logo

Ta’lim falsafasi taraqqiyotining asosiy boshqichlari.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

25.357421875 KB
Ta’lim falsafasi taraqqiyotining asosiy boshqichlari.
Reja:
1. Ta’lim falsafasining evolyutsion rivoji. Tarixiy taraqqiyot bosqichlari. 
2. Mamlakatimizda ta’lim -tarbiya ning tarixiy ildizlari. Qadimgi davrda 
ta’lim -tarbiya ga munosabat. 
3. Avestodagi ta’lim-tarbi yaga oid qarashlarning falsafiy mohiyati.
  Pedagogika   tarixi   qadim   zamonlardan   tortib   to   hozirgi   kungacha
bo`lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyalarining
taraqqiyotini   davrlar   talabi   asosida   o`rganib   keladi.   Ta’lim   va   tarbiya   tarixi,
uning   metodologik   asosi   yosh   avlodni   tarbiyalash   an’analarini,   jamiyatning
taraqqiyot   bosqichlaridagi   o`qitish   va   kamol   toptirish   tizimlarini,   ularning
qonun-qoidalarini,   qomusiy   mutafakkirlar,   ma’rifatparvar   adiblar   va
pedagoglarning   ta’lim   -   tarbiya,   ma’rifatga   doir   g`oyalarini   va   ularning
rivojlanishini mukammal o`rganadigan bilimdir.
              Umuman   ta’lim   tarixini   o`rganish   millatimiz   tarixini     o`rganish   bilan
uzviy bog`liqdir. Yosh avlodni tarbiyalash va ularni o`qitish nazariyasi bilan
amaliyotning   qanday   taraqqiy   qilib   kelganligini   bilmay   turib,   yoshlarni   har
tomonlama komil inson qilib tarbiyalash masalalarini ilmiy ravishda hal etib
bo`lmaydi.
              Eng   qadimgi   madaniy   boyliklarni   o`rganishda   pedagogika   tarixi   uch
asosiy manbaga tayanadi:
1.             Xalq ijodi materiallari.
2.             Buyuk adib va allomalarning ijodiy merosi.
3.             Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ashyolar.
              Atoqli   mutafakirlarimizning   ta’lim   -   tarbiya   sohasida   qoldirgan   muhim
fikrlarini   o`rganish,   pedagogik   tafakkurning     o`sishiga,   pedagogik
madaniyatning ortishiga imkon beradi. Pedagogika tarixi jamiyat taraqqiyoti
qonunlariga   suyangan   holda   turli   pedagogik   nazariyalarni,   ta’lim   -   tarbiya
mazmuni   va   metodlarini   o`rgatadi.   O`tmishning   pedagogik   tizimlarida
bo`lgan ilg`or fikrlardan ijodiy foydalanadi.  
              Kishilik   jamiyati   paydo   bo`lishi   bilan   odamlarda   mehnat   faoliyati
jarayonida   ishlab   chiqarish   tajribalari,   mehnat   qilish   malakalari   va   mehnat
qurollarini ishlatish ko`nikmalari hosil bo`ldi. Bu qurollarni takomillashtirish
natijasida   nutq   va   tafakkur   o`sib,   kamol   topa   bordi.   Keksa   avlod   mehnat qilish jarayonida orttirgan tajribasi asosida yosh avlodni ham mehnat qilishga
o`rgatdi,   uni   mehnat   jarayonida   tarbiyaladi.   Shunday   qilib,   kishilik
jamiyatining   paydo   bo`lishi   bilan   tarbiya   ham   vujudga   keldi,   u   bilan   birga
taraqqiy etdi, jamiyatning o`zgarishi bilan u ham o`zgarib bordi.
              Tarbiyaning ijtimoiy vazifasi kishilarni bilim, malaka, ko`nikmalarda aks
etgan  mehnat,   bilim   tajribalarini   avloddan  -   avlodga   yetkazishdir.   Tarbiyani
amalga   oshirish   jarayonini   anglash   va   bu   sohadagi   tajribalarni   o`rganishga
bulgan ehtiyojning tug`ilishi pedagogika fanini yuzaga keltirdi.
              Shaxs   jamiyatdan   tashqarida   kamol   topa   olmaydi,   jamiyatdan   tashqari
tarbiya   ham   bo`lishi   mumkin   emas.   Tarbiya   ijtimoiy   hodisa   bo`lib,   jamiyat
hayoti,   uning   to`xtovsiz   taraqqiy   etib   borishi   tarbiyasiz   bo`lmaydi.   Tarbiya
bo`lmasa,   jamiyat   ham   bo`lmaydi,   jamiyat   usiz   yashay   va   taraqqiy   eta
olmaydi.
              Ibtidoiy jamiyatda kishilar o`rtasida tengsizlik, xususiy mulk bo`lmagan.
