logo

SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHGA TANLASHNING FIZIOLOGIK ASOSLARI.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

57.01953125 KB
SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHGA TANLASHNING FIZIOLOGIK
ASOSLARI.
Reja :
1. Sport bilan shug‘ullanishga tanlash haqida umumiy tamoyillar;
2. Sportchilik   qobiliyatn6i   bashorat   qilish.   Ideal   sportchi   etalonini
modellashtiri;
3. Ontogenezda ancha turg‘un bo‘lgan belgilarni tanlash;
4. Turli sport turlarida tanlash tizimi;
  1.  Sport bilan shug‘ullanishga tanlash haqida umumiy tamoyillar.
Jismoniy   mashqlar   har   bir   insonning   hayotida   muhim,   lekin   har   xildagi
ahamiyat   kasb   etadi.   Bu   esa   organizmning   individual   morfologik   va   funksional
xususiyatlariga bog‘liqdir. Masalan, jismoniy rivojlanishdan qolgan bolalar uchun
korreksiyalovchi   jismoniy   mashqlar   zarur   bo‘lsa,   boshqalari   uchun   sport   turi
bo‘yicha   rekord   natijalariga   erishish   imkoniyatiga   ega   bo‘lish   sport   bilan
shug‘ullanishni tavsiya qilish mumkin. 
Sportga   tanlash   –   bu   tanlab   olinadiganlarni   qobiliyatini   oldindan   aniqlash
asosida sport faoliyatini bajarishishi mumkin ekanligini tasdiqlashdir va murabbiy
faoliyatining   ajralmas   qismidir.   Tanlash   usuli   faqatgina   yetarlicha   tibbiy-biologik
nuqtai-nazardan   asoslangan   tamoyillar   asosida   bajarilgandagina   samarali   bo‘lishi
mumkin.
Sportga tayyorlash guruhiga bolalarni tanlashda takomillashmagan usullardan
foydalanish   natijasida   sportga   tayyorlash   guruhiga   spott   bilan   shug‘ullanishga
qobiliyati bo‘lmagan bolalar ham tushib keladi. Bunday bolalardan yuqori sinfdagi
sportchilar tayyorlash uchun sarflanadigan mehnat va material vositalari samarasiz
hisoblanadi. 
Bo‘ladigan   musobaqalarda   ishtirok   etuvchi   komandaga   ishtirokchilar
tanlashning   yana   bir   shakli   mavjuddir.   Tanlashning   bu   turi   uzoq   muddatli
bashoratlarni talab qilmaydi va uslubiy jihatdan juda oddiy.
Tayyorlash   guruhiga   dastlabki   tanlash   ikki   yo‘l   bilan   bajariladi:   jismoniy-
sport oriyentasiya yoki sport seleksiyasi shakllarida.
Jismoniy-sport   mo‘ljallashuvning   mohiyati   bo'yicha   qobiliyatli   va
harakatchan   bolalarni   aniqlash,   tayyorlash   guruhidan   qobiliyatli   bolalarni   tanlab
olish   yo‘li   bilan   yuqori   sport   natijalariga   erishish   mumkin.   Bunday   bolalar   ko‘p
emas,   bor   yo‘g‘i   3-5%   ni   tashkil   etadi.   Qolganlariga   esa   sog‘lig‘i   va   jismoniy
tayyorgarligi   hisobiga   olingan   holda   maxsus   dastur   asosida   umumiy
sog‘lomlashtirish tayyorgarligi uchun tavsiya qilinadi.  Nozik,   jismoniy   rivojlanishi   jihatdan   ma’lum   asoratli   bolalar   taklif   qilinadi.
Bunday   oriyentasiyaning   birinchi   bosqichi   maktab   yoshigacha   bo‘lgan
muassasalarda  mavjud  bo‘lgan  va tashkil  qilingan  tadbirlarni  qamrab  oluvchi  5-7
yoshli bolalarda o‘tkazish tavsiya qilinadi. 
Yuqorida   qayd   qilingan   turdagi   tanlash   asosida   faqatgina   murabbiylar
tomonidan istalgan, lekin kelajakdan ancha uzoq bo‘lgan xohishdir. Hozirgi paytda
sport   seleksiyasidan   keng   foydalanilmoqda.   Bu   tanlash   ancha   tor   doiradagi
masalalarni   yechadi,   ma’lum   turdagi   sport   bilan   shug‘ullanishiga   yoki   tanlangan
turdagi sportning navbatdagi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rishga qodir ekanligi yoki
qodir emasligi aniqlanadi.
Sport seleksiyasining ikki turi farqlanadi: saralash va tanlovdan o‘tmaganlar.
Saralash – sportning ushbu turi bo‘yicha o‘z xohish muammolarini yecha olmagan
yoki sportning ushbu turi bilan shug‘ullanishni  istamagan bolalar  kiradi. Saralash
odatda maktabgacha bo‘lgan muassasalarda va maktablarda o‘tkaziladi va ajratish
uchun loyiq bo‘lmagan, lekin shug‘ullanishni istovchilar qatoridan tanlab olinadi.
Sportchilar tayyorlash guruhiga saralash tamoyili ko‘p yillardan buyon davom
etib   kelmoqda   va   u   ko‘p   bosqichlidir.   Yuqorida   qayd   qilingan   dastlabki   saralash
bosqichidan tashqari yana (ayrim paytlarda undan ham ko‘p) asosiy va hal qiluvchi
bosqichlari   mavjud,   bularni   o‘tkazish   paytida   sportga   tayyorlashning   navbatdagi
ancha   yuqori   bosqichlarini   egallashi   mumkinligi   tekshirib   ko‘riladi   va   aniqlanadi
(21 .1.1.-rasm).
2.  Sportchilik qobiliyatini bashorat qilish .
Saralashning   ob’ekti   bo‘lib,   tanlab   olingan   shaxsni   ushbu     turdagi
faoliyatining   bajarishdagi   turli   tuman   o‘rtachadan   yuqori   bo‘lgan   qobiliyatlari
hisoblanadi.   Sportga   tanlashda   bita   muammo   hal   qilinadi,   ya’ni   tanlab   olingan
shaxs,   tanlangan   sport   turi   bo‘yicha   tayyorgarlikning   ma’lum   muddatida   o‘z
mahoratining   oshira   oladiki,   sportchining   yashirin   imkoniyatlari   qanday   ekanligi aniqlanadi.   Uni   aniqlash   uchun   quyidagi   ikkita   xususiyatni   hisobga   olish   zarur
bo‘ladi.
1.   O‘zi   xohlagan   turda   faoliyat   ko‘rsatishi   davomida   talabga   erishish   uchun
mavjud   bo‘lgan   nishonalar,   tuzilishi   va   funksional   jihatdan   avloddan   avlodga
o‘tuvchi   imkoniyatlar   darajasi,   ya’ni   tanlash   paytidagi   jismoniy   holatining
dastlabki darajasi inobatga olinadi;
2.   Bolalarni   1,5-2   yil   mobaynida   kuzatish   hisobiga   irsiy   nishonalarni
rivojlantirishdagi   mashqlarga   barham   beraolishdagi   shaxsiy   imkoniyati   jismoniy
sifatlarini rivojlanishi darajalari bilan aniqlanadi.
