logo

Sotsiologiya metodologiyalari va metodlari. To’plangan ma`lumotlarni qayti ishlash va tahlil qilish metodlari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

27.30859375 KB
Sotsiologiya metodologiyalari va metodlari.  To’plangan ma`lumotlarni qayti 
ishlash va tahlil qilish metodlari
Reja:
1.Metodologiya tushunchasi
2.Sotsiologiya metodologiyasi
3.  empirik sotsiologik metodlar
4. Sifatli va miqdoriy kontent tahlil Metodologiya tushunchasi va sotsiologiya metodologiyasi
Metodologiya   fanning   alohida   bir   bo’limi   bo’lib,   u   bilish   jarayonining
murakabbligi va turli-tumanligini tadqiq qila borib, bilimning tamoyillari, shakllari
va metodlari ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.
Barcha   fanlarda   metodologiya   masalalari   doimo   dolzarb   vazifa   bo’lib
kelgan. Metodologiyaning shakllanish jarayoni empirik tadqiqotlar amaliyoti rivoji
bilan bog’liq bo’lib, buning natijasida metodologiya ayrim hollarda tadqiqotlarning
empirik   vositasi   va   metodi   deb   sharxlanadi.   Metodologiyani   bunday   sharxlanishi
tor   ma`noga   ega.   CHunki   u   anfaqat   empirk,   balki   nazariy   bilim   olish,   fanning
fundamental   tamoyillari   va   asoslarini   ishlab   chiqish   bilan   ham   jiddiy
shug’ullanadi.
Tadqiqotlarda   qo’llaniladigan   metodologiyaning   asosiy   turlarini   tahlil   qilib
chiqish   muhim   ahamiyatga   ega.   Metodologiya   turlarga   ajratish   turli   mezonlar
asosida amalga oshiriladi. Bularning orasida eng keng tarqalgan mezon bu – tahlil
qilish   va   tadbiq   etish   mezonidir.   Bu   mezon   asosida   fanning   umumiy,   maxsus   va
empirik metodologiyasini ajratib olish mumkin bo’ladi. 
Umumiy   metodologiya   fundamental   tadqiqotlar   negizida   shakllanadi.   U
voqelikni   bilishning   yalpi   tamoyillari   va   shakllarini   ishlab   chiqish,   nazariy   va
empirik bilimlar mog’iyati, umummetodologik muammolarni hal qilish, bilishning
turli   shakllari   va   metodlarining   ahamiyatini   aniqlaga   intiladi.   Umummetodologik
tushunchalar   va   tamoyillar   tadqiqotlarning   barcha   darajalarida   ishlatiladi.   YA`ni,
ham yalpi yaxlitlik tahlili darajasida, ham uning alohida sohalarida.
Umumiy metodologiya bilan bir qatorda maxsus metodologiya ham mavjud.
Bu   metodologiya   ob`ekt   tadqiqotining   ma`lum   bir   sohasiga   tadbiq   etish   uchun
ishlab   chiqilgan   maxsus   metodologiya   bo’lib,   u   sotsiologiyada   hali   to’liq
rivojlanmagan hasiblanadi.
  empirik  tadqiqotlar   ham   o’zlari  uchun  alohida   bir  metodologiyaga  ega   bo’lishga
erishdilar.   Fanda   metodologiyalarni   umumiy,   maxsus   va   empirik   darajalarga
ajratish   ma`lum   bir   ma`noda   shartlidir.   CHunki,   ko’pgina   xususiy   yo’nalishlar umumiylikka   da`vogarlik   qilsalar,   fundamental   tamoyillar   esa   empirik
tadqiqotlarga aylanadilar.
Empirik sotsiologik metodlar
 Sotsiologiya tadqiqotlar sotsiologlar tamonidan savollarga javob topish yuzasidan
olib boradigan faoltyati majmuidir.
Sotsiologik   tadaqiqotlar   ilmiy   farazlarni   tekshirish   uchun   ilmiy   uslub   xamdir.
