logo

Tа’lim muаssаsаsini bоshqаrishgа dоir mе’yoriy-huquqiy hujjаtlаr Maktab nizomi, Ustavi, Maktab ish rejasi(istiqbolli, yillik, joriy ish rejalar)si

Загружено в:

11.11.2024

Скачано:

0

Размер:

32.3837890625 KB
MAVZU:  Tа’lim muаssаsаsini bоshqаrishgа dоir mе’yoriy-huquqiy hujjаtlаr:
Maktab nizomi, Ustavi, Maktab ish rejasi(istiqbolli, yillik, joriy ish rejalar)si .  
MUNDARIJA
I.Umumiy qoidalar ....................................................................................................................................... 2
II. Ta’lim-tarbiya jarayonining tuzilishi va uni tashkil qilish ........................................................................... 3
III. O‘quvchilar .............................................................................................................................................. 6
IV. Pedagogik xodimlar ................................................................................................................................. 8
V. Umumta’lim maktabini boshqarish .......................................................................................................... 8
1 O‘zbekiston Respublikasining umumta’lim maktabi to‘g‘risida
NIZOM
I.Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston umumta’lim maktabi o‘z faoliyatida “Ta’lim to‘g‘risida” gi
O‘zbekiston   Respublikasi   Qonuniga ,   shu   qonunga   muvofiq   qabul   qilinadigan
boshqa qonunchilik hujjatlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
2.   Umumiy   ta’lim   maktabi   uzluksiz   ta’lim   tizimining   asosiy   bo‘g‘ini
hisoblanadi   va   O‘zbekiston   Respublikasining   barcha   fuqarolariga   davlat
umumta’limi   andozalari   doirasida   bepul   umumiy   ta’lim   olishning   kafolatlangan
huquqi va imkoniyatini beradi.
3.   Umumta’lim   maktabi   faoliyati   demokratiya   va   insonparvarlik,
hammaboplik,   umuminsoniy   qadriyatlar   ustuvorligi,   xalqning   ilmiy   va   madaniy
an’analari,   o‘qitishning   dunyoviy   xarakteri,   siyosiy   partiyalar   va   ijtimoiy-siyosiy
harakatlar ta’siridan xolilik, iqtidor va ilmni rag‘batlantirish, o‘quvchi va pedagog
shaxsini hurmat qilish tamoyillari asosiga quriladi.
4.   Umumta’lim   maktabining   asosiy   maqsadi   –   o‘quvchilarni   har
tomonlama   rivojlangan,   madaniyatli   shaxs   sifatida   shakllantirish,   shuningdek,
jamiyatda   o‘zlarining   mustaqil   o‘rnini   topish,   ongli   ravishda   ta’lim   va   kasblar
bo‘yicha dasturlarni tanlash, ularni o‘zlashtirish uchun asos yaratish, jamiyat, oila
va   davlat   oldida   o‘z   mas’uliyatlarini   his   qila   oladigan   shaxslarni   tarbiyalashdan
iboratdir.
5.   Umumta’lim   maktabi   ta’lim-tarbiya   ishlarini   har   bir   shaxs,   jamiyat   va
davlat   manfaatlarini   ko‘zlagan   holda   amalga   oshiradi,   o‘quvchilarning   har
tomonlama kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar, shu jumladan, ularning o‘z
ustida   mustaqil   ishlashlari   hamda   qo‘shimcha   bilim   olishlari   uchun   imkoniyatlar
yaratilishini ta’minlaydi.
6.   Maktab   ta’lim   oluvchilarning   ilmiy   bilimlar,   ishbilarmonlik   asoslarini,
mehnat   va   boshlang‘ich   kasb   ko‘nikmalarini   egallashlarini,   shuningdek,   ularning
o‘ziga xos qobiliyatlari va axloqiy sifatlarini rivojlantirishni ta’minlaydi.
7.   Maktab   fuqarolarning   milliy-madaniy   ehtiyojlarini   qondirishda
ko‘maklashishga,   milliy   qadriyatlarning   tiklanishiga,   barcha   millat   vakillariga
hurmat   bilan   munosabatda   bo‘lishni   tarbiyalashga,   yoshlarda   fuqarolik   tuyg‘usini
shakllantirishga, ularni mustaqil hayotga tayyorlashga da’vat etilgan.
8.   Davlat   maktab   faoliyati   va   uni   rivojlantirishning   ijtimoiy-iqtisodiy,
huquqiy   asosini   kafolatlaydi,   uning   moddiy-texnik,   moliyaviy   va   boshqa
ehtiyojlarining   qondirilishini   ta’minlaydi,   ilmiy-texnika   va   ijtimoiy   taraqqiyot
bilan   bog‘liq   ravishda   o‘zgaruvchan   ta’lim   andozalarini,   barcha   turdagi
umumta’lim   maktablarida   ta’lim   darajali   va   o‘quv   soatlari   hajmiga   qo‘yiladigan
asosiy talablarni belgilaydi.
2 9.   Umumta’lim   maktabi   mustaqil   yuridik   shaxs   hisoblanadi,   O‘zbekiston
Respublikasi   Davlat   gerbi   tasviri   tushirilgan   va   o‘z   nomi   yozilgan   muhrga,
to‘rtburchakli shtampga va belgilangan namunadagi peshlavhaga ega bo‘ladi.
10.   Maktab   hokimiyat   va   boshqaruv   organlari,   ota-onalar   va   pedagogik
jamoatchiligi   oldida   shaxsning   ta’limga   bo‘lgan   konstitutsion   huquqining   amalga
oshirilishi,   ta’lim-tarbiya   jarayonini   tashkil   etishning   tanlangan   shakllari
o‘quvchilar   yoshining   ruhiy-fiziologik   xususiyatlariga,   sog‘liqni   saqlash
talablariga   muvofiq   kelishi,   o‘quvchilar   tomonidan   o‘quv   materiallarining
qo‘yilgan talablar asosida sifatli o‘zlashtirilishi uchun mas’uldir.
II. Ta’lim-tarbiya jarayonining tuzilishi va uni tashkil qilish
1.   Umumiy   ta’lim   maktabi   o‘qitish   jarayonini   o‘quvchilarni   rivojlantirish
umumta’lim dasturlarining uch bosqichi darajasiga muvofiq amalga oshiradi:
I bosqich – boshlang‘ich ta’lim (4 yil);
II bosqich – tayanch ta’lim (5 yil);
III bosqich – o‘rta ta’lim (2-3 yil).
