TARIXIY ANTROPOLOGIYADA STRUKTURALIZM, MADANIY RELATIVIZM VA NEOEVOLYUSIONIZM
TARIXIY ANTROPOLOGIYADA STRUKTURALIZM, MADANIY RELATIVIZM VA NEOEVOLYUSIONIZM Reja. 1. Strukturalizm. 2. Madaniy relativizm. 3. Neoevolyusionizm.
1.Strukturalizm. Strukturalizmning yaratilishi funksionalizm doirasida bo‘lgani sababli, uning ilk turi strukturaviy funksionalizm nomini oladi. Yuqorida aytilganidek antropologiya yangi yo‘nalishning asoschisi ingliz olimi Alfred Radkliff-Braun bo‘ldi. Ilk marotaba jamiyatni, alohida elementlarning o‘zaro aloqadagi strukturaviy tizimi sifatida qaray boshladi. Olimning fikricha insonlarning ijtimoiy hayotini, ularning ma’lum ijtimoiy tizim doirasidagi faoliyatlari sifatida qarash mumkin. Uning faoliyat doirasida takrorlanadigan har qanday funksiya, yo‘naltirilgan ijtimoiy muhim vazifalarni bajarish, strukturaviy merosiylikni ta’minlashga qaratilgan. Shu tariqa ijtimoiy madaniy hayotga funksional yondashuv, shaxsni ijtimoiy hayotni o‘zlashtirishi, unga moslashuvi va qo‘llashining muhim fermalarini o‘rganishni anglatadi. Shu sababdan Radkliff- Braunning fikricha antropologiyaning asosiy vazifasi, inson jamiyati va madaniyatidagi strukturaviy o‘zgarishlarni aniqlash emas, ularda doimo takrorlanib turadigan strukturaviy o‘zaro aloqalarni ko‘rsatish deb hisoblagan. Radkliff – Braun yaratgan g‘oyalar ingliz ijtimoiy antropologiyasida tezda ommalashib, o‘z taraqqiyotini qator olimlar guruhi tadqiqotlarida topdi. Ular orasida Eduard Evans-Pritchard (1902-1972) ayniqsa mashhur edi. Afrika madaniyatlarining taniqli tadqiqotchisi bo‘lgan Evans-Pritchard, ularni o‘zganishda strukturavistik uslubni qo‘llagan. Unga binoan aniq daoiltlarni tavsifi ma’lum sotsiologik nazariyaga bo‘ysundirilgan. Ushbu uslub ko‘magida jamiyatning strukturaviy tuzilishi, unda mavjud insonlararo munosabatlarning anglash, oqibatda bu uslubning maqsadi jamiyat tizimini yanada aniqroq tushinishga imkon bergan. Strukturalistik uslubning ushbu maqsadini ilgari surgan Evans-Pritchardning tushunishicha (anglashicha) tizim elementlari bir-biriga ta’sir etadi, strukturaviy yondashuv esa elementlar oasidagi aloqalarni o‘rganadi. Uning fikricha ijtimoiy va madaniy tizimlar yaxlitlikni tashkil etadi, sababi ular inson tomonidan yaratiladi. Bu tizimlar insonni ehtiyojlari, uni o‘rab turgan muhit bilan munosabatlarini tartibga solib turadi. Ushbu uslubni qo‘llanishi tadqiq etilayotgan bir necha bir xil
ob’ektni qiyoslashni taqazo etadi, zero bu ularning struktura turlari muhim xususiyatlari va ularning o‘zgarishini aniqlashga qaratilgan. Buning uchun dastlab “madaniy formadan ijtimoiy faktni chiqarib olish lozim bo‘ladi. Ushbu faktlarning har biri birlamchi va ikkilamchi sifatlarga egadir. Birlamchi sifat-struktura (tizim) – bu mavjud narsa hamda sababning muhim vazifasidir. Ikkinchi sifat-madaniyat- bir tomondan atrof-muhitning inson sezgi organlariga ta’siri bo‘lsa, boshqa jihatdan-ushbu jamiyatda ramziy belgilar tanlovi orqali vujudga keladi. Ushbu sifatlar o‘zaro munosabatida birinchisi