Mehnat   va   ijtimoiy   funksiyalarning   taqsimlanishi   tabiiy   -   biologik   negizga
asoslangan, buning natijasida erkaklar va ayollar o`rtasida mehnat taqsimoti
mavjud   edi,   kishilar   yosh   jihatidan   jamolarga   bo`linganlar.   Urug`chilik
jamiyatidan oldingi jamiyat yosh jihatdan 3 guruhga bo`lingan edi:
1.             Bolalar va o`smirlar.
2.             Hayot va mehnatning to`la huquqli va to`la qimmatli ishtirokchilari.
3.             Umumiy   hayotda   to`la   suratda   ishtirok   etish   uchun   jismoniy   kuchi
bo`lmagan keksalar.
              Ibtidoiy   jamiyatda   bola   o`zining   hayot   faoliyati   jarayonida   kattalarning
ishlarida   qatnashib,   ular   bilan   kundalik   muomalada   bo`lib,   tarbiyalanar   va
ta’lim   olar   edi.   O`g`il   bolalar   katta   yoshdagi   erkaklar   bilan   ov   qilish,   baliq
tutish,   qurol   yasashda   qatnashar,   qizlar   esa   ayollar   rahbarligida   ekin   ekib,
hosil   yig`ish,   ovqat   pishirish,   idish   yasash,   kiyim   tayyorlash   ishlarida
qatnashganlar. Matriarxat taraqqiyotining oxirgi bosqichlarida yosh alodning yashashi va tarbiyalanishi uchun ug`il bolalrga alohida va qizlarga alohida -
birinchi tarbiya muassasalari - Yoshlar uylari paydo bo`ladi. Yoshlar uylarida
bolalar urug` oqsoqollari rahbarligida tarbiyalangan, mehnatga o`tkaziladigan
"sinovlar"ga tayyorlanar edilar.
              Patriarxat   urug`chilik   jamoasi   bosqichida   chorvachilik,   dehqonchilik   va
boshqa   kasb   -   hunar   paydo   bo`lib,   rivojlanib   bordi.   Bir   muncha   tashkiliy
ravishda   tarbiya   qilish   zarurati   tug`ilishi   bilan   yoshlarni   tarbiyalash   tajribali
kishilarga topshiriladigan bo`ldi.
              Jamiyat   taraqqiyoti   bilan   birga   bolalarga   dalalarni   o`lchash,   suv
toshqinlarini   oldini   olish,   odamlarni   davolashga   oid   bilimlar   avj   oldi.
Natijada   maktablarga   va   yozuvga   ehtiyoj   sezila   boshladi.   Dastlab   suratli
piktografik   xat   paydo   bo`lgan   bo`lsa,   keyinchalik   qo`shni   mamalakatlardan
kirib kelgan harf bilan yozish usuli paydo bo`ladi va tez tarqala boshlaydi.
              Mil.avv.   birinchi   ming   yillik   o`rtalarida   oromiy   yozuvi,   Aleksandr
Makedonskiy   istilosidan   keyin   esa   yunon   yozuvi   shu   bilan   birga   forsiy
mixxat ham ma’lum vaqtlargacha qo`llanib kelingan. O`sha davrda Xorazm,
Sug`d,   Kushan,   Run,   Uyg`ur   va   boshqa   yozuvlar   paydo   bo`lgan   va   bu
yuksalish ta’lim - tarbiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan.
              Inson ibtidoiy jamoa bulib yashash tarzini asta - sekin rivojlantirib borib,
jahon   madaniyatida   katta   kashfiyotlar   yaratdi.   Xitoyda   qog`ozning   ixtiro
etilishi,   Hindistonda   hisoblash   o`nlik   tizimining   paydo   bo`lishi,
Mesopotamiyada   yer   kurrasini   graduslarga,     sutkani   soat,   daqiqa   va
soniyalarga   bo`lishning   joriy   etilishi,   Markaziy   Osiyoda   O`rta   dengiz   bilan
Hindistonni   bog`lovichi   karvon   yo`lining   vujudga   kelishi,   keyin   Markaziy
Osiy   orqali   Xitoydan   O`rta   dengizga   "Buyuk   ipak   yo`li"ning   ochilishi   kabi
muhim   voqealar   madaniyatning   taraqqiy   etishi   va   yozuvning   tarqalishiga
sabab bo`ldi.               Demak, eramizning boshlarida hozirgi Markaziy Osiyo hududida yunon
va   oromiy   alifbosi   asosida   Xorazm,   Sug`d,   Baqtriya   yozuvlari
shakllangan.   Eramizdan   avvalgi   taxminan   484-431   yillarda   yashagan   yunon
tarixchisi   Gerodotning   "Tarix"   kitobida   qadimgi   forslar,   saklar   va
massagetlarning   ta’lim   -   tarbiyaviy   qarashlariga   oid   muhim   ma’lumotlar
berilgan.   Forslarning   eng   sharaflaydigan   narsasi   jasurlikdir,   -   deb   yozadi
olim,   -   shunga   ko`ra   ular   ko`proq   o`g`illarga   ega   bo`lishdan   faxrlanishgan.
