logo

AYOLLAR SPORTINING FIZIOLOGIK ASOSLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

537.7724609375 KB
AYOLLAR  SPORTINING FIZIOLOGIK ASOSLARI
Reja:
1. Ayollar organizmining morfofunksional xususiyatlari;
2. Ayollar   jismoniy     sifatlarining   rivojlanishi   va   harakatlanish   apparatining
xususiyatlari;
3. Ayollarning energiya xarajatlari, aerobli va anaerobli imkoiyatlari;
4. Mashg‘ulot jarayonida ayollar organizmining funksional o‘zgarishi;
5. Sportchi ayollar organizmiga katta yuklamalarning ta’siri;
6. Biologik   siklarning   ayollar   ish   qobiliyatiga   ta’siri.   Biologik   sikllar
fazalarini hisobga olgan holda mashg‘ulot jarayonlarini individuallashtirish. 1.  Ayollar organizmining morfofunksional xususiyatlari
Ayollar organizmining tuzilish va funksional jihatdan o‘ziga xos xususiyatlar,
ularning   aqliy   va   jismoniy   jihatdan   ish   bajarish   qobiliyatini   aniqlaydi.
Umumbiologik jihatdan olib qaralganda ayollar organizmi erkaklarnikiga nisbatan
tashqi   muhitning   o‘zgarishlariga   yaxshi   chmdamliligi   bilan   xarakterlanadi
(haroratining   o‘zgarishiga,   ochlikga,   qonning   oqishiga,   qator   kasalliklarga).
Hayotning katta davomiyliklariga yaxshi moslashadi ( 19 .1.1.-rasm). 
19 .1.1-rasm. Ayollarning morfofiziologik ko‘rsatkichlari va ish qobiliyati .
Ayollar   organizmi   uchun   faoliyatning   o‘ziga   xos   xususiyatlari   xarektarlidir.
Ularga chap yarim sharning hukmronlik roli erkaklardagiga nisbatan past darajada
namoyon bo‘ladi. Bu ayollardagi funksiyalarini vakolatlovchi   joy faqatgina chap
yarim   sharlarda   emas,   balki   o‘ng   yarim   sharda   ham   yetarlicha   ko‘rinishi   bilan
bog‘liq.   Ayollar   nutqiy   axborotlarni   qayta   ishlash,   ona   tili   va   xorijiy   tillarni   tez
o‘rganish   va   birinchidan   ikkinchisiga   sinxron   tarzda   o‘ta   olishi   hamda
muammolarni   so‘z   bilan   tahrirlash   strategiyasi   va   harakatlarni   nutqiy
boshqarishning   yuqori   darajada   bo‘lishi   bilan   ajralib   turadi.   Shu   sababdan   ularga jismoniy   mashqlarni   bajarish   paytida   tushuntirish   usuliga   ko‘proq   e’tibor   berish
kerak   bo‘ladi.   Shu   bilan   birga   axborotlarni   qayta   ishlash   tezligi   erkaklardagiga
nisbatan   ancha   past   bo‘ladi.   Shuning   uchun   ayollar   stereotipli   vazifalarni   yengil
bajarsa,   erkaklar   esa   ayniqsa   vaqt   yetishmagan   sharoitlarda   yangi   vazifalarni
yengil   bajaradilar.   Shu   bilan   birga   ancha   yuqori   darajadagi   motivatsiya   hamda
ayollarning   o‘rganuvchanligini   yuqori   ko‘rsatkichlari   ular   tomonidan   yuqori
darajadagi   jiddiy  muvofiqiyatlarga  erishish  imkoniyatlarini   beradi.  Ayollar  uchun
ancha   yuqori   bo‘lgan   emosional   qo‘zg‘aluvchanlik,   turg‘unsizlik   va   erkaklarga
nisbatan tezroq vahimaga tushish xosdir. Ular ogohlantirishga juda-juda sezuvchan
bo‘ladi, buni esa pedagog va murabbiylar hisobga olishlari zarur. 
Teri   reseptorlarining   yuqori   sezuvchanligi,   harakat   va   vestibulyar   sensor
tizimlarining   mushaklar   sezgisining   nozik   tabaqalanishi   harakatlar
koordinatsiyasining   yaxshi   rivojlanishini,   ularning   tekisligi   va   aniqligini
ta’minlaydi. 
Ayollar   juda   yaxshi   ichki   tuyg‘ular   bilan   ko‘rish   ranglarni   yuqori   darajada
farqlay   olish   qobilyatiga,   o‘tkir   ko‘rish   xususiyatlariga   ega.   Erkaklardagiga
nisbatan ularda ko‘rish maydoni ancha keng. Ko‘rish signallari katta yarim sharlar
po‘stlog‘iga   juda  tez   yetib   boradi   va   katta  reaksiya   chaqiradi.   Bularning  barchasi
bo‘shliqda   ishonchli   harakatlana   olishi   va   ko‘z   harakatlari   reaksiyasining
takomillashishini   ta’min   etadi.   Ranglarni   ko‘rish,   farqlay   olishini   buzilishi
erkaklarga (8%) nisbatan ayollarda juda ko‘p marta kam (0,5%) kuzatiladi. 
Eshitish   tizimi   yuqori   chastotali   tovush   diapazonlariga   katta   sezuvchanligi
bilan   ajralib   turadi.   Ayollarda   musiqiy   eshitish   erkaklarnikiga   nisbatan   6   marta
yaxshi, bu esa ularning musiqa ostida harakatlanishini yengillashtiradi.
