SPORT MAKTABLARI VA MARKAZLARI FAOLIYATINI TASHKIL QILISH
![SPORT MAKTABLARI VA MARKAZLARI FAOLIYATINI TASHKIL
QILISH
Reja:
1. Iqtidorli sportchilarni tarbiyalashda bolalar va o’smirlar sport
maktablarining ahamiyati. Sport maktablarining turlari va ularning
Nizomi xaqida tushunchalar.
2. Ixtisoslashgan va majmuiy /kompleks/ sport maktablari. Murabbiylar
kengashi. Iqtidorli yoshlarni tanlash , qabul qilish tartiblari.
3. Olimpiya o’rinbosarlari kollejlari.
4. Sport maktablarida tadbirlarini
uyushtirish. Murabbiylar , tarbiyachilar , xodimlar va sport chilarni
rag’batlantirish.
5. Sport markazlari va ularning faoliyatlari. Terma jamoalar tuzish ,
ularning o’quv-yig’inlarini uyushtirishda Murabbiylar va sport
tashkilotlari rahbarlarining o’zaro hamkorligi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyot
1](/data/documents/a3e8f0c9-73e0-49bd-a197-66186da68410/page_1.png)
![Iqtidorli sportchilarni tarbiyalashda bolalar va o’smirlar sport
maktablarining ahamiyati. Sport ning turlari va ularning nizomlari
tushunchalar
Jahon sport nazariyasi hamda amaliyotida yuqori cho’qqilarga erishish bolalar
hamda o’smirlar orasida iqtidorli yoshlarni tanlab olib, ularni tarbiyalab
yetishtirishdek murakkab pedagogik jarayon hisoblanadi. Bunday jihatlar muhitida
30-yillarda ilk bor shakllangan va ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning rivojlanishiga
ijobiy ta’siri natijasida sport turlari bo’yicha maxsus sport maktablari , sport-
internat maktablari tashkil qilingan. Bunday sport maktablarining ijobiy mexnat
samaralari tezda namoyon bo’ldi va ular sobiq Ittifoq jarayonida mukammalashib,
o’z istiqbollarini ta’minladi. Natijada ularning yaxshi ishlab chiqilgan Nizomlari
hozirgi mustaqillik sharoitlarida o’z kuchi va mohiyatini
yo’kotmadi.O’zbekistonda o’tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy , ta’lim-tarbiya
sohalaridagi tub islohotlar o’quvchi-yoshlarni sportga jalb etish, ularni kasb-
hunarga yo’llash, ijtimoiy mehnat va mudofaa ishlariga layoqatli qilib yetishtirish
muammolarini qo’ymokda. Bunday ulkan va ulug’vor vazifalarni amalga
oshirishda eng avvalo umumta’lim maktablari , kollej, litsey, o’rta maxsus va oliy
o’quv yurtlari tomonidan olib borilayotgan turli madaniy va sport tadbirlari muxim
ahamiyatga ega. Chunki bu tadbirlarda bolalar va o’smirlarning qobiliyati, qizikish
va ixloslari sinovdan o’tkaziladi.Soha olimlarining ilmiy tadqiqotlarida bolalar va
o’smirlarning jismoniy tayyorgarligi , ularni sport orqali rivojlantirish, iqtidorli
bolalarni tanlab sportga jalb etish kabi tajriba keng mazmun topganligi e’tiborga
loyiqdir. Ularning ta’kidlashlaricha, bolalarni sportga jalb etish , mahoratli
sportchilarni tayyorlash va ularning halqaro sport maydonlarida samarali
qatnashishini ta’minlayli. Eng muhimi esa, o’quvchi-yoshlarning jismoniy jihatdan
barkamol o’sishi ta’lim-tarbiyada, o’zlashtirish bo’yicha yukori natijalarga
erishishda , qolaversa, jamiyatimizning qonunlari , tartib-qoidalarini buzishning oldi
olinishida muhim rol uynaydi.
2](/data/documents/a3e8f0c9-73e0-49bd-a197-66186da68410/page_2.png)
![Sport maktablarining turlari va ularning nizomlari
xaqida tushunchalar
Yukorida ta’kidlanganidek O’zbekistonda sport tur lari bo’yicha turli xil maxsus
sport maktablari faoliyat ko’rsatib kelmokda va ularning o’z sohalari,
ixtisosliklariga qarab Nizomlari mavjud. Bolalar va o’smirlar sport maktablari
haqidagi nizomlar ularning ish faoliyatini tartibga soluvchi va doimiy
ravishda muvofiqlashtiruvchi rasmiy hamda huquqiy hujjatdir . 1
Ular
Respublika xuukumati , sport tashkilot lari hamda mutasaddi vazirliklar,
tashkilotlarning Qarorlari, yo’l-yo’riqlari asosida to’ldirilib, boyitib
boriladi.Nizomlarda asosan sport maktablarining maqsad va vazifalari, tarkibiy
tuzilishi , sportchilarni tanlab olish, sinovdan o’tkazish, murabbiylarning vazifaaari,
moddiy-texnik va xo’jalik ishlarini boshqarish kabi sohalar bayon
qilingan.O’zbekistonda sport maktablari, i bilim yurtlarini tuzish hamda ularni
boshqarishning qat ь iy tartib va qoidalari mukammal ishlab chiqilgan.Sport
maktablari faoliyatlarini to’la aks ettiruvchi talab va qoidalar ularning nizomlarida
batafsil bayon qilingan.Nizomlarga ko’ra, bolalar va o’smirlar sport maktab lari va
olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari , sport qo’mitalari, jamiyatlari va Xalq ta’limi
vazirligi tizimida tashkil qilingan. Ular quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Davlat sport qo’mitalari, tizimidagi oliy sport mahorati maktablari va olimpiya
bilim yurtlari.
2. Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi bolalar va o’smir lar sport maktablari, sport
turlari bo’yicha Ixtisoslash tirilgan maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim
yurtlari.
3. Kasaba uyushmalari jismoniy tarbiya-sport jamiyati va boshqa sport jamiyatlari
tarkibidagi sport maktablari.Sport maktablari va bilim yurtlarini moddiy-texnik
ta’minlash hamda boshqarish tartiblari mas’ul idoralar va tashkilotlar tomonidan
amalga oshiriladi.
3](/data/documents/a3e8f0c9-73e0-49bd-a197-66186da68410/page_3.png)
![Nizomga ko’ra, sport maktablari, bilim yurtlari faoliyati asosan direktor tomonidan
boshqariladi. Unda pedagogik kengash hal qiluvchi organ
hisoblanadi.Pedagogik /murabbiylar/ kengashda tarbiyaviy ishlar , sportchi-
o’quvchilarni tanlab olish, o’quv-sport mashrulot-larini tashkil qilish,
musobaqalarga tayyorgarliq musobaqa natijalari, murabbiylarning faoliyatlari , ota-
onalar bilan aloqadorliq moliyaviy-xo’jalik va boshqa ko’pgina masalalar
muhokama qilinadi.Bolalar va o’smirlar sport maktablari, asosan, ixtisoslashgan
/fakat bir tur/ va kompleks /ko’p turlar/ shaklida bo’ladi.Ma’lumki, Respublikada
futbol, kurash, voleybol va boshqa sport turlari bo’yicha juda ko’p sport
maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari tashkil qilingan.1993 yil martda
O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi Res publikada ommaviy futbolni rivojlantirish
to’g’risida qaror qabul qildi. Bu, o’z navbatida , barcha viloyatlar, tumanlar
markazlarida futbol maktab-internatlar tash kil qilish, ularning faoliyatlarini
boshqarish va moddiy-texnik ta’minlashga alohida e’tibor berishni taqozo
qiladi.Uzoq yillar davomida Toshkent, Samarkand, Andijon, CHirchik shaharlarida
sport internatlari (hozir ular olimpiya o’rinbosarlari kollejlari) faoliyat ko’rsatib
keldi va Respublika terma jamoalari uchun ko’p mingli iqtidorli sportchilar
tayyorlab berdi. Ularning orasida yuzlab halqaro sport musobaqalarining
sovrindorlari bor.O’zbekiston mustaqilligi sharoitida yangidan futbol , kurash,
tennis, karate va boshqa sport turlari bo’yicha maxsus klublar tashkil etilgan,
ularda turli yoshdagi bolalar shug’ullanmokda. Bu klublar, asosan, sport maktabi
vazifasini bajarmokda.
Ixtisoslashgan va kompleks sport maktablarining bosqichlari. Murabbiylar
kengashi. Iqtidorli yoshlarni tanlash , qabul qilish tartiblari
Ixtisoslshgan va kompleks sport maktablarining bosqichlari
Avval ta’kidlanganidek sport maktablari turli sport tashkilotlari, jamiyatlari va
davlat idoralariga mansubdir. Kaysi sohada bo’lmasin, sport maktablarining tur -
lari, tashkiliy tuzilishlari , faoliyatlari umumiy qoida va tartiblar /Nizomlar/ asosida
amalga oshiriladi. SHu sababdan ularni ikki yunalishga ajratish mumkin:
4](/data/documents/a3e8f0c9-73e0-49bd-a197-66186da68410/page_4.png)
![1. Ixtisoslashtirilgan sport maktablari.
2. Kompleks sport maktablari.
Ixtisoslashtirilgan sport maktabi ham o’z navbatida , bir necha bosqichlardan
iborat. Uning asosiy xususiyati shundaki , unda faoliyat sportning fakat bir turi
bo’yicha olib boriladi. Bunda quyidagi bosqichlarga amal qilinadi:
