logo

TARIXIY ANTROPOLOGIYADA ZAMONAVIY YO‘NALISHLAR

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

35.17578125 KB
TARIXIY ANTROPOLOGIYADA ZAMONAVIY YO‘NALISHLAR
Reja
1. Yangi zamonaviy yo‘nalishlarning shakllanish omillari.
2. Strukturaviy antropologiya yo‘nalishi
3. Neofunksionalizmning Manchester maktabi
4. Lesli Elvin Uayt konsepsiyasi
5. Neoevolyusionizm g‘oyalari Tarixiy antropologiyada zamonaviy yo‘nalishlar
Keyingi   yarim   asr   davomida   tarixiy   antropologiya     fanida   ko‘plab   yangi
nazariy-metodologik   qarashlar   hamda   g‘oyalar   paydo   bo‘ldi.   Shubhasiz   bunday
qarashlarning paydo bo‘lishi  dunyo miqyosidagi siyosiy jarayonlarning o‘zgarishi
bilan   bog‘liq.     Bu   davrda   Yevropa   antropolog lari   tomonidan   bir   qator   yangi
nazariyalar   yaratildi.   Ayniqsa,   ikkinchi   jahon   urushidan   so‘ng   mustamlakachi
imperiyalarning   yemirilishi   antropologiyaning   taraqqiyotiga   sezilarli   ta’sir   qildi
deb aytish mumkin. Aynan shu davrda Yevropa antropolog/etnologlari tomonidan
antropologiya   -   antropologiya   sohalarida   bir   qator   yangi   nazariyalar   yaratildi.
Jumladan,   mashhur   fransuz   olimi   Levi   Stross   (1908-2009   yy)ning   strukturaviy
antropologiya maktabini misol tarzida keltirish mumkin. Levi-Stross XX asr jahon
antropologiyasi   fanining   klassiklaridan   biri   bo‘lib,   uning   nazariy-metodologik
qarashlarining   o‘ziga   xosligi   va   ilmiyligi   bilan   antropologiya   fani   taraqqiyotiga
ulkan hissa qo‘shgan.
Shuningdek,   keyingi   o‘n   yilliklarda     Yevropa   antropolog/etnolog   olimlari
orasida   bir   qator   yangi   yo‘nalishlarga   asos   solinmoqda.     Jumladan,   ingliz   olimi
Maks Gyulkman (1917 –1975  yy.) tomonidan «neofunksionalizmning Manchester
maktabi» nomi ostida mashhur bo‘lgan yo‘nalishga asos solingan. Rodney Nidxem
(1923   yilda   tug‘ilgan.)   tomonidan   ijtimoiy   strukturalizmning   yangi   konsepsiyasi
yaratilgan.   Fransuz   etnologlari   XX   asr   ikkinchi   yarmidan   boshlab,   ma’lum
ma’noda Levi Stross qarashlari ta’sirida bo‘lishlariga qaramay, Moris Godile, Klod
Melissolar   tomonidan   tarixiy   materializmga   asoslangan   qarashlarini
shakllantirishga harakat qilganlar. 
Tarixiy antropologiyada so‘nggi o‘n yilliklarda yangi nazariyalar yaratilishi
AQShga   ta’luqlidir.   Bu   dunyodagi   siyosiy   vaziyat   va   kuchlar   muvozanatining
o‘zgarishi   bilan   bog‘liq.   Ayniqsa,   ikkinchi   jahon   urushidan   so‘ng
mustamlakachilik   siyosatining   yemirilishi   antropologiyaga   sezilarli   ta’sir   qildi.
Ilgari yirik mustamlakachi  davlatlarda antropologiyaga qiziqishning pasayishi  o‘z
navbatida,   antropologik   tadqiqotlarga   ajratiladigan   mablag‘ning   kamayishiga   olib
keldi.  Niderlandiyada   antropologiya   va   antropologiyaga   amaliy   qiziqishniing
zaiflshuvi sababli, bir qator ilmiy tadqiqot institutlari yopildi. Buyuk Britaniya va
Fransiyada   esa   antropologiyaning   fanlar   tizimidagi   mavqei   pasaydi.   Biroq,   bu
Yevropa   mamlakatlarida   tarixiy   antropologiya   fani   butunlay   inkor   etildi   degan
ma’noni  anglatmaydi.   Keyingi   davrda   Yevropa   olimlari   tomonidan  antropologiya
sohasida   bir   qator   yangi   nazariyalar   yaratildi.   Jumladan,   ingliz   olimi   Maks
Glyukman   (1917-1975   yy)   tomonidan   “neofunksionalizmning   Manchester
maktabi” nomi ostida mashhur bo‘lgan yo‘nalishga asos solingan. Rodney Nidxem
(1923   yili   tug‘ilgan)   tomonidan   ijtimoiy   strukturalizmning   yangi   konsepsiyasi
yaratilgan. 
Fransiyada   ham   antropologiya   rivojlanib   garchi   ular   Levi   Stross   qarashlari
ta’sirida bo‘lishiga qaramay, Moris Godile, Klod Melissolar tarixiy materializmga
asoslangan qarashlarni shakllantirishga harakat qilishgan.
XX   asrning   50-yillaridan   boshlab   AQShda   antropologiya,   madaniy
antropologiya   nomi   ostida   nihoyatda   rivojlandi   hamda   u   o‘z   ta’sirini   Yevropaga
ham   o‘tkazdi.   Bu   davrda   AQShda   mazkur   fanga   qiziqishning   ortishiga   ikki   xil
sababni   ko‘rsatish   mumkin:   birinchidan,   AQShda   madaniy   antropologiya
talabalarning   umumiy   ta’lim   olishlarida   muhim   rol   o‘ynagan   ijtimoiy-gumanitar
fan   hisoblanan,   ikkinchidan   ikkinchi   jahon   urushidan   so‘ng   jahon   siyosiy
maydonidagi   vaziyatning   o‘zgarishi   AQShda     antropologiya   fani   taraqqiyotiga
ma’lum ma’noda ijobiy ta’sirini o‘tkazdi. Amerikalik olimlar tomonidan uchinchi
dunyo   mamlakatlariga   tavsiya   qilingan   madaniy   relyativizm   konsepsiyasi
dunyoning yangi tartib qoidasi sifatida qabul qilingan.