Tanlash bosqichlari:
21.1.1 -rasm. Sport tanlovi turlari va uni tashkil qilish tasviri Faqatgina   aynan   ana   shu   xususiyatlarni   hisobga   olish,   ushbu   sifatlarni
rivojlanishi  darajasini hal qiluvchi juda ishonchli bo‘lgan bashoratni ta’min etishi
mumkin.
Jismoniy holatni  o‘rganish bo‘yicha dastlabki  testlash o‘tkazilganidan keyin,
yoki   shu   sport   turi   uchun   muhim   bo‘lgan   ko‘rsatkichlar   navbati   bilan   eng
yuqoridan,   eng   pastgigacha   qo‘yib   chiqiladi.   So‘ngra   yuqori   o‘rtacha   va   pastki
dastlabki   darajalarga   ega   bo‘lgan   guruhlar   ajratiladi.   Qator   sport   turlarida   turli
yoshdagi   bolalar   uchun   baholashning   statistik   normalari   tasdiqlangan:   yuqori,
o‘rta, past. So‘ngra 0,5; 1,5 va 2,0 yildan keyin aynan ana shu ko‘rsatkichlarning
qaytadan   o‘lchanishi   bajariladi   va   quyidagi   formula   bo‘yicha   o‘sish   tempi   (T)
hisoblab chiqiladi. %	100	0		
	
	
g	
g	
X	
X	X	
T
;
bu yerda,   X
0  – 0,5-2 yilda o‘lchanishdagi oxirgi tanlash
                 X
g  – dastlabki ko‘rsatkich.
Shunday qilib,  biz  yuqori, o‘rtacha  va  past   baholash  mumkin bo‘lgan  o‘sish
tempini   (%   larda)   ko‘rsatkichini   olishimiz   mumkin.   Navbatdagi   bosqich   tavsiya
qilingan   chizma   bo‘yicha   yashirin   imkoniyatlarni   aniqlash   hisoblanadi   (21.2.1-
jadval). 
21.2.1-jadval
Sportchilarning yashirin imkoniyatlarini aniqlash chizmasi .
№ O‘rganiladigan ko‘rsatkichlarning
nisbati  Qobiliyatlar tavsifi
1 Dastlabki yuqori daraja + yuqori o‘sishi Eng katta qobiliyat  tempi 
2 Dastlabki yuqori daraja + o‘rtacha
o‘sishi  tempi Katta qobiliyat 
3 O‘rtacha dastlabki daraja + yuqori
o‘sish tempi  Katta qobiliyat  
4 Dastlabki yuqori daraja + o‘sishi tempi
past  O‘rtacha qobiliyat 
5 O‘rtacha dastlabki daraja+ o‘sish tempi
o‘rtacha  O‘rtacha qobiliyat 
6 Dastlabki daraja past+ o‘sish tempini
yuqori  O‘rtacha qobiliyat
7 O‘rtacha dastlabki daraja+ o‘sish tempi
past Kichik qobiliyat
8 Dastlabki daraja past+ o‘sish tempi
o‘rtacha Kichik qobiliyat 
9 Dastlabki daraja past+ o‘sish tempi past Juda kichik qobiliyat
Bunday   tavsiyalar   odatda   bashorat   qilish   uchun   rejalashtirilganligi   ma’lum
bo‘lsada,   jismoniy   sifatlarning   dastlabki   darajasini   rivojlanishi   aynan   shu   turdagi
sport turi uchun zarur bo‘lgan yuqori  darajada  bo‘lishi  va uning tempining yuqori
bo‘lishi ushbu sportchining kelajagi porloq ekanligidan shubhasiz dalolat beradi. 
Quyidagi vazifalarning yechimi bilan tanlovning samaradorligi aniqlanadi: 1)
ideal sportchi etalonini modellashtirish; 2) tanlov mezonlari sifatida ideal sportchi
modelini   tashkil   qiluvchi   belgilar   orasidan   ontogenezda   eng   turg‘un   bo‘lganini
tanlash;   3)   dastlabki   o‘rganilgan   mashqlar   ta’sirini   yo‘qotish;   4)   biologik   yetilish
tempini hisobga olish.
Ideal sportchi etalonini modellashtirish.  Har qanday turdagi faoliyat uchun
organizmning  tuzilishi   va funksiyalarini   ta’min  etuvchi  unga  xos  bo‘lgan  talablar
qatori   xosdir.   Bu   talablar   yuqori   malakali   sportchilarni   maxsus   ish   qobiliyatini
cheklovchi,   organizmning   aks   ettiruvchi   omilli   tuzilmalar   faoliyatida   aks   etiladi. Ushbu   omilli   tuzilmalar   materiallarida   muxsus   sport   ish   qobiliyati
mujasammlashgan barcha parametrlarni qamrab olgan ideal sportchi etaloni tashkil
etiladi.   Tanlov   mezonlari   bo‘lib   faqat   modul   tarkibiga   kiruvchi   belgilargina
kiritiladi.   Masalan,   kislorodni   1-daqiqada   qabul   qilishni   muhim   fiziologik
ko‘rsatkichlardan biridir, lekin u gimnastika yoki og‘ir atletikaga tanlashda tanlov
mezoni   bo‘laolmaydi,   chunki   u   sportchining   maxsus   ish   qobiliyatini
chegaralaolmaydi. 
Ideal   sportchi   modeli   turli   darajada gi   qobiliyatlarni   parametrlaridan   iborat
bo‘ladi (21.2.2-jadval). 
21.2.2 -jadval
Sportchi qobiliyatining darajalari
Qobiliyat darajalari Qobiliyat elementlari
1.Umumiy  Sog‘ligini holati, jismoniy rivojlanish
xususiyatlari,   ish   qobiliyati,
motivasiya
2. Sport Umumiy Sport   texnikalarini   o‘zlashtirishga
charchoqni   yengishga,
tiklanuvchanlik
Maxsus Har   bir   sport   turiga   xoslik
(spesifiklik)
 
Qobiliyatning   dastlabki   ikki   darajasi   sport   tanlovining   dastlabki   bosqichida
ustuvorlik ahamiyatiga ega bo‘lsa, uchinchisi esa-navbatdagi barcha ya’ni ma’lum
sport   turidagi   mashg‘ulotlarga   tanlashda   ahamiyatliroqdir.   Bu   daraja   sport
faoliyatining  natijalari   bilan tavsiflansada,   hatto maxsus  bo‘lsa  ham, barcha  sport
turlari uchun umumiy tavsifga egadir (21.2.3.-rasm).
21.2.3-jadval Maxsus sport tayyorgarligi modeli parametrlarining chizmasi
21.3. Ontogenezda ancha turg‘un bo‘lgan belgilarni tanlash.   Tanlashning
boshlang‘ich   bosqichlarida   ontogenezda   o‘zining   xususiyatlari   bilan   chidamligi,
turg‘unligi   jihatidan   ajralib   turuvchi   belgilardan   tanlov   mezonlari   sifatida
foydalanish   diqqatni   o‘ziga   jalb   qiladi   va   muhim   ahamiyatga   ega.   Masalan,   8-
yoshli   o‘z   tengqurlari   orasida   gavdasining   uzunligi   bilan   ajralib   turuvchi   bola
voyaga   yetganida   ham   ko‘pchilik   holatlarda   shunday   qoladi.   O‘zining   stabilligi
bilan   ajralib   turuvchi   parametrlar,   katta   darajada   genetik   jihatdan   ta’minlanishi
bilan   xarakterlanadi.   Misol   sifatida   odamlarda   bir   qator   morfologik   belgilarning
irsiylanishini keltiramiz.
