logo

TARIXIY ANTROPOLOGIYADA EVOLYUSIONIZM NAZARIYASI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

32.5498046875 KB
TARIXIY ANTROPOLOGIYADA EVOLYUSIONIZM NAZARIYASI
REJA
1. Darvinning evolyusion g‘oyasi.
2. Eduard Taylor evolyusion nazariya asoschisi sifatida.
3. Bastian nazariy qarashlarida, ijtimoiy hodisalarning psixologik va 
biologik xususiyatlari.
4. Morgan xalqlar urug‘chilik tuzumini tarixiy nuqtai nazardan tahlil etishi. 1. Darvinning evolyusion g‘oyasi
Darvinning   evolyusion   g‘oyasi   tabiiy   fanlardagina   to‘ntarish   yasab
qolmasdan,   ijtimoiy   fanlar,   xususan   yangi   shakllanayotgan   antropologiyada   ham
uzil-kesil qaror topadi. Ko‘pgina antropolog – evolyusionistlar, ularni ijodga tabiiy
fanlardagi   muvaffaqiyatlar   undaganligini   ta’kidlaydilar.   Evolyusionist   olimlar
o‘zlarining   bosh   vazifalari   deb:   turli   xalqlar   madaniyatlarini   qiyoslash,   insoniyat
madaniyati taraqqiyotining umumiy qonunlarini ochish va asoslash deb bilganlar.
Evolyusion   g‘oyani   turli   mamlakatlar   antropologlari:   Gerbert   Spenser,
Eduard   Taylor,   Teodor   Vays,   Genrix   Shurs   (Germaniyadan);   sharl   Leturno
(Fransiya);   Lyuis   Genri   Mofgan   (AQSh)   yuksaltirdilar.   Ularning   tadqiqotlari
tufayli   madaniyat   avvalgi   ma’lum   mazmunga   ega   bo‘lmagan   alohida   tur   va
xususiyatlar yig‘indisidan, insoniyat uchun umumiy tarixiy qonunlarga ega bo‘lgan
mujassam, tizimi va tartibli ko‘rinishni oladi. 
Tarixiy   antropologiyada   evolyusion   nazariya   asoschisi   deb   haqli   ravishda
ingliz   olimi   Eduard   Taylor   (1833-1917)   tan   olinadi.   U   1865   yili   nashr   qilingan
“Insoniyatning   qadimgi   tarixiga   oid   tadqiqotlar”   asarida   o‘z   qarashlarini   bayon
etadi.   Olim   asarida   insoniyat   madaniyatining   ibtidoiy   darajasidan   hozirgi   qadar
yuksalib borishi, xalqlar madaniyatlaridagi farqlar esa haqiqiy xususiyatlarga emas
madaniy taraqqiyotning notekis rivojlanishi natijasi ekanligini ta’kidlaydi. 
Taraqqiyotning   evolyusion   nazariyasini   Taylor   1875   yilda   nashr   qilingan
“Ibtidoiy madaniyat” kitobida yanada batafsilroq yoritadi. Unda J. de Mestraning
yerda   yarim   sivilizatsiyalashgan   odamlarning   paydo   bo‘lgani   hamda   ularning   bir
qisimi   yovvoyilikka   boshqalarini   esa   oldingi   sivilizatsiyaga   qarab   taraqqiy   etishi
g‘oyasiga qarshi insoniyat madaniyatining uzluksiz rivojlanishi g‘oyasi yotadi. Shu
bilan   birgalikda   Taylor   ma’lum   tarixiy   va   tabiiy   fojialar   madaniyatida   rekrisiv ,
ya’ni salbiy (orqaga qaytish) rivojlanish bo‘lishi mumkinligini ham inkor etmaydi.
Madaniyat   turlarining   ko‘pligini   u   taraqqiyot   davomida   ko‘plab   bosqichlardan
o‘tish   bilan   izohlangan.   Bu   bosqichlar   o‘zaro   bog‘langan   bo‘lib   barcha   xalqlar
madaniyatlarini bir zanjirga birlashtiradi.   Boshqa evolyusionistlar kabi Taylor ham madaniy jarayonlarni o‘rganishda
ilmiy – tabiiy metodni qo‘llashga xarakat qiladi. Shuning uchun olim tabiiy – ilmiy
klassifikatsiyani   tarixiy   antropologiya   ehtiyojlariga   moslashtirishga   intilgan.   U
moddiy   va   ma’naviy   madaniyatning   ma’lum   belgilarini   tadqiq   etib   uni
tabiatshunoslarning o‘simlik va hayvonlar turlariga qiyoslagan (o‘xshatgan).
O‘z   asarlari   va   maqolalarida   Taylor   xususan   madaniy   borliq   umuman
insoniyat   madaniyatining   doimiy   taraqqiyotda   bo‘lishi   nuqtai   nazarni   yoqlagan.
