logo

Tarbiyaviy ishlar metodikasi faning maqsad va vazifalari. Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

55.4814453125 KB
Mavzu: Tarbiyaviy ishlar metodikasi faning maqsad va vazifalari.
Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati
Reja:
1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari.
2. «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
3. «Sinfdan   va   maktabdan   tashqari   tarbiyaviy   ishlar»   konsepsiyasining   mazmuni
va unda o’quvchilar tarbiyasining asosiy yo’nalishlari.
4. Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati. Mustaqil   O’zbekistonimizda   islohotlar   tobora   keng   quloch   ochmoqda.
Hayotimizning   barcha   jabhalarida,   jumladan   yosh   avlod   ta’lim   tarbiyasida   ham
keskin   o’zgarishlar   sodir   bo’lmoqda.   Respublikamizning   ijtimoiy,   iqtisodiy
kamoloti yosh avlodning sayi harakatlariga bog’liq ekanligi hech kimga sir emas.
O’sib kelayotgan yosh avlodlar va ularning kelajagi Respublikamiz  kelajagi   bilan
chambarchas   bog’liqdir .   « Yoshlarimizning   mustaqil   fikrlaydigan,   yuksak
intellektual   va   ma’naviy   salohiyatga   ega   bo’lib,   dunyo   miqyosida   o’z
tengdoshlariga   hyech   qaysi   sohada   bo’sh   kelmaydigan   insonlar   bo’lib   kamol
topishi,   baxtli   bo’lishi   uchun   davlatimiz   va   jamiyatimizning   bor   kuch   va
imkoniyatlarini  safarbar  etilishi » 1
  o’quvchi  -  yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga jiddiy
e’tibor  berilayotganliginini yorqin dalilidir .  Shuning uchun yo shlar ta’lim-tarbiyasi
har   bir   ota-onaning,  o’qituvchining   va   jamiyatimizning   Vatan   oldidagi   muqaddas
burchlari  hisoblanadi .
Lekin   bu   ishlarni   o’qituvchi   boshqara   oladi,   chunki   o’qituvchi
jamiyatimizning   tayanch   shaxsidir,   u   ota-onalarning   tarbiyadagi   ta’sirini
yo’naltiradi va ularga ilmiy pedagogik yordam beradi.
Ta’lim   muassasalarida   xususan   boshlang’ich   ta’limda   fidokor,   mustaqil
fikrlovchi,   masalalarni   ongli   ravishda   mas’uliyat   bilan   hal   qila   oladigan,
izlanuvchan   yangilikka   intiluvchan   va   istiqlol   g’oyalariga   sadoqatli   avlodni
tarbiyalashni   yo’lga   qo’yish   va   ularni   samarali   amalga   oshirish   ko’p   jihatdan
bo’lajak mutaxassislarni maxsus tayyorgarligiga bog’liqdir. Shuning uchun hozirgi
zamon   mafkuraviy   qarashlar   asosida   bo’lajak   boshlang’ich   sinf   o’qituvchilarini
tarbiya   jarayonini   tashkil   etishga   ham   nazariy,   ham   uslubiy   ham   amaliy   jihatdan
tayyorlashga xizmat qiladigan «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» fan kiritilgan.
Fanning   predmeti -   boshlang’ich   maktab   o’quvchilari   bilan   olib
borilayotgan tarbiyaviy ishlar tizimi.
1
 Sh.M. Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratii O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis 
palatalarining qo’shma majlisidagi nutqi. - T.: O’zbekiston, NMIU, 2016. 14 b. Fanni   o’qitish   maqsadi:   Bo’lajak   o’qituvchilarni   mustaqil
Respublikamizning   yangi   siyosiy,   iqtisodiy   va   ijtimoiy   xususiyatlarini   hisobga
olgan   holda   kichik   maktab   yoshidagi   bolalarni   xalqning   boy   milliy,   ma’naviy-
tarixiy   an’analarga,   urf-odatlari   hamda   umumbashariy   qadriyatlarga   asoslangan
muvaffaqiyatli tarbiyalashga tayyorlash.
Fanning vazifalari:
1)   talabalar ga   tarbiyaviy   ishlar   metodikasining   pedagogik   va   psixologik
asoslarni ochib borish;
2)   ularga   boshlang’ich   maktabda   tarbiya   jarayonida   foydalaniladigan   uslub
va   vosita,   shakl   va   bolalarning   uyushmalari   ishlarini   tashkil   etishning   eng
samaralilarini yo’llarini o’rgatish;
3)  o’quvchilarga hamkorlik pedagogikasi  asoslari  va uni  tarbiya jarayonida
amalda qo’llash metodikasini o’rgatish.
Ta’lim-tarbiya jarayonida ma’naviy qadriyatlardan foydalanib, boshlang’ich
sinf o’quvchilarining barkamol avlod etib tarbiyalash quyidagi muhim manbalarga
tayangan holda amalga oshiriladi. Ular:
- qadimdan tarbiya vositasi bo’lib kelgan xalq pedagogikasi. Uning tarkibiy
qismlari xalq og’zaki ijodi, xalq hunarmandchiligi, xalq tasviriy va amaliy san’ati,
xalq   musiqasi,   teatri   mazmunida   xalqning   tarbiyaga   oid   g’oyalari,   tasavvurlari,
orzu-istaklari,   an’analari   milliy   qadriyatlarning   boshlang’ich   negizi   tarzida   o’z
ifodasini topadi;
-   xalqning   qadimiy   turmush   tarzi,   axloq   normalari,   kelajak   orzulari   haqida
ma’lumot beruvchi dastlabki manbalar (bitiklar);
- diniy manbalar («Avesto», «Qur’on»», «Hadis»);
-   Sharq   xalqlari   milliy   qadriyatlari   haqida   asosli   bilim   beruvchi   Sharq
mutafakkirlari madaniy merosi;
-   yozma   badiiy   ijodiyot   shakllari   (pandnoma,   klassik   va   hozirgi   zamon
badiiy ijod namunalari);
-   turli   xarakterdagi   san’at   asarlari,   xalq   hunarmandchiligi,   badiiy-estetik
an’analar, urf-odatlar, bayramlar va boshqalar. O’zbekiston   mustaqillikka   erishishi   tufayli   milliy   qadriyatlarning   ta’lim-
tarbiya   jarayonidagi   ahamiyatiga   e’tibor   kuchaydi.   Zero,   milliy   qadriyatlar
mamlakatimiz   mustaqilligini   mustahkamlaydigan   ma’naviy   asoslardan   biridir.
Xalqimizning asrlardan-asrlarga meros tarzida kelayotgan milliy qadriyatlari uzoq
tarixiy   jarayonda   shakllangan.   Ular   ona   yurtga   ehtirom,   avlodlar   xotirasiga
sadoqat, kattalarga hurmat, hayo, andisha kabi xususiyatlarning ustuvorligi, boshqa
xalqlarnikiga o’xshamaydigan urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar va an’analar
bilan tavsiflanadi. Milliy qadriyatlar - millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan
etnik   jihat   va   xususiyatlar   bilan   bog’liq   qadriyat   shakllari.   Dunyoda   o’ziga   xos
qadriyatlari   bo’lmagan   millat   yo’q.   Milliy   qadriyatlar   millatning   tarixi,   yashash
tarzi, ma’na-viyati hamda madaniyati bilan uzviy bog’liq holda namoyon bo’ladi.
Ma’lumki,   qadriyatlar   muayyan   sharoitlarda   shakllanadi.   Shu   sababli   ular
mahalliy, milliy, mintaqaviy shakllar va umuminsoniy shakl va mazmunda mavjud
bo’ladi.   Mahalliy   qadriyatlarning   yetuklari   va   milliy   manfaatlarga   moslari   asta-
sekin   saralanib,   umum   milliy   darajaga   ko’tariladi.   Milliy   muhit   qadriyatlarni
yaratish va saralashning asosiy manbaidir: u milliy qadriyatlarning eng yaxshilarini
voyaga yetkazib, jahon miqyosiga olib chiqadi.
Qadriyatlar - narsa va voqealar, jamiyat, moddiy va ma’naviy boyliklarning
ahamiyatini   ifodalash   uchun   qo’llaniladigan   tushuncha.   Qadriyatlarning   G’arbda
«Aksiologiya»   fani   o’rganadi.   Bu   atama   ilmiy   bilimlar   sohasida   o’tgan   asrning
ikkinchi  yarmida nemis  aksiologi  E. Gartman va fransuz  olimi  P.Lapi  tomonidan
kiritilgan.   Aksiologiyani   qadriyatlar   to’g’risidagi   fan   yoki   to’g’ridan-to’g’ri
«qadriyatshunoslik»   deb   atash   ham   mumkin.   Har   bir   fanga   o’z   nomini   bergan
asosiy tushunchalar bo’lgani kabi «qadriyat» tushunchasi ham «qadriyatshunoslik»
atamasi   uchun   shunday   asos   bo’la   oladi.   G’arbda   bu   atama   yunoncha   «axio»
(qadriyat) va «logos» (fan, ta’limot) tushunchalaridan tashkil topgan.