Morfometrik   belgilarni   avloddan-avlodga   o‘tishi   (ko‘pchilik   mualliflar
bo‘yicha o‘rtacha ma’lumot %) (21.3.1-jadval)
21.3.1. -jadval
Irsiylanishi Morfometrik belgilar
85-90 Gavda   uzunligi,   yelka,   qo‘l   va oyoqlarining uzunligi 
80-85 Tanani  uzunligi, yelka, o‘mrov, son va
oyoq panjalari
70-80 Tana   og‘irligi,   tos   va   sonlarning
kengligi,   yelka   suyagi   va   tizzalar
kengli
60-70 Yelka kengligi, boldir va bilaklar
60 va undan kam Bilaklar, kaft son va boldir yo‘g‘onligi,
yelka va o‘mrov, bo‘yin va dumba.
Fiziologik parametr orasida aerobli va anaerobli unumdorliklar va organizmni
gipoksik   chidamlilik   ko‘rsatkichlari   jiddiy   darajada   genetik   jihatidan
determinasiyalanganligidir.   Jismoniy   sifatlardan   tezlik   va   portlaydigan   kuch
aerobli va anaerobli chidamliliklar genetik nazorat ostida bo‘ladilar.
Turg‘un   bo‘lmagan   parametrlar,   jiddiy   darajada   tashqi   muhit   ta’sirida
o‘zgaruvchan   bo‘ladilar   (masalan,   statik   kuch,   yurakning   qisqarish   chastotasi).
Shuning   uchun   ulardan   tanlovning   boshlang‘ich   bosqichlarida   mezon   sifatida
foydalanish   mumkin   emas,   chunki   ular   ko‘p   yillik   mashg‘ulotlar   davomida
maqsadli   o‘zgarishlarga   uchrashi   mumkin.   Uzoqligi   bo‘yicha   bashoratning   4   turi
farqlanadi: operativ -1-2 oyga, qisqa muddatli- 2-12- oygacha, o‘rta muddatli 1-4
yilgacha, uzoq muddatli- 4-8 yilgacha.
Operativ bashoratni mezonlari komandani navbatdagi musobaqalarga ishtirok
etishi uchun tanlovda foydalaniladi. Qisqa muddatli bashorat sport tayyorgarligini
navbatdagi   bosqichini   rejalashtirish   uchun   zarur.   O‘rta   va   uzoq   bashoratlarning
mezonlari tanlovning dastlabki bosqichlari uchun yaroqlidir.
Genetik   determinasiyaning   shafqatsizligi   bilan   ta’minlanuvchi   belgilarning
turg‘unlik   darajasi   turli   yo‘llar   bilan   aniqlanadi:     shular   orasidan   ikki   usuli   juda
ishonchli   hisoblanadi;   egizaklar   va   longito‘dinalli   (ya’ni   uzoq   muddatli
kuzatishlar) tadqiqotlar. Uzoq muddatli kuzatishlarda belgilarning aniqligini qator yillar davomida har
yili   yetarli   darajada   ishonchli   bo‘lgan   bolalar   guruhida   tekshiriladi.   Turg‘unlik
ko‘rsatkichlari bo‘lib bolalikni har yili (yuvenilli) bilan voyaga yetgan (definitivik)
yoshlar orasidagi belgilari bo‘yicha korreksiyasi koeffisenti xizmat qiladi. 
Egizaklar   usulida   esa   belgilarning   genetik   jihatidan   ta’minlanish   darajasi
aniqlanadi.   Miqdoriy   jihatidan   baholashni   esa   monozigotali   (bir   zigotali)   va
dizigotali   (ikki   zigotali)   egizaklardagi   ichki   qo‘shaloq   belgilarning   farqlarini
ishonchlilik nisbatini aks ettiruvchi Xolsinger (H 2
) koeffisiyenti beradi. U quyidagi
formula   bilan   aniqlanadi:   N 2
=(MЗ	D	2	2	3			 ):   32
D	
;   bu   yerda   2	
–   o‘rtacha
kvadratdagi kvadratik og‘ish, ya’ni dispersiya hisoblanadi.
Tanlov   o‘tkazish   paytida   tekshirishlardan   olingan   ko‘rsatkichlarni   to‘g‘ri
baholash   muhim   ahamiyatga   ega.   Bu   borada,   ikkita   omilni   hisobga   olish   diqqat
e’tiborni o‘ziga jalb qiladi: oldindan o‘rganilgan va biologik yetilishning templari.
Oldindan   o‘rganilganlarning   turli   tumanligi     dastlabki   mashqlarni   (mashq
bo‘lmagan   harakatlar)   bir   xildagi   nishonlarga   ega   bo‘lganligi   tufayli,   ushbu
nishonlar bilan ta’minlangan qobiliyatlarning darajasi keskin farq qilishi mumkin. 
Biologik yetilish templarini hisobga olish ko‘rsatkichlar  darajasini  tekshirish
paytida aniqlanadi, ya’ni tanlov mezonlarini har bir yoshda pubertat davrida ancha
kuchli biologik yetilishi tempiga bog‘liqdir.
« Pubertatli   sakrash »   davrida   akseleratlar   o‘lchamlari   organizmni   asosiy
fiziologik   tuzilishlarning   unumdorligi   bo‘yicha   vaqtinchalik   ustunlikka   ega
bo‘lsalarda,   voyaga   yetish   davrining   boshida   esa   bu   belgi   va   ko‘rsatkichlar   past
darajalarga tushib qoladi. Shuning uchun tanlov mezonlarini  ahamiyatini kalendar
bo‘yicha emas, balki biologik yosh bilan baholash zarur bo‘ladi. Bundan tashqari
biologik   yetilishning   templari   tanlashda   mustaqil   mezon   bo‘lib   xizmat   qilishi
mumkin. 
Sport   tanlovini   tashkil   qilish   usulining   umumiy   nizomi   ma’lum   turdagi
sportga tanlovni tashkil qilish tezligini ishlab chiqishda quyidagi holatlardan kelib
chiqish tavsiya qilinadi: 1.   Sportga   bo‘lgan   qobiliyatni   10-12   yoshda   aniqlash   mumkin,   lekin   6-8
yoshdan   boshlab   uning  ba’zi   elementlarini   bashorat   qilish   mumkin.   Bashoratning
ishonchliligi sensitiv davrida pasayadi
2. Tanlov uzoq muddatli, ko‘p bosqichli jarayon. 
3. Har bir  sport  turiga tanlovning maxsus tizimi  xosdir. Tanlovni texnologik
jihatdan   tashkil   qilish   tizimi   navbatma-navbat   aniq   bajariladigan   zanjirli
harakatlardan iborat.
4. Kelajak va bosqichlar bo‘yicha sportchi modelini tanlash va ishlab chiqish 
5.   Bashoratdan   uzoqlik   diapazonlari   bo‘yicha   tanlov   mezonlarini   guruhlarga
bo‘lish 
6. Aynan ushbu bosqich uchun mezonlar tanlash.
7. Bolaning dastlabki o‘rganilganligi va biologik yoshini hisobga olgan holda
ko‘rsatkichlarni tekshirish va baholash.