1. Turli yoshdagi /6-14/ bolalar tayyorlov guruhlari.
2. Oliy sport mahorati.
3. Olimpiya o’rinbosarlari.
Birinchi bosqichdagi bolalar va o’smirlar sport mak tablari /sport turlariga qarab/
asosan jismoniy tayyorgarliq jismoniy sifatlar hamda sportning texnik-tak tik
mazmunlarini o’rgatish bilan faoliyat ko’rsatadi.Ikkinchi bosqichdagi sport
maktablarida sportning texnik-taktik mazmunlarini singdirgan holda turli yirik
musobaqalarga tayyorgarlik davri o’tkaziladi.Uchinchi bosqich sport maktablarida
turli yoshdagi bo lalar shug’ullanadilar. Ular tayyorgarlik mahorat egallash va
olimpiya o’yinlari, halkaro sport musobaqalarida qatnashuvchi sportchilarni
tanlash davrlarini o’tkazadi.Umuman olganda, ixtisoslashgan sport maktablarining
ish faoliyati aniq va ixchamlashgan holda boshqarishni talab etadi. Bunda sport
maktablari ma’muriyati, ayniqsa, murabbiylarning vazifasi o’ta mas’uliyatli
hisoblanadi.Kompleks sport maktablarining xususiyatlari shundaki, unda sportning
bir necha turi /gimnastika, akroba tika, kurash, yengil atletika , futbol va hokazolar/
bo’yicha bolalar jalb etiladi va mashg’ulotlar olib boriladi.Kompleks sport
maktablarida ham sport turlariga qarab shug’ullanuvchilarni bir necha
guruhlarga /yoshi, jismoniy va sport tayyorgarligiga qarab/ bo’lib, mashg’ulot lar
alohida jadval asosida olib boriladi. Bunda muammo bo’ladigan jihatlar,
asosan, sport inshootlari , sport buyumlari va kiyimlari bilan ta’minlashdir. SHu
sababdan sport maktablari ma’muriyati zamonaviy ish usullari, xayriya jamg’arma
5](/data/documents/a3e8f0c9-73e0-49bd-a197-66186da68410/page_5.png)
![uyushmalaridan foydalanish hamda pulli xizmatlar ko’rsatib /ijara, musobaqa ,
tijorat va hokazo/, moddiy muammolarni hal qiladilar.Kompleks sport maktablari
faoliyatida ham yetuk sport chilarni tarbiyalab yetkazish, sharoit va zaruriyatlarga
qarab yosh sportchilarni oliy sport mahorati maktablari , sport internat-maktablari
va olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlariga tavsiya qilish mumkin bo’ladi.Sobik
Ittifok davrida Toshkent, Samarkand , Andijon, CHirchik va Buxoro shaharlarida
ixtisoslashtirilgan sport internat-maktablari tashkil qilindi. Ular Respublika uchun
jula ko’p sportchilar tayyorlab berishda katta xizmat qilib keldi. O’zbekiston
Mustaqil davlat bo’lgach, bu internatlar Olimpiya o’rinbosarlari maktabiga,
keyinchalik esa bilim yurtlariga aylantirildi. SHu sababdan mahoratli sportchilar
tayyorlash bilan birga jismoniy tarbiya va sport sohasida o’rta maxsus ma’lumotli
kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. Bu, o’z navbatida, yurtimizda "Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” ni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega bulmokda.
Murabbiylar kengashi Sport maktablari va Olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari
Nizomida murabbiylar kengashiga alohida e’tibor berilgan. CHunki yosh
sportchilarni texniq taktik va ahloqiy jihatdan tarbiyalashda murabbiylar asosiy
faoliyat ko’rsatadilar.Sport maktablarining xususiyatlariga qarab murabbiy lar
kengashi tuziladi. Uning tarkibi murabbiylarning soniga qarab belgilanadi.
Kengash raisi sport maktabi rahbari /direktor/ hisoblanadi. Direktorning o’quv-
sport ishlari bo’yicha muovini, murabbiylar yoki xizmatchi xodimlardan kengash
kotibi saylanadi.Murabbiylar kengashi kalendar yili /yoki o’quv yili/ bo’yicha ish
rejasini tuzadi va tasdiqlaydi. SHunga ko’ra, xar oyda bir marotaba /zarur
bo’lganda undan ko’proq/ ken gash yig’ilishi o’tkaziladi. Kengash tuzilgan reja
asosida kun tartiblarini belgilaydi. Ularda asosan murabbiy larning ish
faoliyati, hisobotlar , ota-onalar bilan ishlash, ta’lim-tarbiya jarayonlari , iqtidorli
sportchi yoshlarni tanlash, sinovdan o’tkazish va qabul qilish ma-salalari
muhokama qilinadi.Ma’lumki, Mustaqillik yilarida rahbar va boshqa xodimlarni
attestaqiyadan o’tkazish rasmiy odatga aylandi. Bu ishda sport maktablarining
murabbiylari ham bevosita ishtirok etadi. Sport maktablarida murabbiylarni
attestatsiyaga tayyorlash va o’tkazishda ularning nazariy bilim va amaliy
6](/data/documents/a3e8f0c9-73e0-49bd-a197-66186da68410/page_6.png)
![faoliyatlari , davlat siyosati hamda olib borilayotgan islohotlarga munosabatlari
inobatga olinadi. Eng muhimi, Respublika va halqaro sport musobaqalarida
sportchilarning qatnashish natijalari , bunda murabbiyning ijodiy faoliyati asosiy
o’ringa qo’yiladi. At testatsiya yakuni asosida murabbiylarga turli toifadagi /oliy
toifagacha/ unvonlar beriladi.Shu sababdan ham aksariyat barcha murabbiylar, eng
avvalo , iqtidorli yoshlarni tanlash, saralash va ular bilan katta maqsad yo’lida
fidoyilik bilan mehnat qilishga xarakat qiladilar.