Sotsiologiya   tadkikotlar   quydagicha   tartibga   ega   bo’lishi   mumkin:   Muammo
qo’yish,   Ob`ektni   aniklash,   tadqiqot   dasturini   ishlab   chiqish   ,   ma`lumotlarni
yig’ish,ma`lumotlarni   kayta   ishlash.   Bu   jarayonda   ma`lumotlarni   izchiligi   va   uni
umumlashtirish zarur bo’ladi. 1
Empirik sotsiologik tadqiqot usullari asosan qo’yidagilardir:
1. So’rov usuli.
2. Hujjatlarni o’rganish usuli.
3. Interv’yu usuli .
4. Kuzatish usuli.
Sotsiologik tadqiqot  usullari ichida hozirgi kunda eng keng tarqalgani   so’rov
usuli dir. So’rov usulining qulayligi shunda namoyon bo’ladiki, tadqiqotning kuzatish
va   eksperiment   usullarini   faqat   mutaxassis   sotsiologlar   qo’llashi   mumkin   bo’lsa,
so’rov   usulida   tadqiqot   o’tkazishga   qisqa   muddatli   tayyorgarlikdan   o’tgan
yordamchilarni ham jalb qilish va ular yordamida respondentlarning katta miqdorini
qamrab olish mumkin.
So’rov   usuli   boshqarish   uchun   qulay   usuldir.   Bundan   tashqari,   tadqiqot
ko’lamini kengaytirishda so’rov usulining imkoniyatlari juda katta.
Bu usul qo’llanilganda katta korxona va muassasalar, sohalar, mintaqalar va
hatto, mamlakat miqyosida ham tadqiqot o’tkazish mumkin.
Tadqiqotchi   respondentga   savol   berishdan   avval   o’zi   bir   necha   savollarga
javob topishi kerak. Bu savollar quyidagilar:
1. Savolni kimga yoki kimlarga bermoqchi?
2. Respondent savollarga javob berishni xoqlaydimi yoki yo’qmi?
1
 Sociology: The Essentials, Seventh EditionMargaret L. Andersen and Howard F. Taylor page 66 3. Respondent qo’yilgan savollarga javob bera oladimi, yo’qmi?
4. Respondent   haqqoniy   javob   berishi   uchun   savollarni   qay   yo’sinda,   qay
tarzda   va   qay   shaklda   berish   kerak?   Mana   shu   savollarga   javob   topa   olgan
sotsiolog tadqiqotning muvaffaqiyatli chiqishini ko’p jihatdan ta`minlagan bo’ladi.
To’planishi  kerak bo’lgan ma`lumot xarakteri va uni to’plash usuliga qarab
so’rovlar ikki turga bo’linadi:
1. Anketa so’rovi.
2. Interv’yu.
Savol berilishi mumkin bo’lgan odamlar yoki potentsial respondentlarni qay
darajada qamrab olishiga qarab so’rovlar yana ikki turga bo’linadi:
1. YAlpi so’rovlar.
2. Saylanma so’rovlar.
Bulardan   tashqari,   ochiq   va   yopiq   so’rovlar,   yuzma-yuz   va   sirtdan   so’rov
singari turlar ham mavjud.
h ujjat   o’z   semantik   ma`nosiga   ko’ra   isbot   etish   mazmunini   ifodalovchi
so’zdir.
Tadqiqot   davomida   tadqiqot   ob`etni   o’zgartish   mumkinligi   va   vaziyatga   qarab
moslashtirish   mumkin.   Hususan   jarayon   davomida   interviyu,   muhokama,   tahlilni
o’sha   guruhni   kuzatish   davomida   amalga   oshirish   mumkin.   Kuzatuv   sifatli
tadqiqotlar   sirasiga   kirsa   ham   to’plagam   ma`lumotlarini   mavzuga   oid   jihatlarini
umulashtirishda qayd qilingan solishtirishda miqdoriy jihatlarni ham hisobga oladi.
Bevosita   kuzatish   borasida   olim   Hovell   quydagicha   to’rt   bosqichni   muhim   deb
hisoblaydi. 
