Tarixiy me`moriy obidalarni saqlash, ta`mirlash uslublari va shakllari. O’zbekistonda tarixiy yodgorliklardan foydalanish va ularning muhofazasini tashkil yetish sohasida amalga oshirilgan ishlar
Tarixiy me`moriy obidalarni saqlash, ta`mirlash uslublari va shakllari. O’zbekistonda tarixiy yodgorliklardan foydalanish va ularning muhofazasini tashkil yetish sohasida amalga oshirilgan ishlar. Reja: 1. O zbekistonda 1990-yillarda madaniy meros obyektlarini saqlash,ʻ ta’mirlash va qayta tiklash borasida olib borilgan ishlar. 2. O zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Madaniy meros ʻ obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasi faoliyati. 3. “2017-2021 yillarda O zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ʻ ustuvor yo nalishi bo yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilangan vazifalar ʻ ʻ doirasida muzeylar faoliyati va muzey ishining tizimli rivojlantirish bo yicha ʻ amalga oshirilgan ishlar. 1. O zbekistonda 1990-yillarda madaniy meros obyektlarini saqlash, ʻ ta’mirlash va qayta tiklash borasida olib borilgan ishlar.
Madaniy meros turli tarixiy davrlarda doimo avlodlarning mafkuraviy taraqqiyotiga zamin, bilimlar manbai, tarbiya va ta’lim vositasi bo lib xizmat qilibʻ kelgan. Xususan, asrlar davomida shakllangan o zbek xalqining madaniy va ʻ moddiy merosi jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida xalqlararo madaniy ko prik ʻ vazifasini bajarishda ajralmas qismi hisoblanadi. 1991-yildan boshlab O zbekistonda mustaqillik davriga yetib kelgan madaniy ʻ meros obyektlarini saqlash, ta’mirlash va qayta tiklash jarayoni boshlanib ketdi. O tish davrining dastlabki yillaridagi iqtisodiy-moliyaviy qiyinchiliklarga ʻ qaramasdan respublika rahbariyati madaniyat sohasini o z holiga tashlab ʻ qo ymadi. Bor kuch va imkoniyatdan kelib chiqib, qadimiy shaharlarning tarixiy ʻ hududlari muhofazalash va tarixiy qiyofasini saqlashga qaratilgan bunyodkorlik ishlarini yo lga qo yish, me’moriy obidalar bo yicha ta’mir ishlarini olib borish ʻ ʻ ʻ uchun zarur mablag lar topildi. 1990-yillar boshlaridan kompleks tadbirlarni ʻ nazarda tutgan bunyodkorlik ishlari quyidagi yo nalishlarda amalga oshirildi: ʻ Birinchi yo nalish ʻ – bu bevosita madaniy meros obyektlarini ta’mirlash va qayta tiklash bilan bog liq jarayonlardir. 1990-yillarda ayanchli holatda bo lgan ʻ ʻ ko plab madaniy meros obyektlari ta’mirlash va konservatsiyalashga qaratilgan ʻ dastlabki tadbirlar aynan shu yillarga to g ri keldi. Ular, avvalo xalqaro va ʻ ʻ respublika ahamiyatiga ega bo lgan bir qator dastlabki tadbirlar doirasida amalga ʻ oshirilib, respublikadagi qator tarixi-me’moriy inshootlarda ta’mirlash, qaytadan tiklash jarayoni bevosita davlat va jamoatchilik yordamida olib borildi. Darhaqiqat, birinchi bosqich dastlabki tadbirlari va mavjud me’moriy obidalarni ta’mirlash ishlari asosan turli yubileylar, ya’ni tarixiy shaxslar yoki qadimiy shaharlarning to ylari bilan bog liq tayyorgarlik doirasida amalga oshirildi. ʻ ʻ Jumladan, 1990-yillar boshlarida birin-ketin o tkazilgan ulug alloma ʻ ʻ Boxouddin Naqshbandiy tavalludining 675 yilligi, buyuk mutafakkir olim, davlat arbobi Mirzo Ulug bek tavalludining – 600 yilligi, davlat arbobi, buyuk sarkarda ʻ Amir Temur tavalludining – 660 yilligi, hadis ilmining Sultoni – Imom al-Buxoriy tavalludining – 1225 yilligi hamda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik yubileylari shular jumlasidandir. Xalqaro miqyosda nishonlangan ushbu