2. Ayollar jismoniy sifatlarning rivojlanishi va harakatlanish a’zosining
xususiyatlari
Ayollar   tanasining   uzunligi   erkaklarnikiga   nisbatan   o‘rtacha   10sm   gacha
vazni esa 10 kg ga kamdir. Ayollarning qo‘l oyoqlari kalta, gavda esa uzunroq, tos suyagining   ko‘ndalang   kesimi   katta,   yelka   esa   ensizdir.   Tanani   bunday   tuzilishi
massa   markazining   umumiy   holatining   ancha   muvozanat   bo‘lishini   ta’minlaydi
(masalan,   eshkak   eshishda,   yog‘ochlar   ustida   mashqlarni   bajarishda   va   hokazo).
Shu   bilan   birga   tos   suyagining   kengligi   lokomosiyalar   paytida   harakat
samaradorligini   pasaytiradi.   Ayollarda   juda   ko‘pchilik   holatlarda   tovoni   baland
bo‘lishi   ko‘proq   va   yassi   oyoqlik   kamroq   uchraydi   bu   esa   ularning   harakatlanish
chiroyi   va   samaradorligini   oshiradi.   Ularda   chanoqoylik   erkaklarga   nisbatan   3
marta   kam   uchraydi.   O‘ng   tomonlama   assimetriya   ustun   bo‘ladi.   Ayollarda
mushaklarning   mutloq   kuchi   erkaklarga   nisbatan   ancha   kam,   chunki   ularning
mushak tolalari ingichka va mushaklar massasi kam (gavdaning 30-35% ini tashkil
etadi).   Tez   va   sekin   qisqaruvchi   tolalarning   nisbati   jinsga   bog‘liq   emas.   Nisbiy
kuchlilik   bo‘yicha   ayollarda   tana   og‘irligi   kam   bo‘lganligi   sababli   erkaklar
ko‘rsatkichlari deyarli teng bo‘ladi, son mushaklari uchun esa hatto ulardan ustun
bo‘ladi.   Eng   kuchsiz   qo‘l   mushaklarning   yelka   belbog‘i   va   gavdaning   maksimal
erkin kuchi ayollarda erkaklar ko‘rsatkichlarining 40-70% ini tashkil etadi.   Ancha
kuchli   bo‘lgan   oyoqlar   mushaklarning   erkin   kuchi   70-80%   ni   tashkil   etadi.   Eng
maksimal kuchga 15-16 yoshda erishiladi. 
Tana   massasining   ortishiga   qarab   nisbiy   kuch   amalda   oshmaydi,   aksincha
kamayishi mumkin. Tezlashuvchi kuchlilik imkoniyatlari eng yuqori darajada 10-
14   yoshda   takomillashadi.   Bu   davrda,   ayniqsa,   sezirarli   darajada   sakrovchanlik
ortadi.   Ayollar   erkaklarga   nisbatan   tezlik   sifatlarini   kam   rivojlanishi   bilan   farq
qiladi.   Yuqori   malakali   sprotchi   ayollarda   yorug‘lik   qo‘zg‘atuvchilarga   kunlik
oddiy   harakat   reaksiyalarning   vaqti   o‘rtacha   140   ms   ni   tashkil   etadi.   Tezlikni
maksimal   ahamiyatli   ko‘rsatkichlarga   ayollar   13   yoshda   erishadilar.   Harakat
chastotasi   va   tezligining   maksimal   darajasi   voyaga   yetgan   ayollarda   erkaklarga
nisbatan 10-15% ga kam. 
Ayollar   aerob   xarakterdagi   uzoq   muddatli   siklik   ishlarga   yaxshi   chidam
berishiga qodir. Boshqacha aytganda, ular yuqori umumiy chidamlilik xususiyatiga
ega.   Bu   xususiyatning   maksimal   ko‘rsatkichlariga   ayollar   18-22   yoshda
erishadilar.   Tezlikka   chidamlilikka   esa   14-15   yoshda   erishadilar.   Ayollarning organizmiga uzoq muddatli va kuchli statik yuklamalar jiddiy ta’sir yetkazadi Ular
organizmiga,   jumladan   yurak   tomirlar   tizimida   jiddiy   o‘zgarishlar   yuzaga   keladi.
Ancha yuqori statik chidamlilik ayollarda 15-20 yoshda paydo bo‘ladi va yozuvchi
mushaklar orqali amalga oshiriladi. Bo‘g‘inlarning egiluvchanlik xususiyatlari qiz
bolalarni   ancha   erta   yoshida   xarakterlidir,   chunki   bu   xususiyat   umurtqa
pog‘onasining   katta   harakatchanligi   va   bog‘lovchi   a’zolarning   yuqori   elastikligi
bilan ta’min etiladi. Harakat chaqqonligi ham yaxshi ko‘rinadi.
3.  Ayollarning e nergiya xarajatlari, aerobli va anaerobli imkoniyatlar
Ayollar   uchun   erkaklarga   nisbatan   ancha   past   bo‘lgan   asosiy   almashinuv
xarakterlidir   (deyarli   7%).   Ayollarda   uning   samaradorligi   ayrim   noqulay
sharoitlarda ancha yuqori hayotchanligini aniqlaydi (masalan ochlik paytida). 