ikkinchisining, ya’ni madaniyatning asosini tashkil etadi. Madaniyat ham o‘z strukturasiga egadir va bu barcha madaniy hodisalarning aloqalarini tushinish hamda izohlashga imkon beradi. O‘zining strukturalistik g‘oyalarini rivojlantira borgan Evans-Pritchardning xulosasicha, odamlar orasidagi xar qanday munosabatlar o‘ziga xos strukturani tashkil etib, ular birgalikda ijtimoiy tizim (ko‘rinishidagi) ierarxilni tashkil qiladi. Uning fikricha zamonaviy ijtimoiy antropologiya (antropologiya) faqat “qabila”, “klan”, “oila” va h. ko tushunchalari bilan ish ko‘rish noo‘rin. Bu tushunchalar ijtimoiy tizimning faoliyatida asosiy vosita emas. Tarixiy antropologiya uchun asosiysi – ijtimoiy vaziyat, munosabat turlari va ular orasidagi munosabatlar bilan bog‘liq tushunchalardir. Olimning fikricha faqat shu yo‘l bilan ijtimoiy taraqqiyotning umumiy qonunlarini shakillantirish mumkin. Fransiyada strukturalizm g‘oyalari taraqqiyoti o‘zgacha yo‘l bilan bordi. Tarixiy antropologiya fanida fransuz strukturalizimi mashxur olim Klod Levi – Stros (1908 y. tug‘.) ishlari bilan tanilgan. Uning ilmiy qarashlari Dyurkgeymning jamiyat haqidagi va Ferdinand de Sosyurning strukturaviy lingvistika nazariyalari ta’sirida shakillangan. Levi – Stros dastlab primitiv xalqlarda qardoshlik tizimini taxlil qilish, hamda Braziliya hindudari madaniyati va turmushi haqidagi ilmiy tadqiqodlari bilan tanildi. Keyinchalik uning qiziqishlari asosiy mavzusi o‘z taraqqiyotida orqada qolgan etnik guruhlar afsonalarini qiyosiy o‘rganish, shuningdek totemizm va boshqa diniy tasavvurlarni tadqiq qilish bo‘lib qoladi. Uning asosiy asarlari: “Strukturaviy antropologiya” (1958 va 1973), “Totemizm
bugun” (1962), “Qayg‘uli tropiklar” (1975) va boshqalar ushbu muammolarni yoritishga bag‘ishlangan. Levi – Stros nazariyasining asosini strukturaviy lingvistika metodini qo‘llash orqali, madaniyatning u yoki bu turi strukturasini aks ettiruvchi ramzlar tizimini yaratish mumkinligiga tshonch tashkil etadi.strukturalizm kansepsiyasi qandaydir doimiy, tarixga bog‘liq bo‘lmagan, doimo mavjud bo‘lgan inson ongining mahsuli strukturasi xisoblanadi. Ushbu g‘oya asosida Levi – Stros biz yashayotgan dunyoning rang barangligi ularning qandaydir boshlang‘ich yaxlit modelining takomillashgan turlari ekanligini shuning uchun ularning barchasini tizimlashtirish va klassifikatsiya mumkinligini ko‘rsatishga intiladi. Ular orasida aloqalarni ularning bir-birlariga va ilk modelga nisbatan muvofiqligini aniqlash mumkin. Buning uchun avvalo aloxidda xususiy dalillarning imkoni boricha to‘liq ro‘yxatini tuzish, so‘ng ular orasidagi aloqolarni aniqlash, hamda yaxlit birlikka mujassamlash lozim. Levi-Strosning barcha asarlaridan markaziy, insoniyat ongining barcha tarixiy bosqichlarda yaxlitligi g‘oyasi yotadi. Uning uchun, inson faoliyati va inson ongining barcha turlari qat’iy mantiqqa bo‘ysundirilgan. Bu borada inson ongida hissiy emotsional emas oqillik, oqilona faoliyat aksari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Shu