Tadqiqotda nazariy muammolari, ularni hal qilish yo’llari va bosqichlari. Tadqiqotda argumentasiya usulidan foydalanish
Tadqiqotda nazariy muammolari, ularni hal qilish yo’llari va bosqichlari. Tadqiqotda argumentasiya usulidan foydalanish Reja 1. Nazariy tadqiqot: xususiyati, maqsadi va vazifalari 2. Nazariya: mohiyati va funksiyalari. Nazariya va fakt 3. Nazariy tadqiqot bosqichlari. Ilmiy tadqiqotda argumentasiyani ishlatish 4. Ilmiy tadqiqotda argumentasiyani ishlatish. Isbotlashning yo’llari va usullari 5. Ilmiy tadqiqotda bahs va diskussiya
1. Nazariy tadqiqot: xususiyati, maqsadi va vazifalari Empirik tadqiqotda olingan ma’lumotlar va faktlar nazariy tadqiqotda mantiqiy tahlil, mavhumlashtirish, umumlashtirish, xayoliy eksperiment o’tkazish, asoslab berish jarayonlari doirasiga kiritiladi, izlanish predmetiga aylandi. Empirik va nazariy tadqiqot izlanishni o’ziga xos tiplari (turlari) bo’lib, ular tadqiqot predmeti bo’yicha farqlanadilar: empirik tadqiqotlar hodisalarni bevosita, qanday kuzatilsa, priborlarda qayd qilinsa, shundayligicha o’rganishga qaratilgan; nazariy tadqiqotda esa hodisalarni ortida bo’lgan, bevosita idrok hodisalarni ortida bo’lgan, bevosita idrok qilib bo’lmaydigan, lekin kuzatilgan hodisalarni harakatida namoyon bo’ladigan xossalar, bog’lanishlar, qonuniyatlar tadqiq qilinadi. Shunday qilib, nazariy tadqiqot vazifalaridan biri empirik tadqiqotda qo’lgan kiritilgan faktlarni tushuntirishdir. Faktlarda hodisalar, ularning xossalari, xossalarning ketma-ketligi, miqdoriy qiymatlari, koordinatalari qayd qilinadi. Hodisa va xossalarni bog’laydigan aloqa va munosabatlar esa na kuzatishda, na priborlar yordamida tavsiflab bo’lmaydi, ularni mavjud bo’lish va o’zgarish qonuniyatlarini ochish, tushunish va tushuntirishga intilish nazariy muammoni keltirib chiqaradi. Nazariy muammoni hal qilish uchun mavhumlashtirish yo’li bilan xossalarni obyektdan fikrda ajratib olish, tahlil qilish, yangi tushunchalarni shakllantirish kerak. Xossalar o’rtasidagi o’xshashlik va aloqadorlikni aniqlash mantiqiy tahlil, umumlashtirish, doimiy bog’lanish va bir-butun sifatni ifodalaydigan tushuncha va tamoyillarni ishlab chiqishni taqozo qiladi. Nazariy bilish jarayoni sababiy asos va qonuniyatni kashf qilish, ularni tushuntiradigan nazariyani yaratish bilan yakunlanadi. Shu yo’l bilan K.Darvinning evolyusion nazariyasi, A.Eynshteynning nisbiylik nazariyasi, Dj.Keynsning makroiqtisodiy taraqqiyot nazariyasi ishlab chiqilgan. Yaratilgan nazariya, bir tomondan, keyingi empirik va nazariy tadqiqotlarni o’tkazish, texnologik loyihalarni ishlab chiqish, ikkinchi tomondan, jamiyatda
ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Nazariyaning bunday xislati uning asos va qurol sifatida yaratuvchanlik kuchini namoyish qiladi. Har qanday tadqiqot konkret ifodalangan maqsadga ega. Nazariy tadqiqot maqsadi quyidagilardan iborat: - Empirik tadqiqotda qo’lga kiritilgan natijalarni tahlil qilish. - O’rganilayotgan obyekt tavsifini berish. - Obyektning muhim xossalari va tomonlarini tushunish imkoniyatini beradigan g’oya va tushunchalarni shakllantirish. - Obyektning mavjudligini belgilab beradigan sabab, asos va qonuniyatlarni ochish, tushuntirib berish. - Obyektning xossalari va qonuniyatlarini tushuntirib beradigan, shu orqali bashorat qilish imkoniyatiga ega bo’lgan nazariyani ishlab chiqish. Tadqiqot oldiga qo’yilgan maqsad izlanishni birinchi bosqichida ishlab chiqilgan rejada konkretlashtiriladi. Rejada qayd etilgan tadbirlarni metodologik yo’nalishi va mazmuni tadqiqot oldiga qo’yilgan vazifalarda belgilanadi. Bular asosan quyidagilardir: - obyekt xususida o’zida faktual va mantiqiy ziddiyatni saqlamagan tavsifni ishlab chiqish; - obyektga xos sababiy bog’lanish va qonuniyatlarni ifodalaydigan qoida aksioma va tamoyillarni ishlab chiqish; - obyektning xossasi, strukturasi va funksional o’zgarishlarini tushuntirib beradigan konsentual tizim yoki nazariyani yaratish; - tadqiqot natijalari va umumlashmalarini boshqa, lekin shu turdagi obyektlarni o’rganishga tatbiq qilish; - olingan nazariy xulosalarni eksperimental tadqiqotda tasdiqlash, natijalarni ishonchli bo’lishini asoslash. Ko’rinib turibdiki, nazariy tadqiqotlar fanda izlanish jarayoni, yo’li va oqibatini hal qilib beradigan bo’g’inni tashkil qiladi.Bu bo’g’inning asosiy unsuri esa nazariya uni ishlab chiqish, amaliyot va texnologiyaga tadbiq qilishdir.