Iqtidorli yoshlarni tanlash , qabul qilish tartiblari
Pedagogik kuzatishlar , ilgor tajribalar va ilmiy-pedagogik tadqiqotlarning
natijalariga ko’ra, bolalar va o’smirlar sport maktablari , maxsus olimpiya
o’rinbosarlari sport maktablari, oliy sport mahorati maktablari, olimpiya
o’rinbosarlari bilim yurtlari va shunga o’xshash sport maktablariga yoshlarni jalb
etish quyidagi tartibda olib boriladi:
1. Maktab jismoniy tarbiya o’qtuvchilarining tavsiyasi.
2. O’quvchi-yoshlarning o’z ixtiyori va tashabbusi.
3. Ota-onalarning tavsiya va iltimoslari.
4. Murabbiylarning bevosita maqsad yo’lida kuzatishlari.
Sport maktablarining toifasi , darajasi va ehtiyoji asosida iqtidorli yoshlarni
kuzatish, tanlash va sinov-tajribalarga tayyorlash hollari ko’proq murabbiylar
tomonidan olib boriladi.Sport turlariga qarab sinov-tanlov jarayoni umumiy
jismoniy tayyorgarliq mazkur sport to’rining texnik qoidalari va me’yorlari asosida
bolalar maxsus tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi.Sport maktablariga kiruvchi bolalar
shaxsiy hujjatlarini talab darajasida tayyorlab , sinov-tanlovdan muvaffaqiyatli
o’tgandan keyin, sport maktabi ma’muriyati tomonidan buyruq bilan
rasmiylashtiriladi.Sport maktablarida bolalar va ularning ota-onalari ichki tartib
7](/data/documents/a3e8f0c9-73e0-49bd-a197-66186da68410/page_7.png)
![qoidalar bilan tanishtiriladi. Sport mashg’ulotlari, musobaqa qoidalari hamda axloq
normalariga rioya qilmagan bolalar esa sport maktabidan chetlashtiriladi.
Sport turlari bo’yicha murabbiylar yangidan qabul qilingan bolalar bilan
mashg’ulot tashkil qilish jarayonida ularning faoliyati, imkoniyat darajasi ,
qiziqishi, munosabati va ruhiy holatlarini o’rganib oladi. Eng muhimi , ularni
ortiqcha yuklama yoki qo’pol muomala bi lan bezdirmaslik lozim.
Olimpiya o’rinbosarlarini tayyorlovchi bilim yurtlari
Olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari , sport internat-maktablar va olimpiya
o’rinbosarlari sport maktablari negizida vujudga keldi. Ular hozirgi kunda deyarli
barcha viloyatlarning markazida tarkib topmoqda va kollej shaklila faoliyat
ko’rsatmokda. Ular, eng avvalo , Xalq ta’limi vazirligi tizimida shakllandi va
rivojlandi. SHu sababdan ularning o’quv rejalari va fanlar , sport turlari bo’yicha
dasturlari Xalq ta’lim vazirligi tomo nidan ishlab chiqiladi hamda
tasdiklanadi.Respublikada olimpiya o’yinlariga tayyorgarlik va ular bilan bevosita
bog’liq bo’lgan masalalarda olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari faoliyatiga har
tomonlama yordam berish maqsadida Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi,
O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi va sport uyushmalari hamkorlik
qilmokda.Bilim yurtlarining o’quv rejasida davlat ta’lim standartlari asosida
umumiy va o’rta maxsus ta’lim dasturlaridagi barcha siyosiy , gumanitar , tabiiy va
maxsus fanlar o’qitiladi. Mavjud bo’lgan gurux /sinf/ va bo’limlarda olimpiya
o’yinlari sport turlari bo’yicha ixtisoslashtirilgan nazariy hamda amaliy fanlar
o’rgatiladi. O’quv rejalarida belgilangan barcha fanlar va sport turlarining asosiy
mohiyati yetuk va mahoratli sportchilar hamda mutaxassis xodimlar tayyorlashdan
iborat.Avvalgi bo’limlarda qayd etilganidek rahbarlik ishlari bilim yurti direktori ,
uning o’quv, sport, ma’naviyat va ma’rifat, xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosarla ri
hamda sport turlari bo’yicha bo’lim boshliqlari tomo nidan amalga oshiriladi.Bilim
yurtida pedagogik va murabbiylar kengashi bar cha faoliyatlarni muhokama qilib ,
zarur qarorlarni qabul qiladi. Ta’lim-tarbiya jarayonlari hamda sport tayyorgar ligi
8](/data/documents/a3e8f0c9-73e0-49bd-a197-66186da68410/page_8.png)
![bilim yurtida eng ustuvor faoliyat hisoblanadi. Bu sohalarda Toshkent , Samarkand ,
Andijon, CHirchik va boshqa shaharlardagi bilim yurtlarining ish faoliyati va
erishgan tajribalarini talabalar Mustaqil ravishda o’rganishga harakat qilishlari
lozim.