Podshoh   ham   kimning   o`g`li   ko`p   bo`lsa,   unga   sovg`alar   yuborib   turgan.
O`g`il   bolalarni   5   yoshdan   20   yoshgacha   faqat   uch   narsaga:   otda   yurish,
kamondan   otish,   to`g`rilikka   o`rgatishgan.   O`g`il   hech   qachon   ota   -   onasini
behurmat qilmagan.
              Gerodotning   yozishicha   forslar   uchun   yolg`onchilik   va   qarzdor   bo`lish
sharmandalik hisoblangan, ular daryo suviga tupurmaganlar, hatto unda qo`l
yuvmaganlar, daryolarni muqaddas sanaganlar.
              Yana   bir   tarixchi   Plutarx   fors   ayollarining   qahramonona   jasoratlari
haqida   yozadi.   Yana   uning   yozishicha   Aleksandr   Makedonskiy   yerli
xalqlarga   yaqinlashish   maqsadida   30   ming   bolani   ajratib   olib,   ularga   yunon
tili va harbiy san’atini o`rgattiradi. Keyinchalik yunon alifbosi qabul qilinib,
maktablarda shu asosida o`qitiladi.
              Xitoy tarixchilari, ulardan Syuan Szin Samarqand aholisi axloqi va xulq -
odobi   bilan   boshqalarga   o`rnak   bo`lganligi   haqida   yozadilar.   Bulardan
qadimda   bolalar   o`qitiladigan   savod  maktablari   bo`lganligi,  bundan  tashqari
harbiy mashqlarga o`rgatilganligi ham ma’lum bo`ladi.
              Eng   qadimgi   davrlardagi   ta’lim   -   tarbiyaga   oid   qimmatli   ma’lumotlarni
biz   xalq   og`zaki   ijodi   namunalari   -   afsonalar,   qahramonlik   eposlari,
qo`shiqlar, maqol va iboralarda ham ko`ramiz.               Ayniqsa,   ibtidoiy   kishilarning   tabiat   va   jamiyat   haqidagi   tasavvurlari,
odatlari,   munosabatlari   xalq   og`zaki   ijodining   eng   qadimgi   janrlaridan
hisoblangan afsonalarda ifodalangan.
              Eposlarda   xotin   -   qizlarning   fidoyiligi,   jasorati,   aql   -   idroki,   erkaklar
bilan   teng   sharoitda   faoliyat   ko`rsatganliklari   ifodalanadi.   Sak   va   massaget
qabilalari   eposlari   ayniqsa   mashhurdir.   Polienning   "Harbiy   xiylalar"   asarida
Shiroq afsonasi keltiriladi.
              Gerodotning "Tarix" kitobida keltirilgan massagetlar hukmdori Tumaris
va Eron shohi Kir haqidagi rivoyatlar ham o`ziga xosdir.
              Bulardan   tashqari   feodal   jamiyati   boshlarida   yaratilgan   "Er   xubbi",
"Chistoniyalik   bek",   "Siyovush",   "Rustam"   singari   afsona   va   qahramonlik
dostonlari ham katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
              Umuman   xalq   og`zaki   ijodining   barcha   janrlarida   ham   ta’lim   -   tarbiya,
yoshlarning axloqiy barkamolligi masalalariga juda katta e’tibor qaratilganki,
biz   bulardan   o`tmish   ajdodlarimizda   tarbiya   ishlari   qanday   bo`lganligini,
qaysi   axloqiy   xislatlar   ulug`langanligi   -   yu,   qaysi   sifatlar   qoralanganligini
ham bilib olishimiz mumkin.
              Turkiy   xalqlarning   "Urxun   -   Enasoy   yodgorliklari",   "Irq   bitiklari"   kabi
yozma   ma’rifiy   yodgorliklar   ham   borki,   ularda   tarbiyaviy   xarakterdagi
qarashlarni ko`rishimiz mumkin.
              Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan turk - runiy yozuvida bitilgan Urxun
-   Enasoy   bitiklari   VI   -   VIII   asrlarda   yozib   qoldirilgan   bo`lib,   ular   ta’lim   -
tarbiyaga   oid   qimmatli   ma’lumotlar   beradi.   Toshga   o`yib   yozilgan   Urxun   -
Enasoy   yodgorliklari   dastlab   Yenisey   (Enasoy)   havzalarida,   keyin
Mo`g`ulistonning   Urxun   daryosi   bo`yida   topilib,   daniyalik   olim   Vilgelm
Tomson 1893 yilda uni birinchi bo`lib o`qigan. Ko`plab olimlar bu yozuvlar
ustida tadqiqotlar olib borganlar.               VI   asrlar   o`rtalarida   Oltoy,   Yettisuv,   Markaziy   Osiyo   hududlarida   turk
hoqonligi   tashkil   topgan   edi.   604   yili   hoqonlik   bo`linib   ketgan   va   VIII   asr
o`rtalarida tugatilgan.
              Turk   hoqonligi   asosan   3   kishi:   Bilga   hoqon   (Mo`g`ulon),   sarkarda   Qul
tegin, vazir Tunyuquqlar qo`lida markazlashgan edi.
              Bitigtoshlarda turk hoqonlarining yurishlari, jasoratlari, ularning bilimli,
mard,   xalqparvar   alp   yigitlar   ekanligi   bayon   etiladi.   Masalan,   Qo`l   tegin
bitigida   u   xalqparvar,   tadbirkor,   o`z   manfaatidan   Vatan   manaatini   yuqori
qo`yadigan   shaxs   sifatida   ta’riflanadi.   Qo`l   tegin   Eltarish   hoqonning   kichik
o`g`li,   u   731   yil   29   fevralda   47   yoshida   vafot   etadi.     Bitig   tosh   732   yili
o`rnatilgan.     Bitigdagi   voqealar   Qo`l   teginning   akasi   Bilga   hoqon   tilidan
hikoya qilinadi. Bitig muallifi Qul teginning jiyani Yo`llug` tegindir.
              Bitigda   yana   Bilga   eng   muhim   insoniy   xislatlar,   hayotiy   zaruriyatlar
haqida   pand   -   nasihat   beradi.   Xalkni   birlashishga   chaqiradi,   o`zaro   do`stlik,
ittifoqlik, vatan manfaati uchun kurashga chorlaydi.
              Ikkinchi bitig Bilga hoqon haqida. Bu 735 yili o`rnatilgan. Bilga 734 yili
o`ldirilgan.   Bitig   Yo`llig`   tegin   tomonidan   zilgan.   Bu   bitigad   Bilga
hoqonning   yurishlari   ko`rsatiladi.   Bilga   elparvar   hoqon   deb   taniladi.   U   turk
xalqining vatani abadiy bo`lishi uchun kurashadi. Hoqonga xos bo`lgan hislat
va fazilatlar haqida gapiriladi.
              Uchinchi   -   Tunyukuk   bitigi   717   -   718   yillarda,   Tunyukuk   hayotligida
yozilgan.   Tunyukuk   vatanparvar,   insonparvar   shaxs   sifatida   namoyon
bo`ladi.   Bu   bitiglar   asosida   turklarning   turmush   tarzi,   jamiyat   a’zosining
axloqiy   qiyofasini   belgilovchi   muhim   sifatlar   haqida   ma’lumotlar   olish
mumkin.   Qadimiy   yozma   yodgorliklardan   "Irq   bitigi"   XIX   asr   oxirida
Sharqiy  Turkistonning  Dunxuan  degan  joyidan  topilgan.  U  haqda  ma’lumot
kam.   Asar   yuz   betdan   iborat   bo`lib,   moniy   jamoasidagi   Isig   Sangun   va   Ite
chuk   ismli   ikki   bola   uchun   bitilgan.   Asar   mazmunini   nima   yaxshi-yu,   nima yomonligini   tushunish,   anglab   yetish   tashkil   etadi.   Ana   shu   yaxshi   va
yomonning   ta’rifi   zaminida   axloqiy   talablar   talqin   etiladi.   Asarda   turkiy
xalqlarning   turmush   i,   axloqiy   munosabatlari   asosan   qushlar   va   hayvonlar
obrazi  orqali  aks ettiriladi.   "Irq  bitigi"da  eng  qadimgi  ajdodlarimizning  xalq
og`zaki   ijodiga   xos,   mifologik   hamda   totemistik   ifodalar   o`z   aksini   topgan.
Voqealar   tush   va   uning   ta’birlari   tarzida   bayon   etiladi.   Umuman   bu
yodgorliklarda   inson   kamolotini   kuylashga   e’tibor   qaratilgan.   Ularda
ajdodlarimizning xulq - odobiga oid dastlabki tasavvurlari, ezgulikka bo`lgan
intilishlari ifodalangan.
