logo

Sopolli madaniyati

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

31.7470703125 KB
Sopolli madaniyati
                                      
                                    Reja: 
            1. Sopolli madaniyati yodgorliklari 
          2. Madaniyatning xo jalik tarmoqlariʻ
                                                                        Sopolli   madaniyatining   yodgorliklari.  
          Sopolli   madaniyati   yodgorliklari   Surxondaryo   viloyatining   Sherobod   va
Sho`rchi   tumanlarining   uch   zonasi   hudularida   joylashgan.   Yodgorliklarning
birinchi guruhi eski Ulanbuloq daryosining o`zanlari hududlari bo`ylab joylashgan,
ikkinchi   tipdagi   yodgorliklar   Bo`ston   daryosining   bo`ylarida   paydo   bo`lgan,
uchinchi guruhdagi yodgorliklar esa Qizilsoy daryosining o`zani bo`ylab joy olgan.
Ulanbuloq   guruhi   yodgorliklari   uch   manzilgohdan   tashkil   topgan:   Sopollitepa,
Kultepa   va   kichiktepa   yodgorliklaridir,   ular   orasida   eng   keng   miqyosda
o`rganilgan   yodgorlik   Sopollitepa   hisoblanadi.   Bo`ston   daryosining   o`ng
qirg`og`ida   joylashgan   yodgorliklar   Jarqo`ton,   chap   qirg`oqdagilari   esa   Bo`ston
deb  yuritiladi.  Bu   yodgorliklar   manzilgohlar   xarobalari  va  qabristonlardan  iborat.
Uchinchi   guruhda   tilga   olingan   Mo`lali   tipida   ham   qabristonlar   ham   aholi
yashagan hududlar joylashgan, biroq, asosiy qazish ishlari qabristonlar hududlarida
olib   borilgan   Sopollitepa   yodgorligi   1968-yilda   Surxondaryo   viloyatida
L.I.Albaum   tomonidan   ochiladi.   Yodgorlikning   umumiy   maydoni   4   ga   ni   tashkil
qiladi,   shimoliy,   sharqiy   va   janubi-sharqiy   qismlari   atrofidagi   yerlarning
o`zlashtirilishi natijasida vayron etilgan. Sopollitepa hududidagi arxeologik qazish
ishlari   bir   necha   tanaffus   va   to`xtalishlar   bilan   1970-,   1974-yillarda   davom
ettiriladi.   Madaniy   qatlamlar   yodgorlikning   turli   qismlarida   aniqlanganligini
ko`ramiz. Shuning uchun ham eng asosiy qazishma ishlari mudofaa devorlarining
atroflarida   olib   borilgan.   Ko`pgina   statsionar   arxeologik   qazish   ishlari   davomida
mudofaa devoir va uning atrofida joylashgan uylar, xo`jalik xonalari ko`rinishlari,
poydevorlari   qanday   holatda   turganligi   ma’lum   bo`ldi.   Yodgorlikka   aholining
ko`chib   borishi   va   qurilish   ishlarinin   olib   borishi   asosan   bronza   davriga   to`g`ri
keladi. Sopollitepaning yuqori qatlamlari shamollar tasirida yemirilgan va   buzilib
ketgan.   Ikkinchi   qurilish   garizontidan   devorlarning   bir   necha   qavatli   g`ishtlardan
qolgan   qoldiqlari   qalin   madaniy   qatlam   ustida   qal’a   bo`ylab   sochilib   ketgan. Boshqa   bir   uchastkalaridan   esa   faqatgina   keramika   qoldiqlari   va   turli
hayvonlarning   suyak   qoldiqlari   topilgan.   Bino   va   devorlarning   qoldiqlari   turli
darajada saqlanib qolgan, madaniy qatlamlarning qalinligi esa 2,5 m gacha vujudga
kelgan,   uchta   qurlish   gorizonti   mavjudligi   aniqlangan.   Sopolli   madaniyatiga
tegishli   materiallar   o`zining   turfa  xilligi   va   boyligi   bilan   boshqa   madaniyatlardan
ajralib turadi. Sopol buyumlari, qurollar, mehnat qurollari, taqinchoqlar va pardoz
uchun   ishlatiluvchi   buyumlar   shular   jumlasidandir.   Keramika   buyumalari
Sopollitepa   yodgorligining   madaniy   qatlamlari   va   qabrlaridan   topilgan.
Yodgorlikning ushbu nomni olishi ham qazishmalar jarayonida juda ko`plab sopol
buyumlarining   topilishi   va   bu   sopollarning   o`ziga   xos   shakllari   va   bezaklaridir.