Sport maktablarida ommaviy sport tadbirlari-ni uyushtirish. Murabbiylar ,
tarbiyachilar, xodim lar va sportchilarni rag’batlantirish
Sport maktablarida ommaviy sport tadbirlarini uyushtirish
Barcha toifalardagi bolalar va o’smirlar sport mak tablarida, asosan, sport
mashg’ulotlarini o’tkazish va sport turlari bo’yicha maxsus musobaqalar tashkil
qilinib borilsada, ularning ish faoliyatida ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish
ham alohida o’ringa ega. Ayniksa, sport o’yinlari, yengil atletika va boshqa ba’zi
sport turlari ommaviylik mazmuniga egadir. SHu sabab dan bu turlar
bo’yicha musobaqalar uyushtirilganda , boshqa sport maktablari va umumta’lim
maktab o’quvchilarining sport jamoalari ham ishtirok etishi mumkin. Ommaviy
sport tadbirlarining asosiy shakllari tuman-shahar, viloyat va respublika
birinchiliklari , spartakiadalari, o’rtoqlik uchrashuvlari hisoblanadi. Bunday
musobaqalarning zamirida sportchilarning tayyorgarligi , egallangan mahoratlar
sinov hamda yirik sport musobaqalari, Xalqaro uchrashuvlar , Markaziy Osiyo,
Osiyo va jahon chempionatlariga terma jamoa tayyorlash ko’rigi bo’lib xizmat
qiladi.Ommaviy sport tadbirlarining yana bir shakli va maqsadi shundaki , qaysi
sport turi bilan shug’ullanishlaridan qat ь iy nazar,o’z jamoalarida tashkil etilgan
kross , futbol musobaqalari hamda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarini
bajarish uchun tashkil qilinadigan ommaviy musobaqalarda ishtirok etish shartdir.
Bundan asosiy maqsad shuki, sportchilarning jismoniy tayyorgarliklari darajasini
muntazam oshirib borishdir. SHu sababdan sport maktablarining kalendar
rejalariga om maviy sport musobaqalarini kiritish va ularni amalda o’tkazish
mahsadga muvofikdir.
Murabbiylar, tarbiyachilar , xodimlar va sportchilarni rag’batlantirish
9](/data/documents/a3e8f0c9-73e0-49bd-a197-66186da68410/page_9.png)
![O’quvchi-yoshlar, ayniqsa yosh sportchilarni har tomonlama tarbiyalash ishlari
ancha murakkab va o’z navbatida o’ta mas’uliyatli faoliyatdir. Murabbiylar oddiy
xavaskorni eng mohir va respubli ka musobaqalarida qatnashuvchi sportchi
darajasiga yetkazadi. Ularning qaysi birlari halqaro sport musobaqalari va jahon
birinchiliklarida sovrindor bo’lishga erishadilar. Bunday sportchilarni tarbiyalab
yetkazgan Murabbiylar diqqat e’tibordan chetda qolmaydi. Ularning
murabbiylik toifalari oshiriladi , moddiy rag’batlantiriladi, «O’zbekistonda xizmat
ko’rsatgan murabbiy» unvonlari hamda hukumatning orden va meddallari bilan
takdirlanadilar.Ma’lumki, sport maktablarida uslubchi /metodist/ va boshqa
xodimlar lavozimi mavjud. Sport internat-maktablari, olimpiya o’rinbosarlari
maktablari va shu sohadagi bilim yurtlarida o’quvchi-sportchilarning
yotoqxonalari, ta’lim-tarbiya joylari, oshxona va texnik xizmat joylarida
tarbiyachilar , mutaxassis xodimlar ham faoliyat ko’rsatishadi. Ularning yaxshi
mehnatlari evaziga Nizomga ko’ra moddiy va ma’naviy rag’batlantirish amalga
oshirib boriladi.Sport maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlarida
shug’ullanuvchilar orasida sport ko’rsatkichlari yuqori, ahloq-odob jihatidan
namunali bolalar ko’p bo’ladi. Ularni rag’batlantirish, «Navro’z» «Mustaqillik
kuni» bayramlari , «Jismoniy tarbiyachilar kuni» /kasb-bayrami/, yozgi sport
mavsumi boshlanishiga, an’anaviy sport musobaqalari va boshqa tadbirlarda
amalga oshiri ladi. Bunda o’quvchilar faxriy yorliqlar , diplomlar, qimmatbaho
buyumlar bilan takdirlanadi.Respublika yoki halqaro sport musobaqalarining
g’oliblarini tantanali yig’ilishda belgilangan mukofotlar bilan sharaflaydilar va
olqishlaydilar.
Sport markazlari va ularning faoliyatlari
Sport markazlari tushunchasi asosan zamonaviy sport inshootlarini bildiradi. Bu
mashg’ulotlarni o’tkazishdagi to’g’ri tushuncha hisoblanadi. SHuningdek sport
jamiyatlari, sport maktablari va ularda faoliyat ko’rsatuvchi rahbarlar, murabbiylar ,
hakamlar hamda boshqa rasmiy kishilarning sport turlari bo’yicha terma jamolar
10](/data/documents/a3e8f0c9-73e0-49bd-a197-66186da68410/page_10.png)
![tuzish, ular bilan o’quv-yig’in mashg’ulotlarini o’tkazish masalalarini
muvofiqlashtirish faoliyati ham shu tushuncha ichiga /sport markazi/ kiradi.
