Sovet tarixiy-madaniy-merosga munosobat
Sovet tarixiy-madaniy-merosga munosobat Reja: 1. Tarixiy-madaniy yodgorliklarning ahvoli. 2. Dinga bo’lgan munosabat. 3. Madaniy-ma’rifiy muassasalarning holati. 4. Mafkuraviy vaziyat.
XX-asrning 20–30-yillarida madaniy-ma’rifiy soha ham o‘ziga xos murakkablik va qiyinchilik bilan kechdi. 20-yillar boshlariga kelib O`zbekiston hududida madaniy qurilishning eng dolzarb vazifalaridan sanalgan sovet ta’lim tizimini shakllantirish ishlari faol boshlab yuborildi. Sovetlar O`zbekistonda yangi ta’lim tizimini yaratishga yo‘l tutar ekan, bundan ko‘zlagan asosiy maqsadlari o‘lkada xalq ta’limi bo‘g‘inlarini ravnaq to’tirish, yal’isiga xalq savodxonligiga erishish, ilm-ma’rifat chashmalaridan hammani to‘la bahramand etish emas, balki eng avvalo, yurt farzandlari ongiga, shuuriga kommunistik g‘oyalar va ideallarni chuqur singdirish va shu yo‘l bilan o‘zlariga quloq qoqmay xizmat qiladigan “mo‘min-qobil” avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish edi. Sovetlar avval boshda o‘lkadagi murakkab vaziyatni, mahalliy xalq kayfiyati va ruhiyatini, uning o‘ziga xos milliy an’analari, islomiy qadriyatlarini bir qadar hisobga olib, bu yerda eski va jadid usulidagi maktablar yoki madrasalarning ham bir vaqtning o‘zida faoliyat yuritishiga monelik ko‘rsatmadi. Lekin sovet arboblari va mafkurachilari o‘lka hayotiga moslashib, biroz tomir yozib olgach, 20-yillar o‘rtalaridan e’tiboran o‘zbek xalqi madaniy hayotining ko‘‘ zamonlar uzviy tarkibiy qismi bo‘lib kelgan eski maktab va madrasa ta’lim- tarbiya tizimini barham to’tirdi. Uning ko‘‘ sonli ziyoli vakillari, mullalariyu mudarrislari faoliyati to‘xtatib qo‘yildi. Ularning taqdir-qismati hayotning og‘ir sinovlariga duchor etildi. 1920-yil 17-sentabrda Turkiston ASSR hukumati o‘lkada 8 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan kishilarni o‘qitish va savodxon qilish to‘g‘risida dekret qabul qildi. Res’ublikaning turli hududlarida son-sanoqsiz savodsizlikni tugatish kurslari tashkil etilib faoliyat ko‘rsatdi. Ularga turli yoshdagi kishilar, erkaklar va ayollar jalb qilinib, o‘z savodlarini chiqardilar. Jumladan, 1928–1932-yillarda O`zbekistonda jami 700 ming nafar kishi savodsizlik kurslarini tugatgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1933 –1937-yillarda 1,4 mln. kishini tashkil qildi
Respublikada boshlang‘ich ta’lim tizimining joriy etilishi, keyinroq 7 yillik ta’limga o‘tilishi ham xalq ta’limi sohasidagi muhim o‘zgarishlardan biri bo‘ldi. Maktab qurilishi, uning malakali o‘qituvchi kadrlar bilan ta’minlanishi, o‘quvchilar soni yil sayin o‘sib bordi. Agar 1924/25 o‘quv yilida O`zbekistonda 160 ta sovet ti’idagi maktablar tashkil etilib, ularda 17209 nafar o‘quvchi ta’lim olgan bo‘lsa, 1941-yilga kelib bunday maktablar soni 5504 taga va ularda ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni esa 1 mln. 315 ming nafarga yetgan. 1928/29 o‘quv yilida res’ublikamizda o‘qituvchilar soni 5,5 ming kishiga teng bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1941- yilda 42 ming kishini tashkil etdi. Sovet hukumati ta’lim tizimini, yangi avlod tarbiyasini to‘liq ravishda o‘z izmiga bo‘ysundirish maqsadida arab alfavitiga asoslangan eski o‘zbek yozuvini ham tubdan isloh qilishga kirishdi. Shu maqsadda 1929-yilda arab imlosi asosidagi o‘zbek yozuvi tugatilib, undan lotin grafikasiga o‘tildi. Bundan ko‘‘ vaqt o‘tar-o‘tmasdan, 1940-yilga kelib sovetlarning birdan-bir yagona orzusi bo‘lgan kirillitsa – rus alfaviti negiziga qurilgan yozuvga o‘tildi. Birgina o‘zbek yozuvini o‘zgartirish borasida qo‘llanilgan bunday xatti-harakatlar res’ublika xalq ta’limining keyingi taqdiri, istiqboli uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. Eng achinarlisi, buning natijasida necha asrlar davomida xalq dahosi, buyuk bobokalonlarimiz aql-zakovati tomonidan yaratilgan bebaho ma’naviy manbalar, asarlar, risolalarni o‘rganish mushkul muammoga aylanib qoldi. Negaki, ular arab yozuvida bitilgan edi. Bu sohaning jilovi to‘liq holda Markaz mutasaddilari qo‘liga o‘tdi. Endilikda milliy res’ublikalardagi ta’lim jarayoni Moskvadan tayyorlab yuboriladigan dasturlar, darsliklaru o‘quv qo‘llanmalari asosida olib boriladigan bo‘ldi. Bu esa xalq ta’limining milliy mazmuni, xarakteriga salbiy ta’sir ko‘rsatib bordi. Shuningdek, 30-yillarga kelib res’ublikaning maktab ta’limiga mafkuraviy tazyiq o‘tkazish, muallimlar tarkibini