O‘z   nazariyasini   tasdiqlash   uchun   olim   katta   hajimdagi,     madaniyatning   oddiy
holatdan murakkab darajaga yuksalishini tasdiqlovchi dalillarni keltiradi.
Taylor madaniy jarayonlarning barchasidan ham, ibtidoiy xalqlarning diniy
tasavvurlarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratib, dinning animistik kelib chiqishi
g‘oyasini   ilgari   surdi.   Qoloq   xalqlar   diniy   tasavvurlarini   o‘rganishda   olim,
insoniyat   va   uning   madaniyati   vujudga   kelishi   yagona   ekanligi   g‘oyasiga
asoslanadi. U ayrim olimlarning “yovvoyilar” diniy tasavvurlari va udumlari turli
bo‘lmag‘ir fikrlar aralashmasi emas, balki ularning aksari qismi mantiqli va tartibli
ekanligini   tasdiqlashga   urinadi.   Taylorning   yozishicha   diniy   tasavvurlar   asosida
jonlar   va   ruhlarga   ishonch   tuyg‘usi   yotadi.   Olim   bu   tuyg‘ularni   “ animizm”
(lotincha   anima   –jon,   hayot)   atamasi   bilan   ifodalaydi.   U   animizmning   ildizlarini
“yovvoyi”   kishining   “falsafasi”   da,   uning:   tush,   tushko‘rish,   hushdan   ketish,
kasalliklar,   o‘lim   sabablarini   bilishga   intilishda   ko‘radi.   Uni   izohlash   davomida
insonlar   har   bir   kishida   ruh   mavjudligi   va   odamni   vaqtinchalik   (tush)   yoki
umuman   (o‘lim)   domiga   tashlab   ketishi   mumkinligi   haqidagi   xulosaga   keladilar.
Bu   ruhlarga   ishonch   tuyg‘usi   asosida   qadimgi   odamlarda   keyinchalik   yanada
murakkabroq   diniy   tasavvurlar   shakllanadi.   Ibtidoiy   odamni   afsungarlikka
ishonchi, atrof-muhitdagi barcha narsalar, shu jumladan jonsiz buyumlar, narsalar
ham o‘z ruhlariga ega ekanligiga ishontirgan. Shu tariqa avval hayvonlar va tabiat
kuchlari   ruhlarga   e’tiqod,   keyinchalik   esa   “nargi   dunyo”,   tabiatning   ulug‘
ilohlariga, eng so‘ngida, yagona Xudoga ishonch paydo bo‘ladi.
Taylorning   evolyusion   qarashlari   antropologiyada   oldinga   tashlangan
muhim qadam bo‘ldi. Ularni tarixiy jarayoni va madaniyatining ijobiy taraqqiyoti yagonalini   asoslovchi   batartib   konsepsiya   deb   atash   mumkin.   Ammo
evolyusionizmning, xususan Taylor nazariyasining nuqsonlari keyinchalik ma’lum
bo‘ldi.  Olimning  g‘oyalari   o‘z  zamonida  antropologiyada  juda  tez  tarqalib,  uning
qator davomchilari yetishib chiqdi.
Evolyusion nazariya klassiklaridan biri ingliz faylasufi, biologi, psixologi va
sotsiologi   Gerbert   Spenser   (1820-1903)   bo‘ladi.   Uning   birxillik   (gomogen)   dan
madaniyatning   ko‘pxillik   (geterogen), ya’ni bosqichma-bosqich differensatsiya va
integratsiya orqali o‘zgaribmurakkablashib borishi g‘oyasi “Sotsiologiya asoslari”
(1876-1896) asarida to‘la aksini topadi.
Spenser   g‘oyasining   asosi   jamiyat   va   inson   organizmining   (tanasining)
qiyoslanishida   edi.   Jamiyat   va   madaniyatlarning   turli   tiplarini   u   ma’lum   “ilohiy
tana” tarzidagi, doimiy taraqqiyotdagi  borliq sifatida izohlaydi. Olimning fikricha
jamiyat yoki madaniyatlar tashqi (gegrafik muhit, qo‘shni madaniyatlar); va ichki
(insonning   jismoniy   tabiati,   irqiy   differensatsiya,   ruhiy   sifatlarining   xilma-xilligi)
omillari   orqali   taraqqiyot   etadi.   U   birinchilardan   bo‘lib   “qoloq”   madaniyatlarni
jismoniy, aqlliy va ahloqiy taraqqiy etmagan xalqlar yaratganligi gipotezasini ilgari
suradi.   Spenser   insoniyat   ilk   oldtarix   bosqichidan   tabiatga   asta-sekin   moslasha
borayotgani   ehtimolini   aytadi.   Ushbu   jarayonlar   natijasida   inson   sifatlari
takomillashib,   jamiyatlarda   mujassamlashib,   an’analar   orqali   keyingi   avlodlarga
o‘tib   boradi.   Insonlar   guruhlari   yashash   sharoitlari,   muhitlari   ta’sirida,   ularning
sifatlari   taraqqiysi   ham   turlicha   bo‘ladi.   Ammo   bu   kabi   farqlar   insondagi
takomillashishiga   bo‘lgan   tug‘ma   imkoniyatlar   orqali   tez   vaqitda   yo‘qotilishi
mumkin.