- O’rganadigan kishilari bilan o’zaro hamjihatlikni barpo etish 
- Butun ob`ektni bir butunlikda qamrab olish
- Kuzatuv ma`lumotlarini qayd qilib borish
- Yig’ilgan ma`lumotlarni umumlashtirish
 Kuzatuv metodning quydagicha turlari mavjud: - Bilvosita   ishtirok   –   o’rganish   davomida   axoli   yoki   ob`ekt   bilan   umumiy   aloqa
mavjud bo’maydi
- Passiv ishtirok- tadqiqotchi ma`lum rol bilangina cheklanadi
- Mo’tadil   ishtirok-   tadqiqotchi   “ichkari”   va   “tashqari”   borasidagi   balansni   saqlab
qoladi
- Faol  ishtirok-  tadqiqotchi   o’rganilayotgan  guruhning  to’laligicha  a`zosiga   aylanib
kompleks tarzda ma`lumotlarni to’laydi
- Mukammal   ishtirok   -   tadqiqotchi   aholi   bilan   bevosita   integratsiyaga   kirishib
ma`lumotlarni   to’laydi   vaziyatga   qarab   boshqa   me`todlarni   ishtirok   davomida
qo’llaydi 2
H ujjat   usuli   tarixiy   adabiyotlarda   keng   qo’llanilgan.   Abu   Rayhon
Beruniyning   «Qadimiy   xalqlardan   qolgan   yodgorliklar»   kitobida   ko’pdan-ko’p
yozma manbalardan keng foydalaniladi.
H ujjat   -   moddiy   material   manba   hisoblanib,   voqea   va   faktlar   xususidagi
ma`lumotlarni o’zida ifodalaydi.
H ujjatda   inson   yoki   jamoa   fikri   yozma   va   boshqa   belgilarda   namoyon
etilgan bo’ladi.   H ujjat sifatida turli formulalar, chizgilar, grafiklar, ramziy belgilar
bo’lishi   ham   mumkin.   Bunday   shartli   belgilar   muayyan   ma`lumotga   ega   kishilar
tomonidan o’qiladi.
H ujjatlarning   o’ziga   xos   xususiyatlari   sifatida   quyidagi   tasnifni
e`tiboringizga havola etamiz:
1. Sotsiologik   tadqiqot   uchun   muhim   ahamiyatga   ega   holat,   fakt   avvalo
inson tomonidan (yoki mahsus moslamalar ko’magida) qayd etiladi, so’ngra hujjat
shaklida ifodalanadi. Demak, hujjat inson ongida avval paydo bo’lib so’ng o g’ zaki,
yozma manbalarda ifoda etiladi, qayd qilinadi, saqlanadi va tarqatiladi.
2. H ar qanday holatlarda ham muayyan fakt va holatlarningmuhim jihatlari
xususidagi   informatsiyaga   ega   bo’ladi   (tekst,   ovoz   yozish   moslamalari,   nurli
ifodalarda yoki chizma belgilarda aks ettiriladi).
2
SocialAnthropology CoreCourseCalicutUniversity page 24 3. Ayrim  hujjatlar mazmuni  faqat  muayyan mahsus bilimlarga ega bo’lgan
kishilargagina   tushunarli   bo’ladi.   Masalan,   murakkab   texnologiya   loyihalari,
qurilish   smetalarini,   elektron-hisoblash   mashinalari   beradigan   ma`lumotlarni
mahsus   bilimlarsiz   anglab   olish   qiyin.  Ammo   bunday   hujjatlar   mazmuni   mahsus
bilimlarga ega bo’lgan har xil kishilar uchun bir xil ma`no berishi kerak.
4. H ujjat,   uning   saqlanishi   va   yagona   mazmun   berishi   xususiyatlari   tayin
bo’lsa, istalgan manbada bayon etilishi va istalgan usulda ifodalanishi mumkin.
Tashkilot,   muassasa   va   mansabdor   shaxs   tomonidan   beriladigan   hujjatlar
umumiy   qabul   qilingan   muayyan   guvohlik   mazmunini   ifodalovchi   rasmiy
rekvizitlarga ega bo’ladi.  Ularni taxminan shunday xarakterlash mumkin:
1. hujjatlarda   muhr,   shtamp,   bosmaxona   blanki   belgilari   bo’lib,   ular
muayyan muassasa, tashkilotga tegishli ekanligidan dalolat berib turadi.
