Somoniylar tangasi noyob husnixat namunasidir
Mavzu:Somoniylar tangasi noyob husnixat namunasidir Reja: 1. Xalifalikni dastlabki davrida muomalada bo`lgan tangalar. 2. Arab xalifaligi tomonidan zarb qilingan tangalar. 3. Somoniylar davri tangalari. Xulosa.
Ettinchi asrdan boshlangan arablar istilosi Turkistonni xam o`z domiga tortdi. Bu ijtimoiy xayotning xamma soxalariga ta`sir ko`rsatish bilan bir qatorda tangasozlik soxasida xam muxim bosqich bo`ldi. Arablar xalifaligi barpo qilingan dastlabki yillarda Vizantiya va Somoniylar davrida zarb qilingan tangalar savdo muomalasida ishlatilgan. SHundan so`ng xalifalik o`sha davr tangalarini chiqarishni davom ettirgan. Lekin tangalardagi Vizan tiya imperatori yoki Somoniylar xukmdorining tasviri arab yozuvi bilan zarb qilingan. Ettinchi asrning so`ngida Abdumalik Umaviy pul isloxoti o`tkazib, musulmon tangasini zarb qilishga asos soldi.SHundan e`tiboran tangalar sof epigrafik, ya`ni ularda faqat yozuvlar joylashtiriladigan bo`ldi. Bu davrda zarb etilgan yangi tangalar xar ikki tomonida xam tasvirlarni yo`qligi bilan oldingi tangalardan ajralib turar edi. Asta-sekin yozuvlar bir tartibda yozila boshlandi. Tanganing old tomoniga "Lo iloxa illollox", orqa tomoniga esa "Muxammad olloxning rasuli" degan yozuvlar bitilgan. Aylanma yozuvlar ko`proq suralaridan iborat. SHunisi muximki. tanganing old tomonida tanganing nomi, zarbxona nomi xijriy xisob bo`yicha tanganing zarb etilgan yili keltirilgan. Xalifalikda oltindan. kumushdan. misdan tangalar zarb qilingan ularning nomlanishi metalga bog`liq edi. Oltin tangalar – dinor, kumush tangalar – dirxam, mis tangalar - ful`s deb atalgan. Ilk musulmon tangalari ismsiz bo`lgan. Keyinroq xalifalarning, noiblarning va xokazolarning ismlari paydo bo`ladi. Musulmon tangalardagi yozuvlar ko`fiy usulida yozilganligidan VIII - IX asrlardagi tangalar ko`pincha kufiy tangalar deb yuritilgan. Dinor va dirxamlarni faqat dastlabki vaqtlarda xalifalikkina zarb qilish xukukiga ega bo`lgan. Mis tangani esa vorislar, amirlar tanga chetiga uz nomlarini yozdirib zarb qilishlari mumkin edi. Oltin tanga tashki savdo uchun zarb qilingan edi. Xalifalik savdosida kumush tangalar dirxamlar pul muomalasini asosini tashkil etgan. Ular xalifalik va uning xalqaro savdosini etarli darajada ta`minlaganlar. Movorounnaxrda arablar istilosidan keyingi dastlabki vaqtlarda umumxalifa tangalari bilan bir qatorda maxalliy eski tangalar xam muomalada bo`lgan va
arablar uz noiblarining nomlari bilan arab yozuvida shunday tangalarni zarb qilganlar. Asta-sekin bu erlarda xam umumxalifalik tangalari dirxam, ful`slar zarb qilina boshlagan. VIII-IX asrlarda Buxoro. Samarqand, SHoshda SHunday tangalar zarb qilingan. Bundan tashqari vaqti - vaqti bilan tangalar zarb qiladigan shaxarlar xam bo`lgan. Mas,: Muaskar ash-shosh(SHosh kal`asi), usha davrdagi Farg`ona poytaxti Axsikent shunday shaxarlardan xisoblanadi. Movorounnaxr xalifalikdan ajralib chiqqandan keyin Xirot viloyatidan kelib chikkan Toxir ibn Xusayn (821-873) Xuroson noibi etib tayinlanadi va u Toxiriylar sulolasiga asos soladi. U Bag`dod xalifaligiga tobe bo`lib ichki siyosatda mustaqil edi. Toxiriylarga tobe bo`lgankeltirilgan qisqagina ma'lumotga qaraganda, uning to‘liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far ibn Zakiriyo ibn Xattob ibn Sharik bo‘lgan. Naslu nasabi Buxoro ahlidan, 899 yilda shahar yaqinidagi Narshax qishlog‘ida duyoga kelgan. 