Sport klubi mavzusi bo’yicha relyatsion model tayyorlash
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalar fakulteti Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yo‘nalishi 202-guruh talabasi Berilganalar bazasi fanidan 2-LABARATORIYA ISHI Mavzu:Sport klubi mavzusi bo’yicha relyatsion model tayyorlash SAMARQAND 2024
Relyatsion model (relation model) ma'lumotlar bazasini tashkil etishning asosiy usullaridan biridir. U 1970-yilda, Amerika informatika olimi Edgar F. Codd tomonidan taklif qilingan. Coddning asari "A Relational Model of Data for Large Shared Data Banks" (1970) ma'lumotlar bazalari uchun yangi paradigma yaratdi va bu model so'ngi 50 yilda ma'lumotlar bazalari sohasida katta o'zgarishlarga olib keldi. Relyatsion model, o'zining soddaligi, aniqligi va tizimlarni tashkil qilishda yangi usullarni taklif qilgani sababli tezda mashhur bo'ldi va hozirgi ma'lumotlar bazasi tizimlarining ko'pchiligi relyatsion modelga asoslangan. model ma'lumotlarni jadval shaklida saqlashni va ishlov berishni taklif qiladi. Har bir jadval (relation) bir nechta ustun (attribute) va qatorlardan (tuples) iborat. Har bir jadvalning o'ziga xos nomi, ustunlari va qatorlari bor. Bu modelning ba'zi asosiy tushunchalari quyidagilardir: 1.Relation (Jadval): Bu ma'lumotlar bazasining asosiy elementidir. Jadval bir yoki bir nechta ustunlardan iborat bo'ladi. Masalan, "Studentlar" jadvali o'quvchilarning ismi, familiyasi, yoshini saqlashi mumkin. 2.Tuple (Qator): Jadvaldagi har bir qatorni "tuple" deb atashadi. Har bir tuple, jadvalda saqlanayotgan ma'lumotlar to'plamini ifodalaydi. Har bir tuple bir xil tuzilishga ega bo'lib, ustunlar (attribute) bo'yicha ma'lumotlar saqlanadi. 3.Attribute (Ustun): Har bir jadvalda ma'lumotlarni saqlovchi ustunlar mavjud. Ustunlar turli tiplarda bo'lishi mumkin, masalan, matn, sana yoki raqam. Relyatsion Modelning Afzalliklari: Oddiylik va tushunarlilik: Ma'lumotlar bazasini tashkil qilish juda oson va mantiqan aniq. Jadval ko'rinishidagi ma'lumotlar bazasi tuzilmasi foydalanuvchi uchun tushunarli va ishlatish oson. Matematik asos: Relyatsion modelni ishlab chiqishda matematik logic, algebralar va kalkulyuslar asosida yondashilgan. Relyatsion Modelga Asoslangan Dasturlar: MySQL PostgreSQL Oracle Database Microsoft SQL Server Bu tizimlar relyatsion modelni amalga oshirishda asosiy tizim sifatida xizmat qiladi.
1-rasm:Relyatsion model RELYATSION MODEL JADVALLARI: 2-rasm:Sport_Klubi jadvali Relyatsion modelning Sport_Klub nomli jadvalini yaratishda quyidagi ustunlardan foydalandik. a. Nomi TEXT(90) b. Derektori TEXT(45) c. Manzil VARCHAR(45) d. Xodim_Soni INT e. Ish_vaqti VARCHAR(45) f. Haftalik_foyda INT
3-rasm:o’quvchilar nomli jadval Relyatsion modelning o’quvchilar nomli jadvalini yaratishda quyidagi ustunlardan foydalandik. a. Jadvali INT b. Soni INT c. Vaqti VARCHAR(45) d. FISH TEXT(30) e. Tel_raqami VARCHAR(45) f. Tug’ulgan_sana VARCHAR (45) g. Ish_Manzili TEXT(80)