rsatadi. Bag‘dodda u Suriya, Iroq, Eron, Xuroson va movarounnahrlik olimlar bilan ijod qiladi.
Ular orasida Xorazmiy bilan bir qatorda Yahyo ibn  Mansur Marvaziy, Ahmad  Farg‘oniy, Xabash al-Marvaziy, Xolid
ibn   Abdumalik   al-Marvarrudiy,   Abul   Abbos   al-Javhariy   va   boshqalarbor   edi.   Xorazmiy   zamondosh   olimlar   bilan
birgalikda yer aylanasini, uzunligi va
67
 Негматов K rocygapcrao CaMaHHgoB, flymaHÔe.: floHHm, 1997, -1676. radiusini aniqlash hamda geografik xaritalar tuzish kabi masalalar  bilan  mashg‘ul bo‘ladi.
Zamonasining mashhur matematigi, astronomi  va  geografi sifatida fanga ulkan  hissa  qo‘shadi. Xorazmiy 20
dan ortiq asarlar yozadi. Ulardan faqat 10 tasigina bizgacha yetib kelgan.  Bu  kitoblar  «Aljabr  va al-muqobala»  hisobi
hakida   qisqacha   kitob,   «Hind   hisobi   haqida»   yoki   «Ko‘shish   va   ayirish   haqida   kitob»,   ya'ni   arifmetik   asar;   «Kitob
surat   ul-arz»   —   «er   surati»   haqida   geografiyaga   oid   kitob;   «Zij»,   «Usturlob   bilan   ishlash   haqida   kitob»,   «Usturlob
yasash haqida kitob», «Usturlob yordamida azimutni aniqlash haqida» kabi astronomiyaga oid asarlar; shuningdek,
«Kitob ar-ruhoma», «Kitob at-tarix», «Yahudiylarning taqvimi  va  bayramlarini aniqlash haqida risola» nomlari  bilan
atalgan.
Xorazmiy merosidan, ayniqsa,  «Aljabr  va  al-muqobala» kitobi-ning ilmiy ahamiyati nihoyatda buyukdir.  U
bu   kitobi   bilan   matematika   tarixida   birinchi   bo‘lib   algebra   faniga   asos   sodsi.   Hatto   «al-gebra»   atamasi   ushbu
kitobning   qisqacha   «al-jabr»   deb   yuritilgan   qisqacha   nomining   aynan   ifodasidir.   Xorazmiy   nomi   esa   matematika
faniga   «algaritm»   atamasi   shaklida   o‘z   ifodasini   topdi.   Uning   «Aljabr»   asari   asrlar   davomida   avlodlar   qo‘lida   yer
o‘lchash, ariq chiqarish,  bino  qurish, merosni taqsimlash  va  boshqa turli hisob  va  o‘lchov ishlarida dasturilamal bo‘lib
xizmat qildi 68
.
Xorazmiyning   bu   risolasi   XII   asrdayoq   Ispaniyada   lotin   tiliga   tarjima   qilinadi   va   qayta   ishlanadi.
Keyinchalik   esa   asrlar   davomida   yevropa   olimlari   Xorazmiy   asarini   qayta-qayta   ishlab,   uning   asosida   darsliklar
yozadilar.   Xorazmiyning   arifmetik   risolasi   hind   raqamlariga   asoslangan   o‘nlik   pozitsion   hisoblash   sistemasining
yevropada,   qolaversa  butun  dunyoda   tarqalishida   buyuk  ahamiyat   kasb   etadi.   Shunday   kilib,   buyuk   vatandoshimiz
Xorazmiy matematika faniga asos sol-di, tarixda o‘zidan o‘chmas iz qoldirdi.
68
  Азамат Зиё. Узбек давлатчилиги тарихи. -Т.: Шарк, 2000, -101б. IX asr boshlarida  «Bayt ul-hikma» da ijod qilgan olimlardan yana bin marvlik Yahyo ibn Abu   Mansur  edi.
U   828 yilda xalifa Ma'mun farmoni   bilan   Bag‘dodning Ash-sha-mosiya mahallasida rasadxona qurilishida boshchilik
kiladi.   Rasadxona   ishlari   va   unda   olib   borilayotgan   quzatishlar   na-tijalari   haqida   «Bayt   ul-hikma»   ning   mudiri
Xorazmiygahisobot berib turadi. Yahyo ibn Abu   Mansur   «Az-Zij al-Ma'muni al-mumtaxan» («Sinalgan zieh») nomli
astronomik  asar  yozib qodsirgan. U 831 yilda Bag‘dodda vafot etgan.
«Bayt ul-hikma» ning olimlaridan Xolid ibn Abdumalik al-Marvaziy  esa  831 yidda Damashq yaqinidagi Ki-
siyon tog‘ida barpo etilgan rasadxonani boshqargan. U ham o‘z «Zij» ini tuzadi. yer meridianining uzunligini o‘lchash
ishlariga boshchilik qiladi.
Bag‘dodda Xorazmiy   bilan   hamkorlikda ishlagan matematik Ahmad ibn Adbulloh al-Marvaziy zamondosh
olimlar   o‘rtasida   Habash   al-Hosib   («Hisobchi   habash»)   laqabi   bilan   mashhur   edi.   U   ikkita   «Zij»   tuzadi.   Uning
zijlaridan   o‘rta   asr   astronomlari   keng   foydalanganlar.   Tadqiqotchilarning   ta'kidlashicha,   Habash   al-Marvaziy
handasa fani (geometriya)ga tangens, kotangens, kosekans funksiyalarini kiritib, ularning jadvallarini keltirgan 69
.
«Bayt ul-hikma»da faoliyat ko‘rsatgan olimlardan yana biri buyuk astronom, matematik  va  geograf Ahmad
Farg‘oniy (taxminan 797—8-b5)dir. Uning to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniydir.
U Farg‘o-nada tavallud topgani uchun Sharqsa al-Farg‘oniy, yevropada  esa  Alfraganus taxallusi  bilan  shuhrat topgan.
Ahmad   Farg‘oniy   xalifa   Ma'mun   (813—833),   Mu'tasim   (833—842)   va   Mutavakkil   (846-861)   hukmronlik   qilgan
davrda   yashadi.   U   avval   Marvda,   so‘ngra   Bag‘dod,   Damashq   va   Qohira   shaharlarida   astronomiya,   matematika   va
geografiya   fanlari   bilan   shug‘ullandi   va   qator   ilmiy   va   amaliy   asarlar   yozib   qoldirdi.   U   asosan   Damashqsaga
rasadxonada osmon jismlari hara-katini   va  o‘rnini aniqlashning yangicha «Zij»ini yaratish ishlariga rahbarlik qiladi.
832—833 yillarda Suriyaning
69
AxMegoB E. TapuxgaH caöoK^ap.  T.:  Ÿ KHTYBHH   1994.-466. shimolidagi   Sanjar   dashtida   va   Ar-Raqqa   oralig‘ida   yer   meridianining   bir   darajasining   uzunligini   o‘lchashda
qatnashadi.   861   yilda   uning   rahbarligida   Fustat   (Qohira)   shahri   yaqinida   joylashgan   Ravzo   orolida   Nil   daryosi
sohilida   qurilgan   qadimgi   Nilometr   —   daryo   oqimi   sathini   o‘lchagich   inshooti   Miqyos   an-Nil   va   uning   darajoti
tiklanadi.  Ahmad Farg‘oniy tarixda birinchilardan bo‘lib yerning yumaloqligini isbotlab  bergan  olimdir.
Bizning   davrimizgacha   Ahmad   Farg‘oniyning   8   ta   asari   saqla   nib,   ularning   birortasi   ham   hozirgi   zamon
tillarigatarjima  qilinmagan   edi.   Ahmad   Farg‘oniy  tavalludining   1200  yilligi   munosabati   bilan   uning   ayrim   risolalari
o‘zbek   va rus   tillarida nashr ztildi. Ularning orasida uning   «Kitob   ul-harakat as-samoviya   va   javomi' ilm   an-nujum»
(«Samoviy   harakatlar   va   umumiy   ilmi   nujum   —   astronomiya   asoslari   kitobi»)   ham   bordir.   Bu   kitob   XII   asrdayoq
lotin   tiliga   tarjima   qilinib,   nafaqat   musulmon   Sharqidagi,   balki   Ispaniya   orqali   yevropa   mamlakatlaridagi   astrono-
miya   ilmining   rivojini   boshlab   berdi.   Shundan   so‘ng   Ahmad   Farg‘oniy   nomi   lotinlashtirilib,   «Alfraganus»   shaklida
G‘arbda   shuhrat   topdi.   Uning   «Astronomiya   asoslari»   nomli   kitobi   bir   necha   asrlar   davomida   yevropa
universitetlarida astronomiya fani bo‘yicha asosiy darslik sifatida foydalanibkelindi 70
.
Dunyoviy   fan   olimlari   bilan   bir   qatorda   bu   davrda   Islom   ta'limoti   va   mafkurasining   takomili   yo‘lida
movarounnahrlik  muhaddis  ulamolarning   ham  xizmati  katta  bo‘ldi.   Bu   borada  ayniqsa  Ismoil  a  l-Buxoriy   va   uning
zamondoshi   va   shogirdi   Iso   at-Termiziylarning   hissasi   nihoyatda   buyuqdir.   Ismoil   al-   Buxoriyning   to‘liq   ismi   Imom
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al- Buxoriydir. U 810 yilda Buxoroda tug‘ilgan, kuchli qobiliyat  va  xotiraga ega
bo‘lgan.   Yoshligidanoq   hadislarni   o‘rganishga   kirishib,   butun   umrini   hadis   ilmiga   bag‘ishlagan.   U   hadis   va   tafsir
olimi,   tarixchi   bo‘lib   yetishgan.   Hijoz,   Misr,   Iroq,   Xuroson   va   boshqa   o‘lkalarda   yashab   600   mingdan   ortiq   hadis
to‘plagan. Ulardan eng ishonchlilarini saralab, 4 jildli «Al-jome as-sahih»
70
MaiHaBHOT ro^gy3^apu. T.: 2001.-466. («Sahihi   Buxoriy»)   to‘plamini   tuzgan.   Bu   asar   islom   dunyosida   Kur'ondan   keyin   ikkinchi   manba   sanaladi   va   islom
dorilfununlarida asosiy darslik sifatida o‘rganiladi.
Bu   bebaho   asarga   kiritilgan   7275   hadis   va   ularga   berilgan   ko‘pdan-ko‘p   sharhlarda   faqat   shariat
ahkomlariga   oid   qoidalargina ifodalanmaydi, balki inson ma'naviy kamolotining ramzi hisoblangan mehr-muhabbat,
hurmatu   izzat,   muruvvatu   himmat,   halolligu   mehnatsevarlik,   saxiyligu   ochiqko‘ngillik   hamda   o‘zaro   tinch-totuvlik
kabi insoniy fazilatlar haqida bayon etilgan 71
.
Imom   al-Buxoriy   «Al-adab   ul-mufrad»   («Adab   durdo-nalari»),   «Tarix   al-   Buxoro»   («Buxoro   tarixi»),   «Al
Jo-mi'   al-sag‘ir»   («Muxtasar   to‘plam»)   nomli   asarlar   yozgan.   Uatrofiga   ko‘plab   shogird   va   izdoshlarini   to‘plagan.
Uning eng mashhur shogirdlaridan biri Imom at-Termiziy edi.
Imom   at-Termiziy   824   yilda   Termiz   shahridan   6   farsax   (36   km)   shimolda   joylashgan   Bug‘   qishlog‘ida
dunyoga kelgan. Islom olamida mashhur bu muhaddis olimning to‘liq ismi Abu Iso Muhammad bin Iso bin Savra bin
Muso   bin az-Zahhok az-Zarir at-Termiziy al-Bug‘iydir. Samarqand, Buxoro, Marv   va   boshqa shaharlarda mashhur
muhaddislar   asarlarini   o‘rganib,   islom   dunyosining   turli   shahar   va   mamlakatlariga   safar   qilib,   Xuroson,   Iroq,
Hijozning mashhur muhaddis ulamolari  bilan  muloqotda bo‘lgan.
Imom at-Termiziy hadislar to‘plab, bir qancha asarlar yozgan,   «Jome   as   - Sahih» yoki «Sunani Termiziy»,
«Kitob Ilal», «Kitob at-Tarix», «Kitob at- Shamoil an-Naboviya», «Kitob az-Zuhd»  va  boshqalar shular jumlasidandir.
Bu davrda islomning nazariy asoslari mustahkamlandi. Bu borada ham Movarounnahr olimlari ulkan  hissa
qo‘shdilar.   Bu   davrning   islom   nazariyachilaridan   biri   Hakim   Ter-miziy   edi.   Uning   to‘liq   ismi   Abu   Abdulloh
Muhammad ibn  Ali   ibn   Husayn   ibn Bashir   al-Hakim at-Termiziydir. U  820 yidda  Termiz shahrida  dunyoga keladi.
