logo

TARIXIY ANTROPOLOGIYADA DIFFUZIONIZM

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

32.0703125 KB
TARIXIY ANTROPOLOGIYADA DIFFUZIONIZM
Reja
1. Diffuziya tushunchasi .
2. Diffuzionizm g‘oyasining yo‘nalishlari va maktablari.
3. Tarixiy antropologiyada  Frobeniusning qarashlari .
4. AQShda diffuzionizm Frans Boas 1. Diffuzionizm.
Antropologiya   XIX   asr   oxiriga   kelib   o‘z   taraqqiyotining   yangi   bosqichiga
kirdi.   Avvallari   etnografik   kuzatishlar   aksari   savdogorlar   misseonerlar,
sayyohatchilar   tomonidan   olib   borilgan   bo‘lsa,   endi   ularni   maxsus   tayyorlangan
olimlar,   avvaldan   tayyorlangan   dasturlar   asosida   olib   boradigan   bo‘ldi.   Shu
paytdan   evolyusionizm   antropologiyadagi   yetakchi   o‘rnini   yo‘qota   boshlaydi,
chunki   evolyusion   metodologiya   izohlab   bera   olmaydigan   ma’lumotlar   ko‘payib
boradi. 
Evolyusionizmdagi   metodologik   inqiroz   qator   diffuzionistik   maktablarni
shakllantirishga   yo‘l   ochdi.   Yangi   yo‘nalish   cheklangan   davrdagi   tarixiy
muammolarni,   xususan   madaniyat   va   uning   alohida   elementlarini   xududiy
shvkllanishi, ularni rekonstruksiya qilish va tarqalishini tadqiq etishni bildirdi. 
“Diffuziya”   tushunchasi   (lotincha-   tarqalish)   fizikadan   o‘zlashtirilib,   unda
“oqish”,   oqib   kirish   ma’nosini   bergan.   Antropologiyada   diffuziya   madaniy
olimlarning   xalqlararo   :   savdo,   ko‘chishlar,   istilolar   orqali   tarqalishini   ifodalaydi.
Diffuzionizm   ilmiy   yo‘nalish   sifatida,   tarixiy   jarayonning   asosiy   mazmuni   deb
diffuziya,   o‘zaro   aloqalar   o‘zlashtirish,   ko‘chirish   (nus’ha   olish)   va
madaniyatlararo o‘zaro ta’sirini tan oladi.
Evolyusionizmning madaniyatlarining avtonom (muxtor) vujudga kelishi va
bir xilda rivojlanishi g‘oyasiga, diffuzionistlar ma’lum geografik muhitda vujudga
kelgan   o‘ziga   xos   madaniyat   elementlarining   keyinchalik   ushbu   markazdan
qo‘shni   hududlarga   tarqalishi   g‘oyasini   qo‘yishdi.   Ma’lum   ma’noda
diffuzionizmni,   evolyusion   nazariyaning   progessiv   taraqqiyot   g‘oyasini,   madaniy
komplekslar   yoki   ularning   ayrim   elementlarini   xududiy   –vaqt   diffuziya   prinsipi
bilan almashtirishga urinish sifatida tushunish mumkin.
Diffuzionizm   g‘oyasining   qator   yo‘nalishlari   va   maktablari   shakllandi.
Skandinaviya   mamlakatlarida   Erik   Nordenildning   tarixiy   –   geografik   yo‘nalishi;
Germaniyada   Fris   Grebper   va   Vilgelm   Shmidtning   madaniy   -   tarixiy   hamda   Leo
Frobeniusning   antropolografiya   maktablari;   AQShda   Eduard   Sepir,   Melvill Xerskovis;   Angliyada   giperdiffizionizm   (geosiyosiy)   maktabi   vakillari   Grafton
Elliot Smit, Uilyam Riverslar ijod qilishgan. 
Diffuzionizmning   asoschisi   deb   Myunxen   universiteti   professori   Fridrix
Ratsel (1844-1904) tan olinadi. U birinchi bo‘lib madaniy omillarning mamlakatlar
va   xududlardagi   tarqalishi   qonuniyatlariga   e’tibor   qaratdi.   Evolyusionistlarda
madaniy   omillar   ularning   paydo   bo‘lishi   sharoitlari   bilan   bog‘liq   holda
ko‘rilmagan. Ratsel’ esa madaniyat omillarini xalqlararo munosabatlardagi muhim
omil   sifatida   ko‘rsatdi.   Uning   fikricha   irqlar   aralashadi,   tillar   paydo   bo‘ladi   va
yo‘qoladi,   xalqlarning   nomi   o‘zgaradi,   faqat   madaniy   ashyolar   o‘zining   xududiy
o‘rnini   hamda   ko‘rinishini   saqlab   qoladi.   Shuning   uchun   Ratsel   madaniy
ashyolarning   tarqalishi   masalasini   o‘rganishni   fanning   asosiy   vazifalaridan   deb
hisoblaydi.