Ishchi   energiya   harakatlari   yuklamalar   xarakteriga   bog‘liq.   Harakatlarning
biomexanikli   sharoitlari   bir   xil   o‘xshashlikka   ega   bo‘lganida   1   kg   tirik   vaznga
energiya   xarajatlari   ayollarda   ham   xuddi   erkaklaridagidek.   Ammo   tabiiy   harakat
sharoitlarida   ular   erkaklar   ko‘rsatkichlaridan   ustun   bo‘ladi:   yurishda   6-7%   ga,
yugurishda   10%   ga.   Bu   paytda   umum   ishchi   energiya   xarajati   ayollarda   ancha
yuqori  bo‘ladi.  Bu  sport  mashqlarini  bajarishda   texnik  ekonomiyasi  bilan  bog‘liq
(ayollarda   qisqa   va   tez-tez   qadam   tashlash,   tananing   kattaroq   o‘zgarishi).   Kungi
energiya   iste’mol   qilinishi   yuqori   malakali   sportchi   qizlarda   3200-4000   kkal
darajasida bo‘ladi. 
Ayollar   uchun   ancha   takomillashgan   termogulyatsiya   xarakterlidir.Ularning
tana   yuzasida   ter   bezlari   bir   xil   tekis   joylashgan,   teri   kapillyarlarga   boy   va   ish
bajarish paytida issiqlikni juda samarali beradi.
Ayollar   erkaklarga   nisbatan   energiyaning   anaerobli   manbalar-   dan   20%   ga
kam ish bajarish qobiliyatiga ega,chunki ularning organizmida adenozin uch fosfat
kislotasi,   kreatinfosfat   va   uglevodlarning   umumiy   miqdori   kam.   Shu   bilan   birga
ayollarda   anaerobli   jarayonlarning   quvvati   ham,   uning   hajmi   ham   kam   (sut
kislotaning   maksimal   konsentratsiyasi   va   maksimal   kislorod   taqchilligi ko‘rsatkichlari   bo‘yicha).   Kislorod   taqchilligining   maksimal   o‘lchami   ham
nisbatdan past.
Kislorod   iste’mol   qilishning   maksimal   ko‘rsatkichlari   bo‘yicha
baholanadigan ayollarning aerobli imkoniyatlari erkaklardagiga nisbatdan o‘rtacha
25-30% ga kam. Yuqori malakali sportchi  ayollarda kislorodning daqiqalik hajmi
o‘rtacha   bir   daqiqada   3,5   l   dan   4,5   l   gacha   yetadi.   Aerobli   imkoniyatlarning
chegaralanishi ishning quvvatini oshirish paytida ayollarning organizmini juda tez
anaerobli   energiya   ishlab   chiqarishga   o‘tishiga   olib   keladi,bu   esa   anaerobli
almashinuvining   bo‘sag‘asini   ancha   past   ekanligidan   dalolat   beradi.   Ayollar
organizmida   yog‘   zaxiralar   jiddiy   darajada   katta   (o‘rtacha   tirik   vaznning   30%),
yog‘ning   mutloq   miqdori   ham   katta.   Ammo   yog‘lardan   foydalanishga   o‘tish
kisloroddan   samarali   foydalanmaslikni   ko‘rsatadi   va   kislorod   taqchilligi   bilan
bog‘liq bo‘lgan ish bajarishni chegaralaydi.
4. Mashg‘ulot jarayonida ayollar organizmining   funksional o‘zgarishi.
Jismoniy   yuklamalar   bilan   munatazam   shug‘ullanish   ayollar   organizmini
funksional   imkoniyatlarini   oshirishga   sabab   bo‘ladi.   Juda   ko‘plab   funksional
holatining   ko‘rsatkichlari   aerobli   va   anaerobli   imkoniyatlari,   jismoniy   sifatlar
bo‘yicha   sport   bilan   shug‘ullanmaydigan   tengdoshlaridan   jiddiy   darajada   ustun
bo‘la   boshlaydilar.   Sportning   siklik   turlari   bo‘yicha   shug‘ullnashuvchi   sportchi
qizlar   uchun   chidamlilik   trenirovka   paytlarida   shug‘ullanmaydigan   qizlarga
nisbatan ancha yuqori ko‘rsatkichlari xarakterlidir.
Kuchli   mashqlarni   o‘rganishda   qizlar   yigitlarga   nisbatan   kuchsizroq,
mushaklarning   ishchi   gipertrofiyasi   aniq   ko‘rinadi,   chunki   erkaklik   jinsiy
gormonlari   (androgenlar)   ayollar   organizmida   kam   miqdorda   bo‘lishi   bilan
bog‘liqdir.   Juda   katta   statik   chidamlilik   (regionalli   va   globalli)   konkida   yuruvchi
qizlarga   xos   bo‘lsa,   chang‘ida   yuruvchilar   va   basketbolchi   qizlar   uchun   lokal
chidamlilik xosdir.   Qizlarda   o‘g‘il   bolalardagiga   nisbatan   harakatlanuvchi   ob’ektga   reaksiya
unchalik aniq emas. Qiz bolalarda egiluvchanlik erkaklarga nisbatan ancha yengil
rivojlanadi.   Bu   ko‘rsatkich   stressli   holatlar   vaqtida,   start   oldidan   va   charchash
holatida pasayadi. Ayollar yuqori darajadagi chaqqonlik bilan ham ajralib turadi. 