Inson   jamiyati   taraqqiyoti   jarayonini   taxlil   etishda   Spenser   2   xususiyatni   –
differensatsiya   va   intergratsiya   ning   ahamiyatini   alohida   belgilaydi.   Olimning
antropologiyada Morgan havaskor – olim, fidokor-tadqiqotchi sifatida faoliyat olib
borib umrining deyarli 40 yilini dastlab AQSh hindu qabilalari, so‘ngra dunyoning
boshqa   xududdagi   xadqlarni   o‘rgandi.   Uning   g‘oyalari   mazmunli   va   ko‘pqirrali
bo‘lganidan,   ularni   to‘lig‘icha   izohlash   mushkul.   Ammo   Morganning   etnik
muammolariga qarashlari: “Qadimgi jamiyat” (1877) va “Ibtidoiy jamiyat” (1871) asarlarida   o‘z   aksini   topgan.   Asarlarda   olim   antropologiyasining   3   asosiy
muammosi:  urug‘chilik jamiyatining insoniyat  tarixidagi o‘rni va ahamiyati, oila-
nikoh   munosabatlarining   shakllanishi   tarixi   va   insoniyat   tarixini   davrlashtirishni
tadqiq qiladi.
“Qadimgi   jamiyat”   asarida   ironezlarning   o‘ziga   xos   jamoa   tuzumiga
asoslangan   Morgan   ibtidoiy   jamoa   asosini   urug‘   tashkil   etgan   degan   xulosaga
keladi.   Olim   insoniyat   tarixini   2   katta:   1)   ilk-urug‘,   fratriya   va   qabilalarga
asoslangan   ijtimoiy   tuzum;   2)   so‘ngi   odamlarning   xudud   va   mulkka   turlicha
munosabatiga   aoslangan   siyosiy   tashkilotlar   davriga   bo‘ladi.   U   urug‘chilik
qadimgi   osiyo,   amerika,   yevropa,   afrika,   avstraliya   jamiyatlari   uchun   ijtimoiy
tuzumning   universal   asosi   bo‘lganligini   yozadi.   Ushbu   davrda   urug‘   jamoasi
jamiyat tizimi va faoliyatining asosiy quroli hisoblangan.
Morgan   xalqlar   urug‘chilik   tuzumini   tarixiy   nuqtai   nazardan   yondoshgan
holda   tadqiq   qiladi.   U   urug‘ning   eng   sodda   ko‘rinishini   topishga   urinib,   uni
avstraliyaliklar   urug‘-frotriya   tizimida   fikricha   dastlab   son   o‘sishi,   madaniyati
elementlarining ko‘payib borishi kuzatiladi. Miqdor o‘sishi  o‘z navbatida ma’lum
madaniy  birlikning  differensatsiyalashuvi   yoki   qismlarga  bo‘linishiga   olib  keladi.
Ushbu   strukturaviy   qismlar   tobora   bir-biriga   o‘xshamaydigan,   ma’lum
funksiyalarni   bajaradigan   maxsus   madaniy   vazifalarni   mujassamlashtiradigan
mexanizmga   aylana   boradi.   Bu   borada   Spenser   ilmiy   taomilga   “struktura”,
“funksiya”,   “madaniy   institut”   kabi   tushunchalarni   kiritib   shuning   uchun   olimni
antropologiyaning   yangi   yo‘nalishi   funksionalizmning   boshlovchisi   deb
hisoblashadi.
Spenser   g‘oyalari   faylasuflar   orasida   ommalashib,   antropologiyaning
taraqqiyotiga katta ta’sir o‘tkazmaydi.