Umr bo‘yi ilm  bilan  shug‘ullanib,
71
MyyaMMag^OHOB A.P. MyyaMMag^OHOB A.P.  Ÿ36eKHcroH  TapnxH.  -T.: Faÿyp  FygoM  HampnëTH, 
2004, - 1386. tasavvufni   targ‘ib   qiladi.   80   dan   ortiq   muhim   asarlar   yozadi:   «Kitob   an-nahi»   («Yo‘riqnoma   kitobi»),   «Kitob   al-
Furuh»   («Ollohdan qo‘rquvchilar haqida   kitob»)   shular jumlasidandir. Ayniqsa uning   «Ilal   ash-Shariat   va   hatm ul-
avliyotun» nomli kitobi islom nazariyachi-lari tomonidan eng ko‘p qayd etiladigan asardir. Asarlari  va  ularda berilgan
teran   fikr-mulohazalar,   g‘oyalar   bilan   at-Termiziy   o‘z   zamonining   ma'naviy   hayotiga   katta   hissa   qo‘shadi.   Shu
boisdan zamondoshlari  uni «Al-hakim»  degan  nom bilan  ulug‘lashgan 72
.
Bu   davrda   kalom   ilmiga   asos   solib,   islom   ta'limoti   va   mafkurasi   takomiliga   katta   hissa   qushgan.   buyuk
allomalardan yana biri Abu Mansur al- Moturidiydir. Uning to‘liq ismi Abu Mansur ibn Muhammad ibn Mahmud al-
Hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiydir. U taxminan 870 yilda Samarqand yaqinidagi Moturid qishlog‘ida dunyoga
keladi.   Uning   hayoti   haqida   ma'lumotlar   juda   oz.   U   944   yilda   Samarqand   shahrida   vafot   etgan   va   Chokardiza
qabristoniga dafn etilgan. Yoshligida otasidan turli ilmlardan saboq olgan. So‘ngra Samarqanddagi Raboti G‘oziyon
masjidi   qoshidaga   madrasada   tahsil   ko‘rib,   ustozlari   Abu   Bakr   Ahmad   al-Juzjoniy   va   Abu   Nasr   Ahmad   al-
Ibodiylardan faqih  va  kalom ilmlaridan dars olgan.
O‘rta   asrlarning   mashhur   ilohiyotshunos   olimi   bo‘lib   yetishgan   Abu   Mansur   al-   Moturidiy   islomiy   odob
qoidalari, shariat qonunlari, ma'naviy-axloqiy kamolot sirlaridan ta'lim berishga mo‘ljallangan qator asarlar yozgan.
Ammo   uning   ko‘pgina   kitoblari   bizning   zamonimizgacha   saqlanib   qolmagan.   Uning   bizgacha   yetib   kelgan   muhim
asarlarvdan   biri   «Kitob   at-Tavhid»   («Ollohning   yakka-yagonaligi   haqidagi   kitob»),   ikkinchisi   «Ta'viylot   al   Kur'on»
(«Qur'oni   Karim nin g   sharhlari»)   nomi   bilan   ataladi.   Bu   kitoblar   ilohiyat   ta'limotiga   bag‘ishlangan   eng   qadimiy
asarlardan   bo‘lib,   islomshunoslikda   ilmiy-nazariy   va   amaliy   ahamiyatga   ega   muhim   manbalardan   birvdir.   Ularda
diniy   ta'limot   va   islomiy   urf-odatlar   insonning   ruhiy   kamoloti,   uning   dunyoqarashining   shakllanishvdagi   mohiyati
talqin etiladi. Abu Mansur al-Moturvdiy asos
72
y BaTOB  y.  ^OHO^apgaH ca6o^ap. -T.: A.KpgnpHH, 1994, -216. solgan   talmot   kishilarni   yaxshilikka,   rostgo‘ylikka,   sabru-qanoatga,   sharm-hayoga,   oliyhimmatlikka,   Vatanni
sevmoqlikka chorlaydi 73
.
Bu davrda Movarounnahr, Xuroson   va   Xorazmdan xalifalikning markaziy shaharlariga borib fanning turli
sohalarida   ijod   qilgan   olimlardan   tashqari   madaniyatning   deyarli   barcha   sohalari   bo‘yicha   ham   yetuk   ustozu
shogirdlarning   soni   Bag‘dod   shahrvda   oz   emas   edi.   Bu   yerda   ular   o‘z   Vatanlaridagi   ilmiy   va   madaniy   an'analarni
arab tilida islom mafkurasiga moslashtirilgan holda taraqkiy ettirishga  va  ularni jahon ilmu madaniyatiga qo‘shishga
muyassar bo‘ladilar.
IX   asrning   ikkinchi   yarmvda   Movarounnahrning   madaniy   haetvda   yangi   davr   boshlanadi.   Xalifalik
hukmronligi   tugab,   mustaqil   Somoniylar   davlatining   qaror   topishi   bilan   madaniy   hayotning   jonlanishi   uchun   keng
yo‘l   ochiladi.   Buxoro,   Samarqand,   Urganch,   Marv   va   Nishopur   kabi   shaharlar   ilmiy   va   madaniy   markaz   sifatida
taraqkiy qila boshlaydi.
Bu   davrda   qishloq   aholisining   aksariyati   sug‘diy   yoki   xorazmiycha   so‘zlashsa-da,   markaziy   shaharlarda
forsiy   —   dariy   deb   yuritilgan   xalqning   adabiy   tili   vujudga   keladi.   Bu   til   davlat   tili   sifatida   qabu!   qilinadi.   Dariyda
nazm,   nasr   va   ilmiy   asarlar   yozila   boshlaydi.   Bu   davrda   dariy   ti-lida   yozilgan   nasriy   asarlarning   ayrim   nusxalari
bizgacha   saqlanib   qolgan.   Abu   Mansurning   nasriy   «P1ohnoma»siga   yozilgan   muqaddima,   noma'lum   muallifning
«Hudud   al-olam»   nomli   asari   hamda   Abu   Ja'far   Tabariyning   «Tarixi   Tabariy»,   «Kur'oni   Karim>>ning   14   jildli
«Tafsimming arabchadan dariy tiliga tarjimalari shular jumlasidandir.
IX—X   asrlarda   ayniqsa   Buxoro   shahri   madaniy   jihatdan   yuksaladi.   Poytaxtda   —   amir   saroyida   turli
sohalarga   oid   qo‘lyozma   kitoblar   saqlanadigan   kattagina   kutubona   barpo   etiladi.   Somoniy   amirlarning   aksariyati
adabiyot, she'riyat, ilm-fan, san'at  va  me'morchilikka homiylik kiladilar.
Bu   davrda   Buxoroda   ayniqsa   she'riyat   ravnaq   topadi.   Uning   rivojiga   fors   klassik   poeziyasining   buyuk
vakillari Abu Abdulloh Ja'far Rudakiy, Abu Mansur Daqiqiy, Abulhasan Balxiy  va  ko‘pgina boshqa shoirlar g‘oyatda
katta  hissa  qo‘ shadilar.
Rudakiy   IX   asr   oxirida   Panjikent   yaqinidagi   Panjrudak   qishlog‘ida   tug‘ilgan.   Yoshlik   chog‘idayoq   u   rud
(chang) chalishni yaxshi o‘rgangan. She'r yozib, kuy
73
 XpMHgxoH  H C ^ OMHH .  A6y MaHcyp MoTypngnH.  T.:  Fa$yp FygoM  HampnëTH,  2000, - 46. bastalagan va  hofizlik kilgan. Xalqo‘rtasidagi dong‘i tufayli u Nasr ibn Ahmad (914~943) tomonidan sozanda  va  shoir
sifatida Buxoroga chaqirtirilib olingan. Rudakiy «Kalila   va   Dimna», «Sind-badnoma», «Arois un-nafois»   va   «Davroni
ofob»   asarlarini   yozgan.   U   she'riyatda   ayniqsa   qasida   bitishning   mohir   ustasi   bo‘lgan.   Uning   «Jo‘yi   Muliyon»,
«Mayning   onasi»   va   «Qarilik»   kabi   qasidalari   xalq   o‘rtasida   g‘oyat   shuhrat   top-gan.   Rudakiyning   ulkan   she'riy
merosidan   hozirgi   vaqtgacha   saqlanib   qolgan   ozgina   qismi   ham   (2   ming   misraga   yaqin)   shoirning   zo‘r   va   yorqin
iste'dodidan, poetik tilining ta'sirchanligidan, obrazlarining teranligidan dalolat beradi. Rudakiy o‘z she'rlarida ona-
Vatanni,   uning   tabiati   va   aholisini,   insoniy   Ms-tuyg‘ularini   tarannum   etadi.   Shoir   haqsizlik   va   adolatsizlikka   dadil
qarshi   chiqadi,   o‘sha   vaqtlarda   hukm   surgan   tartibsizliklarni   ayamay   fosh   etadi.   Umr   bo‘yi   ta'qib   etilgan,   oxiri
Buxorodan quvilgan Rudakiy 941 yilda ona qishlog‘ida vafot etadi 74
.
Bu   davrning   zakovatli   shoirlaridan   yana   biri   Daqiqiy   edi.   Avval   u   Chag‘oniyon   hukmdorlari,   so‘ngra
somoniylar   saroyiga   taklif   etiladi.   Daqiqiy   an'anaviy   saroy   poeziyasidan   farqli   o‘laroq,   xalq   rivoyatlari   va   epik
dostonlar asosida yangi poetik yo‘nalishda ijod qiladi. Umrining oxirida u «Shohnoma» nomli poetik asarini yozishga
kirishadi.   Biroq   shoirning   fojiali   o‘limi   oqibatida   asar   boshlanganicha   qoladi.   Bu   buyuk   ish   keyinchalik   Abulqosim
Firdavsiy   tomonidan   davom   ettiriladi.   Abulqosim   Firdavsiy   (934-1012)   fors   adabiyotining   klassik   shoiri.   U   dunyoga
mashhur   she'riy   «Shohnoma»   asarini   yaratadi.   Bu   doston   Eron   va   Turon   xalqlarining   qahramono   na   o‘tmishiga
bag‘ishlangan.   U   ashaddiy   vatanparvarlik   ruhida   yozilgan   asar.   «Shohnoma»   jahon   adabiyoti   xazinasining   noyob
durdonalaridan hisoblanadi.  Asar  juda ko‘p tillarga, shu jumladan, o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan.
IX—X   asrlarda   fors   adabiy   tili   ancha   rivoj   topgan   bo‘lsa-'   da,   ammo   ilmfan   va   adabiyotda   hali   arab   tili
muhim o‘ringa ega edi. Saolabiyning «Yatimat ul-bahr» nomli asarida qayd etilishicha, Buxoro, Xorazm  va  Xurosonda
119 arabiy zabon shoirlar ijod qilgan. Ularning deyarli barchasi saroy ahli, hukmron
74
Негматов H. rocygapcrao CaMaHHgoB, -flymaHÖe,: “^QHHm”, 1997,- 2006. xonadon  a'zolari   va   boshqa  oliy  tabaqa  vakillaridan  iborat  bo‘lgan.  Tilshunoslik,  fiqh,  musiqa,  falsafa,  matematika,
tabobat, astronomiya, tarix  va  boshqa fanlar bo‘yicha ilmiy asarlar asosan arab tilida yozilgan 75
.
Buxoro   va   boshqa   markaziy   shaharlarda   islom   dini   ta'limotining   asosiy   manbalari   va   shariat   bilimlarini
o‘qitish   uchun   madrasalar   ochilgan   edi.   Bunday   ilmgohlardan   yetishib   chiqadigan   ilm   ahlining   hammasi   ham   qozi
yoki   a'lam   bo‘lavermay,   ular   orasidan   dunyoviy   ilmlar:   tabobat,   handasa,   matematika,   kimyo,   falakiyot,   falsafa,
mantiq,   tarix   va   boshqa   sohalar   bo‘yicha   puxtagina   bilim   orttirgan   olimlar   ham   yetishib   chiqar   edi.   Bunday   bilim
egalari xalq o‘rtasida baobro‘  va  e'tiborli bo‘lib, ular atrofida, shubhasiz, shogirdlar to‘planar edi. Shogirdpeshalariga
ular ma'lum soha bo‘yicha o‘z bilganlaridan ta'lim berar edilar.
Buxoro,   Samarqand,   Urganch,   Marv,   Balx,   Nishopur   kabi   markaziy   shahar   bozorlarida   alohida
kitobfurushlik rastalari bo‘lgan. Ularda diniy  va  dunyoviy ilmlarning turli sohalari bo‘yicha turli tillardagi qo‘lyozma
kitoblar   sotilgan.   Ibn   Sinoning   yozishicha,   u   Buxoro   bozoridan   Abu   Nasr   Forobiyning   «Aristotel   metafizikasiga
sharh»lar   nomli   kitobini   uc   h   dirhamga   sotib   olgan.   Bu   kitobni   o‘qib   chiqqach   Ibn   Sino   qadimgi   yunon   faylasufi
Aristotel ta'limoti  va  falsafasining mohiyatiga tushunib yetgan.