2. Nazariya: mohiyati va funksiyalari. Nazariya va fakt. Ishlab chiqilgan nazariya ilmiy tadqiqotning eng samarali natijasi va yakunidir. Uning samaradorligi shundan iboratki, nazariya obyekt doirasiga kirgan barcha faktlarni tushuntiradi, o’rganilayotgan xossa, aloqadorlik va qonuniyatlar xususida bir-butun tasavvur beradi, o’zini tarkibidagi konseptual unsurlar (tavsif, tushunchalar, tamoyillar) tizim xarakteriga ega, amaliyot va texnologiyaga tatbiq qilish imkoniyati mavjud. Nazariya tushunchasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda nazariya predmet yoki voqyelikning biron-bir tomonini tushuntiradigan qarash, g’oya va ta’limotlarni birlashtirgan bilish shaklidir. Bu tipdagi nazariyani tarkibiy qismlari turli darajada asoslangan faktlar tasavvurlar va tamoyillardan tashkil topgan. Konseptual yadro rolini o’ynagan bir nechta tamoyil, rahbar g’oya qolgan tushunchalar, qarashlar, umumlashmalar va gipotetik xislatga ega bo’lgan tasavvurlarni birlashtiradi, hosil bo’lgan bilim nazariya ko’rinishiga ega bo’ladi. Koinot evolyusiyasi nazariyasi, biologik evilyusiya nazariyasi, jamiyat va tabiat koevolyusiyasi nazariyasi, postindustrial jamiyat nazariyasi keng ma’noga ega bo’lgan nazariyalar turkumiga kiradi. Tor va qat’iy ma’noda nazariya-tadqiqot obyekti doirasiga kirgan barcha faktlarni tushuntiradigan konseptual yadrosi (boshlang’ich aksiomalar, qoidalar, tamoyillar) atrofida tushunchalar, g’oyalar va gipotetik tasavvurlarni birlashtirgan, tizim ko’rinishiga ega bo’lgan ilmiy bilish shaklidir. Nazariya ma’lum strukturaga ega bo’lib, uning tarkibiga boshlang’ich tushunchalar va tamoyillar, faktlarni tushuntiradigan g’oyalar va tasavvurlar, qonunlar, ilmiy farazlar kiradi. Shunday unsurlarga ega bo’lgan nazariya yetuk nazariya darajasiga ko’tariladi. Magnetizm nazariya, Eynshteynning nisbiylik nazariyasi, Bertalanfining umumiy tizim nazariyasi shular jumlasidandir. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda tadqiqot obyekti xususiyatiga qarab bilimlar nazariya va ta’limot shaklida ishlab chiqiladi. Nazariyadan farqliroq ta’limot qat’iy bilim shakllari va tamoyillar strukturasiga, har bir mulohaza fakt va eksperiment natijalari bilan tasdiqlangan
bilim tizimi ko’rinishiga ega bo’lmasdan, asosan voqyelikning biron-bir sohasi xususida bildirilgan nazariy g’oyalar va tasavvurlar majmuasidir. Izlanish obyekti nisbatan aniq struktura va funksiyalarga ega bo’lgan taqdirda tadqiqot nazariyani ishlab chiqish bilan yakunlanadi. Shunday holatni tilshunoslik, psixologiya, pedagogika, iqtisodiy menedjment fanlarida kuzatish mumkin. Psixologiyada bu ijtimoiy rollar nazariyasi, shaxs fazilatlari nazariyasi va boshqalar. Ayrim ishlab chiqilgan ilmiy-psixologik g’oyalar ham nazariya, ham ta’limot sifatida belgilanadi. Masalan, ijtimoiy o’rganish nazariyasi inson tomonidan ijtimoiy jarayonlar ta’sirida amalga oshadigan tajriba va bilim orttirishni tavsiflaydigan ta’limot hisoblanadi. Bilish va amaliyotda ilmiy nazariya uchta-tavsiflash, tushuntirish va bashorat qilish funksiyalarini bajaradi. Tavsiflash funksiyasi kuzatish va eksperimentdan olingan ma’lumotlarni shu mavjud nazariya tilida bayon qilish va ularni birlamchi qayta ishlashdan iborat amalni (bajariladigan ishni) bildiradi. Tavsiflash hodisa, voqyea va jarayonlarni tushuntirish yo’lidagi dastlabki talab va ilmiy faoliyatdir. Nazariyaning tushuntirish funksiyasi nihoyatda muhim funksiya hisoblanib, bunda obyekt xossalari va qonuniyatlarining sababi, amalga oshish mexanizmllari tushuntiraladi, shu asosda amaliyot va texnologiyada tadbiq qilinishi mumkin bo’lgan qoidalar, tavsiflar va modellar ishlab chiqiladi. Bashorat qilish funksiyasiga ega bo’lgan nazariyada ishlab chiqilgan qat’iy qoidalar, dalillar va xulosalar asosida obyektni qanday bo’lishini, undagi jarayonlar qanday kechishi va oqibatni oldindan aytib berish imkoniyati mavjuddir. Tabiiy-ki bunday nazariyada rivojlantirilgan tadqiqot apparati, takomil uslubiy vositalar bo’lishi kerak. Aytaylik, demografiya (aholishunoslik) o’zini nazariyasi, tadqiqot metodi va statistikaga tayanib yaqin va uzoq vaqtga mo’ljallangan aholini o’sish dinamikasini bashorat qiladi, prognizlashtirish modelini ishlab chiqadi. Nazariya va fakt. Fakt empirik bilish natijasi sifatida o’rganilayotgan hodisa haqida ma’lumot beradi. Nazariya esa bitta faktni emas, balki fakt ortida