TARIXIY ANTROPOLOGIYaDA SOTSIOLOGIK VA FUNKSIONAL NAZARIYaLAR
TARIXIY ANTROPOLOGIYADA SOTSIOLOGIK VA FUNKSIONAL NAZARIYALAR REJA 1. Sotsiologik yo‘nalish. 2. Funksionalizm. 3. Amerika tarixiy antropologiya maktabi.
.1.Sotsiologik yo‘nalish . Ye vropa antropologiyasida diffuzionizm bilan deyarlik bir paytda sotsiologik yo‘nalish ham shakllanib, uning vakillari diffuzionizmga nisbatan ham sermahsul ijod qiladilar. Agar evolyusionizm asoschilari antropologiyaning asosiy predmtini – odamda , diffuzionistlar – madaniyatda ko‘rsalar, sotsiologik yo‘nalish vakillari – inson jamiyatini asos deb bildilar. Nazariya tarafdorlari inson jamiyatlarini oddiy individlar majmuasi sifatida ko‘rishni istamadilar. Jamiyatni ular odamlar orasidagi ahloq aloqalari tizimi sifatida ko‘rib, uni insonlarga majburan yoki kuch bilan o‘tkazilishini ta’kidlashgan. Sotsiologiya nazariyasining vatani Fransiya bo‘lib uning yirik nomoyondasi Emil Dyurk Geym (1858-1917) sanaladi. U haqli ravishda 19 asrning so‘nggi o‘n yilliklarida yaratilgan antropologiyadagi muhim yo‘nalishning asoschisi hisoblanadi. Evolyusionistlardan farqliroq Dyurk Geym, odamlar jamiyatini atrof – muhitga moslashib boruvchi, yuksalishdagi bosqichlar deb emas, balki yopiq statik tizimlar sifatida anglab, ularni ijtimoiy faktlar yordamida tadqiq qilish lozimligini uqtiradi. Ijtimoiy faktlarni esa u individning harakat turlari, anglashi va sezilish sifatida ifodalab, ularni tashqi muhit tomonidan ta’sir etadigan va majburlash kuchiga ega deb hisoblaydi. Bu borada olim ijtimoiy faktni bizning tushunchamiz bo‘yicha emas o‘zligicha o‘rganish lozimligini alohida ta’kidlaydi.dyurxeymning fikricha unga qadar buyumlar emas, tadqiqochining uning haqidagi tushunchasiz o‘rganilgan va bu fan emas mafkuradir. Jamiyatni anglashdagi har qanday sub’ektivizm ham shundan kelib chiqqan. Uning fikricha jamiyat osoishtaligi a’zolarinig ijtimoiy birdamligi orqali ta’minlanadi. Ijtimoiy tizimning har bir elementi muhim muvozanatda bo‘ladi va aks holda u inqirozga mahkumdir. Jamiyatlarni taraqqiy etgani darajasini klassifikatsiya qilgan Dyurk Geym faniga “ijtimoiy tip” yoki “ijtimoiy tur” tushunchalarini kiritdi. Klassifikatsiya asosiga u eng oddiy jamiyat: “ ibtidoiy to‘da ” ni qo‘yadi. To‘da taraqqiyoti davomida nisbatan murakkabroq ijtiomiy strukturaga klanga (urg‘uga) aylanadi. Klanlarning turli birikmalari esa qabila,
kuriya fratrinlarini shakllantirib, keyinchalik ulardan ilterilga qadar yana ham murakkab jamiyatlar vujudga keladi. Demak Dyurk Geym fikricha har qanday jamiyat ibtidoiy jamiyatning ma’lum darajada murakkablashgan ko‘rinishidir. Dyurk Geymningn etnosotsiologik nazariyasining yana bir muhim qismi, jamoaviy tushunchalar haqida g‘oyadir. Inson ongini olim bir xil emasligini, sababi u xususiy va jamoaviy (kollektiv) ikki ko‘rinishda bo‘lishini yozgan. Birinchisi har bir shaxsga taaluqli bo‘lib, u to‘lig‘icha shu kishining ruhiyati xususiyatlari bilan aniqlanmoqda; ikkinchisi butun