Ko‘p   yillik   trenirovkalar   davomida   erkaklardan   farqli   o‘laroq   ayollar   sport
natijalarini   keskin   darajada   yaxshilashi   mumkin,   lekin   erishilgan   yuqori   sport
darajasidagi natijalarni juda qisqa muddat davomida saqlab turishi mumkin.
5.  Sportchi ayollar organizmiga katta yuklamalarning ta’siri.
Muntazam   ravishda   katta   hajmdagi   yuklamalardan   foydalanish   ularning
hajmini va tezligini oshirishda asta-sekin oshira borish tamoyiliga yetarlicha rioya
qilmaslik,   ayniqsa,   yosh   sportchi   qizlarda   eng   avvalo   ovarialli   –   menstrualli
sikllarni   buzilishi   singari   noqulay   o‘zgarishlarga   olib   keladi.   Katta   yuklamalar
gipofizdagi   adrenokortikotrop   gormonlarni   haydab   chiqarishlishini   tezlashtiradi.
Shunga   mos   holda   buyrak   usti   bezidan   androgenlarni   ham   chiqaradi.   Bu   esa   o‘z
navbatida   gipofizni   gonadotropli   funksiyasini   buzadi.   Odatda   yuguruvchi   ayollar
tirik   vaznining   kichik   bo‘lishi   bilan,   yog‘   to‘qimalarining   foizini   kamayishini,
gipotalamo-gipofizar jinsiy tizimlarning so‘nishi bilan ajralib turadi. 
Jinsiy   yoyilish   davri   boshlaguniga   qadar   boshlangan   katta   hajmdagi
yuklamalar   bilan   tez   tayyorgarlik   ko‘rish   dastlabki   menstruasiyani   boshlash
muddatini kechiktirishi mumkin ( 19 .5.1-rasm). 
Chidamlilikni   oshirish   uchun   tayyorlangan   1/3   ayollarda   dastlabki
menstruasiyaning   kechikishi   kuzatilgan,   u   boshlanganidan   keyin   esa
rivojlanishning   yetishmasligi   (oligomenoreya)   yoki   ikkinchi   bor   ularning
yo‘qotishi   (amenoreya)   kuzatiladi.   Sportli   amenoreyaning   rivojlanishining   asosiy
sababi,   organizmdagi   yog‘   miqdorining   kamayishi   bo‘lib   hisoblanadi,   qaysiki
uning   miqdori   yoki   ko‘rsatkichlari   tana   og‘rligining   16%dan   kam   bo‘lsa   ayollik
jinsiy gormonlari – estrogenlarning ishlab chiqarishi buziladi.  19 .5.1-rasm. Turli sport turlariga ixtisoslashgan sportchi qizlarda dastlabki menstruasiyani
boshlanishining o‘rtacha yoshi (turli mualliflar ma’lumotlari bo‘yicha).
Amenoreya   qayd   qilingan   sportchi   qizlarda   suyak   tuqimalarining   zichligini
buzilishi,   bel   umurtqalarining   o‘simtalarining   minerallashuv   darajasi,
osteopeniyaning asorati sifatida tez-tez suyaklarning sinishi kuzatiladi. 
Marafonga yugurish bilan shug‘ullanuvchi ayollarda katta miqdorda ter bilan
y o ‘qotish   va   ularni   o‘rnini   oziqalar   bilan  yetarlicha   to‘ldirilmaslik   hisobiga   temir
elementining   taqchilligi   qayd   qilinadi.   Bu   esa   temir   taqchiligi   anemiyasining
rivojlanishiga, organizmni kislorod bilan yetarlicha ta’minlanmasligiga va sprotga
oid ish qobilyatini pasayib ketishiga olib keladi.
6.  Biologik sikllarning ayollar ish qobilyatiga ta’siri.
Ayollarning   bola   tug‘ishi   davri   davomida   12-13   yosh,   jinsiy   yetishishdan,
45-55   yosh   –   reproduktiv   funksiyalarni   tugashigacha   bo‘lgan   davr,   uning
organizmining funksiyalari faqatgina ayollar organizmi uchun xos bo‘lgan bir oyga
yaqin bo‘lgan davriy o‘zgarishga bo‘ysinadi.
7. Biologik sikllarning turli fazalarida sport ishlarini bajarish qobiliyatining
o‘zgarishi. Odatiy sharoitlarda ovarial-menstrualning turli fazalarida faqatgina gormonal
faolligini   qayta   kurishni   yuz   beribgina   qolmay,   balki   organizmning   barcha
tizimlarining funksional holatining o‘zgarishi yuz beradi. 
Menstrualoldi   va   menstrual   hamda   ovulyasiya   fazalarida   ayollar   aqliy   va
jinsmoniy   ish   bajarish   qobiliyati   pasayadi,   bajarilayotgan   ishning   funksional
qiymati ortadi, fiziologik stress holati yuzaga keladi.
Menstruasiya   siklining   I   fazasida   eritrositlar   va   gemoglobinlar
konsentratsiyasining   kamayishi   qonning   kislorod   sig‘imini   va   shunga   mos   holda
organizmni   aerobli   imkoniyatini   ham   pasaytiradi.   Odatdagidan   katta   yuklamalar
paytida   yurakni   qisqarish   soni   va   nafas   olish   chastotasi   ortadi.   Mushaklarning
kuchi,   tezligi   va   chidamliligi   pasayadi,   lekin   egiluvchanlik   yaxshilanadi   ( 19 .7.1-
rasm). 
