logo

Tarixiy me`moriy obidalarni saqlash, ta`mirlash uslublari va shakllari.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

21.044921875 KB
Mavzu: Tarixiy me`moriy obidalarni saqlash, ta`mirlash uslublari va shakllari.
Reja:
1.Tarixiy me’moriy obidalarni muxofaza qilish.
2.Tarixiy me’moriy obidalarni ta’mirlashda qo‘llanilgan  uslublar.
  3.   Tarixiy   me’moriy   obidalarni   ta’mirlash   va     qayta   tiklash   sohasida   amalga
oshirilgan ishlar. Minorai   Kalondan   keyingi   o‘rinda   turuvchi   «Gavkushon»   minorasi   eng   go‘zal
minoralardan biri bo‘lib, turli tabiiy, antropogen ta’sirlardan bizning kunimizgacha
etib   kelgan.   Mutaxassislarning   ta’kidlashicha,   minora   o‘rta   asrlar   ustalarining
yuksak   san’atini   ko‘rsatuvchi   yorqin   obidalardan   biridir.   Barcha   jihatlari   aniq   va
ravshan ishlangan minora odmi va shakli bo‘yicha muvofiqlashgan, proporsiyalari
va   a’zolari   nihoyatda   puxta   o‘lcham   asosida   bajarilgan,   bezaklarining   detallari
ko‘lami   (masshtabi)   jihatidan   mutanosibdir.   SHu   bilan   birga,   fundament   binoni
ko‘tarib turish qudratiga ega. Minora ustunining umumiy holati tekshirish paytida
qoniqarli   bo‘lgan,   ko‘z   sezadigan   yoriqlar   kuzatilmagan.   Ammo,   mutaxassislar
orasida   fundament   ostida   asos   bo‘lib   xizmat   qiluvchi   tuproq   xavotir   uyg‘otgan,
sababi og‘irligi tuproq cho‘kishiga olib kelishi mukin.
Buxoroning   yaroqsiz   holatida   bo‘lgan   masjidlari   orasida   «Mag‘oki   Attoriy»   va
«Xo‘ja   Kalon»ni   alohida   ajratib   ko‘rsatish   mumkin.   Ta’kidlash   joizki   «Mag‘oki
Attoriy»   nomi   bilan   mashhur   masjid   Buxoro   shahrining   yuksak   me’moriy
yodgorligiklaridan   biri   hisoblanadi,   bino   peshtoqining   me’moriy,   konstruktiv   va
hajm-makon   chizmasi   bo‘yicha     o‘xshashi   yo‘q.   YOdgorlik   mutaxassislar
tomonidan   o‘rganilganda,   vaqt   o‘tishi   tufayli   tuproq   sathidan   5–5,5   metr   pastda
ekanligi   aniqlandi.   Tuproqning   doimiy   bosimi   va   nam   ta’sirida   uning   devorlari
ichkariga   qarab   15x40   sm   ga   qiyshaygan,   sharqiy   tomonidagi   birinchi   gumbazi
qulab   tushgan.   Binoning   ikkinchi   qavatining   gumbaz   tomi   (sharqiy   peshtoqning
kirish   xonasi   ustida)   yaroqsiz   holatida  bo‘lgan.  Umuman   olganda,   hozirgi   vaqtda
masjidning texnik holatini yaroqsiz  holatida deb baholash mumkin.