2.   Turli   bosqichdagi   maktablar,   shuningdek,   kechki   maktablar   mahalliy
sharoitlarni   hisobga   olgan   alohida   yoki   yagona   kompleks   tashkil   qilinishi   va
joylashtirilishi mumkin.
Kechki maktablarni tashkil qilish uchun o‘quvchilar soni yetarli bo‘lmagan
taqdirda yoshlar uchun umumiy ta’lim maktabi negizida kunduzgi sinflar va sirtqi
guruhlar ochilishi mumkin.
3.   Zarurat   bo‘lganda   va   kerakli   shart-sharoitlar   yaratilgan   maktablar
qoshida   o‘quvchilar   uchun   tegishli   shtat   bilan   internat   (yotoqxonalar)lar,
ixtiyoriylik asosida butlanadigan kuni uzaytirilgan yoki bir kunlik guruhlar tashkil
qilinadi.
4.   Boshlang‘ich   ta’lim   (I   bosqich)   o‘qish,   yozish,   hisoblash,   o‘quv
faoliyatining   asosiy   bilim   va   ko‘nikmalari,   nazariy   fikrlash   elementlari,   nutq   va
xulq madaniyati asoslarini egallashni hamda shaxsiy gigiyena va sog‘lom turmush
tarzini ta’minlashga da’vat etilgan.
Boshlang‘ich ta’lim tayanch ta’lim olish uchun asos hisoblanadi.
5. Birinchi sinfga 6-7 yoshga to‘lgan, ta’lim olish uchun ruhan va jismonan
tayyor   bo‘lgan,   5   va   6   yoshligida   tibbiy-pedagogik   komissiya   va   maktab
ruhshunoslik   xizmati   ko‘rigidan   o‘tgan   bolalar   qabul   qilinadi.   Bolalarni   qabul
qilish, odatda, o‘quv yili boshlangunga qadar amalga oshiriladi va maktab bo‘yicha
buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
6.   Tayanch   ta’lim   (II   bosqich)   o‘quvchi   shaxsining   shakllanishi,   uning
ijtimoiy   o‘zligini   anglashga   bo‘lgan   istagi,   qiziqishi   va   qobiliyatini   ta’minlash
uchun   shart-sharoitlar   yaratadi.   Tayanch   ta’lim   o‘quvchilarni   o‘rta   ta’limning
3 xilma-xil   turlarini   tanlashga   tayyorlaydi   va   mustaqil   hayotga   to‘la   ma’noda
qo‘shilish uchun zarur bo‘lgan umumiy ta’lim poydevorini yaratadi.
9-sinf hajmidagi tayanch ta’lim majburiydir va u o‘quvchilarga o‘rta ta’lim
muassasalarida,   III   bosqichdagi   o‘rta   ta’limlarda,   turli   xil   hunar   hamda   o‘rta
maxsus   o‘quv   yurtlarida   ta’lim   olishni   davom   ettirish,   xuddi   shu   kabi   mehnat
faoliyatini   boshlab   hamda   uni   istagi   bo‘lgan   taqdirda   kechki   (smenali)   o‘rta
umumta’lim   maktablarida,   kattalarga   ta’lim   berish   markazlarida   o‘qishni   davom
ettirish imkoniyati bilan uyg‘unlashtirish huquqini beradi.
7.   O‘rta   ta’lim   (III   bosqich)   o‘quvchilarga   tabaqallashtirilgan   va
uyg‘unlashtirilgan   fanlar   asosida   umumiy   o‘rta   ta’lim   berish   jarayonini
yakunlaydi.   Asosiy   fanlardan   tashqari,   o‘quvchilar   xohish-istaklari   va
qiziqishlarini   hisobga   olib,   ularning   qobiliyatlarini   rivojlantirishga   qaratilgan
qo‘shimcha fanlarni o‘qitishni tashkil qiladi.
III bosqich maktablariga o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadi. (Maktab
(pedkengashi) kengashi qaroriga ko‘ra kirish imtihonlari, test sinovlari yoki suhbat
o‘tkaziladi).
Tegishli   imkoniyatlar   bo‘lgan   taqdirda   Maktab   (pedkengashi)   kengashi
o‘quvchilarning   talab   va   istaklarini   hisobga   olgan   holda   maktabda   bir   yoki   bir
nechta kasbga yo‘naltiruvchi ta’limni joriy etish haqida qaror qabul qilishi mumkin
(umumiy, ijtimoiy, fizika-matematika, Kimyo-biologiya, texnika, qishloq xo‘jaligi,
badiiy yo‘nalishdagi va boshqalar).
Bu   holatda   mehnat   tayyorgarligi   ta’lim   ixtisosi,   milliy   va   mahalliy
xususiyatlarni hisobga olgan holda tashkil qilinadi. Maktab (pedkengash) kengashi
qaroriga ko‘ra u hamma o‘quvchilar uchun shart bo‘lmagan kasb ta’limi shaklida
bo‘lishi mumkin.
8.   Yangi   turdagi   o‘quv   muassasalari   (gimnaziya,   litsey,   iqtidorli   bolalar
maktablari   va   boshqalarga)   ga   o‘quvchilar   ularning   ustavlari   talablariga   muvofiq
qabul qilinadi.
9.   O‘zbekiston   hududida   istiqomat   qilayotgan   chet   el   fuqarolari   va
fuqaroligi   bo‘lmagan   shaxslar   umumiy   ta’lim   maktablariga   umumiy   asoslarda
shartnomalar va bitimlar bilan belgilangan tartibda qabul qilinadilar.
Hukumatlararo   tuzilgan   madaniy,   ilmiy   hamkorlik   bitimlari   va   rejalari
asosida   umumiy   ta’lim   maktablariga   qabul   qilingan   xorijiy   fuqarolar,   agar   bitim
bilan   boshqacha   tartib   belgilanmagan   bo‘lsa,   respublika   qonunlarida   va   mazkur
Nizomda belgilangan huquqlardan foydalanadilar va majburiyatlar oladilar.
10.   Maktabdagi   ta’lim-tarbiya   ishlari   O‘zbekiston   Respublikasi   Xalq
ta’limi   vazirligi   tomonidan   tasdiqlangan   o‘quv   rejalari   va   dasturlariga   muvofiq
amalga oshiriladi.