959 yilda 60 yoshida vafot etgan. “Buxoro tarixi” asarini u 943-944 mobaynida arab tilida yozadi. Kitobni Samoniylar davlatning hukmdori Abu Muhammad Nuh ibn Nasr ibn Ahmad ibn Ismoil as-Somoniy (943-954 yy.) ga bag‘ishlaydi. Afsuski, “Buxoro tarixi”ning arab tilidagi asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Uning faqat ancha- muncha qisqartirilib, fors-tojik tiliga ag‘darilgan tarjimasigina yetib kelgan8. “Buxoro tirixi” kitobida yozishda Muhammad Narshaxiy o‘z kuzatishlari, mahaliy aholidan eshitgan va bilganlari bizgacha yetib kelmagan tarixiy hujjatlarga asoslanish bilan birga ko‘pchilik tadqiqotchilar nazari tushmagan arabnavis mualliflarning asarlaridan ham keng foydalangan. Kitobda Madoiniy, Balazuriy va Tabariy asarlariga bo‘lgan havolalar buning yorqin dalilidir. Bulardan tashqari, Muhammad Narshaxiy o‘z asarida islomiyatga qadarli Buxoro tarixi va arablar bosqini bilan bog‘liq bir qancha rivoyatlarni keltiradi. “Siyovush marsiyasi” va “Poykand fojiyasi” kabi axborotlar mana shunday xalq og‘zaki rivoyatlari namunalaridandir. Buxoro va Poykandning islomiyaga qadarli bo‘lgan hokimlari, Poykand ravotlari, arablarning Buxoroga tomon dastlabki yurishlari, shuningdek Muqanna to‘g‘risidagi axborotlarning bir qismi
Muhammad Narshaxiyga mansub bo‘lib, ular ma'lum darajada yozma manbalar hamda og‘zaki rivoyatlar asosida bayon etilgan. Sharg‘ va Iskijkat bozorning ta'rifi; Ismoil Somoniy tomonidan Sharg‘ qishlog‘i yerlarining xaridi; yiliga ikki marta Buxoroda bo‘ladigan mohrshz iyd bozori; Ko‘shki Mug‘on yerlarining X asrdagi bahosi; shahar atrofi ko‘shklarining o‘ymakor sanamlar bilan bezatilgan eshiklari; “kashkashon”- savdogarlar bilan arablar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan mojaralar; nihoyat,“oqkiyimliklar”ning rahnamosi - Muqannaning fojiali qismati to‘g‘risida cho‘rilaridan birining nabirasi og‘zidan eshitgan hikoyasi ayniqsa antiqa axborotlardan hisoblanadi. Abu Nasr Ahmad Quboviyning yozishicha, Muhammad Narshaxiy o‘z kitobini Nuh ibn Nasr as- Samoniy davrigacha bo‘lgan Samoniylar sulolasining hukmronligi to‘g‘risidagi axborotlar bilan tugatadi. “Buxoro tarixi”ning fors tiliga tarjimasi 1128 yilda Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy tomonidan amalga oshirilgan. Asar matnining tahlili shuni ko‘rsatadiki, Abu Nasr Ahmad Quboviy asarni tarjima qilishda uni faqat qisqartiribgina qolmay, balki IX asr mualliflaridan Abu Ja'far Muhammad ibn Jarir at-Tabariyning “Tarixi Tabari”, Abulhasan Abdurahmon ibn Muxammad Nishopuriyning “Xazoinul-ulum” hamda Abu isxoq Ibrohim ibn al- Abbos as-Suliyning “Ahbori Muqanna” nomli asarlaridan olingan qimmatli ma'lumotlar bilan to‘ldiradi. “Buxoro tarixi”da keltirilgan xadislardan ma'lum bo‘lishicha, Abu Nasr Ahmad Quboviy hadis ilmining ulomalaridan biri mashhur muxaddis Muhammad Shamsudin Abu Bakr Zaranjariying biz uchun noma'lum bo‘lgan asaridan ham foydalangan. Masalan, Buxoro shahrining paydo bo‘lishi, “Bozoro moh”, Arkning barpo etilishi, “Kampirok devor”, Buxoro va unga tobi joylarning dehqonchilik xo‘jaligi tafsilotlari hamda shaharning tarixiy topografiyasi (shahristondan tashqari) bayoniga bag‘ishlangan sahifalar Abu Nasr Ahmad Quboviyning Abulhasan Nishopuriy nomidan “Buxoro tarixiga” kiritgan qo‘shimchalaridan hisoblanadi9. Shu bilan birga “Buxoro tarixi”ning tarjimoni va muharriri Narshaxiydek mahalliy mualliflardan bo‘lgani uchun asarni o‘z kuzatishlaridan to‘plagan
hamda bilgan va eshitgan axborotlar bilan ham to‘ldirgan. Mana shunday ma'lumot va axborotlar asosida asarga bir butun sahifalar, ayrim hollarda esa butunlay yangi qism yoki boblar kiritilgan. Masalan, “Buxoro tarixi”ning“Shamsobodning bino etilishi” va “Iyd nomozgohi” kabi boblaming xotima sahifalari va boshqalar Abu Nasr Ahmad Quboviy qalamiga mansubdir. Quboviy tarjimasidan rosa yarim asr o‘tgach, 1178-1179 yillar mobaynida Buxoro hukmdori sadr Abdulaziz ibn Burxonuddin uchun “Buxoro tarixi”ning fors-tojik matni ham yangitan tahrir qilinib, Mhammad ibn Zufar ibn Umar tomonidan ikkinchi marta qisqartirilib.qayta bayon etiladi. O.I. Smirovning fikricha, ayrim qo‘shimchalar bilan bir qatorda “Buxoro tarixi”ni nomma-nom boblarga ajratish asarning mana shu ikkinchi muharriri qalamiga mansubdir. XIII asrdan boshlab “Buxoro tarixi” noma'lum ko‘chiruvchi muharrirlari tomonidan muttasil to‘ldirib borilgan. Jumladan, “Buxoro arkining bino etilishi haqida” va “Buxoro shahrining devori” kabi boblarda Xorazmshoh Muhammad ibn Sulton Takash (1200-1220 yy.) farmoni bilan Buxoro arki devorining tiklanishi, 1165 yilda qurilgan shahar tashqi devorining ta'mir etilib, uning sirtidan Buxoroning ikkinchi qatordan tashqi devor bilan o‘rab olinishi, shuningdek 1220 yilda Chingizxon boshliq mo‘g‘il lashkarlarining Buxoroga bostirib kirib, o‘n ikki kun davomida arkni qamal qilib, olib borilgan jang oqibatida qal'a va shahar devorlari vayron etilib, Buxoroning bosqinchilar tomonidan olinishga bag‘ishlagan sahifalar XIII asrning 20-yillaridan keyin “Buxoro tarixi”ga kiritilgan muhim qo‘shimchalardir. Bu qo‘shimchalar asarning tarjimoni Abu Nasr Ahmad Quboviy yoki uning ikkinchi muharriri Muhammad ibn Zufarlarga tegishli bo‘lmay, balki yana bir noma'lum muharir qalamiga mansubdir10. Yuqorida qayd etilgan juz'iy qo‘shimchalar nazarda tutiladigan bo‘lsa, bizgacha yetib kelgan “Buxoro tarixi”ning fors-tojik tilidagi nusxasi bir necha bor qisqartirilib, tahrir etilgan va aslidan tubdan farq qiladigan tarjimasidan ko‘ra uning arabcha matni asosida ko‘plab qo‘shimchalar kiritilgan yana bir yangi asarga aylangan, deb tushinish mumkin. U vaqtda “Buxoro tarixi”ning