2. hujjat ma`lum mansabdor shaxs tomonidan imzolangan bo’lib,
uning ismi-sharifi va unvoni aks etadi.
3. hujjatda,   u   tuzilgan   joy,   vaqt,   qabul   etish   va   muayyan   adresga   jo’natish
belgilari qayd etilgan bo’ladi.
Albatta,   sotsiologiya   fani   uchun   hujjatda   aks   ettirilgan   mazmun   birinchi
darajali   ahamiyatga   ega,   ammo   mazkur   hujjatning   necho g’ lik   haqqoniyligi   va
realligi uning tuzilish shakliga ham bo g’ liqdir.
H ujjatlarning bir qancha xillari bor:
a)   qayd etish usuliga ko’ra farqlanadigan hujjatlar (qo’lyozma, bosma yozuv,
kino va magnit tasmasidagi yozuvlar), fotosuratlar);
b)   muayyan   maqsad   qo’yib   olinadigan   hujjatlar   (tadqiqot   dasturiga   ko’ra
sotsiolog tomonidan maxsus tuziladigan hujjatlar);
v)   shaxsga   doir   (shaxsiy   xujjatlar,   xatlar,   kundaliklar)   va   shaxsga   bevosita
aloqasi   kam   hujjatlar   (statistik   materiallar,   matbuot   ma`lumotlari,   majlis
prtokollari);
g)   rasmiy   darajasiga   ko’ra   farqlanuvchi   hujjatlar   (davlat   statistika   idoralari
tomonidan   rasmiy   hujjatlarga   ilova   qilinadigan   ma`lumotlar,   qarorlar,   farmonlar, ko’rsatmalar,   shuningdek   norasmiy   hujjatlar-alohida   shahs   tomonidan   tuziladigan
arizalar, shikoyatlar, taqrizlar, guvohlik ko’rsatmalari va boshqalar);
d)   hujjatlar   informatsiya   manbaiga   ko’ra   ham   farqlanadi   (birlamchi
informatsiyalar   bevosita   kuzatish   yoki   so’rash   usuli   orqali   olinadi,   ikkilamchi
informatsiya esa birlamchi ma`lumotni umumlashtirish, qayta ishlash hamda qayta
tekshirish natijasida olinadigan ma`lumotlar tufayli qo’lga kiritiladi.
Konkret sotsiologik tad q i q otlarning turlari
1. Dastlabki sinov (pilotaj) tadqiqotlari.
2. Tasniflovchi tadqiqotlar.
3. Analitik tadqiqotlar.
4. Bir marta o’tkaziladigan tadqiqotlar.
5. Ko’p martalik tadqiqotlar va ular ko’rinishlari.
Konkret   sotsiologik   tadqiqotlar   deganda   biz   o’rganilayotgan   ob`ekt   haqida
yangi   bilimga   ega   bo’lishiga   ko’maklashadigan   nazariy   va   amaliy   jarayonlar
tizimini tushunamiz.
Bu tadqiqotlar umumsotsiologik va maxsus sotsiologik nazariyalardan kelib
chiqadigan   tamoyillar,   tushunchalar,   ko’rsatkichlar   asosida   aniq   ijtimoiy
jarayonlarni o’lchash imkoniyatini beradi.
Sifatli va miqdoriy kontent tahlil
  Sifatli   ma`lumotlar-   dala   tadqiqotlari   orqali   to’plagadigan   ma`lumotlarni
ob`ektivligi,   sezuvchalik,   xaqqoniyligi   ,   detallar   boyligini   ko’rsatib   bera   olishida
ifodalanadigan termin hisoblanadi. 
  Miqdoriy   ma`lumotlar   –   yig’ilgan   ma`lumotlarni   takrorlanish   va   ahamiyatiga
qarab   raqamlarda   va   turli   statistik   shakllarda   o’lchash   mumkin   bo’lgan
ma`lumotlarni nomlashda qo’llaniladigan termin hisoblanadi. 