II   faza   (postmenstrual)   qonda   estrogenlarni   jamlanishi   organizm
funksiyalarini   normallashtiradi   markaziy   asab   tizimi   funksiyalariga,   nafas   olish
tizimi   va   yurak-tomirlar   tizimiga   ijobiy   ta’sir   ko‘rsatadi.   Harakatlarning
avtomatizasiyasi yengillashadi. Organizmning ish bajarish qobilyati ortadi. 
III   fazada   qondagi   estrogenlar   konsentratsiyasi   kamayadi,   ammo
progesteronning   konsentratsiyasi   esa   hali   unchalik   ko‘p   bo‘lmaydi.   Umumiy
almashinuv   darajasi   tushib   ketadi,   ish   bajarish   qobilyati   keskin   pasayadi   va
bajariladigan ishning funksional qiymati ortadi hamda kislorod iste’moli o‘sadi.
IV   fazada   progesteron   gormonining   miqdori   oshgan   fonida   almashinuv
jarayonlari darajasi va ish bajarish qobiliyatining oshishi kuzatiladi.
V   fazada   qon   tarkibidagi   barcha   ayollik   gormonlari   pasayadi   va   tirozinni
(qalqonsimon   bez   gormoni)   miqdori   ko‘payadi.   Markaziy   asab   tizimining
qo‘zg‘aluvchanligi ortadi. Simpatik asab tizimi tonusining ustun bo‘lishi natijasida
yurakning qisqarish  va nafas chastotasi  ortadi, tomirlar  torayadi  va arterial bosim
ko‘tariladi.   Jigarda   glikogenning   miqdori   kamayadi,   qonda   esa   glyukoza   va
kaliyning   konsentratsiyasi   ortadi.   Eshitish   va   ko‘rish   o‘tkirligini   yomonlashishi
qayd   qilinadi.   Ayollarning   sezishi   yomonlashadi   ta’sirlanuvchanlik,   charchoqlik, qayt   qilish,   ishtaxaning   yo‘qolishi,   yomon   his   qilishga   imkoniyatlar   bo‘lishi
mumkin, qorinning past qismida og‘riq, belda, dumg‘azada, bosh og‘riqlari paydo
bo‘ladi. Ish bajarish qobilyati pasayadi. 
Shunday qilib, ish bajarish qobiliyati ayollar organizmining ovarial-menstrual
turli fazalaridagi funksiyalarini qayta tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi; I, III, V fazalarida
funksional   holatlar   yomonlashadi,   aqliy   va   jismoniy   ish   bajarish   qobilyati
pasayadi,   bajariladigan   ishning   funksional   qiymati   ko‘tariladi   va   fiziologik   stress
yuzaga   keladi,   ovarial-menstrual   siklning   II   va   IV   fazalarda   esa   ish   qobiliyati
ortadi.  Sport   malakasini   oshirish  uchun menstruasiyaning   maqbul  davomiyligi  28
kun deb hisoblanadi, 36-42 kunlar esa noqulay va 21 kun unchalik xavfli emas
9 .7.1-rasm.  Ovarial-menstrual siklni va tayyorgarlik ko‘rish sikllarini turli fazalarida ayollar
organizmining ish bajarish qobiliyatining turli ko‘rsatgichlarini o‘zgarishi.Dezavt –
harakatlanish ko‘nikmalarini dezavtomatiyasi YuQCh  VO
2  - yurak urish va kislorod iste’mol
qilish chastotalarining ishchi o‘zgarishi; T 0
C tananing rektal haroratining dinamikasi; shil –
bachadon shilliq pardasining o‘zgarishi, ov-mens. kunlari; muv. – muvofiqlashtirish; kuch –
mushak kuchi; vaqt – reaksiya vaqti; HAX – harakat aniqlagichdagi xatolar; Tren – trenirovka sikllari; 1,2,3 –odatiy mikrosikllar; 4 maxsus mikrosikl  I - V  – ovarial menstrual
fazalari
.8. Biologik sikllar fazalarini hisobga olgan holda tayyorgarlik ko‘rish
jarayonlarini individuallashtirish.
Mashg‘ulot   (tayyorgarlik   ko‘rish   mashg‘ulotlari)ni   tashkil   qilishda   biologik
sikllarni kechishi xususiyatlarini hisobga olish zarur.
Ovarial-menstruasiya   siklining   I,   III   va   V   fazalarida   tayyorgarlik
mashg‘ulotlarini   o‘tkazish   paytida     maxsus     ehtiyotkorlikga   rioya   qilish     zarur
(menstrual,   ovulyator   va   menstrualoldi)   chunki   bu   paytda   ayollar   organizmining
funksional   imkoniyatlari   pasayadi   va   natijalar   kutilganidek   bo‘lmaydi.
Menstruasiya   paytida   ish   qobilyatining   pasayishi   7,4%   yuqori   malakali
voleybolchi, 9,5% dzyudochi, 12,5% basketbolchi va 9,1% qilichboz qizlarda qayd
qilingan.