Nemis   antropologiyasi   va   evolyusionizmning   Germaniyadagi   asoschisi
Adolf   Bastian   (1826-1905)   yirik   nazariyotchi   va   fan   tashkilotchisi   edi.   U
dunyoning   turli   xududlarida   9   ta   ilmiy   ekspeditsiya   davomida   to‘plangan
ma’lumotlari   ilmiy   konsepsiya   yaratish   imkonini   beradi.   Bastian   g‘oyasining
muhim   tomoni   unda   insoniyat   tarixining   soddalikdan   murakkablikka   tomon yuksalishini   izohlashi   bo‘ldi.   U   o‘z   tadqiqotlarida   barcha   odamlar   dunyo
qarashining   o‘zagi   psixologiyaga   e’tibor   qaratadi.   Bastianning   fikricha,   ibtidoiy
odamlar   tarixiy-gegrafik   muhitga   moslashuvi   boraida   elementar   deyarli   psixik
strukturaga   ega   bo‘lishgan.   Insonlar   ruhiyatining   o‘xshashligini   turli   xalqlar
o‘tmishidagi:   ertaklar,   afsonalar   ayrim   g‘oyalardagi   umumiylikdan   ham
kuzatishimiz   mumkin.   Har   bir   xalq   o‘z   g‘oyalari   majmuasini   yaratadi   va   ular
ushbu xalqning madaniyatining mohiyatini belgilaydi. Mobodo ushbu xalq alohida,
chet xududda yashasa, uning g‘oyalari majmuasi o‘zgarishsiz qoladi. O‘zga xalqlar
bilan   aloqa   qilingan   taqdirda   esa   yangi   g‘oyalar   o‘zlashtirila   boshlanib   bu   hol
madaniyatning yuksalishini ta’minlaydi. Misol tariqasida o‘zbek xalqining XIX asr
oxiri   XX   asrlardagi   g‘oyalari   doirasi   va   ularning   kengayib   borishini   ko‘rsatish
mumkin.   Bastian   buyuk   madaniyatlar   misolida   insoniyatning   taraqqiyoti   halqa
tarzida yuksalib borishi, agar unga harakatlantiruvchi kuchlar ta’sir etsa, madaniy
taraqqiyot   yanada   davom   etishini   izohlaydi.     Olim   tarixni   tahlil   qilar   ekan,   xalq
o‘zining geografik muhiti  bilan qanchalik mustahkam  bog‘liq bo‘lsa, u shu qadar
tarixiy o‘zgarishlarga ham yo‘liqadi, uchraydi degan xulosaga keladi.
Bastian   nazariy   qarashlarida,   ijtimoiy   hodisalarning   psixologik   va   biologik
xususiyatlari   o‘ziga   xos   tarzda   ifodalangan.   Olim   o‘z   tadqiqotlaridagi   barcha
muammolar   yechimini,   insonning   aqliy   imkoniyatlari   va   uning   atrof-muhit   bilan
faol   munosabatlardan   izlaydi.   Bastian   insoning   aqliy   fazilatlarini,   uning   biologik
xususiyati   natijasi   deb   biladi   va   insonning   ma’naviy   hayoti   biologik   qonunlarga
to‘liq bo‘ysunishini  ta’kidlab, shu  nuqtai  nazardan o‘rganilishi  lozimligini  aytadi.
U   inson   ruhiyati   vaqt   bilan   bohliq   tarzda   yuksalishini   ruhni   vujudga   kelishi
sabablari va omillarini o‘rganishni antropologiya predmeti deb ko‘rsatib uni tabiiy
fanlar qatoriga qo‘ydi.
Tarixiy   antropologiyada   evolyusionizmning   shakllanishida   amerikalik   olim
Lyuis   Genri   Morgan   alohida   o‘rin   tutadi.   Morgan   (1818-1881)   antropologiyaga
zamondoshi   bo‘lgan   barcha   hamkasiblarning   umumiy   xizmatidan   ko‘proq   hissa
qo‘shgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.              Urug‘ning   taraqqiy   etgan   tuzimini   u   irokezlarda   kuzatish   mumkinligini
yozadi.nihoyat   urug‘ning   so‘ngi   turi   (ota   urug‘)   Morganning   fikricha   qadimgi
yunon va rimliklarda arxaik davrida hukm surgan. Bu borada antropologiya uchun:
xususiy   mulkning   to‘planishi   va   merosga   aylana   borishi   davomida   ona   urug‘dan
ota urug‘ga (patriarxatga) o‘tish haqidagi g‘oya muhim ahamiyat kasb etadi. 
Morgan   ilmiy   tadqiqotlarida   oila   tarixini   o‘rganish   ham   katta   o‘rin   tutgan.
Bu   masala   “qadimgi   jamiyat”   asarida   yoritilgan.   Turli   xalqlardagi   qon-
qarindoshlik   turlari   haqidagi   ma’lumotlarni   to‘plagan   olim,   ularni
sistemalashtiradi.   Morgan   insonning   tarixida  oila   taraqqiyotining   3  bosqichini:   1)
qon-qarindoshlik   oilasi   (ota   –ona   farzandlari   orasidagi   nikohni   taqiqlanishi0;   2)
punalual   oila   –   bir   necha   opa   –   singillarning   umumiy   erlari   bilan   yoki   bir   necha
aka-ukalarning   umumiy   xotinlari   bilan   guruhiy   nikohi;   3)   juft   sindiastlik   oila ;   4)
patriarxal   yoki   pompam   oila;   5)   monogam   –   zamonaviy   ko‘rinishdagi   oilalar
bo‘lganini ta’kidlaydi. Olimning fikricha oila formalari orasida eng muhimlari 1,2
va   5   lari   bo‘lib,   xuddi   shu   xildagi   nikohlardan   insonlar   qardoshligi   asosiy   turlari
rivojlanadi.