Xo‘ja   Kalon   masjidi   yodgorligini   ko‘zdan   kechirilganda,   garchi   bino,   1996–97
yillarda   mobaynida   shahar   yubileyi   (2500   yilligi)   munosabati   bilan   qisman
restavratsiya   qilingan   bo‘lsada,   mutaxassislar   tomonidan   yodgorlikning   umumiy
holati   qoniqarsiz   deb  baholangan.   Masjid   konstruksiyasining  60  %  o‘z  qiyofasini
yo‘qotgan,   faqatgina   janubiy   galereyaning   bir   qismi   va   asosiy   darvoza   peshtoqi
saqlanib qolgan. Buxoro   shahri   ayrim   madrasalarining   umumiy   holati   ham   tuproq   eroziyasi   bilan
bog‘liq.   SHu   bois   Ulug‘bek   madrasasida   fundamentlari,   tashqi   va   ichki
poydevorlari   (otmostka   sokollari)   1990-yillar   boshiga   kelib   qoniqarsiz   ahvolga
tushib qolgan. Bino  tagidagi  tuproqning notekis  cho‘kishi  natijasida binoning old
qismi   (fasadi),   hovlidagi   ayvon,   devorlar   shakli   buzilgan.   Devorlarning   yaroqsiz
holatini   ularda   mavjud   bo‘lgan   ko‘rinib   turadigan   yoriqlar   misolida   kuzatish
mumkin. Madarixon va Abdullaxon madrasalarini o‘z ichiga olgan Qo‘shmadrasa
bu xolat yaqqol namoyon bo‘lgan.
Binoning tom qismi yaroqsiz bo‘lgani bois namiqishi natijasida Buxoro shahridagi
G‘oziyon   madrasasi   ham   nuray   boshlagan.   Dandana   darajasidagi   devor   yuqori
qismining   buzilishi   yog‘in-sochinlar   va   yodgorlikning   tashlandiq   holatga
tushirilishi oqibatida kelib chiqqan. Devor ostki g‘ishtlarining emirilishi atmosfera
yog‘inlari   (nam)   va   er   osti   sizot     suvlarining   ko‘tarilishi   natijasida   yuz   bergan.
Bino   konstruksiyalarining   hozirgi   texnik   holatiga   kelib   qolishiga   uzoq   vaqt
mobaynida   binoga   qarov   bo‘lmaganligi   va   ta’mirlash-restavratsiya   ishlari   olib
borilmaganligi tomning gidroizolyasiya talablariga javob bermasligi sabab bo‘lgan.
Mextar   Ambar   (eski   nomi   Attor)   madrasasi   yaroqsiz   holatiga   kelishining   sababi
esa   sovet   davrida   bu   bino   uzoq   yillar   mobaynida   turar   joy   sifatida   ishlatib
kelinganligi hisoblanadi.
YUqorida keltirilgan misollar yodgorliklar konstruksiyasi  turli ob’ektiv sabablarga
ko‘ra   buzilganligi   va   ular   asl   qiyofasini   tiklashda   mutaxassislar   tomonidan
kompleks fanlar natijalariga tayanib, o‘ziga xos har bir tarkibiy qism uchun alohida
yondashuvni   talab   etadi..   Barcha   yodgorliklarni   birlashtiruvchi   umumiy   jihat   –
konstruksiyalar ko‘tarish qobiliyatining tiklanganligi va yodgorliklarning saqlanib
qolganligi   hamda   buni   hisobga   olish,   yuqori   seysmik   zonada   joylashgan
O‘zbekiston uchun muhim ahamiyatga ‘gadir.
Monumental me’moriy yodgorliklarning texnik holatiga salbiy ta’sir etuvchi asosiy
sabablarni   o‘rganish   negizida   «Ta’mirshunoslik»,   Ochiq   turdagi   aksionerlik
jamiyati   tomonidan   1990-yillar   oxirida   qurilish   konstruksiyalarini   tekshirish
choralari   hamda   yodgorliklarning   asoslari   va   qurilish   konstruksiyalarini mustahkamlash,   tiklash   va   kuchaytirish   bo‘yicha   eksperimental   tadqiqotlar
o‘tkazish   choralari   majmui   ishlab   chiqilgan   (asos   tagidagi   tuproq   cho‘kishi   va
inson faoliyati natijasida).