  Ma`lumotlar   to’plangandan   so’ng   uni   tahlil   etish   keying   muhim   bosqich
xisoblanadi.   Sifatli   va   miqdoriy   metodlar   orqali   to’plangan   ma`lumotlar   tahlili
uchun   turli   xil   usullardan   foydalaniladi.   Miqdoriy   ma`lumotlar   uchun
tadqiqodchilar tajribada sinalgan statistik texnologyalarni kompyuter modellaridan foydalangan   holda   amalga   oshiradilar.   Odatda   ma`lumotlar   tahlilini   rejasi
yig’ilishidan oldin tuzib chiqiladi.
  Sifatli   ma`lumotlarning   tahlili   tadqiqotchining   dala   tadqiqotlari   yozib   borgan
qaydnomasi,   kuzatuvdagi   tasmali   qaydlar   va   intervyu   beruvchilarning   bergan
ma`lumotlarini yozib borish orqali amalga oshiriladi. Intervyu jarayoni jarayoning
tasmali   qaydi   va   ovozlarning   yozib   olish   tahlil   qilishning   muhim   tarkibiy   qismi
hisoblanadi. 
  Sotsiolog   tahlil   etishda   o’zini   qarashlari   bilan   odamlarning   o’rganilgan
qarashlarini   ajrata   olish   muhim   sanaladi.   Sifatli   ma`lumotlari   turkumli   tahlilini
amalga   oshirish   uchun   ko’plab   sxema   va   kompyuter   modellari   mavjud   So’rov
usulining   mohiyati   shundan   iboratki,   tadqiqot   olib   boruvchi   savol   beradi   va
respondent   o’zining   dunyoqarashi,   ma`lumoti,   bilimi   va   xoqishidan   kelib   chiqib,
savollarga javob beradi. 3
3
Introduction to Sociocultural Anthropology page 73-74 Adabiyotlar ro’yxati
1. Richard T.Shatfer. Sosiology in modules.New York.  2013
2. Margaret Andersen., Hovard F. Taylor.  Sosiology.New York.  2013
3. Diana   Kendall,  Sociology   in  Our   Times:   The   Essentials,   Tenth   Edition.  Cengage
Learning 2016.  USA.
4. Joan   FerranteSociology:   A   Global   Perspective,   Ninth   Edition .   Cengage   Learning
201 5 .  USA.
5. Frolov S.S. Obshaya sotsiologiya.  // Uchebni k. Moskva.:  «Prospekt». 2012

Sotsiologiya metodologiyalari va metodlari. To’plangan ma`lumotlarni qayti ishlash va tahlil qilish metodlari Reja: 1.Metodologiya tushunchasi 2.Sotsiologiya metodologiyasi 3. empirik sotsiologik metodlar 4. Sifatli va miqdoriy kontent tahlil

Metodologiya tushunchasi va sotsiologiya metodologiyasi Metodologiya fanning alohida bir bo’limi bo’lib, u bilish jarayonining murakabbligi va turli-tumanligini tadqiq qila borib, bilimning tamoyillari, shakllari va metodlari ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Barcha fanlarda metodologiya masalalari doimo dolzarb vazifa bo’lib kelgan. Metodologiyaning shakllanish jarayoni empirik tadqiqotlar amaliyoti rivoji bilan bog’liq bo’lib, buning natijasida metodologiya ayrim hollarda tadqiqotlarning empirik vositasi va metodi deb sharxlanadi. Metodologiyani bunday sharxlanishi tor ma`noga ega. CHunki u anfaqat empirk, balki nazariy bilim olish, fanning fundamental tamoyillari va asoslarini ishlab chiqish bilan ham jiddiy shug’ullanadi. Tadqiqotlarda qo’llaniladigan metodologiyaning asosiy turlarini tahlil qilib chiqish muhim ahamiyatga ega. Metodologiya turlarga ajratish turli mezonlar asosida amalga oshiriladi. Bularning orasida