Ratsel   o‘z   g‘oyalarini   “Antropogeografiya   (1882-1891)”   Xalqshunoslik
(1885-1895)   va   “Er   va   hayot”   (1897)   kabi   ko‘p   tomlik   asarlarida   ifodalaydi.
Ularda   olim   yer   yuzida   insonlarning   joylashishi   umumiy   ta’svirini   yozar   ekan.
Madaniyatning   geografik   muhit   bilan   bog‘liq   holda   yuksalishiga   e’tibor   qaratdi.
Bu   borada   olim   tabiiy   muhitning;   xalqning   ichki   hayotiga,   uning   madaniyatini
shakllantirishiga,   xalqlar   orasida   aloqalar   xarakteriga   (fe’li-atvoriga)   ta’sirini
batafsil tadqiq qiladi.
  Ratsel   o‘zining   madaniyati   borasidagi   asosiy   g‘oyalarini
“Antropogeografiya”   asoslarida,   moddiy   madaniyat   buyumlari   (etnografik
buyumlar va ularning atamalari), ularning egalari   elat va xalqlar orqali tarqalishi
geografiyasini taxlil qildi. Uning fikricha turli xalqlar madaniyatidagi tabiiy muhit
bilan   bog‘liq   tafovutlar,   xalqlar   orasidagi   aloqalar   etnografik   buyumlarning
tarqalishi   orqali   asta-sekin   yo‘qolib   boradi.   Ratsel   xalqaro   munosabatlarga:
qabilalarning   ko‘chishlari,   bosqinlar,   irqlararo   aralashuv   xususiyatlariga,
almashinuv,   savdo   va   h.k.o.lar   alohida   e’tibor   qaratadi:   bunday   o‘zaro
munosabatlar   davomida   madaniyatning   borliqqa   tarqalishi   ro‘y   beradi.   Amalda
etnografik   ashyolarning   tarqalishi   til   yoki   irqlar   xususiyatlarning   yoyilishidan
ancha   muhimdir.   Irqiy   tillar   aralashuvii   doimiy   jarayon   bo‘lganidan,   zamonaviy irqlar aralashgan  bo‘lishi  tabiiy. Til etnik belgi sifatida irqqa nisbatan muhimroq,
lekin u ham vaqt davomida o‘zgaradi yoki boshqa tillar tomonidan surib chiqaradi.
Moddiy   madaniyat   ashyolari   –   buyumlar   esa   o‘zining   ko‘rinishini,   tarqalgan
xududini   madaniyatning   boshqa   omillariga   nisbatan   uzoqroq   saqlab   turadi.
Ratsel’ning   fikricha   xalqlar   o‘zgaradi,   yo‘qolib   ketadi,   moddiy   madaniyat
buyumlari esa nima bo‘lsa shunday qoladi. Shuning uchun etnografik ashyolarning
tarqalishi   geografiyasi   madaniyatni   tadqiq   etishning   eng   muhim   tomonlaridan
biridir.
Ratsel’   madaniyatning   elementlari   tarqalishida   2   usulni:   akkulturatsiya,
ya’ni   madaniyatning   ayrim   predmetlari   (ashyolari)   emas   butun   etnografik
ashyolarning bir halqdan ikkinchisiga o‘tishi. Uning takidlashicha ayrim buyumlar
(taqinchoqlar, kiyimlar, tamaki) bir halqdan ikkinchisiga o‘tsa, boshqalari ( egar -
jabduqlar, temir buyumlar) faqat uni o‘zlashtirgan halqlar bilan birga tarqaladi. 
Ratsel’ning   asarlarida   mustaqil   yo‘nalishi   sifatida   deffuziyanizmning
madaniyatni o‘rganishda asosiy tamoyillari: madaniyatlarning o‘zaro ta’siri; yangi
elementlar davomida uning o‘zgarib borishi; insoniyat madaniyatining bir yoki bir
necha   markazdan   boshlangani   g‘oyalari   aksini   topgan.   Bu   borada   Ratsel’
insonning   o‘ziga   insonning   o‘ziga   ikkinchi   darajali   etnografik   buyumlar
tashuvchisi   sifatida   o‘rin   berib,   madaniyatni   unga   nisbatan   mustaqil   deb
hisoblaydi.   Bu   madaniy   omillarning   uni   tashuvchilaridan   nisbatan   mustaqilligi
g‘oyasi;   keyinchalik   Frobenusning   “madaniy   morfologiya”   va   Shmidtning   “vena
maktabi” vakillari asarlarida yanada rivojlantirildi.
