TERMIN, SO‘Z VA NOM
TERMIN, SO‘Z VA NOM Reja: 1. Termin va so’zni farqi. 2. Termin va nom o’rtasidagi munosabat. 3. Termin, tushuncha va nom.
Termin bilan odatdagi so’zni bir narsa deb bo’lmaydi. O’tmishda Yevropada ilm-fanning dastlabki yaratuvchilari bo’lgan qadimgi greklarda va rimliklarda termin fanniy tushunchalarni ifodalovchi so’zlar sifatida qo’llangan. Bizning davrimizga kelib bu tushuncha o’zgarishga uchradi. Ko’pchilik olimlar termin so’zining ma’nosini avvalgicha, ya’ni ma’lum fan va fan bilan bog’langan texnika, san’at va madaniyatga oid hodisalar bilan belgilasalar, ba’zi olimlar har qanday ot(atama)ni termin deb ataydilar. Bu jihatdan ular ‘‘termin’‘ so’zini morfologiyadagi ‘‘ot’‘ so’zining ekvivalenti, sinonimiga aylantirib qo’yadilar. Terminni otning sinonimi deb hisoblovchilar, aslida ingliz faylasuflarining, so’ngra esa XIX asrning boshlarida o’n martadan ortiq nashr qilingan ‘‘Mantiq darsligi’‘ muallifi G.I.Chelpanovning fikrlarini tasdiqlaydilar. Ingliz faylasuflarining fikricha, ‘‘mantiqda tushunchalar haqida emas, atamalar, nomlar yoki terminlar haqida gapirish maqsadga muvofiqdir”. G.I.Chelpanovning fikricha, rus tilidagi красивый, делимый, конечный, некрасивый, неделимый, бесконечный so‘zlari bo‘lishli (положительный) va bo‘lishsiz (отрицательный) terminlardir 1 . Demak, mantiqshunos uchun termin - mantiqiy muhokama elementi bo’lib, uning faqat ot bilan ifodalanishi shart emas. Ammo tilshunos terminni bu xilda tushunmasligi kerak. Tilshunoslikda hamma atamalarni, shu jumladan, odatdagi sifatlarni ham terminga kiritish terminning doirasini asossiz ravishda kengaytirib yuborish bo’lar edi. Hozirgi mantiqshunoslar terminni bu xilda keng ma’noda, ya’ni so’z ma’nosida qo’llamaydilar. Termin - so’zlarning bir xili, ammo hamma otlar (ayniqsa, sifatlar) ham termin hisoblanmasligi lozim. Terminlarning maxsus termin yekanligi o’zi 1 Челпанов Г.И. Учебник логики. - М., 1946. – С.8.
qo’llanayotgan sohada yaqqol ko’zga tashlanadi. U bu tizimdan boshqa tizimga o’sa oddiy so’zga aylanadi. Shu sababli ham M.Mukarramov ‘‘bo’g’in’‘ so’zi tilshunoslikda, ya’ni fonetikada termin, ‘‘yosh bo’g’in’‘, ‘‘qo’l bo’g’inlari’‘ birikmalarida inson tanasining a’zolari sifatida yekanligini ta’kidlaydi 2 . Demak, termin odatdagi so’zlardan farq qiladi. Termin bilan odatdagi muomala chog’ida qo’llanadigan so’zlar orasidagi farqlar aniqlanar ekan, bu bilan terminning o’ziga xos xususiyatlari ham ochiladi. Terminlar ‘‘paydo bo’lib qolmaydi’‘, aksincha, ularning zaruriyati anglangan holda ‘‘o’ylab topiladi’‘, ‘‘ijod qilinadi’‘. Shuningdek, oddiy so’zdan farqli ravishda, terminning ma’nosi kontekstga bog’liq bo’lmaydi, maxsus so’z-termin o’z terminlik ma’nosida va o’z terminologik maydonida qo’llanar ekan, uning ayni ma’nosi saqlanib qolaveradi. Shuning uchun quyida bu atamalarning eng muhimlariga, terminlarning o’ziga xos xususiyatlariga to’xtab o’tishga to’g’ri keladi. 1.Ma’lumki, so’zning ma’nosi ko’p hollarda murakkab bo’ladi, uning asosini tushuncha tashkil qilib, tushuncha ustiga kishiga ta’sir qiladigan qo’shimcha emosional-ta’sirchan ottenka - ‘‘buyoq’‘ qo’shiladi. Bundan tashqari, so’z nutqning turli xillarida (oddiy muomalada, publisistik matnlarda, she’riyatda, ilmiy asarlarda, jamoatchilik oldida so’zlanadigan nutqlarda, idora qog’ozlarida va boshqa shu kabilarda) qo’llanishga xoslangan bo’ladi, boshqacha aytganda, stilistik (uslubiy) belgiga ega bo’ladi. Shu jihatdan qaraganda, so’z em osional - ta’sirchanlik xususiyatga ham e ga bo’lib , tushuncha va stilistik belgi ifodalaydi. Uning stilistik belgisi ma’lum ishlab chiqarish, fan sohasiga oid bo’lgan aloqa jarayoni ilk ilmiy asarlar bilan bog’langanligida va bu belgi shunday m axsus sharoitida sezilib turmagandan, odatda, aniq bir tushuncha ishlatilishiga e ’tibor qilinadi. 2 Мукаррамов М. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг илмий стили. –Тошкент: Фан, 1984. –Б.55 – 56 .