XX   asrning   40-50   yillarida   Amerika   va   Yeropa   tarixiy   antropologiyasida
Yevropa   etnotsentrizmni   targ‘ib   qilgan   yangi   maktab   shakllandi.   Bu   maktab
vakillari   Yevropadan   boshqa   madaniyatlarni   qoloq   va   yovvoyiroq   deb
hisoblaganlar.   Bu   nazariya   Boas   tomonidan   ilgari   surilgan   bo‘lib,   uni   Melavill
Xerkovis rivojlantirgan.
XX asrning 40-yillariga kelib, tarixiy antropologiyada evolyusion nazariyani
isloh qilib, uni to‘ldirib, neoevolyusionizm g‘oyasi vujudga keldi. XX asrning  40 - yillarida   antropologiyaning   taraqqiyoti   evolyusionizm   g‘oyalariga   qiziqishning
kuchayishiga   olib   keldi.   Bu   paytda   klassik   evolyusionizmning   sodda   to‘g‘ri
chiziqliligini   inkor   etgan   yangi   yo‘nalish   shakllandi.   Neoevolyusionizm
tarafdorlari   “evolyusiya”   atamasini   u   albatta   progress   (taraqqiyot)   yoki   ortga
qaytarib   bo‘lmaydigan   o‘zgarishni:   oddiylikdan   murakkablikka   o‘tishni;   oddiy
moslashuv   (adaptatsiya)ning   kuchayib   borishini   bir   chiziqli   yoki   ko‘pchiziqli
evolyusiyani;   darvinning   turlar   bo‘yicha   g‘oyasini   umuman   inson   madaniyatiga
nisbatan   qo‘llash   mumkinmi   va   h.   ko.   ni   turlicha   izohlagan.   Ushbu   atamani
tushunilishi bo‘yicha u yoki bu nazariy xulosalar qilingan. 
Yangi   evolyusionizm   g‘oyasi   tarafdorlarining   ko‘pchiligi,   universal   tarixiy
qonuniyatni tan olmaydilar, shuning uchun ular “evolyusiya”ni ma’lum bo‘lmagan
sabablarga   ko‘ra   insoniyatning   doimiy   rivojlanishi   sifatida   izohlaydilar.
Madaniyatning   bir   chiziqdagi   taraqqiyoti   g‘oyasi   o‘rnida     neoevolyusionistlar   bir
necha:   umumiy   va   xususiy   taraqqiyot   nazariyasi,   mikro   va   makro   jarayonlar
nazariyasini,   madaniy   dominantlik   qonuni,   taraqqiyot   imkoniyati   qonuni   va
boshqalarni ishlab chiqdilar. O‘z tadqiqodlarida ular insoniyat tarixini ko‘pchiziqli
yopiq   tizimlar   taraqqiyoti   yig‘indisi   sifatida   ko‘rsatib,   ko‘pliniyalikni   insonni
ekologik muhitga moslashuvi natijasi sifatida izohlaydilar.
Neoevolyusionizm   g‘oyalari   AQShda   alohida   o‘rin   tutib,   kulturolog   va
etnolog   Lesli   Elvin   Uayt   (1910-1975)   asarlarida   o‘z   ifodasini   topgan.   Madaniyat
haqidagi   g‘oyalar   va   umumiy   konsepsiyalarini   Uayt   “Madaniyat   haqida   fan”
(1949),   “Madaniyat   evolyusiyasi   (1959)   va”   Madaniy   sistemalar   tushunchasi:
qabilalr va millatlarni tushunish kaliti “(1975) fundamental asarlarida bayon etgan.
Uayt konsepsiyasi asosida uning ijtimoiy madaniy hodisalar va jarayonlarni
tadqiq qilishda ikki tadqiqot usuli: tarixiy va funksional bo‘lishiga qarshi ekanligi
o‘z   ifodasini   topgan.   Birinchisi   katta   ijtimoiy   ahamiyatga   ega   hodisalarni   taxlil
qilsa,   ikkinchisi   madaniy   hodisalar,   jarayondarning   umumiy   xususiyatlarini,
ularning   xronologik   ketma   –   ketligidan   qat’iy   nazar   o‘rganilishini   anglatadi.
Ularning   o‘rniga   amerikalik   olim,   madaniy   jarayonlarning   uch   turini,   uni
izohlashning   yana   shuncha   usulini:   vaqtli   jarayonlar,   xronologik   ketma   – ketlikdagi   muhim   voqealar   tarix   tomonidan   o‘rganilishi   lozim:   madaniy
taraqqiyotning   funksional   jihatlari–funksional   tahlil   chegaralarida   tadqiq   qilinsa;
nihoyat   formal   –   vaqtli   jarayonlar,   unda   madaniy   hodisalar   vaqtli   ketma   –   ketlik
formatida – evolyusion metodda ko‘rilishi lozim deb hisoblaydi.
Uaytning   fikricha   evolyusiya,   mavjudlikning   uch   asosiy   formasining
yaxlitlikdagi   taraqqiyoti   bo‘lib,   bu   jarayonda   bir   forma   ikkinchisidan   xronologik
ketma-ketlikda   o‘sib   chiqadi.   Har   bir   forma   o‘z   navbatida   madaniyatning   turli
elementlari yig‘indisidan tashkil topadi. Uayt bo‘yicha madaniyat mustaqil tizimni
tashkil   etib,   uning   vazifasi   va   maqsadi-insoniyat   uchun   hayotni   xavfsiz   va   qulay
qilishdir. U o‘z hayotiga ega, o‘z prinsip va qonuniyatlari tomonidan boshqariladi.
Asrlar davomida u shoxlarni tug‘ilganidan o‘z bag‘riga olib, ularni fikrlari, xulqi,
tasavvuri va munosabatlariga ega shaxslarga aylantiradi.
Lekin   Uaytning  yozishicha   har   qanday   taraqqiyotning   o‘lchovi   va   manbasi
energiya   (quvvat)   hisoblanadi.   Barcha   tirik   mavjudotlar   kosmosning   erkin
energiyasini,   o‘z   tanalaridagi   hayotiy   jarayonlarga   xizmat   qiladigan   quvvat
turlariga   aylantiradi.   O‘simlik   quyosh   energiyasini   o‘sish,   qayta   yaralish   uchun,
hayotini saqlash uchun zarur bo‘lgani singari, insonlar ham yashash uchun quvvat
olishlari   shart.   Bu   to‘lig‘icha   madaniyatga   ham   ta’luqlidir.   Har   qanday   madaniy
harakat   energiyani   sarflashni   talab   etadi.   Madaniyatning   yuksakligi   omili   va
belgisini   aniqlovchi   vosita,   uning   quvvat   bilan   ta’minlanishi   darajasidir.