Rotselning   shogirdi   –   arxeolog,   etnolog,   folklorshunos   Leo   Frobenitse
(1873-1938)   diffuzionizm   doirasida   “ madaniy   morfologiya ”   nazariyasi   va
“ madaniyat   xalqlari ”   g‘oyalari   asoschisi   bo‘ldi.   Frobenius   aslida   afrikashunos
bo‘lib: Afrika, Avstraliya va Okeaniya xalqlari madaniyatlarini o‘rganish uchun 12
ta ekspeditsiya  uyushtirgan. U tuzgan Afrikaning etnologik xaritasi hozirga qadar
o‘zining   ilmiy   ahamiyatini   yo‘qotmagan.   Ekspeditsiya   materiallari   va   ularning
nazariy   taxlillari   Frobeniusning   fundamental   asari   “amerika   madaniyatlarining
kelib   chiqishi”   (1898)   da   bayon   etilgan.   Unda   olim   madaniyatni   tirik   organizm sifatida ko‘rib, undagi o‘zgarishlar xayotning umumiy qonuniyatlariga bo‘ysunishi
xulosasiga   keladi.   Asarda   Frobenius   afrika   va   melaneziya   madaniyatlarini   tadqiq
qilish,   qiyoslash   orqali;   madaniyatdagi   o‘zgarishlar   ayrim   elementlar   emas,   balki
madaniy borliqning butun komplekslari tarqalishi haqidagi fikrni aytadi. 
Frobeniusning   qarashlari   ma’lum   ma’noda   afsonaviyligi   (mif)   bilan
xususiyatlidir.   U   madaniyatni   tirik   organizmga   qiyoslab   uni:   tug‘ilish,   bolalik,
barkamollik, qarilik va nihoyat o‘lim bosqichlarini bosib o‘tishini aytadi. Olimning
fikricha madaniyat odamlar tomonidan yaratilmasdan o‘z-o‘zidan yuksaladi. Inson
esa madaniyatni yaratuvchi emas uning mohsuli  yoki ob’ekti  sifatida ifodalanadi.
Ammo madaniyat xalq tomonidan yaratilmasada, uningsiz yashay olmaydi sababi
madaniyat faqat xalq orqali tarqaladi. “madaniyatning oyog‘i yo‘q” shuning uchun
u   insonni   o‘zini   tashishiga,   tarqatishga   chorlaydi.   Demak   inson   (xalq)   –
madaniyatni yaratuvchi emas tashuvchisi xolos.
Frobeniusning fikricha har bir madaniyat o‘z xarakteriga, o‘zining “madaniy
ruhi”ga   ega   bo‘lib   u   madaniyatning   har   bir   elementida   o‘zining   o‘chmas   izini
qoldiradi. Ushbu madaniyatning o‘ziga xos xarakterini olim “paydeum” (yunoncha
“tarbiyalash”)   deb   atab   uni   “madaniyat   ruhi”   atamasi   o‘rnida   ishlatishni   taklif
etadi.   “Paydeum”   atamasi   mazmunini   ochar   ekan,   Frobenius     uni   madaniy   –
psixologik   tushuncha   sifatida  izohlab,   u   orqali   xalqningma’naviy   strukturasi   yoki
uning   madaniy   siymosi   ko‘rinishlari   deb   izohlaydi.   Atamaning   ushbu   ma’nosi
zamonaviy   “mentallik”   tushunchasi   sinonimi   deyish   mumkin.   Madaniyatni
ijtimoiyotdan   xalos,   mistik   borliq   sifatida   tasvirlagan   Frobenius,   uni   erkaklar   va
ayollar   madaniyatlariga   bo‘ladi.   Ushbu   bo‘linishni   o‘zining   ekspeditsiyalari
ma’lumotlari bilan to‘ldirgan Frobenius afrikaliklar madaniyatini 2 turini:   tellur   –
efiopatriarxal   va   xtonik-xamit-matriarxal   deb   farqlaydi.   “ Tellur”     va   “ xtonik ”
atamalari   lotin   va   yunon   tilida   bir   xil   (“tellus”-yer,   “xtom”-yer)   yer   ma’nosini
beradi.   Ammo   olimning   ta’birida   bu   atamalar   qarama-qarshi   ma’no   kasb   etadi.
Tellur   –   yerdan   yuqoriga   o‘sish,   xtonik   esa   yerga   qarab   (er   bag‘riga)   o‘sishdir.