Tuzilgan terma jamoalar safida eng kuchli sportchilar yig’iladi, o’quv-yig’in
mashg’ulotlari va rasmiy hamda norasmiy musobaqalarda ularning texnik-taktik
tayyorgarliklari sinab ko’riladi. SHu jihatdan ham bunday tad birlarda faqat
murabbiylargina emas, balki ilmiy xo dimlar, mutasaddi rahbarlar , mas’ul
xodimlar, shifokorlar, homiylar ham mashg’ulotlar hamda musobaqalarda ishtirok
etish , o’zlarining taxminiy mulohazalarini bildirishlari mumkin.Bunday hollarda
sport turlariga qarab shahar va viloyat markazlarida mavjud bo’lgan eng yaxshi
sport inshootlari tanlanadi. Ularga zarur bo’lgan asbob-uskunalar, tex nik vositalar,
shart-sharoitlar yaratiladi. Sport markazlaridagi o’quv-yig’in mashg’ulotlari va
musobaqalar hamda sport inshoot xizmatlari bilan bog’liq tashkiliy ishlar , moddiy-
texnik hamda moliyaviy ta’minot ishlari tashkil qiluvchi tashkilot, jamiyat, klub
tomonidan amalga oshiriladi. So’nggi yillarda bunday mas’ul va yirik sport
tadbirlarini tashkil qilish hamda ularni maqsaddagidek o’tkazish jamg’arma
uyushmalari, homiylar tomo nidan qo’llab-quvvatlanmokda.Sport markazlari
faoliyati , asosan, sport inshootlari ma’muriyati, mas’ul jamiyatlar va sport klublari
to monidan boshqariladi. Umumiy rahbarlik sport uyushmalari, sport qo’mitalari
tomonidan olib boriladi.
11](/data/documents/a3e8f0c9-73e0-49bd-a197-66186da68410/page_11.png)
![Xulosa
Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonning katta sporta rivojiga bolalar va
o’smirlar sport maktablari , maxsus olimpiya o’rinbosarlari sport maktablari hamda
bilim yurtlari jamoalari o’z hissalarini qo’shmokda. Yosh sportchilarni tarbiyalab
voyaga yetkazishda, ularning Xalqaro sport maydonlariga qadam qo’yishlarida
murabbiylarning xizmati g’oyat kattadir.O’zbekistonning shon-shuhfatini sport
orqali jahonga yoyishda kurash, boks, tennis, shaxmat, sharkona yakkakurash va
boshqa sport turlari bo’yicha sportchilar mardonavor mahorat ko’rsatmoqdalar.
SHu sababdan ham O’zbekiston Prezidenti va xukumati sportni yanada
rivojlantirish , ayniqsa, bolalar va o’smirlarning sport maktablari faoliyatini yanada
yaxshilash zarurligini ko’zda tutib, qator farmonlar, qarorlar qabul qilmokda.
SHuningdek tajribali murabbiylar va xalqaro sport musobaqalarining g’oliblari
munosib ravishda taqdirlanmoqda. Bunday g’amxo’rlik va e’tiborlar sport
inshootlarini yanada kengaytirish, eng zamonaviy sport inshootlarida terma
jamoalarning o’quv-yig’in mashg’ulotlarini o’tkazish hamda musobaqalarni tashkil
qilishga muhayyo qilib berilmokda.Ta’kidlash lozimki, "Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi"ni hayotga singdirish uchun respublika viloyatlarining markazlarida
olimpiya o’rinbosarlari kollejlari tashkil etilmokda. Ular terma jamoalar tarkibini
to’ldirish bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport sohasida o’rta ma’lumotli
mutaxassislar tayyorlaydi. Eng muhim tomoni shundaki , bu bilim yurtlariga
ko’proq, mahaliy xotin-qizlardan qabul qilish va ularni davr talablari, milliy
qadriyatlar asosida tayyorlash ko’zda tutilmokda. Bu esa, o’z navbatida, respublika
terma jamoalarini mahalliy millat xotin-qizlari bilan ta’minlash hamda milliy sport
turlari va Xalq milliy o’yinlarini keng yoyish , ularni ommaviylashtirishga zamin
tayyorlaydi.
12](/data/documents/a3e8f0c9-73e0-49bd-a197-66186da68410/page_12.png)
![Foydalanilgan adabiyot
1. Yarashev K.D. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish. T.: 2002y. 120 –
135 betlar
2. J. Eshnazarov Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish T.: 2008 Qo`shimcha
adabiyotlar.
3. Xoldorov T.X, Nurmatov F.A., Yunusova D.S. Jismoniy madaniyat tarixi va
boshqarish T.: 20082. Botirov X.A. Jismoniy tarbiya va sport tarixi. T.
“O’qituvchi” 1993 y.