Shahar   madaniyatining   ravnaqi,   o‘rta   asrlar   jamiyati,   ziyolilari   davrasining   kengayib   borishi   shubhasiz
somoniy   hukmdorlarni   ilm   ahli   bilan   yaqinlashtirdi.   Mamlakatni   boshqarishda   ularning   bilimi   va   maslahatlaridan
foydalandilar.   Hukmdorlarning   aksariyati   bu   davrda   o‘z   saroylarida   olim,   shoir   va   usta   san'atkorlarni   va   turli
sohalar   bo‘yicha   qimmatbaho   kitoblarni   to‘plashga   odatlandilar.   Saroyga   jalb   etilgan   olim   va   shoirlar
kutubxonalardagi nodir ko‘lyozma asarlar  bilan  mag‘rurlanardilar 76
.
75
A6y MaHcyp  ac-Cao^HÔHH.  HaTHMaT ag-gaxp. -T.: 1976, -1866.
76
3oyugoB B.yn gayo (®opo6un, BepyHHH, H6 H  C HHO ). -T., 1987, -326. Mustaqil   Somoniylar   davlatining   tashkil   topishi,   siyosiy   barkarorlik   va   iqtisodiy   ko‘tarilish   madaniy
hayotning ravnakiga imkon berdi. Bu davr Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn  Sino,  Beruniy, Abu Abdulloh Xorazmiy va
Abu Bakr Muhammad Narshaxiy kabi jahon fani  taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk siymolarni  o‘z bag‘rida
tarbiyalab kamolotga yetkazdi.
Abu   Nasr   Forobiy   873   yilda   Aris   suvining   Sirdaryoga   quyilishida   joylashgan   Forob   (O‘tror)   shahrida
tug‘ilgan.  U avval  ona  shahrida,  so‘ngra Samarqand, Buxoro  va Bag‘dodda  bilim  olgan.  Umrining oxirida  Xalab  va
Damashq shaharlarida yashagan, 950 yilda vafot etgan. Forobiy riyoziyot, fa- lakiyot, tabobat, musiqa, mantiq, falsafa,
tilshunoslik va adabiyot sohalarida ijod etgan. U 160   dan   ortiq   asar   yozib, o‘rta asr fan va madaniyatiga ulkan hissa
qo‘shdi.   Bular   orasida   <Aristotel   (Arastu)ning   «Metofizika»   asari   maqsad-lari   haqida»,   «Musiqa   kitobi»,   «Baxt-
saodatga   erishuv   haqida»,   «Tirik   mavjudot   a'zolari   haqida»,   «Siyosati   al-madaniya»   («Shaharlar   ustida   siyosat
yurgizish»)   va   boshqa   ko‘pgina   asarlari   bo‘lgan.   Forobiy   bilimi,   ma'rifati,   fikr-   mulohazalarining   kengligi   va
mantigining teranligi tufayli Sharqda Aristotel (Arastu) dan keyingi yirik mutafakkir — «Muallimus-soniy» («Ikkinchi
muallim»)   nomi   bilan   shuhrat   topdi.   Forobiy   ilk   o‘rta   asr   sharoitidaaql   va   ilm   tantanasi,   ma'naviy   ozodlik,   inson
takomili va adolatli jamiyat uchun kurashgan buyuk siymo edi 77
.
Bu   davrning   ulug‘   mutafakkirlaridan   yana   biri   Abu   Ali   ibn   Sino   edi.   U   980   yidda   Buxoro   yaqinidagi
Afshona qishlog‘ida mahalliy amaldor oilasida dunyoga keladi. Besh, o‘n yoshlarida maktabda ta'lim oladi. Maktabni
bitirgach, ustozi Abu Abdulloh an-Natiliydan mantiq, falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini o‘rganadi. O‘n olti yoshidan
boshlab   turli   fanlar   bo‘yicha   Sharq   va   G‘arb   olimlarining   ilmiy   asarlarini   mustaqil   o‘rganadi.   Ayniqsa   u   tabobat
ilmining qadimgi allomalari Gippokrat va Golen hamda o‘rta asr Sharqining buyuk hakimi va mutafakkiri Abu Bakr
ar-Roziy (864—925) ning asarlarini puxta
77
3oyngoB B.yn  gayo  (®opo6nn, BepyHHH, H6 H  C HHO ). -T.: 1987, -4416. o‘rganadi. Ibn   Sino   o‘n yetti yoshidayoq e'tiborli hakim va olim bo‘lib yetishadi. U amir Nuh ibn Mansurni davolab
tuzatgach,   somoniylarning   saroy   kutubxonasidan   foydalanishga   ruxsat   oladi.   Kutubxonada   u   bir   yil   davomida   turli
sohalardagi ilmiy asarlarni mutolaa qilib, bilimini chuqurlashtiradi.
X asr oxiri — XI asr boshlarida Movarounnahr va Xurosondagi murakkab siyosiy vaziyat oqibatida yuzaga
kelgan   og‘ir   sharoitda   Ibn   Sino   o‘z   ona   shahri   Buxoroni   tark   etib,   avvalo   Xorazmshoh   Ma'mun   saroyidagi   olimlar
qatoridan   joy   oladi.   So‘ngra   Mahmud   G‘aznaviyning   tazyiqi   tufayli   Xorazmdan   ham   chiqib   ketadi.   U   umrining
oxirigacha   Obivard,   Gurgon,   Ray,   Kazvin,   Isfaxon   va   Hamadon   shaharla-rida   hukmdorlar   qo‘l   ostida   tabiblik   va
vazirlik qiladi. 1037 yilda Hamadonda vafot etadi 78
.
Ibn  Sino  arab va fors tillarida fanning turli sohalari bo‘yicha 300 dan ortiq asarlar yozadi. Nazm va nasrda
qalam yuritadi. Uning besh jildlik «Al-Qonun  fit-tib», «Kitob ush-shifo», «Donishnoma», «Salamon va  Ibsol», «Risolat
at-   tayr»   va   ko‘pgina   boshqa   asarlari   shular   jumlasidandir.   Uning   tabobatga   doir   asarlarida   kasalliklarning   kelib
chiqish sabablari va manbalari, diagnostika, muolaja usullari, dorivor o‘simliklar va dorivor o‘simliklar xususiyatlari,
parhyez,   inson   salomatligi   uchun   jismoniy   tarbiyaning   ahamiyati   kabi   tabobatning   ko‘pgina   g‘oyat   muhim
masalalariga alohida e'tibor berilgan. Uning «Al-Qonun fit-tib» asari XII asrdayoq lotinchaga tarjima  qilinib, to  XVII
asrgacha   yevropa   tabobatida   asosiy   qo‘llanma   sifatida   foydalanilgan.   O‘rta   asrning   bu   buyuk   allomasi   Sharqda
«Shayxur-rais», G‘arbda «Avitsenna» nomlari bilan shuhrat topdi 79
.
Bu davrda Xorazm poytaxti Urganch ham obod va madaniy shahar edi. Xorazmshoh Abul Abbos Ma'mun
ancha   bilimli   hukmdor   bo‘lib,   olim,   shoir,   san'atkor,   naqqosh   va   musavvirlarga   homiylik   qilar   edi.   Urganchda
xorazmshohlar saroyida zamonasining yirik mutafakkirlari Ibn Sino va
78
Беруний билан Ибн Синонинг савол-жавоблари. -Т.: Фан, 1950. -14б.
79
Ирисов А. Улуг табиб ва олим Абу Ади ибн Сино.- Т.: Фан. 1960, -14б. Beruniydan   tashqari,   tarixchi   Miskavayx,   matematik   Abu   Nasr   Arroq,   faylasuf   Abu   Sahl   Masihiy,   tabib   Ibn
Hammorlar   to‘plangan   edilar.   Bu   yerda   «Bilimdonlar   uyi»   —   «Ma'mun   akademiyasi»   tashkil   etilib,   u   yerda
Xorazmshoh homiyligida falsafa, matematika, tib ilmiga oid masalalar muhokama qilinar edi. Ammo Urganchdagi bu
ilmiy muhit uzoq yashamadi. Mahmud G‘aznaviyning tazyiqi ostida u tezda tarqalib ketdi.
O‘sha zamonda Urganchda yashab ijod qilgan ulug‘ mutafakkirlardan biri Abu Rayhon Beruniy (973-1048)
edi.   U   Xorazmda   tug‘iddi,   dastlab   Urganchda   ta'lim   oldi.   Uzoq   yillar   Gurgonda   yashadi.   So‘ngra   Xorazmshoh
Ma'mun   saroyida   ijod   qildi.   1017   yilda   Mahmud   G‘aznaviyning   talabi   bilan   G‘azna   shahriga   bordi   va   umrining
oxirigacha shu yerda ijod qildi. Beruniy 1048 yilda G‘aznada vafot etdi. U falakiyot, geografiya, matematika va tarix
fanlari   bo‘yicha   154   ta   ilmiy   asar   yozdi.   Beruniyning   «O‘tmish   avlodlardan   qolgan   yodgorliklar»,   «Hindiston»,
«Geodeziya»   kabi yirik  asarlari shular  jumlasidandir. U  o‘zining falakiyotga  oid asarlarida  n Koperniqdan  qariyb  5
asr   muqaddam   yerning   quyosh   atrofida   aylanishi   haqidagi   fikrni   o‘rta   asrlarda   birinchi   bo‘lib   ilgari   surdi.   yerning
dumaloq shaklda ekanligini asoslab berdi. U dunyoning geografik xaritasini tuzdi.
Beruniyning   fan   olamida   shuhrat   qozontirgan   katta   asarlari   «Hindiston»   hamda   «O‘tmish   avlodlardan
qolgan   yodgorliklar»   nomli   kitoblaridir.   Ulardan   birinchisida   u   Hindistonning   geografiyasi,   aholisining   mifologik
tasavvurlari   haqida   ma'lumot   beradi.   Ikkinchi   kitobida   esa   yunonlar,   rumoliklar,   sug‘dlar,   xorazmliklar,   nasorolar,
yahudiylar,   arablarning   islomgacha   bo‘lgan   urf-odatlari,   diniy   e'tiqodlari,   matematik   va   geografik   tushunchalari
to‘g‘risida qimmatli tarixiy ma'lumotlarni bayon qiladi. Beruniyning ilmiy va falsafiy merosi, shubhasiz, jahon fani va
madaniyati xazinasiga qo‘shilgan katta hissa bo‘ldi 80
.
X—XI   asrlarning   qomusiy   olimlaridan   ikkinchisi   Abu   Abdulloh   al-   Xorazmiy   edi.   Xorazmlik   bu   olimning
hayoti haqida juda oz ma'lumot bizgacha
80
Ирисов А. Беруний ва Х,индистон. -Т.: Фан. 1963, -13б. yetib  kelgan,  hatto  uning   na  tavallud  topgan,  na  vafot  etgan  sanasi  ma'lum.  Olimning   to‘liq  ismi  Abu  Abdulloh  ibn
Ahmad ibn Yusuf al-Xorazmiydir. Uning yoshligi Xiva, Zamahshar va kindik qoni to‘kilgan Kat shahrida o‘tgan. Bu
shaharda Abu Abdulloh al-Xorazmiy yashadi, savod chiqardi va fanning turli sohalari bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ddi.
Ma'lum   bir   vaqt   u   Xurosonda   istiqomat   qiladi.   Nishopur   shahrida   kotiblik,   Somoniylar   davlati   poytaxti   Buxoroda
Nuh   ibn   Mansur   (976-   997)   saroyida   hatto   vazirlik   lavozimida   faoliyat   ko‘rsata-i.   Saroydagi   hayot   unga   Buxoro
shahridagi nihoyatda boy amir kutubxonasidan foydalanish imkonini beradi.
Abu   Abdulloh   Xorazmiydan   bizgacha   arab   tilida   yozilgan   yagona   asar   —   «Mafotih   ul-ulum»   («Fanlar
kalitlari»)   yetib   kelgan.   Bu   kitob   fanlarning   rivoji   tarixi   va   ularnint   tasnifiga   bashshlangan.   Unda   o‘rta   asrlardagi
fanlar borasida ma'lumotlar qomusiy uslubda berilgan. Aruz, arifmetika, geometriya, kimyo kabi fanlarning asoslari
bayon   etilgan.   Abu   Abdulloh   al-Xorazmiy   o‘z   asarida   aniq   fanlar   to‘g‘risida   tushunchalar   beribgina   qolmay,   balki
ularning taraqqiyot darajasini ham aniqlagan. Uning bu asari o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda aniq fanlarning rivojida
muhim o‘rin tutgan 81
.
Bu   davrda   Xorazm   diyorida   yetishib   chiqqan   buyuk   allomalardan   yana   biri   Mahmud   Zamahshariydir.