Madaniyatlar foydalanayotgan quvvati miqdori bilan farqlanib, madaniy taraqqiyot
darajasi   aholi   jon   boshiga   yil   davomida   ishlatilgan   quvvat   miqdori   bilan
o‘lchanishi   ham   mumkin.   Taraqqiy   etmagan   madaniyatlar   faqat   inson   kuchiga
nisbatan rivojlanganlari esa shamol, bug‘, atom quvvatidan foydalanadi. Shu tariqa
Uayt   madaniyat   evolyusiyasini   ishlatiladigan   quvvat   miqdorining   o‘sishi,   butun
madaniy   evolyusiya   mazmun-mohiyatini   esa   insonning   dunyoga   moslashuvini
takomillashtirish bilan bog‘laydi.
L.   Uayt   konsepsiyasida   ramzlar   nazariyasi   muhim   o‘rinni   egallaydi.   Olim
madaniyatni   ekstrasomatik   (noan’anaviy)   an’ana   sifatida   belgilab,   unda   ramzlar
yetakchi   rol   o‘ynashini   ta’kidlaydi.   Uning   fikricha   ramziy   xulq   –   atvor madaniyatning   asosiy   belgilaridan   biri,   sababi   ramzlardan   foydalanish   insonning
asosiy   o‘ziga   xosligidir.   Ramzni   L.   Uayt   so‘zi   bilan   shakllangan   g‘oya   hisoblab,
uni   inson   tajribasini   tarqatish   va   davom   ettirish   imkonini   beradigan   vosita
hisoblaydi.   U   razmning   inson   madaniyatidagi   rolini   odamni   oddiy   hayvondan
“inson hayvon”ga aylanishida ko‘radi. 
Neoevolyusionizmning   taraqqiyoti   yana   bir   yo‘nalishi,   ko‘pliniyali   g‘oya
Julian Styuardning (1902-1972) “Madaniy o‘zgarishlar nazariyasi” (1955) asarida
aksini topdi. Unda Styuard har bir madaniyatni, alohida tabiiy muhitga moslashgan
tizim   sifatida   qaraydi.   Uning   fikricha   tabiat   evolyusiyasi   turli   yo‘llar   bilan   ro‘y
berishi   mumkin,   ammo   o‘xshash   tabiiy   muhitda   va   deyarlik   bir   xil   texnologik
taraqqiyot darajasidagi jamiyatlar evolyusiyasi nisbatan o‘xshash bo‘lishi mumkin.
Bu   parallel   evolyusiya   fenomeni   geografik   jihatdan   bir-biridan   uzoq   va   o‘zaro
aloqada   bo‘lmagan   jamiyatlar   taraqqiyotidagi   jarayonlarning   o‘xshashligini
izohlaydi.   Styuardning   fikri   turli   jamiyatlar   o‘xshashligi   madaniy   diffuziya
konsepsiyasi   vositasida   izohlanishi   mumkin   emas.   U   yoki   bu   madaniy
formalarning vujudga kelishi, tabiiy muhit, jamiyat texnologik taraqqiyoti darajasi
va uning faoliyati orasidagi o‘zaro aloqalarni tahlili izohlanadi. Shu tarzda Styuard
o‘zining   evolyusiyalarini   ko‘pligi   konsepsiyasi   orqali   madaniy   o‘zgarishlar
g‘oyasini asosladi.
J.Styuardning   yozishicha   madaniy   taraqqiyot   qonunlarini   tadqiq   qilish   uch
yo‘l   bilan   evolyusiyani   bir   liniyali   taraqqiyoti   nazariyasi,   ya’ni   barcha   xalqlar
madaniyati taraqqiyotining kelib chiqishi birligi g‘oyasi unda ushbu taraqqiyotning
turli   bosqichlarida   genlar   farqlar   shakllangani   tan   olinadi,   madaniy   relyatavizm
nazariyasini qo‘llash orqali, u turli xalqlar madaniyatlari orasidagi  sifat farqlariga
e’tibor   qaratadi.   Ko‘pliniyali   evolyusiya   nazariyasini   qo‘llash,   unda   alohida
madaniyatlar   taraqqiyoti   turli   yo‘llar   bilan   bo‘lishi,   bu   holatni   atrof-muhitga
moslashishining turli jihatlari bilan bog‘liqligi bilan izohlanadi.
So‘nggi nazariyaning asoschisi va tarafdori bo‘lgan Styuard, atrof-muhitning
turli-tumanligi,   unga   moslashuv   formalarini   ham   turlicha   bo‘lishiga   ishonadi.
Shuning   uchun   madaniyat   taraqqiyoti   turli   yo‘nalishlarda   ketib   biz   madaniy evolyusiyaning ko‘plab turlarini va uning ko‘plab omillarini ko‘rishimiz mumkin.
Madaniy   o‘zgarishlar   jarayonini   izohlash   uchun   Styuard   “madaniy   ekologiya”
tushunchasini   kiritib,   u   madaniyatlarni   atrof-muhitga   moslashuvi   va   o‘zaro
aloqalari   jarayonini   anglatadi.   Styuard   bu   tushunchani   uning   fikricha   insonni
biologik muhitga moslashuvini ifodalanishini aks ettiruvchi “inson ekologiyasi” va
“ijtimoiy ekologiya” tushunchalariga qarama-qarshi qo‘yadi. 
Styuardning   madaniy   ekologiya   konsepsiyasi   asosiy   maqsadi,   moslashuv
evolyusion   xarakterdagi   ichki   ijtimoiy   munosabatlarni   o‘z   ortidan   olib   keladimi
yoki   yo‘qligini   aniqlash   bo‘lgan.   Uning   fikricha   madaniy   moslashuv   uzluksiz
jarayon,   chunki   biror   bir   madaniyat   atrof   muhitga   uzil-kesil   moslasha   olmagan.
Styuardning   ta’kidlashacha   madaniyatning   asosiy   xususiyatlari   tabiiy   muhit   bilan
bog‘liq,   lekin   bu   bog‘liqlik   madaniy   omillar   bilan   xususiyatlanadi.   Styuard
g‘oyasida   “madaniy   tip”   tushunchasi,   madaniyat   yadrosini   tashkil   etadigan
xususiyatlar yig‘indisi sifatida muhim o‘rin tutadi. 