"Avseto"da   O`rta   Osiyo,   Ozarbayjon,   Eron   hamda   Yaqin   va   O`rta
Sharq xalqlarining eng qadimgi (er.av. 2-ming yillikning oxirlaridan 1-ming
yillikning   keyingi   asrlarigacha   bo`lgan)   davrdagi   tarixi,   ijtimoiy   -   iqtisodiy
hayoti, maishiy turmushi, axloqi, urf - odat, diniy qo`shiqlari, chorvachilik -
dehqonchiligi,   savdo   -   sotig`i,   qo`shni   xalqlar   bilan   iqtisodiy   -   madaniy
munosabatlari   yoritilgan.   Bir   qarashda   "Avesto"   sof   diniy   mazmundagi
kitobdek   tuyuladi,   biroq   u   falsafa,   tarix,     axloq,   xalq   og`zaki   ijodiyoti,
geografiya,     biologiya,     ruhshunoslik,     tarbiyashunoslik,   falakkiyot,   tabobat
va boshqa maslalarga doir qimmatli ma’lumotlarni o`z ichiga olgan.
              Bu   kitobning   tarixiy   manba   sifatidagi   roliga   katta   baho   bergan   davlat
arbobi   I.A.Karimov   shunday   deydi:   ""Avesto"   ayni   zamonda   bu   qadim
ulkada   buyuk   davlat,   buyuk   ma’naviyat,   buyuk   madaniyat   bo`lganidan
guvohlik   beruvchi   tarixiy   hujjatdirki,   uni   hech   kim   inkor
etolmaydi".   Olimlarning   mulohazalariga   ko`ra   "Avesto"ning   asoschisi
Zardo`sht   bo`lib,   eramizdan   oldingi   VI   asrda   Xorazmda   yashagan.   U
chorvachilik   bilan   shug`ullangan   Spitama   urug`idan   bo`lib,   onasi   Dugdava,
otasi   esa   Paurushaspadir.   Zardusht   ko`pxudolikka   qarshi   chiqib,   20   yoshida
nor   tuyasiga   minib   (Zardusht   -   sariq   tun   egasi   demakdir),   qishloq   va
shaharlarda   yakkaxudolik   g`oyasini   olg`a   surdi.   Xorazm   hukmdorlari ta’qiblari natijasida Zardusht bir guruh tarafdorlari bilan Eronga qochib o`tadi
va o`z ta’limotini uzil - kesil shakllantiradi. Eron shohi Vishtaspga o`z diniy
ta’limotini   asoslab   beradi   va   uning   e’tiborini   qozonadi.   Eronu   Turonda
otashparastlik   dini   to`la   joriy   etiladi.   Zardusht   77   yoshida   Balx   shahrida
ko`pxudolik   tarafdorlari   tomonida   o`ldiriladi.   "Avesto"   er.avv.   VI   asrda
yaratilgan  bo`lib, to`liq  kitob holida  er.avv. I  asrda  shakllangan. U 12  ming
mol terisiga oltin harflar bilan yozilgan degan ma’lumotlar bor.
              "Avesto"ning     to`rtta:   Yasna,   Yashta,   Vispered,   Vendidat   qismlari
bizgacha yetib kelgan.
              "Avesto" uzoq asrlar maboynida bolalarga ilm - ma’rifat o`rgatishda va
axloq odob fazilatlarini shakllantirishda dasturul amal bulib kelgan. Zardusht
ta’lim - tarbiya masalalariga alohida ahamiyat berib deydi: "tarbiya hayotning
eng   muhim   tayanchi   bo`lib   hisoblanishi   lozim.   Har   bir   yoshni   shunday
tarbiyalash   zarurki,   u   avvalo   yaxshi   o`qishni   va   so`ngra   esa   yozishni
o`rganishi   bilan   eng   yuksak   pog`onaga   ko`tarilsin".     Kitobda   bolalarni
o`qitish   va   tarbiyalash   qoidalari   quyidagicha   tavsiya   etiladi:     a)   diniy   va
axloqiy   tarbiya,     b)   jismoniy   tarbiya,       v)   o`qish   va   yozishga   o`rgatish.
Zardushtiylar bolalar ta’lim - tarbiyasiga katta e’tibor berganlar.   ng qadimgi
yozma   manbalardan   biri   zardushtiylik   dinining   muqaddas
kitobi   “Avesto”   hisoblanadi. Zardushtiylik ta'limotida ta’lim-tarbiya quyidagi
bo’limlar:
1) ma'naviy va diniy tarbiya;
2) jismoniy va mehnat tarbiyasi;
3) aqliy va axloqiy tarbiyadan iborat bo’lgan.