Qadriyatlar axloqiy qoida va me’yorlar, ideallar va maqsadlardagi baholash
mezoni va usullarini ham o’zida aks ettiradi. Ular halollik, poklik, o’zaro yordam,
adolatlilik,   haqiqatgo’ylik,   ezgulik,   tinchlik,   shaxs   erkinligi,   mehr-muhabbat,
mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi fazilatlar, burch, vijdon, or-nomus, mas’uliyat kabi axloqiy tushunchalar shaklida namoyon bo’ladi. Qadriyat o’z tabiatiga ko’ra,
ijtimoiy-tarixiy   xarakterga   ega.   Ijtimoiy   taraqqiyot   jarayonida   u   o’zgaradi   va
takomillashadi.   Shuning   uchun   qadriyat   to’g’risidagi   ta’limotlar   ham
takomillashib, rivojlanib boradi.
Qadriyatlarning   xilma-xil   shakllari   bor:   moddiy   va   ma’naviy,   milliy,
mintaqaviy,   umumbashariy,   jamiyat   hayotining   sohalari   bo’yicha   iqtisodiy,
ijtimoiy ong shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy, huquqiy va boshqalar.
Hozirgi   zamonda   ilg’or   davlatlar   hayotining   demokratik   tamoyillari   ham
inson qadrini nechog’li yuksaklikka ko’tarishi bilan baholanadi. Mamlakatimizdagi
tub o’zgarishlar, islohotlarning mohiyati ham ana shu tamoyildan kelib chiqadi. Bu
tamoyilni   amalga   oshirishda   milliy   va   umuminsoniy   qadriyatlar   uyg’unligiga
asoslangan   yangicha   dunyoqarash,   sog’lom   tafakkurning   shakllanishi   katta
ahamiyat kasb etadi.
Bu tushunchaning mohiyatida voqelikdagi  muayyan hodisalarning ijtimoiy,
madaniy-ma’naviy   ahamiyatini   ifodasi   yotadi.   Demak,   qadriyatlar   inson
tomonidan   qadrlanadigan   narsalar   (shuningdek   tabiat,   ijtimoiy   hodisalar,   inson
xatti-harakatlari va madaniy hodisalardan iborat bo’lib, kishilarning talabi, xohishi,
qiziqishi   va   maqsadi   asosida   munosabat,   o’zaro   ta’sir   atrof-muhit   bilan,   insonlar
bilan natijasida vujudga keladigan holatdir.
Umuminsoniy   qadriyatlar   barcha   millatlar   manfaatiga   mos   keladigan
ma’naviy xazinadan iborat bo’lib, milliy qadriyatlar bilan yagona tarbiyaviy asosga
egadir.   Umuminsoniy   ilg’or   ma’naviy   g’oya   va   bilimdan   har   bir   millat   o’zining
milliy   xususiyatidan   kelib   chiqqan   holda   foydalanadi   va   amaliyotga   tatbiq   etadi.
Umuminsoniy   qadriyatlar   negizida   ma’lum   millat   tomonidan   olg’a   surilgan
insonparvarlik, adolat, demokratiya, hamkorlik kabi  muhim  qadriyatlar  mujassam
bo’lib, ular barcha millatlar uchun hayotiy ehtiyoj hisoblanadi.
Milliy   qadriyatlar   milliy   madaniyatning   tarkibiy   qismi   bo’lib,   uning   paydo
bo’lishi va shakllanishi murakkab ijtimoiy jarayon hisoblanadi.
An’analarning   kelib   chiqishi   tarixiga   nazar   solinsa,   ular   din   hukmronlik
qilgan bir davrda paydo bo’lganligidan dalolat beradi. Demak diniy an’analar shu davr   talab   va   ehtiyojlariga   mos   holda   maydonga   kelgan   hamda   asrlar   davomida
o’zining   ba’zi   bir   axloqiy   talablari   bilan   xalq   uchun   ma’qul   bo’lib   kelmoqda.
Shuning   uchun   diniy   qadriyatlarning   ham   aksariyatining   mazmuni   mehr-oqibat,
iymon-e’tiqod, adolat, insonparvarlik kabi g’oyalar bilan sug’orilgan bo’lib, xalqni
nopoklik,   oqibatsizlik,   jaholat   botqog’iga   botish,   ichkilikbozlik,   zino,   jabr-zulm
kabilardan   saqlashga   xizmat   qilib   kelganligini   e’tiborsiz   qoldirmaslik   zarur.
Uchinchidan,   milliy   qadriyatlar   shaklan   va   mazmunan   qanday   bo’lishdan   qat’iy
nazar,   u   shu   millatning   madaniy   mulki   hisoblanadi.   Ulardagi   xalqning   talabini,
ehtiyojini   qondira   olmaydigan   ba’zi   bir   belgilar   o’z-o’zidan   barham   topa   boradi.
Shu boisdan milliy qadriyatlarni ilg’or  yoki jaholatga boshlovchi  kabi guruhlarga
bo’lish mantiqqa to’g’ri emas.
Umuminsoniy va milliy qadriyatlar o’quvchining kundalik faoliyatida odat,
an’ana   tusiga   kirib   qolgandagina   u   shaxsning   ma’naviy   shakllanishiga   bevosita
ta’sir etadi 2
. Qadriyatlarning bolalarga bo’lgan ta’siri kattalarga bo’lgan ta’siridan
ancha ustun turadi, chunki kattalarning dunyoqarashi va e’tiqodlari, odatlari qaror
topgan   bo’lsa,   bolalarda   endilikda   ularning   poydevori   quyilayotgan   bo’ladi.
Bolalar, o’z tabiatiga ko’ra, ta’sirchan bo’lganliklari uchun ularga borliq va undagi
voqealarning ta’siri kuchli bo’ladi.
Borliqdagi   voqyea-hodisalar   turli-tuman   bo’lganidek,   qadriyatlarning   shakl
va mazmuni ham rang-barangdir.
Mazkur  qadriyatlar  o’quvchi  ongi  va faoliyatiga o’zining umumiylik, ya’ni
ularning   talab   va   qiziqishlarini   qondirish,   xususiy   belgilari:   zaruriyligi,   foydaligi,
ma’qulligi bilan ta’sir etadi.
Mazmunan aqliy bilish faoliyati bilan bog’liq qadriyatlar o’quvchining tabiat
va   jamiyat   haqidagi   ilmiy   tushunchalarini   kengaytirishga   dunyoqarashini
shakllantirishga,   bilim   saviyasini   oshirishga   xizmat   qiladi   (ilmiy,   tarixiy,   lisoniy,
diniy,   badiiy   manbalar).   Bunday   qadriyatlar   o’quvchiga   o’zbek   xalqining   jahon
ilm-fan taraqqiyotiga qo’shgan hissasini, aqliy kamoloti dialektikasini ilmiy, badiiy
2
 Inomova M. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlar.- T.: Fan, 1995. 18 b. asarlar   orqali   yetkazadi.   Axloqiy   qadriyatlar   o’quvchining   ongi   va   faoliyatini
faollashtiradi, ish va so’z birligini ta’minlashga olib keladi.
Bunday   qadriyatlar   jumlasiga:   insonparvarlik,   ma’rifatparvarlik,   mehr-
muhabbat,   poklik,   kattalarga,   ota-onaga   hurmat,   muhabbat,   xushmuomalalik,
do’stlik,   saxiylik,   saxovat,   bolajonlik,   shirin   so’zlik   va   boshqalar   kiradi.   Mazkur
qadriyatlar   negizida   jamiyatda,   oilada,   ta’lim   muassasalarida   o’quvchini   yuksak
insoniy fazilatlarga ongli ravishda amal qilishga undash g’oyasi yotadi.
Estetik   qadriyat   san’at,   adabiyot   va   xalqning   badiiy-estetik   faoliyati   bilan
bog’liq   bo’lib,   ularning   mazmunini   o’quvchida   nafosatni,   estetik   hissiyotni
shakllantirishni tashkil etadi. Estetik qadriyat tabiati va mohiyatiga ko’ra, ijtimoiy-
g’oyaviy   aqliy   nafosat   va   badiiy   tarzda   o’quvchi   ongi   va   faoliyatining
shakllanishiga ta’sir etadi.