Uning   to‘liq   ismi   Abul   Qosim   Mahmud   ibn   Umar   az-Zamahshariy   bo‘lib,   u   1074   yidda   Xorazmning   Zamahshar
qasabasida   dunyoga   keldi.   Dastlab   bilimni   u   avval   otasidan   oladi,   so‘ngra   madrasada   tahsil   ko‘radi.   Ilmga   bo‘lgan
chanqoqlik uni Buxoro, Marv, Nishopur, Isfaxon, Shom, Bag‘dod, Hijoz va Makkada hayot kechirib kelgan arab tili
grammatikasi   va   lug‘ati,   arab   qabilalarining   lahjalari,   maqollari,   urf-odatlarini   chuqur   o‘rganishiga   sabab   bo‘ladi.
Mintaqa geografiyasiga doir ma'lumotlar to‘playdi.
Mahmud Zamahshariy arab tili grammatikasi, lug‘atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, jug‘rofiya, tafsir, hadis
vafiqh   ilmiga   oid   50   dan   ortiq   asarlar   yozib   qoldiradi.   Ayniqsa   uning   arab   tili   fonetikasi   va   morfologiyasiga
bag‘ishlangan
81
EayogupoB P. A6y A6ay.raox, a^-Xopa3MHH Ba umw^ap TacHH^H TapuxugaH. -T.: Y36eKHcroH, 1995, -276. «Al-Mufassal»,   Xorazmshoh   Otsizga   bag‘ishlangan   «Muqaddimat   ul-adab»,   «Kitob   al-Jibol   va-lamkina   val-miyoh»
(«Tog‘lar, joylar va suvlar haqidagi kitob») kabi asarlari nihoyatda ahamiyatlidir. Uning «Asos al-balog‘a» («Notiqlik
asoslari»),   «Al-Kustos   fil-aruz»   («Aruzda   o‘lchov   (mezon)»)   asarlari   qimmatli   manbalardan   hisoblanadi.   Az-
Zamahshariyning   Qur'on   tafsiriga   oid   «Al-   Kashshof»   asari   musulmon   olamida   ayniqsa   mashhurdir.   Qohiradagi
dunyoga   dong‘i   ketgan   Al-Azxar   diniy   dorulfunining   talabalari   «Al-Kashshof»   asosida   Qur'oni   Karimni
o‘rganadilar 82
.
XII asrda fiqh ilmining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomaning to‘liq ismi  Abul Hasan   Ali ibn Abu
Bakr  ibn Abdul  Jalil ar-Rishtoniy al- Marg‘inoniydir. U1118 yil-da Farg‘ona vodiysining Rishton qasabasida tavallud
topdi,   1197   yili   vafot   etdi.   U   yoshligidayoq   Rishton,   Marg‘inon,   Samarqand,   Buxoro   hamda   Movarounnahrning
boshqa shaharlarida Qur'on, hadis ilmlarini mukammal egallab, islom huquqshunoslish borasida yuksak yutuqlarga
erishgan 83
.
X-XII asrlarda Movarounnahrda tarix va geografiyaga qiziqish ortib, bu ilmlarga e'tibor kuchayadi. Chunki
bu   davrda   mahalliy   aholining   ma'naviy   hayotida   o‘z   ona   tili   va   unda   yozilgan   tarixiy   va   adabiy   asarlarga   bo‘lgan
ehtiyoj   ham   tobora   ortib   bormoqsa   edi.   Ayni   shu   davrda   Gardiziyning   «Zaynulaxbor»   («Xabarlar   ko‘rki»),
Bayxaqiyning   30   jildlik   tarixiy   asari,   Majiduddin   Adnoniyning   «Tari-xiy   mulki   Turkiston»,   Muhammad
Narshaxiyning «Tarixi Buxoro» kabi asarlari fors tiliga tarjima qilinadi.
Bu davrda Movarounnahr, Shosh, Fargona, yettisuv va Sharqiy Turkistonda turkiy xalqyaarning qadimdan
davom   etib   kelayotgan   og‘zaki   adabiyoti   yuzaga   keladi.   Qator   didaktik   poemalari   bitiladi.   Ammo   ularning   juda   oz
nusxalarigina   bizgacha   saqlangan.   Ulardan   eng   nodiri   Yusuf   Xos   Hojib   Bolasog‘uniyning   «Kutadg‘u   bilik»
(«Saodatga boshlovchi  asar»)  nomli
82
Абул Косим Махмуд аз-Замахшарий. Нозик иборалар. -Т:Камалак. 1992, 13б.
83
Кориев О. Ал-Маргиноний - машхур фиххшунос. -Т. : Фан. 2000, -20б. asaridir. Asarda mavzular qamrovi juda keng. Ularda inson va uning ijtimoiy mohiyati, hayotidagi o‘rni va vazifasi
har tomonlama  tahlil qilinadi.  «Qutadg‘u bilik»da  oddiy  xalq,  mehnatkash  inson alohida  ehtirom bilan  tasvirlanadi.
Yusuf   Xos   Hojib   ayniqsa   dehqonlar,   chorvadorlar,   hunarmand   va   savdogarlarni   iliq   mehr   bilan   tilga   oladi.
Dehqonlarni   u   hammadan   ham   yuqori   qo‘yadi.   Turli   tabaqalar   bilan   hokimiyatning   qanday   munosabatda   bo‘lishi
kerakligini  uqtiradi.  Dehqonlar   «zarur  kishilardir...  bular  bilan  sen  aloqada  bo‘l   va  aralashgin....  hammajonliylarga
ulardan oziq yetadi, hamma o‘z yeyim-ichimini ulardan oladi» 84
, deb ta'kidlanadi kitobda.
X—XII asrlarda Movarounnahr va Xorazmda me'morchilik va san'at yangi taraqkiyot bosqichiga ko‘chdi.
Avvalambor, o‘rta asr jamiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi va bu davrda to‘la g‘alaba qozongan islom dini mafkurasi
madaniy hayotning bu sohasiga ham kuchli ta'sir qildi. Uning tashqi qiyofasi va mazmuni tubdan o‘zgardi.
Qolaversa,   mamlakatning   iqtisodiy   qo‘tarilishi   natijasida   uning   yangi   yo‘nalishda   ravnaq   topishi   uchun
qulay   sharoit   yuzaga   keldi.   VIII   asrda   yuz   bergan   tushkunlikdan   keyin   shaharlar   kengayib,   obodonlashadi.   Asrlar
davomida   to‘plangan   va   avloddan-avlodga   ananaviy   ravishda   o‘gib,   tobora   boyib   kelgan   me'morchilik   yuqori
darajada rivojlanadi.
Shaharlarda hashamatli  binolar  qad ko‘taradi. Binokorlikda  xom  g‘isht va  paxsa bilan  bir  qatorda,  pishiq
g‘isht   va   turli   xil   ganch   hamda   ohakli   qurilish   qorishmalari   keng   ishlatilib,   binolarning   shakli   ham,   ko‘rinishi   ham
ko‘rkamlashadi.   Baland   peshtoqli   yoki   chortoqpi,   tomi   gumbazli   hashamatli   binolar   hamda   o‘ymakor   g‘ishtlardan
qurilgan qo‘rkam minoralar har bir shaharning ko‘rki bo‘lib, uning husniga husn qo‘shar va manzarasini bezab turar
edi.
Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, O‘zgan va Marv kabi shaharlarda bu davrda ko‘plab saroy, masjid,
madrasa, minora, xonaqoh, maqbara, tim va
84
rocy$ Xoc  X, O * H 6. Kyragry  Ön^nr.  T.: ro^gy3na, 1990, -436. karvonsaroylar   quriladi.   Buxoro   shahridagi   Ismoil   Somoniy,   Zirabuloq   yaqinida   -Tim   qishlog‘idagi   Arabota,
Karmanadagi   Mirsaid   Bahrom   maqbaralari,   Buxorodagi   namozgoh,   Minorai   Kalon,   Vobkent   va   Jarqo‘rg‘on
minoralari   va   boshqa   ko‘pgina   binolar   o‘sha   davr   me'morchiligining   namunalaridandir.   Bu   yodgorliklar   X-XII
asrlarda Movarounnahrda o‘ziga xos me'morchilikning g‘oyat rivoj topganligidan dalolat beradi 85
.
Bu   davrda   monumental   me'moriy   binolardan   tashqari,   yo‘nilgan   tosh,   pishiq   g‘isht   va   suvga   chidamli
qurilish qorishmalaridan turli xil suv inshootlari: suv omborlari - bandlar, novalar, ko‘priklar, sardobalar  va  korizlar
barpo etiladi. Qizig‘i shundaki, bunday inshootlarning o‘lchamlari matematik jihatdan yuyat puxta ishlangan. Shunga
qaraganda, mahalliy gidrotexniklar bunday suv inshootlarini qurishda o‘sha davrda rivoj topgan handasa  va  riyoziyot
ilmlari hamda asriy mirobchilik muhandisligi tajribalaridan keng foydalanganlar.
Masalan,   X   asr   Nurota   tog‘   tizmalarining   Pasttog‘   darasi   to‘silib,   barpo   etilgan   Xonbandi   nomli   suv
omboriga 1,5 mln metr kub suv to‘plangan. To‘g‘ on   granit  toshi  va  suvga chidamli qurilish qorishmasidan qurilgan.
Xonbandining   matematika   yechimlaridan   ma'lum   bo‘lishicha,   uni   bino   qilishda   X   asr   muhandislari   hovuzga
to‘planadigan  suvning   vertikal   hamda  ag‘daruvchi  kuchlarigina  emas,  balki   bu   hududlarda  tez-tez  sodir  bo‘ladigan
zilzilalarning silkinish kuchlarini ham hisobga olganlar.   Bu,   shubhasiz, XVII asr mashhur  fransuz fizigi Blez Paskal
tomonidan   suvning   bosim   kuchi   to‘g‘risida   yaratilgan   qonun   kashfiyotchisidan   qariyb   VII   asr   muqaddam
movarounnahrlik muhandislarga ma'lum ekanligidan dalolat beradi 86
.
X asrdan boshlab binokorliqsa sinchkori imoratlar keng tarqaladi. Yakkasinch   va   qo‘shsinchli binolarning
tagsinchlaridan tortib, ustunlariyu sarrovlari  va  to‘sinlarigacha yog‘ochlarni payvandlash uslubida qurilib,
8 5
8 5
Пугаченкова Г.А. Ремпель Л.И. Очерки искусства Средней Азии. Т.:  1989,  -38с.
86
Му^аммаджонов А. Узбекистоннинг вддимги гидротехника иншоотлари. Т. : Узбекистан, 1997, -32б. sinchlaming orasi xom g‘isht yoki guvalalar bilan urib chiqilgan. Bu tuzilishdagi imoratlarni qurish uslubi hozirgacha
saqlanib keladi.
Afrosiyob,   Varaxsha,   Buxoro   va   Poykand   shahar   xarobalarida   kovlab   ochilgan   turarjoy   qoldiqlaridan
ma'lum   bo‘lishicha,   X—XI   asrlarda   ham   paxsa   va   xom   g‘ishtdan   qurilgan   imoratlar   shahar   me'morchiligida   asosiy
o‘rinni   tutgan.   Xona,   yo‘lak,   ayvon   va   hovlilardan   iborat   bunday   turarjoylar   va   saroylar   odatda   mustahkam   qalin
paxsa   devor   bilan   o‘ralib   suvalgan,   xona   devorlari   ganchkori   naqshli   panellar   bilan   bezatilgan.   Turarjoy   sahni
ko‘pincha naqshli qilib to‘shalgan pishiq g‘yshtlar bilan qoplanar edi 87
.
IX—XII   asrlarda   me'morchilik   bilan   birga   naqqoshlik   va   o‘ymakorlik   san'ati   ham   ancha   rivoj   topadi.
Imoratni o‘ymakor ustun va to‘sinlar, devorlarini bo‘yoqli yoki ganchkorli naqshlar bilan bezash keng ta rqaladi. Bu
davrga kelib naqqoshlik va tasviriy san'at o‘zgacha tus oladi. Endiliqsa  jonli mavjudotlarni tasvirlashdan  murakkab
geometrik va islimiy gulli naqshlar ishlashga o‘tiladi. Islom dini mafkurasiga asosan, garchi tirik jonzodlarni tasvirlash
majusiylik va butparastlik deb qagiy man qilinganiga qaramay, xalq san'atining bu sohadagi asriy an'analari butunlay
yo‘qolib   ketmaydi.   Bu   davrda   yog‘och,   ganch   va   sopoldan   turli   jonzodlarning   haykalchalarini   yasash   va   ularning
tasvirlarini sirli sopol buyumlariga tushirish keng tarqaladi.