8.   Bosh   mezonlar   bo‘yicha   zarur   ko‘nikmalar   o‘lchamining   va
rajalashtirilayotgan   tayyorgarlik   bosqich   davrida   uni   ish   bajarish   samarasini
aniqlash.
9. Sportga loyiqligi haqida qaror qabul qilish .
4. Turli sport turlarida tanlash tizimi
Sport   tayyorgarligi   omillarining   o‘ziga   xos   xususiyati   har   bir   tur   uchun
alohida   yoki   sport   turlari   guruhlari   uchun   tanlash   tizimining   ishlab-chiqish
zaruratini keltirib chiqaradi.
Misol tariqasida asiklik kombinasion mashqlar vakili bo‘lgan gimnastikaning
sport   turlari   uchun   belgilangan   tanlov   tizimidan   birining   tuzilishi   xususiyatlarini
ko‘rib   chiqamiz.   Mavjud   bo‘lgan   bir   necha   variantlardan   jiddiy   darajada
asoslangani va deyarlik doimo foydalanib kelayotgani, sport tanlovini 3 bosqichda
farqlanadi:  dastlabki ,  asosiy  va  hal qiluvchi .
Tanlovning   boshlang‘ich   bosqichi   sportga   tayyorgarligi   dastlabki   davrini
kechishi   davomida   5-7   yoshda   amalga   oshiriladi.   Bunday   tayyorgarlikni   asosiy vazifasi   testlash   natijasida   dastlabki   yoki   oldindan   o‘rganilgan   mashg‘ulotlarni
ta’sirini bartaraf qilishdan va tanlovda ishtirok etuvchi bolalarni o‘rganiluvchanligi
haqida   qo‘shimcha   axborotlar   olishdan   iboratdir.   Qo‘yilgan   vazifalarga   ko‘ra
tayyorgarlikning   hajmi   va   xarakteri   ko‘p   variantlidir:   testlovchi   mashg‘ulotlarda
maxsus   mezoniy   tayyorgarlik   ko‘rishni   qamrab   oluvchi   6   ta   mashg‘ulotlardan
dastlabki   sport   tayyorgarligini   3-6   oygacha   davom   etadigan   bosqichi.   Bu   tanlash
bo‘lgandan keyin ushbu sport turi mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishi uchun tanlab
olingan bolalar dastlabki ixtisoslashgan tayyorgarlikga kirishadilar, qolganlari esa
umumiy jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini bajarishni davom etadilar. 
Tanlanuvchi eng avvalo sog‘lom bo‘lishi zarur, qaysiki usiz katta mashqlarni
yuklamalarni   bajarish   turlicha   moslashishi   va   funksional   ko‘rsatkichlarga   muhim
e’tibor beriladi.
Murrakkab   koordinatsiyalanuvchi   sport   turlariga   tayyorgarlik   bosqichlari
bo‘yicha tanlov mezonlari 21.4.1-jadvalda ko‘rsatilgan.
21.4.1 -jadval.
Tanlov
bosqichlari Sport tayyorligi bosqichlari Tanlov mezonlari
Joriy Rejalashtiruvchi
1.Boshlang‘ich Dastlabki  Boshlang‘ich   sport
ixtisoslashuvi Salomatlik holati, tana o‘lchami va
proporsiyasi,   egiluvchanlik
harakat   koordinatsiyasi,
vestibulyar   chidamlilik,   oliy   asab
faoliyati   xususiyatlari,   sport
motivasiyasi 
2.Asosiy Boshlang‘i
ch   sport
ixtisoslashu
vi Chuqurlashtiril-gan
sport tayyorgarligi 1-bosqich   mezonlarini   aniqlash,
semirishga   moyillik,
o‘rganuvchanlik,   sport   natijalarini
o‘sishi,   tayorgarlik   mashqlarini
bajarilishi, tayyorgarlik  
3. Hal qiluvchi  Chuqurlash Sport   mahoratini 1   va   2-   bosqichlar   mezonlarini -tirilgan
sport
tayyorgar-
ligi takomillashtirish aniqlash,   imkoniy   va   jinsiy
reaksiya   belgilarining   rivojlanishi,
sport   natijalari   darajasi   va
turg‘unligi,   funksional
tayyogarlik.
Sport   gimnastikasi   mashg‘ulotlari   bilan   shug‘ullanuvchilar   orasidan
jismoniy rivojlanishi jihatidan sust rivojlangan tipdagi tana uzunligi va tirik vazn -
o‘sish   indeksi   past   yoki   o‘rtachadan   past,   qizlar   o‘rtasida   ko‘krak-astenik,   o‘g‘il
bolalar o‘rtasida mezomorf konstitutsiyali ishonch bildiradi.
Tanlovni mezonlari sifatida harakat koordinatsiyasi qobiliyati va u bilan uzviy
bog‘liq   bo‘lgan   oliy   asab   faoliyati   va   sensor   tizimlarining,   qaysiki
qo‘zg‘aluvchanlik   va   markaziy   asab   tizimining   oliy   bo‘limlari   neyronlarining
harakatchanligi   hamda   shartli   reflektor   faoliyati   kabi   xususiyatlar   muhim
ahamiyatga ega.
Sport   gimnastikasining   barcha   turlarining   tanloviga   dastlabki   bosqichida
mezonlar   sifatida   koordinatsiyaga   oid   test   ko‘rsatkichlari   olinadi.   Bu   testlardan
foydalanishni haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilish bilan zarurdir.
Harakat   sezuvchanligi   va   vestibulyar   sensor   tizimlariga   test   vaqtida   diqqat
qilish yoki e’tiborga olish hajmini hisobga olish tavsiya qilinadi.
Ma’lumki, vestibulyar sezuvchanlikni aniqlash texnik jihatdan mumkin emas,
shuning   uchun   sezuvchanlik   bilan   vestbulyar   turg‘unlik   (chidamlik)ni   aniqlash
uchun maxsus testlardan foydalaniladi.
Tanlovning   empirik   usullari   mezonlar   sifatida   harakatlanish   sifatlari
ko‘rsatkichlaridan   foydalanish   mumkin.   Ammo   bunday   ko‘rsatkichlar,   ya’ni
umumiy   epchillik,   qo‘llar   koordinatsiyasi,   mushaklarning   statik   kuchi,   mahalliy
chidamlilik va  boshqalar   genetik jihatidan  kam  ta’minlangan  va ulardan  tanlovda
foydalanishning   samarasini   pasaytiradi.   Sport   motivasiyasini   namoyon   qiluvchi
sifat – egiluvchilik bo‘lishi mumkin. Chuqur   tayyorgarlik   ko‘rish   bosqichidan   oldin   sport   gimnastikasining
turlarida   tanlovni   asosiy   bosqichi   odatda   9-10   yoshlarda   amalga   oshiriladi.   Yog‘
to‘qimalari   jamlanishga   moyillik,   sport   texnikalarini   o‘rganish,   katta  tayyorlanish
yuklamalarini yenga olish kabi qo‘shimcha ravishda qator mezonlar kiritiladi. 