Har   qanday   insoniy   fazilat   sub’ektning   obyekt   bilan   hamda   shaxs   va
jamiyatning   munosabati   mahsuli   sifatida   maydonga   keladi.   O’quvchi   ham   badiiy
qadriyat   bilan   aloqa   qilish   jarayonida   undan   ma’naviy   ozuqa   oladi,   hayotiy
tajribasida   badiiy   qadriyatlarda   olg’a   surilgan   g’oyalarga   amal   qiladi.   Estetik
qadriyatlarning   mezoni   olijanoblik,   tashqi   va   ichki   go’zallik,   muloyimlikdan
iborat.   O’quvchida   estetik-badiiy   madaniyatni   shakllantirishda   badiiy,   musiqa,
san’at   asarlari,   xalq   amaliy   san’ati,   me’morchilik,   turli   xarakterdagi   bayramlar,
an’analar, urf-odatlar, xalq o’yinlari, teatr, kino, radio, oynai jahon, matbuot asosiy
vosita hisoblanadi.
Ta’lim-tarbiya   jarayonida   bunday   vositalardan   foydalanish,   ularning
mazmunini   idrok   etish,   tasavvur   va   tafakkur   qilish   natijasida   o’quvchining   shaxs
sifatida shakllanishiga yordam beradi.
Boshlang’ich   ta’limning   maktabdan   va   sinfdan   tashqari   tarbiyaviy   ishlar
jarayonida   ma’naviy   qadriyatlardan   foydalanib,   o’quvchilarining   barkamol   inson
qilib shakllantirish muhim pedagogik vazifalardan hisoblanadi.
1.  Sharq   xalqlarining   uzoq   tarixga   ega   ta’lim-tarbiya   g’oyalari,   qonun-
qoida   va   tamoyillarining   mohiyatini   anglab   yetishda,   ularning   bugungi   davrdagi
ahamiyatini ilmiy, tarixiy asoslashda tayanch manba bo’lib xizmat qiladi. 2.  Milliy ta’lim maskanlarida tarbiya tizimini mazmunini yaratish uchun
asos bo’ladi.
3.  O’quvchilarda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqod, qiziqish,
ishonch   tarbiyalanadi,   ularni   milliy   g’urur   asosida   o’rganish,   kelgusi   avlodlarga
yetkazish, sevish va asrashga ehtiyoj paydo bo’ladi.
Qadimiy   milliy   qadriyatlarimiz   tiklanadi.   Chunki   milliy   xususiyatlarni   aks
ettiruvchi   qadriyatlarning   mohiyatini   har   bir   mavzu,   har   bir   tarbiyaviy   tadbir
mazmuniga   bevosita   yoki   bilvosita   singdirilishi   asosida   azaldan   tarbiya   vositasi
bo’lib kelgan qadriyatlarni mazmunan boyib, mustahkamlanib borishiga erishiladi.
«Tarbiyaviy ishlar metodikasi» fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
1)   «TIM»   «Pedagogika»   fani   bilan   bog’liqligi   juda   kuchli,   chunki
«Pedagogika»ta’lim   tarbiya jarayoning mohiyati,  maqsad  va  vazifalari,  qonuniyat
va   prinsiplari   asosiy   uslub   va   vosita,   shakl   va   uyushmalari   haqida   tushuncha
beradi.
2)   «TIM»   ning   «Psixologiya»   fani   bilan   aloqasi   kuchlidir   xususan,
«Psixologiya»   bolalarni   tarbiyalash   va   o’qitish   ishlarida   ularning   yosh   va
individual xususiyatlarini hisobga olish, bolalarni rivojlantirish, ularning o’quv va
ijtimoiy faoliyatini boshqarish asoslarini o’rganadi.
3)«TIM»   ning   «Falsafa»,   «Etika»,   «Estetika»   «Huquq»,   «Iqtisodiyot»   kabi
ijtimoiy   fanlar   bilan   bog’liqdir,   chunki   ushbu   fanlar   orqali   o’qituvchi   o’z
dunyoqarashini   kengaytiradi   va   bo’lajak   o’quvchi-yoshlarda   dunyoqarashni
shakllantirishga yordam beradilar.
Bundan   tashqari   «TIM»   ning   yana   bir   necha   fanlari   bilan:
«Tabiatshunoslik»,   «Tibbiy   bilimlar»,   «Maktab   gigiyenasi»   va   hokazo   o’zaro
aloqadadir.
Bu   tarbiya   jarayonining   ko’p   qirraliligi,   murakkablikligi,   uning   usul
vositasining xilma xilligi tasdiqlaydi va bo’lajak o’qituvchi- tarbiyachilarga yuqori
talablarni qo’yadi.
Hozirgi   paytda   fan   va   madaniyatning   eng   so'nggi   yutuqlari   asosida   yosh
avlodni   hayotga   tayyorlashning   samarali   shakl   va   uslublarini   izlash   nihoyatda zarurdir. Ayniqsa o'smirlar orasida  axloqiy va ma'naviy jihatdan tarbiyaviy ishlarni
kuchaytirish   muhimdir.   Zero,   tarbiya   yo’q   ekan,   inson   ongli   ijtimoiy   shaxs   bo'la
olmaydi.   Shuning   uchun   ham   tarbiya   jarayoni   shaxsning   har   tomonlama   va   erkin
shakllanishida asosiy o'rinni egallaydi.
Umumiy   o’rta   ta’limda   tarbiyaviy   ishlarning   asosi   bo’lib   xizmat   qiluvchi
« Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» Konsepsiyasi  Xalq ta'limi vazirligi
tomonidan qabul qilingan edi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida
qabul qilingan   « Ta'lim to’g'risida » gi Qonun va   « Kadrlar tayyorlash milliy dasturi » 3
ni,
ular asosida ishlab chiqilgan hukumat va vazirlik qarorlarini hayotga tatbiq etish, ta'lim
sohasini   tubdan   isloh   qilish   maqsadida   mazkur   Konsepsiyani   qayta   ishlashga   to'g'ri
keldi.  Yangi  tahrirdagi   Konsepsiya  Qori   Niyoziy nomidagi  O'zPFlTI  olimlari   guruhi,
Respublika Ta'lim markazi mutaxassislari va Xalq ta'limi vazirligi xodimlari tomonidan
ishlab chiqildi.
Shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo'naltirilgan ushbu Konsepsiyani
tayyorlashda Xalq ta'limi xodimlari va keng  jamoatchilik fikrlari inobatga olindi.
Sinfdan   va   maktabdan   tashqari   tarbiyaviy   ishlar   konsepsiyasida   tarbiyaviy
tadbirlarni   takomillashtirish   zaruriyati,   alohida   ta’kidlangan:   siyosiy   tuzumning
o’zgarganligi,   yangicha   iqtisodiy   munosabatlarning   shakllanib   borishi,   tarbiyaviy
ishni yaxshilashda davr talabiga javob beradigan yangicha tamoyillari g’oyalar, ish
uslubiyatlarini ishlab chiqish hamda o’qituvchining ijodkorlik faoliyatini qaytadan
qurmoq lozimdir.
Sinfdan   va   maktabdan   tashqari   tarbiyaviy   ishlarga   yangicha   munosabat
mustaqillik ma’naviyati negizi asosida  hukumat qarorlarida, xalq ta’lim tizimidan
islohotlarda   olimlar   va   ijodkor   o’qituvchilarning   izlanishlarida   o’z   aksini
topmoqda.
«Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» Konsepsiyasi kirish, 3-qismdan
va uni amalga oshirishning ilmiy-metodik ta’minotidan iboratdir 4
.
3
 Karimov I.A. Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: Sharq, 1997.
4
 Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi. - Ma’rifat g., 1993, 3 mart. Kirishda konsepsiyani qabul qilish sabablari ochib berilgan. 1-qism. «Sinfdan
va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasining zaruriyati»deb nomlanib,
unda   konsepsiyani   qabul   qilish   maqsadi,   tarbiya   tizimida   vujudga   kelgan   holat,
jamiyat   taraqqiyotida   tarbiyaviy   ishlarni   ahamiyati   ifodasini   topgan.   2-qism.
«Tarbiyaviy ishlarning asosiy yo’nalishlari, maqsad va vazifalari» deb nomlangan,
unda   «Tarbiyaning   bosh   maqsadi   -   yosh   avlodni   ma’naviy-axloqiy   tarbiyalashda
xalqning   boy   milliy,   ma’naviy-tarixiy   an’analarga,   urf-odatlari   xamda   umum-
bashariy   qadriyatlarga   asoslangan   samarali   tashkiliy,   pedagogik   shakl   va
vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir.
Tarbiyaning   asosiy   vazifasi   –   o’quvchi   shaxsning   aqliy,   axloqiy,   erkin
fikrlovchi   va   jismoniy   rivojlanishi,   uning   qobiliyatlarini   xar   tomonlama   ochish
uchun imkoniyat yaratishdir.
