“Student “ predmet sohasi uchun ma’lumotlar bazasini loyihalash.
Mavzu: “Student “ predmet sohasi uchun ma’lumotlar bazasini loyihalash. Reja: 1. Tanlangan predmet sohani tahlil qilish. 2. Konseptual (infologik) loyihalash. 3. Datalogik loyihalash. 4. Fizik loyihalash. 5. Ma’lumotlar bazasini ilovasini loyihalash va ishlab chiqish. 6. Ma’lumotlar bazasini ishini boshqarish. Xulosa
Ma’lumotlar bazasini loyihalash bosqichlari Ma’lumotlar bazasini loyihalash axborotlarni abstraktsiyalash bir darajasidan boshqasiga o’tish, ya’ni predmet soha axborot strukturasining tabiiy til tavsifidan muyyan model termenlarida formallashtirilgan tavsifiga ketma-ket o’tish hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasini loyihalash jarayonining quyidagi bosqichlarini ajratish mumkin: 1) Predmet sohani tizimli tahlil qilish; 2) Infologik loyihalash; 3) Ma’lumotlar bazasi boshqarish tizimi (MBBT) tanlash; 4) Mantiqiy loyihalash; 5) Fizik loyihalash; Har bir bosqichlarni batafsil ko’rib chiqamiz. 1. Predmet sohani tizimli tahlil qilish Bu bosqichda quyidagilar amalga oshirilishi lozim: – ma’lumotlar bazasi va avtomatlashtirilgan tizimni ishlab chiqishning dolzarbligini asoslash; – predmet soha va asosiy cheklovlarni batafsil tavsiflash; - ushbu predmet soha asosiy obyektlari, ularning xossalari va o‘zaro aloqalarini aniqlash; – tizimdan foydalanuvchilar ko‘lami va ularning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash; - tizimning hujjat almashinuvini tadqiq etish; - avtomatlashtirilgan muhitda hal qilinadigan vazifalar ko‘lamini aniqlash va hokazo. Masalan: “Student” uchun ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish talab etilgan bo‘lsin. Tizim tahlil quyidagicha bo'lishi mumkin: Studentdan ko’p foydalanishadi. Buyutmalar, mijozlar va xodimlar joylashuvi haqidagi axborotlarni yuritish samaradorligini ta’minlash uchun zamonaviy ma’lumotlar bazasiga asoslangan avtomatlashtirilgan tizim zarur hisoblanadi.
Ma'lumotlar bazasi va ma'lumotlar bazasi bilan ishlashning avtomatlashtirilgan tizimdan foydalanish mijozlarga xizmat ko'rsatish va xodimlarning buyurtmalari haqidagi ma'lumotlarni tizimlashtirish, shuningdek, boshqa ko'pgina vazifalarni bajarish vaqtini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi. Student bilan ishlashdagi cheklovlar quyidagilardan iborat: 1) Studentlarning yoshi 18 dan katta; 2) har bir talabaning ish yoki uy telefoni yoki uyali telefoni bo'lishi kerak va hokazo. Bunday cheklovlar ko'p ham bo'lishi mumkin; ma'lumotlar bazasi ishlab chiqilayotgan studentga bog‘liq ravishda ular turli tuman yoki umuman bo'lmasligi mumkin. Ushbu tizimning asosiy obyektlarini va ularning xossalarini aniqlaymiz. 1. Student: - student_ID; - F.I.SH; - tug’ilgan joyi ; - tug'lgan yili; - stependiya; - bahosi; 2) Konseptual (infalogik) loyihalash. • Infologik loyixalashtirish, MB modelida predmet sohasining semantikasini namoyon qilish bilan bog’liq • Infologik tavsif aniq bir MBBT( СУБД )ga bog’liq bo`lmasligi kerak • Infologik (semantik) model predmet sohasining ixchamlshtirilgan formallashgan tavsifini taqdim etadi ER-modeli asosida quyidagi tayanch tushunchalar mavjud: • Mohiyat • Atributlar • Aloqalar
Mohiyat — bu haqiqiy yoki xayoliy ob'ekt bo'lib, u haqida ma'lumot loyihalashtirilgan tizimda saqlanishi kerak • Mohiyat tizim ichida noyob nomga ega Student Student_IDF.I.SH. Tug’ilgan joyi Tug’ilgan yili stipendiya bahosi
3)Datologik loyihalash. Datalogik loyihalashning maqsadi: tanlangan MBBT nuqtai nazaridan to'g'ri MB sxemasini ishlab chiqish. Sxemaning to'g'riligini tahlil qilish ma'lumotlar bazasi munosabatlarining atributlari orasidagi funktsional bog'liqliklarni tahlil qilishga asoslangan.