Maxsus   jismoniy   tayyorgarlikning   harakat   testlari   yordamida   jismoniy
tayyorgarlikni   testlash   zamonaviy   va   samarali   hisoblanadi.   Bundan   tashqari   bosh
mushak   guruhini   kuchini   va   ularning   statik   chidamliligini   o‘lchash   uchun
polidinamometriyani ham tavsiya qilish mumkin.
Tanlovning   hal   qiluvchi   bosqichida   sport   qobiliyatlar   oliy   darajada gi
sportchilarni   tanlash   uchun   imkoniyatlar   beradi.   Bu   tadbir   sport   mahoratini
takomillashtirish   bosqichi   oldidan   o‘tkaziladi.   Boshlang‘ich   va   asosiy   bosqichlar
mezonlari   asosida   qayta   tekshiruv   tashkil   qilinadi,   jinsiy   va   jismoniy   rivojlanish
kabi   yangi   belgilar   aniqlab   olinadi.   13-14   yoshli   qiz   gimnastikachilarda   musbat
belgi bo‘lib biologik yosh bilan texnik mahorat darajasi orasidagi aniq korreksiya
hisoblanadi.   Eng   maqbul   bashoratga   oid   belgilardan   bo‘lib   qiz   bolalarga   12-13
yoshgacha   va   o‘g‘il   bolalarda   14-15   yoshgacha   «o‘sishning   sakrash»ini
bo‘lmasligi hisoblanadi.
Tanlovning   hal   qiluvchi   bosqichida   sport   bilimdonlarini   bashorat   qilishda
sport   musobaqalarini   natijalarining   darajasi   va   turg‘unligi   bosh   ahamiyatni   kasb
etadi. Funksional jihatdan tayyorgarlik darajasi ma’lum  darajada gi ahamiyatga ega,
chunki spesifik chidamlilikni namoyon bo‘lishi unga bog‘liqdir.
Sportning   siklik   turlarida   tanlash   usullari   qator   xususiyatlari   bilan   farq
qiladi, qaysiki ular uchun chidamlilikni turli xildagi ko‘rinishlarini takomillashishi
xaraterlidir (o‘rta va uzoq masofalarda yugurish, suzish)
O‘rta   masofaga   yuguruvchilar   uchun   nisbatan   uzoq   muddat   davomida
yuqori tezlikda yugurishning saqlash qobiliyati xarakterlidir.
Ish   qobiliyatining   omiliy   tuzilmalari   odatda   umumiy   chidamlilik   (aerobli   ish
qobiliyati-45% ga yaqin) va uzoq sprintga tayyorlik darajalaridan tashkil topadi, bu
esa   aerobli   samaradorlikni   xaraterlaydi.   O‘rtacha   masofalarga   yosh
yuguruvchilarni tanlash va ularning qobiliyatini bashorat qilish maqsadida umumiy chidamlilikni   namoyon   bo‘lishi   harakatlanuvchi   yugurish   testlaridagi   o‘sish
templarining natijalari kabi integral mezonlarga ishonch bildiradi. II-III   razryadli
yuguruvchilarda tinchlik paytida nafasni ushlab turishi va 1000 m ga sport natijasi
bilan   dinamik   ish   bajarish   paytidagi   ko‘rsatkichlari   orasida   yuqori   bog‘lanish
kuzatiladi.   O‘smirlarning   yugurishga   chidamlilik   qobiliyatini   faqatgina   1,5   yillik
ixtisoslashtirilgan   mashg‘ulotlardan   keyin   bashorat   qilish   mumkin,   bu   bashorat
faqat   umumiy   va   sportga   chidamlilik   darajalarini   aniqlabgina   qolmay,   balki
ularning   o‘sish   templarini   ham   hisobga   oladi.   Energiya   bilan   ta’minlashning
aerobli   va   anaerobli   mexanizmlarini   hajmi   va   quvvati   parametrlarining   hamda
ularning   funksional   samaradorligini   testlash   juda   muhimdir   (21.4.2.-jadval).
Bunday ko‘rsatgichlar orasida kislorodni o‘zlashtirish hajmini bevosita va bilvosita
aniqlash usuliga, va uni ushlab turish yoki kritik tezligi maksimal anaerobli quvvat
ko‘rsatgichlarini laktatni jamlanish tezligi va uning maksimal o‘lchamini aniqlash,
imkoniyati   bo‘lgan   kislorod   taqchilligi   va   uning   tez   (alaktatli)   va   sekin   (laktatli)
fraksiyalarni   aniqlash   va   ishning   samaradorligini   kompleks   ko‘rsatkichlarini
aniqlashlar ishonch bildiriladi (21.4.2-jadval). 
Suzishga tanlash  usuli jiddiy xususiyatlarga ega. Yuqori sport razryadiga ega
bo‘lgan   suzuvchilar   juda   yaxshi   jismoniy   rivojlanishga   egadirlar:   baland   bo‘y,
proporsional   tana   tuzilishi   va   o‘pkaning   tiriklik   sig‘imi   yaxshi   gidrodinamik
sifatlarni ta’min etadi.
21.4.2-jadval
Funksional samaradorlik darajasini komplks baholash chizmasi.
Test nazorati
natijasi Qondagi sut kislotasining
miqdori Baho, ballarda
Yuqori (<X-δ)  Kichik 9
O‘rta 8
Katta 7
O‘rtacha (X±δ) Kichik 6 O‘rta 5
Katta 4
Past (>X+δ) Kichik 3
O‘rta 2
Katta 1
Suzishdagi   muvaffaqiyatlar   odatda,   suvdagi   og‘ir   kuchlanishlarini
rivojlantirish   o‘lchamlari,   aniqlanuvchi   sportchining   kuchlilik   borasidagi
tayyorgarlik darajasi bilan ta’minlanadi. Kuchlilik imkoniyatlarini baholash uchun
foydalaniladigan   testlarga:   balandlikka   sakrash,   joyidan   turib   uzunlikka   sakrash,
mushaklarni   og‘irlik   ko‘tarish,   statik   kuchini   aniqlash,   qo‘llarni   turli   holatlarida
eshkak   eshishdagi   asosiy   yuklamani   olib   berish   kabi   testlar   mashg‘ulotlar   kiradi.
Tendensiyalarda 30- soniyalik ishda tezlik kuchlilik chidamlilikni va 3 – daqiqalik
trenajordagi   ishda   kuchlanishga   chidamlilikni   baholash,   suvda   bir   qo‘liga,   bir
oyog‘iga   og‘irlik   bog‘langan   va   to‘liq   koordinatsiya   paytlaridagi   baholar
jamlangandan   keyin   kuchlilik   imkoniyatlaridan   foydalanish   koeffitsenti   va
koordinatsiya   koeffitsentlari hisoblanadi. Bu paytda suzish texnikalarini ratsional
ravishda   to‘liq   egallanishi   chidamlilik,   tezlik   va   kuchlilik   imkoniyatlarini   to‘liq
rivojlantirish   imkoniyatini   to‘liq   ta’minlovchi   bo‘g‘inlarning   harakatchanligi
muhim   rol   o‘ynaydi.   Yelka   bo‘g‘inlaridagi   harakatchanlik   qo‘lni   orqaga
qaytarishdagi olinadigan minimal kenglik bilan aniqlanadi. 