Uning   asosiy   maqsadi   va   vazifalari   yodgorliklarning   asl   me’moriy   va   tarixiy
qiyofasini   zamonaviy   materiallar,   tadqiqot   usullar   va   hozirgi   zamon   fanining
yutuqlaridan   maksimal   darajada   foydalangan   holda   saqlab   qolib,   ularning
ishonchliligi   va   mustahkamligini   ta’minlashdan   iborat   bo‘ldi.SHuni   ham   alohida
qayd etish zarurki, yodgorliklarning muxandislik taxlili bo‘yicha kompleks ilmiy-
texnik   reja   ishlab   chiqish,   ilmiy   tadqiqot   ishlari   yo‘lga   qo‘yish   borasida
birinchilardan   bo‘lib,   Toshkent   va   Samarqand   arxitektura-qurilish   institutlari
tashabbusi   bilan   chiqishgan   edi.   1996-yilda   SHaxrisabzdagi   Oqsaroy   arkida
zamonaviy   sezgir   o‘lchovchi-kuzatuvchi   asboblar   yordami-da   olib   borilgan
kuzatishlar va natijalar tahlili asosida yodgorliklarni zilzilabardoshligini hisoblash
konsepsiyasi yaratildi va o‘ta yaroqsiz xolatdagi peshtoqni tiklashning konstruktiv
echim   ishlab   chiqildi.   Bu   arxitektura   yodgorliklarining   texnik   xolatini   o‘rganish,
statistik, dinamik kuchlarni hisoblab, ularning yuk ko‘tarish qobliyatlarini aniqlash
va   nihoyat   konstruktiv   echim   topib   mustahkamlash   ishlarini   o‘z   ichiga
oldi.YUqorida   Oqsaroy   arki   bilan   bog‘liq   keltirilgan   misol   –   me’moriy
yodgorliklarning jismoniy holati bilan bog‘liq boshqa nosozliklar (binoning ayrim
qismlari buzilishi, ichki va tashqi  bezaklarning to‘kilib ketishi va hokazolar) ham
O‘zbekistonda   saqlanib   qolgan   obidalargabarchasiga   taalukli   ekanligi   ko‘rsatdi.
SHuning   uchun   mustaqillik   yillariga   kelib,   soha   mutaxassislari   yodgorliklar
jismoniy   xolatini   yangilashga   qaratilgan   kichik   texnik   masalalardan   boshlab,
yuqori   saviyadagi   muxandislik   tadbirlari,   yuksak   me’moriy   bilim   natijalari   va
shaxarsozlikning kompleks jumboqlarini hal  etish muammolarini echimini topishi
zarur   edi.   Ayniqsa   ta’mirchilikda   tanlangan   uchun   muhim   rol   o‘nashini
mutaxassislar alohida ta’kidlashadi.
Respublikamiz   mutaxassislarining   fikricha,   zamonaviy   jahon   ta’mirchilik   ilmida
ma’lum   umumiy   fikrlar   shakllandi.   Unga   asosan   me’moriy   yodgorliklarni
ta’mirlash usulini belgilashda avval kompleks tadqiqot olib borish zarurligi e’tibor qaratish   lozim.   Buning   bir   necha   shartlari   mavjud   bo‘lib,   uning   birinchisi
yodgorlikning   tegishli   taraqqiy   qismini   tiklash   zaruriyatini   isbotlash   (ya’ni   olib
borilgan   loyihaoldi   tadqiqotlar   natijasida   o‘sha   qismlar   tiklanmasa,   me’moriy
yodgorlikning   buzilib   ketish   xavfi   keskinligi   tasdiqlanishi   hamda   tiklanadigan
qism   yodgorlikni   jismoniy   holatini   yaxshilab,   badiiy   ifodasini   to‘ldirishi   kerak);
Ikkinchi shart bu tiklanadigan qismning hujjat, dalil va isbotlar asosida xaqiqiyligi
yoki   xaqiqatga   yaqinligi   e’tirof   etilishi   zarur;   Uchinchi   shart   –   moddiy
imkoniyatning mavjudligini, ya’ni shunga yarasha moliyaviy, imkoniyatlarni izlab
topilishi   lozim;   Nihoyat,   oxirgi   shart   –   tiklanadigan   imorat   yoki   uning   tarkibiy
qismi   tiklanishining   ijtimoiy   zaruriyatini   asoslab   berilishi   kerak.   SHundan
so‘nggina ta’mirlash usuli tanlanadi va amalga oshirilgan.