Bu   fazalarda   yaqin   masofaga   yuguruvchi   qizlarda   kuch   va   tezlik   pasayadi,
gimnastikachilarda   esa   muvofiqlashtiruvchi   imkoniyatlari   kamayadi,   gandbolchi
qizlarda   umumiy   va   maxsus   ish   bajarish   qobilyatlari   yomonlashadi,   chang‘ichi
qizlarda   chidamlilik   pasayadi,   eshkakchilar   vakillarida   umumiy   ish   bajarish
qobilyati,   bajarilgan   ishlarining   hajmi   va   yuklamalarining   tezligi,   basketbolchi
qizlarda,   tezlik   sifatlari,   to‘p   uzatishlarni   tezligi   va   aniqligi,   taktik   fikrlashlar,
velosipedchilarda   vestibulyar   turg‘unlik   yomonlashadi   va   shossedagi   quvishlar
natijalari pasayadi, suzuvchilarda esa o‘rtacha masofali natijalar tezligi va maxsus
chidamlilik pasayadi.
Faqat   ayrim   yuqori   malakali   sportchilargina   ko‘rsatilgan   davrlarda
musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishi va trenirovka kilishi mumkin. Yuqori
darajadagi   mohirlikga   ega   sportchi   qizlar   orasida   menstruasiyaning   stressli
fazasida   doimiy   ravishda   trenirovka   qiladiganlar   34%,   vaqti-vaqti   bilan   -54%   va
umuman shug‘ullanmaydiganlar 12% ni tashkil qiladi. 
Trenirovkalarning   mikro   va   mezasikllarining   tuzishda   sportchi   qizlarni
spesifik   biologik   sikllarining   umumiy   davomiyligi   bilan   birga   uning   ayrim fazalarini   boshlash   mudatlarini   ham   hisobga   olish   zarur.   Bu   vaqtda   menstruasiya
va   menstrual   davrgacha   bo‘lgan   1-2   kunni   o‘zida   qamrab   oluvchi   maxsus
mikrosiklni   ajratish   tavsiya   qilinadi.   Shunday   ekan,   trenirovka   mezosikli   2-4
normal   va   maxsus   mikrosiklni   qamrab   oladi.   Demak,   barcha   mezosiklda
davomiyligi 36-32 kun bo‘lgan ovarial-menstrual siklda (maxsus mikrosikllar bilan
birga)   5  mikrosiklni,   davomiyligi   28   kun  bo‘lgan   sikl   4   mikrosiklni,   davomiyligi
24 kun bo‘lgan – 3,5 mikrosiklni va davomiyligi 21 kun bo‘lgan oavrial-menstrual
sikl 3 mikrosiklni qamrab oladi.
Maxsus   mikrosikllar   davrida   yuklamalarni   umumiy   hajmini   pasaytirish,
egiluvchanlik,   mushaklarni   bo‘shashishni   tezlashish   imkoniyatlarini   rivojlanishni,
sport   texnikalarini   takomillashtirishga   qaratilgan   mashqlarni   bajarishga   o‘tilishi
kerak.   Imkoniyati   boricha   qo‘llar   mushaklarini   rivojlantiruvchi   yuklamalardan
foydalanish  zarur  bo‘ladi. Global statik yuklamalar, ko‘chish bilan bog‘liq kuchli
mashqlar, sakrash, diafragma, tos va qorin mushaklariga og‘ir ta’sirlar ko‘rsatishi
xavfli. Umumiy yuklamalar taxminan ovarial-menstrual siklning fazalari bo‘yicha
quyidagicha   taqsimlash   tavsiya   qilinadi:   I-fazada   12,2%,   II-   fazada   -30,4%,   III-
fazada - 9,3%, IV fazada 35,1%, va V fazada 13,0%.
Ta’kidlashlaricha,   homiladorlikni   birinchi   3   oy   mobaynida   sportchi   qizlar
tayyorgarlikni   davom   ettirishlari   mumkin,   navbatdagi   3   oy   mobaynida
yuklamalarni   kamaytirishni   va   chegaralash   zarur,   oxirgi   3   oy   mobaynida
trenirovkani to‘xtatish  zarur. Adabiyot
1.   Txorevskiy   V.I.   Fiziologiya   cheloveka.   M.:   Fizkultura,   obrazovanie   i
nauka. 2001.
2. Solodkov A.S., Sologub E.B. Fiziologiya cheloveka (ob щ aya sportivnaya,
vozrastnaya): - Moskva, «Sport», 2015, 610 s.
3. Solodkov A.S., Sologub E.B. Fiziologiya sporta. SPb, 1999.
4.   Uilmor   Dj.,   Kostill   D.L.   Fiziologiya   sporta   i   dvigatelnoy   aktivnosti.   M.,
1997 (per s angl).
5. Nuritdinov E.N., Haydarov B.T. Jismoniy madaniyat va sport fiziologiyasi
(uslubiy qo‘llanma). – Samarqand, SamDU, 2015, 160 b.
6.   Nuritdinov   E.N.,   Haydarov   B.T.,   Dusanov   U.S.   Sport   fiziologiyasi,
Samarqand, uslubiy qo‘llanma, 2016
7.   Nuritdinov   E.N.,   Mardonova   M.E.   Anatomiya   va   fiziologiya   (uslubiy
qo’llanma).- Samarqand, SamDU, 2016, 140 b.