Ular turli geografik sharoitda   tellur   - savannada,   xtonik    Saxroi Kabir va Shimoiy
Afrikada   shakillangan.   Shu   aosda   har   bir   madaniyat   o‘z   paydeumiga   ega   bo‘lib, ularning   yo‘nalishlari   ham   qarama-qarshidir.   Tellur   madaniyati   yuqoriga   intilib
ustunli uylar, ustun ustidagi ombor, oyoqli krovat va boshqa buyumlarda kuzatilib;
madaniyat   ruhi   o‘simliklar   singari   yuqoriga   intiladi;   xudolari   ham   tepada   yetish
mumkin bo‘lmagan joylarda yashaydi. Bu madaniyat doim patriarxal bo‘lgan.
Xtonik   madaniyat   aksincha   yerga   ostiga   intiladi:   yerto‘la   uy,   yerto‘la
omborlar,   yer   o‘chog‘i,   inson   ruhining   yer   osti   dunyosiga   tushishi   haqidagi
g‘oyalar  va  h.k.o.lar.  Bu  madaniyat   o‘z  xususiyatiga   ko‘ra  materialxaldir.  Xtonik
madaniyatni Frobenius   magik  (sehirgarlik) xususiyatiga egaligini yozsa, tellurga –
minstik   xususiyat   ato   etadi.   Bu   ikki   madaniyatning   qo‘shilishidan,   uningcha
yuksak madaniyatlar shakllangan. Madaniyatning bu xilida tushunish, uni biologik
organizm bilan qiyoslash, uni organik borliq sifatida mustaqil yashashga ishonch;
Frobeniusga   antropologiyada   –   xalqlar   va   madaniyatlarni   tadqiq   qilishning   tabiiy
xususiyatlarni   ochganligini   ta’kidlashga   olib   keldi.   Uning   fikrichamadaniyatni
tadqiq   qilish   tarixiy   emas   tabiyatshunoslik   ilmiy   usullari   orqali   olib   borish
lozimdir.
Nemis   tilli   mamlakatlarda   diffuzionizmning   yirik   nomoyondalaridan   biri
Frns   Grebner   (1877-1934)   bo‘lib,   uning   fikricha   evolyusionist   etnograflar   turli
xalqlar   madaniyatlarining   umumiy   xususiyatlarini   ifodalashda,   o‘z   g‘oyalarini
tasdiqlovchi   ishonchli   kriterillar   ishonchli   keltirilgan.   Grebner   uchun
antropologiyada   asosiy   madaniy-tarixiy   aloqalar   yoki   madaniyatlarning   mustaqil
vujudga   kelishi   va   taraqqiyotni   o‘rganish   usullarini   ishlab   chiqish   tadqiq   qilish
bo‘ladi.   Bu   masalalardagi   o‘z   fikrlarini   u   “antropologiya   metodi”   (1911)   asarida
bayon etadi.
Frobenius   va   Ratsel   asarlari   asosida   Grebner   “madaniyat   xalqlari”
nazariyasini   yaratib,   ibtidoiy   global   rekostruksiya   qilishga   urinadi.   O‘z
nazariyasini   izohlashda   olim   butun   insoniyatning   davltga   qadar   taraqqiyot
bosqichini   6   ta   “madaniy   xalqlarga”   (madaniyatlarga)   birlashtirgani,   ularning   har
biri 19-20 elementdan tashkil topganini ta’kidlaydi. Madaniy elementlarga Grebner
moddiy   va   ma’naviy   madaniyat,   shuningdek   ijtimoiy   hayotning   ko‘rinishlarini
kiritadi. Masalan    “Sharqiy papuaslar” madaniyati  asosiy  elementlariga: yerildizli ekinlar   yetishtirish;   to‘rlar   yordamida   baliq   ovlash   taxtadan   yasalgan   qayiq;
ikkiyoqlama tomli kulba; ispiral tarzda to‘qilgan savatlar; erkaklar faxriy ittifoqlari
va   niqobli   raqslar;   oy   haqidagi   miflar;   odamxo‘rlik   haqidagi   miflar;   doira
shakllidagi   bezaklar   (ornamend);   ovoz   berish   dombiralari   va   h.k.o.lar.   boshqa
madaniy (xalqlar) elementlari ham shu xilda va tarkibda shakllangan.
Madaniyatning o‘sish  elementlarini Grebner  ularni qaysi  doiraga kirishidan
qat’iy   nazar,   bitta   madaniy   doirada   shakllangan   hamda   yagona   geografik
markazdan   kelib   chiqqanligini   ta’kidlaydi.   Uningcha   har   qanday   madaniy   omil
tarxida   faqat   bir   marta,   bir   joyda   paydo   bo‘lib,   avvaldan   ma’lum   madaniyatga
mansub bo‘lib, u bilan birga boshqa madaniyat doiralariga tarqaladi.