Suzishga   bo‘lgan   sport   qobiliyatini   bashorat   qilish   imkoniyatlarini   beruvchi
turg‘un   belgilar   qatoriga   tana   skeletining   o‘lchamlari,   bug‘unlarning
harakatchanligi,   jismoniy   (aerobli   va   anaerobli)   ish   qobiliyati,   gidrodinamik
sifatlari,   kuchlilik   ko‘rsatkichlari   va   shaxsiy   psixologik   xususiyatlarini   kiritish
mumkin. 
Tanlovning   turli   bosqichlarida   yuqori   toifadagi   suzuvchilarni   oxirgi
jismoniy   jihatdan   tayyorlanganligi   modeli   deb   ataluvchi,   ushbu   modelga
kiruvchi   ko‘rsatkichlarning   turg‘unlik   darajalari   hamda   biologik   rivojlanish
xususiyatlarini nazarda tutilish kerak.  Tanlovchi   birinchi   bosqich   tayyorgarlik   boshlangunga   qadar   muhim
morfometrik   belgilar   bo‘yicha   ajraladi.   Suzishga   o‘rganishning   boshlang‘ich
bosqichidan   keyin   (36   darsdan   keyin)   suzuvchanligi,   silliqligi,   muvozanat
saqlashlari   aniqlanadi.   Chidamlilikni   rivojlvnish   darajasini   faqatgina   1,5-2   yil
suzish bilan shug‘ullanganidan keyin spesefik testlar yordamida aniqlash mumkin.
Tanlovni   2-bosqichi   2-yillik   shug‘ullanishdan   keyin   o‘tkaziladi.   Bu   bosqichda
faqatgina   test   o‘tkazish   bo‘yicha   qo‘yilgan   mutloq   ko‘rsatkichlarga   e’tibor
berilmay, balki dastlabki testlash natijalariga nisbatan o‘sish ham hisobga olinadi.
Testlash dasturiga, suvda bog‘langan og‘irlikni ko‘tarish, maksimal tezlikka qisqa
intervalli dam olish yo‘li bilan (45,30,15s)4x50 m masofani suzib o‘tish vaqtining
umumiy   baholari   qo‘shimcha   ravishda   qo‘shiladi.   Tanlov   mezonlari   sifatida
aerobli   unumdorlik   parametrlarini   aniqlash   ham   maqsadga   muvofiqdir.   Bevosita
yoki   bilvosita   kislorodning   daqiqalik   hajmini   testlash   albatta   zarur.   Odatda
masofani   suzib   o‘tganidan   keyin   emas,   balki   testdan   keyingi   15-20   soniya
davomida   aniqlab,   so‘ngra   bir   daqiqaga   sarhisob   qilish   maqsadga   muvofiqdir.
RWS   130usul   tamoili   bo‘yicha   suzish   tezligi   puls   170   zarb   bir   daqiqada   tezlikni
oshiruvchi   2-3   yuklama   yordamida   (masalan,   3x200m,   150,   140   va   130s
davomida)   va   kelgusida   V
170   aniqlash   bilan   aniqlash   tavsiya   etiladi.   Qon
tarkibidagi   laktatni   aniqlash   aerobli   mehanizmni   samaradorligini   yaxshi   aks
ettiruvchi anaerob almashinuvining porogi o‘lchamini sarhisob qilish imkoniyatini
beradi,   yuqori   tezlikda   4x50   m   masofaga   va   15   soniyalik   dam   olish   intervalini
testdan keyin aniqlash esa glikolitik hajmi haqida gap yuritish imkonini beradi. 
Tanlov   uchun   yuqori   qiymatga   ega   bo‘lgan   ko‘rsatgichlardan   bo‘lib   yuqori
sport   natijalari   bilan   korrelyasiyalanuvchi   ko‘rsatkichlar   hisoblanadi   va   ular   bu
paytda yetarlicha turg‘unlik xususiyatga ega bo‘ladi. Ular qatoriga: tortish kuchi va
oqim   tezligi   0,6-0,8   m/s   bo‘lganida   gidrokanaldagi   ko‘tarish   kuchi,   bu   maxsus
kuch   ko‘rsatgichi   hisoblanmay   balki   suzuvchanlik   qobiliyatini   ham   ko‘rsatadi.
Tanlovda   asosiy   e’tibor   suzish   qadamini   hisobga   olishga   qaratiladi,   chunki   u
operativ   nazorat   qilish   usuli   hisoblanadi.   Qiz   bollar   uchun   10   yoshdan   va   o‘g‘il
bolalar   uchun   12   yoshdan   test   dasturlariga   glikolitik   quvvatning   mexanik ekvivalentini   hisoblanuvchi   ∑ t 4x50 m ,   standart   suv   maksimal   ishlarini   bajarish
paytda   CO
2 (YexcCO
2 )   ortiqcha   ajralish   ko‘rsatgichi   funksional   samaradorlik   va
iqtisodiy ko‘rsatgichlar sarhisobi kabi ko‘rsatgichlar qo‘shilishi mumkin. 
Qizlar uchun 10-13 yosh va o‘g‘il bollar uchun 13-15 yoshda tanlash uchun
muhim   mezon   bo‘lib   biologik   yetilish   darajasi   bo‘lib   qoladi.   Mo‘tadil   yoki
sekinlashgan   jinsiy   yetilish   belgilarida   yuqori   darajada gi   funksional   va   jismoniy
rivojlanishga ega bo‘lgan bolalarga ishonch bildiriladi (F.Yngier, 1991). 
Test   dasturlari   xuddi   tanlovning   ham   antropometrik   va   gidrodinamik
mezonlarni,   bevosita   fiziologik   usullar   yordamida   yoki   ularning   ergometrik
analoglari   yordamida   olingan   quvvatning   ko‘rsatkichlarini,   aerobli   glikolitik   va
alaktatli   mexanizmlarni   hajmi   va   samaradorligini   ham   qo‘shish   kerak   bo‘ladi.
Suzuvchilarning   porloq   kelajagi   jismoniy   rivojlanishi,   kuchli   tayyorgarligi   va
maxsus   ish   qobiliyatining   umumiy   miqdorini   baholash   asosida   aniqlanadi,
qaysikkim   bular   uchun   maxsus   mezoniy   normativ   shkalalari   ishlab   chiqilgan.
Sportchini   takomillashtirish   bosqichiga   tanlashda   o‘ta   qobiliyatli   xalqaro
darajada gi   natijalarga   erishishi   mumkin   bo‘lgan   suzuvchilarni   ajratib   oladi.
Tanlovning bu bosqichida jismoniy va funksional imkoniyatlarni bashorati yuqori
ishonchlilik kasb etadi. 
Ammo sportda erishiladigan natijalarni darajasi turli  darajada gi mashg‘ulotlar
seriyasi   sharoitidagi   ekstremal   omillarni   yengishda   sportchining   ruhiy   jihatdan
ishonchliligiga   jiddiy   darajada   bog‘liqdir.   Ushbu   bosqichdagi   test   dasturlari
avvalgi   bosqichdagi   ko‘rsatgichlarni   qamrab   oladi.   Bu   paytda   ayrim
ko‘rsatkichlarni rivojlanish darajasi baholanadi, so‘ngra esa morfometrik, kuchlilik
va ushbu ko‘p bosqichdagi tekshiruvlaridagi funksional ko‘rsatgichlarning yig‘indi
bahosi   baholanadi.   Ayrim   bashoratlar   umumiy   suzishdagi   bo‘lajak   natijalar
bashoratiga qo‘shiladi. 