Styuard ekologiyani muhim omil hisoblasada, uning fikricha madaniyatning
hamma   jihatlarini   ham   ekologik   moslashuv   bilan   izohlab   bo‘lmaydi.   U   qator
misollar   yordamida,   tabiiy   muhitga   bog‘liqlik,   juda   ham   to‘g‘ridan-to‘g‘ri
emasligini   tasdiqladi.   Tarixiy   taraqqiyot   shuni   ko‘rsatmoqdaki   madaniyat
qanchalik   sodda   bo‘lsa,   uning   geografik   muhitga   bog‘liqligi   shuncha   kuchli
bo‘ladi. 
Styuard   evolyusion   nazariyasini   takomillashtirar   ekan,   ijtimoiy-madaniy
integratsiya   darajasi   konsepsiyasini   shakllantirishga   yaqinlashdi.   Olim   oddiy   va
murakkab   jamiyatlar   orasidagi   tafovutlar   faqat   son   bilan   o‘lchanmasligiga
ishongan.   Nisbatan   yuksak   tizimlar   faqat   xilma-xil   va   ko‘plab   qismlardangina
tashkil topmagan. Murakkab tizimlar sifat jihatidan oddiylaridan farqlanadi, sababi
murakkablik   darajasi   farqlari   integratsiya   va   moslashuvning   turli   formalarini
keltirib chiqaradi. 
Madaniy evolyusiyada atrof muhitning rolini sinchkovlik bilan tadqiq qilgan
Styuard,   uning   ikkilamchi   xususiyatga   ega   ekanligini:   ijodiy   kuch   sifatida
chiqishidan   tashqari,   cheklovchi   omil   bo‘lishi   ham   mumkinligi   xulosasiga   keldi. So‘nggisi   muhim   ahamiyatga   ega,   chunki   u   ham   qanday   tizim   bo‘lishiga   qarab
ma’lum   chegaragacha   o‘zgarishi   mumkin,   aks   holda   odamlar   tirik   qolmaydi.   Bu
chegaralar keng yoki tor bo‘lishi, o‘z navbvtida o‘zlariga bo‘ysunadigan madaniy
xaraklarning   katta   yoki   kichik   kenglikda   bo‘lishini   ta’minlaydi.   Yuksak
texnologiyali   jamiyatlar,   bu   borada   atrof   muhit   cheklovlaridan   erkinroq   bo‘lib,
kengroq madaniy diapazonga ega bo‘ladi.
XX   asrning   50-60   yillarida   neoevolyusionizm   Amerika   antropologiyasida
yetakchi   nazariy   yo‘nalishga   aylandi.   Sababi   neoevolyusionistlarning   madaniyat
taraqqiyoti   haqidagi   konsepsiyalari,   klassik   evolyusionistlarnikiga   nisbatan
murakkab   va   ko‘p   qirraligi   bilan   ajralib   turadi.   Neoevolyusionizmning     ajralib
turadigan xususiyati, uning zamonaviy madaniy faktlaridan foydalanib, madaniyat
taraqqiyotida   nisbatan   qadimgi   davrlar   jarayonlari   haqida   xulosalar   qilishga
urinishidir. 
Hozirgi   kunda   neoevolyusionizmning   eng   taniqli   namoyondasi   Marvin
Xarris   (1929   y.tug‘.)   bo‘lib,   u   o‘zini   Uayt   va   Styuardlarning   davomchisi
hisoblaydi. Uning “Madaniy materializm” (1979) asarida bayon etgan qarashlarida,
madaniyatlar   orasidagi   tafovut   va   o‘xshashliklar   oxir   –   oqibat,   odamlar
ehtiyojlarini   qondirish   texnologiyalarining,   hozirgi   paytdagi   atrof-muhit
sharoitlariga   mosligi   bilan   belgilanadi.   Har   qanday   texnologiya   atrof   muhit
xususiyati   bilan   mutanosib   bo‘lishini,   mavjud   resurslardan   optimal   foydalanib,
kam mehnat  va quvvat sarf  qilishini  ko‘zda tutadi. Shu tariqa tizimda muvozanat
paydo bo‘lib, uning alohida ko‘rsatkichlari o‘zgarmaguncha o‘z ahamiyatini saqlab
qoladi. 
Bu kabi fikrlarga tayangan Xarris, turli madaniyatlar misolida, biz umuman
keraksiz deb hisoblagan qator udumlarni ortida iqtisodiy manfaatlarning yotganini
tasdiqlashga   urinadi.   Xususan   qadimgi   hind   vedalarida   yirik   shoxli   molni
kurbonlik   qilingani   haqida   so‘z   yuritilsada,   hozirda   hindlarda   qoramolni
o‘ldirishga qat’iy tabu qo‘yilgan. Xarrisning fikricha, sigirlarni muqaddaslashtirish
Hindistonda uzoq tarixiy jarayon bo‘lib, iqtisodiy, ekologik, demografik va texnik omillarning   o‘zaro   ta’siri   natijasidir.   Tadqiqotchining   xulosasicha   madaniyat   va
atrof muhit o‘zaro ta’sir qiladigan omillardir. 
XX- asr oxirlarida antropologiyada qator maktablar yuzaga keldi. Jumladan
shu   davrda   ijtimoiy   biologiya   maktabi   rivojlandi,   ammo   u   tez   orada   o‘z   o‘rnini
madaniy ekologiyaga bo‘shatib berdi. 
Madaniy   ekologiya   bugungi   kungacha   Amerika  madaniy   antropologiyasida
o‘zining   yetakchi   mavqeini   saqlab   qolmoqda.   Bu   oqim   funksionalizm,
strukturalizm va neevolyusionizm bilan birga Amerika madaniy antropologiyasida
asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. 
Keyingi   o‘n   yilliklarda   Amerika   etnologlari   orasida   Klifford   Girs   (1926-
2006)   va   Rixard   Terner   (1920-1983)   qarashlari   asosida   shakllangan   yangi
germenivtik   (izohlovchi,   talqin   etuvchi)   yo‘nalishi   ancha   mashhur   bo‘lib
bormoqda.     Mazkur   yo‘nalish   tarafdorlari   asosan   ijtimoiy   kommunikatsiyada
ramzlar   va   ramzlarning   zamonaviy   madaniyatlardagi   ma’naviy-ahloqiy
ahamiyatini   tadqiq   qilishni   maqsad   qilib   olganlar.Bu   borada   Terner   ramzlarning
pragmatik aspektiga ko‘proq e’tibor qaratadi va ramzlar ijtimoiy jarayonlarda faol
kuch tarzida namoyon bo‘ladi degan xulosaga keladi. 