Tarixiy   antropologiya   uchun   Morgan   tadqiqotlaridan   eng   muhimi   ibtidoiy
jamoa tuzumini  tadqiq qilishi  va ibtidoiy madaniyatning davrlashtirishga harakati
hisoblanadi.
Olim   taklif   etgan   davrlashtirishni   etnografik,   tarixiy   va   arxeologik
ma’lumotlarni   birlashtirib,   har   bir   xalqni   tarixdagi   o‘rnini   belgilab,   etnoslar
taraqqiyoti   darajasini   qiyoslash   imkonini   berdi.   Bu   jahon   tarixini   birinchi   marta
universal davrlashtirish sistemasi edi.
Evolyusion   yo‘nalish,   inson   taraqqiyoti   va   uning   madaniyatini   tartibli
o‘rganish borasidagi dastlabki konsepsiya bo‘lib, u ijtimoiy taraqqiyotining doimiy
yuksala   borishi   g‘oyasiga   asoslangan   edi.   Evolyusionizmning   asosiy   g‘oyalari
quydagalarda:
- insoniyatning   kelib   chiqishi   yagonadir,   shu   sababdan   uning   vakillari
aqliy   imkoiyatlari   deyarli   bir   xil,   ma’lum   vaziyatlarda   ular   o‘xshash   qarorga
keladilar; bu hol inson vakillari madaniyatining, ular qaerda yashamasinlar birlikka egaligi   va   bir   xilda   taraqqiy   etishi,   turli   madaniyatlar   orasidagi   aloqalar   hal
qiluvchi ahamiyatga ega emasligi;
- insoniyat   jamiyatlarda   doimiy   yuksalishi,   ya’ni   oddiy   (soddolik)   dan
murakkablikka   o‘tish   jarayoni   mavjud;   madaniyat   ham   jamiyatning   bir   bo‘lagi
sifatida   oddiylikdan   murakkablik   tomonga   doimiy,   sekinlik   bilan   bo‘ladigan
o‘zgaishlar, son jihatidan o‘sish yoki kamayish orqali rivojlanadi;
- Madaniyatning har bir ko‘rinishi (elementi) taraqqiyoti avvaldan belgilab
qo‘yilgan,   uning   keyingi   formalari   avvalgilaridan   rolida   tug‘ilib,   shakllanadi,   bu
borada   madaniyat   taraqqiyoti   ko‘pbosqichli   bo‘lib,   ular   dunyodagi   barcha
madaniyatlar uchun bir xildir;
- Insoniyat madaniyatlarining universal qonunlariga binoan, turli xalqlar va
ularning madaniyati bir xil bosqichda bir xil natijalar beradi;
- Ijtimoiy taravviyot evolyusiya qonunlari bo‘yicha, jonli tabiatgamas, bir
elemetni ikinchisi ustida yoki eskisining o‘rniga yangisini paydo bo‘lishi, natijada
madaniyat elementlarining o‘zaro bog‘liqligi;
- Turli  xalqlar  madaniyatidagi  farqlar  ularning taraqqiyoti  bosqichlaridagi
tafovutlar bilan bog‘liq ekanligi. 
Ushbu prinsiplarga asoslanib evolyusionist etnologlar muhim mafkuraviy va
amaliy;  ya’ni  barcha  xalqlar  yagona  taraqqiyot  yo‘lidan borsa  va uning cho‘qqisi
yevropa sivilizatsiyasi hamda madaniyati bo‘lsa, demak barcha xalqlar oxir-oqibat
yevropa madaniy qadriyatlariga kelishishi lozimligi haqida xulosalar qilganlar. Bu
esa   yevropaldiklarning   mustamlakachilik   siyosatlarini   oqlashga,   uni   “qoloq
xalqlar”   madaniyatini   yuksaltirishga   xizmat   qilishini   taqqoslashga   yo‘naltirilgan
edi. 