Sopol   buyumlari   turli   ko`rininshlarda   mavjud   bo`lib,   ularni   alohida   mukammal
o`rganishni   talab   etadi.   Texnik   jihatidan   sopol   buyumlarini   ikki   turga   –   qo`lda
ishlangan   sopollar   va   kulolchilik   charxi   yordamida   yasalgan   sopollarga   ajratish
mumkin. Qo`lda ishlangan sopol buyumlari oz miqdorni tashkil qiladi – ko`pgina
tovoqlar,   qalin   devorlari   bo`lgan   xumsimon   shakldagi   qozonlar   shular
jumlasidandir, garchi bu davrda kulolchilik charxi ixtiro qilingan bo`lsa-da, ayrim
holatlarda hali hamon qo`lda ishlangan sopol idishlarga ehtiyojning bor ekanligini
kuzatamiz. Qo`lda ishlangan sopol buyumlari qo`pol bo`lishi bilan birga idishlarda
qum-shag`al   aralashmalari   va   qurum,   kuyganlik   izlarini   ko`ramiz1   Albatta,   sopol
tayyorlanishi   uchun   mahsulot   xom   ashyosini   tanlab   olish   ham   katta   ahamiyatga
egadir,   madaniyatlarni   o`rganish   jarayonida   shu   narsa   ko`zga   tashlanadiki,   eng
birinchi   ishlangan   sopollar   nafaqat   texnikakasi,   balki   tarkibi   bilan   ham   keyingi
davr sopollari bilan farq qilgan. Keyingi davrlarda, xususan, antic va o`rta asrlarda
sopollarning   nihoyatda   bejirim   bo`lishi   ko`p   jihatdan   keramikaning   tarkibiga   va,
ikkilamchi,   texnikasiga   bog`liq   bo`lgan.   Dastlabki   qo`lda   ishlangan   sopol
buyumlari   neolitdavriga   xos   bo`lib,   yurtimizda   Kaltaminor   madaniyati   bu   borada
bizga nihoyatda ahamiyatli ma’lumotlarni taqdim qiladi. Sopollar qo`lda ishlangan bo`lib     olovda   kuydirib   pishirilgan.   Sopol   buyumlariga   turli   xil   botiq   shakldagi
naqshlar   solingan   arxeologlar   e’tiborini   tortgan   yana   bir   jihat   sopollardagi   mato
izlaridir, bu sopolning yasalish  texnikasi  bilan bog`liq bo`lib, quritilgandan so`ng
yonib   ketgan   matodan   “yodgorlik”   hisoblanadi.   Yuqorida   keltirib   o`tilganidek
yodgorlikdan   topilgan   sopol   buyumlarining   eng   ko`p   qismini   charx   yordamida
yasalganlari   tashkil   qiladi,   bunday   usuldan   foydalangan   holda   sopol   buyumlarini
yasash   biroz   murakkabroq   bo`lsada,   ammo   mahsulot   silliq   va   bejirim   chiqishini
ta’minlaydi.   Yodgorlikning   keramika   mahsulotlari   tayyorlangan   loy   hech   qanday
ellastiklikni   ta’minlovchi   qo`shimcha   mahsulotlarsiz   ham   juda   pishiq   va   chiroyli
idishlarning   tayyorlanishiga   imkon   bergan.   Deyarli   barcha   sopol   buyumlari   juda
yaxshi     pishirib   olingan.   Ba’zi   sopol   buyumlari   yuqori   qismida   qizil   angobning
izlari   bor   –   xumcha,   konussimon   piyolalar,   kubiksimon   va   vazasimon   idishlar
shular   jumlasidan.   Soplol   buyumlari   qizil   va   to`q   qizil   ranglariga   bo`yalgan,
oshxona   va   marosimlar   uchun   mo`ljallanganlari   esa   och   qizil   va   ko`kish   ranglar
bilan bezatilgan. Sopollarni qizil rangga bo`yalish an’anasi juda qadim davrlardan
davom   etib   kelgan,   bunga   sabab   qizil   rangning   yorqinligi   bo`lsa,   yana   bir   sabab
ushbu   buyoqning   tabiiy   ravishda   boshqa   turdagi   bo`yoqlarga   qaraganda   ko`p
miqdorda   uchratilishidir.   Konussimon   ko`rinishdagi   chashkalarning   va
choynaklarning   ostki   qismida   ipdan   qolgan   qirqimning   izlari   saqlanib   qolgan.
Rang berilganligini hisobga olmaganda, deyarli barcha idishlar  bezaklarsiz. Biroq
ko`pgina ko`zalarning tashqi tarafida halqasimon izlar, choynakalrda esa ustaning
xochsimon, yarim oval, oval, yurak sxematik tasvirisimon, “A” harfisimon belgilar
mavjud. Muhr izlari idishlarning yuqori og`iz qismida ham uchraydi va izlar o`tkir
tig`li   yoki   o`tmas   tig`li   asboblar   bilan   ham   qo`yilgan.   Sopollitepa   manzilgohida
keramik   idishlardan   tashqari   toshdan   va   bronzadan   ishlangan   ko`plab   buyumlar
ham   arxeologlar   tomonidan   topilgan.   Toshdan   yasalgan   buyumlar   –   kuvacha,
piyolasimon va kosasimon oq hamda qizg`imtir marmardan, ohaktoshdan qilingan. Toshdan   ishlangan   buyumlar   nihoyatda   mohirlik   bilan   tayyorlangan,   buda
sopollitepaliklarning   bu   borada   qo`li   gul   mohir   usta   ekanliklari   ma’lum   bo`ladi.
Kosalarning   barchasining   bo`yi   kalta   holatda,   bunga   toshdan   buyum   yasashning
og`irligi   va   mo`rt   bo`lishi   sabab   bo`lgan   bo`lsa,   ajab   emas.   Shuni   ham   aytish
kerakki,   tosh   buyumlarning   barchasi   qabrlardan   topilgan,   shunga   binoan   ularni
turmushda ishlatish uchun yasamagan bo`lishlari ham mumkin
_______________________________
Аскаров.   Древнеземледельческая   культура   эпохи   бронзы   юга   Узбекистана,
Ташкент, «Фан», 1977 г., стр. 64.