Buning   uchun:   -   yoshlarni   erkin   fikrlashga   tayyorlash,   hayot   mazmunini
tushunib   olishiga   ko’maklashish,   o’z-o’zini   idora   va   nazorat   qila   bilishini
shakllantirish,   uz   shaxsiy   turmushiga   maqsadli   yondashuv,   ularda   reja   va   amal
birligi hissini uyg’otish;
-o’quvchilarni   milliy,   umuminsoniy   qadriyatlar,   Vatanimizning   boy
ma’naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga
bo’lgan   talablarini   shakllantirish,   malaka   hosil   qildirish,   tobora   o’stirib-boyitib
borish va estetik tushunchalarini shakllantirish;
-har   bir   o’smirning   bilimdonligini   va   ijodiy   imkoniyatlarini   aniqlab,   ularni
rivojlantirish,   Inson   faoliyatini   turli   sohalarda   joriy   qilib   ko’rish.   Bolalar
ijodkorligi,   iqtidorini   yuzaga   chiqarish   va   yanada   qullab-quvvatlash   uchun   shart-
sharoit hozirlash;
-insonparvarlik   odobi   me’yorlarini   shakllantirish   (bir-birini   tushunadigan,
mehribonlik shafqatlilik irqiy va milliy kamsitishlarga toqatsizlik), muomala odobi
kabi   tarbiya   vositalari   (nohaqlikka,   yolg’onchilik   tuhmat,   chaqimchilikka
toqatsizlik) keng qo’llanishi lozim.
-vatanparvarlik dunyoviy fikrlash, jamiyatimizda yashayotgan odamlar bilan
o’zaro   munosabat-muloqotni   o’rganish,   o’z   xalqiga,   davlatiga,   uning   himoyasi uchun   hamisha   shay   bo’lib   turish,   O’zbekiston   Respublikasi   va   boshqa
davlatlarning   ramzlariga   hurmat   bilan   karash,   yosh   avlodni   O’zbekiston
Konstitusiyasiga,   Bayrog’iga,   Gerbiga,   Madhiyasiga,   Prezidentiga   sadoqatli   qilib
tarbiyalash;
-qonuniy   jamoa   axloqi   va   turmush   qoidalariga   hurmat   bilan   qarashni
tarbiyalash,   shaxsning   noyob   qirralarini   belgilovchi   fuqarolik   va   ijtimoiyi
mas’uliyat   hislarini   rivojlantirish,   o’zi   yashayotgan   mamlakatning   ravnaqi,
Insoniyat   taraqqiyotini   barqaror   saqlab   qolish   uchun   fidoyilik   ekologik   ta’lim-
tarbiya;
-mustaqil   davlatimiz   -   O’zbekiston   Respublikasining   ichki   va   tashqi
siyosatiga   to’g’ri   va   xolisona   baho   berishga   o’rgatish.   Uning   tinchliksevarlik
demokratiya   va   boshqa   davlatlarning   ichki   ishlariga   aralashmaslik   oshkora-ochiq
tashqi   siyosatiga   va   o’z   xalqining   turmush   darajasini   oshirishga   yo’naltirilgan,
fuqarolarni i ijtimoiy himoya qiladigan ichki siyosatini to’g’ri tushuntirmoq kerak;
-turmushda   eng   oliy   qadriyat   hisoblangan   mehnatga   ijodiy   yondoshish
fazilatlarini shakllantirish;
-sog’lom   turmush   tarziga   intilishni   tarbiyalash   va   rivojlantirish,   munosib
oila sohibi bo’lish istagini shakllantirish;
-yoshlarimizni erkin mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Tarbiyaning asosiy tizimi quyidagicha bo’lishi lozim :
-tarbiya   -   tarbiyalanuvchi   shaxsini   oliy   ijtimoiy   qadriyat   deb   tan   olish,   har
bir   bola,   o’smir   va   yosh   yigit-qizning   betakror   va   o’ziga   xosligini   hurmatlash,
uning ijtimoiy huquqi va erkinligini e’tiborga olish;
-yoshlarda istak va imkoniyat muvofiqligi tuyg’usini qaror toptirish;
-milliylikning o’ziga xos an’analari va vositalariga tayanish;
-shaxslararo   munosabatlarda   insonparvarlik   pedagoglar   va   o’quvchilar
o’rtasidagi   bir-biriga   hurmat   munosabatlari,   bolalar   fikriga   e’tibor   qilish,   ularga
mehribonlarcha munosabatda bo’lish».
3-qism.  «Sinfdan va maktabdan  tashqari  tarbiyaviy ishlar  mazmuni, shakli,
va   uslublari.   Erkin   tafakkur   yurituvchi   shaxslarni   tarbiyalash»da   o’quvchi- yoshlarni   vatanparvar   va   baynalmilal   komil   inson   tarbiyasi,   huquqiy   tarbiyalash,
ekologik   tarbiyasi,   estetik   tarbiyasi,   jismoniy   tarbiyalash,   mehnatsevarlik   ruhida
tarbiyalash, istyedodli va zukko bolalarni aniqlash va ularni tarbiyalash, mahallada
tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, maktabda o’quvchilarni o’z-o’zini boshqarishning
maqsad, vazifalari hamda ularni tashkil etish shakllari yoritilgan.
«O’zbekistonning uzluksiz ta’lim tizimidagi barcha o’quv muassasalari yosh
avlodga milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda, ma’naviyatni milliy merosimiz
bilan   birgalikda,   yosh   vatanparvarlarni   tarbiyalashda   yangacha   ish   uslublari
asosida ijodiy yondashmoqdalar.
Olim,   shoir,   pedagoglarimiz   o’zlarining   ilmni   izlanishlarida   tarbiyaviy
tadbirlarni   yangicha   yo’nalish   va   tamoyillarini   Respublika   o’qituvchi-
tarbiyachilarga tavsiya etmoqdalar:
Bo’lajak   avlodga:   hur-fikrlik,   milliy   iftixor,   milliy   qadriyatlarga   hurmat,
erkinlik   va   ozodlik,   insonparvarlik,   birodarlik   va   hamkorlik,   ilmga   mehr-
muhabbat,   iymon   va   e’tiqod,   halollik,   axloqiy   poklik,   madaniy   merosga   hurmat,
adolatparvarlik   va   ozodlik,   baynalminallik,   ijodkorlik   va   tashabbuskorlik,
mustaqillikni   mustahkamlash   va   rivojlantirish   g’oyalariga   sadoqat,   musulmon
diniga hurmat, Prezident va davlatni qadrlash kabi sifatlarni tarbiyalash».
Bu   g’oyalar   O’zbekiston   Respublikasi   istiqlol   taraqqiyotining   besh
tamoyillari talablariga asoslanib olingan bo’lib, uning mezonida tarbiyaviy ishlarni
tashkil qilish mahorati va qoidalari ham o’z aksini topgandir.
O'zbekiston   Respublikasining   istiqlolga   erishuvi  hamda   o'z   mustaqil  siyosiy,
iqtisodiy va ijtimoiy yo'liga  ega bo'lishi xalq xo'jaligining turli sohalarida, jumladan
xalq   ta'limi   tiyinlida   ham   o'sib  kelayotgan  yosh  avlod  ta'lim-tarbiyasi   bilan   bog'liq
jarayonni qayta   ko'rib chiqishni taqozo etmoqda.
Maktab   va   maktabdan   tashqari   ta'lim   muassasalari   tarbiya chilari
(o'qituvchilar,   sinf   rahbarlari,   ma'naviy-ma'rifiy   tarbiya   ishlari   bo'yicha   direktor
o'rinbosarlari,   bolalar   yetakchilari   va   boshqalar)   jamoasi   oldida   o'quvchilarga
umuminsoniy qadriyatlar  asosida tarbiyalash muhim vazifa  turadi. Tarbiya   jarayonining   mazmuni   bolalarga   beriladigan   dunyoqarashni
shakllantiruvchi   bilimlar   tizimi,   ishonch,   e’tiqod,   intizom,   xulq-atvorni   bir   butun
holatini   tashkil   etadi.   Mustaqil   O‘zbekistonning,   istiqlol   va   istiqboli   uchun
fidoyilik   ko’rsatuvchi   avlodni   tarbiyalash   mazmuni   tamoman   o‘zgacha   xarakter
kasb etmoqda:
- fuqarolik demokratik jamiyatni barpo etish mohiyatini anglab oluvchi;
- vatanini har doim turli oqimlardan himoya etuvchi;
- diniy bag’rikenglik va mehr-muruvvatli bo’lish;
- davlat siyosatini tushunish unga fidoyi bo’lish;
- o’zligini anglash, ajdodlar merosini qadrlash;
- yuqoridagi komil insonga xos sifatlarni tarbiyalashda;
- maqsadni aniqligi va uni to’g’ri yo’naltirish madaniyati;
- tarbiyachi-o’qituvchi va tarbiyalanuvchini hamkorlik faoliyati;
- o’zini anglash, mustaqil fikrlovchi e’tiqodligi va ixtiyorlik.