Hozirgi   kunda   zamonaviy   jahon   ta’mirchilik   ilmi   va   amaliyotida   muhandislik
konservatsiyasi,   anastiloz,   analitik  ta’mir,   rekonstruksiya,   qayta   tiklash,   maket   va
mulyajlar yaratish kabi ta’mir turlari qo‘llanilmoqda. Muxandislik konservatsiyasi
– yodgorlikning statik mustahkamligini  oshirishga qaratilgan texnik-muhandisona
tadbirlarning qo‘llanilishi  hisoblanadi. Bu usul  odatda, ancha xarobacha aylangan
imoratlarga nisbatan qo‘laniladi. Bunda turli tirgovichlar, kontrforslar ishlatilinishi
mumkin   yodgorlikning   zamini,   poydevori,   qurilmalari   mustahkamlanadi.
SHuningdek,   yog‘ochdan   qilingan   qismlari   yoki   qor-yomg‘irda   yuvilib   ketishi
mumkin bo‘lgan paxsa, xomg‘isht, yaxshi muhofazalanmagan pishiq g‘ishtli yoki
boshqa   shu   singari   qismlariga   turli   kimyoviy  moddalar   vositasida   ishlov   berilishi
mumkin.
Anastiloz   –  yodgorlikni   yoki   uning  biron-bir   tarkibiy  qismini   (masalan,   devorini,
ustunini, toshdan ishlangan gumbazlarini) buzilib ketgan, ammo ma’lum darajada
saqlanib qolgan o‘z bo‘laklari orqali tiklashni anglatadi. Bu usul qadimgi Gretsiya
va   Rim   davlatlarining   misolida   yaxshi   namoyon   bo‘ladi.   Masalan,   Afina
Akropolidagi   Parfenon   exromi   tosh   bloklardan   bunyod   etilganligi,   vaqti   kelib
vayrona   xoliga   kelganida   atrofda   sochilib   yotgan   ko‘plab   bloklardan   qayta
tiklangan. O‘zbekiston sharoitida tosh yoki yog‘ochdan bunyod etilgan inshootlar
ham shu usulda tiklanishi mumkin. Analitik ta’mir usuli – “isbotlangan” so‘ziga yaqin ma’noni anglatib. asosiy qism
va bino ko‘rinishlari saqlanib qolgan, katta talofat ko‘rmagan inshootlarga nisbatan
qo‘llaniladi. Masalan, biron peshtoqning bir burchagi yoki bir tomonining ma’lum
qismi,   minora,   gumbaz   kabilarning   biror   bo‘lagi   yoki   naqshining   ma’lum   qismi
buzilgan   bo‘lsa,   imoratning   simmetrik   ekanligidan   foydalanib,   shikastlangan
bo‘lagini   tiklash   mumkin.   SHuning   uchun   ham,   bu   analogiyadan   foydalanilgan,
ya’ni analitik usul deyiladi.
Rekonstruksiya   usuli   yordamida   ba’zi   xollarda   saqlanish   darajasi   uncha   yomon
bo‘lmagan   1,   2  peshtoq,   toq,   ravoq,   gumbaz   yoki   minorasi,   ba’zi   xollarda   badiiy
bezagi buzilib ketgan imoratlarning mana shu qurilmalarini tiklash ishiga nisbatan
qo‘llaniladi.   Mazkur   usulning   qo‘llanilishi   imoratlarning   saqlanish   xolati
yaxshiligini va tiklanadigan qismi e’tirozsizligini taqozo etadi.
Qayta tiklash usuli ham me’moriy amaliyotda mavjud bo‘lib, ta’mirlash usulining
eng qadimiy an’naviy yo‘nalishi hisoblanadi. Mazkur usul Markaziy Osiyoda xam
mavjud bo‘lganligini mutaxassislar e’tirof etishadi. Jumladan, Buxorodagi Masjidi
Kalonning   IX   asrda   bunyod   etilib,   so‘ngra   somoniylar   davri   (IX   –   X   asrlar)   da
Qoraxoniylar   davri   (XII   asr)da   qayta   qurilganligi   va   o‘sha   davrda   yog‘ochdan
qurilgan bu inshoot mo‘g‘ullar tomonidan yoqib yuborilgach, XVI asrda g‘ishtdan
qayta bunyod etilganligi bunga misol bo‘ladi.