Sopollitepa   hududidan   topilgan   metall   buyumlari   tashqi   ko ` rinishi   jihatidan   turli
shakllarga   ega   bo ` lib ,   bu   idishlar   aksariyati   tosh   buyumlari   kabi   qabrlardan
topillgan .   Metall   idishlari   qorin   qismi   kengroq,   og`iz   qismi   cho`zilgan   va   bu
turdagi  metall  idishlarining ham  turli  ko`rinish va shakllari  uchratiladi. Bir  guruh
metall   idishlarining   hajmi   7   –   10   sm   atrofida   bo`lib,   kimyoviy   taxlil   natijalariga
ko`ra,   idishlarda   surma   saqlangan   bo`lishi   mumkin.   Ikkinchi   guruhga   oid   metall
buyumlari biroz kattaroq – 10 – 14 sm atrofida, ularning shakli silindirni eslatadi,
ba’zilarida   tutqich   dasta   ham   o`rnatilgan.   Idishning   devorlari   anchagina   yupqa.
Ikkinchi   va   uchinchi   guruhdagi   chashkalar   ham   bronza   metalidan   tayyorlangan
yarimsferik   va   ko`zasimon   ko`rinishlarda.   Sopollitepa   manzilgohidan   topilgan
buyumlar   orasida   yog`och   idishlar   va   savatlar   ham   mavjud.   Yog`och
buyumlarining ham aksariyati  qabrlarda saqlanib qolgan. Topilgan artefaktlarning
barchasi arxeologlar tomonidan turlarga ajratilgan Ko`plab arxeologik topilmalarni
tadqiq  etish   shuni   ko`rsatdiki,   Janubiy   O`zbekiston   hududi   o`zining   iqlimi,   tabiiy
sharoiti   va   geografik   o`rni   bilan   dehqonchilk   madaniyatlaridan   biriga   aylanishiga
sababchi   bo`lgan.Ziroatkor   qabilalar   muntazam   ravishda   Markaziy   Osiyoning
janubi-g`arbiy   hududlari,   Shinolisharqiy   Eron,   Janubiy   Afg`oniston   bilan   bir
tarafdan, ikkinchi tarafdan, Markaziy Osiyoning shimoliy hududlari bilan aloqada bo`lganlar. Topilmalar yordamida Sopolli madaniyati O`zbekiston hududa alohida
shakllanganligini   va   madaniyat   darajasiga   yetganligini   aytish   mumkin.   Yuqorida
keltirib   o`tilgan   hududlardagi   madaniyatlar   bilan   olib   borilgan   aloqalar
sopollitepaliklar hayotida ham aks etgan, dehqonchilik va hunarmandchilik yaxshi
rivojlangan. 
Ammo   shuni   ham   qo`shimcha   qilish   kerakki,   sopolli   madaniyati   o`ziga   xos
hunarmandchilik   buyumlari   va   qurollari   hamda   boshqa   turdagi   topilmalari   bilan
yer   yuzida   uchraydigan   madaniyatlardan   ajralib   turadi   Sopolli   tipidagi
qabilalarning madaniyati nafaqat Janubiy O`zbekiston hududlariga, balki Shimoliy
Afg`oniston,   Murg`ob   vohasi,   Janubiy   Turkmanistonning   tog`oldi   hududlari   va
Shimoli-sharqiy   Eron   hududlariga   tarqaladi   .   Sopolli   madaniyatining   aksariyati
keramik   idishlari   kulolchilik   charxida   tayyorlangan,   sopol   buyumlari   juda   yaxshi
holatda pishirib olingan, to`q qizil va qizg`imtir ranglardagi angob bilan bo`yalgan.
Sopolli   madaniyatiga   eng   yaqin   madaniyatlardan   biri   bu   Dashli   madaniyati
hisoblanadi. Sopolli va Dashli madaniyatiga tegishli tumorlar toshlardan va loydan
tayyorlangan, ularga gulsimon va boshqa ko`rinishdagi naqshlar  solingan. Sopolli
madaniyatining   kelib   chiqishi   to`g`risida   antropologik   ma’lumotlarga   to`xtalib
o`tish   ham   kerakli   ma’lumotlarni   berishi   mumkin.   Sopollitepa   va   Jarqo`ton
hududlaridan   olingan   antropologik   materiallar   sopolli   madaniyati   haqidagi
ma’lumotlarni   umumlashtirdi.   Sopollitepadagi   138  qabrdan   jami   bo`lib  158   jasad
qoldiqlari topilgan, shundan 54 tasi katta yoshdagi ayollar, 50 tasi erkaklar, 38 tasi
1   yoshdan   16   yoshgach   bo`lgan   bolalar   va   16   tasi   bir   yoshgach   bo`lga   bolalarga
tegishli   ekanligi   ma’lum   bo`ldi.   Sopollitepa   va   Jarqo`ton   yodgorliklaridagi
antropologik   materiallar   T.Xodjayev   va   X.Xalilovlar   tomonidan   o`rganilgan.
Jarqo`ton   yodgorligidagi   odam   bosh   suyaklari   Sopollitepa   yodgorligidan   ko`ra
ko`proq   ma’lumotlarni   taqdim   etadi.     Sopollitepadan   topilgan   ayol   va   erkaklarga
tegishli bosh suyaklari bitta tipga mansub. Barch bosh chanoqlari uzunchoq yuzli, vaqatgina  dumaloq yuzli   bosh  suyaklari  ikki   dona topilgan.  T.Xodjayevning  izoh
keltirishicha  bunday holat  normal  holat  bo`lib hisoblanadi  va shunga  qaramasdan
aholining   yuz   tuzilishini   cho`ziq   boshli   odamlar   deyishga   to`sqinlik   qilmaydi.