Tarbiyaviy   ishlarning   mazmunida   bir   butun   yondashishdan   bosh   maqsad,
«Milliy   istiqlol   g’oyasi:   asosiy   tushuncha   va   tamoyillari»   dasturidagi   g’oyalarni
bolalarning ongida o’ziga xos va mos ravishda singdiradi.
-   Xalqimizning   boy   ma’naviy,   an’ana,   udum,   urf-odatlar   va   ajdodlarimiz
merosidan foydalanish.
-   O’zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi,   adolat,   haqiqat   va   erkinlikni,
ishonch-e’tiqodni tarbiyalash.
- Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi mohiyatini izohlash.
- Mehrli-muruvvatli va bag’rikenglik.
Ayniqsa   bog‘cha   va   kichik   maktab   yoshidagi   o‘quvchilarning   ta’limiy-
tarbiyaviy   faoliyatlari   o’ziga   xos   xususiyatga   ega:   o’quvchilarda   hayotiy
tajribalarning   kamligi,   o’quv-tarbiya   jarayonida   hodisalarga   qiziqish,   «yaxshi»,
«yomon» harakatlarga chuqur munosabat bildira olmasligi kabilar.
Tarbiyaviy   tadbirlarni   davr   talabiga   javob   beradigan   holga   keltirish   uchun
tarbiyaning asosi bo’lgan barcha g’oyalar qaytadan ishlab chiqilmoqda. Tarbiyaviy   tadbirlarni   tashkil   etishda   o’qituvchining   yo’naltiruvchi   ta’siri
ostidagi   o’quvchilarning   tarbiyalashning   etakchi   shakliga   aylanishi   kerak.   Bunda
sinfdan   tashqari   ishda   ta’limning   moddiy   bazasi:   qo’shimcha   va   ma’lumotnoma
adabiyotlari   laboratoriya   uskunalari,   ko’rgazmali   qo’llanmalar,   didaktik
materiallar,   texnika   vositalaridan   oqilona   foydalanish   ko’zda   tutiladi.   Ular   o’z
ichiga quyidagilarni oladi:
- darslik va qo’shimcha adabiyotlar  bilan ishlashning  xilma-xil  shakllarini
olgan, nazariy bilimlarni o’zlashtirishni ta’minlovchi;
- tajribalar,   ijodiy   tusdagi   ishlarni   bajarishni,   asboblarni   loyihalashni,
maketlar, modellar va hokazolarni tayyorlashni olgan mustaqil ishlash uchun topsh
iriqlar sistemasi maqsadga muvofiqdir.
Xalqimizda   shunday   milliy   odat,   an’ana   va   fazilatlar   borki,   ular   boshqa
xalqlarda   yo’qligidan   tashqari,   insoniyat   ma’naviyatining   nodir   zarvaraqlari
sifatida   boshqalarda   hayrat   uyg’otishga   iymonim   komil.   «O’zbek   xalqi   azaldan
jamoa tuyg’usiga moyil, — degan edi I. A. Karimov. — Bizlar to’yda ham, azada
ham   yonma-yon   turib,   oddiy   kunlarda   ham   bir-birining   xolidan   xabar   olib,
kattaning   hurmatini,   kichikning   izzatini   joy-joyiga   qo’yib,   beva-bechoralarning,
yetim-yesirlarning   boshini   silab,   xullas,   odamgarchilikni   barcha   narsadan   ustun
qo’yib   yashagan   insonlarning   farzandlari   bulamiz».   Jamoaga   suyanish   va
jamoatchilik   fikrini   hurmat   qilish   xalqimizning   eng   olijanob   fazilatidir.   Buni
mahallalardagi   ijtimoiy-axloqiy   rasm-rusumlar   isbot   qilib   kelmoqda.   Birgina   to’y
marosimimizning   o’zini   milliy   fazilatlarimizning   guldastasi   desa   bo’ladi.   O’zbek
xonadonidagi     birorta   to’y   kengashsiz,       maslahatsiz   o’tmaydi.   Hatto   kelin   va
kuyov tanlashdan boshlana-digai odatlarimiz ham kelajakdagi yosh oilaning tinch-
totuvligini   nazarda   tutadi:   kimning   farzandi,   ota-onasi   qanaqa   odamlar,   mahalla-
kuyda   obro’si   qanaqa,   mustaqil   oila   tebratib   ketishga   qurbi     yetadimi,     yomon
qiliq,   yoki   odatlari   yo’qmi,   qarindosh-urug’lari   qanaqa   odamlar,   hatto   avlod-
ajdodlarida   biror   anduhik   alomatlari   bo’lmaganmi?     Bu   savollarga   ijobiy   javob
olingachgina ikki tomon o’z rozi-rizoligini beradi. Bunday odatlarimizning nimasi
yomon?   Ha,   deb   bunaqa   savollar   bilan   kelin   yo   kuyov   izlansa,   yoshlarning mustaqilligi,   muhabbati   poymol   etilmaydimi,   degan   e’tirozlar   bo’lishi   mumkin.
Tug’ri,   ba’zan   ota-ona   obro’si   muhabbatdan   ustunlik   qilgan   dalillar   uchraydi.
Lekin,   umuman   olganda,   sinab-surishtirgan   oilalarning   qudachiligi,   ota-onalar
bosh-qosh bo’lgan tuyu-tomoshalarning natijasi yaxshi bo’lishi hammaga ayon.
O’zbekona   jamoat   fikriga   va   jamoat   bo’lib   ish   yuritish   fazilatimiz   diqqatga
sazovor. To’ylarimiz ko’pchilik uchun jamoa tomonidan o’tkaziladi. To’y oldidan
bo’ladigan   maslahatlar,   qarindosh-urug’ning   erta   sahardan   kelib,   to’yxona   oldida
qo’l   qovushtirib,   nozik   tavoze   ila   mehmonlarni   kutib   olishlari,   hovlida   esa   to’y
mutasaddilarining   odamlarni   joylashtirib       oldiga   iltifot   bilan   choy   va   osh
tortishlari — bu milliy odatlarimizning ko’rki emasmi? Yetti yot begona odamlar
mahalladan   stol-stul   tashishsa,   qazon,   samovar,   choynak-piyola   olib   kelsa,   to’y
tarqalguncha mezbon yonida tursa — bunaqa olijanoblik, bunaqa jamoaviy ruh va
mehrni qayorda ko’rgansiz?
An’analar,   urf-odatlar   va   bayramlarning   har   biri   muayyan   tarixiy   davrning
mahsulidir. Ular moddiy turmush shart-sharoitlarining ta’siri bilan paydo bo’lgan,
rivojlangan, takomillashgan, asrlar osha ajdoddan avlodga o’tib kelgan va xalqning
yaxshi   orzu   niyatlar   hamda   ma’naviy   boyliklarini   o’zida   mujassamlashtirgan
bo’ladi. Ular sinfiy jamiyatda sinfiy xarakter kasb etadi. Ilg’or an’analar esa yangi
davr,   ijtimoiy   tuzum   ehtiyojlariga   moslashadi.   Masalan,   mehnatsevarlik,
vatanparvarlik,   insonparvarlik,   mehmondo’stlik,   bolalar   tarbiyasi   bilan   bog’liq
an’analar asrlar davomida yaralgan bo’lib, ular hozir ham ijtimoiy.
Har   bir   avlod   o’zidan   oldingi   avlodlardan   meros   qolgan   an’analar   va   urf-
odatlarni mehnati, bilimi, tajribalari bilan boyitadi va rivojlantiradi.
Urf-odatlarni   etnograflar,   faylasuflar,   folklorshunoslar,   publitsistlar   turli
nuqtai   nazardan   ta’riflaydilar.   Faylasuf   olim   Ugrinov   fikricha,   urf-odatlar   yangi
avlodga   muayyan   g’oyalar,   axloq   xatti-harakatlar,   boyliklar   va   tuyg’ularni   hadya
etishning maxsus usulidir. Vorislikning boshqa usullaridan esa urf-odatlar o’zining
ramziylik tabiati bilan farqlanadi . «Urf-odatlar   bilan   bog’liq   xatgi-harakat   hamma   vaqt   ramziylik   bilan
sug’orilgan.   Ramzlar   o’zida   u   yoki   bu   ijtimoiy   g’oyani,   obrazni,   fikrni
umumlashtiradi, tunga muvofiq tuyg’ularni qo’zg’aydi» (169).
Urf-odatlar,   udumlar,   rasm-rusumlar   zanjirdan   iborat.   Ular   madaniy
boyliklarni avlodlarga hadya echuvchi muhim vosita hisoblanadi. Udumlar, rasm-
rusumlar urf-odat singari ramziy obrazlarga ega emas. Ular kishilarning uzoq yillik
faoliyati - mehnatdagi, turmushdagi, oiladagi amaliy xatti-harakati natijasida tarkib
topadi.