Naqqoshlik san'atining taraqqiyoti o‘z navbatida kulolchilik, misgarlik va zargarlikning ravnaqiga yordam
beradi. Samarqand, Buxoro, Toshkent va boshqa shaharlar kulolchilik, misgarlik va zargarlik rivoj topgan markazga
aylanadi.   IX—XII   asrlarda   ayniqsa   sirli   sopol   buyumlar   ishlab   chiqarish   keng   yo‘lga   qo‘yiladi.   Rango-rang   sopol
idishlarga   nimsariq,   ko‘kimtir,   yashil,   qizil,   jigarrang   va   qora   bo‘yoqli   naqshlar   tortilib,   sirti   yupqa   sir   bilan
qoplangan.   Idish-tovoqlarni   epigrafik   naqsh   —   arabcha   «xatti   kufiy»da   bitilgan   maqollar,   hikmatli   so‘z   va   tilaklar
bilan   bezash   katta   o‘rin   tutgan.   Bunday   sopol   buyumlar   nihoyatda   sifatli   bo‘lib,   chet   mamlakatlarga   ham   olib
chiqilgan.
87  ^
Улмас обидалар./ М.Исуоков ва муаллифлар гурууи. Т.: Фан, 1989, -57б. Bu davrda xattotlik xalq san'atining muhim va keng tarqalgan sohalaridan biri edi. Hali kitob bosish kashf
etilmaganligi,   qo‘lyozma   kitoblardan   nusxalar   xattotlar   tomonidan   faqat   qo‘lda   ko‘chirilishi   tufayli   xattotlik   san'ati
ancha   rivoj   topadi.   Turli   uslubda   husnixat   bilan   bitilgan   xattotlik   namunalari   me'moriy   naqshlarda   ham   hayotiy
mazmun va estetik zavq beruvchi bezak sifatida ishlatiladi.
Odatda,   imoratlarning   peshtoqi,   eshigi   va   devorlarining   ayrim   qismlari   turli   mazmundagi   bitiklar   bilan
qoplanar edi. Shu jumladan, masjid, xonaqoh va madrasalarga ayrim oyatlar, saroylarga turli madhiyalar, oddiy bino
va buyumlarga esa hikmatli  so‘zlar bitilar edi. Shuningdek, imoratning qurilgan yili, binokor ustaning  ismini yozish
ham   odatga   aylangan.   Bu   odat,   shubhasiz,   kulolchilik,   misgarlik   va   zargarlik   buyumlarida   ham   namoyon   bo‘ladi.
Shunday   qilib,   IX—XII   asr   me'morchiligi   va   unda   ishlangan   me'moriy   naqsh   uslublari   o‘z   navbatida   mexnatkash
aholining   did-nafosat va   binokorlik g‘oyalari   bilan   chambarchas bog‘langan  xalq me'mor-bannolarining  sermazmun
ijodini namoyish etadi 88
.
IX—XII   asrlarda   musiqa   san'ati   xam   g‘oyat   taraqqiy   qiladi.   Bayramlar,   to‘ylar,   xalq   sayillari   va   boshqa
marosimlar,   shubhasiz,   kuy   va   qo‘shiqsiz   o‘tmas   edi.   Mahmud   Koshg‘ariyning   «Devonu   lug‘atit   turk»   kitobida
keltirilgan ma'lumotlarga qaraganda, xalq orasida ayniqsa qo‘shiq janri keng tarqalgan 89
. Bu davrda sozandalar rud,
tanbur,   qo‘buz,   rubob,   nay,   surnay,   karnay,   qo‘shnay,   tabl,   barbat,   daf,   ko‘s,   taburok,   zir,   chag‘ona,   shaynur,
arg‘unun   va   qonun   kabi   g‘oyat   xilma-xil   torli,   zarbli   va   puflab   chalinadigan   cholg‘u   asboblaridan   keng
foydalanganlar.
Bu   davrda   hatto   yangi   sozlar   ixtiro   etilgan.   Masalan,   Rudakiyning   zamondoshi   Abu   Hifz   Sug‘diy   nayga
monand «shohrud» nomli torli asbob yaratgan edi. Manbalarda Abu Bakr Rubobiy, Bunasr, Buamir, changchi
88
Муродоа А. Урта Осиё хаттотлик санъатининг тарихи. Т.: Фан, 1971, -28б.
89
Махмуд Кошгарий. Девону луготит-турк. 3-жилд. Т.: Фан, 1963, -68б. Lo‘kariy   kabi   sozandalar   hamda   hofizlaming   nomlari   saq-lanib   qolgan.   Rudakiy   rud   va   tanbur   kabi   sozlarni
yaxshigina   chaladigan   sozanda   va   xushovoz   hofiz   bo‘lgan,   uning   mashhur   «Bo‘yi   jo‘yi   Mo‘liyon»   she'ri   ushshoq
kuyida   aytilib,   nihoyatda   shuhrat   qozongan.   Rudakiyning   zamondoshlaridan   shoir   Abu   Tayib   Tohir   «Xusravoniy»
kuyini ijod qilgan edi.
Bu   davrda xalq kuylari asosida keyinchalik tojik   va   o‘zbek xalqlarining klassik kuyi   «Shashmaqom»   uchun
poy   devor bo‘lgan   «Rost», «Xusravoniy»,   «Boda», «Ushshoq»,   «Zerafkanda», «Buslik», «Sipohon», «Navo», «Basta»,
«Tarona»  kabi   yangi-yangi   quylar  ijod   etiladi.   Bu   soz   va   kuylarning   ko‘pi  o‘zbek   va   qardosh  xalkdarning  madaniy
merosi tarzida hozirgi kungacha sakdanib kelmoqsa. Musiqa san'ati, shubhasiz, poeziya hamda musiqashunoslik ilmi
bilan   uzviy   bog‘langan   holda   taraqqiy   etadi.   Forobiy   va   Abu   Ali   ibn   Sino   kabi   ulug‘   olimlar   musiqa   va
musiqashunoslikka katta e'tibor beradilar  va  nodir asarlar yaratadilar 90
.
IX-XII   asrlar   ma'naviy   hayotida   islom   dini   muhim   rol   o‘ynaydi.   Bu   davrda   musulmon   Sharqida   keng
tarqalib, jahon dini darajasigacha ko‘tarilgan islom dini  va  shariat  musulmon dunyosining mafkurasiga aylandi.  Arab
xalifaligining olib borgan siyosati natijasida o‘zining barcha haq-huquqlaridan ajralib, madaniyati   oyoq   osti qilingan
Mo-varounnahr aholisi o‘z e'tiqodi  va  xat- savodidan mahrum bo‘lib, islom dinini  qabul  qilishga,  shariat  ahkomlarini
bajarishga,   shuningdek,   arab   tili   va   yozuvini   o‘rganishga   majbur   bo‘ldi.   Ko‘p   vaqg   o‘tmay   e'tiqodli   xalq   yod   arab
imlosida xat-savod chiqarishga kirishadi. Masjid  va  xonaqohlar savod maktabiga aylanib, imomu mutavallilar ustozu
muta-kallim vazifasini bajaradilar.
Biroq shunisi e'tiborliki, Movarounnahr aholisining murakkab arab imlosini o‘zlashtirib, xat-savodli bo‘lishi
uchun hamda  fan va  davlat tili  deb  hisoblangan arabiy tilni mukammal o‘rganib,  bu tilda  asarlar yarata oladigan
90
  Хамидов Д. Узбек анъанавий ^шщчилик маданияти тарихи. Т.: У^итувчи, 1996, -26б. olim va  mutafakkirlaming yerli xalq orasidan yetishib chiqishi uchun qariyb bir yarim asr, ya'ni besh avlodning umri
sarf bo‘ladi.
Shunday   bo‘lsa-da,   bu   davr   mobaynida   Movarounnahr   aholisining   ma'naviy   va   e'tiqodiy   hayotida   keskin
o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Ma'lumki, ilk islomda jamiyatni hukuqiy  va  mafkuraviy jihatdan boshqarish faqat Qur'on
va   hadis   asosida   olib   borilgan.   Biroq   musulmon   jamoalarining   barcha   huquqiy   va   axloqiy   masalalari   Qur'onda
qamrab   olinmaganligi   sababli   VII   asr   oxiri   -   VIII   asr   boshlaridayoq   hadislarni   to‘plab   yozish   boshlanadi.   Chunki
hadislar Qur'ondan keyin muqaddas manba hisoblangan. IX-X asr boshlarida islomiyat ulamolari orasida obro‘li deb
e'tirof   etilgan   hadislarning   6   ta   to‘gshami   yuzaga   keladi.   Bulardan   sunna   deb   hisoblangan   hadislardan   «Sahihi
Buxoriy»  va   «Sahihi   Muslim»  eng   mo‘tabarlari  hisoblanadi.   Movarounnahrdan  Abu   Abdulloh   Ismoil  al-Buxoriy   va
Abu Iso at-Termiziy kabi buyuk muhaddislar yetishib chiqqan 91
.
Ammo   vaqt   o‘tishi   bilan   xalifalik   tomonidan   fath   ztilgan   mamlakatlar   ulamolarining   ta'siri   tufayli   islom
ta'limotining   ba'zi   masalalari   bo‘yicha   g‘oyaviy   bahslar   va   ixtiloflar   yuzaga   keladi.   Natijada   ko‘plab   yo‘nalish,
mazhab   va   firqalar   paydo   bo‘ladi.   X   asrda   islomning   sunniylik   yo‘nalishi,   xususan,   Abu   Xanifa   (Imom   A'zam)
tomonidan   Iroqda   asos   solingan   Xanafiya   mazhabi,   ayniqsa,   Xuroson   va   Movarounnahrda   ravnaq   topadi.   Chunki
Xanafiya  mazhabi  o‘zga  dinlar   va   mahalliy  urf-odatlarga  nisbatan  erkinlik  berib,  xalqlarning  mahalliy  an'analarini
e'tiborga olgani uchun u keng yoyiladi.
Bunday vaziyatda, shubhasiz, musulmonlarning ijtimoiy-iqtisodiy, diniy faoliyatini qamrab oluvchi qonunlar
majmuasiga ehtiyoj tug‘iladi. Bir necha asrlar mobaynida ilohiyotchilar shariat qonunlarini ishlab chiqadilar. U diniy-
huquqiy   tizim   sifatida   XI-XII   asrlarda   to‘la   shakllanadi.   Bu   borada   ham   Movarounnahr   ula-molari   ma'naviy   va
madaniy merosni shakllantiris h yo‘lida
91
y BaTOB y. Myyagguc^ap  HMQMH .  T., MaiHaBHOT, 1998, -416. imkoniyat doirasida faoliyat ko‘rsatadilar. Burhonuddin al-Marg‘inoniy  va  uning mashhur  «Al-Hidoya»  asari buning
yorqin dalilidir.
Movarounnahr   va   Xurosonda   xalifalik   hukmronligi   tugatilib,   mustaqil   Somoniylar,   Qoraxoniylar,
Xorazmshohlar  va  G‘aznaviylar davlatlari qaror topadi. Islom ta'limoti, shariat ahkomlari  va  ilmu ma'rifatga e'tibor
yanada   kuchayadi.   Markaziy   shaharlarda   qator   masjid   va   madrasalar   qad   qo‘taradi.   Manbalardan   ma'lum
bo‘lishicha,   dastlabki   madrasa   Buxoroda   X   asrda   shaharning   Kavushdo‘zlar   timi   yaqinida   bino   qilinadi.   U   Farjak
madrasasi  deb  yuritilgan.  XII  asrda   esa   Buxoroning  Darvoza  mahallasida  qonunshunoslar  uchun   maxsus   «Faqihlar
madrasasi» quriladi.
Bunday oliy ilmgohlarda asosan islom dini ta'limotining asosiy manbalari — Qur'oni Karim, Hadisi Sharif
va   arab   tilini   mukammal   o‘rganishga   katta   e'tibor   berilgan.   Shariat   ahkom   Qur'ondan   keyin   muqaddas   manba
hisoblangan. IX—X asr boshlarida islomiyat ulamolari orasvda obro‘li deb e'tirof etilgan hadislarning 6  ta  to‘gshami
yuzaga keladi. Bulardan   sunna   deb hisoblangan hadislardan   «Sahihi   Buxoriy» va   «Sahihi   Muslim» eng mo‘tabarlari
hisoblanadi.   Movarounnahrdan   Abu   Abdulloh   Ismoil   al-Buxoriy   va   Abu   Iso   at-Termiziy   kabi   buyuk   muhaddislar
yetishib chiqqan 92
.
Ammo   vaqt   o‘tishi   bilan   xalifalik   tomonidan   fath   ztilgan   mamlakatlar   ulamolarining   ta'siri   tufayli   islom
ta'limotining   ba'zi   masalalari   bo‘yicha   g‘oyaviy   bahslar   va   ix-tiloflar   yuzaga   keladi.   Natijada   ko‘plab   yo‘nalish,
mazhab   va   firqalar   paydo   bo‘ladi.   X   asrda   islomning   sunniylik   yo‘nalishi,   xususan,   Abu   Xanifa   (Imom   A'zam)
tomonidan   Iroqda   asos   solingan   Xanafiya   mazhabi,   ayniqsa,   Xuroson   va   Movarounnahrda   ravnaq   topadi.   Chunki
Xanafiya  mazhabi  o‘zga  dinlar   va   mahalliy  urf-odatlarga  nisbatan  erkinlik  berib,  xalqlarning  mahalliy  an'analarini
e'tiborga olgani uchun u keng yoyiladi 93
.