“Avesto”   bo'yicha   bolalarga   5   yoshdan   savod   o’rgata   boshlaydilar;
o’qishni o'rganishi bilan savdo ishlariga o’rgata boshlaydilar. Bu ma’lumotlar
qadimda   bolalar   o'qitiladigan   savod   maktablari   bo'lganligi   va   maktablardan
tashqari bolalar maxsus murabbiylar tomonidan harbiy-jismoniy mashqlarga va   hunarga   o’rgatilganligi,   ta'limdan   maqsad   –   bolalarni   hayotga   tayyorlash
ekanligi haqida ma’lumot beradi. Zardusht ta’limotida 15 yosh balog’at yoshi
sanalgan.   Du   yoshda   ularga   davlat   qonunlari ,   axloqiy   qoidalar   o’rgatilgan.
Zardushtiylikning   axloqiy   qoidalariga   binoan   insonning   o’z   burchini   his
etishining eng birinchi belgisi ma’naviy poklik hisoblangan.
“Avesto”da insonning barkamol bo’lib etishishida ezgu fikr, ezgu so’z,
ezgu   amallar   birligiga   katta   e’tibor   berilgan.   Qadimgi   ajdodlarimiz   insonda
juda   qadrlaydigan   xislatlar   jasurlik,   adolat,   sadoqat,   insoniylik   bo’lgan.   Bu
xislatlar   o’z-o’zidan   shakllanmagan.   Tabiat   va   jamiyatdagi   o’zgarishlar,
ibtidoiy urug’chilik-qabilachilik turmush tarzi buni taqozo etgan. Ikkita katta
kuch   –   yaxshilik   va   yomonlik   o'rtasidagi   ayovsiz   kurash   insondagi   bu
xislatlarning bevosita shakllanishiga turtki bo'lgan.
Qadimgi   ajdodlar   ijtimoiy   turmush   madaniyati ,   ayniqsa,   sihat-
salomatlik,   jismonan   chiniqish,   mehnat   hamda   uzoq   umr   ko’rib   yashash
uchun yaratgan ta'lim-tarbiya jarayonlari «Avesto»da chuqur ma'no va o’rin
egallagan. Foydalaniladigan adabiyotlar ruyxati
 
1.   Mirziyoyev   Sh.M.   Milliy   taraqqiyot   yo limizni   qat iyat   bilan   davom   yettirib,ʼ ʼ
yangi bosqichga ko taramiz. 1-jild, Toshkent,”O zbekiston”, 2017 yil.	
ʼ ʼ
2. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O zbekiston davlatini birgalikda	
ʼ
barpo yetamiz. Toshkent, “O zbekiston”, 2017 yil.	
ʼ
3. Mirziyoyev Sh.M. O zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning	
ʼ
Oliy Majlisga murojaatnomasi. “Xalq so zi” gazetasi, 2017 yil, 23-dekabr, 2-bet.	
ʼ
4.   Mirziyoyev   Sh.M.   Konstitutsiya   –   erkin   va   farovon   hayotimiz,   mamlakatimizni
yanada   taraqqiy   ettirishning   mustahkam   poydevoridir.   “Xalq   so zi”   gazetasi,   2017	
ʼ
yil, 8-dekabr, 1-3 betlar. 
5.   Mirziyoyev   Sh.M.   O zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “O zbekiston	
ʼ ʼ
Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo yicha   harakatlar   strategiyasi   to g risida”gi	
ʼ ʼ ʼ
farmoni. Toshkent, “Аdolat”, 2018 yil.
6. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk  kelajagimizni  mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga
quramiz. T., O zbekiston, 2017 yil.	
ʼ
7.   Mirziyoyev   Sh.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   ta minlash   yurt	
ʼ
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T., O zbekiston, 2017 yil.	
ʼ
8. Karimov I.А. Аsarlar to plami. 1-23 jildlar. -T.:“O zbekiston”, 1996-2015 y.y.	
ʼ ʼ
9. Karimov I.А. Yuksak ma naviyat – yengilmas kuch. –T.:“Ma naviyat”, 2008.
ʼ ʼ
10. Karimov I.А. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. –T.:“O zbekiston”, 2010. 	
ʼ
11.Karimov I.А. O zbekiston mustaqillikka yerishish ostonasida. -T.:“O zbekiston”,	
ʼ ʼ
2011.
12.   Karimov   I.А.   Bosh   maqsadimiz   –   keng   ko lamli   islohotlar   va   modernizasiya	
ʼ
yo lini qat iyat bilan davom yettirish. T.:O zbekiston, 2013.	
ʼ ʼ ʼ

Ta’lim falsafasi taraqqiyotining asosiy boshqichlari. Reja: 1. Ta’lim falsafasining evolyutsion rivoji. Tarixiy taraqqiyot bosqichlari. 2. Mamlakatimizda ta’lim -tarbiya ning tarixiy ildizlari. Qadimgi davrda ta’lim -tarbiya ga munosabat. 3. Avestodagi ta’lim-tarbi yaga oid qarashlarning falsafiy mohiyati.  