Marosimlar   -   an’ananing   badiiylashgan,   ramziy   belgilar,   obrazlar   musiqa,
raqs,   qo’shiq,   publitsistik   na   badiiy   so’z   vositasida   anglashiladigan   muayyan
g’oyalar,   axloq   normalari   shaklidagi   ko’rinish.   Marosim   bir   nechta   rasm-rusum,
udumlar   zanjiridan   iborat.   U   an’analarning   tantanali   badiiylashgan   qismi   bo’lib,
ommaviy harakatlar yig’indisidir .
Marosim urf-odatning hamma vazifasini ado etishga qodir emas, balki uning
biror qismi  - boshlanishi, kulminatsiyasi,  tugallanishini  namoyon qiladi. Shu bois
urf-odat   keng   rejali   xatti-harakat   majmui   bo’lsa   (to’y   bayramlar,   armiya   safiga
chaqirish   va   hokazolar),   marosim   ana   shu   tantana   (urf-odat)ni   o’tkazish   payti
badiiylashgan qismidir.
Bayramlar   -   kishilarning   xususiy   va   jamoa   bo’lib   kechirish   sharoitining
yig’indisi   bo’lgan   tarixiy   ijtimoiy   taraqqiyot   jarayonida   yuzaga   kelgan,   o’zida
idyeallarni,   estetik   ehtiyojlarni   ifodalagan   an’analar   va   urf-odatlarning   muayyan
shakldagi   tantanali   ko’rinishi.   Bayram-jamiyat,   davlat,   sinf,   ijtimoiy   guruh,   oila
hayotidagi biror muhim va quvonchli voqeaga bag’ishlangan kundir. Bayramlar bir
qancha   elementlarni   o’zida   namoyon   qilib,   siyosiy   tadbirlar   (tantanali   majlis.
ilg’orlarni   mukofotlash),   o’ziga   xos   odatlar   (harbiy   parad,   mehnatkashlar
namoyishi),   oilaviy   tantanalar   (qarindoshlar,   do’stlar   uchrashuvi)   kabilarning
zanjiridan iborat .
Xalq   an’analari,   urf-odatlar   va   bayramlar   kishilarning   jamoa   bo’lib
uyushishlarini, muloqotga kirishishlarini taqozo etadi. Zotan, ular xalq, hayotining barcha   tomonlari   -   iqtisodiy,   ijtimoiy,   milliy,   ilmiy,   madaniy,   harbiy,   kasb-hunar
va ishlab chiqarish jabhalarida namoyon bo’ladi.
An’ana,   bayram   va   urf-odatlar   turmush   madaniyati   tushunchasining
tarkibida   harakat   qiladi.   An’ana   va   urf-odatlar   kishilarning   o’zaro   va   jamiyatga
ijtimoiy munosabatlarini takror ishlab chiqarishda, oldingi avlod erishgan moddiy
va   ma’naviy   boyliklarni   o’zida   aks   ettirib,   keyingi   avlodga   yetkazishda   muhim
vositadir.
Xalq   -   axloqiy   qadriyatlar   bo’lib,   u   qimmatli   an’analar   ijodkori.   Xalq
qadriyatlar   va   an’analarni   o’zining   ozodligi   uchun   olib   borgan   kurashlardan
mardonavor   ijod   qildi,   ularni   tolmas   mehnatda,   chet   el   bosqinchilari   bilan   qilgan
janglarida qadirandi va e’zozladi.
An’analarning   ijtimoiy,   siyosiy,   axloqiy   mazmuni   turli   tarixiy   davrlarda
ayniqsa   keskin   sinfiy   kurashlarda   yaqqol   ko’rindi.   Ommaviy   xalq   harakatlari,
inqilobiy   janglar   avj   olgan   davrda   ham   kishilar   ijtimoiy   qiziqishlar   bilan
yashaganlar.   Yuksak   ideallar   uchun   kurashgan   vaqtlarda   ham   an’analar   tarkib
topgan.
An’analarni   o’rganishda   ular   qanday   tarixiy   sharoitda   va   qaysi   sinf
tomonidan   yaratilganinini,   kimlarga   xizmat   qilganini,   kimning   manfaatini
yoqlaganini   va   qaysi   sinfning   hukmronligini   mustahkamlaganini   ko’ra   bilishi
kerak.
Urug’-jamoa   tuzumi   sharoitida   an’analarni   to’g’ri,   haqqoniy   yoki   soxta
tushuntirib   bergan.   Bundan   tashqari   urf-odatlar   va   marosimlar   ota-bobolar
tomonidan ijro etilib, ularning avlodlari ham ana shu urf-odatlar va marosimlarga
rioya qilishlari lozim bo’lgan. K.Ramussyen eskimoslar haqida jumladan shunday
deb   yozadi:   «Ularning   hammasi   har   bir   muayyan   holda   nima   qilishi   kyerakligini
a’lo   darajada   bilar   edi,   ammo   myening   «nima   uchun   shunday   qilish   lozim?»-deb
bergan   savolim   har   safar   javobsiz   qolar   edi».   K.ramussyen   quyidagi   bittagina
«tushuntirish» ni eshitgan xolos, «…Bizning ota-bobolarimiz barcha eski turmush
qoidalari   bilan   qurollangan.   Bu   qoidalar   avlodlarimiz   tajribasi   va
donishmandligidan vujudga kelgan. Biz bu qoidalar qanday va nima uchun paydo bo’lganini   bilmaymiz,   ammo   tinch   yashash   uchun   ularga   rioya   qilavyeramiz.
Bizlar   shunchalik   sodda   va   ishonuvchanmizki,   o’zimiz   bilmaydigan   narsalardan
ham   qo’rqaveramiz.   O’zimizning   urf-odatlarimizni   saqlaymiz   va   ularga   rioya
qilamiz».
Binobarin,   an’analar   hayot   talablariga   javoban   paydo   bo’ladi   va   u   yoki   bu
sinf   manfaatiga   javob   byera   olguncha   yashaydi.   Ular   qandaydir   ishning
takrorlanishi   natijasida,   vaziyat   taqozosiga   ko’ra   paydo   bo’ladi.   Bunda   ular
tasodifan vujudga kyeladi yoki ongli ravishda joriy etiladi.
Ensiklopyediyada an’ana quyidagicha ta’riflanadi: «an’ana (lotincha - trado
- uzatish so’zidan)» ijtimoiy va madaniy merosning avloddan avlodga o’tadigan va
muayyan   jamiyatlarda,   sinflarda   va   ijtimoiy   guruhlarda   uzoq   vaqt   saqlanadigan
elementi   bo’lib,   u   ijtimoiy   merosning   ob’ekt   (moddiy   va   ma’naviy   qadriyat)
larning - o’z ichiga qamraydi.
Kichik ensiklopyediyada bu ta’rif shunday aniqlashtirgan: «an’analar (tratio
- uzataman so’zidan) tarixdan tarkib topgan va ajdoddan avlodga o’tadigan odatlar,
ijtimoiy tartib, xulq normasi, g’oyalardan iboratdir». Pedagogika lug’atida an’ana
xususida   shunday   deyiladi:   «oilaviy   an’ana   (lotincha   -   trado-   uzatish   so’zidan
olingan)   oilada   qabul   qilingan   va   katta   avlod   kichik   avlodga   byeradigan   odatlar
hamda   xulq   normalarining   majmui.   An’analar   maktabda   mustahkam   o’rin   olgan,
jamoa   saqlaydigan   va   o’quvchilarning   bir   avloddan   boshqa   avlodga   o’tadigan
odatlar, tartiblar, xulq qoidalaridir».
«An’ana   bir   avloddan   ikkinchi   avlodga   o’tgan,   oldingi   avloddan   meros   bo’lib
qolgan narsalar  (masalan,  g’oyalar, qarashlar, didlar, harakat  obrazlari, odatlar va
hokazolar)»
Odat xatti-harakatda, turmushda o’rin olgan tartib, deya izohlanadi S.I.Ojyegov
muallifligidagi lug’atda .
Shunday   qilib,   an’analar   o’tish,   berish   degan   ma’noni   anglatadi.   An’analar
tasodifan   vujudga   kelmasligi,   balki   yillar   mobaynida   tarkib   topishi   ma’lum.
Demak,   an’analar   ko’p   marta   takrorlanadigan   va   ajdoddan   avlodga   o’tadigan
muayyan qarashlar, e’tiqodlar, didlar, xatti-harakat normalari va qoidalari, ishlar va hodisalardir.   Biz   an’analar   yashashining   asosiy   sharti   ularning   saqlanishi   va
uzatilishida   deb   hisoblaymiz.   An’ana   ko’p   qirrali,   murakkab   hodisadir.   Uni   turli
belgilariga ko’ra tasniflash mumkin.