Tarixiy   antropologiyaning   keyingi   taraqqiyoti,   XIX   asrning   oxirida   yangi
ma’lumotlarni to‘planishi, evolyusion g‘oyaning zaif tomonlarini, hayotda mavjud
faktlar   bilan     nomuvoffiq   kelishini   aniqlaydi.   Xususan   madaniyatda   faqat   son
jihatidan   o‘zgarishlar   bo‘lishi   mumkinligiga   asoslangan   evolyusionistlar,   uni
yangidan   tug‘ilishi   (vujudga   kelishi)   mumkinligini   izohlash   tugul   o‘ylab   ham
ko‘rishmagan.   Evolyusion   g‘oya   bo‘yicha   madaniyatning   barcha   elementlari insoniyat   tarixining   muqaddimasidan   boshlangan.   Yangi   etnografik   tadqiqotlar
davomida   oligan   ma’lumotlar   evolyusion   g‘oyaga   mos   kelmasdan   izoh   talab   eta
boshlaydi.   Natijada   madaniyatni   vujudga   kelishi,   yuksalish   va   tadqiq   etishning
yangi   yo‘llari   usullari   izlana   boshladi.   Xuddi   shu   sababdan   ya’ni   ko‘pincha
evolyusion   nzariyaga   qarshi   maktab   yo‘nalishlar   vujudga   keldi.   Evolyusion
g‘oyadan   qoniqmagan   ayrim   etnolog   va   antropologlar   esa   nazariy   muammolar
bilan shug‘ullanishdan bosh tortib, faqat empirik ma’lumotlar yig‘ishga o‘tdilar. 
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Ashirov A. Antropologiya. –T.., 2014.
2. Antropologiya.   (Pod   red.   Miskovoy   Ye.V,   Mexedova   N.A,   Pimenova   V.V ) -M..,
Izd-vo «Kultura» 2005.
3. Jabborov Iso. Jahon antropologiyasi asoslari. Toshkent. “Yangi asr avlodi”, 2005.
4. Jabborov Iso. Jahon xalqlari etnografiyasi.  Darslik. Toshkent.1985
E lektron manbalar
www.    mirknig.com   
www.turklib.com
www.etnology. com

TARIXIY ANTROPOLOGIYADA EVOLYUSIONIZM NAZARIYASI REJA 1. Darvinning evolyusion g‘oyasi. 2. Eduard Taylor evolyusion nazariya asoschisi sifatida. 3. Bastian nazariy qarashlarida, ijtimoiy hodisalarning psixologik va biologik xususiyatlari. 4. Morgan xalqlar urug‘chilik tuzumini tarixiy nuqtai nazardan tahlil etishi.

1. Darvinning evolyusion g‘oyasi Darvinning evolyusion g‘oyasi tabiiy fanlardagina to‘ntarish yasab qolmasdan, ijtimoiy fanlar, xususan yangi shakllanayotgan antropologiyada ham uzil-kesil qaror topadi. Ko‘pgina antropolog – evolyusionistlar, ularni ijodga tabiiy fanlardagi muvaffaqiyatlar undaganligini ta’kidlaydilar. Evolyusionist olimlar o‘zlarining bosh vazifalari deb: turli xalqlar madaniyatlarini qiyoslash, insoniyat madaniyati taraqqiyotining umumiy qonunlarini ochish va asoslash deb bilganlar. Evolyusion g‘oyani turli mamlakatlar antropologlari: Gerbert Spenser, Eduard Taylor, Teodor Vays, Genrix Shurs (Germaniyadan); sharl Leturno (Fransiya); Lyuis Genri Mofgan (AQSh) yuksaltirdilar. Ularning tadqiqotlari tufayli madaniyat avvalgi ma’lum mazmunga ega bo‘lmagan alohida tur va xususiyatlar yig‘indisidan, insoniyat uchun umumiy tarixiy qonunlarga ega bo‘lgan mujassam, tizimi va tartibli ko‘rinishni oladi. Tarixiy antropologiyada evolyusion nazariya asoschisi deb haqli ravishda ingliz olimi Eduard Taylor (1833-1917) tan olinadi. U 1865 yili nashr qilingan “Insoniyatning qadimgi tarixiga oid tadqiqotlar” asarida o‘z qarashlarini bayon etadi. Olim asarida insoniyat madaniyatining ibtidoiy darajasidan hozirgi qadar yuksalib borishi, xalqlar madaniyatlaridagi farqlar esa haqiqiy xususiyatlarga emas madaniy taraqqiyotning notekis rivojlanishi natijasi ekanligini ta’kidlaydi. Taraqqiyotning evolyusion nazariyasini Taylor 1875 yilda nashr qilingan “Ibtidoiy madaniyat” kitobida yanada batafsilroq yoritadi. Unda J. de Mestraning yerda yarim sivilizatsiyalashgan odamlarning paydo bo‘lgani hamda ularning bir qisimi yovvoyilikka boshqalarini esa oldingi sivilizatsiyaga qarab taraqqiy etishi g‘oyasiga qarshi insoniyat madaniyatining uzluksiz rivojlanishi g‘oyasi yotadi. Shu bilan birgalikda Taylor ma’lum tarixiy va tabiiy fojialar madaniyatida rekrisiv , ya’ni salbiy (orqaga qaytish) rivojlanish bo‘lishi mumkinligini ham inkor etmaydi. Madaniyat turlarining ko‘pligini u taraqqiyot davomida ko‘plab bosqichlardan o‘tish bilan izohlangan. Bu bosqichlar o‘zaro bog‘langan bo‘lib barcha xalqlar madaniyatlarini bir zanjirga birlashtiradi.