O‘quv-tarbiya   jarayoni   O‘zbekiston   Respublikasi   Hukumati   tomonidan
belgilangan   tegishli   davlat   ta’limi   andozalari   darajasiga   muvofiq   o‘quvchilarga
4 ta’lim   beradigan,   pedagogik   jihatdan   asoslangan   o‘quv   rejalari,   dasturlari,
vositalari   va   uslublari   o‘qituvchi   (tarbiyachi)   tomonidan   tanlab   olingan   asosga
quriladi.
11.   Umumiy   o‘rta   ta’limning   ochiqligi   va   ko‘p   variantliligi,   milliy   va
mintaqaviy   an’analar   hamda   o‘ziga   xosligiga   yo‘naltirilganligi   ta’lim   mazmunini
quyidagi tizimda shakllantirish orqali ta’minlanadi:
davlat tayanch komponenti (Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi);
maktab   komponenti   (xalq   ta’limini   boshqarish   mahalliy   organlari   bilan
kelishgan holda Maktab (pedkengash) kengashi tomonidan belgilanadi).
12. Davlat majburiy talablari doirasida o‘quv dasturini o‘zlashtira olmagan
o‘quvchilarga yordam ko‘rsatish uchun Maktab (pedkengash) kengashi tomonidan
I   va   II   bosqich   sinflarida   qo‘shimcha   o‘qitish,   pedagogik   qo‘llab-quvvatlashning
turli   shakllari   (umumiy   soni   15   o‘quvchidan   ko‘p   bo‘lmagan   korreksiya   sinflari,
tenglashtiruvchi sinflar va hokazo) tashkil etilishi mumkin, rivojlanishida jismoniy
va   ruhiy   nuqsonlari   bo‘lgan   bolalarni   o‘qitish   va   tarbiyalash   uchun   esa
Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Vazirlar   Kengashi,   viloyatlar,   shaharlar   va
tumanlar   hokimliklari   tomonidan   I-II   bosqichdagi   maktablarning   maxsus   sinflari
va maxsus umumta’lim muassasalari tashkil etiladi va faoliyat ko‘rsatadi.
Bolalar   salomatligini   tiklash   sanatoriya   turidagi   muassasalarda   amalga
oshiriladi.
13.   O‘quvchilarga   tibbiy   xizmat   ko‘rsatish   shtatli   yoki   maktabga   maxsus
biriktirilgan tibbiyot xodimi tomonidan bajariladi. U ma’muriyat bilan bir qatorda
bolalarning   sog‘lig‘i   va   jismoniy   rivojlanishi   uchun   mas’uldir.   U   tor   doirasidagi
mutaxassislar   yordamida   bolalar   salomatligini   yillik   tekshiruvdan   o‘tkazadi,
davolash-profilaktika tadbirlarini amalga oshiradi, sanitariya-gigiyena normalariga,
maktab   o‘quvchilari   ovqatlanishining   tartibi   va   sifatiga,   jismoniy   va   aqliy
nagruzkalar o‘lchovlariga rioya qiladi.
Maktablarda   ta’lim   jarayonini   ruhiy   ta’minlashni   ruhshunoslar   amalga
oshiradilar.
14.   Ta’limning   II   va   III   bosqichlarida   o‘qishlar   imtihonlar   bilan
yakunlanadi.
Maktabda   sinfdan-sinfga   ko‘chirish   imtihonlari   Xalq   ta’limi   vazirligining
tegishli buyrug‘i bilan belgilanadi.
15.   O‘quvchilarni   imtihonlarga   kiritish,   sinfdan-sinfga   ko‘chirish   va
maktabni   bitirish   Xalq   ta’limi   vazirligining   Yo‘riqnomasiga   muvofiq   amalga
oshiriladi.
16.   O‘quvchilar   tibbiy   komissiya   xulosasiga   asosan   kasalligi   tufayli
sinfdan-sinfga   ko‘chirish   va   bitirish   imtihonlaridan   ozod   qilinishi   mumkin.
Imtihonlardan   ozod   etishga   huquq   beradigan   kasalliklar   ro‘yxati   O‘zbekiston
5 Respublikasi   Sog‘liqni   saqlash   vazirligi   bilan   birgalikda   Xalq   ta’limi   vazirligi
tomonidan belgilanadi.
17.   O‘quvchilarning   II   va   III   bosqich   maktablarini   bitirishlari   va   ularga
tayanch ta’lim haqidagi guvohnomalar va o‘rta ta’lim  to‘g‘risidagi  shahodatnoma
berish tartibi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
18.   II   bosqich   maktabi   hajmida   ta’limni   yakunlagan   o‘quvchilarga   asosiy
(tayanch)   ta’lim   olganligi   to‘g‘risidagi   guvohnoma,   alohida   muvaffaqiyatlarga
erishganlarga esa imtiyozli tayanch ta’limi to‘g‘risida guvohnoma topshiriladi.
III   bosqich   maktabi   hajmida   ta’lim   olgan   bitiruvchilarga   o‘rta   ma’lumot
to‘g‘risida   shahodatnoma,   alohida   muvaffaqiyatlarga   erishganlarga   esa   imtiyozli
o‘rta ma’lumot to‘g‘risida shahodatnoma topshiriladi.
19.   Katta   yoshlilar   ta’limi   markazi   maktabida   o‘qish   davrida   biror   kasb-
hunarni   o‘rganish   imkoniyatiga   ega   bo‘lgan   bitiruvchilarga,   ular   malaka
imtihonlarini   topshirganlarida   yoki   sinovdan   o‘tganlarida   mazkur   kasbga   doir
ishga   kirishga   asos   bo‘ladigan   kasb-korga   doir   mutaxassisligi   ko‘rsatilgan
guvohnoma beriladi.
20.   Bolalarni   uy   sharoitida   o‘qitish   umumta’lim   maktablarining   dasturlari
bo‘yicha davlat andozalari doirasida olib boriladi va keyinchalik eksternat tartibida
attestatsiyadan   o‘tkaziladi.   Bunday   hollarda   o‘quvchilar   ota-onalari   yoki   ular
o‘rnini   bosuvchi   shaxslar   o‘rtasida   maktab,   ta’lim   boshqaruvining   tegishli
organlari   bilan   shartnoma   tuziladi.   Bunda   tomonlarning   iqtisodiy,   huquqiy   va
boshqa majburiyatlari belgilanadi.