guruh uchun yagona bo‘lib, ayrim shaxsga bog‘liq emas va hatto zarur bo‘lsa shaxsga nisbatan majburlash kuchiga ham egadir. Kollektiv ong o‘z ifodasini guruhiy tushunchalarda – diniy tasavvurlar, miflar, ahloq va huquq normalarida topadi. Ular ijtimoiy hayotga singdirilgan bo‘lib, butun ijtimoiy guruh tomonidan yaratilgan uning qabul qilish xususiyatlarini turlicha ko‘rinishidir. Guruhiy tushunchalar haqidagi g‘oyasini rivojlantirish davomida Dyurkgeym qonuniy tarzda dinning mohiyati va uning jamiyatdagi o‘rni masalasiga to‘qnashadi. Dinning keng yoyilgang‘ayritabiiy mavjudodlarga, kuchlarga sig‘inish ekanligiizohini rad etgan olim, dinning asosiy belgisi deb dunyoni ikkiga: ilohiy (muqaddas) va oddiy kundalik (profan) hayotga bo‘lishini ko‘rsatadi. Bunday bo‘lishning o‘ziga xosligi, har ikki qismni butunlay o‘zga bir- biriga qo‘shilishi mumkin bo‘lmagan narsalar deb ta’kidlaydi. Bu dunyolar orasidagi o‘tib bo‘lmas chegarani, faqat diniy marosimlar orqali yengish mumkin. Dyurkgeymning fikricha din funksional tamoyil bo‘lib u guruhning ijtimoiy birdamligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan. Har qanday din uni vujudga keltirgan ijtimoiy muhit mahsuli sifatida, mavjud borliqning soxta ko‘rinishi deb hisoblanishi mumkin emas. Qolaversa dinning mazmuni oxir-oqibat uni yaratgan jamiyat va uning strukturasi aksidir. Dyurkgeymning nazariyasini uning shogirdlari va izdoshlari: M. Moss, K. Levi – Stroe, M. Grane, L. Levi Bryullar rivojlantirgan. Fransuz antropologiyasidagi ushbu sotsiologik maktab vakillari orasida Lyusen Levi Bryul (1857-1939) g‘oyalari ayniqsa muhimdir. Levi Bryul
tadqiqotlarining barchasi jamoaviy ong insonning shaxsiy tajribasi orqali emas, uning ongiga ijtimoiymuhit: ta’lim-tarbiya, jamoatchilik fikpi, urf-odatlar orqali kiritilishi g‘oyalariga asoslanadi. Bu g‘oyalarni rivojlantirish borasida olim kollektiv ong, tushunchalarni boshqaruvchi qonunlar masalasiga e’tibor qaratdi. Dyurkgeym qarashlariga suyangan holda u o‘zining ibtidoiy jamiyatlardagi oldmantiqiy ong nazariyasini yaratib “ibtidoiy ong” (1930) asarida ifodalaydi. Levi-Bryul fikricha sabab va oqibat orasida aniq chegaraning bo‘lmasligi oldmantiqiy ongli ibtidoiy odamni zamonaviy avloddan butunlay farqlaydi. Oldmantiqiy ong bizniki kabi qarama-qarshiliklardan qochmasada uni mantiqsiz deb bo‘lmaydi. Bu borada so‘z o‘zining alohida qonuniyatlariga bo‘ysunuvchi ong tipi haqida yuritilmoqda. Ushbu qoloq xalqlarning kollektiv ongini boshqaruvchi qonunlari bizning mantiqiy ongimiz qonuniyatlariga butunlay o‘xshamagan. Ulavr emotsiyalardan ajralmagan borliq hodisalarini izohlashiga yo‘naltirilmagan. Bu borada ular asab tizimiga keskin qo‘zg‘atuvchi sifatida ta’sir etadi, xususan diniy marosimlarni o‘tkazish paytida, odamlarni qo‘rquvga solish, qattiq hohish, umid va h.k.o. bag‘ishlashi mumkin. Bu holda ibtidoiy odam o‘zini o‘rab turgan borliqni, hodisalarni tushunishga, anglashga intilgan sababi u hodisalarni sof holda