8. Tkachenko B.I. Osnov ы  fiziologii cheloveka. S.P. 1994.
9. Azimov I.G., Sobitov SH.S. Sport fiziologiyasi. T., 1993.
10. Stuart Y. Fox. Human physiolohical. WKB and Oxford. – England., 1993.
11. Best, Taylor. Physiolohical Basis of Medical practice. USA, 1990.

AYOLLAR SPORTINING FIZIOLOGIK ASOSLARI Reja: 1. Ayollar organizmining morfofunksional xususiyatlari; 2. Ayollar jismoniy sifatlarining rivojlanishi va harakatlanish apparatining xususiyatlari; 3. Ayollarning energiya xarajatlari, aerobli va anaerobli imkoiyatlari; 4. Mashg‘ulot jarayonida ayollar organizmining funksional o‘zgarishi; 5. Sportchi ayollar organizmiga katta yuklamalarning ta’siri; 6. Biologik siklarning ayollar ish qobiliyatiga ta’siri. Biologik sikllar fazalarini hisobga olgan holda mashg‘ulot jarayonlarini individuallashtirish.

1. Ayollar organizmining morfofunksional xususiyatlari Ayollar organizmining tuzilish va funksional jihatdan o‘ziga xos xususiyatlar, ularning aqliy va jismoniy jihatdan ish bajarish qobiliyatini aniqlaydi. Umumbiologik jihatdan olib qaralganda ayollar organizmi erkaklarnikiga nisbatan tashqi muhitning o‘zgarishlariga yaxshi chmdamliligi bilan xarakterlanadi (haroratining o‘zgarishiga, ochlikga, qonning oqishiga, qator kasalliklarga). Hayotning katta davomiyliklariga yaxshi moslashadi ( 19 .1.1.-rasm). 19 .1.1-rasm. Ayollarning morfofiziologik ko‘rsatkichlari va ish qobiliyati . Ayollar organizmi uchun faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari xarektarlidir. Ularga chap yarim sharning hukmronlik roli erkaklardagiga nisbatan past darajada namoyon bo‘ladi. Bu ayollardagi funksiyalarini vakolatlovchi joy faqatgina chap yarim sharlarda emas, balki o‘ng yarim sharda ham yetarlicha ko‘rinishi bilan bog‘liq. Ayollar nutqiy axborotlarni qayta ishlash, ona tili va xorijiy tillarni tez o‘rganish va birinchidan ikkinchisiga sinxron tarzda o‘ta olishi hamda muammolarni so‘z bilan tahrirlash strategiyasi va harakatlarni nutqiy boshqarishning yuqori darajada bo‘lishi bilan ajralib turadi. Shu sababdan ularga

jismoniy mashqlarni bajarish paytida tushuntirish usuliga ko‘proq e’tibor berish kerak bo‘ladi. Shu bilan birga axborotlarni qayta ishlash tezligi erkaklardagiga nisbatan ancha past bo‘ladi. Shuning uchun ayollar stereotipli vazifalarni yengil bajarsa, erkaklar esa ayniqsa vaqt yetishmagan sharoitlarda yangi vazifalarni yengil bajaradilar. Shu bilan birga ancha yuqori darajadagi motivatsiya hamda ayollarning o‘rganuvchanligini yuqori ko‘rsatkichlari ular tomonidan yuqori darajadagi jiddiy muvofiqiyatlarga erishish imkoniyatlarini beradi. Ayollar uchun ancha yuqori bo‘lgan emosional qo‘zg‘aluvchanlik, turg‘unsizlik va erkaklarga nisbatan tezroq vahimaga tushish xosdir. Ular ogohlantirishga juda-juda sezuvchan bo‘ladi, buni esa pedagog va murabbiylar hisobga olishlari zarur. Teri reseptorlarining yuqori sezuvchanligi, harakat va vestibulyar sensor tizimlarining mushaklar sezgisining nozik tabaqalanishi harakatlar koordinatsiyasining yaxshi rivojlanishini, ularning tekisligi va aniqligini ta’minlaydi. Ayollar juda yaxshi ichki tuyg‘ular bilan ko‘rish ranglarni yuqori darajada farqlay olish qobilyatiga, o‘tkir ko‘rish xususiyatlariga ega. Erkaklardagiga nisbatan ularda ko‘rish maydoni ancha keng. Ko‘rish signallari katta yarim sharlar po‘stlog‘iga juda tez yetib boradi va katta reaksiya chaqiradi. Bularning barchasi bo‘shliqda ishonchli harakatlana olishi va ko‘z harakatlari reaksiyasining takomillashishini ta’min etadi. Ranglarni ko‘rish, farqlay olishini buzilishi erkaklarga (8%) nisbatan ayollarda juda ko‘p marta kam (0,5%) kuzatiladi. Eshitish tizimi yuqori chastotali tovush diapazonlariga katta sezuvchanligi bilan ajralib turadi. Ayollarda musiqiy eshitish erkaklarnikiga nisbatan 6 marta yaxshi, bu esa ularning musiqa ostida harakatlanishini yengillashtiradi. 2. Ayollar jismoniy sifatlarning rivojlanishi va harakatlanish a’zosining xususiyatlari Ayollar tanasining uzunligi erkaklarnikiga nisbatan o‘rtacha 10sm gacha vazni esa 10 kg ga kamdir. Ayollarning qo‘l oyoqlari kalta, gavda esa uzunroq, tos