21.   Maktab   o‘z   hududi   (mikrorayoni)   da   yashovchi   I-IX   sinflarda   o‘qishi
lozim bo‘lgan barcha bolalarni majburiy ta’lim olishga to‘liq jalb etish tadbirlarini
amalga oshiradi.
O‘quv yili mobaynidagi ta’tillar kamida 30 kalendar kun qilib belgilanadi:
kuzgi   ta’til   –   4-noyabrdan   11-noyabrgacha   (8   kun),   qishki   ta’til   –   31-dekabrdan
10-yanvargacha   (11   kun),   bahorgi   ta’til   –   22-martdan   31-martgacha   (10   kun).
Yozgi   ta’til   –   o‘quv   yili   (imtihonlar)   tugagan   kundan   boshlab   31-avgustgacha
(kamida 8 hafta) davom etadi.
III. O‘quvchilar
1.   Umumiy   ta’lim   maktablarining   o‘quvchilari   quyidagi   huquqlarga
egadirlar:
a)   davlat   andozalariga   muvofiq   bepul   umumiy   (boshlang‘ich,   tayanch,
o‘rta) ta’lim olish;
b)   o‘quv   shaklini   tanlash.   O‘quvchilar   umumiy   ta’lim   dasturlarini   yoki
uning   ayrim   bo‘limlarini   umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarida   ham,   oilaviy   ta’lim
olish, mustaqil o‘qish va eksternat shaklida ham o‘zlashtirishlari mumkin;
6 v)   ta’limning   yakka   tartibdagi   o‘quv   rejasi   bo‘yicha   davlat   andozalari
doirasida   tezlashtirilgan   kurslarida   ta’lim   olish   Yakka   tartibdagi   o‘quv   rejalari
asosida o‘qitish shartlari maktab ustavi bilan tartibga solinadi;
g) qo‘shimcha (shu jumladan, pulli) ta’lim olish xizmatidan foydalanish;
d)   maktab   Ustavida   belgilangan   shaklda   umumiy   ta’lim   maktabini
boshqarishda ishtirok etish;
e)   inson   qadr-qimmatini   hurmatlashni   talab   qilish,   vijdon   va   axborot
erkinligi, o‘z qarashlari va e’tiqodlarini erkin ifodalash.
2. O‘quvchini keyingi sinfga ko‘chirish ijobiy yakuniy baho olgan taqdirda
amalga oshiriladi. Favqulodda hollarda Maktab (pedkengash) kengashi qarori bilan
I-IX   sinf   o‘quvchilari   qoniqarsiz   baholar   bilan   sinfdan-sinfga   ko‘chirilishlari
mumkin.
3.   Bir-ikki   fan   (ona   tili   va   matematikadan   tashqari)   bo‘yicha   dasturni
o‘zlashtirmagan   1-sinf   o‘quvchilari,   metodika   kengashining   tavsiyaga   ko‘ra   va
Maktab (pedkengash) kengashi qaroriga ko‘ra, 2-sinfga ko‘chirilishlari mumkin.
O‘quvchini 1-sinfga qoldirish haqidagi qaror metodik kengash (birlashma)
tavsiyasiga   ko‘ra   Maktab   (pedkengash)   kengashi   tomonidangina   qabul   qilinishi
mumkin.
O‘quv   dasturini   o‘zlashtira   olmagan   I   bosqich   (I-IV   sinflar)   o‘quvchilari
metodika   kengashi   qaroriga   ko‘ra   zarurat   bo‘lganda   yakka   tartibdagi   o‘quv
rejasidan foydalangan holda qayta o‘qish uchun qoldirishlari mumkin.
Ikki marta bir sinfda qayta o‘qish uchun qoldirilgan o‘quvchilarga nisbatan
Maktab   pedagogika   kengashi   ruhiy-tibbiy   pedagogika   komissiyasi   xulosasiga
asosan   ularni   yordamchi   o‘quv-tarbiya   muassasalariga,   sinflar   va   maktablarni
to‘ldirish uchun o‘qishga yuborishga tavsiyanoma beradi.
4.   O‘quv   dasturini   majburiy   talablar   darajasida   o‘zlashtira   olmagan   II
bosqich o‘quvchilari Maktab pedagogika kengashi qaroriga ko‘ra o‘rnini bosuvchi
ta’lim   sinflariga   o‘tkaziladilar.   Ular   tegishli   bilim   darajalariga   erishganlaridan
so‘ng   oddiy   sinflarga   o‘tkazishlari   mumkin.   Bundan   tashqari,   ularning   o‘qishi
yakka tartibdagi rejalar bo‘yicha ham tashkil etilishi mumkin.
5.   III   bosqich   maktabini   bitirgan   va   ayrim   fanlardan   imtihon   topshira
olmagan   o‘quvchilarga   ularni   bitiruv   imtihonlaridan   so‘ng   2   oy   ichida   qayta
topshirish huquqi beriladi.
Qoniqarsiz   baho   olganda   o‘quvchilarga   eksternat   tartibda   imtihon
topshirish huquqi bilan maktabda o‘qilganligi haqida ma’lumotnoma beriladi.
6.   O‘quvchi,   uning   ota-onasi   (ular   o‘rnini   bosadigan   shaxslar)   yillik
bahodan   norozi   bo‘lsa,   unga   Maktab   pedagogika   kengashi   tomonidan   tuziladigan
tegishli   fan   komissiyasiga   (ota-onalar   yoki   ular   o‘rnini   bosuvchi   shaxslar
ishtirokida,   agar   ular   shuni   xohlasalar)   imtihon   topshirish   imkoni   beriladi.   Qayta
7 imtihon topshirishga barcha ko‘chirish sinflarida (bitiruv sinflari bundan mustasno)
faqat joriy o‘quv yilida o‘qitilgan fanlar bo‘yicha ruxsat beriladi.
7.   O‘quvchilar   umumta’lim   muassasasi   ustavini   bajarishga,   vijdonan
o‘qishga,   maktab   mulkiga   ehtiyotkorlik   bilan   munosabatda   bo‘lishga,   boshqa
o‘qiyotganlar   va   xodimlarning   obro‘sini   va   qadr-qimmatini   hurmatlashga,
muassasa xodimlarining ustav va ichki tartib-qoidalar bilan ularning vakolatlariga
o‘tkazilgan talablarini bajarishga majburdirlar.