Bu fikrlar  asosida  Grebner  insoniyat  tarixida va madaniyatida hech qanday
takrorlanishlar   yo‘q,   demak   umumiy   qonuniyatlar   ham   bo‘lishi   mumkin   emas
degan   xulosaga   keladi.   Etnik   jarayolarning   takrorlanishi   bizga   shunday   tuyiladi
xolos,   aslida   madaniyat   omillari   qaiy   yagonalikka   egadir.   Demak   antropologiya
umummiy   emas   xususiy   voqealar   bilan   ish   olib   boradi.   Grebnerning   fikricha
antropologiya   tabiiy   fanlar   mdaniyatini   o‘rganuvchan   tarixiy   fanlar   qatorida
bo‘lishi lozim.
AQShda   diffuzionizm   ahamiyatiga   molik   ilmiy   yo‘nalish   ko‘rina   olmaydi.
Uning amerikada shakllanishi  Frans  Boasning  tarixiy antropologiyada evolyusion
nazariyani   tanqid   qilish   bilan   bevosita   bog‘liq   bo‘ladi.     Boas   Grebnerning   turli
geografik   xududlarda   bir   xildagi   madaniy   omillar   vujudga   kelishi   mumkin
emasligi   fikrini   to‘liq   qo‘llaydi.   Har   qanday   madaniy   borliqni,   uning   ichki
taraqqiyoti   yoki   yaqin-uzoqdagi   qo‘shnilari   madaniyati   ta’siri   bilan   izohlash
mumkin.   Shuning   uchun   har   qanday   mahalliy   madaniyatning   rivojlanishida
diffuziya   muhim   o‘rin   tutadi.   Baos   va   uning   shogirdlari   tufayli   amerika
antropologlari   diffuziyaning   turli   xalqlar   madaniyatlaridagi   o‘xshashliklarning
asosiy omili degan xulosaga keldilar.
XIX - XX   asrlar   chegarasida   amerika   etnologlarining   ko‘pchiligi   indeeslarni
o‘rganish uchun dala ekspeditsiyalari uyushtira boshladilar. Bu tadqiqotlar natijasi
“madaniy   viloyatlar”   konsepsiyasida   mujassamlashib,   Klark   Uisslerning   (1870- 1947) “Amerika Hindusi” (1912) asarida nisbatan to‘liq va tartiblashtirilgan holda
bayon etilgan.
Shimoliy   Amerika   hindulari   o‘zaro   aloqalarini,   ularning   madaniyati
elementlarini   geografik   tarqalishini   taxlil   qilgan   Uissler,   madaniyatni   ma’lum
kishilar   guruhining,   biror-bir   ekologik   uhitga   moslashuv   natijasi   degan   xulosaga
keldi.   Xo‘jalik   qurollari,   kulolchilik   folklor   syujetlari   va   h.k.o.larga   oid   ko‘plab
ma’lumotlarni   umumlashtirgan:   olim   moddiy   hamda   ma’naviy   madaniyat
elementlari, insonning somatik (tanasi) belgilari mavjud madaniy viloyatlar orasida
diffuziya orqali tarqalishini tasdiqladi.
Empirik ma’lumotlarga asoslangan Uissler, Shimoliy Amerika hindularining
15   ta   madaniy   viloyatlarini   ajratib,   madaniy   diffuziyaning   umumiy   qonunini   –
antropologik   xususiyatlar   o‘zi   shakllangan   joydan   barcha   yo‘nalishlar   bo‘ylab
tarqalish xususiyatiga ega ekanligini ko‘rsatdi. Uning fikricha madaniy omillar va
odam   xususiyatlari   “konsentrik   usulda”,   ya’ni   oddiy   narsalar   chetda,   markaziy
o‘rinni   murakkab   xususiyatlar   egallashini   ta’kidlaydi.   Shu   tariqa   Uisslerning
fikricha   madaniy   viloyat   madaniy   markazning   ifodasi   sifatida   namoyon   bo‘ladi.
Shuning   uchun   madaniy   markazdan   uzoq-yaqinligiga   qarab   ayrim   jamiyatlar
boshqalariga nisbatan tipik madaniyatga ega bo‘ladi.
Diffuziya g‘oyasining ingliz antropologiyasiga kirishi va uning taraqqiyotini
Uilyam   Rivers   (1864-1922)   nomi   bilan   bog‘lashadi.   U   “Melaneziya   jamiyati
tarixi”   (1914)   asari   ustida   ishlash   davomida   melaneziyaliklarda   qarindoshlik   va
ijtimoiy   munosabatlarni   rivojlanishini   evolyusiya   bilan   izohlash   mumkin   emas
degan   xulosaga   keladi.   Uning   fikricha   Melaneziyada   yangi   madaniyatning
shakllanishi   ko‘chib   kelganlar   katta   guruhining   o‘zaro   aloqalari   natijasidadir.