Boshqa evolyusionistlar kabi Taylor ham madaniy jarayonlarni o‘rganishda ilmiy – tabiiy metodni qo‘llashga xarakat qiladi. Shuning uchun olim tabiiy – ilmiy klassifikatsiyani tarixiy antropologiya ehtiyojlariga moslashtirishga intilgan. U moddiy va ma’naviy madaniyatning ma’lum belgilarini tadqiq etib uni tabiatshunoslarning o‘simlik va hayvonlar turlariga qiyoslagan (o‘xshatgan). O‘z asarlari va maqolalarida Taylor xususan madaniy borliq umuman insoniyat madaniyatining doimiy taraqqiyotda bo‘lishi nuqtai nazarni yoqlagan. O‘z nazariyasini tasdiqlash uchun olim katta hajimdagi, madaniyatning oddiy holatdan murakkab darajaga yuksalishini tasdiqlovchi dalillarni keltiradi. Taylor madaniy jarayonlarning barchasidan ham, ibtidoiy xalqlarning diniy tasavvurlarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratib, dinning animistik kelib chiqishi g‘oyasini ilgari surdi. Qoloq xalqlar diniy tasavvurlarini o‘rganishda olim, insoniyat va uning madaniyati vujudga kelishi yagona ekanligi g‘oyasiga asoslanadi. U ayrim olimlarning “yovvoyilar” diniy tasavvurlari va udumlari turli bo‘lmag‘ir fikrlar aralashmasi emas, balki ularning aksari qismi mantiqli va tartibli ekanligini tasdiqlashga urinadi. Taylorning yozishicha diniy tasavvurlar asosida jonlar va ruhlarga ishonch tuyg‘usi yotadi. Olim bu tuyg‘ularni “ animizm” (lotincha anima –jon, hayot) atamasi bilan ifodalaydi. U animizmning ildizlarini “yovvoyi” kishining “falsafasi” da, uning: tush, tushko‘rish, hushdan ketish, kasalliklar, o‘lim sabablarini bilishga intilishda ko‘radi. Uni izohlash davomida insonlar har bir kishida ruh mavjudligi va odamni vaqtinchalik (tush) yoki umuman (o‘lim) domiga tashlab ketishi mumkinligi haqidagi xulosaga keladilar. Bu ruhlarga ishonch tuyg‘usi asosida qadimgi odamlarda keyinchalik yanada murakkabroq diniy tasavvurlar shakllanadi. Ibtidoiy odamni afsungarlikka ishonchi, atrof-muhitdagi barcha narsalar, shu jumladan jonsiz buyumlar, narsalar ham o‘z ruhlariga ega ekanligiga ishontirgan. Shu tariqa avval hayvonlar va tabiat kuchlari ruhlarga e’tiqod, keyinchalik esa “nargi dunyo”, tabiatning ulug‘ ilohlariga, eng so‘ngida, yagona Xudoga ishonch paydo bo‘ladi. Taylorning evolyusion qarashlari antropologiyada oldinga tashlangan muhim qadam bo‘ldi. Ularni tarixiy jarayoni va madaniyatining ijobiy taraqqiyoti

yagonalini asoslovchi batartib konsepsiya deb atash mumkin. Ammo evolyusionizmning, xususan Taylor nazariyasining nuqsonlari keyinchalik ma’lum bo‘ldi. Olimning g‘oyalari o‘z zamonida antropologiyada juda tez tarqalib, uning qator davomchilari yetishib chiqdi. Evolyusion nazariya klassiklaridan biri ingliz faylasufi, biologi, psixologi va sotsiologi Gerbert Spenser (1820-1903) bo‘ladi. Uning birxillik (gomogen) dan madaniyatning ko‘pxillik (geterogen), ya’ni bosqichma-bosqich differensatsiya va integratsiya orqali o‘zgaribmurakkablashib borishi g‘oyasi “Sotsiologiya asoslari” (1876-1896) asarida to‘la aksini topadi. Spenser g‘oyasining asosi jamiyat va inson organizmining (tanasining) qiyoslanishida edi. Jamiyat va madaniyatlarning turli tiplarini u ma’lum “ilohiy tana” tarzidagi, doimiy taraqqiyotdagi borliq sifatida izohlaydi. Olimning fikricha jamiyat yoki madaniyatlar tashqi (gegrafik muhit, qo‘shni madaniyatlar); va ichki (insonning jismoniy tabiati, irqiy