suyagining ko‘ndalang kesimi katta, yelka esa ensizdir. Tanani bunday tuzilishi massa markazining umumiy holatining ancha muvozanat bo‘lishini ta’minlaydi (masalan, eshkak eshishda, yog‘ochlar ustida mashqlarni bajarishda va hokazo). Shu bilan birga tos suyagining kengligi lokomosiyalar paytida harakat samaradorligini pasaytiradi. Ayollarda juda ko‘pchilik holatlarda tovoni baland bo‘lishi ko‘proq va yassi oyoqlik kamroq uchraydi bu esa ularning harakatlanish chiroyi va samaradorligini oshiradi. Ularda chanoqoylik erkaklarga nisbatan 3 marta kam uchraydi. O‘ng tomonlama assimetriya ustun bo‘ladi. Ayollarda mushaklarning mutloq kuchi erkaklarga nisbatan ancha kam, chunki ularning mushak tolalari ingichka va mushaklar massasi kam (gavdaning 30-35% ini tashkil etadi). Tez va sekin qisqaruvchi tolalarning nisbati jinsga bog‘liq emas. Nisbiy kuchlilik bo‘yicha ayollarda tana og‘irligi kam bo‘lganligi sababli erkaklar ko‘rsatkichlari deyarli teng bo‘ladi, son mushaklari uchun esa hatto ulardan ustun bo‘ladi. Eng kuchsiz qo‘l mushaklarning yelka belbog‘i va gavdaning maksimal erkin kuchi ayollarda erkaklar ko‘rsatkichlarining 40-70% ini tashkil etadi. Ancha kuchli bo‘lgan oyoqlar mushaklarning erkin kuchi 70-80% ni tashkil etadi. Eng maksimal kuchga 15-16 yoshda erishiladi. Tana massasining ortishiga qarab nisbiy kuch amalda oshmaydi, aksincha kamayishi mumkin. Tezlashuvchi kuchlilik imkoniyatlari eng yuqori darajada 10- 14 yoshda takomillashadi. Bu davrda, ayniqsa, sezirarli darajada sakrovchanlik ortadi. Ayollar erkaklarga nisbatan tezlik sifatlarini kam rivojlanishi bilan farq qiladi. Yuqori malakali sprotchi ayollarda yorug‘lik qo‘zg‘atuvchilarga kunlik oddiy harakat reaksiyalarning vaqti o‘rtacha 140 ms ni tashkil etadi. Tezlikni maksimal ahamiyatli ko‘rsatkichlarga ayollar 13 yoshda erishadilar. Harakat chastotasi va tezligining maksimal darajasi voyaga yetgan ayollarda erkaklarga nisbatan 10-15% ga kam. Ayollar aerob xarakterdagi uzoq muddatli siklik ishlarga yaxshi chidam berishiga qodir. Boshqacha aytganda, ular yuqori umumiy chidamlilik xususiyatiga ega. Bu xususiyatning maksimal ko‘rsatkichlariga ayollar 18-22 yoshda erishadilar. Tezlikka chidamlilikka esa 14-15 yoshda erishadilar. Ayollarning

organizmiga uzoq muddatli va kuchli statik yuklamalar jiddiy ta’sir yetkazadi Ular organizmiga, jumladan yurak tomirlar tizimida jiddiy o‘zgarishlar yuzaga keladi. Ancha yuqori statik chidamlilik ayollarda 15-20 yoshda paydo bo‘ladi va yozuvchi mushaklar orqali amalga oshiriladi. Bo‘g‘inlarning egiluvchanlik xususiyatlari qiz bolalarni ancha erta yoshida xarakterlidir, chunki bu xususiyat umurtqa pog‘onasining katta harakatchanligi va bog‘lovchi a’zolarning yuqori elastikligi bilan ta’min etiladi. Harakat chaqqonligi ham yaxshi ko‘rinadi. 3. Ayollarning e nergiya xarajatlari, aerobli va anaerobli imkoniyatlar Ayollar uchun erkaklarga nisbatan ancha past bo‘lgan asosiy almashinuv xarakterlidir (deyarli 7%). Ayollarda uning samaradorligi ayrim noqulay sharoitlarda ancha yuqori hayotchanligini aniqlaydi (masalan ochlik paytida). Ishchi energiya harakatlari yuklamalar xarakteriga bog‘liq. Harakatlarning biomexanikli sharoitlari bir xil o‘xshashlikka ega bo‘lganida 1 kg tirik vaznga energiya xarajatlari ayollarda ham xuddi erkaklaridagidek. Ammo tabiiy harakat sharoitlarida ular erkaklar ko‘rsatkichlaridan ustun bo‘ladi: yurishda 6-7% ga, yugurishda 10% ga. Bu paytda umum ishchi energiya xarajati ayollarda ancha yuqori bo‘ladi. Bu sport mashqlarini bajarishda texnik ekonomiyasi bilan bog‘liq (ayollarda qisqa va tez-tez qadam tashlash, tananing kattaroq o‘zgarishi). Kungi energiya iste’mol qilinishi yuqori malakali sportchi qizlarda 3200-4000 kkal darajasida bo‘ladi. Ayollar uchun ancha takomillashgan termogulyatsiya xarakterlidir.Ularning tana yuzasida ter bezlari bir xil tekis joylashgan, teri kapillyarlarga boy va ish bajarish paytida issiqlikni juda samarali beradi. Ayollar erkaklarga nisbatan energiyaning anaerobli manbalar- dan 20% ga kam ish bajarish qobiliyatiga ega,chunki ularning organizmida adenozin uch fosfat kislotasi, kreatinfosfat va uglevodlarning umumiy miqdori kam. Shu bilan birga ayollarda anaerobli jarayonlarning quvvati ham, uning hajmi ham kam (sut kislotaning maksimal konsentratsiyasi va maksimal kislorod taqchilligi