92
Бауодиров Р., Расулов Д. Ислом илмларининг буюк алломалари. Т.: 2000, -24б.
93
Алоуддин Мансур. Имоми Аъзам - буюк имомимиз. Т.: 1999, -95б. Bunday vaziyatda, shubhasiz, musulmonlarning ijtimoiy-iqtisodiy, diniy faoliyatini qamrab oluvchi qonunlar
majmuasiga ehtiyoj tug‘iladi. Bir necha asrlar mobaynida ilohiyotchilar shariat qonunlarini ishlab chiqadilar. U diniy-
huquqiy   tizim   sifatida   XI-XII   asrlarda   to‘la   shakllanadi.   Bu   borada   ham   Movarounnahr   ula-molari   ma'naviy   va
madaniy   merosni   shakllantirish   yo‘lida   imkoniyat   doirasida   faoliyat   ko‘rsatadilar.   Burhonuddin   al-Marg‘inoniy   va
uning mashhur «Al-Hidoya» asari buning yorqin dalilidir 94
.
Movarounnahr   va   Xurosonda   xalifalik   hukmronligi   tugatilib,   mustaqil   Somoniylar,   Qoraxoniylar,
Xorazmshohlar va G‘aznaviylar davlatlari qaror topadi. Islom ta'limoti, shariat ahkomlari va ilmu ma'rifatga e'tibor
yanada   kuchayadi.   Markaziy   shaharlarda   qator   masjid   va   madrasalar   qad   qo‘taradi.   Manbalardan   ma'lum
bo‘lishicha,   dastlabki   madrasa   Buxoroda   X   asrda   shaharning   Kavushdo‘zlar   timi   yaqinida   bino   qilinadi.   U   Farjak
madrasasi  deb  yuritilgan.  XII  asrda  esa  Buxoroning   Darvoza  mahallasida   qonunshunoslar  uchun  maxsus  «Faqihlar
madrasasi» quriladi.
Bunday oliy ilmgohlarda asosan islom dini ta'limotining asosiy manbalari - Qur'oni Karim, Hadisi Sharif va
arab tilini mukammal o‘rganishga katta e'tibor berilgan. Shariat ahkom uzgan, zehnu zakovat, aqlu farosatda tengsiz,
shariat ilmining bilimdoni, toatu ibodatda mustahkam, ammo oddiy mutaabbid dindorlardan ajralib turadigan ajoyib
xislatli insonlar toifasi bo‘lib, tarixda ular «rah kishilari» deb uluglangan. Yozma manbalarda ular ahdulloh, avliyo,
arbobi   tariqat,   darvesh,   qalandar   va   faqir   kabi   nomlar   bilan   tilga   olinadi.   Ammo   diniy   adabiyotda   ularga   ko‘proq
«so‘fiy»   nomi   qo‘llanilgan.   So‘fiy   so‘zi   arabcha   «so‘f»   iborasidan   yasalib,   jun   chakmonli,   jun   kiyimli   ma'nosini
anglatgan.   Chunki   so‘fiy   darveshlarning   aksariyati,   odatda,   jun   chakmon   yoki   qo‘y   terisidan   tikilgan   po‘stin   kiyib
yurganlar.   So‘f   yoki   so‘fiy   so‘zidan   yasalgan   «tasavvuf»   iborasi   so‘fiylik   tariqati   haqidagi   ta'limot   degan   ma'noni
bildirgan.
94
yBaTOB y. My^aggHC^ap  HMQMH .  T.: MatHaBHOT, 1998, -486. Bu   diniy-falsafiy   ta'limotning   rusumlari   -   tartib-qoidalari   IX-X   asrlarda   shakllangan.   XI-XII   asrlarda   esa
tasavvuf   maktablari   va   ularning   silsilalari   tarkib   topgan.   Bu   davrlarda   islom   Sharqida   Misr,   Bag‘   -dod,   Basri,
Buhoro,   Nishopur,   Termiz   va   Balx   kabi   shaharlar   tasavvuf   va   tariqat   markazlari   sifatida   muhim   rol   o‘ynagan   edi.
Ayni   shu   davrda   Misr,   Xuroson,   Movarounnahr,   Iroq   va   Turkiston   maktablari   shuhrat   topadi 95
.   XIII   asr   va   XIV
asrning  birinchi   yarmida  tasavvuf  ham   nazariy-ilmiy,   ham  amaliy   jihatdan  yuksak  darajaga   ko‘tariladi.   Bu  davrda
Yahyo   Suxravadiy,   Najmuddin   Kubro   kabi   mutafakkir   shayxlar,   Fariruddin   Attor,   Ahmad   Yassaviy,   Jaloluddin
Rumiy   singari   buyuk   so‘fiy   shoirlar   tasavvuf   ilmining   rivojiga   ulkan   hissa   qo‘shib,   uni   falsafa   va   hikmat   bilan
boyitadilar.
95
  Хожа Абдухолик  Fиждувоний.  Макомоти Юсуф Х,амодадоний. Т.: Янги аср авлоди, 2005, -16б. Xulosa
O‘zbek   xalqi   davlatchiligi   taraqqiyotida   Somoniylar   sulolasining   hukmronligi   katta   ahamiyat   kasb   etadi.
Arablarga   qarshi   olib   borilgan   kurashlar   natijasida   1X   asrning   ikkinchi   yarmidan   boshlab   Markaziy   Osiyoda
mustaqil   davlatlar   tashkil   topdi.   Bunday   davlatlarning   eng   kattasi   Somoniylar   davlati   edi.   U   Movarounnahr   va
Xurosondan Ray  va  Kavzingacha bo‘lgan yerlarni o‘z ichiga olgan.
Ismoil   ibn   Ahmad   (892-907)   davrida   mazkur   sulolaning   ko‘zga   ko‘ringan   namoyandalari,   Somoniylar
markaziy   davlat   apparatini   mustahkamlashdan   manfaatdor   bo‘lgan   feodal   zodagonlar,   din   peshvolari,   barcha
badavlat dehqon tabaqalarining qo‘llab-quvvatlashlari   bilan   xorijiylarning yetakchilaridan Amir Husaynni ag‘darib
tashlashga,   Buxoroning   Barnod   va   Romiton   tumanlarida   boshlangan   dehqonlar   harakatini   bostirishga   hamda
teskarichi  boyonlarni   davlat  ishlaridan  chetlashtirib   tashlashga  muvaffaq   bo‘ldilar.  893   yili  qadimiy   Usrushonaning
mahalliy hokimiyatini ag‘darib tashladilar hamda iqtisodiy  va  siyosiy jihatdan ahamiyatga molik bo‘lgan bu hududni
o‘z tasarruflariga olishga muvaffaq bo‘ldilar. Turk-qorluqlarning Sirdaryo bo‘yidagi yerlarga qilib turgan bosqinini
to‘xtatib, Tarozni bosib oldilar (893) hamda u yerdagi aholini musulmon diniga kirgizdilar.
Abbosiylar   xalifaligi   davrida   bir   butun   bo‘lgan   mazkur   shahar   va   viloyatlar   X   asrning   biriichi   choragida
undan   ajralib   chiqdi.   Bu   bo‘linish   to   935   yillargacha   davom   etdi.   Natijada   Mesopotamiya   hamdoniylar   (905-1004),
Misr   bilan   Suriya   ixshidiylar   (935-969)   qul   ostiga,   G‘arbiy   Eron   buvayxiylarga,   Tabariston   bilan   Gurgon   mahalliy
daylimiylar   sulolasi   bo‘lmish   ziyoriylarga,   Movarounnahr   bilan   Xuroson   somoniylar   qo‘liga   utib   qoldi.   Tarixchilar
o‘xshatib   aytganlaridek,   xalifaga   Bag‘dod   bilan   Vaviloniyaning   bir   qismigina   qoldi,   xulos.   To‘g‘ri,   maxalliy
hukmdorlar (mulk at-tavoif) hali ham xalifa hokimiyatini tan olar, uning nomini xutbaga qo‘shib uqitar, tangalarda
uning nomini o‘z nomlari bilan  bir qatorda zarb etar, vaqt-vaqti  bilan xalifaga hadyalar yuborib   turar   edilar. Ammo ular
Bardodga  shunchaki  qaram   edilar,   xolos.   Xalifa  nomigagina   davlat  boshlig‘i  bo‘lib,  hyech   kanday  real   hokimiyatga
ega emas edi.
Somoniylar Movarounnaxr va Xurosonda mustakil davlat tuzish uchun avvalambor, kuchli markazlashgan
xokimiyat tuzish kerakligini yaxshi tushunishgan. Bu ayniksa Ismoil Somoniy  xukmronligi davrida kunning dolzarb
masalasiga   aylandi.   Chunki   Ismoil   Somoniy   Movarounnaxr   va   Xurosonni   birlashtirishga   va   yagona   markazlashgan
davlat   tuzishga   muvaffak   buldi.   Endi   bu   davlatni   idora   kilish   lozim   edi.   Shuning   uchun   u   bir   kancha   isloxotlar
utkazdi.   Mana   shunday   isloxotlardan   biri   davlatni   boshkarish   ma'muriyatini   joriy   kili^   buldi.   Bu   isloxotga   binoan
davlatni idora kilish saroyi (dargox) va devon (xarbiy—fukaro maxkamalari) tashkil etildi. Ismoil Somoniy davlatning
majmuini tashkil etishda Sosoniylar Eroni va Arab xalifaligida kabul kilingan tajribalardan foydalandi va uni zamon
talabiga karab mukammallashtirdi.
Xokimiyatning   eng   yukori   pogonasida   somoniylar   turib,   ular   amir   unvoni   bilan   idora   kilganlar.   Davlat
majmuini mustaxkamlashda,  Nasr II  Somoniyning  ma'rifatli  vazirlari Abuabdullo  Muxammad  Jayxoniy va  Abufazl
Muxammad Balamiylarning xizmatlari katta bulgan. Umuman, Somoniylar xukmdorligi davrida vazirlik mansabiga
asosan shu ikki sulola vakillari tayinlanganlar.
Umuman   somoniylar   davrida   Xuroson   va   Movarounnaxr   kishlok   xujaligini   turli   tarmoklari   xususan,
dexonchilik   yaxshi   rivojlangan.   Somoniylar   davrida   dexkonchilik   bilan   bir   katorda   xunarmandchilik   xam   keng
sur'atlar   bilan   tarakkiy   kildi.   Shaxar   axolisining   kup   kismi   xunarmandchilikning   turli   soxalari   bilan   mashgul
bulishgan.   Manbalarda   kayd   kilinishicha   Movarounnaxrda,   ayniksa,   tukimachilik   yaxshi   tarakkiy   kilgan.   Bu   yerda
ipak va jundan tayyorlangan turli-tuman gazlamalar uzining yukori sifatliligi, bejirim va nafis nakshlari bilan ajralib
turgan. Buxoroning Zandana, Samarkanddagi   Vedar   va Surxon daryodagi Darzangi tukimachilarining maxsulotlari
fakatgina Movarounnaxr   va   Xurosondagina   emas,   balki   Irak,   Eron   va   Xindistonlarda   xam   ma'lum   bulgan.   Xususan,
Narshaxiyning   yozishicha,   Zandanada   tayyorlangan   gazlamalarga   Shark   bozorida   extiyoj   juda   katta   bulgan.   Ibn
Xavkal va Mukaddasiyning kayd etishicha Vedarda tayyorlangan yukori sifatli gazlamalar axolining yukori tabakalari
orasida   juda   kadrlangan.   Bu   gazlamalardan   asosan   amirlar,   vazirlar,   turli   amaldorlar,   kozilar   uzlariga   liboslar
tiktirganlar. Vedar gazlamasi xatto Xuroson parchasi xam deb atalgan. Gazlamalarning turli navlari bundan tashkari
Keshda, Nasafda, Binketda, Dabusiyada va kupgina boshka shaxarlarda xam tayyorlangan.
Somoniylar   davrida   kuchli   va   mustakil   davlatning   paydo   bulishi   dexonchilik,   xunarmandchilikning
rivojlanishi,   shaxarlarning   tarakkiyoti   uz   navbatida   ichki   va   tashki   savdoni   yanada   uzviylashuviga   va   tarakkiyotiga
olib   keldi.   Avvalo   shaxar   va   kishloklar   urtasidagi   savdo   kengaydi.   Ikkinchi   tomondan   shaxar   va   kishloklarni
kuchmanchi xalklar va boshka davlatlar bilan alokasi rivojlandi.