Ternerdan   farqli   ravishda   Girs   ramzlarning   ijtimoiy   hayotdagi   o‘rni   va
ularning inson hissiyoti va ruhiyatiga bo‘lgan ta’sirini muhim deb hisoblaydi. Girs
etnologlar   empirik   ma’lumotlarni   tahlil   qilish   bilangina   cheklanib   qolmasdan,
mazkur   madaniyat   sohiblarining   qarashlari   va   harakatlari   tub   mohiyatini
aniqlashlari zarur degan g‘oyani ilgari surgan.  
Olim   o‘z   g‘oyalarini   alohida   yopiq   tizim   sifatida   qarab   interpretativ
antropologiya   yo‘nalashida   ularni   o‘qishga,   taxlil   qilishga,   matnlar   tarzida
izohlashga   intilgan.   Interpretativ   antropologiyaga   manifest   bo‘lgan   asarlaridan
birida   Girs   antropologlardan   empirik   ma’lumotlarni   tavsiflash   bilan
cheklanmasdan, mazkur madaniyat tashuvchilari fikr va faoliyat asosidagi  chuqur
jihatlarini tadqiq qilishlarini taklif qiladi. 
Zamonaviy   manzaralarda   tarixiy   antropologiyaning   XXI   asrdagi
rivojlanishi   haqida   so‘z   borar   ekan   g‘arb   olimlari   germenevtik   antropologiya taraqqiyoti istiqbolini bashorat qilmoqdalar. Bu prognoz ushbu yo‘nalish vakillari
tomonidan   “madaniyat   ob’ektini   tadqiq   qilish   sub’ekti   asosan   yevropaliklar
bo‘lishi   lozim,   yevropalik   bo‘lmagan   jamoalar   faqatgina   tadqiqot   ob’ekti   bo‘lishi
mumkin”   degan   g‘oya   asosida   shakllangan   Germenevtik   antropologiyada
yevrotsentrizm   g‘oyasidan   butunlay   voz   kechdilar..   Alohida   madaniyatlarning
o‘zaro ta’sir va yaqinlashuv jarayoni ularni tobora yaxlit global madaniyat tizimiga
aylantirib bormoqda. Shu sababdan,  boshqa  madaniyatlarni  faqat  tadqiqot  ob’ekti
sifatida emas, madaniy – tarixiy jarayonlarning teng huquqli a’zolari deb tan olgan
boshqa   hayot   tarzini   qadriyatlari   va   fikrlarini   muhim   ahamiyatga   ega   ekanligini
tushunib,   ijtimoiy   va   madaniy   o‘zaro   aloqalarning   ikkinchi   darajali   ekanligini
anglagan   antropologiya   yo‘nalishlarini   taraqqiyot   istiqboliga   ega   bo‘ladi.   Har
qanday   holatda   ham   shuni   ta’kidlash   mumkinki   yevrotsentrizm   zamonaviy
antropologiyada   o‘z   mavqeini   yo‘qotdi.   Yagona   yevrotsentristik   nazariya   o‘rnida
antropologiyada plyuralizm turli nazariy yo‘nalishlar  shakllandi. 
XX   asr   oxiri   va   XXI   asr   boshlariga   kelib   dunyoning   turli   mamlakatlarida
tadqiqotlar olib borayotgan etnologlar orasida informatsion, intelektual va tashkiliy
aloqalar   kuchaydi.   Etnik   chegaralar   va   milliy   ilmiy   maktablar   turfa   xilligiga
qaramay ilmiy maktablar  rivojlanmoqda. Aynan mana shunday  maktablardan biri
bu   –   postmodernizmdir.   Postmodernizm   tushunchasi   ilk   bora   XX   asrning   60-
yillarida   me’morchilikda   ilk   bora   qo‘llanilgan   va   shundan   boshlab   zamonaviy
dunyo  (modern)   inqirozi  bilan  bog‘liq  intelektual   harakatni   anglatuvchi   yo‘nalish
tarzida keng qo‘llanilgan. Fanda postmodernizm avvalo yaqin vaqtlargacha ustuvor
bo‘lib   turgan   ilmiy-metodologik   yo‘nalish   va   dunyoqarashni   tanqid   qilishni
anglatadi.   Shu   ma’noda   postpozitivizm,   postmarksizm,   poststrukturalizm,
dekonstrukturavizm kabi ko‘plab nazariyalarni misol tarzda keltirish mumkin.
Postmodernizm   g‘oyasi   Amerika   madaniy   antropologiyasida   ayniqsa
mashhur   bo‘lib,   bu   yo‘nalishda   tadqiqotlar   olib   borgan   mutaxassislar   mazkur
oqimni   tanqidiy   antropologiya   deb   yuritadilar.   Qisqa   qilib   uning   mohiyatini
quyidagi tezislarda bayon qilish mumkin: 1. Madaniy (ijtimoiy) antropologiya qat’iy ma’nodagi  fanni  anglatuvchi
atama   emas,   balki   badiiy   ijod   mahsuli   bo‘lib,   ko‘plab   antropologlar   o‘zlarining
tadqiqotlarini ilmiy asosda tasdiqlamaydilar. Balki  badiiy uslubni qo‘llagan holda
o‘quvchini   ishontirishga   harakat   qiladilar.   Chunonchi   aynan   mazkur   yo‘nalishda
bajarilgan   tadqiqotlardan   biri   tarzida   Klifford   Girsning   “Hayot   va   turmush:
antropolog muallif nazdida” (1988 y) nomli kitobini misol keltirish mumkin. Kitob
muallifi   B.Malinovskiy,   R.Benedikt,   K.Levi-Stross   kabi   fanning   klassiklari
bo‘lgan   yirik   olimlarning   mualliflik   uslublarini   tahlil   qilish   asnosida   ularning
ko‘plab “kashfiyotlari” badiiy konstruksiya mahsuli tarzida baholaydi.