Sopolliliklarning   lablari   tuzilishi   o`rtacha   qalinlikda,   qoshlari   yoyi   ham   o`rtacha
holatda   shakllangan.   Bururnlarining   tuzilishi   ham   o`rtach   kenglikda,   qirrador
holatda chiqqan. Sopolli madaniyatining aholisi antropologik tipi yevropoid irqiga
to`g`ri   keladi.   Sopolli   madadaniyatining   aholisi   bosh   suyaklari   Xafuztepa,   Sialik
yodgorliklaridan   topilgan   bosh   chanoqlaridan   farq   qilib   tursa,   Oltintepa   va
Gyuksuyur   vohalaridan   topilgan   bosh   suyak   qoldilari   sopolli   madaniyatiga   bir
muncha   yaqin   turadi.   Sopolli   madaniyati   aholisining   antropologik   jihatdan   eng
yaqin   o`xshash   variantlari   Zamonbobo   madaniyati   yodgorliklarida   kuzatiladi.
Sopolli   madaniyatining   dafn   odatlari   haqida   ham   alohida   to`xtalib   o`tish   kerak.
Sopollitepa   yodgorligida   alohida   mozor   qo`rg`onlari   aniqlanmagan,   aholi
jasadlarni odatga ko`ra uylarning poli ostiga, bino va boshqa turdagi inshootlarning
devorlari   tag   qismlariga   dafn   etib   kelganlar.   Faqatgina   Jarqo`ton   va   Mo`lali
davriga   tegishli   yodgorliklarda   aholining   alohida   tashkil   etilgan   qabristonlarda
dafn   etilganiga   guvoh   bo`lamiz.   Sopolli   madaniyati   yodgorliklarida   olib   borilgan
arxeologik   ekspeditsiyalar   manzilgohlarda   dehqonchilik   yaxshi   rivojlanganligini
tasdiqlaydi, aholining yana bir mashg`ulotlaridan biri bu chorvachilik hisoblangan.
Ko`plab uy hayvonlari suyaklarining topilishi buning isboti bo`la oladi
_______________________
2   Жўрақулов   М.,   Ўрта   Осиё   ибтидоий   археологияси,   Т.,   1984,   52
б.С.П.Толстов,   Древний   Хорезм,   МГУ,   Москва,   1948,   стр.   64.   А.   Аскаров.
Древнеземледельческая   культура   эпохи   бронзы   юга   Узбекистана,   Ташкент,
«Фан», 1977 г., стр. 69
       Xo`jalikning chorvachilik va ovchilik tarmoqlari. Janubiy   O`zbekiston   hududlarida   ovchilik   va   chorvachilik   shart-sharoitdan   kelib
chiqqan  holda  turli   darajalarda shakllandi.  Sopollitepa  yodgorligida  qazish  ishlari
jarayonida   qo`lga   kiritilgan   hayvon   suyak   qoldiqlari   shuni   tasdiqlaydiki,
sopollitepaliklar   chorvachilik   bilan   muntazam   ravishda   shug`ullanganlar,
chorvachilik   sopollitepalik   va   jarqo`tonliklar   uchun   dehqonchilikdan   keyin
turuvchi   asosiy   xo`jalik   tarmog`I   hisoblangan.   Sopollitepa   yodgorligidan   16
mingga   yaqin   suyak   qoldiqlari   yig`ib   olingan,   ushbu   materiallar   poleazolog
B.X.Botiriov tomonidan o`rganilgan. Shundan 6906 tasi uy hayvonlari va yovvoyi
hayvonlarga   tegishli   Tekshiruvlar   orqali   suyaklarning   aksariyati   oshxona
chiqindilari   sifatida   tashlangan   chiqitlardir.   Eng   ko`p   uchratilgan   suyaklar   kichik
shoxli   qoramollarga,   keyingi   o`rinda   esa   yirik   shoxli   qoramollar   suyaklariga
tegishli,   mehnat   qurollari   sifatida   foydalanilgan   suyak   qoldiqlari   ham   topilgan.