4. Xo’jaev F. O’zbekistonda jismoniy tarbiya. 1997 y.
5. Akramov A.I. O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sport tarixi. O’zDJTI
1997y.F.Xo’jaev va boshqalar “Xalq milliy o’yinlari” 1 qism Toshkent 2001 yil
13](/data/documents/a3e8f0c9-73e0-49bd-a197-66186da68410/page_13.png)
SPORT MAKTABLARI VA MARKAZLARI FAOLIYATINI TASHKIL QILISH Reja: 1. Iqtidorli sportchilarni tarbiyalashda bolalar va o’smirlar sport maktablarining ahamiyati. Sport maktablarining turlari va ularning Nizomi xaqida tushunchalar. 2. Ixtisoslashgan va majmuiy /kompleks/ sport maktablari. Murabbiylar kengashi. Iqtidorli yoshlarni tanlash , qabul qilish tartiblari. 3. Olimpiya o’rinbosarlari kollejlari. 4. Sport maktablarida tadbirlarini uyushtirish. Murabbiylar , tarbiyachilar , xodimlar va sport chilarni rag’batlantirish. 5. Sport markazlari va ularning faoliyatlari. Terma jamoalar tuzish , ularning o’quv-yig’inlarini uyushtirishda Murabbiylar va sport tashkilotlari rahbarlarining o’zaro hamkorligi. Xulosa Foydalanilgan adabiyot 1
Iqtidorli sportchilarni tarbiyalashda bolalar va o’smirlar sport maktablarining ahamiyati. Sport ning turlari va ularning nizomlari tushunchalar Jahon sport nazariyasi hamda amaliyotida yuqori cho’qqilarga erishish bolalar hamda o’smirlar orasida iqtidorli yoshlarni tanlab olib, ularni tarbiyalab yetishtirishdek murakkab pedagogik jarayon hisoblanadi. Bunday jihatlar muhitida 30-yillarda ilk bor shakllangan va ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning rivojlanishiga ijobiy ta’siri natijasida sport turlari bo’yicha maxsus sport maktablari , sport- internat maktablari tashkil qilingan. Bunday sport maktablarining ijobiy mexnat samaralari tezda namoyon bo’ldi va ular sobiq Ittifoq jarayonida mukammalashib, o’z istiqbollarini ta’minladi. Natijada ularning yaxshi ishlab chiqilgan Nizomlari hozirgi mustaqillik sharoitlarida o’z kuchi va mohiyatini yo’kotmadi.O’zbekistonda o’tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy , ta’lim-tarbiya sohalaridagi tub islohotlar o’quvchi-yoshlarni sportga jalb etish, ularni kasb- hunarga yo’llash, ijtimoiy mehnat va mudofaa ishlariga layoqatli qilib yetishtirish muammolarini qo’ymokda. Bunday ulkan va ulug’vor vazifalarni amalga oshirishda eng avvalo umumta’lim maktablari , kollej, litsey, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari tomonidan olib borilayotgan turli madaniy va sport tadbirlari muxim ahamiyatga ega. Chunki bu tadbirlarda bolalar va o’smirlarning qobiliyati, qizikish va ixloslari sinovdan o’tkaziladi.Soha olimlarining ilmiy tadqiqotlarida bolalar va o’smirlarning jismoniy tayyorgarligi , ularni sport orqali rivojlantirish, iqtidorli bolalarni tanlab sportga jalb etish kabi tajriba keng mazmun topganligi e’tiborga loyiqdir. Ularning ta’kidlashlaricha, bolalarni sportga jalb etish , mahoratli sportchilarni tayyorlash va ularning halqaro sport maydonlarida samarali qatnashishini ta’minlayli. Eng muhimi esa, o’quvchi-yoshlarning jismoniy jihatdan barkamol o’sishi ta’lim-tarbiyada, o’zlashtirish bo’yicha yukori natijalarga erishishda , qolaversa, jamiyatimizning qonunlari , tartib-qoidalarini buzishning oldi olinishida muhim rol uynaydi. 2
Sport maktablarining turlari va ularning nizomlari xaqida tushunchalar Yukorida ta’kidlanganidek O’zbekistonda sport tur lari bo’yicha turli xil maxsus sport maktablari faoliyat ko’rsatib kelmokda va ularning o’z sohalari, ixtisosliklariga qarab Nizomlari mavjud. Bolalar va o’smirlar sport maktablari haqidagi nizomlar ularning ish faoliyatini tartibga soluvchi va doimiy ravishda muvofiqlashtiruvchi rasmiy hamda huquqiy hujjatdir . 1 Ular Respublika xuukumati , sport tashkilot lari hamda mutasaddi vazirliklar, tashkilotlarning Qarorlari, yo’l-yo’riqlari asosida to’ldirilib, boyitib boriladi.Nizomlarda asosan sport maktablarining maqsad va vazifalari, tarkibiy tuzilishi , sportchilarni tanlab olish, sinovdan o’tkazish, murabbiylarning vazifaaari, moddiy-texnik va xo’jalik ishlarini boshqarish kabi sohalar bayon qilingan.O’zbekistonda sport maktablari, i bilim yurtlarini tuzish hamda ularni boshqarishning qat ь iy tartib va qoidalari mukammal ishlab chiqilgan.Sport maktablari faoliyatlarini to’la aks ettiruvchi talab va qoidalar ularning nizomlarida batafsil bayon qilingan.Nizomlarga ko’ra, bolalar va o’smirlar sport maktab lari va olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari , sport qo’mitalari, jamiyatlari va Xalq ta’limi vazirligi tizimida tashkil qilingan. Ular quyidagi turlarga ajratiladi: 1. Davlat sport qo’mitalari, tizimidagi oliy sport mahorati maktablari va olimpiya bilim yurtlari. 2. Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi bolalar va o’smir lar sport maktablari, sport turlari bo’yicha Ixtisoslash tirilgan maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari. 3. Kasaba uyushmalari jismoniy tarbiya-sport jamiyati va boshqa sport jamiyatlari tarkibidagi sport maktablari.Sport maktablari va bilim yurtlarini moddiy-texnik ta’minlash hamda boshqarish tartiblari mas’ul idoralar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. 3