Sport   o‘yinlariga   tanlash   (voleybol   misolida)   quyidagi   asosiy   jihatlarni
qamrab oladi: 
Morfologik.   Voleybolchilar   uchun   tana   uzunligining   o‘lchamlari   muhim
ahamiyatga   ega;   bu   paytda   bo‘yinning   balandligini   ustunligi   voyaga   yetgan sportchilarda saqlanib qoladi. O‘yin darajasiga qo‘lning va barmoqlarning uzunligi
ma’lum   ta’sir   ko‘rsatadi.   Bundan   tashqari   tananing   komponentlari   o‘lchami   va
oyoqlarning shakli ham hisobga olinadi. 
Psixofiziologik.     Tanlovni   barcha   bosqichlarida   operativ   fikrlash,   kinestetik
sezuvchanlik   va   emosional   irodali   jarayonlarni   baholash   kerak   bo‘ladi.
Psixofiziologik   sifatlar   o‘yin   faoliyatini   asosini   tashkil   etadi,   ular   dinamikasining
texnika   taktik   tayyorgarlik   kabi   o‘yin   samaradorligini   muvoffaqiyatini   aniqlab
beradi. 
Jismoniy   tayyorgarlik.   Jismoniy   tayyorgarlik   darajasi   standart   testlar   bilan
aniqlanadi:   yuqori   start   bilan   30   m   ga   yugurish   va   «almashinuvchi   yugurish»
(6x5m);   6   nuqtadan   yo‘nalishini   o‘zgartirib   «archa»   tuzimi   bo‘yicha   maydon
bo‘ylab yugurish (92m); tezlik va tezlik chidamlilik voleybol maydonchasi bo‘ylab
tez   joyini   o‘zgartirish   test   bo‘yicha   (test   9-3-6-3-9);   joydan   yuqoriga   va   yugurib
kelib   sakrash;   joyidan   balandlikka   sakrash;   seriyali   sakrashlar   (maxsus
chidamlilik)   va boshqa   testlarda aniqlanadi.  Tanlovni  boshlang‘ich  bosqichida  bu
testlarning   ahamiyati   ortiqcha   baholash   mumkin   emas,   chunki   hali   o‘rganish
jarayoni   davom   etayotgan   davrdir.   Tanlovni   boshlang‘ich   bosqichida   texnika
taktik  tayyorgarlik, qobiliyatlilik belgilarini aniqlash sifatiga emas balki ko‘nikma
va   mahoratlar   kompleksi   sifatida   aniqlanadi.   Hal   qiluvchi   bosqichda   bu   turdagi
tayyorgarlik eng ahamiyatli mezonlardan biri hisoblanadi. 
Tanlovning   barcha   bosqichlarida   musobaqalik   faoliyatini   baholash   muhim
ahamiyatga ega: bu vaqtda hujumdagi va himoyadagi harakatlarning samaradorligi
o‘zaro aloqada bo‘lgan harakatlar jangi sifatidagi hisobga olinadi. 
Pedagogik jihatlar   tanlovchi bosqichlariga bog‘liq holda o‘ziga chidamlilik,
sportga   taluqliligi   yoki   voleyboll   o‘ynashga   qobiliyatliligi   o‘yinga   ishtirok
etadigan va trenirovkadagi xulq-atvorni kuzatish tayyorgarlikning turli tomonlarini
pedagogik   tadqiq   qilish   va   o‘yin   faoliyati   samaradorligining   intervalini   baholash
o‘z ichiga oladi. 
Ijtimoiy   jihatlar.   Komandaga   xos   bo‘lgan   guruhdagi   rivojlanish
muammolarini,   mos   kelishi,   karvonboshlik   va   boshqalarni   baholash   bilan xarakterlanadi. 
Tibbiy   jihatlar.   Sog‘liq   holatini   tahlili,   biologik   yoshini   aniqlash   bilan
xarakterlanadi. 
Shunday qilib, har  bir  sport  turi  bo‘yicha tanlovda omillarni  tasvirlovchi  ish
qobiliyatini chegaralovchi testlarning mutaxassislari mavjuddir.
Adabiyot
1. Azimov I.G., Sobitov SH.S. Sport fiziologiyasi. T., 1993, 253 b.
2.   Agadjanyan   N.A.,   Tell   L.Z.   Sirkin   V.I.,   CHesnokova   S.A.   Fiziologiya
cheloveka. Uchebnik. – S. Pb., «Sotis», 1998, 527. s.
3 .  Batuev A.S. V ы sshaya nervnaya deyatelnost. M., 1991, 324 b.
4.   Solodkov A.S., Sologub E.B. Fiziologiya cheloveka (ob щ aya sportivnaya,
vozrastnaya): - Moskva, «Sport», 2015, 610 s.
5.  Solodkov A.S., Sologub E.B. Fiziologiya sporta. - Spb, 1991. 229 s.
6.   Txorevskiy   V.I.   Fiziologiya   cheloveka.   M.:   Fizkultura,   obrazovanie   i
nauka. 2001.
7.   Kots   Ya.M.   Sportivnaya   fiziologiya.   Uchebnik   dlya   IFK,   Moskva:   FiS,
1986, 240 b.
8. Tkachenko B.I. Osnov ы  fiziologii cheloveka. S.P. 1994.
9.   Uilmor   D.,   Kostill   D.L.   Fiziologiya   sporta   i   dvigatelnoy   aktivnosti.   M.,
1997 (per s angl), 504 b.
10. Stuart Y. Fox. Human physiolohical. WKB and Oxford. – England., 1993,
438 s.
11.   Smirnov   V.M.,   Dubrovskiy   V.I.   Fiziologiya   fizicheskoo   vospitaniya   i
sporta. – Moskva, «Vlados press», 2002, 605 s.
12. Yngier F. Maximal oxygen uptake asou predictor of performance ability in
wonen and men elite cross country skiers. – Scandinavian Yournal of Medicine. –
Science of sports. 1991, №1, 25-30 pp.

SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHGA TANLASHNING FIZIOLOGIK ASOSLARI. Reja : 1. Sport bilan shug‘ullanishga tanlash haqida umumiy tamoyillar; 2. Sportchilik qobiliyatn6i bashorat qilish. Ideal sportchi etalonini modellashtiri; 3. Ontogenezda ancha turg‘un bo‘lgan belgilarni tanlash; 4. Turli sport turlarida tanlash tizimi;

1. Sport bilan shug‘ullanishga tanlash haqida umumiy tamoyillar. Jismoniy mashqlar har bir insonning hayotida muhim, lekin har xildagi ahamiyat kasb etadi. Bu esa organizmning individual morfologik va funksional xususiyatlariga bog‘liqdir. Masalan, jismoniy rivojlanishdan qolgan bolalar uchun korreksiyalovchi jismoniy mashqlar zarur bo‘lsa, boshqalari uchun sport turi bo‘yicha rekord natijalariga erishish imkoniyatiga ega bo‘lish sport bilan shug‘ullanishni tavsiya qilish mumkin. Sportga tanlash – bu tanlab olinadiganlarni qobiliyatini oldindan aniqlash asosida sport faoliyatini bajarishishi mumkin ekanligini tasdiqlashdir va murabbiy faoliyatining ajralmas qismidir. Tanlash usuli faqatgina yetarlicha tibbiy-biologik nuqtai-nazardan asoslangan tamoyillar asosida bajarilgandagina samarali bo‘lishi mumkin. Sportga tayyorlash guruhiga bolalarni tanlashda takomillashmagan usullardan foydalanish natijasida sportga tayyorlash guruhiga spott bilan shug‘ullanishga qobiliyati bo‘lmagan bolalar ham tushib keladi. Bunday bolalardan yuqori sinfdagi sportchilar tayyorlash uchun sarflanadigan mehnat va material vositalari samarasiz hisoblanadi. Bo‘ladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi komandaga ishtirokchilar tanlashning yana bir shakli mavjuddir. Tanlashning bu turi uzoq muddatli bashoratlarni talab qilmaydi va uslubiy jihatdan juda oddiy. Tayyorlash guruhiga dastlabki tanlash ikki yo‘l bilan bajariladi: jismoniy- sport oriyentasiya yoki sport seleksiyasi shakllarida. Jismoniy-sport mo‘ljallashuvning mohiyati bo'yicha qobiliyatli va harakatchan bolalarni aniqlash, tayyorlash guruhidan qobiliyatli bolalarni tanlab olish yo‘li bilan yuqori sport natijalariga erishish mumkin. Bunday bolalar ko‘p emas, bor yo‘g‘i 3-5% ni tashkil etadi. Qolganlariga esa sog‘lig‘i va jismoniy tayyorgarligi hisobiga olingan holda maxsus dastur asosida umumiy sog‘lomlashtirish tayyorgarligi uchun tavsiya qilinadi.

Nozik, jismoniy rivojlanishi jihatdan ma’lum asoratli bolalar taklif qilinadi. Bunday oriyentasiyaning birinchi bosqichi maktab yoshigacha bo‘lgan muassasalarda mavjud bo‘lgan va tashkil qilingan tadbirlarni qamrab oluvchi 5-7 yoshli bolalarda o‘tkazish tavsiya qilinadi. Yuqorida qayd qilingan turdagi tanlash asosida faqatgina murabbiylar tomonidan istalgan, lekin kelajakdan ancha uzoq bo‘lgan xohishdir. Hozirgi paytda sport seleksiyasidan keng foydalanilmoqda. Bu tanlash ancha tor doiradagi masalalarni yechadi, ma’lum turdagi sport bilan shug‘ullanishiga yoki tanlangan turdagi sportning navbatdagi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rishga qodir ekanligi yoki qodir emasligi aniqlanadi. Sport seleksiyasining ikki turi farqlanadi: saralash va tanlovdan o‘tmaganlar. Saralash – sportning ushbu turi bo‘yicha o‘z xohish muammolarini yecha olmagan yoki sportning ushbu turi bilan shug‘ullanishni istamagan bolalar kiradi. Saralash odatda maktabgacha bo‘lgan muassasalarda va maktablarda o‘tkaziladi va ajratish uchun loyiq bo‘lmagan, lekin shug‘ullanishni istovchilar qatoridan tanlab olinadi. Sportchilar tayyorlash guruhiga saralash tamoyili ko‘p yillardan buyon davom etib kelmoqda va u ko‘p bosqichlidir. Yuqorida qayd qilingan dastlabki saralash bosqichidan tashqari yana (ayrim paytlarda undan ham ko‘p) asosiy va hal qiluvchi bosqichlari mavjud, bularni o‘tkazish paytida sportga tayyorlashning navbatdagi ancha yuqori bosqichlarini egallashi mumkinligi tekshirib ko‘riladi va aniqlanadi (21 .1.1.-rasm). 2. Sportchilik qobiliyatini bashorat qilish . Saralashning ob’ekti bo‘lib, tanlab olingan shaxsni ushbu turdagi faoliyatining bajarishdagi turli tuman o‘rtachadan yuqori bo‘lgan qobiliyatlari hisoblanadi. Sportga tanlashda bita muammo hal qilinadi, ya’ni tanlab olingan shaxs, tanlangan sport turi bo‘yicha tayyorgarlikning ma’lum muddatida o‘z mahoratining oshira oladiki, sportchining yashirin imkoniyatlari qanday ekanligi

aniqlanadi. Uni aniqlash uchun quyidagi ikkita xususiyatni hisobga olish zarur bo‘ladi. 1. O‘zi xohlagan turda faoliyat ko‘rsatishi davomida talabga erishish uchun mavjud bo‘lgan nishonalar, tuzilishi va funksional jihatdan avloddan avlodga o‘tuvchi imkoniyatlar darajasi, ya’ni tanlash paytidagi jismoniy holatining dastlabki darajasi inobatga olinadi; 2. Bolalarni 1,5-2 yil mobaynida kuzatish hisobiga irsiy nishonalarni rivojlantirishdagi mashqlarga barham beraolishdagi shaxsiy imkoniyati jismoniy sifatlarini rivojlanishi darajalari bilan aniqlanadi. Tanlash bosqichlari: 21.1.1 -rasm. Sport tanlovi turlari va uni tashkil qilish tasviri

Faqatgina aynan ana shu xususiyatlarni hisobga olish, ushbu sifatlarni rivojlanishi darajasini hal qiluvchi juda ishonchli bo‘lgan bashoratni ta’min etishi mumkin. Jismoniy holatni o‘rganish bo‘yicha dastlabki testlash o‘tkazilganidan keyin, yoki shu sport turi uchun muhim bo‘lgan ko‘rsatkichlar navbati bilan eng yuqoridan, eng pastgigacha qo‘yib chiqiladi. So‘ngra yuqori o‘rtacha va pastki dastlabki darajalarga ega bo‘lgan guruhlar ajratiladi. Qator sport turlarida turli yoshdagi bolalar uchun baholashning statistik normalari tasdiqlangan: yuqori, o‘rta, past. So‘ngra 0,5; 1,5 va 2,0 yildan keyin aynan ana shu ko‘rsatkichlarning qaytadan o‘lchanishi bajariladi va quyidagi formula bo‘yicha o‘sish tempi (T) hisoblab chiqiladi. % 100 0    g g X X X T ; bu yerda, X 0 – 0,5-2 yilda o‘lchanishdagi oxirgi tanlash X g – dastlabki ko‘rsatkich. Shunday qilib, biz yuqori, o‘rtacha va past baholash mumkin bo‘lgan o‘sish tempini (% larda) ko‘rsatkichini olishimiz mumkin. Navbatdagi bosqich tavsiya qilingan chizma bo‘yicha yashirin imkoniyatlarni aniqlash hisoblanadi (21.2.1- jadval). 21.2.1-jadval Sportchilarning yashirin imkoniyatlarini aniqlash chizmasi . № O‘rganiladigan ko‘rsatkichlarning nisbati Qobiliyatlar tavsifi 1 Dastlabki yuqori daraja + yuqori o‘sishi Eng katta qobiliyat