Umumta’lim   muassasasidagi   intizom   u   yerda   o‘qiyotganlar,
tarbiyalanuvchilar,   pedagoglarning   insoniy   qadr-qimmatlarini   hurmatlash   asosida
qo‘llab-quvvatlanadi.   O‘quvchilarga   nisbatan   jismoniy,   ruhiy   zo‘ravonlik   qilish
usullarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
8.   O‘qituvchilar   va   o‘quvchilar   o‘rtasidagi   bahsli   vaziyatlarni   hal   qilish
uchun   Maktab   kengashi   a’zolaridan   iborat   tarkibda   bahsli   masalalar   komissiyasi
tuziladi.   Bu   komissiya   o‘quvchi   yoki   uning   ota-onalari   (ular   o‘rnini   bosuvchi
shaxslar) tomonidan yozma, og‘zaki holda tushgan arizalarni ko‘rib chiqadi.
9.   Jamoat   tartib-qoidalarini   buzgan,   maktab   jihozlari   va   mulkini   ishdan
chiqargan   o‘quvchiga   maktab   ustavida   belgilangan   maktabdan   haydashgacha
bo‘lgan ta’sir choralari qo‘llanilishi mumkin.
Umumta’lim   maktablarini   boshqarish   organlari   qaroriga   ko‘ra   qonunga
xilof ravishda xatti-harakat qilganligi, Ustavni qo‘pol ravishda va bir necha marta
buzganligi   uchun   pedagogik   ta’sir   ko‘rsatishning   oxirgi   chorasi   sifatida   o‘n   to‘rt
yoshga yetgan o‘quvchilarni umumta’lim maktablaridan haydashga yo‘l qo‘yiladi.
Etim   bolalarni   va   ota-onalari   nazoratsiz   qolgan   bolalarni   maktabdan   haydash
haqidagi qaror vasiylik organlarining roziligi bilan qabul qilinadi.
IV. Pedagogik xodimlar
1. Pedagogik ishlarga qabul qilish tegishli maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan
shaxslar   bilan   kontrakt   tuzish   asosida   maktab   direktori   tomonidan   amalga
oshiriladi.
2. Kontrakt tuzish, uni bekor qilish va uning amalda bo‘lish muddati, ishga
qabul   qilingan   shaxsning   huquqi   va   majburiyatlari,   mehnat   haqi   to‘lash   va
mehnatni   tashkil   etish   shartlari,   ijtimoiy-maishiy   va   boshqa   shart-sharoitlar
Pedagog   xodimlar   bilan   mehnat   shartnomasi   tuzishning   kontrakt   shakli
to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq belgilanadi.
3.   Pedagog   xodimlarning   huquqlari,   vazifalari,   ularni   ijtimoiy   himoya
qilish “Ta’lim to‘g‘risida” gi   Qonun   bilan tartibga solinadi.
V. Umumta’lim maktabini boshqarish
1.   Maktabni   davlat   –   jamoatchilik   tomonidan   boshqarish   demokratiya,
oshkoralik, o‘z-o‘zini boshqarish asosida amalga oshiriladi. O‘quvchilar va maktab
xodimlarini   birlashtiruvchi   maktab   jamoasi   o‘z   vazifasini   ota-onalar   (ular   o‘rnini
bosuvchi   shaxslar),   mahalla   qo‘mitalari,   keng   jamoatchilik   bilan   mustahkam
8 hamkorlikda olib boradi. Maktabni boshqarish jamoaning o‘zini-o‘zi boshqarish va
yakkaboshchilik   asosida   Maktab   (pedkengash)   kengashi   tomonidan   tasdiqlangan
va   mahalliy   hokimiyat   va   boshqaruv   organlarida   ro‘yxatdan   o‘tkazilgan   o‘z
Ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
2.   Maktabning   o‘quv-tarbiya   jarayoniga   va   kundalik   faoliyatiga   bevosita
rahbarlikni   direktor   amalga   oshiradi.   U   tajribali   va   qobiliyatli   mutaxassislar
orasidan,   jamoa   fikrini   hisobga   olgan   holda,   maktab   o‘z   tasarrufida   bo‘lgan   xalq
ta’limining yuqori organi tomonidan tayinlanadi.
Maktab direktorining vazifalari
Maktab direktori quyidagi vazifalarni bajaradi:
davlat va jamoat tashkilotlarida maktab manfaatlarini ifodalaydi;
o‘quv-tarbiya   jarayonini   rejalashtiradi   va   tashkil   qiladi,   uning   borishi   va
natijalarini,   maktab   dasturlarining   bajarilishini   nazorat   qiladi,   maktab   ishlarining
sifati   va   samaraliligiga,   bolalikni   va   mehnatni   muhofaza   qilish   talablariga   rioya
etilishini,   o‘quvchilarning   ovqatlanishiga   javob   beradi,   maktabdan   tashqari   va
sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
Maktab kengashi bilan birgalikda maktab tarkibiy qismini va tegishli xalq
ta’limi   organlari   bilan   kelishgan   holda   uning   mazmunini   belgilaydi,   o‘qitish   va
mehnatga   tayyorlash   ixtisosini   tanlaydi,   maktabning   ish   tartibini   pedagogning
tarifikatsiya   qilingan   ishining   umumiy   miqdorini   o‘zgartirmay   o‘quv   haftalari   va
o‘quv   mashg‘ulotlarining   davomiyligini,   1-sinfga   bolalar   qabul   qilish   (6-7   yosh)
ni, o‘quvchilar kiyimi formasining zaruriyati va turini belgilaydi;
navbatdagi   malaka   toifalarini   tasdiqlaydigan   maktab   pedagogika
xodimlarining attestatsiya komissiyasiga rahbarlik qiladi;
maktab   pedagogika   xodimlarining   ijodiy   o‘sishlari,   ta’lim-tarbiyaning
ilg‘or   shakl   va   usullarini   qo‘llashlari   uchun   shart-sharoitlar   yaratadi.