Tadqiqotlar   shuni   ko`rsatadiki,   sopolliliklar   chorvachiligida   qo`y   boqish   birinchi
o`rinda   turgan,   chunki   hududning   iqlimi   va   geografik   o`rni   buning   uchun   qulay
hisoblangan,   keyingi   o`rinlarda   esa   echki   hamda   yirik   shoxli   qoramollarni
yetishtirish turadi. Topilgan qodiqlarining orasida  cho`chqa, eshak,  it, mushuk va
tuya   kabi   hayvonlarning   suyaklari   ham   borligi   aniqlangan.   Chorvaning   suyaklari
qabr   qo`rg`onlarida   ham   uchraydi,   qo`y   va   echki   suyaklarining   ayrim   qismlari   –
kurak,   son,   suyaklari,   ayrim   qabrdan   esa   butun   boshli   jonivor   suyagi   ham
topilgan.Yodgorlidan   aniqlangan   cho`chqa   va   eshak   suyaklarining   umumiy
miqdori   3   foiz   atrofida   bo`lib,   naysimon   suyaklarining   o`rganilishi   cho`chqaning
kichik   turga   mansubligini   ko`rsatdi   va   bu   esa   o`z   navbatida   Sopollitepadan   biroz
ilgariroq   topilgan   loydan   ishlangan   cho`chqa   haykalchasi   namunasi   haqiqatdan
ham   bu   yerda   kichik   turdagi   cho`chqalar   boqilganligi   haqidagi   ma’lumotni   ham
tasdiqladi. Tuya suyaklari kam miqdorda topilgan bo`lsa-da, biz uchun qiziqarli va
yetarli   ma’lumotlarni   olishimizga   imkon   yaratadi,   tuyalar   ikki   o`rkachliligi
aniqlandi,   xuddi   shunday   ikki   o`rkachli   tuya   tasviri   rassom   tomonidan   toshga ishlangan namumanisi qabr qo`rg`onlaridan birida ham qazilmalar chog`ida qo`lga
kiritilgan.   Tuya   va   eshakning   qo`lga   o`rgatilishi   bu   davrda   sopollitepaliklar
chorvachilikda naqadar  katta yutuqlarga erishganligi  va eshakning ho`kizlar bilan
bir   qatorda   dehqonchilikda   foydalanganligi   bizning   yurtimizda   tarqalgan
madaniyatning nechog`lik ahamiyatli bo`lganligini tasdiqlaydi.  Itlar xonaki zotlari
bu davr uchun xos bo`lsada, xo`jalikda kemiruvchilardan saqlanish uchun yana bir
yovvoyi   hayvonni   qo`lga   orgatishga   ehtiyojni   paydo   qiladi,   shu   tarzda
Sopollitepada qo`lga o`rgatilgan xonaki mushuklar zoti ham paydo bo`ladi. Mayda
shoxli   qoramollarning   suyak   qoldiqlari   statistik   ma’lumotlari   ko`ri   chiqilganda
ko`pchilik   qismi   bir   yoshgacha   bo`lgan   qo`zichoqlarga   tegishli   ekanligi   ma’lum
bo`ldi,   bunga   sabab   Markaziy   Osiyo   hududidan   azaldan   tarqalib   kelgan
qorako`lchilik   an’analari   bo`lishi   mumkin,   chunki   qorako`l   terisi,   odatda,
qo`zichoqning   2   –   3   kunligida   olinadi.   Shundan   kelib   chiqib   xulosa   qiladigan
bo`lsak, qo`ylar aksariyat hollarda go`shti uchun emas, balki terisi uchun boqilgan
bo`lishi  mumin. Ovchilik ham xo`jalikning ahamiyatli  sohalaridan biri  hisoblanib
kelingan, ovchilik orqali qo`shimcha ravishda teri va go`sht mahsulotlarini qo`lga
kiritish   mumkin.   Sopollitepadan   topilga   suyaklarning   659   tasi   yovvoyi
hayvonlarga   tegishlidir.   Ular   Buxoro   bug`usi,   qulon,   jayron,   yovvoyi   cho`chqa,
yovvoyi   ho`kiz,   tulki,   silovsin,   sirtlon,   yovvoyi   mushuk,   bo`rsiq,   yumronqoziq,
quyon, bundan tashqari yovvoyi qushlarning suyaklari ham topilgan. Ovda asosiy
ovlanadigan   hayvonlarni   Buxoro   bug`usi,   qulon,   yovvoyi   buqalar   tashkil   qiladi,
jami   ovlangan   hayvonlarning   80   foizini   ushbu   turdagi   yovvoyi   hayvonlar   tashkil
qiladi.   Yirtqich   hayvonlar   orasida   o`ldirilganlarining   eng   ko`pchiligini   bo`rilar
tashkil qiladi, ma’lumotlar shuni ko`rsatadiki, bo`ri terisi yoki go`shti uchun emas,
balki   uy   hayvonlariga   zarar   keltirganligi   uchun   o`ldirilgan.   Topilmalar   va   suyak
qoldiqlari   ziroatchi   sopollitepaliklarning   hayotida   chorvachilik   sohasi   naqadar
katta   ahamiyatga   ega   bo`lganligini   ko`rsatadi.   Chorvachilik   faqatgina   qishloq xo`jaligida   yoki   go`shti   uchun   yetishtirilmasdan,   oziq-ovqat   ratsionida   muhim
ahamiyatga   ega   bo`lgan   suti   uchun   ham   yetishtirilgan.   Qoramollardan   tashqari
qo`y   va   echkilarning   suti   ham   aholi   tomonidan   iste’mol   qilingan.Sopollitepaning
qazish   ishlari   chog`ida   qalin   chirindi   qatlamlari   uchratilgan,   ushbu   hudud
chorvalarni   saqlash   uchun   joy   sifatida   foydalanilgan.   Etnografik   ma’lumotlarga
ko`ra, hatto, bugungi kunda ham ba’zi hududlarda qo`y va molar podalarga qo`shib
haydab   boqiladi.   Bronza   davri   chorvadorlari   ham   shu   yo`ldan   foydalangan
bo`lishlari   ehtimoldan   yiroq   emas.   Erta   tongdan   o`z   chorvalarini   cho`ponlarga
biriktirib   dashtlarga   qo`yib   yuborganlar   va   kech   tushishi   bilan   yana   ortga
qaytarilgan   va   maxsus   o`rog`liq   joy   –   qo`ralarda   saqlangan,   yuqorida   keltirilgan
chirindi   qatlamlari   ham   o`sha   qo`ralarning   o`rnihisoblanadi.   Bu   darvrda   ham
cho`ponlarning   eng   yaqin   sheriklari   itlar   va   eshak   hisoblangan.   Yovvoy
hayvonlarning   suyak   qoldiqlarini   o`rganish   sopollitepaliklar   yashagan   davrni
o`rganishga   imkon   beradi.   Iqlim   yovvoy   hayvon   va   qushlarning   yashashi   uchun
nihoyatda qulay bo`lgan  _________
Древние цивилизации, «Мысль», Москва-1989, с. 27.   Древние цивилизации,
«Мысль», Москва-1989, с. 220. А. Аскаров. Древнеземледельческая культура
эпохи бронзы юга Узбекистана,
  Yana   bir   omil   esa   tabiatga   nisbatan   antropogen   tasirlarning   kamligi   yovvoy
hayvon   va   qushlarning   keng   areallar   bo ` ylab   tarqalishiga   to ` sqinlik   qilmagan .
