TERMINLARNING YASALISH USULLARI


TERMINLARNING YASALISH USULLARI Reja: 1. Morfologik usul. 2. Sintaktik usul. 3. Semantik usul.
Tilshunoslikda, xususan, terminologik tadqiqotlarda terminlarning hosil bo’lishi, asosan, uch xil usul orqali amalga oshiriladi: 1. Morfologik (affiksal) usul. 2. Sintaktik (kompozision) usul. 3. Semantik usul. Morfologik (affiksal) usul - tildagi biror mavjud terminga bir va ba’zan bir necha yasovchi affikslarning qo’shilishi bilan yangi termin yasaydi. Har bir soha terminlarining o’z yasovchi qo’shimchalari mavjud. Jumladan, yog’ochsozlik sohasida 1 faol qo’llanadigan affikslar: - soz : yog’ochsoz, eshiksoz; -i(sh): ulash, uzaytirish ; - lik : duradgorlik, panjarasozlik ; - k (q ): kurak, qipiq; - ch : sandiqchi, savatchi ; yuridik 2 : - lik : qarzdorlik, dezertirlik ; - i (sh) : tahqirlash, ayblash, qiynash ; - chi : qoralovchi, talovchi; - dor : mulkdor, sarmoyador; - xo’r : qasamxo’r, merosxo’r; - boz: arizaboz, guruhboz; – gich (- q ich, - q ich, -kich) : chang ajratgich, yem bu q latgich; , - lash : bur q ilash, payvandlash kabilar. Sintaktik (kompozision) usul - birikmaning bir komponenti ma’nosi ko’chgan so’zdan, qolgani esa shu soha terminidan iborat lug’aviy birlikning hosil bo’lishi tushuniladi. Yog’ochsozlik sohasida: pilta vassa, kindik qoziq, tirnoq chiqarish. O’zbek tili terminologiyasida yakka so’zli terminlarga nisbatan sintaktik usul bilan yasalgan terminlar ancha salmoqli o’rinni egallaydi. Buning sababi shundaki, sintaktik usul bilan yasalgan terminlar barcha tillarda bo’lganidek, o’zbek tilida h am mu h im nominativ manba sanaladi. Ma’lumki, h ar bir til o’ziga xos grammatik q onuniyatlar asosida ish ko’radi. Terminlar tuzilish materiali, ya’ni q anday so’zlardan tashkil topganiga q arab bir necha xil bo’lishi mumkin: 1 Аҳатова М.С. Ўзбек тилининг ёғочсозлик терминологияси. Филол.фан.номз…автореф. – Тошкент, 2004. – Б.8. 2 Ғуломова Г.Ё. Ўзбек юридик терминологиясининг истиқлол даври тараққиёти. Филол.фан.номз… автореф. – Тошкент, 2005. – Б.14.
Ot+ot tipidagi terminlar: samolyot borti, bu g’ mashina, shamol tegirmon, moy juvoz, temir q op q o q , arava gupchagi, radioning q ulo g’ i, samolyotning parragi kabilar. Nisbiy sifat+ ot tipidagi terminlar: motorli q ayi q , parrakli samolyot, magnitli diska, tirkama plug, h al q asimon zichlagich kabilar. Sifatdosh+ ot tipidagi terminlar: o’ta sezgir apparat, sezgir asbob, o’zi yurar mashina, pilla tortadigan avtomat, q ir q uvchi asbob, yurgizuvchi aravacha kabilar 3 . Semantik usul - bir soha terminologiyasining ‘‘mulki’‘ bo’lgan lug’aviy birlik ma’nosini metaforik ko’chirish asosida ikkinchi bir sohaga o’tadi. Semantik usul bilan terminlar hosil bo’lishi, boshqacha aytganda, transterminlashuv (lotincha trans - «orqali, ichidan, o’rtasidan, orasidan» ma’nolarini anglatadi) jarayonida, birinchidan, umumiste’moldagi leksemalarning muayyan soha terminlariga aylanishi, ikkinchidan, biror fan sohasi terminlarining ma’no ko’chishi natijasida