Pedagoglarning tashabbuslari, ijodiy izlanishlari  va tajriba-eksperimental  ishlarini
qo‘llab-quvvatlaydi,   o‘quvchilar   va   pedagoglarning   ijodiy   faoliyatini   har
tomonlama   rivojlantirish   uchun   zarur   shart-sharoitlar   yaratish   maqsadida
maktabning   ilmiy-tekshirish,   ishlab   chiqarish,   kooperativ   tashkilotlar,   mahalla
qo‘mitalari,   ijodiy   uyushmalar   bo‘limlari   va   boshqa   davlat   hamda   jamoatchilik
tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish yo‘llarini belgilaydi;
maktabgacha   ajratilgan   moliyaviy   mablag‘larga   egalik   qiladi,   istiqboldagi
masalalarni   hal   etish   va   maktabni   rivojlantirish   uchun   budjet   mablag‘larini,
shuningdek, maktab fondi mablag‘larini oqilona taqsimlashni ta’minlaydi;
ish   yuritishning   va   maktab   hujjatlarining   to‘g‘ri   yuritilishini   hamda
hisobotning o‘z vaqtida bo‘lishini ta’minlaydi;
Maktab   kengashi,   mahalliy   hokimlik   oldida   o‘z   faoliyati   uchun   javob
beradi va ularga vaqti-vaqti bilan hisob berib turadi.
9 Maktab direktorining huquqlari
Maktab direktori quyidagi huquqlarga egadir:
Maktab   (pedkengash)   kengashiga   maktabning   ish   rejasi   va   o‘quv   rejasini
tasdiqlash uchun taqdim etish, o‘quv rejalari, dasturlariga o‘quv ixtisosiga muvofiq
o‘zgartirishlar   kiritish,   o‘quvchilarning   o‘quv   yil   davomidagi   va   sinfdan-sinfga
ko‘chirish   imtihonlaridagi   bilimlarini   tekshirish   shakllarini,   o‘quvchilarga   ta’lim
va   tarbiya   berish   vositalari   hamda   usullarini   aniqlash   (belgilangan   davlat
andozalarining bajarilishini ta’minlash sharti bilan);
Maktab   (pedkengash)   kengashi   bilan   kelishgan   holda   maktab   fondidan
olinadigan   mablag‘larni   tejash   hisobiga   ijodiy   ishlovchi   o‘qituvchilarning   ish
haqiga ustamalar belgilash;
attestatsiya   yakunlariga   ko‘ra   o‘qituvchilarga   yuqori   toifa   berilishi   haqida
takliflar   kiritish   hamda   pedagogika   xodimlarini   viloyat   va   respublika   malaka
oshirish kurslariga, stajirovkaga (shu jumladan, chet ellarga), aspiranturaga tavsiya
etish;
maktabning jamoat tashkilotlari bilan birgalikda ishda va o‘qishda alohida
yutuqlarga   erishgan   o‘qituvchilarni,   o‘quvchilarni   va   maktabning   boshqa
xodimlarini   mukofotlarga   (shu   jumladan,   moddiy)   tavsiya   etish,   zarur   hollarda
ularni jazolash;
o‘quv-ishlab   chiqarish   birlashmalari   tashkil   qilish,   alohida   tadbirlar
o‘tkazish uchun zarur mablag‘larni to‘plab boshqa maktablar, o‘quv-tarbiya, ilmiy
va   maktabdan   tashqari   muassasalar   bilan   birlashmalar   tashkil   etish   to‘g‘risida
shartnomalar tuzish;
O‘zbekiston   Respublikasi   qonunchiligiga   binoan   o‘qituvchilar   va
o‘quvchilar   almashish   to‘g‘risida,   qo‘shma   muassasalar   tashkil   etish   haqida,
qo‘shma   tadbirlar   (konferensiyalar,   maktab   lagerlari   va   boshqalar)   o‘tkazish
to‘g‘risida chet el ta’lim o‘quv yurtlari bilan shartnomalar tuzish;
maktabning   o‘quv-tarbiya   faoliyatidagi   kundalik   masalalarni   hal   qilish
uchun   zaruriyatga   qarab   maktabning   barcha   xodimlarini   yoki   ularning   ayrim
toifalarini to‘plab majlis o‘tkazish;
o‘z   o‘rinbosarlarining,   pedagoglarning   ish   faoliyatlari   haqidagi
hisobotlarini   tinglash,   Maktab   pedagogika   kengashi   muhokamasiga   ularning
vakolatlarini davom ettirishlari yoki to‘xtatishlari to‘g‘risida takliflar, shuningdek,
ular ishini takomillashtirishga oid takliflar kiritish;
maktab   Ustavi,   Nizomi,   O‘zbekiston   Respublikasi   qonunchiligiga   zid
ravishda o‘tayotgan Maktab (pedkengash) kengashi ishini to‘xtatish.
3.   Maktabni   o‘z-o‘zini   boshqarishning   yuqori   organi   maktab   jamoasining
konferensiyasi (umumiy yig‘ilish) hisoblanadi.
10 Hal   qiluvchi   ovoz   bilan   delegatlar   konferensiyaga   II-III   bosqich   maktab
o‘quvchilari,   o‘qituvchilar   va   maktabning   boshqa   xodimlari   jamoasi,   ota-onalar
(ularning   o‘rnini   bosuvchi   shaxslar)   va   jamoatchilik   vakillarining   yig‘ilishlarida
har uch toifadan teng holda saylanadilar.
XULOSA
Mazkur   ishda   ta'lim   muassasalarini   boshqarishda   muhim   ahamiyat   kasb
etuvchi   me’yoriy-huquqiy   hujjatlar   —   maktab   nizomi,   ustavi   va   maktab   ishlarini
tashkil etishdagi asosiy tamoyillar tahlil qilindi. Ushbu hujjatlar maktab faoliyatini
tartibga solish, o‘quv jarayonini samarali boshqarish va ta'lim sifatini ta'minlashda
markaziy   o‘rin   tutadi.   Maktab   ustavi   va   nizomi   orqali   pedagogik   jamoa,
o‘quvchilar   va   ota-onalar   o‘rtasidagi   o‘zaro   munosabatlar   mustahkamlanadi,
mas’uliyat   va   vakolatlar   aniq   belgilab   beriladi.   Bu   hujjatlar   ta'lim   muassasalarini
boshqarishda aniqlik va barqarorlikka erishishga yordam beradi va o‘z navbatida,
ta'lim tizimini yanada rivojlantirish imkonini beradi. Mazkur hujjatlarning samarali
qo‘llanishi  maktabning umumiy maqsadlariga erishishga va ijtimoiy rivojlanishga
xizmat qiladi.