Maket   va   mulyajlar   yasash   ta’mirchilikning   o‘ziga   xos   yo‘nalishi   bo‘lib,   boshqa
usullardan o‘z mazmuni bilan keskin ajralib turadi. Uning ikki yo‘nalishi mavjud:
Birinchisi, buzilib ketgan inshoot yoki uning bir bo‘lagini tiklash. Bu ko‘pincha bir
joyda,   shahar   manzarasi,   ansambl   ko‘rinishi,   inshootning   biror   qismini   imitatsiya
tarzida,   ataylab   sun’iyligini   bo‘rttirib   ko‘rsatishdan   iborat.   Ko‘pincha
tiklanayotgan   qismining   sun’iyligi   bilinib   turishi   uchun   boshqa   materialdan
foydalanish   mumkin.   Ikkinchi   yo‘nalish   vayrona   imoratni   asl   xolda,   asl
ko‘rinishida   va   o‘sha   funksional   maqsadda   tiklash   harakatidan   iborat.   Bunday
xarakat tarafdorlari, butunlay yo‘q bo‘lib ketgan inshootni dastlabki holatida qayta
tiklashni   taklif   etishadi.   Vaholanki,   har   bir   davrda   o‘ziga   xos   texnik   imkoniyat,
estetik   dunyoqarash,   ehtiyoj   va   imkoniyat   mavjud   bo‘lganligi   tufayli   o‘sha zamonning   o‘z   me’moriy   usuli   ham   mavjud   bo‘ladi.   Bu   usullar   xarakati   natijasi
tamoman yo‘q bo‘lib ketgan imoratni qayta bunyod etish uning tabiiy o‘lchamdagi
maketini   yasashga   olib   keladi.   Zero,   bu   usul   faqatgina   poydevorlari   saqlanib
qolgan me’moriy yodgorlikni tiklash, uning natural o‘lchamdagi maketini yaratish
demakdir.
Biroq shuni unutmaslik kerakki, ko‘pgina xollarda qabul qilingan qaror, boshqacha
qilib   aytganda,   ta’mir   usuli   mutlaqo   e’tirozsiz   bo‘lmaydi.   Ammo   u   ko‘pchilik
mutaxassislar   tomonidan   tan   olingan   bo‘lishi   xamda   me’moriy   yodgorlikning
jismoniy va badiiy jihatlarini barkamollashtirishga xizmat qilishi darkor. SHuning
uchun   ta’mirchilikning   bosh   masalasi   –   me’moriy   yodgorlikning   tiklanishi   lozim
bo‘lgan   qismini   qay   darajada   tiklanishini   aniqlash   zamonaviy   ta’mirchilikning
nihoyatda   mushkul   masalasi   bo‘lib,   “tarixiylik   va   xaqiqiylik”   konsepsiyalari
talablari   bilan   bog‘liqdir.   Zamonaviy   me’moriy   ta’mirchilik   nazariyasi   va
amaliyotida   ushbu   konsepsiyalarning   echimini   qay   tarzda   amalga   oshirishga
qaratilgan   quyidagi   usullarni   qo‘llash   mumkin:   o‘z   xolicha   saqlash;   yodgorlikni
vayrona   xolicha   konservatsiyalab   saqlash;     e’tirozga   olib   kelmaydigan   takliflar
asosida   konstruktiv   va   badiiy   qismlarini   qisman   tiklash;   yodgorlikni   to‘laligicha
tiklab, asl ko‘rinishiga olib kelish. Adabiyotlar
 