boshqa fan sohasi terminologik tizimida qo’llana boshlashi isbot talab qilmaydigan aksiomadir. Ayni shunday jarayon terminshunoslikda «transterminlashuv» deb atalayotganligini ta’kidlash lozim 4 . Ushbu terminni qo’llash terminlar semantikasidagi semantik ko’chim hodisasini boshqa (oddiy) leksik birliklardagi holatdan farqlashda ko’proq ahamiyat kasb etadi. Transterminlashgan, ya’ni semantik usulda hosil bo’lgan terminlar terminologik lug’atlarning kattagina qismini tashkil qilib, ularning ayrimlari izohli lug’atlar, ensiklopediyalar, ma’lumotnomalarda ham o’z ifodasini topmoqda 5 . 3 Ўринбоев Б. Ўзбек терминологияси У.Турсунов тал қ инида / Тилшуносликнинг долзарб масалалари. Илмий мақолалар тўплами. III қисм. – Тошкент, 2006. – Б.151. 4 Суперанская А.В., Подольская Н.В., Васильева Н.В. Общая терминология. Вопросы теории. М.: Наука, 1989. - С. 203. 5 Исмоилов Ғ.М. Ўзбек тили терминологик тизимларида семантик усулда термин ҳосил бўлиши. НДА. – Тошкент, 2011. –Б.7-8.
Masalan, zooterminlarning nafaqat o’zbek, balki boshqa tillarda ham transterminlashuvi kuzatiladi 6 . I. Zooterminlar fizkultura va sport sohasida. Qaldirg’och fizkultura va sport sohasida ham maxsus termin sifatida qo’llanadi: «Bir oyoqni orqaga uzatib, gavdani gorizontal holatda egib, qo’llarni yon tomonlarga uzatib qilinadigan mashq» (RO’FS). II. Zooterminlar kasb-hunar sohasida. «O’yib, tikib, to’qib yoki bo’yoq bilan ishlangan gul, bezak» (O’TIL-08), ya’ni naqshlarning 50 dan ortiq turi hayvonot olamiga oid terminlardan kelib chiqqan. Masalan: qirqoyoq, mingoyoq, qoraqurt, qoraquloq, qo’chqor(ak), qo’ng’iz, tovus, chumchuq(cha) va boshqalar. III. Zooterminlar boshqa sohalar terminologiyasida. «Zootermin + zootermin» qolipli qo’shma terminlar geografiya hamda astonomiya terminologik tizimlarining boyishida ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, geografiyada yo’lbarsquyruq , astronomiyada echkishox , musiqashunoslikda xona terminlari ana shunday zooterminlardandir 7 . Yog’ochsozlik sohasida: tilcha (sinchning ikki uchidan maxsus kesib kichraytirilgan qoziqsimon qism), qovurg’a (sinchli devorning yog’och qismi). Tilshunoslikda terminlarning o’zgarishi hamda yangi terminlarning paydo bo’lishi fan va texnika taraqqiyoti bilan uzviy bog’liqdir. Bu haqda tilshunos olim L.I.Bojno quyidagilarni ta’kidlaydi: «Texnika taraqqiyoti ta’sirida terminologiya o’zaro aloqador ikki qonuniyat asosida, birinchidan, ilmiy-texnika progressi qonuniyatlari bilan, ikkinchidan, til rivojlanishining umumiy qonuniyatlari bilan bog’liq ravishda o’zgarib boradi» 8 . Texnik 6 Труфанова Н.О. Проблема номинации лиц в финансово-экономической терминологии: Автореф. … канд. филол. наук: - Москва, 2006. - С. 18. 7 Исмоилов Ғ.М. Ўзбек тили терминологик тизимларида семантик усулда термин ҳосил бўлиши. НДА. – Тошкент, 2011. –Б.10-11. 8 Божно Л.И. Научно-техническая терминология как один из объектов изучения закономерностей развития языка// Филологические науки . 1971. № 5. – стр. 103.