11

MAVZU: Tа’lim muаssаsаsini bоshqаrishgа dоir mе’yoriy-huquqiy hujjаtlаr: Maktab nizomi, Ustavi, Maktab ish rejasi(istiqbolli, yillik, joriy ish rejalar)si . MUNDARIJA I.Umumiy qoidalar ....................................................................................................................................... 2 II. Ta’lim-tarbiya jarayonining tuzilishi va uni tashkil qilish ........................................................................... 3 III. O‘quvchilar .............................................................................................................................................. 6 IV. Pedagogik xodimlar ................................................................................................................................. 8 V. Umumta’lim maktabini boshqarish .......................................................................................................... 8 1

O‘zbekiston Respublikasining umumta’lim maktabi to‘g‘risida NIZOM I.Umumiy qoidalar 1. O‘zbekiston umumta’lim maktabi o‘z faoliyatida “Ta’lim to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga , shu qonunga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonunchilik hujjatlariga va mazkur Nizomga amal qiladi. 2. Umumiy ta’lim maktabi uzluksiz ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolariga davlat umumta’limi andozalari doirasida bepul umumiy ta’lim olishning kafolatlangan huquqi va imkoniyatini beradi. 3. Umumta’lim maktabi faoliyati demokratiya va insonparvarlik, hammaboplik, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi, xalqning ilmiy va madaniy an’analari, o‘qitishning dunyoviy xarakteri, siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy harakatlar ta’siridan xolilik, iqtidor va ilmni rag‘batlantirish, o‘quvchi va pedagog shaxsini hurmat qilish tamoyillari asosiga quriladi. 4. Umumta’lim maktabining asosiy maqsadi – o‘quvchilarni har tomonlama rivojlangan, madaniyatli shaxs sifatida shakllantirish, shuningdek, jamiyatda o‘zlarining mustaqil o‘rnini topish, ongli ravishda ta’lim va kasblar bo‘yicha dasturlarni tanlash, ularni o‘zlashtirish uchun asos yaratish, jamiyat, oila va davlat oldida o‘z mas’uliyatlarini his qila oladigan shaxslarni tarbiyalashdan iboratdir. 5. Umumta’lim maktabi ta’lim-tarbiya ishlarini har bir shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlagan holda amalga oshiradi, o‘quvchilarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar, shu jumladan, ularning o‘z ustida mustaqil ishlashlari hamda qo‘shimcha bilim olishlari uchun imkoniyatlar yaratilishini ta’minlaydi. 6. Maktab ta’lim oluvchilarning ilmiy bilimlar, ishbilarmonlik asoslarini, mehnat va boshlang‘ich kasb ko‘nikmalarini egallashlarini, shuningdek, ularning o‘ziga xos qobiliyatlari va axloqiy sifatlarini rivojlantirishni ta’minlaydi. 7. Maktab fuqarolarning milliy-madaniy ehtiyojlarini qondirishda ko‘maklashishga, milliy qadriyatlarning tiklanishiga, barcha millat vakillariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalashga, yoshlarda fuqarolik tuyg‘usini shakllantirishga, ularni mustaqil hayotga tayyorlashga da’vat etilgan. 8. Davlat maktab faoliyati va uni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy asosini kafolatlaydi, uning moddiy-texnik, moliyaviy va boshqa ehtiyojlarining qondirilishini ta’minlaydi, ilmiy-texnika va ijtimoiy taraqqiyot bilan bog‘liq ravishda o‘zgaruvchan ta’lim andozalarini, barcha turdagi umumta’lim maktablarida ta’lim darajali va o‘quv soatlari hajmiga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilaydi. 2

9. Umumta’lim maktabi mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, to‘rtburchakli shtampga va belgilangan namunadagi peshlavhaga ega bo‘ladi. 10. Maktab hokimiyat va boshqaruv organlari, ota-onalar va pedagogik jamoatchiligi oldida shaxsning ta’limga bo‘lgan konstitutsion huquqining amalga oshirilishi, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning tanlangan shakllari o‘quvchilar yoshining ruhiy-fiziologik xususiyatlariga, sog‘liqni saqlash talablariga muvofiq kelishi, o‘quvchilar tomonidan o‘quv materiallarining qo‘yilgan talablar asosida sifatli o‘zlashtirilishi uchun mas’uldir. II. Ta’lim-tarbiya jarayonining tuzilishi va uni tashkil qilish 1. Umumiy ta’lim maktabi o‘qitish jarayonini o‘quvchilarni rivojlantirish umumta’lim dasturlarining uch bosqichi darajasiga muvofiq amalga oshiradi: I bosqich – boshlang‘ich ta’lim (4 yil); II bosqich – tayanch ta’lim (5 yil); III bosqich – o‘rta ta’lim (2-3 yil). 2. Turli bosqichdagi maktablar, shuningdek, kechki maktablar mahalliy sharoitlarni hisobga olgan alohida yoki yagona kompleks tashkil qilinishi va joylashtirilishi mumkin. Kechki maktablarni tashkil qilish uchun o‘quvchilar soni yetarli bo‘lmagan taqdirda yoshlar uchun umumiy ta’lim maktabi negizida kunduzgi sinflar va sirtqi guruhlar ochilishi mumkin. 3. Zarurat bo‘lganda va kerakli shart-sharoitlar yaratilgan maktablar qoshida o‘quvchilar uchun tegishli shtat bilan internat (yotoqxonalar)lar, ixtiyoriylik asosida butlanadigan kuni uzaytirilgan yoki bir kunlik guruhlar tashkil qilinadi. 4. Boshlang‘ich ta’lim (I bosqich) o‘qish, yozish, hisoblash, o‘quv faoliyatining asosiy bilim va ko‘nikmalari, nazariy fikrlash elementlari, nutq va xulq madaniyati asoslarini egallashni hamda shaxsiy gigiyena va sog‘lom turmush tarzini ta’minlashga da’vat etilgan. Boshlang‘ich ta’lim tayanch ta’lim olish uchun asos hisoblanadi. 5. Birinchi sinfga 6-7 yoshga to‘lgan, ta’lim olish uchun ruhan va jismonan tayyor bo‘lgan, 5 va 6 yoshligida tibbiy-pedagogik komissiya va maktab ruhshunoslik xizmati ko‘rigidan o‘tgan bolalar qabul qilinadi. Bolalarni qabul qilish, odatda, o‘quv yili boshlangunga qadar amalga oshiriladi va maktab bo‘yicha buyruq bilan rasmiylashtiriladi. 6. Tayanch ta’lim (II bosqich) o‘quvchi shaxsining shakllanishi, uning ijtimoiy o‘zligini anglashga bo‘lgan istagi, qiziqishi va qobiliyatini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi. Tayanch ta’lim o‘quvchilarni o‘rta ta’limning 3