emas, yashirin kuchlar, narsalarning sehrli xususiyatlari bilan mujassamlashgan emotsiyalar majmuasi tarzida qabul qilgan. Shu sababdan ibtidoiy odamning dunyo qarashi biznikidan butunlay o‘zgacha yo‘naltirilgan, biz borliqni ob’ektiv anglashga intilsak, ibtidoiy odamlar ongida sub’ektivlik hukmron bo‘lgan. Shuning uchun ibtidoiy odamlar real narsalar va ular haqidagi tasavvurlarni aralashtirib yuborganlar, ular tushni borliqdan, odamning o‘zini ismidan ajrata olmaganlar. Xuddi shu sababli ibtidoiy ong tajriba bilan bog‘lanmagan. Tajribaviy bilimlar ibtidoiy odamni sehirgarlik, tabiat kuchlari, fetishlarga ishonchini yo‘qota olmagan. Ibtidoiy odamning ongi tajribalarga “berilmaydi”. Levi Bryulning yozishicha unda mantiqiy qonunlar emas, “ishtirok etish qonuniyati” hal etuvchi ahamiyat kasb etgan. Unga binoan buyum o‘zligidan tashqari, bir vaqtning o‘zida boshqa narsa ham bo‘lishi mumkin, u bu yerda bo‘lishidan tashqari boshqa joyda ham bo‘lishi mumkin. Ongning
bunday tipini Levi-Bryul “oldmantiqiy” deb izohlaydi. Levi Bryulning yozishicha jamoa fikriga e’tibor zamonaviy yevropaliklar ongida ham mavjud. Bu insonning ilmiy bilimlar tushuntirib bera olmaydigan, uni o‘rab turgan borliq bilan muloqatda bo‘lish tabiiy ehtiyojidan kelib chiqadi. Fanning dunyoni ob’ektivlashga intilishi uni insoniyatdan yanada uzoqlashtiradi. Shuning uchun inson tabiat bilan jamoaviy tushunchalar: din, ahloq, udumlar orqali muloqatda bo‘lishga intiladi. Levi – Bryulning fikricha oldmantiqli ong mavjud, va u mantiqiy bilan birgalikda saqlanib qolgan, “ishtirok qonuni” va mistik tayyorlik holati – zamonaviy inson ongining tabiiy xususiyatidir. Sotsiologik yo‘nalishning asosiy g‘oyalari quydagilardan namoyon bo‘ladi: - har bir jamiyatda “jamoaviy tasovvurlar”majmuasi bo‘lib, ular jmiyatning mustahkamligini ta’minlaydi; - madaniyatning vazifalari jamiyatni birlashtirish, insonlarni yaqinlashtirishdan iborat; - har bir jamiyatda xulqi atrof mavjud bo‘lib, u doimiy o‘zgaruvchan va yuksalishga moyildir; - bir jamiyatdan ikkichisiga o‘tish murakkab jarayon bo‘lib u bir tekisda emas notekis, tezlanishlar bilan amalga oshiriladi. 2. Funksionalizm. Satsologik nazariyaning mantiqi davomi va yuksalishi funksionalizmda nomoyon bo‘ladi. Diffuziya nazariyasi vatani Germoniya, sotsiologik g‘oyaniki Fransiya bo‘lsa, fuksionalizm Angliyada vujudga kelib 20 asrning 20chi billaridan antropologiyadagi yetakchi yo‘nalishga aylandi. Shunga qaramasdan funksional nazariyaning yakuniy konsepsiyasi nemis etnologi Rixard Turnvaldga tegishli deyishadi. Lekin funksionalizm Germaniyada keng tarqalmadi. Angliyada yirik ilmiy yo‘nalishga aylangan funksionalizm ijtimoiy va madaniy antropologiyaning taraqqiyotiga sezilarli ta’sir o‘tkazdi. Uning eng mashhur vakili Bronislav Maminovskiy (1884-1942) shu yerda ijod qilgan. Etnik jarayonlarni funksional tadqiq qilishning o‘ziga xos xususiyati, madaniyatni o‘zaro aloqador elementlar va qismlardan iborat yagona birlik sifatida