Universitet mavzusi bo'yicha ER diagramma va relyatsion model yaratish
Mavzu: "Universitet" mavzusi bo'yicha ER diagramma va relyatsion model yaratish Ma‘lumotlarning modeli - bu ma‘lumotlar o’zaro bog’langan tuzilishlari va ular ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plamidir. Modelning shakli va unda foydalaniladigan ma‘lumotlar tuzilishining turi dasturlash tizimi tilida foydalangan ma‘lumotlarni tashkil etish va ishlov berish konsepsiyasini aks ettiradi. Ma‘lumotlarning relyasion modeli. Relyasion MB kuchli nazariy fundamentga ega bo‘lib, u matematik munosabatlar (otnosheniya) nazariyasiga asoslangan. Ma‘lumotlarning relyasion modeli konsepsiyasi 1970 yilda E.F.Kodd tomonidan taklif qilingan bo‘lib, u ma‘lumotlarni tavsiflash va tasvirlashning amaliy dasturlaridan bog‘liq bo‘lmasligini ta‘minlash masalasini hal qilish uchun xizmat qiladi . Munosabat ustunlari atributlar deb ataladi va ularga nomlar beriladi. Munosabat atributlarining nomlaridan iborat ro‘yxatini munosabatlar sxemasi deyiladi. Bizning misolimizdagi Universitet munosabatining sxemasi quyidagicha yoziladi: Uneversitet ( Rektorat, fakultet, talaba, guruh, yo’nalishlar, kurs ) Ma‘lumotlar bazasini loyihalashtirishda relyasion model bilan ishlash ancha noqulayliklarga olib keladi. Shu sabab ma‘lumotlar bazasini loyihalashda har xil semantik modellar ham ishlatiladi. Ulardan eng ko‘p tarqalganlaridan biriga –ER modeli deyiladi. Bu model ingilizcha “Entity-relation” deyilib, ma‘nosi “Mohiyatbog‘lanish” demakdir. Bu model 1976 yil Piter Chen tamonidan kiritilgan bo‘lib u o‘ziga bir qator grafik diagrammalarini oluvchi bir necha har xil turdagi komponentalarni birlashtirgan. Piter Chen mohiyatlar to‘plami va ular orasida bog‘lanish sifatida relyasion ma‘lumotlar strukturasini interpritatsiya qilishni taklif qildi. ER - modelining asosiy komponentalari mohiyat, bog‘lanish va atribut (xossa) bo‘lib hisoblanadi. Mohiyat -bu ma‘lumotlari ma‘lumotlar bazasida saqlanishi kerak bo‘lgan biror real yoki tasavvur qilingan obyektdir. ER modeli
diagrammasida mohiyat odatda to‘rtburchak shaklida tasvirlanib, uning ichiga mohiyat nomi qo‘yiladi. 1-rasmda keltirilgan ER model “Universitet” mavzuda bo’lib, unda 6 ta mohiyat mavjud. ER model tarkibi quyidagilardan iborat: Ushbu Universitet nomli mohiyatga quyidagi atributlar biriktirilgan. Universitet Rektorat Fakultet Talaba Guruh Yo’nalishlar Kurs
2-rasm: Rektorat infologik modeli. Ushbu Rektorat nomli mohiyatga quyidagi atributlar biriktirilgan. Rektorat Rektorat ID Telifon raqami Email Vazifalar va mas’uliyat Ijtimoiy faoliyat Rektorat qarorlari 3-rasm: Fakultet infologik modeli.
Ushbu Fakultet nomli mohiyatga quyidagi atributlar biriktirilgan. Nomi Manzili Sayt O’qitish tillari Mutaxasislar Bo’limlar Fax 4-rasm: Dekanat infologik modeli.
Ushbu Dekanat nomli mohiyatga quyidagi atributlar biriktirilgan. Dekanat ID Dekanat nomi Email Dekanat manzili Ish boshlanish vaqti 5-rasm: Yo’nalish infologik modeli.