xilma-xil turlarini tanlashga tayyorlaydi va mustaqil hayotga to‘la ma’noda qo‘shilish uchun zarur bo‘lgan umumiy ta’lim poydevorini yaratadi. 9-sinf hajmidagi tayanch ta’lim majburiydir va u o‘quvchilarga o‘rta ta’lim muassasalarida, III bosqichdagi o‘rta ta’limlarda, turli xil hunar hamda o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim olishni davom ettirish, xuddi shu kabi mehnat faoliyatini boshlab hamda uni istagi bo‘lgan taqdirda kechki (smenali) o‘rta umumta’lim maktablarida, kattalarga ta’lim berish markazlarida o‘qishni davom ettirish imkoniyati bilan uyg‘unlashtirish huquqini beradi. 7. O‘rta ta’lim (III bosqich) o‘quvchilarga tabaqallashtirilgan va uyg‘unlashtirilgan fanlar asosida umumiy o‘rta ta’lim berish jarayonini yakunlaydi. Asosiy fanlardan tashqari, o‘quvchilar xohish-istaklari va qiziqishlarini hisobga olib, ularning qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shimcha fanlarni o‘qitishni tashkil qiladi. III bosqich maktablariga o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadi. (Maktab (pedkengashi) kengashi qaroriga ko‘ra kirish imtihonlari, test sinovlari yoki suhbat o‘tkaziladi). Tegishli imkoniyatlar bo‘lgan taqdirda Maktab (pedkengashi) kengashi o‘quvchilarning talab va istaklarini hisobga olgan holda maktabda bir yoki bir nechta kasbga yo‘naltiruvchi ta’limni joriy etish haqida qaror qabul qilishi mumkin (umumiy, ijtimoiy, fizika-matematika, Kimyo-biologiya, texnika, qishloq xo‘jaligi, badiiy yo‘nalishdagi va boshqalar). Bu holatda mehnat tayyorgarligi ta’lim ixtisosi, milliy va mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda tashkil qilinadi. Maktab (pedkengash) kengashi qaroriga ko‘ra u hamma o‘quvchilar uchun shart bo‘lmagan kasb ta’limi shaklida bo‘lishi mumkin. 8. Yangi turdagi o‘quv muassasalari (gimnaziya, litsey, iqtidorli bolalar maktablari va boshqalarga) ga o‘quvchilar ularning ustavlari talablariga muvofiq qabul qilinadi. 9. O‘zbekiston hududida istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar umumiy ta’lim maktablariga umumiy asoslarda shartnomalar va bitimlar bilan belgilangan tartibda qabul qilinadilar. Hukumatlararo tuzilgan madaniy, ilmiy hamkorlik bitimlari va rejalari asosida umumiy ta’lim maktablariga qabul qilingan xorijiy fuqarolar, agar bitim bilan boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, respublika qonunlarida va mazkur Nizomda belgilangan huquqlardan foydalanadilar va majburiyatlar oladilar. 10. Maktabdagi ta’lim-tarbiya ishlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi. O‘quv-tarbiya jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan tegishli davlat ta’limi andozalari darajasiga muvofiq o‘quvchilarga 4

ta’lim beradigan, pedagogik jihatdan asoslangan o‘quv rejalari, dasturlari, vositalari va uslublari o‘qituvchi (tarbiyachi) tomonidan tanlab olingan asosga quriladi. 11. Umumiy o‘rta ta’limning ochiqligi va ko‘p variantliligi, milliy va mintaqaviy an’analar hamda o‘ziga xosligiga yo‘naltirilganligi ta’lim mazmunini quyidagi tizimda shakllantirish orqali ta’minlanadi: davlat tayanch komponenti (Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi); maktab komponenti (xalq ta’limini boshqarish mahalliy organlari bilan kelishgan holda Maktab (pedkengash) kengashi tomonidan belgilanadi). 12. Davlat majburiy talablari doirasida o‘quv dasturini o‘zlashtira olmagan o‘quvchilarga yordam ko‘rsatish uchun Maktab (pedkengash) kengashi tomonidan I va II bosqich sinflarida qo‘shimcha o‘qitish, pedagogik qo‘llab-quvvatlashning turli shakllari (umumiy soni 15 o‘quvchidan ko‘p bo‘lmagan korreksiya sinflari, tenglashtiruvchi sinflar va hokazo) tashkil etilishi mumkin, rivojlanishida jismoniy va ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari tomonidan I-II bosqichdagi maktablarning maxsus sinflari va maxsus umumta’lim muassasalari tashkil etiladi va faoliyat ko‘rsatadi. Bolalar salomatligini tiklash sanatoriya turidagi muassasalarda amalga oshiriladi. 13. O‘quvchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish shtatli yoki maktabga maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimi tomonidan bajariladi. U ma’muriyat bilan bir qatorda bolalarning sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi uchun mas’uldir. U tor doirasidagi mutaxassislar yordamida bolalar salomatligini yillik tekshiruvdan o‘tkazadi, davolash-profilaktika tadbirlarini amalga oshiradi, sanitariya-gigiyena normalariga, maktab o‘quvchilari ovqatlanishining tartibi va sifatiga, jismoniy va aqliy nagruzkalar o‘lchovlariga rioya qiladi. Maktablarda ta’lim jarayonini ruhiy ta’minlashni ruhshunoslar amalga oshiradilar. 14. Ta’limning II va III bosqichlarida o‘qishlar imtihonlar bilan yakunlanadi. Maktabda sinfdan-sinfga ko‘chirish imtihonlari Xalq ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘i bilan belgilanadi. 15. O‘quvchilarni imtihonlarga kiritish, sinfdan-sinfga ko‘chirish va maktabni bitirish Xalq ta’limi vazirligining Yo‘riqnomasiga muvofiq amalga oshiriladi. 16. O‘quvchilar tibbiy komissiya xulosasiga asosan kasalligi tufayli sinfdan-sinfga ko‘chirish va bitirish imtihonlaridan ozod qilinishi mumkin. Imtihonlardan ozod etishga huquq beradigan kasalliklar ro‘yxati O‘zbekiston 5