Yozma   manbalarda   kayd   kilinishicha,   bozorlar   katta-kichik   shaxarlarda   va   xatto   kishloklarda   bulgan.
Ayniksa   karvon   yullari   buyida   joylashgan   shaxarlarkda   bir   nechtadan   bozorlar   bulgan.   Buxoro,   Xujand,   Kesh,
Termiz,   Xirot,   Marv,   Nishopur   shaxarlaridagi   bozorlar   katta   va   juda   gavjum   bulgan.   Istaxriyning   yozishicha,
Samardandda   Movarounnaxrzfning   bosh   bozori   joylashgan.   Bu   yerga   xamma   yerdan   savdogarlar   kelgan.
Movarounnaxrda   tayyorlangan   maxsulotlarning   katta   kismi   Samarkandga   keltirilgan   va   undan   keynn
boshkayurtlarga tarkatilgan. Ichki va tashki savdoda ayrim kichik shaxarlarning xam ;urni katta bulgan. Bu borada
Poykand   shaxri   muxim   axamiyat   kasb   etadi.   Manbalarda   yozilishicha,   bu   shaxarda   somonnylardan   oldin   xam
savdogarlar Xorazm, Kaspiy buyidagi ulkalar va Xitoy bilan oldi-sotti ishlari olib borishgan.
IX—X   asrlarda   mamlakatda,   bir   tomondan,   dehqonchilik,   ikkinchi   tomondan,   hunarmandchilikning   rivoj
topishi, shubhasiz, o‘z navbatida ichki va tashqi savdoning  kengayishiga olib keladi. Bu davrda Old Osiyoni Mo‘g‘uliston   va   Xitoy   bilan   tutashtirgan qadimgi
karvon yo‘li orqali olib borilgan tashqi savdo aloqalari, ayniqsa* gavjumlashib ketadi. Bag‘dod shahridan boshlangan
katta karvon yo‘li Hamadon, Nishopur, Marv, Omul, Buxoro, Samarqand, Shosh, Taroz, Qulon,   Marke,   Bolasog‘un,
Suyob,  Issiqko‘lning  janubiy  sohili  orqali  o‘tib,  Sharqiy  Turkistonga   va   undan  Xitoyga  kirib  borar  edi.  Bu  yo‘lning
Farg‘ona   orqali   o‘tgan   janubiy,   o‘g‘uzlar   yoki   Dashti   Qipc   hoq   orqali   Janubiy   Sibirga   yo‘nalgan   shimoliy   hamda
Xorazm   orqali   Volga   daryosi   bo‘ylab   Xazar   va   Bulg‘or   davlatlariga   eltadigan   shimoli-g‘arbiy   tarmoqlari,   ayniqsa,
serqatnov bo‘lgan.
Markaziy Osiyolik savdogarlar uz mollarini arab xalifaligi tarkibiga kirgan davlatlarga, Kavkazga, Xazar va
Bulroriyaga,   Xitoy   va   Xindistonga   olib   borib   sotganlar.   Markaziy   Osiyodan   Xitoy   bilan   Urta   yer   dengizini
birlashtiruvchi   va   Janubi-Sharkiy   yevropaga   olib   boruvchi   karvon   yullari   uggan.   Ayniksa   Urta   yer   dengizi   bilan
borgovchi karvon yuli ancha gavjum bulgan. Bu yul Bagdod, Xamadon, Nishopur, Marv, Amul, Buxoro, Samarkand,
Ustrushona, Choch, Balasorun orkali Xitoyga olib borgan. Xitoyga Markaziy Osiyodan otlar  va  shisha buyumlar olib
borilgan.   Xitoydan   esa   turli-tuman   ipak   gazlamalar   keltirilgan.   Xazar   Bulror   va   Rus   yerlariga   Markaziy   Osiyodan
kuruk   mevalar   turli-tuman   gazlamalar,   guruch   va   kumush   chikarilgan.   Uz   navbatida   Janubi-Sharkiy   yevropadan
Markaziy   Osiyoga   muyna,   mis,   teri,   koramol,   kullar   keltirilgan.   JanubiSharkiy   yevropa   bilan   bulgan   savda
alokalarida xorazmlik savdogarlarning urni katta bulgan.
Markaziy   Osiyo   xalqlarining   ijtimoiy-iqtisodiy   va   madaniy   rivojlanishida   ham   Somoniylar   davlati   (1X-X
asrlar)   katta   ahamiyatga   ega   bo‘ldi.   Bu   davr   ilmfan   va   ma'rifatning   rivojlangan   davri   bo‘ldi   hamda   Al-Xorazmiy,
Forobiy, Beruniy, Ibn   Sino,   Ismoil Buxoriy, Imom at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband kabi ulug‘
mutafakkir olimlar  va  allomalar yetishib chiqishida muhim bosqich bo‘ldi. Somoniylar davri shunisi bilan ajralib turadiki, bu davrda o‘lkada tinchlik siyosati hukmron bo‘lgan va ilm-
fan,   madaniyat   gullab   yashnagan.   Ushbu   davrda   o‘lkamizdan   mashhur   mutafakkir   olimlar,   islom   ilmlarida   katta
shuhrat   qozongan   ilohiyotchi   olim   va   allomalar   yashab   ijod   qilgan.   Shuningdek,   ushbu   davrda   o‘lkamizda   islomiy
ilmlar   taraqqiy   etgan   va   ko‘plab   ilm   markazlari,   jumladan   “Dor   al-juzjoniya”,   “Dor   al-iyodiya”,   “Buxoro   fiqh
maktabi”   kabi   maktablar   faoliyat   olib   borgan.   Ushbu   davr   yana   shunisi   bilan   ajralib   turadiki,   bu   davrda   o‘lkada
millatlararo o‘zaro totuvlik, e'tiqodiy xurlik va diniy bag‘rikenglik barqaror bo‘lgan.
Somoniylar davlatida  IX  asrning  oxirlarida  ijtimoiy-siyosiy va  iqtisodiy sohalarda  muhim o‘zgarishlar  yuz
bergani   va   bir   necha   yillar   davomida   tinch   siyosat   va   sharoitlar   hukmron   bo‘lib   turgani   Movarounnahrning   asosiy
ilmiy   markazlaridan   hisoblangan   Buxoro   va   Samarqand   shahrida   ilmiy   jarayonlarning   jonlanishiga   zamin   yaratdi.
Samarqandning buyuk ipak yo‘lida joylashgani tijorat, san'at va ilm markazlaridan biriga aylanishiga sabab bo‘lgan.
Shuni   alohida   ta'kidlash   mumkinki,   somoniylar   davrida   Samarqandda   nafaqat   islom   dinining,   balki   boshqa
dinlarning ham ta'lim markazlari faoliyat olib borgan.
Mazkur   tadqiqot   ishida   qariyb   bir   yarim   asr   davomida   Movarounnahrda   mustahkam   imperiya   sifatida
hukmronlik qilgan somoniylar davridagi shu barqarorlik tarixi haqida ma'lumot berishga harakat qildim. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Prezident I.A. Karimov asarlari:
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. -  T., «Sharq»,  1998.
2. Karimov   I.A.   Asosiy   vazifamiz   -   vatanimiz   taraqqiyoti   va   xalqimiz   farovonli-   gini   yanada   yuksaltirish.   -   T.,
“O‘zbekiston” 2010.
3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O‘zbekiston, 1992.
4. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari  va  taraqqiyot kafolatlari. -
T., “O‘zbekiston”, 1997.
5. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch. T., “Ma'naviyat”, 2008.
6. Karimov   I.A.   Biz   bag‘ri   keng   va   hamdard   xalqmiz.   “Andijon   nashriyot   matbaa”   Ma'suliyati   cheklangan   jamiyat.
2010.
7. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. - T., “O‘zbekiston” 2011.
8. Karimov I.A. Tarixiy xotira  va inson  omili - buyuk kelajagimiz garovidir. - Toshkent., 2012.
Asosiy adabiyotlar ro‘yxati:
9. Abu Bakr ibn Jafar Narshaxiy. Buxoro tarixi. T. “Kamalak” 1995.
10. Abu Jafar Muhammad at-Tabariy. Istoriya at-Tabariy. T. “Fan” 1987
11. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. T.: 1993.
12. Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlar. 1-jild. T.: Fan, 1968.
13. Abulg‘oziy. Shajarai turk. T.: Cho‘lpon, 1992.
14. Abulqosim Firdavsiy. Shohnoma. Uch jildlik. T.: G‘afur G‘ulom nashriyoti, 1984.
15. Abu-l-Fazl Bayxaki. Istoriya Ma'suda (1030-1041). Per. s pers. A.K.Andersa. T.: 1962
16. Agadjanov S.A. Gosudarstvo Seljukidov i Srednaya Aziya. (XI-XII v.v.) M.: 1991.
17. Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi. T.: Sharq, 2000.
18. Axmedov B.  Tarixdan  saboklar. T.  «Ukituvchi»,  1994.
19. Ahmedov B. O‘zbek ulusi. T.:  Nur,  1992.
20. Axmedov B. O‘zbekiston tarixi manbalari. T.,  «O‘qituvchi»,  2001.
21. Bartold  V.V. Arabskie zavoevaniya i Turkestan pri Samanidax. Soch. T. 2. Ch.1.-M., 1963;
22. Bichurin N.Ya. Sobranie svedeniy o narodax, obitavshix v Sredney Azii v drevnie vremena. 1,2,3 tt. Material po istorii
Turkmenii i turkmen. T.1.- Moskva, 1939.
23. Buryakov Yu.F., Gritsina A. Maverannaxr na Velikom shelkovom puti. Samarkand-Bishkek, 2006.
24. Buxoro tarixi. T.: Fan, 1976.
25. Buyuk siymolar, allomalar. T.: Meros (uch kitob), 1995, 1996, 1998. 26. Vamberi Xerman. Buxoro yoki Movarounna.hr tarixi. T.: 1990.
27. Vosifiy Z. Badoe'ul vaqoe. T.: G‘.G‘ulom, 1979.
28. G‘ulomov Ya.G‘. Qadimgi madaniyatimizning izlaridan. T.: Fan, 1960.
29. G‘ulomov Ya.G‘. Xorazmning sug‘orish tarixi. T.: Fan, 1959.
30. Gumilev L.N. Qadimgi turklar. T., 2007.
31. Yormatov I. Iloq tarixi. T., 2005.
32. Zaki Validiy. O‘zbek urug‘lari. T.: 1992.
33. Ipak yo‘li afsonalari. T.: Fan, 1993.
34. Istoriya Uzbekistana. - T.: Fan, 2012.
35. Is’hoqov M. va b. Qadimgi yozma yodgorliklar. T.: Yozuvchi, 2000.
36. Is’hoqov M. So‘g‘diyona tarix chorrahasida. T.: Fan, 1990.
37. Kabirov J., Sagdullaev A. O‘rta Osiyo arxeologiyasi. T.: O‘qituvchi, 1990.
38. Kamaliddin Sh.S. Drevnetyurkskaya toponimiya Sredney Azii. T., 2006.
39. Karaev O. Istoriya karaxanidskogo kaganata. Frunze. 1983
40. Kbichanov ye.I. Kochevie gosudarsvo ot gunnov do manchjurov. M., 1997.
41. Litvinskiy B.A. Kangyusko-sarmatskiy farn. Dushanbe, 1968.
42. Mavlonov O‘. Markaziy Osiyoning qadimgi yo‘llari. T., 2008.
43. Mavlonov O‘., Maxkamova D. Madaniy aloqalar va savdo yo‘llari. T., 2004.
44. Mason V.M. Srednaya Aziya i Drevniy Vostok. M., 1964.
45. Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘otit-turk. Uch jildlik. T.: Fan, 1960-1963.
46. Ma'naviyat yulduzlari. T.: 2001
47. Mirzo Ulug‘bek.t ulus tarixi. T.: Cho‘lpon, 1994.
48. Murtazaeva R.H. va b. O‘zbekiston tarixi (Ma'ruzalar matni). T.: 2000.
49. Muxamedjanov A.R. Istoriya orosheniya Buxarskogo oazisa (s drevneyshix vremyon do nachala XX v.). T., 1978.
50. Muhammadjanov A.R., Ne'matov T.I. Buxoro va Xivaning Rossiya bilan munosabatlari tarixiga doir ba'zi manbalar. 
T.: 1957.