Rivers   Okeaniyada   birini   ikkinchisi   almashtirgan,   bir   necha   to‘lqinsimon
ko‘chishlar   bo‘lib,   ularning   har   biri   madaniyatga   yangi   elementlar   kiritilganini
ta’kidlaydi. Jumladan: Kavi xalqi totemizm, vafot etganlarga e’tiqod, quyosh va oy
kuti     monogam   nixoq,   o‘q-yoy,   ma’lum   ko‘rinishdagi   uylarni   va   hakazolarni
keltirgan.   Xulosa   yangi   madaniyatlar   evalyusiya   emas   turli   madaniyatlarning
aralashuvidan   vujudga   kelishi   mumkin.   Bir   necha   madaniyatlar   aralashuvi   va o‘zaro ta’siridan ularning hech qaysisiga xos bo‘lmagan butunlay yangi madaniyat
elementi   vujutga   kelishi   mumkin.   Reverening   fikricha   ko‘p   sonli   bo‘lmagan
migrantlar   ham,   yuksakroq   texnologiyaga   ega   bo‘lsa,   o‘zlarining   udumlarini
mahalliy xalqqa o‘tkazishi mumkin.
Shunga   qaramasdan   Reverening   qarashlari   o‘zining   sun’iyligi   va   xayoliligi
bilan   ajralib   turadi.   Jumladan   u   aytgan   migrantlar   kim,   ular   qaerdan   va   qanday
madaniy   ko‘nikmalar   bilan   kelishgani,   keyinchalik   madaniyatlari   qanday
yuksalgani noma’lum. O‘zga diffuzioniylar kabi Rivere ham bu masa
Buning uchun ular qaysi  uslubni topib madaniyatlardagi o‘xshash jihatlarni
taxlil qilishga urindilar. 
Asosiy adabiyotlar
1. Kottak  C .Ph.  Anthropology: the exploration of human diversity. 12th ed. –
New York : McGraw-Hill Inc. ,  2008.R.3-23.
2. Barnard   A.   History   and   Theory   in   Anthropology.   Cambridge   U niversity
Press. 2004. R.1-15.
E lektron manbalar
www.    mirknig.com   
www.turklib.com
www.etnology. com

TARIXIY ANTROPOLOGIYADA DIFFUZIONIZM Reja 1. Diffuziya tushunchasi . 2. Diffuzionizm g‘oyasining yo‘nalishlari va maktablari. 3. Tarixiy antropologiyada Frobeniusning qarashlari . 4. AQShda diffuzionizm Frans Boas

1. Diffuzionizm. Antropologiya XIX asr oxiriga kelib o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga kirdi. Avvallari etnografik kuzatishlar aksari savdogorlar misseonerlar, sayyohatchilar tomonidan olib borilgan bo‘lsa, endi ularni maxsus tayyorlangan olimlar, avvaldan tayyorlangan dasturlar asosida olib boradigan bo‘ldi. Shu paytdan evolyusionizm antropologiyadagi yetakchi o‘rnini yo‘qota boshlaydi, chunki evolyusion metodologiya izohlab bera olmaydigan ma’lumotlar ko‘payib boradi. Evolyusionizmdagi metodologik inqiroz qator diffuzionistik maktablarni shakllantirishga yo‘l ochdi. Yangi yo‘nalish cheklangan davrdagi tarixiy muammolarni, xususan madaniyat va uning alohida elementlarini xududiy shvkllanishi, ularni rekonstruksiya qilish va tarqalishini tadqiq etishni bildirdi. “Diffuziya” tushunchasi (lotincha- tarqalish) fizikadan o‘zlashtirilib, unda “oqish”, oqib kirish ma’nosini bergan. Antropologiyada diffuziya madaniy olimlarning xalqlararo : savdo, ko‘chishlar, istilolar orqali tarqalishini ifodalaydi. Diffuzionizm ilmiy yo‘nalish sifatida, tarixiy jarayonning asosiy mazmuni deb diffuziya, o‘zaro aloqalar o‘zlashtirish, ko‘chirish (nus’ha olish) va madaniyatlararo o‘zaro ta’sirini tan oladi. Evolyusionizmning madaniyatlarining avtonom (muxtor) vujudga kelishi va bir xilda rivojlanishi g‘oyasiga, diffuzionistlar ma’lum geografik muhitda vujudga kelgan o‘ziga xos madaniyat elementlarining keyinchalik ushbu markazdan qo‘shni hududlarga tarqalishi g‘oyasini qo‘yishdi. Ma’lum ma’noda diffuzionizmni, evolyusion nazariyaning progessiv taraqqiyot g‘oyasini, madaniy komplekslar yoki ularning ayrim elementlarini xududiy –vaqt diffuziya prinsipi bilan almashtirishga urinish sifatida tushunish mumkin. Diffuzionizm g‘oyasining qator yo‘nalishlari va maktablari shakllandi. Skandinaviya mamlakatlarida Erik Nordenildning tarixiy – geografik yo‘nalishi; Germaniyada Fris Grebper va Vilgelm Shmidtning madaniy - tarixiy hamda Leo Frobeniusning antropolografiya maktablari; AQShda Eduard Sepir, Melvill