Ushbu   mpvzuga   o’tishdan   oldin,   avvalo,   qisqacha   bo’lsada,   quyidagi
tushunchalarga   aniqlik   kiritish   kerak:   «Urf-odat   va   an’analar   nima?»,   «Ular   bir-
biridan nimasi bilan farqlanadi?», «Qanday an’analar mehnat an’analari deb ataladi
va   ularning   boshqa   an’analardan   farqli   jihatlari   nimalardan   iborat?   Bularni
aniqlashning   muhimligi   shundaki,   mavjud   adabiyotlarda   mazkur   muammolarni
yoritish   bo’yicha  juda   ko’p  chalkashliklar   uchraydi,  ayrim   tushunchalar   aralashib
ketadi   va  hokazo.  Masalan,   «O’zbek  tilining  izohli  lug’ati»  kitobida  «odat»  so’zi
muayyan xalqda qabul qilingan an’analar, shakllar deb «bir odam tomonidan qabul
qilingan   usullar,   harakat   tarzi,   tamoyillar»   deb   izohlanadi.   An’analar   esa   tarixan
tarkib   topgan   va   ajdoddan   avlodga   o’tib   kelgan   marosimlar,   axloqiylik   normasi
deb ta’riflanadi.
Bizningcha,   urf-odatlar   va   an’analarni   bunday   izohlash   ilmiy   nuqtai
nazardan u qadar to’g’ri emas. Chunki mazkur holda «an’ana - urf-odat» va «urf-
odat   -   an’ana»   tushunchalari   ta’rifi   orasiga   tenglik   belgisi   qo’yilgan.   Holbuki,
bizningcha, an’ana urf-odatga nisbatan keng tushunchadir.
To’g’ri,   urf-odat   va   an’ana   tushunchalarining   ma’nosi   ensiklopediyalarda
«Izohli  lug’at»dagiga qaraganda kengroq yoritilgan.  Lekin biz ensiklopediyalarda
ham   ayrim   noaniqliklar   bor   deb   hisoblaymiz.   Masalan,   ularda:   «Muayyan
jamiyatdagi   va   ijtimoiy   guruhdagi   urf-odatlar   meros   sifatida   qoladigan,
takrorlanadigan,   har   bir   a’zo   uchun   styeryeotipga   aylangan   axloq   qoidalaridir»,   -
deb yozilgan.
Birinchidan,   mazkur   holda   «meros   sifatida   qoladigan»   iborasi   noo’rin
ishlatilgan.   Chunki   urf-odatlar,   axloq   qoidalari   meros   sifatida   o’tmaydi,   balki
hayotning o’zida o’zlashtiriladi. Ular yosh avlodga ongli va ongsiz ravishda o’tadi.
«Meros   sifatida   o’tish»   esa   irsiylik   bilan   bog’liq   bo’lib,   xromosomalar,   genlar
orqali o’tishdir va bu jarayonga uning hech qanday aloqasi yo’q. Ikkinchidan,   urf-odat   iborasini   «jamiyatning   har   bir   a’zosi   uchun   normaga
aylangan   axloq   qoidasi»   deb   tushunish   mumkin   emas.   Chunki   bitta   jamiyatning
o’zida   u   yoki   bu   guruhlar   rioya   qilmaydigan,   ayrim   oilalar,   shaxslar   tan
olmaydigan urf-odatlar bo’lishi  mumkin va mavjuddir. Lekin bu hol  ana shu urf-
odatlarni   tark   etishga   olib   bormaydi.   Demak,   mazkur   ta’rifdagi   «meros»   va
«jamiyatning har bir a’zosi» so’zlari iboraning aniqligiga putur yetkazadi.
Nihoyat,   biz   urf-odatning   ensiklopediyalardagi   ta’rifi   birmuncha   keng   deb
hisoblaymiz. Bu ta’rif urf-odatdan ko’ra an’anaga ko’proq to’g’ri keladi.
An’ana   tushunchasida   muayyan   marosimlar   va   urf-odatlar,   axloq   qoidalari
birlashadi. An’ana o’ziga xos intyegrasiyalangan va ahamiyatli hodisa bo’lib, unda
avlodlarning ijtimoiy hayotga bog’liq tajribasi umumiy shaklda aks etadi. 
An’analar   fenomyen   sifatida   ijtimoiy   hayotning   turli   sohalariga   (huquq,
siyosat,   iqtisodiyot,  etnografiya,  din,  adabiyot,  san’at,   madaniyat  va  hokazolarga)
xos bo’lib, ma’lum ma’noda barcha ijtimoiy tizim hayotiyligining muhim shartidir.
G’oyalar,   uchrashuvlar,   ma’lum   ijtimoiy   tadbirlar,   jumladan,   didlar,   urf-odatlar,
axloq   normalari,   marosimlar,   bayramlar,   qo’shiqlar   ham   an’ana   shakliga   kirishi
mumkin.   Shuningdek,   xalqqa,   mamlakatga,   o’lkaga,   millatga   va   oilaga   xos
an’analar ham mavjud bo’ladi. Umuminsoniy an’analar ham bor. Masalan, mehnat
an’analari garchi, milliy ko’rinishga ega bo’lsa-da, umuminsoniy an’analardir. Ular
ilg’or jihatlari tufayli uzoq yashaydi, e’zozlanadi va avloddan avlodga o’tadi.
Davrning   hamda   ijtimoiy-iqtisodiy   tuzumning   talablariga   javob   beradigan
an’analar ehtiyotkorlik bilan saqlanadi va boyitiladi; aks holda yangi an’ana bilan
kurashda   unutilib   ketadi.   An’analar   dialektik   rivojlanadi,   yangi   an’analar   qabul
qilinadi,   xalq,   asrlar   mobaynida   yaratgan   an’analardagi   barcha   yaxshi   va   ilg’or
narsalardan foydalaniladi. Ikkinchi tomondan, eskirgan va zamon talablariga javob
bermay   qolgan   an’analar   rivojlanish   jarayonida   yangi   an’anaga   o’z   o’rnini
moneliksiz   bo’shatib   beravyermaydi.   Odatda   yangilik   eskilikka   qarshi   kurashda
vujudga keladi va o’ziga yo’l ochadi.
Xalq   an’analari,   urf-odatlar   va   bayramlar   kishilarning   jamoa   bo’lib
uyushishlarini, muloqotga kirishishlarini taqozo etadi. Zotan, ular xalq, hayotining barcha   tomonlari   -   iqtisodiy,   ijtimoiy,   milliy,   ilmiy,   madaniy,   harbiy,   kasb-hunar
va ishlab chiqarish jabhalarida namoyon bo’ladi.
An’ana,   bayram   va   urf-odatlar   turmush   madaniyati   tushunchasining
tarkibida   harakat   qiladi.   An’ana   va   urf-odatlar   kishilarning   o’zaro   va   jamiyatga
ijtimoiy munosabatlarini takror ishlab chiqarishda, oldingi avlod erishgan moddiy
va   ma’naviy   boyliklarni   o’zida   aks   ettirib,   keyingi   avlodni   tarbiyalashda   muhim
vositadir.
Tayanch   iboralar:fanning   predmeti,   tarbiya,   metodika,   maqsad,   vazifalar,
qadriyatlar,   fanlararo   bog’liqlik,   metod,   usul,   vosita,   tarbiya   tizimi,   dunyoqarash,
axloqiy kamol topish, o’quvchilar tashkilotlari, o’z-o’zini nazorat qilish, ma’naviy
axloqiy fazilatlar, tarbiya va madaniyat muassasalari.

Mavzu: Tarbiyaviy ishlar metodikasi faning maqsad va vazifalari. Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati Reja: 1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari. 2. «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi. 3. «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» konsepsiyasining mazmuni va unda o’quvchilar tarbiyasining asosiy yo’nalishlari. 4. Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati.