“tozalash”, ular safidan “nobo’, yot unsurlar”ni qidirib to’ishga urinish hollari atayin kuchaytirildi. Masalan, VK’(b) MQ O`rta Osiyo byurosining 1933-yil 27-martda qabul qilgan o‘qituvchilar safini tozalash to‘g‘risidagi qarori aynan shu yovuz maqsadga qaratilgan edi. Bu qarorga asoslanib ish yuritgan sovet “bilag‘onlari” bu davrda ko‘‘lab bilimli, ma’rifatli, sof vijdonli milliy ziyolilarimizni ishdan bo‘shatdi, qatag‘on qildi. Ular tomonidan tayyorlanib nashr etilgan milliy ruhdagi ko‘‘lab o‘quv adabiyotlari ham ayni shu yillarda taqiqlab qo‘yildi. Yana shuni aytish joizki, shu davrda ommaviy tarzda “sovet ta’limi”ni olib, turli maktab va savodsizlik kurslarini bitirib, zo‘rg‘a savodini chiqarib endigina hayotga qadam qo‘yganlar “ishonchli shaxslar” sifatida to’ilib, mafkuraviy saralash asosida o‘z vazifalaridan chetlatilgan tajribali, bilimdon, ‘rofessional ziyolilar o‘rnini egallab borganlar. Xullas, sovetlar O`zbekistonda o‘z ta’lim siyosatini yuritar ekanlar, bunda birinchi navbatda uning sinfiy mohiyatiga e’tibor berdilar. Binobarin, ular rahnamoligida shakllantirilib, rivojlantirib borilgan xalq ta`lim tizimi va uning barcha bo‘g‘inu yo‘nalishlari ham shu ruh va mazmun bilan sug‘orilgan edi Sovetlarning xalq ta`limi sohasida yuritgan siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri, bu oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini shakllantirish hamda rivojlantirish edi. Har qanday tuzumda bo‘lgani singari, sovet hokimiyati ham yangi tuzum g‘oyalari va ideallari ruhida tarbiyalangan, unga sadoqat bilan xizmat qiladigan ko‘‘lab yuqori malakali, o‘qimishli, ziyoli kadrlarga o‘tkir ehtiyoj sezardi. Sovet hokimiyati O`zbekistondek chekka o‘lkada oliy ta’limni tashkil etish, unga mahalliy yoshlarni jalb qilish orqali yerli xalq ishonchini qozonishga, u bilan yaqindan aloqa bog‘lashga umid qilar edi. Markaz amri bilan 1920-yil sentabrida Toshkentda tashkil etilgan Turkiston Davlat universiteti shu maqsadga yo‘naltirilgan edi. Keyinchalik O`rta Osiyo
universiteti maqomini olgan bu oliygoh o‘lkada oliy ta’limni rivojlantirish, yuqori mutaxassis kadrlar tayyorlash o‘chog‘i bo‘ldi. Keyinroq 30-yillar boshlariga kelib bu bosh oliy o‘quv yurti negizida res’ublikamizda juda ko‘‘lab turli xil yo‘nalishlardagi institutlar tashkil etildi va faoliyat ko‘rsata boshladi. O`rta Osiyo ‘olitexnika (hozirgi Texnika universiteti), Moliyaiqtisod, To‘qimachilik Tibbiyot, Qishloq xo‘jalik institutlari, Samarqand Davlat universiteti va boshqalar shular jumlasidandir. Shuningdek, bu davrda yuqori malakali ‘edagogik kadrlarga talab muttasil o‘sib borganligidan Buxoro, Samarqand, Toshkent, Nukus, Xiva, Urganch, Farg‘ona va Namangan singari shaharlarda ‘edagogika va o‘qituvchilar tayyorlash institutlari tashkil etildi. 1932-yilga kelib res’ublikadagi jami oliy o‘quv yurtlari soni 31 taga yetdi. Ularda ta’lim olayotgan talabalar soni 12,2 ming nafarni tashkil etardi. 1941-yilga kelganda oliy o‘quv yurtlari talabalari soni 18 mingtaga yetdi. Ayni payitda mahalliy aholi yoshlari orasidan maxsus tanlab olinib, ‘artiya, sovet va xo‘jalik organlarida ishlash, sotsialistik qurilish jabhalarida aktiv faoliyat ko‘rsatishga da’vat etilgan rahbariy kadrlar tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratildi. Negaki, hukmron ‘artiyaning “oltin fondi” hisoblangan bunday kadrlarni ko‘‘lab tarbiyalab voyaga yetkazish O`zbekistonda sovetlar siyosatini to‘laqonli o‘tkazishda muhim kafolat bo‘lib xizmat qilardi. Shu maqsadlarni ko‘zda tutib 1923-yilda Turkiston kommunistik universiteti ochildi. Unda o‘lkaning bo‘lg‘usi sovet kadrlari “markscha-lenincha” ta’limot negizlarini qunt bilan egallab bordilar. Moskvadagi Sharq mehnatkashlari kommunistik universitetida 1923-yida 77 nafar turkistonlik yoshlar ta’lim oldi. Ulardan o‘zbeklar 34, turkmanlar 24, qozoq-qirg‘izlar 29 kishini tashkil etardi. O`zbekistonning bu davrdagi ta’lim tizimida o‘rta maxsus ta’lim o‘quv yurtlari faoliyati ham alohida o‘rin egallaydi. Res’ublikaning ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti ko‘‘ jihatdan maxsus bilim, tajriba va