Xerskovis; Angliyada giperdiffizionizm (geosiyosiy) maktabi vakillari Grafton Elliot Smit, Uilyam Riverslar ijod qilishgan. Diffuzionizmning asoschisi deb Myunxen universiteti professori Fridrix Ratsel (1844-1904) tan olinadi. U birinchi bo‘lib madaniy omillarning mamlakatlar va xududlardagi tarqalishi qonuniyatlariga e’tibor qaratdi. Evolyusionistlarda madaniy omillar ularning paydo bo‘lishi sharoitlari bilan bog‘liq holda ko‘rilmagan. Ratsel’ esa madaniyat omillarini xalqlararo munosabatlardagi muhim omil sifatida ko‘rsatdi. Uning fikricha irqlar aralashadi, tillar paydo bo‘ladi va yo‘qoladi, xalqlarning nomi o‘zgaradi, faqat madaniy ashyolar o‘zining xududiy o‘rnini hamda ko‘rinishini saqlab qoladi. Shuning uchun Ratsel madaniy ashyolarning tarqalishi masalasini o‘rganishni fanning asosiy vazifalaridan deb hisoblaydi. Ratsel o‘z g‘oyalarini “Antropogeografiya (1882-1891)” Xalqshunoslik (1885-1895) va “Er va hayot” (1897) kabi ko‘p tomlik asarlarida ifodalaydi. Ularda olim yer yuzida insonlarning joylashishi umumiy ta’svirini yozar ekan. Madaniyatning geografik muhit bilan bog‘liq holda yuksalishiga e’tibor qaratdi. Bu borada olim tabiiy muhitning; xalqning ichki hayotiga, uning madaniyatini shakllantirishiga, xalqlar orasida aloqalar xarakteriga (fe’li-atvoriga) ta’sirini batafsil tadqiq qiladi. Ratsel o‘zining madaniyati borasidagi asosiy g‘oyalarini “Antropogeografiya” asoslarida, moddiy madaniyat buyumlari (etnografik buyumlar va ularning atamalari), ularning egalari elat va xalqlar orqali tarqalishi geografiyasini taxlil qildi. Uning fikricha turli xalqlar madaniyatidagi tabiiy muhit bilan bog‘liq tafovutlar, xalqlar orasidagi aloqalar etnografik buyumlarning tarqalishi orqali asta-sekin yo‘qolib boradi. Ratsel xalqaro munosabatlarga: qabilalarning ko‘chishlari, bosqinlar, irqlararo aralashuv xususiyatlariga, almashinuv, savdo va h.k.o.lar alohida e’tibor qaratadi: bunday o‘zaro munosabatlar davomida madaniyatning borliqqa tarqalishi ro‘y beradi. Amalda etnografik ashyolarning tarqalishi til yoki irqlar xususiyatlarning yoyilishidan ancha muhimdir. Irqiy tillar aralashuvii doimiy jarayon bo‘lganidan, zamonaviy

irqlar aralashgan bo‘lishi tabiiy. Til etnik belgi sifatida irqqa nisbatan muhimroq, lekin u ham vaqt davomida o‘zgaradi yoki boshqa tillar tomonidan surib chiqaradi. Moddiy madaniyat ashyolari – buyumlar esa o‘zining ko‘rinishini, tarqalgan xududini madaniyatning boshqa omillariga nisbatan uzoqroq saqlab turadi. Ratsel’ning fikricha xalqlar o‘zgaradi, yo‘qolib ketadi, moddiy madaniyat buyumlari esa nima bo‘lsa shunday qoladi. Shuning uchun etnografik ashyolarning tarqalishi geografiyasi madaniyatni tadqiq etishning eng muhim tomonlaridan biridir. Ratsel’ madaniyatning elementlari tarqalishida 2 usulni: akkulturatsiya, ya’ni madaniyatning ayrim predmetlari (ashyolari) emas butun etnografik ashyolarning bir halqdan ikkinchisiga o‘tishi. Uning takidlashicha ayrim buyumlar (taqinchoqlar, kiyimlar, tamaki) bir halqdan ikkinchisiga o‘tsa, boshqalari ( egar - jabduqlar, temir buyumlar) faqat uni o‘zlashtirgan halqlar bilan birga tarqaladi. Ratsel’ning asarlarida mustaqil yo‘nalishi sifatida deffuziyanizmning madaniyatni