eng keng tarqalgan mezon bu – tahlil qilish va tadbiq etish mezonidir. Bu mezon asosida fanning umumiy, maxsus va empirik metodologiyasini ajratib olish mumkin bo’ladi. Umumiy metodologiya fundamental tadqiqotlar negizida shakllanadi. U voqelikni bilishning yalpi tamoyillari va shakllarini ishlab chiqish, nazariy va empirik bilimlar mog’iyati, umummetodologik muammolarni hal qilish, bilishning turli shakllari va metodlarining ahamiyatini aniqlaga intiladi. Umummetodologik tushunchalar va tamoyillar tadqiqotlarning barcha darajalarida ishlatiladi. YA`ni, ham yalpi yaxlitlik tahlili darajasida, ham uning alohida sohalarida. Umumiy metodologiya bilan bir qatorda maxsus metodologiya ham mavjud. Bu metodologiya ob`ekt tadqiqotining ma`lum bir sohasiga tadbiq etish uchun ishlab chiqilgan maxsus metodologiya bo’lib, u sotsiologiyada hali to’liq rivojlanmagan hasiblanadi. empirik tadqiqotlar ham o’zlari uchun alohida bir metodologiyaga ega bo’lishga erishdilar. Fanda metodologiyalarni umumiy, maxsus va empirik darajalarga ajratish ma`lum bir ma`noda shartlidir. CHunki, ko’pgina xususiy yo’nalishlar

umumiylikka da`vogarlik qilsalar, fundamental tamoyillar esa empirik tadqiqotlarga aylanadilar. Empirik sotsiologik metodlar Sotsiologiya tadqiqotlar sotsiologlar tamonidan savollarga javob topish yuzasidan olib boradigan faoltyati majmuidir. Sotsiologik tadaqiqotlar ilmiy farazlarni tekshirish uchun ilmiy uslub xamdir. Sotsiologiya tadkikotlar quydagicha tartibga ega bo’lishi mumkin: Muammo qo’yish, Ob`ektni aniklash, tadqiqot dasturini ishlab chiqish , ma`lumotlarni yig’ish,ma`lumotlarni kayta ishlash. Bu jarayonda ma`lumotlarni izchiligi va uni umumlashtirish zarur bo’ladi. 1 Empirik sotsiologik tadqiqot usullari asosan qo’yidagilardir: 1. So’rov usuli. 2. Hujjatlarni o’rganish usuli. 3. Interv’yu usuli . 4. Kuzatish usuli. Sotsiologik tadqiqot usullari ichida hozirgi kunda eng keng tarqalgani so’rov usuli dir. So’rov usulining qulayligi shunda namoyon bo’ladiki, tadqiqotning kuzatish va eksperiment usullarini faqat mutaxassis sotsiologlar qo’llashi mumkin bo’lsa, so’rov usulida tadqiqot o’tkazishga qisqa muddatli tayyorgarlikdan o’tgan yordamchilarni ham jalb qilish va ular yordamida respondentlarning katta miqdorini qamrab olish mumkin. So’rov usuli boshqarish uchun qulay usuldir. Bundan tashqari, tadqiqot ko’lamini kengaytirishda so’rov usulining imkoniyatlari juda katta. Bu usul qo’llanilganda katta korxona va muassasalar, sohalar, mintaqalar va hatto, mamlakat miqyosida ham tadqiqot o’tkazish mumkin. Tadqiqotchi respondentga savol berishdan avval o’zi bir necha savollarga javob topishi kerak. Bu savollar quyidagilar: 1. Savolni kimga yoki kimlarga bermoqchi? 2. Respondent savollarga javob berishni xoqlaydimi yoki yo’qmi? 1 Sociology: The Essentials, Seventh EditionMargaret L. Andersen and Howard F. Taylor page 66