sababdan Levi – Stros turmush va madaniyatning har bir qirrasiga alohida yakunlangan tizim siftida qarab, ularning har biridan mantiqiy qonuniyatlarini topishga intilgan. Aksari holatda qarama – qarshiliklar, ziddiyatlarni binar oppozitsiyalarda yoki juft qarama – qarshiliklarning asosiylaridan biri “tabiat – madaniyat” da topgan. U rivojlantirgan strukturaviy taxlilning asosiy maqsadi barcha ijtimoiy va madaniy xodisalar asosida yotgan mantiqiy qonuniyatlarni topish bo‘lgan. Ayni paytda u F. de Sossyurning aloxida fenomenlar ahaiyat kasb etmaydi, faqat ularning majmuasi (so‘z) axamiyatga molikligi xaqidagi tezisiga tayangan. Shveysariyalik lingvist Ferdinand de Sossyur (1857-1913) va uning davomchilari qiyosiy tilshunoslikda inqilobi o‘zgarishlar qildi. Ular tillar diaxron
yondashuvdan vos kechib o‘z tuzilishida ma’lum strukturali o‘xshashligi bo‘lgan sinxrom belgili tizimni qo‘llaydilar. Bunday yondashuv eng avvalo til va so‘z orasida farq mavjudligiga asoslangan. De Sossyurning yozishicha belgilarning muvofiqlashtirilgan tizimi bo‘lib, ularning har biri ikki komponet: signifakant “belgilaydigan va signifikat” yoki “belgilanadigan” so‘zlardan iborat bo‘lgan. Lingvistikada ovozning minimal birligi fonemadir. Bir fenomani ikkinchisi bilan almashtirilishi hamma vaqt ham so‘zning ma’nosini o‘zgarishiga olib kelmaydi. Ammo har bir tilda fenomlar bo‘lib, ular oppozitsion juftliklarni tuzishadi. Shuning uchun bir ovoz davomidagi o‘zgarish, so‘z ma’nosining o‘zgarishiga (masalan “qo‘y”, “to‘y”) olib keladi. Ushbu metodologik yondashuvni Levi – Stros tarixiy antropologiyada qo‘llab, madaniyatning o‘rganilayotgan hodisasi mazmun – ma’nosini empirik aniqlangan dalillardan emas, ularning o‘zaro munosabatlaridan axtaradi. Jumladan u qarindoshlik va nikoh munosabalari o‘ziga xos til ya’ni individlar va guruh orasidagi xarakatsizlik kamunikatsiya tipi sifatida qaraydi. Ammo bu metodni antropologiyada qo‘llash, faqat ijtimoiy va madaniy yutuqlar asosida o‘xshash strukturaviy tamoyillar (prinsiplar) mavjudligini tasdiqlashga xizmat qildi xolos. Bu borada Levi – Stros ta’birida “struktura abstrakt xususiyatiga ega bo‘lib, ma’mum darajadr empirik borliqqa emas, borliqning modellariga mos keladi”. Levi – Stros uchun ijtimoiy munosabatlar, modellar tuzish uchun qurilish ashyosi hisoblanib, ularning yordamida keyinchalik ijtimoiy strukturalar anglanadi. Bu asosda strukturaviy analizning mohiyati etnografik materiallarni ma’lum komponentlarga bo‘lib minimal invariant birliklarni olish, ular yordamida ijtimoiy va madaniy hayotning barcha tomonlarini aks ettiruvchi modellarini konstruksiya qilishdir. Strukturaviy taxlil metodini qarindoshlik tizimini o‘rganishda qo‘llagan Levi – Stros keyinchalik uni totemizmni tadqiq qilishda anglash jarayonlarini izohlashda foydalandi. O‘zining to‘rt tomli “Mifologiya” (1964-1971) asarida Levi – Stros, strukturaviy taxlildan, uning strukturalarning qat’iy asosi hisoblangan jamoaviy ongning fundamental mazmuni bo‘lgan, rivoyatlarni qiyosiy tadqiq