2. Antropolog/etnolog   dala   tadqiqotlari   jarayonida   maxsus   ilmiy
moslama   yordamida   mavjud   voqelikga   aniq   tashhis   qo‘yish   imkoniyatiga   ega
emas.   Har   bir   tadqiqotchi   avvalo   inson   sifatida  o‘zga   madaniyat   vakillari   orasida
ko‘rgan-kechirganlarini   va   kuzatganlarini   o‘z   madaniyatidan   kelib   chiqib   tahlil
qiladi.   Ushbu   muammo   tufayli   zamonaviy   xorij   antropologiyasida   juda   ko‘plab
adabiyotlar   yaratilib,   bular   sirasiga   Jon   Van   Maanenning   “Dala   hikoyalari.
Etnografiya   yozuvlari   haqida”   (1988   y),   Pol   Rabinovning   “Marokashdagi   dala
ishlari haqida mulohazalar” (1977 y) kabi asarlarini kiritish mumkin. 
XX   asrning   90-yillariga   kelib   ko‘plab   g‘arb   olimlari   postmodernizm
o‘zining   “jo‘shqin”   tanqidlari   bilan   asrlar   davomida   fanda   ustuvor   bo‘lib   kelgan
ustunlariga   jiddiy   zarar   keltirishini   va   hatto   uni   yo‘qotib   yuborishi   mumkinligini
e’tirof qildilar. 
Antropologiyaning  kelgusidagi   istiqbolli  mavzulari   to‘g‘risidagi  mutaxassis
olimlar   orasida   kechayotgan   bahs-munozaralarda   ko‘plab   tadqiqotchilar
germenevtik   antropologiyani   fanning   istiqbolli   yo‘nalishi   deb   ta’kidlamoqdalar.
Bunga   sabab   mazkur   yo‘nalish   tarafdorlari   “alohida   madaniyatlarning   o‘zaro
yaqinlashuvi   va   birlashuvi   jarayoni   ularni   yagona   global   madaniy   tizimda
birlashishlari”, fanda boshqa madaniyatlarni nafaqat tadqiqot ob’ekti tarzida tadqiq
etish,   balki   tarixiy-madaniy   jarayonlar   muammolariga   ham   alohida   e’tibor
qaratilishi   va   mazkur   yo‘nalishlar   doirasidagi   mavzular   fanning   istiqboldagi
yo‘nalishlari deb e’tirof etilmoqda.  Bugungi   kunga   kelib,   tarixiy   antropologiya,   antropologiyaning   rivojlanishi
va   uning   boshqa   fanlar   bilan   aloqalari   sababli   yangi   etnoiqtisodiyot,
etnometodologiya,   etnopsixologiya,   etnolingvistika   kabi   yo‘nalishlar   paydo
bo‘lmoqda.  Tarixiy antropologiya  va antropologiyada  ko‘proq insoniyat  va  uning
madaniyatini tadqiq qilishga va ularni ilmiy tahlil etishga e’tibor qaratilmoqda. 
XXI   asr   boshiga   kelib   dunyoning   etnik   manzarasini   keskin   tarzda   o‘zgarib
borishi   tadqiqotchi   olimlarni   antropologiyaning   tadqiqot   ob’ekti   muammosiga
yana   qayta   murojaat   qilishlariga   sabab   bo‘lmoqda.   Yevropa   va   Shimoliy
Amerikadagi   turli   muammolarni   paydo   qilgan  ko‘p  sonli   diasporalar,   emigrantlar
va   qochoqlar   (migrantlar)   rivojlangan   davlatlarning   etnik   tarkibini   jiddiy
o‘zgartirib   hamda   mahallliy   avtoxton   etnoslar   orasida   kamsonli   etnik   jamoalar
o‘zlarining   mustahkam   mavqeini   topishiga   olib   keldi.   Bu   holat   esa   Yevropa
Ittifoqida   qator   yangi   millatlaro   muammolarning   paydo   bo‘lishiga   sabab
bo‘lmoqda.   Natijada   ayrim   Yevropa   mamlakatlarida   so‘nggi   o‘n   yillar   davomida
izchil amal qilib kelingan multikulturalizm siyosati tanqid ostiga olinmoqda. 
Xullas,   zamonaviy   tarixiy   antropologiya   fani   “postmodernizm”   falsafasiga
asoslangan   bo‘lib,   bunda   asosiy   e’tibor   ijtimoiy   guruhlar   orasidagi   jarayonlarga
qaratilmoqda.   Shuningdek,   fanda   lokal   va   global   jarayonlarni   o‘rganishda
tadqiqotchilar   tomonidan   tanqidiy   tanlanish,   ya’ni   jamiyat   hayotidagi   barcha
jarayonlarni   emas,   balki   etnos   va   turli   tuman   madaniyatlarning   o‘ziga   xos
xususiyatlaridan   kelib   chiqqan   holda   eng   muhim   deb   hisoblangan   ko‘rinishlar
bo‘yicha   tadqiqotlar   olib   borilmoqda.   Boshqacha   aytganda,   so‘nggi   yillarda
bajarilayotgan   tadqiqotlarda   asosiy   e’tibor   insoniyatning   rivojlanish   bosiqichlari,
ya’ni   paydo   bo‘lganidan   to   hozirgi   kunga   qadar   bo‘lgan   tarixiy   davrning   global
miqyosidagi   tavsifi   emas,   balki   muammoviy   tanlanish   asosidagi   tadqiqotlarga
ko‘proq e’tibor berilmoqda.
Demak, yuqoridagi mulohazalarga yakun   yasab umumlashma tarzida shuni
ta’kidlash   mumkinki,   postmodernizm   g‘oyasi   bilan   boyitilgan   tarixiy
antropologiya   fanining   bugungi   kundagi   asosiy   vazifasiga   etnomadaniy
munosabatlarni hosil qiluvchi etnosni o‘zining ichidagi va etnoslararo jarayonlarni tadqiq   qilish   kiradi.   Tadqiqotchilar   oxirgi   paytlarda   etnik   madaniyatlarga   va
ularning   lokal   xususiyatlariga,   odamlarning   kundalik   turmush   tarzi   va
madaniyatiga   ko‘proq   e’tibor   qaratmoqda.   Eng   muhimi   hozir   bajarilayotgan
ko‘plab   etnologik   tadqiqotlar   amaliyotda   qo‘llanilmoqda   va   rivojlangan
mamlakatlarda   bajarilayotgan   ilmiy   tadqiqotlarning   aksariyati   jamiyat   hayotida
aynan   muhim   va   eng   dolzarb   deb   e’tirof   etilgan   ijtimoiy   muammolar   doirasida
amalga oshirilayotganligi yuqoridagi aytilganlarni tasdiqlaydi. Asosiy adabiyotlar
1. Kottak   C .Ph.   Anthropology: the exploration of human diversity. 12th ed.
–  New York : McGraw-Hill Inc. ,  2008.R.3-23.