differensatsiya, ruhiy sifatlarining xilma-xilligi) omillari orqali taraqqiyot etadi. U birinchilardan bo‘lib “qoloq” madaniyatlarni jismoniy, aqlliy va ahloqiy taraqqiy etmagan xalqlar yaratganligi gipotezasini ilgari suradi. Spenser insoniyat ilk oldtarix bosqichidan tabiatga asta-sekin moslasha borayotgani ehtimolini aytadi. Ushbu jarayonlar natijasida inson sifatlari takomillashib, jamiyatlarda mujassamlashib, an’analar orqali keyingi avlodlarga o‘tib boradi. Insonlar guruhlari yashash sharoitlari, muhitlari ta’sirida, ularning sifatlari taraqqiysi ham turlicha bo‘ladi. Ammo bu kabi farqlar insondagi takomillashishiga bo‘lgan tug‘ma imkoniyatlar orqali tez vaqitda yo‘qotilishi mumkin. Inson jamiyati taraqqiyoti jarayonini taxlil etishda Spenser 2 xususiyatni – differensatsiya va intergratsiya ning ahamiyatini alohida belgilaydi. Olimning antropologiyada Morgan havaskor – olim, fidokor-tadqiqotchi sifatida faoliyat olib borib umrining deyarli 40 yilini dastlab AQSh hindu qabilalari, so‘ngra dunyoning boshqa xududdagi xadqlarni o‘rgandi. Uning g‘oyalari mazmunli va ko‘pqirrali bo‘lganidan, ularni to‘lig‘icha izohlash mushkul. Ammo Morganning etnik muammolariga qarashlari: “Qadimgi jamiyat” (1877) va “Ibtidoiy jamiyat” (1871)

asarlarida o‘z aksini topgan. Asarlarda olim antropologiyasining 3 asosiy muammosi: urug‘chilik jamiyatining insoniyat tarixidagi o‘rni va ahamiyati, oila- nikoh munosabatlarining shakllanishi tarixi va insoniyat tarixini davrlashtirishni tadqiq qiladi. “Qadimgi jamiyat” asarida ironezlarning o‘ziga xos jamoa tuzumiga asoslangan Morgan ibtidoiy jamoa asosini urug‘ tashkil etgan degan xulosaga keladi. Olim insoniyat tarixini 2 katta: 1) ilk-urug‘, fratriya va qabilalarga asoslangan ijtimoiy tuzum; 2) so‘ngi odamlarning xudud va mulkka turlicha munosabatiga aoslangan siyosiy tashkilotlar davriga bo‘ladi. U urug‘chilik qadimgi osiyo, amerika, yevropa, afrika, avstraliya jamiyatlari uchun ijtimoiy tuzumning universal asosi bo‘lganligini yozadi. Ushbu davrda urug‘ jamoasi jamiyat tizimi va faoliyatining asosiy quroli hisoblangan. Morgan xalqlar urug‘chilik tuzumini tarixiy nuqtai nazardan yondoshgan holda tadqiq qiladi. U urug‘ning eng sodda ko‘rinishini topishga urinib, uni avstraliyaliklar urug‘-frotriya tizimida fikricha dastlab son o‘sishi, madaniyati elementlarining ko‘payib borishi kuzatiladi. Miqdor o‘sishi o‘z navbatida ma’lum madaniy birlikning differensatsiyalashuvi yoki qismlarga bo‘linishiga olib keladi. Ushbu strukturaviy qismlar tobora bir-biriga o‘xshamaydigan, ma’lum funksiyalarni bajaradigan maxsus madaniy vazifalarni mujassamlashtiradigan mexanizmga aylana boradi. Bu borada Spenser ilmiy taomilga “struktura”, “funksiya”, “madaniy institut” kabi tushunchalarni kiritib shuning uchun olimni antropologiyaning yangi yo‘nalishi funksionalizmning boshlovchisi deb hisoblashadi. Spenser g‘oyalari faylasuflar orasida ommalashib, antropologiyaning taraqqiyotiga katta ta’sir o‘tkazmaydi. Nemis antropologiyasi va evolyusionizmning Germaniyadagi asoschisi Adolf Bastian (1826-1905) yirik nazariyotchi va fan tashkilotchisi edi. U dunyoning turli xududlarida 9 ta ilmiy ekspeditsiya davomida to‘plangan ma’lumotlari ilmiy konsepsiya yaratish imkonini beradi. Bastian g‘oyasining muhim tomoni unda insoniyat tarixining soddalikdan murakkablikka tomon