Terminlar dagi tushuncha bilan bog’langanli kning bo’rtib turishi uni mantiq qoidasi asosida ta’riflash imkoniyatini beradi. Masalan: kurtak - o’simlikning tana, barg, gul va boshqa qatlamlarini hosil qiluvchi organ, boshlang’ich novda (botanika), d iafragma - qursoq bo’shli g’i ni ko’krak bo’shlig’idan ajratib turadigan to’siq (anatomiya) va boshqalar. Mantiqiy ta’riflash termin sifatida olingan so’zdan anglash il adigan tushunchaning bir necha muhim belgisini ifodalash demakdir. B un d a termin xususiy tushunchani ifodalasa, ta’riflash uchun foydalan il gan so’z umumiy tushunchani, keng tushunchani ifodalaydi. Masalan , yuqorida kurtak termin idan anglashilgan tushuncha organ va novda singari umumiy va keng tushunchalar yordamida ifodalangan. 2. Termin hamma vaqt - gapda ham , gapdan tashqari ham bir ma’noli bo’ladi. Uning bir ma’no li bo’lishi ma’lum fan yoki ma’lum sohada qo’llanish xususiyat i orqali yuzaga keladi. Masalan, til oddiy so’z sifatida ko’p ma’nol idir: turli gapda turli ma’nolarda qo’llanishi mumkin (kishi va hayvonlardagi ma’lum organ nomi, aloqa quroli nomi, ‘‘so’z’‘ degan ma’noda: quloq sol, tingla, ‘‘ sir ’‘, ‘‘ usul ’‘ ma’nolar i da: Rizamat biladi nihol tilini va boshqalar). Ammo termin sifatida odam yoki hayvon anatomiyasi sohasidagi ma’lum bir organ nigina ifodalaydi, ijtimoiy fanlar sohasida e sa faqat kishilarni ng jamiyatda o’zaro aloqa qilish qurolini anglatadi. Bunday mahsus sohalarda qo’llangan termin turli gapda kelganda faqat bir xil ma’noni anglata veradi. 3. Te rmin so’ z ning ko’pincha qo’llaniladigan asosiy (bosh) ma’nosiga tayan maydi, balki ko’chma (yoki yasama) ma’nolariga asoslanadi. Masalan , o’zak termini botanika fani sohasida o’z ma’nosida - o’simlik tanasining o’rta qismi ma’nosida qo’llanilsa , zoologiyada patning o’rta qismi, texnikada ‘‘ e lektromagnitning o’zagi’‘ ma’nosida ko’chma holda qo’llanadi. O’zak termini grammatikada ham ko’chma ma’noda qo’llanadi. Chunki so’ z ning
o’zagi so’z o’rtasida kelishi shart e mas , aksincha , o’zbek tilida ko’proq so’z boshida (ya’ni ‘‘chetida’‘) keladi. Termin murakkab tuzilgan bo’lsa, uning bir yoki bir necha e lement i (komponent i ) ko’chma ma’noda b o’ lishi mumkin. Masalan: anatomiya sohasida gi ‘‘ miya po’sti maydonlari ” termini sostav i dagi po’st va maydon so’zlari ko’chma ma’noda qo’llan gandir. Terminning ko’chma ma’nosi asosiy (bosh) ma’no bilan ikki xil munosabatda bo’ladi : a) asosiy ma’no bilan termin anglatgan ko’chma ma’no o’zaro bog’langan bo’ladi va bu bog’lanish anglashilib turadi. M a’lumki , so’ zlar dagi ma’no ko’chishi metafora, metonimiya, vazifadoshlik, s i nekdoxa usullarida yuzaga keladi . M a’no ko’chish i dan hosil bo’lgan terminlarda metafora ko’proq uchraydi. Masalan , geografiya sohasidagi q o’ ltiq, burun terminlari joylarning ko’rinishini (shaklini) odamning qo’ltig’iga , burniga o’xshatishga asoslangan; botanika sohasidagi chang o’simlik ichidagi mayda otalik urug’lar i ni tuproqqa , to’zonga o’xshatishga asoslang a n. Ma’nosi metonimiya asosida ko’chgan terminlar u qadar ko’p bo’lmasa ham , har holda uchra b turadi. Masa l an , qorako’l qo’yning bir zoti nomi, modera, madeyra, t o kay (vino turlarining nomi) aslida joy nomlaridan olingan. E lektrda tok kuchi o’lchov birligi a mper , tokning kuchlanish o’lchov birligi v olt shu hodisalarni kashf qilgan olimlar ( Amper , Volt ) nomini metonimiya usulida ko’chma ma’noda qo’l lashdan tug’il gan . Sinekdoxa usulida, ya’ni butun bilan qism o’rtasidagi munosabat asosida ma’no ko’chishi natijasida ma’lum hayvonning terisi ma’nosini anglatadigan tulki, qorako’l, qunduz, ondatra, nutriya kabi terminlar vujudga kelgan.