Aholining   ishlab   chiqaruvchi   xo ` jalikka   o ` tilishi ,   dehqonchilikning   unumdor
bo ` lishi   va   chorvachilikning   mahsuldorligi   ovchilik   va   o ` zlashtiruvchi   xo ` jalikning
ahamiyatini   yetarli   darajada   tushirib   yuboradi .   Keyinchalik   esa   yetarli
mahsulotlarning   to`planishi   o`zaro   qabilaviy   urushlarning   kelib   chiqishiga   ham
sabab bo`ladi. Sopollitepa va Jarqo`tondagi ayrim erkak kishiga tegishli qabrlardan
chaqmoqtoshdan   yasalgan   paykon   uchlari   ,   bronzadan   qilingan   boltaning
namunalari   topilgan   Sopolli   madaniyati   ishlab   chiqarish   va   hunarmandchilik borasida   bir   qator   yutuqlarga   erishgan.   Bu   davr   kishilari   mehnat   qurollari,   jang
qurollari,   taqinchoq   va   boshqa   bezak   buyumlari   hamda   kulolchilik   mahsulotlari
yasash kasblarini mukammal bilishgan. Ishlab chiqarishda birinchi o`rinda mehnat
qurollarinin   yasash   turgan.   Mehnat   qurollari   va   janggovar   qurollarning   asosiy
qismi   toshlardan,   bronza,   suyaklar   va   yog`ochlardan   tayyorlangan.   Tosh
xomashyosidan yorg`uchoq, hovoncha, keli, ketmon ko`rinishini eslatuvchi  qurol,
bolg`a,   qayroq,   urchuq,   palaxmon   uchun   yadro,   to`qmoq,   kamon   uchlari,   tumor,
ilgak,   zirak   kabilar   mohirlik   bilan   tayyorlangan.   Tosh   xomashyosidan   qurollar,
buyumlar   tayyorlash   oson   ish   hisoblanmagan,   buning   uchun   eng   avvalo   kerakli
xomashyoni   tanlab   olish   kerak.Arxeolog   olim   T.Shirinov   o`z   eksperimentlarida
buni   isbotlagan.Sopollitepa   yodgorligidan   jami   bo`lib   60   dona   kremniy   paykon
uchlari topilgan. Paykon uchlari kichik hajmda yartilgan bo`lishiga qaramay sifatli
va   did   bilan   qilingan.   Ikki   qirrali   bo`lib,   kremniyning   eng   sifatli   turlaridan
qilingan. Nayza uchlarini tayyorlash uchun ulkan nukleusdan o`rtacha hajmdagi bir
bo`lak   ajratib   olingan,   unga   ma’lum   vaqt   davomida   ishlov   berilgan   va   kerakli
shaklga keltirib olingan, quyi qismida maxsus tig`li joy qoldirilib, cho`pga bog`lab
qo`yish   uchun   vosita   hisoblangan.   Tosh   qurollaridan   yana   bir   keng   tarqalgani   bu
motigalardir   S.A.Semyonovning   keltirishicha,   motiga   tayyorlashda   turli
madanlardan   va   turlicha   texnologiyalardan   foydalanishgan   Xassun   madaniyatida
uchragan   motiga   kvartsdan   qilingan,   bunga   o`xshash   motiga,Anov   madaniyati
yodgorliklarida   ham   uchraydi,   motiganing   og`irligi   bir   kilogramm   atrofida   Tosh
qurollarini o`rganish natijasida deyarli har bir kishi ovchi bo`lishi bilan birga, Ov
jarayonlarida   bo`ladimi,   dehqonchilikda   bo`ladimi   mehnat   quroli   ishdan
chiqqandan so`ng zudlik bilan yangisini tayyorlashga katta ehtiyoj sezilgan.
__________________     С.А.Семенов,   Происхождение   земледелия,   Лелинград,   «Наука»,   1974,   стр.
186.     Г.Ф.Коробковон,   Орудиятруда   и   хозяйства   неолитических   племен
Средней Азии, Лелинград, 1969, таб.  Х.