Nizomga ko’ra, sport maktablari, bilim yurtlari faoliyati asosan direktor tomonidan boshqariladi. Unda pedagogik kengash hal qiluvchi organ hisoblanadi.Pedagogik /murabbiylar/ kengashda tarbiyaviy ishlar , sportchi- o’quvchilarni tanlab olish, o’quv-sport mashrulot-larini tashkil qilish, musobaqalarga tayyorgarliq musobaqa natijalari, murabbiylarning faoliyatlari , ota- onalar bilan aloqadorliq moliyaviy-xo’jalik va boshqa ko’pgina masalalar muhokama qilinadi.Bolalar va o’smirlar sport maktablari, asosan, ixtisoslashgan /fakat bir tur/ va kompleks /ko’p turlar/ shaklida bo’ladi.Ma’lumki, Respublikada futbol, kurash, voleybol va boshqa sport turlari bo’yicha juda ko’p sport maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari tashkil qilingan.1993 yil martda O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi Res publikada ommaviy futbolni rivojlantirish to’g’risida qaror qabul qildi. Bu, o’z navbatida , barcha viloyatlar, tumanlar markazlarida futbol maktab-internatlar tash kil qilish, ularning faoliyatlarini boshqarish va moddiy-texnik ta’minlashga alohida e’tibor berishni taqozo qiladi.Uzoq yillar davomida Toshkent, Samarkand, Andijon, CHirchik shaharlarida sport internatlari (hozir ular olimpiya o’rinbosarlari kollejlari) faoliyat ko’rsatib keldi va Respublika terma jamoalari uchun ko’p mingli iqtidorli sportchilar tayyorlab berdi. Ularning orasida yuzlab halqaro sport musobaqalarining sovrindorlari bor.O’zbekiston mustaqilligi sharoitida yangidan futbol , kurash, tennis, karate va boshqa sport turlari bo’yicha maxsus klublar tashkil etilgan, ularda turli yoshdagi bolalar shug’ullanmokda. Bu klublar, asosan, sport maktabi vazifasini bajarmokda. Ixtisoslashgan va kompleks sport maktablarining bosqichlari. Murabbiylar kengashi. Iqtidorli yoshlarni tanlash , qabul qilish tartiblari Ixtisoslshgan va kompleks sport maktablarining bosqichlari Avval ta’kidlanganidek sport maktablari turli sport tashkilotlari, jamiyatlari va davlat idoralariga mansubdir. Kaysi sohada bo’lmasin, sport maktablarining tur - lari, tashkiliy tuzilishlari , faoliyatlari umumiy qoida va tartiblar /Nizomlar/ asosida amalga oshiriladi. SHu sababdan ularni ikki yunalishga ajratish mumkin: 4
1. Ixtisoslashtirilgan sport maktablari. 2. Kompleks sport maktablari. Ixtisoslashtirilgan sport maktabi ham o’z navbatida , bir necha bosqichlardan iborat. Uning asosiy xususiyati shundaki , unda faoliyat sportning fakat bir turi bo’yicha olib boriladi. Bunda quyidagi bosqichlarga amal qilinadi: 1. Turli yoshdagi /6-14/ bolalar tayyorlov guruhlari. 2. Oliy sport mahorati. 3. Olimpiya o’rinbosarlari. Birinchi bosqichdagi bolalar va o’smirlar sport mak tablari /sport turlariga qarab/ asosan jismoniy tayyorgarliq jismoniy sifatlar hamda sportning texnik-tak tik mazmunlarini o’rgatish bilan faoliyat ko’rsatadi.Ikkinchi bosqichdagi sport maktablarida sportning texnik-taktik mazmunlarini singdirgan holda turli yirik musobaqalarga tayyorgarlik davri o’tkaziladi.Uchinchi bosqich sport maktablarida turli yoshdagi bo lalar shug’ullanadilar. Ular tayyorgarlik mahorat egallash va olimpiya o’yinlari, halkaro sport musobaqalarida qatnashuvchi sportchilarni tanlash davrlarini o’tkazadi.Umuman olganda, ixtisoslashgan sport maktablarining ish faoliyati aniq va ixchamlashgan holda boshqarishni talab etadi. Bunda sport maktablari ma’muriyati, ayniqsa, murabbiylarning vazifasi o’ta mas’uliyatli hisoblanadi.Kompleks sport maktablarining xususiyatlari shundaki, unda sportning bir necha turi /gimnastika, akroba tika, kurash, yengil atletika , futbol va hokazolar/ bo’yicha bolalar jalb etiladi va mashg’ulotlar olib boriladi.Kompleks sport maktablarida ham sport turlariga qarab shug’ullanuvchilarni bir necha guruhlarga /yoshi, jismoniy va sport tayyorgarligiga qarab/ bo’lib, mashg’ulot lar alohida jadval asosida olib boriladi. Bunda muammo bo’ladigan jihatlar, asosan, sport inshootlari , sport buyumlari va kiyimlari bilan ta’minlashdir. SHu sababdan sport maktablari ma’muriyati zamonaviy ish usullari, xayriya jamg’arma 5