Mustaqil O’zbekistonimizda islohotlar tobora keng quloch ochmoqda. Hayotimizning barcha jabhalarida, jumladan yosh avlod ta’lim tarbiyasida ham keskin o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Respublikamizning ijtimoiy, iqtisodiy kamoloti yosh avlodning sayi harakatlariga bog’liq ekanligi hech kimga sir emas. O’sib kelayotgan yosh avlodlar va ularning kelajagi Respublikamiz kelajagi bilan chambarchas bog’liqdir . « Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hyech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etilishi » 1 o’quvchi - yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga jiddiy e’tibor berilayotganliginini yorqin dalilidir . Shuning uchun yo shlar ta’lim-tarbiyasi har bir ota-onaning, o’qituvchining va jamiyatimizning Vatan oldidagi muqaddas burchlari hisoblanadi . Lekin bu ishlarni o’qituvchi boshqara oladi, chunki o’qituvchi jamiyatimizning tayanch shaxsidir, u ota-onalarning tarbiyadagi ta’sirini yo’naltiradi va ularga ilmiy pedagogik yordam beradi. Ta’lim muassasalarida xususan boshlang’ich ta’limda fidokor, mustaqil fikrlovchi, masalalarni ongli ravishda mas’uliyat bilan hal qila oladigan, izlanuvchan yangilikka intiluvchan va istiqlol g’oyalariga sadoqatli avlodni tarbiyalashni yo’lga qo’yish va ularni samarali amalga oshirish ko’p jihatdan bo’lajak mutaxassislarni maxsus tayyorgarligiga bog’liqdir. Shuning uchun hozirgi zamon mafkuraviy qarashlar asosida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tarbiya jarayonini tashkil etishga ham nazariy, ham uslubiy ham amaliy jihatdan tayyorlashga xizmat qiladigan «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» fan kiritilgan. Fanning predmeti - boshlang’ich maktab o’quvchilari bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar tizimi. 1 Sh.M. Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratii O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutqi. - T.: O’zbekiston, NMIU, 2016. 14 b.

Fanni o’qitish maqsadi: Bo’lajak o’qituvchilarni mustaqil Respublikamizning yangi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlarini hisobga olgan holda kichik maktab yoshidagi bolalarni xalqning boy milliy, ma’naviy- tarixiy an’analarga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan muvaffaqiyatli tarbiyalashga tayyorlash. Fanning vazifalari: 1) talabalar ga tarbiyaviy ishlar metodikasining pedagogik va psixologik asoslarni ochib borish; 2) ularga boshlang’ich maktabda tarbiya jarayonida foydalaniladigan uslub va vosita, shakl va bolalarning uyushmalari ishlarini tashkil etishning eng samaralilarini yo’llarini o’rgatish; 3) o’quvchilarga hamkorlik pedagogikasi asoslari va uni tarbiya jarayonida amalda qo’llash metodikasini o’rgatish. Ta’lim-tarbiya jarayonida ma’naviy qadriyatlardan foydalanib, boshlang’ich sinf o’quvchilarining barkamol avlod etib tarbiyalash quyidagi muhim manbalarga tayangan holda amalga oshiriladi. Ular: - qadimdan tarbiya vositasi bo’lib kelgan xalq pedagogikasi. Uning tarkibiy qismlari xalq og’zaki ijodi, xalq hunarmandchiligi, xalq tasviriy va amaliy san’ati, xalq musiqasi, teatri mazmunida xalqning tarbiyaga oid g’oyalari, tasavvurlari, orzu-istaklari, an’analari milliy qadriyatlarning boshlang’ich negizi tarzida o’z ifodasini topadi; - xalqning qadimiy turmush tarzi, axloq normalari, kelajak orzulari haqida ma’lumot beruvchi dastlabki manbalar (bitiklar); - diniy manbalar («Avesto», «Qur’on»», «Hadis»); - Sharq xalqlari milliy qadriyatlari haqida asosli bilim beruvchi Sharq mutafakkirlari madaniy merosi; - yozma badiiy ijodiyot shakllari (pandnoma, klassik va hozirgi zamon badiiy ijod namunalari); - turli xarakterdagi san’at asarlari, xalq hunarmandchiligi, badiiy-estetik an’analar, urf-odatlar, bayramlar va boshqalar.

O’zbekiston mustaqillikka erishishi tufayli milliy qadriyatlarning ta’lim- tarbiya jarayonidagi ahamiyatiga e’tibor kuchaydi. Zero, milliy qadriyatlar mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaydigan ma’naviy asoslardan biridir. Xalqimizning asrlardan-asrlarga meros tarzida kelayotgan milliy qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Ular ona yurtga ehtirom, avlodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga hurmat, hayo, andisha kabi xususiyatlarning ustuvorligi, boshqa xalqlarnikiga o’xshamaydigan urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar va an’analar bilan tavsiflanadi. Milliy qadriyatlar - millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq qadriyat shakllari. Dunyoda o’ziga xos qadriyatlari bo’lmagan millat yo’q. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma’na-viyati hamda madaniyati bilan uzviy bog’liq holda namoyon bo’ladi. Ma’lumki, qadriyatlar muayyan sharoitlarda shakllanadi. Shu sababli ular mahalliy, milliy, mintaqaviy shakllar va umuminsoniy shakl va mazmunda mavjud bo’ladi. Mahalliy qadriyatlarning yetuklari va milliy manfaatlarga moslari asta- sekin saralanib, umum milliy darajaga ko’tariladi. Milliy muhit qadriyatlarni yaratish va saralashning asosiy manbaidir: u milliy qadriyatlarning eng yaxshilarini voyaga yetkazib, jahon miqyosiga olib chiqadi. Qadriyatlar - narsa va voqealar, jamiyat, moddiy va ma’naviy boyliklarning ahamiyatini ifodalash uchun qo’llaniladigan tushuncha. Qadriyatlarning G’arbda «Aksiologiya» fani o’rganadi. Bu atama ilmiy bilimlar sohasida o’tgan asrning ikkinchi yarmida nemis aksiologi E. Gartman va fransuz olimi P.Lapi tomonidan kiritilgan. Aksiologiyani qadriyatlar to’g’risidagi fan yoki to’g’ridan-to’g’ri «qadriyatshunoslik» deb atash ham mumkin. Har bir fanga o’z nomini bergan asosiy tushunchalar bo’lgani kabi «qadriyat» tushunchasi ham «qadriyatshunoslik» atamasi uchun shunday asos bo’la oladi. G’arbda bu atama yunoncha «axio» (qadriyat) va «logos» (fan, ta’limot) tushunchalaridan tashkil topgan. Qadriyatlar axloqiy qoida va me’yorlar, ideallar va maqsadlardagi baholash mezoni va usullarini ham o’zida aks ettiradi. Ular halollik, poklik, o’zaro yordam, adolatlilik, haqiqatgo’ylik, ezgulik, tinchlik, shaxs erkinligi, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi fazilatlar, burch, vijdon, or-nomus, mas’uliyat

kabi axloqiy tushunchalar shaklida namoyon bo’ladi. Qadriyat o’z tabiatiga ko’ra, ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida u o’zgaradi va takomillashadi. Shuning uchun qadriyat to’g’risidagi ta’limotlar ham takomillashib, rivojlanib boradi. Qadriyatlarning xilma-xil shakllari bor: moddiy va ma’naviy, milliy, mintaqaviy, umumbashariy, jamiyat hayotining sohalari bo’yicha iqtisodiy, ijtimoiy ong shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy, huquqiy va boshqalar. Hozirgi zamonda ilg’or davlatlar hayotining demokratik tamoyillari ham inson qadrini nechog’li yuksaklikka ko’tarishi bilan baholanadi. Mamlakatimizdagi tub o’zgarishlar, islohotlarning mohiyati ham ana shu tamoyildan kelib chiqadi. Bu tamoyilni amalga oshirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligiga asoslangan yangicha dunyoqarash, sog’lom tafakkurning shakllanishi katta ahamiyat kasb etadi. Bu tushunchaning mohiyatida voqelikdagi muayyan hodisalarning ijtimoiy, madaniy-ma’naviy ahamiyatini ifodasi yotadi. Demak, qadriyatlar inson tomonidan qadrlanadigan narsalar (shuningdek tabiat, ijtimoiy hodisalar, inson xatti-harakatlari va madaniy hodisalardan iborat bo’lib, kishilarning talabi, xohishi, qiziqishi va maqsadi asosida munosabat, o’zaro ta’sir atrof-muhit bilan, insonlar bilan natijasida vujudga keladigan holatdir. Umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar manfaatiga mos keladigan ma’naviy xazinadan iborat bo’lib, milliy qadriyatlar bilan yagona tarbiyaviy asosga egadir. Umuminsoniy ilg’or ma’naviy g’oya va bilimdan har bir millat o’zining milliy xususiyatidan kelib chiqqan holda foydalanadi va amaliyotga tatbiq etadi. Umuminsoniy qadriyatlar negizida ma’lum millat tomonidan olg’a surilgan insonparvarlik, adolat, demokratiya, hamkorlik kabi muhim qadriyatlar mujassam bo’lib, ular barcha millatlar uchun hayotiy ehtiyoj hisoblanadi. Milliy qadriyatlar milliy madaniyatning tarkibiy qismi bo’lib, uning paydo bo’lishi va shakllanishi murakkab ijtimoiy jarayon hisoblanadi. An’analarning kelib chiqishi tarixiga nazar solinsa, ular din hukmronlik qilgan bir davrda paydo bo’lganligidan dalolat beradi. Demak diniy an’analar shu