Sopolli madaniyati Reja: 1. Sopolli madaniyati yodgorliklari 2. Madaniyatning xo jalik tarmoqlariʻ

Sopolli madaniyatining yodgorliklari. Sopolli madaniyati yodgorliklari Surxondaryo viloyatining Sherobod va Sho`rchi tumanlarining uch zonasi hudularida joylashgan. Yodgorliklarning birinchi guruhi eski Ulanbuloq daryosining o`zanlari hududlari bo`ylab joylashgan, ikkinchi tipdagi yodgorliklar Bo`ston daryosining bo`ylarida paydo bo`lgan, uchinchi guruhdagi yodgorliklar esa Qizilsoy daryosining o`zani bo`ylab joy olgan. Ulanbuloq guruhi yodgorliklari uch manzilgohdan tashkil topgan: Sopollitepa, Kultepa va kichiktepa yodgorliklaridir, ular orasida eng keng miqyosda o`rganilgan yodgorlik Sopollitepa hisoblanadi. Bo`ston daryosining o`ng qirg`og`ida joylashgan yodgorliklar Jarqo`ton, chap qirg`oqdagilari esa Bo`ston deb yuritiladi. Bu yodgorliklar manzilgohlar xarobalari va qabristonlardan iborat. Uchinchi guruhda tilga olingan Mo`lali tipida ham qabristonlar ham aholi yashagan hududlar joylashgan, biroq, asosiy qazish ishlari qabristonlar hududlarida olib borilgan Sopollitepa yodgorligi 1968-yilda Surxondaryo viloyatida L.I.Albaum tomonidan ochiladi. Yodgorlikning umumiy maydoni 4 ga ni tashkil qiladi, shimoliy, sharqiy va janubi-sharqiy qismlari atrofidagi yerlarning o`zlashtirilishi natijasida vayron etilgan. Sopollitepa hududidagi arxeologik qazish ishlari bir necha tanaffus va to`xtalishlar bilan 1970-, 1974-yillarda davom ettiriladi. Madaniy qatlamlar yodgorlikning turli qismlarida aniqlanganligini ko`ramiz. Shuning uchun ham eng asosiy qazishma ishlari mudofaa devorlarining atroflarida olib borilgan. Ko`pgina statsionar arxeologik qazish ishlari davomida mudofaa devoir va uning atrofida joylashgan uylar, xo`jalik xonalari ko`rinishlari, poydevorlari qanday holatda turganligi ma’lum bo`ldi. Yodgorlikka aholining ko`chib borishi va qurilish ishlarinin olib borishi asosan bronza davriga to`g`ri keladi. Sopollitepaning yuqori qatlamlari shamollar tasirida yemirilgan va buzilib ketgan. Ikkinchi qurilish garizontidan devorlarning bir necha qavatli g`ishtlardan qolgan qoldiqlari qalin madaniy qatlam ustida qal’a bo`ylab sochilib ketgan.

Boshqa bir uchastkalaridan esa faqatgina keramika qoldiqlari va turli hayvonlarning suyak qoldiqlari topilgan. Bino va devorlarning qoldiqlari turli darajada saqlanib qolgan, madaniy qatlamlarning qalinligi esa 2,5 m gacha vujudga kelgan, uchta qurlish gorizonti mavjudligi aniqlangan. Sopolli madaniyatiga tegishli materiallar o`zining turfa xilligi va boyligi bilan boshqa madaniyatlardan ajralib turadi. Sopol buyumlari, qurollar, mehnat qurollari, taqinchoqlar va pardoz uchun ishlatiluvchi buyumlar shular jumlasidandir. Keramika buyumalari Sopollitepa yodgorligining madaniy qatlamlari va qabrlaridan topilgan. Yodgorlikning ushbu nomni olishi ham qazishmalar jarayonida juda ko`plab sopol buyumlarining topilishi va bu sopollarning o`ziga xos shakllari va bezaklaridir. Sopol buyumlari turli ko`rininshlarda mavjud bo`lib, ularni alohida mukammal o`rganishni talab etadi. Texnik jihatidan sopol buyumlarini ikki turga – qo`lda ishlangan sopollar va kulolchilik charxi yordamida yasalgan sopollarga ajratish mumkin. Qo`lda ishlangan sopol buyumlari oz miqdorni tashkil qiladi – ko`pgina tovoqlar, qalin devorlari bo`lgan xumsimon shakldagi qozonlar shular jumlasidandir, garchi bu davrda kulolchilik charxi ixtiro qilingan bo`lsa-da, ayrim holatlarda hali hamon qo`lda ishlangan sopol idishlarga ehtiyojning bor ekanligini kuzatamiz. Qo`lda ishlangan sopol buyumlari qo`pol bo`lishi bilan birga idishlarda qum-shag`al aralashmalari va qurum, kuyganlik izlarini ko`ramiz1 Albatta, sopol tayyorlanishi uchun mahsulot xom ashyosini tanlab olish ham katta ahamiyatga egadir, madaniyatlarni o`rganish jarayonida shu narsa ko`zga tashlanadiki, eng birinchi ishlangan sopollar nafaqat texnikakasi, balki tarkibi bilan ham keyingi davr sopollari bilan farq qilgan. Keyingi davrlarda, xususan, antic va o`rta asrlarda sopollarning nihoyatda bejirim bo`lishi ko`p jihatdan keramikaning tarkibiga va, ikkilamchi, texnikasiga bog`liq bo`lgan. Dastlabki qo`lda ishlangan sopol buyumlari neolitdavriga xos bo`lib, yurtimizda Kaltaminor madaniyati bu borada bizga nihoyatda ahamiyatli ma’lumotlarni taqdim qiladi. Sopollar qo`lda ishlangan