51. Muhammadjonov A. Qadimgi Buxoro. T.: Fan, 1991.
52. Myuller Avgustin. Istoriya islama. T. I-IX. -M.; 2004.
53. Narshaxiy M. Buxoro tarixi. “Meros” turkumi. T.: Kamalak, 1991.
54. Nasaviy. Siyrat as-Sulton Jaloliddin Mangburni. T.: 1999
55. Nasimxon Rahmon. Turk hoqonligi. T., 1993.
56. Negmatov N. Gosudarstvo Samanidov. Dushanbe 1997
57. Nizomulmulk. Siyosatnoma. T.: Adolat, 1997.
58. Pugachenkova G.A. Rempel L.I. Ocherki iskusstva Sredney Azii. T., 1989.
59. Ravshanov P. Qarshi tarixi. T., 2006.
60. Rahimov J. O‘zbekiston tarixini o‘rganishda arxiv manbalaridan foydalanish. T.: O‘qituvchi, 1995.
61. Raxmonov N. Turk xoqonligi. T., 1993.
62. Rtveladze E.V. O‘rta Osiyoning qadimgi tangalari. T., 1987.
63. Rtveladze E.V., Saidov A.X., Abdullaev E.V. Qadimgi O‘zbekiston sivilizatsiyasi: davlatchilik va huquq tarixidan 
lavhalar. T.: “Adolat”, 2001. 64. Sagdullaev A. Qadimgi O‘zbekiston ilk yozma manbalarida. T.: Universitet,
1996.
65. Sagdullaev A.S., Mavlonov O‘. O‘zbekistonda davlat boshqaruvi tarixi. - T.: Akademiya, 2006.
66. Sagdullaev va boshqalar. O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. - T.: Akademiya, 2000.
67. Sadr ad-Din Ali al-Xusayni. Axbar ad-Daulat as-seldjukiya. Per. Z.M.Buniyatova. M.: 1980
68. Samarqand tarixi. Ikki jildlik. T.: “Fan”, 1969-1971.
69. Sulaymonova F. Sharq va G‘arb. T.: O‘zbekiston, 1997.
70. Temur tuzuklari. T.: G‘afur G‘ulom, 1991.
71. Tokarev S.A. Rannie form h religii. M.. 1964.
72. Tolstov S.P. Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab. T.: Fan, 1964.
73. Uvatov U. Donolardan saboqlar. T.: A.Qodiriy, 1994.
74. Usmon Turon. Turkiy xalqlar mafkurasi. T.: Cho‘lpon, 1995.
75. Xidayatov G.A. Krushenie Samanidov. T., 2003.
76. O‘zbegim. “Vatan” seriyasi. T.: 1992.
77. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. T.1-2. T.: O‘zMU nashriyoti, 2000-2001.
1997.
78. O‘zbekiston tarixi (qisqacha ma'lumotnoma). T.: Sharq, 2000.
79. O‘zbekiston tarixi. - T.: Universitet, 1997.
80. O‘zbekiston tarixi. 1 qism. /A.Sagdullaev, B.Eshov tahriri ostida. T.:
Universitet, 1999. 2 nashri.
81. O‘zbekiston tarixining eng asosiy sanalari. T.. 2006.
82. O‘lmas obidalar./ M.Is’hoqov va mualliflar guruhi. T.: Fan, 1989.
83. Habibullaev N. O‘rta Osiyo qog‘oz ishlab chiqarish tarixi. T.: Fan, 1992.
84. Hamidov H. O‘zbek an'anaviy qo‘shiqchilik madaniyati tarixi. T.: O‘qituvchi, 1996.
85. Shaniyazov K. Uzbeki-karluki. T.: Nauka, 1964.
86. Shoniyozov K. O‘zbek xalqining shakllanish jarayoni.T., 2001.
87. Eshov B.J. O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. - T.: Yangi asr avlodi, 2012.
88. Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. T.: “Yulduzcha”, 1990.
89. Yakubovskiy A.Yu. Maxmud Gaznavi.-L., 1934;

MAVZU: SOMONIYLAR DAVLATINING O‘RTA OSIYO TARIXIDA TUTGAN O‘RNI BITIRUV MALAKAVIY ISHI TOSHKENT - 2013

MUNDARIJA KIRISh ................................................................................................................... 3-7 I.BOB. Somoniylar davlatining tashkil topishi va siyosiy hayoti ...................... 8-36 I. 1. Somoniylar davlati tarixiga oid manbalar tahlili va tarixshunosligi ........................................................................................................................ 8-18 I. 2. Mavorounnahr va Xurosonda Somoniylar hokimiyatining o‘rnatilishi va siyosiy hayoti ........................................................................................... 19-27 I. 3. Somoniylar davlatining inqirozi sabablari ................................................ 28-36 II. BOB. Somoniylar davlatining boshqaruv tizimi va madaniy hayoti ............................................................................................................ 37-78 II. 1. Somoniylar davlatining markazlashtirish siyosati va boshqaruv tizimi ........................................................................................................................ 37-44 II. 2. Somoniylar davlatining xo‘jalik hayoti va ishlab chiqarish munosabatlari ...................................................................................................... 45-54 II. 3. Somoniylar davlatida madaniy hayot va din ............................................ 55-78 Xulosa ................................................................................................................... 79-83 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati .................................................................... 84-87 Ilovalar

KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Har bir xalqning davlatchilik va madaniyati tarixini o‘rganish nafaqat ilmiy yoki nazariy, balki chuqur ma'naviy-ruhiy ahamiyatga ega bo‘lib, har birimizda o‘zimiz tug‘ilgan va yashayotgan ona zamin bilan mustahkam aloqadorlik hissini rivojlantiradi. Mustaqillik yillarida xalqimizning o‘z o‘tmishiga qiziqishi kuchaydi. O‘zligimizni anglash, tariximizni o‘rganish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Chunki, xalqimizning madaniy-ma'rifiy an'analari va merosini o‘rganishda, milliy g‘oyaning shakllanishida tarix fanining ahamiyati beqiyosdir. Qadimgi va boy tariximizni o‘rganish, uni keng ommaga yetkazish har bir tarixchi oldida turgan dolzarb vazifadir. O‘zbekiston tarixini xolisona va haqqoniy o‘rganish masalasi Prezident I.A.Karimovning asarlarida alohida tahlilini topib, o‘zbek xalqi davlatchiligi tarixidagi boy an'analarni tadqiq etish dolzarb muammo tarzida maxsus ta'kidlandi 1 . Prezident belgilab bergan muhim vazifalar va tarixchi olimlar oldiga qo‘yilgan masalalar shundan iboratki, asl manbalarga tayangan holda Vatan tarixiga yangicha yondoshib, qadimgi davrdan to bizning zamonimizgacha bo‘lgan tarixiy jarayonlarni va voqyealarni o‘rganishimiz zarur. Tarixchilarimiz zimmasiga o‘lkamiz tarixini xolisona va haqqoniy yoritish, unga adolat nuqtai nazaridan yondoshish va baho berish kabi ulkan vazifalar qo‘yildi. O‘zbekistonning qadimgi tarixi va madaniyati, qadimgi madaniy aloqalar mavzulariga katta e'tibor berilayotganligi ahamiyatga molikdir. Zero, O‘zbekiston tarixidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy jarayonlarni aks ettiruvchi yozma manbalar va hujjatlami yangi asoslarda tahlil etib umumlashtirish muhimdir. O’zbekiaston Respublikas Prezidenti ta'kidlaganlaridek “Mustaqillik yillari o‘z o‘tmishimizni, o‘z madaniyatimizni 1 KapHMOB H.A. TapnxHH xoTHpacH3 Ke^a^aK ny^, -T.: fflap^, 1998. -46.; KapaHr: Xa^K; cy3H. -1998. 28nM^b.

xolisona bilib olish davridir. Bu jahon hamjamiyati, tarix oldidagi vazifamizni anglab olish davridir” 2 . Xalqimiz tarixini o‘rganish va uni targ‘ib etishda, o‘zbek davlatchiligi tarixida, uning madaniy rivojlanishida hukmdor sulolalar boshqaruvi, ularning ayrim vakillari alohida o‘rin tutadi. O‘zbek xalqi davlatchiligi taraqqiyotida Somoniylar sulolasining hukmronligi katta ahamiyat kasb etadi. Odatda sulolalar biron-bir o‘zlariga mansub yirik namoyanda faoliyati orqali mashhurlikka erishadilar (masalan, eftaliylar, anushteginiylar, temuriylar). Somoniylar ham shunday, ular aslida Somon qishlog‘i oqsoqoli Somonxudotning avlodlaridir. Arablarga qarshi olib borilgan tinimsiz kurashlar natijasida IX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Markaziy Osiyoda mustaqil davlatlar tashkil topdi. Bunday davlatlarning eng kattasi Somoniylar davlati edi. U Movarounnahr va Xurosondan Ray va Kavzingacha bo‘lgan yerlarni o‘z ichiga olgan. Chunonchi, Ismoil ibn Ahmad (892- 907) davrida mazkur sulolaning ko‘zga ko‘ringan namoyandalari, Somoniylar markaziy davlat apparatini mustahkamlashdan manfaatdor bo‘lgan feodal zodagonlar, din peshvolari, barcha badavlat dehqon tabaqalarining qo‘llab-quvvatlashlari bilan xorijiylarning yetakchilaridan Amir Husaynni ag‘darib tashlashga, Buxoroning Barnod va Romiton tumanlarida boshlangan dehqonlar harakatini bostirishga hamda qarshi boyonlarni davlat ishlaridan chetlashtirib tashlashga muvaffaq bo‘ldilar. 893 yili qadimiy Usrushonaning mahalliy hokimiyatini ag‘darib tashladilar hamda iqtisodiy va siyosiy jihatdan ahamiyatga molik bo‘lgan bu hududni o‘z tasarruflariga olishga muvaffaq bo‘ldilar. Turk-qorluqlarning Sirdaryo bo‘yidagi yerlarga qilib turgan bosqinini to‘xtatib, Tarozni bosib oldilar (893) hamda u yerdagi aholini musulmon diniga kirgizdilar. Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishida ham Somoniylar davlati (IX-X asrlar) katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu davr ilm- 2 KapHMOB H.A. Herndon Ba MatraBHaT. -T.: Y36eKHcroH, 1994, -24-6.

fan va ma'rifatning rivojlangan davri bo‘ldi hamda Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ismoil Buxoriy, Imom at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband kabi ulug‘ mutafakkir olimlar va allomalar yetishib chiqishida muhim bosqich bo‘ldi. Mavzuning o‘rganilganilish darajasi. (bu masala birinchi bobda - mavzuning tarixshunosligi qismida batafsil yoritilgan) Somoniylar davriga oid manbalar ichida Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far Narshaxiyning (899-959) “Buxoro tarixi” (944), Abu Rayhon Beruniyning (973 -1048) “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar yoki “Osor ul-boqiya” (1000), Abu Ali Hasan ibn Ali Tusiy - Nizomulmulkning (1018-1092) “Siyosatnoma” yoki “Siyar ul- muluk” (1091), asarlari o‘sha davrning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tarixini o‘rganishda alhida o‘rin tutadi 3 . Shuningdek, Abul-Fazl Bayhaqiyning “Tarixi Ma'sudiy” (1030-1041), Abu Jafar Muhammad at- Tabariyning “Tarixi Tabariy”, Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma”, Mahmud Qashg‘ariyning “Devonu lug‘at at- turk” kabi asarlarida ham o‘sha davrning tarixi bayon qilinadi 4 . Somoniylar davlati tarixiga oid batafsil ma'lumotlar tarixchi olimlar N.N.Negmatov, G.A.Hidoyatovning asarlarida batafsil yoritilgan 5 . Shuningdek, N.Ya.Bichurin (Otets Iakinf), V.V.Bartold, A.Yu.Yakubovskiy, S.A.Agadjanov, B.Axmedov, K.Shoniyozov kabi olimlarning asarlarida ham somoniylar davriga oid ma'lumotlar berilgan 6 . 3 Абу Бакр Мухаммад ибн Жаъфар Наршахий. Бухоро тарихи. -Т.: Камалак, 1995, -126 б.; Абу Райхон Беруний. Кддимги халклардан долган ёдгорликлар (Осор ул-бокия). Танланган асарлар. 1-жилд. Т.: Фан, 1968, -345 б.; Абу Али Х,асан ибн Али Тусий - Низомулмулк. Сиёсатнома (Сияр ул-мулук). Т., Янги аср авлоди, 2010,- 239 б. Абу-л-Фазл Байхаки. История Маъсуда (1030-1041). /Пер. с перс. А.К.Андерса. -Т.: 1962; Абу Джафар Мухаммад ат-Табарий. История ат-Табарий. Т. Фан 1987; Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шахри. Т.: 1993; Абулкосим Фирдавсий. Шохнома. Уч жилдлик. Т.: Fафур Fулом нашриёти, 1984; Махмуд Кдшгарий. Девону лугатит турк. Т.3.-Тошкент, 1963; 5 Негматов Н. Н. Государство Саманидов. Душанбе, Дониш, 1977, с. 277; Хидаятов Г.А. Крушение Саманидов. Т., 2003, с. 130. 6 Бичурин Н.Я. Собрание сведений о народах, обитавших в Средней Азии в древние времена. 1,2,3 тт. Материалы по истории Туркмении и туркмен. Т.1.-Москва, 1939; Бартольд В.В. Арабские завоевания и Туркестан при Саманидах. Соч. Т. 2. Ч.1.-М., 1963; Якубовский А.Ю. Махмуд Газнави.-Л., 1934;