tadbirlardan bosh maqsad, birinchidan, uzoq yillar davomida tahqirlanib kelgan tariximizga nisbatan munosabatni o zgartirish hamda ular xalqimizning o zʻ ʻ madaniy merosi va ulug ajdodlariga bo lgan beqiyos ʻ ʻ h urmati ramzi bo ldi; ʻ ikkinchidan, obidalar orqali yosh avlodni ota-bobolar merosi tanishishga, umuman, ularni milliy o zlikni anglash ruhida tarbiyalashga xizmat qilishga qaratildi; ʻ uchinchidan, jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi bo lgan O zbekistonning ʻ ʻ boy madaniy merosini jahonga tanitish, o zbek madaniyati, ma’naviyati va ʻ tarixining insoniyat sivilizatsiyasida tutgan munosib o rnini yaqqol ko rsatish edi. ʻ ʻ Aynan, istiqlol sharofati bilan 1991-yilda Xivadagi "Ichan-qal’a", 1993-yilda Buxoro shahrining tarixiy markazi, 2000-yilda Shahrisabzning Amir Temur va temuriylar davri me’morchilik obidalari, 2001-yilda Samarqand shahrining tarixiy yodgorliklari "Butunjahon madaniy meroslari ro yxati"ga kiritilgan. ʻ Shuni ta’kidlash lozimki, bugungi kunga qadar Markaziy Osiyo mamlakatlarida joylashgan oltita nomlanishdagi madaniy meros obyektlari "Butunjahon madaniy meroslari ro yxati"ga kiritilgan bo lsa, shundan beshtasi ʻ ʻ O zbekiston Respublikasi hududida joylashgan. ʻ Bundan tashqari 26 ta nodir obida: Oq Ostona Bobo, Arab ota, Ishratxona, Mir Sayd Ba h rom maqbaralari, Ba h ouddin Na q shbandiy, Chor Bakr, Shayx Muxtor Vali, Xakim at-Termiziy, Raboti Malik majmualari, Jarko rg on va ʻ ʻ Vobkent minoralari, Xon Bandi turoni va boshqa yodgorliklarga davr dastlabki talabnomalar ham bu ro ʻ yxatga kiritish uchun taqdim etilgan. Birgina Buxoro shahrining 2500 yilligi yubileyini o tkazish munosabati bilan ʻ shahardagi 52 tarixiy obida ta’mirlandi. Jumladan Registon maydoni qaytadan obodonlashtirildi. Poyi kalon Memoriy majmuasi, Toqi Sarrafon, Toqi Telpak furushon, Toqi Zargaron, savdo va hunarmandchilikga mo ljallangan toqlar qayta ʻ tamirlanib hozirgi paytda Buxoro shahrining eng gavjum hududlaridan biriga aylandi. Shu bilan birga, dastlabki bosqichda o tish davrning iqtisodiy-moliyaviy ʻ muammolari sohada keng qamrovli ta’mir ishlarini yo lga qo yilishi, shuningdek, ʻ ʻ
qonunchilik bazasi takomillashmaganligi bir qator obyektiv qiyinchiliklarni vujudga kelishiga sabab bo ldi.ʻ Istiqlol yillarida respublikaning barcha mintaqalarida me’moriy yodgorliklarning texnik holati, ulardan to g ri foydalanish, restavratsiya- ʻ ʻ konservatsiya ishlarining amalga oshirilishi ustidan nazorat qiluvchi davlat inspeksiyalarning ishi tizimli asosda yo lga qo yildi. Restavratsiya ishlarining keng ʻ ʻ miqyosi O zbekistonning deyarli barcha mintaqalarini, shu jumladan, ʻ Qoraqalpog istonning uzoq tumanlarini ham qamrab oldi. Ayrim yodgorliklarni ʻ restavratsiya qilishdan butun-butun me’moriy ansambllarni, qadimgi shaharlarning tarixan tarkib topgan markaziy qismlarini qayta tiklashga o tildi. Bunda sohaga ʻ mas’ul bo lgan idoralar va ularning faoliyatida tashkiliy va tuzilmaviy o zgarishlar ʻ ʻ alohida ahamiyat kasb yetdi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29 - iyuldagi № 269-sonli "Madaniy meros obyektlarini muhofaza q ilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to g risida"gi ʻ ʻ Qarori bilan O zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Madaniy meros obyektlarini ʻ muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasiga aylantirildi. Shu bilan birga, ushbu qaror ostida “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtirish bo yicha ʻ idoralararo komissiya to g risida”, shuningdek, O zbekiston Respublikasi madaniy ʻ ʻ ʻ meros obyektlari Davlat kadastrini yuritish tartibi to g risida” hamda “Madaniy ʻ ʻ meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi to g risida” Nizomlar ʻ ʻ tasdiqlandi va amaliyotga joriy etildi. Bu bosqichda ham xalqaro miqyosda nishonlangan yubileylar, xususan, Termiz shahrining 2500 yilligi, Shahrisabzning – 2700, Qarshining – 2700, Samarqand shahrining – 2750, Marg ilonning – 2000, va Toshkent shahrining ʻ 2200 yilligini nishonlanishi, shuningdek, Abdu h oliq G ijduvoniy tavalludining 900 ʻ yilligi, Xorazmdagi Ma’mun akademiyasining 1000 yillik yubleylari o tkazilishi ʻ qadimiy shaharlarimiz va muqaddas ziyoratgohlarning qiyofasiini tubdan o zgartirib yubordi. Shu bilan birga, alohida obyektlarda qurilish-ta’mirlash ʻ ishlarini tashkil qilish to g risida maxsus qaror qabul qilindi. Xullas, tarixiy ʻ ʻ
obidalarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko tarilgan qayta tiklash va ta’mirlashʻ sohasidagi ishlar yanada chuqurlashdi. Ikkinchi yo nalish – ʻ O zbekistonda mustaqillik yillarida shaharsozlik ʻ amaliyotidagi tub o zgarishlar jarayoni bilan bog liqdir. Zamonaviy ʻ ʻ urbanizasiyaning shiddatli ravishda kuchayishi sababli O zbekistonning eng ʻ qadimiy shaharlari uchun batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish zarurati tug ildi. Shunday qilib, shaharlar ilgarigi (sovet), qattiq cheklangan va haddan ʻ tashqari batafsillashtirilgan ishlanmalardan farqli o laroq, shaharsozlikning aholi ʻ hayoti va faoliyati uchun qulay sharoitlar bilan bog liq asosiy muammolari hal ʻ etila boshlandi. Muhimi shundaki, shaharlarning bosh rejalarida eski shahar infratuzilmasini zudlik bilan hal qilish, madaniy merosni saqlab qolish, bog -park ʻ san’atini tiklash va e kologiyani yaxshilash chora-tadbirlari ko rildi. Mustaqil ʻ rivojlanish yillarida shaharsozlikka yangi innovasion texnologiyalar joriy yetilishi bilan bir qatorda me’moriy-monumental merosni saqlab qolish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ustuvor ahamiyat kasb yetdi. Bunda 2000-yillarda O zbekiston shaharlarini jahon andozalari darajasida ʻ taraqqiy yettirish, shaharsozlikni tartibga solish, shuningdek, qadimiy shaharlar tarixiy hududlari muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan yana qo shimcha qabul ʻ qilingan me’yoriy hujjatlar alohida ahamiyat kasb yetdi. Jumladan, O zbekiston ʻ Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 7-aprelda “O zbekiston Respublikasining ʻ Shaharsozlik kodeksi to g risida”gi qarori, O zbekiston Respublikasi Vazirlar ʻ ʻ ʻ Mahkamasining 2007-yil 2-fevraldagi “Shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlarini umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik obyektlar jumlasiga kiritish hamda shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlarning chegaralarini belgilash tartibi to g risi”dagi nizomi O zbekiston ʻ ʻ ʻ Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O zbekiston Respublikasi aholi ʻ punktlarining ma’muriy hududiy tuzilishini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to g risida”gi qarori, muhim ahamiyatga ega bo ldi. Bu me’yoriy ʻ ʻ ʻ hujjatlar tarixiy shaharlarni tiklashda tarixiy-madaniy merosning individuallik va me’moriy-badiiy o ziga xoslikni ta’minlovchi asosiy tarkibiy qismi sifatida tarixiy ʻ