bo`lib olovda kuydirib pishirilgan. Sopol buyumlariga turli xil botiq shakldagi naqshlar solingan arxeologlar e’tiborini tortgan yana bir jihat sopollardagi mato izlaridir, bu sopolning yasalish texnikasi bilan bog`liq bo`lib, quritilgandan so`ng yonib ketgan matodan “yodgorlik” hisoblanadi. Yuqorida keltirib o`tilganidek yodgorlikdan topilgan sopol buyumlarining eng ko`p qismini charx yordamida yasalganlari tashkil qiladi, bunday usuldan foydalangan holda sopol buyumlarini yasash biroz murakkabroq bo`lsada, ammo mahsulot silliq va bejirim chiqishini ta’minlaydi. Yodgorlikning keramika mahsulotlari tayyorlangan loy hech qanday ellastiklikni ta’minlovchi qo`shimcha mahsulotlarsiz ham juda pishiq va chiroyli idishlarning tayyorlanishiga imkon bergan. Deyarli barcha sopol buyumlari juda yaxshi pishirib olingan. Ba’zi sopol buyumlari yuqori qismida qizil angobning izlari bor – xumcha, konussimon piyolalar, kubiksimon va vazasimon idishlar shular jumlasidan. Soplol buyumlari qizil va to`q qizil ranglariga bo`yalgan, oshxona va marosimlar uchun mo`ljallanganlari esa och qizil va ko`kish ranglar bilan bezatilgan. Sopollarni qizil rangga bo`yalish an’anasi juda qadim davrlardan davom etib kelgan, bunga sabab qizil rangning yorqinligi bo`lsa, yana bir sabab ushbu buyoqning tabiiy ravishda boshqa turdagi bo`yoqlarga qaraganda ko`p miqdorda uchratilishidir. Konussimon ko`rinishdagi chashkalarning va choynaklarning ostki qismida ipdan qolgan qirqimning izlari saqlanib qolgan. Rang berilganligini hisobga olmaganda, deyarli barcha idishlar bezaklarsiz. Biroq ko`pgina ko`zalarning tashqi tarafida halqasimon izlar, choynakalrda esa ustaning xochsimon, yarim oval, oval, yurak sxematik tasvirisimon, “A” harfisimon belgilar mavjud. Muhr izlari idishlarning yuqori og`iz qismida ham uchraydi va izlar o`tkir tig`li yoki o`tmas tig`li asboblar bilan ham qo`yilgan. Sopollitepa manzilgohida keramik idishlardan tashqari toshdan va bronzadan ishlangan ko`plab buyumlar ham arxeologlar tomonidan topilgan. Toshdan yasalgan buyumlar – kuvacha, piyolasimon va kosasimon oq hamda qizg`imtir marmardan, ohaktoshdan qilingan.

Toshdan ishlangan buyumlar nihoyatda mohirlik bilan tayyorlangan, buda sopollitepaliklarning bu borada qo`li gul mohir usta ekanliklari ma’lum bo`ladi. Kosalarning barchasining bo`yi kalta holatda, bunga toshdan buyum yasashning og`irligi va mo`rt bo`lishi sabab bo`lgan bo`lsa, ajab emas. Shuni ham aytish kerakki, tosh buyumlarning barchasi qabrlardan topilgan, shunga binoan ularni turmushda ishlatish uchun yasamagan bo`lishlari ham mumkin _______________________________ Аскаров. Древнеземледельческая культура эпохи бронзы юга Узбекистана, Ташкент, «Фан», 1977 г., стр. 64. Sopollitepa hududidan topilgan metall buyumlari tashqi ko ` rinishi jihatidan turli shakllarga ega bo ` lib , bu idishlar aksariyati tosh buyumlari kabi qabrlardan topillgan . Metall idishlari qorin qismi kengroq, og`iz qismi cho`zilgan va bu turdagi metall idishlarining ham turli ko`rinish va shakllari uchratiladi. Bir guruh metall idishlarining hajmi 7 – 10 sm atrofida bo`lib, kimyoviy taxlil natijalariga ko`ra, idishlarda surma saqlangan bo`lishi mumkin. Ikkinchi guruhga oid metall buyumlari biroz kattaroq – 10 – 14 sm atrofida, ularning shakli silindirni eslatadi, ba’zilarida tutqich dasta ham o`rnatilgan. Idishning devorlari anchagina yupqa. Ikkinchi va uchinchi guruhdagi chashkalar ham bronza metalidan tayyorlangan yarimsferik va ko`zasimon ko`rinishlarda. Sopollitepa manzilgohidan topilgan buyumlar orasida yog`och idishlar va savatlar ham mavjud. Yog`och buyumlarining ham aksariyati qabrlarda saqlanib qolgan. Topilgan artefaktlarning barchasi arxeologlar tomonidan turlarga ajratilgan Ko`plab arxeologik topilmalarni tadqiq etish shuni ko`rsatdiki, Janubiy O`zbekiston hududi o`zining iqlimi, tabiiy sharoiti va geografik o`rni bilan dehqonchilk madaniyatlaridan biriga aylanishiga sababchi bo`lgan.Ziroatkor qabilalar muntazam ravishda Markaziy Osiyoning janubi-g`arbiy hududlari, Shinolisharqiy Eron, Janubiy Afg`oniston bilan bir tarafdan, ikkinchi tarafdan, Markaziy Osiyoning shimoliy hududlari bilan aloqada