1.   Karimov   I.A. O‘zbekistonning o‘z taraQQiyot va yangilash yo‘li.   T.1992   y.
2.   Karimov   I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida.   T. 1997   y.
3.   Karimov   I.A.   IstiQlol va ma’naviyat.   T. 1994   y
4.   Karimov   I.A.   Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘Q. T. 1998   y.
5.   Vremya i preemstvennost v razvitii kulturi.   Saratov. 1991   g.
6.   Globalnie problemi i ob щ echelovecheskie sennosti.   M.1999   g.
7.   Ikonnikova S.   Dialogi o kulture.   L., 1989   g.
8.   Kultura Uzbekistana: Tradisii i sovremennost.   T. 1986   g.
9.   Xayrullaev M.   Madaniy meros va falsafiy fikr tarixi.   T. 1985   y.
10.    M.Abdullaev. Madaniyatshunoslik asoslari.
11. J.Tlanov.   £adriyatlar falsafasi. T

Mavzu: Tarixiy me`moriy obidalarni saqlash, ta`mirlash uslublari va shakllari. Reja: 1.Tarixiy me’moriy obidalarni muxofaza qilish. 2.Tarixiy me’moriy obidalarni ta’mirlashda qo‘llanilgan uslublar. 3. Tarixiy me’moriy obidalarni ta’mirlash va qayta tiklash sohasida amalga oshirilgan ishlar.

Minorai Kalondan keyingi o‘rinda turuvchi «Gavkushon» minorasi eng go‘zal minoralardan biri bo‘lib, turli tabiiy, antropogen ta’sirlardan bizning kunimizgacha etib kelgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, minora o‘rta asrlar ustalarining yuksak san’atini ko‘rsatuvchi yorqin obidalardan biridir. Barcha jihatlari aniq va ravshan ishlangan minora odmi va shakli bo‘yicha muvofiqlashgan, proporsiyalari va a’zolari nihoyatda puxta o‘lcham asosida bajarilgan, bezaklarining detallari ko‘lami (masshtabi) jihatidan mutanosibdir. SHu bilan birga, fundament binoni ko‘tarib turish qudratiga ega. Minora ustunining umumiy holati tekshirish paytida qoniqarli bo‘lgan, ko‘z sezadigan yoriqlar kuzatilmagan. Ammo, mutaxassislar orasida fundament ostida asos bo‘lib xizmat qiluvchi tuproq xavotir uyg‘otgan, sababi og‘irligi tuproq cho‘kishiga olib kelishi mukin. Buxoroning yaroqsiz holatida bo‘lgan masjidlari orasida «Mag‘oki Attoriy» va «Xo‘ja Kalon»ni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Ta’kidlash joizki «Mag‘oki Attoriy» nomi bilan mashhur masjid Buxoro shahrining yuksak me’moriy yodgorligiklaridan biri hisoblanadi, bino peshtoqining me’moriy, konstruktiv va hajm-makon chizmasi bo‘yicha o‘xshashi yo‘q. YOdgorlik mutaxassislar tomonidan o‘rganilganda, vaqt o‘tishi tufayli tuproq sathidan 5–5,5 metr pastda ekanligi aniqlandi. Tuproqning doimiy bosimi va nam ta’sirida uning devorlari ichkariga qarab 15x40 sm ga qiyshaygan, sharqiy tomonidagi birinchi gumbazi qulab tushgan. Binoning ikkinchi qavatining gumbaz tomi (sharqiy peshtoqning kirish xonasi ustida) yaroqsiz holatida bo‘lgan. Umuman olganda, hozirgi vaqtda masjidning texnik holatini yaroqsiz holatida deb baholash mumkin. Xo‘ja Kalon masjidi yodgorligini ko‘zdan kechirilganda, garchi bino, 1996–97 yillarda mobaynida shahar yubileyi (2500 yilligi) munosabati bilan qisman restavratsiya qilingan bo‘lsada, mutaxassislar tomonidan yodgorlikning umumiy holati qoniqarsiz deb baholangan. Masjid konstruksiyasining 60 % o‘z qiyofasini yo‘qotgan, faqatgina janubiy galereyaning bir qismi va asosiy darvoza peshtoqi saqlanib qolgan.