2. Barnard   A.   History   and   Theory   in   Anthropology.   Cambridge   U niversity
Press. 2004. R.1-15.
3. Elizabeth Campbell and Luke Eric Lassiter. Doing Ethnography 
Today:  Theories, Methods, Exercises.   British Library. 2015 .
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Ashirov A. Antropologiya. –T.., 2014.
2. Antropologiya.   (Pod   red.   Miskovoy   Ye.V,   Mexedova   N.A,   Pimenova   V.V ) -M..,
Izd-vo «Kultura» 2005.
E lektron manbalar
1. www.    mirknig.com   
2. www.turklib.com   
3. www.etnology.    com

TARIXIY ANTROPOLOGIYADA ZAMONAVIY YO‘NALISHLAR Reja 1. Yangi zamonaviy yo‘nalishlarning shakllanish omillari. 2. Strukturaviy antropologiya yo‘nalishi 3. Neofunksionalizmning Manchester maktabi 4. Lesli Elvin Uayt konsepsiyasi 5. Neoevolyusionizm g‘oyalari

Tarixiy antropologiyada zamonaviy yo‘nalishlar Keyingi yarim asr davomida tarixiy antropologiya fanida ko‘plab yangi nazariy-metodologik qarashlar hamda g‘oyalar paydo bo‘ldi. Shubhasiz bunday qarashlarning paydo bo‘lishi dunyo miqyosidagi siyosiy jarayonlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq. Bu davrda Yevropa antropolog lari tomonidan bir qator yangi nazariyalar yaratildi. Ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan so‘ng mustamlakachi imperiyalarning yemirilishi antropologiyaning taraqqiyotiga sezilarli ta’sir qildi deb aytish mumkin. Aynan shu davrda Yevropa antropolog/etnologlari tomonidan antropologiya - antropologiya sohalarida bir qator yangi nazariyalar yaratildi. Jumladan, mashhur fransuz olimi Levi Stross (1908-2009 yy)ning strukturaviy antropologiya maktabini misol tarzida keltirish mumkin. Levi-Stross XX asr jahon antropologiyasi fanining klassiklaridan biri bo‘lib, uning nazariy-metodologik qarashlarining o‘ziga xosligi va ilmiyligi bilan antropologiya fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan. Shuningdek, keyingi o‘n yilliklarda Yevropa antropolog/etnolog olimlari orasida bir qator yangi yo‘nalishlarga asos solinmoqda. Jumladan, ingliz olimi Maks Gyulkman (1917 –1975 yy.) tomonidan «neofunksionalizmning Manchester maktabi» nomi ostida mashhur bo‘lgan yo‘nalishga asos solingan. Rodney Nidxem (1923 yilda tug‘ilgan.) tomonidan ijtimoiy strukturalizmning yangi konsepsiyasi yaratilgan. Fransuz etnologlari XX asr ikkinchi yarmidan boshlab, ma’lum ma’noda Levi Stross qarashlari ta’sirida bo‘lishlariga qaramay, Moris Godile, Klod Melissolar tomonidan tarixiy materializmga asoslangan qarashlarini shakllantirishga harakat qilganlar. Tarixiy antropologiyada so‘nggi o‘n yilliklarda yangi nazariyalar yaratilishi AQShga ta’luqlidir. Bu dunyodagi siyosiy vaziyat va kuchlar muvozanatining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan so‘ng mustamlakachilik siyosatining yemirilishi antropologiyaga sezilarli ta’sir qildi. Ilgari yirik mustamlakachi davlatlarda antropologiyaga qiziqishning pasayishi o‘z navbatida, antropologik tadqiqotlarga ajratiladigan mablag‘ning kamayishiga olib keldi.

Niderlandiyada antropologiya va antropologiyaga amaliy qiziqishniing zaiflshuvi sababli, bir qator ilmiy tadqiqot institutlari yopildi. Buyuk Britaniya va Fransiyada esa antropologiyaning fanlar tizimidagi mavqei pasaydi. Biroq, bu Yevropa mamlakatlarida tarixiy antropologiya fani butunlay inkor etildi degan ma’noni anglatmaydi. Keyingi davrda Yevropa olimlari tomonidan antropologiya sohasida bir qator yangi nazariyalar yaratildi. Jumladan, ingliz olimi Maks Glyukman (1917-1975 yy) tomonidan “neofunksionalizmning Manchester maktabi” nomi ostida mashhur bo‘lgan yo‘nalishga asos solingan. Rodney Nidxem (1923 yili tug‘ilgan) tomonidan ijtimoiy strukturalizmning yangi konsepsiyasi yaratilgan. Fransiyada ham antropologiya rivojlanib garchi ular Levi Stross qarashlari ta’sirida bo‘lishiga qaramay, Moris Godile, Klod Melissolar tarixiy materializmga asoslangan qarashlarni shakllantirishga harakat qilishgan. XX asrning 50-yillaridan boshlab AQShda antropologiya, madaniy antropologiya nomi ostida nihoyatda rivojlandi hamda u o‘z ta’sirini Yevropaga ham o‘tkazdi. Bu davrda AQShda mazkur fanga qiziqishning ortishiga ikki xil sababni ko‘rsatish mumkin: birinchidan, AQShda madaniy antropologiya talabalarning umumiy ta’lim olishlarida muhim rol o‘ynagan ijtimoiy-gumanitar fan hisoblanan, ikkinchidan ikkinchi jahon urushidan so‘ng jahon siyosiy maydonidagi vaziyatning o‘zgarishi AQShda antropologiya fani taraqqiyotiga ma’lum ma’noda ijobiy ta’sirini o‘tkazdi. Amerikalik olimlar tomonidan uchinchi dunyo mamlakatlariga tavsiya qilingan madaniy relyativizm konsepsiyasi dunyoning yangi tartib qoidasi sifatida qabul qilingan. XX asrning 40-50 yillarida Amerika va Yeropa tarixiy antropologiyasida Yevropa etnotsentrizmni targ‘ib qilgan yangi maktab shakllandi. Bu maktab vakillari Yevropadan boshqa madaniyatlarni qoloq va yovvoyiroq deb hisoblaganlar. Bu nazariya Boas tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, uni Melavill Xerkovis rivojlantirgan. XX asrning 40-yillariga kelib, tarixiy antropologiyada evolyusion nazariyani isloh qilib, uni to‘ldirib, neoevolyusionizm g‘oyasi vujudga keldi. XX asrning 40 -