3. Respondent qo’yilgan savollarga javob bera oladimi, yo’qmi? 4. Respondent haqqoniy javob berishi uchun savollarni qay yo’sinda, qay tarzda va qay shaklda berish kerak? Mana shu savollarga javob topa olgan sotsiolog tadqiqotning muvaffaqiyatli chiqishini ko’p jihatdan ta`minlagan bo’ladi. To’planishi kerak bo’lgan ma`lumot xarakteri va uni to’plash usuliga qarab so’rovlar ikki turga bo’linadi: 1. Anketa so’rovi. 2. Interv’yu. Savol berilishi mumkin bo’lgan odamlar yoki potentsial respondentlarni qay darajada qamrab olishiga qarab so’rovlar yana ikki turga bo’linadi: 1. YAlpi so’rovlar. 2. Saylanma so’rovlar. Bulardan tashqari, ochiq va yopiq so’rovlar, yuzma-yuz va sirtdan so’rov singari turlar ham mavjud. h ujjat o’z semantik ma`nosiga ko’ra isbot etish mazmunini ifodalovchi so’zdir. Tadqiqot davomida tadqiqot ob`etni o’zgartish mumkinligi va vaziyatga qarab moslashtirish mumkin. Hususan jarayon davomida interviyu, muhokama, tahlilni o’sha guruhni kuzatish davomida amalga oshirish mumkin. Kuzatuv sifatli tadqiqotlar sirasiga kirsa ham to’plagam ma`lumotlarini mavzuga oid jihatlarini umulashtirishda qayd qilingan solishtirishda miqdoriy jihatlarni ham hisobga oladi. Bevosita kuzatish borasida olim Hovell quydagicha to’rt bosqichni muhim deb hisoblaydi. - O’rganadigan kishilari bilan o’zaro hamjihatlikni barpo etish - Butun ob`ektni bir butunlikda qamrab olish - Kuzatuv ma`lumotlarini qayd qilib borish - Yig’ilgan ma`lumotlarni umumlashtirish Kuzatuv metodning quydagicha turlari mavjud:

- Bilvosita ishtirok – o’rganish davomida axoli yoki ob`ekt bilan umumiy aloqa mavjud bo’maydi - Passiv ishtirok- tadqiqotchi ma`lum rol bilangina cheklanadi - Mo’tadil ishtirok- tadqiqotchi “ichkari” va “tashqari” borasidagi balansni saqlab qoladi - Faol ishtirok- tadqiqotchi o’rganilayotgan guruhning to’laligicha a`zosiga aylanib kompleks tarzda ma`lumotlarni to’laydi - Mukammal ishtirok - tadqiqotchi aholi bilan bevosita integratsiyaga kirishib ma`lumotlarni to’laydi vaziyatga qarab boshqa me`todlarni ishtirok davomida qo’llaydi 2 H ujjat usuli tarixiy adabiyotlarda keng qo’llanilgan. Abu Rayhon Beruniyning «Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida ko’pdan-ko’p yozma manbalardan keng foydalaniladi. H ujjat - moddiy material manba hisoblanib, voqea va faktlar xususidagi ma`lumotlarni o’zida ifodalaydi. H ujjatda inson yoki jamoa fikri yozma va boshqa belgilarda namoyon etilgan bo’ladi. H ujjat sifatida turli formulalar, chizgilar, grafiklar, ramziy belgilar bo’lishi ham mumkin. Bunday shartli belgilar muayyan ma`lumotga ega kishilar tomonidan o’qiladi. H ujjatlarning o’ziga xos xususiyatlari sifatida quyidagi tasnifni e`tiboringizga havola etamiz: 1. Sotsiologik tadqiqot uchun muhim ahamiyatga ega holat, fakt avvalo inson tomonidan (yoki mahsus moslamalar ko’magida) qayd etiladi, so’ngra hujjat shaklida ifodalanadi. Demak, hujjat inson ongida avval paydo bo’lib so’ng o g’ zaki, yozma manbalarda ifoda etiladi, qayd qilinadi, saqlanadi va tarqatiladi. 2. H ar qanday holatlarda ham muayyan fakt va holatlarningmuhim jihatlari xususidagi informatsiyaga ega bo’ladi (tekst, ovoz yozish moslamalari, nurli ifodalarda yoki chizma belgilarda aks ettiriladi). 2 SocialAnthropology CoreCourseCalicutUniversity page 24