Buxoro shahri ayrim madrasalarining umumiy holati ham tuproq eroziyasi bilan bog‘liq. SHu bois Ulug‘bek madrasasida fundamentlari, tashqi va ichki poydevorlari (otmostka sokollari) 1990-yillar boshiga kelib qoniqarsiz ahvolga tushib qolgan. Bino tagidagi tuproqning notekis cho‘kishi natijasida binoning old qismi (fasadi), hovlidagi ayvon, devorlar shakli buzilgan. Devorlarning yaroqsiz holatini ularda mavjud bo‘lgan ko‘rinib turadigan yoriqlar misolida kuzatish mumkin. Madarixon va Abdullaxon madrasalarini o‘z ichiga olgan Qo‘shmadrasa bu xolat yaqqol namoyon bo‘lgan. Binoning tom qismi yaroqsiz bo‘lgani bois namiqishi natijasida Buxoro shahridagi G‘oziyon madrasasi ham nuray boshlagan. Dandana darajasidagi devor yuqori qismining buzilishi yog‘in-sochinlar va yodgorlikning tashlandiq holatga tushirilishi oqibatida kelib chiqqan. Devor ostki g‘ishtlarining emirilishi atmosfera yog‘inlari (nam) va er osti sizot suvlarining ko‘tarilishi natijasida yuz bergan. Bino konstruksiyalarining hozirgi texnik holatiga kelib qolishiga uzoq vaqt mobaynida binoga qarov bo‘lmaganligi va ta’mirlash-restavratsiya ishlari olib borilmaganligi tomning gidroizolyasiya talablariga javob bermasligi sabab bo‘lgan. Mextar Ambar (eski nomi Attor) madrasasi yaroqsiz holatiga kelishining sababi esa sovet davrida bu bino uzoq yillar mobaynida turar joy sifatida ishlatib kelinganligi hisoblanadi. YUqorida keltirilgan misollar yodgorliklar konstruksiyasi turli ob’ektiv sabablarga ko‘ra buzilganligi va ular asl qiyofasini tiklashda mutaxassislar tomonidan kompleks fanlar natijalariga tayanib, o‘ziga xos har bir tarkibiy qism uchun alohida yondashuvni talab etadi.. Barcha yodgorliklarni birlashtiruvchi umumiy jihat – konstruksiyalar ko‘tarish qobiliyatining tiklanganligi va yodgorliklarning saqlanib qolganligi hamda buni hisobga olish, yuqori seysmik zonada joylashgan O‘zbekiston uchun muhim ahamiyatga ‘gadir. Monumental me’moriy yodgorliklarning texnik holatiga salbiy ta’sir etuvchi asosiy sabablarni o‘rganish negizida «Ta’mirshunoslik», Ochiq turdagi aksionerlik jamiyati tomonidan 1990-yillar oxirida qurilish konstruksiyalarini tekshirish choralari hamda yodgorliklarning asoslari va qurilish konstruksiyalarini

mustahkamlash, tiklash va kuchaytirish bo‘yicha eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish choralari majmui ishlab chiqilgan (asos tagidagi tuproq cho‘kishi va inson faoliyati natijasida). Uning asosiy maqsadi va vazifalari yodgorliklarning asl me’moriy va tarixiy qiyofasini zamonaviy materiallar, tadqiqot usullar va hozirgi zamon fanining yutuqlaridan maksimal darajada foydalangan holda saqlab qolib, ularning ishonchliligi va mustahkamligini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.SHuni ham alohida qayd etish zarurki, yodgorliklarning muxandislik taxlili bo‘yicha kompleks ilmiy- texnik reja ishlab chiqish, ilmiy tadqiqot ishlari yo‘lga qo‘yish borasida birinchilardan bo‘lib, Toshkent va Samarqand arxitektura-qurilish institutlari tashabbusi bilan chiqishgan edi. 1996-yilda SHaxrisabzdagi Oqsaroy arkida zamonaviy sezgir o‘lchovchi-kuzatuvchi asboblar yordami-da olib borilgan kuzatishlar va natijalar tahlili asosida yodgorliklarni zilzilabardoshligini hisoblash konsepsiyasi yaratildi va o‘ta yaroqsiz xolatdagi peshtoqni tiklashning konstruktiv echim ishlab chiqildi. Bu arxitektura yodgorliklarining texnik xolatini