Pedagogika tarixi qadim zamonlardan tortib to hozirgi kungacha bo`lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyalarining taraqqiyotini davrlar talabi asosida o`rganib keladi. Ta’lim va tarbiya tarixi, uning metodologik asosi yosh avlodni tarbiyalash an’analarini, jamiyatning taraqqiyot bosqichlaridagi o`qitish va kamol toptirish tizimlarini, ularning qonun-qoidalarini, qomusiy mutafakkirlar, ma’rifatparvar adiblar va pedagoglarning ta’lim - tarbiya, ma’rifatga doir g`oyalarini va ularning rivojlanishini mukammal o`rganadigan bilimdir. Umuman ta’lim tarixini o`rganish millatimiz tarixini o`rganish bilan uzviy bog`liqdir. Yosh avlodni tarbiyalash va ularni o`qitish nazariyasi bilan amaliyotning qanday taraqqiy qilib kelganligini bilmay turib, yoshlarni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalash masalalarini ilmiy ravishda hal etib bo`lmaydi. Eng qadimgi madaniy boyliklarni o`rganishda pedagogika tarixi uch asosiy manbaga tayanadi: 1. Xalq ijodi materiallari. 2. Buyuk adib va allomalarning ijodiy merosi. 3. Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ashyolar. Atoqli mutafakirlarimizning ta’lim - tarbiya sohasida qoldirgan muhim fikrlarini o`rganish, pedagogik tafakkurning o`sishiga, pedagogik madaniyatning ortishiga imkon beradi. Pedagogika tarixi jamiyat taraqqiyoti qonunlariga suyangan holda turli pedagogik nazariyalarni, ta’lim - tarbiya mazmuni va metodlarini o`rgatadi. O`tmishning pedagogik tizimlarida bo`lgan ilg`or fikrlardan ijodiy foydalanadi. Kishilik jamiyati paydo bo`lishi bilan odamlarda mehnat faoliyati jarayonida ishlab chiqarish tajribalari, mehnat qilish malakalari va mehnat qurollarini ishlatish ko`nikmalari hosil bo`ldi. Bu qurollarni takomillashtirish natijasida nutq va tafakkur o`sib, kamol topa bordi. Keksa avlod mehnat

qilish jarayonida orttirgan tajribasi asosida yosh avlodni ham mehnat qilishga o`rgatdi, uni mehnat jarayonida tarbiyaladi. Shunday qilib, kishilik jamiyatining paydo bo`lishi bilan tarbiya ham vujudga keldi, u bilan birga taraqqiy etdi, jamiyatning o`zgarishi bilan u ham o`zgarib bordi. Tarbiyaning ijtimoiy vazifasi kishilarni bilim, malaka, ko`nikmalarda aks etgan mehnat, bilim tajribalarini avloddan - avlodga yetkazishdir. Tarbiyani amalga oshirish jarayonini anglash va bu sohadagi tajribalarni o`rganishga bulgan ehtiyojning tug`ilishi pedagogika fanini yuzaga keltirdi. Shaxs jamiyatdan tashqarida kamol topa olmaydi, jamiyatdan tashqari tarbiya ham bo`lishi mumkin emas. Tarbiya ijtimoiy hodisa bo`lib, jamiyat hayoti, uning to`xtovsiz taraqqiy etib borishi tarbiyasiz bo`lmaydi. Tarbiya bo`lmasa, jamiyat ham bo`lmaydi, jamiyat usiz yashay va taraqqiy eta olmaydi. Ibtidoiy jamiyatda kishilar o`rtasida tengsizlik, xususiy mulk bo`lmagan. Mehnat va ijtimoiy funksiyalarning taqsimlanishi tabiiy - biologik negizga asoslangan, buning natijasida erkaklar va ayollar o`rtasida mehnat taqsimoti mavjud edi, kishilar yosh jihatidan jamolarga bo`linganlar. Urug`chilik jamiyatidan oldingi jamiyat yosh jihatdan 3 guruhga bo`lingan edi: 1. Bolalar va o`smirlar. 2. Hayot va mehnatning to`la huquqli va to`la qimmatli ishtirokchilari. 3. Umumiy hayotda to`la suratda ishtirok etish uchun jismoniy kuchi bo`lmagan keksalar. Ibtidoiy jamiyatda bola o`zining hayot faoliyati jarayonida kattalarning ishlarida qatnashib, ular bilan kundalik muomalada bo`lib, tarbiyalanar va ta’lim olar edi. O`g`il bolalar katta yoshdagi erkaklar bilan ov qilish, baliq tutish, qurol yasashda qatnashar, qizlar esa ayollar rahbarligida ekin ekib, hosil yig`ish, ovqat pishirish, idish yasash, kiyim tayyorlash ishlarida qatnashganlar. Matriarxat taraqqiyotining oxirgi bosqichlarida yosh alodning