o‘rganishda asosiy tamoyillari: madaniyatlarning o‘zaro ta’siri; yangi elementlar davomida uning o‘zgarib borishi; insoniyat madaniyatining bir yoki bir necha markazdan boshlangani g‘oyalari aksini topgan. Bu borada Ratsel’ insonning o‘ziga insonning o‘ziga ikkinchi darajali etnografik buyumlar tashuvchisi sifatida o‘rin berib, madaniyatni unga nisbatan mustaqil deb hisoblaydi. Bu madaniy omillarning uni tashuvchilaridan nisbatan mustaqilligi g‘oyasi; keyinchalik Frobenusning “madaniy morfologiya” va Shmidtning “vena maktabi” vakillari asarlarida yanada rivojlantirildi. Rotselning shogirdi – arxeolog, etnolog, folklorshunos Leo Frobenitse (1873-1938) diffuzionizm doirasida “ madaniy morfologiya ” nazariyasi va “ madaniyat xalqlari ” g‘oyalari asoschisi bo‘ldi. Frobenius aslida afrikashunos bo‘lib: Afrika, Avstraliya va Okeaniya xalqlari madaniyatlarini o‘rganish uchun 12 ta ekspeditsiya uyushtirgan. U tuzgan Afrikaning etnologik xaritasi hozirga qadar o‘zining ilmiy ahamiyatini yo‘qotmagan. Ekspeditsiya materiallari va ularning nazariy taxlillari Frobeniusning fundamental asari “amerika madaniyatlarining kelib chiqishi” (1898) da bayon etilgan. Unda olim madaniyatni tirik organizm

sifatida ko‘rib, undagi o‘zgarishlar xayotning umumiy qonuniyatlariga bo‘ysunishi xulosasiga keladi. Asarda Frobenius afrika va melaneziya madaniyatlarini tadqiq qilish, qiyoslash orqali; madaniyatdagi o‘zgarishlar ayrim elementlar emas, balki madaniy borliqning butun komplekslari tarqalishi haqidagi fikrni aytadi. Frobeniusning qarashlari ma’lum ma’noda afsonaviyligi (mif) bilan xususiyatlidir. U madaniyatni tirik organizmga qiyoslab uni: tug‘ilish, bolalik, barkamollik, qarilik va nihoyat o‘lim bosqichlarini bosib o‘tishini aytadi. Olimning fikricha madaniyat odamlar tomonidan yaratilmasdan o‘z-o‘zidan yuksaladi. Inson esa madaniyatni yaratuvchi emas uning mohsuli yoki ob’ekti sifatida ifodalanadi. Ammo madaniyat xalq tomonidan yaratilmasada, uningsiz yashay olmaydi sababi madaniyat faqat xalq orqali tarqaladi. “madaniyatning oyog‘i yo‘q” shuning uchun u insonni o‘zini tashishiga, tarqatishga chorlaydi. Demak inson (xalq) – madaniyatni yaratuvchi emas tashuvchisi xolos. Frobeniusning fikricha har bir madaniyat o‘z xarakteriga, o‘zining “madaniy ruhi”ga ega bo‘lib u madaniyatning har bir elementida o‘zining o‘chmas izini qoldiradi. Ushbu madaniyatning o‘ziga xos xarakterini olim “paydeum” (yunoncha “tarbiyalash”) deb atab uni “madaniyat ruhi” atamasi o‘rnida ishlatishni taklif etadi. “Paydeum” atamasi mazmunini ochar ekan, Frobenius uni madaniy – psixologik tushuncha sifatida izohlab, u orqali xalqningma’naviy strukturasi yoki uning madaniy siymosi ko‘rinishlari deb izohlaydi. Atamaning ushbu ma’nosi zamonaviy “mentallik” tushunchasi sinonimi deyish mumkin. Madaniyatni ijtimoiyotdan xalos, mistik borliq sifatida tasvirlagan Frobenius, uni erkaklar va ayollar madaniyatlariga bo‘ladi. Ushbu bo‘linishni o‘zining ekspeditsiyalari ma’lumotlari bilan to‘ldirgan Frobenius afrikaliklar madaniyatini 2 turini: tellur – efiopatriarxal va xtonik-xamit-matriarxal deb farqlaydi. “ Tellur” va “ xtonik ” atamalari lotin va yunon tilida bir xil (“tellus”-yer, “xtom”-yer) yer ma’nosini beradi. Ammo olimning ta’birida bu atamalar qarama-qarshi ma’no kasb etadi. Tellur – yerdan yuqoriga o‘sish, xtonik esa yerga qarab (er bag‘riga) o‘sishdir. Ular turli geografik sharoitda tellur - savannada, xtonik Saxroi Kabir va Shimoiy Afrikada shakillangan. Shu aosda har bir madaniyat o‘z paydeumiga ega bo‘lib,