o‘rganish, statistik, dinamik kuchlarni hisoblab, ularning yuk ko‘tarish qobliyatlarini aniqlash va nihoyat konstruktiv echim topib mustahkamlash ishlarini o‘z ichiga oldi.YUqorida Oqsaroy arki bilan bog‘liq keltirilgan misol – me’moriy yodgorliklarning jismoniy holati bilan bog‘liq boshqa nosozliklar (binoning ayrim qismlari buzilishi, ichki va tashqi bezaklarning to‘kilib ketishi va hokazolar) ham O‘zbekistonda saqlanib qolgan obidalargabarchasiga taalukli ekanligi ko‘rsatdi. SHuning uchun mustaqillik yillariga kelib, soha mutaxassislari yodgorliklar jismoniy xolatini yangilashga qaratilgan kichik texnik masalalardan boshlab, yuqori saviyadagi muxandislik tadbirlari, yuksak me’moriy bilim natijalari va shaxarsozlikning kompleks jumboqlarini hal etish muammolarini echimini topishi zarur edi. Ayniqsa ta’mirchilikda tanlangan uchun muhim rol o‘nashini mutaxassislar alohida ta’kidlashadi. Respublikamiz mutaxassislarining fikricha, zamonaviy jahon ta’mirchilik ilmida ma’lum umumiy fikrlar shakllandi. Unga asosan me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash usulini belgilashda avval kompleks tadqiqot olib borish zarurligi e’tibor

qaratish lozim. Buning bir necha shartlari mavjud bo‘lib, uning birinchisi yodgorlikning tegishli taraqqiy qismini tiklash zaruriyatini isbotlash (ya’ni olib borilgan loyihaoldi tadqiqotlar natijasida o‘sha qismlar tiklanmasa, me’moriy yodgorlikning buzilib ketish xavfi keskinligi tasdiqlanishi hamda tiklanadigan qism yodgorlikni jismoniy holatini yaxshilab, badiiy ifodasini to‘ldirishi kerak); Ikkinchi shart bu tiklanadigan qismning hujjat, dalil va isbotlar asosida xaqiqiyligi yoki xaqiqatga yaqinligi e’tirof etilishi zarur; Uchinchi shart – moddiy imkoniyatning mavjudligini, ya’ni shunga yarasha moliyaviy, imkoniyatlarni izlab topilishi lozim; Nihoyat, oxirgi shart – tiklanadigan imorat yoki uning tarkibiy qismi tiklanishining ijtimoiy zaruriyatini asoslab berilishi kerak. SHundan so‘nggina ta’mirlash usuli tanlanadi va amalga oshirilgan. Hozirgi kunda zamonaviy jahon ta’mirchilik ilmi va amaliyotida muhandislik konservatsiyasi, anastiloz, analitik ta’mir, rekonstruksiya, qayta tiklash, maket va mulyajlar yaratish kabi ta’mir turlari qo‘llanilmoqda. Muxandislik konservatsiyasi – yodgorlikning statik mustahkamligini oshirishga qaratilgan texnik-muhandisona tadbirlarning qo‘llanilishi hisoblanadi. Bu usul odatda, ancha xarobacha aylangan imoratlarga nisbatan qo‘laniladi. Bunda turli tirgovichlar, kontrforslar ishlatilinishi mumkin yodgorlikning zamini, poydevori, qurilmalari mustahkamlanadi. SHuningdek, yog‘ochdan qilingan qismlari yoki qor-yomg‘irda yuvilib ketishi mumkin bo‘lgan paxsa, xomg‘isht, yaxshi muhofazalanmagan pishiq g‘ishtli yoki boshqa shu singari qismlariga turli kimyoviy moddalar vositasida ishlov berilishi mumkin. Anastiloz – yodgorlikni yoki uning biron-bir tarkibiy qismini (masalan, devorini, ustunini, toshdan ishlangan gumbazlarini) buzilib ketgan, ammo ma’lum darajada saqlanib qolgan o‘z bo‘laklari orqali tiklashni anglatadi. Bu usul qadimgi Gretsiya va Rim davlatlarining misolida yaxshi namoyon bo‘ladi. Masalan, Afina Akropolidagi Parfenon exromi tosh bloklardan bunyod etilganligi, vaqti kelib vayrona xoliga kelganida atrofda sochilib yotgan ko‘plab bloklardan qayta tiklangan. O‘zbekiston sharoitida tosh yoki yog‘ochdan bunyod etilgan inshootlar ham shu usulda tiklanishi mumkin.