yashashi va tarbiyalanishi uchun ug`il bolalrga alohida va qizlarga alohida - birinchi tarbiya muassasalari - Yoshlar uylari paydo bo`ladi. Yoshlar uylarida bolalar urug` oqsoqollari rahbarligida tarbiyalangan, mehnatga o`tkaziladigan "sinovlar"ga tayyorlanar edilar. Patriarxat urug`chilik jamoasi bosqichida chorvachilik, dehqonchilik va boshqa kasb - hunar paydo bo`lib, rivojlanib bordi. Bir muncha tashkiliy ravishda tarbiya qilish zarurati tug`ilishi bilan yoshlarni tarbiyalash tajribali kishilarga topshiriladigan bo`ldi. Jamiyat taraqqiyoti bilan birga bolalarga dalalarni o`lchash, suv toshqinlarini oldini olish, odamlarni davolashga oid bilimlar avj oldi. Natijada maktablarga va yozuvga ehtiyoj sezila boshladi. Dastlab suratli piktografik xat paydo bo`lgan bo`lsa, keyinchalik qo`shni mamalakatlardan kirib kelgan harf bilan yozish usuli paydo bo`ladi va tez tarqala boshlaydi. Mil.avv. birinchi ming yillik o`rtalarida oromiy yozuvi, Aleksandr Makedonskiy istilosidan keyin esa yunon yozuvi shu bilan birga forsiy mixxat ham ma’lum vaqtlargacha qo`llanib kelingan. O`sha davrda Xorazm, Sug`d, Kushan, Run, Uyg`ur va boshqa yozuvlar paydo bo`lgan va bu yuksalish ta’lim - tarbiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan. Inson ibtidoiy jamoa bulib yashash tarzini asta - sekin rivojlantirib borib, jahon madaniyatida katta kashfiyotlar yaratdi. Xitoyda qog`ozning ixtiro etilishi, Hindistonda hisoblash o`nlik tizimining paydo bo`lishi, Mesopotamiyada yer kurrasini graduslarga, sutkani soat, daqiqa va soniyalarga bo`lishning joriy etilishi, Markaziy Osiyoda O`rta dengiz bilan Hindistonni bog`lovichi karvon yo`lining vujudga kelishi, keyin Markaziy Osiy orqali Xitoydan O`rta dengizga "Buyuk ipak yo`li"ning ochilishi kabi muhim voqealar madaniyatning taraqqiy etishi va yozuvning tarqalishiga sabab bo`ldi.

Demak, eramizning boshlarida hozirgi Markaziy Osiyo hududida yunon va oromiy alifbosi asosida Xorazm, Sug`d, Baqtriya yozuvlari shakllangan. Eramizdan avvalgi taxminan 484-431 yillarda yashagan yunon tarixchisi Gerodotning "Tarix" kitobida qadimgi forslar, saklar va massagetlarning ta’lim - tarbiyaviy qarashlariga oid muhim ma’lumotlar berilgan. Forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlikdir, - deb yozadi olim, - shunga ko`ra ular ko`proq o`g`illarga ega bo`lishdan faxrlanishgan. Podshoh ham kimning o`g`li ko`p bo`lsa, unga sovg`alar yuborib turgan. O`g`il bolalarni 5 yoshdan 20 yoshgacha faqat uch narsaga: otda yurish, kamondan otish, to`g`rilikka o`rgatishgan. O`g`il hech qachon ota - onasini behurmat qilmagan. Gerodotning yozishicha forslar uchun yolg`onchilik va qarzdor bo`lish sharmandalik hisoblangan, ular daryo suviga tupurmaganlar, hatto unda qo`l yuvmaganlar, daryolarni muqaddas sanaganlar. Yana bir tarixchi Plutarx fors ayollarining qahramonona jasoratlari haqida yozadi. Yana uning yozishicha Aleksandr Makedonskiy yerli xalqlarga yaqinlashish maqsadida 30 ming bolani ajratib olib, ularga yunon tili va harbiy san’atini o`rgattiradi. Keyinchalik yunon alifbosi qabul qilinib, maktablarda shu asosida o`qitiladi. Xitoy tarixchilari, ulardan Syuan Szin Samarqand aholisi axloqi va xulq - odobi bilan boshqalarga o`rnak bo`lganligi haqida yozadilar. Bulardan qadimda bolalar o`qitiladigan savod maktablari bo`lganligi, bundan tashqari harbiy mashqlarga o`rgatilganligi ham ma’lum bo`ladi. Eng qadimgi davrlardagi ta’lim - tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni biz xalq og`zaki ijodi namunalari - afsonalar, qahramonlik eposlari, qo`shiqlar, maqol va iboralarda ham ko`ramiz.