yillarida antropologiyaning taraqqiyoti evolyusionizm g‘oyalariga qiziqishning kuchayishiga olib keldi. Bu paytda klassik evolyusionizmning sodda to‘g‘ri chiziqliligini inkor etgan yangi yo‘nalish shakllandi. Neoevolyusionizm tarafdorlari “evolyusiya” atamasini u albatta progress (taraqqiyot) yoki ortga qaytarib bo‘lmaydigan o‘zgarishni: oddiylikdan murakkablikka o‘tishni; oddiy moslashuv (adaptatsiya)ning kuchayib borishini bir chiziqli yoki ko‘pchiziqli evolyusiyani; darvinning turlar bo‘yicha g‘oyasini umuman inson madaniyatiga nisbatan qo‘llash mumkinmi va h. ko. ni turlicha izohlagan. Ushbu atamani tushunilishi bo‘yicha u yoki bu nazariy xulosalar qilingan. Yangi evolyusionizm g‘oyasi tarafdorlarining ko‘pchiligi, universal tarixiy qonuniyatni tan olmaydilar, shuning uchun ular “evolyusiya”ni ma’lum bo‘lmagan sabablarga ko‘ra insoniyatning doimiy rivojlanishi sifatida izohlaydilar. Madaniyatning bir chiziqdagi taraqqiyoti g‘oyasi o‘rnida neoevolyusionistlar bir necha: umumiy va xususiy taraqqiyot nazariyasi, mikro va makro jarayonlar nazariyasini, madaniy dominantlik qonuni, taraqqiyot imkoniyati qonuni va boshqalarni ishlab chiqdilar. O‘z tadqiqodlarida ular insoniyat tarixini ko‘pchiziqli yopiq tizimlar taraqqiyoti yig‘indisi sifatida ko‘rsatib, ko‘pliniyalikni insonni ekologik muhitga moslashuvi natijasi sifatida izohlaydilar. Neoevolyusionizm g‘oyalari AQShda alohida o‘rin tutib, kulturolog va etnolog Lesli Elvin Uayt (1910-1975) asarlarida o‘z ifodasini topgan. Madaniyat haqidagi g‘oyalar va umumiy konsepsiyalarini Uayt “Madaniyat haqida fan” (1949), “Madaniyat evolyusiyasi (1959) va” Madaniy sistemalar tushunchasi: qabilalr va millatlarni tushunish kaliti “(1975) fundamental asarlarida bayon etgan. Uayt konsepsiyasi asosida uning ijtimoiy madaniy hodisalar va jarayonlarni tadqiq qilishda ikki tadqiqot usuli: tarixiy va funksional bo‘lishiga qarshi ekanligi o‘z ifodasini topgan. Birinchisi katta ijtimoiy ahamiyatga ega hodisalarni taxlil qilsa, ikkinchisi madaniy hodisalar, jarayondarning umumiy xususiyatlarini, ularning xronologik ketma – ketligidan qat’iy nazar o‘rganilishini anglatadi. Ularning o‘rniga amerikalik olim, madaniy jarayonlarning uch turini, uni izohlashning yana shuncha usulini: vaqtli jarayonlar, xronologik ketma –

ketlikdagi muhim voqealar tarix tomonidan o‘rganilishi lozim: madaniy taraqqiyotning funksional jihatlari–funksional tahlil chegaralarida tadqiq qilinsa; nihoyat formal – vaqtli jarayonlar, unda madaniy hodisalar vaqtli ketma – ketlik formatida – evolyusion metodda ko‘rilishi lozim deb hisoblaydi. Uaytning fikricha evolyusiya, mavjudlikning uch asosiy formasining yaxlitlikdagi taraqqiyoti bo‘lib, bu jarayonda bir forma ikkinchisidan xronologik ketma-ketlikda o‘sib chiqadi. Har bir forma o‘z navbatida madaniyatning turli elementlari yig‘indisidan tashkil topadi. Uayt bo‘yicha madaniyat mustaqil tizimni tashkil etib, uning vazifasi va maqsadi-insoniyat uchun hayotni xavfsiz va qulay qilishdir. U o‘z hayotiga ega, o‘z prinsip va qonuniyatlari tomonidan boshqariladi. Asrlar davomida u shoxlarni tug‘ilganidan o‘z bag‘riga olib, ularni fikrlari, xulqi, tasavvuri va munosabatlariga ega shaxslarga aylantiradi. Lekin Uaytning yozishicha har qanday taraqqiyotning o‘lchovi va manbasi energiya (quvvat) hisoblanadi. Barcha tirik mavjudotlar kosmosning erkin energiyasini, o‘z tanalaridagi hayotiy jarayonlarga xizmat qiladigan quvvat turlariga aylantiradi. O‘simlik quyosh energiyasini o‘sish, qayta yaralish uchun, hayotini saqlash uchun zarur bo‘lgani singari, insonlar ham yashash uchun quvvat olishlari shart. Bu to‘lig‘icha madaniyatga ham ta’luqlidir. Har qanday madaniy harakat energiyani sarflashni talab etadi. Madaniyatning yuksakligi omili va belgisini aniqlovchi vosita, uning quvvat bilan ta’minlanishi darajasidir. Madaniyatlar foydalanayotgan quvvati miqdori bilan farqlanib, madaniy taraqqiyot darajasi aholi jon boshiga yil davomida ishlatilgan quvvat miqdori bilan o‘lchanishi ham mumkin. Taraqqiy etmagan madaniyatlar faqat inson kuchiga nisbatan rivojlanganlari esa shamol, bug‘, atom quvvatidan foydalanadi. Shu tariqa Uayt madaniyat evolyusiyasini ishlatiladigan quvvat miqdorining o‘sishi, butun madaniy evolyusiya mazmun-mohiyatini esa insonning dunyoga moslashuvini takomillashtirish bilan bog‘laydi. L. Uayt konsepsiyasida ramzlar nazariyasi muhim o‘rinni egallaydi. Olim madaniyatni ekstrasomatik (noan’anaviy) an’ana sifatida belgilab, unda ramzlar yetakchi rol o‘ynashini ta’kidlaydi. Uning fikricha ramziy xulq – atvor